Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.07.2021 22.06.2020 yildagi 400-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.07.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻining funksional vazifalari hamda Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-iyuldagi 422-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻining funksional vazifalari hamda Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 12-maydagi PQ-4710-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi ― Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻining funksional vazifalari toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi ― Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi oʻn kun muddatda Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti mutaxassislarining funksional vazifalari taqsimlanishini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisining funksional vazifalari hamda Sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2020-yil 21-apreldagi 245-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi ― Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 22-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
400-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-iyundagi 400-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi ― Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻining funksional vazifalari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining masʼuliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son Farmoniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 12-maydagi PQ-4710-son qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻining (keyingi oʻrinlarda ― Maslahatchi) funksional vazifalarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maslahatchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maslahatchi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (keyingi oʻrinlarda ― Vazirlar Mahkamasi) hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Maslahatchining faoliyati sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalarini hal etishga yoʻnaltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Maslahatchi Vazirlar Mahkamasi Rayosatining aʼzosi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maslahatchi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida bevosita ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Maslahatchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Maslahatchi Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamentiga (keyingi oʻrinlarda ― Departament) bevosita rahbarlik qiladi, shuʼba mudirlari va mutaxassislari ishini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Maslahatchi ushbu Nizomga muvofiq unga yuklangan vazifalar va majburiyatlar doirasida Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar hamda mahaliy ijro etuvchi xokimiyat organlari va respublikaning boshqa tashkilotlari faoliyatini umumiy muvofiqlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Maslahatchining mehnatiga haq toʻlash belgilangan tartibda tasdiqlanadigan shtat jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Maslahatchi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, vazifalari va funksional majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagilar Maslahatchi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat aʼzosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari ijrosi monitoringi olib borilishini tashkil etish, shuningdek, joylarda ishlarning real holatini doimiy ravishda oʻrganish, sanoatdagi va kooperatsiya aloqalaridagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan kompleks takliflarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 ― 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi, Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasi, 2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi vazifalari, shuningdek, oʻrta muddatli va uzoq muddatli istiqbolga sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq dasturlari oʻz vaqtida va samarali amalda bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlarining ularga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali va natijali ijro etilishi uchun shaxsiy masʼuliyatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biriktirilgan sohalarda davlat siyosati samarali va sifatli amalga oshirilishi, shu jumladan, moliyaviy resurslarni boshqarish masalalarida idoraviy mansub tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish yoʻli bilan Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning mustaqilligini kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, shu jumladan, xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, tadbirkorlik subyektlarini sanoat faoliyatiga keng jalb etish, sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga Davlat dasturi amalga oshirilishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalarida hisobot berishi uchun har choraklik tahliliy materiallar tayyorlanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining asosiy xalqaro reytinglar va indekslarda pozitsiyasini yaxshilash boʻyicha Hukumatning, Departamentga biriktirilgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining ish samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xalq bilan muloqot” amaliyotini va joylarda shaxsiy uchrashuvlarni takomillashtirish, Departamentga biriktirilgan tarmoqlarda ijtimoiy sohani yanada rivojlantirishni kafolatlaydigan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi monitoringi olib borilishini tashkil etish, shu jumladan, aholi bandligini va real daromadlari oshishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maslahatchining vakolatlariga tegishli boʻlgan yoʻnalishlar va masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga takliflar puxta ishlab chiqilishini, ekspertizadan oʻtkazilishi va tayyorlanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish konsepsiyalari, xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”, yirik loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, biriktirilgan sohalar va tarmoqlarda eng muhim ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha kompleks chora-tadbirlar Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda ishlab chiqilishini va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentga biriktirilgan sohalar va tarmoqlarda iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar amalga oshirilishi samaradorligi har tomonlama va tanqidiy tahlil qilinishini doimiy ravishda va tizimli asosda taʼminlash, aniqlangan muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish va kompleks vazifalarni amalga oshirish boʻyicha asoslangan takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va ularning rahbarlari faoliyatini baholashning aniq koʻrsatkichlarga va maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan prinsipial jihatdan yangi tizimi joriy etilishini taʼminlash, yaqin va uzoq muddatli istiqbolda tarmoqlarni strategik rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishi sifati va samaradorligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning faoliyatini yuzaga kelayotgan muammolarning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etishga, ishni tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga qayta yoʻnaltirish maqsadida davlatning ayrim funksiyalarini xususiy subyektlarga berish orqali ortiqcha maʼmuriy tartibga solishni pasaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha masalalar tayyorlanishini va Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentga biriktirilgan tarmoqlarni yanada rivojlantirish vazifalari, konsepsiyalar, kompleks chora-tadbirlar, yirik investitsiya loyihalari, shuningdek, xorijiy mamlakatlar va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni amalga oshirish boʻyicha masalalar tayyorlanishi va koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻmitalari bilan mustahkam oʻzaro hamkorlikni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijro intizomi darajasi oshirilishini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yoʻl xaritalari” Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida, Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va barcha darajalardagi tashkilotlarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishi asosida ijro etilishi tizimli nazorat qilinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentda, shuningdek, Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, xodimlar malakasini oshirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish va kadrlarning amaldagi zaxirasini tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagilar Maslahatchining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentga biriktirilgan soha va tarmoqlarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi “oʻsish nuqta”larini aniqlash va shu asosda qoʻshimcha resurs va zaxiralarni ishga solish hamda mavjudlarini oʻzlashtirish, iqtisodiyot va aholining energiya manbalari va xomashyo resurslariga boʻlgan ehtiyojlarini yetarlicha taʼminlashga moʻljallangan rivojlantirishning strategiya va tarmoq dasturlarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xususiy investitsiyalarni, birinchi navbatda, xorijiy investitsiyalarni jalb etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish, ularning har tomonlama baholanishi va ekspertiza qilinishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan loyihalarni amalga oshirishning maqbul shartlarini topish maqsadida xorijiy investorlar bilan muzokaralar tashkil etish va ularda qatnashish hamda ular boʻyicha tegishli takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shuningdek:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yoqilgʻi-energetika, kimyo, neft-kimyo, metallurgiya sanoati va geologiya sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilgʻi-energetika, kimyo, neft-kimyo, metallurgiya sanoati va geologiya, atom energetikasi va energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanish sohasida strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektroenergetika, neft-gaz, neft-kimyo, kimyo, metallurgiya va geologiya tarmoqlarini, shuningdek, atom energetikasi va energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanish sohasini yanada rivojlantirish boʻyicha takliflar puxta ishlab chiqilishini, ekspertizadan oʻtkazilishini va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga tayyorlanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va kengaytirish, yoqilgʻi-energetika, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoatini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash davlat dasturlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5643-son Farmoniga muvofiq yoqilgʻi-energetika, kimyo, neft-kimyo, metallurgiya sanoati, shuningdek, geologiya, atom energetikasi va energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanish sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirishga investitsiyalarni, jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlarida, shu jumladan, toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektroenergetika, neft-gaz, neft-kimyo, kimyo, metallurgiya va geologiya tarmoqlarini, shuningdek, atom energetikasi va energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha takliflarni puxta ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektroenergetika, neft-gaz, neft-kimyo, kimyo, metallurgiya va geologiya tarmoqlarini, shuningdek, atom energetikasi va energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanish sohasini rivojlantirish masalalari boʻyicha takliflar va hujjatlar loyihalari kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahsulotlar, xomashyo va materiallar asosiy turlarining yiriklashtirilgan moddiy balanslarini ishlab chiqish toʻgʻrisida” 2019-yil 7-yanvardagi F-5422-son farmoyishiga muvofiq ishlab chiqilgan neft, gaz, suyultirilgan gaz, neft mahsulotlari, elektr energiyasi, qimmatbaho va rangli metallar, mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish va isteʼmol qilishning moddiy balanslari bajarilishini va isteʼmolchilarni mahsulotlarning koʻrsatib oʻtilgan turlari bilan taʼminlashni tahlil qilish hamda mutasaddi vazirliklar va idoralarning asoslangan taklif va murojaatlari asosida isteʼmolchilarning neft, gaz, suyultirilgan gaz, neft mahsulotlari, elektr energiyasi, qimmatbaho va rangli metallar, mineral oʻgʻitlarga boʻlgan amaldagi ehtiyojlarini taʼminlash yuzasidan tegishli moddiy balanslar koʻrsatkichlariga oʻzgartirishlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mineral-xomashyo, jumladan, neft va gaz bazasini rivojlantirish va qayta tiklash boʻyicha faoliyatni bosqichma-bosqich isloh qilish va tijoratlashtirish orqali geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mineral-xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida ularning tashqi bozorlarda talab yuqori boʻlgan turlari eksportini kengaytirish maqsadida yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish vazifalari amalga oshirilishini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uglevodorod xomashyosi zaxiralarini jadal rivojlantirish va qayta tiklash, yangi uglevodorod xomashyo konlarini ochishni taʼminlashga yoʻnaltirilgan geologiya-qidiruv ishlari samaradorligi va natijadorligini oshirish ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va amalga oshirish tizimini takomillashtirish strategiyasini, zamonaviy texnologiyalar, asbob-uskunalarni hamda neft va gazning resurslari va zaxiralarini prognozlashtirish usullarini joriy etishni, uglevodorod konlarini izlash va qidirish samaradorligini oshirishni tahlil qilish va baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qaʼridan samarali va oqilona foydalanish talablarini hisobga olgan