Ushbu modda birinchi qismining uchinchi—beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha malaka sertifikatining amal qilishi tugatilgan shaxs malaka sertifikatining amal qilishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch yil ichida rieltorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organiga malaka sertifikati olish uchun ariza bilan murojaat qilishga haqli emas.
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan asos bo‘yicha malaka sertifikati bekor qilingan shaxs malaka sertifikatini bekor qilish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch yil ichida rieltorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organiga malaka sertifikati olish uchun ariza bilan murojaat qilishga haqli emas.
Ko‘chmas mulk obyektlarini ishonchli boshqarish bo‘yicha faoliyat rieltorlik tashkilotiga qonunchilikda belgilangan tartibda tuzilgan ko‘chmas mulk obyektlarini ishonchli boshqarish shartnomasi asosida berilgan ko‘chmas mulk obyektlarini rieltorlik tashkiloti tomonidan o‘z nomidan haq evaziga muayyan muddat davomida boshqaruv muassisining yoki u ko‘rsatgan shaxsning (foyda oluvchining) manfaatlarini ko‘zlab boshqarishning amalga oshirilishidir. Ko‘chmas mulk obyektlarini ishonchli boshqarish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.