03.02.2021 yildagi PF-6155-son
1. Xalq bilan ochiq muloqot natijalari asosida tayyorlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi (keyingi o‘rinlarda — Davlat dasturi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi PF-5969 son Farmonida nazarda tutilgan vaqtincha qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha 2020-yil 31-dekabr holatiga ko‘ra mavjud qarziga penya hisoblanishini to‘xtatish va soliq qarzini majburiy undirishga qaratish choralarini ko‘rmaslik talabi;
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Amalga oshiriladigan tadbir

Bajarish muddati

Ijro uchun mas’ullar

Sarf-xarajatlar

Moliyalashtirish manbalari

Hujjat shakli, amalga oshirish mexanizmi, kutilayotgan natija

I. DAVLAT VA JAMIYAT QURILIShI TIZIMINI TAKOMILLAShTIRIShNING USTUVOR YO‘NALIShLARI

1.1. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish

1.

Qonun ijodkorligi faoliyati va qonunlar ijrosini ta’minlash sohasida Oliy Majlis palatalari hamda davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish.

2021-yil 1-iyun

Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

davlat boshqaruvi organlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tuzilmasida qonun ijodkorligi faoliyati va qonunlar ijrosini ta’minlash sohasida Oliy Majlis palatalari bilan o‘zaro hamkorlik uchun mas’ul bo‘lgan rahbar o‘rinbosarini (amaldagi shtat birliklari doirasida) belgilash;

ushbu rahbar o‘rinbosari Parlament palatalari bilan o‘zaro hamkorligining mexanizmlari nazarda tutiladi.

2.

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari kotibiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish.

Yil davomida

Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida), Davlat boshqaruvi akademiyasi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari kotibiyatlari xodimlari malakasini oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish;

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari raislari tavsiyasiga asosan kotibiyat xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida o‘quv kurslari tashkil qilish nazarda tutiladi.

3.

Buxoro shahrida “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlik” mavzusida xalqaro forumni 2021-yil 24-iyun sanasida o‘tkazish.

2021-yil 1-may

Oliy majlis palatalari (kelishuv asosida), Iqtisodiy t�raqqiyot vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

forumni o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal qilish;

ommaviy axborot vositalarining faoliyati uchun maksimal darajada qulay sharoitlar yaratish;

barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga qaratilgan islohotlarni keng jamoatchilikka namoyish etish nazarda tutiladi.

1.2. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish

4.

Davlat boshqaruvi organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish.

2021-yil 1-mart

Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Adliya vazirligi, Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida),

vazirlik va idoralar

-

-

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihada:

boshqaruvda bir-birini takrorlaydigan idoralar, funksiyalar va byurokratik to‘siqlarni va majlisbozlikni qisqartirish;

vazirlik va idoralar faoliyatida qaror qabul qilish jarayonlarini soddalashtirish;

raqamli texnologiyalarni keng joriy etish hisobidan ish jarayonlarini optimallashtirish;

yuqoridagi choralar natijasida davlat boshqaruvi xodimlari sonini mehnat qonunchiligiga qat’iy rioya etgan holda o‘rtacha 15 foizgacha optimallashtirish;

vazirliklarda faoliyatni tuman, shahar, qishloq va mahalla kesimida rejalashtirish tizimini joriy etish nazarda tutiladi.

5.

O‘rta va quyi bo‘g‘in boshqaruv idoralarining faoliyatini tubdan takomillashtirish.

2021-yil 1-aprel

Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, vazirlik va idoralar

-

-

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

davlat boshqaruvini nomarkazlashtirishga qaratilgan huquqiy asoslarni shakllantirish va ularni takomillashtirish;

viloyat, tuman, shahar va mahalla boshqaruvida samaradorlikni oshirish uchun xodimlar soni va maoshini hududning o‘ziga xosligi va ish hajmidan kelib chiqib belgilash;

quyi tizim rahbarlari va xodimlarini yangicha talablar va zamonaviy axborot texnologiyalari asosida samarali ishlashga o‘rgatish va malakasini muntazam oshirib borishning aniq tizimini joriy etish nazarda tutiladi.

6.

Mahalliy ijro va vakillik organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish.

2021-yil 1-aprel

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Adliya vazirligi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar

-

-

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat boshqaruvi organlari hududiy boshqarmalari (bo‘linmalari) bilan o‘zaro munosabatlarining aniq mexanizmlari;

hokimliklar va mahalliy kengashlar tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar turlari;

xalq deputatlari Kengashlarining Oliy Majlis Senati bilan, hokimliklarning Vazirlar Mahkamasi bilan o‘zaro aloqalari;

hokimlar, ularning o‘rinbosarlari va maslahatchilarining vakolat chegarasi, vazifa va funksiyalari;

munitsipal mulkni mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan boshqarishning huquqiy asoslari va aniq tartibi nazarda tutiladi.

7.

Davlat fuqarolik xizmatida kadrlarni tanlash, ularning malakasini oshirish va faoliyatini baholash bo‘yicha samarali va ochiq tizimni joriy etish.

2021-yil 1-mart

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Adliya vazirligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

-

-

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

kadrlarni tanlash va ishga qabul qilishda ularning intellektual salohiyatini, ma’naviy fazilatlarini baholaydigan ochiq va oshkora tizimni joriy qilish;

korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha davlat xizmatchilarini muntazam o‘qitish va bilimini baholab borish tizimini joriy etish;

vazirlar va ularning o‘rinbosarlari faoliyatini joylarda, shu jumladan mahallalarda amalda qanday o‘zgarish bo‘lganiga qarab baholab borish tizimini yo‘lga qo‘yish nazarda tutiladi.

8.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilishning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish.

2021-yil 1-mart

Adliya vazirligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Davlat boshqaruvi akademiyasi, vazirlik va idoralar

-

-

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

Adliya vazirligi qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish va majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar talablarini bajarmaslik, “Ijro.gov.uz” tizimiga zarur ma’lumotlarni kiritmaslik yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarini o‘z muddatida bajarmaslik yoki sifatsiz ijro etish holatlari bo‘yicha mansabdor shaxslarning mas’uliyatini oshirish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari mas’ullarga yetkazish, tushuntirish, amaliyotda qo‘llashga ko‘maklashish va hokimiyatlar bo‘linishi tamoyiliga qat’iy rioya qilingan holda nazorat qilish bo‘yicha Adliya vazirligi vakolatlarini kengaytirish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda jamoatchilik ishtiroki va nazoratini keng yo‘lga qo‘yish maqsadida “jamoatchilik eshituvlari” va “jamoatchilik monitoringi” tizimlarini joriy etish hamda bu jarayonda fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash;

tahlillar asosida tegishli davlat idoralarining ijroga xalaqit berayotgan ortiqcha vazifa va funksiyalarni qisqartirish;

ommaviy axborot vositalarida xalqqa islohotlar mohiyati va natijalarini yetkazib borishga qaratilgan “Prezident qarorlari — hayotda va nazoratda” mavzusida ko‘rsatuv va chiqishlar tashkil etish tizimini yo‘lga qo‘yish;

tegishli davlat organlaridagi ijro sifati va holatini viloyat, tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlarida, respublika darajasida esa — Vazirlar Mahkamasida har oyda tanqidiy muhokama qilib borish amaliyotini joriy etish nazarda tutiladi.

9.

Xotin-qizlarning jamiyat va davlat boshqaruvidagi mavqeyini yanada oshirishga qaratilgan yaxlit tizimni yaratish.

2021-yil 1-mart

Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida), Vazirlar Mahkamasi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Xalq banki

400 mlrd so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

xotin-qizlar jamoatchilik kengashlarining muvofiqlashtirilgan tizimini tashkil etish hamda ularning vazifa va vakolatlarini aniq belgilash;

Xotin-qizlar va oilani qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasini Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi ixtiyoriga o‘tkazish;

ayollarning biznes sohasidagi loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, joylarda aniqlangan xotin-qizlar muammolarini hal etish uchun budjetdan qo‘shimcha mablag‘larni yo‘naltirish;

joylarda xotin-qizlarni tadbirkorlikka o‘qitish, biznesga oid namunaviy rejalarni ishlab chiqish va kredit olishda ularga amaliy yordam ko‘rsatishning yangi tizimini joriy etish nazarda tutiladi.

495 mlrd so‘m

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari

105 mlrd so‘m

boshqa manbalar

10.

Aholi va tadbirkorlik subyektlarining davlat organlari bilan munosabatga kirishishida byurokratik to‘siqlarni tubdan qisqartirish.

2021-yil mart

Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, vazirlik va idoralar

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablag‘lari va budjetdan tashqari mablag‘lar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi.

Loyihada:

davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat muassasalari tomonidan jismoniy shaxslardan axborot tariqasida so‘raladigan hujjatlar va ma’lumotlarni talab qilishni taqiqlash;

davlat, bank, ijtimoiy va boshqa xizmatlarni ko‘rsatishda fuqaroning shaxsini identifikatsiya qilishning yagona raqamini joriy etish;

yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonlari�i unifikatsiyalash;

davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat muassasalari o‘rtasida elektron ma’lumot almashinuvini Yagona milliy tizimdan foydalangan holda yo‘lga qo‘yish orqali ular o‘rtasida qog‘oz ko‘rinishida hujjat taqdim etish amaliyotiga chek qo‘yish;

fuqarolarning doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’i nazar foydalanishi mumkin bo‘lgan davlat xizmatlari ko‘lamini kengaytirish;

davlat xizmatlari ko‘rsatishning minimal talablari va standartlarini ishlab chiqish;

aholi gavjum bo‘lgan va jamoat joylarida interaktiv infokiosklar orqali o‘ziga o‘zi xizmat qilish tamoyili asosida davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini joriy etish;

ko‘rsatilgan davlat xizmatlarining natijasini pochta aloqasi orqali yetkazish amaliyotini yo‘lga qo‘yish nazarda tutiladi.

11.

Bepul yuridik yordam to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

2021-yil 1-noyabr

Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Advokatlar palatasi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz

-

-

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

bepul yuridik yordam sohasida xalqaro standartlar va xalqaro tajribani hisobga olish;

kam ta’minlangan va boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan fuqarolarga bepul yuridik yordam ko‘rsatishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari;

kam ta’minlangan va boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan fuqarolar uchun jinoiy, ma’muriy, fuqarolik ishlari bo‘yicha davlat tomonidan bepul yuridik yordam olish imkoniyatlarini kengaytirish;

bepul yuridik yordam tizimini rivojlantirishni davlat tomondan qo‘llab-quvvatlash choralari;

davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarni elektron tanlash tizimini joriy etish nazarda tutiladi.

1.3. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish

12.

Mahalla instituti faoliyatini takomillashtirish.

2021-yil 1-aprel

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Vazirlar Mahkamasi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

-

-

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

mahalla raisiga mahalliy Kengash majlisida ko‘rilishi majburiy bo‘lgan masalalarni kiritish huquqini berish;

mahallalarda ishlayotgan malakali va tashabbuskor kadrlarni davlat idoralari rahbarlik lavozimlariga tavsiya etish tizimini yo‘lga qo‘yish;

mahallaning nufuzini, uning resurs va imkoniyatlarini oshirish, xodimlarining moddiy ta’minotini yaxshilash bo‘yicha dastur ishlab chiqish;

mahalla raisi va uning o‘rinbosarlari vakolatlarini kengaytirib, ularga aholi muammolarini bevosita hal qilish imkonini yaratish nazarda tutiladi.

13.

Davlat organlarida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish.

2021-yil 1-aprel

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihalari.

Loyihalarda:

ochiq e’lon qilinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxatini kengaytirish;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari ochiqligi konsepsiyasini ishlab chiqish;

har yil yakunlari bo‘yicha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining Ochiqlik indeksini aniqlash;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan o‘z veb-saytlariga joylashtiriladigan axborotni yangilab borish davriyligi muddatini qayta ko‘rib chiqish;

ommaviy axborot vositalarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risida axborot olishga doir, shuningdek, mansabdor shaxslarning intervyusini tashkil etish to‘g‘risidagi so‘rovini ko‘rib chiqishga doir muddatlarni maqbullashtirish;

“Ochiq va hisobdor hukumat” g‘oyasini amalga oshirishga qaratilgan amaliy choralar ko‘rish nazarda tutiladi.

14.

Davlat organlari xarajatlari bo‘yicha jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.

2021-yil 1-may

Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada davlat organlari budjetdan tashqari jamg‘armalarining daromad va xarajatlari, davlat ulushiga ega bo‘lgan tashkilotlar xaridlari, davlat subsidiya va grantlariga oid ma’lumotlarni e’lon qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yish nazarda tutiladi.

15.

Hokimliklar tomonidan “E-qaror” elektron tizimi orqali qaror qabul qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

2021-yil 1-may

Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablag‘lari

Normativ-huquqiy hujjat loyihalari.

Loyihalarda:

mahalliy davlat hokimiyati idoralarining qarorlarini hisobga qo‘yish va e’lon qilish bo‘yicha elektron axborot tizimini joriy etish;

elektron tizimdan foydalanish, uni yuritish va unda jamoatchilik ishtirokini ta’minlash tartibi;

elektron tizim orqali qabul qilinmagan hujjatlarni amalga kiritganlik hamda normativ-huquqiy hujjatlarni adliya organlarida huquqiy ekspertizadan o‘tkazmagan holda tizim orqali qabul qilganlik uchun ma’muriy javobgarlikni belgilash;

mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarini mazkur tizimda ishlash bo‘yicha o‘qitish nazarda tutiladi.

16.

Nodavlat notijorat tashkilotlarning roli va ahamiyatini, ijtimoiy faolligi va faoliyatining samaradorligini oshirish.

2021-yil 1-mart

Oliy majlis palatalari (kelishuv asosida), Adliya vazirligi, “Yuksalish” umummilliy harakati, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi

60 mlrd so‘m

Davlat budjeti va budjetdan tashqari mablag‘lar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi.

Loyihada:

eng avvalo, ta’lim, madaniyat, tibbiyot, ekologiya, qurilish, kadastr, transport, kommunal xo‘jaligi, bandlik, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi mavjud muammolarni aniqlash, ular�i chuqur tahlil qilish, yechimlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini ta’minlashga ijtimoiy buyurtma asosida nodavlat notijorat tashkilotlarni keng jalb qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yish;

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Nodavlat notijorat tashkilotlarning doimiy vakili institutini joriy etish;

Nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi faoliyati uchun 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan 60 mlrd so‘m yo‘naltirish nazarda tutiladi.

17.

So‘z erkinligini ta’minlash va ommaviy axborot vositalarini har tomonlama rivojlantirish uchun huquqiy asoslarni yanada kuchaytirish.

2021-yil 1-may

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Jurnalistlar uyushmasi, MTRK, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, vazirlik va idoralar

-

-

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish, ularning mustaqil faoliyat yuritishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;

jurnalist va blogyerlar erkin faoliyat yuritishi uchun huquqiy asoslarni yanada kuchaytirish;

davlat organlarida axborot xizmatlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish;

davlat organlari tomonidan o‘z faoliyatida ommaviy axborot vositalari bilan yaqin muloqot va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar;

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyatini qayta ko‘rib chiqish nazarda tutiladi.

18.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuksak saviyada o‘tkazish bo‘yicha aniq choralarni belgilash.

2021-yil 1-mart

Markaziy saylov komissiyasi (kelishuv asosida), Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, vazirlik va idoralar

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjetidan saylov xarajatlari uchun ajratilgan mablag‘lar

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

saylov komissiyalari a’zolarining saylov qonunchiligi va xalqaro standartlar bo‘yicha bilimlarini tizimli asosda �shirish;

xalqaro kuzatuvchilar tomonidan berilgan tegishli tavsiyalarni milliy qonunchilik va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;

aholining elektoral madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilash nazarda tutiladi.

19.

2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tengligiga erishish strategiyasini ishlab chiqish.

2021-yil aprel

Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida), Vazirlar Mahkamasi

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

saylov huquqlarini amalga oshirishda, davlat xizmati, ta’lim, ilm-fan hamda sog‘liqni saqlash, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishda, oilaviy munosabatlar hamda bolalar tarbiyasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash;

gender statistikasi yuritilishini takomillashtirish;

2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tengligiga erishish strategiyasini 2021 — 2023-yillarda amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini hamda ma�sadli ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish nazarda tutiladi.

II. QONUN USTUVORLIGINI TA’MINLASh VA SUD-HUQUQ TIZIMINI YaNADA ISLOH QILIShNING USTUVOR YO‘NALIShLARI

2.1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish

20.

Sud boshqaruvchilari faoliyatini tubdan takomillashtirish.

2021-yil 1-oktabr

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Davlat xizmatlari agentligi, Oliy sud, Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston sud boshqaruvchilari assotsiatsiyasi

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

sud boshqaruvchilari talabgorlarini o‘qitish va ularning malakasini oshirishni tashkil etish huquqini kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashga ixtisoslashgan tashkilotlarga berish;

sud boshqaruvchisi attestatini davlat xizmatlari markazlari orqali berish bo‘yicha shaffof tizimni yaratish;

“Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchi kasblari klassifikatori”ga sud boshqaruvchisi kasbini kiritish;

uch yildan kam bo‘lmagan uzluksiz ish stajiga ega “fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritish” ixtisoslashuvidagi advokatlarning sud boshqaruvchilarini tayyorlash bo‘yicha o‘quv kursini o‘tamasdan sud boshqaruvchilari attestatsiya komissiyasining test imtihonlariga kirishi amaliyotini joriy qilish nazarda tutiladi.

21.

“Tashkent Law Spring” ikkinchi xalqaro yuridik forumini o‘tkazish.

2021-yil 1-aprel

Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, vazirlik va idoralar

-

-

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

videoanjuman shaklidagi forumni o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal qilish;

ommaviy axborot vositalarining faoliyati uchun maksimal darajada qulay sharoitlar yaratish;

sud hokimiyati va davlat organlari faoliyatining shaffofligini oshirishga qaratilgan islohotlarni keng jamoatchilikka namoyish etish;

yuridik texnikum va oliy yuridik ta’lim muassasalari talabalari forumda onlayn tarzda ishtirok etishi uchun sharoit yaratish nazarda tutiladi.

2.2. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash

22.

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini berish tartibini takomillashtirish borasidagi islohotlarni izchil davom ettirish.

2021-yil 1-may

Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati

-

-

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi.

Loyihada mamlakatimizga 2005-yil 1-yanvarga qadar kelib, doimiy yashayotgan, shuningdek, mamlakatimizda 15 yil davomida doimiy yashab turgan fuqaroligi bo‘lmagan (chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan) shaxslar tomonidan istak bildirilgan taqdirda ularni O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olish tartibini joriy qilish nazarda tutiladi.

23.

Qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirish.

2021-yil 1-aprel

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida) Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz, Inson huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman), Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) huzurida qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha jamoatchilik guruhlarini tashkil etish, ushbu guruhlar faoliyatini ommaviy axborot vositalari orqali keng va muntazam yoritish;

Ombudsman tomonidan har chorakda jamoatchilik guruhlari bilan birgalikda tergov izolyatori va jazoni o‘tash muassasalariga “monitoring tashriflari” tizimini yo‘lga qo‘yish;

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) huzuridagi qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha jamoatchilik guruhlarining davlat organlari va mansabdor shaxslar bilan o‘zaro munosabatda bo‘lish qoidalarini belgilash hamda ular o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

harakatlanish erkinligi cheklangan (gauptvaxtada hibsda saqlash qo‘llanilgan, ma’muriy qamoqqa olingan, jinoyat ishini yuritish chog‘ida ushlab turilgan va qamoqqa olingan, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jazolarga hukm qilingan, majburiy davolash muassasasiga joylashtirilgan) shaxslarning yagona elektron reyestrini yuritish;

harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarda qiynoqning oldini olish bo‘yicha jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, shu jumladan bunday joylarga har chorakda kamida bir marta monitoring tashriflarini amalga oshirish;

qiynoq uchun javobgarlik belgilangan normalarni xalqaro konvensiya talablariga muvofiqlashtirish, shuningdek, qiynoq jinoyatini sodir etgan shaxslarga nisbatan shartli hukm qilish, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish instituti qo‘llanilmasligini belgilash;

Oliy Majlis palatalari har yili Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsma�)ning qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha ma’ruzasini eshitib borish tartibini belgilash;

Ombudsman faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni belgilash nazarda tutiladi.

24.

Nodavlat sud-ekspertiza faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va muvofiqlashtirish mexanizmlarini joriy etish.

2021-yil aprel

Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarini tashkil etishning davlat-xususiy sheriklik asosidagi shakllarini joriy qilish;

sud-ekspertiza sohasida ilmiy-tadqiqot ishlariga ko‘maklashishning samarali mexanizmlarini joriy etish;

nodavlat ekspertiza faoliyatini muvofiqlashtirish, tartibga solish va nazorat qilish mexanizmlarini belgilash nazarda tuti�adi.

25.

Narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni majburiy davolash uchun narkologiya muassasalariga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish yoki ushbu muassasada yotish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi masalalarni fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ko‘rib chiqish tartibini belgilash.

2021-yil mart

Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

majburiy davolash uchun narkologiya muassasalariga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish masalasini kiritish huquqiga ega shaxslarning doirasi;

ariza berish hamda uni ko‘rib chiqish tartib-taomili va muddati, shuningdek, sud tomonidan qaror qabul qilish tartibi nazarda tutiladi.

2.3. Ma’muriy va jinoyat qonunchiligini takomillashtirish

26.

Yuridik shaxslarning moliyaviy javobgarligi institutini qayta ko‘rib chiqish.

2021-yil 1-avgust

Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, Ichki ishlar vazirligi

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

ilg‘or xalqaro tajribani chuqur o‘rganish asosida yuridik shaxslarni moliyaviy javobgarlikka tortishni amalga oshirish tartibi va mexanizmlarini aniqlashtirish;

yuridik shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan jarimalar miqdorini asoslantirilgan holda qayta ko‘rib chiqish nazarda tutiladi.

27.

Ma’muriy jazolar miqdorini ma’muriy huquqbuzarliklarning xavflilik darajasidan kelib chiqib maqbullashtirish.

2021-yil 1-iyun

Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, Ichki ishlar vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi.

Loyihada Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda belgilangan jazo miqdorlarini huquqbuzarliklarning ijtimoiy xavflilik darajasidan kelib chiqib qayta ko‘rib chiqish, jarima tarzidagi ma’muriy jazolarning miqdorini maqbullashtirish nazarda tutiladi.

28.

Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibini soddalashtirish va xalqaro andozalar asosida takomillashtirish.

2021-yil aprel

Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishni eksterritoriallik prinsipi asosida amalga oshirishni yo‘lga qo‘yish;

transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish muddatlarini (davriyligini) uzaytirish;

yangi avtomototransport vositasi olinganda majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish talabini bekor qilish nazarda tutiladi.

29.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining faoliyatini bosqichma-bosqich raqamlashtirish.

2021-yil 1-iyun

Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

avtomototransport vositalari va ular egalarining tarixini aks ettiruvchi elektron bazani yaratgan holda, haydovchidan talab etiladigan hujjatlarni elektron shaklga bosqichma-bosqich o‘tkazish ishlarini boshlash;

notariuslar tomonidan avtomototransport vositasini boshqa shaxsga berish to‘g‘risidagi shartnomani “yagona darcha” tamoyili asosida rasmiylashtirish imkoniyati;

haydovchilikka nomzodlardan amaliy va nazariy imtihon olish jarayonlarini jamoatchilik tomonidan, shu jumladan video kuzatuv qurilmalaridan foydalanib Internet tarmog‘i orqali kuzatish imkonini yaratish nazarda tutiladi.

30.

Xalqaro standartlar va insonparvarlik tamoyilini keng joriy etgan holda jazoni ijro etish va probatsiya xizmatini yanada takomillashtirish.

2021-yil 1-iyun

Ichki ishlar vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

-

-

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

xalqaro standartlardan kelib chiqib, 25 ta manzil-koloniyalarni bosqichma-bosqich qisqartirish;

birinchi marta ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan va qat’iy tuzalish yo‘liga o‘tgan mahkumlarni manzil-koloniyaga o‘tkazish amaliyotini bekor qilib, ularni jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri probatsiya nazoratiga olish tartibini joriy qilish;

jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish va jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish to‘g‘risida taqdimnoma kiritish vakolatini jazoni ijro etish muassasalari (organlari)dan yangi tashkil etiladigan insonparvarlik komissiyalariga o‘tkazish;

probatsiya xizmati markaziy va hududiy mahkamalari maqomini oshirish, ushbu xizmatning kadrlar salohiyati va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;

probatsiya nazoratidagi shaxslarning xulq-atvorini nazorat qilish, ularni ijtimoiy moslashtirish va yangi jinoyat sodir etishining oldini olish mexanizmlarini takomillashtirish;

probatsiya nazoratidagi shaxslarning xatti-harakatlarini, ularga elektron braslet vositasini taqqan holda, real vaqt rejimida elektron kuzatish va monitoring qilish tartibini joriy qilish;

“probatsiya faoliyati” ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish;

hokimliklar huzuridagi ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish markazlari faoliyatini takomillashtirish nazarda tutiladi.

31.

Biznes-ombudsmanning ma’muriy huquqbuzarlikni rasmiylashtirish bo‘yicha vakolatlarini aniqlashtirish.

2021-yil 1-may

Biznes-ombudsman, Adliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasi

-

-

O‘zbekiston Respublikasi Qonun loyihasi.

Loyihada Biznes-ombudsmanning tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashish va to‘sqinlik qilish, shuningdek, xususiy mulkdorlar huquqlarini buzganlik holatlarida davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shu jumladan xo‘jalik boshqaruvi organlari mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘llaniladigan choralari doirasi nazarda tutiladi.

2.4. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish

32.

Aholi osoyishtaligini ta’minlash va mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan tizim joriy qilish ishlarini faollashtirish.

2021-yil 1-iyun

Ichki ishlar vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Milliy gvardiya, Axborot texnologiyalari vazirligi

-

-

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

hududlarda sodir bo‘layotgan har qanday qonun buzilishi holatlarini aniqlash va o‘z vaqtida bartaraf etish borasida fuqarolar yig‘ini raisi va profilaktika inspektorining rolini oshirish, tashkilotlar mas’uliyatini kuchaytirish;

mahallalarda huquqni muhofaza qi�ish organlari va keng jamoatchilik bilan hamkorlikda olib boriladigan profilaktik chora-tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida milliy gvardiya organlari harbiy xizmatchilari va xodimlarining jinoyatchilikni jilovlash va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasidagi faoliyatini respublikaning jinoyatchilik o‘sgan barcha mahallalarida yo‘lga qo‘yish;

“mahallabay” o‘rganish, aniqlangan ijtimoiy-maishiy muammolarni bartaraf etish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlashni muntazam ravishda monitoring qilish ishlarini amalga oshirishda zamonaviy texnika va raqamli texnologiyalarni keng tatbiq etish nazarda tutiladi.

