19.07.2018 yildagi PF-5484-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatda mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga va yangilarini tashkil etishga qaratilgan faol investitsiya siyosati, shuningdek, aholining hayot darajasi va sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar yildan-yilga ehtiyoj ortib borayotgan energiya resurslarini ishonchli manbalar bilan ta’minlashni talab qilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, hozirgi vaqtda respublika iqtisodiyoti va aholisining energiya resurslariga bo‘lgan ehtiyoji energiyaning qayta tiklanmaydigan manbalaridan, jumladan, resurslari cheklangan uglevodorod xomashyolaridan ustun darajada foydalanish hisobiga qoplanmoqda. Vaholanki, mamlakatda uran xomashyosining ulkan zaxirasi bo‘la turib, amalda atom energetikasi salohiyati ishga solinmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi va mamlakat iqtisodiyotining elektr energiyasiga bo‘lgan o‘sib borayotgan ehtiyojini qondirish, shuningdek, energiya hosil qiluvchi quvvatlarni ko‘paytirish hisobiga energiya bilan barqaror ta’minlash, energetika sektorini diversifikatsiya qilish, atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish va ushbu yo‘nalishlarga ilg‘or innovatsion texnologiyalarni joriy etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Atom energiyasi agentligi (keyingi o‘rinlarda “O‘zatom” agentligi deb yuritiladi) tashkil etilsin.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, “O‘zatom” agentligi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-79-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobiga moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar “O‘zatom” agentligining atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasidagi asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar tayyorlash, shu jumladan, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, atom energetikasi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat va ekologiya xavfsizligining xalqaro talablariga javob beradigan zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalarni joriy etgan holda, atom energetikasi obyektlarini loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish bo‘yicha bitimlar va shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom fani va yadro texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni, fundamental tadqiqotlar, ilmiy-qidiruv, tajriba-konstruktorlik va innovatsion ishlar loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadqiqot va energetika atom reaktorlari, yadro-fizika qurilmalari, yadro materiallari va radiatsiya manbalarini saqlash, radioaktiv chiqindilarni ko‘mish punktlarining rivojlanishini va ularning xavfsiz ishlashini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikadagi obyektlarning radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizligi tizimini boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda yadro avariyalari va radiatsiyaviy avariya vaziyatlarining oldini olish bo‘yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqqan holda takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yadro materiallari va texnologiyalari, radioaktiv materiallar tarqalmasligini ta’minlash, jismoniy himoya qilish hamda yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlarni, shu jumladan, yetakchi xorijiy institutlarda tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro atom energiyasi agentligi, Atom energiyasi bo‘yicha Yevropa hamjamiyati va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlik va o‘zaro aloqalarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energetikasi sohasiga xorijiy investitsiyalarni va ilg‘or texnologiyalarni jalb etish maqsadida manfaatdor vazirlik va idoralar ishtirokida xalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar, kompaniyalar va banklar bilan hamkorlikni rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “O‘zatom” agentligi huzurida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar vakillari, shuningdek, atom energetikasini rivojlantirish sohasidagi xalqaro ekspertlar tarkibiga kiritilgan Ilmiy-texnik va ekspert kengashi tashkil etilsin.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, atom energetikasini rivojlantirishning strategik masalalari bo‘yicha qarorlar qabul qilish “O‘zatom” agentligining Ilmiy-texnik va ekspert kengashi xulosalari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 1-oktabrga qadar muddatda “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “O‘zatom” agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 20-dekabrga qadar — 2019 — 2029-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish konsepsiyasi loyihasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-iyunga qadar — ishlab chiqilgan Konsepsiyaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalari portfeli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-noyabrga qadar — 2019 — 2029-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish davlat dasturi loyihasini (keyingi o‘rinlarda — Dastur), shuningdek, Konsepsiya va Dasturning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarning ishlab chiqilishini va tasdiqlash uchun kiritilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsepsiya va Dastur loyihalarini ishlab chiqishda quyidagi masalalarni hal etishga alohida e’tibor qaratilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha kompleks istiqbolni ko‘rish va strategik vazifalarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori darajadagi sanoat va ekologik xavfsizlikni ta’minlaydigan zamonaviy ilg‘or texnologiyalarni qo‘llagan holda atom energetikasi va tegishli infratuzilma obyektlarini qurishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlik, shu jumladan, chiqindilar utilizatsiya qilinishi va ishlatilgan yadro yoqilg‘isi saqlanishi ustidan nazoratni tashkil etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energetikasi sohasida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalarida va chet elda mutaxassislar tayyorlashga, shuningdek, ularning yetakchi xorijiy kompaniyalarda stajirovka o‘tashini tashkil etishga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “O‘zatom” agentligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2018-yil 1-dekabrga qadar muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energetikasi sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetiga qabul kvotalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalarning atom energetikasining aniq mutaxassisliklari yuzasidan xorijiy ta’lim muassasalarida ta’lim olishi va stajirovka o‘tashi bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlar bilan atom energetikasini rivojlantirish uchun kreditlar va grantlarni jalb etish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilishini ta’minlasin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 19-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-5484-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.07.2018-y., 06/18/5484/1546-son; 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)