holda, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 1-martdagi PQ-3578-son hamda “Neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 18-noyabrdagi PQ-4522-son qarorlariga muvofiq yer qaʼridan foydalanishni tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilgʻi-energetika, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati sohasida boshqaruvning korporativ usullari joriy etilishi holatini, shu jumladan, davlat ulushi professional boshqaruvchi kompaniyalarga ishonchli boshqarishga berilishini, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kon-metallurgiya tarmogʻi korxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-yanvardagi PQ-4124-son qaroriga muvofiq tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va tannarxini pasaytirishni nazarda tutib yoqilgʻi-energetika, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sohasida zamonaviy energiya jihatidan samarali texnologiyalar va uskunalar joriy etilishini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilgʻi-energetika, kimyo va neft-kimyo sanoati sohasida, shuningdek, atom energetikasi va energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanish sohasida islohotlar, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi yoqilgʻi-energetika tarmogʻini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”2019-yil 1-fevraldagi PF-5646-son Farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 3-apreldagi PQ-4265-son qaroriga muvofiq amalga oshirilishini kompleks oʻrganishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilgʻi-energetika, metallurgiya sanoati, shuningdek, geologiya, atom energetikasi va energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanish sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, toʻqimachilik va zargarlik sanoati, mahsulotlarni standartlashtirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, toʻqimachilik va zargarlik sanoati, mahsulotlarni standartlashtirish sohasida strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy energiya va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hisobiga korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilishni va texnologik jihatdan qayta jihozlashni nazarda tutuvchi qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, avtomobil, elektrotexnika, toʻqimachilik va zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish boʻyicha takliflar puxta ishlab chiqilishini, ekspertizadan oʻtkazilishini va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga tayyorlanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, avtomobil, elektrotexnika, toʻqimachilik va zargarlik sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlash masalalari boʻyicha takliflar va hujjatlar loyihalari kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, avtomobil, elektrotexnika, toʻqimachilik va zargarlik sanoati tizimini takomillashtirish va boshqarish samaradorligini oshirish boʻyicha takliflarni puxta ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirish jarayonlariga, shu jumladan, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, avtomobil, elektrotexnika, toʻqimachilik va zargarlik sanoati tashkilotlarining ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarni xorijiy va mahalliy xususiy investorlarga sotish yoʻli bilan potensial investorlarni jalb etish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish va baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, toʻqimachilik va zargarlik sanoati tashkilotlarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullari joriy etilishi holatini tahlil qilish, ishlab chiqarish, investitsion, moddiy-texnik, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida tarmoqlarda boshqaruv tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, avtomobil, elektrotexnika, toʻqimachilik va zargarlik sanoatida, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-dekabrdagi PF-5285-son Farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 ― 2021-yillarda avtomobil sanoatini jadal rivojlantirish va boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 1-iyundagi PQ-3028-son, “2018 — 2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 15-noyabrdagi PQ-3388-son, “Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tarmogʻini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 4-sentabrdagi PQ-3929-son, “Elektrotexnika sanoatining eksport salohiyatini yanada rivojlantirish va oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 4-yanvardagi PQ-4090-son qarorlariga muvofiq islohotlar amalga oshirilishini kompleks oʻrganishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash sohasida yagona davlat siyosati yuritilishini tashkil etish, shu jumladan, sifatni boshqarish tizimi boʻyicha xalqaro standartlarni qoʻllash asosida mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoatning bazaviy tarmoqlari korxonalarida xalqaro standartlarga muvofiq sifatni boshqarish tizimini joriy etish boʻyicha takliflarni puxta ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-dekabrdagi PQ-4059-son qaroriga muvofiq texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash tizimlari ishlashi va rivojlanishini tizimli oʻrganish va kompleks tahlil qilishni tashkil etish, ushbu sohada davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash, xalqaro standartlarni qoʻllash asosida, shu jumladan, sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish asosida texnik reglamentlarni ishlab chiqish, mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshliligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mudofaa sanoatini rivojlantirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi toʻgʻrisida”gi va “Mudofaa toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini amalga oshirish doirasida davlat mudofaa buyurtmasini shakllantirish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosan energiya samaradorligi yuqori va energiyani tejaydigan zamonaviy texnologiyalar negizida tarmoqni modernizatsiya qilishga va texnologik qayta jihozlashga qaratilgan mudofaa sanoati kompleksi korxonalarini jadal rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish, harbiy va ikki tomonlama foydalaniladigan mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni oʻzlashtirishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish salohiyatidan yanada toʻliq foydalanish, yangi ishlab chiqarishlar va ish oʻrinlari yaratish, ushbu sohadagi ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks diversifikatsiya qilish maqsadida mudofaa sanoati kompleksi va ular bilan bogʻliq boshqa tarmoqlarning korxonalararo, shuningdek, kichik tadbirkorlik subyektlarining tarmoqlararo kooperatsiyasi samaradorligini oshirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 20-noyabrdagi PF-5246-son Farmoniga muvofiq mudofaa sanoati kompleksi korxonalarida foydalaniladigan butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, davlat mudofaa buyurtmasi bajarilishini taʼminlaydigan yuqori texnologiyali, raqobatbardosh zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha loyihalarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mudofaa sanoati kompleksi korxonalarida korporativ boshqaruvning zamonaviy metodlari joriy etilishini tashkil etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnika, moliya va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy va ikki tomonlama foydalaniladigan, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish maqsadida mavjud boʻlgan va yangi, shu jumladan, qoʻshma, mudofaa sanoati kompleksi korxonalarini rivojlantirish uchun salohiyatli investorlarni hamda ilgʻor texnologiyalarni jalb etish boʻyicha ekspert baholashlarni chuqur oʻrganish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mudofaa sanoatiga xorijiy investitsiyalarni va kreditlarni jalb etish boʻyicha takliflar, loyihalar va dasturlarni har tomonlama tahlil qilish va kompleks ekspertizadan oʻtkazish, bunda xorijiy kapital ishtirokini taʼminlash, koʻrsatib oʻtilgan loyihalar va dasturlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, ularning bajarilishi monitoringini olib borish, shuningdek, tasdiqlangan parametrlarga soʻzsiz erishilishini taʼminlash boʻyicha takliflar va tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish, tarkibiy oʻzgartirish va diversifikatsiya qilishning tasdiqlangan dasturlariga muvofiq mudofaa sanoati kompleksi korxonalarida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
marketing tadqiqotlari oʻtkazish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli boʻlgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularni jahon bozorlariga chiqarish ishlarini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) davlat moddiy zaxiralari sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat moddiy zaxiralarini shakllantirish sohasida yagona davlat siyosati yuritilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, iqtisodiyot tarmoqlarining davlat moddiy zaxiralaridan belgilangan tartibda tezkor foydalanishga tayyorlik holatini tizimli oʻrganish hamda tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat moddiy zaxiralarini jamlash, yangilash va ishlab chiqarish boʻyicha har yillik prognozlarni shakllantirish ishlarini muvofiqlashtirish, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va tashkilotlar tomonidan davlat moddiy zaxiralarini shakllantirish prognozlari bajarilishini doimiy nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan davlat moddiy zaxiralarini shakllantirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat moddiy zaxiralarini boshqarish, saqlash va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish, “Oʻzdavzaxira” qoʻmitasi tizimi korxonalarini modernizatsiya qilish va texnika bilan qayta jihozlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha davlat moddiy zaxiralariga boʻlgan haqiqiy yoki hisoblangan ehtiyojni tizimli oʻrganish va chuqur tahlil qilish hamda shu asosda davlat moddiy zaxiralari turlari, hajmlari, ularni saqlash shart-sharoitlari va metodlarini maqbullashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat moddiy zaxiralarining chiqarilgan tovarlar va mahsulotlarning sifati va miqdori boʻyicha saqlanishini va oʻz vaqtida qaytarilishini taʼminlash ishlari holati monitoringini va tahlilini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) iqtisodiyot tarmoqlarida va hududlarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturlarini ishlab chiqish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika import hajmi va nomenklaturasini chuqur tahlil qilish asosida hamda hududdagi mavjud resurslarni hisobga olgan holda hududda mahalliylashtiriladigan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va materiallarning roʻyxati shakllantirishini va amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoatning bazaviy tarmoqlari hamda hududlarda mavjud xomashyo bazasi va ishlab chiqarish salohiyatini inobatga olgan holda, aniq va maqsadli koʻrsatkichlar asosida mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishni nazarda tutuvchi uzoq va qisqa muddatli tasdiqlangan dasturlar oʻz vaqtida va samarali amalda bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar ishlab chiqarish borasida xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy xomashyo resurslari negizida import oʻrnini bosadigan va ichki bozorni zarur isteʼmol tovarlari, dori-darmon vositalari, ishlab chiqarish-texnik ahamiyatli mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar bilan toʻldirishni taʼminlaydigan korxonalar barpo etish boʻyicha takliflarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 1-maydagi PQ-4302-son qarori bilan tashkil etilgan Mavjud ishlab chiqarishlarni kengaytirish va sanoat mahsulotlarining yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish boʻyicha komissiyaning faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan tadbirlar natijadorligi va samaradorligini baholash natijalariga koʻra vazirlik, idora, xoʻjalik birlashmalari va hududlar masʼullarini ragʻbatlantirish yoki ularga nisbatan taʼsirchan choralar koʻrish taklifini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga kiritib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biriktirilgan tashkilotlarning rahbarlari bilan birgalikda xorijiy mamlakatlar va moliyaviy institutlar bilan hamkorlik qilishni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishdagi muammoli masalalar boʻyicha “yoʻl xaritalari”ga kiritish uchun takliflar tayyorlanishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga tashriflari va respublika hududlarida boʻlishi natijalari boʻyicha Maslahatchining vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tasdiqlangan “yoʻl xaritalari” ijro etilishini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va boshqa masʼul tashkilotlar rahbarlarining Maslahatchining vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha “yoʻl xaritalari” amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi batafsil axboroti, materiallari va hisobotlari taqdim etilishini va ular Vazirlar Mahkamasi majlislariga muhokama qilish uchun kiritilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniq faktlar boʻyicha tegishli chora-tadbirlar koʻrish uchun ommaviy axborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan, joyning oʻziga chiqib jamoatchilik fikrini oʻrganish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Maslahatchi yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniq sohalar va yoʻnalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlar roʻyobga chiqarilishini oʻrganish maqsadida Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning rahbarlari ishtirokida Hukumatning mavzuli sayyor (ochiq) majlislarini tayyorlash va oʻtkazishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri huzurida