33.

Bojxona nazorati tartib-taomillarini takomillashtirishda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish.

2021-yil 1-iyul

Davlat bojxona qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

O‘zbekiston Respubli�asi Prezidenti Farmoni loyihasi.

Loyihada:

bojxona nazorati tartib-taomillari sohasiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish;

toifadan tashqari maqomidagi “Masofaviy elektron deklaratsiyalash bojxona postlari”ni sinov tariqasida bosqichma-bosqich tashkil etish;

bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarini masofaviy boshqarish, inson aralashuvini keskin qisqartirish;

davlat bojxona xizmati organlari tarkibiy tuzilmalari faoliyatini qayta ko‘rib chiqish;

chegaralarda veterinariya va fitosanitariya organlari tomonidan yuk tashuvchilarni ro‘yxatga olish, hujjatlarni tekshirish, ularga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar undirish jarayonini raqamlashtirish, umumiy onlayn nazorat amaliyotini joriy etish nazarda tutiladi.

34.

Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish.

2021-yil 1-may

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Oliy sud, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, vazirlik va idoralar

-

-

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2021 — 2025-yillarga mo‘ljallangan milliy strategiyani ishlab chiqish;

aniq indikatorlarni o‘zida aks ettiruvchi korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash va chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish;

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyati huquqiy asoslarini takomillashtirish;

korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi (“komplayens-nazorat”) huquqiy asoslarini yaratish hamda korrupsiyaga qarshi kurashishning vositalarini takomillashtirish;

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalarini keng jamoatchilikka e’lon qilib borish amaliyotini yo‘lga qo‘yish nazarda tutiladi.

2.5. Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash, huquqiy yordam va yuridik xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish

35.

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan hujjatlarni tizimlashtirish.

2021-yil 1-avgust

Adliya vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, O‘zstandart agentligi, Savdo-sanoat palatasi, vazirlik va idoralar

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi hujjatlarni tizimlashtirish sohasida ustuvor yo‘nalishlarni belgilash;

Texnik tartibga solish sohasidagi hujjatlarni tizimlashtirish bo‘yicha idoralararo komissiya hamda uning ishchi organi sifatida Loyiha ofisini tashkil etish;

texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi hujjatlarni xorijiy davlatlarning tajribasiga muvofiqlashtirish, shuningdek, ushbu sohada xalqaro standartlarni implementatsiya qilish;

texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari milliy bazasiga joylashtirish nazarda tutiladi.

36.

Internet tarmog‘ida, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarda sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish choralarini takomillashtirish.

2021-yil 1-aprel

Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Oliy sud, vazirlik va idoralar

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada Internet tarmog‘ida, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarda sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar nazarda tutiladi.

37.

Davlat organlari va tashkilotlarini huquqiy ta’minlashni yanada takomillashtirish maqsadida yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarini tashkil etish.

2021-yil 1-aprel

Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlari shtat birliklari hisobidan yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarini tashkil etish;

yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarining huquqiy maqomi, asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlarini aniq belgilash;

davlat organlari va boshqa tashkilotlarga yuridik xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq barcha ma’lumot va jarayonlarni elektron ravishda yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish va amalga oshirish imkonini beruvchi “E-huquqshunos” elektron tizimini bosqichma-bosqich joriy etish;

yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari xodimlarini rag‘batlantirish choralarini belgilash;

yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun bino va moddiy texnika resurslariga mablag‘larni tegishli mahalliy budjet, adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ajratilishi;

yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarini malakali kadrlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish nazarda tutiladi.

III. IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRIShNING USTUVOR YO‘NALIShLARI

3.1. Makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va narx-navoning barqarorligini va inflatsiya darajasi prognoz ko‘rsatkichlaridan oshmasligini ta’minlash

38.

Inflatsiyaviy targetlash doirasida 2021-yilda inflatsiya darajasini 10 foizdan oshirmaslik hamda narx-navo barqarorligini ta’minlash.

Yil davomida

Markaziy bank, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

iqtisodiyotga ajratilgan kreditning o‘sish sur’atlarining yalpi ichki mahsulot nominal hajmi o‘sishi sur’atlari bilan muvofiqligini ta’minlash;

inflatsiyani pasaytirish hamda pul resurslari bozorida ijobiy real foiz stavkalarining shakllanishi uchun zarur sharoitlar yaratish;

pul-kredit instrumentlaridan samarali foydalanish;

iqtisodiyotning real sektorida tarkibiy iqtisodiy islohotlar samaradorligini ta’minlash va ichki bozorni iste’mol tovarlari bilan to‘ldirish;

asosiy iste’mol tovarlarining narxlari mavsumiy tebranishlari darajasidan kelib chiqib “xatar darajasi tahlili” tizimini joriy qilish nazarda tutiladi.

39.

Inflatsiyaga nomonetar omillar ta’sirini pasaytirish va asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralarni amalga oshirish.

2021-yil 1-aprel

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Markaziy bank, Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxining keskin oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik;

import bozorida monopoliyaga yo‘l qo‘ymaslik, import tovarlarini olib kirishda raqobat sharoitlarini yaxshilash, shuningdek, tashqi bozorlarni diversifikatsiya qilish;

oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, kafolatlangan zaxirani yaratish, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini shakllantirishdakvota asosida sotib olish va ularni bozorga uzluksiz yetkazib berish;

asosiy iste’mol tovarlarining transport xarajatlarini subsidiyalash;

tegishli hududlarning asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari (shakar, yo�, o‘simlik yog‘i, un va boshqalar) talabidan kelib chiqib, ularni kvota asosida bozor sharoitlarida sotib olish va ichki bozorga intervensiya qilish choralari nazarda tutiladi.

40.

Budjet barqarorligini ta’minlashga qaratilgan budjet qoidalarini joriy etish.

2021-yil 1-noyabr

Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, vazirlik va idoralar

-

Xalqaro valyuta jamg‘armasi va xorijiy mamlakatlar moliya vazirliklarining texnik ko‘magi

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib chiqib Budjet qoidalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishni nazarda tutish.

Bunda umumiy fiskal balansni hisoblashda Hukumat nomidan jalb qilingan va qayta kreditlangan tashqi qarz mablag‘larini inobatga olishni ta’minlashga qaratilgan budjet qoidalari belgilanadi.

41.

Tashqi qarz hajmini maqbul darajada saqlab turish.

Yil davomida

Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Markaziy bank, vazirlik va idoralar

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda davlat qarzi yalpi ichki mahsulotning 60 foizidan oshmasligini ta’minlash.

42.

Suveren xalqaro obligatsiyalarda milliy valyuta ulushini hozirgi 25 foizdan kamida 40 foizga oshirish.

2021 — 2023-yillar davomida

Moliya vazirligi

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

xalqaro moliyaviy konsultantlar va yuridik konsultantlarni yollash;

emissiya risolasini ishlab chiqish hamda suveren xalqaro obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirish dasturini belgilash;

marketing tadbirlarini amalga oshirish, xususan, xalqaro investorlar bilan uchrashuvlar tashkil etish;

shakllangan buyurtmalar hajmi va moliyaviy konsultantlarning tahlillaridan kelib chiqib, xalqaro moliya bozorlarida xorijiy yoki milliy valyutadagi suveren obligatsiyalarni joylashtirish nazarda tutiladi.

43.

Davlat qarzi bo‘yicha ma’lumotlarning yanada ochiqligini ta’minlash.

Yil davomida

Moliya vazirligi

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

O‘zbekiston Respublikasining davlat qarzi bo‘yicha ma’lumotlarni shakllantirish;

davlat tashqi qarzi hisobidan amalga oshirilgan loyihalar bo‘yicha o‘zlashtirilgan mablag‘lar hamda erishilgan natijalar to‘g‘risida ijro agentliklari va loyiha tashabbuskorlari tomonidan ma’lumotlarni o‘z veb-saytlarida joylashtirishi;

ushbu ma’lumotlarni har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 25-sanasiga qadar Oliy Majlis palatalariga kiritib borish hamda Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilib borish amaliyotini joriy etish;

har bir hududda tashqi qarz hisobiga amalga oshirilayotgan inftratuzilma loyihalari bo‘yicha kengashlarga axborot kiritish va OAVda hisobot berish tartibini yo‘lga qo‘yish nazarda tutiladi.

3.2. Moliya tizimini isloh qilish, budjet mablag‘laridan samarali foydalanish tizimini yanada takomillashtirish, qo‘shimcha imkoniyat va manbalar hisobidan budjet taqchilligini kamaytirish

44.

O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti taqchilligini kamaytirish.

Yil davomida

Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti taqchilligi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 5,4 foizdan oshmasligini ta’minlash;

budjet mablag‘larining maqsadli va oqilona sarflanishi ustidan nazoratni yanada kuchaytirish;

“yashirin iqtisodiyot”ga qarshi kurashish nazarda tutiladi.

45.

Davlat xaridlari sohasidagi 1 milliard so‘mgacha budjet buyurtmachilari tomonidan avans to‘lovlari miqdorini 30 foizga yetkazish.

2021-yil 1-mart

Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada davlat xaridlari sohasidagi 1 milliard so‘mgacha budjet buyurtmachilari tomonidan avans to‘lovlari miqdorini 30 foizga yetkazish nazarda tutiladi.

46.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari xarajatlarini tashqi auditdan o‘tkazish va baholash tizimini joriy etish.

2021-yil 1-noyabr

Moliya vazirligi, Hisob palatasi

Hisob-kitoblarga asosan

Xalqaro valyuta jamg‘armasining texnik ko‘magi

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada Budjet kodeksiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari loyihalari va ularning ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan har yili tashqi auditdan o‘tkazish hamda baholash tizimini joriy etishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish nazarda tutiladi.

47.

Tuman budjeti xarajatlarining 5 foizini jamoatchilik fikri asosida belgilangan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirish bo‘yicha yangi tartibni joriy etish.

2021-yil 1-aprel

Moliya vazirligi

Tegishli hisob kitoblarga asosan

O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti

Normativ huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

joriy yilda har bir hududda bittadan tumanda budjet xarajatlarining 5 foizini jamoatchilik fikri asosida belgilangan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirish bo‘yicha yangi tartibni joriy etish bo‘yicha eksperiment o‘tkazish;

tuman budjeti xarajatlarining 5 foizining maqsadli ishlatilishini yakuniy nazorat qilish uchun tuman deputatlari Kengashida tegishli mansabdor shaxslarning hisobotini eshitish;

Tuman va shahar budjetlari qo‘shimcha manbalarining kamida 10 foizini jamoatchilik tomonidan bi�dirilgan tadbirlarga yo‘naltirish bo‘yicha namunaviy tartibni tasdiqlash nazarda tutish.

48.

Budjet tizimi shaffofligini oshirish.

Yil davomida

Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Tashkiliy chora-tadbirlar.

Bunda:

budjet tashkilotlari va davlat maqsadli jamg‘armalarining depozitlar, berilgan qarzlar va qarz majburiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z veb-saytlarida chop etishini ta’minlash;

Hisob palatasi tomonidan ma’lumotlar tashkilotlarning rasmiy veb-saytlarida mavjudligi, to‘liq joylashtirilishi ustidan nazorat qilishi va jarimaga tortish amalga oshirish nazarda tutiladi.

49.

Hayot s�g‘urtasi tarmog‘ini hamda shaxsiy sug‘urtani aholi orasida ommalashtirish, ularni keng miqyosda targ‘ib qilish hamda yangi hayot va shaxsiy sug‘urta turlarini rivojlantirish.

2021-yil 1-sentabr

Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi, vazirlik va idoralar

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

O‘zbekiston Respublikasida hayot sug‘urtasi tarmog‘ini hamda shaxsiy sug‘urtani 2023-yilgacha rivojlantirish choralari;

yangi va zamonaviy sotish instrumentlarini joriy etish yo‘li orqali sug‘urta mahsulotlarini sotish kanallarini kengaytirish;

muhim sug‘urta mahsulotlarini eng qulay to‘lov usullarida amalga oshirish;

hayot sug‘urtasi tarmog‘ida faoliyat yuritayotgan sug‘urta tashkilotlarining foyda soliq yukini ikki baravarga kamaytirishni ko‘rib chiqish nazarda tutiladi.

3.3. Soliq islohotlarini amaliyotga samarali joriy etish, soliq ma’muriyatchiligini shaffof yo‘lga qo‘yish, soliq yukini kamaytirish va soddalashtirish, shu asosda ishlab chiqarishni va soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish

50.

Soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish.

Yil davomida

Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi

-

-

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

barcha xo‘jalik subyektlari tomonidan to‘liq elektron hisobvaraq-fakturalarga o‘tilishini ta’minlash;

alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, ulgurji va chakana savdoni amalga oshirishning barcha bo‘g‘inlarida raqamli markirovkani joriy etish;

ulgurji va chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi barcha tadbirkorlik subyektlarning savdo nuqtalarida onlayn KKM o‘rnatilishini ta’minlash;

tovar-moddiy zaxiralarni va tovarlarni (ishlarni, xizmatlari) yetkazib berish uchun elektron shartnomalar (ishonchnomalar) almashinuvini joriy etish nazarda tutiladi.

51.

Xalqaro standartlar asosida Davlat soliq qo‘mitasi axborot tizimlari kompleksining yagona platformasini ishlab chiqish.

2021-yil 1-noyabr

Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi

2,4 mln. AQSh dollari

Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

tadbirkorlik subyektlari o‘z majburiyatlarini bajarishini yengillashtirish va soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish;

soliq ma’muriyatchiligini avtomatlashtirishda foydalaniladigan axborot tizimlari kompleksining yagona platformasini yaratish;

ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish tizimlarini joriy etish;

axborot tizimlarini standartlashtirish nazarda tutiladi.

52.

Sotiladigan tovarlarning yagona elektron �asniflagich tizimini ishlab chiqish va onlayn nazorat-kassa mashinalari, elektron hisobvaraq-fakturalari, markirovkalash tizimlariga integratsiyalash.

2021-yil 1-sentabr

Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi

2,4 mlrd. so‘m

Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi

Amaliy chora-tadbirlar:

Bunda:

mahsulotlarni noqonuniy olib kirish, ishlab chiqarish va sotish holatlarining oldini olish;

alohida turdagi mahsulotlarning qonuniy aylanmasini ta’minlash mexanizmini tubdan takomillashtirish;

ishlab chiqarish hajmini, omborlardagi qoldiqlarni va mahsulot real vaqt rejimida jo‘natilishini nazorat qilish mexanizmlarini joriy etish;

tovarlar va xizmatlar turlari bo‘yicha yagona tasniflash tizimini joriy etish nazarda tutiladi.

53.

Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash ma’murchiligini takomillashtirish.

2021-yil 1-iyul

Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Davlat geologiya qo‘mitasi, Adliya vazirligi

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligida markshreyderlik xizmatini tashkil etish;

noruda foydali qazilmalarni qazib oluvchidan iste’molchigacha bo‘lgan jarayonni monitoring qilib boruvchi dasturiy mahsulot (tizim) yaratish;

qurilish korxonalari va qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi subyektlar tomonidan foydalanilgan noruda qazilmalar hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni soliq organlariga taqdim etishi nazarda tutiladi.

54.

Teng raqobat sharoitini yaratish va qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar huquqlarini kafolatlash bo‘yicha soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish.

2021-yil 1-may

Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada haqiqatda qo‘shilgan qiymat solig‘i summalarini to‘lagan ishonchli soliq to‘lovchilarga tezlashtirilgan tartibda soliq summasini qaytarish nazarda tutiladi.

55.

Soliq xizmatlarini ko‘rsatishni yangi bosqichga chiqarish va xalqaro standartlarga moslashtirish, soliq organlarini “xizmat ko‘rsatuvchi” yuqori texnologiyali tashkilotga transformatsiya qilishni davom ettirish.

2021-yil 1-avgust

Davlat soliq qo‘mitasi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, vazirliklar va idoralar

1,5 ml�d. so‘m

Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik hamda jismoniy shaxslar to‘g‘risida yagona markazlashtirilgan axborot manbaini shakllantirish;

markaziy ma’lumotlar bazasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish va davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan idoralararo elektron hamkorlik qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar manbai bo‘lgan davlat axborot resursini jamlash;

soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishning yagona standartlarini ishlab chiqish va ko‘rsatiladigan xizmat turlarini kengaytirish;

soliq organlari va soliq to‘lovchilar o‘rtasidagi biznes jarayonlarini takomillashtirish;

soliqqa oid huquqbuzarlikka chora ko‘rishni bosqichma-bosqich avtomatlashtirish orqali soddalashtirish;

“Soliq yuki kalkulyatori” interaktiv xizmat turini yaratish;

“Soliq” mobil ilovasida o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun umumrespublika banklararo protsessing markazi (Uzcard) bilan hamkorlikda qo‘shimcha imkoniyat va xizmatlar yaratish;

ishonchli soliq to‘lovchilarni himoya qilish maqsadida “shubhali” soliq to‘lovchilar ro‘yxati shakllantirilgan holda, unga kiritilgan subyektlar ro‘yxatini doimiy yangilab borish nazarda tutiladi.

3.4. Bojxona tizimini isloh qilishni jadallashtirish

56.

“Yagona darcha” bojxona axborot tizimini takomillashtirish va unga tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq barcha tartibotlarni bosqichma-bosqich qamrab olish.

2021-yil 1-avgust

Davlat bojxona qo‘mitasi, Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari vazirligi, Mudofaa vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” va “O‘zbekiston havo yo‘llari” AJ, Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

8 ta nazorat qiluvchi idoralarning 39 turdagi ruxsatnoma hujjatlarining faqat “Yagona darcha” axborot tizimi orqali berilishini tashkil etish;

temir yo‘l va havo transporti hamda logistika tashkilotlari tomonidan qog‘oz ko‘rinishida rasmiylashtirilayotgan yuk hujjatlari va jarayonlarni raqamli ko‘rinishga bosqichma-bosqich o‘tkazish;

barcha nazorat idoralari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun tuziladigan shartnomalarni oferta shakliga o‘tkazish;

ko‘rsatilgan xizmatlar uchun belgilangan yig‘imlarni “yagona darcha” axborot tizim� orqali amalga oshirish nazarda tutiladi.

57.

Temir yo‘l va avia chegara bojxona postlarida xavfni boshqarish tizimini joriy etish.

2021-yil 1-noyabr

Davlat bojxona qo‘mitasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “O‘zbekiston havo yo‘llari” AJ, Axborot texnologiyalari vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

xavfni boshqarish tizimini temir yo‘l va avia chegara bojxona postlarida joriy etish bo‘yicha ichki idoraviy hujjat ishlab chiqish;

xavfni boshqarish tizimiga “Temir yo‘l” va “Avia” axborotlashtirilgan axborot tizimini integratsiya qilish;

olib o‘tiladigan tovarlarning xavf darajasini oldindan baholash hamda samarali bojxona nazoratini amalga oshirish, kuch va vositalardan maqsadli foydalanish nazarda tutiladi.

58.

Xorijiy xomashyo va materiallarni “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimiga rasmiylashtirish talablarini soddalashtirish.

2021-yil 1-iyul

Davlat bojxona qo‘mitasi, vazirlik va idoralar

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

qayta ishlash bo‘yicha operatsiyalar ro‘yxatini kengaytirish;

qayta ishlangan mahsulotlarning chiqish normasini identifikatsiyalash va baholash uslubiyatini ishlab chiqish;

bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarga nisbatan bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash amaliyotini yo‘lga qo‘yish;

bojxona rejimi talabida xorijiy buyurtmachi mavjud bo‘lmagan hollarda ham qayta ishlash operatsiyalariga ruxsat berish mexanizmini joriy qilish nazarda tutiladi.

3.5. Bank tizimini isloh qilishni davom ettirish va bank sohasida raqobat muhitini yaratish, aholi va xo‘jalik subyektlariga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari sifatini oshirish, tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirishni qo‘llab quvvatlash, zamonaviy bank xizmatlari turlarini kengaytirish

59.

Bank tizimini xususiylashtirishga tayyorlash va transformatsiyalashni davom ettirish.

Alohida jadvallar asosida

Moliya vazirligi, Markaziy bank, tijorat banklari

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

2021-yilda “Sanoatqurilishbank”, “Asaka bank”, “Ipoteka bank”, “Aloqabank”, “Turonbank” hamda “Qishloq qurilish bank”ni xususiylashtirishga tayyorlash;

kamida bitta yirik bankdagi davlat ulushini strategik investorlarga to‘liq sotish nazarda tutiladi.

60.

“Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalash to‘g‘risida” qonun loyihasini kiritish.

2021-yil 1-mart

Markaziy bank

-

-

O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasi.

Loyihada:

nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalash faoliyatini tartibga soluvchi qonun va qonunosti hujjatlarini birlashtirish orqali yagona qonunni qabul qilish;

nobank kredit tashkilotlarini litsenziyalash va nazorat qilish jarayonlarini soddalashtirish;

nobank kredit tashkilotlarining xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish;

nobank kredit tashkilotlari xizmatlari iste’molchilarining huquqini himoya qilishni kuchaytirish;

nobank kredit tashkilotlari tomonidan islom moliyaviy xizmatlarini joriy etish bo‘yicha huquqiy bazani yaratish nazarda tutiladi.

61.

Oilaviy tadbirkorlik dasturlarini amalga oshirishni davom ettirish.

2021-yil 1-mart

Markaziy bank, tijorat banklari

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

2021-yilda oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida jami 6 trln. so‘mlik kreditlar ajratish;

oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kreditlashda avvalambor xotin-qizlar va yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish orqali kredit ajratish tizimi joriy etish;

joylarda yangi “mahallabay ishlash” tizimini yo‘lga qo‘yish orqali har bir mahallaning mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqib, tadbirkorlik salohiyatini oshirish;

aholi va tadbirkorlarning kredit olish bo‘yicha arizalarini qabul qilishda “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari yagona elektron platformasi”ni joriy qilish choralari ko‘zda tutiladi.

62.

Banklarda ichki biznes jarayonlarini avtomatlashtirish orqali inson resurslaridan samarali foydalanib, xodimlarni asosan mijozbay ishlashga yo‘naltirish.

Yil davomida

Markaziy bank, davlat ulushi mavjud tijorat banklari

-

-

Chora-tadbirlar rejasi.

Bunda:

banklarda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda xalqaro umum e’tirof etilgan standartlarga muvofiqlashtirish maqsadida mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish (CRM) tizimini joriy etish;

moliyaviy texnologiyalar asosida yangi raqamlashtirilgan bank xizmatlarini joriy qilish;

banklarning axborot texnologiyalar infratuzilmasini takomillashtirish;

mijozlarga zamonaviy standartlar asosida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan alohida o‘qish va seminarlar tashkil etish nazarda tutiladi.

63.

Kontaktsiz to‘lov tizimlarini rivojlantirish.

2021-yil 1-avgust

Markaziy bank, tijorat banklari

-

-

Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha choralarni ishlab chiqish.

Bunda:

naqd pulsiz to‘lovlarni rivojlantirish maqsadida aholini rag‘batlantirish;

aholining naqd pul ko‘rinishidagi jamg‘armalarini naqd pulsiz ko‘rinishdagi ichki investitsiyalarga yo‘naltirilishini ta’minlash, jumladan qimmatbaho qog‘ozlar bozorini rivojlantirish, investitsion fondlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

o‘z-o‘zini band qilgan shaxslarga naqd pulsiz to‘lovlardan foydalanish uchun qulay shart-sharoit yaratish, o‘z-o‘zini band qilgan shaxslar faoliyati bilan bog‘liq huquqiy normalarni takomillashtirish, ro‘yxatga olish va soliqqa tortish masalalarini soddalashtirish, ular uchun maxsus bank xizmatlarini taklif qilish;

to‘lov xizmatlari turini ko‘paytirish, ilg‘or to‘lov texnologiyalarini jalb qilish, to‘lov xizmatlari bozorida teng raqobatga sharoit yaratish va cheklovlarni kamaytirish, to‘lov tashkilotlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash.

64.

Iqtisodiyotning xorijiy valyutaga bog‘liqlik darajasini bosqichma-bosqich kamaytirish.

Yil davomida

Markaziy bank, Moliya vazirligi, tijorat banklari

Chora-tadbirlarni rejasi.

Rejada:

valyuta kreditlari ulushini 50 foizdan 45 foizga pasaytirish;

banklarning aktivlari va majburiyatlarida xorijiy valyutaning ulushini kamaytirish uchun pul-kredit va prudensial instrumentlarni qo‘llash;

banklar tomonidan tashqi kreditlarni jalb etishda ehtiyotkor siyosatni yuritish bo‘yicha choralar ko‘rish.

65.

Nobank va boshqa moliyaviy tashkilotlar sharhini shakllantirish bo‘yicha statistik hisobotlarni yuritish qoidalarini ishlab chiqish.

2021-yil 1-may

Markaziy bank, Moliya vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi

-

-

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Bunda:

“Nobank va boshqa moliyaviy tashkilotlar sharhi”ni Xalqaro valyuta jamg‘armasining me’yorlari asosida ishlab chiqish;

sug‘urta, lizing va boshqa bank faoliyati bilan shug‘ullanmaydigan moliyaviy tashkilotlar tomonidan Markaziy bankka tegishli statistik hisobot taqdim etilishini ko‘zda tutish;

Markaziy bank tomonidan shakllantirib kelinayotgan pul-kredit sharhlari bilan birgalikda “Moliya tizimi sharhi”ni yuritishning yo‘lga qo‘yilishini hamda respublika bank-moliya tizimi statistikasining yagona xalqaro formatda to‘liq qamrab olinishini ta’minlash;

moliya tizimi ochiqligi va shaffofligini yanada oshirish, foydalanuvchilar, xususan xalqaro ekspertlar, moliyaviy institutlar va investorlar uchun mamlakat moliya tizimini kuzatish va tahlil qilib borish imkonini yaratish.

3.6. Iqtisodiyot tarkibini yanada diversifikatsiya qilish va uning raqobatbardoshligini oshirish, birinchi navbatda, mahalliy mineral xomashyoni chuqur qayta ishlash bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarni joriy etish orqali yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni o‘zlashtirish, ishlab chiqarish tannarxini va energiya sarfini kamaytirish

66.

Suyultirilgan gazni bozor tamoyillari asosida sotish mexanizmini jadallashtirish.

2021-yil 10-mart

Energetika vazirligi, “O‘zbekneftgaz” AJ, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

-

-

Chora-tadbirlar rejasi.

Bunda:

suyultirilgan gaz bozorida samarali raqobat muhitini yaratish, ishlab chiqaruvchi korxonalarning quvvatlarini oshirishni rag‘batlantirish;

aholi va iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarining suyultirilgan gazga bo‘lgan ehtiyojini qanoatlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish nazarda tutiladi.

