Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
“Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 28-dekabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2022-yil 28-aprelda maqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 2-ilova, № 7, 433-modda; № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261, 266-moddalar, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, № 1, 10-modda, 4-songa ilova, № 8, 803-modda, № 9, 903-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 20-moddaning 2-bandidagi “hakamlik sudi sudyasi” degan soʻzlar “hakamlik sudi sudyasi, arbitr” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismi quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
“41) arbitraj muhokamasi bilan bogʻliq ishlar”;
yettinchi qismi “birinchi qismining” degan soʻzlardan keyin “41” raqami bilan toʻldirilsin;
3) quyidagi mazmundagi 281-modda bilan toʻldirilsin:
“281-modda. Arbitraj muhokamasi bilan bogʻliq ishlar
Arbitraj muhokamasi bilan bogʻliq ishlar jumlasiga “Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan quyidagi arizalar boʻyicha ishlar kiradi:
1) arbitrni tayinlash toʻgʻrisidagi;
2) arbitrni rad etishni qanoatlantirish haqidagi;
3) arbitr vakolatlarining amal qilishini tugatish xususida qaror qabul qilish toʻgʻrisidagi;
4) arbitraj sudining yurisdiksiyasi masalasi yuzasidan qarorlar qabul qilish haqidagi;
5) taʼminlash choralarini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi;
6) taʼminlash choralarini koʻrish haqidagi;
7) dalillarni olishga koʻmaklashish toʻgʻrisidagi;
8) arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish haqidagi;
9) arbitrajning hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi.
Ushbu moddaning birinchi qismida sanab oʻtilgan ishlar iqtisodiy sudlar tomonidan iqtisodiy sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha ushbu Kodeksning 291-bobida koʻrsatilgan oʻziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda koʻrib chiqiladi.
Ushbu modda birinchi qismining 1 — 4, 7 va 8-bandlarida sanab oʻtilgan ishlar iqtisodiy sudlar tomonidan faqat, agar arbitraj joyi Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan boʻlsa, koʻrib chiqiladi”;
4) 32-moddaning ikkinchi qismi:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“arbitraj muhokamasi bilan bogʻliq ishlarni”;
uchinchi xatboshisi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Arbitrni tayinlash, arbitrni rad etishni qanoatlantirish, arbitr vakolatlarining amal qilishini tugatish xususida qaror qabul qilish, arbitraj sudining yurisdiksiyasi masalasi yuzasidan qarorlar qabul qilish, dalillarni olishga koʻmaklashish, shuningdek arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza arbitraj joylashgan erdagi iqtisodiy sudga beriladi.
Taʼminlash choralarini tan olish va ijroga qaratish, arbitraj sudida koʻrilayotgan daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi ariza arbitraj joylashgan erdagi yoki qarzdor davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi yoxud, agar qarzdor davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joy nomaʼlum boʻlsa, uning mol-mulki turgan joydagi iqtisodiy sudga beriladi”;
beshinchi va oltinchi qismlari tegishincha yettinchi va sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;
6) 53-moddaning ikkinchi qismi:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“arbitrlar, arbitraj tarkibi tomonidan tayinlangan ekspertlar, arbitraj muassasasining xodimlari, hakamlik sudyalari — arbitraj yoki hakamlik muhokamasi davomida oʻzlariga maʼlum boʻlib qolgan holatlar toʻgʻrisida”;
uchinchi xatboshisi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
7) 93-modda quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Arbitraj sudida koʻrilayotgan daʼvoni taʼminlash choralari arbitraj muhokamasi tarafining arizasiga koʻra iqtisodiy sud tomonidan koʻrilishi mumkin”;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Daʼvo talablarini qanoatlantirishni rad etish haqidagi arbitrajning hal qiluv qarori taʼminlash choralarini iqtisodiy sud tomonidan bekor qilish uchun asos boʻladi”;
sakkizinchi qismi toʻqqizinchi qism deb hisoblansin;
