1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 686-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/686/1003-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Veterinariya va chorvachilik sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 28-martdagi PF-5696-son Farmoni hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-martdagi PQ-4254-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 686-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/686/1003-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 686-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/686/1003-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi huzuridagi Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 686-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/686/1003-son)
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 686-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/686/1003-son)
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 783-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 09/25/783/1154-son)
2. Samarqand veterinariya meditsinasi instituti huzurida Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi Markaz Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Samarqand viloyati, Samarqand shahri, M. Ulugʻbek koʻchasi, 77-uy manzilidagi binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilishini hamda uning oʻquv va moddiy-texnika bazasidan foydalanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlasin.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 686-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/686/1003-son)
3. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
pulli xizmatlar koʻrsatishdan tushgan mablagʻlar;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaxabov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi B.T. Norqobilov zimmasiga yuklansin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 686-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/686/1003-son)
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 27-iyun,
532-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi toʻgʻrisidagi
NIZOM
(1-ilovaning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 686-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/686/1003-son)
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va masʼuliyatini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 686-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/686/1003-son)
2. Qoʻmita veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruv organi hisoblanadi.
3. Qoʻmita Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi oʻrinlarda Vazirlar Mahkamasi deb ataladi) boʻysunadi.
4. Qoʻmita oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek, boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
5. Qoʻmita oʻz faoliyatini davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
6. Qoʻmitaning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiy hisoblanadi.
7. Qoʻmita, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda hududiy boshqarmalar deb ataladi) va tumanlar (shaharlar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda tuman (shahar) boʻlimlari deb ataladi) hamda Qoʻmita tarkibiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan, xorijiy valyutasidagi hisob raqamlariga hamda veterinariya ramziga ega boʻladi.
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, qisqartirilgani — Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi;
(8-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 686-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/686/1003-son)
b) ingliz tilida:
toʻliq nomi — State Committee of Veterinary and livestock development of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgani — State Committee of Veterinary and livestock development;
v) rus tilida:
toʻliq nomi — Gosudarstvenniy komitet veterinarii i razvitiya jivotnovodstva Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgani — Goskomveterinarii i razvitiya jivotnovodstva.
9. Qoʻmitaning joylashgan joyi (pochta manzili): 100123, Toshkent shahri, Kichik halqa yoʻli koʻchasi, 21a-uy.
10. Qoʻmita huzuridagi “Naslchilik ilmiy-ishlab chiqarish markazi” davlat muassasasi va “Oʻzzoovettaʼminotxizmat” davlat unitar korxonasi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 686-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/686/1003-son)
11. Qoʻmita va uning tizimiga kiruvchi tashkilot va muassasalarning tasdiqlangan tuzilmalarida belgilangan boshqaruv xodimlari veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat organlari va muassasalarining xodimlari hisoblanadi.
3-bob. Qoʻmitaning asosiy vazifalari va funksiyalari
1-§. Qoʻmitaning vazifalari va funksiyalari
12. Quyidagilar Qoʻmitaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, normativ-huquqiy hujjatlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, ushbu sohada davlat, xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish, veterinariya faoliyatini litsenziyalashni amalga oshirish;
veterinariya sohasi va chorvachilikning barcha tarmoqlarini, shu jumladan, qoramolchilik, qoʻychilik, qorakoʻlchilik, echkichilik, yilqichilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va quyonchilikni rivojlantirish, naslchilik-seleksiya ishlarini muvofiqlashtirish hamda ushbu yoʻnalishlar boʻyicha maqsadli davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
mamlakat hududlarini hayvonlarning yuqumli kasalliklari kirib kelishidan himoya qilishni taʼminlash, amaliyotga hayvonlarni davolashning va profilaktikasining zamonaviy usullarini joriy etish, mahalliy va xorijiy fan yutuqlarini tatbiq etish asosida veterinariya dori vositalarining yangi turlari va shakllarini ishlab chiqarishni tashkil etish;
epizootik osoyishtalikni taʼminlashda hayvonlarning yuqumli kasalliklarini oʻz vaqtida aniqlash, tashxis qoʻyish va tarqalishining oldini olishga doir profilaktika ishlarining samaradorligini monitoring qilish;
chorvachilik va naslchilik sohasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning yagona mexanizmlarini amalga oshirish, chorvachilik xoʻjaliklariga ozuqa yetishtirish uchun ajratilgan yer maydonlarida chorva ozuqa ekinlarini joylashtirishni tashkil etish hamda yuqori hosildorlikka erishishni monitoring qilish;
chorvachilik tarmoqlarida hayvonlarni identifikatsiya qilish, ularni hisobga olish, hisobdan chiqarish va saqlash ishlarini tashkil etish, qishloq xoʻjaligi hayvonlarini zoti boʻyicha rayonlashtirish;
veterinariya va naslchilik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi hamda veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarning sifati va muomalasi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
veterinariya va naslchilik-seleksiya sohalarida ilmiy, uslubiy va taʼlim salohiyatini har tomonlama rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar yoʻnalishlarini belgilash, fundamental va amaliy tadqiqotlar, innovatsiya ishlanmalari natijalarini veterinariya va naslchilik-seleksiya amaliyotiga joriy etilishini muvofiqlashtirish;
chorvachilik mahsulotlarini xalqaro talablarga muvofiq sertifikatlashtirish va standartlashtirishni taʼminlash, sifat menejmentining zamonaviy usullarini keng joriy etish, veterinariya va chorvachilik sohalariga xorijiy investitsiyalar va grant mablagʻlarini jalb qilish;
soha kadrlarini tizimli tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlashni tashkil etish, rahbar hamda mutaxassislarning ish uslubi va shakllarini takomillashtirish.
13. Qoʻmita oʻziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, normativ-huquqiy hujjatlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, ushbu sohada davlat, xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish, veterinariya faoliyatini litsenziyalashni amalga oshirish sohasida:
veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohalarini yanada rivojlantirish, shu jumladan epizootik barqarorlikni taʼminlashda hayvonlarning yuqumli kasalliklarini oʻz vaqtida aniqlash, tashxis qoʻyish va tarqalishining oldini olish, veterinariya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishida davlat nazoratini taʼminlash, veterinariya sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish, veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarning sifati hamda muomalasi yuzasidan nazoratni tashkil etish va yuritish, chorvachilikda sunʼiy urugʻlantirish, naslchilik-seleksiya ishlarini tashkil etish va rivojlantirish, chorvachilik xoʻjaliklariga ozuqa yetishtirish uchun ajratilgan yer maydonlarida chorva ozuqa ekinlarini joylashtirish ustidan davlat nazoratini taʼminlash hamda yuqori hosildorlikka erishishni monitoring qilish, chorvachilik tarmoqlarida hayvonlarni identifikatsiya qilish, qishloq xoʻjaligi hayvonlarini zoti boʻyicha rayonlashtirish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiradi;
Qoʻmita tizimiga kiruvchi tashkilotlarda hisob va hisobot yuritilishini hamda mol-mulk saqlanishini, hisobga olinishini va hisobdan chiqarilishini taʼminlash, yetkazilgan moddiy zararni undirish choralarini koʻradi;
Qoʻmita tizimiga kiruvchi tashkilotlarning buxgalteriya hisobotlarini, balanslarini koʻrib chiqadi, umumlashtiradi, yigʻma balanslar tuzadi va ularni tegishli organlarga taqdim etadi;
veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasini tartibga solish boʻyicha xalqaro standartlarga muvofiq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
hududiy boshqarmalar toʻgʻrisidagi nizomlarni, shuningdek, veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat organlari hamda muassasalarining nizom (ustav)larini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasida xorijiy davlatlar bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda ishtirok etadi hamda xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlarini ifodalaydi;
veterinariya va naslchilik-seleksiya sohasida xorijiy davlatlar tajribalarini tahlil qiladi hamda ularning qonunchilik sohasidagi yutuqlaridan foydalanish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
xorijiy davlatlarning veterinariya xizmatlari bilan veterinariya sohasida axborotlar almashinuvini amalga oshiradi va veterinariya sertifikatlari namunalarini belgilangan tartibda kelishadi;
xalqaro va xorijiy davlatlarning nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ularning vakolatxonalari va filiallari tomonidan veterinariya va naslchilik-seleksiya sohasiga oid tadbirlarning belgilangan tartibda oʻtkazilishini tashkil etadi;
veterinariya sohasiga oid xalqaro shartnomalarni ishlab chiqishda va ularning ijrosini taʼminlashda ishtirok etadi;
veterinariya va naslchilik-seleksiya sohasiga oid xalqaro hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
oʻziga boʻysunuvchi tuzilmalari orqali veterinariya va chorvachilik sohasida boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi va qoʻshma tadbirlarni amalga oshiradi;
veterinariya faoliyatini litsenziyalashni amalga oshiradi;
mahalliy va import qilinadigan veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qoʻshimchalarni roʻyxatdan oʻtkazadi va ularga roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini beradi;
davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni eksport, import qilishga hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga ruxsatnoma, veterinariya guvohnomasi va veterinariya sertifikatini beradi;
ixtisoslashgan soʻyish korxonalarining hamda ushbu sohadagi mahsulot va xom ashyolarni qayta ishlash, ishlab chiqarish, saqlash, tashish, sotish va realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchilar faoliyatining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga muvofiqligi yuzasidan veterinariya-sanitariya xulosalarini beradi;
bozorlarda, savdo tashkilotlarida va boshqa savdo obyektlarida ushbu sohadagi mahsulot va xom ashyoni, shuningdek bozorlarda realizatsiya qilinadigan oʻsimlik, oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilish, saqlash hamda realizatsiya qilishga veterinariya-sanitariya ekspertizasi xulosasini beradi;
fuqarolar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilinishi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqilishini taʼminlaydi;
veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat organlari hamda muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Qoʻmita tizimi faoliyatiga oid gazeta va jurnallar chiqarilishini, tegishli ruxsatnomalar blankalari, sohaga tegishli kitob, byulleten va qoʻllanmalar chop etilishini hamda butunjahon Internet tarmogʻida veb-sayt yuritilishini tashkil etadi;
b) veterinariya sohasi va chorvachilikning barcha tarmoqlarini, shu jumladan, qoramolchilik, qoʻychilik, qorakoʻlchilik, echkichilik, yilqichilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va quyonchilikni rivojlantirish, naslchilik-seleksiya ishlarini muvofiqlashtirish hamda ushbu yoʻnalishlar boʻyicha maqsadli davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
respublika hududida paydo boʻlish xavfi boʻlgan hayvonlar kasalliklarini tahlil qilish, ularni oldini olish va tugatishga doir dasturlarni ishlab chiqadi;
veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat organlari hamda muassasalarining kelgusida rejalashtiriladigan ishlarini prognozlashtirish, manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda sohani rivojlantirishning davlat va mahalliy dasturlarini ishlab chiqadi hamda ularni amalga oshiradi;
chorvachilikning barcha tarmoqlarini, shu jumladan qoramolchilik, qoʻychilik, qorakoʻlchilik, echkichilik, yilqichilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va quyonchilikni rivojlantirish choralarini koʻradi;
naslchilik-seleksiya ishlarini muvofiqlashtiradi hamda chorvachilikning barcha tarmoqlari va naslchilik-seleksiya ishlari boʻyicha maqsadli davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
“Qorakoʻlchilik” Respublika uyushmasi, “Parrandasanoat” uyushmasi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi va “Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasi bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etilishini taʼminlaydi;
v) mamlakat hududlarini hayvonlarning yuqumli kasalliklari kirib kelishidan himoya qilishni taʼminlash, amaliyotga hayvonlarni davolashning va profilaktikasining zamonaviy usullarini joriy etish, mahalliy va xorijiy fan yutuqlarini tatbiq etish asosida veterinariya dori vositalarining yangi turlari va shakllarini ishlab chiqarishni tashkil etish sohasida:
hayvonlarni kasalliklardan himoya qilish, hayvonlardan olinadigan mahsulot va xom ashyo xavfsizligini taʼminlashda idoraviy hamda ishlab chiqarish veterinariya xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
hayvonlar kasalliklariga tashxis qoʻyish, ularni davolash va oldini olish tadbirlari bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
xoʻjalik yurituvchi subyektlar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlarning veterinariya sohasiga oid faoliyati yuzasidan belgilangan tartibda tekshiruvlar oʻtkazadi;
ixtisoslashgan soʻyish korxonalari hamda hayvonlarning egalari tomonidan, shuningdek, ushbu sohadagi mahsulot va xom ashyoni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash hamda ularning savdosi bilan shugʻullanuvchilar tomonidan veterinariya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ijro etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasiga oid faoliyat yuzasidan belgilangan tartibda boshqa nazorat ishlarini amalga oshiradi;
mamlakatimiz hududiga hayvonlarning yuqumli kasalliklari kirib kelishidan himoya qilishni taʼminlash, hayvonlarni davolashning va profilaktikasining zamonaviy usullarini amaliyotga joriy etadi, mahalliy va xorijiy fan yutuqlarini tatbiq etish asosida veterinariya dori vositalarining yangi turlari va shakllarini ishlab chiqaradi;
chegara oldi tumanlarda va chegaradosh davlatlarda yuzaga kelgan epizootik vaziyat toʻgʻrisida tegishli organlar va tashkilotlarni xabardor qiladi, tegishli veterinariya tadbirlarini amalga oshirishda zarur tavsiyalar beradi;
hayvonlar kasalliklariga tashxis qoʻyish ishlarida eng zamonaviy va tezkor usullarni joriy etish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va ularning bajarilishini taʼminlaydi;
mahalliy va xorijiy fan yutuqlarini tatbiq etish asosida veterinariya dori vositalarining yangi turlari va shakllarini ishlab chiqarish boʻyicha davlat dasturlarini ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
g) epizootik osoyishtalikni taʼminlashda hayvonlarning yuqumli kasalliklarini oʻz vaqtida aniqlash, tashxis qoʻyish va tarqalishining oldini olishga doir profilaktika ishlarining samaradorligini monitoring qilish sohasida:
mahsulot va xom ashyolarni veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga asosan ekspertizadan oʻtkazish tartiblarini belgilaydi va ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlaydi;
hayvonlar oʻta xavfli yuqumli kasalliklarga chalinganligi xususida shubha mavjud boʻlgan taqdirda, zarur chora-tadbirlarning bajarilishini oʻrganadi va muvofiqlashtiradi;
belgilangan tartibda veterinariyaga oid statistika hisobotini yuritilishi va taqdim etilishini talab qiladi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyat organlari va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda epizootiyaga qarshi tadbirlarning bajarilishini taʼminlaydi;
ichki ishlar organlarining karantin tadbirlarini taʼminlash boʻlinmalari bilan birgalikda epizootik osoyishtalikni taʼminlashga doir tadbirlarni tashkil etadi;
kasalliklarning kelib chiqishi va hayvonlarning nobud boʻlishi sabablarini tahlil qiladi, ularning oldini olish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
hayvonlar yuqumli kasalliklarining oldini olish va ularni tugatishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasi va ilm-fan yutuqlarini oʻrganadi, maʼlumotlarni umumlashtiradi hamda davlat veterinariya xizmati tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi;
belgilangan tartibda veterinariya dori vositalari va boshqa moddiy-texnika resurslarining zaxirasini yaratadi;
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha hayvonlarning oʻta xavfli yuqumli kasalliklari boʻyicha profilaktika, tashxis qoʻyish va tugatish tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan veterinariya dori vositalarini hamda moddiy-texnika vositalarini belgilangan tartibda xarid qiladi va markazlashtirilgan holda taqsimlaydi;
epizootik holat yuzasidan monitoring olib boradi;
d) chorvachilik va naslchilik sohasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning yagona mexanizmlarini amalga oshirish, chorvachilik xoʻjaliklariga ozuqa yetishtirish uchun ajratilgan yer maydonlarida chorva ozuqa ekinlarini joylashtirishni tashkil etish hamda yuqori hosildorlikka erishishni monitoring qilish sohasida:
chorvachilik xoʻjaliklariga ozuqa yetishtirish uchun ajratilgan yer maydonlarida chorva ozuqa ekinlarini joylashtirilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
chorvachilik xoʻjaliklaridagi shartli mol bosh soniga nisbatan yer maydonlarini ajratilishi va ulardan samarali foydalanish monitoringini amalga oshiradi;
paxta va gʻalla ekin maydonlariga almashlab ekiladigan chorva ozuqasi uchun ekinlarning toʻliq ekilishi hamda yetishtiriladigan hosilning chorvachilik xoʻjaliklari va aholiga tizimli yetkazilishini monitoring qiladi;
e) chorvachilik tarmoqlarida hayvonlarni identifikatsiya qilish, ularni hisobga olish, hisobdan chiqarish va saqlash ishlarini tashkil etish, qishloq xoʻjaligi hayvonlarini zoti boʻyicha rayonlashtirish sohasida:
chorvachilikda sunʼiy urugʻlantirish, naslchilik-seleksiya ishlarini tashkil etadi va qishloq xoʻjaligi hayvonlarini zoti boʻyicha rayonlashtiradi;
qishloq xoʻjaligi hayvonlarini zoti boʻyicha joylashtirish rejalarining bajarilishini oʻrganadi;
fermer va dehqon xoʻjaliklari uchun chorva naslchiligi xizmati koʻrsatishni tashkil etadi;
hayvonlarni identifikatsiya qilish ishlarini muvofiqlashtiradi;
aholi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarda parvarish qilinayotgan chorva mollarini sugʻurtalashda vositachilik vazifalarini bajaradi.
