O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan
Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma’qullangan
Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ysunuvidagi shaharlar) — aholisining soni, qoida tariqasida, kamida o‘ttiz ming kishi bo‘lgan, muhim ma’muriy ahamiyatga, rivojlangan infratuzilmaga ega, shuningdek istiqbolli iqtisodiy va madaniy markazlar bo‘lgan aholi punktlari;
ma’muriy-hududiy tuzilish — O‘zbekiston Respublikasi hududini ma’muriy-hududiy birliklarga bo‘lish;
ma’muriy-hududiy tuzilish masalalari — ma’muriy-hududiy birliklarni tuzish, tugatish va ularning chegaralarini o‘zgartirish, ma’muriy-hududiy birliklarning ma’muriy markazlarini belgilash va ko‘chirish, ma’muriy-hududiy birliklarning bo‘ysunuvini o‘zgartirish;
respublika bo‘ysunuvidagi shaharlar — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari bilan aniqlanishi mumkin bo‘lgan, strategik ahamiyatga, yirik sanoat korxonalariga va rivojlangan infratuzilmaga ega, shuningdek istiqbolli iqtisodiy va madaniy markazlar bo‘lgan aholi punktlari;
tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar — aholisining soni, qoida tariqasida, kamida yetti ming kishi bo‘lgan, sanoat korxonalariga va rivojlangan infratuzilmaga ega bo‘lgan aholi punktlari;
tumanlar — viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarkibidagi, qoida tariqasida, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardan iborat bo‘lgan ma’muriy hududiy birliklar;
chegara chizig‘ining tavsifi — chegara chizig‘ining yo‘nalishi va ma’muriy-hududiy birlik chegaralarining kartografik chizmasida ko‘rsatilgan, chegara chizig‘ini burilish nuqtalarining koordinatalari, shuningdek joyning tegishli topografik elementlari bilan bog‘laydigan chegara nuqtalari o‘rtasidagi masofa ko‘rsatilgan holda, chegara chizig‘ining o‘tish tavsifini o‘z ichiga olgan asosiy hujjat;
shaharlardagi tumanlar — shaharlarning ma’muriy-hududiy birlik maqomidagi, aholisining soni, qoida tariqasida, kamida yigirma ming kishi bo‘lgan, fuqarolar yig‘inlaridan (mahallalardan) iborat bo‘lgan qismi;
shaharchalar — aholisining soni, qoida tariqasida, kamida ikki ming kishi bo‘lgan, sanoat korxonalari, temir yo‘l stansiyalari va boshqa muhim obyektlar yaqinida joylashgan, fuqarolar yig‘inlaridan (mahallalardan) iborat bo‘lgan aholi punktlari;
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy birliklari — viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
qishloqlar va ovullar — tumanlar hududida joylashgan, fuqarolar yig‘inlaridan (mahallalardan) iborat bo‘lgan aholi punktlari.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi sohasidagi asosiy prinsiplar
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi hududining yaxlitligi va bo‘linmasligi;
qonuniylik;
ma’muriy-hududiy birliklardagi davlat boshqaruvining samaradorligi;
ma’muriy-hududiy birliklarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirilishi.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishining tarkibiy qismlari
O‘zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullardan, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasidan iborat.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardan iborat.
Viloyatlar tumanlardan, shuningdek viloyat va tuman bo‘ysunuvidagi shaharlardan, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardan iborat. Viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar doirasida ham tumanlar tashkil qilinishi mumkin.
Viloyatlarning ma’muriy-hududiy chegaralari doirasida respublika bo‘ysunuvidagi shaharlar bo‘lishi mumkin.
Toshkent shahri tumanlardan iborat.
2-bob. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi sohasini davlat tomonidan tartibga solish
6-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari o‘z vakolatlari doirasida:
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalariga doir qarorlar qabul qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalariga doir takliflarini ko‘rib chiqadi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Qoraqalpog‘iston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalariga doir takliflarini kelishadi.