67.

Tabiiy gazni yuridik shaxslarga bozor tamoyillari asosida sotish mexanizmini ishlab chiqish.

2021-yil 1-iyun

Energetika vazirligi, “O‘zbekneftgaz” AJ, “O‘ztransgaz” AJ, “Hududgazta’minot” AJ, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyaga qarshi kura�ish qo‘mitasi

-

“O‘ztransgaz” AJ, “Hududgazta’minot” AJ mablag‘lari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

tabiiy gazni bozor tamoyillari asosida ulgurji sotish bosqichlari va muddatlarini aniqlash;

bozor tamoyillari asosida savdolarda ishtirok etadigan tabiiy gaz iste’molchilarini “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimi”ga ulangan tabiiy gaz oqimini avtomatik ravishda to‘xtatuvchi moslamalar bilan jihozlash;

Energetika vazirligi, “O‘ztransgaz” AJ, “Hududgazta’minot” AJ o‘rtasida tabiiy gaz iste’moli yuzasidan elektron ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish nazarda tutiladi.

68.

“Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasini amalga oshirish.

2021-yil 1-oktabr

“Hududgazta’minot” AJ

605,4 mln. AQSh dollari

Xorijiy moliya tashkilotlar, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, tijorat banklari, jamiyatning o‘z mablag‘i

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

gaz yetkazib berishda hisob-kitoblarni “online” tartibda oldindan to‘lov tizimiga o‘tkazish, debitor qarzdorlikni qisqartirish;

“PrePay” tizimini joriy etish hamda tabiiy gaz yetkazib berish va qabul qilish jarayonida tafovut yo‘qotishlarning oldini olish nazarda tutiladi.

69.

Elektr energiyasi hisobini nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish.

2021-yil 1-may

Energetika vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

552 mln. AQSh dollari

Xalqaro moliya institutlari kreditlari, o‘z mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda 7,5 mln. dona yangi o‘rnatilgan elektr energiyasi hisoblagichlarini billing tizimiga ulash nazarda tutiladi.

70.

Respublika mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta to‘ldirish dasturini ishlab chiqish.

2021-yil 20-fevral

Davlat geologiya qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Energetika vazirligi

Loyiha-smeta hujjatlari asosida

Davlat geologiya qo‘mitasining maxsus maqsadli hisobvarag‘i mablag‘lari

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

qidiruv ishlarida foydali qazilmalarning yangi istiqbolli maydonlarini izlash ulushini 2021-yilda 40 foizga yetkazish;

geologiya yo‘nalishidagi iqtidorli yosh mutaxassislarni xorijiy o‘quv kurslarida o‘qitish va amaliyot o‘tashini ta’minlash;

axborot ochiqligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida davlat geologiya fondidagi arxiv materaillari bo‘yicha raqamli axborotl�r bankini tashkil qilish;

geologiya-qidiruv ishlab chiqarishiga mavjud geologik va boshqa ma’lumotlarni raqamlashtirishni keng joriy qilish nazarda tutiladi.

71.

2021-yilda 50 ta kon va istiqbolli maydonlarni mahalliy va xorijiy investorlarga shaffof mexanizmlar asosida foydalanishga berish.

2021-yil davomida

Davlat geologiya qo‘mitasi, Energetika vazirligi

Loyiha-smeta hujjatlari asosida

Davlat geologiya qo‘mitasining maxsus maqsadli hisobvarag‘i mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

dala geologiya ishlari natijasidan olingan namunalar tahlili va boshqa geologik ma’lumotlarni umumlashtirish asosida auksion savdolariga qo‘yiladigan geologik obyektlar ro‘yxati shakllantiriladi hamda har bir obyekt bo‘yicha tizyerlar, taqdimot materiallarini tayyorlash;

2021-yilning ikkinchi yarmida tanlangan 50 ta geologik obyektlarda yer qa’ridan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnomalar shaffof mexanizmlar asosida auksion savdolariga joylashtirilib, mahalliy va xorijiy investorlarga taklif etish nazarda tutiladi.

72.

Geologiya fanlari universitetida tashkil etilgan ilmiy klaster negizida fundamental, ilmiy-amaliy va innovatsion tadqiqotlar hamda zamonaviy xalqaro standartlarni joriy qilgan holda, fan va amaliyotni integratsiyalashni jadallashtirish.

2021-yil 1-sentabr

Davlat geologiya qo‘mitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar Akademiyasi

Loyiha-smeta hujjatlari asosida

Davlat budjeti, Davlat geologiya qo‘mitasining maxsus maqsadli hisobvarag‘i mablag‘lari

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

geologiya-qidiruv amaliyotiga soha va xorijiy institutlarning istiqbolli maydonlarni prognoz qilish, ma’danlarni qayta ishlashga yo‘naltirilgan fundamental, ilmiy-amaliy va innovatsion tadqiqotlari natijalarini joriy qilish;

foydali qazilmalar konlarining 3D-modellarini ishlab chiqish;

GIS-texnologiyalari negizida raqam�i kartografik materiallarni yaratish nazarda tutiladi.

73.

Vodorod energetikasi texnologiyalarini o‘rganish va ilm-fanni rivojlantirish.

2021-yil fevral

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Energetika vazirligi, Moliya vazirligi, Fanlar akademiyasi, boshqa vazirlik va idoralar

-

-

Vodorod energetikasi texnologiyalari ilmiy-amaliy innovatsion markazini tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi.

Loyihada:

markazni ochish va laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlash;

markazning asosiy vazif�lari va faoliyat yo‘nalishlarini belgilash;

vodorod energetikasi yo‘nalishlarida kadrlarni tayyorlash;

vodorod energetikasi sohasidagi olim va mutaxassislarni yetakchi xorijiy ilmiy muassasa va kompaniyalarga stajirovkalarga yuborish;

xorijiy davlatlarning vodorod sohasidagi ilmiy muassasa va markazlari bilan hamkorlikda tadqiqotlar tashkil qilish;

vodorod energetikasi texnologiyalari yo‘nalishida ilmiy-texnikaviy kengash tashkil qilish va vazifalarini belgilash;

mamlakatda yillik vodorod energetikasi holati bo‘yicha Hisobotni tayyorlash va Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida taqdimotini o‘tkazish amaliyotini 2021-yildan boshlab joriy qilish nazarda tutiladi.

74.

Kumushni birja orqali ishlab chiqaruvchilarga erkin sotish.

2021-yil 10-mart

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Navoiy KMK, Markaziy bank, “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi

-

-

Normati�-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

birjaga qo‘yiladigan kumush hajmlarini shakllantirish;

mahsulot boshlang‘ich narxini asosli shakllantirish;

zargarlik sohasidagi ishlab chiqaruvchilar uchun kumush mahsulotini sotib olish uchun keng imkoniyatlar yaratish nazarda tutiladi.

75.

MDHga a’zo davlatlar o‘rtasida elektron sanoat kooperatsiya aloqalarini tashkil etish va kengaytirish.

Yil davomida

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, Axborot texnologiyalari vazirligi

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

MDHga a’zo davlatlarda mavjud yirik ishlab chiqarish quvvatlarining istiqboldagi ehtiyojlarini ta’minlash uchun kooperatsiya aloqalarini kengaytirish;

MDH davlatlarining kooperatsiya forumini o‘tkazish;

mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun qulay bo‘lgan yagona �lektron sanoat kooperatsiya portalini rivojlantirish;

xomashyo va materiallarni yetkazib berish (xizmatlar ko‘rsatish) bo‘yicha eksport-import shartnomalarini masofaviy tuzish;

mahsulotlar eksporti va importiga oid statistik ma’lumotlarni doimiy ravishda joylashtirish va yangilab borish;

cheklov, taqiq, litsenziyalash, ruxsat berish hujjatlari, tarif stavkalari, bojxona imtiyozlari, transport kompaniyalarining tariflari to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlarni “onlayn” tarzida olish imkoniyatlarini yaratish;

sohalarni mahalliylashtirish bo‘yicha xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish masalasini o‘rganib chiqish va taklif tayyorlash nazarda tutiladi.

76.

Hududiy, tarmoq va Respublika miqyosidagi sanoat yarmarkalarini tashkil etish va o‘tkazish.

Yil davomida

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahar hokimliklari

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda, real yoki virtual shaklda sanoat yarmarkalarini o‘tkazish;

mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida sanoat sohasidagi kooperatsiya aloqalarini mustahkamlash va rivojlantirish, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va kichik biznes subyektlarini sanoat faoliyatiga keng jalb qilish nazarda tutiladi.

3.7. Hudud, tuman va shaharlarni kompleks rivojlantirish, mustahkam va barqaror zamonaviy ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaratish

77.

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida mahalla va qishloqlar qiyofasini tubdan o‘zgartirish.

2021-yil 1-mart

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblar asosida

Respublika va mahalliy byu�jetlar, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

har bir tuman va shaharlardagi mahallalar va aholi sonidan kelib chiqib, ularning qiyofasini tubdan o‘zgartirish bo‘yicha maqsadli parametrlar va moliyalashtirish manbalarini tasdiqlash;

amalga oshiriladigan ishlarni 50 foizini respublika budjetidan, 50 foizini mahalliy budjetdan teng ulushlarda ajratilishini belgilash;

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarida belgilangan tadbirlarga xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb qilish;

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini shakllantirish va amalga oshirilayotgan ishlarni onlayn monitoringini olib borish imkonini beruvchi portalni (dastur) ishga tushirish nazarda tutiladi.

78.

Har bir qishloq yoki mahallani ularning imkoniyatlari, o‘z yo‘nalishi va “o‘sish nuqtalari”dan kelib chiqib rivojlantirish.

2021-yil 1-aprel

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3 trln. so‘m

Davlat budjeti va xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

har bir hudud imkoniyatlari, nisbiy raqobat ustunligidan kelib chiqib, hududni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari va “o‘sish nuqtalari”ni belgilash;

hududlar imkoniyatidan kelib chiqib, tanlangan yo‘nalishlarda tadbirkorlar tashabbuslari asosida loyihalarni amalga oshirish uchun zarur infratuzilma va sharoitlarni davlat tomonidan yaratib berish tizimini joriy etish. Buning uchun 2021-yilda 3 trln so‘m mablag‘ga ega bo‘ladigan “hududlar infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasi”ni tashkil etish;

jamg‘armaning moliyaviy manbalarini belgilash, mablag‘larni shakllantirish va taqsimlash tartibini tasdiqlash;

jamg‘arma mablag‘larini mahalliy Kengashlar takliflariga asosan infratuzilma loyihalarini qo‘shma moliyalashtirishga yo‘naltirish nazarda tutiladi.

79.

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash borasida tizimli monitoring o‘rnatish va nazoratini amalga oshirish hamda takomillashtirish.

Yil davomida

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, tijorat banklari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Biznes-ombudsman, Savdo-sanoat palatasi

-

-

Amaliy chora-tadbirlar dasturi.

Bunda:

hududlarning, shu jumladan tuman (shahar)larni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish holatini tegishli ko‘rsatkichlar asosida chuqur tahlil qilib borish;

har oy barcha tuman va shahar hokimlarining amaliy chora-tadbirlar dasturlari va ulardagi maqsadli ko‘rsatkichlar ijrosining Bosh vazir rahbarligida kengaytirilgan videoselektor o‘tkazgan holda muhokama qilinishini tashkil etish nazarda tutiladi.

80.

Kambag‘allikni qisqartirish borasida hududlardagi haqiqiy holatga baho berish, amalga oshirilayotgan ishlar ijrosini nazorat qilish tizimini takomillashtirish.

2021-yil 1-mart

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

-

-

Amaliy chora-tadbirlar dasturi.

Bunda:

har bir tuman va shahar hokimi o‘z hududida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha manzilli dasturni ishlab chiqish;

uning ijrosi bo‘yicha har chorakda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida hamda ommaviy axborot vositalari orqali xalqqa hisobot berib borish tizimini joriy etish;

kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar samarasini Davlat Xizmatini rivojlantirish agentligining hokimlar faoliyatiga baho berish reytingiga integratsiya qilish nazarda tutiladi.

81.

Hududlarda tashqi qarz hamda davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha jamoatchilik nazorati tizimini takomillashtirish.

2021-yil 1-mart

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblar asosida

Xalqaro moliya institutlari va xususiy sheriklar mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar dasturi.

Bunda:

tashqi qarz hisobidan hamda davlat-xususiy sheriklik asosida hududlarda amalga oshiriladigan loyihalarni mahalliy Kengashlar va jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish hamda ularning natijalari to‘g‘risida jamoatchilikka hisobot berish tizimini yo‘lga qo‘yish;

davlat xususiy sherikligiga taklif etilayotgan barcha obyektlar bo‘yicha ma’lumotlar yagona elektron portalda to‘liq joylashtirilishini ta’minlash;

hududlarda investitsiya va infratuzilma loyihalariga ko‘proq xususiy kapitalni jalb etish maqsadida keyingi yilda davlat-xususiy sheriklik asosida 40 dan ortiq yirik va o‘rta loyihalarni amalga oshirish nazarda tutiladi.

82.

Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini zarur infratuzilmalar bilan ta’minlash.

2021-yil 1-aprel

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Energetika vazirligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi

1 trln. so‘m

Respublika budjeti mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar dasturi.

Bunda:

600 mlrd. so‘m

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

tuman va shaharda sanoat salohiyatini yanada oshirish uchun 100 ta texnopark, kichik sanoat zonalari, hududiy klaster va maxsus logistika markazlarini tashkil etish;

erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalariga, birinchi navbatda, zarur infratuzilma obyektlarining manzilli ro‘yxatini shakllantirish;

maxsus iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlash uchun ajratiladigan mablag‘larning eng maqbul yo‘nalishini belgilab borish nazarda tutiladi.

83.

Shahar va tumanlar markazlarini obodonlashtirish.

Yil davomida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qurilish vazirligi

1,4 trln. so‘m

Respublika budjeti mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar dasturi.

Bunda:

shahar va tumanlar markazlarini obodonlashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarning manzilli ro‘yxatini belgilash;

Qurilish vazirligi tomonidan obodonlashtiriladigan ko‘chalarning batafsil rejalashtirish loyihalarini tayyorlash;

barcha tuman markazlari va shaharlarda maxsus piyodalar va velosiped yo‘laklari barpo etish;

obyektlarda ishlarni sifatli va o‘z muddatida tashkil etish nazarda tutiladi.

3.8. Xususiy tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirishni ta’minlaydigan ishbilarmonlik muhitini yaratish

84.

Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqib, Tadbirkorlik kodeksi loyihasini ishlab chiqish.

2021-yil 1-oktabr

Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Biznes-ombudsman, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi

-

-

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

tadbirkorlik tushunchasi, tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish, shuningdek, ularni ixtiyoriy va majburiy tugatish asoslari hamda tartibi;

tadbirkorlik subyektlari faoliyati ustidan davlat nazoratining huquqiy asoslari;

tadbirkorlik subyektlari faoliyatini yanada takomillashtirish va rag‘batlantiruvchi normalar;

tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning samarali mexanizmlari;

tadbirkorlarning huquq va majburiyatlari;

tadbirkorlik subyektlari faoliyati shaffofligini oshirish, korrupsiya bilan bog‘liq omillar shakllanishining oldini olish, tartib va taomillarni yanada soddalashtirish hamda takomillashtirish;

“o‘rta biznes” subyektlari toifasini joriy etish, kichik, o‘rta va yirik bizne� mezonlarini ko‘rib chiqish va belgilash;

tadbirkorlik subyektlari uchun raqobat muhitini yaxshilash va davlatning ayrim funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish tartibi;

tadbirkorlik subyektlarining tashqi savdo faoliyatini tartibga soluvchi qoidalar;

tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish nazarda tutiladi.

85.

Davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘langan davlat bojlari va yig‘imlar summasi hisobini yurituvchi Yagona billing tizimini takomillashtirish.

2021-yil 1-avgust

Axborot texnologiyalari vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar

Hisob-kitoblar asosida

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Yagona billing tizimining infratuzilmasini kengaytirish va uni takomillashtirish yuzasidan tegishli tadbirlarni amalga oshirish;

Yagona billing tizimining maxsus modulini ishlab chiqish;

to‘lovlarni onlayn rejimda hisobini yurituvchi tizim mavjud bo‘lmagan davlat organlarida joriy etish;

vazirlik va idoralarning ayrim yig‘im, bojlar va boshqa to‘lovlarni undirish bilan bog‘liq tizimlarini Yagona billing tizimiga ulash nazarda tutiladi.

86.

Iste’molchilar huquqi ustuvorligini ta’minlagan tadbirkorlik subyektlari reytingini joriy qilish.

2021-yil 1-iyun

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, vazirlik va idoralar

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda tovar (mahsulot), ish va xizmatlarni iste’molchilar tomonidan ongli tanlovini ta’minlash maqsadida ularning xabardorligini oshirish uchun tadbirkorlik subyektlarida ish va xizmatlarni ko‘rsatishda, tovarlarni sotishda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qonunchiligiga muvofiqligini, keng jamoatchilikni jalb qilgan holda baholash orqali reyting yuritilishini joriy qilish nazarda tutiladi.

87.

Maxsus iqtisodiy zonalari ishtirokchisi maqomini olish jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash maqsadida sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashni keng joriy etish.

2021-yil 1-avgust

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

-

-

Chora-tadbirlar rejasi.

Bunda:

maxsus iqtisodiy zonalarining ishtirokchisi maqomini olishda elektron tanlov o‘tkazish tartibini joriy etish;

talabgorlarning hujjatlarini Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilish va ko‘rib chiqish amaliyotini joriy etish;

erkin iqtisodiy zonalarining yagona portalida ijaraga beriladigan yer uchastkalari, binolar, inshootlar haqidagi ma’lumotlarni joylashtirish;

talabgorlarga investitsiya loyihalarining ko‘rib chiqilishini real vaqt rejimida kuzatib borish tartibotini joriy etish nazarda tutiladi.

88.

Ishsiz aholini tadbirkorlikka va o‘zini o‘zi band qilib ishlash faoliyatiga jalb qilish.

2021-yil 1-aprel

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi

140 mlrd. so‘m

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi, Ayollar daftari jamg‘armasi, Yoshlar daftari jamg‘armasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada tadbirkorlik va o‘zini-o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz, ayniqsa “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak bo‘lgan asbob-uskuna, mehnat qurollari xarid qilish uchun 7 million so‘mgacha subsidiyalar berish nazarda tutiladi.

3.9. Yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish sohasida ishlar sifatini oshirish, turizm sohasi va aholiga sifatli va qulay transport xizmatlari ko‘rsatish, transport oqimini boshqarishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, yo‘lovchi tashishda xavfsizlikni ta’minlash, transport infratuzilma obyektlari loyihalarini ishlab chiqish, qurish va ekspluatatsiya qilishda eskirgan normalarni qayta ko‘rib chiqish

89.

5 mingdan ortiq ta’mirtalab ko‘priklarni ta’mirlash ishlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish.

Yil davomida

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zyo‘linspeksiya”, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

400 mlrd. so‘m

Respublika budjeti

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

hududlardagi ko‘priklar holatini qayta xatlovdan o‘tkazish;

xatlov natijalari bo‘yicha 2021-yilda ta’mirlanishi zarur bo‘lgan ko‘priklarning manzilli ro‘yxatini tasdiqlash;

manzilli ro‘yxatga kiritilgan obyektlarda ta’mirlash ishlarini sifatli �malga oshirish nazarda tutiladi.

90.

Hududlar o‘rtasidagi transport aloqasini ta’minlash, jumladan eng yirik shaharlar va turistik markazlarga tezda kelib-ketish imkoniyatini beradigan, o‘zaro bog‘langan transport tarmog‘ini yaratish.

2021-yil 1-mart

Transport vazirligi, Moliya vazirligi, “Uzbekistan Airways” AJ, “Uzbekistan Airrorts” AJ

Hisob-kitoblar asosida

Respublika budjeti (subsidiya qismi) mablag‘lari, jalb etiladigan xususiy investorlar mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

xorijiy tajribani chuqur o‘rgangan holda, yo‘lovchilarni shahar atrofida va viloyatlar ichidagi shaharlararo norentabel avtobus yo‘nalishlarida (qishloq joylarda) muntazam tashish bilan band bo‘lgan tashuvchilar xarajatlarini moliyalashtirish, norentabel yo‘nalishlar bo‘yicha zararlarni qoplash tartibini ishlab chiqish;

2 ta tezyurar poyezd harakati yo‘lga qo‘yiladi, Buxoro — Urganch — Xiva temir yo‘lini elektrlashtirishni boshlash nazarda tutiladi.

91.

Temir yo‘l transporti sohasini transformatsiya qilish, boshqaruv tizimini takomillashtirish, tarmoqning raqobatbardoshligini oshirish.

2021-yil 1-iyul

Transport vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada :

temir yo‘l transporti xizmatlarini ko‘rsatishda xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda raqamlashtirish darajasini oshirish;

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish va korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etishga yo‘naltirilgan tashkiliy-huquqiy tadbirlarni amalga oshirish;

moslashuvchan tarif siyosatini olib borish, raqobatbardosh tariflarni belgilash bo‘yicha faol chora-tadbirlarni belgilash;

temir yo‘llarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish nazarda tutiladi.

92.

Aholi uchun yanada qulayliklar yaratish va ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida temir yo‘l va metropoliten infratuzilmasini rivojlantirish.

Yil davomida

Transport vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

1 trln. so‘m

Respublika budjeti mablag‘lari

er usti metro halqa yo‘lining qurilish ishlarini davom ettirish va 12 km bo‘lgan ikkinchi bosqichini foydalanishga topshirish;

yer osti va yer usti metro liniyalarini yaxlit tizim sifatida bir-biriga ulash;

42,2 mln. yevro

Ispaniya savdo vazirligining Korporativ rivojlantirish fondi krediti

2 ta yuqori tezlikda harakatlanuvchi Talgo-250 rusumli yo‘lovchi elektropoyezdini olib kelish va 2 ta marshrutga harakatni yo‘lga qo‘yish;

53 mln. AQSh dollari

Roseksimbank va Vnesh-ekonombank krediti

Buxoro — Urganch — Xiva temir yo‘lini elektrlashtirish ishlarini boshlash;

metro uchun 4 ta yangi elektropoyezdlarni xarid qilish;

15,3 mln. yevro

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ mablag‘lari

lokomotiv parkini yangilash nazarda tutiladi.

93.

Hududlarning transport tizimi modellarini ishlab chiqish.

2021-yil 1-noyabr

Transport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

Hisob-kitoblar asosida

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

respublikaning 30 ta shahrida o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, shaharda alohida yo‘lakda avtobuslar harakatini tashkil etish, unga katta sig‘imli avtobuslarni qo‘yish;

yirik chorrahalar o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish, avtobuslar intervallarini qisqartirish;

jamoat transporti tizimi va infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha bosh reja loyihalarini ishlab chiqish nazarda tutiladi.

94.

Qishloqdan — tuman markazigacha hamda tuman markazidan — viloyat markazigacha transport xizmatlari ko‘lamini kengaytirish va ularning sifatini oshirish.

2021-yil 1 may

Transport vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

Hisob-kitoblar asosida

Mahalliy budjet, tijorat banklari krediti va xususiy sheriklar mablag‘lari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

aholi punktlari o‘rtasidagi, ayniqsa, qishloqlarni tumanlar markazlari bilan bog‘laydigan uzluksiz avtobus qatnovlarini xususiy sektorni jalb qilish orqali ko‘paytirish;

har bir hududda bittadan tumanda tashuvchilar uchun iqtisodiy samarasiz bo‘lgan avtobus yo‘nalishlarida yo‘lovchi tashish xarajatlarining bir qismini bosib o‘tilgan masofa va yo‘lovchi sonidan kelib chiqib, budjetdan subsidiyalash tizimini joriy etish;

avtobekatlarda tadbirkorlik obyektlarini ochish uchun ruxsat berishning shaffof elektron tartibi va ulardan foydalanishga aniq talablarni belgilash;

750 ta avtobus bekatlarini namunaviy loyihalar asosida xususiy sektorni jalb qilgan holda, ta’mirlash va tiklash nazarda tutiladi.

95.

Hududlarda 130 ming kilometr uzunlikdagi past va o‘rta kuchlanishli elektr tarmoqlari va 40 mingdan ortiq transformatorni bosqichma-bosqich yangilash das�urini tasdiqlash.

2021-yil 1-aprel

Energetika vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblar asosida

Xalqaro moliya institutlari va korxonalarning o‘z mablag‘lari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada 2021 — 2025-yillarda past va o‘rta kuchlanishli elektr tarmoqlarini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish dasturini ishlab chiqish nazarda tutiladi.

96.

Barcha ma’lumotlarni o‘z ichiga qamrab oluvchi yo‘l-transport tizimining yagona axborot platformasini ishlab chiqish.

2021-yil 1-sentabr

Transport vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, “Uzbekistan Airways” AJ, “Uzbekistan Airports” AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

Hisob-kitoblar asosida

Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

yagona axborot platformasini ishlab chiqish;

Davlat bojxona qo‘mitasi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar axborot tizimlari bilan integratsiyalash nazarda tutiladi.

97.

Respublika transport-logistika tarmog‘ini rivojlantirish va xalqaro koridorlarga integratsiyalash.

Yil davomida

Transport vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “Uzbekistan Airports” AJ, “Uzbekistan Airways” AJ, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

“Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston — Turkmaniston — Ozarbayjon — Gruziya” multimodal yo‘nalishida yuk tashuvlarini tashkil etgan holda respublikaning tranzit salohiyatini oshirish;

“O‘zbekiston — Turkmaniston — Eron — Ummon” yo‘nalishidagi transport yo‘laklarini rivojlantirish nazarda tutiladi.

98.

Aviatsiya sohasida xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida hududiy aeroportlarni davlat-xususiy sheriklik asosida tashqi boshqaruvga berish.

2021-yil 1-iyul

Transport vazirligi, “Uzbekistan airports” AJ, Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda, davlat-xususiy sheriklik asosida taqdim etiladigan aeroportlar aniqlanadi, shuningdek, ulardan foydalanish bo‘yicha tegishli talab va mezonlarni belgilash nazarda tutiladi.

99.

Ziyorat turizmi va ichki turizmni rivojlantirish.

2021-yil 1-mart

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Transport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, vazirlik, idoralar va hokimliklar

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

salohiyatli ziyorat turizmi bozoriga ega mamlakatlardan muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish;

ayrim davlatlar uchun viza tizimini yanada soddalashtirish;

targ‘ibot tadbirlari uchun alohida mablag‘lar ajratish, har yili turli festival va tanlovlarni o‘tkazish va keng targ‘ib qilish;

targ‘ibot ishlarining qo‘shimcha moliyalashtirish manbalarini belgilash;

mavsumdan tashqari turizm davri uchun turli rag‘batlantiruvchi tadbirlarni o‘tkazish;

madaniy meros obyektlarini va ziyoratgohlarni obodonlashtirish nazarda tutiladi.

