O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida
1-modda. Ushbu Qonunda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
iste’molchi — foyda chiqarib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda shaxsiy iste’mol yoki boshqa maqsadlarda tovar sotib oluvchi, ish, xizmatga buyurtma beruvchi yoxud shu niyatda bo‘lgan fuqaro (jismoniy shaxs);
Oldingi tahrirga qarang.
ishlab chiqaruvchi — iste’molchiga realizatsiya qilish uchun tovar ishlab chiqaradigan korxona, tashkilot, muassasa yakka tartibdagi tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar;
(1-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 23-yanvardagi O‘RQ-1021-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2025-y., 03/25/1021/0063-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ijrochi — maishiy xizmat, uy-joy-kommunal, ta’mirlash-qurilish, transport xizmati va xizmat ko‘rsatishning boshqa sohalarida shartnoma bo‘yicha iste’molchi uchun ishlar bajaradigan yoki xizmatlar ko‘rsatadigan korxona, tashkilot, muassasa yakka tartibdagi tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar;
(1-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 23-yanvardagi O‘RQ-1021-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2025-y., 03/25/1021/0063-son)
Oldingi tahrirga qarang.
sotuvchi — oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha iste’molchiga tovar realizatsiya qiladigan korxona, tashkilot, muassasa yakka tartibdagi tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar;
(1-moddaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 23-yanvardagi O‘RQ-1021-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2025-y., 03/25/1021/0063-son)
shartnoma — tovarni olish-sotishni amalga oshirishda, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishda sifat, miqdor, muddat, narx va boshqa shartlar to‘g‘risida iste’molchi bilan sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) o‘rtasidagi og‘zaki yoki yozma kelishuv;
tovar — ishlab chiqaruvchi faoliyatining iste’molchiga shartnoma bo‘yicha sotish uchun mo‘ljallagan mahsuli, shu jumladan, import mahsuloti;
Oldingi tahrirga qarang.
normativ hujjatlar — texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda boshqa hujjatlar (shaharsozlik normalari va qoidalari, davlat farmakopeyasi hamda farmakopeya maqolalari), texnik tavsiflar, retsepturalar, shuningdek tovarning (ishning, xizmatning) sifatiga va xavfsizligiga doir majburiy talablarni o‘z ichiga olgan boshqa hujjatlar;
(1-moddaning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 27-fevraldagi O‘RQ-819-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.02.2023-y., 03/23/819/0113-son — 2023-yil 29-avgustdan kuchga kiradi)
tovar (ish, xizmat)ning xavfsizligi — tovarni iste’mol qilish, undan foydalanish, uni saqlash, tashish yoki utilizatsiya qilishning, shuningdek, ish yoki xizmat natijalaridan foydalanishning odatdagi sharoitlarida iste’molchining hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga va atrof-muhitga zarar yetkazilishi ehtimoli bilan bog‘liq xavf xatarning yo‘qligi;
muvofiqlik sertifikati — sertifikatlangan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat;
tovar (ish, xizmat)ning nuqsoni — tovar (ish, xizmat)ning normativ hujjatlarning majburiy talablariga, shartnoma shartlariga yoxud tovar (ish, xizmat)ning sifatiga odatda qo‘yiladigan talablarga nomuvofiqligi;
tovar (ish, xizmat)ning jiddiy nuqsoni — tovar (ish, xizmat)dan belgilangan maqsadda foydalanib bo‘lmaydigan qilib qo‘yadigan yoxud bartaraf etish uchun ko‘p mehnat va vaqt sarflash talab qiladigan kamchilik;
kafolat muddati — tovardan (xizmatdan) foydalanishning (onlar hisobidagi) normativ muddati yoki tovar (xizmat)ning muayyan vazifani (necha soatda, nechta ish jarayonida, qancha kilometr masofani bosib o‘tib va h.k.) bajarish vaqti tarzida belgilangan muddati bo‘lib, bu muddat ichida ishlab chiqaruvchi (ijrochi), basharti tovarni ishlatish (xizmatdan foydalanish) qoidalariga rioya etilgan bo‘lsa, tovarning (xizmatning) sifatiga nisbatan normativ hujjatlarda nazarda tutilgan talablar bajarilishini kafolatlaydi va ta’minlaydi;
xizmat muddati — tovardan foydalanishning belgilangan muddati bo‘lib, u tamom bo‘lgach, tovarning texnik holatidan qati nazar, undan foydalanish to‘xtatilishi lozim;
yaroqlilik (saqlash) muddati — muayyan davr bo‘lib, bu davrda tovar foydalanishga yaroqli bo‘ladi va u tamom bo‘lgach, tovar odamlar hayoti hamda sog‘lig‘i uchun xavf tug‘dirishi mumkin;
kassa cheki — tovarning sotib olinganligini yoki ish (xizmat)ning haqi to‘langanligini tasdiqlaydigan, tovar (ish, xizmat)ning bahosi, haq to‘langan sana va kassa apparatining nomeri ko‘rsatilgan hujjat;
tovar cheki — tovarning sotib olinganligini yoki ish (xizmat)ning haqi to‘langanligini tasdiqlovchi, tovar (ish, xizmat)ning bahosi, haq to‘langan sana hamda sotuvchining nomi va joylashgan manzili haqidagi ma’lumot ko‘rsatilgan hujjat.
Oldingi tahrirga qarang.
tovarni (ishni, xizmatni) iste’molchidan qaytarib olish — agar tovar (ish, xizmat) iste’molchi mulkiga aylangan yoki unga taklif etilgan bo‘lsa, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) tomonidan amalga oshiriladigan, tovarning (ishning, xizmatning) xavfsizligi talablariga mos bo‘lmagan tovarni (ishni, xizmatni) qaytarib olishga qaratilgan har qanday chora;
tovarni (ishni, xizmatni) muomaladan chiqarish — ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) tomonidan amalga oshiriladigan, tovarning (ishning, xizmatning) xavfsizligi talablariga mos bo‘lmagan tovarga (ishga, xizmatga) ofertani tugatish va bunga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan har qanday chora;
(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuniga muvofiq o‘n sakkizinchi va o‘n to‘qqizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik
Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonundan va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.
Qonunchilik hujjatlari ushbu Qonunda belgilangan iste’molchilarning huquqlarini cheklab qo‘yishi, ularni himoya qilishning kafolatlarini kamaytirishi mumkin emas.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Xalqaro shartnomalar va bitimlar
Oldingi tahrirga qarang.
Agar O‘zbekiston Respublikasi ishtirok etgan xalqaro shartnoma yoki bitimda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qo‘llaniladi.
(3-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
4-modda. Iste’molchilarning asosiy huquqlari
Iste’molchilar quyidagi huquqlarga ega:
tovar (ish, xizmat) haqida, shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqida to‘g‘ri va to‘liq ma’lumot olish;
Oldingi tahrirga qarang.
tovarni (ishni, xizmatni) erkin tanlash va uning tegishli darajada sifatli bo‘lishini talab qilish;
(4-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 23-yanvardagi O‘RQ-1021-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2025-y., 03/25/1021/0063-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tovarning (ishning, xizmatning) xavfsiz bo‘lishini talab qilish;
(4-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 23-yanvardagi O‘RQ-1021-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2025-y., 03/25/1021/0063-son)
Oldingi tahrirga qarang.
hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki uchun xavfli nuqsoni bo‘lgan tovar (ish, xizmat), shuningdek ishlab chiqaruvchining (ijrochining, sotuvchining) g‘ayriqonuniy harakati (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan moddiy ziyon, ma’naviy zararning o‘rni to‘liq hajmda qoplanishini talab qilish;
(4-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 23-yanvardagi O‘RQ-1021-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2025-y., 03/25/1021/0063-son)
buzilgan huquqlari yoki qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlari himoya qilinishini so‘rab sudga, boshqa vakolatli davlat organlariga murojaat etish;
iste’molchilarning jamoat birlashmalarini tuzish.
Oldingi tahrirga qarang.