(13-band “e” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 686-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/686/1003-son)
j) veterinariya va naslchilik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi hamda veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarning sifati va muomalasi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:
veterinariya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishida davlat nazoratini amalga oshiradi;
respublika hududini hayvonlarning yuqumli kasalliklarini qoʻzgʻatuvchilari olib kirilishidan muhofaza qilish, shuningdek, hayvonlar, ushbu sohaga mansub mahsulot va xom ashyo, veterinariya dori vositalari, ozuqalar va ozuqabop qoʻshimchalarni tayyorlash, olib oʻtish (tashish), eksport va import qilish boʻyicha davlat veterinariya nazoratini amalga oshiradi;
davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilishi, Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqilishi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranziti uchun rasmiylashtiriladigan veterinariya hujjatlari berilishini nazorat qiladi;
mahsulotlar va xom ashyolarni veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq ishlab chiqarilishi boʻyicha davlat veterinariya nazoratini olib boradi;
xususiy veterinariya faoliyatini amalga oshirish uchun tadbirkorlik subyektlariga belgilangan tartibda litsenziya beradi, shuningdek litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan davlat veterinariya nazoratini amalga oshiradi;
davlat va idoraviy veterinariya xizmatlari, ichki ishlar organlarining karantin tadbirlarini taʼminlash boʻlinmalarining veterinariya sohasiga oid faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
veterinariya sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish ishlarini sifatli va tizimli ravishda tashkil etish boʻyicha tegishli davlat boshqaruv organlari bilan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
jismoniy va yuridik shaxslardan epizootiyaga qarshi tadbirlar, davolash, veterinariya-sanitariya tadbirlarining bajarilishini talab qiladi;
veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat organlari hamda muassasalari tomonidan taqdim etiladigan hisobotlar shakllarini tasdiqlaydi va uning muddatlarini belgilaydi;
veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, ularning veterinariya ekspertizasi va sinovi natijalariga koʻra davlat roʻyxatidan oʻtkazadi hamda ularga roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomalarini beradi;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-apreldagi 148-son qarori bilan tasdiqlangan Mahalliy va import qilinadigan veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qoʻshimchalar roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnomani berish toʻgʻrisidagi nizom.
veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarning veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq ishlab chiqarilishi va tayyorlanishini oʻrganadi va nazorat qiladi;
veterinariya dori vositalarini va ozuqabop qoʻshimchalarning sifati hamda muomalasi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
naslchilik korxonalari va xoʻjaliklari tomonidan yetkazib beriladigan nasldor hayvonlarning sifat (nasl) koʻrsatkichlari toʻgʻri aniqlanganligi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
nasldor hayvonlardan oqilona foydalanish, hayvonlar va ularning urugʻlari eksport va import qilinishini nazorat qiladi;
chorvachilikda naslchilik ishlari toʻgʻrisidagi hisobotlarning yuritilishini nazorat qiladi;
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar naslchilik ishlari bilan shugʻullanuvchi chorvachilik subyektlari faoliyatini nazorat qiladi;
chorva hayvonlarining zoti boʻyicha rayonlashtirilishini nazorat qiladi;
naslchilik xoʻjaliklaridagi nasldor chorva hayvonlarining hisobini roʻyxatdan oʻtkazilishini hamda seleksiya jarayonida foydalanadigan naslchilik resurslarining kelib chiqishi, mahsuldorligi va turi boʻyicha sifatli baholanishini nazorat qiladi;
naslchilik bilan shugʻullanuvchi chorvachilik xoʻjaliklariga yer maydonlari ajratilishini va ulardan samarali foydalanilishini hamda korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan omuxta yem, sheluxa, shrot mahsulotlarining sifat koʻrsatkichlarini nazorat qiladi;
naslli mahsulotlarni (material) ishlab chiqarilishini va uning texnologik jarayonlari tashkil etilishini nazorat qiladi;
chorvachilik yoʻnalishidagi asosiy ustuvor vazifalar va ishlab chiqilgan dasturlarning joylardagi ijrosi tizimli ravishda tashkil etilishini nazorat qiladi”;
(13-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 686-sonli qaroriga asosan oʻn toʻrtinchi — yigirma ikkinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/686/1003-son)
z) veterinariya va naslchilik-seleksiya sohalarida ilmiy, uslubiy va taʼlim salohiyatini har tomonlama rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar yoʻnalishlarini belgilash, fundamental va amaliy tadqiqotlar, innovatsiya ishlanmalari natijalarini veterinariya va naslchilik-seleksiya amaliyotiga joriy etilishini muvofiqlashtirish sohasida:
veterinariya, chorvachilik va naslchilik-seleksiya sohalarida ilmiy, uslubiy va taʼlim salohiyatini har tomonlama rivojlantirish choralarini koʻradi;
veterinariya, chorvachilik va naslchilik-seleksiya sohalarida ilmiy tadqiqotlar yoʻnalishlarini belgilaydi;
fundamental, ilmiy-amaliy tanlovlar va innovatsion ilmiy tadqiqotlarda qatnashish uchun taqdim etilgan ilmiy loyihalarning ekspertizasida ishtirok etadi;
veterinariya, chorvachilik va naslchilik-seleksiya sohalarida davlat grantlari asosida va xalqaro hamkorlik doirasida oʻtkaziladigan ilmiy tadqiqotlarning amalga oshirilishini tashkillashtiradi va muvofiqlashtiradi;
hayvonlar kasalliklariga tashxis qoʻyish, davolash va profilaktikasi hamda naslchilik-seleksiya ishlarining eng zamonaviy, samarali usullarini ishlab chiqish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini oʻtkazadi, shuningdek ularni amaliyotga joriy etishni tashkillashtiradi;
ilm-fan, taʼlim muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlar shu jumladan, xalqaro hamkorlikni kengaytirish orqali veterinariya xizmati faoliyatiga ilgʻor texnologiyalar va ish uslublarini joriy etadi, veterinariya, chorvachilik va naslchilik-seleksiya masalalari boʻyicha ilmiy anjuman va konferensiyalarni tashkillashtirish va oʻtkazishda ishtirok etadi;
hayvonlar kasalliklariga tashxis qoʻyish, ozuqalarning, shuningdek chorvachilik obyektlarida ichimlik suvining sifatini baholash maqsadida laboratoriya tekshiruvlari oʻtkazish tartibini belgilaydi;
odamlar va hayvonlar uchun umumiy boʻlgan kasalliklardan aholi sogʻligʻini muhofaza qilishda boshqa davlat organlari bilan hamkorlik qiladi;
xorijiy va chegaradosh davlatlardagi hamda respublika hududidagi epizootik holatdan kelib chiqib, epizootiyaga qarshi profilaktika tadbirlarini belgilaydi va amalga oshiradi;
chorvachilik fermer xoʻjaliklari va ularning mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilishning xalqaro tan olingan tizimini joriy etishda boshqa davlat organlari bilan hamkorlik qiladi.
i) chorvachilik mahsulotlarini xalqaro talablarga muvofiq sertifikatlashtirish va standartlashtirishni taʼminlash, sifat menejmentining zamonaviy usullarini keng joriy etish, veterinariya va chorvachilik sohalariga xorijiy investitsiyalar va grant mablagʻlarini jalb qilish sohasida:
sohaga taalluqli normativ hujjatlarni va standartlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va xalqaro standartlarga uygʻunlashtiradi;
veterinariyada sertifikatsiyalashning talablarini ishlab chiqadi;
standartlarni amaliyotga joriy etish va unga amal qilinishini nazorat qiladi;
sohaga taalluqli normativ hujjatlar va standartlarning yagona reyestrini shakllantiradi va yuritadi;
sinov laboratoriyalarini oʻtkazishda tegishli organlar bilan hamkorlik qiladi;
akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyalarining reyestrini shakllantiradi va yuritadi;
naslchilik zavodi, naslchilik xoʻjaligi va naslchilik fermalarini davlat attestatsiyasidan oʻtkazadi;
seleksiya yutugʻi ekspertizasi va sinovini belgilangan tartibda oʻtkazadi;
naslchilik mahsuloti (materiallari)ga belgilangan tartibda sertifikatlar beradi;
naslchilik zavodi, xoʻjaligi va fermalarida zamonaviy usullar bilan chorva mollarining mahsuldorligini oshirish, nasldorlik sifatlarini takomillashtirish, hisobga olish va hisobot ishlarini yuritish, chorva mollarni belgilar majmui boʻyicha baholashni (bonitirovka) amalga oshiradi;
manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda naslchilik ishlarida foydalaniladigan texnologiya asbob-uskunalarni ishlab chiqarishda va import boʻyicha sotib olishda, yangi texnologik asbob-uskunalar va maxsus transportlar yaratilishida ishtirok etadi;
davlat, idoraviy va xususiy sektorlarda naslchilik ishlari mutaxassislari faoliyatini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi;
k) soha kadrlarini tizimli tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlashni tashkil etish, rahbar hamda mutaxassislarning ish uslubi va shakllarini takomillashtirish sohasida:
zamonaviy talablar hamda davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi demokratlashtirish jarayonlarini hisobga olgan holda, veterinariya sohasida kadrlar malakasini oshirishni tashkil etadi;
veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasidagi kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi taʼlim yoʻnalishlarini akkreditatsiya qilishda, ularning pedagog va ilmiy xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazishda ishtirok etadi;
kadrlar ishini yuritish, veterinariya, chorvachilik va naslchilik mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat organlari hamda muassasalarining rahbarlik lavozimlariga kadrlar zaxirasini shakllantiradi va ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etadi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat organlari hamda muassasalarining rahbarlari va mutaxassislarining kasbiy tayyorgarligi va malakasi boʻyicha egallab turgan lavozimiga munosibligi yuzasidan ularni attestatsiyadan oʻtkazadi;
veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat organlari hamda muassasalarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari lavozimlariga nomzod kadrlar nomenklaturasini yuritadi;
kadrlar salohiyatini oʻrganish va tahlil qilish asosida mintaqaviy xususiyatlarni va iqtisodiyotning real sektori aniq ehtiyojlarini hisobga olgan holda veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasiga oliy taʼlim muassasalari boʻyicha har yilgi qabul kvotalariga takliflar kiritadi;
kadrlarning xorijiy ilmiy va taʼlim muassasalarida veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasidagi malakasini oshirishni belgilangan tartibda tashkillashtiradi;
veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat organlari hamda muassasalaridagi rahbar va mutaxassislarning ish uslubi va shakllarini takomillashtirish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Qoʻmita qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
14. Qoʻmita oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bevosita, shuningdek, Qoʻmita tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar orqali amalga oshiradi.
2-§. Qoʻmita markaziy apparatining vazifalar va funksiyalari
15. Quyidagilar Qoʻmita markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishni taʼminlash;
Qoʻmita hamda tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlar, maqsadli indikatorlar, sifatga erishish va rivojlantirish dasturlarini samarali amalga oshirishni taʼminlash;
Qoʻmita faoliyati sohasiga tegishli masalalarda vazirliklar va idoralar bilan hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosatining yigʻilishlarida masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlarini oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarish;
Qoʻmita xodimlarini tizimli qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;
Qoʻmitaning markaziy apparati va uning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tanqidiy tahlil qilish, tahlil natijalariga koʻra zarur chora-tadbirlarni koʻrish;
Qoʻmitaning markaziy apparati va uning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar faoliyatiga zamonaviy ish uslublarini joriy etish;
veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatish samaradorligi, sifati va erkinligini taʼminlash;
jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni samarali taʼminlash, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilishni, Qoʻmita rahbariyati va xodimlarining ular faoliyatida faol ishtirok etishini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan kelib tushadigan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasini rivojlantirish boʻyicha maqsadli dasturlar, ushbu sohadagi dasturiy-uslubiy va boshqa tartibga soluvchi hujjatlarni belgilangan tartibda tasdiqlash;
veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasida xalqaro va davlatlararo hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish boʻyicha xalqaro xorijiy tadbirlarda Qoʻmitaning vakillarining ishtirokini taʼminlash;
Qoʻmita hayʼati qarorlari, Qoʻmita raisining qarorlari, buyruqlari va topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning kasb mahorati, chuqur bilimga egaligi, tajribasi, ishchanlik va odob-ahloq hamda maʼnaviyatining yuqori darajasi kafolatlanganligini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini koʻrish, nazoratdagi tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasidagi ilgʻor xorijiy tajriba va ilmiy-texnik taraqqiyotda erishilgan natijalarni oʻrganishni tashkil etish, ushbu sohani rivojlantirishda mazkur tajribani joriy etish;
veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasida xalqaro seminarlar, anjumanlar, koʻrgazmalar oʻtkazilishini tashkil etish hamda boshqa tashkilotlar oʻtkazadigan shu kabi tadbirlarda ishtirok etishni taʼminlash.
