Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.03.2024 22.03.2019 yildagi 242-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.03.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 150-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining masʼuliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son qarori ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son qaroriga asosan quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament va deputat soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari bajarilishi monitoringini olib boradi, shuningdek, joylarda ishlarning real holatini muntazam oʻrganadi, iqtisodiyotdagi va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qiladi hamda shu asosda strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan kompleks takliflar ishlab chiqadi. Bunda yuklangan vazifalarni hal etishda ularning vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatiga aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchilari ular vakolatiga kiritilgan tegishli yoʻnalishlar va masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga takliflarning puxta ishlab chiqilishini, ekspertizadan oʻtkazilishini va tayyorlanishini taʼminlaydi, shuningdek, ushbu masalalar uchun shaxsan javobgar hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlar, davlat qoʻmitalari raislari va boshqa davlat boshqaruvi organlari rahbarlari Vazirlar Mahkamasiga kiritilayotgan takliflar, tahliliy va boshqa hujjatlarning, shu jumladan, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli va har tomonlama ishlab chiqilishi, shuningdek, ularni amalga oshirishning pirovard natijalari va oqibatlari uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari, vazirlar, davlat qoʻmitalari raislari, idoralar va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablari soʻzsiz bajarilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tizimli asosda tanqidiy va har tomonlama huquqiy, moliyaviy va iqtisodiy ekspertizadan oʻtkazsinlar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va maslahatchilari vazirliklar, idoralar va hududiy boshqaruv organlarining ishi puxta muvofiqlashtirilishini va ularning oʻzaro hamkorligini taʼminlasinlar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablari buzilishi holatlariga prinsipial baho bersinlar, masʼuliyatsizlik, ishni yaxshi bilmaslik va intizomsizlik uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligi choralari toʻgʻrisida takliflar kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasi apparati kotibiyatlari mudirlari, tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va mutaxassislari oʻz vakolatiga oid tegishli yoʻnalishlar va masalalar boʻyicha takliflarni puxta ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tayyorlashda ijro intizomiga rioya qilish orqali shaxsiy masʼuliyatga alohida eʼtiborni qaratgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablarini soʻzsiz bajarish choralarini koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 22-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
242-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Reglament Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga va “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining masʼuliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son Farmoniga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (keyingi oʻrinlarda Vazirlar Mahkamasi/Hukumat deb ataladi) vakolatlarini amalga oshirish yuzasidan uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi hamda iqtisodiyot, ijtimoiy va maʼnaviy sohaning samarali faoliyat koʻrsatishga rahbarlik qilishni, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va oʻz qarorlari ijrosini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga, Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishga, shuningdek, zarur hollarda Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati koʻrsatmalarini bekor qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasi vakolatlarining amalga oshirilishi Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri (keyingi oʻrinlarda Bosh vazir deb ataladi), uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, vazirlar, davlat qoʻmitalari raislari, davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, Vazirlar Mahkamasining Rayosati, Vazirlar Mahkamasining komissiyalari, kengashlari va boshqa idoralararo kollegial organlari faoliyati, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparati ishi bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasida uning vakolatlariga tegishli masalalar Vazirlar Mahkamasi, uning Rayosati majlislarida, Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari (vazifalar taqsimotiga muvofiq) tomonidan, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladigan komissiyalar, kengashlar va boshqa idoralararo kollegial organlar majlislarida manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlar vakillari ishtirokida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida barcha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Bosh vazir Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javob beradi, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi, xalqaro munosabatlarda Vazirlar Mahkamasi nomidan ish koʻradi, Vazirlar Mahkamasining majlisida koʻrib chiqishni talab qilmaydigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi masalalari boʻyicha qarorlar qabul qiladi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazir Hukumat oldiga qoʻyilgan maqsadli vazifalarga erishilishini taʼminlash maqsadida vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvi boshqa organlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari (keyingi oʻrinlarda davlat organlari va boshqa tashkilotlar deb ataladi) faoliyatini umumiy muvofiqlashtiradi, yuzaga kelgan kelishmovchiliklar boʻyicha kelishilgan qarorlar qabul qiladi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 219-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/219/0430-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazir Vazirlar Mahkamasining ishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga muntazam ravishda axborot berib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazir oʻz vakolatlariga kiruvchi masalalar yuzasidan farmoyishlar chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasi apparati Hukumat faoliyatini huquqiy, tashkiliy-texnik, axborot-tahliliy va bayonnoma jihatdan taʼminlaydi, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini tashkil etadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalarini tayyorlaydi, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalarini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan “yoʻl xaritalari”, jadvallar, harakatlar dasturlarini ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparati va uning tarkibiy boʻlinmalari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, vazifalari, funksiyalari, huquq va javobgarligi, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlanadigan nizomlar bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari, Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi Vakolatli vakili va uning kotibiyati faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Vazirlar Mahkamasi ishini rejalashtirish va tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasi oʻz ishini:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ishlab chiqilgan hamda uning farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga murojaatnomalarda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislaridagi, boshqa muhim tadbirlardagi nutqlarida, shuningdek, koʻrsatmalar va topshiriqlar sifatida ifodalangan siyosatni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga moʻljallangan harakatlar dasturini amalga oshirishga yoʻnaltiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining ishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasi qarorlaridan kelib chiquvchi vazifalar asosida shakllantirilgan yarim yillik rejalarga muvofiq olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasining navbatdagi yarim yillik uchun ish rejasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi majlislarini oʻtkazish rejasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarini oʻtkazish rejasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqlarda, iqtisodiyot sohalarida va mintaqalarda iqtisodiy islohotlarning borishi masalalarini Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari huzurida koʻrib chiqish rejasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining komissiyalari, kengashlari va boshqa idoralararo kollegial organlari majlislarining kalendar rejasini oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlar Mahkamasining ish rejalari quyidagi talablardan kelib chiqqan holda shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlarida va ijtimoiy sohada, shuningdek, respublika hududlarida islohotlarning amalga oshirilishi holatini tanqidiy va tizimli tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
islohotlar jarayonlariga toʻsqinlik qilayotgan sabab va muammolarni tizimli tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muammoli masalalarni hal etish va istiqboldagi vazifalarni amalga oshirish boʻyicha puxta ishlab chiqilgan va asoslangan takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari va topshiriqlarining bajarilishi monitoringini olib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vazirlar Mahkamasining ish rejalari Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vazirlar Mahkamasi ish rejalarini tayyorlash, shuningdek, ularning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Davlat organlari va boshqa tashkilotlar oʻz ishini Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ish rejalari asosida tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ish rejalari loyihalarini, faoliyat samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini kiritish, shuningdek, ular ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni taqdim etish tartibi va muddatlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Masalalarni Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida koʻrib chiqish, qoida tariqasida, yarim yillik davrga rejalashtiriladi. Navbatdagi davrga moʻljallangan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislari rejalari har bir masala boʻyicha uni koʻrib chiqish sanasi va tayyorgarlik uchun masʼul boʻlgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar koʻrsatilgan holda Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida koʻrib chiqilishi kerak boʻlgan asosiy masalalar roʻyxatini oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan Yoʻriqnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Vazirlar Mahkamasi apparatiga kelgan xatlar, shu jumladan, davlat sirini tashkil etadigan maʼlumotlar mavjud boʻlgan xatlar tegishli ravishda Vazirlar Mahkamasi apparatining Umumiy boʻlimida yoki Birinchi boʻlimida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xatlarni uni roʻyxatdan oʻtkazmasdan turib ijro etish uchun qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan va hal etish Bosh vazirning vakolatlariga tegishli boʻlgan masalalar toʻgʻrisida Bosh vazirga axborot uning Kotibiyati mudiri, zarurat boʻlganda esa Bosh vazir oʻrinbosarlari yoki maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Masalalarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish, shuningdek, ularni tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalari — qonunchilik tashabbusi tartibida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari loyihalari — koʻrib chiqish va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalari — qabul qilish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining vakolatiga tegishli boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari nomenklaturasiga kiradigan hamda Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga tayinlash, tasdiqlash, taqdim etish, kelishish va lavozimdan ozod etish uchun nomzodlar boʻyicha takliflar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi bilan maxsus kelishuvini talab qiladigan mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlariga chiqishi toʻgʻrisida takliflar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan uning vakolatiga tegishli boʻlgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan boshqa masalalar ham kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhim davlat, iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy masalalarni hal etish uchun ishlab chiqilgan Vazirlar Mahkamasining kompleks yoki maqsadli dasturlari va tadbirlari Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari tomonidan Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan yuborilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari va boshqa hujjatlar Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqilishi va bajarilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish uchun masalalar Vazirlar Mahkamasi aʼzolari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa tashkilotlar rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, istisno hollarda esa ularning birinchi oʻrinbosarlari tomonidan kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ushbu Reglamentning 19-bandida nazarda tutilmagan masalalar boʻyicha yoki ushbu Reglamentning 21-bandida koʻrsatilmagan davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari tomonidan kiritilgan murojaatnomalar Vazirlar Mahkamasi apparatining tegishli tarkibiy boʻlinmasi (keyingi oʻrinlarda tarkibiy boʻlinma deb ataladi) tomonidan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga koʻrib chiqish va ularning vakolatlariga muvofiq qarorlar qabul qilish uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari loyihalarini tayyorlash, kiritish va Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi hujjatlarini tayyorlash, kiritish, koʻrib chiqish, imzolash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalarini tayyorlashning umumiy masalalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamentiga (keyingi oʻrinlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti deb ataladi) 3-ilovada koʻrsatilgan muhim yoʻnalishlar va masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining hujjatlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan uning vakolatiga kiritilgan masalalar boʻyicha qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hisoblangan hujjatlari qarorlar shaklida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining tezkor va boshqa joriy masalalar boʻyicha hujjatlari farmoyishlar shaklida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, kiritish, kelishish va koʻrib chiqish, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish, kiritish, koʻrib chiqish, imzolash va roʻyxatdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlariga, Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga, ushbu Reglamentga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatida Ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalari qonunlar, Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, Bosh vazir yoki uning oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari topshiriqlari ijrosi yuzasidan, shuningdek, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning tashabbusi boʻyicha ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish hamda qabul qilish tashabbusiga faqat ushbu organlarning tegishli masalalar yoki muammolarni qonunchilikda nazarda tutilgan amaldagi normalar va maʼmuriy tartib-taomillar orqali hal qilish vakolati boʻlmagan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
(26-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik boshqaruvi organlari vakolatiga kiruvchi masalalar va korporativ munosabatlarni qonunosti hujjatlarini qabul qilish yoki maʼmuriy usullar orqali tartibga solish taqiqlanadi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 484-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/484/1172-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Vazirlar Mahkamasi hujjatlari loyihalari aniq ifodalanishi, qonunchilikka muvofiq boʻlishi, koʻrib chiqilayotgan masala puxta tahlil qilingan va xolis baholangan boʻlishi, ijrochilar oldiga aniq maqsad va vazifalarni qoʻyishi, ularni bajarishning aniq muddatlarini belgilashi kerak.
(27-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi hujjati loyihasi Hukumatning boshqa hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoxud ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash zaruratini keltirib chiqarsa, ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalar, shuningdek, oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisidagi takliflar tayyorlangan hujjat loyihasiga kiritiladi yoki u bilan bir vaqtda alohida hujjat loyihasi koʻrinishida kiritiladi. Bunda unga hujjat matnining amaldagi va taklif etilayotgan tahririning taqqoslash jadvali, shuningdek, ayrim hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash yuzasidan koʻrib chiqish jadvali tushuntirishlar bilan ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan Hukumat hujjatlari loyihalari “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, ushbu Reglament talablariga, shuningdek, yuridik-texnik rasmiylashtirish qoidalariga javob berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti talablariga javob berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Agar bir masalalar boʻyicha oldin qabul qilingan hujjatlar bajarilmagan boʻlsa, aynan shu masala boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga Hukumat hujjatlari loyihalarini kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi, yangi holatlar yuzaga kelishi bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
291. Vazirlar Mahkamasi hujjatlarining loyihalariga jismoniy va yuridik shaxslar uchun javobgarlik belgilovchi huquqiy normalar kiritilishi taqiqlanadi.
(291-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 484-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/484/1172-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining muhim iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlari loyihalari, qoida tariqasida, loyihani ishlab chiquvchi tashkilotlar tomonidan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga belgilangan tartibda jamoatchilik muhokamasi oʻtkazilishi uchun joylashtiriladi.
(30-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-avgustdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida joylashtiriladigan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini jamoatchilik tomonidan muhokama qilish natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga (huquqiy ekspertiza uchun) va Vazirlar Mahkamasiga (koʻrib chiqish uchun) kiritiladi, bunda, qoida tariqasida, kelib tushgan takliflarni koʻrib chiqish natijalari koʻrsatilishi majburiydir.
(30-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-avgustdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tartibga solish taʼsirini baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 15-martdagi PQ-5025-son qaroriga muvofiq tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkazilishi kerak.
(30-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalarini tayyorlash manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda masʼul davlat organlari va boshqa tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda ishlab chiquvchi deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarkibiy boʻlinmalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalarini mustaqil ishlab chiqishga haqlidir. Bunda hujjat loyihasini manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishish, shuningdek, uni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan oʻtkazish loyihani ishlab chiqqan tarkibiy boʻlinma tomonidan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari loyihalarini tayyorlash, kiritish va Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi hujjatlarini tayyorlash, kiritish, koʻrib chiqish, imzolash va eʼlon qilish ushbu Reglamentga 1 va 2-ilovalarga muvofiq sxemalar boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari loyihalarini kelishish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ishlab chiquvchi tomonidan tayyorlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalari manfaatdor vazirliklar va idoralar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari bilan kelishilishi kerak.
(33-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 219-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/219/0430-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan — barcha loyihalar, shu jumladan, rivojlantirish davlat dasturlari va investitsiya dasturlariga oid loyihalar, ularni kelishishning yakuniy bosqichida huquqiy ekspertiza oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kiritishdan oldin;
(33-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlaridan mablagʻlar ajratish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tijorat banklaridagi maxsus maqsadli hisobvaraqlarini ochish va (yoki) yopish, shuningdek, davlat xaridlarini amalga oshirish masalalariga oid loyihalar;
(33-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan — investitsiyalar, savdo va iqtisodiy tartibga solish masalalariga oid loyihalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan — moddiy madaniy meros obyektlariga oid loyihalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi bilan — yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga bevosita yoki bilvosita taʼsir qiladigan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari;
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan — davlat fuqarolik xizmatini tartibga solish, shu jumladan davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ularning tashkiliy-shtat tuzilmalarini oʻzgartirish masalalariga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari;