100.

Turizm obyektlari atrofidagi yer maydonlari, suv va yo‘l infratuzilmalarini yaxshilash.

2021-yil davomida

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, Moliya vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Madaniyat vazirligi

1 trln. so‘m

Respublika budjeti, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

tegishli turizm infratuzilmasi va yondosh infratuzilmani qurish, rekonstruksiya qilish, kengaytirish va modernizatsiya qilish ishlarini olib borish;

jahon standartlariga mos va zarur madaniy ko‘ngilochar infratuzilmani rivojlantirish;

madaniy meros ob’ektlarini restavratsiya, konservatsiya qilish va obodonlashtirish nazarda tutiladi.

101.

Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi hamda To‘dako‘l ko‘llari hududida turistik infratuzilmani rivojlantirish.

2021-yil 1-aprel

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Jizzax viloyati hokimligi

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi hamda To‘dako‘l ko‘llarining hududida turizm salohiyatidan unumli foydalanish;

hududning turizm infratuzilmasini rivojlantirish, jahon standartlariga mos xizmatlar yaratish bo‘yicha tegishli talab va mezonlarni belgilash nazarda tutiladi.

102.

Jizzax viloyatida zamonaviy turistik-rekreatsion zonasi faoliyatini hamda xalqaro umummavsumiy tog‘-chang‘i kurortini tashkil etish.

2021-yil 1-aprel

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Jizzax viloyati hokimligi

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada zamonaviy turistik-rekreatsion zona hududida zamonaviy mehmonxona majmualari, madaniy-sog‘lomlashtirish, savdo-ko‘ngilochar va turistik ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa obyektlar, shuningdek, zamonaviy muhandislik infratuzilmasi obyektlarini tashkil etish nazarda tutiladi.

103.

Turizm sohasidagi bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash maqsadida ish beruvchilar bilan hamkorlikni tashkil etishga qaratilgan onlayn-platforma yaratish.

2021-yil 1-sentabr

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari vazirligi, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi

150 mln. so‘m

Budjetdan tashqari mablag‘lar

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

mehnat bozorini tahlil qilgan holda bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash maqsadida turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlar to‘g‘risida ma’lumotlarni shakllantirish;

ishtirokchilar bilan muloqot o‘rnatishga qaratilgan axborot tadbirlari (konferensiya, uchrashuv, press va video konferensiya, yig‘ilishlar) to‘g‘risida batafsil ma’lumotlarni shakllantirish;

bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarida turizm firma va kompaniyalarining faol ishtirokini ta’minlash nazarda tutiladi.

104.

Buxoro va Xorazm viloyatlarining turizm salohiyatini pandemiya sharoitidan so‘ng tiklash va yanada rivojlantirish.

2021-yil 1-mart

Turizmni r�vojlantirish davlat qo‘mitasi, vazirlik va idoralar, Buxoro va Xorazm viloyatlari hokimliklari

-

-

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda tegishli viloyatlarning turizm infratuzilmasini yaxshilash, yangi yo‘nalishlarni tashkil etish, turizm sohasi xizmatlar turini diversifikatsiyalash, yangi targ‘ibot kampaniyalarini tashkil etish, ommaviy tadbirlarni belgilangan tartibda o‘tkazish yuzasidan chora-tadbirlarni belgilash nazarda tutiladi.

3.10. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, xorijiy investorlarni qo‘llab-quvvatlash va huquqiy himoya qilish

105.

Ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarga yo‘naltirilgan markazlashgan investitsiyalar samaradorligini oshirish, davlat investitsiyalarini boshqarishni baholash (PIMA) tizimini joriy etish.

2021-yil 1-avgust

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi

-

-

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada:

investitsiya loyihalarini tanlash va amalga oshirish bilan bog‘liq muammolarni tahlil qilish maqsadida markazlashgan investitsiyalarni boshqarishni baholash (PIMA) tizimini joriy etish;

ijtimoiy soha tarmoqlari, yo‘l-transport infratuzilmasi va boshqa tarmoqlar bo‘yicha investitsiya loyihalarini tanlash me’yorlari va muhimligini belgilash tartibini o‘rnatish;

markazlashgan investitsiyalar va xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan va taklif etiladigan loyihalar ma’lumotlarining har yili yangilanadigan yagona bazasini yaratish;

Investitsiya dasturini markazlashgan investitsiyalar hisobidan amalga oshirish doirasida hududiy loyihalarni mahalliy resurslar, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan bajarish orqali Davlat budjeti ulushini bosqichma-bosqich kamaytirish nazarda tutiladi.

106.

Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilishning avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish.

2021-yil 1-iyul

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

2021 — 2023-yillarda mo‘ljallangan Investitsiya dasturi va hududiy investitsiya dasturlari doirasida moliyalashtirishning barcha manbalari, shu jumladan markazlashgan investitsiyalar, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar (obyektlar) bo‘yicha tarmoq jadvallarini ishlab chiqish, tasdiqlash va ijrosini ta’minlash;

loyiha va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash, tender jarayonlarini o‘tkazish, moliyalashtirishni ochish;

qurilish-montaj ishlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, belgilangan investitsiyalarni to‘liq va oqilona o‘zlashtirish, ishlab chiqarish quvvatlari va obyektlarini o‘z vaqtida va sifatli foydalanishga topshirish ustidan tizimli monitoring o‘rnatish;

2017 — 2020-yillarda foydalanishga topshirilgan quvvatlar va obyektlarning texnik-iqtisodiy asoslarda belgilangan ko‘rsatkichlarga erishilishi ustidan tizimli monitoring o‘rnatish;

monitoring yakunlari bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan qoloqliklarni bartaraf etish hamda mavjud muammolarni tezkorlik bilan hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish;

monitoring yakunlarini Hukumat komissiyasi yig‘ilishlarida muhokama qilib borilib, tegishli choralar ko‘rish nazarda tutiladi.

107.

Tarmoqlar va hududlarga jalb qilingan va o‘zlashtirilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar va kreditlarning davlat statistik hisobotlarida aks ettirilishi bo‘yicha xorijiy tajribani, jumladan UNCTAD tavsiyalarini o‘rgangan holda yagona hisobot shakllari va ularni joriy qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.

2021-yil 1-iyul

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Markaziy bank, vazirlik va idoralar

-

-

Metodologik qo‘llanma loyihasi.

Bunda:

Hujjat loyihasida tarmoqlar va hududlarga jalb qilingan hamda o‘zlashtirilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlarning davlat statistik hisobotlarida aks ettirilishi bo‘yicha xorijiy tajribani, jumladan UNCTAD tavsiyalarini o‘rgangan holda, yagona hisobot shakllari ishlab chiqiladi va ularni joriy qilish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish nazarda tutiladi.

108.

2021-yilda 23 mlrd dollar qiymatidagi investitsiyalarni o‘zlashtirish hamda 226 ta yirik sanoat va infratuzilma obyektlarini ishga tushirish.

Yil davomida

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, tashabbuskor idoralar (vazirlik, idora va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari)

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

2021-yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi doirasida loyihalarning tarmoq jadvallarini tasdiqlash, loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish, qurilish-montaj ishlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish chora-tadbirlari;

2021-yilda amalga oshirilayotgan, jumladan ishga tushirish belgilangan jami 226 ta yirik investitsiya loyihalarini Idoralararo ishchi guruhi bilan birgalikda tasdiqlangan Grafikka asosan joylarga chiqqan holda o‘rganish va o‘rganish yakunlari bo‘yicha tegishli takliflar tayyorlash nazarda tutiladi.

109.

Davlat qarzi hisobiga amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining natijadorligini ta’minlash.

Yil davomida

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Davlat qarzi hisobiga amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonlarini barcha bo�qichlarini sifatli va samarali tashkil etish;

xalqaro moliya tashkilotlarining mutaxassislarini jalb qilgan holda qarz oluvchi tashkilotlarning mas’ul rahbarlari hamda loyihalarni amalga oshirish guruhlarining xodimlarini loyihalarni boshqarish va xaridlarni tashkil etish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish;

loyihalarni amalga oshirishda kechiktirish va belgilangan natijalarga erishishni ta’minlamagan loyiha tashabbuskorlarining birinchi rahbarlariga nisbatan intizomiy choralar ko‘rish;

Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish hamda unga yuklatilgan vazifalarni to‘liq amalga oshirish choralari nazarda tutiladi.

3.11. Yangi bozorlarni o‘zlashtirish, mahsulot raqobatbardoshligini oshirish, xalqaro sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishda eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashni choralari va mexanizmlarini kengaytirish orqali hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarining eksport salohiyatini yanada oshirish

110.

Mahalliy eksportchi korxonalarning savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, shuningdek, reklama kampaniyalarini tashkil qilish bilan bog‘liq chet eldagi xarajatlarini qoplab berish tizimini joriy etish.

2021-yil 15-mart

Investitsiyalar va tashqi savdo vazi�ligi, Moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, tarmoq korxonalari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy hokimliklar

-

-

Normativ huquqiy hujjat loyihasi.

Bunda mahalliy eksportchi korxonalarning savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, shuningdek, reklama kampaniyalarini tashkil qilish bilan bog‘liq chet eldagi xarajatlarini qoplab berish tartibini tasdiqlash nazarda tutiladi.

111.

Yevropa Ittifoqining “GSP+” tizimi doirasidagi imtiyozlarni mamlakatimizda samarali qo‘llash uchun keng ko‘lamli dastur ishlab chiqish.

2021-yil 1-iyun

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, tarmoq korxonalari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy hokimliklar

-

-

Amaliy chora-tadbirlar dasturi.

Bunda “GSP+” tizimi doirasidagi imtiyozlarni samarali qo‘llash borasida amaliy chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish nazarda tutiladi.

112.

Yangi eksport bozorlariga chiqish.

Yil davomida

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, vazirlik va idoralar, tarmoq korxonalari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy hokimliklar

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

2021-yil davomida xorijiy davlatlarda tashkil etiladigan xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarda mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirokini ta’minlash;

xorijiy davlatlarda savdo uylari, “shou-rum”lar va reklama kampaniyalarini tashkil etish ishlarini jadallashtirish;

2021-yilda alohida mahsulot turlari uchun 40 ta yangi davlatlar bozorini o‘zlashtirish choralarini ko‘rish nazarda tutiladi.

113.

Jahon savdo tashkilotiga a’zolik masalasi hamda Yevropa Ittifoqi bilan keng qamrovli hamkorlik bo‘yicha ishlarni faollashtirish.

Yil davomida

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

O‘zbekiston Respublikasining JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha Ishchi guruhning 5-yig‘ilishini o‘tkazish;

“Faktologik hujjat” loyihasini tayyorlash;

JSTga a’zo davlatlar bilan ikki tomonlama muzokaralarni o‘tkazish;

tegishli vazirlik va idoralar mutaxassislari uchun JST bitimlari va ko‘p-tomonlama savdo tizimi qoidalari bo‘yicha seminar va treninglar tashkil etish;

Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik bitimi (KShHB) bo‘yicha muzokaralarning 7-raundini o‘tkazish;

KShHBning ochiq masalalarini hal etish bo‘yicha O‘zbekiston — Yevropa ekspertlari o‘rtasida videokonferensiyalarni o‘tkazish va Bitim matnini kelishish nazarda tutiladi.

114.

2021-yilda korxonalarga xomashyo sotib olish va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish uchun Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan 100 mln AQSh dollari ajratish.

Yil davomida

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, tijorat banklari, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar

100 mln. AQSh dollari

Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan 100 mln. dollar resurs mablag‘larining Eksportni rag‘batlantirish agentligiga to‘liq ajratib berilishini ta’minlash;

Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan tijorat banklari talabiga muvofiq eksportoldi moliyalashtirish ishlari uchun resurs mablag‘lari ajratish;

eksportoldi moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag‘larning maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat o‘rnatish nazarda tutiladi.

115.

Tovar va xizmatlar eksportini kamida 20 foizga oshirish.

Yil davomida

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

H�kumat komissiyasi tomonidan eksport qiluvchi korxonalar bilan korxonabay ishlash tizimini faol davom ettirgan holda, ularning faoliyati davomidagi muammoli masalalarni tezkorlik bilan hal etish choralarini ko‘rish;

investitsiya dasturlari doirasida ishga tushiriladigan yangi ishlab chiqarish quvvatlarini eksport faoliyatiga keng jalb etish choralarini ko‘rish;

xomashyo eksportini keskin kamaytirgan va respublika hududida chuqur qayta ishlagan holda, yuqori qo‘shilgan qiymatli sanoat mahsulotlari eksport hajmini kengaytirish choralarini ko‘rish nazarda tutiladi.

116.

Respublikaga xavfli mahsulotlar kirib kelishining oldini olish.

2021-yil 20-fevral

“O‘zstandart” agentligi, Davlat bojxona qo‘mitasi

60 mln. so‘m

Budjetdan tashqari mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

YI va EOII mamlakatlariga kiritilishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar to‘g‘risida ma’lumotlar yig‘ish va tezkor axborotni bojxona idoralariga yetkazish bo‘yicha maxsus Internet portalini yo‘lga qo‘yish;

portalga kiritilgan xavfli mahsulotlar importini taqiqlash nazarda tutiladi.

117.

Elektrotexnika sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish.

2021-yil 20-mart

“O‘zstandart” agentligi

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

“SENELEC” standartlarini qabul qilish;

Yevropada joriy etilgan sifat talablariga muvofiq elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarishni ta’minlash nazarda tutiladi.

3.12. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining samaradorligini oshirish, yer maydonlari va suv resurslaridan oqilona foydalanish, intensiv texnologiyalar va innovatsion ishlanmalarni keng joriy qilish, mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, agrar soha eksport salohiyatini oshirish, kl�ster tizimini va barcha yo‘nalishlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni yanada rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish yo‘nalishlarida qishloq xo‘jaligi sohasini isloh qilishni davom ettirish

118.

“Yagona darcha” tamoyili bo‘yicha fermer, dehqon xo‘jaliklari, agroklastyerlar, kooperatsiyalar va boshqa tadbirkorlik subyektlariga innovatsiyalarga asoslangan sifatli agroxizmatlar ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish.

2021-yil 20-may

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari

160 mln. AQSh dollari

Jahon banki va Yevropa Ittifoqi mablag‘lari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimini 2021 — 2025-yillarda rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish;

Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi negizida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazini tashkil etish;

sohada ilmiy va innovatsion ishlanmalarni yaratgan va samarali joriy etgan olimlar hamda yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Milliy markaz huzurida Qishloq xo‘jaligida ilmiy-tadqiqotlarni va innovatsion ishlanmalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish;

hududiy markazlar faoliyatlarini mavjud kollejlar bazasida tashkil etish hamda ularning zarur infratuzilmasini yanada mustahkamlash;

Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanida agroxizmatlarni muvofiqlashtiruvchi markaz faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

Akademik M. Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti hududida zamonaviy texnologiyalar asosidagi Qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutlarini muvofiqlashtirish markazini tashkil etish;

2022-yildan boshlab davlat-xususiy sheriklik asosida Milliy markazning tuman bo‘linmalari tashkil etish nazarda tutiladi.

119.

Qishloq xo‘jaligida ekinlar hosildorligini va samaradorlikni oshirish.

2021-yil 1-noyabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, “O‘zdonmahsulot” AK, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari, tijorat banklarining kreditlari

Amaliy chora-tadbirlar dasturi.

Bunda:

qishloq xo‘jaligida eng ilg‘or texnologiyalar, resurs tejovchi va biologik usullardan foydalanish, qishloq xo‘jaligi ekinlarining yuqori avlodli urug‘lari bilan ta’minlash, ilm-fan yutuqlari va innovatsiyalarni qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga keng joriy etish;

paxta maydonlarida 160 ming gektar suv tejovchi texnologiyalar joriy etilib, hosildorlikni paxta va g‘allachilikda 8 — 10 foizga, meva-sabzavotchilikda 15 — 20 foizga oshirish choralarini ko‘rish;

har bir gektar yerdan olinadigan daromadni hozirgi o‘rtacha 2 ming AQSh dollaridan kamida 5 ming AQSh dollarigacha bosqichma-bosqich yetkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish;

sholichilikda suv resurslaridan samarali foydalanish maqsadida asosiy maydonlarda 20 foizgacha va takroriy maydonlarda 70 foizgacha ko‘chat usulida ekishni joriy etish;

organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish hisobiga ekologik toza, sifatli eksportbop meva-sabzavotlar yetishtirish;

paxta va g‘alla yetishtirishga qo‘shimcha ravishda sholi, sabzavot mahsulotlari yetishtirishni ham moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish;

unumdorligi yuqori ko‘chatlarni xarid qilishda hamda xalqaro sertifikatlarni (GlobalGAP, Organic) olish xarajatlarining 50 foizini hamda qishloq xo‘jaligi texnikalari lizing xarajatlari foiz stavkasini 50 foizini davlat tomonidan qoplab berish mexanizmini joriy etish;

qishloq xo‘jaligi ekinlari nav mualliflari, urug‘ va ko‘chat yetishtiruvchilar manfaatdorligi va mas’uliyatini oshirish;

kooperatsiyalar tashkil etilib, ularda yetishtirilgan mahsulotlarni sotib olish, daladan bozorga yetkazib berish va eksportni amalga oshirish tizimini joriy etish nazarda tutiladi.

120.

Qishloq xo‘jaligida yer munosabatlari bo‘yicha islohotlarni yanada takomillashtirish, yerlarni bozor aktivlariga aylantirish hamda yer uchastkalarini ijara huquqi bilan foydalanishga berishning zamonaviy va shaffof mexanizmlarini joriy etish.

2021-yil 20-mart

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi qoshidagi Kadastr agentligi

-

-

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada:

qishloq xo‘jaligi yerlarini to‘liq kadastr xatlovidan o‘tkazish, qishloq xo‘jaligi yerlarini ajratishning bozor mexanizmlariga asoslangan shaffof tizimini joriy etish;

erning to‘laqonli subijara bozorini shakllantirish, yerga bo‘lgan ijara huquqini sotish va sotib olishni elektron tizimda, onlayn platformada amalga oshirish;

ekin yerlaridan foydalanish tizimini raqamlashtirish, barcha qishloq xo‘jaligi yerlarining elektron xaritalarini yaratish nazarda tutiladi.

121.

Mamlakatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirish maqsadida irrigatsiya-melioratsiya obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda sug‘orish quduqlarini o‘rnatish orqali jami 90 ming gektar maydonlarni qayta foydalanishga kiritish va qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish.

Yil davomida

Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari

960 mlrd. so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari, tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari va tijorat banklari kreditlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

2021-yilda 90 ming gektar yangi yerlarni qayta foydalanishga kiritish ishlarining manzilli ro‘yxatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;

tasdiqlangan manzilli ro‘yxatlar asosida yerlarni foydalanishga kiritish, amalga oshirilayotgan ishlarning tizimli monitoringini yuritish hamda ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga ma’lumot taqdim qilib borish;

foydalanishga qayta kiritilg�n maydonlarda qo‘shimcha ravishda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish imkoniyatini yaratish nazarda tutiladi.

122.

Suvni tejaydigan texnologiyalar joriy etiladigan yer maydonlarini ko‘paytirish hamda suvni iqtisod qilish texnologiyalarini joriy etish.

Yil davomida

Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari

330 mlrd. so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

1,17 trln. so‘m

Xalqaro moliya institutlari va xorijiy moliya tashkilotlari mablag‘lari, Qishloq xo‘jal�gini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan ajratiladigan imtiyozli kreditlari

tumanlarda suv xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini montaj qilish hamda ularni ishlatishda ko‘maklashish bo‘yicha servis guruhlarini tashkil qilish;

230 ming gektarda suv tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish;

200 ming gektar maydonni lazerli tekislagich yordamida tekislash;

suvni tejaydigan sug‘orish va boshqa texnologiyalarni joriy etishni kengaytirish;

sug‘orish davrida respublika bo‘yicha 5 mlrd. kub metrgacha suv tejash;

Osiyo taraqqiyot banki grant mablag‘lari hisobidan Amudaryo havzasida suv resurslarini boshqarishni avtomatlashtirish bo‘yicha namunaviy loyihani amalga oshirish nazarda tutiladi.

123.

2021 — 2023-yillarda davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni ekish, parvarish va shakl berish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish

2021-yil mart

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

-

-

Kompleks chora-tadbirlar dasturi.

Bunda:

Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho turlarining kesilishiga joriy etilgan moratoriyga qat’iy rioya etilishi ustidan ekologik nazoratni yanada kuchaytirish;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Obodonlashtirish boshqarmalari tarkibida daraxt va butalarni himoya qilish bo‘limlarini tashkil etish masalasini ko‘rib chiqish;

davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlardagi biologik yoshini o‘tab bo‘lgan, zararkunanda va kasalliklar ta’sirida zararlangan daraxt va butalarni soha olimlari va mutaxassislari ishtirokida o‘rganib, tegishli xulosalarni rasmiylashtirish;

daraxt va butalar o‘sishini to‘xtatishga olib keladigan shikastlanish darajasini aniqlash me’yorlarini belgilash nazarda tutiladi.

124.

“Daladan iste’molgacha” tamoyili asosida mahsulotlar yetishtirish bo‘yicha qishloq xo‘jaligi kooperatsiyalarini rag‘batlantirish tizimini joriy etish, xususan, yoshlar va xotin-qizlarning faol ishtirokini ta’minlash.

2021-yil 1-noyabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Buxoro, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari

5,6 mln. AQSh dollari

Yevropa Ittifoqi grant mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Buxoro, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlarida “daladan iste’molgacha” tamoyili asosida mahsulotlarni yetishtirish zanjirini tashkil etish bo‘yicha qishloq xo‘jaligi kooperatsiyalarini tashkil etishga Yevropa Ittifoqining grant mablag‘larini yo‘naltirish;

ushbu hududlarda 500 nafar yoshlar va “temir daftarga” kirgan ehtiyojmand aholiga 1 gektardan yer maydonlari ajratiladi va ularni meva-sabzavotchilik kooperatsiyalariga birlashtirish orqali yangi ish o‘rinlari yaratilib, daromad olishini ta’minlash nazarda tutiladi.

125.

Foydalanishdan chiqqan yerlarni foydalanishga kiritish va yangi yerlarni o‘zlashtirish hamda yerga yer qo‘shish orqali qishloq hududlarida yangi ish o‘rinlar yaratish va 0,1 — 1 gektarlik kichik uchastkalardan iborat oilaviy va boshqa turdagi xo‘jaliklar kooperatsiyalarini tashkil qilish.

2021-yil 20-avgust

O‘zbekiston fermer, dehqon va tomorqa yer egalari kengashi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi qoshidagi Kadastr agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash;

kooperatsiyalar tomonidan sifatli va eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmlarini oshirish orqali ichki bozorni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash va eksport qilish;

qishloq aholisi va yoshlarni doimiy ish bilan ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarni “temir daftar”dan chiqarish nazarda tutiladi.

126.

Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi, urug‘chilik va ko‘chatchilik tizimini takomillashtirish, xaridorlarni kafolatlangan urug‘lik va ko‘chatlar bilan ta’minlash mexanizmini joriy etish.

2021-yil 20-avgust

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilishi inspeksiyasi, Fanlar Akademiyasi, Intellektual mulk agentligi

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Bunda:

Jahon bozori konyunkturasini hisobga olgan holda, respublika tuproq-iqlim sharoitlariga mos qishloq xo‘jaligi ekinlari turlari va navlarini aniqlash, hududlarni ixtisoslashtirish;

nav mualliflarining manfaatdorligini oshirish, sifatli urug‘liklar bilan ta’minlash;

davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy sektorni ilm-fan bilan uzviy bog‘lash orqali seleksiya, urug‘chilik va ko‘chatchilik sohasini rivojlantirish;

tadbirkorlar tomonidan urug‘chilik va ko‘chatchilikni rivojlantirish bo‘yicha kooperatsiyalarni tashkil etish nazarda tutiladi.

127.

Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, raqamlashtirish, yerning unumdorligini oshirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish.

2021-yil 1-noyabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi

600 mln. AQSh dollari

Xalqaro moliya institutlari va donorlar mablag‘lari

Amaliy chora tadbirlar.

Bunda:

xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining sohaga 100 mln. AQSh dollardan ortiq grant mablag‘lari jalb etiladi va quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi;

xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va jamg‘armalarning vakillaridan iborat “Tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘larini (grantlarini) muvofiqlashtirish bo‘yicha kengash” faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

vazirlik huzurida xalqaro va mahalliy grantlar bilan ishlash bo‘yicha idoralararo ekspertlar guruhlarini tashkil etish;

qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish doirasida jalb etilgan 500 mln dollar miqdoridagi mablag‘larni o‘zlashtirish nazarda tutiladi.

128.

Qishloq xo‘jaligi tarmog‘i statistikasining shaffof mexanizmini joriy etish va raqamlashtirish.

Yil davomida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, vazirlik va idoralar

7,5 mln. AQSh dollari

Xalqaro moliya institutlari va donorlar mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

“Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsiyalashgan platformasini ishlab chiqish;

qishloq xo‘jaligi yerlarining asosiy va takroriy ekin turlari, hosildorlik darajasini hisobga olgan holda, interfaol xaritada kuzatish imkoniyatiga ega “onlayn hosil” yagona axborot bazasini shakllantirish nazarda tutiladi.

129.

Aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida go‘sht, sut, tuxum va baliq mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini oshirish.

2021-yil 20-mart

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zbekchorvanasl” agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

6 trln. so‘m

O‘z mablag‘lari va bank kreditlari hisobidan

Chora-tadbirlar dasturi.

Bunda, 2021-yilda chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirishga qaratilgan 1 500 ta yangi loyihalarni ishga tushirish nazarda tutiladi.

130.

Aholi tomorqalariga kompleks xizmat ko‘rsatishni tashkil etish uchun respublikaning meva-sabzavot ko‘p yetishtiriladigan 32 ta tumanida tomorqa xizmati klastyerlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2021-yil 1-noyabr

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

102 mlrd. so‘m

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi mablag‘lari

Chora-tadbirlar dasturi.

Bunda, aholi tomorqalarida mahsulot yetishtirishni ko‘paytirish uchun texnika xizmati ko‘rsatish, sovutgichli omborxonalar qurish, ko‘chatchilik issiqxonalarini qurish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va boshqa xizmat ko‘rsatish obyektlarini ishga tushirish orqali tomorqalarda mahsulot yetishtirishni ko‘paytirish, ichki bozorga va eksportga sotishda ko‘maklashish nazarda tutiladi.