Iste’molchilarning ijtimoiy himoyaga muhtojlar toifasiga kiritilgan ayrim guruhlari uchun qonunchilik bilan savdo, maishiy xizmat va xizmat ko‘rsatishning boshqa turlari bo‘yicha imtiyozlar va afzalliklar belgilanishi mumkin.
(4-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
5-modda. Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi), savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalari to‘g‘risidagi ma’lumot
Ishlab chiqaruvchi o‘z korxonasining nomi va joylashgan (yuridik) manzili haqida iste’molchini xabardor qilishi shart. Bunday ma’lumot ishlab chiqarish markasi yoki tovar belgisida ko‘rsatilgan bo‘lishi yoxud boshqa usulda taqdim etilishi lozim.
Sotuvchi (ijrochi) o‘z tashkilotining firma nomi, uning joylashgan (yuridik) manzili va ish tartibini iste’molchilarga ma’lum qilishi shart. Bunday ma’lumot lavhada aks ettirilishi lozim.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan ma’lumot savdo va xizmat ko‘rsatish muvaqqat binolar, yarmarkalar, ko‘chma do‘konchalar orqali amalga oshirilgan yoki savdo va xizmat ko‘rsatish sotuvchi (ijrochi)ning doimiy joylashgan manzilidan tashqarida amalga oshirilgan boshqa hollarda ham iste’molchilar e’tiboriga yetkazilishi kerak.
Sotuvchi (ijrochi) iste’molchiga tovarlar savdosi, maishiy va boshqa turdagi xizmat ko‘rsatishning qoidalari to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqidagi, savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalari to‘g‘risidagi ma’lumot iste’molchiga davlat tilida taqdim etiladi. Mazkur ma’lumot qo‘shimcha ravishda boshqa tillarda ham taqdim etilishi mumkin.
(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-yanvardagi O‘RQ-746-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 03/22/746/0032-son — 2022-yil 19-apreldan kuchga kiradi)
6-modda. Tovar (ish, xizmat)lar to‘g‘risidagi ma’lumot
Oldingi tahrirga qarang.
Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) iste’molchiga o‘zi realizatsiya qilayotgan tovar (ish, xizmat)lar haqida o‘z vaqtida zarur, to‘g‘ri va tushunarli ma’lumot berishi shart. Bunda mazkur ma’lumot tovarlarning etiketkalarida, tamg‘alarida, texnik hujjatida yoki tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) ayrim turlari uchun qabul qilingan boshqa usulda iste’molchilarga yetkazilishi mumkin.
(6-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-yanvardagi O‘RQ-746-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 03/22/746/0032-son — 2022-yil 19-apreldan kuchga kiradi)
Tovar (ish, xizmat) haqidagi ma’lumotda quyidagilar ko‘rsatilishi shart:
Oldingi tahrirga qarang.
tovarning (ishning, xizmatning) nomi;
(6-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-yanvardagi O‘RQ-746-sonli Qonuniga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 03/22/746/0032-son — 2022-yil 19-apreldan kuchga kiradi)
tovar (ish, xizmat) majburiy talablariga muvofiq kelishi shart bo‘lgan normativ hujjatning nomi;
tovar (ish, xizmat)ning asosiy iste’mol xususiyatlari, shu jumladan, o‘ziga xos xususiyatlari ro‘yxati;
Oldingi tahrirga qarang.
narxi (tarifi) va sotib olish shartlari;
(6-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-yanvardagi O‘RQ-746-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 03/22/746/0032-son — 2022-yil 19-apreldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
normativ-huquqiy hujjatlarga yoki texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq ishlab chiqarish sanasi ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan tovarning ishlab chiqarilgan sanasi;
(6-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 23-yanvardagi O‘RQ-1021-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2025-y., 03/25/1021/0063-son)
ishlab chiqaruvchi (ijrochi)ning kafillik majburiyatlari;
tovardan samarali va xavfsiz foydalanish qoidalari hamda shartlari;
tovarning xizmat (yaroqlilik) muddati va ushbu muddat tugaganidan keyin iste’molchi nima ishlar qilishi zarurligi, shuningdek bunday ishlarni bajarmaslik natijasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
ishlab chiqaruvchining (ijrochining, sotuvchining) to‘liq nomi va joylashgan yeri (yuridik manzili), litsenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning QR-kodi (matritsali shtrix kodi), import qilinadigan tovarlar uchun esa ishlab chiqaruvchining hamda import qiluvchining nomi va joylashgan yeri (yuridik manzili);
(6-modda ikkinchi qismining o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-yanvardagi O‘RQ-746-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 03/22/746/0032-son — 2022-yil 19-apreldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
tovar kelib chiqqan mamlakatning nomi;
(6-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-yanvardagi O‘RQ-746-sonli Qonuniga asosan o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 03/22/746/0032-son — 2022-yil 19-apreldan kuchga kiradi)
ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning hamda ular iste’molchidan da’vo qabul qilishga vakolat bergan, shuningdek, ta’mirlashlarini bajaradigan va texnikaviy xizmat ko‘rsatadigan korxonalarning manzillari;
tovarlarni saqlash, xavfsiz utilizatsiya qilish usullari hamda qoidalari.
Oldingi tahrirga qarang.
konsert-tomosha tadbirlari o‘tkazilayotganda fonogrammadan foydalanish to‘g‘risidagi axborot.
(6-modda ikkinchi qismning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 11-martdagi O‘RQ-1046-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2025-y., 03/25/1046/0229-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Konsert-tomosha tadbirining dasturida ijrochilar va asar mualliflari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi shart.
(6-modda O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 11-martdagi O‘RQ-1046-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2025-y., 03/25/1046/0229-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar (ish, xizmat) to‘g‘risidagi ma’lumot iste’molchiga davlat tilida taqdim etiladi. Mazkur ma’lumot qo‘shimcha ravishda boshqa tillarda ham taqdim etilishi mumkin.
Texnik jihatdan tartibga solinishi majburiy bo‘lgan tovar bo‘yicha iste’molchiga uning texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi to‘g‘risida tegishli ma’lumotlar taqdim etilishi kerak.
(6-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-yanvardagi O‘RQ-746-sonli Qonuniga asosan uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 03/22/746/0032-son — 2022-yil 19-apreldan kuchga kiradi)
Tovar (ish, xizmat) haqidagi zarur axborotning yo‘qligi bunday tovar (ish, xizmat)ni realizatsiya qilish ma’lumot berilgunga qadar tegishli davlat boshqaruvi organining ko‘rsatmasi bo‘yicha to‘xtatib turilishiga sabab bo‘ladi.
7-modda. Tovar (ish, xizmat) haqida noto‘g‘ri ma’lumot berilgan taqdirda iste’molchining huquqlari
Agar tovar (ish, xizmat) haqida noto‘g‘ri yoki yetarli darajada to‘liq bo‘lmagan ma’lumot berilganligi:
zarur iste’mol xossalariga ega bo‘lmagan tovar (ish, xizmat) sotib olinishiga sabab bo‘lsa, iste’molchi shartnomani bekor qilishga va o‘ziga yetkazilgan zararning qoplanishini talab qilishga haqlidir;
sotib olingan tovar (ish, xizmat)dan ko‘zlangan maqsadda foydalana olmaslikka sabab bo‘lsa, iste’molchi tegishli ma’lumot oqilona qisqa (ko‘pi bilan uch kunlik) muddatda berilishini talab qilishga haqlidir. Agar ma’lumot aytilgan muddatda berilmasa, iste’molchi shartnomani bekor qilib, zararning qoplanishini talab qilishga haqlidir;
Oldingi tahrirga qarang.
iste’molchining hayotiga, sog‘lig‘iga yoxud mol-mulkiga zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, u ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) oldiga qonunchilikda nazarda tutilgan talablarni qo‘yishga haqlidir.
(7-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Iste’molchining tovar (ish, xizmat) haqidagi noto‘g‘ri yoki yetarli darajada to‘liq bo‘lmagan ma’lumot tufayli yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi talablari sotib olingan tovar (ish, xizmat)ning xossalari va jihatlari haqida iste’molchi maxsus bilimga ega emas degan taxminga asoslanib qarab chiqiladi.