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2020-y., 09/20/88/0178-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan — davlat boshqaruvida axborot tizimlari, resurslari va boshqa dasturiy mahsulotlarni yaratish va joriy etish masalalariga oid loyihalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bilan — davlat-xususiy sheriklik masalalariga oid loyihalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi bilan — nodavlat notijorat tashkilotlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga oid loyihalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan — fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga oid loyihalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan — tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga bevosita yoki bilvosita taʼsir qiluvchi masalalarga oid loyihalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan — hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va mahalliy davlat dasturlariga oid loyihalar;
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 219-sonli qaroriga asosan oʻn uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/219/0430-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi bilan — yer qaʼrini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish, shuningdek, konchilik sohasidagi munosabatlarni boshqarishga oid loyihalar;
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 509-sonli qaroriga asosan oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 09/20/509/1213-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan — xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tijorat banklaridagi maxsus maqsadli hisobvaraqlarini ochish va (yoki) yopish masalalariga oid loyihalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan — xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tijorat banklaridagi maxsus maqsadli hisobvaraqlarini ochish va (yoki) yopish masalalariga oid loyihalar;
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qaroriga asosan oʻn oltinchi va oʻn yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi advokatlar palatasi bilan — advokatlik faoliyati va sud ishlarini yuritish masalalariga oid loyihalar majburiy tartibda kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalari qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda boshqa davlat organlari va tashkilotlar bilan ham majburiy tartibda kelishiladi.
(33-bandning oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari loyihalarini kelishish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlarida belgilangan tartibda elektron shaklda ham amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatining loyihasini tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan kelishish uchun javobgarlik ishlab chiquvchiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishish uchun yuborilgan hujjatlar loyihalariga (ularning nusxalariga) davlat organlari va boshqa tashkilotlarning birinchi rahbarlari (istisno hollarda — ularning birinchi oʻrinbosarlari) tomonidan qonunlar loyihalari boʻyicha — yetti kalendar kun mobaynida, Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalari boʻyicha — uch kalendar kun mobaynida, Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari boʻyicha — ikki kalendar kundan ortiq boʻlmagan muddatda viza qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari loyihalarini kelishish muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Kelishmovchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining hujjati loyihasi tegishli birinchi rahbarlar (istisno hollarda — ularning birinchi oʻrinbosarlari) tomonidan imzolangan va eʼtirozlar boʻyicha asoslantirilgan kelishmovchiliklar jadvali bilan Hukumatga kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalari ushbu Reglamentning 33 va 34-bandlariga muvofiq kelishilgandan keyin ular Vazirlar Mahkamasiga kiritilgunga qadar ularni qabul qilish zarurligi asoslanishi (shu jumladan, tegishli qiyosiy jadvallar, koʻrib chiqiladigan jadvallar, kelishmovchiliklar jadvallari) ilova qilingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga ekspertizaga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalarini ularning qonunchilikka, xalqaro shartnomalar normalariga, mamlakatda amalga oshiriladigan islohotlarning maqsadlari va vazifalariga, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligini aniqlash, ularda korrupsiya namoyon boʻlishi, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishi, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar uchun ortiqcha maʼmuriy va boshqa cheklovlar tugʻdiradigan shart-sharoitlar yaratadigan qoidalar va normalarni aniqlash yuzasidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, Bosh vazirning, uning oʻrinbosarlarining topshiriqlari bilan kiritishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Hukumatning hujjatlariga nisbatan huquqiy xulosani tayyorlash muddati oʻn kundan ortiq boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari loyihalarini Adliya vazirligida kelishish muddati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Hujjat loyihasi Vazirlar Mahkamasiga faqat huquqiy ekspertiza yakuni boʻyicha ularni qabul qilishning maqsadga muvofiqligi haqida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining xulosasi mavjud boʻlgandagina kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Hujjatning loyihasi Vazirlar Mahkamasiga loyihani kiritgan organning rahbari (istisno hollarda — uning birinchi oʻrinbosari) tomonidan imzolangan xat bilan kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xatga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan kelishilgan hujjat loyihasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjat loyihasini kelishish haqidagi maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha asosiy maʼlumotlar mavjud boʻlgan tushuntirish xati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur moliyaviy-iqtisodiy va boshqa hisob-kitoblar, koʻrib chiqilayotgan masala har tomonlama tahlil qilingan va xolisona baholangan boshqa maʼlumotnoma va tahliliy materiallar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaruratga koʻra, kiritilgan loyiha qabul qilinishi munosabati bilan normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi hujjatlar loyihalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kiritilgan loyiha qabul qilinishi munosabati bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilayotgan, shuningdek, ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan boʻlsa — ushbu Reglamentga 4 va 5-ilovalarga muvofiq shakllar boʻyicha taqqoslash va koʻrib chiqish jadvallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjat loyihasi boʻyicha kelishmovchiliklar mavjud boʻlganda — kelishmovchiliklar jadvali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilgan hujjat loyihasi boʻyicha fuqarolar takliflarini (izohlari) koʻrib chiqish yakuni boʻyicha jadval;
(38-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-avgustdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tartibga solish taʼsirini baholash boʻyicha hisobot va xulosa (qonunchilikda belgilangan hollarda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiquvchi tomonidan tuzilgan korrupsiyaviy omillarni aniqlash boʻyicha namunaviy shakldagi savolnoma (cheklist);
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qaroriga asosan oʻn birinchi va oʻn ikkinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining hujjatning loyihasini qabul qilish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ushbu bandning uchinchi — oʻn ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar loyihani kiritgan organning rahbari (istisno hollarda — uning birinchi oʻrinbosari) tomonidan imzolanishi kerak.
(38-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Vazirlar Mahkamasi hujjatlari loyihalari ushbu Reglamentga 6-ilovaga muvofiq talablarga binoan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Vazirlar Mahkamasi hujjatlari loyihalari Hukumatga davlat tilida, zarurat boʻlganda — rus tili va boshqa tillarga tarjima qilinib kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Davlat organlari va boshqa tashkilotlarning rahbarlari Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan hujjatlar loyihalarining asoslanganligi va sifati, keltirilgan maʼlumotlar va boshqa materiallarning toʻgʻriligi, shuningdek, ularning manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan tegishli ravishda kelishilganligi uchun shaxsan javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Vazirlar Mahkamasiga ushbu Reglament talablariga rioya qilinmasdan kiritilgan hujjatlar loyihalari quyidagi tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari yoki topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi, Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari topshiriqlari ijrosi boʻyicha kiritilgan hujjatlar loyihalari — tushgan sanadan boshlab ikki kunlik muddatdan kechikmay qaytarish sabablari koʻrsatilgan holda Bosh vazir, tegishlicha uning oʻrinbosarlari yoki maslahatchilari qarori asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa hujjatlar loyihalari — tushgan sanadan boshlab ikki kunlik muddatdan kechikmay qaytarish sabablari koʻrsatilgan, Bosh vazirning tegishli oʻrinbosari yoki maslahatchisi bilan kelishilgan holda tarkibiy boʻlinmalar tomonidan qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tushgan sanasidan boshlab ikki kunlik muddat oʻtgan boʻlsa hujjatlar loyihalari faqat Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining qarorlari asosida qaytarilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imzolash huquqi berilmagan shaxslar tomonidan imzolangan hujjatlar loyihalari koʻrib chiqish uchun qabul qilinmaydi va tegishli tarkibiy boʻlinmaning rahbari tomonidan joʻnatuvchiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Hukumat tarkibiga kirmaydigan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan tayyorlangan Vazirlar Mahkamasi hujjatlari loyihalari Hukumatga ushbu Reglament talablariga muvofiq kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Vazirlar Mahkamasi apparatida hujjatlar loyihalari bilan ishlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan hujjatlar loyihalari Umumiy boʻlimda (Birinchi boʻlimda) roʻyxatdan oʻtkaziladi va oʻsha kunning oʻzida ishlash uchun tarkibiy boʻlinmaga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Ushbu Reglamentda belgilangan tartibda kiritilgan hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasi apparatida ishlash, agar boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, u tushgan kundan boshlab oʻn kun mobaynida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan muddatni uzaytirishga faqat Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari yoki maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining qarori bilan yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Tegishli tarkibiy boʻlinma rahbari hujjat loyihasi bilan ishlash uchun masʼul boʻlgan ijrochini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masʼul ijrochi hujjat loyihasini milliy va davlat manfaatlari taʼminlanishi, iqtisodiy samaradorlik va undagi masalalarning oʻzaro bogʻliqligi nuqtai nazaridan ekspertizadan oʻtkazadi. Zaruratga koʻra, masʼul ijrochi hujjat loyihasining qayta ishlanishini tashkil etadi, shuningdek, Bosh vazirning tegishli oʻrinbosari yoki maslahatchisiga loyiha boʻyicha kelishmovchiliklarni hal etish yuzasidan takliflar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarkibiy boʻlinma qoʻshimcha materiallar va maʼlumotlarni soʻrashga, zarur moliyaviy-iqtisodiy va boshqa hisob-kitoblarni hamda tahliliy materiallarni tayyorlash, shu jumladan, loyihani qabul qilishning oqibatlarini baholash uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislarini jalb etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Loyihani koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida Bosh vazirning tegishli oʻrinbosari yoki maslahatchisiga axborot beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazirning oʻrinbosari yoki maslahatchisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
salbiy xulosaga rozi boʻlsa — tarkibiy boʻlinma loyihani ushbu Reglamentda belgilangan tartibda xulosani va tegishli rezolyutsiyani ilova qilgan holda qaytaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijobiy xulosaga rozi boʻlsa — tarkibiy boʻlinma loyiha bilan ishlashni davom ettiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Agar hujjat loyihasi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning konseptual kelishmovchiliklari (qabul qilinmagan takliflar va eʼtirozlar) mavjud boʻlsa, hujjat loyihasi bilan ishlash uchun masʼul boʻlgan tarkibiy boʻlinma hujjat loyihasi boʻyicha takliflar va eʼtirozlar bildirgan tashkilot biriktirilgan tegishli tarkibiy boʻlinma bilan, zaruratga koʻra, Bosh vazirning oʻrinbosari yoki maslahatchisi bilan kelishishni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Loyihaning moliyaviy va iqtisodiy ekspertizasi u huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun Yuridik taʼminlash boshqarmasiga kiritilgunga qadar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlar loyihalarining moliyaviy va iqtisodiy ekspertizasi birinchi bosqichda — tegishli tarkibiy boʻlinma tomonidan, ikkinchi bosqichda — Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati va boshqa tarkibiy boʻlinmalar tomonidan amalga oshiriladi.
(49-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Yakuniy ishlab boʻlingan hujjat loyihasi masʼul tarkibiy boʻlinma rahbarining vizasi bilan quyidagi hujjatlar ilova qilingan holda Yuridik taʼminlash boshqarmasiga kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor davlat organlari va boshqa tashkilotlarning rahbarlari bilan kelishilgan, shuningdek, moliyaviy va iqtisodiy ekspertizadan oʻtkazgan tarkibiy boʻlinma rahbarining vizasi qoʻyilgan hujjat loyihasi matni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilayotgan, shuningdek, ayrim normativ-huquqiy hujjatlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan boʻlsa — masʼul tarkibiy boʻlinma rahbari tomonidan imzolangan qiyosiy va koʻrib chiqish jadvallar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va boshqa tashkilotlarning qabul qilinmagan takliflari va eʼtirozlari mavjud boʻlganda — tegishli tarkibiy boʻlinma, zaruratga koʻra Bosh vazirning tegishli oʻrinbosari yoki maslahatchisi bilan kelishilgan masʼul tarkibiy boʻlinma rahbari tomonidan imzolangan kelishmovchiliklar jadvali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur moliyaviy-iqtisodiy va boshqa hisob-kitoblar, maʼlumotnoma va tahliliy materiallar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Yuridik taʼminlash boshqarmasi, agar boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa uch kun mobaynida loyihani huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi va yakuni boʻyicha unga viza qoʻyilishini taʼminlaydi yoxud u boʻyicha eʼtiroz va takliflarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik taʼminlash boshqarmasi tomonidan normativ-huquqiy hujjat loyihasining huquqiy ekspertizasi doirasida tegishli xulosa berilgan holda ushbu Reglamentga 7-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha loyihalarning tartibga solish taʼsirini baholaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaruratga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Bosh vazir yoki Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlaridan kelib chiqib loyihani huquqiy ekspertizadan oʻtkazish muddatlari qisqartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Yuridik taʼminlash boshqarmasining eʼtiroz va takliflari ish tartibida bartaraf etilishi mumkin. Konseptual kelishmovchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda, ular hujjat loyihasi boʻyicha Boshqarmaning tegishli xulosasida bayon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Vazirlar Mahkamasi apparatida hujjat loyihasining konseptual qoidalari oʻzgartirilgan taqdirda ushbu loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida takroran huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu holatda hujjat loyihasi loyiha bilan ishlash uchun masʼul boʻlgan tarkibiy boʻlinma tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir kun muddatda takroran huquqiy ekspertizani oʻtkazadi va tegishli xulosani taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Hujjat loyihasiga Yuridik taʼminlash boshqarmasi tomonidan viza qoʻyilgandan keyin biriktirilgan masalalar yuzasidan Bosh vazirning tegishli oʻrinbosarlari va maslahatchilari bilan kelishilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Ushbu Reglamentda belgilangan tartibda kelishilgan hujjat loyihasi kelishish uchun Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosariga kiritiladi, keyinchalik u Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga hujjat loyihasi toʻgʻrisida axborot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi loyihani koʻrib chiqadi va u toʻgʻrisida Bosh vazirga axborot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Bosh vazirning oʻrinbosarlari yoki maslahatchilari oʻrtasida kelishmovchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda Bosh vazirning tegishli oʻrinbosari yoki maslahatchisi loyihani koʻrib chiqish uchun Bosh vazirga yoki Vazirlar Mahkamasi Rayosatiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Vazirlar Mahkamasi Rayosati aʼzolari tomonidan eʼtirozlar bildirilgan taqdirda loyiha, agar boshqa muddatlar belgilanmagan boʻlsa, ikki kun muddatda tegishli tarkibiy boʻlinma yoki tashkil etilgan komissiya (ishchi organ) tomonidan qayta ishlanadi, Bosh vazirning tegishli oʻrinbosarlari va maslahatchilari bilan kelishiladi va belgilangan tartibda axborot berish uchun taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi Rayosati aʼzolari oʻrtasidagi kelishmovchiliklar saqlanib qolgan taqdirda Bosh vazir yakuniy qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda hujjatlar loyihalari koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislariga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari loyihalarini koʻrib chiqish uchun, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi hujjatlari loyihalarini kelishish uchun kiritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Bosh vazir (Vazirlar Mahkamasi majlislari) tomonidan maʼqullangan (viza qoʻyilgan) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari loyihalari koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi hujjatlari loyihalari (individual hujjatlardan tashqari) kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va ushbu Reglament talablariga muvofiq kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishish talab etilmaydigan hujjatlari Bosh vazir tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Majburiy tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilishi kerak boʻlgan Vazirlar Mahkamasi hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga Bosh vazir yoki uning topshirigʻiga koʻra Bosh vazirning oʻrinbosarlari va maslahatchilari yoki Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Vazirlar Mahkamasi hujjatlari loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqish va kelishish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamentida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan Vazirlar Mahkamasi hujjatlari loyihalari ular olingan kundan boshlab bir kun muddatda keyinchalik Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga axborot berish uchun Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosariga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi kelishilgan loyihani koʻrib chiqadi va u toʻgʻrisida Bosh vazirga axborot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan Vazirlar Mahkamasi hujjatlari Bosh vazir tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan Vazirlar Mahkamasi hujjati loyihasi boʻyicha eʼtirozlar mavjud boʻlgan taqdirda loyiha uch kun muddatda qayta ishlanadi va belgilangan tartibda u boʻyicha axborot beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Vazirlar Mahkamasi yoki uning Rayosati majlislarida muhokama qilish jarayonida eʼtiroz bildirilgan, qoʻshimcha yoki oʻzgartirishlar kiritilgan hujjatlar loyihalari, agar boshqa muddatlar belgilanmagan boʻlsa, ikki kun muddatda tegishli tarkibiy boʻlinma yoki tashkil etilgan komissiyalar (ishchi organlar) tomonidan qayta ishlanadi, Bosh vazirning tegishli oʻrinbosarlari va maslahatchilari bilan kelishiladi va belgilangan tartibda axborot berish uchun taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Quyidagilar Vazirlar Mahkamasi apparati tomonidan har hafta, har oy va har chorakda batafsil tahlil qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazir bilan kelishilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga belgilangan tartibda qabul qilish uchun yuborilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari loyihalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelishish uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuborilgan Vazirlar Mahkamasi hujjatlari loyihalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilgan tahlil natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining kelishilgan va belgilangan tartibda qabul qilingan hujjatlari toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlar koʻrsatilgan holda keyinchalik Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida koʻrib chiqish uchun tahliliy materiallar tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Vazirlar Mahkamasining qabul qilingan hujjatlarini roʻyxatdan oʻtkazish, joʻnatish, eʼlon qilishni tashkil etish va ijrochilarga yetkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Vazirlar Mahkamasi apparatning boshqaruvchisi va uning huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari Bosh vazir tomonidan imzolangan Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga sana qoʻyadi, ularning asl nusxa ekanligini oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi va chiqarilishini tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni chiqarishga toʻsqinlik qiluvchi holatlar aniqlanganda, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi ular haqida Bosh vazirga axborot beradi va Bosh vazir tomonidan qabul qilingan qarorga muvofiq ish koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Bosh vazir tomonidan imzolangan Vazirlar Mahkamasining hujjatiga tartib raqami beriladi va sana qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi hujjatining joʻnatiladigan nusxalari Umumiy boʻlimning muhri bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imzolangan hujjatning asl nusxasi, loyihaning viza qoʻyilgan nusxalari, loyiha boʻyicha barcha materiallar, shu jumladan, axborot va tushuntirish xatlari, maʼlumotnoma, tahliliy va boshqa materiallar roʻyxat boʻyicha saqlash uchun Umumiy boʻlimga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hisoblangan qarorlari normativ-huquqiy hujjatlar eʼlon qilinadigan rasmiy manbalarda eʼlon qilinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hisoblanmagan, shuningdek, tezkor va boshqa joriy masalalar boʻyicha hujjatlari eʼlon qilinishi shart emas. Bunday hujjatlar normativ-huquqiy hujjatlar eʼlon qilinadigan rasmiy manbalarda aholining tezkor tanishishi maqsadida, shuningdek, Bosh vazir topshirigʻiga koʻra eʼlon qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Vazirlar Mahkamasining hujjatiga uning eʼlon qilinishini cheklaydigan grif qoʻyilishini taʼminlash uning ishlab chiqilishi uchun masʼul boʻlgan ijrochiga va Umumiy boʻlimga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Vazirlar Mahkamasining imzolangan hujjatini boshqa tillarda eʼlon qilish zarur boʻlganda hujjatni imzolashga kiritgan tarkibiy boʻlinma Umumiy boʻlim bilan birgalikda imzolangan hujjat matni tarjima qilinishini taʼminlaydi va tarjimaning muvofiqligi va bir xilligi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Vazirlar Mahkamasining hujjati u imzolangan kunda Umumiy boʻlim tomonidan masʼul ijrochi va loyihani imzolashga kiritgan tarkibiy boʻlinma rahbari tomonidan imzolangan joʻnatish reyestriga muvofiq davlat organlari va boshqa tashkilotlarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining davlat sirlari mavjud boʻlgan hujjatlarini hamda ulardan koʻchirmalarni joʻnatish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Vazirlar Mahkamasi qarorlari (zarurat boʻlganda axborot-tahliliy materiallar bilan birga) rasmiy eʼlon qilish va belgilangan tartibda ijrochilarga yetkazish uchun qogʻoz va elektron shakllarda majburiy tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hisoblangan qarorlari, agar ularning oʻzida kechroq muddat koʻrsatilgan boʻlmasa, ular rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hisoblanmagan qarorlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari ular imzolangan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Respublikani keng va tezkor tanishtirish zarur boʻlganda qarorlar va farmoyishlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Bosh vazirning topshirigʻiga muvofiq ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Davlat organlari va boshqa tashkilotlar — Vazirlar Mahkamasi hujjatlari ijrochilari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilingan hujjat faoliyatiga dahldor boʻlgan oʻzining tarkibiy va hududiy boʻlinmalariga oʻz vaqtida yetkazilishini tashkil etadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilingan hujjatlarning mohiyati va ahamiyati oʻz xodimlari va aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Vazirlar Mahkamasining qonun ijodkorligi faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Qonun ijodkorligi faoliyatini rejalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Vazirlar Mahkamasining qonun ijodkorligi faoliyati har yili Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadigan Qonun loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturi (keyingi oʻrinlarda qonun loyihalarini ishlab chiqish dasturi deb ataladi), shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari ijrosi yuzasidan ishlab chiqiladigan va qonun loyihalari ishlab chiqilishini nazarda tutadigan boshqa rejalar, grafiklar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Qonun loyihalarini ishlab chiqish dasturini tayyorlash va qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-avgustdagi 227-son qarori bilan tasdiqlangan Qonunlar loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish boʻyicha dasturlarni tayyorlash va qabul qilish, shuningdek, ularning bajarilishi monitoringi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi Vakolatli vakili qonun loyihalarini ishlab chiqish dasturi loyihasi sifatli tayyorlanishi va oʻz vaqtida kiritilishi, shuningdek, uning Vazirlar Mahkamasi apparatida koʻrib chiqilishi va belgilangan tartibda axborot berilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Qonun loyihalarini ishlab chiqish dasturi loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun loyihalarini ishlab chiqish dasturi loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilganidan soʻng koʻrib chiqish va maʼqullash uchun Vazirlar Mahkamasi Rayosatiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Qabul qilingan qonun loyihalarini ishlab chiqish dasturi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga hamda manfaatdor davlat organlari va boshqa tashkilotlarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonun loyihalarini ishlab chiqish dasturi ijrosi monitoringini olib boradi va har chorakda Vazirlar Mahkamasiga uning ijrosi toʻgʻrisida axborot kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Qonunlar loyihalarini tayyorlash, kelishish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish, shuningdek, ularni Vazirlar Mahkamasi apparatida koʻrib chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Qonunlar loyihalarini tayyorlash davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunlar loyihalarini tayyorlash mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari hisobga olingan holda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning tashabbusi bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organi va boshqa tashkilotning qonun ijodkorligi faoliyatini tashkil etish va nazorat qilish bevosita ularning rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Qonunlar loyihalarini tayyorlash, koʻrib chiqish va kiritish tartibi ushbu Reglamentga 8-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Qonunlar loyihalari “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga, shuningdek, qonunchilik texnikasi qoidalariga javob berishi kerak.
(84-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Qonun loyihasida uning normalarini amalga oshirishning protsessual mexanizmlarini, shuningdek, qonun loyihasini takrorlaydigan yoki unga zid boʻlgan normalarni bir vaqtda bekor qilishni nazarda tutadigan uning toʻgʻridan-toʻgʻri amal qilishini taʼminlash mexanizmlari mavjud boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi qonun loyihasini ishlab chiqishda uni amalga oshirishga qaratilgan havolaki normalar yangi qonun bilan birga yoki qonunda belgilangan muddatda ishlab chiqiladi.
(85-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 484-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/484/1172-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Qonun loyihalarini yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritiladigan Qonun loyihalarini yuridik-texnik rasmiylashtirish qoidalariga va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 30-dekabrdagi 237-II/150-II-son qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritiladigan qonun loyihalarini va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etilgan qonunlarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Agar tayyorlanayotgan qonun loyihasi boshqa qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoxud ularni (toʻliq yoki qisman) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash zaruratini keltirib chiqarsa, ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalar, shuningdek, oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisidagi takliflar tayyorlanadigan qonun loyihasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar qoʻshilishi yoki oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanishi kerak boʻlgan qonun hujjatlari yoki ularning qismlari soni ancha koʻp boʻlganda, ular qonun loyihasi bilan bir vaqtda amaldagi va taklif etilayotgan tahrirda tegishli taqqoslash jadvallari ilova qilingan holda alohida qonun loyihasi koʻrinishida taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Qonun loyihasini manfaatdor davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan kelishish muddati, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari yoki Bosh vazirning topshiriqlari bilan boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, yetti kunni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida kelishish muddati oʻn kundan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritishda quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun loyihasining konsepsiyasi bayon qilingan tushuntirish xati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi, shuningdek, qonun loyihasi kiritilishi bilan bogʻliq qonunlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisidagi qonun loyihasi (mavjud boʻlganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi, oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanishi yoki qabul qilinishi kerak boʻlgan qonunosti hujjatlarining roʻyxati (mavjud boʻlganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilgan qonun loyihasi boʻyicha fuqarolar takliflarini (izohlari) koʻrib chiqish yakuni boʻyicha jadval;
(89-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-avgustdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy mamlakatlar va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligining tegishli (oʻxshash) qoidalari, Oʻzbekiston Respublikasi sharoitida tegishli xalqaro tajriba qoʻllanilishining maqbulligi toʻgʻrisidagi asosli takliflar ketma-ket tartibda koʻrsatilgan qiyosiy tahlil (jadval koʻrinishida);
(89-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy xarajatlar talab qilinadigan qonunlar loyihalari uchun moliyaviy-iqtisodiy asoslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat daromadlarini kamaytirish yoki davlat xarajatlarini koʻpaytirishni, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti moddalari boʻyicha oʻzgartirishlarni nazarda tutuvchi qonunlarning loyihalari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoida tariqasida, qonun va qonunosti hujjatlarini takomillashtirish, qonun qabul qilinishi bilan bogʻliq tashkiliy-texnik choralarni amalga oshirish, shuningdek, qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatini targʻib qilish boʻyicha masalalarni oʻz ichiga olgan qonun loyihasini amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida qonun loyihasini koʻrib chiqishda ishtirok etuvchi Vazirlar Mahkamasi vakillari tarkibini shakllantirish uchun davlat organlari, shuningdek, manfaatdor vazirliklar va idoralarning rahbarlari va xodimlaridan iborat nomzodlar roʻyxati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90. Vazirlar Mahkamasi apparatida qonun loyihasi bilan ishlash va uni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishish ushbu Reglamentning 4-bobi 4 va 5-paragraflarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Qonunlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida koʻrib chiqish va ular Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida koʻrib chiqilishida ishtirok etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Qonunlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida koʻrib chiqish Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92. Qonun loyihalari va qonunlarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida koʻrib chiqishda Hukumat vakillarining ishtirok etishi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 15-sentabrdagi 220-III/PK-41-III-sonli qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan Qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida koʻrib chiqishda qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti vakillarining ishtiroki tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislariga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93. Vazirlar Mahkamasi majlislari har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishi mumkin. Vazirlar Mahkamasi majlislarida Bosh vazir raislik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94. Vazirlar Mahkamasi majlislarida “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan masalalar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlariga va Vazirlar Mahkamasi Rayosati qarorlariga muvofiq boshqa masalalar koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95. Vazirlar Mahkamasi majlislarida koʻrib chiqish uchun masalalarni tayyorlashni Rahbariyatning topshirigʻiga koʻra Bosh vazir oʻrinbosari yoki maslahatchisi, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining oʻrinbosarlari rahbarligida davlat organlari va boshqa tashkilotlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining vakillari jalb etilgan holda majlisning mazmun qismini tayyorlash uchun masʼul boʻlgan tegishli tarkibiy boʻlinma amalga oshiradi. Zarur hollarda masalalarni tayyorlashni Vazirlar Mahkamasi yoki uning Rayosati tomonidan tashkil etiladigan komissiyalar amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96. Hukumat tuzilmasiga kiradigan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar hamda xoʻjalik boshqaruvi organlari majlisni oʻtkazish sanasidan kamida 15 kun oldin Vazirlar Mahkamasiga kun tartibi, uni muhokama qilish tartibi loyihalarini hamda maʼlumotnomalarni, tegishli tahliliy materiallarni (shu jumladan, jadval koʻrinishida), Vazirlar Mahkamasi majlisi bayonnomasi loyihasini kiritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97. Vazirlar Mahkamasi majlislarida koʻrib chiqish uchun masalalarni tayyorlashga masʼul boʻlgan tegishli tarkibiy boʻlinma vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, shuningdek, xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan kiritilgan materiallarni (hududlardagi ishlarning holatini oʻrganishni hisobga olgan holda), shuningdek, boshqa materiallarni koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98. Koʻrib chiqilgan materiallar Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi bilan kelishiladi va majlisni oʻtkazish sanasigacha oʻn ikki kundan kechikmay Bosh vazirga axborot beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99. Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan koʻrib chiqilgan materiallar Rayosat aʼzolari tomonidan bildirilgan mulohazalarni hisobga olgan holda qayta ishlanadi va majlisni oʻtkazish sanasidan kamida oʻn kun oldin Bosh vazirga axborot berish uchun taqdim etiladi, zarurat boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100. Vazirlar Mahkamasi majlisida koʻrib chiqish uchun kiritiladigan hujjatlar loyihalari ushbu Reglament talablariga muvofiq tayyorlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritiladigan qonunlar loyihalari kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ular Vazirlar Mahkamasi majlisida koʻrib chiqilishidan kamida ikki hafta oldin taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101. Vazirlar Mahkamasi majlisiga taklif etiladigan mansabdor shaxslar roʻyxati Bosh vazir va Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi bilan kelishilgan holda shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mansabdor shaxslarning Vazirlar Mahkamasi majlisida ishtirok etishi tegishli tarkibiy boʻlinmalar tomonidan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102. Vazirlar Mahkamasi majlisiga, zaruratga koʻra, Konstitutsiyaviy sud raisi, Oliy sud raisi, Bosh prokuror, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati qoʻmitalari raislari doimiy ravishda taklif etilishlari mumkin. Boshqa mansabdor shaxslar Vazirlar Mahkamasining majlisiga faqat oʻzlariga daxldor masalalar boʻyicha taklif etiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi majlisida yarim yillik va yil yakunlari boʻyicha respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarning natijalarini koʻrib chiqishda, shuningdek, majlisda respublikaning muayyan hududini iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy rivojlantirishni taʼminlash bilan bevosita bogʻliq masalalar koʻrilayotganda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari ishtirok etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining kalendar yilning birinchi chorak va toʻqqiz oylik yakunlari boʻyicha majlislarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tegishli masalalar boʻyicha oʻrinbosarlari ishtirok etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi majlislarini ommaviy axborot vositalarida yoritish maqsadida unga ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik vakillari ham taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103. Zaruratga koʻra Bosh vazir tomonidan aniq sohalar va yoʻnalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlarning borishini oʻrganish maqsadida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat boshqaruvi hududiy organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida hududlarda Hukumatning mavzuli sayyor (ochiq) majlislari oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumatning mavzuli sayyor (ochiq) majlislarini oʻtkazish tartibi Bosh vazir tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104. Vazirlar Mahkamasi majlislarida koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari, vazirlar, davlat qoʻmitalari raislari, idoralar, boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining hisobot va axborotlari eshitiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105. Vazirlar Mahkamasi majlisida koʻrib chiqiladigan masalalar boʻyicha qarorlar Hukumat aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106. Vazirlar Mahkamasi majlisida qabul qilingan qarorlar bayonnoma koʻrinishida rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majlis bayonnomasi majlis tugaganidan keyin bir kun mobaynida Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi, Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari rahbarligida majlisning mazmun qismi tayyorlanishi uchun masʼul boʻlgan tegishli tarkibiy boʻlinma tomonidan rasmiylashtiriladi, majlisda raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi va Umumiy boʻlim tomonidan belgilangan tartibda tarqatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida oʻtkazilgan majlis bayonnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga imzo uchun kiritish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazir raisligida oʻtkazilgan majlis bayonnomasi imzolangunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishish uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107. Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislari Hukumatning doimiy ishlaydigan organi sifatida har haftada Bosh vazir tomonidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi Rayosati tarkibiga Bosh vazir, Bosh vazir oʻrinbosarlari, Bosh vazir maslahatchilari, vazirlar, davlat qoʻmitalari raislari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazirning kotibiyati Vazirlar Mahkamasi Rayosatining ishchi organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi Rayosatining kun tartibi loyihasini shakllantirish va Bosh vazir bilan kelishish Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi tomonidan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
108. Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari ijrosini tashkil etish masalalari hamda Vazirlar Mahkamasining vakolatiga kiradigan masalalar koʻrib chiqiladi, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq faqat Vazirlar Mahkamasi majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
109. Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari raisligidagi yigʻilishlarni tayyorlash va oʻtkazish, oʻtkazilgan yigʻilishlar yakunlari boʻyicha bayonnoma qarorlarini rasmiylashtirish va imzolash tartibi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
110. Bosh vazir oʻrinbosarlari huzuridagi yigʻilishlarni tashkil etish va oʻtkazish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111. Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida qabul qilingan qarorlar bayonnoma koʻrinishida rasmiylashtiriladi, ularning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir kotibiyatiga, Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilariga hamda tarkibiy boʻlinmalar rahbarlariga yuklanadi. Bayonnoma raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
112. Hukumat bayonnoma qarorlari loyihalari majburiy tartibda huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi kerak. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hukumat bayonnoma qarorlari hisobi yuritilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
113. Hukumat bayonnoma qarorlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlangandan soʻng hisobga olish tartibi ushbu Reglamentga 9-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Qabul qilingan qarorlar ijrosini tashkil etish va ularni nazorat qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
114. Qabul qilingan qarorlar ijrosini tashkil etish, shuningdek, ular ijrosi borishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarorlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
115. Quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar va topshiriqlar ijrosini tashkil etish va amalga oshirish ustidan nazorat qilish ushbu Reglamentga 10-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topshiriqlari (1-kartoteka);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari, uning Rayosati qarorlari (2-kartoteka);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining respublika hududlariga tashriflari yakunlari boʻyicha tasdiqlangan bayonnomalar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida oʻtkazilgan majlislar bayonnomalari (3-kartoteka).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
116. Tarkibiy boʻlinmalarda hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomining holatini oʻrganish ushbu Reglamentga 11 va 12-ilovalarga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
117. Vazirlar Mahkamasiga tushgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari toʻgʻrisida darhol Bosh vazirga axborot beriladi, ular yuzasidan masʼul ijrochilari koʻrsatilgan holda tegishli topshiriqlar tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
118. Topshiriqlar ijrochilarga yetkazilishi va bajarilishini nazorat qilish tegishli tarkibiy boʻlinmalar tomonidan bir kunlik muddatda, shoshilinch topshiriqlar boʻyicha esa — darhol taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
119. Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan, agar boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, hujjat joʻnatilgan kundan boshlab oʻn kalendar kun mobaynida ijro etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
120. Agar topshiriq bir nechta davlat organi va tashkilotlarga berilgan boʻlsa, u holda topshiriqda birinchi boʻlib koʻrsatilgan (“chaqiriq” soʻzi bilan belgilangan) va asosiy ijrochi hisoblangan tegishli organ va tashkilotning rahbari ishni tashkil etadi va ushbu topshiriq oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hamijrochilar asosiy ijrochiga tegishli organ va tashkilotning rahbari yoxud uning oʻrinbosari tomonidan imzolangan takliflarni taqdim etadilar. Zarurat boʻlganda (muddat qisqaligini hisobga olgan holda), asosiy ijrochi tomonidan topshiriqni tezkor tartibda, shu jumladan, ishchi guruhlar tashkil etgan holda bajarish choralari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
121. Qonun hujjatlarini va Hukumat qarorlarini Oʻzbekiston Respublikasining qabul qilingan qonunlariga muvofiqlashtirish boʻyicha topshiriqlar davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan, agar bevosita qonunning oʻzida uni amalga kiritish muddati nazarda tutilmagan boʻlsa, bir oy mobaynida bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu qonunlarni tayyorlagan vazirliklar, idoralar hamda Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalariga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasining Yuridik taʼminlash boshqarmasi bilan birgalikda mazkur topshiriqlarni bajarish vazifasi yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
122. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlarining (yozma axborot xati yoki tegishli hujjat loyihasi shaklida) Vazirlar Mahkamasi tomonidan ijro etilishi natijalari Bosh vazir (toʻgʻridan-toʻgʻri topshiriq mavjud boʻlganda) yoki uning oʻrinbosarlari imzosi bilan belgilangan tartibda Davlat rahbariga axborot berish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
123. Topshiriqlarni bajarish muddatlari faqat topshiriqni imzolagan rahbar tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
124. Topshiriq belgilangan muddatda bajarilmagan taqdirda, u bajarilmagan deb hisoblanadi va nazoratda boʻladi. Uning ijrosi boʻyicha majburiyat ijrochida (asosiy ijrochida) saqlanib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Topshiriqning ijrochisi (asosiy ijrochisi) topshiriqning ijro muddati tamom boʻlgandan keyin uch kun mobaynida tegishli tarkibiy boʻlinmaga topshiriq ijrosining holati, uning belgilangan muddatda ijro etilmasligi sabablari toʻgʻrisida yozma tushuntirishni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
125. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, bayonnoma qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va nazorat qilish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli grafiklarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli tarkibiy boʻlinmalar tomonidan amaliy chora-tadbirlarni tasdiqlangan muddatlarda amalga oshirish orqali, mansabdor shaxslar va xodimlar tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, boshqa organlar va tashkilotlarda ularning bajarilishini maqsadli oʻrganishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqorida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar ijrosi yuzasidan qabul qilingan vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarorlari bajarilishini koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika tarmoqlari va hududlarida ishlarning holatini kompleks oʻrganishni tashkil etish, ularning yakunlarini Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻyilgan vazifalarni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishini taʼminlamagan rahbarlar, mansabdor shaxslar va xodimlarga nisbatan intizomiy javobgarlik choralarini koʻrish orqali taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
126. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarini, Vazirlar Mahkamasining hujjatlarini va Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining topshiriqlarini bajarish boʻyicha ijro intizomining holatini tizimli va tanqidiy tahlil qilish quyidagicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har kuni — davlat organlari va boshqa tashkilotlarning tegishli boʻlinmalari tomonidan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning rahbarlari tegishli choralarni koʻrish uchun xabardor qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har hafta dushanba/seshanba kunlari — davlat organlari va boshqa tashkilotlarning birinchi rahbarlari tomonidan ijro intizomining holatini tahlil qilish taʼminlanadi, keyinchalik ushbu tahlil yakunlari Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida tanqidiy muhokama qilinadi va taʼsirchan choralar koʻriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oyda — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining respublika hududiga tashriflari yakunlari boʻyicha tasdiqlangan bayonnomalar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida oʻtkazilgan majlislar bayonnomalari, oliy va yuqori darajalardagi tashriflar yakunlari boʻyicha amaliy tadbirlar rejalari (“yoʻl xaritalari”) ijrosi, shuningdek, rivojlantirishning maqsadli davlat dasturlarini amalga oshirishning tahlili natijalari Bosh vazirning koʻrib chiqishi uchun kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda — davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomining holatini oʻrganish yakunlari boʻyicha tayyorlangan tahliliy materiallar Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
127. Vazirlar Mahkamasi, uning Rayosati majlislarida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlarining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha vazifalarni bajarilishi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti ijrosi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari bajarilishi borishi toʻgʻrisidagi hisobotlari muntazam ravishda eshitiladi, ularni soʻzsiz amalga oshirishni taʼminlash choralari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
128. Vazirlar Mahkamasining ijro etilgan hujjatlari va topshiriqlarini nazoratdan chiqarish toʻgʻrisidagi qaror Bosh vazir yoki Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Komissiyalar, kengashlar va boshqa idoralararo kollegial organlarni tuzish va faoliyatini tashkil etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
129. Vazirlar Mahkamasining vakolatlari amalga oshirilishiga koʻmaklashish uchun komissiyalar, kengashlar va boshqa idoralararo kollegial organlar (keyingi oʻrinlarda konsultativ va maslahat organlari deb ataladi) tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsultativ va maslahat organlarining vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligi hamda faoliyatini tashkil etish tartibi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
130. Konsultativ va maslahat organlarining majlislari Vazirlar Mahkamasining Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlar Mahkamasining yarim yillik ish rejalari asosida oʻtkaziladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
131. Konsultativ va maslahat organlari faoliyatini tashkil etish, muvofiqlashtirish, ularning oʻzaro hamkorligini taʼminlash ularga biriktirilgan Vazirlar Mahkamasi apparatining tegishli tarkibiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari, shuningdek, vazirlar, davlat qoʻmitalari raislari va boshqa tashkilotlar rahbarlarining javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
132. Bosh vazir oʻrinbosarlari vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament va deputat soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari bajarilishi monitoringini olib boradi, shuningdek, joylarda ishlarning real holatini muntazam oʻrganadi, iqtisodiyotdagi va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qiladi hamda shu asosda strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan kompleks takliflarni ishlab chiqadi. Bunda yuklangan vazifalarni hal etishda ularning vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatiga aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazir oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritiladigan takliflar va hujjatlar loyihalarining asoslanganligi, berilgan topshiriqlar va qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishi samaradorligi, shuningdek, tegishli faoliyat sohalaridagi erishilgan natijalar uchun shaxsan javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
133. Bosh vazir maslahatchilari ular vakolatiga kiritilgan tegishli yoʻnalishlar va masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga takliflarning puxta ishlab chiqilishini, ekspertizadan oʻtkazilishini va tayyorlanishini taʼminlaydi, shuningdek, ushbu masalalar uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
134. Vazirlar, davlat qoʻmitalari raislari va boshqa davlat boshqaruvi organlarining rahbarlari Vazirlar Mahkamasiga kiritilayotgan takliflar, tahliliy va boshqa hujjatlarning, shu jumladan, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli, har tomonlama ishlab chiqilishi, shuningdek, ularni amalga oshirishning pirovard natijalari va oqibatlari uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
135. Vazirlar Mahkamasi aʼzolari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari “Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan asosiy prinsipni oʻz vaqtida, aniq va toʻliq hajmda amalga oshirish uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari bilan oʻzaro hamkorligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
136. Vazirlar Mahkamasi oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari bilan mustahkam oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
137. Vazirlar Mahkamasining qonun ijodkorligi faoliyatida, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida koʻrib chiqiladigan qonunlar loyihalari, boshqa hujjatlarni tayyorlashda hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan parlament nazoratini amalga oshirishda oʻzaro hamkorligi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi Vakolatli vakili tomonidan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
138. Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari bilan oʻzaro hamkorligi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunlariga, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining reglamentlariga hamda ushbu Reglamentga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
139. Vazirlar Mahkamasi aʼzolari Oliy Majlis palatalarining reglamentlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, ularning qoʻmitalari va komissiyalari majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etishi va soʻzga chiqishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
140. Vazirlar Mahkamasi Oliy Majlis palatalariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan birgalikda joriy yilning 15-oktabridan kechikmay kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
141. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti ijrosining borishi toʻgʻrisidagi axborotni va zarur materiallarni yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti ijrosi borishini Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqishda Vazirlar Mahkamasining hisoboti eshitiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi hisobot yilidan keyingi yilning 15-mayidan kechikmay Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan birgalikda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
142. Vazirlar Mahkamasining oʻtgan yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va navbatdagi yil uchun nazarda tutilgan asosiy ustuvorliklar toʻgʻrisidagi har yilgi maʼruzasi Bosh vazir tomonidan Oliy Majlisi palatalariga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
143. Bosh vazirning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisoboti parlament soʻrovi tartibida eshitiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
144. Bosh vazir Hukumat aʼzolari bilan birgalikda har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan, tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
145. Hukumat aʼzolari Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida Qonunchilik palatasi deputatlarining savollariga hisobotlarni taqdim etadilar (Hukumat soati).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
146. Davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Senati aʼzosining soʻroviga yozma javobni, agar boshqa muddat belgilangan boʻlmasa, soʻrov olingan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay yuborishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
147. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari rahbarlari muntazam ravishda (kamida har chorakda bir marta) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga maqsadli vazifalar bajarilganligi va erishilgan natijalar toʻgʻrisidagi hisobotlarni belgilangan tartibda taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
148. Vazirlar Mahkamasi aʼzoligiga nomzod Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi masʼul qoʻmita, siyosiy partiyalar fraksiyalari va deputatlik guruhlari tomonidan dastlabki tarzda koʻrib chiqilganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida koʻrib chiqiladi va maʼqullanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi aʼzosining lavozimiga nomzod uning nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida koʻrib chiqilayotganda va maʼqullanayotganda Vazirlar Mahkamasining harakatlar dasturi bilan oʻzaro bogʻliq boʻlgan, istiqbolga moʻljallangan maqsadli koʻrsatkichlar va vazifalarga erishish borasidagi huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi harakatlar rejasini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Vazirlar Mahkamasi aʼzoligiga nomzodni rad etgan taqdirda, Bosh vazir koʻrib chiqish va maʼqullash uchun yangi nomzodni kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining aʼzosi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanganidan keyin oʻz vazifalarini bajarishga kirishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bob. Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va uning Administratsiyasi bilan oʻzaro hamkorligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
149. Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va uning Administratsiyasi bilan oʻzaro hamkorligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va uning Administratsiyasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi aʼzolarini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlarini tuzish va tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumat tomonidan tashkil etiladigan xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarini lavozimlarga tayinlash va lavozimdan ozod etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining ishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarini tayinlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi hujjatlari loyihalarini kelishish (individual hujjatlardan tashqari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari loyihalarini koʻrib chiqish uchun kiritish masalalari boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va uning Administratsiyasi bilan oʻzaro hamkorligi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa masalalar boʻyicha ham amalga oshiriladi.
(149-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
150. Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va uning Administratsiyasi bilan oʻzaro hamkorligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va ushbu Reglamentda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
151. Vazirlar Mahkamasining vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlarini tuzish yoki tugatish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan oʻzaro hamkorligi ushbu Reglamentning 4-bobida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari loyihalarini tayyorlash orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
152. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlarini tuzish yoki tugatish toʻgʻrisidagi takliflar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni loyihasi va unga ilova qilinadigan hujjatlar Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlarini tuzish yoki tugatish toʻgʻrisidagi takliflar maʼqullangan taqdirda, taqdimnoma keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritilishi uchun Vazirlar Mahkamasi Rayosatining tegishli qarori qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
153. Taqdimnoma Bosh vazir tomonidan imzolanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni loyihasi va zarur tahliliy hujjatlar ilova qilingan holda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-bob. Vazirlar Mahkamasining sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va harbiylashtirilgan tuzilmalar bilan oʻzaro hamkorligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
154. Vazirlar Mahkamasi Konstitutsiyaviy sudga masalalarni qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun kiritishi mumkin.
(154-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
155. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi Hukumat qarorlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
156. Qonunlar yoki ularning ayrim qoidalari Konstitutsiyaviy sud tomonidan Konstitutsiyaga xilof deb topilganda, Vazirlar Mahkamasi oʻz vakolatlari doirasida “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonunda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
157. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi majlisida Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
158. Vazirlar Mahkamasi oʻz vakolatlari samarali amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar va harbiylashtirilgan tuzilmalar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
159. Vazirlar Mahkamasi harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
160. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va harbiylashtirilgan tuzilmalar rahbarlari oʻz faoliyatiga doir masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida ishtirok etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-bob. Vazirlar Mahkamasining nodavlat notijorat tashkilotlar, siyosiy partiyalar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan oʻzaro hamkorligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
161. Vazirlar Mahkamasi oʻz vakolati doirasida nodavlat notijorat tashkilotlar, siyosiy partiyalar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan qonunchilikka muvofiq oʻzaro hamkorlik qiladi, ularga zarur yordam koʻrsatadi.
(161-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
162. Vazirlar Mahkamasi bevosita yoki davlat boshqaruvi organlari orqali nodavlat notijorat tashkilotlar, shuningdek, siyosiy partiyalar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining qonunchilikda nazarda tutilgan huquqlari amalga oshirilishini taʼminlaydi.
(162-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
163. Vazirlar Mahkamasi oʻz vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha nodavlat notijorat tashkilotlar, siyosiy partiyalar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining takliflarini koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
164. Vazirlar Mahkamasi nodavlat notijorat tashkilotlar, siyosiy partiyalar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga ular tomonidan oʻz ustavida qayd etilgan maqsadlar va vazifalarning bajarilishi uchun teng huquqiy imkoniyatlarni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
165. Vazirlar Mahkamasi qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda siyosiy partiyalarning ustav faoliyatini moliyalashtirish uchun ularga davlat mablagʻlari ajratilishida ishtirok etadi.
(165-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-bob. Vazirlar Mahkamasi faoliyati ochiqligini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
166. Jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati faoliyati toʻgʻrisidagi axborotdan erkin foydalanishi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30-moddasi hamda “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
167. Vazirlar Mahkamasi oʻz vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislari toʻgʻrisidagi axborot xabarlarini (press-relizlar, byulletenlar va shu kabilarni) tarqatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzining rasmiy veb-saytida Hukumat faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni joylashtirish va yangilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini ommaviy axborot vositalarida yoritish orqali oʻz faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish chora-tadbirlarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
168. Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini ommaviy axborot vositalarida yoritish, shuningdek, koʻrib chiqiladigan masalalar muhokamasiga jamoatchilikni jalb etish tartibi Bosh vazir tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
169. Hukumatning rasmiy veb-saytida axborotni joylashtirish va yangilash Bosh vazirning matbuot xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-bob. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
170. Vazirlar Mahkamasi oʻz vakolatlari doirasida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga, Vazirlar Mahkamasining “Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 7-maydagi 341-son qaroriga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari koʻrib chiqilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
171. Vazirlar Mahkamasi apparatida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan tegishli nizom bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
172. Jismoniy va yuridik shaxslarning Vazirlar Mahkamasiga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga tushgan murojaatlari bilan ishlash monitoringini olib borish va tahlil qilish ushbu Reglamentga 13 va 14-ilovalarga muvofiq sxemalar boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
173. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari loyihalarini tayyorlash, kiritish va Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

