11.05.2001 yildagi 211-II-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“MUDOFAA TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISHLAR VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 3-iyulda qabul qilingan “Mudofaa to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 10, 398-modda) o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinmoqda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 11-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
211-II-son

O‘zbekiston respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MUDOFAA TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(yangi tahriri)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun mudofaani tashkil etishning hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini (bundan buyon matnda Qurolli Kuchlar deb yuritiladi) boshqarishning huquqiy asoslarini belgilaydi, mamlakat mudofaasini ta’minlashda davlat organlarining vakolatlarini, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar ishtirokini aniqlab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Mudofaa tushunchasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda mudofaa deganda O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilishni ta’minlashning siyosiy, iqtisodiy, harbiy, ijtimoiy-huquqiy, axborot, tashkiliy va boshqa tadbirlari majmui tushuniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Mudofaa to‘g‘risidagi qonunchilik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaa to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Mudofaa sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaa sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa davlatga qarshi harbiy kuch ishlatmaslik, tajovuzning oldini olish va uni daf etish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi tegishli shartnomalar bilan bog‘langan davlatlarga yordam ko‘rsatish hollari bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro huquq normalariga muvofiq ravishda kollektiv xavfsizlik tizimlarida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy-siyosiy bloklarda qatnashmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy qurilishning zamonaviy urushlar va qurolli mojarolarning xususiyatiga monand bo‘lishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yadroviy va boshqa turdagi yalpi qirg‘in qurollarini ishlab chiqarishni, qayta ishlashni, olishni, saqlashni, tarqatishni va joylashtirishni rad etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlarning, iqtisodiyotning, aholining, hududning tajovuzni daf etishga doim shay turishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mudofaaning yetarli darajada bo‘lishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmat sharafli ekanligini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. MUDOFAANI TASHKIL ETISH HAMDA QUROLLI KUCHLARGA RAHBARLIK QILISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Mudofaani tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaani tashkil etish quyidagilarni qamrab oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajovuzning oldini olish va qaytarishga, O‘zbekiston Respublikasiga tajovuzlardan uyushgan holda qurolli himoyalanishga qaratilgan zarur sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mudofaa sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, davlat harbiy tuzilishini zamonaviy talablarga muvofiq takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mudofaa vazifalarini hal etish uchun kerakli barcha kuchlar va vositalarning muvofiqlashtirib borilishini va hamkorlikda harakat qilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy-siyosiy vaziyat, milliy xavfsizlikka bo‘lgan aniq va potensial tahdidlar monitoringini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi urushga va qurolli mojarolarga tortilishining oldini olish yuzasidan siyosiy, iqtisodiy, harbiy, ijtimoiy-huquqiy, axborot, tashkiliy va boshqa chora-tadbirlar ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlarning qurilishi, tayyorgarligi, doim shay holda saqlab turilishi, ularning soni, tuzilishi va tarkibining maqbullashtirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlarni tegishli ravishda zamonaviy qurol-yarog‘lar, harbiy texnika, harbiy-texnikaviy va ashyoviy mol-mulklar, oziq-ovqat, boshqa moddiy-texnik vositalar, energetika va boshqa resurslar bilan ta’minlash, ularning zaxiralarini vujudga keltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlar qo‘llanilishini rejalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mudofaa vazifalarini hal etish uchun tashqi siyosiy yo‘nalishdagi chora-tadbirlarni ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini va hududni mudofaaga tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasining qo‘riqlanishi va himoyalanishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini, iqtisodiyot va hayot kechirish uchun zarur bo‘lgan obyektlarni yalpi qirg‘in qurollaridan muhofaza qilishga doir tadbirlarni o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlarning, mamlakat