Noto‘g‘ri reklama oqibatida sotib olingan tovar (ish, xizmat) tufayli iste’molchiga yetkazilgan zarar ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) tomonidan to‘liq hajmda qoplanishi lozim.
8-modda. Iste’molchining savdo va boshqa xizmat ko‘rsatish turlari sohasida shartnoma tuzish hamda sotib olinayotgan tovar (ish, xizmat) sifatini tekshirish huquqi
Iste’molchi shartnoma tuzish yo‘li bilan tovarni (ish xizmat)ni erkin sotib olish huquqiga ega bo‘lib, bu shartnomaga ko‘ra sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) iste’molchiga muayyan miqdordagi va maqbul sifatli tovarni mulk qilib topshirish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) majburiyatini, iste’molchi esa, shartlashilgan pulni to‘lash majburiyatini o‘z zimmalariga oladilar.
Narxnoma bilan qo‘yilgan tovarlar hamda tovar (ish, xizmatlar) haqida keluvchilar e’tiboriga havola etiladigan ma’lumot tegishli shartnomani tuzish uchun taklif deb hisoblanadi.
Tomonlar o‘rtasida shartnoma narsasi, miqdor, narx va boshqa muhim shartlar to‘g‘risida kelishuvga erishilsa, iste’molchi bilan ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) o‘rtasida shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tuzilgan zahoti bajariladigan shartnoma, qoida tariqasida, og‘zaki shaklda tuziladi, qonunchilikda belgilab qo‘yilgan hollar bundan mustasno. Tuzilgan vaqtdan boshqa paytda (oldindan beriladigan buyurtmalar bo‘yicha, jo‘natma savdoda va boshqa hollarda) bajariladigan shartnoma yozma shaklda tuziladi.
(8-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Iste’molchi sotib olingan tovar (ish, xizmat) sifatini, butligini, vazni va narxini tekshirish huquqiga ega, sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) esa, nazorat-o‘lchov asboblarini, narxga doir hujjatlarni taqdim etishi, tovarni ishlatib ko‘rsatishi, undan xavfsiz va to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatishi, zarurat bo‘lsa, tovarni ekspertizaga yuborishi shart.
9-modda. Oldi-sotdi shartnomalarining ayrim turlari to‘g‘risidagi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Oldi-sotdi shartnomalarining ayrim turlari to‘g‘risidagi qoidalar, shuningdek, ayrim turdagi tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tasdiqlanadi.
(9-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi 364-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 74-modda)
10-modda. Tovar (ish, xizmat)lar uchun haq to‘lash shakli hamda tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar (ish, xizmat)lar uchun haq to‘lash shakli hamda tartibi iste’molchi bilan sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Tovarlarni kreditga sotish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(10-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-yanvardagi O‘RQ-746-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 03/22/746/0032-son)
Oldi-sotdi amalga oshirilganda iste’molchiga kassa yoki tovar cheki beriladi. Tovarni kassa yoki tovar chekini bermasdan sotish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun haq to‘lash naqd pulli yoki naqd pulsiz shaklda amalga oshirilishi mumkin. Sotuvchining (ijrochining) haq to‘lash shakliga qarab tovarning ayni bir markasi (modeli, artikuli), shuningdek bir xil hajmdagi va sifatdagi ishlar, xizmatlar uchun har xil narxlar (tariflar) belgilashi, shu jumladan ularni sun’iy ravishda oshirishi yoki pasaytirishi taqiqlanadi. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun naqd pulsiz shaklda haq to‘langanda, iste’molchilarga rag‘batlantirishlar berilishi mumkin.
(10-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-yanvardagi O‘RQ-746-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 03/22/746/0032-son)
11-modda. Ishlab chiqaruvchi (ijrochi)ning kafillik majburiyatlari
Uzoq muddat foydalaniladigan barcha turdagi tovarlar va xizmatlarga ishlab chiqaruvchi (ijrochi) kafolat muddati belgilashi lozim. Kafolat muddati tovar iste’molchiga sotilgan yoki xizmat ko‘rsatilgan kundan boshlab hisoblanadi. Agar tovar sotilgan kunni aniqlashning imkoni bo‘lmasa, bu muddat tovar ishlab chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Ishlab chiqaruvchi (ijrochi) kafolat muddati mobaynida tovar (xizmat)ning, shu jumladan, butlovchi buyumlarning normal ishlashini (qo‘llanilishini, ulardan foydalanilishini) ta’minlashi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Butlovchi buyumlarning kafolat muddati, agar qonunchilikda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, asosiy buyumning kafolat muddatidan kam bo‘lmasligi lozim.
(11-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Kafolat muddati tovar (xizmat)ning pasportida yoki tovarni sotish yoxud xizmat ko‘rsatish paytida tovar bilan birgalikda iste’molchiga beriladigan boshqa hujjatda ko‘rsatiladi.
Ishlab chiqaruvchi tovardan kafolat muddati va xizmat muddati mobaynida foydalanish imkoniyatini ta’minlashi, tovarning ta’mirlanishini va unga texnik xizmat ko‘rsatilishini tashkil etishi, tovarni ishlab chiqarish muddati mobaynida hamda u ishlab chiqarishdan olib tashlanganidan keyin tovarning xizmat muddati mobaynida, bunday muddat bo‘lmagan taqdirda esa, tovar ishlab chiqarishdan olib tashlangan paytdan e’tiboran o‘n yil mobaynida yetarli hajmda va turda ehtiyot qismlari ishlab chiqarishi hamda savdo va ta’mirlash tashkilotlariga yetkazib berishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Dori vositalari va tibbiy buyumlarda, oziq-ovqat va maishiy kimyo tovarlarida ularning ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddati hamda ularni saqlash shartlari ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Sotuvchilarga ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko‘rsatilmagan yoki yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlarni qabul qilish hamda realizatsiya qilish man etiladi.
(11-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
12-modda. Iste’molchining tovar (ish, xizmat) xavfsiz bo‘lishiga talab qo‘yish huquqi
Iste’molchi o‘zi sotib olgan tovar (ish, xizmat) sanitariya-gigiyena, shu jumladan, radiologiya, epidemiyaga qarshi talablarga va amaldagi boshqa normalar hamda qoidalarga rioya etgan holda ishlab chiqarilgan yoki bajarilgan bo‘lishiga va uning hayoti, sog‘lig‘i, atrof-muhit uchun xavfsiz bo‘lishiga, shuningdek, uning mol-mulkiga zarar yetkazmasligiga kafolat berilishini talab qilish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar (ish, xizmat)ning iste’molchilar hayoti, sog‘lig‘i, mol-mulki va atrof-muhit uchun xavfsiz bo‘lishiga doir talablar qonunchilik bilan belgilanadi.
(12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ishlab chiqaruvchi (ijrochi) tovar (ish, xizmat)ning xizmat muddati yoki yaroqlilik muddati mobaynida, agar bunday muddat belgilanmagan bo‘lsa, tovar iste’molchiga sotilgan (ish bajarilgan) dan e’tiboran o‘n yil mobaynida uning xavfsiz bo‘lishini ta’minlashi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Iste’molchilarning hayoti, sog‘lig‘i, mol-mulki hamda atrof-muhit uchun xavf tug‘diruvchi tovar ishlab chiqarganlik (ish bajarganlik, xizmat ko‘rsatganlik) uchun qonunchilikka muvofiq:
(12-modda to‘rtinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
ishlab chiqaruvchi (ijrochi);
normativ hujjatlarni tasdiqlagan organ;
muvofiqlik sertifikati bergan organ;
Oldingi tahrirga qarang.
sog‘liqni saqlash, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, veterinariya xizmati organlari yoki xavfli tovar (ish, xizmat)ni ishlab chiqarish yoxud realizatsiya qilishga ruxsat bergan boshqa organlar javobgar bo‘ladi.
(12-modda to‘rtinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Tovar (ish, xizmat)ning xavfsiz bo‘lishi ta’minlanmaganligi oqibatida iste’molchining hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar ushbu Qonunning 20-moddasiga muvofiq qoplanishi lozim.