1-bosqich

Davlat organi yoki boshqa tashkilot — ishlab chiquvchi Vazirlar Mahkamasidan mutasaddi bilan birgalikda

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjati loyihasini (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) tayyorlash.

2. Loyihani ekspertizadan oʻtkazish.

3. Loyihani Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga muhokamadan oʻtkazish uchun joylashtirish.

4. Loyihaga ishlab chiquvchining rahbari (istisno hollarda — birinchi oʻrinbosari) tomonidan viza qoʻyish va uni kelishish uchun manfaatdor vazirlik va idoralarga yuborish.

Topshiriqda belgilangan muddatlarda yoxud tashabbus tartibida

Loyiha tayyorlanishiga koʻra


2-bosqich

Manfaatdor vazirlik
va idoralar

1. Loyihani birinchi rahbar (istisno hollarda — birinchi oʻrinbosari) darajasida koʻrib chiqish va viza qoʻyish.

2. Eʼtiroz va takliflar mavjud boʻlgan taqdirda — tegishli xatni tayyorlash.

1 kun mobaynida


3-bosqich

Ishlab chiquvchi

Loyihani zarur materiallarni ilova qilgan holda huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun Adliya vazirligiga yuborish.

Vazirlik
va idoralar bilan kelishilgandan soʻng


4-bosqich

Adliya vazirligi

1. Loyihani huquqiy ekspertizadan oʻtkazish.

2. Huquqiy ekspertiza natijalariga koʻra loyihaga viza qoʻyish va uni qabul qilishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa taqdim etish.

1 kun mobaynida


5-bosqich

Ishlab chiquvchi Vazirlar Mahkamasidan mutasaddi bilan birgalikda

1. Loyiha boʻyicha hujjatlar toʻplamini shakllantirish.

2. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Loyiha kelishilgandan
soʻng darhol

2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

1-bosqich

Umumiy boʻlim

Birinchi boʻlim

Kiritilgan loyihani roʻyxatdan oʻtkazish va uni loyihani puxta ishlash uchun masʼul boʻlgan tarkibiy boʻlinmaga (keyingi oʻrinlarda tarkibiy boʻlinma deb ataladi) berish.

Loyiha tushganidan
soʻng darhol


2-bosqich

Tarkibiy boʻlinma

1. Loyihani puxta ishlash uchun masʼul ijrochini belgilash.

2. Loyihani milliy va davlat manfaatlarini taʼminlash, iqtisodiy samaradorligi va undagi masalalarning oʻzaro bogʻliqligi nuqtai nazaridan ekspert jihatidan ishlab chiqilishini amalga oshirish.

3. Loyiha Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga rioya qilinmasdan kiritilgan taqdirda — loyihani belgilangan tart�bda qaytarish.

Loyiha tushganidan
soʻng darhol

2 kunlik muddatdan kechikmay


3-bosqich

Tarkibiy boʻlinma

1. Loyiha boʻyicha tegishli Bosh vazir oʻrinbosariga yoki Bosh vazir maslahatchisiga axborot berish.

2. Loyihani moliyaviy va iqtisodiy ekspertizadan oʻtkazishni taʼminlash.

3. Yakuniy ishlangan loyihani tarkibiy boʻlinma rahbarining vizasi bilan Yuridik taʼminlash boshqarmasiga kiritish.

1 kun mobaynida

Loyiha moliyaviy
va iqtisodiy ekspertizadan oʻtkazilgandan soʻng


4-bosqich

Yuridik taʼminlash boshqarmasi

1. Loyihani huquqiy ekspertizadan oʻtkazish, unga viza qoʻyish yoxud eʼtiroz va takliflarni taqdim etish.

2. Loyihani tarkibiy boʻlinma bilan birgalikda puxta ishlash va unga viza qoʻyish.

3. Zarur hollarda mavjud kelishmovchiliklar boʻyicha xulosa tayyorlash.

3 kun muddatda


5-bosqich

Tarkibiy
boʻlinma

1. Loyihani tegishlilik boʻyicha Bosh vazir oʻrinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilari bilan kelishish.

2. Loyiha boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosariga axborot berish.

Huquqiy ekspertiza oʻtkazilgandan soʻng darhol


6-bosqich

Apparat boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari

1. Loyihani uni ishlab chiqish uchun asos boʻlgan topshiriq qamrab olinishi, qabul qilishning maqsadga muvofiqligi, belgilangan tartibda rasmiylashtirilganligi, tahliliy materiallar tayyorlanganligi hamda manfaatdor idoralar va Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilganligi nuqtai nazaridan koʻrib chiqish.

2. Kamchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda — loyihani puxta ishlash uchun qaytarish.

3. Eʼtirozlar boʻlmagan yoki ular bartaraf etilgan taqdirda loyihani keyinchalik apparat boshqaruvchisiga axborot berish uchun qabul qilish.

Loyiha taqdim etilishiga koʻra


7-bosqich

Apparat boshqaruvchisi

1. Loyihani koʻrib chiqish.

2. Kamchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda — loyihani puxta ishlash uchun qaytarish.

3. Eʼtirozlar boʻlmaganda — loyihani keyinchalik Bosh vazirga axborot berish uchun qabul qilish, zarur hollarda, loyihaga Bosh vazir tomonidan viza qoʻyish.

4. Loyihani koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuborish toʻgʻrisidagi kuzatuv xatini imzolash.

Loyiha taqdim etilishiga koʻra


8-bosqich

Umumiy boʻlim

Birinchi boʻlim

1. Loyihani zarur hujjatlarni ilova qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuborish.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuborilgan loyihalarning hisobini yuritish.

Loyiha tushgan kunda darhol

Doimiy

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-avgustdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlarini tayyorlash, kiritish, koʻrib chiqish, kelishish, imzolash va eʼlon qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

1-bosqich

Davlat organi — ishlab chiquvchi Vazirlar Mahk�masidan mutasaddi bilan birgalikda

1. Vazirlar Mahkamasining hujjati loyihasini (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) tayyorlash.

2. Loyihani ekspertizadan oʻtkazish.

3. Loyihani Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga muhokamadan oʻtkazish uchun joylashtirish.

4. Loyihaga ishlab chiquvchining rahbari tomonidan viza qoʻyish va uni kelishish uchun manfaatdor vazirlik va idoralarga yuborish.

Topshiriqda belgilangan muddatlarda yoxud tashabbus tartibida

Loyiha tayyorlanishiga koʻra


2-bosqich

Manfaatdor vazirlik
va idoralar

1. Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini birinchi rahbar (istisno hollarda — birinchi oʻrinbosari) darajasida koʻrib chiqish va viza qoʻyish.

2. Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasini birinchi rahbar (istisno hollarda — birinchi oʻrinbosari) darajasida koʻrib chiqish va viza qoʻyish.

3. Eʼtiroz va takliflar mavjud boʻlgan taqdirda — tegishli xatni tayyorlash.

3 kun mobaynida

2 kun mobaynida


3-bosqich

Ishlab chiquvchi

Loyihani zarur materiallarni ilova qilgan holda huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun Adliya vazirligiga yuborish.

Vazirlik
va idoralar bilan kelishilgandan soʻng


4-bosqich

Adliya vazirligi

1. Loyihani huquqiy ekspertizadan oʻtkazish.

2. Huquqiy ekspertiza natijalariga koʻra loyihaga viza qoʻyish va uni qabul qilishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa taqdim etish.

10 kun
mobaynida


5-bosqich

Ishlab chiquvchi Vazirlar Mahkamasidan mutasaddi bilan birgalikda

1. Loyiha boʻyicha hujjatlar toʻplamini shakllantirish.

2. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Loyiha kelishilgandan
soʻng darhol

2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

1-bosqich

Umumiy boʻlim

Birinchi boʻlim

Kiritilgan loyihani roʻyxatdan oʻtkazish va uni ishlash uchun masʼul boʻlgan tarkibiy boʻlinmaga (keyingi oʻrinlarda tarkibiy boʻlinma deb ataladi) berish.

Loyiha tushgandan soʻng darhol


2-bosqich

Tarkibiy boʻlinma

1. Loyihani ishlash uchun masʼul ijrochini belgilash.

2. Loyihani milliy va davlat manfaatlarini taʼminlash, iqtisodiy samaradorligi va undagi masalalarning oʻzaro bogʻliqligi nuqtai nazaridan ekspert jihatidan ishlab chiqilishini amalga oshirish.

3. Loyiha Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga rioya qilinmasdan kiritilgan taqdirda — loyihani belgilangan tartibda qaytarish.

Loyiha tushgandan soʻng darhol

2 kunlik muddatdan kechikmay


3-bosqich

Tarkibiy boʻlinma

1. Loyiha boʻyicha tegishli Bosh vazir oʻrinbosariga yoki Bosh vazir maslahatchisiga axborot berish.

2. Loyihani moliyaviy va iqtisodiy ekspertizadan oʻtkazishni taʼminlash.

3. Yakuniy ishlangan loyihani tarkibiy boʻlinma rahbarining vizasi bilan Yuridik taʼminlash boshqarmasiga kiritish.

1 kun mobaynida

Loyiha moliyaviy
va iqtisodiy ekspertizadan oʻtkazilgandan soʻng


4-bosqich

Yuridik taʼminlash boshqarmasi

1. Loyihani huquqiy ekspertizadan oʻtkazish, unga viza qoʻyish yoxud eʼtiroz va takliflarni taqdim etish.

2. Loyihani tarkibiy boʻlinma bilan birgalikda puxta ishlash va unga viza qoʻyish.

3. Zarur hollarda mavjud kelishmovchiliklar boʻyicha xulosa tayyorlash.

3 kun mobaynida


5-bosqich

Tarkibiy boʻlinmalar

1. Loyihani tegishlilik boʻyicha Bosh vazir oʻrinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilari bilan kelishish.

2. Loyiha boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosariga axborot berish.

Huquqiy ekspertizadan
soʻng darhol


6-bosqich

Apparat boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari

1. Loyihani uni ishlab chiqish uchun asos boʻlgan topshiriq qamrab olinishi, qabul qilishning maqsadga muvofiqligi, belgilangan tartibda rasmiylashtirilganligi, tahliliy materiallar tayyorlanganligi hamda manfaatdor idoralar va Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilganligi nuqtai nazaridan koʻrib chiqish.

2. Kamchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda — loyihani puxta ishlash uchun qaytarish.

3. Eʼtirozlar boʻlmagan yoki ular bartaraf etilgan taqdirda — loyihani keyinchalik apparat boshqaruvchisiga axborot berish uchun qabul qilish.

Loyiha taqdim etilishiga koʻra


7-bosqich

Apparat boshqaruvchisi

1. Loyihani koʻrib chiqish.

2. Kamchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda — loyihani puxta ishlash uchun qaytarish.

3. Eʼtirozlar boʻlmaganda — loyihani keyinchalik Bosh vazirga axborot berish uchun qabul qilish, zarur hollarda, loyihaga Bosh vazir tomonidan viza qoʻyish.

4. Loyihani koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuborish toʻgʻrisidagi kuzatuv xatini imzolash.

Loyiha taqdim etilishiga koʻra


8-bosqich

Umumiy boʻlim

Birinchi boʻlim

1. Loyihani zarur hujjatlarni ilova qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuborish.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuborilgan loyihalar hisobini yuritish.

Loyiha tushgan kunda darhol

Doimiy


9-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

1. Loyihani koʻrib chiqish. Zarur hollarda loyiha boʻyicha Rahbariyatga axborot berish.

2. Vazirlar Mahkamasiga:

a) loyiha kelishilganligi toʻgʻrisida;

b) eʼtiroz yoki takliflar mavjud boʻlganda — ular toʻgʻrisida xat yuborish.

Belgilangan muddatlarda


10-bosqich

Umumiy boʻlim

Birinchi boʻlim

1. Loyihani roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olish.

2. Loyihani tarkibiy boʻlinmaga berish.

Loyiha tushgandan keyin darhol


11-bosqich

Tarkibiy boʻlinma

1. Loyihani axborot berish uchun tayyorlash.

2. Loyiha boʻyicha apparat boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyichaoʻrinbosariga axborot berish.

3. Loyiha boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining eʼtirozlari mavjud boʻlgan taqdirda — puxta ishlash va eʼtirozlarni bartaraf etishni, zarurat boʻlganda ishlab chiquvchi
va Yuridik taʼminlash boshqarmasi bilan birgalikda tashkil etish.

1 kun mobaynida


12-bosqich

Apparat boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalar boʻyicha oʻrinbosari

1. Loyihani koʻrib chiqish.

2. Kamchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda — loyihani puxta ishlash uchun qaytarish.

3. Eʼtirozlar boʻlmaganda yoki ular bartaraf etilgan taqdirda — loyihani keyinchalik apparat boshqaruvchisiga axborot berish uchun qabul qilish.

Loyiha taqdim etilishiga koʻra


13-bosqich

Apparat boshqaruvchisi

1. Loyihani koʻrib chiqish.

2. Kamchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda — loyihani puxta ishlash uchun qaytarish.

3. Eʼtirozlar boʻlmaganda — loyihani keyinchalik Bosh vazirga axborot berish uchun qabul qilish.

4. Loyihani Bosh vazirga imzolash uchun kiritish.

Loyiha taqdim etilishiga koʻra


14-bosqich

Bosh vazir

Vazirlar Mahkamasi hujjatini imzolash.

