O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
“TABIIY MONOPOLIYALAR TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINING 4-MODDASIGA O‘ZGARTISh KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2010-yil 2-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2010-yil 3-dekabrda ma’qullangan
Senat tomonidan 2010-yil 3-dekabrda ma’qullangan
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 3-iyuldagi O‘RQ-850-sonli “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2023-yil 4-oktabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi 398-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan 815-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 212-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 12, 591-modda) 4-moddasi birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“temir yo‘llar infratuzilmasidan foydalanish hisobga olingan holda temir yo‘llarda tashish”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 14-dekabr,
O‘RQ-266-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 50-son, 470-modda)