koʻrib chiqish uchun tegishli rejali masalalar tayyorlanishi va kiritilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaqin, oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha konsepsiyalar, davlat dasturlari va “yoʻl xaritalari” loyihalari tayyorlanishini va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari faoliyatiga aniq koʻrsatkichlarga va maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan tizimli baho beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlarining ularga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali va natijali ijro etilishi uchun shaxsiy roli va masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maslahatchi va Departamentning ish yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlaydi, tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning ijrosini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentga biriktirilgan tarmoqlarda maʼmuriy va iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligining tizimli monitoringi olib borilishini va maʼlumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etish, ushbu tarmoqlarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi tashkil etilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlari boʻyicha Departamentga biriktirilgan tarmoqlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari va dasturlari bajarilishini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzining yuritishiga kiradigan masalalar boʻyicha Departamentga biriktirilgan tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirishi uchun Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiya va vazifalarini ularga berish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maslahatchi yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat va idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida hamda Departament yuritadigan sohalarga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi hamda uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasiga kelgan, ular boʻyicha respublika Hukumati qarorlari talab etilmaydigan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga va boshqa tashkilotlarga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumat aʼzolari boʻlgan va Departamentga biriktirilgan vazirlar va davlat qoʻmitalari raislari lavozimlariga nomzodlar boʻyicha takliflarni keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan maʼqullash uchun Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri bilan kelishgan holda belgilangan tartibda kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biriktirilgan xoʻjalik boshqaruvi organlarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari nomenklaturasiga kiradigan rahbarlari lavozimlariga nomzodlar boʻyicha takliflarni keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan maʼqullanishi uchun belgilangan tartibda kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning rahbarlik lavozimlariga kadrlar zaxirasini ushbu lavozimlarga nomzodlarni tasdiqlash (tayinlash)ning belgilangan tartibiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri bilan kelishgan holda tanlaydi va shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalari ekspertizadan oʻtkazilishini va sifatli tayyorlanishini tashkil etish masalalarida Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi bilan birgalikda Departament mutaxassislari lavozimlariga kadrlarni tanlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament mutaxassislarini qayta tayyorlash, malakasini oshirish, ragʻbatlantirish va intizomiy jazolash choralarini qoʻllash toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentda kadrlar zaxirasini shakllantirish boʻyicha ishlarni tizimli asosda tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament boshligʻining oʻrinbosari-shuʼba mudiri, shuʼba mudirlari va mutaxassislari oʻrtasida vazifalarning taqsimlanishini tasdiqlaydi, shuningdek, Departamentning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasi Rayosatiga tasdiqlash uchun kiritadi, Departament boshligʻining oʻrinbosari-shuʼba mudiri, shuʼba mudirlari va mutaxassislarning ish rejalarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga muvofiq ish yuritilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maslahatchining yuritishiga kiradigan masalalar boʻyicha jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maslahatchi vaqtincha boʻlmagan taqdirda uning vazifalarini Departament boshligʻining oʻrinbosari ― shuʼba mudiri ijro etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Maslahatchi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Radiatsiya va yadro xavfsizligi boʻyicha komissiyaga rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Maslahatchining huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Maslahatchi unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biriktirilgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlari boʻyicha esa ― boshqa davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlarning Maslahatchi tomonidan yuritiladigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yigʻilishlarida qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtincha ishchi guruhlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni qaytarish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maslahatchining zarur materiallar, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalarini, shuningdek, boshqa hujjatlarni puxta ishlash boʻyicha talablari va topshiriqlari ularda belgilangan muddatlarda ijro etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maslahatchi tomonidan yuritiladigan masalalar boʻyicha uning vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlari belgilangan tartibda ijro etilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Maslahatchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uning vakolatiga kiritilgan tegishli yoʻnalishlar va masalalar boʻyicha takliflar puxta ishlab chiqilishi, ekspertizadan oʻtkazilishi va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga tayyorlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq Maslahatchining vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining hujjatlari va topshiriqlari sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan bevosita Maslahatchining oldiga qoʻyilgan vazifalarning tegishli ravishda va samarali bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maslahatchi rahbarlik qiladigan ishlarning holati, davlat va xoʻjalik boshqaruvining tegishli organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Maslahatchi yuritishiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shuningdek, Maslahatchi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha oliy darajadagi xorijiy tashriflar, respublika hududlariga safarlar yakunlari asosida tasdiqlanadigan “yoʻl xaritalari”ning tegishli ravishda va samarali bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biriktirilgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat aʼzosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari ijrosi monitoringini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarda ishlarning real holatini doimiy ravishda oʻrganish, iqtisodiyot va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish boʻyicha kompleks takliflarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda eksport prognozi bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamentiga va Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalari respublikaning davlat manfaatlari, iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan va ulardagi masalalar barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bogʻliqlikda puxta ekspertizadan oʻtkazilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy taʼminlash faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 3-apreldagi PF-5395-son Farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlariga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash uchun shaxsan javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Maslahatchi faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Maslahatchining ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari hamda Departamentning ish rejasi asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentning ish rejasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Maslahatchining Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari biriktirilgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida amalga oshirilishi tizimli monitoringini taʼminlash boʻyicha faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq kompleks oʻrganishlarni amalga oshirish orqali, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitgan holda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-iyundagi 400-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti (keyingi oʻrinlarda ― Departament) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Departament faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vazirini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini (keyingi oʻrinlarda ― Vazirlar Mahkamasi), uning Rayosatini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatini sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish hamda sanoat xavfsizligi masalalari boʻyicha axborot-tahliliy taʼminlashga yoʻnaltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Departament oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi ― Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi (keyingi oʻrinlarda ― Maslahatchi) rahbarligida amalga oshiradi, ayni vaqtda uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Departament oʻz faoliyatini sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish hamda sanoat xavfsizligi masalalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Departament faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar Departament faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan asosiy prinsipni oʻz vaqtida, aniq va toʻliq hajmda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 ― 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi, Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasi, 2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi vazifalari va oʻrta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq dasturlari oʻz vaqtida va samarali amalda bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat aʼzosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari ijrosi monitoringi olib borilishini tashkil etish, olib borish, shuningdek, joylarda ishlarning real holatini doimiy ravishda oʻrganish, sanoat tarmoqlarida va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishdagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan kompleks takliflarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlarining hamda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishdagi masalalariga mutasaddi mahalliy ijro etuvchi xokimiyat organlari rahbarlarining ularga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali va natijali ijro etilishi uchun shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biriktirilgan sohalarda davlat siyosati samarali va sifatli amalga oshirilishi, shu jumladan, idoraviy mansub tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish yoʻli bilan moliyaviy resurslarni boshqarish masalalarida Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning mustaqilligini kuchaytirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga davlat dasturi amalga oshirilishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalarida hisobot berishi uchun har choraklik tahliliy materiallarni keyinchalik Maslahatchiga taqdim etish uchun tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining asosiy xalqaro reytinglar va indekslarda pozitsiyasini yaxshilash boʻyicha Hukumatning, Departamentga biriktirilgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining ish samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xalq bilan muloqot” amaliyotini va joylarda shaxsiy uchrashuvlarni takomillashtirish, Departamentga biriktirilgan tarmoqlarda ijtimoiy sohani yanada rivojlantirishni kafolatlaydigan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishini va ular amalga oshirilishi monitoringi olib borilishini tashkil etish, shu jumladan, aholi bandligini va real daromadlari oshishini taʼminlash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentning vakolatlariga tegishli boʻlgan yoʻnalishlar va masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga takliflarni puxta ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat tarmoqlarini va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish konsepsiyalari, xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”, yirik loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, biriktirilgan sohalar va tarmoqlarda eng muhim ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda puxta ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berish uchun tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentga biriktirilgan sohalar va tarmoqlarda iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar amalga oshirilishi samaradorligi har tomonlama va tanqidiy tahlil qilinishini doimiy ravishda va tizimli asosda olib borish, aniqlangan muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish va kompleks vazifalarni amalga oshirish boʻyicha asoslangan takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va ularning rahbarlari faoliyatini baholashning aniq koʻrsatkichlarga va maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan prinsipial jihatdan yangi tizimini joriy etish, yaqin va uzoq muddatli istiqbolda tarmoqlarni strategik rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishi sifati va samaradorligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, shu