Loyiha kiritilishiga koʻra


15-bosqich

Tarkibiy boʻlinma

Umumiy boʻlim,

Birinchi boʻlim

1. Imzolangan Vazirlar Mahkamasining hujjatini roʻyxatdan oʻtkazish.

2. Umumiy boʻlim muhri bilan tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasining hujjatini davlat organlari va boshqa tashkilotlarga joʻnatish. Zaruratga koʻra Vazirlar Mahkamasining hujjatiga uning eʼlon qilinishini cheklaydigan grif qoʻyish.

3. Vazirlar Mahkamasining hujjatini rasmiy manbalarda eʼlon qilish,
shu jumladan, imzolangan hujjatni Adliya vazirligiga yuborish.

Hujjat imzolangan kunda

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Belgilangan tartibda kiritilgan Hukumat hujjati loyihasi bilan Vazirlar Mahkamasi apparatida ishlash, agar boshqacha muddat belgilanmagan boʻlsa, u tushgan kundan boshlab oʻn kun mobaynida amalga oshiriladi. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan muddatni uzaytirishga faqat Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining qarori bilan yoʻl qoʻyiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-avgustdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi hujjati loyihasiga tushuntirish xatining mazmuniga qoʻyiladigan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ASOSIY TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tushuntirish xatida quyidagi asosiy maʼlumotlar boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar, rahbariyatning bayonnoma va boshqa topshiriqlariga yoxud loyihani qabul qilish zaruratining boshqa asoslariga havola qilgan holda uni qabul qilish asoslari (rahbariyatning bayonnoma va boshqa topshiriqlari tushuntirish xatiga ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Loyiha boʻyicha moliyaviy xarajatlarning zarurligi va uning moliyaviy taʼminoti, shu jumladan, moliyalashtirish manbalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Loyihani qabul qilishdan kutilayotgan natijalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Aniq maqsadlar va kutilayotgan natijalarga erishish muddatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Loyihada koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha muqaddam qabul qilingan Prezident va (yoki) Hukumatning hujjatlari va ularni amalga oshirish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kiritilayotgan loyiha qabul qilingan taqdirda qonunchilikni unga muvofiqlashtirish zarurati (boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish yoki amaldagi hujjatlarga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish talab qilinishi yoki talab qilinmasligi koʻrsatiladi) yoxud bunday zarurat mavjud emasligi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 677-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/677/1443-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tadbirkorlik subyektlarining manfaatlariga daxl qiluvchi loyihalar uchun — loyiha kuchga kirishi munosabati bilan xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun xarajatlar va chiqimlarning pasayishi va (yoki) koʻpayishini tasdiqlaydigan tahlil va hisob-kitoblar natijalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xalqaro amaliyot va xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasi tahlili natijalari — zarurat boʻlganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi toʻgʻrisida”gi qarori loyihasiga
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAQQOSLASh JADVALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Amaldagi tahrir

Taklif etilayotgan tahrir

Asoslash

1. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi 147-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralari xodimlarining ayrim toifalari mehnatiga haq toʻlash shartlari

1. Mazkur qaror bilan tasdiqlangan lavozim razryadlari va tarif koeffitsiyentlarida nazarda tutilmagan lavozimlardagi davlat boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralarning ayrim toifadagi xodimlariga Mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasiga muvofiq razryadlar:




(oltinchi xatboshi)
viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari apparatlari voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalar hamda maʼmuriy komissiyalarining masʼul kotiblariga — tegishli hokimliklarning yetakchi mutaxassislari lavozim razryadlari darajasida, yetakchi mutaxassis lavozimi boʻlmagan joylarda — birinchi toifali mutaxassislar lavozim razryadlari darajasida;

1. Mazkur qaror bilan tasdiqlangan lavozim razryadlari va tarif koeffitsiyentlarida nazarda tutilmagan lavozimlardagi davlat boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralarning ayrim toifadagi xodimlariga Mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasiga muvofiq razryadlar:

(oltinchi xatboshi) viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari apparatlari voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalar hamda maʼmuriy komissiyalarining masʼul kotiblariga — tegishli hokimliklarning yetakchi mutaxassislari lavozim razryadlari darajasida, yetakchi mutaxassis lavozimi boʻlmagan joylarda — birinchi toifali mutaxassislar lavozim razryadlari darajasida;








Komissiyaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son qaroriga muvofiqlashtirilgan.

2. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-sentabrdagi 266-son qarori bilan tasdiqlangan Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalari

8. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini �ajburiy sugʻurta qilish shartnomasi va tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi.




Toʻldirilmoqda

8. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi va tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi.

Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi (keyingi oʻrinlarda sugʻurta polisi deb ataladi) tegishli blankada va tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasiga kiritilgan transport vositalari soniga teng nusxalarda rasmiylashtiriladi.

Iqtisodiyotning jadal rivojlanishini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 26-iyuldagi OʻRQ-488-son Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq kiritilmoqda.

Bugungi kunda Oʻzbekistonda faoliyatni amalga oshiruvchi tashuvchilar taxminan 50,0 mingta avtotransport vositasiga ega, ulardan 2017-yilda 21,2 mingtasi (42,4%) sugʻurta qilingan, 2018-yilning 9 oyida esa 12,0 mingtasi (24,0%) sugʻurta qilingan. Tashuvchilar oʻz javobgarligini uchinchi shaxslar oldida sugʻurta qilishda mavjud 50 — 60 ta vtotransport vositasidan 5 — 10 tasini sugʻurta qiladilar va ushbu polislarni litsenziya olishda masʼul organga taqdim etadilar. Natijada tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni toʻliq qamrab olish taʼminlanmaydi.

Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Qonunni toʻliq amalga oshirish maqsadidahar bir transport vositasi boʻyicha alohida sugʻurta polisi berilishini taʼminlash zarur.

13. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi tashuvchiga sugʻurtalovchining yoki sugʻurta agentining hisob raqamiga tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofoti (keyingi oʻrinlarda sugʻurta mukofoti deb ataladi) kelib tushgan kundan keyingi uch ish kunidan kechikmay beriladi.

Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi blankasi qatʼiy hisobda turadigan hujjat boʻlib, hisobga olish seriyasiga, raqamiga va himoyalanganlikning kamida 3 darajasiga ega boʻlishi kerak. Sugʻurta polisi blankasi sugʻurtalovchining buyurtmasi boʻyicha, bosmaxona usulida, A4 (210 — 297 mm) formatda “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida ushbu Qoidalarga 4-ilovaga binoan namunaga muvofiq tayyorlanadi.

13. Sugʻurta polisi sugʻurtalovchining yoki sugʻurta agentining hisob raqamiga tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofoti (keyingi oʻrinlarda sugʻurta mukofoti deb ataladi) tushgan kundan keyingi uch ish kunidan kechikmay beriladi.

Sugʻurta polisi blankasi qatʼiy hisobda turadigan hujjat boʻlib, hisobga olish seriyasiga, raqamiga va himoyalanganlikning kamida 3 darajasiga ega boʻlishi kerak. Sugʻurta polisi blankasi sugʻurtalovchining buyurtmasi boʻyicha, bosmaxona usulida, A4 (210 — 297 mm) formatda “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida ushbu Qoidalarga 4-ilovaga binoan namunaga muvofiq tayyorlanadi.

8-band bilan “sugʻurta polisi” soʻzlari chiqarib tashlanayotganligi munosabati bilan Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalarining 13-bandiga oʻzgartirishlar kiritish nazarda tutilmoqda.

Qoidalarga
4-ilova

“6. Sugʻurta qilish davri: 20__ yil “__” ______dan 20__ yil “___” _________gacha.

Transport vositalari (vagonlar) haqida
MAʼLUMOT

T/r

Tur

Markasi
va turi

Raqam (farqlash) belgisi

Tayyorlovchi zavodning pasporti boʻyicha yoʻlovchilar sigʻimi (nafar)

1

Qoidalarga
4-ilova

“6. Sugʻurta qilish davri: 20__ yil “__” ______dan 20__ yil “___” _________gacha.




Chiqarib tashlanmoqda

Iqtisodiyotning jadal rivojlanishini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 26-iyuldagi OʻRQ-488-son Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq kiritilmoqda.

Sugʻurta polisi har bir transport vositasiga berilishi hisobga olinib har bir transport vositasi toʻgʻrisida asosiy axborotni koʻrsatish maqsadga muvofiqdir (FK).

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш



(ishlab chiquvchi rahbarining lavozimi)

(imzo)

(F.I.O.)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori loyihasiga
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOʻRIB ChIQISh JADVALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Amaldagi tahrir

Asoslash

1. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 30-dekabrdagi 272-son qarori bilan tasdiqlangan Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi toʻgʻrisida nizom

IV. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va qurilish ishlarini bajarish huquqiga ruxsat berish

20. Uy-joy qurilishi namunaviy yoki yakka tartibda ishlab chiqilgan loyiha boʻyicha amalga oshirilishi mumkin, yakka tartibda ishlab chiqilgan loyiha tuman (shahar) arxitektori bilan kelishilishi kerak.

26. Yakka tartibdagi uy-joy qurilishini moliyalashtirish yakka tartibdagi uy-joyni qurayotgan shaxsning (keyingi oʻrinlarda “quruvchi” deb yuritiladi) oʻz mablagʻlari, bankning ipoteka kreditlari va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa qarz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.

28. Uy-joy qurilishi tugallangandan keyin quruvchi tuman (shahar) hokimi tomonidan uy-joyni foydalanishga qabul qilish yuzasidan tashkil etiladigan qabul qilish komissiyasiga murojaat qiladi.

“Arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror loyihasiga 6-ilovada yakka tartibdagi uy-joy qurilishi (rekonstruksiya qilish)ning loyiha-smeta hujjatlarini kelishish boʻyicha Davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash nazarda tutilmoqda.

Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 30-dekabrdagi 272-son qarori bilan tasdiqlangan Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi toʻgʻrisidagi Nizomning IV boʻlimini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash taklif etilmoqda.

2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatlari markazlari tomonidan yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, loyihalarni vakolatli organlarda bir joyning oʻzida kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2009-yil 2-iyuldagi 184-son qarori

Vazirlar Mahkamasining “Yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirishning, loyihalarni vakolatli organlarda bir joyning oʻzida kelishishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-apreldagi 127-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Davlat xizmatlari markazlari tomonidan yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, loyihalarni vakolatli organlarda bir joyning oʻzida kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

“Arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror loyihasiga 6-ilovada yakka tartibdagi uy-joy qurilishi (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruxsatnoma berish boʻyicha Davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash nazarda tutilmoqda.

Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatlari markazlari tomonidan yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, loyihalarni vakolatli organlarda bir joyning oʻzida kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2009-yil 2-iyuldagi 184-son qarorini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash taklif etilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining

2009-yil 2-iyuldagi

184-son qaroriga

ilova

Davlat xizmatlari markazlari tomonidan

yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni

amalga oshirishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirish,

loyihalarni vakolatli organlarda bir joyning

oʻzida kelishish tartibi toʻgʻrisida

NIZOM

3. Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik faoliyati sohasida ruxsat berish tartibotlari va davlat nazorati tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2011-yil 29-iyuldagi 222-son qarori

Vazirlar Mahkamasining

2011-yil 29-iyuldagi

222-son qaroriga

4-ilova

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar

...

5. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 2-iyuldagi 184-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 7-son, 53-modda) bilan tasdiqlangan Tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyalari tomonidan yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, loyihalarni vakolatli organlarda bir joyning oʻzida kelishish tartibi toʻgʻrisidagi Nizo� 16-bandining oltinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.

Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatlari markazlari tomonidan yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, loyihalarni vakolatli organlarda bir joyning oʻzida kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2009-yil 2-iyuldagi 184-son qarori oʻz kuchini yoʻqotganligi munosabati bilan unga kiritilgan barcha oʻzgarishlar va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash taklif etilmoqda.

_______________________________________________

______________________

____________________________________

(ishlab chiquvchi rahbarining lavozimi)

(imzo)

(F.I.O.)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalarini rasmiylashtirishga qoʻyiladigan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini rasmiylashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
blankaning yuqori qismida sarlavhagacha boʻlgan oraliq kamida 8 santimetrni tashkil etishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chap tomondan — 3 sm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻng tomondan — 1,5 sm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pastki qismda — kamida 2 sm.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (farmoyishi) matni Word for Windows (2.0 versiyasi va undan yuqori) matnli muharrirdan foydalangan holda, 14 oʻlchamli Times New Roman (Times New Roman UZB) shriftida, qoida tariqasida, bir qatorlararo oraliqda bosiladi. Jadvallarni aks ettirish uchun boshqa oʻlchamli shriftlardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sarlavhalar 14 oʻlchamli yarimqora shriftda, hujjatning sanasi va raqami koʻrsatilgan joydan 2 sm pastda ostidan chizilmagan holda bosiladi. Sarlavhaning oʻlchamiga qarab chap tomondan tashlangan joy 3 dan 4,5 sm ni, oʻng tomonda — 1,5 dan 3,5 sm ni tashkil etadi hamda markazdan joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ikki va undan ortiq sahifa chop etilganda ikkinchi va keyingi sahifalar raqamlanishi kerak. Tartib raqamlari arab raqamlarida yuqori hoshiyaning oʻrtasiga, nuqta belgisisiz qoʻyiladi. Hujjatning birinchi sahifasi va ilovaning birinchi sahifasiga raqam qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Matn sarlavhadan 2 sm quyidan boshlanadi. Xatboshi matn yozilgan hoshiyaning chap chegarasidan 1,25 sm joy tashlab boshlanadi. Matn, qoida tariqasida, bir qatorlararo oraliqdan foydalangan holda bosiladi. Agar matn ikki yoki uch xatboshidan iborat, biroq olti xatboshidan ortiq boʻlmagan taqdirda 1,5 oraliqdan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi. Matnning ikkinchi va undan keyingi sahifalari quyi hoshiyasidagi oraliq qamida 2 santimetrni tashkil etishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Matn tugaganidan soʻng 2 sm joy tashlanib, bir qatorlararo oraliqdan foydalangan holda yarimqora shriftda 2 qatorda “Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri” soʻzlari bosiladi. “Oʻzbekiston Respublikasining” soʻzlari matnning chap tomoniga bosiladi, “Bosh vaziri” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasining” soʻzlariga nisbatan markazga olinadi. Bosh vazirning imzosini joylashtirish uchun kamida 7 sm qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga
7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqiladigan va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish taʼsirini baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda tartibga solish taʼsirini baholash

1-bosqich

Davlat organi yoki boshqa tashkilot — ishlab chiquvchi Vazirlar Mahkamasidan mutasaddi bilan birgalikda

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) tayyorlash.

2. Loyihaning tartibga solish taʼsirini dastlabki tarzda baholash.

3. Loyihani Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirish.

Topshiriqda belgilangan muddatlarda
yoki tashabbus tartibida


2-bosqich

Davlat organi yoki boshqa tashkilot — ishlab chiquvchi






Oʻzbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi

1. Loyihani tegishliligi boʻyicha manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2. Loyihani vazirlik va idoralarning eʼtirozlari, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali orqali tushgan mulohazalarni inobatga olgan holda puxta ishlash.

3. Loyihani zarur materiallarni ilova qilgan holda tartibga solish taʼsirini baholash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kiritish.

4. Loyihani koʻrib chiqish va unga viza qoʻyish, loyihaga fikr-mulohazalar va takliflar mavjud boʻlgan taqdirda — xulosa tayyorlash.