1-bandi “hakamlik sudi” degan soʻzlardan keyin “arbitraj sudi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ushbu nizoni hakamlik sudiga yoki arbitrajga koʻrish uchun topshirish toʻgʻrisidagi kelishuvi mavjud boʻlib, hakamlik sudiga yoki arbitrajga murojaat qilish imkoniyati boy berilmagan boʻlsa va, agar ishning iqtisodiy sudda koʻrilishiga qarshi boʻlgan javobgar oʻzining nizoning mazmuni boʻyicha birinchi arizasidan kechiktirmay nizoni hakamlik sudining yoki arbitrajning hal qiluviga oʻtkazish toʻgʻrisida iltimosnoma bersa”;
10) 110-modda quyidagi mazmundagi 31-band bilan toʻldirilsin:
“31) ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan arbitrajning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud boʻlsa, bundan iqtisodiy sud arbitrajning hal qiluv qarorini tan olishni va ijroga qaratishni rad etgan hollar mustasno”;
11) 154-moddaning birinchi qismi:
3-bandi “hakamlik sudining” degan soʻzlardan keyin “arbitraj sudining” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
“41) ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan arbitrajning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud boʻlsa, bundan iqtisodiy sud arbitrajning hal qiluv qarorini tan olishni va ijroga qaratishni rad etgan hollar mustasno”;
quyidagi mazmundagi 51-band bilan toʻldirilsin:
“51) ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan arbitraj muhokamasini tugatish toʻgʻrisida chiqarilgan ajrim mavjud boʻlsa, bundan arbitraj sudida ushbu nizoni koʻrib chiqish vakolati mavjud emasligi sababli arbitraj muhokamasi tugatilganligi holati mustasno”;
12) quyidagi mazmundagi 291-bob bilan toʻldirilsin:
“291-bob. Arbitraj muhokamasi bilan bogʻliq ishlarni yuritish
1-§. Arbitraj muhokamasiga koʻmaklashish bilan bogʻliq ishlarni yuritish
2321-modda. Arbitraj muhokamasiga koʻmaklashish bilan bogʻliq ishlarni koʻrib chiqishning umumiy qoidalari
Ushbu bobda belgilangan qoidalar arbitraj muhokamasi taraflarining arbitrni tayinlash, arbitrni rad etishni qanoatlantirish, arbitr vakolatlarining amal qilishini tugatish xususida qaror qabul qilish, arbitraj sudining yurisdiksiyasi masalasi yuzasidan qarorlar qabul qilish, taʼminlash choralarini tan olish va ijroga qaratish, taʼminlash choralarini koʻrish, dalillarni olishga koʻmaklashish toʻgʻrisidagi arizalari iqtisodiy sud tomonidan koʻrib chiqilayotganda qoʻllaniladi.
2322-modda. Arizaning shakli va mazmuni
Ushbu Kodeksning 2321-moddasida koʻrsatilgan arizalar yozma shaklda beriladi va arbitraj muhokamasining tarafi yoki uning vakili tomonidan imzolanishi kerak, arbitraj sudi tomonidan dalillarni olishga koʻmaklashish toʻgʻrisida berilgan ariza esa raislik qiluvchi arbitr tomonidan imzolanishi kerak.
Arizada quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
1) ariza berilayotgan iqtisodiy sudning nomi;
2) arbitraj sudining nomi, arbitrajning joylashgan eri va tarkibi;
3) arbitraj muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), ularning joylashgan eri (pochta manzili) yoki yashash joyi;
4) talabga asos boʻlgan holatlar;
5) talabning asoslarini tasdiqlovchi dalillar;
6) ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyxati.
Dalillarni olishga koʻmaklashish toʻgʻrisidagi arizada ish uchun ahamiyatli boʻlgan qaysi holatlar ushbu dalil bilan aniqlanishi mumkinligi ham koʻrsatilgan boʻlishi, dalil belgilanishi va uning turgan eri koʻrsatilishi kerak.
Arizada taraflarning telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili va boshqa maʼlumotlari koʻrsatilishi mumkin.
Agar ariza arbitraj muhokamasi tarafining vakili tomonidan berilgan boʻlsa, arizaga vakilning arizani imzolashga boʻlgan vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
Arbitrni tayinlash, arbitrni rad etishni qanoatlantirish, arbitraj sudining yurisdiksiyasi masalasi yuzasidan qarorlar qabul qilish haqidagi ariza “Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 16, 18 va 21-moddalarida koʻrsatilgan muddat ichida berilishi mumkin. Koʻrsatilgan muddat iqtisodiy sud tomonidan uzrli deb topilgan sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilgan taqdirda, oʻtkazib yuborilgan muddat tiklanishi mumkin.