iqtisodiyotining, davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning, shuningdek aholining safarbarlik tayyorgarligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va safarbarlik zaxiralari uchun moddiy boyliklar zaxiralarini vujudga keltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mudofaaning ilmiy, ilmiy-texnikaviy, ma’rifiy, harbiy-sanoat, iqtisodiy, axborot va qonunchilik bazasini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini ma’naviy-axloqiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda Qurolli Kuchlar shaxsiy tarkibini davlatni himoya qilishga axloqiy-ruhiy jihatdan tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakat mudofaasini tashkil etishga doir boshqa tadbirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Qurolli Kuchlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlar urushlar va qurolli mojarolarni qaytarish hamda oldini olish, O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini, suvereniteti, hududiy yaxlitligini hamda aholining tinch hayotini himoya qilish uchun davlat tomonidan tashkil etilgan va saqlab turilgan harbiy birlashmalar, qo‘shilmalar va qismlarni, shuningdek boshqa harbiy tuzilmalarni o‘z ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlar o‘z faoliyatini qonun ustunligi, markazlashgan rahbarlik va yakkaboshchilik, jangovar va safarbarlik borasida doimiy shaylik hamda harbiy intizomga rioya etish asosida quradi va amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy obyektlar, binolar va inshootlar, qurol-yarog‘, harbiy texnikaning barcha turlari, boshqa harbiy mol-mulklar davlat mulki hisoblanadi va Qurolli Kuchlar tasarrufida bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlarning komplektlanishi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(6-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Qurolli Kuchlarga rahbarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaaga va Qurolli Kuchlarga rahbarlikni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti — Qurolli Kuchlar Oliy bosh qo‘mondoni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urush davrida O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri bir paytning o‘zida Qurolli Kuchlar Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlarning kundalik faoliyatiga rahbarlikni o‘z bo‘ysunuvida Qurolli Kuchlarning tarkibiga kiradigan harbiy tuzilmalari bo‘lgan vazirliklar va idoralarning rahbarlari amalga oshiradilar.
(7-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlar oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish yuzasidan ularga tezkor rahbarlikni Qurolli Kuchlar Bosh shtabining boshlig‘i amalga oshiradi.
(7-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. DAVLAT ORGANLARINING MUDOFAA SOHASIDAGI VAKOLATLARI. FUQAROLARNING O‘ZINI O‘ZI BOSHQARISH ORGANLARI, KORXONALAR, MUASSASALAR, TASHKILOTLAR VA FUQAROLARNING MUDOFAANI TA’MINLASHDAGI ISHTIROKI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mudofaa sohasidagi vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti — Qurolli Kuchlar Oliy bosh qo‘mondoni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi mudofaa siyosati va harbiy qurilishining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruv organlarining mudofaa sohasidagi faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyati ta’minlanishi, uning suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligi muhofaza etilishi yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlarni qurish, qo‘llash va rivojlantirish rejalarini, shuningdek mudofaani tashkil etish yuzasidan davlatning boshqa reja va dasturlarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va boshqa harbiy tuzilmalarining tinchlik va urush davriga mo‘ljallangan tuzilishi, tarkibi va joylashuvini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy harakatlar olib borish to‘g‘risida, shu jumladan xalqaro tinchlikparvarlik tadbirlarida qatnashish to‘g‘risida, shuningdek Qurolli Kuchlarni o‘zlariga bevosita taalluqli bo‘lmagan vazifalarni bajarishga jalb etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va Qurolli Kuchlarga buyruq beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida belgilangan tartibda: O‘zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug‘ilganda urush holati, umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qiladi hamda O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlarning oliy qo‘mondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy unvonlarni beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy va muqobil xizmatga chaqirilishi lozim bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining sonini, ularning harbiy va muqobil xizmatni o‘tash tartibini, harbiy xizmatga majburlarni va chaqiriluvchilarni harbiy hisobga olish ishining yuritilish tartibini, mudofaa va Qurolli Kuchlar ehtiyojlari uchun qurol-yarog‘lar, harbiy texnika, harbiy-texnikaviy va ashyoviy mol-mulklar, oziq-ovqat hamda boshqa moddiy-texnika vositalarining normalari hamda hajmini belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga chaqirish, muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilarini rezervga va muqobil xizmat xizmatchilarini zaxiraga bo‘shatish to‘g‘risida, shuningdek harbiy xizmatga majburlarni harbiy yig‘inlarga chaqirish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi, fuqarolarni safarbarlik bo‘yicha va urush davrida harbiy xizmatga chaqirish, safarbarlikdan bo‘shatish to‘g‘risida farmonlar chiqaradi;