Topshiriqda belgilangan muddatlarda
yoki loyiha tayyorlanishiga
koʻra


3-bosqich

Davlat organi yoki boshqa tashkilot — ishlab chiquvchi Vazirlar Mahkamasidan mutasaddi bilan birgalikda

1. Loyiha boʻyicha hujjatlar toʻplamini shakllantirish.

2. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Topshiriqda belgilangan mud?atlarda
yoki loyiha tayyorlanishiga koʻra


4-bosqich

Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmasi

1. Loyihani ishlash uchun masʼul ijrochini belgilash.

2. Loyihani milliy va davlat manfaatlarini taʼminlash, iqtisodiy samaradorligi va undagi masalalarning oʻzaro bogʻliqligi nuqtai nazaridan ekspert jihatidan ishlab chiqilishini amalga oshirish.

3. Loyihani tartibga solish taʼsirini baholash uchun Yuridik taʼminlash boshqarmasiga kiritish.

Loyiha tushgandan
keyin darhol



Loyiha boʻyicha ekspert jihatidan ishlab chiqilganidan soʻng


5-bosqich

Vazirlar Mahkamasining Yuridik taʼminlash boshqarmasi

1. Loyihaning tartibga solish taʼsirini baholashni amalga oshirish.

2. Loyihani apparatning tegishli tarkibiy boʻlinmasi bilan birgalikda puxta ishlash.

3. Loyihani qabul qilishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa tayyorlash.

3 kun mobaynida (loyihani huquqiy ekspertizadan oʻtkazish doirasida)


6-bosqich

Apparatning tarkibiy boʻlinmasi

1. Loyihani tegishlilik boʻyicha Bosh vazir oʻrinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilari bilan kelishish.

2. Loyihani kelishish uchun Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosariga kiritish.

Tartibga solish taʼsirini baholash oʻtkazilganidan soʻng darhol

2. Normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingandan keyin tartibga solish taʼsirini baholash

1-bosqich

Yuridik taʼminlash boshqarmasi

1. Normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganidan soʻng olti oy oʻtgach u boʻyicha tartibga solish taʼsirini baholashni oʻtkazish boʻyicha takliflar tayyorlash.

2. Takliflarni koʻrib chiqish uchun apparat rahbariyatiga kiritish.

3. Normativ-huquqiy hujjatning tartibga solish taʼsirini baholash boʻyicha tadbirlarni Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga kiritish.

Topshiriqda belgilangan muddatlarda
yoki tashabbus tartibida


2-bosqich

Yuridik taʼminlash boshqarmasi

1. Tartibga solish taʼsiri baholanishi lozim boʻlgan masalalarni shakllantirish.

2. Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari, vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarning vakillaridan iborat ishchi guruh tashkil etish.

3. Masʼul vazirlik va idoralarga baholash oʻtkazilishi haqida bildirishnoma yuborish.

Bir kun muddatda


Ikki kun muddatda


Baholash oʻtkazilishidan
10 kun oldin


3-bosqich

Ishchi guruh

1. Normativ-huquqiy hujjatning samaradorligi va natijadorligini jamoatchilik tomonidan muhokama qilish maqsadida rejalashtirilayotgan tadbir toʻgʻrisidagi axborotni Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirish.

2. Normativ-huquqiy hujjatning samaradorligi va natijadorligini, zarur hollarda, joyiga chiqqan holda tahlil qilish.

3. Normativ-huquqiy hujjatning samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha tegishli normativ-huquqiy hujjatga tuzatishlar kiritish yoxud hujjatni yoki uning tarkibiy qismini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash yuzasidan asoslangan takliflarni oʻz ichiga oladigan xulosa tayyorlash.

Belgilangan muddatlarda




10 kun muddatda


Baholashdan keyin bir kun muddatda


4-bosqich

Yuridik taʼminlash boshqarmasi

1. Tartibga solish taʼsirini baholash yakunlari boʻyicha xulosani puxta ishlash.

2. Xulosani tegishli materiallarni ilova qilgan holda keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga axborot berish uchun apparat boshqaruvchisiga kiritish.

3. Zarur hollarda tartibga solish taʼsirini baholash natijalarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuborish.

4. Normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish taʼsirini baholash natijalari boʻyicha maʼlumotlar bazasini yuritish.

1 kun muddatda


Hujjatni ishlab chiqilgandan soʻng darhol


Koʻrsatmaga asosan


Doimo

(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga
8-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun loyihalarini tayyorlash, koʻrib chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Harakatlar

Muddatlar

1. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

1-bosqich

Davlat organi yoki boshqa tashkilot

– ishlab chiquvchi Vazirlar Mahkamasidan mutasaddi bilan birgalikda

1. Qonun loyihasini (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) tayyorlash.

2. Loyihani ekspertizadan oʻtkazish.

3. Loyihani Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga muhokamadan oʻtkazish uchun joylashtirish.

4. Loyihaga ishlab chiquvchining rahbari tomonidan viza qoʻyish va uni kelishish uchun manfaatdor vazirlik va idoralarga yuborish.

Topshiriqda belgilangan muddatlarda yoxud tashabbus tartibida

Loyiha tayyorlanishiga koʻra


2-bosqich

Manfaatdor vazirlik
va idoralar

1. Loyihani birinchi rahbar (istisno hollarda — birinchi oʻrinbosari) darajasida koʻrib chiqish va viza qoʻyish.

2. Eʼtiroz va takliflar mavjud boʻlgan taqdirda — tegishli xatni tayyorlash.

7 kun muddatda


3-bosqich

Ishlab chiquvchi

Loyihani zarur materiallarni ilova qilgan holda huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun Adliya vazirligiga yuborish.

Vazirliklar va idoralar bilan kelishilgandan soʻng


4-bosqich

Adliya vazirligi

1. Loyihani huquqiy ekspertizadan oʻtkazish.

2. Huquqiy ekspertiza natijalariga koʻra loyihaga viza qoʻyish va uni qabul qilishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa taqdim etish.

10 kun muddatda


5-bosqich

Ishlab chiquvchi Vazirlar Mahkamasidan mutasaddi bilan birgalikda

1. Loyiha boʻyicha hujjatlar toʻplamini shakllantirish.

2. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Loyiha kelishilgandan
soʻng darhol


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

1-bosqich

Umumiy boʻlim

Birinchi boʻlim

Kiritilgan loyihani roʻyxatdan oʻtkazish va ishlash uchun masʼul boʻlgan tarkibiy boʻlinmaga (keyingi oʻrinlarda tarkibiy boʻlinma deb ataladi) berish.

Loyiha tushganidan
soʻng darhol


2-bosqich

Tarkibiy boʻlinma

1. Loyihani puxta ishlash uchun masʼul ijrochini belgilash.

2. Loyihani milliy va davlat manfaatlarini taʼminlash, iqtisodiy samaradorligi va undagi masalalarning oʻzaro bogʻliqligi nuqtai nazaridan ekspert jihatidan ishlab chiqilishini amalga oshirish.

3. Loyiha Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga rioya qilinmasdan kiritilgan taqdirda — loyihani belgilangan tartibda qaytarish.

Loyiha tushgandan keyin darhol

2 kunlik muddatdan kechikmay


3-bosqich

Tarkibiy boʻlinma

1. Loyiha boʻyicha tegishli Bosh vazir oʻrinbosariga yoki maslahatchisiga axborot berish.

2. Loyihani moliyaviy va iqtisodiy ekspertizadan oʻtkazishni taʼminlash.

3. Yakuniy ishlangan loyihani tarkibiy boʻlinma rahbarining vizasi bilan Yuridik taʼminlash boshqarmasiga kiritish.

1 kun mobaynida

Loyiha moliyaviy
va iqtisodiy ekspertizadan oʻtkazilgandan soʻng


4-bosqich

Yuridik taʼminlash boshqarmasi

1. Loyihani huquqiy ekspertizadan oʻtkazish, unga viza qoʻyish yoxud eʼtiroz va takliflarni taqdim etish.

2. Loyihani tarkibiy boʻlinma bilan birgalikda puxta ishlash va unga viza qoʻyish.

3. Zarur hollarda mavjud kelishmovchiliklar boʻyicha xulosa tayyorlash.

3 kun muddatda


5-bosqich

Tarkibiy boʻlinma

1. Loyihani tegishlilik boʻyicha Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari bilan kelishish.

2. Loyiha boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosariga axborot berish.

Huquqiy ekspertiza oʻtkazilgandan soʻng darhol


6-bosqich

Apparat boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari

1. Loyihani uni ishlab chiqish uchun asos boʻlgan topshiriq qamrab olinishi, qabul qilishning maqsadga muvofiqligi, belgilangan tartibda rasmiylashtirilganligi, tahliliy materiallar tayyorlanganligi hamda manfaatdor idoralar va Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilganligi nuqtai nazaridan koʻrib chiqish.

2. Kamchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda — loyihani puxta ishlash uchun qaytarish.

3. Eʼtirozlar boʻlmagan yoki ular bartaraf etilgan taqdirda loyihani keyinchalik apparat boshqaruvchisiga axborot berish uchun qabul qilish.

Loyiha taqdim etilishiga koʻra


7-bosqich

Apparat boshqaruvchisi

1. Loyihani koʻrib chiqish.

2. Kamchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda — loyihani puxta ishlash uchun qaytarish.

3. Eʼtirozlar boʻlmaganda — loyihani keyinchalik Bosh vazirga axborot berish uchun qabul qilish, zarur hollarda, loyihaga Bosh vazir tomonidan viza qoʻyish.

4. Loyihani koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuborish toʻgʻrisidagi kuzatuv xatini imzolash.

Loyiha taqdim etilishiga koʻra


8-bosqich

Umumiy boʻlim

Birinchi boʻlim

1. Loyihani zarur hujjatlarni ilova qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuborish.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kelishish uchun yuborilgan loyihalarning hisobini yuritish.

Loyiha kelib tushgan kun darhol

Doimiy


9-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

1. Loyihani koʻrib chiqish. Zarur hollarda loyiha boʻyicha Rahbariyatga axborot berish.

2. Vazirlar Mahkamasiga:

a) loyiha kelishilganligi toʻgʻrisida;

b) eʼtiroz yoki takliflar mavjud boʻlganda — ular toʻgʻrisida xat yuborish.

Belgilangan muddatlarda


10-bosqich

Umumiy boʻlim

Birinchi boʻlim

1. Loyihani kelishilgandan soʻng roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olish.

2. Loyihani tarkibiy boʻlinmaga berish.

Loyiha tushgan kunda darhol


11-bosqich

Tarkibiy boʻlinma

1. Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamas�ning Rayosatida koʻrib chiqishiga kiritish uchun loyihani va hujjatlar toʻplamini tayyorlash.

2. Loyiha va hujjatlar toʻplami boʻyicha apparat boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosariga axborot berish.

3. Loyiha boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining eʼtirozlari mavjud boʻlgan taqdirda — puxta ishlash va eʼtirozlarni bartaraf etishni, zarurat boʻlganda ishlab chiquvchi va Yuridik taʼminlash boshqarmasi bilan birgalikda tashkil etish.

3 kun mobaynida


12-bosqich

Apparat boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari

1. Loyihani koʻrib chiqish.

2. Kamchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda — loyihani puxta ishlash uchun qaytarish.

3. Eʼtirozlar boʻlmaganda yoki ular bartaraf etilgan taqdirda — loyihani keyinchalik apparat boshqaruvchisiga axborot berish uchun qabul qilish.

Loyiha taqdim etilishiga koʻra


13-bosqich

Apparat boshqaruvchisi

1. Loyihani va hujjatlar toʻplamini koʻrib chiqish.

2. Kamchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda — loyihani puxta ishlash uchun qaytarish.

3. Eʼtirozlar boʻlmaganda — loyihani keyinchalik Bosh vazirga axborot berish uchun qabul qilish hamda loyihani Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida koʻrib chiqish masalasini kelishish.

4. Bosh vazir rozilik bergan taqdirda — loyihani koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi masalani Vazirlar Mahkamasi Rayosatining navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritish.

Loyiha taqdim etilishiga koʻra


14-bosqich

Tarkibiy boʻlinma

Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlisdagi Vakolatli vakili

1. Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi kun tartibiga kiritilgan loyiha boʻyicha materiallarni tarqatish.

2. Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida muhokama qilish uchun loyiha boʻyicha zarur materiallarni tayyorlash.

1 kun muddatda


15-bosqich

Vazirlar Mahkamasi Rayosati

Loyihani koʻrib chiqish va uning natijasi boʻyicha loyihani maʼqullash yoxud qoʻshimcha ravishda puxta ishlab chiqish uchun qaytarish.

Har hafta

(qoidaga koʻra,
dushanba kuni)


16-bosqich

Tarkibiy boʻlinma

Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlisdagi vakolatli vakili

1. Loyiha maʼqullangan taqdirda — uni Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish uchun tayyorlash.

2. Loyiha boʻyicha materiallar yuzasidan Bosh vazirga axborot berish.

Qonun loyihasi Rayosat majlisida maʼqullangan kun


17-bosqich

Apparat boshqaruvchisi

Loyiha boʻyicha materiallarni imzolash uchun Bosh vazirga kiritish.

Qonun loyihasi Rayosat majlisida maʼqullangan kun


18-bosqich

Bosh vazir

Loyihani Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish uchun kuzatuv xatini imzolash.

Qonun loyihasi Rayosat majlisida maʼqullangan kun


19-bosqich

Tarkibiy boʻlinma

Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlisdagi vakolatli vakili

Loyiha:

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining qoʻmitalari, komissiyalari, fraksiyalarida va majlisida;

Oliy Majlis Senatining qoʻmitalari, komissiyalarida va yalpi majlisida himoya qilinishini taʼminlash.

Belgilangan muddatlarda

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Belgilangan tartibda kiritilgan qonun loyihasi bilan Vazirlar Mahkamasi apparatida ishlash, agar boshqacha muddat belgilanmagan boʻlsa, u tushgan kundan boshlab oʻn kun mobaynida amalga oshiriladi. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan muddatni uzaytirishga faqat Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining qarori bilan yoʻl qoʻyiladi.
(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-avgustdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga
9-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumatning bayonnoma qarorlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va ular tasdiqlangandan keyin hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar


1-bosqich

Masʼul organ
— ishlab chiquvchi

1. Vazirlar Mahkamasining bayonnoma qarori loyihasini (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) ishlab chiqadi, Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarining bayonnomalari bundan mustasno.

2. Loyihani huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun Adliya vazirligiga yuboradi.

Vazirlar Mahkamasi majlisi tugagandan soʻng 1 kun muddatda


2-bosqich

Adliya
vazirligi

1. Loyihani umummajburiy koʻrsatmalar, shu jumladan, yakka tartibdagi imtiyozlar va preferensiyalar berishni nazarda tutuvchi normalar mavjudligi nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi.

2. Huquqiy ekspertizadan oʻtkazish natijasi boʻyicha ishlab chiquvchiga loyiha boʻyicha xulosani yuboradi.

Loyihani olgan kundan boshlab
1 kun muddatda


3-bosqich


Masʼul organ — ishlab chiquvchi

Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmasi

1. Adliya vazirligidan taklif va eʼtirozlar tushgan taqdirda loyihani qayta ishlaydi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

2. Loyihani tasdiqlash uchun tayyorlaydi.

Huquqiy ekspertiza oʻtkazilgandan keyin 1 kun muddatda

Loyiha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgandan soʻng
1 kun muddatda


4-bosqich

Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmasi

1. Loyihani Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga yoxud uning oʻrinbosarlariga tasdiqlash uchun kiritadi.

2. Vazirlar Mahkamasining tasdiqlangan bayonnoma qarorini hisobga olishni tashkil etish uchun Adliya vazirligiga yuboradi.

Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining koʻrsatmasi boʻyicha

Tasdiqlangandan soʻng 1 kun muddatda


5-bosqich

Adliya
vazirligi

Vazirlar Mahkamasining tasdiqlangan bayonnoma qarorini hisobga olishni amalga oshiradi.

