15.09.2010 yildagi O‘RQ-256-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAVLAT SOLIQ XIZMATI ORGANLARI TIZIMI YANADA MODERNIZATSIYA QILINIShI MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2010-yil 29-iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2010-yil 28-avgustda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 1–2, 11, 23-moddalar, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda) 38-moddasi quyidagi mazmundagi 10-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“10) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlimlari — bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida aniqlangan moliyaviy-iqtisodiy va soliq sohalaridagi huquqbuzarliklarga doir ishlar boʻyicha”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi 474–I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5–6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9–10, 182-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda, № 9, 312-modda, № 12, 415-modda; 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 474-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 4-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat soliq xizmati organlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq siyosatini amalga oshirish hamda soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlarning toʻgʻri hisoblab chiqarilishi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishi ustidan nazoratni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlarning soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga, davlatning maqsadli jamgʻarmalari hamda budjetdan tashqari jamgʻarmalarga toʻliq va oʻz vaqtida tushishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlar yigʻilishini oshirish boʻyicha choralar koʻrish, maʼlumotlar kompyuter bazasining yagona tizimini yuritish asosida soliq toʻlovchilarni hisobga qoʻyish mexanizmlarini takomillashtirish, ularga koʻrsatiladigan axborot-maslahat xizmatlari sohasini kengaytirish, soliqlarga oid huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish boʻyicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul mablagʻlarining gʻayriqonuniy aylanishi manbalariga barham berish, aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan naqd pul tushumining toʻliq va oʻz vaqtida topshirilishi ustidan muntazam nazoratni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlar, yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyatini ragʻbatlantirishga, ularga zarur imtiyozlar va preferensiyalar berishga doir qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozorlar va savdo komplekslarining moliya-xoʻjalik faoliyati, ular tomonidan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish hamda ularning hududida aniqlangan huquqbuzarliklar boʻyicha surishtiruv oʻtkazib, jinoyat ishlarini tergovga tegishliligiga koʻra huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish masalalari boʻyicha nazorat qiluvchi organlar faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlash, ushbu ishni amalga oshirishda bir-birini takrorlash va suiisteʼmolliklarga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta hamda eksport-import operatsiyalari amalga oshirilganda qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan oʻz vakolatlari doirasida nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organlarini halol, yuqori malakali xodimlar bilan toʻldirish, korrupsiya va ishga rasmiyatchilik bilan yondashish faktlariga barham berish boʻyicha tizimli ishni amalga oshirish, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni doimiy asosda taʼminlash”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismi quyidagi mazmundagi 16 va 17-bandlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“16) bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida bir martalik yigʻimlar, ijara haqi toʻliq tushishi va ularning topshirilishi hisobga olinishiga, fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalaridan, toʻlovlarni plastik kartochkalar asosida qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallaridan foydalanilishiga, shuningdek savdo va xizmat koʻrsatish qoidalariga rioya etilishiga oid qisqa muddatli tekshiruvlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17) bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida aniqlangan moliyaviy-iqtisodiy va soliq sohalarida huquqbuzarliklar sodir etilganligi faktlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruvlar oʻtkazish, ular boʻyicha jinoyat ishlari qoʻzgʻatish hamda surishtiruv oʻtkazib, jinoyat ishlarini tergovga tegishliligiga koʻra huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ushbu modda birinchi qismining 1—7-bandlarida nazarda tutilgan huquqlar davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslariga, 8—15-bandlarida nazarda tutilgan huquqlar faqat davlat soliq xizmati organlari boshliqlariga va ularning oʻrinbosarlariga, 16 va 17-bandlarida nazarda tutilgan huquqlar esa davlat soliq xizmati organlarining qonun hujjatlarida vakolat berilgan boʻlinmalari mansabdor shaxslariga belgilangan tartibda beriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 10-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining mansabdor shaxslari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boʻlimlarining boshliqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridagi bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish boʻlimlarining mansabdor shaxslari, davlat soliq inspeksiyalarining boshliqlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining buyrugʻi bilan tayinlanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi 717–I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 8-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda) 9-moddasi quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida bir martalik yigʻimlar, ijara haqi toʻliq tushishi va ularning topshirilishi hisobga olinishiga, fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalaridan, toʻlovlarni plastik kartochkalar asosida qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallaridan foydalanilishiga, shuningdek savdo va xizmat koʻrsatish qoidalariga rioya etilishiga oid qisqa muddatli tekshiruvlar davlat soliq xizmati organlarining faqat qonun hujjatlarida vakolat berilgan boʻlinmalari tomonidan mazkur boʻlinmalar boshliqlarining buyruqlari asosida oʻtkazilib, keyinchalik bu haqda maxsus vakolatli organ yoki uning tegishli hududiy boʻlinmasi qisqa muddatli tekshiruv oʻtkazilgan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida xabardor qilinadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi 69–II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5–6, 140-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda, № 9, 494-modda, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 472-modda) 401-moddasining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib qoʻyish, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno”.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi OʻRQ-601-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 15-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-256-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 37-son, 314-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)