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini ko‘rib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan ularning reglamentlari asosida amalga oshiriladi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatlari doirasida:
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalariga doir takliflar tayyorlaydi;
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalariga doir takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalari bo‘yicha iltimosnomalarini ko‘rib chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalari bo‘yicha komissiya tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
8-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Qoraqalpog‘iston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi sohasidagi vakolatlari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi o‘z vakolatlari doirasida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalariga doir qarorlar qabul qiladi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Qoraqalpog‘iston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalariga doir takliflarini ko‘rib chiqadi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalariga doir takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini ko‘rib chiqish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan uning Reglamenti asosida amalga oshiriladi.
9-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Qoraqalpog‘iston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi sohasidagi vakolatlari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi o‘z vakolatlari doirasida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalariga doir takliflar tayyorlaydi;
tumanlar va shaharlar hokimlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalari bo‘yicha iltimosnomalarini ko‘rib chiqadi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalariga doir takliflarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalari bo‘yicha komissiya tashkil etadi.
10-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ma’muriy-hududiy tuzilish sohasidagi vakolatlari
Xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlari va shaharlari) Kengashlari o‘z vakolatlari doirasida ma’muriy-hududiy tuzilish masalalariga doir qarorlar qabul qiladi. Xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlari va shaharlari) Kengashlari tomonidan ma’muriy-hududiy tuzilish masalalariga doir qarorlar qabul qilish tartibi ularning reglamentlarida belgilanadi.
Viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlar va shaharlar) hokimlari o‘z vakolatlari doirasida:
ma’muriy-hududiy tuzilish masalalari bo‘yicha iltimosnomalar kiritadi;
ma’muriy-hududiy tuzilish masalalari bo‘yicha komissiyalar tashkil etadi;
ma’muriy-hududiy tuzilish masalalari bo‘yicha iltimosnomalarning davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini ta’minlaydi;
ma’muriy-hududiy birliklarning chegaralovchi marza belgilari o‘rnatilishini ta’minlaydi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
11-modda. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi sohasidagi vakolatlari
(11-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1062-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1062/0410-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi o‘z vakolatlari doirasida:
(11-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1062-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1062/0410-son)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshirig‘iga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalariga doir hujjatlarni, shu jumladan xaritalar va chegaralar chizig‘i tavsifini tayyorlaydi, chegaralar nuqtalari koordinatalarining katalogini tuzadi;
ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining nizoli uchastkalariga aniqlik kiritish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini kelishib olish uchun xaritalar tayyorlaydi;
nashr qilinadigan (tarqatiladigan) xaritalarda ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining to‘g‘ri aks ettirilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Ma’muriy-hududiy birliklarning davlat reyestrini yuritish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi hamda uni yuritadi;
ma’muriy-hududiy birliklarning navbatchi xaritalarini tayyorlash tartibini va ularga doir talablarni tasdiqlaydi hamda navbatchi xaritalarni yuritadi;
ma’muriy-hududiy birliklarning qo‘shni chegaralari ko‘rsatilgan xaritalarni kelishib olish uchun tayyorlaydi;
ma’muriy-hududiy birliklarning chegaralarini joyida marza belgilari bilan belgilash bo‘yicha yer tuzish, geodeziya va kartografiya ishlarini bajaradi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi to‘g‘risidagi nizomning 12-bandi.
3-bob. Ma’muriy-hududiy tuzilish masalalari bo‘yicha komissiyalar faoliyatini tashkil etish tartibi
12-modda. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalari bo‘yicha komissiyalar
Ma’muriy-hududiy tuzilish masalalari bo‘yicha komissiyalar (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) ma’muriy-hududiy tuzilish masalalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining takliflarini hamda viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlari va shaharlari) hokimlarining iltimosnomalarini ko‘rib chiqish hamda davlat ekspertizasidan o‘tkazish maqsadida tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladigan komissiya tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi rahbarlari kiritiladi.