3.13. Raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, inson faoliyatining barcha sohalariga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, jumladan sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalariga, iqtisodiyotning real sektorida ishlab chiqarish va boshqarish tizimlarini avtomatlashtirish, axborot tizimining yaxlitligi va barqaror faoliyatini hamda axborot xavfsizligini ta’minlash

131.

Elektron davlat xizmatlarini joriy etish hamda mavjud elektron davlat xizmatlarini takomillashtirish.

Yil davomida

Axborot texnologiyalari vazirligi, Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar

Hisob-kitoblarga asosan

Ijrochilar mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida talabgorligi yuqori bo‘lgan elektron davlat xizmatlarini joriy etish reja-jadvalini shakllantirish;

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida 60 ta davlat xizmatlarini elektron shaklga o‘tkazish hamda masofaviy xizmatlar ulushini 60 foizga yetkazish;

jismoniy va yuridik shaxslarni mobil telefon raqamlari hamda boshqa ma’lumotlari asosida ro‘yxatga olish, identifikatsiyalash, autentifikatsiyalash va avtorizatsiyalash imkoniyatlarini yaratish;

elektron xabardor qilish tizimini joriy qilish;

elektron dasturlarni ishlab chiqish uchun davlat organlarining tegishli ma’lumotlar bazasidan erkin foydalanish imkoniyatini yaratish uchun ochiq platforma yaratish nazarda tutiladi.

132.

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-park)larni kengaytirish va yangi infratuzilma obyektlarini qurish.

2021-yil 20-iyun

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Axborot texnologiyalari vazirligi, vazirlik va idoralar

Hisob-kitoblarga asosan

Ijrochilar mablag‘lari, mahalliy budjet mablag‘lari va tijorat banklari kreditlari

IT-parkning Buxoro, Namangan, Navoiy, Nukus, Urganch, Termiz va Toshkent shaharlarida hududiy filiallari faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi qo‘shma qarorlar qabul qilish:

IT-parkning hududiy filiallarini qurish hamda zarur infratuzilmalarni tashkil etishni mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan va davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish;

tashkil etilgan obyektlarni belgilangan tartibda IT-parkka operativ boshqaruv huquqi asosida berish nazarda tutiladi.

133.

Tashqi reklama obyektlarini raqamli monitoring qilish tizimini joriy qilish.

2021-yil 1-sentabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi, Q�raqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

-

Budjetdan tashqari mablag‘lar, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

tashqi reklama obyektlari noqonuniy o‘rnatilishining oldini olish, joylashgan joyi va mulkdorini qulay identifikatsiya qilish;

joylashtiriladigan reklamalarni qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan tizimli ravishda doimiy monitoring qilib borish;

kamchilikka yo‘l qo‘yilgan har bir holatga nisbatan tezkor munosabat bildirish imkoniyatini beruvchi yagona ma’lumotlar bazasini yaratish bo‘yicha dasturiy ta’minot ishlab chiqish nazarda tutiladi.

134.

Iste’molchilar huquqlarini to‘laqonli ta’minlash maqsadida “Smart consumer” axborot tizimini joriy qilish.

2021-yil 1-noyabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi, vazirlik va idoralar

-

Budjetdan tashqari mablag‘lar, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda onlayn tarzda iste’molchilardan murojaatlarni (shikoyatlarni) qabul qilish, ularga maslahat berish imkoniyatlarini beruvchi “Smart consumer” axborot tizimini joriy qilish nazarda tutiladi.

3.14. Davlat boshqaruvining zamonaviy usullarini, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini qo‘llash ko‘lamini kengaytirish, bo‘sh turgan yer maydonlari, bino va inshootlardan samarali foydalanishni jadallashtirish

135.

Navoiy kon-metallurgiya kombinati, “O‘zbekneftgaz”, “O‘zbekgidroenergo”, “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyatlari xalqaro moliya bozoriga chiqib, davlat kafolatisiz mablag‘ jalb qilish.

Yil davomida

Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

-

Xorijiy investorlar mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda xalqaro kapital bozorida korporativ obligatsiyalarni (“yevrobond”) joylashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilashga oid jamiyatlarning kuzatuv kengashi qarorlarini qabul qilish nazarda tutiladi.

136.

Strategik ahamiyatga ega bo‘lgan 32 ta yirik korxona va tarmoqni transformatsiya qilish ishlarini amalga oshirish.

Yil davomida

Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

-

-

Chora-tadbirlar dasturi.

Bunda strategik ahamiyatga ega bo‘lgan 32 ta yirik korxona va tarmoqni tra�sformatsiya qilish ishlarini amalga oshirish nazarda tutiladi.

137.

Yirik korxonalardagi davlat ulushini sotuvga qo‘yish.

Yil davomida

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Chora-tadbirlar dasturlari.

Bunda “Farg‘ona azot” va “Dehqonobod kaliy” zavodlari, “Koka-kola ichimligi” korxonasi, “Bildirsoy” va “Chorvoq” oromgohlari, “Ichan qal’a” va “Hayat Rejensi” mehmonxonalari, “Poytaxt” biznes majmuasi, alkogol, yog‘-moy kabi tarmoqlardagi 83 ta yirik korxonalardagi davlat ulushini sotuvga qo‘yishga tayyorlash bo‘yicha manzilli dasturlarni tasdiqlash nazarda tutiladi.

138.

Davlat ulushi bo‘lgan korxonalar sonini kelgusi ikki yilda kamida 3 baravar qisqartirish.

2021-2022-yillar

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Chora-tadbirlar dasturi.

Bunda davlat ulushi bo‘lgan korxonalar sonini yilma-yil qisqartirish bo‘yicha aniq “Yo‘l xarita”sini ishlab chiqish, tasdiqlash va ijrosini amalga oshirish nazarda tutiladi.

139.

Xo‘jalik jamiyatlari kuzatuv kengashi a’zolarining faoliyatini baholash tizimini joriy etish.

2021-yil 20-iyun

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Moliya vazirligi, xalqaro moliya institutlari (OTB)

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

kuzatuv kengash tarkibi a’zolarini kasbiy tajribasi, bilimlari, ko‘nikmalari va shaxsiy fazilatlari asosida shakllantirish;

ularning faoliyati uchun samarali motivatsiya tizimini shakllantirish;

kengash a’zolarining ish haqini ularning faoliyati samaradorligidan kelib chiqib aniqlash;

korxonalarda korporativ boshqaruv amaliyotining sifatini yaxshilash nazarda tutiladi.

140.

Baholash faoliyatining yagona axborot platformasini yaratish.

2021-yil 1-sentabr

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Axborot texnologiyalari vazirligi

500 mln. so‘m

Agentlikning budjetdan tashqari fondi, Xalqaro institutlar va tashkilotlar, homiylik xayriyalari, boshqa manbalar

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda baholash xizmatlari bozoridagi axborot, baholash faoliyati to‘g‘risidagi dolzarb, haqqoniy va doim yangilanuvchi shaffof axborotning oshkoraligi va ochiqligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasida baholash faoliyatining yagona axborot platformasini joriy etish nazarda tutiladi.

141.

Davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashiga nomzodlarni jalb qilish jarayonini boshqarish, xususan, kuzatuv kengashiga mustaqil a’zolarni jalb qilish imkonini beruvchi portalni yaratish.

2021-yil 1-sentabr

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashiga nomzodlarni jalb qilish bo‘yicha portalni yaratish;

davlat ishtirokidagi korxonalarda kuzatuv kengashi nomzodlarini ko‘rsatish jarayonining ochiqligi va shaffofligini oshirish;

har bir nomzodning davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarini erkin ko‘rishini ta’minlash nazarda tutiladi.

3.15. Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik

142.

Xorijga tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan va xorijiy til hamda kasblar bo‘yicha malaka imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan fuqarolarni rag‘batlantirish tizimini joriy qilish.

2021-yil 1-iyun

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Transport vazirligi, Moliya vazirligi

52 mlrd. so‘m

Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxsl�rni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.

Loyihada:

“Labor-migration” dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tgan, xorijiy tillar yoki kasblarga o‘qigan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga xorijiy tillar yoki kasb bo‘yicha muvaffaqiyatli topshirilgan malaka imtihoni xarajatlarini to‘lab berish, xorijga ketish uchun yo‘l transport chiptasini xarid qilishga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida subsidiya berish;

rivojlangan davlatlarga (Yevropa mamlakatlari, Yaponiya, Shimoliy Amerika davlatlari, Avstraliya va boshqalar) tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga mazkur mamlakatlarda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun “ishchi viza”ni rasmiylashtirish xarajatlarini qoplab berish nazarda tutiladi.

143.

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan O‘zbekiston Respublikasining “kuzatuvchi davlat” maqomidagi hamkorligini rivojlantirish.

Yil davomida

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida qabul qilinayotgan hujjatlar, o‘tkazilayotgan tadbirlar va rejalashtirilayotgan harakatlar to‘g‘risida ma’lumotlarni yig‘ish, o‘rganish va tahlillarni amalga oshirish;

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan O‘zbekiston Respublikasining “kuzatuvchi davlat” maqomidagi hamkorligini rivojlantirish nazarda tutiladi.

144.

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (EOII) a’zo bo‘lgan davlatlar bozorlarida to‘laqonli ishtirok etish uchun milliy texnik tartibga solish me’yorlarini ularning talablariga moslashtirish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish.

Yil davomida

“O‘zstandart” agentligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

EOII texnik reglament talablarini qabul qilish;

EOII mamlakatlarida qabul qilingan 26 ta texnik reglamentlar asosida maxsus texnik reglamentlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;

ishlab chiqariladigan mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish nazarda tutiladi.

3.16. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish

145.

Aholining minimal iste’mol xarajatlarini e’lon qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

2021-yil 1-mart

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, vazirlik va idoralar

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

aholining minimal iste’mol xarajatlarini e’lon qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yish;

ushbu ko‘rsatkichlardan ijtimoiy siyosatni yuritishda samarali instrument sifatida foydalanish;

ijtimoiy kafolatlarni bir tizimga keltirilgan holda, ularni minimal me’yorlar darajasida bosqichma-bosqich ta’minlash bo‘yicha maxsus dasturni tasdiqlash nazarda tutiladi.

146.

Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash va mehnat faolligini oshirish maqsadida ularni kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha tizimni to‘liq joriy etish, o‘qishga jalb qilingan fuqarolar qamrovini kengaytirish.

Yil davomida

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

140,5 mlrd. so‘m

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi, Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

70 ming nafar ishsiz fuqaroni 40 ta kasb-hunar bo‘yicha o‘qitish;

ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka o‘qitish (39,6 ming nafar, shu jumladan Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi dasturi bo‘yicha);

50 ming fuqarolarni tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi uchun chet tillarga o‘qitish;

“Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kirgan fuqarolar o‘qish xarajatlarini Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi, yoshlar va xotin-qizlarning o‘qish xarajatlarini (1 mln. so‘m) Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tomonidan qoplash nazarda tutiladi.

147.

Ishsiz fuqarolar, ayniqsa, yoshlar, xotin-qizlar, qaytib kelgan mehnat migrantlarini mahalla darajasida kasb-hunarga, tadbirkorlikka o‘qitish ko‘lamini kengaytirish maqsadida mahalla kasb-hunarga o‘qitish maskanlari tarmog‘ini kengaytirish.

2021-yil 20-aprel

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

95 mlrd. so‘m

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi, “Ayollar daftari” jamg‘armasi, “Yoshlar daftari” jamg‘armasi

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada:

kasb-hunar maskanlari sonini 1 000 taga yetkazish, bunda 136 ta mavjud maskanga qo‘shimcha ravishda 864 ta mahallada tikuvchilik, oshpazlik-qandolatchilik, erkaklar va ayollar sartaroshligi, kompyuter savodxonligi, buxgalteriya va tadbirkorlik asoslari hamda boshqa murakkab asbob-uskunalar talab etilmaydigan yo‘nalishlar bo‘yicha kasbga o‘qitish maskanlarini tashkil etish;

tuman (shahar) hokimliklari tomonidan mahallalarda kasbga o‘qitish maskanlarini tashkil etish joyi bilan ta’minlash;

kasbga o‘qitish maskanlarini o‘quv jihozlari bilan Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi, “Ayollar daftari” jamg‘armasi va “Yoshlar kelajagimiz” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ta’minlash;

kasbga o‘qitish maskanlarini saqlash hamda o‘qish jarayonlarini tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi tomonidan qoplanishi nazarda tutiladi.

148.

Mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan ishchi kasblar bo‘yicha fuqarolarning malaka darajasini tasdiqlash tizimini joriy etish.

Yil davomida

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

-

-

Chora-tadbirlar rejasi.

Bunda:

har bir hududda tashkil etilgan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Ishga marhamat” monomarkazlarida kamida 10 ta ishchi-kasblar bo‘yicha malakani baholash markazlarini tashkil etish;

kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq va hududiy kengashlar tomonidan malakani baholash markazlarini tashkil etish;

xususiy kasbiy malakani baholash markazlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish nazarda tutiladi.

149.

Har bir tumanning imkoniyati va rivojlanish yo‘nalishidan kelib chiqib, dehqonchilik bilan shug‘ullanadigan ehtiyojmand oilalarga 0,1 gektardan 1 gektargacha yer maydonlari ajratish.

2021-yil 1-aprel

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

10 mlrd. so‘m

Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, mahalliy budjet, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

ishsiz a’zolari bor oilalarga, jumladan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalarga:

dehqonchilik bilan shug‘ullanish uchun yangi o‘zlashtirilgan, lalmi, foydalanilmayotgan yer maydonlarida 0,1 gektardan 1 gektargacha yer ajratish;

ajratilgan yer maydonlarini sug‘orish tizimi (artezian quduqlar, tomchilatib sug‘orish tizimi va boshqalar) va elektr energiyasi bilan ta’minlash;

berilgan yerlarni o‘zlashtirish uchun (er haydash, urug‘ ko‘chat xarid qilish va boshqalar) subsidiya ajratish nazarda tutiladi.

150.

Davlat mablag‘lari hisobidan ishsiz fuqarolar, kambag‘al oila a’zolariga ularning bandligini ta’minlash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun berilayotgan moddiy yordam va subsidiyalar samaradorligini oshirish maqsadida ijtimoiy kontrakt tizimini joriy etish.

2021-yil 20-mart

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

-

-

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada:

ishsiz, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga bandligini ta’minlash va moddiy ko‘mak berish maqsadida ajratilayotgan subsidiya, grant, nafaqa va boshqa to‘lovlar bo‘yicha fuqaroning olayotgan mablag‘lar hisobiga majburiyatlarni belgilovchi “ijtimoiy kontrakt” mexanizmini joriy etish;

fuqaroning ijtimoiy kontrakt bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarish ustidan monitoring tizimini o‘rnatish va davlatdan yordam olgan fuqaroning “shaxsiy profili”ni yaratish;

ijtimoiy kontrakt bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajargan fuqarolarni rag‘batlantirish, bajarilmagan holatlarda fuqarolarning ijtimoiy mas’uliyatini belgilash;

ijtimoiy kontrakt tizimi tajriba tariqasida joriy etilayotgan tuman (shahar)lar ro‘yxatini belgilash, tajriba natijalariga ko‘ra qolgan tuman (shahar)larida tatbiq etish;

ijtimoiy kontrakt tizimini joriy etish bo‘yicha jahon tajribasini o‘rganish va xorijiy ekspertlarni jalb qilish maqsadida Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlik qilish nazarda tutiladi.

IV. Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash HAMDA Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari

4.1. Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni har tomonlama kamol topishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga oid davlat siyosatini takomillashtirish

151.

Yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslari, startap va g‘oyalarini yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan kreditlar ajratish.

2021-yil fevral

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Markaziy bank, tijorat banklari, Yoshlar ishlari agentligi

600 mlrd. so‘m milliy valyutada joylashtirilgan xalqaro obligatsiyalar hisobidan 45 mln. AQSh dollari Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan 455 mlrd. so‘m (45 mln. AQSh dollari ekvivalentida), “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida avval ajratilgan kreditlarni qaytarilishi hisobidan 50 mln. AQSh dollari

Davlat budjeti, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, tijorat banklari mablag‘lari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada yoshlarning biznes loyihalarini kreditlash mexanizmlari yaratiladi hamda ularni kasb-hunarga o‘qitish choralari nazarda tutiladi.

152.

Bolalarni qo‘llab-quvvatlash fondini tashkil etish.

2021-yil 1-sentabr

Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Adliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

100 000 mln. so‘m

Respublika budjeti

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada Bolalarni qo‘llab-quvvatlash fondi maqomi, faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, vazifalari, moliyalashtirish manbalari, jamoatchilik ishtiroki mexanizmlari nazarda tutiladi.

153.

Bolalar huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida “Bolalar Ombudsmani to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2021-yil 1-oktabr

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida), Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Adliya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, nodavlat notijorat tashkilotlari (kelishuv asosida), vazirlik va idoralar

-

-

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi.

Loyihada mamlakatimizda bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish samaradorligini yangi bosqichga olib chiqishda inson huquqlarini himoya qilishning yagona milliy tizimini saqlagan holda Bolalar Ombudsmani faoliyatini tashkil etish nazarda tutiladi.

154.

BMT shafeligida “Inson huquqlari bo‘yicha ta’lim” global forumini tashkil etish va o‘tkazish.

2021-yil 20-iyul

Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, vazirlik va idoralar

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti, boshqa manbalar

Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasi.

Loyihada:

ishchi guruhni shakllantirish, forum konsepsiyasi va dasturini tasdiqlash;

forumni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish hamda mahalliy va xorijiy OAVlarda keng yoritish nazarda tutiladi.

155.

Yoshlar huquqlariga bag‘ishlangan Butunjahon yoshlar anjumanini tashkil etish va o‘tkazish.

2021-yil 1-sentabr

Yoshlar ishlari agentligi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti, boshqa manbalar

Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasi.

Loyihada anjumanni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy guruh tarkibi hamda anjuman konsepsiyasi va dasturi tasdiqlanadi.

156.

Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari tajribasi asosida barcha shahar va tumanlarida “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari”ni tashkil etish.

2021-yil 20-mart

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

100 mln. AQSh dollari

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

yoshlarning loyihalarini moliyalashtirish uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida alohida jamg‘arma tashkil etish;

Jamg‘arma orqali yoshlarning loyihalarini ro‘yobga chiqarish uchun qulay shartlarda moliyalashtirish;

sanoat va tadbirkorlik zonalarida ishlab chiqarish binolari qurish va ularni yoshlarga imtiyozli shartlarda ijara va lizing asosida berish;

sanoat va tadbirkorlik zonalarida yoshlar loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish uchun zarur bo‘ladigan barcha infratuzilma obyektlarini joylashtirish nazarda tutiladi.

157.

Yoshlarning xalqaro “IT” sertifikatlarini olish xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismini budjetdan qoplab berish tartibini ishlab chiqib, joriy etilishini ta’minlash.

2021-yil 20-aprel

Axborot texnologiyalari vazirligi, Moliya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

yoshlarning xalqaro “IT” sertifikatlarini olish xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismini Davlat budjetidan qoplab berish tartibi;

yosh mutaxassislarni o‘qitish va ularning xalqaro IT-sertifikatlarini olish uchun 50 foizgacha xarajatlarini moliyalashtirish bo‘yicha ekspert kengashi tuzish;

yosh mutaxassislarni o‘qitish va ularning xalqaro IT-sertifikatlarini olish uchun 50 foizgacha xarajatlarini moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash nazarda tutiladi.

158.

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida yoshlarni dasturlash tillarini o‘zlashtirishga qiziqtirish orqali ularni ish bilan ta’minlash tizimini yo‘lga qo‘yish.

Yil davomida

Axborot texnologiyalari vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

ixtisoslashtirilg�n va boshqa umumta’lim maktablarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini “Bir million dasturchi” loyihasiga oid o‘quv dasturlari bilan bosqichma-bosqich integratsiya qilish;

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan o‘quvchilar IT-parkining IT-akademiyasida tahsil olishi uchun ularga maxsus chegirmalar asosida yo‘llanma berish;

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 2021-2022-yillarda 300 ming nafar yoshlarni kompyuter dasturlash asoslariga bepul o‘qitish bo‘yicha sohaga qiziqadigan yoshlarni aniqlash, o‘qitish va ish bilan ta’minlash nazarda tutiladi.

159.

Xalqaro ta’lim dasturlari (imtihonlar) bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan iqtidorli yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berish tartibini yo‘lga qo‘yish.

2021-yil 20-mart

Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada xalqaro ta’lim dasturlari (imtihonlar) bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan iqtidorli yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berish tartibini ishlab chiqish nazarda tutiladi.

160.

Yoshlar siyosatini samarali amalga oshirishda Andijon viloyati tajribasini o‘rganish maqsadida mamlakatimizning barcha hududlaridan faol yoshlarni jalb qilgan holda “Andijon yoshlar forumi”ni tashkil etish.

2021-yil 20-may

Andijon viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

Hisob-kitoblarga asosan

Mahalliy budjet mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda yoshlar siyosatini samarali amalga oshirishda Andijon viloyati tajribasini o‘rganish maqsadida mamlakatimizning barcha hududlaridan faol yoshlarni jalb qilgan holda “Andijon yoshlari forumi”ni tashkil etish nazarda tutiladi.

161.

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab mamlakatimizning barcha hududlaridan faol yoshlarni jalb qilgan holda 2021-yil avgust oyida “Farg‘ona yosh hunarmandlar festivali”ni tashkil etish.

2021-yil 20-avgust

Farg‘ona viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

Hisob-kitoblarga asosan

Mahalliy budjet mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab mamlakatimizning barcha hududlaridan faol yoshlarni jalb qilgan holda “Farg‘ona yosh hunarmandlar festivali”ni tashkil etish nazarda tutiladi.

162.

“Yoshlar: 1+1” dasturi doirasida uyushmagan va ishsiz yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish.

Yil davomida

Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

Savdo-sanoat palatasining hududiy o‘quv markazlarida uyushmagan va ishsiz yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitishni tashkil etish;

“Hunarli kishi xor bo‘lmas” g‘oyasi asosida usta hunarmandlar qo‘lida ishsiz yoshlarga kasb-hunar o‘rgatish maqsadida hududlarda “ustoz-shogird” an’anasini yangi tizimda joriy etish;

“Ustoz-shogird” an’anasiga jalb etiladigan hunarmand ustalarni Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan moddiy rag‘batlantirish tizimini joriy etish nazarda tutiladi.

163.

“Har bir tadbirkor — yoshlarga madadkor” tamoyili asosida ko‘ngilli tadbirkorlarni jalb etgan holda 1 nafar tadbirkorga 1 nafardan ishsiz yoshlarni biriktirish tashabbusini amalga oshirish.

Yil davomida

Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar ishlari agentligi

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda “Har bir tadbirkor — yoshlarga madadkor” tamoyili asosida ko‘ngilli tadbirkorlarni jalb etgan holda yoshlarga qo‘shimcha ish joyi yaratish nazarda tutiladi.

164.

Yoshlar, ayniqsa, ish va o‘qish bilan band bo‘lmagan yoshlar bilan mas’ullar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot o‘rnatishga xizmat qiluvchi “Yoshlar murojaati” elektron platformasini yaratish.

2021-yil 20-may

Axborot texnologiyalari vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, vazirlik va idoralar

Hisob-kitoblarga asosan

Ijrochilar mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda yoshlar, ayniqsa, ularning uyushmagan qatlami bilan mas’ullar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot o‘rnatishga xizmat qiluvchi “Yoshlar murojaati” elektron platformasini yaratish hamda amaliyotga joriy etish nazarda tutiladi.

165.

Yosh oilalarni arzon uy-joylar bilan ta’minlash maqsadida 2021 — 2023-yillarda Yoshlar uylarini qurish dasturini amalga oshirish.

2021-yil 20-may

Yoshlar ishlari agentligi, Qurilish vazirligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimlari

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada yosh oilalarni arzon uy-joylar bilan ta’minlash maqsadida 2021 — 2023-yillarda Yoshlar uylarini qurish dasturini tasdiqlash;

yosh oilalarni arzon uy-joylar bilan ta’minlashning shaffof tartibini tasdiqlash nazarda tutiladi.

166.

Hududlarda ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ilm-fanga keng jalb qilish, nufuzli ilmiy maktablarni shakllantirish, ularning ilmiy salohiyatini oshirish, soddalashtirilgan tartibda yoshlarning ilmiy va startap loyihalarini moliyalashtirish maqsadida ilmiy dasturni amalga oshirish.

2021-yil 20-mart

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi

50 000 mln. so‘m

Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari mablag‘lari

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada:

yoshlar uchun e’lon qilinadigan startap loyihalari tanlovlari talablarining soddalashtirilgan tizimini ishlab chiqish;

2021-yildan boshlab iqtidorli yoshlar o‘rtasida “Akademik harakatchanlik” dasturi va “Bo‘lajak olim” tanlovini tashkil qilish;

stajor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura, doktoranturaga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich oshirish;

iqtidorli yoshlarning ilmiy g‘oyalarini rag‘batlantirish, ularning xorijiy universitetlar va ilmiy markazlarga qisqa muddatli stajirovkalarini tashkil etish;

yoshlarga ilmiy tashkilotlar, oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, vazirlik, idora va tashkilotlar huzuridagi ilmiy tuzilmalardagi zamonaviy ilmiy asbob-uskunalardan bepul foydalanish huquqini berish nazarda tutiladi.

167.

Toshkent viloyatida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining filiali hamda barcha hududlarda mazkur yo‘nalishda texnikumlar tashkil etilishini ta’minlash.

2021-yil 20-may

Axborot texnologiyalari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti, budjetdan tashqari boshqa mablag‘lar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada Toshkent viloyatida Axborot texnologiyalari universiteti filiali hamda barcha hududlarda mazkur yo‘nalishda texnikumlarni tashkil etish nazarda tutiladi.

168.

Mashinasozlik yo‘nalishida barpo etilayotgan korxonalarni malakali oliy ma’lumotli mutaxassislar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish.

2021-yil 20-may

“O‘zavtosanoat” AJ, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Jizzax viloyat hokimligi

Hisob-kitoblarga asosan

Ijrochilar mablag‘lari

Oliy ta’lim muassasalarining o‘zaro kelishuv shartnomasi.

Shartnomada 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab Jizzax politexnika institutida Toshkentdagi Turin politexnika universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish nazarda tutiladi.

169.

“Kamalak yulduzlari”, “Yilning eng faol yoshlar yetakchisi”, “Yil sardori”, “Talabalar festivali”, “Intellektual o‘yinlar” haftaligi, “Yil talabasi” singari ko‘rik-tanlov va musobaqalarni tashkil etish.