(8-moddaning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 22-dekabrdagi O‘RQ-238-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 553-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakat iqtisodiyotining safarbarlik tayyorgarligi, shuningdek safarbarlik va strategik davlat zaxiralarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish rejalarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarini, oliy ta’lim muassasalari qoshida harbiy ta’lim fakultetlarini, shuningdek harbiy tayyorgarlik o‘quv markazlarini (harbiy kafedralar yoki sikllarni) tashkil etadi, qayta tashkil etadi va tugatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(8-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi O‘RQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mudofaa sohasidagi vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat harbiy buyurtmalarini shakllantirish va mudofaa ahamiyatiga molik ishlab chiqarishlarni tashkil etish sohasida yagona davlat siyosati o‘tkazilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakat iqtisodiyotining safarbarlik tayyorgarligi, shuningdek safarbarlik va strategik davlat zaxiralarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish rejalarini ishlab chiqadi, mazkur rejalarning ijrosi ustidan nazorat olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilarining moddiy va ijtimoiy-maishiy ta’minoti masalalarini hal etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlarning tegishli ravishda qurol-yarog‘lar, harbiy texnika, harbiy-texnikaviy va ashyoviy mol-mulklar, oziq-ovqat hamda boshqa moddiy-texnika vositalari bilan jihozlanishi va ta’minlanishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurol-yarog‘lar va harbiy texnika, strategik materiallar eksporti hamda importi ustidan nazorat olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar mudofaa ehtiyojlariga doir vazifalarni bajarganligi munosabati bilan ular sarf qilgan moddiy xarajatlarning o‘rnini qoplash tartibini belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(9-moddaning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi o‘z tasarrufidagi qo‘shinlarga boshqaruvni amalga oshiradi, mudofaa va harbiy qurilish sohasidagi davlat siyosati yuritilishini, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining zamonaviy qurol-yarog‘lar, harbiy texnika va moddiy-texnika vositalari bilan jihozlanishini, harbiy hamkorlik kengaytirilishini, chaqiruvning va Qurolli Kuchlar kadrlari tayyorlashning tashkil etilishini ta’minlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
(10-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Qurolli Kuchlarning Bosh shtabi
(11-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlarning Bosh shtabi O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti va hududiy yaxlitligini qurolli himoya qilish sohasidagi qarorlarni ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi yagona qo‘mondonlik organi hisoblanadi.
(11-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlarning Bosh shtabi:
(11-moddaning ikkinchi qismi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy harbiy strategiya, Qurolli Kuchlar qurilishi va rivojlantirilishining konseptual asoslarini ishlab chiqish uchun mas’ul bo‘ladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlarni, harbiy okruglarni, vazirliklar va idoralarning harbiy tuzilmalarini tezkor-strategik boshqarishning bosh organi vazifasini bajaradi;
(11-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘shinlarning jangovar harakatlari strategik jihatdan va tezkor rejalashtirilishini hamda ularga rahbarlikni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘shinlarning tezkor va jangovar tayyorgarligiga, ular tashkiliy-shtat tuzilishining qo‘shinlarni qo‘llash shakl va usullariga ko‘nikma hosil qilishiga doir tadbir-choralar ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z vakolatlari doirasida barcha vazirliklar va idoralar tomonidan, Qurolli Kuchlarning shakl va turdagi qo‘shinlarining, birlashmalari, qo‘shilmalari va bo‘linmalarining qo‘mondonlari tomonidan ijro etilishi majburiy bo‘lgan direktivalar va buyruqlar chiqaradi;
(11-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(11-modda ikkinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Harbiy okruglar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy okrug operatsion yo‘nalishlarda O‘zbekiston Respublikasining xavfsizligi va hududiy yaxlitligini ta’minlovchi asosiy harbiy-ma’muriy birlik hamda umum qo‘shin tezkor-strategik hududiy birlashmasidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy okruglar zimmalariga yuklangan vazifalarni bajaradilar hamda qonunchilikka muvofiq qarorlar qabul qiladilar.