16. Qoʻmita markaziy apparati unga yuklatilgan vazifalarni bajarish quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Qoʻmita va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahlil jihatidan taʼminlaydi;
hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan sohaga oid Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishi ustidan tizimli nazoratni taʼminlaydi;
Qoʻmita tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan hujjatlarning sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqilishini va ularning iqtisodiy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil etadi;
hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga belgilangan tartibda rahbarlik qiladi, muvofiqlashtiradi va nazoratni amalga oshiradi;
Qoʻmita faoliyati, shu jumladan, norma ijodkorligi sohasidagi faoliyatini huquqiy taʼminlanishini tashkil etadi;
Qoʻmitaning vakolatiga tegishli tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xoʻjalik masalalari va boshqa masalalarini hal etadi.
3-§. Hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarining vazifalari va funksiyalari
17. Quyidagilar hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarining vazifalari hisoblanadi:
Qoʻmitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini taʼminlaydi;
hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan hamkorlikni amalga oshirish;
veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasidagi va ular vakolatiga kiradigan boshqa masalalarga doir qonun hujjatlariga, normativ hujjatlarga rioya etish yuzasidan monitoring va nazorat olib borish;
tuman (shahar) boʻlimlar va idora boʻysunuvidagi tashkilotlariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
tuman (shahar) boʻlimlar va idora boʻysunuvidagi tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda tahlil qilish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
18. Hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar oʻziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatdan taʼminlaydi hamda unga rahbarlik qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining hamda Qoʻmita qarorlari va buyruqlarining tuman (shahar) boʻlimlar, idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan bajarilishini tizimli nazorat qiladi;
tuman (shahar) boʻlimlar va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan kiritiladigan hujjatlarning sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqilishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizasi oʻtkazilishini tashkil etadi;
tuman (shahar) boʻlimlar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga rahbarlik qiladi, ularni muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasida xizmatlar koʻrsatish yuzasidan faoliyat olib boruvchi subyektlar bilan hamkorlik qiladi;
veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasida hududiy dasturlarni bajarilishi monitoringini olib borish, yuridik va jismoniy shaxslarga davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha tuman (shahar) boʻlimlar va idoraviy mansub tashkilotlar xatti-harakatlarini muvofiqlashtiradi;
tuman (shahar) boʻlimlar va idoraviy mansub tashkilotlarning moddiy-texnik taʼminotini tashkil etadi;
tuman (shahar) boʻlimlar va idoraviy mansub tashkilotlar binolari va inshootlaridan joriy foydalanish boʻyicha ishlar monitoringini oʻtkazadi va muvofiqlashtiradi;
jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlarni tashkil etadi;
operativ, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, ishlab chiqarish va oʻz vakolatiga kiradigan boshqa masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
4-§. Tuman (shahar) boʻlimlarining vazifalari va funksiyalari
19. Quyidagilar tuman (shahar) boʻlimlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Qoʻmitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini taʼminlashda ishtirok etish;
veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasidagi va oʻz vakolatiga kiradigan boshqa masalalarga doir tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
qonun hujjatlariga, normativ hujjatlarga rioya etilishi yuzasidan monitoring va nazorat olib borish;
veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasini yanada rivojlantirishda moliyalashtirish boʻyicha takliflarni shakllantirish;
veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasida xizmatlar koʻrsatish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarni qoʻllab-quvvatlash;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
20. Tuman (shahar) boʻlimlar oʻziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
tuman (shahar) boʻlimlar faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatdan taʼminlaydi hamda ularga rahbarlik qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari hamda Qoʻmita qarorlari va buyruqlari bajarilishini nazorat qiladi;
tuman (shahar) boʻlimlar tomonidan hujjatlarning sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqilishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizasi oʻtkazilishini tashkil etadi;
veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasi bilan bogʻliq masalalar yuzasidan yuridik va jismoniy shaxslarga maslahat beradi va ularning faoliyatiga koʻmaklashadi;
veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasi boʻyicha xizmat koʻrsatishda yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzadi;
veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasini rivojlantirish istiqbollarini baholaydi, uning monitoringini tashkil etadi va oʻtkazadi;
veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasini rivojlantirish dasturlariga kiritilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan axborot, shuningdek davlat statistika organlarining maʼlumotlar asosida mazkur dasturlar bajarilishi monitoringini olib boradi;
veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasini rivojlantirish toʻgʻrisidagi takliflarni ishlab chiqadi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining koʻrib chiqishi uchun kiritadi;
veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarga rioya etilishini nazorat qiladi;
veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasida xizmatlar koʻrsatish boʻyicha faoliyat olib boruvchi yuridik va jismoniy shaxslar bilan hamkorlik qiladi;
jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlarni tashkil etadi;
operativ, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, ishlab chiqarish xoʻjalik tuman (shahar) boʻlimlarining vakolatiga kiradigan boshqa masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
4-bob. Qoʻmita, uning Hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining huquqlari va javobgarligi
1-§. Qoʻmitaning huquqlari va javobgarligi
21. Qoʻmita oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va boshqa tashkilotlardan veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasiga oid masalalar boʻyicha maʼlumotlarni belgilangan tartibda soʻrab olish;
yuridik va jismoniy shaxslardan hayvonlarning yuqumli kasalliklari tarqalishining oldini olishni hamda ularning tugatilishini taʼminlovchi chora-tadbirlar oʻtkazilishini, shuningdek epizootik holatni aniqlash uchun zarur boʻlgan maʼlumot taqdim etilishini talab qilish;
hayvonlarning va odamlarning sogʻligʻi uchun xavf tugʻdiradigan hayvonlar kasalligi aniqlangan taqdirda, hayvonlarni soʻyishga yoki yoʻq qilib tashlashga, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyoni zararsizlantirishga (yuqumsizlantirishga), qayta ishlashga yoki utilizatsiya qilishga taalluqli, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan talablarni belgilash;
respublika hududida biologik xavfsizlikni taʼminlash maqsadida veterinariya dori vositalarini tayyorlash va ishlab chiqarish sharoitlarini oʻrganish boʻyicha Qoʻmita huzurida markaziy rejim komissiyasini tashkil etish va uning faoliyat yuritishini taʼminlash;
veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarni roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini olish uchun taqdim etilgan hujjatlar va ularning sinov natijalarini hamda veterinariya sohasiga oid tayyorlanadigan qoʻllanmalar, tavsiyanomalar va yoʻriqnomalarni oʻrganish, shuningdek ishlab chiqilgan veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini koʻrib chiqish boʻyicha Qoʻmita huzurida ilmiy-texnik kengash ishini tashkil etish va uning faoliyat yuritishini taʼminlash;
favqulodda holatlar vujudga kelganda epizootiyaga qarshi zarur choralar belgilash va veterinariya, veterinariya-sanitariya tadbirlarini oʻtkazish maqsadida ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining veterinariya yoʻnalishidagi olimlari, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat organlari va muassasalarining mutaxassislaridan iborat maxsus ishchi guruhlar tashkil etish va uning faoliyat yuritishini taʼminlash;
xalqaro tashkilotlar, moliya institutlar va xorijiy davlatlarning kredit va grant mablagʻlari hisobiga veterinariya va chorvachilik sohalarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va amalga oshirish guruhlarini tashkil etish hamda ishlarini muvofiqlashtirish;
yuridik va jismoniy shaxslarga pullik veterinariya, naslchilik-seleksiya va boshqa xizmatlar koʻrsatish tartibi, xizmat turlari va tariflarini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda tasdiqlash;
hayʼat majlislarida veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat organlari hamda muassasalari rahbarlarining Qoʻmita vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha hisobotlarini eshitish;
veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasiga oid xizmat koʻrsatish va ishlab chiqarish, shuningdek, yordamchi xoʻjaliklar faoliyatini tashkil etish yuzasidan takliflar tayyorlash;
belgilangan tartibda markaziy apparat va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlarning daromadlar va xarajatlar smetasi, shtat jadvallarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanishni tashkil etish;
Qoʻmita xodimlarini ish haqi, mukofotlar, qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar va shaxsiy ustamalar hamda mehnat haqi tizimida nazarda tutilgan boshqa ragʻbatlantirishlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirish;
Qoʻmita tizimiga kiruvchi tashkilotlarda aholi va tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatiladigan veterinariya xizmati turlari kengayishi hamda pulli xizmat koʻrsatish hajmining ortishini ragʻbatlantirish maqsadida budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan zarur boʻlgan mutaxassis va xodimlarni jalb qilish uchun Qoʻmita tomonidan tasdiqlangan shtatlarni joriy qilish;
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan oʻn beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 09/25/783/1154-son)
veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Qoʻmita tizimi faoliyatiga oid noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
Qoʻmita qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
22. Qoʻmita:
Qoʻmitaga yuklangan vazifa va funksiyalarni samarali bajarish, shuningdek, veterinariya va chorvachilik sohasida davlat siyosatini samarali amalga oshirish;
Qoʻmita faoliyatiga tegishli prognoz koʻrsatkichlariga erishilishini soʻzsiz taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlar, shuningdek, Qoʻmita tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;
soha (tarmoq)ni rivojlantirish boʻyicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirish, shuningdek, veterinariya va chorvachilik sohasida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va muammolarning yechilishi;
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash uchun masʼuldir.
2-§. Qoʻmita markaziy apparatining huquqlari va javobgarligi
23. Qoʻmitaning markaziy apparati oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
hududiy boshqarmalar va uning idoraviy mansub tashkilotlaridan Qoʻmitaning markaziy apparatida koʻrib chiqiladigan, tahlil qilish va ishlash uchun zarur boʻlgan materiallar hamda maʼlumotlarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni soʻrash va olish;
Qoʻmitada koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlash, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun zarur boʻlganda hududiy boshqarmalar va uning idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari hamda vakillarini jalb qilish, ushbu maqsadlar uchun ekspert va ishchi guruhlarni tashkil etish;
hududiy boshqarmalar va uning idoraviy mansub tashkilotlaridan ular kiritgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini qayta ishlab chiqishni talab qilish, zarur boʻlganda ularni qayta koʻrib chiqish uchun qaytarish;
hududiy boshqarmalar va uning idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
tezkor hal etilishi lozim boʻlgan va Qoʻmitaga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha hududiy boshqarmalar va uning idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlariga belgilangan tartibda topshiriqlar berish;
hududiy boshqarmalar va uning idoraviy mansub tashkilotlarining qabul qilingan qonun hujjatlari va boshqa normativ — huquqiy hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek, Qoʻmita va uning rahbariyatining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishiga oid faoliyatini oʻrganish va belgilangan tartibda tekshirish;
Qoʻmita markaziy apparati huzurida sohaga oid muammolar boʻyicha jamoatchilik, konsultativ, ilmiy-texnik va boshqa kengashlar, idoralararo ekspert komissiyalar tashkil etish, maxsus kengashlar chaqirish, shuningdek veterinariya va chorvachilikni rivojlantirishning uzoq muddatli dasturlarini, hududiy kompleks sxemalarini, qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek faoliyati bilan bogʻliq boshqa masalalarni hal etish uchun ilmiy-tadqiqot, loyihalash tashkilotlari, oliy taʼlim muassasalari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jalb etish;
veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini belgilangan tartibda shakllantirish va ulardan foydalanish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda veterinariya va chorvachilik sohasidagi masalalar mavzusida noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni.
hududiy boshqarmalar va uning idoraviy mansub tashkilotlarining qabul qilingan qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek, Qoʻmita va uning rahbariyatining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishiga oid faoliyatini oʻrganish va belgilangan tartibda tekshirish;
veterinariya va chorvachilik sohasida tegishli mintaqaviy, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish.
Qoʻmita markaziy apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
24. Qoʻmita markaziy apparati:
hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari bilan birgalikda Qoʻmitaga yuklangan vazifa va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
Qoʻmita markaziy apparati boʻlinmalarining Qoʻmita faoliyatiga tegishli prognoz koʻrsatkichlariga erishishni taʼminlashga doir ishini tashkil etish;
Qoʻmita tomonidan koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlarni, shuningdek, Qoʻmita qabul qiladigan qarorlarni sifatli tayyorlash va ekspertizadan oʻtkazish;
hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va sohani, shuningdek, tegishli tarmoqda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha boshqa dasturiy hujjatlar amalga oshirilishini tashkil etish;
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash uchun masʼuldir.
3-§. Hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarning huquqlari va javobgarligi
25. Hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar oʻzlariga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
oʻz vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
oʻz vakolatlari doirasidagi masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritish;
sohaga oid qonun hujjatlarida koʻrsatilgan qonun talablari buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida yuridik va jismoniy shaxslarga koʻrsatmalar berish;
oʻz vakolati doirasida belgilangan tartibda maʼmuriy huquqbuzarliklar boʻyicha ishlarni koʻrib chiqish, mansabdor shaxslar va fuqarolarga jarimalar solish.
26. Hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar:
tuman (shahar) boʻlimlar bilan birgalikda ularga yuklangan vazifa va funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishilishini taʼminlash;
Qoʻmitaga kiritilayotgan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlartomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;
tumanlar (shaharlar)da aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida sohani rivojlantirish, yuzaga keladigan muammolarning yechilishi boʻyicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari”ni samarali amalga oshirish;
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash uchun masʼuldir.
