27.01.2011 yildagi 241-II-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2010-yildagi faoliyati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2010-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi axborot maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOSHMUHAMEDOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 27-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
241-II-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2010-yildagi faoliyati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AXBOROT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil dekabr — 2010-yil yanvar oylarida boʻlib oʻtgan koʻppartiyaviylik asosidagi erkin, demokratik saylov yakunlari boʻyicha shakllantirilgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi parlament faoliyatini tashkiliy-kadrlar masalalarini hal etishdan boshladi. Oliy Majlis quyi palatasining birinchi majlisida Qonunchilik palatasi Spikeri va Spiker oʻrinbosarlari, qoʻmitalar raislari saylandi, siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda Oʻzbekiston Ekologik harakatidan saylangan deputatlar guruhi roʻyxatga olindi. Qonunchilik palatasi tuzilmasida birinchi marta Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan 2010-yil 27-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisidagi “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish — ustuvor maqsadimizdir”, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2009-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga bagʻishlangan majlisidagi “Asosiy vazifamiz — Vatanimiz taraqqiyoti va xalq farovonligini yanada yuksaltirishdir” deb nomlangan maʼruzalarida ilgari surilgan mamlakatimizni yanada rivojlantirish strategiyasi Qonunchilik palatasi faoliyatining siyosiy platformasi boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi davlatimiz rahbari tomonidan qoʻyilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2010-yilga va keyingi yillarga moʻljallangan qonun ijodkorligi, nazorat-tahlil ishlari dasturini ishlab chiqdi va tasdiqladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning maqsadi Oʻzbekistonda oʻtkazilayotgan ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy va sud-huquq islohotlarining ustuvor yoʻnalishlarini kompleks ravishda qonunchilik yoʻli bilan taʼminlashdan iboratdir. Mazkur dasturning amalga oshirilishi mamlakatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya qilishda parlamentning rolini oshirish, mamlakatimizda hamma joyda “Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari” prinsipini roʻyobga chiqarish imkoniyatini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun ijodkorligi, qabul qilingan qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish, okruglarda saylovchilar bilan hamda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, xalqaro va parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish hamda mustahkamlash, parlament ishini ommaviy axborot vositalarida yoritish 2010-yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qonun ijodkorligi faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yilda Qonunchilik palatasining 28 ta majlisi oʻtkazilib, ularda 35 ta qonun qabul qilindi va Senatga yuborildi, shundan 29 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolandi va kuchga kirdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunlar, qarorlar, boshqa hujjatlar Qonunchilik palatasi tomonidan sinchiklab va manfaatdorlik bilan, qoida tariqasida, bir necha oʻqishlardan keyin qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun loyihalarini tayyorlash uchun Qonunchilik palatasining qoʻmitalari huzurida chuqur nazariy bilimga va katta amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan yetakchi olimlar, ekspertlar jalb etilgan holda oldindan deputatlar ishchi guruhlari tuzildi. Bunda Qonunchilik palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti bilan hamkorligini alohida qayd etib oʻtish zarur boʻlib, bu institut bilan birgalikda bir qator seminarlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlar oʻtkazildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlar koʻrib chiqishi uchun kiritiladigan qonun loyihalari Qonunchilik palatasi Kengashi majlislarida dastlabki tartibda muhokama qilib borildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umuman olganda, Qonunchilik palatasining hisobot davridagi qonun ijodkorligi faoliyatining tahlili oʻtkazilayotgan islohotlarni huquqiy tartibga solish masalalari tezkorlik bilan hal etilayotganligidan, huquqiy normalarni ishlab chiqish jarayoni doimiy monitoring qilib borilayotganligidan, parlament aʼzolarining kasbiy mahorati oʻsganligidan dalolat beradi. Qabul qilingan qonunlar oʻzgarishlar muqarrarligining hamda jamiyatimiz hayotining barcha sohalari barqaror rivojlanishining, Oʻzbekistonda qonun ustuvorligi prinsipi mustahkamlanishining kafolati boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yilda deputatlar qonunchilik tashabbusi huquqidan foydalanib, 11 ta qonun loyihasini kiritdilar, bundan 4 tasi qabul qilindi, shu jumladan 2 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chunonchi, deputatlar B.B. Alixonov, X.S. Aʼzamov, S.A. Jakbarov, S.V. Samoylov, F.R. Xolboyev va F.M. Quvvatov “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini, A. Jumayev, B. Iminov, S. Otamuratov va Sh. Teshayev — “Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 113-moddasiga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini, B. Iminov, S. Otamuratov, A. Toʻxtaboyev va Sh. Teshayev — “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini, B. Iminov, S. Otamuratov va R. Sobirjonov “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini, B. Alixonov, A. Tursunov va F. Quvvatov — “Radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasini, T. Abdusattorov, B. Alixonov, S. Jakbarov, D. Otajonov, P. Reymov, S. Samoylov va L. Gʻulomov “Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini tayyorladilar va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun kiritdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha qonunlar qabul qildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat qurilishi va boshqaruvi, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish sohasida — 8 ta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonuniylikni taʼminlash, odil sudlov samaradorligini oshirish, sud-huquq sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish — 10 ta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozor islohotlarini rivojlantirish, mamlakat iqtisodiyotining izchil oʻsish surʼatlari va makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash, ijtimoiy-iqtisodiy sohani modernizatsiya qilish va takomillashtirish, shuningdek ijtimoiy muammolarni hal qilish — 12 ta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikning huquqiy asoslarini rivojlantirish — 3 ta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhitni muhofaza qilish sohasida — 2 ta.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat qurilishi va boshqaruvi sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish Qonunchilik palatasi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻldi. Bu yoʻnalishda “Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisida”gi, “Monopoliyaga qarshi davlat organi qayta tashkil etilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi, “Davlat soliq xizmati organlari tizimi yanada modernizatsiya qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi, “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi, “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasining davlat ramzlari haqida”gi ayrim qonun hujjatlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi, “Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1781-moddasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi va boshqa qonunlar qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Barkamol avlod yili” davlat dasturi asosida ishlab chiqilgan va qabul qilingan “Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Qonun bolalarni himoya qilishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirishga, voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar va muassasalarning, shuningdek ota-onalar, vasiylik va homiylik organlarining yosh avlod uchun javobgarligini oshirishga qaratilgandir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qonunning ayrim normalari bilan madaniyat va sport muassasalari, turizm sohasi tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlarining voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzurliklarning oldini olishdagi ishtiroki tartibga solingan, ularni ijtimoiy-huquqiy va pedagogik reabilitatsiya qilish tartibi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1781-moddasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonun mamlakatda amalga oshirilayotgan “Barkamol avlod yili” Davlat dasturini qonunchilik jihatidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish borasida oʻta dolzarb ahamiyat kasb etadi. Mazkur Qonun qabul qilinishi bilan alkogol mahsulotlarini reklama qilish taqiqlanadi va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Monopoliyaga qarshi davlat organi qayta tashkil etilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-fevraldagi “Monopoliyaga qarshi ishlarni tartibga solish va raqobatni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 2-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarorini ijro etish maqsadida ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida koʻrsatib oʻtilgan Farmoniga muvofiq, Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari uyushmasi tashkil etilib, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash masalalari uning vakolatiga kiritildi. Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha vazifalarning davlat organidan nodavlat tashkilotiga oʻtkazilishi Oʻzbekistonda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan koʻplab ishlarning yaqqol misollaridan biridir. Shu munosabat bilan Qonun Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi, “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi, “Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi kabi qonun hujjatlariga tegishli oʻzgartishlar kiritilishini nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining bir qator boshqa hujjatlari asosida ishlab chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur hujjatlarga muvofiq, ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tasarrufida boʻlgan ayrim vazifalar hamda uning tizimidagi pensiya taʼminotining kompleks masalalari, shu jumladan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa toʻlovlarning tayinlanishi, moliyalashtirilishi, hisobga olinishi hamda monitoring qilinishi, shuningdek tibbiy-mehnat ekspertizasi xizmatlari faoliyatining tashkil etilishi masalalari uchun masʼul boʻlgan tegishli tuzilmalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tasarrufiga oʻtkazildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun munosabati bilan “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi, “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi, “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va bir qator boshqa qonunlarga oʻzgartishlar kiritildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun Oʻzbekistonda rieltorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish tizimini yaratishga, koʻchmas mulk bozori ishtirokchilari va davlat manfaatlarining muvozanatini taʼminlashga, professional rieltorlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun qulay shart-sharoit yaratishga qaratilgan. Qonunda rieltorlik faoliyati, rieltorlik tashkiloti va rieltor tushunchalari hamda ularning huquqiy holati bayon etilgan, rieltorlik faoliyatini amalga oshirishning huquqiy shart-sharoitlari belgilab qoʻyilgan. Qonun rieltorlik faoliyatini majburiy litsenziyalash tartibini va rieltorlarga qoʻyiladigan malaka talablarini, rieltorlik xizmatlari sifatini yaxshilash, rieltorlarning fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish joriy etilishi, rieltorlik xizmatlari isteʼmolchilarining qonuniy huquq va manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan Qonunning qabul qilinishi koʻchmas mulk bozorini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini ancha kengaytiradi, rieltorlik xizmatlari isteʼmolchilarining qonuniy huquqlari himoya qilinishini taʼminlaydi, rieltorlik tashkilotlari (rieltorlar) tomonidan oʻz zimmalariga olingan majburiyatlarning bajarilishi ustidan lozim darajada nazorat qilish mexanizmlarini vujudga keltirish imkoniyatini beradi, birlamchi va ikkilamchi koʻchmas mulk bozorlarining barqaror rivojlanishini taʼminlaydi, mazkur bozor barcha ishtirokchilarining oʻzaro munosabatlarini maqbullashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 19-noyabrdagi Farmoyishiga muvofiq ishlab chiqilgan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonun pensiya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga mehnat stajini hisoblash, imtiyozli pensiya olish huquqini berish, pensiyalarni tayinlash, qayta hisoblash va toʻlash shartlari hamda tartibi masalalariga doir oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yoʻli bilan amaldagi pensiya taʼminoti tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgandir. Xususan, “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar 2011-yil 1-yanvardan eʼtiboran III guruhdagi nogironlarga yangi pensiyalarni tayinlash bekor qilinishini nazarda tutadi, bunda ular uchun ishga joylashtirish, ish joylarini birinchi navbatda berish va saqlab turish, texnik yoki boshqa vositalarni (protez-ortopediya buyumlari, oʻrindiqli aravachalar, eshitish apparatlari, hassa va boshqa ashyolarni) imtiyozli ravishda berish, maishiy va transport xizmatlari koʻrsatish boʻyicha qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar saqlanib qoladi. Qonunda mehnat staji toʻliq boʻlmaganda pensiya tayinlanishi huquqiga ega boʻlish uchun zaruriy mehnat stajining eng kam muddati belgilab qoʻyilmoqda, xodimlarning ayrim toifalari muddatidan ilgari pensiyaga chiqishiga doir imtiyozlarni berish masalalari, shuningdek korxona va tashkilot aybi bilan mehnatda mayib boʻlish yoki kasb kasalligi oqibatida vafot etgan (halok boʻlgan) boquvchisini yoʻqotganlik munosabati bilan tayinlangan pensiyalarni toʻlash xarajatlarining korxonalar va tashkilotlar tomonidan qoplanishi masalalari tartibga solinmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunga binoan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar xodim pensiya yoshiga toʻlganligi munosabati bilan mehnat shartnomasini tugatish tashabbusi bilan chiqish huquqi ish beruvchiga berilishini nazarda tutadi, xodim pensiya yoshiga toʻlganda mehnat shartnomasini tugatish niyatida ekanligi haqida xodimni kamida ikki oy oldin yozma ravishda xabardor qilish, shuningdek xodim pensiya yoshiga toʻlganligi munosabati bilan muddatli mehnat shartnomasi muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda neustoyka toʻlash majburiyatini ish beruvchining zimmasiga yuklaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 5-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida notariat institutini yanada takomillashtirish choralari toʻgʻrisida”gi Farmoni asosida ishlab chiqilgan “Adliya organlari va muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari muhofaza va himoya qilinishini taʼminlashga qaratilgandir. Ushbu Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga, Fuqarolik, Fuqarolik protsessual, Oila, Soliq kodekslariga hamda bir qator boshqa qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Notariat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasida notarial harakatlar Oʻzbekiston Respublikasi nomidan davlat notarial idoralarida ishlovchi notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan tartib belgilanishini nazarda tutadi, bu fuqarolarning qonuniy huquqlari ishonchli himoya qilinishini taʼminlashga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Qonun notariuslarga qoʻyiladigan malaka talablari kuchaytirilishini, notarius malakasining majburiy oshirib borilishi tizimi joriy etilishini, notarial idoralarning huquqiy maqomi va ularga qoʻyiladigan talablar belgilab qoʻyilishini, fuqarolarning notariusga murojaat etishini taʼminlash chora-tadbirlarini nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sudlar, prokurorlar, tergovchilar va surishtiruv organlarining xorijiy davlatlar vakolatli organlari bilan oʻzaro hamkorligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun jinoyat ishlari, shu jumladan ayblanuvchilarni ushlab berish va jinoiy taʼqib etish, jinoyatlardan jabrlangan fuqarolarning huquqlarini himoya qilish hamda boshqa yoʻnalishlar boʻyicha oʻzaro huquqiy yordam koʻrsatish yuzasidan Oʻzbekiston va xorijiy davlatlarning vakolatli organlari oʻrtasidagi hamkorlikning huquqiy mexanizmini takomillashtirishga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi hamda “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qabul qilingan qonunlar atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga qaratilgan edi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun Oʻzbekiston Respublikasining baʼzi qonun hujjatlaridagi qonun hujjatlari normalarining bir xilda qoʻllanilishini taʼminlashga xalaqit berayotgan mavjud qarama-qarshiliklar va nomuvofiqliklarni bartaraf etishga qaratilgandir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, qoʻriqlash va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan, 2005-yil 17-yanvardan eʼtiboran amalda boʻlgan “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida xalqaro standartlarga muvofiq “alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar” tushunchasi “muhofaza etiladigan tabiiy hududlar” tushunchasi bilan almashtirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro tashkilotlar va chet mamlakatlar bilan hamkorlikning huquqiy asoslarini rivojlantirish Qonunchilik palatasining muhim yoʻnalishlaridan biridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu yoʻnalishda “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Oʻmon Sultonligi oʻrtasida hamkorlik va munosabatlar asoslari toʻgʻrisidagi Bitimni (Masqat, 2009-yil 5-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi, “Sportda dopingga qarshi kurash toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyani (Parij, 2005-yil 19-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi hamda “Kollektiv xavfsizlik toʻgʻrisidagi shartnoma tashkilotining huquqiy maqomi haqidagi 2002-yil 7-oktabrdagi bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi Protokolni (Dushanbe, 2007-yil 6-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunlar qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sportda dopingga qarshi kurash toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyani (Parij, 2005-yil 19-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonun Birlashgan Millatlar Tashkilotining taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Bosh konferensiyasi (YUNESKO) tomonidan Sportda dopingga qarshi kurash toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiya qabul qilinganligi munosabati bilan ishlab chiqildi. Ushbu konvensiyaning maqsadi jismoniy tarbiya va sport sohasidagi YUNESKO faoliyati strategiyasi hamda dasturi doirasida sportda doping qoʻllanilishining oldini olishda va uni barham toptirish maqsadlarini koʻzlab unga qarshi kurashda koʻmaklashishdan iborat. Sportda dopingga qarshi kurash toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiya keng miqyosli xususiyatga ega boʻlib, sport sogʻliqni saqlashda, maʼnaviy, madaniy va jismoniy tarbiyalashda, shuningdek hamjihatlik va tinchlikni mustahkamlashga koʻmaklashishda muhim rol oʻynashi kerakligini nazarda tutadi. Mazkur konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi Oʻzbekiston oʻzining xalqaro majburiyatlarini bajarishga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 