jumladan, xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, tadbirkorlik subyektlarini sanoat faoliyatiga keng jalb etish, sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat tarmoqlariga maʼmuriy taʼsir koʻrsatishni yanada qisqartirish va davlatning iqtisodiy faoliyatda ishtirok etishi tartibi va darajasini aniq tartibga solish orqali boshqaruvning bozor mexanizmlarini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning faoliyatini mavjud muammolarning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etishga, ishni tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga qayta yoʻnaltirish maqsadida davlatning ayrim funksiyalarini xususiy subyektlarga berish orqali ortiqcha maʼmuriy tartibga solishni pasaytirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha masalalarni Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlislarida koʻrib chiqish uchun tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentga biriktirilgan tarmoqlarni yanada rivojlantirish vazifalari, konsepsiyalar, kompleks chora-tadbirlar, yirik investitsiya loyihalari, shuningdek, xorijiy mamlakatlar va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni amalga oshirish boʻyicha masalalarni Maslahatchining koʻrib chiqishi uchun tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻmitalari bilan mustahkam oʻzaro hamkorlikni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijro intizomi darajasini oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yoʻl xaritalari” Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida, Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va barcha darajalardagi tashkilotlarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishi asosida ijro etilishi tizimli nazorat qilinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentda, shuningdek, Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalarida kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, xodimlar malakasini oshirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish va kadrlarning amaldagi zaxirasini tayyorlash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yoqilgʻi-energetika, kimyo, neft-kimyo, metallurgiya sanoati va geologiya sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilgʻi-energetika sanoatini, atom energetikasi va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasini rivojlantirish yuzasidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilgʻi-energetika sanoatini, atom energetikasi va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasini yanada rivojlantirish boʻyicha takliflarni puxta ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilgʻi-energetika tarmogʻining yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishga hamda ishlab turganlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga yoʻnaltirilgan barqaror va muvozanatli rivojlantirishning maqsadli dasturlari amalga oshirilishini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qaʼridan samarali va oqilona foydalanish talablarini hisobga olgan holda, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 ― 2021-yillar davrida “Oʻzbekneftgaz” AJ boʻyicha mineral-xomashyo bazani rivojlantirish va takror ishlab chiqarish davlat dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 3-noyabrdagi PQ-3372-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 1-martdagi PQ-3578-son hamda “Neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 18-noyabrdagi PQ-4522-son qarorlariga muvofiq geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va amalga oshirish tizimini takomillashtirish strategiyasini, zamonaviy texnologiyalar, asbob-uskunalarni va neft va gazning resurslari va zaxiralarini prognozlashtirish usullarini joriy etishni, uglevodorod konlarini izlash va qidirish samaradorligini oshirishni tahlil qilish va baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish va uglevodorod xomashyo qazib olish hajmlarini koʻpaytirish hamda uglevodorodlar xomashyo bazasini rivojlantirish va takror ishlab chiqarish dasturlari, respublikaning istiqbolli mintaqalarida ularni qazib olish ishlari rejalari amalga oshirilishini tahlil qilish, konlarni, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni, birinchi navbatda, toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarni jalb etish hisobiga oʻzlashtirish boʻyicha takliflar amalga oshirilishini tahlil qilish, shuningdek, ular amalga oshirilishi monitoringi olib borilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori qoʻshilgan qiymatli, jahon va mintaqaviy bozorlarda talab barqaror boʻlgan raqobatbardoshli mahsulotlar turlarini kengaytirish maqsadida uglevodorod xomashyoni chuqur qayta ishlash asosida eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish boʻyicha vazifalar amalga oshirilishini koʻrib chiqish va tahlil qilish, ushbu maqsadlarda xorijiy investitsiyalarni, birinchi navbatda, toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarni keng jalb etish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 ― 2021-yillarda uglevodorod xomashyo qazib olishni koʻpaytirish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 9-martdagi PQ-2822-son qarori doirasida ular amalga oshirilishi ustidan monitoring olib borilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uglevodorod xomashyo va yoqilgʻi-energetika resurslari ishlab chiqarish va isteʼmol qilishning muhim balanslari bajarilishi monitoringini olib borish va tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilgʻi-energetika tarmogʻini, atom energetikasi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini, generatsiyalovchi quvvatlar va energiya tarmogʻi obyektlarini, shu jumladan, maʼnaviy va fizik eskirgan asbob-uskunalar, texnologiyalarni almashtirish, atom energiyasi va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlarida foydalanish boʻyicha sinovdan oʻtgan texnologiyalarni joriy etish yoʻli bilan modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash yuzasidan takliflarni puxta ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 19-iyuldagi PF-5484-son Farmoniga muvofiq atom energetikasini rivojlantirishning, shu jumladan, atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom fanini va yadro texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar, fundamental tadqiqotlar, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va innovatsion ishlar loyihalari amalga oshirilishini, ilgʻor texnologiyalar ishlab chiqarishga joriy etilishini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5594-son Farmoni talablaridan kelib chiqib daxldor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda yadro avariyalari va radiatsiya avariya vaziyatlarining oldini olish boʻyicha tadbirlar rejasini ishlab chiqqan holda respublika obyektlarining radiatsiya va yadro xavfsizligi tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro atom energiyasi agentligi, Atom energiyasi boʻyicha Yevropa hamjamiyati, Qayta tiklanadigan energiya manbalari boʻyicha xalqaro agentlik va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlik hamda oʻzaro hamkorlik boʻyicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energetikasi va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish sohasiga xorijiy investitsiyalar hamda ilgʻor texnologiyalarni jalb qilish maqsadida manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda xalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar, kompaniyalar va banklar bilan hamkorlik boʻyicha takliflar tayyorlash hamda ularni tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tiklanmaydigan uglevodorod resurslaridan oqilona va samarali foydalanish boʻyicha rivojlangan mamlakatlarning ilgʻor tajribasini joriy etish, shu asosda iqtisodiyot tarmoqlari va aholini yoqilgʻi-energetika resurslari bilan barqaror taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy soha obyektlarini va respublika aholisini elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida past voltli elektr tarmoqlarini yanada modernizatsiya qilish va yangilash yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr va gaz tarmoqlarini, elektr va gaz taqsimlash uskunalarini, hisobga olish priborlarini modernizatsiyalash, yangilash, kapital va joriy taʼmirlash tadbirlari bajarilishi natijadorligini, shuningdek, respublika isteʼmolchilariga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi va tabiiy gaz hajmlarini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 ― 2021-yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida” 2017-yil 2-maydagi PQ-2947-son qaroriga muvofiq energetika balansi tarkibida gidroenergetika ulushini koʻpaytirish maqsadida respublika gidroenergetika salohiyatini kompleks oʻzlashtirish asosida gidroenergetikani rivojlantirish dasturlari, shuningdek, yirik, oʻrta, kichik va mikro-gidroelektrstansiyalarni loyihalashtirish va qurish sohasida ilgʻor ilmiy-texnik yechimlar asosida yangi gidroelektrstansiyalarni qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish boʻyicha investitsiya loyihalari amalga oshirilishini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilgʻi-energetika kompleksida, atom va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishda, jumladan, xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etgan holda strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha takliflar, loyihalar va dasturlar har tomonlama tahlil qilinishi va kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash, koʻrsatib oʻtilgan loyihalar va dasturlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish, shuningdek, tasdiqlangan maqsadli parametrlarga soʻzsiz erishish boʻyicha takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
importning oʻrnini bosishni hamda ichki bozorni isteʼmol tovarlari va butlovchi buyumlar bilan toʻldirishni taʼminlaydigan mahalliy xomashyo resurslari bazasida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni yanada mahalliylashtirish vazifalarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilgʻi-energetika tarmogʻi, atom va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ekspluatatsiya kiluvchi tashkilotlarni vertikal boshqarish tezkorligini va ularning ish samaradorligini oshirishga, shuningdek, qogʻozdagi hujjatlar aylanishini qisqartirishga yoʻnaltirilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish boʻyicha tadbirlarni tizimli va kompleks amalga oshirishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini keng joriy etish va neft-gaz, elektroenergetika tarmoqlarida yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni tashkil etgan holda aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitallariga xorijiy investitsiyalarni jalb etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimyo va neft-kimyo sanoati yuzasidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimyo va neft-kimyo sanoatini yanada rivojlantirish boʻyicha takliflarni puxta ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va axborot berish uchun tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimyo tarmogʻining, birinchi navbatda, mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish boʻyicha yangi quvvatlarini tashkil qilish va faoliyat koʻrsatayotgan ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashga yoʻnaltirilgan ishlab chiqarish quvvatlarini barqaror va muvozanatli rivojlantirishning maqsadli dasturlari amalga oshirilishini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon bozorlarida va mintaqaviy bozorlarda talab barqaror boʻlgan yuqori qoʻshilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar turlarini kengaytirish maqsadida mineral-xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida kimyo tarmogʻining tayyor eksportbop mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirishni tahlil qilish, ushbu maqsadlar uchun xorijiy investitsiyalarni, birinchi navbatda, toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarni keng jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish va ulardan foydalanishning eng muhim balanslarini ishlab chiqish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona texnik siyosatni olib borish, kimyo va neft-kimyo ishlab chiqarishlarini, jumladan, maʼnaviy va fizik eskirgan asbob-uskunalar va texnologiyalarni almashtirish orqali modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni tahlil qilish va ular yuzasidan takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilgʻi-energetika resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni nazarda tutgan holda energiya jihatidan samarali zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalarni yanada joriy etishni va shu asosda ishlab chiqarish xarajatlari qisqartirilishini va ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari tannarxi pasaytirilishini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimyo va neft-kimyo sanoatida, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar, birinchi navbatda, toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar va kreditlarni jalb etgan holda strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha takliflar, loyihalar va dasturlarning har tomonlama tahlil qilinishi va kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash, koʻrsatib oʻtilgan loyihalar va dasturlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 3-apreldagi PQ-4265-son qarori doirasida tasdiqlangan maqsadli parametrlarga soʻzsiz erishish boʻyicha takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