(12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1062-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1062/0410-son)
Ko‘rib chiqiladigan masalalar mazmuniga qarab, komissiyalar tarkibiga davlat hokimiyati organlarining, davlat boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari ham kiritilishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlari va shaharlari) hokimlari tomonidan tashkil etiladigan komissiyalar tarkibiga ko‘rib chiqiladigan masalalar mazmuniga qarab, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tegishli hududiy bo‘linmalarining mansabdor shaxslari, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari kiritilishi mumkin.
Komissiyalarning ishlash va ularning faoliyatini tugatish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
13-modda. Komissiyalarning asosiy vazifalari
Komissiyalarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
tegishli hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini va demografik ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda, ma’muriy-hududiy tuzilish masalalariga doir takliflar va iltimosnomalarni, shuningdek takliflar va iltimosnomalar tegishli hududlarni kompleks rivojlantirishning istiqbolli rejalariga muvofiqligini davlat ekspertizasidan o‘tkazish;
ma’muriy-hududiy tuzilish masalalarini hal qilishda hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi hisobga olinishini ta’minlash;
ma’muriy-hududiy tuzilish masalalarini hal qilishda xizmat mavqeyini suiiste’mol qilish va boshqa huquqbuzarliklar holatlarining oldini olish;
ma’muriy-hududiy tuzilish masalalarini ko‘rib chiqishda asossiz qarorlar qabul qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik.
14-modda. Komissiyaning xulosasi
Komissiya ma’muriy-hududiy tuzilish masalalari bo‘yicha kelib tushgan taklifni yoki iltimosnomani bir oy ichida ko‘rib chiqadi. Komissiya ko‘rib chiqish va davlat ekspertizasi yakunlariga ko‘ra xulosa tayyorlaydi.
Komissiyaning xulosasida ma’muriy-hududiy tuzilish masalalariga doir takliflarning yoki iltimosnomalarning asoslantirilganligi tahlili tegishli hududning ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini, joriy va istiqboldagi demografik ko‘rsatkichlarini, shuningdek kompleks rivojlantirishning istiqbolli rejalarini hisobga olgan holda aks ettirilishi kerak.
Alohida hollarda xulosani tayyorlash muddati komissiyani tashkil etgan davlat organlarining qarori bilan bir oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Komissiyaning ijobiy xulosasi ma’muriy-hududiy tuzilish masalalari bo‘yicha qaror qabul qilishga vakolatli bo‘lgan davlat organiga taqdim etiladi.
Salbiy xulosa chiqarilgan taqdirda, taqdim etilgan materiallar ma’muriy-hududiy tuzilish masalalari bo‘yicha taklif yoki iltimosnoma tayyorlagan davlat organiga maromiga yetkazish uchun qaytariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
15-modda. Ma’muriy-hududiy birliklarning davlat reyestri
Ma’muriy-hududiy birliklarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan ularni Ma’muriy-hududiy birliklarning davlat reyestriga kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ma’muriy-hududiy tuzilish masalalari bo‘yicha takliflar yoki iltimosnomalar taqdim etgan davlat organlari vakolatli davlat organlari tomonidan ijobiy qaror qabul qilinganidan keyin o‘n ish kuni ichida tegishli hujjatlarni Ma’muriy-hududiy birliklarning davlat reyestriga kiritish uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligiga kiritishi shart.