Yil davomida

Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, MTRK

Hisob-kitoblarga asosan

Ijrochilar mablag‘lari

Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi bayoni loyihasi.

Loyihada “Kamalak yulduzlari”, “Yilning eng faol yoshlar yetakchisi”, “Yil sardori”, “Talabalar festivali”, “Intellektual o‘yinlar” haftaligi, “Yil talabasi” singari ko‘rik-tanlov va musobaqalarni 2021-yildan boshlab tashkil etish va yuqori saviyada o‘tkazish, g‘oliblarni munosib rag‘batlantirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish nazarda tutiladi.

170.

“Vatanparvar” mudofaaga ko‘maklashuvchi tashkiloti bazasida yoshlarni mehnat bozorida ehtiyoj yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitishni ta’minlash.

Yil davomida

Mudofaa vazirligi, Vatanparvar MKT, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatl�r va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda har bir hudud va soha kesimida “Vatanparvar” tashkiloti bazasida yoshlarni mehnat bozorida ehtiyoj yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish nazarda tutiladi.

171.

O‘zbekiston talabalar assotsiatsiyasini tashkil etish.

2021-yil 1-sentabr

Samarqand viloyati hokimligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi

Hisob-kitoblarga asosan

Ijrochilar mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda O‘zbekiston talabalar assotsiatsiyasini tashkil etish va shu orqali “Samarqand tajribasi”ni yaratish nazarda tutiladi.

172.

Navoiy viloyati, Nurota tumanidagi ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida hududning o‘ziga xosligidan kelib chiqib ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish.

2021-yil 20-avgust

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi

Hisob-kitoblarga asosan

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida tashkil etiladigan jamg‘arma mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda Navoiy viloyati, Nurota tumanidagi ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida hududda yoshlar bilan uchrashuv tashkil etish, yoshlar uchun yangi ish o‘rinlarini yaratish nazarda tutiladi.

173.

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan, ushbu sohada muayyan yutuqlarga erishgan iste’dodli yoshlarning mazkur sohada ilg‘or tajribaga ega davlatlar tomonidan tashkil etiladigan an’anaviy va masofaviy kurslarda ishtirokini tashkil etish.

Yil davomida

Axborot texnologiyalari vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Hisob-kitoblarga asosan

Ijrochilar mablag‘lari, xorijiy hamkorlar grantlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan, ushbu sohada muayyan yutuqlarga erishgan iste’dodli yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularning ilg‘or tajribaga ega davlatlar tomonidan tashkil etiladigan an’anaviy va masofaviy kurslarda ishtiroki etishlari nazarda tutiladi.

174.

Markaziy Osiyo xattotlik san’ati an’analarini qayta tiklash va rivojlantirish maqsadida Islom sivilizatsiya markazi joylashgan Hazrati imom majmuasi hududid� “Kitobot ilmi maktabi”ni tashkil etish.

2021-yil 20-avgust

Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat vazirligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

-

-

Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi bayoni loyihasi.

Loyihada:

Markaziy Osiyo xattotlik san’ati an’analarini qayta tiklash va rivojlantirish maqsadida Islom sivilizatsiya markazi joylashgan Hazrati imom majmuasi hududida “Kitobot ilmi maktabi”ni tashkil etish;

markazni zarur texnik vositalar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish nazarda tutiladi.

175.

Yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganishlari uchun yanada kengroq imkoniyat yaratish maqsadida bepul til o‘rganish elektron platformasini yaratish.

2021-yil 20-may

Yoshlar ishlari agentligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, Oliy va o‘rta �axsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi

Hisob-kitoblarga asosan

Budjetdan tashqari jamg‘arma mablag‘lari

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda yaratilishi kutilayotgan elektron platformada yoshlarning xorijiy tillarni bepul o‘rganishlari uchun yanada kengroq imkoniyat yaratish nazarda tutiladi.

176.

Farzandlikka olish amaliyotini o‘rganish va bu bo‘yicha huquqiy asoslarini qayta ko‘rib chiqish.

2021-yil 1-may

Bosh prokuratura, Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida), Adliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, vazirlik va idoralar

-

-

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

farzandlikka olish tizimini tanqidiy tahlil qilish va amaliyotdagi muammolarni o‘rganish;

farzandlikka olish bo‘yicha qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish va tizimlashtirish;

“Bola sotish” holatlarining oldini olish maqsadida fuqarolarning o‘zaro kelishuvi asosida farzandlikka olish bo‘yicha ochiq huquqiy asoslarini yaratish nazarda tutiladi.

4.2. Aholining salomatligini mustahkamlash, aholini ijtimoiy himoya qilish va xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish

177.

Respublika aholisini koronavirusga qarshi profilaktik emlash ishlarini tashkil etish.

Yil davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati

Hisob-kitoblarga asosan

Xalqaro moliya institutlari va Davlat budjeti mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda respublika aholisi o‘rtasida koronavirusga qarshi profilaktik emlashlarni o‘tkazish nazarda tutiladi.

178.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.

Yil davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati

200 mln. AQSh dollari

Osiyo taraqqiyot va Osiyo infratuzilma investitsiya banklari mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalari moddiy-texnika bazasini yaxshilash, laboratoriyalar imkoniyatini kengaytirish uchun asbob-uskunalar xaridi uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni jalb qilish;

Osiyo taraqqiyot banki hamda Osiyo infratuzilma investitsiya banki bilan qarz shartnomasini imzolash nazarda tutiladi.

179.

Hududlarda ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yaxshilash maqsadida respublika ixtisoslashgan tibbiyot markazlari va ularning filiallari o‘rtasida telemeditsina tizimini ommalashtirish.

Yil davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi

Hisob-kitoblarga asosan

Markazlarning budjetdan tashqari mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda respublika ixtisoslashgan tibbiyot markazlari va ularning filiallari o‘rtasida telemeditsinani yo‘lga qo‘yish nazarda tutiladi.

180.

6 — 23 oylik bolalar uchun uy sharoitida tayyorlangan ovqatlarni boyitish maqsadida mikronutriyent kukuni bilan, 6 oylikdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarni “A” vitamini bilan va 2 — 10 yoshdagi bolalar gelmintoz profilaktikasi bo‘yicha maxsus preparatlar bilan bepul ta’minlash.

2021-yil 20-iyul

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

28 870 mln. so‘m

Davlat budjeti, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

6 — 23 oylik bolalar uchun uy sharoitida tayyorlangan ovqatlarni boyitish maqsadida mikronutriyent kukuni bilan ta’minlash;

2 — 10 yoshdagi bolalarni gelmintoz profilaktikasi bo‘yicha maxsus preparatlar bilan ta’minlash;

Andijon va Jizzax viloyatlaridagi 6 oylikdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarni “A” vitamin bilan ta’minlash nazarda tutiladi.

181.

Neyrosensor karlik yoki zaif eshitadigan bolalarda koxlear implantatlardan foydalangan holda operatsiyalar o‘tkazish.

Yil davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

27 824 mln. so‘m

Davlat budjeti

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda sensonevral eshitish pastligining III-IV darajasi tashxisi bilan nazoratda bo‘lgan 200 dan ortiq bolalarda koxlear implantatsiya operatsiyalarini o‘tkazish nazarda tutiladi.

182.

Birlamchi bo‘g‘inda umumiy amaliyot shifokori o‘rniga oilaviy shifokor va unga 5 ta yordamchi hamshiradan iborat tibbiy brigadalar tashkil qilish.

2021-yil 20-iyul

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda amaldagi umumiy amaliyot shifokori va hamshiralaro‘rniga oilaviy shifokor, uning terapiya va pediatriya yo‘nalishlari bo‘yicha yordamchilari, patronaj hamshiralari va doyadan iborat bo‘lgan “tibbiyot brigadalari”ni tashkil qilish nazarda tutiladi.

183.

Respublikada 5 yoshgacha bolalar, tug‘ish yoshidagi va homilador ayollar, nogironligi bo‘lganlar, qon-tomir, onkologik, endokrin kabi kasalliklarga moyilligi bo‘lgan fuqarolar bilan ishlashning alohida tizimini joriy etish.

Yil davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

hududlarning o‘ziga xos xususiyatidan, kasallik turlari, fuqarolarning yoshi, kasallanish darajasi va boshqa omillardan kelib chiqib xavf guruhlarini aniqlash mezonlarini belgilash;

joriy qilinayotgan yangi tibbiy profilaktika va patronaj tizimi bo‘yicha tibbiyot xodimlarini o‘qitishga ko‘maklashish;

aholini xavf guruhlariga ajratish, ularning salomatligini davriy kuzatib borish;

maqsadli skrining va maqsadli patronaj bilan qamrab olinadigan fuqarolarni ko‘rikdan muntazam o‘tkazib borish va ularga nisbatan davo choralarini ko‘rish nazarda tutiladi.

184.

Aholiga davlat tomonidan bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari bilan kafolatlangan paket doirasida tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish.

2021-yil fevral

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida

Amaliy chora-tadbir.

Bunda:

kafolatlangan paketga kiritiladigan tibbiy xizmatlar va dori vositalari ro‘yxatini ishlab chiqish va tasdiqlash;

S�rdaryo viloyatida tajriba-sinov tariqasida aholiga kafolatlangan paket doirasida tibbiy xizmatlar ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish nazarda tutiladi.

185.

Aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatini yanada takomillashtirish maqsadida kelgusi 3 yilda 315 ta oilaviy shifokor punkti va 85 ta oilaviy poliklinika faoliyatini tashkil etish.

Yil davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Qurilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar, Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda 100 ta oilaviy shifokor punktlari, 17 ta qishloqlarda joylashgan oilaviy poliklinikalarni, 7 ta shaharlarda joylashgan oilaviy poliklinikalar tashkil etish nazarda tutiladi.

186.

Hamshira va feldshyerlarning obro‘si va mavqeyini oshirish maqsadida “hamshiralik ishi” bilan mustaqil shug‘ullanish uchun ruxsat berish.

2021-yil 1-iyul

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi

Hisob-kitoblarga asosan

Ish beruvchilar va tadbirkorlik subyektlari mablag‘lari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada “hamshiralik ishi” bilan mustaqil shug‘ullanish uchun o‘rta tibbiyot mutaxassislariga o‘zini-o‘zi band qilish asosida ruxsat berish tartibini belgilash nazarda tutiladi.

187.

Olis va chekka hududlarda birlamchi va ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish va ehtiyojmand aholi uchun skrining va davolash tadbirlariga xususiy shifoxonalarni jalb etish va ularga subsidiya ajratish.

Yil davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablag‘lari doirasida

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar paketidan kelib chiqqan holda olis va chekka hududlarda birlamchi va ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish va ehtiyojmand aholi uchun subsidiya ajratish;

xususiy shifoxonalarni jalb etgan holda olis va chekka hududlarda skrining va davolash tadbirlarini tashkil qilish nazarda tutiladi.

188.

Onkologiya va onkogematologiya kasalligidan aziyat chekayotgan fuqarolarga yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatish.

Yil davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi

250 000 mln. so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

onkologiya va onkogematologiya kasalligi bilan og‘rigan bemorlarni zarur dori vositalari bilan ta’minlashni yanada yaxshilash;

oq qon va og‘ir irsiy gematologik kasallikdan aziyat chekayotgan fuqarolarga autologik o‘zak hujayralari transplantatsiyasi amaliyotini o‘tkazish uchun dori vositalari, tibbiy sarflov vositalari, yuqori texnologik tashxis uchun reagentlar va asbob-uskunalarni xarid qilish;

transplantatsiya oldi kimyoterapiya kurslari, o‘zak hujayralari yig‘ib olish, ularni saqlash, transplantatsiya amaliyoti va transplantatsiyadan keyingi nazorat bilan qamrab olish (reabilitatsiya) nazarda tutiladi.

189.

Respublikadagi gemodializ muolajasiga muhtoj bemorlarni tibbiy xizmat bilan bepul qamrab olish.

Yil davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi

137 780 mln. so‘m

Davlat budjeti

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

gemodializga muhtoj bemorlarning yillik 20 foizga o‘sishini hisobga olgan holda, 5 mingdan ortiq bemorni bepul gemodializ xizmati bilan qamrab olish;

xizmat sifatini yanada yaxshilash maqsadida reja bo‘yicha 2021-yilda 100 ta sun’iy buyrak apparati, 33 ta suv tozalash moslamasi, 44 ta mikser, 665 280 ta komplekt dializator va unga mos ravishda boshqa sarflov vositalari xarid qilish nazarda tutiladi.

190.

Endokrin kasalliklarni erta aniqlash va davolash hamda endokrinologiya muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

2021-yil 1-noyabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi

150 000 mln. so‘m

Davlat budjeti

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

ixtisoslashtirilgan endokrinologiya muassasalarini (Buxoro, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent, Xorazm va Farg‘ona viloyatlari endokrinologiya dispansyerlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahar endokrinologiya dispansyerlari, akademik Y.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot Markazi) zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash;

qandli diabetning 1 turi bilan kasallangan bolalar va o‘smirlar uchun muntazam ravishda analogli insulinni yetkazib berish;

qandli diabetning 1 turi bilan kasallangan bolalar va o‘smirlar uchun o‘zini o‘zi nazorat qilish vositalarini (test-chiziqchalarini) xarid qilish nazarda tutiladi.

191.

Tuman va shahar tibbiyot birlashmalari negizida 35 ta tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarini tashkil etish.

2021-yil 1-iyul

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

24 mln. AQSh dollari

Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byud�eti, viloyatlar, Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarini 2021-2022-yillar davomida bosqichma-bosqich tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni, xususan, kerakli qurilish va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish, zarur tibbiyot uskunalarini xarid qilish, markazlarda mavjud bo‘lishi zarur bo‘lgan dori va sarflash vositalari bilan ta’minlash hamda markazlarda faoliyat ko‘rsatadigan mutaxassislar faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

yurak-qon tomir (miokard infarkti), miya-qon tomir kasalliklari (insult), qo‘shma shikastlanishlardan kasallanish, o‘lim va nogironlikni kamaytirish uchun tibbiy yordam bosqichlarida uzluksizlikni yaxshilash, “oltin soat”ni hisobga olgan holda bemorlarning qo‘shni hududlardan o‘z vaqtida kelishini tashkil qilish;

qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlari tashkil etilishi yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni qishloq aholisiga yaqinlashtirishga imkon yaratadi, shoshilinch tibbiy yordamni o‘z vaqtida va mukammal ravishda ko‘rsatish hisobiga esa minglab fuqarolar hayoti saqlab qolinishiga va ularning faol mehnat qobiliyatini tiklashga yordam berish nazarda tutiladi.

192.

Namangan, Samarqand va Xorazm viloyatlarida buyrak transplantatsiyasi amaliyotini o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish.

Yil davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Ijrochilar mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

hududlarda buyrak transplantatsiyasini boshlash uchun respublika muassasalari mutaxassislarining 2021-yil tashriflar jadvalini tasdiqlash;

jadvalga muvofiq buyrak transplantatsiyasi bo‘yicha operatsiyalarni o‘tkazish nazarda tutiladi.

193.

Ixtisoslashtirilgan markazlar tomonidan birlamchi bo‘g‘inda aholi o‘rtasida kasallikning oldini olish va erta aniqlash maqsadida muayyan kasalliklar bo‘yicha maqsadli skrining tekshiruvlarini amalga oshirish, onlayn konsiliumlar, maslahat va namoyish operatsiyalarini videokonferensaloqa orqali o‘tkazib borish.

Yil davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Ijrochilar mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

endokrinologik (qandli diabet, buqoq, semizlik), yurak qon-tomir kasalliklari (infarkt, insult), onkologik (bachadon bo‘yni, ko‘krak bezi, oshqozon, og‘iz bo‘shlig‘i, qizilo‘ngach o‘sma kasalliklari), buyrak (siydik tosh, glomerulonefrit, piyelonefrit) kasalliklari bo‘yicha maqsadli skrining tekshiruvlarini amalga oshirish;

Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining hududlarga aniq grafik asosida viloyat va tumanlarga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha chiqishlarni tashkil qilish;

hududiy tibbiyot muassasalari bilan murakkab jarrohlik amaliyotlari, diagnostika va davolash uslublarini viloyat, shahar va tuman shifoxonalariga telemeditsina orqali translatsiya qilish bo‘yicha muntazam ravishda onlayn konsiliumlar, maslahat va namoyish operatsiyalarini videokonferensaloqa orqali o‘tkazib borish;

kasallikning oldini olish, erta aniqlash, tarqalishi xavfini kamaytirish, samarali davolash va o‘limni qisqartirish imkonini yaratish nazarda tutiladi.

194.

Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Yil davomida

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, “Nuroniy” jamg‘armasi, MTRK, Moliya vazirligi

100 mlrd. so‘m

Davlat budjeti, “Nuroniy” jamg‘armasi, homiylar mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Respublika “Nuroniy” jamg‘armasining moliyaviy imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida jamg‘armaga Davlat budjetidan 100 milliard so‘m ajratish;

o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan 16 mingdan ziyod keksalarga yordam berish, ularning hayotini mazmunli tashkil etish uchun to‘lovlar miqdorini oshirish va ularga ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish;

Buxoro, Qarshi va Urganch shaharlarida yangidan tashkil etiladigan sihatgohlarda hamda mavjud dam olish maskanlarida jami 25 mingdan ortiq nuroniylarning sog‘lig‘ini tiklash;

markaziy telekanallarda namoyish etilayotgan “Otalar so‘zi — aqlning ko‘zi” ko‘rsatuvi sonini ko‘paytirish va mazmunan boyitish;

“Nuroniylar maslahati”, “Mahallada gurung” kabi yangi ko‘rsatuvlar tashkil etish nazarda tutiladi.

195.

Davlat tibbiyot muassasalarining tibbiyot kadrlarini qayta tayyorlash va malaka oshirish uchun xorijiy yetakchi tibbiyot hamda ilmiy muassasalarga yuborish, shuningdek, respublikaga malaka�i xorijiy tibbiyot mutaxassislarini jalb etish.

Yil davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi

6 600 mln. so‘m

Davlat budjeti

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

xorijiy yetakchi tibbiyot va ilmiy muassasalarga qayta tayyorlash hamda malaka oshirish uchun yuboriladigan davlat tibbiyot muassasalarining 400 nafar tibbiyot kadrlarini tanlov asosida tanlab olish;

tibbiyot tashkilotlarining tibbiyot kadrlarini yetakchi xorijiy tibbiyot va ilmiy muassasalarga markazlashtirilgan holda yuborish;

respublikaga 300 nafar malakali xorijiy tibbiyot mutaxassislarini taklif etish orqali mahorat saboqlarini o‘tkazish nazarda tutiladi.

196.

Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari va tibbiyot kollejlarini respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlariga, ilmiy-tadqiqot institutlari va tibbiyot oliy ta’lim muassasalariga biriktirish.

2021-yil 1-sentabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Hisob-kitoblarga asosan

Budjetdan tashqari mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

47 ta Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari va 28 ta tibbiyot kollejlari o‘quvchilarini ixtisosligidan kelib chiqib respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlariga, ilmiy-tadqiqot institutlari va tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining boshqa turdagi tibbiyot klinikalariga biriktirish;

texnikum va kollejlarda o‘rta tibbiyot kadrlarini tayyorlashning mutlaqo yangi tizimini shakllantirish nazarda tutiladi.

197.

Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish hamda og‘ir turmush sharoitida yashayotgan, nogironligi bo‘lgan ayollarga yordam berish.

Yil davomida

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi, Xalq banki, Agrobank, Mikrokredit bank, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi, tijorat banklari mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

6,5 ming nafar xotin-qizning kichik tadbirkorlik loyihalariga kreditlar berish;

1 ming 600 nafar og‘ir turmush sharoitidagi, nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni arzon uy-joylar bilan ta’minlash maqsadida uylarning boshlang‘ich badalini to‘lab berish;

6 ming nafar xotin-qizlarni reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash hamda 205 nafar nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni jarrohlik yo‘li bilan sog‘lom hayotga qaytarish choralarini ko‘rish;

ijrochilar o‘rtasida kelishuv bitimini imzolash;

tijorat banklari hamda Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kreditlar ajratish;

xotin-qizlarning biznes sohasidagi loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda joylarda aniqlangan xotin-qizlar muammolarini hal etish, ularning bandligini ta’minlash;

muhtoj xotin-qizlarni protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash;

nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni jarrohlik yo‘li bilan sog‘lom hayotga qaytarish choralarini ko‘rish nazarda tutiladi.

198.

Boshqariluvchi yuqumli kasalliklarga qarshi emlash maqsadlari uchun 13 turdagi vaksina bilan ta’minlash.

Yil davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati

198 600 mln. so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan emlanishi kerak bo‘lgan aholi qatlami sonidan kelib chiqqan holda Sog‘liqni saqlash vazirligining buyurtmasini tayyorlash;

aholi o‘rtasida vaksina orqali boshqariluvchi yuqumli kasalliklar bo‘yicha epidemik barqarorlikni ta’minlash nazarda tutiladi.

199.

Respublika bo‘yicha 3-4 yoshdagi barcha bolalarni poliomiyelit kasalligiga va 12-13 yoshdagi barcha o‘smir qizlarni bachadon bo‘yni saratoniga qarshi emlash.

Yil davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati

1 mln. AQSh dollari

GAVI xalqaro tashkiloti mablag‘lari, xalqaro institutlar mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

JSST mablag‘lari jalb etilib, 2,5 mln doza poliomiyelitga qarshi faolligi kamaytirilgan vaksina olinadi va respublikada tozalash milliy emlash kunlarini (emlash bilan qamrab olinmagan aholi qatlamini qamrab olish) o‘tkazish;

GAVI xalqaro tashkiloti mablag‘lari doirasida respublika bo‘yicha 12 — 14 yoshdagi barcha o‘smir qizlarni odam papiloma virusiga qarshi emlash;

JSST tomonidan berilgan O‘zbekistonning poliomiyelit kasalligidan holi hudud maqomini saqlab qolish;

bolalar o‘rtasida shol kasalligi bilan kasallanish holatlari va bu bilan bog‘liq og‘ir asoratlarning oldini olish;

ayollarda uchraydigan bachadon bo‘yni raki bilan kasallanish hamda bu bilan bog‘liq o‘lim holatlari sonini keskin kamaytirish nazarda tutiladi.

4.3. Arzon uy-joylarni barpo etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiya qilish

200.

Ehtiyojmand oilalarni uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha olib borayotgan ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish.

2021-yil 20-iyul

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti

Normativ huquqiy-hujjat loyihasi.

Loyihada:

chin yetim yoshlarni uy-joy bilan ta’minlash;

boshpanasiz qolgan, og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan oilalar va shaxslarni vaqtinchalik yoki umrbod mulk huquqi berilmagan holda joylashtirish uchun mahalliy hokimliklar tomonidan uy-joylarni sotib olish tartibini joriy etish nazarda tutiladi.

201.

Aholiga kommunal xizmatlar ko‘rsatish tizimini yanada yaxshilash.

Yil davomida

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “O‘zsuvta’minot” AJ, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

101,6 mlrd. so‘m

Mahalliy budjet

ko‘p kvartirali uylarning 56 ta liftini ta’mirlash va 535 ta liftni yangisiga almashtirish;

180,8 mlrd. so‘m

Ko‘p kvartirali uy-joy fondini ta’mirlash jamg‘armasi va tijorat banklari kredit mablag‘lari

4 ming 466 ta ko‘p kvartirali uy-joy fondini ta’mirlash va tutash hududlarni obodonlashtirish;

ko‘p kvartirali uylarda energiya tejamkor va energiya yo‘qotishlarini kamaytirishga qaratilgan sanatsiya dasturini tajriba tariqasida amalga oshirish;

140 mln. AQSh dollari

Jahon banki kredit mablag‘lari

Buxoro shahrida 264 ta individual issiqlik punktlarini o‘rnatish va 5,5 km issiqlik uzatish quvurlarini almashtirish, Chirchiq shahri “Yubileynaya” qozonxonasida 2 ta 25 MVTdan bo‘lgan qozonlar o‘rnatish;

14 mlrd. so‘m

Respublika budjeti

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida aholisi 15 mingdan kam bo‘lmagan, markazlashgan ichimlik suv ta’minoti yetib bormagan qishloq aholi punktlarini ijtimoiy buyurtma ichimlik suvi bilan ta’minlash;

1,1 trln. so‘m

Respublika budjeti mablag‘lari

Markazlashgan mablag‘lar hisobidan 971 km ichimlik va oqova suv tarmoqlari va 63 ta suv olish inshootlarini qurib, foydalanishga topshirish nazarda tutiladi.

202.

Yangi ijtimoiy soha obyektlarini qurish va mavjudlarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash.

Yil davomida

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Prezident ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi

Markazlashgan mablag‘lar

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

2 050 mlrd. so‘m

31 ta yangi maktab qurish va 320 ta maktabni ta’mirlash;

200 mlrd. so‘m

Andijon, Nurafshon, Guliston, Navoiy va Termiz shaharlarida Prezident maktablarini qurish;

700 mlrd. so‘m

16 ta oliy ta’lim muassasalari binolarini yangidan qurish va 19 tasini ta’mirlash;

900 mlrd. so‘m

22 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari binosini yangidan qurish va 203 tasini ta’mirlash;

1,4 trln. so‘m

24 ta sog‘liqni saqlash obyektlarini yangidan qurish va 99 tasini ta’mirlash;

400 mlrd. so‘m

23 ta sport obyektlarini yangidan qurish va 34 tasini ta’mirlash;

150 mlrd. so‘m

11 ta madaniyat va san’at obyektini yangidan qurish va 7 tasini rekonstruksiya qilish nazarda tutiladi.

203.

Toshkent shahri markazida iqtidorli yoshlarning yuqori texnologiyalar va zamonaviy bilimlarni chuqur o‘zlashtirishiga keng sharoit yaratish maqsadida alohida universitet binosini barpo etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilash.

2021-yil 20-mart

Prezident ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Tashqi ishlar vazirligi, Qurilish vazirligi, Madaniyat vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Moliya vazirligi

Respublika budjetidan 50 mlrd. so‘m

(universitet loyihasini ishlab chiqish uchun)

Respublika budjeti, xalqaro kredit va grantlar, boshqa manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

obyektlarni barpo etishga xalqaro konsultantlar va loyiha institutlarini jalb qilish;

xorijiy tajribani o‘rgangan holda obyektlarning loyihalarini ishlab chiqish va kelishish;

obyektlar qurilishiga salohiyatli xorijiy va mahalliy pudratchilarni jalb qilish va boshqa tashkiliy tadbirlarni belgilash nazarda tutiladi.

204.

Milliy akademik drama teatri, yangi san’at muzeyi, zamonaviy kutubxona hamda Alisher Navoiy nomidagi xalqaro ijod maktabidan iborat madaniyat va ma’rifat majmuasini hamda Mustaqilligimizning 30 yilligiga bag‘ishlab “Istiqlol” majmuasini barpo etish.