Agar tovar (ish, xizmat)dan xavfsiz foydalanish yoki uni shu tarzda tashish va saqlash uchun maxsus qoidalarga rioya etish zarur bo‘lsa, ishlab chiqaruvchi (ijrochi) bunday qoidalarni ishlab chiqishi, sotuvchi (ijrochi) esa, ularni iste’molchilar e’tiboriga yetkazishi shart.
Agar tovardan foydalanish, uni saqlash, tashish yoki utilizatsiya qilish, ish (xizmat) natijalari iste’molchining hayoti, sog‘lig‘i, mol-mulkiga yoki atrof-muhitga zarar yetkazayotganligi yoxud zarar yetkazishi mumkinligi aniqlansa, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) zarar keltiruvchi sabablar bartaraf etilgunga qadar ularni ishlab chiqarishni (bajarishni, uni realizatsiya qilishni) darhol to‘xtatishi, muomaladan chiqarish va iste’molchilardan qaytarib olish choralarini ko‘rishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Zarar yetkazilishining sabablarini bartaraf etish mumkin bo‘lmagan taqdirda, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) bunday tovarni ishlab chiqarishdan olib tashlashi, ishni bajarish va xizmat ko‘rsatishni tugatishi shart, bunda davolashga, oziq-ovqatga mo‘ljallangan tovarlar va maishiy kimyo tovarlari sotuvchi yoki ishlab chiqaruvchi tomonidan utilizatsiya qilinishi shart. Bu majburiyatlar sotuvchi yoki ishlab chiqaruvchi (ijrochi) tomonidan bajarilmagan taqdirda, tovarni ishlab chiqarishdan olib tashlash, ishni bajarish va xizmat ko‘rsatishni to‘xtatish, ularni muomaladan chiqarish va iste’molchilardan qaytarib olish tovarning (ishning, xizmatning) xavfsiz bo‘lishi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlari ko‘rsatmasiga binoan amalga oshiriladi.
(12-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Iste’molchining hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga hamda atrof-muhit uchun xavfli bo‘lgan tovarlarning partiyalarini muomaladan chiqarish, ishlarni bajarishni va xizmatlar ko‘rsatishni taqiqlab qo‘yish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadi.
Tovarni qaytarib olish, ishni bajarishni va xizmat ko‘rsatishni taqiqlab qo‘yish munosabati bilan iste’molchiga yetkazilgan zarar ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) tomonidan to‘liq hajmda qoplanishi lozim.
Agar ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) xavfli xossalarga ega bo‘lgan tovarni qaytarib olish yuzasidan barcha zarur choralarni ko‘rgan bo‘lsa, u iste’molchi mazkur tovardan foydalanishni davom ettiraverishi tufayli yetkazilgan zarar uchun javobgarlikdan ozod qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
121-modda. Oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha tovarni topshirish muddatini (muddatlarini) buzish
Oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq sotuvchi shartnomada belgilangan muddatda (muddatlarda) tovarni iste’molchiga topshirishi shart.
Tovarni topshirish sotuvchi tomonidan oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq uni iste’molchiga yoki u ko‘rsatgan shaxsga topshirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Sotuvchi oldi-sotdi shartnomasida ko‘rsatilgan muddatda (muddatlarda) tovarni topshirish bo‘yicha majburiyatni bajarmagan taqdirda, sotuvchi kechiktirilgan har bir vaqt birligi (shartnomada ko‘rsatilgan daqiqa, soat, kun) uchun majburiyatning bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida iste’molchiga penya to‘laydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi topshirilmagan tovar bahosidan oshib ketmasligi kerak. Penyani to‘lash sotuvchini oldi-sotdi shartnomasida ko‘rsatilgan muddatda (muddatlarda) tovarni topshirish bo‘yicha majburiyatni buzganlik oqibatida iste’molchiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashdan ozod etmaydi.
Sotuvchining ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan penyani to‘lashi va zararning o‘rnini qoplashi sotuvchini majburiyatlarni asl holida bajarishdan ozod etmaydi.
Oldi-sotdi shartnomasini tuzishda va savdo qoidalarini belgilashda penya miqdori ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan miqdordan kam etib belgilanishi mumkin emas.
(121-modda O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 31-iyuldagi O‘RQ-1078-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2025-y., 03/25/1078/0682-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 2-noyabr)
13-modda. Iste’molchiga nuqsonli tovar sotilganda uning huquqlari
Nuqsonli tovar sotilganda iste’molchi, agar bu hol shartnoma tuzish paytida aytib o‘tilmagan bo‘lsa, o‘z xohishiga qarab quyidagilardan birini talab qilishga haqli:
tovarni ayni shunday markali (modelli, artikulli) maqbul sifatli tovarga almashtirib berish;
tovarni boshqa markali (modelli, artikulli) shunday tovarga almashtirib, uning xarid narxini tegishincha qayta hisob-kitob qilish;
tovarning nuqsonlarini bepul bartaraf etish yoki iste’molchining yoxud uchinchi shaxsning nuqsonlarni bartaraf etishga qilgan xarajatlarini qoplash;
xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirish;
shartnomani bekor qilib, ko‘rilgan zararni qoplash.
Agar nuqsonlar:
tovarning kafolat muddati yoxud yaroqlilik muddati mobaynida;
kafolat muddati va yaroqlilik muddati belgilanmagan tovarlar bo‘yicha olti oy mobaynida;
ko‘chmas mulk iste’molchiga o‘tkazilgan kundan e’tiboran ikki yil mobaynida, agar shartnomada bundan uzoqroq muddat nazarda tutilmagan bo‘lsa;
mavsumiy tovarlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan muddat mobaynida aniqlangan bo‘lsa, iste’molchi mazkur huquqlarini ro‘yobga chiqarishi mumkin.
Iste’molchi o‘ziga sotilgan to‘plamlar, garniturlar, komplektlar va komplekslarning mustaqil tarkibiy qismi bo‘lgan va mustaqil narxga ega bo‘lgan buyumlarda nuqsonlar borligini aniqlagan taqdirda, butun to‘plam, garnitur, komplekt va kompleksga nisbatan ham, ularning nuqsonlari bor mustaqil tarkibiy qismlariga nisbatan ham ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan talablarni qo‘yishga haqlidir.
Ushbu moddaning birinchi qismida bayon etilgan talablarni iste’molchi sotuvchiga qo‘yadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Iste’molchining talablari u kassa yoki tovar chekini yoxud sotib olinganlikni tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni (dalillarni), kafolat muddati belgilangan tovarlar bo‘yicha esa, tegishlicha rasmiylashtirilgan texnik pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi boshqa hujjatga taqdim etgan taqdirda ko‘rib chiqiladi.
(13-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 23-yanvardagi O‘RQ-1021-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2025-y., 03/25/1021/0063-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Iste’molchining texnik pasportni yo‘qotib qo‘ygan taqdirda, uni qayta tiklash qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(13-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Tovarda aniqlangan nuqsonlar ishlab chiqaruvchi tomonidan bartaraf etiladi. Ishlab chiqaruvchi bilan sotuvchining o‘zaro munosabatlari shartnoma bilan tartibga solinadi.
14-modda. Nuqsonli tovarni almashtirib berish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Iste’molchi tovarning ishlab chiqarilishiga, tuzilishiga, tarkibiga doir kamchiliklarni yoki boshqa nuqsonlarni aniqlagan taqdirda sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) uni ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovarga yetti kunlik muddatda, tovar sifatini sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan qo‘shimcha ravishda tekshirish zarur bo‘lganida esa, iste’molchi talab qo‘ygan paytdan e’tiboran yigirma kun ichida almashtirib berishi shart.
(14-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovar bo‘lmagan taqdirda, iste’molchining almashtirib berish xususidagi talabi da’vo qilingan paytdan e’tiboran bir oy ichida qondirilishi kerak. Cho‘l va olis joylarda, tovarlar vaqti-vaqti bilan olib boriladigan joylarda iste’molchining bunday talabi ushbu joylarga navbatdagi tovar yetkazib berish uchun ketadigan muddat ichida, lekin ikki oydan kechiktirmay qondirilishi lozim.