4-§. Tuman (shahar) boʻlimlarining huquqlari va majburiyatlari
27. Tuman (shahar) boʻlimlar oʻzlariga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
oʻz vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining tuman boʻlinmalaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
oʻz vakolatlari doirasidagi masalalar boʻyicha hududiy boshqarmalarga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritish;
sohaga oid qonun hujjatlarida koʻrsatilgan qonun talablari buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida yuridik va jismoniy shaxslarga koʻrsatmalar berish;
oʻz vakolati doirasida belgilangan tartibda maʼmuriy huquqbuzarliklar boʻyicha ishlarni koʻrib chiqish, mansabdor shaxslar va fuqarolarga jarimalar solish.
28. Tuman (shahar) boʻlimlar:
oʻzlariga yuklangan vazifa va funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
hududiy boshqarmalarga kiritilayotgan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, tuman (shahar)dagi boʻlinmalar tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;
aholini, ayniqsa yoshlarni, tadbirkorlik subyektlarini tashvishga solayotgan dolzarb muammolarni, shuningdek, tegishli hududda chorvachilikni rivojlantirish va epizootik osoyishtalikni taʼminlashga toʻsqinlik qiladigan tizimli kamchiliklarni aniqlash, tuman (shahar)ni rivojlantirish dasturiga kiritish uchun takliflar tayyorlash va kiritish;
tuman (shahar)larda sohani rivojlantirish, yuzaga keladigan muammolarning yechilishi boʻyicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari”ni samarali amalga oshirish;
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash uchun masʼuldir.
5-bob. Qoʻmita rahbarlarining asosiy funksional vazifalari
29. Quyidagilar Qoʻmita raisining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
Qoʻmita faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Qoʻmitaga yuklangan vazifa va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Qoʻmitaning faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar bajarilishining tanqidiy va chuqur tahlilini olib borish;
Qoʻmita, shuningdek, uning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatiga tegishli prognoz koʻrsatkichlariga soʻzsiz erishishni taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarning ishlab chiqilishini tashkil etish va amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi boʻlinmalari va Vazirlar Mahkamasining komplekslari, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar bilan Qoʻmita faoliyati sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarning koʻrib chiqilishida ishtirok etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarish;
oʻz oʻrinbosarlarining vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, Qoʻmitaning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning Qoʻmita faoliyatining alohida qismlariga rahbarlik qilishi uchun ularning shaxsiy masʼuliyati darajalarini belgilash;
Qoʻmita faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Qoʻmita va oʻz oʻrinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish hamda monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Qoʻmita faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
Qoʻmita xodimlarini tizimli qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
Qoʻmita tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Qoʻmitaning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Qoʻmitaga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning kasbiy mahorati, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuqori darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash;
faoliyat sohasi masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ular “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qatʼiy muvofiq ravishda oʻz vaqtida kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasi apparatida puxta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;
Qoʻmita vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha buyruqlar, koʻrsatmalar chiqarish va normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur boʻlganda boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda tegishli qarorlar qabul qilish;
Qoʻmitaga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjat loyihalarining toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqilishini taʼminlash, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishish (viza qoʻyish);
Qoʻmita rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Mansabdor shaxslarning xorij mamlakatlariga xizmat safarlari samarasi uchun shaxsiy masʼuliyatlarini yanada oshirish va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish choralari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga toʻliq mos ravishda amalga oshirish va tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
oʻz oʻrinbosarlari, hududiy boshqarmalar va uning idoraviy mansub tashkilot rahbarlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, Qoʻmitaning Hayʼat majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakuniy natijalar boʻyicha zarur choralar koʻrish;
Qoʻmita xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishining maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish toʻgʻrisida takliflar kiritish, ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Qoʻmita xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Qoʻmita xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlashni nazorat qilish;
Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq, Qoʻmita tizimida korrupsiya va boshqa qonun buzarliklarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;
Qoʻmita va uning hududiy boshqarmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini taʼminlash;
aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik qilishda, shu jumladan, “yagona darcha” prinsipini joriy etish orqali davlat xizmatlari sifati va samaradorligini hamda ulardan erkin foydalanishni oshirish hamda “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaxsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatda va tartibda amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Qoʻmita xodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, Oʻzbekiston Respublikasi sudlarida, shuningdek, davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakat vakillari ishtirokida oʻtkaziladigan rasmiy tadbirlarda Qoʻmita nomidan ishtirok etish;
Qoʻmitaning Hayʼat majlislarida raislik qilish;
zaruriyat boʻlganda, Qoʻmitaning, shuningdek hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarning tashkiliy tuzilmalariga belgilangan miqdor doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
shtat birliklarining belgilangan soni asosida Qoʻmita markaziy apparatining, shuningdek hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar tuzilmasini, shtatlar jadvalini va xarajatlar smetasini tasdiqlash;
Qoʻmita markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisida nizomlarni, shuningdek, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari nizomlarini hamda ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;
Qoʻmita markaziy apparati xodimlari, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari bilan qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish;
Qoʻmita, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarining mansabdor shaxslari uchun bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar qabul qilish va koʻrsatmalar berish, shuningdek, ularning bajarilishini belgilangan tartibda nazorat qilish;
veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlarni tayyorlash, xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish boʻyicha choralar koʻrish;
veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish sohasidagi xodimlarni va mutaxassislarni ularning koʻp yillik va samarali faoliyati, alohida xizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan taqdirlash uchun belgilangan tartibda takliflar kiritishni taʼminlash va tavsiyalar berish;
budjet mablagʻlari, budjetdan tashqari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish va Qoʻmita tizimining moddiy texnika bazasini mustahkamlash hamda rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻrish.
30. Qoʻmita raisining Bosh davlat veterinariya inspektori sifatidagi asosiy funksional vazifalari:
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga zarur veterinariya, veterinariya-sanitariya tadbirlari va epizootiyaga qarshi tadbirlar oʻtkazish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
hayvonlarning va odamlarning sogʻligʻi uchun xavf tugʻdiradigan kasalliklarga chalingan hayvonlar aniqlangan hollarda, ushbu hayvonlarni soʻyish yoki yoʻq qilib tashlash toʻgʻrisida, shuningdek isteʼmolga yaroqsiz deb topilgan, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyoni yoʻq qilib tashlash, qayta ishlash yoki ushbu mahsulot va xom ashyodan oʻzgacha tarzda foydalanish haqida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi obyektlarga moneliksiz kirish va veterinariya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
temir yoʻl vagonlarining, kemalarning, samolyotlarning va boshqa transport vositalarining holati veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda ulardan foydalanishni taqiqlash;
veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarining buzilishlari aniqlangan taqdirda chorvachilik obyektlaridan, goʻsht va sut sanoati korxonalaridan, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyoni qayta ishlovchi hamda saqlovchi korxonalardan foydalanishni taqiqlash;
veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarining buzilishlari aniqlangan taqdirda chorvachilik fermalarida, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyoni qayta ishlovchi hamda saqlovchi korxonalarda yangi qurilgan, tiklangan va rekonstruksiya qilingan obyektlarni ishga tushirishni toʻxtatib turish;
hayvonlarning egalari tomonidan, shuningdek kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyoni qayta ishlash, saqlash hamda ularning savdosi bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar tomonidan veterinariya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
chegaraoldi tumanlarda, qoʻshni davlatlarda yuzaga kelgan epizootik vaziyat toʻgʻrisida tegishli organlar va tashkilotlarni xabardor qilish, tegishli veterinariya tadbirlarini amalga oshirish hamda zarur tavsiyalar berish;
veterinariya dori vositalari, ozuqabop qoʻshimchalar ishlab chiqarilishini hamda ulardan chorvachilikda va veterinariyada foydalanilishini nazorat qilish, ularning hayvonlar sogʻligʻiga va kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot hamda xom ashyo sifatiga taʼsirini baholash;
hayvonlarning yuqumli kasalliklari oʻchoqlari aniqlangan taqdirda tegishli hududlarni nobop punktlar deb eʼlon qilish va ularda cheklovchi tadbirlar (karantin) joriy etish toʻgʻrisida, shuningdek hayvonlarning yuqumli kasalliklari oʻchoqlari tugatilganidan keyin cheklovchi tadbirlarni (karantinni) bekor qilish haqida tegishli davlat organlariga taqdimnoma kiritish;
veterinariya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga va boshqa shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazo choralarini koʻrish.
Bosh davlat veterinariya inspektori qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
31. Quyidagilar Qoʻmita raisi oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
Qoʻmita raisi vaqtincha boʻlmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;
Qoʻmitaning oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita boshqarish, ular xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
Qoʻmita faoliyatining oʻzi nazorat qiladigan yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Qoʻmitaning faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlarning bajarilishini tanqidiy va chuqur tahlil qilib borish;
oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlarning soʻzsiz bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda eshitib borish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish;
oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalarda ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq tarkibiy boʻlinma rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
Qoʻmita Hayʼati qarorlari, Qoʻmita raisining buyruq va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalarda xodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Qoʻmita raisiga takliflar kiritish, ularning kasbiy mahorati, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribasi, yuqori darajada ishlash xususiyatlari va maʼnaviy-axloqiy fazilatlari kafolatlanganligini taʼminlash, xodimlarning kasbiy malakasini oshirish, oʻzi boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalarda xodimlar zaxirasini shakllantirish choralarini koʻrish;
oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjat loyihalarining toʻliq va sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Qoʻmitaning tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini Qoʻmita raisi tomonidan koʻrib chiqilishi va imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qatʼiy muvofiq ravishda oʻz vaqtida Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlash, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining Vazirlar Mahkamasining apparatida koʻrib chiqilishida Qoʻmita raisining topshirigʻiga asosan ishtirok etish;
Qoʻmitaga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjat loyihalarini toʻliq va oʻz vaqtida koʻrib chiqish, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazish;
xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Mansabdor shaxslarning xorij mamlakatlariga xizmat safarlari samarasi uchun shaxsiy masʼuliyatlarini yanada oshirish va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish choralari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga toʻliq mos ravishda amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, Qoʻmitaning Hayʼat majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakuniy natijalar boʻyicha zarur choralar koʻrish;
Qoʻmita faoliyatini takomillashtirish boʻyicha amaliy choralar koʻrish, veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni Qoʻmita raisiga taqdim etish;
oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimlarida qolishining maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida Qoʻmita raisiga takliflar kiritish, ularning funksional majburiyatlari va yuklangan vazifalarini bajarishi uchun shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Qoʻmita xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etish, oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlari tomonidan ushbu qoidalarga rioya etilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq, Qoʻmita tizimida korrupsiya va boshqa qonun buzarliklarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;
davlat xizmatlari koʻrsatishning samarasi va sifatini, ulardan foydalanish imkoniyatini oshirish boʻyicha Qoʻmita raisiga takliflar kiritish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaxsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatda va tartibda amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-4904-son Farmoniga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
32. Quyidagilar Qoʻmita raisi oʻrinbosarlarining (raisning iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari va Rais oʻrinbosari — “Oʻzbekchorvanasl” agentligi bosh direktori bundan mustasno) Davlat veterinariya inspektori sifatidagi asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga zarur veterinariya, veterinariya-sanitariya tadbirlari va epizootiyaga qarshi tadbirlar oʻtkazish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
hayvonlarning va odamlarning sogʻligʻi uchun xavf tugʻdiradigan kasalliklarga chalingan hayvonlar aniqlangan hollarda, ushbu hayvonlarni soʻyish yoki yoʻq qilib tashlash toʻgʻrisida, shuningdek isteʼmolga yaroqsiz deb topilgan, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyoni yoʻq qilib tashlash, qayta ishlash yoki ushbu mahsulot va xom ashyodan oʻzgacha tarzda foydalanish haqida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi obyektlarga moneliksiz kirish va veterinariya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
temir yoʻl vagonlarining, kemalarning, samolyotlarning va boshqa transport vositalarining holati veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda ulardan foydalanishni taqiqlash;
veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarining buzilishlari aniqlangan taqdirda chorvachilik obyektlaridan, goʻsht va sut sanoati korxonalaridan, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyoni qayta ishlovchi hamda saqlovchi korxonalardan foydalanishni taqiqlash;
veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarining buzilishlari aniqlangan taqdirda chorvachilik fermalarida, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyoni qayta ishlovchi hamda saqlovchi korxonalarda yangi qurilgan, tiklangan va rekonstruksiya qilingan obyektlarni ishga tushirishni toʻxtatib turish;
hayvonlarning egalari tomonidan, shuningdek kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyoni qayta ishlash, saqlash hamda ularning savdosi bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar tomonidan veterinariya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
chegaraoldi tumanlarda, qoʻshni davlatlarda yuzaga kelgan epizootik vaziyat toʻgʻrisida tegishli organlar va tashkilotlarni xabardor qilish, tegishli veterinariya tadbirlarini amalga oshirish hamda zarur tavsiyalar berish;
veterinariya dori vositalari, ozuqabop qoʻshimchalar ishlab chiqarilishini hamda ulardan chorvachilikda va veterinariyada foydalanilishini nazorat qilish, ularning hayvonlar sogʻligʻiga va kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot hamda xom ashyo sifatiga taʼsirini baholash;
hayvonlarning yuqumli kasalliklari oʻchoqlari aniqlangan taqdirda tegishli hududlarni nobop punktlar deb eʼlon qilish va ularda cheklovchi tadbirlar (karantin) joriy etish toʻgʻrisida, shuningdek hayvonlarning yuqumli kasalliklari oʻchoqlari tugatilganidan keyin cheklovchi tadbirlarni (karantinni) bekor qilish haqida tegishli davlat organlariga taqdimnoma kiritish;
veterinariya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga va boshqa shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazo choralarini koʻrish.