Yil davomida

Qurilish vazirligi, Madaniyat vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Prezident ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi

85 mlrd. so‘m

(A. Navoiy nomidagi ijod maktabini qurish uchun Respublika budjetidan ajratiladi)

Xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar va homiylik mablag‘lari, Respublika budjeti mablag‘lari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

obyektlarni barpo etishga xalqaro konsultantlar va loyiha institutlarini jalb qilish;

xorijiy tajribani o‘rgangan holda obyektlarning loyihalarini ishlab chiqish va kelishish;

obyektlar qurilishiga salohiyatli xorijiy va mahalliy pudratchilarni jalb qilish va boshqa tashkiliy tadbirlarni belgilash nazarda tutiladi.

4.4. Madaniyat, san’at, sportni yanada rivojlantirish

205.

Madaniyat va san’at muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularda zamonaviy shart-sharoitlar yaratish.

Yil davomida

Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

Amaliy-chora tadbirlar:

Bunda:

55,7 mlrd. so‘m

Respublika budjeti mablag‘lari

16 ta madaniyat markazi binolarini mukammal ta’mirlash va jihozlash;

7,9 mlrd. so‘m

10 ta muzey binosini mukammal ta’mirlash va jihozlash;

8,5 mlrd. so‘m

2 ta teatr binosini mukammal ta’mirlash va jihozlash hamda 1 ta teatr binosini jihozlash ishlari amalga oshiriladi.

206.

Beshta muhim tashabbusni amaliyotga to‘liq joriy etishga qaratilgan “Sportni sev”, “Biz — Yangi O‘zbekiston yoshlarimiz”, “Biz bir jamoamiz” shiorlari ostida ommaviy sport festivallari, shuningdek, “Maktablar futbol ligasi”, “Sport maktablari futbol ligasi” kabi sport tadbirlari va musobaqalarini tizimli o‘tkazish.

Yil davomida

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasi asosida

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

mahallalar, ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlarda hamda aholi o‘rtasida 50 000 dan ortiq ommaviy sport musobaqalari va tadbirlarini tizimli ravishda o‘tkazish orqali aholining keng qatlamlari ommaviy jismoniy tarbiya va sportga jalb etilishini ta’minlash;

o‘tkaziladigan musobaqalarga aholining 40 foizini qamrab olish, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanadigan aholining umumiy sonini 25 foizga yetkazish nazarda tutiladi.

207.

Aholini ommaviy sport turlariga keng jalb qilish orqali 2021-yilda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilar qamrovini hozirgi 19 foizdan 25 foizga yetkazish.

Yil davomida

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Ijrochilar mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

aholining barcha qatlamlarini qamrab oladigan ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazish;

aholini ommaviy yugurishga jalb etish yuzasidan “Samarqand Nalf marathon”, “Yangi nafas marafon”, “Navruz marathon”, “Save Aral” marafon (yarim marafon)larni;

yoshlar o‘rtasida olimpiya harakatini rivojlantirish maqsadida 23-iyun — Xalqaro olimpiya kuniga bag‘ishlab “Olimpiya harakati” sport festivalini;

aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida “Milliy qadriyatlarimiz — beqiyos boyligimiz” shiori ostida “Navro‘z” umumxalq bayrami arafasida milliy sport turlari va xalq o‘yinlari bo‘yicha barcha hududlarda sport festivalini;

mahalla yoshlari o‘rtasida “Charm to‘p — 2021” futbol musobaqalarini;

davlat organlari va tashkilotlari xodimlari o‘rtasida “Bosh vazir kubogi”, “Hokim kubogi”, “Rahbar kubogi” kabi sport musobaqalarini o‘tkazish nazarda tutiladi.

208.

Aholi salomatligini mustahkamlash, inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan samarali jismoniy tarbiya tizimini yaratish hamda hayotga tatbiq etish maqsadida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini o‘tkazish va rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish.

2021-yil 20-may

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasi asosida, ijrochilar mablag‘lari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarining o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha Respublika va hududiy komissiyalar tarkibini tasdiqlash;

sport sinovida g‘olib bo‘lgan fuqarolarga sport razryadlari, unvonlari, “Temurbeklar maktabi” ga imtiyozli kirishhuquqini berish berish;

safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat uchun to‘lovlar bo‘yicha 50 foizli chegirma berish;

dam olish maskanlari va sanatoriylarga bepul yo‘llanmalar taqdim etish nazarda tutiladi.

209.

Sportning yurish, yugurish, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol va “Workout” (mahalla va ko‘cha fitnesi) turlarini ommaviylashtirish va rivojlantirish maqsadida aholi punktlarida, har bir mahalla va tuman (shahar)da jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanishga shart-sharoitlar yaratish.

Yil davomida

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

104 000 mln. so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

sportning yurish va yugurish turlarini ommalashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturlarni tasdiqlash;

hududlarda mini-futbol, badminton, stritbol, “Workout” (mahalla va ko‘cha fitnesi) bo‘yicha sport maydonchalarini barpo etish parametrlarini tasdiqlash nazarda tutiladi.

210.

Jismoniy tarbiya va sport muassasalari hamda 16 mingta maktabgacha ta’lim va umumta’lim muassasalarini sport jihozlari bilan ta’minlash.

Yil davomida

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

100 000 mln. so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari, Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasi asosida

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

har bir davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga 2 million so‘mlik, umumta’lim muassasasiga 5 million so‘mlik birlamchi sport jihozlari yetkazib berish;

sport muassasalarini zamonaviy sport jihozlari bilan ta’minlash nazarda tutiladi.

211.

Tokio shahri (Yaponiya)da o‘tkaziladigan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish va unda munosib ishtirok etish uchun zarur choralarni ko‘rish.

2021-yil 20-iyul

Milliy olimpiya qo‘mitasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

180 000 mln. so‘m

Davlat budjeti

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan sportchilarning yakuniy ro‘yxatini va O‘zbekiston delegatsiyasi ro‘yxatini shakllantirish;

ishtirokchilarni zarur sport jihozlari, ekipirovka va ustki kiyim-bosh bilan ta’minlash;

O‘zbekiston delegatsiyasining ishtirokini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan barcha moliyaviy va tashkiliy masalalarni hal qilish nazarda tutiladi.

212.

2025-yilda O‘zbekistonda yoshlar o‘rtasidagi IV yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazishga puxta tayyorgarlik ko‘rish.

Yil davomida

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, MTRK

Hisob-kitoblarga asosan

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasi asosida, homiylar mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazishni tashkil etish uchun munosib infratuzilmani yaratish maqsadida musobaqalarni o‘tkazish bo‘yicha respublikada mavjud bo‘lgan sport inshootlari, logistika, transport va mehmonxona infratuzilmalarini o‘rganish, xatlovdan o‘tkazish hamda Osiyo Olimpiya Kengashi va xalqaro sport federatsiyalari talablariga muvofiq yangilarini barpo etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

Osiyo Olimpiya Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan yoshlar o‘rtasida Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlikning bosh rejasini tuzish;

Osiyo Olimpiya Kengashi talablariga asosan mazkur yoshlar o‘rtasida Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritiladigan sport turlarini saralab olish va o‘yinlar dasturini ishlab chiqish;

yoshlar o‘rtasida Osiyo o‘yinlari g‘oya va qadriyatlarini targ‘ib etishga qaratilgan reklama tadbirlarini o‘tkazish, axborot bilan ta’minlash, marketing dasturlarini amalga oshirish;

yoshlar o‘rtasida Osiyo o‘yinlariga homiylarni jalb etish;

yoshlar o‘rtasida Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ishlari borishini OAV orqali, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘ida keng yoritilishini tashkil etish nazarda tutiladi.

213.

“Ipak yo‘li durdonasi” Toshken� xalqaro kino festivalini tashkil etish.

2021-yil 20-avgust

“O‘zbekkino” Milliy agentligi, Toshkent shahar hokimligi, vazirlik va idoralar

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti, homiy va hamkorlar mablag‘lari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

Toshkent xalqaro kinofestivalini yuqori saviyada tashkil etish, o‘zbek kinosini dunyoga tanitish, xorijiy kinokompaniyalarni mamlakatga jalb etish hamda kinematografiya sohasida o‘zaro almashinuvni kengaytirish;

festival tashkiliy qo‘mitasi tarkibi va nizomini tasdiqlash;

tadbir doirasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani o‘tkazish;

ommaviy axborot vositalarida festival doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarni keng yoritish nazarda tutiladi.

214.

Alisher Navoiy asarlarining bugungi yoshlar tushunadigan ixcham namunalarini yaratib, turli mobil ilova va elektron dasturlar ishlab chiqish.

Yil davomida

Yoshlar ishlari agentligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi

Hisob-kitoblarga asosan

Tashkilotchilar mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

mobil ilova va elektron dasturlar ishlab chiqish uchunadabiyotshunos va navoiyshunos olimlardan iborat Ishchi guruh tashkil etish;

Alisher Navoiy asarlari ro‘yxatini shakllantirish;

Alisher Navoiy asarlarining bugungi yoshlar tushunadigan ixcham variantlarini yaratish;

Alisher Navoiy asarlari asosida mobil va elektron dasturlarni ishlab chiqish nazarda tutiladi.

215.

Atoqli shoir va adiblar Abdulla Oripov, O‘tkir Hoshimov, buyuk san’atkor Botir Zokirovning yubiley sanalarini nishonlash bo‘yicha belgilangan tadbirlarni aholi, avvalambor, yoshlar xotirasida yorqin iz qoldiradigan darajada, chinakam adabiyot va san’at bayramlari sifatida o‘tkazish maqsadida “Abdulla Oripov izdoshlari”, “O‘tkir Hoshimov asarlari bilimdoni”, “Botir Zokirov san’ati davomchilari” ko‘rik-tanlovlarini tashkil etish.

Yil davomida

Yozuvchilar uyushmasi, Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Hamkor tashkilotlar mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

“Abdulla Oripov izdoshlari”, “O‘tkir Hoshimov asarlari bilimdoni”, “Botir Zokirov san’ati davomchilari” ko‘rik-tanlovlari rejasini ishlab chiqish;

tanlovlarning tuman, shahar, viloyat va respublika bosqichlarini yuqori saviyada o‘tkazish;

tanlov g‘oliblarini munosib taqdirlash nazarda tutiladi.

216.

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab “Buyuk o‘zbek yo‘li” nomli maqolalar to‘plami, “Kelajakka boshlaydi ishonch” nomli she’riy asarlar majmuasi, “Orzular xiyoboni” nomli nasriy asarlar to‘plamlarini nashrga tayyorlash va chop etish.

2021-yil 20-avgust

Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi

Hisob-kitoblarga asosan

Homiy tashkilotlar mablag‘lari, “Ilhom” jamoat fondi mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar, shu jumladan so‘nggi to‘rt yil davomida barcha sohalarni tubdan isloh qilish, erkinlashtirish hamda to‘planib qolgan muammolarni hal etish, xalqimiz hayot darajasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar, erishilgan salmoqli natijalar aks ettirilgan asarlarni to‘plash;

asarlarni mutaxassislar tomonidan ko‘rib chiqish va saralash;

to‘plamlarni nashr etish hamda taqdimotlarini o‘tkazish nazarda tutiladi.

217.

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan jurnalistika sohasida “Eng ulug‘, eng aziz” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish.

2021-yil 20-avgust

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Madaniyat v�zirligi

Hisob-kitoblarga asosan

Tashkilotchilar mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan ushbu tanlovni “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” g‘oyasi ostida tashkil etish;

mazkur g‘oya aks etgan eng sara materiallar mualliflarini tantanali ravishda taqdirlash nazarda tutiladi.

218.

Madaniy meros obyektlarining hisobini yuritish, saqlash va himoyasini ta’minlash bo‘yicha dastur qabul qilish.

2021-yil fevral

Madaniyat vazirligi, YUNESKO ishlari bo‘yicha milliy komissiya, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar

-

-

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada:

barcha madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini qayta tarixiy-madaniy ekspertizadan o‘tkazish hamda ularning Milliy ro‘yxatni qayta shakllantirish;

Madaniy meros obyektlari elektron portalini yaratish, uni davlat elektron xizmatlari bilan integratsiya qilish;

davlat kadastr hujjatini rasmiylashtirish va davlat kadastrlari yagona tizimiga tegishli axborotlarni joylashtirish;

mahalliy hokimliklar, mahalla, ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilikni ishtirokini rag‘batlantirish hamda madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, ilmiy tadqiq etish va ommalashtirish ishlarini kuchaytirish;

chora-tadbirlarni amalga oshirishni moliyalashtirish manbalarini belgilash bo‘yicha 2021-2022-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash nazarda tutiladi.

219.

Xiva shahrida YUNESKO bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari chorrahasida” xalqaro anjumanini o‘tkazish.

2021-yil 20-avgust

YUNESKO ishlari bo‘yicha milliy komissiya, Madaniyat vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi,

vazirlik va idoralar

-

-

Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasi.

Loyihada Xiva shahrida YUNESKO bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari chorrahasida” xalqaro anjumanini o‘tkazish, shu jumladan mazkur tadbirni moliyalashtirish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar nazarda tutiladi.

220.

Toshkent shahrining qadimiy 12 ta darvozasini tiklash va turizm namoyishi obyektlariga kiritish choralarini ko‘rish.

2021-yil 1-iyun

Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi

Hisob-kitoblar asosida

Mahalliy budjet mablag‘lari, tashabbuskorlar va homiylar mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat vazirligi va Fanlar akademiyasi tomonidan Toshkent shahrining qadimiy 12 ta darvozalarning aniq belgilangan joylari, ularning ko‘rinishi va tarixi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish;

Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat vazirligi va Qurilish vazirligi tomonidan 12 ta darvozani tarixiy ko‘rinishlari asosida qayta tiklash;

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan qayta tiklangan 12 ta darvozalarni turizm namoyishi obyektlariga kiritish va turistlarni jalb qilishga qaratilgan choralarni amalga oshirish nazarda tutiladi.

4.5. Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish

221.

Maktabga tayyorlov tizimi bilan 560 ming nafar 6 yoshli bolalarni yoki ularning 82 foizini qamrab olish.

2021-yil 1-noyabr

Maktabgacha ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari

159 mlrd. so‘m

Davlat budjet mablag‘lari, Xalqaro moliya institutlari budjet mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlarini tashkil etish;

to‘liq kunlik tayyorlov guruhlarini tashkil etish;

qisqa muddatli tayyorlov guruhlarini tashkil etish orqali qamrovni oshirish nazarda tutiladi.

222.

Bolaning ilk rivojlanishiga xizmat qiladigan maktabgacha ta’limning muqobil shakllarini yanada kengaytirish.

Yil davomida

Maktabgacha ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Hisob-kitoblarga asosan

Xalqaro moliya institutlari, Jahon banki, YUNISEF mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

“Aqlvoy” loyihasi doirasida respublikadagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘l�agan hamda qamrov ko‘rsatkichlari past bo‘lgan hududlarda 4,7 mingdan ortiq bolalarni qamrab oladigan qayta jihozlangan 49 ta Isuzu avtobuslari negizida 294 ta guruhlarni shakllantirish hamda 98 ta bolalar maydonchasini tashkil etish orqali mobil guruhlar tarmog‘ini kengaytirish;

BMTning Xalqaro bolalar fondi YUNISEF tashkiloti bilan hamkorlikda maktabgacha ta’limning “Turli xil yoshdagi maktabgacha ta’lim guruhlari” (o‘yin guruhlari) muqobil shaklini Namangan viloyatining Kosonsoy, To‘raqo‘rg‘on, Chust va Norin hamda Xorazm viloyatining Bog‘ot va Qo‘shko‘pir tumanlarida joriy etish nazarda tutiladi.

223.

YUNISEF hamda Jahon banki bilan hamkorlikda imkoniyati cheklangan bolalar uchun maktabgacha ta’limni uyda berish modelini joriy qilish.

2021-yil 1-noyabr

Maktabgacha ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

4,5 mln. AQSh dollari

Jahon banki, YUNISEF

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Jahon banki bilan hamkorlikda Respublikaning chekka hududlaridagi 7 yoshgacha bo‘lgan alohida ta’�imga ehtiyoji mavjud bolalar, jumladan talaffuzida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun “Uyga tashrif” maktabgacha ta’limning muqobil shaklini joriy qilish, bunda:

maktabgacha ta’limning muqobil shaklini o‘tkazish uchun hududlarni aniqlash;

alohida ta’limga ehtiyoji mavjud bolalar uchun pedagoglarni tanlab olish;

tanlab olingan pedagoglar uchun ta’lim jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha seminarlar o‘tkazish;

alohida ta’limga ehtiyoji mavjud bolalar uyiga tashrifni tashkil etish;

bolalarni boshlang‘ich ta’limga tayyorlash bo‘yicha maktabgacha ta’limning muqobil shakli sifatida “Ilk rivojlanish markaz”lari faoliyatini tashkil etish nazarda tutiladi.

224.

Maktabgacha ta’lim tizimiga xususiy sektor mablag‘larini ko‘proq jalb qilish va budjetdan subsidiya berish hisobidan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olingan bolalar ulushini 25 foizgacha yetkazish.

Yil davomida

Maktabgacha ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi

600 mlrd. so‘m

Davlat budjeti, Xorijiy moliya institutlaridan jalb etiladigan kredit resurslari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

respublikaning barcha hududlarida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida 40 ta nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish, olis va aholisi tarqoq joylashgan hududlarda esa 2000 ta oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish;

davlat-xususiy sheriklik asosida yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun xalqaro moliya institutlarining grant va boshqa mablag‘larini jalb qilish imkoniyatlarini topish;

nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini rivojlantirish maqsadida oilaviy bog‘chalar hamda davlat-xususiy sheriklik uchun ajratilgan 600,0 mlrd. so‘m miqdorda subsidiyalardan samarali foydalanish;

nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini rivojlantirish orqali 54 000 qo‘shimcha quvvat hamda 4 400 yangi ish o‘rinlarini yaratish nazarda tutiladi.

225.

Umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv dasturini bosqichma-bosqich joriy etish.

2021-yil 1-sentabr

Xalq ta’limi vazirligi, vazirlik va idoralar

Hisob-kitoblarga asosan

-

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

milliy o‘quv dasturi loyihasini xalqaro tajribadan kelib chiqib, xalqaro ekspertlar va amaliyotchi o‘qituvchilarning takliflari asosida takomillashtirish;

milliy o‘quv dasturiga mos ravishda yangi avlod darsliklarini o‘qituvchining metodik qo‘llanmasi, o‘quvchiningmashq daftari va multimedia ilovasi bilan birga kompleks tarzda yaratish va nashr etish;

o‘quvchilarni kelgusi hayotga tayyorlash va ularga o‘z bilim va ko‘nikmalaridan amaliyotda foydalanishni o‘rgatuvchi malaka talablarini sinflar kesimida ishlab chiqish nazarda tutiladi.

226.

Fizika fanini ilm-fan sohasining ustuvor yo‘nalishi sifatida rivojlantirish bo‘yicha ilmiy izlanishlar ko‘lamini oshirish va jahonning yetakchi ilmiy tashkilotlariga yosh olimlarni qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish, stajor-tadqiqotchilik va doktorantura uchun maqsadli kvotalar ajratish.

2021-yil 1-may

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralar

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida fizika fanini rivojlantirish, yangi ilmiy hajmdor mahsulotlarni yaratish, ilmiy maktablarni jonlantirish maqsadida davlat buyurtmasi talablariga muvofiq amaliy va innovatsion loyihalar tanlovlarini e’lon qilish;

fizika sohasida faoliyat yuritayotgan yosh olimlarni ilmiy stajirovkalarga yuborishni tashkil etish;

respublika va hududlarda nazariy fizikani rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratish;

fizika sohasidagi ilmiy tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;

fizika sohasida ilmiy darajali kadrlarni maqsadli tayyorlashda stajor-tadqiqotchilik va doktorantura uchun qabul kvotalarini shakllantirish.

227.

Chet tillarini o‘qitish tizimini takomillashtirish.

2021-yil 1-may

Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Davlat test markazi

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari va boshqa mablag‘lar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

chet tillaridan bakalavriat yo‘nalishidagi kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish;

chet tillaridan tan olingan xalqaro sertifikatlarning ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqish;

bosqichma-bosqich chet tili (ingliz, fransuz, nemis, rus) fanlaridan maktab dasturlarini qayta ko‘rib chiqish va zamonaviy darsliklarni yaratish;

xorijdan ingliz va rus tili o‘qituvchilarini jalb qilish nazarda tutiladi.

228.

Pedagog xodimlarga malaka toifasini berish tizimini qayta ko‘rib chiqish, shaffoflik va avtomatlashtirish asosidagi yangi tizimni joriy qilish.

2021-yil 20-iyul

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi

-

-

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada:

toifa berishda o‘qituvchining fan bo‘yicha malaka va ko‘nikmalari hamda psixologik tayyorgarligini yagona mezon �ifatida kiritish;

malaka toifasi berish yoki bermaslikning va amaldagi pedagogning portfoliosi orqali ish samaradorligini baholash mexanizmini bekor qilish;

yig‘ma jild orqali hujjat topshirish tizimini bekor qilish;

attestatsiyadan o‘tishga talabgor pedagog hujjatlarini maxsus portalda onlayn tarzda mustaqil ravishda topshirish mexanizmini yaratish;

toifa bo‘yicha sertifikatni onlayn generatsiya qilish va pedagog o‘z sertifikatini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektron shaklda yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali olish imkoniyatini yaratish;

uzoq muddatli uzluksiz stajga va oliy malaka toifasiga ega pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazmasdan ularning oliy malaka toifasini saqlash;

onlayn malaka toifa sertifikatlar bazasini UzASBO va Maktab boshqaruv (ERP) dasturlari bilan integratsiya qilish nazarda tutiladi.

229.

Yagona “Elektron ta’lim” tarmog‘ini joriy qilish.

Yil davomida

Xalq ta’limi vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, Moliya vazirligi

98 mlrd. so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

optik tolali yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmog‘i liniyalari olib borilgan umumta’lim muassasalarining telekommunikatsiya infratuzilmasini (Wi-Fi va ichki lokal tarmoqni) yaratish;

3200 ta umumta’lim maktablarini qamrab olish va kelgusi yillarda davom ettirish;

yagona “Elektron ta’lim” tarmog‘ini yaratish, joriy qilish va uni boshqarish;

kompyuter uskunalari va yagona “Elektron ta’lim” tarmog‘ini texnik qo‘llab-quvvatlash;

elektron kontentni ishlab chiqish va ularni yangilab borish;

rahbar va pedagog xodimlarning AKT bo‘yicha savodxonligini oshirish hamda sertifikatlash tizimini joriy etish nazarda tutiladi.

230.

Ta’lim sifati past maktablarda ta’lim sifatini oshirish va ijobiy tajribani keng tarqatish maqsadida pedagog-o‘qituvchilarni muddatli shartnoma asosida boshqa tuman va viloyatlarga mehnat faoliyatini olib borish uchun yuborish.

2021-yil 20-avgust

Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

ta’lim sifati past maktablarni aniqlash mezonlarini ishlab chiqish;

jalb qilinadigan o‘qituvchi-pedagoglar uchun talablarni ishlab chiqish;

boshqa tumandagi maktabga borib dars beradigan o‘qituvchilar maoshiga 50 foiz, boshqa viloyatga borib dars beradigan o‘qituvchilar maoshiga — 100 foiz ustama haq to‘lash tartibini belgilash nazarda tutiladi.

231.

Alohida e’tiborga muhtoj 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ta’lim olishi, aniq bir kasbni egallashi uchun ko‘maklashish.

2021-yil 20-iyun

Xalq ta’limi vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, vazirlik va idoralar

-

-

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada:

mas’ul vazirliklar va idoral�r vakillaridan iborat ishchi guruhni tuzish;

mazkur yo‘nalishga oid xorijiy davlatlar tajribasini tahlil qilish;

alohida e’tiborga muhtoj 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ta’lim olishi, aniq bir kasbni egallashi uchun ko‘maklashish mezonlarini belgilash nazarda tutiladi.

232.

Oliy ta’limning qamrovi va sifatini yanada oshirish, jumladan 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga ajratiladigan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarini kamida 25 foizga oshirish, ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar sonini 2 barobarga ko‘paytirib, 2 mingtaga yetkazish.

2021-yil 20-aprel

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar

Hisob-kitoblar asosida

Davlat budjeti mablag‘lari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi.

Loyihada:

2021/2022 o‘quv yili uchun o‘qishga qabul qilishda davlat granti asosidagi davlat buyurtmasi parametrlarini 2020/2021 o‘quv yiliga nisbatan 25 foizga oshirilgan holda belgilash;

2021/2022 o‘quv yili uchun qabul parametrlarini shakllantirishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun alohida davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarini 2 barobarga ko‘paytirish (2 mingtaga yetkazish) nazarda tutiladi.

233.

Xususiy oliy ta’lim muassasalariga ham ehtiyoj yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlarni tayyorlashni nazarda tutuvchi davlat buyurtmasi parametrlarini berish tizimini yo‘lga qo‘yish.

2021-yil 20-aprel

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, vazirlik va idoralar

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablag‘lari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi.

Loyihada:

2021/2022 o‘quv yili uchun qabul parametrlarini shakllantirishda ehtiyoj yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlarni tayyorlashni nazarda tutuvchi davlat granti parametrlarini kiritish;

mazkur buyurtmaga asosan xususiy oliy ta’lim muassasalariga qabul ko‘rsatkichlarini shakllantirish nazarda tutiladi.

234.

Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim tizimining quyi bo‘g‘inlari o‘rtasidagi uzviylikni kuchaytirish maqsadida 65 ta akademik litseylarning oliy ta’lim muassasalari bilan uzviy bog‘lanishini ta’minlash, 187 ta texnikumni o‘z yo‘nalishi bo‘yicha turdosh oliy ta’lim muassasalari va tarmoq korxonalariga biriktirish.

2021-yil 1-iyun

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.

Loyihada:

texnikumlarni o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha turdosh oliy ta’lim muassasalari hamda tarmoq korxonalariga biriktirish;

o‘quvchilarning tegishli o‘quv mashg‘ulotlari va amaliyotlarini biriktirilgan korxonalarda tashkil etish;

tarmoq korxonalari tomonidan zarur shart-sharoitlarni yaratish hamda bitiruvchilarni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashtirish choralarini ko‘rish;

ilg‘or xorijiy tajriba asosida akademik litseylarning o‘quv-metodik hujjatlarini oliy ta’lim muassasalari tomonidan ishlab chiqish va tasdiqlash nazarda tutiladi..

235.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yoshlar uchun Prezident grantini joriy etish.