importning oʻrnini bosishni hamda ichki bozorni isteʼmol tovarlari va butlovchi buyumlar bilan toʻldirishni taʼminlaydigan mahalliy xomashyo resurslari bazasida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni yanada mahalliylashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimyo tarmogʻi tashkilotlarini vertikal boshqarish tezkorligini va ish samaradorligini oshirishga, shuningdek, qogʻozdagi hujjatlar aylanishini qisqartirishga yoʻnaltirilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish boʻyicha tadbirlar tizimli va kompleks amalga oshirilishini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini keng joriy etish va yuqori texnologik kimyo ishlab chiqarishlarini tashkil etgan holda aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitallariga xorijiy investorlarni jalb etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlarining kimyo va neft-kimyo mahsulotlariga boʻlgan joriy va istiqbolli ehtiyojlarini tadqiq etish va aniqlashni tahlil qilish, jahon bozorining chuqur marketing tadqiqotlarini tashkil etish va kimyo mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish va eksport qilish geografiyasini kengaytirishni hisobga olgan holda ushbu mahsulotlarning ichki va tashqi bozorlarga kirib borishini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
metallurgiya va qimmatbaho metallar yuzasidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
metallurgiya tarmogʻini yanada rivojlantirish va qimmatbaho metallar ishlab chiqarish boʻyicha takliflarni puxta ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va axborot berish uchun tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishning yangi quvvatlarini tashkil qilish va ishlab turganlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashga yoʻnaltirilgan kon-metallurgiya sanoatini barqaror va muvozanatli rivojlantirishning maqsadli dasturlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan 2017 ― 2021-yillarda “Navoiy KMK” DK va “Olmaliq KMK” AJ tomonidan qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni koʻpaytirish Dasturi doirasida yangi konlarni sanoat yoʻli bilan oʻzlashtirishga jalb qilish va qayta ishlash quvvatlarini tashkil etish orqali qimmatbaho hamda rangli metallar ishlab chiqarishni koʻpaytirish dasturlarini sifatli amalga oshirish holatini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon bozorlarida barqaror talabga ega boʻlgan va yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar turlarini kengaytirish maqsadida rangli va nodir metallarni chuqur qayta ishlash asosida eksportbop tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish va ushbu maqsadlarga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda kon-metallurgiya sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanishning eng muhim balanslarini ishlab chiqish va tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona texnik siyosatni olib borish, kon-metallurgiya korxonalarini, shu jumladan, maʼnaviy va fizik eskirgan asbob-uskunalar va texnologiyalarni almashtirish yoʻli bilan modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashni tahlil qilish va ular boʻyicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilgʻi-energetika resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni nazarda tutgan holda energiya jihatidan zamonaviy samarali texnologiyalar va asbob-uskunalarni yanada joriy etishni va shu asosda ishlab chiqarish xarajatlari qisqartirilishini va ishlab chiqarilayotgan kon-metallurgiya mahsulotlari tannarxi pasaytirilishini tahlil qilish va baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kon-metallurgiya sanoatida, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni, birinchi navbatda, toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarni jalb etgan holda strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha takliflar, loyihalar va dasturlarning har tomonlama tahlil qilinishi va kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash, koʻrsatib oʻtilgan loyihalar va dasturlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish, shuningdek, tasdiqlangan maqsadli parametrlarga soʻzsiz erishish boʻyicha takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy xomashyo resurslari bazasida importning oʻrnini bosish hamda ichki bozorni isteʼmol tovarlari va butlovchi buyumlar bilan toʻldirishni taʼminlaydigan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni yanada mahalliylashtirish vazifalari amalga oshirilishini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kon-metallurgiya tashkilotlarini vertikal boshqarish tezkorligini va ish samaradorligini oshirishga, shuningdek, qogʻozdagi hujjatlar aylanishini qisqartirishga yoʻnaltirilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish boʻyicha tadbirlar tizimli amalga oshirilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kon-metallurgiya tarmogʻi korxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-yanvardagi PQ-4124-son qarori doirasida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini keng joriy etish va yuqori texnologik kon-metallurgiya ishlab chiqarishlarini tashkil etgan holda aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitallariga xorijiy investorlarni jalb etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya va mineral xomashyo bazasi yuzasidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya tarmogʻini yanada rivojlantirish va respublikaning mineral-xomashyo bazasini kengaytirish boʻyicha takliflarni puxta ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish va axborot berish uchun tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 1-martdagi PQ-3578-son qarori doirasida yer qaʼridan samarali va oqilona foydalanish talablarini hisobga olgan holda, eng avvalo, rangli, nodir metallar va uran, shuningdek, mineral xomashyoning boshqa qattiq turlarini, chuchuk va mineral yer osti suvlarini qidirish va razvedka qilish samaradorligini oshirish maqsadida geologiya tarmogʻini va geologiya-qidiruv ishlarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda foydali qazilmalarning geologik zaxiralarini prognozlashtirishning zamonaviy texnologiyalari, asbob-uskunalari va usullarini joriy etish strategiyasi amalga oshirilishini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qattiq foydali qazilmalarning strategik muhim turlari konlarini geologik oʻrganish va oʻzlashtirishga xorijiy investitsiyalarni jadal jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 24-maydagi PQ-3000-son qaroriga muvofiq mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va takror ishlab chiqarish davlat dasturlari, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni, birinchi navbatda, toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarni jalb etish hisobiga foydali qazilmalar konlarini oʻzlashtirish loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek, ularning bajarilishi monitoringi olib borilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qaʼrini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida davlat dasturlarini va mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimlar loyihalarini amalga oshirish yuzasidan qarorlar qabul qilish uchun ekspertizadan oʻtkazish va tavsiyalar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 ― 2021-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va takror ishlab chiqarish davlat dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 25-maydagi 3006-son qaroriga muvofiq foydali qazilmalarning asosiy turlari zaxirasi va resurslari oʻz vaqtida koʻpayishi boʻyicha chora-tadbirlarning natijadorligini tizimli tahlil qilgan holda yer qaʼrini geologik oʻrganish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish, mineral-xomashyo bazasini tiklash sohasida davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qaʼrini geologik oʻrganish, undan foydalanish va muhofaza qilish sohasida islohotlar amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona texnik siyosatni yuritish, geologiya korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni tahlil qilish va takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qattiq foydali qazilmalar konlarini qidirish, baholash va razvedka qilish sohasida strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha, jumladan, xorijiy investitsiyalar, birinchi navbatda, toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarni jalb etgan holda takliflar, loyihalar va dasturlarning har tomonlama tahlil etilishini hamda kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash, koʻrsatib oʻtilgan loyihalar va dasturlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish, shuningdek, tasdiqlangan maqsadli parametrlarga soʻzsiz erishish boʻyicha takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya tarmogʻi tashkilotlarini vertikal boshqarish tezkorligini va ish samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish boʻyicha tadbirlarni tizimli va kompleks amalga oshirishni tashkil etish, shuningdek, qogʻozdagi hujjat aylanishini qisqartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvdan maxsus foydalanish yoki yer osti suvlaridan foydalanish uchun ruxsatnomalar berishning tegishli nazoratini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning konlarni geologik oʻrganish, foydali qazilmalarni qazib olish (jumladan, chuchuk, mineral, termal va sanoat yer osti suvlari), mineral xomashyoni qayta ishlash, shuningdek, kon ishlarini geologik-marksheyderlik taʼminlashda yer qaʼridan foydalanish hamda muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga rioya etishi yuzasidan tegishli nazoratni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, toʻqimachilik va zargarlik sanoati, mahsulotlarni sertifikatlash sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil sanoatini rivojlantirish yuzasidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologik yetakchilar bilan birgalikda avtomobillarning importning oʻrnini bosuvchi turlarini, avtomobil mahsulotlariga uzellar va butlovchi buyumlarni ishlab chiqarish, zamonaviy energiya va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hisobiga tarmoq korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va texnologik qayta jihozlash boʻyicha yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishga va ishlab turganlarini kengaytirishga yoʻnaltirilgan avtomobil sanoatini yanada rivojlantirish boʻyicha takliflarni puxta ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil sanoatini yanada rivojlantirish strategiyasi amalga oshirilishini tahlil qilish, shu asosda, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 18-iyuldagi PQ-4397-son qaroriga muvofiq chora-tadbirlarlarni amalga oshirish doirasida ishlab chiqarishlar va tarmoqlarda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish va modernizatsiya qilish boʻyicha takliflar tayyorlanishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish potensialidan yanada toʻliq foydalanish, yangi ishlab chiqarishlar va ish oʻrinlari tashkil etish, tarmoqlarda ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks diversifikatsiyalash maqsadida avtomobilsozlik, boshqa turdosh tarmoqlar korxonalari, jumladan, kichik tadbirkorlik subyektlarining tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada kengaytirish imkoniyatlarini tahlil qilish va takliflarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turkumli ishlab chiqarilayotgan avtotransport vositalarini mahalliylashtirish darajasini yanada oshirishni va ularning yangi turlarini oʻzlashtirishni taʼminlovchi avtomobilsozlik korxonalarida foydalaniladigan butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarini puxta ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil sanoati tashkilotlarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullari joriy etilishi holatini tahlil qilish, ishlab chiqarish, investitsion, moddiy-texnik, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida tarmoqda boshqaruv tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil sanoati korxonalari ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini yetakchi xorijiy kompaniyalarga sotish yoʻli bilan salohiyatli investorlarni xususiylashtirish jarayoniga jalb etishni chuqur oʻrganish va ekspert baholash, shu asosda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnologik yangilashni, korporativ boshqaruvning zamonaviy usullari joriy etilishini, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish tashkil etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish, tarkibiy oʻzgartirish va diversifikatsiyalashning tasdiqlangan dasturlariga muvofiq avtomobil sanoati korxonalarida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