Ana shu muddatlarning o‘tkazib yuborilgan har bir kuni uchun sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) iste’molchiga almashtirilgan tovarni berish bilan bir vaqtda tovar bahosining bir foizi miqdorida neustoyka (penya) to‘laydi.
Iste’molchining roziligi bilan sotuvchi nuqsonli tovarni boshqa markali (modelli, artikulli) shunday tovarga almashtirib berib, xarid narxini tegishincha qayta hisob-kitob qilishi shart.
15-modda. Tovar nuqsonlarini bepul bartaraf etish tartibi
Tovarda kafolat muddatida topilgan nuqsonlarni sotuvchi iste’molchi tegishli talab qo‘ygan paytdan e’tiboran yigirma kun ichida, ishlab chiqaruvchi esa, o‘n kun ichida bepul bartaraf etishi lozim.
Iste’molchi kafolat muddati tugaganidan keyin tovarning nuqsonlarini bepul bartaraf etish to‘g‘risida ishlab chiqaruvchiga talab qo‘yishga haqli. Bunday talab, basharti tovarda ishlab chiqaruvchining aybi bilan yo‘l qo‘yilgan jiddiy nuqsonlar aniqlangan bo‘lsa, belgilangan xizmat muddati mobaynida, agar xizmat muddati belgilanmagan bo‘lsa, o‘n yil mobaynida qo‘yilishi mumkin.
Uzoq muddat davomida foydalaniladigan tovarni ta’mirlashga ketadigan vaqtda foydalanib turish uchun iste’molchining talabiga binoan nuqsonli tovar qaytarib berilganidan keyin uch kun ichida unga ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovar berib turiladi (sotuvchining hisobidan uning o‘zi yoki vakili eltib beradi). Buning uchun ishlab chiqaruvchi sotuvchi bilan birgalikda shartnoma asosida tovarlarning almashuv fondini nazarda tutishlari shart. Mazkur talablar tatbiq etilmaydigan uzoq muddat davomida foydalaniladigan tovarlar ro‘yxatini O‘zbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydi.
Tovardagi nuqsonlarni bartaraf etish xususida talab qo‘yilgan taqdirda, undan foydalanishning kafolat muddati iste’molchining tovardan foydalana olmagan davrga teng muddatga uzaytiriladi. Mazkur muddat iste’molchi nuqsonlarni bartaraf etish talabi bilan murojaat etgan kundan e’tiboran hisoblana boshlaydi.
Sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) iste’molchining ta’mirlashga ketadigan vaqtda foydalanish uchun shunday tovarni berib turish haqidagi talabini bajarish kechiktirilgan har bir kun uchun, shuningdek, nuqsonlarni bartaraf etishning shartnomadan kelib chiqadigan muddatlaridan ortiq kechiktirilgan har bir kun uchun tovar narxining bir foizi miqdorida iste’molchiga neustoyka (penya) to‘laydi.
16-modda. Iste’molchining nuqsonli tovarning xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirishni yoki shartnomani bekor qilishni talab qilish huquqi
Agar sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) iste’molchining tovarni almashtirib berish yoki undagi nuqsonlarni bartaraf etish haqidagi talablarini bajarmagan bo‘lsa, iste’molchi tovarning xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirishni yoki shartnomani bekor qilib yetkazilgan ziyon va ma’naviy zararni ushbu Qonunning 20 va 22-moddalariga muvofiq qoplashni talab qilishga haqli.
17-modda. Iste’molchiga nuqsonli tovar sotilgan taqdirda u bilan hisob-kitob qilish
Nuqsonli tovar ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovarga almashtirib berilgan vaqtda tovarning narxi o‘zgargan bo‘lsa, qayta hisob-kitob qilinmaydi.
Nuqsonli tovar boshqa markali (modelli, artikulli) tovarga almashtirib berilayotganda, agar almashtirilishi kerak bo‘lgan tovar narxi uning o‘rniga berilayotgan tovar narxidan past bo‘lsa, iste’molchi narxlardagi farqni qo‘shimcha ravishda to‘lashi lozim, almashtirilishi kerak bo‘lgan tovar narxi uning o‘rniga berilayotgan tovar narxidan yuqori bo‘lsa, iste’molchiga narxlardagi farq qaytariladi. Bunday hisob-kitob chog‘ida almashtirilishi kerak bo‘lgan tovar narxi oshgan taqdirda, uning talab qo‘yilgan paytdagi narxi, narxi pasaygan taqdirda esa, xarid qilingan paytdagi narxi qo‘llaniladi.
Shartnoma bekor qilinayotganda tovar narxi oshgan bo‘lsa, iste’molchi bilan hisob-kitob tovarning tegishli talab qo‘yilgan paytdagi qiymatiga qarab, narxi pasaygan taqdirda esa, xarid qilingan paytdagi qiymatiga qarab amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovarni kreditga sotish to‘g‘risidagi shartnoma bekor qilinganligi munosabati bilan tovar qaytarilgan taqdirda, tovar qaytarilguniga qadar shartnoma bo‘yicha iste’molchi tomonidan to‘langan pul summasi unga qaytarib beriladi, shuningdek kredit olish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlarning hamda kredit bo‘yicha hisoblangan foizlar summasining o‘rni qoplanadi.
(17-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-yanvardagi O‘RQ-746-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 03/22/746/0032-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar taraflarning kelishuvida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, iste’molchi tomonidan to‘langan pul summasini unga qaytarish tovar uchun haq to‘lash qanday shaklda amalga oshirilgan bo‘lsa, xuddi shunday shaklda amalga oshiriladi.
(17-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-yanvardagi O‘RQ-746-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 03/22/746/0032-son)
Hajmi katta yoki vazni besh kilogrammdan ziyod tovarni ta’mirlash, narxini tushirish, almashtirish uchun eltish va iste’molchiga qaytarib keltirib berish sotuvchining (ishlab chiqaruvchining) kuchi bilan va uning hisobidan amalga oshiriladi. Ushbu majburiyat bajarilmagan taqdirda tovarni eltish va qaytarib olib kelish iste’molchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin Bunda iste’molchining tovarni eltish va qaytarib olib ketish bilan bog‘liq xarajatlarini sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) qoplashi shart.
18-modda. Iste’molchining maqbul sifatli tovarni almashtirib olish huquqi
Iste’molchi maqbul sifatli nooziq-ovqat tovarini xarid qilgan kunidan e’tiboran o‘n kun ichida ushbu tovar sotib olingan joydagi sotuvchidan uni ayni shunday tovarga almashtirib olishga bunday tovar sotuvda bo‘lmasa, pulini qaytarib olishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar tovardan foydalanilmagan, u shikastlanmagan, qadog‘i bilan qaytarilgan bo‘lsa, uning iste’mol xususiyatlari saqlangan va ushbu sotuvchidan sotib olganligini tasdiqlovchi asoslar bo‘lsa, iste’molchining tovarni almashtirish yoxud qaytarib olish haqidagi talabi qanoatlantirilishi lozim.
Agar taraflarning kelishuvida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, iste’molchi tomonidan to‘langan pul summasini unga qaytarish tovar uchun haq to‘lash qanday shaklda amalga oshirilgan bo‘lsa, xuddi shunday shaklda amalga oshiriladi.
(18-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-yanvardagi O‘RQ-746-sonli Qonuniga asosan ikkinchi va uchinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 03/22/746/0032-son)
Almashtirib olish tartibi va almashtirib berilmaydigan tovarlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tasdiqlaydigan qoidalar bilan belgilanadi.
19-modda. Ishni bajarish, xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma shartlari buzilgan taqdirda iste’molchining huquqlari
Ijrochi ayrim turdagi ishlarni bajarish (xizmatlar ko‘rsatish) qoidalarida yoki shartnomada belgilangan muddatda, hajmda va sifatda ishni bajarishi (xizmat ko‘rsatishi) shart.