2021-yil 1-aprel

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Davlat test markazi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablag‘lari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

Prezident granti sohibi bo‘lgan talabaga o‘qishni bitirguniga qadar amaldagi Prezident stipendiyasi miqdoriga teng bo‘lgan Prezident granti stipendiyasini to‘lash;

o‘quv semestri yakuni bo‘yicha barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi “a’lo” baho bo‘lib, bitta fandan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi “a’lo” baho bo‘lmaganda, ushbu toifadagi talabalarga kelgusi semestrlar mobaynida Prezident granti stipendiyasi berilmasligi;

yoshlarda o‘z ustida mustaqil ishlash ko‘nikmalarini hosil bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash nazarda tutiladi.

236.

Magistratura va doktoranturada o‘qiyotgan iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi kvotalari sonini kamida ikki barobarga oshirish hamda O‘zbekistondagi xorijiy va qo‘shma oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichi talabalari uchun Prezident va davlat stipendiyalarini joriy etish.

2021-yil 10-iyul

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Moliya vazirligi

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablag‘lari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi kvotalarini ikki barobarga oshirish;

O‘zbekistondagi xorijiy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichi talabalari uchun Prezident va davlat stipendiyalarini joriy etish nazarda tutiladi.

237.

Oliy ta’lim muassasasida ikki va undan ortiq farzandi shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalarga ta’lim krediti berish tartibini joriy etish.

2021-yil aprel

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Markaziy bank, Moliya vazirligi

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablag‘lari

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada:

talabalarning o‘qish davri tugab ishga joylashgandan so‘ng kreditni qaytarish;

davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tijorat banklariga kreditlar uchun maqsadli resurslar ajratishni ta’minlash nazarda tutiladi;

to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar va ularning ota-onalariga qo‘shimcha moliyaviy yordam berish imkoniyatlarini yaratish nazarda tutiladi.

238.

Respublikadagi 30 ta yetakchi davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, qabul kvotasi va moliyaviy masalalarni mustaqil hal qilish huquqini berish.

2021-yil 20-oktabr�

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Moliya vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar

-

-

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.

Loyihada:

akademik va moliyaviy mustaqillik beriladigan oliy ta’lim muassasalarini aniqlash;

amalda o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalariga berilgan vakolatlar va huquqlarni qayta ko‘rib chiqish;

oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati, uning moddiy-texnik bazasi imkoniyatlarini inobatga olib talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarini belgilash;

yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini ochish;

o‘quv dasturlarini mustaqil ishlab chiqish;

2022-yil 1-yanvardan boshlab akademik va moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalari sonini 30 taga yetkazish nazarda tutiladi.

239.

Nufuzli xorijiy universitetlar, ilmiy va innovatsion markazlar bilan aloqalarni kuchaytirish, ular bilan kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirish.

Yil davomida

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, oliy ta’lim muassasalari, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar, “El-yurt umidi” jamg‘armasi

Oliy ta’lim muassasalari mablag‘lari, xorijiy hamkorlar grantlari, “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

15 000 mln. so‘m

Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalar o‘rnatish, shuningdek, Yevropa Ittifoqining ta’lim dasturlari doirasida hamkorlikni kengaytirish;

5 000 mln. so‘m

Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Rossiya Federatsiyasi, Belarus va Hindiston davlatlarining yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan “mahorat darslari”, ma’ruza o‘qish, qo‘shma nashrlar tayyorlash maqsadida ta’lim va ilm-fan almashinuvlarini amalga oshirish hamda nufuzli xorijiy ol�y ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida kadrlar tayyorlashni kengaytirish nazarda tutiladi.

240.

Iqtidorli yoshlar va ilmiy izlanuvchilar uchun oliy ta’lim muassasalari orasida faoliyat yuritadigan innovatsion o‘quv-ilmiy markaz tashkil etish.

2021-yil 20-iyul

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Qurilish vazirligi

Hisob-kitoblarga asosan

Oliy ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi, Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

Toshkent davlat texnika universiteti huzurida oliy ta’lim muassasalari orasida faoliyat yuritadigan innovatsion o‘quv-ilmiy markazni tashkil etish;

markazni zarur asbob-uskunalar hamda laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash;

yoshlar va ilmiy izlanuvchilar tomonidan ilmiy va innovatsion faoliyatni olib borish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish nazarda tutiladi.

241.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Samarqand, Navoiy, Sirdaryo, Toshkent viloyatlarida Yoshlar texnoparklari faoliyatini tashkil etish.

Yil davomida

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti hamda tegishli viloyatlar mahalliy budjetlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Innovatsion rivojlanish vazirligi muassisligidagi Yoshlar texnoparklarini tashkil etish;

texnoparklar bino va inshootlarini qurish, jihozlar hamda loyiha ishlarini amalga oshirish;

texnoparklar bino va inshootlarini qurish, qayta ta’mirlash va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash xarajatlarini Innovatsion rivojlanish vazirligi hisobidan amalga oshirish;

texnoparklar tashkil etilganida� boshlab uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash, bino va inshootlarini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek, joriy xarajatlarini qoplash tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti hamda viloyatlar mahalliy budjetlari hisobidan amalga oshirish nazarda tutiladi.

242.

Muqobil energetika hamda elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika sohasidagi ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oshirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish.

2021-yil 20-may

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Energetika vazirligi, “O‘zeltexsanoat” AJ, Moliya vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada:

muqobil energetika hamda elektrotexnika sanoatini rivojlantirish maqsadida sohaga yuqori malakali mutaxassislar, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘yicha maqsadli kompleks dasturni ishlab chiqish va amaliyo�ga joriy etish;

O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot institutida “Mikroelektronika va elektrotexnika materialshunosligi” va “Muqobil energiya manbalari” ilmiy laboratoriyalarini tashkil etish va jihozlash;

institutning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jumladan bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish;

yuqori sinf maktab o‘quvchilarini ilm-fanga, iqtidorli talabalar va doktorantlarni sohaga oid ilmiy tadqiqotlarga faol jalb etishga shart-sharoitlar yaratish, ularning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash nazarda tutiladi.

243.

Fizika bo‘yicha o‘quvchilar o‘rtasida Ahmad Al-Farg‘oniy nomidagi xalqaro fan olimpiadasini tashkil etish.

2021-yil may

Xalq ta’lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi

Hisob-kitoblarga asosan

Ijrochilar mablag‘lari, davlat budjeti, oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari

Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi bayoni loyihasi.

Loyihada olimpia�ani joriy yil 4-choragida tashkil etish, musobaqaga xorijiy terma jamoalarni taklif etish masalalari nazarda tutiladi.

V. XAVFSIZLIK, MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAG‘RIKENGLIKNI TA’MINLASh, ShUNINGDEK, VAZMIN, O‘ZARO FOYDALI VA KONSTRUKTIV TAShQI SIYOSATNI AMALGA OShIRISh SOHASIDAGI USTUVOR YO‘NALIShLAR

5.1. Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar

244.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qo‘llanilishini rejalashtirish tartibini takomillashtirish.

Yil davomida

Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qo‘llanilishini rejalashtirish asoslari, tartibi, ta’minot choralari, vazirlik va idoralarning vakolatlarini belgilash, fuqarolar va tashkilotlarning huquq va majburiyatlarini aniqlashtirish nazarda tutiladi.

245.

O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy hamkor davlatlar Qurolli Kuchlari o‘rtasida ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish.

Yil davomida

Mudofaa vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, vazirlik va idoralar

Hamkor davlatlar bilan kelishuv asosida

Tomonlarning mudofaa vazirliklari mablag‘lari

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda xorijiy hamkor davlatlar bilan hamkorlikdagi o‘qishlarda (treninglarda) ishtirok etish, harbiy ta’lim va sport sohalarida keng hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ushbu yo‘nalishlardagi turli tadbirlarda ishtirok etish nazarda tutiladi.

246.

O‘zbekiston Respublikasining “Favquloddagi holat to‘g‘risida”gi Qonunini qabul qilish.

2021-yil 1-noyabr

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Vazirlar Mahkamasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan favqulodda holat sohasidagi hamkorligi davlat organlari tomonidan xalqaro shartnomalar va qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi;

favqulodda holatni joriy etishda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan normalar, favqulodda holatni joriy etish asoslari va tartibi;

favqulodda holatda qo‘llaniladigan choralar va cheklovlar, ushbu davr uchun joriy etiladigan maxsus davlat boshqaruvi organlari, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari kafolatlari hamda boshqa maxsus qoidalar nazarda tutiladi.

247.

Yong‘in xavfsizligini ta’minlash tizimining samaradorligini tubdan oshirish.

2021-yil 1-mart

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Energetika vazirligi, Qurilish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

-

-

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi.

Loyihada:

yong‘in xavfsizligini ta’minlashning yangi tizimini joriy etish, sohaning moddiy-texnik bazasini va kadrlar salohiyatini tubdan mustahkamlash;

aholi xonadonlarini metan, propan va is gazini barvaqt aniqlaydigan, xabar beradigan va gazni tarmoqdan klapan orqali uzib qo‘yadigan gazoananilizatorlar bilan ta’minlashni tashkil etish;

yangi turar joy majmualari qurilgan, ma’muriy markazdan uzoqda joylashgan hamda yong‘inlarni tezkor bartaraf etish imkoniyati cheklangan hududlarda qo‘shimcha ajratiladigan shtat birliklari hisobiga yong‘in-qutqaruv qismlari (postlari)ni tashkil etish;

yong‘in xavfsizligini ta’minlash tizimining samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash;

yong‘in-qutqaruv sportini rivojlantirish va ommalashtirish nazarda tutiladi.

248.

BMTning Markaziy Osiyoda Global aksilterror strategiyasini amalga oshirish natijalarini muhokama qilishga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyani o‘tkazish.

2021-yil 30-noyabr

Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Tashqi ishlar vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi loyihasi.

Loyihada:

Toshkentda bo‘lib o‘tadigan xalqaro konferensiyaning tashkiliy masalalarini hal qilish;

konferensiyada “Global aksilterror strategiyani amalga oshirish bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlarining qo‘shma harakat rejasi”ni amalga oshirish natijalari va o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilish nazarda tutiladi.

249.

Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT) bilan hamkorlikni kengaytirish.

2021-yil 15-iyun

Inson huquqlari milliy markazi, Tashqi ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Chora-tadbirlari rejasi.

Rejada:

Xalqaro migratsiya tashkiloti Bosh direktorining O‘zbekistonga tashrifini tashkillashtirish;

2022-2023-yillarda hamkorlik bo‘yicha dasturi imzolanishini tashkil qilish;

Toshkentda Xalqaro migratsiya tashkiloti vakolatxonasi ochilishini tashkil qilish;

2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni faollashtirish, mehnat migrantlarini ijtimoiy himoya qilishda kafolatlangan tenglik mezonlariga erishish nazarda tutiladi.

250.

Orol dengizi halokati oqibatida yuzaga kelgan ekologik fojialar ta’sirini yumshatishga qaratilgan amaliy harakatlarni qat’iy davom ettirish.

Yil davomida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Davlat ekologiya qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Suv xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralar

Respublika budjeti mablag‘lari Orolbo‘yi mintaqasida inson xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘p tomonlama Trast fondi, homiylar va mas’ul ijrochilar mablag‘lari

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

200 mlrd. so‘m

Orolbo‘yi hududlarida amalga oshirilayotgan ulkan qurilish va obodonchilik ishlarini izchil davom ettirish;

Hisob-kitoblarga asosan

BMT bilan hamkorlikda tuzilgan Orolbo‘yi mintaqasida inson xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘p tomonlama Trast fondi doirasidagi amaliy ishlarni yanada kuchaytirish nazarda tutiladi.

251.

Atrof-muhitning ifloslanish darajasi holatini baholash mexanizmlarini takomillashtirish.

2021-yil 1-aprel

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, O‘zgidromet, vazirlik va idoralar

Dasturda belgilangan budjet doirasida

Davlat budjeti mablag‘lari, Davlat ekologiya qo‘mitasining budjetdan tashqari mablag‘lari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

2021 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhit monitoringi dasturini tasdiqlash;

korxonalarda atrof-muhitning ifloslanish manbalari monitoringi va davlat ekologik nazoratini o‘rnatish;

atrof-muhit monitoringi tizimining ishlash sifatini oshirish;

atrof-muhitning ifloslanish darajasi holatini muntazam baholash va prognoz qilishni ta’minlash nazarda tutiladi.

252.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maydonini kengaytirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning hududlarida ekoturizmni rivojlantirish.

2021-yil 1-dekabr

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Moliya vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Davlat soliq qo‘mitasi qoshidagi Kadastr agentligi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

3400 mln. so‘m

Davlat ekologiya qo‘mitasining budjetdan tashqari mablag‘lari

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.

Loyihada:

“Markaziy Qizilqum” milliy tabiat bog‘i, “Oqtog‘ (Tomdi)” davlat qo‘riqxonasini tashkil etish;

“Janubiy Ustyurt”, “Markaziy Qizilqum” milliy tabiat bog‘lari, Sudochye-Akpetki davlat buyurtma qo‘riqxonasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ekoturizmni rivojlantirish �azarda tutiladi.

253.

Iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining uzoq muddatli davlat siyosatini ishlab chiqish.

2021-yil 1-sentabr

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), O‘zgidromet, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

-

-

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi.

Loyihada:

O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilgacha bo‘lgan iqlim o‘zgarishi oqibatlariga qarshi kurash strategiyasini tasdiqlash;

iqlim o‘zgarishi oqibatlariga qarshi kurash bo‘yicha mintaqaviy strategiya loyihasini tayyorlash nazarda tutiladi.

254.

“Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi �sosida aholining mafkuraviy immunitetini mustahkamlash va islom dinining insonparvarlik mohiyatini targ‘ib qilish.

2021-yil 1-aprel

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, MTRK, vazirlik va idoralar

-

-

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada mutaassiblik, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy va targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish nazarda tutiladi.

255.

Xalqlar do‘stligi kunini belgilash.

2021-yil 1-aprel

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, Adliya vazirligi

-

-

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada 30-iyul — Xalqaro do‘stlik kunini yurtimizda “Xalqlar do‘stligi kuni” deb belgilash nazarda tutiladi.

256.

“Do‘stlik haftaligi” va “Do‘stlik” xalqaro forum-festivalini o‘tkazish.

2021-yil 30-iyul

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi

6000 mln. so‘m

Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi

Vazirlar Mahkamasining farmoyishi loyihasi.

Loyihada “Do‘stlik haftaligi” va xalqaro forum-festival O‘zbekiston Respublikasining millatlararo totuvlikni mustahkamlash sohasidagi obro‘sini yanada targ‘ib qilish bo‘yicha aniq tadbirlar nazarda tutiladi.

257.

Inson huquqlari sohasida jamoatchilik monitoringi tizimini shakllantirish.

2021-yil 30-iyun

Adliya vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Ombudsman, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida)

-

-

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

“Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga jamoatchilik nazoratining har bir shaklini amalga oshirish mexanizmlari va tartib-taomillarini belgilash;

inson huquq va erkinliklariga taalluqli xalqaro va milliy huquqiy normalarning amalga oshirilishini nazorat qilish bo‘yicha “jamoat inspektori”, “jamoat kuzatuvchisi”, “jamoat komissiyasi” institutlarini shakllantirish;

inson huquqlari sohasidagi qonunlar samaradorligini baholash va ilmiy asoslangan hamda chuqur o‘ylangan jamoatchilik monitoringi tizimini shakllantirish nazarda tutiladi.

5.2. Tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar

258.

O‘zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasini takomillashtirish.

2021-yil 1-dekabr

Tashqi ishlar vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada O‘zbekistonning ochiq va pragmatik tashqi siyosatini izchil amalga oshirish hamda belgilangan strategik rejalarning jadal ijrosini ta’minlash maqsadida Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasini takomillashtirish nazarda tutiladi.

259.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasida �o‘zlagan nutqida ilgari surilgan tashabbuslarni parlamentlararo darajada targ‘ib qilish.

2021-yil fevral

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida),Tashqi ishlar vazirligi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, vazirlik va idoralar

-

-

Oliy Majlis palatalari Kengashining qo‘shma qarori loyihasi.

Loyihada:

pandemiya davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to‘g‘risidagi xalqaro kodeksni qabul qilish;

Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda va inson huquqlarini ta’minlashda parlamentlar rolini oshirish to‘g‘risida BMT Bosh assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini tasdiqlash;

BMTning Global aksilterror strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha mintaqaviy qo‘shma harakatlar rejasi doirasida erishilgan natijalarga va o‘zaro hamkorlik istiqbollariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyani tashkil etish;

BMT huzurida Afg‘oniston bo‘yicha doimiy qo‘mita tuzish;

Orol dengizi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi deb e’lon qilish to‘g‘risida BMT Bosh assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini targ‘ib qilish nazarda tutiladi.

260.

Asosiy xorijiy sheriklar — Rossiya, Xitoy, AQSh, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Hindiston, Pokiston, Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa davlatlar bilan ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytirish, mazkur davlatlar bilan yangi, yanada samarali ish tizimini joriy etish.

Yil davomida

Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

mazkur xorijiy mamlakatlar bilan oliy va yuqori darajadagi delegatsiyalar almashuvini muntazam amalga oshirish;

xorijiy mamlakatlar bilan hukumatlararo va idoralararo qo‘shma komissiyalar va ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishlarini o‘tkazish;

xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy diplomatiyani faollashtirish;

hududlararo (mintaqalararo, shaharlararo) hamkorlikni o‘rnatish va rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni samarali tashkil etish chora-tadbirlari ko‘riladi.

261.

Xorijiy mamlakatlardagi O‘zbekiston mehnat migrantlariga xizmat ko‘rsatish, ularning huquq va manfaatlarini samarali himoya qilish tizimini tubdan rivojlantirish.

2021-yil mart

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Idoralararo chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy mamlakatlarda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qulay sharoitlarni yaratib berish, ularning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish, sog‘lig‘i va hayotini sug‘urtalash;

vakolatli davlat boshqaruvi organlari o‘rtasida idoralararo me’yoriy-huquqiy hujjat imzolash;

O‘zbekistonning chet eldagi konsullik idoralari faoliyatini takomillashtirish, xususan fuqarolarga ko‘rsatiladigan onlayn konsullik xizmatlarini kengaytirish, shu jumladan konsullik xizmatlari respublika idoralari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlashi va ma’lumotlar olishlari uchun tegishli tizimlar bilan integratsiya qilish;

mehnat migrantlari ko‘p bo‘lgan davlatlarda konsulxonalar va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxonalarini ochish nazarda tutiladi.

262.

Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatilishi va mazkur mamlakatning barqaror rivojlanishini ta’minlash yo‘lidagi global sa’y-harakatlarni faol qo‘llab-quvvatlash. Markaziy Osiyoni Hind okeani bilan bog‘laydigan Trans-afg‘on transport yo‘lagini barpo etish borasida aniq manzilli tadbirlarni amalga oshirish.

Yil davomida

Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Transport vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlik o‘rnatishga qaratilgan harakatlarni ikki va ko‘p tomonlama formatlarda ilgari surish;

Afg‘onistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, qayta tiklash jarayonlariga ko‘maklashish maqsadida BMT huzurida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi qo‘mita tashkil etish bo‘yicha BMT kotibiyati va a’zo davlatlar bilan muzokaralar o‘tkazish;

Markaziy Osiyoni Hind okeani bilan bog‘laydigan Trans-afg‘on transport yo‘lagini barpo etish borasida manzilli tadbirlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish;

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida parlamentlararo do‘stlik komissiyasini tuzish;

O‘zbekistonga Afg‘oniston parlamenti delegatsiyasi tashrifini tashkillashtirish nazarda tutiladi.

263.

Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalaridagi qo‘shni davlatlar bilan azaliy do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va o‘zaro ishonch ruhidagi aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyani yuqori darajada va samarali tashkil etish.

2021-yil 1-aprel

Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, vazirlik va idoralar

-

-

Vazirlar Mahkamasining farmoyishi loyihasi.

Loyihada:

2021-yil 20-21-may kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya konsepsiyasini ishlab chiqish;

konferensiyada xorijiy mamlakatlarning obro‘li vakillari ishtirokini ta’minlash;

tegishli tavsiyalar ishlab chiqish na�arda tutiladi.

264.

O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosatida iqtisodiy diplomatiyani faol ilgari surish.

Yil davomida

Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

respublikaning eksport salohiyatini yanada oshirish maqsadida tadbirkorlarga yangi xorijiy hamkorlar bilan aloqa o‘rnatishda ko‘maklashish;

hududiy loyihalarga xorijiy investorlarni keng jalb qilishga amaliy yordam berish;

xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning moliyaviy-texnik ko‘maklari va grantlarini jalb etish;

yurtimizning investitsiya imkoniyatlarini targ‘ib qilish hamda eksportga ko‘maklashish maqsadida xorijda turli tadbirlar o‘tkazish nazarda tutiladi.

265.

Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat departamenti va Mehnat vazirligining global odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish to‘g‘risidagi hisobotlarida O‘zbekiston Respublikasining mavqeyini yaxshilash bo‘yicha sa’y-harakatlar samaradorligini oshirish.

2021-yil 30-mart

Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha milliy komissiya, Tashqi ishlar vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Chora-tadbirlar rejasi.

Loyihada:

Davlat departamentining global odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha hisobotda O‘zbekistonning mavqeyini yaxshilash maqsadida AQSh tomonidan tavsiya etilgan takliflarni amalga oshirish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni olib borish;

AQSh Mehnat vazirligining hisobotida O‘zbekistonning mavqeyini yaxshilash bo‘yicha ishlarni jadallashtirish, hukumat rasmiylari va AQSh tahlil-tadqiqot markazlari O‘zbekistonning bolalar va majburiy mehnatni cheklash bo‘yicha amaliy harakatlari to‘g‘risida keng xabardor qilish nazarda tutiladi.

266.

Transchegaraviy hamkorlikda mahalliy vakillik organlarining rolini kengaytirish.

2021-yil 5-may

Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida), vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari, Tashqi ishlar vazirligi

-

-

Oliy Majlis Senati Kengashining qarori loyihasi.

Loyihada:

transchegaraviy hamkorlikning eng dolzarb masalalarini hal qilishda mahalliy hokimiyat vakillik organlari xalqaro faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;

qo‘shni hududlarning vakillik organlari o‘rtasidagi hamkorlikning yangi shakllari, usullari va mexanizmlarini ishlab chiqish nazarda tutiladi.

267.

Chet elda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va sayyohlik salohiyatini oshirish jarayonlariga faol jalb qilish.

2021-yil 10-may

Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi.

Loyihada:

vatandoshlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular bilan aloqalarni yanada mustahkamlash choralarini ko‘rish hamda ushbu maqsadga qaratilgan “Vatandoshlar” maxsus jamg‘armasini ta’sis etish;

chet ellarda O‘zbekiston Respublikasining ijobiy imijini shakllantirish va mustahkamlashga vatandoshlarni keng jalb qilish nazarda tutiladi.

268.

O‘zbekistonda gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni faollashtirish.

2021-yil 10-iyun

Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiya, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Adliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

-

-

Milliy harakatlar dasturi loyihasi.

Dasturda:

gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni faollashtirish:

“BMT-ayollar” tuzilmasi bilan o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirish;

O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirokida Milliy gender strategiyasini amalga oshirish masalalarini muhokama qilish bo‘yicha parlament forumini o‘tkazish nazarda tutiladi.

269.

O‘zbekiston Respublikasining 2021-2022-yillarda Shanxay hamkorlik tashkilotida raisligining ustuvor yo‘nalishlari va asosiy tadbirlarini ishlab chiqish.

2021-yil 15-iyul

Tashqi ishlar vazirligi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

ShHT doirasida iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, xalqaro terrorizm, ekstremizm va transchegaraviy jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish, tashkilot tomonidan qabul qilingan qarorlarning amaliy natijadorligini oshirish va a’zo davlatlar o‘rtasida gumanitar aloqalarni yanada mustahkamlash;

ShHT Xavfsizlik Kengashlari rahbarlari kengashining majlisi, ShHT davlatlari Tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisi, ShHT davlat rahbarlari kengashining majlisi va boshqa tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha choralarni amalga oshirish nazarda tutiladi.

270.

BMTning voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish uchun boshqaruv prinsiplari (Ar-Riyod boshqaruv prinsiplari) O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlari va dasturiy hujjatlarida amalda va tizimli aks ettirilishini inobatga olib, unga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish.

2021-yil 1-avgust

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha vakil, Bolalar huquqlari bo‘yicha vakil, vazirlik va idoralar

-

-

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi xalqaro normalarni milliy qonunchilikka tatbiq etish nazarda tutiladi.

271.

Xalqaro parlamentlararo tashkilotlar (EXHT Parlament Assambleyasi, MDH Parlamentlararo Assambleyasi, Turkiy tilli davlatlar Parlament Assambleyasi va boshqalar) bilan hamkorlikni faollashtirish.

2021-yil 1-may

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Tashqi ishlar vazirligi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, vazirlik va idoralar

-

-

Oliy Majlis palat�lari kengashlarining qo‘shma qarori loyihasi.

Loyihada:

xalqaro tashkilotlarda mas’ul va rahbarlik lavozimlariga mamlakatimiz vakillari nomzodlarini ilgari surish;

O‘zbekistonda yirik parlamentlararo tadbirlarni tashkil etish nazarda tutiladi.

272.

Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston bilan yaqin qo‘shnichilik aloqalarini mustahkamlash bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish.

2021-yil 1-mart

Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, vazirlik va idoralar

-

Belgilangan budjet mablag‘lari

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan ikki tomonlama va mintaqaviy aloqalarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish;

oliy va yuqori darajada o‘zaro tashriflarni tashkil etish;

“Xalq diplomatiyasi” mexanizmlaridan samarali foydalanish;

yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash yo‘lidagi m�vjud to‘siqlarni birgalikda hal etish;

savdo iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va tovar ayirboshlash hajmining o‘sishi va hamkorlikni mustahkamlash uchun qulay sharoitlar yaratish;

mintaqaning tranzit va logistika salohiyatidan samarali foydalanish va transport infratuzilmasining rivojlanishini ta’minlash;

Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqalari (shu jumladan chegara hududlari) o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirish nazarda tutiladi.

273.

Islom taraqqiyot banki (ITB) Boshqaruvchilari kengashi yillik anjumanini 2021-yil O‘zbekistonda o‘tkazish va unga tayyorgarlik ko‘rish.

2021-yil 15-aprel

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Bunda:

ITB yillik anjumanini o‘tkazish va unga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tadbirlarni belgilab berish;

tashkiliy qo‘mita va har bir ishchi guruhlarning vazifalarini belgilab berish nazarda tutiladi.

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-oktabrdagi PQ-5254-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2021-y., 07/21/5254/0933-son)