marketing tadqiqotlari olib borish va ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularning jahon bozorlariga kirib borishini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektrotexnika sanoatini rivojlantirish yuzasidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoq ishlab chiqarish quvvatlarini faqat zamonaviy energiya jihatidan samarali va energiyani tejovchi texnologiyalar negizida modernizatsiyalashga va texnik qayta jihozlashga yoʻnaltirilgan elektrotexnika sanoati korxonalarini yanada rivojlantirish, elektrotexnika asbob-uskunalari ishlab chiqarish boʻyicha yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni oʻzlashtirish, jahonga mashhur savdo markalariga ega boʻlgan xalqaro transmilliy kompaniyalarni jalb etgan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari uchun asbob-uskunalar va aksessuarlar ishlab chiqarish boʻyicha yangi quvvatlarni tashkil etish boʻyicha takliflarni puxta ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishni tahlil qilish, shu asosda, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va tarmoqning investitsiyaviy hamda eksport salohiyatini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 30-maydagi PQ-4348-son qaroriga muvofiq tarmoqda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish va ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash boʻyicha takliflar tayyorlanishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish salohiyatidan yanada toʻliq foydalanish, yangi ishlab chiqarishlar va ish oʻrinlari tashkil etish maqsadida elektrotexnika sanoati, boshqa turdosh tarmoqlar korxonalari, shuningdek, kichik tadbirkorlik subyektlarining tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasi samaradorligini yanada kengaytirish, ushbu tarmoqda ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks diversifikatsiyalash imkoniyatlarini tahlil qilish va takliflarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektrotexnika sanoati korxonalarida foydalaniladigan butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, ichki bozorni mahalliy elektrotexnika va isteʼmol tovarlarining zarur turlari bilan toʻldirishni taʼminlovchi zamonaviy yuqori texnologiyali raqobatbardoshli ishlab chiqarishlarni barpo etish loyihalarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektrotexnika tarmogʻi tashkilotlarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullari joriy qilinishi holatini tahlil qilish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnika, moliya va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida tarmoqda boshqaruv tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirish jarayonlariga potensial investorlar, shu jumladan, respublika elektrotexnika sanoati korxonalari ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini xususiy investorlarga, birinchi navbatda, xorijiy investorlarga sotish yoʻli bilan jalb etilishini chuqur oʻrganish va ekspert baholash, shu asosda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnologik yangilashni, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli boʻlgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy kapital ishtirokida aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etishning ustuvorligini hisobga olgan holda xorijiy investitsiyalar va kreditlarni elektrotexnika sanoatiga jalb etish boʻyicha takliflar, loyihalar va dasturlarni har tomonlama tahlil qilish va ekspert baholash, koʻrsatib oʻtilgan loyihalar va dasturlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, ularning bajarilishi monitoringini olib borish, shuningdek, qabul qilingan loyihalar va dasturlarning tasdiqlangan parametrlariga soʻzsiz erishish boʻyicha takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish, tarkibiy oʻzgartirish va diversifikatsiyalashning tasdiqlangan dasturlariga muvofiq elektrotexnika sanoati korxonalarida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
marketing tadqiqotlari oʻtkazish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli boʻlgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularning jahon bozorlariga kirib borishi ishlarini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mashinasozligini rivojlantirish yuzasidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologik yetakchilar bilan birgalikda yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikasi, qishloq xoʻjaligi texnikasiga uzellar va butlovchi buyumlarning importning oʻrnini bosadigan turlarini ishlab chiqarish, zamonaviy energiya va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hisobiga tarmoq korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va texnologik jihatdan qayta jihozlash boʻyicha yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishga va ishlab turganlarni kengaytirishga yoʻnaltirilgan qishloq xoʻjaligi mashinasozligini yanada rivojlantirish yuzasidan takliflarni puxta ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mashinasozligini rivojlantirish strategiyasi amalga oshirilishini tahlil qilish, shu asosda, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tarmogʻida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 4-sentabrdagi PQ-3929-son qaroriga muvofiq chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida tarmoqda amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirish va ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish boʻyicha takliflar tayyorlanishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish salohiyatidan yanada toʻliq foydalanish, yangi ishlab chiqarishlar va ish oʻrinlari tashkil etish maqsadida qishloq xoʻjaligi mashinasozligi va boshqa turdosh tarmoqlar korxonalari, shuningdek, kichik tadbirkorlik subyektlarining tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada kengaytirish imkoniyatlarini tahlil qilish, tarmoqda ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks diversifikatsiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalarida foydalaniladigan butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, ichki bozorni mahalliylashtirish darajasi yuqori boʻlgan mahalliy qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan toʻldirishni taʼminlovchi zamonaviy, yuqori texnologiyali, raqobatbardoshli ishlab chiqarishlarni tashkil etish loyihalarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy qilish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnika, moliya va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida tarmoqda boshqaruv tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirish jarayonlariga potensial investorlar, shu jumladan, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalari ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini xususiy investorlarga, birinchi navbatda, xorijiy investorlarga sotish yoʻli bilan jalb etilishini chuqur oʻrganish va ekspert baholash, shu asosda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnologik yangilash, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, qishloq xoʻjaligi texnikasi va uskunalarga servis xizmatlarini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy kapital ishtirokida aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etishning ustuvorligini hisobga olgan holda xorijiy investitsiyalar va kreditlarni qishloq xoʻjaligi mashinasozligiga jalb etish boʻyicha takliflar, loyihalar va dasturlarni har tomonlama tahlil qilish va kompleks ekspertizadan oʻtkazish, koʻrsatib oʻtilgan loyihalar va dasturlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, ularning bajarilishi monitoringini olib borish, shuningdek, tasdiqlangan parametrlarga erishish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish, tarkibiy oʻzgartirish va diversifikatsiyalashning tasdiqlangan dasturlariga muvofiq qishloq xoʻjaligi mashinasozligida islohotlarning amalga oshirilishini kompleks oʻrganishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
marketing tadqiqotlari oʻtkazish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli boʻlgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularning jahon bozorlariga kirib borishi ishlarini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga qishloq xoʻjaligi texnikasi va ehtiyot qismlar yetkazib berish boʻyicha shartnoma majburiyatlari bajarilishini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xoʻjaliklarini va boshqa qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini hamda mashina-traktor parklarini yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan, shu jumladan, lizing asosida taʼminlash holatini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqimachilik sanoatini rivojlantirish yuzasidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy energiya va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hisobiga toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishga va ishlab turganlarini modernizatsiya qilishga yoʻnaltirilgan toʻqimachilik sanoatini yanada rivojlantirish boʻyicha takliflarni puxta ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqimachilik sanoatida iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishini tahlil qilish, shu asosda, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-dekabrdagi PF-5285-son Farmoniga muvofiq chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida ushbu tarmoqlarda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish va ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish boʻyicha takliflar tayyorlanishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki isteʼmol bozorini toʻqimachilik sanoati tovarlari bilan toʻldirish masalalari boʻyicha ichki isteʼmol bozorini tahlil qilish, toʻqimachilik tovarlari ishlab chiqarish va ulardan foydalanishni rivojlantirish sohasidagi sifat oʻzgarishlarini va tendensiyalarini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqimachilik sanoatida texnologik jarayonlarni maqbullashtirish va oqilona tashkil etish maqsadida ishlab chiqarishni tarkibiy oʻzgartirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni taʼminlash chora-tadbirlari amalga oshirilishini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqimachilik sanoati boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, tarmoqqa xorijiy investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqimachilik sanoatida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullari joriy etilishi holatini tahlil qilish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnik, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan tarmoqlarda boshqaruvni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqimachilik sanoati korxonalarining ilmiy-texnik rivojlanishi darajasini oshirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hisobiga ularni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, koʻrsatib oʻtilgan vazifalarni hal etish uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish boʻyicha takliflarni puxta ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tayyorlash;

toʻqimachilik sanoati korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini boshqarish tizimini joriy etish hamda ularning jahon standartlariga muvofiq boʻlishini taʼminlash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqimachilik sanoati uchun kadrlar tayyorlashni tashkil etish tizimini oʻrganish va tahlil qilish, ushbu sohalarni malakali kadrlar bilan taʼminlash boʻyicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zargarlik sanoatini rivojlantirish yuzasidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar va toshlardan zargarlik mahsulotlari va badiiy buyumlar ishlab chiqaruvchi yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish va ishlab turganlarini modernizatsiya qilishga yoʻnaltirilgan, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2018 ― 2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 15-noyabrdagi PQ-3388-son qaroriga muvofiq zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish boʻyicha takliflarni puxta ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol bozorini zargarlik sanoati mahsulotlari bilan toʻldirish masalalari boʻyicha ichki isteʼmol bozorini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zargarlik sanoatini boshqarish tizimini takomillashtirish, tarmoqga xorijiy investitsiyalarni va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zargarlik sanoatida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullari joriy etilishi holatini tahlil qilish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnik, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan tarmoqda boshqaruvni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash yuzasidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasini yanada rivojlantirish boʻyicha takliflarni, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4059-son qaroriga muvofiq chora-tadbirlar amalga oshirilishi doirasida puxta ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro standartlarni, shu jumladan, sifatni boshqarish tizimi boʻyicha xalqaro standartlarni qoʻllash asosida texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash, mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshligini oshirish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash tizimlarining faoliyat koʻrsatishini va rivojlantirilishini tizimli oʻrganishni va kompleks tahlil qilishni tashkil etish, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash va shu asosda xalqaro standartlarni, shu jumladan, sifatni boshqarish tizimi boʻyicha xalqaro standartlarni qoʻllash asosida mahsulotlar sifatini va raqobatbardoshligini oshirish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish boʻyicha takliflarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash boʻyicha xalqaro talablarni va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni hisobga olgan holda milliy sifat infratuzilmasini yanada takomillashtirish va rivojlantirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlashtirish toʻgʻrisida”, “Metrologiya toʻgʻrisida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”, “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”, “Muvofiqlikni baholash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining hamda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning amalda bajarilishini taʼminlash boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish va monitoring olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mudofaa sanoatini rivojlantirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi toʻgʻrisida”gi va “Mudofaa toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini amalga oshirish doirasida davlat mudofaa buyurtmasini shakllantirish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosan energiya samaradorligi yuqori va energiyani tejaydigan zamonaviy texnologiyalar negizida tarmoqni modernizatsiya qilishga va texnologik qayta jihozlashga qaratilgan mudofaa sanoati kompleksi korxonalarini jadal rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish, harbiy va ikki tomonlama foydalaniladigan mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni oʻzlashtirishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish salohiyatidan yanada toʻliq foydalanish, yangi ishlab chiqarishlar va ish oʻrinlari yaratish, ushbu sohadagi ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks diversifikatsiya qilish maqsadida mudofaa sanoati kompleksi va ular bilan bogʻliq boshqa tarmoqlar korxonalararo, shuningdek, kichik tadbirkorlik subyektlarining tarmoqlararo kooperatsiyasi samaradorligini oshirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 20-noyabrdagi PF-5246-son Farmoniga muvofiq mudofaa sanoati kompleksi korxonalarida foydalaniladigan butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, davlat mudofaa buyurtmasi bajarilishini taʼminlaydigan yuqori texnologiyali, raqobatbardosh zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha loyihalarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mudofaa sanoati kompleksi korxonalarida korporativ boshqaruvning zamonaviy metodlari joriy etilishini tashkil etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnika, moliya va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy va ikki tomonlama foydalaniladigan, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish maqsadida mavjud boʻlgan va yangi, shu jumladan, qoʻshma, mudofaa sanoati kompleksi korxonalarini rivojlantirish uchun salohiyatli investorlarni hamda ilgʻor texnologiyalarni jalb etish boʻyicha ekspert baholashlarni chuqur oʻrganish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mudofaa sanoatiga xorijiy investitsiyalarni va kreditlarni jalb etish boʻyicha takliflar, loyihalar va dasturlarni har tomonlama tahlil qilish va kompleks ekspertizadan oʻtkazish, bunda xorijiy kapital ishtirokini taʼminlash, koʻrsatib oʻtilgan loyihalar va dasturlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, ularning bajarilishi monitoringini olib borish, shuningdek, tasdiqlangan parametrlarga soʻzsiz erishilishini taʼminlash boʻyicha takliflar va tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish, tarkibiy oʻzgartirish va diversifikatsiya qilishning tasdiqlangan dasturlariga muvofiq mudofaa sanoati kompleksi korxonalarida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