Vazirlar Mahkamasining bayonnoma qarori tushgandan soʻng
1 kun muddatda

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga
10-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining respublika hududlariga tashriflari yakunlari boʻyicha tasdiqlangan bayonnomalar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida oʻtkazilgan majlislar bayonnomalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati qarorlari va topshiriqlari ijrosini hamda amalga oshirilishi ustidan nazorat qilishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar


1-bosqich

Bosh vazir kotibiyati

Hujjatni imzolangan topshiriq (fishka) va 1-nazorat kartochkasi bilan birgalikda Nazorat va ijro intizomi boʻlimiga berish
(1 va 3-kartotekalar).

Topshiriq (fishka) imzolangandan keyin 30 daqiqa mobaynida

Umumiy
boʻlim

Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va majlislari bayonnomalarini, Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi bayonnomalarini Nazorat va ijro intizomi boʻlimiga berish
(2-kartoteka).

Hujjat olingandan soʻng


2-bosqich

Nazorat va ijro intizomi boʻlimi mudiri

Hujjatlar, topshiriqlar va nazorat bandlarini ijro intizomining elektron tizimida roʻyxatdan oʻtkazish.

Hujjat olingan paytdan boshlab bir soat mobaynida


3-bosqich

Nazorat va ijro intizomi boʻlimi xodimlari

1-nazorat kartochkalarini rasmiylashtirish.

Hujjat olingan paytdan boshlab bir soat mobaynida


4-bosqich

Nazorat va ijro intizomi boʻlimi xodimlari

Hujjatni topshiriq (fishka) va 1-nazorat kartochkasi ijrosini tashkil etish uchun Bosh vazirning oʻrinbosarlari yordamchilariga, apparat tarkibiy boʻlinmalari rahbarlariga imzo chektirgan holda berish.

Hujjat olingan paytdan boshlab bir soat mobaynida


5-bosqich

Nazorat va ijro intizomi boʻlimi xodimlari

Nazorat hujjatlarining ijrochilari bilan birgalikda ijro etilmagan nazorat hujjatlari va 1, 2 va 3-kartotekalar bajarilishini tahlil qilish va tahliliy materiallar tayyorlash.

Har kuni


6-bosqich

Nazorat va ijro intizomi boʻlimi mudiri

Ijro etilmagan nazorat hujjatlari va 1, 2 va 3-kartotekalar bajarilishi holatini mutaxassislar va kotibiyatlar mudirlari ishtirokida apparat boshqaruvchisi huzurida muhokama qilishni tashkil etish.

Har hafta

(chorshanba kunida)


7-bosqich

Nazorat va ijro intizomi boʻlimi mudiri

Ijro etilmagan nazorat hujjatlari va 1, 2 va 3-kartotekalar bajarilishi holatini kotibiyatlar mudirlari ishtirokida apparat boshqaruvchisi huzurida muhokama qilishni tashkil etish.

Har hafta

(juma kunida)


8-bosqich

Nazorat va ijro intizomi boʻlimi

Ijro etilmagan nazorat hujjatlari va 1, 2 va 3-kartotekalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi Rayosatining navbatdagi majlisida muhokama qilish uchun tahliliy materiallar tayyorlash.

Har hafta dushanba kuni


9-bosqich

Nazorat va ijro intizomi boʻlimi mudiri

Apparat tarkibiy boʻlinmalari mutaxassislari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida 1, 2 va 3-kartotekalarning ijro etilgan nazorat topshiriqlarini nazoratdan olish.

Tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishiga koʻra


10-bosqich

Nazorat va ijro intizomi boʻlimi xodimlari

Keyingi oyda ijro etilishi kerak boʻlgan nazorat hujjatlari va 1, 2 va 3-kartotekalar topshiriqlari toʻgʻrisida axborot tayyorlash va apparat tarkibiy boʻlinmalari rahbarlariga taqdim etish.

Har oyning
25-sanasiga

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga
11-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomining holatini oʻrganish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar


1-bosqich

Nazorat va ijro intizomi boʻlimi mudirining oʻrinbosari

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holati boʻyicha oldin oʻtkazilgan oʻrganishlarni tahlil qilish.

Dekabr,
iyun


2-bosqich

Nazorat va ijro intizomi boʻlimi mudiri

Hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomining holatini maqsadli oʻrganish boʻyicha tadbirlarni Nazorat va ijro intizomi boʻlimining ish rejasiga kiritish.

Dekabr,
iyun


3-bosqich

Nazorat va ijro intizomi boʻlimi mudirining oʻrinbosari

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomining holatini oʻrganish holati boʻyicha materiallar tayyorlash (ishchi guruh tarkibi, soʻrovnoma, jadvallar va shu kabilar).

Ish rejasiga muvofiq


4-bosqich

Nazorat va ijro intizomi boʻlimi mudiri

Tayyorlangan materiallarni Bosh vazirning tegishli oʻrinbosari yoki maslahatchisi bilan kelishish.

Ish rejasiga muvofiq


5-bosqich

Nazorat va ijro intizomi boʻlimi mudirining oʻrinbosari

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida hujjatlar bilan ishlashni va ijro intizomining holatini oʻrganish.

Ish rejasiga muvofiq


6-bosqich

Nazorat va ijro intizomi boʻlimi mudirining oʻrinbosari

Hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomining holatini oʻrganish yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida koʻrib chiqish uchun tahliliy materiallarni tayyorlash.

Keyingi oyning
10-kunigacha
har chorakda


7-bosqich

Nazorat va ijro intizomi boʻlimi mudirining oʻrinbosari

Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi bayonnomasi loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish.

Keyingi oyning
15-kunigacha
har chorakda


8-bosqich

Nazorat va ijro intizomi boʻlimi xodimlari

Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining tasdiqlangan bayonnomasi bajarilishi holati monitoringini olib borish.

Har kuni

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga
12-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holatini oʻrganish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar


1-bosqich

Nazorat va ijro intizomi boʻlimi mudiri

Apparatning tarkibiy boʻlinmalarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holati boʻyicha oldin oʻtkazilgan oʻrganishlarni tahlil qilish.

Dekabr,
iyun


2-bosqich

Nazorat va ijro intizomi boʻlimi mudiri

Hujjatlar bilan ishlashni va ijro intizomining holatini maqsadli oʻrganish boʻyicha tadbirlarni Nazorat va ijro intizomi boʻlimi ish rejasiga kiritish.

Dekabr,
iyun


3-bosqich

Nazorat va ijro intizomi boʻlimi xodimlari

Apparat tarkibiy boʻlinmalarida hujjatlar bilan ishlashni va ijro intizomining holatini oʻrganish boʻyicha materiallarni (soʻrovnoma, jadval va shu kabilarni) tayyorlash.

Ish rejasiga muvofiq


4-bosqich

Nazorat va ijro intizomi boʻlimi mudiri

Tayyorlangan materiallarni apparat boshqaruvchisi bilan kelishish.

Ish rejasiga muvofiq


5-bosqich

Nazorat va ijro intizomi boʻlimi xodimlari

Apparatning tarkibiy boʻlinmalarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomining holatini oʻrganish, ushbu sohada ishlarni muvofiqlashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etishda zarur yordam koʻrsatish.

Ish rejasiga muvofiq


6-bosqich

Nazorat va ijro intizomi boʻlimi mudiri

Hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomining holatini oʻrganish yakunlari boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlash va bu haqda Bosh vazirni, Bosh vazir oʻrinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilarini, apparat boshqaruvchisini va tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarini xabardor qilish.

3 kun mobaynida


7-bosqich

Nazorat va ijro intizomi boʻlimi xodimlari

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, apparat boshqaruvchisining topshiriqlarini apparat tarkibiy boʻlinmalariga yetkazish.

Bir kun mobaynid�


8-bosqich

Nazorat va ijro intizomi boʻlimi xodimlari

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, apparat boshqaruvchisining topshiriqlari bajarilishi monitoringini olib borish.

Har kuni

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga
13-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holatini oʻrganish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar


1-bosqich

Jismoniy
va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi

Apparat tarkibiy boʻlinmalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishning holatini oʻrganish boʻyicha tadbirlarni Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimining (keyingi oʻrinlarda Boʻlim deb ataladi) ish rejasiga kiritish boʻyicha takliflar taqdim etish.

Boʻlimning
ish rejasi tasdiqlanguniga qadar


2-bosqich

Jismoniy
va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi

Tarkibiy boʻlinmalarning jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha faoliyatini oʻrganish yuzasidan tegishli soʻrovnoma va tahliliy jadvallarni ishlab chiqish.

Boʻlimning
ish rejasiga muvofiq


3-bosqich

Jismoniy
va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi, tegishli tarkibiy boʻlinmalar

Apparat tarkibiy boʻlinmalari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish holatini oʻrganish va uning natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumotnomalar tayyorlash.

Boʻlimning
ish rejasiga muvofiq


4-bosqich

Apparat rahbariyati, Jismoniy
va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi

Tahliliy maʼlumotnomalarni koʻrib chiqish uchun apparat rahbariyatiga taqdim qilish, tegishli tarkibiy boʻlinmalarning ijro etishi uchun rahbariyatning topshiriqlarini tayyorlash.

Apparat rahbariyati tavsiya qilgan hollarda, murojaatlarda koʻrsatilgan masalalarni Rayosat majlisida yoki Vazirlar Mahkamasining selektor yigʻilishida koʻrib chiqish boʻyicha takliflar kiritish.

Bir hafta muddatda

Har
chorakda


5-bosqich

Tarkibiy boʻlinmalar

Tarkibiy boʻlinmalarda apparat rahbariyatining topshiriqlarini mutaxassislar ishtirokida muhokama qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash natijadorligini oshirish boʻyicha tegishli tadbirlar rejalarini qabul qilish.

Topshiriqda koʻrsatilgan muddatlarda


6-bosqich

Jismoniy
va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi

Qabul qilingan tadbirlar rejalarining apparat tarkibiy boʻlinmalaridagi ijrosi holati ustidan nazorat qilish.

Tadbirlar rejalarida koʻrsatilgan muddatlarda

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga
14-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holatini oʻrganish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar


1-bosqich

Jismoniy
va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish holatini kompleks va maqsadli oʻrganish boʻyicha tadbirlarni Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimining (keyingi oʻrinlarda Boʻlim deb ataladi) ish rejasiga kiritish uchun takliflar taqdim etish.

Boʻlimning
ish rejasi tasdiqlanguniga qadar


2-bosqich

Jismoniy
va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha faoliyatini oʻrganish yuzasidan tegishli soʻrovnoma va tahliliy jadvallarni ishlab chiqish.

Boʻlimning
ish rejasiga muvofiq


3-bosqich

Jismoniy
va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari

Jismoniy va yuridik shaxslarning davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini koʻrib chiqish holatini oʻrganish hamda:

davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining markaziy apparatlarida, hududiy boʻlinmalarida
va idoraviy mansub tashkilotlarida;

viloyat, shahar va tuman hokimliklarida, shuningdek, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlar�ning hududiy boʻlinmalarida koʻrib chiqish natijalari boʻyicha tegishli tahliliy maʼlumotnomalarni tayyorlash.

Boʻlimning
ish rejasiga muvofiq


4-bosqich

Jismoniy
va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari

1. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha faoliyatini oʻrganish natijalarini Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlisida yoki selektor yigʻilishida muhokama qilish.

2. Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi yoki selektor yigʻilishi bayonnomasini davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni muhokama qilish va natijadorligini oshirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar koʻrish uchun yuborish.

Har
chorakda

Uch kun muddatda


5-bosqich

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari

Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlisi yoki selektor yigʻilishi bayonnomasini tegishli tadbirlar rejasini qabul qilish uchun muhokama qilish.

Bayonnomada koʻrsatilgan muddatlarda


6-bosqich

Jismoniy
va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi, apparat tarkibiy boʻlinmalari

Qabul qilingan tadbirlar rejasining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro e�uvchi hokimiyat organlari tomonidan ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.

Bayonnomada
va tadbirlar rejalarida koʻrsatilgan muddatlarda

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti toʻgʻrisida” 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 8-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 18-apreldagi 103-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 3-4-son, 23-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2005-yil 10-avgustdagi 192-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-son, 41-modda) 1-ilovaning 8-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2006-yil 29-noyabrdagi 246-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 11-son, 92-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2008-yil 2-maydagi 81-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2008-y., 19-son, 155-modda) 2-ilovaning 2-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2009-yil 28-dekabrdagi 336-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2009-y., 52-son, 574-modda) ilovaning 13-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2011-yil 17-iyundagi 180-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 6-son, 54-modda) ilovaning 9-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi apparati tuzilmasiga qisman oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” 2011-yil 24-oktabrdagi PQ-1630-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” 2012-yil 13-yanvardagi PQ-1686-son qarorlari)” 2012-yil 23-fevraldagi 48-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 2-son, 11-modda) 1-ilovaning 17-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son qarori)” 2012-yil 13-sentabrdagi 268-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 9-son, 66-modda) 1-ilovaning 6-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 22-oktabrdagi PF-4478-son Farmoni)” 2012-yil 29-dekabrdagi 369-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 12-son, 92-modda) 1-ilovaning 10-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-342-son Qonuni)” 2013-yil 7-dekabrdagi 323-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 12-son, 88-modda) ilovaning 4-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida” 2014-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-378-son Qonuni)” 2015-yil 31-martdagi 74-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 3-son, 22-modda) ilovaning 7-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (32, 78, 93, 98, 103 va 117-moddalariga)” 2014-yil 16-apreldagi OʻRQ-366-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-son qonunlari)” 2015-yil 9-sentabrdagi 261-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 9-son, 79-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2016-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-411-son Qonuni)” 2017-yil 14-fevraldagi 79-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 2-son, 11-modda) ilovaning 3-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 13-apreldagi PF-5012-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 13-apreldagi PQ-2887-son qarori)” 2017-yil 14-iyuldagi 499-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 7-son, 146-modda) ilovaning 11-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 31-martdagi PF-4996-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 4-apreldagi PQ-2868-son qarori)” 2017-yil 21-avgustdagi 651-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 8-son, 182-modda) ilovaning 10-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlarini amalga oshirishning zamonaviy shakl va uslublarini yanada joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3237-son qarori)” 2017-yil 18-dekabrdagi 992-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 290-modda) 1-ilovaning 4-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Vazirlar Mahkamasining “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 299-modda) 2-ilovaning 2-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xoʻjaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 9-oktabrdagi PF-5199-son Farmoni)” 2017-yil 26-dekabrdagi 1021-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 304-modda) ilovaning 9-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 28-iyuldagi PQ-3161-son qarori)” 2017-yil 26-dekabrdagi 1023-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 305-modda) ilovaning 1-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida” 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-son Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni)” 2018-yil 19-yanvardagi 34-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 1-son, 15-modda) 1-ilovaning 21-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2018-yil 12-fevraldagi 107-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 2-son, 32-modda) 1-ilovaning 6-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy taʼminlash faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 3-apreldagi PF-5395-son Farmoni)” 2018-yil 7-iyundagi 429-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 6-son, 142-modda) ilovaning 1-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 13-apreldagi PF-5415-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori)” 2018-yil 9-avgustdagi 638-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 8-son, 203-modda) ilovaning 5-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 4-maydagi PF-5430-son Farmoni)” 2018-yil 26-oktabrdagi 875-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 10-son, 269-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 09/19/242/2820-son; 18.02.2020-y., 09/20/88/0178-son; 15.04.2020-y., 09/20/219/0430-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son, 13.08.2020-y., 09/20/484/1172-son, 25.08.2020-y., 09/20/509/1213-son, 31.10.2020-y., 09/20/677/1443-son, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son; 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)