Ushbu Kodeksning 2323-moddasida, ushbu moddaning birinchi, ikkinchi, uchinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilmagan taqdirda, ariza ushbu Kodeksning 155-moddasida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha arizachiga qaytariladi.
2323-modda. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar
Ushbu Kodeksning 2321-moddasida koʻrsatilgan arizalarga quyidagilar ilova qilinadi:
1) arbitraj bitimining asl nusxasi yoki uning tegishli tarzda tasdiqlangan koʻchirma nusxasi;
2) pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
3) arizaning koʻchirma nusxasi arbitraj muhokamasining boshqa tarafiga topshirilganligi haqidagi xabarnoma yoki xabarnoma yuborilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjat.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
1) arbitrni tayinlash toʻgʻrisidagi arizaga — arbitraj sudiga daʼvo taqdim etilganligining dalillari; arizachi (arbitraj muhokamasi taraflari) tomonidan arbitr tayinlanganligi yoxud arbitrni tayinlash tartib-taomiliga rioya etilmaganligi dalillari;
2) arbitrni rad etishni qanoatlantirish haqidagi arizaga — arbitraj sudiga daʼvo taqdim etilganligining dalillari; arbitrni rad etish haqidagi iltimosnomani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha arbitraj sudi ajrimining tasdiqlangan koʻchirma nusxasi. Doimiy arbitraj muassasasi ajrimining koʻchirma nusxasi ushbu arbitraj muassasasining rahbari tomonidan tasdiqlanadi, muayyan nizoni hal qilish uchun tashkil etilgan arbitraj sudi ajrimining koʻchirma nusxasidagi arbitr imzosi notarial tartibda tasdiqlangan boʻlishi kerak;
3) arbitr vakolatlarining amal qilishini tugatish xususida qaror qabul qilish toʻgʻrisidagi arizaga — arbitraj sudiga daʼvo taqdim etilganligining dalillari; arbitr oʻz vazifalarini bajarishi mumkin emasligini tasdiqlovchi dalil yoki arbitrning oʻz vazifalarini amalga oshirishga asossiz ravishda kechikishsiz kirishmaganligini tasdiqlovchi dalil;
4) arbitraj sudining yurisdiksiyasi masalasi yuzasidan qarorlar qabul qilish haqidagi arizaga — arbitraj sudining oʻz yurisdiksiyasi haqidagi ajrimining tasdiqlangan koʻchirma nusxasi. Doimiy arbitraj muassasasi ajrimining koʻchirma nusxasi ushbu arbitraj muassasasining rahbari tomonidan tasdiqlanadi, muayyan nizoni hal qilish uchun tashkil etilgan arbitraj sudi ajrimining koʻchirma nusxasidagi arbitr imzosi notarial tartibda tasdiqlangan boʻlishi kerak;
5) taʼminlash choralarini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi arizaga — arbitraj sudining taʼminlash choralari koʻrilganligi haqidagi ajrimining tasdiqlangan koʻchirma nusxasi. Doimiy arbitraj muassasasi ajrimining koʻchirma nusxasi ushbu arbitraj muassasasining rahbari tomonidan tasdiqlanadi, muayyan nizoni hal qilish uchun tashkil etilgan arbitraj sudi ajrimining koʻchirma nusxasidagi arbitr imzosi notarial tartibda tasdiqlangan boʻlishi kerak;
6) taʼminlash choralarini koʻrish haqidagi arizaga — arbitraj sudiga daʼvo taqdim etilganligining dalillari;
7) dalillarni olishga koʻmaklashish toʻgʻrisidagi arizaga — arbitraj sudining ish yurituvida nizo mavjud boʻlib, uni hal etish uchun dalillar zarurligi va bu dalillarni olish uchun koʻmaklashish haqida ariza berilganligining dalili.
Chet tilida tuzilgan hujjatlarni iqtisodiy sudga taqdim etishda ushbu hujjatlarga ularning davlat tilidagi yoki iqtisodiy sud ishlari yuritilayotgan tildagi tegishli tarzda tasdiqlangan tarjimasi qoʻshib topshirilishi kerak.
2324-modda. Arbitraj muhokamasiga koʻmaklashish bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud muhokamasi
Taʼminlash choralarini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi, taʼminlash choralarini koʻrish haqidagi arizalar boʻyicha ishlar ariza kelib tushganidan keyingi kundan kechiktirmay koʻrib chiqiladi.