(12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Vazirliklar va idoralarning mudofaa sohasidagi vakolatlari
(13-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar va idoralar qonunchilikka muvofiq mamlakat mudofaa qobiliyatini, Qurolli Kuchlarning jangovar va safarbarlik tayyorgarligini, shuningdek jangovar qobiliyatini ta’minlashda qatnashadilar hamda zimmalariga yuklangan vazifalar bajarilishi uchun mas’uldirlar.
(13-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy buyurtmalarni bajaruvchi vazirliklar va idoralar mudofaa ehtiyojlariga zarur bo‘lgan mahsulotlar yetkazib berilishi, tarmoqning safarbarlik tayyorgarligi uchun mas’uldirlar, safarbarlik tayyorgarligi rejasiga muvofiq tarmoqning urush davrida barqaror ishlashini ta’minlashga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradilar.
(13-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mudofaa sohasidagi vakolatlari
(14-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
(14-moddaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli safarbarlik topshiriqlari bajarilishini ta’minlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z hududlarida joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda safarbarlik rejalari hamda davlat va safarbarlik zaxiralari moddiy boyliklarini jamlash topshiriqlari bajarilishi ustidan nazorat olib boradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy hisobga olish ishini, harbiy va muqobil xizmatga chaqirishni, safarbarlik, harbiy yig‘inlarni tashkil etishda, shuningdek safarbarlik va urush davrida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga bron berishda qatnashadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro muhofazasi tadbirlari bajarilishini ta’minlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy mudofaa tadbirlarini rejalashtirishda va ularning bajarilishini ta’minlashda qatnashadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlarning zarur mahalliy ishlab chiqarish mahsulotlariga, issiqlik va elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlaydilar, ularga aloqa vositalarini beradilar, kommunal-maishiy va boshqa xizmatlar ko‘rsatadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy qismlar, Qurolli Kuchlarning korxona, muassasa va tashkilotlari ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda yer, xizmat xonalari hamda turar joy beradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning harbiy xizmatni o‘tashi, jangovar harakatlarda qatnashishi munosabati bilan ularga, shuningdek ularning oila a’zolari uchun belgilangan ijtimoiy kafolatlar amalga oshirilishini ta’minlaydilar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.
(14-moddaning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mudofaani ta’minlashdagi ishtiroki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatga majburlarni va chaqiriluvchilarni xabardor etish va mudofaa ishlari bo‘limlariga chaqirishni tashkil etishda ko‘maklashadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharchalar, qishloqlar va ovullarda harbiy xizmatga majburlarni va chaqiriluvchilarni birlamchi shaxsiy hisobga olish ishini yuritadilar, shuningdek fuqarolarni ma’naviy-axloqiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda qatnashadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro muhofazasi va hududiy mudofaa tadbirlarida qatnashadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z mulkidagi binolar, inshootlar, transport va aloqa vositalari hamda boshqa mol-mulklarni urush davrida mudofaa ehtiyojlari uchun qonunda belgilangan tartibda berib turadilar, qilingan xarajatlarning o‘rni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda keyinchalik qoplanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlarda qatnashadilar.
(15-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mudofaani ta’minlashdagi ishtiroki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
safarbarlik rejalari hamda davlat va safarbarlik zaxiralari moddiy boyliklarini jamlash topshiriqlarida nazarda tutilgan tadbirlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro muhofazasi va hududiy mudofaa tadbirlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni hisobga olish va ularga bron berish tadbirlarini;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa tadbirlarni bajaradilar.