Ishni bajarish (xizmat ko‘rsatish) muddati ish bajarilishi (xizmat ko‘rsatilishi) lozim bo‘lgan sanaga (davrga), shuningdek, ijrochi ishni bajarishga (xizmat ko‘rsatishga) kirishishi lozim bo‘lgan sanaga (davrga) qarab belgilanishi mumkin. Agar ish bajarish xizmat ko‘rsatish shartnomaning amal qilish muddati davomida qismlarga bo‘lib-bo‘lib ado etiladigan bo‘lsa (vaqtli matbuotni yetkazib berish, texnik xizmat ko‘rsatish va boshqalar), ishlar bajarish (xizmatlar ko‘rsatish)ning bosqichma-bosqich muddatlari (davrlari) nazarda tutilishi kerak.
Agar ijrochi shartnomani ijro etishga o‘z vaqtida kirishmasa yoki shartnomaning belgilangan muddatda bajarilmasligi ayon bo‘lib qolsa, iste’molchi ishni bajarish, xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomadan voz kechishga va yetkazilgan zararning qoplanishini talab qilishga haqli.
Agar ijrochi shartnoma shartlarini ish (xizmat)ni yomonlashtirgan darajada jiddiy buzgan bo‘lsa, yoxud ishda (xizmatda) boshqa jiddiy nuqsonlarga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, iste’molchi o‘z xohishiga ko‘ra nuqsonlar bepul bartaraf etilishini, bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat) bahosi nuqsonlarga mutanosib ravishda kamaytirilishini, xuddi shunday sifatli shu xildagi materialdan boshqa buyum bepul tayyorlab berilishini yoxud ishning takroran bajarilishini yoinki shartnoma bekor qilinib, ko‘rilgan zarar to‘liq qoplanishini talab qilishga haqli.
Iste’molchi ushbu moddaning to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan huquqlarni:
ishni (xizmatni) qabul qilib olish vaqtida yoki uning bajarilishi jarayonida nuqsonlar aniqlangan taqdirda;
kafolat muddati davomida, kafolat muddati bo‘lmagan taqdirda esa, ish (xizmat) qabul qilib olingan kundan e’tiboran olti oy davomida;
import yoki boshqa ko‘chmas mulkda nuqsonlar aniqlangan kundan e’tiboran ikki yil davomida ro‘yobga chiqarishi mumkin.
Ish bajarish (xizmat ko‘rsatish) jarayonida aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish muddatlari shartnomada belgilab qo‘yiladi. Bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)dagi nuqsonlar, agar shartnomada birmuncha qisqaroq muddat belgilanmagan bo‘lsa, iste’molchi talab qilgan kundan e’tiboran yigirma kun ichida ijrochi tomonidan bartaraf etilishi kerak. Nuqsonlar belgilangan muddatda bartaraf etilmagan, shuningdek, ish bajarishni (xizmat ko‘rsatishni) boshlash va tugallash kechiktirilgan taqdirda, ijrochi iste’molchi har bir kechiktirilgan kun, soat (agar muddat soatlarda belgilangan bo‘lsa) uchun ish (xizmat) qiymatining yoki buyurtma qiymatini (agar uning qiymati alohida belgilanmagan bo‘lsa) bir foizi miqdorida neustoyka (penya) to‘laydi.
Iste’molchi undirib olgan neustoyka (penya) summasi ish bajarish (xizmat ko‘rsatish)ning alohida turi bahosidan yoki buyurtmaning umumiy bahosidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Bajarilgan ishdagi nuqsonlarni bartaraf etish kechiktirilganligi uchun ijrochi to‘lagan neustoyka (penya) qoplanishi lozim bo‘lgan zarar hisobiga kirmaydi.
Ijrochining majburiyatni umuman yoki lozim darajada bajarilmaganlik uchun neustoyka (penya) to‘lashi va zararni qoplashi uni majburiyatni asl holida bajarishdan ozod etmaydi.
Iste’molchidan qabul qilib olingan ashyo (material) yo‘qolgan, ishdan chiqqan, unga putur yetgan taqdirda yoki iste’molchining materialidan foydalanib bajarilgan ishda jiddiy nuqsonlar bo‘lsa yo u buzib bajarilgan taqdirda ijrochi iste’molchiga aynan o‘xshash sifatli ashyoni qaytarishi (o‘zining aynan o‘xshash sifatli materialidan ish bajarishi yoki xizmat ko‘rsatishi), buning imkoniyati bo‘lmagan taqdirda esa, ashyoning (materialning) talab qo‘yilgan paytdagi qiymatini ikki baravar qilib to‘lashi shart.
Ijrochi tomonidan ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish uchun qabul qilib olinayotgan ashyo (material) qiymati shartnoma tuzish paytida tomonlarning kelishuviga muvofiq belgilanadi.
Ishda (xizmatda) jiddiy nuqsonlar mavjud bo‘lganida yoki shartnoma talablari jiddiy buzilganida, shuningdek, ashyo (material) yo‘qolgan, ishdan chiqqan, unga putur yetgan taqdirda iste’molchi bilan hisob-kitob ishning (xizmatning) yoki materialning shartnomani bekor qilish paytidan oshgan narxini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Sifatsiz bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat) tufayli iste’molchiga yetkazilgan zarar uchun ijrochi ushbu Qonunning 20, 22, 27, 29-moddalariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha iste’molchilar bilan ijrochi o‘rtasidagi munosabatlarning o‘z mohiyatiga ko‘ra ushbu moddaga mos kelmaydigan xususiyatlari, shuningdek, shartnomalarning umuman yoki lozim darajada ijro etilmaganligi tufayli kelib chiqadigan oqibatlar bunday shartnomalarning alohida turlari to‘g‘risida qonunchilikda belgilab qo‘yiladigan qoidalar bilan aniqlanadi.
(19-moddaning o‘n to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
20-modda. Tovar (ish, xizmat)ning nuqsonlari tufayli yetkazilgan zarar uchun mulkiy javobgarlik
Tovar (ish, xizmat)ning tuzilishiga, ishlab chiqarilishiga, tarkibiga bog‘liq bo‘lgan va boshqa nuqsonlari, shuningdek iste’molchining hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkining xavfsizligini ta’min eta olmaydigan materiallar, uskunalar, asbob-anjomlar, moslamalar yoki boshqa vositalar qo‘llanilishi oqibatida iste’molchining hayotiga, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) tomonidan qoplanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Muvofiqlikni baholash qoidalarini buzish natijasida iste’molchining hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan taqdirda, yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashda muvofiqlikni baholash organi sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) bilan birga solidar javobgar bo‘ladi.
(20-modda O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 17-oktabrdagi O‘RQ-1088-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.10.2025-y., 03/25/1088/0948-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 19-yanvar)
Sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) bilan shartnoma munosabatlariga kirishgan-kirishmaganidan qat’i nazar, har qanday iste’molchi tovar (ish, xizmat)ning nuqsoni tufayli yetkazilgan zarar qoplanishini talab qilish huquqiga ega.
Iste’molchining hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar, agar u normativ hujjatlarda nazarda tutilgan tovarning xizmat (yaroqlilik) muddati mobaynida, bunday muddat belgilanmagan taqdirda esa, tovar ishlab chiqarilgan (ish, xizmat qabul qilingan) paytdan e’tiboran o‘n yil mobaynida yuzaga kelgan bo‘lsa, qoplanishi lozim.
Sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) zarar bartaraf qilib bo‘lmaydigan kuch yoki foydalanish, saqlash yoxud tashishning belgilangan qoidalari iste’molchi tomonidan buzilishi tufayli yetkazilganligini isbotlasa, u javobgarlikdan ozod qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovarda (ishda, xizmatda) nuqsonlar borligi va uning normativ hujjatlar talablariga muvofiq emasligi tasdiqlangan taqdirda, sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) tekshiruv (test, ekspertiza) o‘tkazgan iste’molchiga yoki iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakolatli davlat organlariga tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) tekshirish (testdan o‘tkazish, ekspertiza qilish) bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rnini to‘liq qoplashi kerak.
(20-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-yanvardagi O‘RQ-746-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 03/22/746/0032-son — 2022-yil 19-apreldan kuchga kiradi)
21-modda. Shartnomaning iste’molchi huquqlarini cheklab qo‘yadigan shartlari haqiqiy emasligi
Oldingi tahrirga qarang.