Bosh davlat veterinariya inspektorining oʻrinbosarlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
33. Quyidagilar Qoʻmita markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
tegishli boʻlinma faoliyatiga bevosita rahbarlikni amalga oshirish, ushbu boʻlinmaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni va qarori, Vazirlar Mahkamasining qarori va boshqa qonun hujjatlari hamda Qoʻmita hujjatlari bilan yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;
prognoz koʻrsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishni taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha takliflarni Qoʻmita raisining nazorat qiluvchi oʻrinbosarlariga kiritish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, Qoʻmitaning tarkibiy boʻlinmalarida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq tarkibiy boʻlinma xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
Qoʻmita Hayʼati qarorlari, rais va uning oʻrinbosarlarining buyruq va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
tarkibiy boʻlinmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini, ularning tasdiqlash uchun kiritilishini, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, hududiy boshqarmalar va uning idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatiga amaliy va metodik yordam koʻrsatish;
tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga oid masalalar yuzasidan qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Qoʻmita rahbariyatiga kiritish;
tarkibiy boʻlinmalarda xodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda Qoʻmita raisi oʻrinbosarlariga takliflar kiritish, ularning kasbiy mahorati, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribasi, yuqori darajada ishlash xususiyatlari va maʼnaviy-axloqiy fazilatlari kafolatlanganligini taʼminlash, xodimlarning kasbiy malakasini oshirish, tarkibiy boʻlinmalarda xodimlar zaxirasini shakllantirish choralarini koʻrish;
tarkibiy boʻlinmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjat loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, tarkibiy boʻlinmalarda tayyorlangan hujjat loyihalarini Qoʻmita raisi tomonidan koʻrib chiqilishi va imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qatʼiy muvofiq ravishda oʻz vaqtida Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlash, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparatida koʻrib chiqilishida Qoʻmita raisi va uning oʻrinbosarlari topshirigʻiga asosan ishtirok etish;
Qoʻmitaga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjat loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazish;
xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Mansabdor shaxslarning xorij mamlakatlariga xizmat safarlari samarasi uchun shaxsiy masʼuliyatlarini yanada oshirish va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish choralari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga toʻliq mos ravishda amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safari uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlarining faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, majlislarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakuniy natijalar boʻyicha zarur choralar koʻrish;
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining Odob-axloq namunaviy qoidalari asosida Qoʻmita tomonidan tasdiqlangan Qoʻmita xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etish, tarkibiy boʻlinma xodimlari tomonidan ushbu qoidalarga rioya etilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq, tarkibiy boʻlinmalarda korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;
davlat xizmatlari koʻrsatishning samarasi va sifatini, ulardan foydalanish imkoniyatini oshirish boʻyicha Qoʻmita rahbariyatiga takliflar kiritish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomga muvofiq koʻrib chiqish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaxsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatda va tartibda amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-4904-son Farmoniga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
34. Quyidagilar Qoʻmita markaziy apparati vakolatli xodimlarining Davlat veterinariya inspektori sifatidagi asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga zarur veterinariya, veterinariya-sanitariya tadbirlari va epizootiyaga qarshi tadbirlar oʻtkazish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
hayvonlarning va odamlarning sogʻligʻi uchun xavf tugʻdiradigan kasalliklarga chalingan hayvonlar aniqlangan hollarda, ushbu hayvonlarni soʻyish yoki yoʻq qilib tashlash toʻgʻrisida, shuningdek isteʼmolga yaroqsiz deb topilgan, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyoni qayta ishlash, yoʻq qilish yoki ushbu mahsulot va xom ashyodan oʻzgacha tarzda foydalanish haqida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi obyektlarga moneliksiz kirish va veterinariya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
temir yoʻl vagonlari, kemalar, samolyotlar, avtotransport va boshqa transport vositalarining holati veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda ulardan foydalanishni taqiqlash;
veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarining buzilishlari aniqlangan taqdirda chorvachilik obyektlaridan, goʻsht va sut sanoati korxonalaridan, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyoni qayta ishlovchi hamda saqlovchi korxonalardan foydalanishni taqiqlash;
veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarining buzilishlari aniqlangan taqdirda chorvachilik fermalarida, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyoni qayta ishlovchi hamda saqlovchi korxonalarda yangi qurilgan, tiklangan va rekonstruksiya qilingan obyektlarni ishga tushirishni toʻxtatib turish;
hayvonlarning egalari tomonidan, shuningdek kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyoni qayta ishlash, saqlash hamda ularning savdosi bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar tomonidan veterinariya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
chegaraoldi tumanlarda, qoʻshni davlatlarda yuzaga kelgan epizootik vaziyat toʻgʻrisida tegishli organlar va tashkilotlarni xabardor qilish, tegishli veterinariya tadbirlarini amalga oshirish hamda zarur tavsiyalar berish;
veterinariya dori vositalari, ozuqabop qoʻshimchalar ishlab chiqarilishini hamda ulardan chorvachilikda va veterinariyada foydalanilishini nazorat qilish, ularning hayvonlar sogʻligʻiga va kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot hamda xom ashyo sifatiga taʼsirini baholash;
hayvonlarning yuqumli kasalliklari oʻchoqlari aniqlangan taqdirda tegishli hududlarni nobop punktlar deb eʼlon qilish va ularda cheklovchi tadbirlar (karantin) joriy etish toʻgʻrisida, shuningdek hayvonlarning yuqumli kasalliklari oʻchoqlari tugatilganidan keyin cheklovchi (karantin) tadbirlarni bekor qilish haqida tegishli davlat organlariga taqdimnoma kiritish;
veterinariya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga va boshqa shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazo choralarini koʻrish.
35. Quyidagilar hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va Qoʻmitaning hujjatlari bilan ushbu boʻlinmalarga yuklangan vazifa va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga tegishli prognoz koʻrsatkichlariga soʻzsiz erishishni taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar tarkibiga kiruvchi tuman (shahar) boʻlinmalari va tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, hududiy boʻlinmalarda ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
Qoʻmita Hayʼati qarorlari, Qoʻmita raisi va uning oʻrinbosarlarining buyruq va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Qoʻmita faoliyati sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
oʻz oʻrinbosarlarining vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatining alohida qismlariga rahbarlik qilishi uchun ularning shaxsiy masʼuliyati darajalarini belgilash;
hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, hududiy boʻlinma va oʻz oʻrinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarining kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Qoʻmita raisi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlariga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuqori darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash;
hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishining maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish toʻgʻrisida takliflar kiritish, ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Qoʻmita hududiy boʻlinmalar xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining Odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Qoʻmita xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq, hududiy boʻlinmalarda korrupsiya va boshqa qonun buzarliklarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;
prognoz koʻrsatkichlarining bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha takliflarni Qoʻmita raisining nazorat qiluvchi oʻrinbosarlariga kiritish;
hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari xodimlarining faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, majlislarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakuniy natijalar boʻyicha zarur choralar koʻrish;
hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatiga oid masalalar yuzasidan qonun hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, davlat xizmatlari koʻrsatishning samarasi va sifatini, ulardan foydalanish imkoniyatini oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Qoʻmita rahbariyatiga kiritish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomga muvofiq koʻrib chiqish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaxsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatda va tartibda amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-4904-son Farmoniga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari xodimlarini mukofotlash, lavozim maoshiga ustamalar toʻlash, ularga moddiy yordam berish, ularni taqdirlash, ragʻbatlantirish va ularga intizomiy chora qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilish, xodimlarni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi takliflarni Qoʻmitaga kiritish;
davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarning himoya qilinishini taʼminlash;
mahalliy davlat hokimiyati organlarida, sudlarda, boshqa organ va tashkilotlarda Qoʻmitaning boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari manfaatlarini ifodalash.
36. Quyidagilar hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining Davlat veterinariya inspektori (vakolatli xodimlari) sifatidagi asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga zarur veterinariya, veterinariya-sanitariya tadbirlari va epizootiyaga qarshi tadbirlar oʻtkazish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
hayvonlarning va odamlarning sogʻligʻi uchun xavf tugʻdiradigan kasalliklarga chalingan hayvonlar aniqlangan hollarda, ushbu hayvonlarni soʻyish yoki yoʻq qilib tashlash toʻgʻrisida, shuningdek isteʼmolga yaroqsiz deb topilgan, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyoni qayta ishlash, yoʻq qilish yoki ushbu mahsulot va xom ashyodan oʻzgacha tarzda foydalanish haqida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi obyektlarga moneliksiz kirish va veterinariya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
temir yoʻl vagonlari, kemalar, samolyotlar, avtotransport va boshqa transport vositalarining holati veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda ulardan foydalanishni taqiqlash;
veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarining buzilishlari aniqlangan taqdirda chorvachilik obyektlaridan, goʻsht va sut sanoati korxonalaridan, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyoni qayta ishlovchi hamda saqlovchi korxonalardan foydalanishni taqiqlash;
veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarining buzilishlari aniqlangan taqdirda chorvachilik fermalarida, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyoni qayta ishlovchi hamda saqlovchi korxonalarda yangi qurilgan, tiklangan va rekonstruksiya qilingan obyektlarni ishga tushirishni toʻxtatib turish;
hayvonlarning egalari tomonidan, shuningdek kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyoni qayta ishlash, saqlash hamda ularning savdosi bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar tomonidan veterinariya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
chegara oldi tumanlarda, qoʻshni davlatlarda yuzaga kelgan epizootik vaziyat toʻgʻrisida tegishli organlar va tashkilotlarni xabardor qilish, tegishli veterinariya tadbirlarini amalga oshirish hamda zarur tavsiyalar berish;
veterinariya dori vositalari, ozuqabop qoʻshimchalar ishlab chiqarilishini hamda ulardan chorvachilikda va veterinariyada foydalanilishini nazorat qilish, ularning hayvonlar sogʻligʻiga va kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot hamda xom ashyo sifatiga taʼsirini baholash;
hayvonlarning yuqumli kasalliklari oʻchoqlari aniqlangan taqdirda tegishli hududlarni nobop punktlar deb eʼlon qilish va ularda cheklovchi tadbirlar (karantin) joriy etish toʻgʻrisida, shuningdek hayvonlarning yuqumli kasalliklari oʻchoqlari tugatilganidan keyin cheklovchi (karantin) tadbirlarni bekor qilish haqida tegishli davlat organlariga taqdimnoma kiritish;
veterinariya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga va boshqa shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazo choralarini koʻrish.
37. Quyidagilar tuman (shahar) boʻlimlar rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
tuman (shahar) boʻlimiga rahbarlik qilish;
xodimlar oʻrtasida funksional va faoliyatning alohida yoʻnalishlari boʻyicha vazifalarni taqsimlash hamda ularning masʼullik darajasini belgilash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq tarkibiy boʻlinma xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
Qoʻmita Hayʼati qarorlari, Qoʻmita raisi va uning oʻrinbosarlari, shuningdek hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarning buyruq va topshiriqlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Qoʻmita faoliyati sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
tuman (shahar) boʻlimlarida xodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlariga takliflar kiritish, ularning kasbiy mahorati, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribasi, yuqori darajada ishlash xususiyatlari va maʼnaviy-axloqiy fazilatlari kafolatlanganligini taʼminlash, xodimlarning kasbiy malakasini oshirish, tuman (shahar) boʻlimlarida xodimlar zaxirasini shakllantirish choralarini koʻrish;
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining Odob-axloq namunaviy qoidalari asosida Qoʻmita tomonidan tasdiqlangan Qoʻmita xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etish, tuman (shahar) boʻlimlar xodimlari tomonidan ushbu qoidalarga rioya etilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq, tuman (shahar) boʻlimlarda korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;
tuman (shahar) boʻlimlar xodimlarini mukofotlash, lavozim maoshiga ustamalar toʻlash, ularga moddiy yordam berish, ularni taqdirlash, ragʻbatlantirish va ularga intizomiy chora qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilish, xodimlarni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash toʻgʻrisida takliflar kiritish;
davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarning himoya qilinishini taʼminlash;
mahalliy davlat hokimiyati organlarida, sudlarda, boshqa organ va tashkilotlarda tuman (shahar) boʻlimlarining manfaatlarini ifodalash.
38. Quyidagilar tuman (shahar) boʻlimlari rahbarlarining Davlat veterinariya inspektori sifatidagi asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga zarur veterinariya, veterinariya-sanitariya tadbirlari va epizootiyaga qarshi tadbirlar oʻtkazish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
hayvonlarning va odamlarning sogʻligʻi uchun xavf tugʻdiradigan kasalliklarga chalingan hayvonlar aniqlangan hollarda, ushbu hayvonlarni soʻyish yoki yoʻq qilib tashlash toʻgʻrisida, shuningdek isteʼmolga yaroqsiz deb topilgan, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyoni qayta ishlash, yoʻq qilish yoki ushbu mahsulot va xom ashyodan oʻzgacha tarzda foydalanish haqida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi obyektlarga moneliksiz kirish va veterinariya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
temir yoʻl vagonlari, kemalar, samolyotlar, avtotransport va boshqa transport vositalarining holati veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda ulardan foydalanishni taqiqlash;
veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarining buzilishlari aniqlangan taqdirda chorvachilik obyektlaridan, goʻsht va sut sanoati korxonalaridan, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyoni qayta ishlovchi hamda saqlovchi korxonalardan foydalanishni taqiqlash;
veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarining buzilishlari aniqlangan taqdirda chorvachilik fermalarida, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyoni qayta ishlovchi hamda saqlovchi korxonalarda yangi qurilgan, tiklangan va rekonstruksiya qilingan obyektlarni ishga tushirishni toʻxtatib turish;
hayvonlarning egalari tomonidan, shuningdek kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyoni qayta ishlash, saqlash hamda ularning savdosi bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar tomonidan veterinariya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
chegaraoldi tumanlarda, qoʻshni davlatlarda yuzaga kelgan epizootik vaziyat toʻgʻrisida tegishli organlar va tashkilotlarni xabardor qilish, tegishli veterinariya tadbirlarini amalga oshirish hamda zarur tavsiyalar berish;
veterinariya dori vositalari, ozuqabop qoʻshimchalar ishlab chiqarilishini hamda ulardan chorvachilikda va veterinariyada foydalanilishini nazorat qilish, ularning hayvonlar sogʻligʻiga va kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot hamda xom ashyo sifatiga taʼsirini baholash;
hayvonlarning yuqumli kasalliklari oʻchoqlari aniqlangan taqdirda tegishli hududlarni nobop punktlar deb eʼlon qilish va ularda cheklovchi tadbirlar (karantin) joriy etish toʻgʻrisida, shuningdek hayvonlarning yuqumli kasalliklari oʻchoqlari tugatilganidan keyin cheklovchi (karantin) tadbirlarni bekor qilish haqida tegishli davlat organlariga taqdimnoma kiritish;
veterinariya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga va boshqa shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazo choralarini koʻrish.
