Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
FUQAROLARNING PENSIYA TAʼMINOTI TIZIMI TAKOMILLAShTIRILIShI MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2010-yil 6-iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2010-yil 28-avgustda maʼqullangan
Senat tomonidan 2010-yil 28-avgustda maʼqullangan
Oldingi tahrirga qarang.
(1-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrdagi OʻRQ-641-sonli Qonuniga asosan 2021-yil 16-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2020-y., 03/20/641/1389-son)
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi 938–XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 338-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 112-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2002-yil, № 4-5, 74-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda; 2007-yil, № 12, 590, 608-moddalar; 2008-yil, № 12, 640-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:;
1) 12-modda “m” bandining birinchi xatboshisidagi “ijtimoiy taʼminot tizimining” degan soʻzlar “mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 32-modda toʻrtinchi qismining, 37-modda birinchi qismi “a” bandi birinchi va uchinchi xatboshilarining, “g” bandining, 40-modda birinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “Budjetdan” degan soʻz “budjetdan” degan soʻz bilan almashtirilsin;
3) 43-moddaning:
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari), boshqa kooperativlarning aʼzolariga va ularning oila aʼzolariga pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi ariza kooperativ boshqaruvi orqali beriladi”;
uchinchi va toʻrtinchi qismlaridagi “tuman (shahar) ijtimoiy taʼminot boʻlimiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Dehqon xoʻjaliklari aʼzolariga, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslarga, boshqa fuqarolarga va ularning oila aʼzolariga pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi ariza bevosita arizachining istiqomat joyidagi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga beriladi”;
oltinchi va yettinchi qismlaridagi “Ijtimoiy taʼminot boʻlimlari” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Korxona yoki pensioner tomonidan maʼlumotlari ishonchsiz hujjatlar taqdim etilganligi oqibatida davlatga zarar yetkazilgan taqdirda, yetkazilgan zararning oʻrni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga qoplanadi. Bunda korxona tomonidan yetkazilgan zararning oʻrni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimidan tegishli xabarnoma olingan kundan eʼtiboran bir oy ichida, pensioner tomonidan yetkazilgan zararning oʻrni esa ushbu Qonunning 65-moddasida nazarda tutilgan tartibda qoplanadi”;
4) 44-moddaning matnidagi “tuman (shahar) ijtimoiy taʼminot boʻlimlari” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 45-moddaning ikkinchi qismidagi va 46-moddaning ikkinchi qismidagi “ijtimoiy taʼminot boʻlimi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 52-moddaning matnidagi “ijtimoiy taʼminot boʻlimlari” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 58-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“58-modda. Pensiya toʻlanishiga taʼsir koʻrsatuvchi shart-sharoitlar oʻzgarganligi toʻgʻrisida pensionerning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimini xabardor qilish majburiyati
Mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzolari uchun boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini olayotgan pensioner oilaning pensiya toʻlanayotgan aʼzolari tarkibidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida, ular oʻqishni toʻxtatganligi haqida, shuningdek toʻliq davlat taʼminotiga oʻtkazilganligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimini xabardor qilishi shart.
Pensioner (boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini olayotgan pensionerdan tashqari) ishga kirgan taqdirda, bu haqda oʻzining istiqomat joyidagi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimini xabardor qilishi shart”;
8) 64-moddaning birinchi qismidagi “tuman (shahar) ijtimoiy taʼminot boʻlimiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 65-modda birinchi qismining “b” bandidagi “tuman (shahar) ijtimoiy taʼminot boʻlimining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 66-modda birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarining oʻzbekcha matnidagi “Budjetdan” degan soʻz “budjetdan” degan soʻz bilan almashtirilsin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 232-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 305-moddaning matnidagi “ijtimoiy taʼminot organlari” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 306-moddaning ikkinchi qismidagi “ijtimoiy taʼminot organlaridan” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlaridan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan 409–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 6, 175-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 248-modda, № 9, 422-modda, № 12, 595-modda; 2008-yil, № 4, 187-modda, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 4, 136-modda, № 12, 470-modda) 165-moddasining uchinchi qismidagi “ijtimoiy taʼminot organlarining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 1-apreldagi OʻRQ-680-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan – Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 03/21/680/0263-son)
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 607–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-songa ilova; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 157-modda; 2008-yil, № 4, 189-modda; 2009-yil, № 9, 328-modda) 175-moddasining matnidagi “ijtimoiy taʼminot boʻlimlari” degan soʻzlar “mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-361-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 686-modda)
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 2-dekabrda qabul qilingan “Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi 702–II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 6-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 18-moddaning:
birinchi qismidagi “tuman yoki shahar ijtimoiy taʼminot boʻlimi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “tuman yoki shahar ijtimoiy taʼminot boʻlimiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini olish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma bunday toʻlovlarni oluvchiga ariza Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda beriladi”;
beshinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 20-moddaning birinchi qismidagi “tuman yoki shahar ijtimoiy taʼminot boʻlimi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi OʻRQ-601-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 10-sentabrda qabul qilingan “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ–174-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 9, 480-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 5-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “tuman, shahar ijtimoiy taʼminot boʻlimlarini” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 7-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi, 9-moddaning ikkinchi qismidagi, 15-moddaning matnidagi “tuman, shahar ijtimoiy taʼminot boʻlimlari” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 9-sentabr,
OʻRQ-254-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 35-36-son, 300-modda; 2013-y., 52-son, 686-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son; 15.10.2020-y., 03/20/641/1389-son; 02.04.2021-y., 03/21/680/0263-son)