30-noyabrda Qonunchilik palatasining majlisida quyi palataning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining joriy yilning 12-noyabrida boʻlib oʻtgan qoʻshma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuyidagi maʼruzasidan kelib chiqadigan ustuvor vazifalari muhokama etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhokama paytida barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari va Oʻzbekiston Ekologik harakatidan saylangan deputatlar guruhi vakillari soʻzga chiqdilar. Ular davlatimiz rahbari mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy taraqqiyotining yangi bosqichini hisobga olgan, mustaqillikning oʻtgan yillarida Oʻzbekiston bosib oʻtgan yoʻlni xolisona tahlil etgan holda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning keng miqyosli, chuqur asoslantirilgan dasturini ilgari surganligini taʼkidlab oʻtdilar. Yosh suveren davlatimizning oʻtgan yillarda erishgan yutuqlari mamlakatimizni tadrijiy, bosqichma-bosqich rivojlantirishning tanlangan yoʻli toʻgʻriligini va bundan buyon ham ana shu yoʻldan borish zarurligini ishonchli tarzda isbotlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida taʼkidlandiki, Prezident Islom Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga tuzatishlar kiritish, bir qator yangi qonunlarni qabul qilish va amaldagilarini takomillashtirish toʻgʻrisidagi yirik qonunchilik tashabbuslari vakolatlarni davlat hokimiyatining uchta subyekti: Prezident — davlat boshligʻi, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar oʻrtasida yanada muvozanatli taqsimlashga, mamlakatimiz hayotining barcha sohalarini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirishga qaratilgandir. Bu, aslini olganda, yosh mustaqil davlat taraqqiyotining, huquqiy fuqarolik jamiyati qurilishining yangi bosqichidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhokama ishtirokchilari yana shuni ham taʼkidladilarki, mamlakatimizda birinchi marta Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Qonunchilik palatasiga saylovda eng koʻp deputatlik oʻrnini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi deputatlik oʻrinlarini qoʻlga kiritgan bir necha siyosiy partiyalar tomonidan taklif etiladigan, demokratik prinsiplarga javob beradigan yangi tartib joriy etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazirga ishonchsizlik votumi bildirish huquqining Oliy Majlisga berilishi mamlakatimiz oliy hokimiyat organlari tizimida muhim yangilik boʻlib, bunda Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi ham isteʼfoga chiqadi. Bu chora-tadbirlar eng muhim davlat masalalarini hal etishda siyosiy partiyalar fraksiyalari va umuman parlamentning rolini ancha oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirishning davlatimiz rahbari tomonidan taʼriflab berilgan oltita eng muhim ustuvor yoʻnalishi, Qonunchilik palatasi deputatlarining fikriga koʻra, mamlakatimizni barqaror ravishda ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy rivojlantirish, xalq farovonligini muttasil oshirib borish, insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini himoya qilish uchun ulkan ahamiyatga ega. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qoʻyilgan maqsadlarga muvaffaqiyatli ravishda erishish mamlakatimiz barcha davlat va jamoat tashkilotlarining, fuqarolarining yuksak darajadagi faolligi va masʼuliyatini talab qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq noiblari mustaqil Oʻzbekiston taraqqiyotining hozirgi bosqichida ikki palatali professional Oliy Majlis oldida turgan murakkab va masʼuliyatli vazifalarni hal etish uchun parlament faoliyatining samaradorligini oshirish yoʻllarini tinimsiz izlash, qonunlar hamda deputat soʻrovlarini tayyorlashda yuksak darajada faollik namoyon etish va masʼuliyatni his qilish, oʻz saylovchilari manfaatlarini himoya qilishda jasurlik va izchillik koʻrsatish zarurligini taʼkidladilar. Shu munosabat bilan paralamentdagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining rolini oshirish, deputatlarning fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligini mustahkamlash muhimligi taʼkidlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻzga chiqqanlar parlament nazoratining deputat soʻrovi, joylarda ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi ishlarning ahvoli yuzasidan ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarini eshitish singari shakllaridan samaraliroq foydalanish zarurligini taʼkidladilar. Shuningdek, okruglarda saylovchilar bilan muntazam ish olib borish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisidagi maʼruzasi hamda qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini mamlakatimiz barcha fuqarolariga yetkazish, qonun ijodkorligi faoliyatida fuqarolarning fikr-mulohazalarini hisobga olish zarurligi taʼkidlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini muhokama qilish davomida deputatlar davlatimiz rahbarining qonunchilik tashabbuslarini amalda roʻyobga chiqarishga, yangi sharoitlarda parlament faoliyatini yaxshilashga qaratilgan keng koʻlamli chora-tadbirlarni ishlab chiqishni taklif etdilar. Qoʻmitalar va fraksiyalar ishining yangi shakl va uslublarini izlashga, Qonunchilik palatasi deputatlarining boshqa huquq subyektlari bilan oʻzaro samarali hamkorlik qilishiga, parlament vakillarining qonunchilik texnikasini takomillashtirishga, norma ijodkorligi ishida ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganishga alohida eʼtibor qaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 30-dekabrda deputatlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrdagi qoʻshma majlisida taklif etilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha 2011-yilga va keyingi yillarga moʻljallangan harakat dasturini koʻrib chiqdilar hamda tasdiqladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu masalani muhokama qilish chogʻida barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari va Oʻzbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhining vakillari soʻzga chiqib, Harakat dasturining maqsadi Konsepsiyani amalga oshirish boʻyicha qonunchilik, tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni belgilashdan iborat ekanligini va ushbu Dastur Qonunchilik palatasi deputatlarini 2011-yilda va keyingi yillarda yanada samaraliroq ishlashga chorlashini taʼkidlab oʻtdilar. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qoʻyilgan maqsadlarga muvaffaqiyatli ravishda erishish uchun mamlakatimizning barcha davlat va jamoat tashkilotlari, fuqarolari faolligi hamda masʼuliyatini oshirish talab etilishi taʼkidlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-noyabrda Qonunchilik palatasining majlisida deputatlar 2010-yilda Ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining bajarilishini koʻrib chiqdilar, bunda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri axborot bilan soʻzga chiqib, 2010-yilda yangi kichik korxonalar va mikrofirmalar tashkil etish hisobiga — 347,4 mingta ish oʻrni, kasanachilik mehnatini rivojlantirish hisobiga — 210 mingdan ziyod, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilikni rivojlantirish hisobiga — 129,2 mingta ish oʻrni tashkil etilganligini taʼkidlab oʻtdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi zich yashaydigan mintaqalarda, jumladan Fargʻona viloyatida — 91,5 mingta, Andijon viloyatida — 78,3 mingta, Namangan viloyatida — 71,2 mingta ish oʻrni tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunday qilib, respublika boʻyicha 953,7 mingta ish oʻrni tashkil etildi, bu Oʻzbekiston Respublikasi hukumati, mahalliy davlat hokimiyati organlari, respublikamizning tegishli vazirliklari va idoralari tomonidan Ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturini bajarish borasida olib borilgan keng miqyosdagi ishlarning samarasi boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shundan soʻng deputatlar 2011-yilda Ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturini koʻrib chiqdilar va tasdiqladilar. Ushbu Dastur Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan aholi bandligini taʼminlash, uning daromadlari, turmush darajasi va sifatini oshirish, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarining mehnat salohiyatidan samarali foydalanish, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklarining ish oʻrinlari tashkil etish hamda aholi bandligi masalalarini hal qilish borasidagi masʼuliyatini kuchaytirish maqsadida ishlab chiqilgandir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur mehnat bozorining joriy hamda istiqboldagi ehtiyojlarini, 2010-yildagi ish oʻrinlari tashkil etish boʻyicha kutilayotgan ish yakunlarini tahlil qilish va baholash natijalariga, shuningdek iqtisodiyotning barqaror oʻsishini taʼminlash va hududlarni rivojlantirish boʻyicha 2011-yilga moʻljallangan tadbirlarni, shu jumladan 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturiga muvofiq belgilangan tadbirlarni amalga oshirishga asoslangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yilga moʻljallangan ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining asosiy yoʻnalishlari va prognoz koʻrsatkichlari vaqtincha ishlamayotgan fuqarolar (ishsizlar), mehnat bozoriga ilk bor kirib kelayotgan yoshlar, iqtisodiyotdagi tuzilmaviy oʻzgarishlar jarayonida ishdan ozod etilayotgan xodimlarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlariga boʻlgan ehtiyojlarni, shuningdek yangi ish oʻrinlari tashkil etish uchun mavjud boʻlgan barcha imkoniyatlar va zaxiralarni hisobga olgan holda belgilangandir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturda 2011-yilda Investitsiya dasturini, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, modernizatsiya qilish va texnologik jihatdan qayta jihozlash tarmoq dasturlarini amalga oshirish, kichik korxonalar va mikrofirmalar tashkil etish, xususiy tadbirkorlik, kasanachilik mehnatini rivojlantirish, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilikka, meva-sabzavot hamda boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan fermer va dehqon xoʻjaliklarini tashkil etish hamda kengaytirish, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani kengaytirish, aholi punklarini obodonlashtirish, avtomobil yoʻllari va temir yoʻllar qurish hamda ularni taʼmirlash ishlarini amalga oshirish hisobidan 956,2 mingta yangi ish oʻrni tashkil etish nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturda 2011-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash prognoz koʻrsatkichlarining bajarilishini taʼminlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar nazarda tutilgan. Chunonchi, Ish oʻrinlari tashkil etish boʻyicha dasturning viloyatlar, tumanlar, shaharlar, tarmoqlar, muayyan obyektlar boʻyicha qanday bajarilayotganini har oyda koʻrib chiqqan holda monitoring oʻtkazish belgilangan boʻlib, monitoring natijalariga koʻra ish oʻrinlari tashkil etish boʻyicha tasdiqlangan topshiriqlarning bajarilishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Qonunchilik palatasining majlislarida “Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalarini hal qilish, toponomik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tayyorlangan va jamoatchilik fikrlarini hisobga olgan holda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan kiritilgan “Shahrisabz shahrining chegaralarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi, “Toshkent viloyatining Zangiota va Toshkent tumanlarini birlashtirish hamda Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray tumanlari va Toshkent shahrining Hamza tumani hududlarini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi, “Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanini tugatish hamda uning hududini Qiziriq tumaniga birlashtirish toʻgʻrisida”gi va “Fargʻona viloyati Oxunboboyev tumanining nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi, “Toshkent shahar Sobir Rahimov tumanining nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi, “Toshkent viloyatining Yangiyoʻl shahri va Yangiyoʻl tumani hududlarini birlashtirish hamda Yangiyoʻl shahrini tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish toʻgʻrisida”gi, “Andijon viloyatining Asaka shahri va Asaka tumani hududlarini birlashtirish hamda Asaka shahrini tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish toʻgʻrisida”gi hamda “Toshkent viloyatining Ohangaron shahri va Ohangaron tumani hududlarini birlashtirish hamda Ohangaron shahrini tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish toʻgʻrisida”gi masalalar ham koʻrib chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetini qabul qilish va uning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlamentning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab qoʻyilgan eng muhim vakolatlaridan birini amalga oshira borib, Qonunchilik palatasi kelgusi yilgi Davlat budjetini qabul qilish hamda uning ijro etilishi toʻgʻrisidagi yillik va har chorakdagi hisobotlarni koʻrib chiqishga alohida eʼtibor qaratdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chunonchi, 26-noyabrdagi majlisda deputatlar Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yilgi Davlat budjeti loyihasini koʻrib chiqdilar, unda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri boshchiligida Vazirlar Mahkamasining barcha aʼzolari ishtirok etdilar. Deputatlar bu hujjat makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlashni, 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirishni va kuchli ijtimoiy siyosatni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan boʻlib, Yalpi ichki mahsulotning yuksak surʼatlarda oʻsishiga erishishga, diversifikatsiya qilingan va raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirishga, aholining farovonligi va turmush darajasini yanada oshirishga qaratilganligini taʼkidlab oʻtdilar. Shuningdek, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga qaramasdan, Oʻzbekistonda iqtisodiy oʻsishning yuqori surʼatlari, mamlakat Davlat budjetining profitsit bilan bajarilishi taʼminlandi. Bu Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi oqibatlarining oldini olish va uni bartaraf etishga doir 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan, chuqur oʻylangan Inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirish natijalaridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizning 2011-yilgi soliq siyosati xoʻjalik yurituvchi subyektlar zimmasidagi soliq yukini yanada kamaytirishga, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlashni ragʻbatlantirishga, fuqarolarning daromadlarini oshirish va xarid qobiliyatini kuchaytirishga, soliq maʼmurchiligini takomillashtirishga, shuningdek mahalliy budjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratiladi. Chunonchi, aholining real daromadlarini koʻpaytirish maqsadida kelgusi yilda jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan soliq stavkasi soliqqa tortishning birinchi va oʻrta shkalasi boʻyicha bir foizli punktga pasaytiriladi. Shuningdek, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovining bazaviy stavkasini 7 foizdan 6 foizga kamaytirish nazarda tutilmoqda. Ushbu chora hisob-kitoblarga koʻra 2011-yilda 50 milliard soʻmdan ortiq mablagʻni xoʻjalik yurituvchi subektlarning ixtiyorida qoldirish imkonini beradi, bu esa ularga ishlab chiqarishni kengaytirish, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlashni jadallashtirish imkoniyatini yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yilgi Davlat budjeti ijtimoiy sohaga va aholini qoʻllab-quvvatlashga moʻljallangan xarajatlar ulushini 2010-yildagi 58,9 foizdan 2011-yilda 59,5 foizgacha koʻpaytirishni nazarda tutadi, bu esa Yalpi ichki mahsulotning 13,1 foizini tashkil etadi. Ish haqi, stipendiyalar, ijtimoiy nafaqalar va pensiyalar miqdorini yanada koʻpaytirish, aholini manzilli ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish yoʻli bilan aholining daromadlari va turmush darajasini izchil oshirish nazarda tutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yilgi Davlat budjetida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlarini, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini rivojlantirishga 5,15 mlrd soʻmdan ziyod mablagʻ ajratish nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjetining ijrosi qoʻmitalar, siyosiy partiyalar fraksiyalari va Qonunchilik palatasining majlislarida muntazam eshitib borildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjetining ijrosiga doir yillik va har choraklik hisobotlarni eshitish shuni koʻrsatdiki, davlat budjetining daromadlari va harajatlari maqsadli jamgʻarmalar bilan birgalikda tasdiqlangan parametrlarga muvofiq, yaʼni mamlakatni strategik rivojlantirish, islohotlarni va jamiyatni demokratlashtirishni chuqurlashtirishning ustuvor yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda ijro etildi. Koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida budjet parametrlarini oshirib bajarishga erishildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobotlarni eshitish yakunlari boʻyicha qabul qilingan qarorlarda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari ish olib borishi kerak boʻlgan kamchiliklar va rezervlar koʻrsatildi, tegishli tavsiyalar berildi, ularning ijrosi nazoratga olindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining nazorat-tahlil faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi deputatlari hisobot davrida nazorat vakolatlarini amalga oshirishga katta eʼtibor berdilar. Bunda ushbu yoʻnalishdagi ishlarning asosiy maqsadi qonunlar ijrosini taʼminlashdan, ularning amalga oshirilishi samaradorligiga erishish hamda qonuniylikni mustahkamlashdan, qabul qilingan qonunlar va qarorlar samaradorligini sinchiklab tahlil qilish asosida qonun hujjatlariga zarur oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishdan iborat boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat-tahlil ishlari rejasiga muvofiq Qonunchilik palatasining qoʻmitalari 36 ta qonun hujjati, konvensiya va milliy dasturlarning ijro etilishini nazorat tartibida koʻrib chiqdilar. Oʻrganish doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, mamlakatimiz barcha viloyatlari, shuningdek Toshkent shahri, respublikamizning bir qator vazirliklari va idoralari qamrab olindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirishlarning natijalari qoʻmitalar yigʻilishlarida davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislari ishtirokida tahlil qilindi va muhokama etildi. Muhokama yakunlari ommaviy axborot vositalarida yoritildi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga doir tavsiyalarni bajarish nazoratga olindi. Qoʻmitalar tomonidan nazorat-tahlil ishlari natijalari boʻyicha ilgari qabul qilingan qarorlarning natijalarini tekshirish tajribasi yoʻlga qoʻyildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umuman olganda, deputatlarning joylardagi nazorat-tahlil faoliyati mobaynida aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni bartaraf etishda amaliy yordam koʻrsatishga muvaffaq boʻlindi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining huquqiy normalarga soʻzsiz rioya etishlariga doir ishlar faollashdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat-tahlil tadbirlarining natijalarini muhokama qilish qoʻmitalarning amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga qaratilgan bir qator qonun hujjatlarini ishlab chiqish yuzasidan qarorlar qabul qilishiga asos boʻldi. Chunonchi, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi tomonidan “Mudofaa toʻgʻrisida”gi, “Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi hamda “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi qonunlarning, Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi tomonidan “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning, Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi tomonidan “Urugʻchilik toʻgʻrisida”gi va “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi qonunlarning, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari qoʻmitasi tomonidan “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning ijrosini koʻrib chiqish davomida bu qonunlarning tegishli moddalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish tashabbusi koʻtarildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining hisobot davridagi nazorat faoliyatini tahlil qilish qoʻmitalar jamiyatimizni rivojlantirishning eng ustuvor yoʻnalishlarida huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganishga alohida eʼtibor berishga intilayotganliklarini koʻrsatdi. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining deputatlarini, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari raislari va ularning maslahatchilarini, keng doiradagi mutaxassislar va ekspertlarni nazorat-tahlil faoliyatiga jalb etish ishlari ham faollashdi. Qonun hujjatlari ijrosini oʻrganish boʻyicha deputatlar ishchi guruhlariga amaliyotchi xodimlar, olimlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti xodimlari tez-tez kiritiladigan boʻldi. Tekshirishlar yakunlarini qoʻmitalarning sayyor yigʻilishlarida, hokimliklarning kengashlarida faqat parlament deputatlari ishtirokida emas, balki tegishli tashkilotlarning mansabdor shaxslari ishtirokida ham koʻrib chiqish tajribasi keng qoʻllanildi. Bu rahbar xodimlarning amaldagi normativ hujjatlarga soʻzsiz rioya etishlari va aholining huquqiy madaniyatini oshirish uchun yanada yuksak darajadagi masʼuliyatini taʼminlash imkonini berdi. Qonunchilik palatasi qoʻmitalari aniqlangan kamchiliklarini bartaraf etishga qaratilgan oʻz tavsiyalarining bajarilishi ustidan nazoratni kuchaytirdilar. Bu esa joylardagi ish ahvoli ijobiy tarafga oʻzgarishiga, parlament ishi samaradorligini oshirishga koʻmaklashdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida Oliy Majlisga berilgan vakolatlarga muvofiq 9-sentabrda Qonunchilik palatasining majlisida deputatlar Oʻzbekistonda BMTning Ming yillik rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish natijalari boʻyicha parlament eshituvini oʻtkazdilar. Bu Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitalari tashabbusi bilan mamlakatimizda BMTning Ming yillik rivojlanish maqsadlarining amalga oshirilishini oʻrganish, bu sohadagi ishlarni yanada takomillashtirishning samarali yoʻllarini aniqlash maqsadida tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri, xalq taʼlimi vaziri, sogʻliqni saqlash vaziri, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi, iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari maʼruza qildilar. Ular jamiyatimiz hayotining turli sohalarida BMTning Ming yillik rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi erishgan yutuqlarni taʼkidlab oʻtdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼruzalarni muhokama qilish chogʻida barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari va Oʻzbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhining vakillari BMT Ming yillik rivojlanish maqsadlarining barcha yoʻnalishlari boʻyicha vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy ruhda tahlil qildilar. Shuningdek, ular ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy islohotlarning huquqiy bazasini yanada takomillashtirish, ushbu sohadagi barcha darajadagi ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyati ustidan samarali parlament va jamoatchilik monitoringini tashkil etish yoʻllarini belgiladilar. Deputatlar mamlakatimizda BMTning Ming yillik rivojanish maqsadlariga erishishga, bugungi kunda jamiyat va davlat oldida turgan vazifalarni hal etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasi oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga doir bir qator amaliy takliflar kiritdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-oktabrda Qonunchilik palatasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2009-yil 12-martda tasdiqlangan 2009 — 2014-yillarda Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash boʻyicha eng muhim loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari dasturining bajarilishi toʻgʻrisidagi parlament eshituvi boʻlib oʻtdi. U OʻzLiDeP fraksiyasi deputatlari tashabbusi bilan tashkillashtirildi. Deputatlar huzurida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri hamda iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari axborot berdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼruzachilarning nutqlarida tuzilmaviy oʻzgarishlarni jadallashtirishning bosh omili Oʻzbekistonda qulay investitsiya muhiti yaratilganligida, mamlakat iqtisodiyotining barqaror va izchil rivojlanayotganligida ekanligi taʼkidlandi. 2009-yilda moliyalashtirishning barcha manbaalari hisobidan iqtisodiyotni rivojlantirishga 6,4 mlrd dollar miqdoridagi investitsiyalar, shu jumladan 3,5 mlrd dollar miqdoridagi xorijiy investitsiyalar jalb etildi. Bunda barcha oʻzlashtirilgan investitsiyalarning yarmidan koʻprogʻi tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarni modernizatsiya qilish va texnikaviy jihatdan qayta jihozlashga yoʻnaltirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlari sharoitida chet ellik investorlarni jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligiga erishish maqsadida investitsiya manbalarini mamlakatlar boʻyicha diversifikatsiya qilishga alohida eʼtibor qaratildi. Natijada Oʻzbekistonga Oʻmon, Vengriya, Slovakiya, Singapur, Indoneziya, Birlashgan Arab Amirliklari kabi ilgari investitsiya manbai sifatida qaralmagan boshqa mamlakatlardan toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jalb etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qizgʻin munozaralar davomida parlament eshituvlarining ishtirokchilari ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash normativ-huquqiy bazasining holati va uni yanada takomillashtirish istiqbollarini koʻrib chiqdilar. Deputatlarning savollariga Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri, Davlat bojxona qoʻmitasi raisi, “Oʻzbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi raisi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi, “Oʻzbekenergo” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi raisi hamda vazirliklar va idoralarning boshqa masʼul xodimlari javob qaytardilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimiz Prezidentining respublikamiz sanoatini barqaror, izchil va mutanosib rivojlantirishga, tuzilmaviy oʻzgarishlarni chuqurlashtirishga qaratilgan “2011 — 2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi 2010-yil 15-dekabrdagi PQ-1442-sonli qarori qabul qilinishi mazkur parlament eshituvlarining eng muhim yakunlaridan biri boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi qoʻmitalari vazirliklar va idoralar rahbarlarining qonunlar hamda boshqa qonun hujjatlarining bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitish amaliyotidan keng foydalana boshladilar. Chunonchi, Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi — xalq taʼlimi vazirining davlat qaramogʻida boʻlgan bolalar hamda “Mehribonlik” uylarining tarbiyalanuvchilari uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlashga qaratilgan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining bajarilishi yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi axborotini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Taʼlim muassasalari oʻquvchilarini sogʻlom ovqatlantirish uchun shart-sharoitlarni taʼminlash boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi axborotini eshitdilar. Mazkur Qoʻmita aʼzolari Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi, oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining respublikada uzluksiz ekologik taʼlim tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi axborotlarini eshitdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi — “Oʻzavtosanoat” kompaniyasining “Avtomobilsozlik sohasida bozor munosabatlarini shakllantirish va mahalliylashtirish toʻgʻrisida”gi, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi — Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining “Reklama sohasidagi huquqiy asoslarni takomillashtirish masalalari toʻgʻrisida”gi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi — Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda “Yergeodezkadastr” Davlat qoʻmitasi raislari va Jizzax viloyati hokimining “Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha davlat dasturining Jizzax viloyatida bajarilishi toʻgʻrisida”gi, Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi — “Oʻzstandart” Agentligining “Kichik biznes subyektlari va agrofirmalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining holati va ularni sertifikatlash muammolari toʻgʻrisida”gi hamda Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining “Fermerlikni rivojlantirish, mamlakat agrar sohasini modernizatsiya qilish boʻyicha dasturlarni amalga oshirishning borishi, fermerlikni hamda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini rivojlantirishning qonunchilik bazasini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi axborotlarini eshitdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament eshituvlari yakunlariga koʻra ushbu sohalardagi faoliyatni tartibga soluvchi barcha qonun hujjatlarining inventarizatsiyasi oʻtkazildi, tarmoqlarni yanada rivojlantirishning istiqbolli yoʻnalishlari belgilandi, bunday rivojlantirishni normativ jihatdan taʼminlashga qaratilgan bir qator hujjatlar ishlab chiqildi va qoʻmitalarning tegishli qarorlari qabul qilindi. Bunday amaliyot deputatlarga tegishli tarmoqlarning muammolariga chuqurroq kirib borish, ijro etuvchi hokimiyat organlarining masʼuliyatini oshirish imkonini berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz qarorlarining ijrosi ustidan doimiy nazoratni amalga oshira borib, Qonunchilik palatasining qoʻmitalari davlat hokimiyati va boshqaruvi tegishli organlarining vakillarini muntazam ravishda eshitib bordilar, zarurat boʻlganda qonunlar normalarining soʻzsiz bajarilishi yuzasidan qoʻshimcha choralar koʻrdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsmani), Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi va siyosiy partiyalarning hisobotlarini koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotni eshitdi. Fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish, ularning buzilgan huquq va erkinliklarini tiklashga koʻmaklashish ombudsmanning ustuvor vazifalaridan biridir. Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning xalqaro hamkorlikni rivojlantirish sohasidagi faoliyati xorijiy ombudsmanlar, inson huquqlari boʻyicha xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni chuqurlashtirish, shuningdek inson huquqlari masalalari boʻyicha xalqaro anjumanlarda ishtirok etish, xalqaro huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar, xorijiy mamlakatlar ombudsmanlari, chet ellik fuqarolarning inson huquqlarini himoya qilish masalalariga doir murojaatlarini koʻrib chiqish yoʻli bilan amalga oshirildi. Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili 25 ta rasmiy delegatsiyani, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning vakillarini qabul qildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisoboti eshitildi. Hisob palatasi Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisida xulosa taqdim etdi. Oʻtkazilgan tekshiruvlar va nazorat tadbirlari davomida aniqlangan kamchiliklar va moliyaviy qoidabuzarliklar yuzasidan aybdor shaxslarga nisbatan choralar koʻrish va Davlat budjetiga yetkazilgan zararlar oʻrnini toʻldirish haqida taqdimnomalar kiritildi. Hisob palatasining hisobotini muhokama qilish yakunlari yuzasidan Qonunchilik palatasining tegishli qarori qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi siyosiy partiyalarning oʻz faoliyatlari toʻgʻrisidagi hisobotlarini ham koʻrib chiqib, tegishli qarorlar qabul qildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining xalqaro hamkorligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi siyosiy faoliyat doirasida parlamentlararo aloqalar rivojlantirildi va mustahkamlandi. Bu Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro maydondagi obroʻ-eʼtiborini oshirishga, ijro etuvchi hokimiyat organlariga davlatimiz oldida turgan bir qator tashqi siyosiy vazifalarni hal etishda koʻmaklashishga xizmat qildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yevropa parlamenti bilan hamkorlik qilish Oliy Majlis xalqaro faoliyatining eng muhim yoʻnalishlaridan biridir. Mazkur tashkilot bilan ish yuzasidan amaliy munosabatlar oʻrnatilgan. Buning tasdigʻi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi bilan Yevropa Ittifoqi oʻrtasida sherikchilik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim doirasida tashkil etilgan “Oʻzbekiston — YEI” parlament hamkorligi qoʻmitasining (PHQ) majlisini keltirish mumkin. Hisobot davrida Toshkent shahrida “Oʻzbekiston — YEI” PHQning navbatdagi sakkizinchi majlisi oʻtkazilib, unda Oʻzbekiston va YEIda siyosiy rivojlanish, shu jumladan demokratik oʻzgarishlar va inson huquqlari, Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik va hamkorlik masalalari, terrorizmga, uyushgan jinoyatchilik va narkotrafikka qarshi kurash sohasidagi hamkorlik istiqbollari boʻyicha fikr almashuvlar boʻlib oʻtdi. Taraflar Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoda atrof muhitni muhofaza qilish, energetika va suv resurslari masalalarini ham muhokama qildilar. Majlisda Avstriya, Germaniya, Latviya, Litva, Ispaniya, Italiya va Slovakiyadan Yevropa parlamentiga saylangan deputatlar qatnashdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston bilan hamkorlik boʻyicha Parlamentlararo guruhning tashkil etilganligi xorijlik parlament vakillarining barcha sohalardagi aloqalarni, shu jumladan parlamentlararo muloqotni ham rivojlantirish va mustahkamlash niyatini namoyon etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahonning 30 dan ziyod davlatlari parlamentlarida, shu jumladan Yaponiya, AQSH, Koreya Respublikasi, GFR, Italiya, Fransiya, Turkiya, Bolgariya, Rossiya, Ukraina hamda boshqa mamlakatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi bilan doʻstlik va hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha turli shakldagi tuzilmalar tashkil etilgan boʻlib, ular qaror topish prinsiplari va maqsadlari jihatidan bir-biridan farq qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan, Yaponiyada ikkita asosiy siyosiy partiya — Yaponiya Demokratik partiyasi hamda Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi faqat oʻz partiyalari aʼzolaridan iborat boʻlgan “YADP — Oʻzbekiston” va “YALDP — Oʻzbekiston” alohida-alohida parlament doʻstlik ligalariga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yilda Yaponiya Senati Spikeri Satsuki Edaning taklifiga hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolarining tashabbusiga koʻra strategik sheriklik munosabatlarini, doʻstlik va hamkorlikni rivojlantirish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi — Yaponiya parlamenti” Parlamentlararo guruhini tashkil etishga qaror qilingan edi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyuk Britaniyada Markaziy Osiyo boʻyicha Umumpartiya guruhi tashkil etilgan boʻlib, uning doirasida 2009-yildan buyon mamlakatlar boʻyicha alohida-alohida, shu jumladan Oʻzbekiston bilan ish olib boruvchi umumpartiya guruhlari faoliyat koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniq ish olib borish va Oʻzbekiston parlamenti vakillari bilan aloqalarni mustahkamlash maqsadida Buyuk Britaniya parlamentining har ikkala palatasi vakillarini birlashtiruvchi “Britaniya — Oʻzbekiston” Umumpartiya guruhida quyidagi mavzulardagi yoʻnalishlar boʻyicha 5 ta kichik guruh tuzilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) parlamentlararo muloqot, institutsional tushunish va parlamentlararo almashuvni qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) demokratiya, inson huquqlari, qonun ustuvorligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) iqlim va atrof muhitning oʻzgarishidan xabardorlik, global energiya va suv xavfsizligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) iqtisodiy rivojlanish, savdo va investitsiyalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yilda parlamentlararo aloqalarni yanada rivojlantirish, shuningdek shartnomaviy-huquqiy, qonunchilik bazasini takomillashtirish maqsadida Oliy Majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Buyuk Britaniya parlamenti bilan hamkorlik boʻyicha Guruh tashkil etildi, shuningdek Buyuk Britaniya Parlamentining “Britaniya — Oʻzbekiston” Umumpartiya guruhi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Guruhi oʻrtasida Oʻzaro bir-birini tushunish toʻgʻrisida memorandum imzolandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fransiya Milliy Assambleyasining parlamentdagi turli partiyalar vakillaridan tashkil topgan “Fransiya — Oʻzbekiston” doʻstlik guruhining asosiy vazifasi parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish va har ikki mamlakatning oʻzaro sheriklik munosabatlariga koʻmaklashishdan iboratdir. Doʻstlik guruhi, qoida tariqasida, oʻz faoliyati toʻgʻrisida, shuningdek Fransiya parlamenti vakillarini xabardor qilish uchun Oʻzbekistondagi siyosiy va iqtisodiy vaziyat toʻgʻrisida hisobot tayyorlaydi. Shuningdek, Oʻzbekistonning Parijdagi vakolatxonasini Fransiya parlamentining faoliyati toʻgʻrisida, qabul qilingan yangi qonunlar va parlamentning mamlakat boshqa idoralari bilan aloqalari toʻgʻrisida xabardor qilish ham uning vazifasiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil mart oyida Oʻzbekiston Respublikasi parlament delegatsiyasining Fransiya Respublikasiga tashrifi vaqtida Fransiya tomoni Oliy Majlisning Qonunchilik palatasida xuddi Fransiya Senati va Milliy Majlisida faoliyat koʻrsatayotgan “Fransiya — Oʻzbekiston” parlament guruhiga oʻxshash “Oʻzbekiston — Fransiya” parlament guruhini tashkil etish taklifini bildirdi. Shu munosabat bilan va parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi bilan Fransiya Milliy Majlisi oʻrtasidagi Oʻzbekiston — Fransiya munosabatlarining shartnomaviy-huquqiy, qonunchilik bazasini takomillashtirish maqsadida “Oʻzbekiston — Fransiya” doʻstlik guruhi tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy ravishda kengayib borayotgan parlament delegatsiyalari almashinuvi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining xalqaro aloqalarini yanada kengaytirish va mustahkamlashga qaratildi. 2010-yil mobaynida Oliy Majlisning quyi palatasida Osiyo, Amerika, Yevropa, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari va xalqaro tashkilotlarning 46 ta chet el delegatsiyasi, shu jumladan 21 ta hukumat va parlament delegatsiyasi, 6 ta xalqaro tashkilot delegatsiyasi va 19 ta elchixonaning vakillari hamda Oʻzbekistonda akkreditatsiya qilingan boshqa xalqaro tashkilotlarning delegatsiyalari, shu jumladan quyidagi delegatsiyalar qabul qilindi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chexiya Respublikasi Parlamentining Fan, taʼlim, madaniyat, yoshlar va sport masalalari boʻyicha deputatlar palatasi qoʻmitasi raisi V. Bartosh boshchiligidagi Chexiya Respublikasi delegatsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy Assambleya deputati Valid Musaid Al-Tabatabaiy boshchiligidagi Quvayt delegatsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yevroparlament deputati, iqlimiy oʻzgarishlar, biologik xilma-xillik va barqaror rivojlanish boʻyicha guruh rahbari S. Stivenson;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saksoniya Landtagi Prezidenti M.Ressler boshchiligidagi GFR parlament delegatsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yevroparlament va “VCP Energy” kompaniyalar guruhi Direktorlar kengashi aʼzosi E. Shtrasser;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korreya Respublikasi Milliy Assambleyasi deputati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi Siyosiy byurosi aʼzosi, Markaziy Qoʻmita