6-bob. Qoʻmita rahbarlarining javobgarligi
39. Qoʻmita raisi:
Qoʻmitaga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi;
ushbu Nizomning 22-bandida nazarda tutilgan Qoʻmitaning javobgarlik sohalari boʻyicha;
ushbu Nizomning 29 va 30-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
40. Qoʻmita raisining oʻrinbosarlari:
Qoʻmitaning oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalarida Qoʻmitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
ushbu Nizomning 22-bandida nazarda tutilgan Qoʻmitaning oʻzlari nazorat qiladigan masalalarga doir javobgarlik sohalari boʻyicha;
ushbu Nizomning 31 va 32-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
41. Qoʻmita markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari:
tegishli tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning amalga oshirilishi;
ushbu Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan Qoʻmita markaziy apparatining javobgarlik sohalari boʻyicha;
ushbu Nizomning 33 va 34-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
42. Hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilot rahbarlari:
hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi;
ushbu Nizomning 26-bandida nazarda tutilgan Qoʻmita hududiy boʻlinmalariva idoraviy mansub tashkilotlarning javobgarlik sohalari boʻyicha;
ushbu Nizomning 35 va 36-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
43. Tuman (shahar) boʻlimlar rahbarlari:
tuman (shahar) boʻlimlariga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi;
ushbu Nizomning 28-bandida nazarda tutilgan tuman (shahar) boʻlimlarning javobgarlik sohalari boʻyicha;
ushbu Nizomning 37 va 38-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
7-bob. Qoʻmita faoliyatini tashkil etish
1-§. Qoʻmita rahbariyati
44. Qoʻmitaga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan maʼqullangandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan rais rahbarlik qiladi.
45. Qoʻmita raisining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari boʻladi.
(45-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 686-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/686/1003-son)
46. Qoʻmita raisi maqomi, moddiy, maishiy, transport va tibbiy xizmat koʻrsatish shartlari boʻyicha vazirga, uning birinchi oʻrinbosari vazirning birinchi oʻrinbosariga, uning oʻrinbosarlari esa, vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
47. Qoʻmita raisi boʻlmagan vaqtda uning vakolatlari vazifalar taqsimotiga binoan uning oʻrinbosarlari tomonidan bajariladi.
48. Quyidagilar:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi Qoʻmita raisi bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Qoʻmita markaziy apparati xodimlari, hududiy boshqarmalar boshliq oʻrinbosarlari, Qoʻmita tizimiga kiruvchi respublika tashkilotlar rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari Qoʻmita raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
viloyatlar va Toshkent shahri veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari boshliqlari tegishli viloyatlar va Toshkent shahar hokimi bilan kelishgan holda Qoʻmita raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi;
tumanlar (shaharlar) boʻlimlari boshliqlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalarining boshliqlari tomonidan tuman (shahar) hokimlarining taqdimiga binoan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarining rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilishning qonunchilikda belgilangan tartibdagi jarayoni yakuniga yetguniga qadar, koʻrsatib oʻtilgan tarkibiy boʻlinmalar faoliyatini taʼminlash maqsadida, Qoʻmita raisi boshliqning vazifasini vaqtincha bajaruvchini tayinlash huquqiga ega.
49. Quyidagi lavozimlarda oliy maʼlumotga ega veterinariya mutaxassislari (veterinariya mutaxassisligi bilan bogʻliq boʻlmagan lavozimlar bundan mustasno) faoliyat yuritadi:
Qoʻmita raisi va uning oʻrinbosarlari, markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va xodimlari;
Respublika hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi, veterinariya dori vositalari, ozuqabop qoʻshimchalar sifati va muomalasi nazorati boʻyicha davlat ilmiy markazi, veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti direktorlari va ularning oʻrinbosarlari, laboratoriya mudirlari va boʻlim boshliqlari (mudirlari) va veterinariya mutaxassislari;
Davlat chegarasi va transportda davlat veterinariya nazorati boshqarmasi boshligʻi va uning oʻrinbosarlari, boʻlim boshligʻi va mutaxassislari, chegara va transport (uchastka) veterinariya punktlarining rahbarlari va veterinariya mutaxassislari;
hududiy boshqarmalarning rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari, boʻlim boshliqlari va sektor mudirlari hamda mutaxassislari, tuman (shahar) boʻlimi boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari, veterinariya uchastka mudirlari hamda veterinariya mutaxassislari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlari direktorlari va ularning oʻrinbosarlari, boʻlim boshliqlari (mudirlari) va veterinariya mutaxassislari, tumanlar (shaharlar) hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlari direktorlari, bozorlar veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi mudirlari, boʻlim boshliqlari hamda veterinariya mutaxassislari.
50. Qoʻmita raisi — Oʻzbekiston Respublikasining Bosh davlat veterinariya inspektori, uning oʻrinbosarlari esa — Oʻzbekiston Respublikasining Bosh davlat veterinariya inspektorining oʻrinbosarlari (raisning iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari va Rais oʻrinbosari — “Oʻzbekchorvanasl” agentligi bosh direktori bundan mustasno) hisoblanadi.
Hududiy boshqarmalarning rahbarlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bosh davlat veterinariya inspektorlari, ularning oʻrinbosarlari esa tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat veterinariya inspektorlarining oʻrinbosarlari hisoblanadi.
51. Qoʻmitaning davlat veterinariya nazorati boshqarmasi veterinar mutaxassislari oʻz vakolatlari doirasida davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadi.
52. Davlat chegarasi va transportda davlat veterinariya nazorati boshqarmasi boshligʻi davlat chegarasi va transportda bosh davlat veterinariya inspektori, uning oʻrinbosarlari esa davlat chegarasi va transportda bosh davlat veterinariya inspektorining oʻrinbosarlari hisoblanadi.
53. Tuman (shahar) boʻlimlarining boshliqlari tegishli ravishda tumanlar (shaharlar) bosh davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadi.
54. Veterinariya uchastkalari va bozorlar veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasining mudirlari, tegishli ravishda uchastka va bozorlarda davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadi.
55. Davlat chegarasi va transportda veterinariya nazorati veterinariya punktlarining (uchastkalarning) boshliqlari va veterinar vrachlari, tegishlicha Davlat chegarasi va transportda veterinariya nazorati veterinariya punktlarining (uchastkalarning) davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadi.
56. Davlat veterinariya inspektorlari quyidagi vakolatlarga ega:
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga zarur veterinariya, veterinariya-sanitariya tadbirlari va epizootiyaga qarshi tadbirlar oʻtkazish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
hayvonlar va odamlarning sogʻligʻi uchun xavf tugʻdiradigan kasalliklarga chalingan hayvonlar aniqlangan hollarda, ushbu hayvonlarni soʻyish yoki yoʻq qilib tashlash toʻgʻrisida, shuningdek isteʼmolga yaroqsiz deb topilgan, ushbu sohadagi mahsulot va xom ashyoni yoʻq qilib tashlash, qayta ishlash yoki ushbu mahsulot va xom ashyodan oʻzgacha tarzda foydalanish haqida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
davlat veterinariya xizmati nazoratidagi obyektlarga moneliksiz kirish va veterinariya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
temir yoʻl vagonlari, kemalar, samolyotlar va boshqa transport vositalari holatining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda, ulardan foydalanishni taqiqlash;
veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarining buzilishlari aniqlangan taqdirda, chorvachilik, shuningdek goʻsht va sut sanoati obyektlaridan, ushbu sohadagi mahsulot va xom ashyoni ishlab chiqaruvchi, qayta ishlovchi hamda saqlovchi korxonalardan foydalanishni taqiqlash;
veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarining buzilishlari aniqlangan taqdirda, chorvachilik fermalarida, ushbu sohadagi mahsulot va xom ashyoni ishlab chiqaruvchi, qayta ishlovchi hamda saqlovchi tashkilotlarda yangi qurilgan, tiklangan va rekonstruksiya qilingan obyektlarni ishga tushirishni belgilangan tartibda toʻxtatib turish;
chegara oldi tumanlarda, qoʻshni davlatlarda yuzaga kelgan epizootik holat toʻgʻrisida tegishli organlar va tashkilotlarni xabardor qilish, tegishli veterinariya tadbirlarini amalga oshirish hamda zarur tavsiyalar berish;
veterinariya dori vositalari, ozuqabop qoʻshimchalar tayyorlashini, ishlab chiqarilishini hamda ulardan chorvachilikda va veterinariyada foydalanilishini nazorat qilish, ularning hayvonlar sogʻligʻiga va ushbu sohadagi mahsulot hamda xom ashyo sifatiga taʼsirini baholash;
hayvonlarning yuqumli kasalliklari oʻchoqlari aniqlangan taqdirda, tegishli hududlarni nobop punktlar deb eʼlon qilish va ularda cheklovchi tadbirlar (karantin) joriy etish toʻgʻrisida, shuningdek hayvonlarning yuqumli kasalliklari oʻchoqlari tugatilgandan keyin cheklovchi tadbirlarni (karantinni) bekor qilish haqida tegishli davlat organlariga taqdimnoma kiritish;
veterinariya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga va boshqa shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazo choralarini qoʻllash.
Davlat veterinariya inspektorlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
57. Qoʻmita tizimi xodimlariga Qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlanadigan Qoʻmita xodimlarining xizmat guvohnomasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq xizmat guvohnomalari beriladi.
2-§. Qoʻmita markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining uning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligi tartibi
58. Qoʻmita markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligi markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari tomonidan taʼminlanadi.
59. Qoʻmita markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻz faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha hamkorlik qilib:
topshiriqlarni hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadilar hamda ularning bajarilishini nazorat qiladilar;
hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlariga tarkibiy boʻlinmalarining bevosita faoliyati masalalari boʻyicha soʻrovlar yuboradilar hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladilar;
hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati amaliyotini tekshiradilar va oʻrganadilar, natijalarni umumlashtiradilar, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadilar va qabul qiladilar;
hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari toʻgʻrisida hisobot va axborot materiallari, statistika maʼlumotlari va boshqa maʼlumotlar oʻrganilishini tashkil etadilar;
hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari ish rejalarini tahlil qiladilar, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni koʻradilar;
hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlaridan tushgan takliflarni koʻrib chiqadilar;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari ishtirokini tashkil etadilar, veterinariya va chorvachilik sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha ulardan tushgan takliflarni koʻrib chiqadilar.
60. Hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari Qoʻmita markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan hamkorlik qiladilar, shu jumladan:
Qoʻmita rahbariyati topshiriqlari ijrosi haqida axborot beradilar;
faoliyatning belgilangan sohasida qonun hujjatlarini amalga oshirish boʻyicha faoliyat natijalari toʻgʻrisida Qoʻmita markaziy apparatiga axborot taqdim etadilar;
ularning faoliyatini tekshirish va oʻrganish natijasida aniqlangan ishdagi kamchiliklarni va qoidabuzarliklarni bartaraf etish natijalari toʻgʻrisida axborot beradilar;
Qoʻmitaning markaziy apparatiga oʻz faoliyati natijalari toʻgʻrisidagi hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etadilar;
Qoʻmitaning markaziy apparatiga hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish muammolarini, shu jumladan, aholining dolzarb muammolarini hal qilishga qaratilgan takliflarni yuboradilar;
hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish natijalari toʻgʻrisida axborot beradilar;
vakolatli organlar tomonidan oʻtkazilgan oʻz faoliyatini tekshirish natijalari toʻgʻrisida axborot beradilar.
61. Qoʻmita markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari hamda uning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining oʻzaro hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Qoʻmita raisining topshirigʻiga binoan uning tegishli oʻrinbosarlari tomonidan koʻrib chiqiladi. Agar koʻrsatib oʻtilgan koʻrib chiqishdan keyin kelishmovchiliklar tartibga solinmasa, ular boʻyicha qaror bevosita Qoʻmita raisi tomonidan qabul qilinadi.
62. Hududiy boshqarmalar rahbarlari va idoraviy mansub tashkilot rahbarlari Qoʻmita raisi, uning oʻrinbosarlariva Qoʻmita markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari hamda hududiy hokimliklar (hududiy boshqarmalari hududiy hokimliklar oldida) oldida hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyati toʻgʻrisida muntazam ravishda hisobot berib boradi.
Oʻzlarga yuklangan vazifalarni samarali bajarishi boʻyicha faoliyatining doimiy monitoringini olib boradi, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarfaoliyati samaradorligiga xolisona baho beradi.
Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarningalohida oʻrnak koʻrsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari ragʻbatlantiriladi yoxud yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod qilishgacha javobgarlikka tortiladi.
63. Tuman (shahar) boʻlimlar rahbarlari Qoʻmita raisi, uning oʻrinbosarlariva Qoʻmita markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari, hududiy boshqarmalar boshliqlari hamda hududiy hokimliklar oldida tuman (shahar) boʻlimlar faoliyati toʻgʻrisida muntazam ravishda hisobot berib boradi.
Oʻzlarga yuklangan vazifalarni samarali bajarishi boʻyicha faoliyatining doimiy monitoringini olib boradi, tuman (shahar) boʻlimlarifaoliyati samaradorligiga xolisona baho beradi.
Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha tuman (shahar) boʻlimlarining alohida oʻrnak koʻrsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari ragʻbatlantiriladi yoxud yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod qilishgacha javobgarlikka tortiladi.
3-§. Qoʻmitaning boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi tartibi
64. Qoʻmita oʻz vazifa va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
65. Hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari oʻz vakolatlari doirasida boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Hududiy boshqarmalari, idoraviy mansub tashkilotlar hamda tuman (shahar) boʻlimlar tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirishda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro uzviy hamkorlik qiladilar.
4-§. Qoʻmitaning hayʼati, boshqa maslahat, konsultativ va ekspert organlari
66. Qoʻmitada rais (hayʼat raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimiga koʻra), hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, asosiy faoliyat yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalar rahbarlaridan iborat tarkibdagi hayʼat tuziladi.
Hayʼat tarkibining soni va shaxsiy tarkibi Qoʻmita raisining taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
67. Hayʼatga quyidagi vazifalar yuklanadi:
ushbu Nizomda belgilangan Qoʻmita faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
qonun hujjatlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash uchun Qoʻmita tizimi xodimlari va rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha choralarni qabul qilish, tarkibiy va hududiy boshqarmalarihamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini tizimli asosda eshitishni tashkil etish;
har chorakda va tizimli tarzda Qoʻmita faoliyati doirasida hududiy va tarmoq dasturlari amalga oshirilishi natijadorligini koʻrib chiqish;
Qoʻmita faoliyati doirasidagi dolzarb masalalarni joylarda muhokama qilishni taʼminlagan holda Hayʼatning kengaytirilgan sayyor majlislarini oʻtkazishni tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Qoʻmita markaziy apparati va uning tizimiga kiruvchi lavozimlar nomenklaturasini koʻrib chiqish va tasdiqlash;
Qoʻmita nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarga xodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish masalalarini koʻrib chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qaror va topshiriqlarida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash uchun Qoʻmita rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish va ijro intizomini mustahkamlash.
Hayʼat Qoʻmita vakolatlariga kiruvchi boshqa masalalarni koʻrib chiqishga haqlidir.