Arbitrni tayinlash, arbitrni rad etishni qanoatlantirish, arbitr vakolatlarining amal qilishini tugatish xususida qaror qabul qilish, arbitraj sudining yurisdiksiyasi masalasi yuzasidan qarorlar qabul qilish, dalillarni olishga koʻmaklashish toʻgʻrisidagi arizalar boʻyicha ishlar ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran yigirma kun ichida koʻrib chiqiladi.
Arbitraj muhokamasiga koʻmaklashish bilan bogʻliq ishlar iqtisodiy sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha mazkur bobda koʻrsatilgan oʻziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda sudya tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan ishlarni koʻrib chiqish chogʻida sud doimiy arbitraj muassasasi arbitrlarining roʻyxatiga kiritilgan arbitrlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek iqtisodiy sud tomonidan koʻrib chiqilayotgan ish bilan bogʻliq boʻlgan ish materiallarini talab qilib olishi mumkin. Arbitraj muassasasi talab qilib olinadigan hujjatlarni soʻrov qabul qilinganidan keyingi kundan kechiktirmay iqtisodiy sudga taqdim etishi shart.
Iqtisodiy sud ishlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ajrim chiqaradi.
Iqtisodiy sudning taʼminlash choralarini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi hamda taʼminlash choralarini koʻrish haqidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha chiqarilgan ajrimi ustidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
2-§. Arbitrajning hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish
2325-modda. Arbitrajning hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish
Arbitraj muhokamasining tarafi arbitrajning hal qiluv qarori ustidan iqtisodiy sudga arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizani berish orqali shikoyat qilishi mumkin.
Ishda ishtirok etishga jalb etilmagan, huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida arbitrajning hal qiluv qarori qabul qilingan shaxslar ham arbitrajning hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilishi mumkin.
Arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza ushbu arizani bergan taraf arbitrajning hal qiluv qarorini olgan sanadan eʼtiboran, “Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida”gi Qonunning 49-moddasiga muvofiq iltimosnoma berilgan taqdirda esa ushbu iltimosnoma boʻyicha arbitraj sudi tomonidan hal qiluv qarori qabul qilingan sanadan eʼtiboran yoki ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida arbitrajning hal qiluv qarori qabul qilingan shaxs arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizani berish uchun asos boʻlgan holatlarni bilgan yoki bilishi kerak boʻlgan sanadan eʼtiboran uch oy oʻtgach berilishi mumkin emas.
Arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisida ariza kelib tushgan taqdirda, iqtisodiy sud arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish haqidagi masala boʻyicha ish yuritishni arbitraj sudiga arbitraj muhokamasini tiklash yoki arbitraj sudining fikriga koʻra arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish asoslarini bartaraf etadigan boshqa harakatlarni bajarish imkonini berish uchun oʻzi belgilagan muddatga, tegishli holatda va taraflardan birining iltimosnomasiga koʻra toʻxtatib turishi mumkin.
2326-modda. Arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizaning shakli va mazmuni
Arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza yozma shaklda beriladi va arbitraj muhokamasining tarafi yoki ishda ishtirok etishga jalb etilmagan, huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida arbitrajning hal qiluv qarori qabul qilingan shaxslar yoki ularning vakili tomonidan imzolanadi.
Arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizada quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
1) ariza berilayotgan iqtisodiy sudning nomi;
2) arbitraj sudining nomi, arbitrajning joyi va tarkibi;
3) arbitraj muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), ularning joylashgan eri (pochta manzili) yoki yashash joyi;
4) arbitrajning hal qiluv qarori qabul qilingan sana;
5) arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat etgan taraf shikoyat qilinayotgan hal qiluv qarorini olgan sana;
6) arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi talab va ushbu qaror ustidan qanday asoslar boʻyicha shikoyat qilinayotganligi.
Arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizada taraflarning telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili va boshqa maʼlumotlari koʻrsatilishi mumkin.