(16-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar o‘z mulkidagi binolar, inshootlar, transport va aloqa vositalari hamda boshqa mol-mulklarni mudofaa ehtiyojlari uchun qonunchilikka muvofiq berib turgan taqdirda ular qilgan xarajatlarning o‘rni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda qoplanadi.
(16-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Fuqarolarning mudofaani ta’minlashdagi ishtiroki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasini, uning hududiy yaxlitligi va mustaqilligini himoya qilish — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining konstitutsiyaviy burchidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashga, shuningdek o‘z mulkidagi binolar, inshootlar, transport va aloqa vositalari hamda boshqa mol-mulklarini urush davrida mudofaa ehtiyojlari uchun qonunda belgilangan tartibda berib turishga majburdirlar, qilingan xarajatlarning o‘rni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda keyinchalik qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga ko‘maklashuvchi jamoat birlashmalari tuzish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. URUSH HOLATI. URUSH DAVRI. SAFARBARLIK. HUDUDIY MUDOFAA. QUROLLI MOJAROLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Urush holati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urush holati O‘zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug‘ilganda qonunda belgilangan tartibda e’lon qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududiga qo‘shinlar to‘satdan hujum qilgan yoki bostirib kirgan taqdirda harbiy okruglar qo‘shinlarining qo‘mondonligi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari urush holati e’lon qilinishini kutmay hujumni yoki bosqinni daf etishning barcha chora-tadbirlarini ko‘rishlari shart.
(18-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Urush davri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urush davri urush holati e’lon qilingan vaqtdan yoki harbiy harakatlar amalda boshlanib ketgan paytdan e’tiboran boshlanadi hamda harbiy harakatlar to‘xtatilganligi e’lon qilingan vaqtdan e’tiboran, lekin bunday harakatlar amalda to‘xtatilganidan keyin tugaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urush davri sharoitida Qurolli Kuchlar Oliy bosh qo‘mondoni tomonidan Qurolli Kuchlarga va mamlakat iqtisodiyotiga rahbarlikni amalga oshiradigan vakolatli organ tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Safarbarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urush holati e’lon qilinishi yoki favqulodda holat joriy etilishi bilanoq umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Safarbarlik tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(20-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Hududiy mudofaa
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy mudofaa O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini himoyalash va mudofaa qilish, aholini, obyektlar va kommunikatsiyalarni dushman xurujlaridan, qo‘poruvchilik va terrorchilik harakatlaridan himoya qilish maqsadida, shuningdek favqulodda holat rejimini saqlab turish uchun tashkil etiladi va amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy mudofaani ta’minlashga jalb etiladigan kuchlarning vazifalari, hamkorlikdagi harakatlarining tashkil etilishi va tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(21-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Qurolli mojarolar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Cheklangan doiradagi harbiy nizolar (harakatlar va qurolli to‘qnashuvlar) qurolli mojarolar deb hisoblanadi, bunda urush holati e’lon qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli mojarolar kelib chiqqan va O‘zbekiston Respublikasi bu mojarolarga tortilgan taqdirda Qurolli Kuchlar darhol ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘radilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. YAKUNLOVCHI QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Mudofaa sohasidagi xalqaro hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro huquqning yakka tartibda va kollektiv tarzda mudofaalanishdan iborat bo‘lgan huquqni mustahkamlovchi umum e’tirof etilgan normalari va prinsiplariga asoslanib, harbiy qurilish, tinchlik va xavfsizlikni saqlab turish sohasida boshqa davlatlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Mudofaa ehtiyojlarining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika ta’minoti
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaa ehtiyojlarining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika ta’minoti qonunchilikka muvofiq davlat budjeti mablag‘lari hamda boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(24-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaaga ajratiladigan mablag‘lardan belgilangan maqsadda foydalanilishi ustidan nazorat qonunga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Mudofaa to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaa to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(25-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 80-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda; 2009-y., 52-son, 553-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)