68. Hayʼat majlisiga Qoʻmita vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif qilinishi mumkin.
69. Hayʼat majlisida uning tarkibining yarmidan ortigʻi ishtirok etsa Hayʼat majlisi qonuniy oʻtkazilgan deb hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
70. Hayʼat qarorlari Qoʻmita raisining buyrugʻi (Qoʻmitaning qarorlari) bilan amalga oshiriladi.
71. Qoʻmita raisi va Hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Qoʻmita raisi Vazirlar Mahkamasiga yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida xabar bergan holda, mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Bunday vaziyatda Hayʼat aʼzolari Vazirlar Mahkamasiga oʻz fikrlarini bildirishlari mumkin.
72. Hayʼatning faoliyat yuritish tartibi Hayʼat tomonidan tasdiqlanadigan uning reglamenti bilan belgilanadi.
73. Qoʻmita huzurida ilmiy-texnik Kengash tuziladi. Ilmiy-texnik Kengash toʻgʻrisida nizom va uning shaxsiy tarkibi Qoʻmita Hayʼati tomonidan tasdiqlanadi.
74. Qoʻmitada Jamoatchilik kengashi tashkil qilinadi.
Jamoatchilik kengashi tarkibiga sohadagi mutaxassislar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek, ilmiy tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlari va jamoatchilik birlashmalarining vakillari kiradi.
Jamoatchilik kengashining shaxsiy tarkibi, shuningdek, uning Nizomi Qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlanadi.
75. Quyidagilar Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:
qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek, davlat, tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlarida jamoatchilik manfaatlari va jamoatchilik fikri hisobga olinishi, fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini himoya qilish sohasida qonun hujjatlari talablari ijrosini taʼminlash, davlat organi zimmasiga yuklangan hamda ijtimoiy va jamoatchilik manfaatlariga daxl qiluvchi vazifalar va funksiyalarni bajarish, davlat xizmatlarini koʻrsatish, ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan bitimlar, shartnomalar, loyihalar va dasturlarni roʻyobga chiqarish boʻyicha Qoʻmita va uning mansabdor shaxslarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
birgalikda muloqot qilish, Qoʻmitaning nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorligini taʼminlash uchun davlat organini fuqarolar bilan bogʻlab turadigan “koʻprik” rolini bajarish;
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi eng muhim masalalar yuzasidan Qoʻmitaning faoliyati haqidagi jamoatchilik fikrini tizimli monitoring qilish va har tomonlama tahlil qilish, sotsiologik soʻrovlar oʻtkazish, jumladan ularni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda oʻtkazish;
Qoʻmita faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlari va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha olib borilgan ishlar ustidan monitoring va tahlil oʻtkazish, shuningdek, ularning natijalari boʻyicha takliflar tayyorlash;
Qoʻmita faoliyatining ochiqligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan tadbirlarni monitoring qilish, uning faoliyati toʻgʻrisida batafsil axborot olish imkoniyatlarini tahlil qilish, ularni yanada kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Qoʻmita faoliyatini isloh qilishda fuqarolar ishtirok etishi uchun yaratilgan shart-sharoitlarni oʻrganish va ularni yaxshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Qoʻmita faoliyati boʻyicha fuqarolar oʻrtasida oʻtkaziladigan tushuntirish ishlari va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda ishtirok etish, ularning samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Qoʻmita xodimlari va ular oilalarining uy-joy, ijtimoiy-maishiy, xizmat shart-sharoitlarini, ularga malakali tibbiy yordam koʻrsatish sharoitlarini, shuningdek, ishdan boʻshatilgan yoki zaxiraga olingan xodimlarni ijtimoiy va kasbiy moslashtirish boʻyicha muammolarni kompleks tahlil qilish hamda tahlil yakunlari boʻyicha mazkur sharoitlarni yaxshilash yuzasidan takliflar kiritish.
8-bob. Qoʻmita faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ishchi indikatorlari
76. Qoʻmita faoliyatining samaradorligi va natijadorligi muntazam baholab boriladi.
77. Qoʻmita faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash Qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlanadigan Qoʻmita faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ishchi indikatorlariga asoslanadi.
78. Qoʻmita faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash natijalari asosida:
Qoʻmita rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy jazolash;
Qoʻmita faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari koʻriladi.
9-bob. Qoʻmitani moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish
79. Qoʻmita markaziy apparati, veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat organlari hamda muassasalarini moddiy-texnik taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, grantlar, veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamgʻarmasi, pullik xizmatlar koʻrsatishdan tushgan mablagʻlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
80. Davlat veterinariya xizmati xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
81. Qoʻmita xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, ish haqiga tuman (hududiy) koeffitsiyentlar, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar, ustamalar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlardan iborat boʻladi.
82. Qoʻmita qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soha xodimlarining hayotini sugʻurtalash, ularni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish hamda ijtimoiy muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshiradi.
Qoʻmita xodimlari lavozim maoshlariga har oyda qoʻshiladigan qoʻshimcha haqlar, ustamalar va ragʻbatlantirish xususiyatiga ega boʻlgan boshqa toʻlovlar belgilangan tartibga muvofiq toʻlanadi.
83. Veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzganlik uchun maʼmuriy jarima mablagʻlari Qoʻmitaning maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi.
10-bob. Qoʻmitaning Vazirlar Mahkamasi oldida hisobot berishi
84. Qoʻmita rahbarlari Vazirlar Mahkamasi oldida Qoʻmita faoliyati toʻgʻrisida muntazam ravishda hisobot berib boradi.
Vazirlar Mahkamasining sohaga masʼul rahbari Qoʻmita rahbarlarining ularga yuklangan vazifalarni samarali bajarishi boʻyicha faoliyatining doimiy monitoringini olib boradi, Qoʻmita faoliyati samaradorligiga xolisona baho beradi.
Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat organlari va muassasalarining alohida oʻrnak koʻrsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari ragʻbatlantiriladi yoxud yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod qilishgacha javobgarlikka tortiladi.
85. Qoʻmita markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari Qoʻmita raisi va uning oʻrinbosarlari oldida markaziy apparat faoliyati toʻgʻrisida muntazam ravishda hisobot berib boradi.
Oʻzlarga yuklangan vazifalarni samarali bajarishi boʻyicha faoliyatining doimiy monitoringini olib boradi, markaziy apparat faoliyati samaradorligiga xolisona baho beradi.
Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha markaziy apparatning alohida oʻrnak koʻrsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari ragʻbatlantiriladi yoxud yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod qilishgacha javobgarlikka tortiladi.
11-bob. Yakuniy qoida
86. Qoʻmita qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi huzuridagi Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 686-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/686/1003-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Jamgʻarma yuridik shaxs tashkil etmagan holda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasida (keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb ataladi) tuziladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 686-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/686/1003-son)
3. Jamgʻarma faoliyatini tashkil etish va nazorat qilish maqsadida 7 nafar aʼzodan iborat Jamgʻarma kengashi tuziladi.
Jamgʻarma kengashi tarkibi Qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlanadi.
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish
4. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Davlat chegarasi va transportda davlat veterinariya nazorati boshqarmasining hamda Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qoʻshimchalar sifati va muomalasi nazorati boʻyicha Davlat ilmiy markazining xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlarning 75 foizi;
aholi xonadonlarida va chorvachilik yoʻnalishida faoliyat koʻrsatadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda parvarish qilinayotgan chorva mollarini sugʻurtalash boʻyicha aholi va xoʻjaliklar tomonidan toʻlanadigan sugʻurta mukofotlari hisobiga sugʻurta tashkilotlari tomonidan oʻtkaziladigan komission mukofoti;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 686-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/686/1003-son)
hayvonlarni identifikatsiya qilish xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan 25 foiz miqdoridagi mablagʻlari;
chorvachilik fermer xoʻjaliklariga sotiladigan urugʻlar, sunʼiy urugʻlantirish xizmatini koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin.
5. Qoʻmitaning tuzilmalari hisob raqamlariga koʻrsatilgan xizmatlar uchun kelib tushgan xorijiy valyutadagi mablagʻlarning mazkur jamgʻarmaga tegishli boʻlgan qismi Qoʻmita soʻroviga qadar tuzilmalar hisob-raqamida saqlanadi va ushbu mablagʻlar faqatgina Qoʻmitaning topshirigʻiga koʻra maqsadli yoʻnaltiriladi.
6. Jamgʻarmaga tushgan mablagʻlar Qoʻmitaning jamgʻarma uchun alohida ochiladigan xorijiy va milliy valyutada shaxsiy gʻaznachilik hisobraqamida jamlanadi.
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish
7. Jamgʻarmaning mablagʻlaridan quyidagilar uchun foydalaniladi:
veterinariya va chorvachilikni barcha tarmoqlari, shu jumladan qoramolchilik, qoʻychilik, qorakoʻlchilik, echkichilik, yilqichilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va quyonchilikni rivojlantirish, naslchilik-seleksiya ishlari sohasi (keyingi oʻrinlarda veterinariya chorvachilik sohasi deb yuritiladi)dagi ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish;
Qoʻmita markaziy apparati va uning tizimidagi tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish hamda ularga moliyaviy yordam koʻrsatish;
veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish xizmatining kadrlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, shu jumladan xorijiy taʼlim muassasalarida malaka oshirishni tashkil qilish;
veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish xizmati xodimlarini moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash;
Qoʻmita va Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish markazi markaziy apparati xodimlarining ish haqi, mukofotlar, qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar, shaxsiy ustamalar, ragʻbatlantirishlar va mehnat haqi tizimida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlarni toʻlash;
(7-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-yanvardagi 52-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2024-y., 09/24/52/0073-son)
xodimlarga moddiy yordam, transport va ovqatlanish xarajatlarini toʻlash orqali ularni ijtimoiy muhofaza qilish;
ish vaqtidan tashqari ishlar, dam olish kunlari va bayram kunlarida ishga jalb etilganligi uchun toʻlovlar hamda boshqa pullik kompensatsiyalar toʻlash;
veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish sohasida xizmat qilayotgan xodimlarni isteʼmol kreditlari uchun qaytarish sharti bilan foizsiz boshlangʻich badali toʻlovlari;
boshqaruv xodimlarining qoʻshimcha shtat birliklarini saqlash;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar, ilmiy va taʼlim muassasalari yuqori malakali mutaxassislarini, shuningdek xalqaro tashkilotlar va ekspertlarni konsultant sifatida jalb etish;
malakali xorijiy mutaxassislarni ishga qabul qilish va ularga ish haqi miqdori va boshqa toʻlovlarni chet el valyutasida toʻlash;
veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish sohasiga oid loyihalar va tadbirlarni amalga oshirish uchun ekspertlarni (auditorlar, ilmiy xodimlar va shu kabilar), shuningdek xalqaro ekspertlarni jalb qilish;
veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish sohasidagi xalqaro yigʻilishlar, koʻrgazmalar, loyihalar va dasturlarda ishtirok etishi bilan bogʻliq xarajatlar;
veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish sohasiga oid xorijiy va xalqaro tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislarining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi davrida ularni qabul qilish va kuzatish bilan bogʻliq xarajatlar;
veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish sohasida konferensiyalar, davra suhbatlari hamda seminarlar tashkil etish va oʻtkazish;
bosma nashr mahsulotlarini, elektron dasturlar ishlab chiqish, shuningdek veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish sohasiga oid blankalar tayyorlash.
8. Jamgʻarma mablagʻlaridan qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq foydalanilishi mumkin.
Alohida hollarda (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan davlat tadbirlarini amalga oshirish, epizootiya xavfi boʻlganda yoki favqulodda holatlarning oldini olish va bartaraf etish va boshqa shu kabi hollarda) Jamgʻarma kengashining qaroriga muvofiq uning mablagʻlaridan foydalanish mumkin.
9. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan ishlarni amalga oshirish uchun umumiy qiymati uning foydalanuvchilari tomonidan Qoʻmita belgilagan shakldagi buyurtmanomalar taqdim etilishi lozim.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)
10. Buyurtmanomalarni qabul qilish va umumlashtirish ishlarini tashkil etish, Jamgʻarma kengashining qaroriga asosan daromadlar va xarajatlar smetasi loyihasini tuzish va Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan doimiy monitoring olib borish Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish boʻyicha bosh mutaxassisi tomonidan amalga oshiriladi.
11. Jamgʻarma kengashi:
ushbu Nizomda nazarda tutilgan maqsadlar uchun mablagʻlar ajratilishi yuzasidan buyurtmanomalarni qabul qiladi, koʻrib chiqadi va umumlashtiradi;
qabul qilingan buyurtmanomalar orasidan eng ustuvorlari va asoslanganlarini tanlab oladi hamda mablagʻ ajratish toʻgʻrisidagi qaror qabul qiladi;
ushbu Nizomning 7-bandiga muvofiq belgilangan yoʻnalishlar doirasida mablagʻlardan foydalanish uchun eng ustuvorlarini tanlaydi;
ajratilgan mablagʻlardan boshqa maqsadlarda foydalanish holatlari aniqlangan taqdirda moliyalashtirishni toʻxtatadi va ajratilgan mablagʻlarni undirish choralarini koʻradi;
Jamgʻarmaga oid boshqa masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
12. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish har yili Qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlanadigan daromadlar va xarajatlar smetasi boʻyicha amalga oshiriladi. Daromadlar va xarajatlar smetasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 2-noyabrdagi 68-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Davlat maqsadli jamgʻarmalarining xarajatlar smetasi hamda moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash va taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
13. Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasi kelgusi yilda moliyaviy mablagʻlar kelib tushishining kutilayotgan prognozi va amalga oshirilishi belgilangan tadbirlarni oʻtkazishdan kelib chiqqan holda tuziladi.
14. Qoʻmita markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari, veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat organlari va muassasalari Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish uchun buyurtmanoma taqdim etadilar. Bunda, xarajatni amalga oshirish zaruriyatining asoslari, zarur mablagʻlar miqdori, shuningdek ularni bajarish uchun boshqa mablagʻlarning yoʻqligi koʻrsatiladi.
Buyurtmanomalar kelgusi moliya yili uchun joriy yilning 1-iyunigacha Qoʻmitaga taqdim etiladi.
Buyurtmanoma yozma shaklda, elektron pochta yoki boshqa aloqa vositalaridan foydalangan holda taqdim etiladi.
Buyurtmanomada quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
tashkilotning toʻliq nomi va aniq rekvizitlari;
mavjud muammolar va ularning (toʻliq yoki qisman va belgilangan muddatlarda) hal qilish imkoniyati, mablagʻlardan foydalanish maqsadlari, shuningdek kutilayotgan natijalar koʻrsatilgan tushuntirish xati;
soʻralayotgan mablagʻlarning hisob-kitobi.