kotibi, Markaziy Qoʻmita Targʻibot boʻlimining boshligʻi Lyu-Yunshan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Indoneziya Xalq Maslahat Assambleyasi raisi oʻrinbosari Luqmon Hakim Sayfuddin boshchiligidagi Indoneziya parlament delegatsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyuk Britaniya Parlamentining “Britaniya — Oʻzbekiston” Umumpartiya parlament guruhi aʼzolarining ushbu guruh raisi lord J. Veyverli boshchiligidagi delegatsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shveysariya Konfederatsiyasi Federal majlisi Kantonlar kengashining Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi raisi E. David boshchiligidagi Shveysariya parlament delegatsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Germaniya Sotsial-demokratik partiyasining Bundestagdagi fraksiyasi Spikeri R. Xempelmann;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston — Yevropa Ittifoqi” Parlament Ittifoqi Komissiyasining hamraisi P. Bartolotssi boshchiligidagi Yevroparlament delegatsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tailand Senatining Ichki maʼmuriyatchilik qoʻmitasi raisi K. Tiravatr boshchiligidagi Tailand delegatsiyasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek hisobot yilida Qonunchilik palatasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Estoniya Bosh vaziri A. Ansip;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari boʻyicha yordamchisi R. Bleyk;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ozarbayjon Respublikasi mudofaa vaziri general-polkovnik S. Abiyev tashrif buyurdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni alohida taʼkidlash kerakki, Yevropa mamlakatlari va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari Oʻzbekistonga eng koʻp qiziqish bildirdilar. Ularning vakillari Qonunchilik palatasiga tashrif buyurgan yuqori martabali mehmonlarning yarmidan koʻpini tashkil etdi. Qonunchilik palatasi xalqaro tashkilotlar bilan muntazam hamkorlik qilganligini ham taʼkidlash lozim. Chet ellik mehmonlar mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishdagi ijobiy siljishlarni, oʻtkazilayotgan iqtisodiy islohotlar samaradorligi oshganligini, shuningdek bu sohadagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni taʼkidlab oʻtdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi rahbariyati Oʻzbekistonda akkreditatsiya qilingan elchixonalar va xalqaro missiyalarning rahbarlari bilan doimiy ravishda uchrashuvlar oʻtkazdi. Hisobot davrida Qonunchilik palatasida Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Indoneziya, Malayziya, Niderlandiya, Pokiston, Rossiya, Turkmaniston, Fransiya, BMTning Taraqqiyot dasturi va YEXHT dan kelgan diplomatik missiyalar hamda xalqaro tashkilotlar vakolatxonalarining boshliqlari bilan 20 ta uchrashuv tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni bir vaqtda parlamentlararo aloqalar oʻrnatish va ularni rivojlantirish, parlament ishi bilan tanishish hamda tajriba almashish maqsadida Qonunchilik palatasining 20 ta delegatsiyasi xorijiy mamlakatlarga safar qildi. Hisobot davrida 48 nafar deputat parlament delegatsiyalari tarkibida chet ellarda boʻlib qaytdi. Ular tarkibiga, qoida tariqasida, turli siyosiy partiyalar fraksiyalarining va Oʻzbekiston Ekologik harakatidan saylangan deputatlar guruhining vakillari kiritildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Qonunchilik palatasi rahbarlari ishtirokidagi Oʻzbekiston parlament delegatsiyalarining Shveysariya, Malayziya, Koreya Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Yaponiya, Fransiya va AQSHga qilgan rasmiy safarlari parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish va davlatlar oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga koʻmaklashdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shveysariya parlamenti va Parlamentlararo ittifoqning taklifiga binoan Qonunchilik palatasining Spikeri D. Toshmuhamedova milliy parlamentlar ayol-spikerlarining VI Konferensiyasida (2010-yil 16-17-iyul, Bern shahri) va Parlamentlararo ittifoq doirasidagi Parlamentlar spikerlarining uchinchi butunjahon konferensiyasida (19 — 21-iyul, Jeneva shahri) ishtirok etdi. Mazkur konferensiyalarda Chexiya, Portugaliya, Xorvatiya, Yaponiya, Ozarbayjon, Bangladesh, Marokash, Shvetsiya va Ruminiya kabi xorijiy davlatlarning spikerlari bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari B. Alixonov boshchiligidagi parlament delegatsiyasi AQSHda boʻlib, atrof muhitni muhofaza qilish masalalari bilan shugʻullanuvchi bir qator NTTlar, AQSH Kongressi aʼzolari va Davlat departamenti xodimlari, shuningdek Jahon banki vakillari bilan uchrashdi. Delegatsiya Jahon banki va Xalqaro Valyuta fondining har yillik yigʻilishi sessiyalarida ishtirok etdi. Jahon bankining Inspeksiyaviy kengashiga Amudaryoning quyi oqimidagi aholiga va atrof muhitga Tojikistonning Vaxsh daryosidagi Rogʻun GES loyihasi yetkazishi mumkin boʻlgan zarar toʻgʻrisidagi daʼvo soʻrovi berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, Qonunchilik palatasining deputatlari Ozarbayjon, Belarus, Buyuk Britaniya, Qirgʻiziston va Tojikistonda oʻtkazilgan referendumlar, prezident va parlament saylovlarida xalqaro kuzatuvchilar sifatida ishtirok etdilar. Ular xalqaro tashkilotlarning homiyligida Toshkentda oʻtkazilgan bir qator xalqaro konferensiyalar, anjumanlar va seminarlarda ham qatnashdilar. Xalqaro konferensiyalarga borish va ularda ishtirok etish toʻgʻrisidagi axborotlarda xalqaro tashkilotlarning imkoniyatlaridan Oʻzbekiston manfaatlari yoʻlida samarali foydalanishga doir tavsiyalar ham oʻrin oldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi (BMTTD) bilan jips hamkorlikni davom ettirmoqda. 2010-yil 18-avgustda BMTTDning “Parlament rivojlanishiga koʻmaklashish” loyiha hujjati imzolandi. Ushbu loyihaning asosiy maqsadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikkala palatasi devonlarining salohiyatini mustahkamlash va yanada rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament palatalarining nazorat-tahlil faoliyatini takomillashtirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputatlar faoliyatini tashkil etish va ularning saylovchilar bilan ishlash uslublarini takomillashtirishga koʻmaklashish orqali Parlamentning vakillik vazifalarini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har ikkala palata devonlari ish samaradorligini oshirish va parlament faoliyatini axborot-texnika jihatidan qoʻllab-quvvatlash yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining axborot-kommunikatsiya bazasini, axborot-tahliliy faoliyatining institutsional asosini mustahkamlash borasida texnik jihatdan koʻmak berishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Siyosiy partiyalar fraksiyalari va Oʻzbekiston Ekologik harakatidan saylangan deputatlar guruhining faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining birinchi majlisida siyosiy partiyalar — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi (53 aʼzo), Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi (32 aʼzo), Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi (31 aʼzo), Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi (18 aʼzo) fraksiyalari va Oʻzbekiston Ekologik harakatidan saylangan deputatlar guruhi (15 aʼzo) roʻyxatga olindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyi palataning 2010-yilgi ish yakunlari mamlakat oliy qonunchilik organi faoliyatida siyosiy partiyalarning roli oshganligini va unga taʼsiri kuchayganligini koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida siyosiy partiyalar fraksiyalari va Oʻzbekiston Ekologik harakatidan saylangan deputatlar guruhi palataning qonun ijodkorligi faoliyatiga muayyan ulush qoʻshdilar. Ularning majlislarida qonun loyihalarini va boshqa hujjatlarni qonunchilik palatasining muhokamasiga kiritish, mazkur hujjatlar boʻyicha oʻzaro maqbul mavqega kelishish, palataning majlislarini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar koʻrib chiqildi. Bunday faoliyat qonun loyihalari ustida olib boriladigan ish sifatini va deputatlar faoliyatining samaradorligini oshirish imkonini berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Palata, siyosiy partiyalar fraksiyalari, Oʻzbekiston Ekologik harakatidan saylangan deputatlar guruhi majlislarida masalalarni koʻrib chiqish chogʻida huquqiy normalarni takomillashtirish boʻyicha muhim takliflar kiritilib, ular qonunlarning uzil-kesil tahririni qabul qilish vaqtida albatta hisobga olindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalari oʻtkazgan tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlar parlament ishining doimiy shakllaridir. Hisobot davrida 180 tadan ortiq tadbir oʻtkazildi. Ularda asosan qonun loyihalarining konsepsiyalari, mamlakatimiz hayotining sotsial-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi oʻzgarishlarning nazariy va amaliy jihatlari muhokama qilindi. Bir qator tadbirlar “Barkamol avlod yili”ga bagʻishlandi. Tadbirlarda, qoida tariqasida, vazirliklar va idoralar, turli nodavlat tashkilotlari vakillari, mamlakatimiz va chet ellarning yetakchi olimlari, tegishli soha ekspertlari, ommaviy axborot vositalarining vakillari qatnashdilar. Tayyorlangan va joylarga yuborilgan tavsiyalar fuqarolarning huquqiy va siyosiy madaniyati yanada oʻsishiga muayyan darajada koʻmaklashdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan, Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi — “Sud-huquq islohotlari: hozirgi holat va istiqbollar”, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi — “Mintaqaviy va global xavfsizlikni taʼminlashda Oʻzbekistonning roli”, Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi — “Qonun hujjatlarini kodifikatsiya qilish: xalqaro tajriba va milliy amaliyot”, Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi — “Yoshlarning ijodiy va intellektual salohiyatini rivojlantirishning huquqiy asoslari: muammolar va yechimlar” mavzuyida konferensiya, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi — “Barqaror taraqqiyot, atrof muhit va Markaziy Osiyoning suv resurslaridan oqilona foydalanish” hamda “Markaziy Osiyoning transchegaraviy ekologik muammolari: ularni hal etish uchun xalqaro huquqiy mexanizmlarni qoʻllash” mavzularida xalqaro konferensiyalar oʻtkazdi, Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi — “Kredit byurolari faoliyati va kredit axboroti almashuvi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasining muhokamasi boʻyicha, Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi — “Qishloq vrachlik punktlarida budjet mablagʻlaridan foydalanishning ahvoli, muammolar va yechimlar”, Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi — “Firma nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining sanoatni, ishlab chiqarish va boshqa tarmoqlarni rivojlantirishdagi oʻrni”, Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi — “Agrar sohani rivojlantirishga taalluqli qonun hujjatlarini takomillashtirish”, Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi — “Nodavlat notijorat tashkilotlarining mamlakatda modernizatsiya qilish hamda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishdagi oʻrni va roli”, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi — “Jurnalistlik faoliyatining huquqiy asoslari” va boshqa mavzularda seminar oʻtkazdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, aholi bilan uchrashuvlar oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini himoya qilish Qonunchilik palatasi rahbariyatining, palata qoʻmitalari va Devonining doimiy diqqat markazida boʻldi. Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish borasida fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash masalasiga katta eʼtibor qaratildi. Bu faoliyat “Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunga, parlamentning ushbu sohadagi vakolatlariga qatʼiy muvofiq holda olib borildi. Hisobot davrida Qonunchilik palatasiga 2885 ta yozma murojaat kelib tushdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatlarning aksariyatida mamlakatimiz rahbariyatining islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan yoʻlini qoʻllab-quvvatlash, xalqning turmush farovonligi toʻgʻrisida koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlik uchun, shaxsning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklari aniq maqsadni koʻzlagan holda himoya qilinayotganligi uchun minnatdorchilik bayon etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga fuqarolarning bir qator murojaatlari va arizalarida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan qonunlar buzilayotganligi, ijtimoiy taʼminot xizmati faoliyatidagi kamchiliklar, joylarda shikoyatlarga nisbatan eʼtiborsizlik qilinayotganligi haqida gap borgan. Ularning ayrimlarida fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilayotganligi, fuqarolar tomonidan qoʻyilayotgan qonuniy talablarni hal etishda mahalliy hokimiyat organlari, sudlar qogʻozbozlik va rasmiyatchilik bilan munosabatda boʻlayotganligi xabar qilingan, mehnatga qobiliyatli aholini ish bilan taʼminlash, kommunal xizmatni tashkil etish muammolari koʻtarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xatlarning katta qismi Toshkent shahridan (595), Qashqadaryo (390), Surxondaryo (253), Samarqand (235), Fargʻona (234) va Toshkent (218) viloyatlaridan kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eng keskin masalalar oʻrtaga qoʻyilgan murojaatlar Qonunchilik palatasining rahbariyati, tegishli qoʻmitalar va palata Devonining boʻlimlari tomonidan koʻrib chiqildi. Deputatlar fuqarolarni Qonunchilik palatasida ham, saylov okruglarida ham qabul qildilar. Fuqarolar murojaatlarining aksariyat koʻpchiligi koʻrib chiqish uchun tegishli hokimliklar, sudlar, prokuratura organlari, vazirliklar va idoralarga, boshqa vakolatli organlarga yuborildi. Mazkur murojaatlar boʻyicha joylarda olib borilayotgan ishlar doimiy nazoratga olindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga muvofiq okruglarda saylovchilar bilan ishlash tizimli asosda olib borildi. Bunda joylarda sotsial-iqtisodiy islohotlarning borishi aniq maqsadni koʻzlagan holda oʻrganildi, muammolar aniqlanib, ularni hal etish yuzasidan choralar koʻrildi. Saylovchilar bilan uchrashuvlar va suhbatlar vaqtida deputatlar aholini jamiyat hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalari haqida, qabul qilingan qonunlarning, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va Hukumat qarorlarining mazmun-mohiyati toʻgʻrisida, parlamentning faoliyati, siyosiy partiyalar fraksiyalari va Oʻzbekiston Ekologik harakatidan saylangan deputatlar guruhining ishi haqida xabardor qildilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining deputatlari oʻz saylov okruglarida qonunlarning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirishga, “Barkamol avlod yili”, “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” davlat dasturlarining ijrosi, 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturining ijrosi yuzasidan joylarda amalga oshirilayotgan ishlarga alohida diqqat-eʼtibor qaratdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, 2010-yil may oyida Qonunchilik palatasi tomonidan maxsus ishlab chiqilib, palata Kengashi tasdiqlagan dastur asosida davlat dasturlari va qonunlarning amalda roʻyobga chiqarilishi darajasini kompleks oʻrganishni tashkil etdi. Deputatlar bu masala bilan joylarga borib, qonunda nazarda tutilgan huquqiy normalar va nazorat vakolatlarini amalga oshirish mexanizmlaridan foydalangan holda shugʻullandilar. Bunday oʻrganishning umumlashtirilgan yakunlari aniq tavsiyalar ishlab chiqish, aniqlangan kamchiliklarga barham berish va foydalanilmagan rezervlarni ishga solish uchun palata Kengashining majlisida muhokama qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil dekabrda deputatlar tomonidan joylarga borib, kompleks oʻrganish doirasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni reglamentlovchi qonunlar ijrosining holati toʻgʻrisidagi, shuningdek “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi ijrosining holati haqidagi masalalar koʻrib chiqildi. Pirovard natijada tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilishni yanada kuchaytirish, joylarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish sharoitlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqildi. Shuningdek, ushbu faoliyat doirasida Davlat dasturida belgilangan vazifalarni soʻzsiz bajarish boʻyicha joylarda amalga oshirilgan chora-tadbirlar ham koʻrib chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi deputatlarining ishtirokidagi barcha tadbirlar tashkiliy jihatdan yuqori saviyada oʻtdi. Uchrashuvlarda mahalliy Kengashlar deputatlari ham ishtirok etdilar. Qonunchilik palatasi deputatlarining oʻz saylov okruglaridagi ishlari saylovchilar bilan suhbatlar chogʻida aniqlangan muammolar chuqur umumlashtirilgan va tahlil qilingan, dolzarb masalalarni hal qilish yuzasidan amaliy takliflar tayyorlangan holda oʻtkazildi. Deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuvlari doirasida amalga oshirgan ishlarining maqsad-mohiyati mahalliy ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishiga alohida eʼtibor qaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yilda Qonunchilik palatasida oʻtkazilgan uchrashuvlar, suhbatlar va ekskursiyalarda jamiyatimizning turli ijtimoiy qatlamlariga mansub boʻlgan mingdan ortiq odam ishtirok etdi. Ular orasida maktablar, kollejlar va litseylarning oʻquvchilari, oliy oʻquv yurtlarining talabalari, akademiyalarning tinglovchilari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining faollari, mahallalar, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vakillari va boshqalar bor edi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umuman olganda, deputatlar korpusining saylovchilar bilan olib borgan tizimli va aniq maqsadga qaratilgan ishi qabul qilingan qonunlar, Prezident farmonlari va hukumat qarorlarining joylardagi ijrosini yanada batafsil oʻrganish, bu ishga mahalliy partiya tashkilotlari va mahalliy Kengashlar deputatlarini jalb qilish imkonini berdi. Joylarda oʻtkazilgan uchrashuvlar, muhokamalar saylovchilarni tashvishlantirayotgan bir qator masalalarni Qonunchilik palatasining qoʻmitalari darajasida jiddiy oʻrganishga koʻmaklashdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi 23 ta majlis oʻtkazdi. Ularda Qonunchilik palatasining ish rejalari va majlislari kun tartibi loyihalari muhokama qilindi, palata faoliyatini tashkil etishning boshqa masalalari koʻrib chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro hamkorlikda harakat qilishga, Qonunchilik palatasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni matbuotda, telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlarda oʻz vaqtida yoritishga katta eʼtibor qaratildi. Qonunchilik palatasining faoliyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi. Oʻtgan davr ichida televideniye, radio, matbuot nashrlari va Internet-resurslarda jami 6 mingdan ziyod material (axborotlar, maqolalar, intervyular, sharhlar va boshqalar) eʼlon qilindi. Ularda deputatlar qabul qilingan qonunlarni sharhladilar, tegishli qoʻmitalarda ishlab chiqilayotgan qonun loyihalari haqida axborot berdilar. “Parlament vaqti” va “Parlament soati” koʻrsatuvlari Oʻzbekiston MTRK tomonidan muntazam ravishda efirga berib borildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasida ommaviy axborot vositalarining 148 nafardan ortiq vakili akkreditatsiya qilindi, bu esa parlament faoliyatining OAVda tezkor va samarali yoritilishiga erishish imkonini berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yilda erishilgan yutuqlardan kelib chiqqan holda komil ishonch bilan aytish mumkinki, 2011-yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari oʻz oldilariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida qoʻyilgan vazifalarni ham sharaf bilan bajaradilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-y., 1-son, 4-modda)