Arbitraj muhokamasi tarafining arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizasiga quyidagilar ilova qilinadi:
1) arbitraj hal qiluv qarorining tasdiqlangan koʻchirma nusxasi. Doimiy arbitraj muassasasi hal qiluv qarorining koʻchirma nusxasi ushbu arbitraj muassasasining rahbari tomonidan tasdiqlanadi, muayyan nizoni hal qilish uchun tashkil etilgan arbitraj sudi hal qiluv qarorining koʻchirma nusxasidagi arbitr imzosi notarial tartibda tasdiqlangan boʻlishi kerak;
2) arbitraj kelishuvining asl nusxasi yoki uning tegishli tarzda tasdiqlangan koʻchirma nusxasi;
3) arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi talabni asoslash uchun taqdim etiladigan hujjatlar;
4) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji hamda pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
5) arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizaning va unga ilova qilingan hujjatlarning koʻchirma nusxalari arbitraj muhokamasining boshqa tarafiga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat.
Chet tilida tuzilgan hujjatlar iqtisodiy sudga taqdim etilayotganda, ushbu hujjatlarga ularning davlat tilidagi yoki iqtisodiy sud ishlari yuritilayotgan tildagi tegishli tarzda tasdiqlangan tarjimasi qoʻshib topshirilishi kerak.
Ishda ishtirok etishga jalb etilmagan, huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida arbitrajning hal qiluv qarori qabul qilingan shaxsning arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizasiga ushbu modda toʻrtinchi qismining 3, 4 va 5-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar ilova qilinadi.
Agar arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza arbitraj muhokamasi tarafining vakili yoki ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida arbitrajning hal qiluv qarori qabul qilingan shaxsning vakili tomonidan berilgan boʻlsa, arizaga vakilning arizani imzolashga boʻlgan vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
Ushbu Kodeks 2325-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilmagan taqdirda, ushbu Kodeksning 154-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga koʻra arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilish rad etilishi lozim.
Ushbu Kodeks 37-moddasining beshinchi qismida, mazkur moddaning birinchi, ikkinchi, toʻrtinchi — yettinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilmagan taqdirda, arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksning 155-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga koʻra arizachiga qaytariladi.
2327-modda. Arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish
Arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksning 28-bobida nazarda tutilgan qoidalarga binoan sudya tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi.
2328-modda. Arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish asoslari
Arbitrajning hal qiluv qarori, agar taraf yoki ishda ishtirok etishga jalb etilmagan, huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida arbitrajning hal qiluv qarori qabul qilingan shaxs quyidagilarni isbotlovchi dalillarni taqdim etsa, iqtisodiy sud tomonidan bekor qilinishi lozim:
1) arbitraj kelishuvi taraflar ushbu kelishuvni qaysi qonunchilikka boʻysundirgan boʻlsa, oʻsha qonunchilik boʻyicha, bunday qonunchilik mavjud boʻlmaganda esa Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi boʻyicha haqiqiy emasligi dalilini;
2) “Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasida koʻrsatilgan arbitraj kelishuvining taraflaridan biri qaysidir darajada muomalaga layoqatsiz ekanligi dalilini;
3) taraf arbitr tayinlanganligi haqida yoki arbitraj muhokamasi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmaganligi yoki boshqa sabablarga koʻra oʻz vajlarini taqdim eta olmaganligi dalilini;
4) arbitrajning hal qiluv qarori arbitrajda hal qilinishi nazarda tutilmagan yoki arbitrajga murojaat qilish shartlariga toʻgʻri kelmaydigan nizo boʻyicha qabul qilinganligi dalilini yoki unda arbitraj kelishuvini qoʻllash doirasidan chetga chiquvchi masalalar boʻyicha qaror mavjudligi dalilini. Bunda, agar arbitrajda koʻrib chiqilishi lozim boʻlgan masalalar boʻyicha qarorlarni arbitrajga tegishli boʻlmagan masaladan ajratib olish mumkin boʻlsa, u holda arbitraj hal qiluv qarorining arbitrajga tegishli boʻlmagan masalalar boʻyicha qarori mavjud boʻlgan qismigina bekor qilinishi mumkin;
5) arbitraj sudining tarkibi yoki arbitraj tartib-taomili taraflarning kelishuviga muvofiq emasligi dalilini, agar faqat bunday kelishuv “Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining taraflar chekinishi mumkin boʻlmagan har qanday qoidasiga zid boʻlmasa yoki bunday kelishuv mavjud boʻlmasa, “Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq emasligi dalilini.