Zarurat boʻlganda buyurtmanomaga uni asoslovchi tegishli hujjatlar ham ilova qilinadi.
15. Taqdim etilgan buyurtmanomalar har yili 1-iyulgacha boʻlgan muddatda Jamgʻarma kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi va mablagʻlardan foydalanishning ustuvor yoʻnalishlari belgilanadi hamda uning asosida mablagʻlar ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
16. Jamgʻarmaning hisobot yilida foydalanilmagan mablagʻlari (qoldiq mablagʻlar) keyingi hisobot yiliga oʻtadi va mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda foydalaniladi.
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi yuzasidan hisobotlar taqdim etish, nazorat va javobgarlik
17. Jamgʻarma mablagʻlarining hisobi va hisoboti qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuritiladi va taqdim etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
18. Jamgʻarma mablagʻlaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
19. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat organlari va muassasalari Qoʻmita hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari toʻgʻrisida hisobotlarni qonun hujjatlarda belgilangan shakl va muddatlarda taqdim etadi.
20. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 686-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/686/1003-son)
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 783-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 09/25/783/1154-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
2. Vazirlar Mahkamasining “Bozorlar faoliyatini takomillashtirish va mahsulotlar sotish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 22-iyundagi 239-son qarorining 7-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-oktabrdagi 725-sonli qaroriga asosan 4-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 3-fevral — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2024-y., 09/24/725/0879-son)
5. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-sentabrdagi 397-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2003-y., 17-18-son, 147-modda) bilan tasdiqlangan Veterinariyada giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan foydalanish tartibida:
a) 21-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Davlat veterinariya qoʻmitasiga” soʻzlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-ilovaning nomidagi “Davlat veterinariya qoʻmitasiga” soʻzlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-maydagi 328-sonli qaroriga asosan 2020-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/328/0652-son)
7. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 63-modda) bilan tasdiqlangan “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 10-bandi beshinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxatida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 11-modda) “Masʼul davlat organlari” ustuni 84-pozitsiyasidagi “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Davlat veterinariya bosh boshqarmasi” soʻzlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro parvozlar uchun Navoiy aeroportini ochish toʻgʻrisida” 2008-yil 21-avgustdagi 188-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2008-yil, 34-son, 334-modda) 3 va 4-bandlardagi “Davlat veterinariya qoʻmitasi” soʻzlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-oktabrdagi 289-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 9-10-son, 71-modda) bilan tasdiqlangan “Havo kemalarining xalqaro parvozlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aeroportlari (aerodromlari)ni ochish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 7 va 8-bandlarining ikkinchi xatboshilaridagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 258-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son)
12. Vazirlar Mahkamasining “Qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish va saqlash bilan bogʻliq xizmatlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 8-iyuldagi 202-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 7-son, 64-modda):
b) 6-bandning ikkinchi xatboshisi va 7-bandning birinchi xatboshisidagi “Davlat veterinariya qoʻmitasining” soʻzlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 4-ilovaning 3, 6, va 19-bandlardagi “roʻyxatga olish guvohnomasi” soʻzlari “veterinariya pasporti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
g) 4-ilovaning 3-band ikkinchi xatboshisidagi “belgi qoʻyiladi.” soʻzlari “maʼlumotlar kiritiladi.” soʻzlari bilan almashtirilsin.
d) 4-ilovaning 5-bandi “vaksinatsiya qilinishi” soʻzlaridan keyin “hamda veterinariya pasporti rasmiylashtirilishi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
e) 4-ilovaning 12-bandi uchinchi xatboshisidagi “itning laqabi, it egasining manzili, telefon” soʻzlari “identifikatsion” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 515-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/515/1223-son)
14. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 305-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 45-46-son, 478-modda) bilan tasdiqlangan “Bir darcha” tamoyili boʻyicha eksportga yetkazib berishlar bilan bogʻliq tartibotlarni amalga oshirish mexanizmi toʻgʻrisida”gi vaqtinchalik nizomning 4 va 6-bandlardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining “Respublika aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 10-yanvardagi 4-son qaroridagi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 1-son, 2-modda) “davlat veterinariya boʻlim” soʻzlari tegishli kelishikdagi “veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlim” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
17. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 5-avgustdagi 216-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 8-son, 80-modda) bilan tasdiqlangan Davlat ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning:
a) 15-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat veterinariya qoʻmitasi deb ataladi)” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi(keyingi oʻrinlarda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 18-bandi sakkizinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“27. Veterinariya sohasida davlat veterinariya xizmati nomidan davlat ekologik nazorati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimlarining mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi”.
18. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 8-sentabrdagi 252-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 37-son, 469-modda) bilan tasdiqlangan Naslli mahsulotni (materialni) eksport va import qilish tartibi toʻgʻrisida nizomning 7-bandi birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Davlat veterinariya qoʻmitasi” soʻzlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
19. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 10-son, 89-modda) 1-ilovasi 364-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi.” soʻzlari bilan almashtirilsin.
20. Vazirlar Mahkamasining “Davlat veterinariya xizmati tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 25-oktabrdagi 361-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2016-y., 43-son, 503-modda) 5-ilovasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
T/r
Kasalliklar roʻyxati
1. Bir necha hayvonot turi uchun umumiy boʻlgan kasalliklar
1.
1.
Oqsil
2.
2.
Brutsellyoz
3.
3.
Auyeski
4.
4.
Leptospiroz
5.
5.
Kuydirgi
6.
6.
Quturish
7.
7.
Listerioz
8.
8.
Sil
9.
9.
Ku-bezgagi
10.
10.
Oʻlat
2. Qoramollarning kasalliklari
11.
1.
Yuqumli tugunli (nodulyar) dermatit
12.
2.
Emfizematoz karbunkul (qorason)
3. Qoʻy va echkilarning kasalliklari
13.
1.
Chechak
14.
2.
Bradzot enterotoksemiya
15.
3.
Skrepi
4. Choʻchqalarning kasalliklari
16.
1.
Afrika oʻlati
5. Ot va tuyalarning kasalliklari
17.
1.
Manqa
18.
2.
Yuqumli anemiya (INAN)
19.
3.
Gripp (inflyuensa)
20.
4.
Otlarning Afrika oʻlati
6. Parrandalarning kasalliklari
21.
1.
Nyukasl kasalligi
22.
2.
Chechak
23.
3.
Yuqumli laringotraxeit
24.
4.
Ornitoz (psitakoz)
25.
5.
Yuqori patogenli gripp
26.
6.
Mareka
7. Moʻynali hayvonlar, quyonlar va mayda uy hayvonlarining kasalliklari
27.
1.
Quyonlarning gemorragik kasalligi
28.
2.
Sestodozlar
29.
3.
Quyonlar miksomatozi
8. Oʻzbekiston Respublikasi hududida ilgari roʻyxatga olinmagan barcha turdagi hayvonlarning xavfli kasalliklari
Izoh: mazkur tadbirlarni amalga oshirishda qoʻllaniladigan yordamchi vositalar yaʼni shprits, paxta, igna, spirt va boshqalar budjet mablagʻlaridan taʼmilanadi”.
21. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-martdagi 119-son qarori bilan tasdiqlangan 2017 — 2019-yillarda dehqon xoʻjaliklari va aholi xonadonlarida 100 boshdan parranda boqish, limon, unabi va grek yongʻogʻi yetishtirishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi 2.8-bandidagi “Davlat veterinariya qoʻmitasi” soʻzlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
22. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 517-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 29-son, 700-modda) bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda yilqichilik va ot sportini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturining 7-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
23. Vazirlar Mahkamasining “Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ularni hisobga olish, hisobdan chiqarish va saqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 22-sentabrdagi 748-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 38-son, 1057-modda):
(23-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
b) 4, 6-bandlarda, ilovaning 16-bandi va 47-band oʻn birinchi xatboshilaridagi “Davlat veterinariya qoʻmitasi” soʻzlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 2-band uchinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasining Veterinariya xizmatini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari “Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
24. Vazirlar Mahkamasining “Davlat veterinariya xizmati xodimlari mehnatiga qoʻshimcha haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 4-dekabrdagi 963-son qarorida:
a) 1-bandi uchinchi xatboshisi, 2-ilovaning nomi, 1, 3, 12 va 13-bandlaridagi “Davlat veterinariya qoʻmitasi” soʻzlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
b) 1-ilovaning 5-bandi beshinchi xatboshisidagi “tuman (shahar) veterinariya boʻlimlari” soʻzlari “tuman (shahar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
v) 2-ilovaning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xodimlarning ish faoliyati samaradorligini va moddiy manfaatdorligini oshirish maqsadida, shuningdek, ular tomonidan mamlakatimizda chorva mollari va parrandalar bosh sonini barqaror oshirishni taʼminlash, veterinariya nazoratini kuchaytirish va veterinariya servis sifatini oshirish, hayvonlarning sogʻligʻini himoya qilish boʻyicha samarali ishlarni tashkil etish, epizootik osoyishtalik va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlash, naslchilik-seleksiya ishlarini yuritishning ilmiy asoslangan innovatsion uslublarini joriy etish, sunʼiy urugʻlantirish ishlarini tizimli tashkil etishni taʼminlaganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan moddiy ragʻbatlantirish tadbirlari amalga oshiriladi.”;
g) 2-ilovaning 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish maqsadida ularning oylik maoshiga qoʻshimcha tarzda:
xodimning mutaxassisligi boʻyicha koʻp yillik xizmatlari uchun qatʼiy belgilangan lavozim maoshiga ustama;
Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi tomonidan belgilanadigan shaxsiy ustamalar;
oylik, choraklik, yil yakuni boʻyicha hamda bayram kunlari uchun mukofotlar;
ishdagi yutuqlari uchun moddiy ragʻbatlantirishlar;
ishdan tashqari vaqtda ishga jalb etilgani uchun toʻlovlar hamda boshqa pullik kompensatsiyalar;
xodimlarni ijtimoiy himoya qilish va ular sogʻligʻini tiklash uchun moddiy yordam;
xodimlarning hayotini sugʻurta qilish yoki boshqa turdagi toʻlovlar belgilanadi.”;
d) 2-ilovaning 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xodimning mutaxassisligi boʻyicha koʻp yillik xizmatlari uchun qatʼiy belgilangan lavozim maoshiga quyidagi ustamalar budjet mablagʻlaridan har oyda tarif setkasi va shtat jadvaliga muvofiq toʻlanadi:
3 yildan 5 yilgacha — 5 foiz;
5 yildan 10 yilgacha — 10 foiz;
10 yildan 15 yilgacha — 15 foiz;
15 yildan 20 yilgacha — 20 foiz;
20 yildan 25 yilgacha — 25 foiz;
25 yildan ortiq — 30 foiz.”;
e) 2-ilova quyidagi tahrirda 7-band bilan toʻldirilsin:
“Xizmat vazifasini sidqidildan va samarali bajarib kelayotgan Qoʻmitaning malakali, tashabbuskor xodimlariga rais tomonidan veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan lavozim maoshining 200 foizi miqdoridan koʻp boʻlmagan shaxsiy ustamalar belgilanadi.”;
j) 2-ilovaning 7-8-bandlari tegishli ravishda 8-9-bandlar deb hisoblansin;
z) 2-ilovaning 9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yangi yil, 8-mart xotin-qizlar kuni, Navroʻz bayrami, Xotira va qadrlash kuni, Mustaqillik kuni, Oʻqituvchi va murabbiylar kuni, Konstitutsiya kuni, Roʻza hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayram kuni va Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayram kuni uchun xodimlar oylik ish haqining bir baravari miqdorda mukofotlanadi.”;
k) 2-ilova quyidagi tahrirda 10-band bilan toʻldirilsin:
“Ishdagi yutuqlari uchun xodimlarni oylik ish haqining ikki baravarigacha miqdorda moddiy ragʻbatlantiradi.”;
l) 2-ilovaning 10-bandi tegishli ravishda 11-band deb hisoblansin;
m) 2-ilova quyidagi tahrirda 12-band bilan toʻldirilsin:
“Shaxsiy ustamalar, mukofotlar va moddiy ragʻbatlantirishlar miqdorini belgilashda mehnatga haq toʻlashga oid Yagona tarif setkasi boʻyicha tarif koeffitsiyentlari bilan ustamalar va qoʻshimcha haqlar, shuningdek budjetdan moliyalashtiriladigan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari davlat xizmatchilari lavozim maoshlariga 40 (20) foizlik qoʻshimcha (mehnatni ragʻbatlantirish koeffitsiyenti) lavozim maoshi hisob-kitobiga kiritiladi.”;
n) 2-ilova quyidagi tahrirda 13-band bilan toʻldirilsin:
“Ish vaqtidan tashqari ishlar, dam olish kunlari va bayram kunlarida ishga jalb etilganligi uchun toʻlovlar hamda boshqa pullik kompensatsiyalar toʻlanadi”;
o) 2-ilovaning 13-bandi tegishli ravishda 14-band deb hisoblansin;
p) 2-ilovaning 14-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xodimlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va ularning ish samaradorligini oshirish maqsadida har oyda (jamoa shartnomasiga muvofiq) yoʻl transporti uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravari hamda xodimlarning tushlik ovqatlanishi xarajatlariga koʻmaklashish maqsadida eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida toʻlovlar amalga oshiriladi.”;
r) 2-ilovaning 15-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Quyidagilar xodimlarni ragʻbatlantirishni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari; Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar.”
25. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 299-modda) bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar matnlari hamda zarur boʻlgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlar roʻyxatining 3-bobi 1-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-oktabrdagi 700-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2024-y., 09/24/700/0850-son)
27. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-oktabrdagi 829-son qarori bilan tasdiqlangan Vakolatli vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan kiritiladigan va “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmati doirasida taqdim etiladigan axborot roʻyxatining 11 va 12-bandlaridagi vakolatli organning nomi ustunida”Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 83-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/83/0157-son)
29. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-yanvardagi 55-son qarori bilan tasdiqlangan 2019-2020-yillarda oʻzbek sirk sanʼatini yanada rivojlantirish hamda “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasining 7 va 13-bandlardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-son qaroriga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Veterinariya xizmati yosh kadrlarini tayyorlashni yanada takomillashtirish, mutaxassislarining malakasini oshirish, shuningdek ularni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 8-avgustdagi 253-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 8-son, 61-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-avgustdagi 624-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 8-son, 173-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 7-dekabrdagi 995-son qaroriga 1-ilovaning 69 va 109-bandlari.
4. Vazirlar Mahkamasining “Fargʻona viloyatida chorvachilik va naslchilik ishlarini tubdan takomillashtirish, tarmoq faoliyatini muvofiqlashtirish va samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 26-dekabrdagi 1048-son qarori.