marketing tadqiqotlari oʻtkazish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli boʻlgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularni jahon bozorlariga chiqarish ishlarini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) davlat moddiy zaxiralari sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat moddiy zaxiralarini shakllantirish sohasida yagona davlat siyosati yuritilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, iqtisodiyot tarmoqlarining davlat moddiy zaxiralaridan belgilangan tartibda tezkor foydalanishga tayyorlik holatini tizimli oʻrganish hamda tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat moddiy zaxiralarini jamlash, yangilash va ishlab chiqarish boʻyicha har yillik prognozlarni shakllantirish ishlarini muvofiqlashtirish, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va tashkilotlar tomonidan davlat moddiy zaxiralarini shakllantirish prognozlari bajarilishini doimiy nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan davlat moddiy zaxiralarini shakllantirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari bajarilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat moddiy zaxiralarini boshqarish, saqlash va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish, “Oʻzdavzaxira” qoʻmitasi tizimi korxonalarini modernizatsiya qilish va texnika bilan qayta jihozlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha davlat moddiy zaxiralariga boʻlgan haqiqiy yoki hisoblangan ehtiyojni tizimli oʻrganish va chuqur tahlil qilish hamda shu asosda davlat moddiy zaxiralari turlari, hajmlari, ularni saqlash shart-sharoitlari va metodlarini maqbullashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat moddiy zaxiralarining chiqarilgan tovarlar va mahsulotlarning sifati va miqdori boʻyicha saqlanishini va oʻz vaqtida qaytarilishini taʼminlash ishlari holatining monitoringini va tahlilini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) iqtisodiyot tarmoqlarida va hududlarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturlarini ishlab chiqish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika import hajmi va nomenklaturasini chuqur tahlil qilish asosida hamda hududdagi mavjud resurslarni hisobga olgan holda hududda mahalliylashtiriladigan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va materiallarning roʻyxatini shakllantirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoatning bazaviy tarmoqlari hamda hududlarda mavjud xomashyo bazasi va ishlab chiqarish salohiyatini inobatga olgan holda, aniq va maqsadli koʻrsatkichlar asosida mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishni nazarda tutuvchi uzoq va qisqa muddatli tasdiqlangan dasturlardagi loyihalarda belgilangan maqsadli parametrlarga erishishning tizimli monitoringini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar ishlab chiqarish borasida xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish boʻyicha takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy xomashyo resurslari negizida import oʻrnini bosadigan va ichki bozorni zarur isteʼmol tovarlari, dori-darmon vositalari, ishlab chiqarish-texnik ahamiyatdagi mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar bilan toʻldirishni taʼminlaydigan korxonalar barpo etish yuzasidan takliflarni Maslahatchining koʻrib chiqishi uchun tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 1-maydagi PQ-4302-son qarori bilan tashkil etilgan Mavjud ishlab chiqarishlarni kengaytirish va sanoat mahsulotlarining yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish boʻyicha komissiya faoliyati boʻyicha har choraklik tahliliy materiallarni Maslahatchiga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan tadbirlar natijadorligi va samaradorligini baholash natijalariga koʻra vazirlik, idora, xoʻjalik birlashmalari va hududlar masʼullarini ragʻbatlantirish yoki ularga nisbatan taʼsirchan choralar koʻrish taklifini Maslahatchisiga kiritib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yoʻl xaritalari”ga kiritish uchun Departamentga biriktirilgan tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, Departamentga biriktirilgan muammoli masalalar boʻyicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga tashriflari va respublika hududlariga safarlari natijalari boʻyicha Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha tasdiqlangan “yoʻl xaritalari”ning bajarilishi tizimli nazoratini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yoʻl xaritalari” tadbirlari amalga oshirilishi toʻgʻrisida Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari rahbarlarining hisobotlari toʻgʻrisida tahliliy materiallar va takliflarni Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida muhokama qilish uchun kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Departament unga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniq sohalar va yoʻnalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlarni oʻrganish maqsadida Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning rahbarlari ishtirokida Bosh vazir tomonidan mintaqalarda Hukumatning mavzuli sayyor (ochiq) majlislarini tizimli asosda oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallarni tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Maslahatchining huzurida koʻrib chiqish uchun tegishli rejali masalalarni tayyorlaydi va kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaqin, oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan sanoatni va kooperatsiya aloqalarni rivojlantirishning hamda sanoat xavfsizligining eng muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha davlat dasturlari va “yoʻl xaritalari” tayyorlanishini va Bosh vazir, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari huzurida himoya qilinishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali va natijali ijro etilishi uchun ularning rahbarlari shaxsiy roli va masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniq holatlar boʻyicha tegishli chora-tadbirlar koʻrish uchun ommaviy axborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan, joyning oʻziga chiqib jamoatchilik fikrini oʻrganishni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli tarmoqlar va mutasaddilik qilinadigan masalalar boʻyicha turkumlashtirilgan elektron maʼlumotlar bazalari tashkil etilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda toʻldirilishi va yangilanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentning yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha axborotni umumlashtiradi va tahliliy qayta ishlaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga axborot berish uchun, shuningdek, ularni Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish uchun tegishli maʼlumotnoma, tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentga biriktirilgan tashkilotlarda ishlarning iqtisodiy va ijtimoiy holatini, Departament yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari bajarilishini, shu jumladan, joylarga chiqib oʻrganadi, Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga axborot berish uchun tegishli tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari hujjatlari, parlament, deputat va Senat aʼzosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Maslahatchining, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi topshiriqlarining ijrosini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tahliliy, maʼlumotnoma va boshqa materiallarni Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va Maslahatchining topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini amalga oshiradi va ularni ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy va maʼlumotnoma materiallar sifatli tayyorlanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi majlislarini tayyorlash bilan bogʻliq materiallarni tayyorlashda va qarorlarini rasmiylashtirishda ishtirok etadi va koʻrsatib oʻtilgan materiallar haqida Maslahatchiga va Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga axborot beradi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli protokol qarorlari ijrosi nazorat qilinishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirishi uchun Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiya va vazifalarini ularga berish boʻyicha Maslahatchiga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarga materiallarni tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
materiallar, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalari kompleks va sifatli ishlab chiqilishi va tayyorlanishini, manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini hamda ularning himoya qilinishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentning yuritishiga kiradigan masalalar boʻyicha sanoat tarmoqlarining Departamentga biriktirilgan tashkilotlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentga biriktirilgan xoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Maslahatchilarining nomenklaturasiga kiradigan rahbarlar lavozimlariga nomzodlar boʻyicha takliflarni keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan maʼqullanishi uchun tayyorlashda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Maslahatchi boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar ishlari samaradorligini taʼminlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, koʻrib chiqish va chora-tadbirlar koʻrish uchun ushbu murojaatlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Departamentning huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Departament oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilgʻi-energetika sohasida va sanoat tarmoqlarida amalga oshirilayotgan islohotlar roʻyobga chiqarilishini oʻrganish maqsadida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat boshqaruvining hududiy organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mintaqalarda Hukumatning mavzuli sayyor (ochiq) majlislarini tayyorlash va oʻtkazishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markaziy iqtisodiyot organlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlarning xodimlarini, mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda axborot-tahliliy tadqiqotlar oʻtkazish uchun ekspert guruhlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentga biriktirilgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining kollegial organlari majlislarida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining va Maslahatchining topshirigʻiga binoan esa ― davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlarning Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yigʻilishlarida qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarurat boʻlganda Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarurat boʻlganda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti, Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda tushayotgan hujjatlarni qaytarib yuborish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentning zarur materiallarni, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining va maslahatchilarining hamda Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, ularda belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Departament:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida koʻrsatilgan vazifalar va funksiyalar zarur tarzda va samarali bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maslahatchiga va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga kiritiladigan takliflar va hujjatlar loyihalarining asoslanganligi, ushbu topshiriqlar va qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishi samaradorligi, shuningdek, ishning tegishli uchastkasida erishilgan natijalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Departament vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha boshqa qonun hujjatlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining hujjatlari va topshiriqlari sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentdagi ishlarning holati, tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining muvofiqlashtirilishi, Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy darajadagi xorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari boʻyicha Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tasdiqlanadigan “yoʻl xaritalari”ning zarur darajada va samarali bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamentiga, Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalari davlat manfaatlari taʼminlanishi, iqtisodiy samaradorligi va ulardagi masalalar barcha manfaatdor tuzilmalar bilan oʻzaro bogʻliqlikda kelishilganligi nuqtai nazaridan puxta ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy taʼminlash faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 3-apreldagi PF-5395-son Farmoniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlariga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Departamentning tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Departament tuzilmasiga Maslahatchi va quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) iqtisodiyot tarmoqlarida va hududlarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturlarini ishlab chiqish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari shuʼbasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