Agar iqtisodiy sud:
1) nizo predmeti Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga koʻra arbitraj muhokamasiga tegishli emasligini;
2) arbitrajning hal qiluv qarori Oʻzbekiston Respublikasining ommaviy tartibiga zidligini aniqlasa, arbitrajning hal qiluv qarori bekor qilinishi lozim.
2329-modda. Arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ajrim
Iqtisodiy sud arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ushbu Kodeksda hal qiluv qarorini qabul qilish uchun nazarda tutilgan qoidalarga koʻra ajrim chiqaradi.
Iqtisodiy sudning arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi yoki arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilishni rad etish haqidagi ajrimida quyidagilar ham boʻlishi kerak:
1) arbitrajning shikoyat qilinayotgan hal qiluv qarori va u qabul qilingan joy haqidagi maʼlumotlar;
2) shikoyat qilinayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan arbitrajning nomi va tarkibi haqidagi maʼlumotlar;
3) arbitraj muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
4) arbitrajning hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilishga yoxud arizachining talabini toʻliq yoki qisman qanoatlantirishni rad etishga oid koʻrsatma.
Arbitraj hal qiluv qarorining bekor qilinganligi, agar arbitrajga murojaat etish imkoniyati yoʻqolmagan boʻlsa, arbitraj muhokamasi taraflarining arbitraj kelishuviga muvofiq arbitrajga yangitdan murojaat etishi yoki ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga koʻra iqtisodiy sudga murojaat etishi uchun monelik qilmaydi.
Agar arbitrajning hal qiluv qarori iqtisodiy sud tomonidan arbitraj kelishuvi haqiqiy emasligi oqibatida yoki hal qiluv qarori arbitraj kelishuvida nazarda tutilmagan yoxud uning shartlariga toʻgʻri kelmaydigan nizo boʻyicha chiqarilganligi yoki unda arbitraj kelishuvida qamrab olinmagan masalalar boʻyicha xulosalar mavjudligi oqibatida toʻliq yoki qisman bekor qilingan boʻlsa, arbitraj muhokamasining taraflari bunday nizoni hal etish uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga koʻra iqtisodiy sudga murojaat etishi mumkin.
Arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha iqtisodiy sud ajrimi ustidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin”;
13) 248-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Arbitrajning hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish masalalari, agar arbitraj joyi Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan boʻlsa, ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda, “Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda hal etiladi”;
14) 334-moddaning ikkinchi qismidagi “chet davlat sudining yoki arbitrajining” degan soʻzlar “chet davlat sudining, arbitrajning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi OʻRQ-600-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 201-modda, № 5, 298-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 7, 661-modda, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 968-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 5-moddaning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2) iqtisodiy sudlarga beriladigan daʼvo arizalaridan, tashkilotlarni va fuqarolarni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizalardan, nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs sifatida ishga kirishish haqidagi arizalardan, iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning huquqlari yuzaga kelishi, oʻzgarishi yoki bekor boʻlishi uchun ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi arizalardan, iqtisodiy sudning hal qiluv qarorlari, ish yuritishni tugatish haqidagi, daʼvoni koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi, sud jarimalarini solish haqidagi ajrimlar ustidan beriladigan apellatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyatlaridan, hakamlik sudining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi, arbitrajning hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi, hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish haqidagi arizalardan, hakamlik sudining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi, arbitrajning hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi, hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish haqidagi ishlar boʻyicha iqtisodiy sud ajrimlari ustidan beriladigan apellatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyatlaridan, chet davlat sudining, arbitrajning hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi arizalardan, chet davlat sudining, arbitrajning hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish haqidagi ishlar boʻyicha sud ajrimlari ustidan beriladigan apellatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyatlaridan, shuningdek iqtisodiy sudlar tomonidan hujjatlarning dublikatlarini va koʻchirma nusxalarini berganlik uchun”;
2) ilovaning 2-bandi:
“j” kichik bandidagi “hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi” degan soʻzlardan keyin “arbitrajning hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
“z” kichik bandining ruscha matnidagi “inostrannix sudov (arbitrajey)” degan soʻzlar “inostrannix sudov i arbitrajey” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 16-may,
OʻRQ-769-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2022-y., 03/22/769/0421-son)