Shartnomaning iste’molchi huquqlarini cheklab qo‘yadigan va qonunchilikka zid bo‘lgan talablari haqiqiy emas deb hisoblanadi. Agar ularni qo‘llanishi natijasida iste’molchiga zarar yetkazilgan bo‘lsa, bu zarar ishlab chiqaruvchi (sotuvchi, ijrochi) tomonidan qoplanishi lozim.
(21-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Sotuvchi (ijrochi) iste’molchini haq evaziga qo‘shimcha tovarlar sotib olishga yoki qo‘shimcha xizmatlardan foydalanishga qistashga, shuningdek ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun haq olishga haqli emas.
(21-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 9-apreldagi O‘RQ-147-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 14-15-son, 90-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Shartnomaga iste’molchilarning qonunchilikda nazarda tutilgan huquqlarini kamsitadigan shartlarni kiritish, shuningdek ularga qonunchilikda belgilangan imtiyozlar va afzalliklarni bermaslik taqiqlanadi.
(21-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-yanvardagi O‘RQ-746-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 03/22/746/0032-son)
22-modda. Ma’naviy zarar uchun haq to‘lash
Iste’molchining huquqlari buzilishi tufayli unga yetkazilgan ma’naviy zarar uchun uni yetkazgan shaxs, basharti u aybdor bo‘lsa, haq to‘lashi lozim. Ma’naviy zarar uchun to‘lanadigan haq miqdorini sud belgilaydi.
Ma’naviy zarar uchun haq to‘lash mulkiy ziyon va iste’molchi ko‘rgan zararning o‘rni qoplanishidan qat’i nazar, amalga oshiriladi.
23-modda. Iste’molchilar huquqlarining davlat tomonidan himoya qilinishini ta’minlash
Davlat iste’molchilarning tovar (ish, xizmat) sotib olishi va undan foydalanish chog‘idagi huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi.
Iste’molchilarning huquqlari davlat tomonidan himoya qilinishini davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shuningdek, sudlar ta’minlaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) bilan shartnomaviy munosabatlarda iste’molchi qonunchilikda nazarda tutilgan o‘z talablari qanoatlantirilishi uchun ustuvor huquqqa ega.
(23-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-yanvardagi O‘RQ-746-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 03/22/746/0032-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Quyidagilar iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish uchun maxsus vakolat berilgan davlat organlaridir: O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi; O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi; O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi; O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi; O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi; iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishini o‘z vakolatlari doirasida nazorat qiluvchi boshqa davlat boshqaruvi organlari.
(23-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-yanvardagi O‘RQ-746-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 03/22/746/0032-son)
24-modda. Mahalliy hokimiyat organlari tomonidan iste’molchilar huquqlarining himoya qilinishi
Iste’molchilar huquqlari himoya qilinishi uchun mahalliy hokimiyat organlari:
Oldingi tahrirga qarang.
iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilik bajarilishini tashkil etadilar;
(24-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish vakolati berilgan davlat organlari va iste’molchilarning jamoat birlashmalari bilan hamkorlik qiladilar;
iste’molchilarning shikoyatlari, arizalari va takliflarini ko‘rib chiqadilar;
Oldingi tahrirga qarang.
(24-moddaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 23-yanvardagi O‘RQ-1021-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2025-y., 03/25/1021/0063-son)
o‘z huquqlari doirasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
25-modda. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi va uning hududiy organlari
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi va uning hududiy organlari iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida o‘z vakolatlari doirasida:
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida yagona davlat siyosati ishlab chiqilishini va uning amalda ro‘yobga chiqarilishini amalga oshiradi;
davlat organlarining va tashkilotlarning iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) nazorat xaridi amalga oshirilishini, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari bilan birgalikda ularning ekspertizadan (testdan) o‘tkazilishini tashkil etadi;
iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishi faktlari mavjud bo‘lgan taqdirda, tadbirkorlik subyektlarida (moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda) tekshirishlarni o‘tkazadi;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining, shuningdek qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning iste’molchilarga tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazadi;
iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikning qo‘llanilishiga doir masalalar yuzasidan rasmiy tushuntirishlar beradi;
iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish alomatlari aniqlangan taqdirda, ishlab chiqaruvchidan (ijrochidan, sotuvchidan) zarur hujjatlarni, tushuntirishlarni va boshqa axborotni so‘rab oladi;
iste’molchilarning huquqlarini buzayotgan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida ishlab chiqaruvchiga (ijrochiga, sotuvchiga) ko‘rsatma yuboradi;
iste’molchilar huquqlarining buzilishi bilan bog‘liq masalalarni sudga qadar hal qilishni tashkil etishga ko‘maklashadi;
sud majlislarida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha mutaxassis sifatida belgilangan tartibda ishtirok etadi;
iste’molchilarning (iste’molchilar nomuayyan doirasining) huquqlarini himoya qilib, sudga murojaat etish huquqiga ega;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(25-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-yanvardagi O‘RQ-746-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 03/22/746/0032-son)
26-modda. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsiz bo‘lishini va ularning sifatini nazorat qiluvchi davlat boshqaruvi organlarining vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz bo‘lishini va ularning sifatini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz bo‘lishi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi boshqa davlat boshqaruv organlari o‘z vakolatlari doirasida:
(26-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-yanvardagi O‘RQ-746-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 03/22/746/0032-son)
tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz bo‘lishiga va ularning sifatiga doir majburiy talablarni belgilaydilar hamda bu talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar;
tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz bo‘lishiga va ularning sifatiga doir talablar buzilishini bartaraf etish, past sifatli tovarlarni ishlab chiqarishdan olib tashlash, chiqarish va realizatsiya qilishni to‘xtatish (ishlar bajarilishini, xizmatlar ko‘rsatilishini to‘xtatish), ularni iste’molchilardan qaytarib olish to‘g‘risida ishlab chiqaruvchilarga (ijrochilarga, sotuvchilarga) ko‘rsatmalar yo‘llaydilar, shuningdek, bu haqda iste’molchilarni xabardor qiladilar;
Oldingi tahrirga qarang.
ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)lar tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsiz bo‘lishi va ularning sifatiga doir talablarni buzganlari taqdirda ularning ustidan sudlarga da’vo arizasi beradilar.
(26-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 23-yanvardagi O‘RQ-1021-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2025-y., 03/25/1021/0063-son)
Tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz bo‘lishi va ularning sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlari faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Hukumati muvofiqlashtirib boradi.
Oldingi tahrirga qarang.
27-modda. Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
(27-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganligi uchun javobgar bo‘ladi.
(27-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ishlab chiqaruvchining (ijrochining, sotuvchining) mansabdor shaxslari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko‘rsatilishi shart ekanligi qonunchilikda belgilangan tovarlarni ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko‘rsatilmagan holda realizatsiya qilish va sotish uchun qabul qilganlik, yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlarni realizatsiya qilish va sotish uchun qabul qilganlik, iste’molchilarning huquqlari buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarni bajarishdan bo‘yin tovlaganlik, o‘z vaqtida yoki lozim darajada bajarmaganlik, shuningdek iste’molchilarga tovarlar (ishlar, xizmatlar) to‘g‘risida axborot taqdim etmaganlik yoki bila turib noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etganlik, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) majburiy sertifikatlashtirish qoidalarini buzganlik, normativ hujjatlar talablariga javob bermaydigan tovar (ish, xizmat) tufayli iste’molchilarga zarar yetkazganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
(27-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 23-yanvardagi O‘RQ-1021-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2025-y., 03/25/1021/0063-son)
Ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganligi ishlab chiqaruvchilarni (ijrochilarni, sotuvchilarni) yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklarni bartaraf qilish majburiyatidan ozod etmaydi.
(27-moddaning ikkinchi — beshinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuniga asosan ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(27-moddaning to‘rtinchi va beshinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz bo‘lishi haqidagi talablarga javob bermaydigan tovar (ish, xizmat)lar tufayli iste’molchilarga zarar yetkazilsa, tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsiz bo‘lishi va ularning sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladilar.
(27-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
271-modda. Davlat boshqaruvi organining ko‘rsatmasi ustidan shikoyat qilish
Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) davlat boshqaruvi organining ko‘rsatmasi ustidan bevosita sudga yoki bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilishga haqli.