departament boshligʻining oʻrinbosari — shuʼba mudiri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy boʻysunuvdagi korxonalarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bazaviy va mudofaa sanoati tarmoqlarini rivojlantirish masalalari shuʼbasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shuʼba mudiri (qishloq xoʻjaligi mashinasozligini rivojlantirish masalalari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
metallurgiya va zargarlik sanoati masalalari boʻyicha bosh mutaxassis
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil va elektrotexnika sanoati masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqimachilik sanoatini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlashtirish, metrologiya va sifat menejmentini joriy etish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mudofaa sanoati kompleksini rivojlantirish va davlat moddiy zaxiralari masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) geologiya, yoqilgʻi-energetika va kimyo sanoatini rivojlantirish masalalari shuʼbasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shuʼba mudiri (neft-gaz tarmogʻi va gaz uzatish tizimi masalalari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energetika va energiyaning tiklanadigan manbalari masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimyo va neft-kimyo sanoati masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya va mineral-xomashyo bazasi masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat xavfsizligi masalalari boʻyicha bosh mutaxassis.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament tuzilmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri maslahatchisining yordamchisi va bir nafar inspektor kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Departament ishiga bevosita Maslahatchi rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Departament boshligʻining oʻrinbosari, shuʼba mudirlari va mutaxassislar belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Departament faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Departament ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati toʻgʻrisidagi nizomga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Maslahatchining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejasi, Departamentning ish rejasi, Departament bosh mutaxassislarining shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentning ish rejasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlar Mahkamasining ish rejasi asosida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament boshligʻining oʻrinbosari ― shuʼba mudiri, shuʼba mudirlari va bosh mutaxassislarining shaxsiy ish rejalari Maslahatchi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari amalga oshirilishi tizimli monitoringini amalga oshirish boʻyicha faoliyati Departamentga biriktirilgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, boshqa organlar va tashkilotlarda Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq kompleks oʻrganishlarni oʻtkazish yoʻli bilan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitish yoʻli bilan tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Departament boshligʻining oʻrinbosari ― shuʼba mudiri:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutaxassislar faoliyatini muvofiqlashtiradi, oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomining holati uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha materiallar va hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil qiladi, topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli masalalar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishi, ularni muntazam yangilab turish yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
materiallar toʻgʻrisida Maslahatchiga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga va uning oʻrinbosarlariga axborot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
islohotlarni chuqurlashtirish, respublikani, tarmoqlar va hududlarni yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek, tegishli sohalardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga doir takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Maslahatchiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi hamda uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarini tayyorlash maqsadida ularni muhokama qilish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari, olimlar va mutaxassislar ishtirokida oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maslahatchining topshirigʻiga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maslahatchiga tegishli mutaxassislar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash boʻyicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maslahatchiga oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha mutaxassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ragʻbatlantirish hamda jazolash toʻgʻrisida takliflar taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maslahatchi vaqtinchalik boʻlmagan taqdirda uning vazifasini bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Departamentning shuʼba mudiri:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shuʼba mutaxassislari ishlarini muvofiqlashtiradi va shuʼbaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shuʼbaga biriktirilgan masalalar boʻyicha maʼlumotnoma, taxliliy, statistik va boshqa materiallar, shuningdek, qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining mutaxassislar tomonidan sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qabul qilingan qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Hukumat qarorlarini amalga oshirish boʻyicha mutaxassislar tomonidan tashkiliy chora-tadbirlar yoki nazorat rejalari tayyorlanishini, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri yoki uning maslahatchisi tomonidan tasdiqlanishini muvofiqlashtiradi, erishilgan natijalarning monitoringini doimiy ravishda taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masalalarni oʻrganib chiqishni muvofiqlashtirishni va tegishli davr uchun mutaxassislar, Departament va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tasdiqlangan ish rejalaridagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlaydi, tanqidiy taxlil asosida tegishli takliflarni koʻrib chiqish uchun Maslahatchiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari, sohalari va sektorlari, shuningdek, respublika hududlari boʻyicha turkumlangan maʼlumotlar bazasining mutaxassislar tomonidan yaratilishi va yuritilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotnoma materiallari va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Maslahatchiga, shuningdek, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga, uning oʻrinbosarlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga va uning oʻrinbosarlariga axborot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
islohotlarni chuqurlashtirish, shuningdek, Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Maslahatchiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, shuʼba yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlar, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazadi, shuningdek, ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maslahatchining topshirigʻiga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maslahatchiga tegishli mutaxassislar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash boʻyicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maslahatchiga oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha mutaxassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ragʻbatlantirish hamda jazolash toʻgʻrisida takliflar taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazifalar taqsimlanishiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Departamentning bosh mutaxassisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflarning va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyatning tegishli organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallarni va ekspert xulosalarni tayyorlaydi, shuningdek, ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur kelishuvlarni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
materiallar va hujjatlarning loyihalari toʻgʻrisida Maslahatchiga, shuningdek, belgilangan tartibda ― Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining oʻrinbosarlariga va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha maʼlumotlarning turkumlangan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqni rivojlantirishning istiqbolli vazifalari samarali hal etilishi boʻyicha Departamentga biriktirilgan vazirliklar va idoralarning hamda Departamentga yuklatilgan vazifalar doirasida mahalliy xokimiyat ijro organlarining muvofiqlashtirilgan ishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy qilish yoʻli bilan biriktirilgan sohada davlat siyosati samarali va sifatli amalga oshirilishida Departamentga biriktirilgan vazirliklar va idoralarning mustaqilligini kuchaytirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniq koʻrsatkichlarga va maqsadli indikatorlarga erishishga, yaqin, oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli istiqbolga iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligini taʼminlashga asoslangan idoraviy mansub tashkilotlar va ular rahbarlarining faoliyatini baholash tizimini ishlab chiqish va joriy etishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalarining kollegial organlari majlislarida ishtirok etadi, ular faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek, ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
funksional vazifalar taqsimlanishiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Maslahatchining yordamchisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari bajarilishining nazoratini hamda tahlil etilishini taʼminlaydi, ularni bajarish natijalari haqida Maslahatchiga axborot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumatning muayyan sohalar va yoʻnalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarni tizimli asosda oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallarni tayyorlashda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat aʼzosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari samarali bajarilishini tashkil etadi, shuningdek, ularning ijrosini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi, Departamentning ish rejalarida, shuningdek, tegishli davr uchun shaxsiy ish rejalarida nazarda tutilgan masalalarni oʻrganish va chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirishni taʼminlaydi, tanqidiy tahlil asosida Departament boshligʻining oʻrinbosari, Maslahatchiga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maslahatchining ish rejalarini shakllantirishda ishtirok etadi va ularning bajarilishini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda Maslahatchi koʻrib chiqishi uchun axborot-maʼlumotnoma va boshqa materiallar, shuningdek, Maslahatchining maʼruzalari va nutqlarini tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maslahatchi tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlar va majlislarga, shu jumladan, Hukumat komissiyalarining yigʻilish va majlislariga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazishni tashkil qiladi, topshiriqlarni umumlashtiradi, ularning ijrosini nazorat qiladi, Maslahatchiga topshiriqlarning bajarilishi haqida belgilangan tartibda axborot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maslahatchiga keladigan xat-xabarlarni tahlil qiladi, tegishli materiallar boʻyicha axborot beradi va xat-xabarlar yuzasidan topshiriqlarni ijrochilarga belgilangan tartibda yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maslahatchining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarini qabul qilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining tegishli tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda fuqarolarni Maslahatchi qabul qilishini tashkil etadi, Maslahatchining topshirigʻiga binoan fuqarolarni shaxsan qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Inspektor Departamentda ish yuritilishini taʼminlaydi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yigʻmajildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2020-y., 09/10/400/0797-son)