Davlat boshqaruvi organining ko‘rsatmasi ustidan bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilinishi sudga shikoyat qilish huquqini istisno etmaydi.
Davlat boshqaruvi organining ko‘rsatmasi ustidan sudga shikoyat qilinishi uning ijro etilishini sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar to‘xtatib turadi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sog‘lig‘iga boshqa haqiqiy xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatmalar mustasno.
(271-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
28-modda. Moliyaviy xizmatlar sohasida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Moliyaviy xizmatlar ko‘rsatadigan ijrochi o‘zining tugatilishi yoki to‘lovga qobiliyatsiz bo‘lishi ehtimolini nazarda tutgan holda iste’molchining talablarini qondirish maqsadida o‘z javobgarligini sug‘urta qildirishi shart.
(28-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 21-fevraldagi O‘RQ-911-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son)
Moliyaviy xizmatlar ijrochisi iste’molchiga yetkazilgan zarar uchun o‘zining javobgarligi to‘g‘risida sug‘urta shartnomasi borligi haqida iste’molchiga axborot berishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
281-modda. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) axborot tizimlaridan foydalangan holda realizatsiya qilishda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish
Tovarlar (ishlar, xizmatlar) namunalar va (yoki) ularning tavsifi bo‘yicha axborot tizimlaridan foydalangan holda realizatsiya qilinishi mumkin.
Axborot tizimlaridan foydalangan holda tuziladigan shartnomaga muvofiq tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishda sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) iste’molchiga shartnoma tuzilguniga qadar davlat tilida yoki taraflarning kelishuviga ko‘ra boshqa tilda quyidagi ma’lumotlarni taqdim etishi kerak:
sotuvchining (ijrochining) nomi, uning manzili va shikoyatlarni qabul qilish tartibi;
ishlab chiqaruvchining (ijrochining, sotuvchining) to‘liq nomi va joylashgan yeri (yuridik manzili), import qilinadigan tovarlar uchun esa ishlab chiqaruvchining hamda import qiluvchining nomi va joylashgan yeri (yuridik manzili);
tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) asosiy iste’mol xususiyatlari va o‘ziga xos xususiyatlari;
litsenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning QR-kodi (matritsali shtrix kodi);
tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) narxi, yetkazib berish narxi va to‘lov shartlari;
ishlab chiqaruvchining (bajaruvchining) kafillik majburiyatlari, tovarni ta’mirlash shartlari, shuningdek uni saqlash bilan bog‘liq xizmatlar;
shartnomani bajarishning boshqa shartlari;
agar davriy ravishda tovarlarni yetkazib berish, xizmatlar ko‘rsatish yoki ishlarni bajarish nazarda tutilgan bo‘lsa, shartnomaning eng kam amal qilish muddati;
tegishli shartnomani tuzish uchun takliflarni qabul qilish muddati;
shartnomani bekor qilish tartibi.
Axborot tizimlaridan foydalangan holda tuzilgan shartnoma bekor qilinganda, sotuvchi (ijrochi) iste’molchiga tovarni qaytarib berish amalga oshiriladigan joy to‘g‘risida xabar berishi kerak.
Tovarni namuna va (yoki) uning tavsifi bo‘yicha realizatsiya qilish chog‘ida sotuvchi (ijrochi) namunaga va (yoki) tavsifga muvofiq bo‘lgan tovarni taqdim etishi, shuningdek iste’molchiga tovarni qabul qilib olishida uning butligini, yaroqliligini va iste’mol xususiyatlari to‘liq saqlanganligini tekshirish imkoniyatini berishi shart. Agar tovar namunaga va (yoki) tavsifga muvofiq bo‘lmasa, sotuvchi (ijrochi) iste’molchini bu haqda oldindan xabardor qilishi kerak. Tovar namunaga va (yoki) tavsifga muvofiq bo‘lmagan hollarda, iste’molchi uni almashtirishni yoki pul summasini qaytarishni talab qilish huquqiga ega.
Tovarni qaytarib berish bilan bog‘liq barcha xarajatlar sotuvchining (ijrochining) zimmasida bo‘ladi.
Iste’molchining aybisiz yetkazilgan shikastlantirishlar, shuningdek tovarni ko‘zdan kechirish va uni tekshirib ko‘rish maqsadida qadog‘ini ochish sababli tovar qiymatining pasayishi iste’molchini shartnomani bekor qilish huquqidan mahrum etmaydi.
Agar shartnoma bekor qilinganidan keyin iste’molchi to‘lagan pul summasi shartnomada belgilangan muddat ichida unga sotuvchi tomonidan qaytarilmasa, sotuvchi iste’molchiga shartnomada belgilangan muddatlardan ortiq har bir kechiktirilgan kun uchun qaytarilishi lozim bo‘lgan pul summasining bir foizi miqdorida neustoyka (penya) to‘laydi. Bunda neustoykaning (penyaning) miqdori qaytarilishi lozim bo‘lgan pul summasidan oshib ketishi mumkin emas. Neustoykaning (penyaning) to‘langanligi sotuvchini shartnoma bekor qilinishi munosabati bilan yuzaga keladigan majburiyatlarni bajarishdan ozod etmaydi.
(281-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-yanvardagi O‘RQ-746-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 03/22/746/0032-son — 2022-yil 19-apreldan kuchga kiradi)
29-modda. Iste’molchilarning huquqlarini sud orqali himoya qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Iste’molchining huquqlari buzilgan taqdirda, u sudga murojaat qilishga haqlidir. Da’volar, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, javobgar, iste’molchi joylashgan yerdagi yoki zarar yetkazilgan joydagi sudga taqdim etiladi.
(29-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Iste’molchilar o‘z huquqlarining buzilishi bilan bog‘liq da’volar bo‘yicha, shuningdek, tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz bo‘lishi ularning sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlari, iste’molchilarning jamoat birlashmalari iste’molchining (iste’molchilar nomuayyan doirasining) manfaatlarini ko‘zlab qo‘zg‘atiladigan da’volar bo‘yicha davlat boji to‘lashdan ozod qilinadilar.
30-modda. Iste’molchilarning jamoat birlashmalari
Iste’molchilar o‘z huquqlari va manfaatlarini himoya qilish maqsadida ixtiyoriy ravishda iste’molchilar birlashmalarini tuzishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Iste’molchilarning birlashmalari o‘z faoliyatini qonunchilikka muvofiq amalga oshiruvchi jamoat birlashmalaridir.
(30-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Iste’molchilarning jamoat birlashmalari quyidagi huquqlarga ega:
vakolatli davlat organlariga iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish;
iste’molchilarga axborotga oid va maslahat xizmatlari ko‘rsatish;
iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida ijtimoiy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan jamoatchilik muhokamalarini o‘tkazish, ularning natijalariga ko‘ra tayyorlangan takliflar va tavsiyalarni vakolatli davlat organlariga taqdim etish hamda e’lon qilish;
aholining iste’molchilikka oid savodxonligini oshirish bo‘yicha ma’rifiy ishlarni amalga oshirish;
iste’molchilarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishda vakolatli davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlik qilish hamda ularga ko‘maklashish.
Iste’molchilarning jamoat birlashmalari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(30-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-yanvardagi O‘RQ-746-sonli Qonuniga asosan uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 03/22/746/0032-son)
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 26-aprel,
221-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 59-modda; 2002-y., 4-5-son, 74-modda; 2003-y., 5-son, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 51-son, 374-modda; 2006-y., 41-son, 405-modda; 2008-y., 14-15-son, 90-modda; 2010-y., 40-41-son, 343-modda; 2013-y., 41-son, 543-modda; 2014-y., 4-son, 45-modda; 2016-y., 17-son, 173-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda, 37-son, 978-modda, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 18.01.2022-y., 03/22/746/0032-son; 28.02.2023-y., 03/23/819/0113-son; 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son; 23.01.2025-y., 03/25/1021/0063-son; 12.03.2025-y., 03/25/1046/0229-son; 01.08.2025-y., 03/25/1078/0682-son; 18.10.2025-y., 03/25/1088/0948-son)