Ma’muriy-hududiy birliklarning davlat reyestri quyidagilar to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga oladi:
ma’muriy-hududiy birliklarning toifalari va nomlari;
obyektni ma’muriy-hududiy belgilashning tizimli kodi (ma’muriy-hududiy birlikning mansubligini aniqlovchi kod);
ma’muriy-hududiy birliklarning ma’muriy markazlari;
ma’muriy-hududiy birliklarning tavsiflari va kartografik chizmalari;
ma’muriy-hududiy birliklarni tuzish, tugatish va ularning chegaralarini o‘zgartirish, ma’muriy-hududiy birliklarning ma’muriy markazlarini belgilash va ko‘chirish, ma’muriy-hududiy birliklar bo‘ysunuvini o‘zgartirish sanalari;
ma’muriy-hududiy birlik tarkibiga kiruvchi ma’muriy-hududiy birliklarning obyektni ma’muriy-hududiy belgilashning tizimli kodi ko‘rsatilgan ro‘yxati;
ma’muriy-hududiy birlik tarkibiga kiruvchi ma’muriy-hududiy birliklarning ro‘yxati;
ma’muriy-hududiy birlikning muayyan ma’muriy-hududiy birlik tarkibiga mansubligi;
ma’muriy-hududiy birliklar maydoni va ularning hududida yashaydigan aholi soni (aholini oxirgi ro‘yxatga olish ma’lumotlari bo‘yicha).
(15-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1062-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1062/0410-son)
4-bob. Ma’muriy-hududiy birliklarni tuzish va tugatish
16-modda. Viloyatlarni tuzish va tugatish
Viloyatlarni tuzish va tugatish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
viloyatni tuzish yoki tugatish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan taklif;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining qarorlari loyihalari;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi;
viloyat chegaralarining va viloyat tarkibiga hududlari o‘tkazilayotgan ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi hamda viloyat chegaralari chizig‘ining tavsifi (viloyatni tuzish to‘g‘risidagi taklifga ilova qilinadi);
tarkibiga tugatilayotgan viloyat hududi o‘tkazilayotgan ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi va ma’muriy-hududiy birliklar chegaralari chizig‘ining tavsifi (viloyatni tugatish to‘g‘risidagi taklifga ilova qilinadi);
viloyatni tuzish yoki tugatish bilan bog‘liq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.
17-modda. Respublika bo‘ysunuvidagi shaharlarni tuzish va tugatish
Respublika bo‘ysunuvidagi shaharlarni tuzish va tugatish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
respublika bo‘ysunuvidagi shaharni tuzish yoki tugatish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan taklif;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining qarorlari loyihalari;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi;
respublika bo‘ysunuvidagi shahar chegaralarining va respublika bo‘ysunuvidagi shahar tarkibiga hududlari o‘tkazilayotgan ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi hamda respublika bo‘ysunuvidagi shahar chegaralari chizig‘ining tavsifi (respublika bo‘ysunuvidagi shaharni tuzish to‘g‘risidagi taklifga ilova qilinadi);
tarkibiga tugatilayotgan respublika bo‘ysunuvidagi shahar hududi o‘tkazilayotgan ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi va ma’muriy-hududiy birliklar chegaralari chizig‘ining tavsifi (respublika bo‘ysunuvidagi shaharni tugatish to‘g‘risidagi taklifga ilova qilinadi);
respublika bo‘ysunuvidagi shaharni tuzish yoki tugatish bilan bog‘liq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.
18-modda. Viloyat va tuman bo‘ysunuvidagi shaharlarni, viloyatlar tumanlarini, Toshkent shahar tumanlarini va viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar tumanlarini tuzish hamda tugatish
Viloyat va tuman bo‘ysunuvidagi shaharlarni, viloyatlar tumanlarini, Toshkent shahar tumanlarini va viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar tumanlarini tuzish hamda tugatish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tegishli viloyatlar hokimlarining, Toshkent shahri tumanlariga nisbatan esa — Toshkent shahar hokimining iltimosnomalari asosida amalga oshiriladi.
Tegishli viloyat yoki Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
tegishli shahar yoki tumanni tuzish yoki tugatish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan iltimosnoma;
tegishli shahar yoki tumanni tuzish yoki tugatish masalasi bo‘yicha viloyat xalq deputatlari Kengashining qarorini, Toshkent shahri tumaniga nisbatan esa — xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qarori;
viloyat yoki Toshkent shahar hokimi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi;
shahar yoki tuman chegaralarining va shahar yoki tuman tarkibiga hududlari o‘tkazilayotgan ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi hamda shahar yoki tuman chegaralari chizig‘ining tavsifi (shahar yoki tumanni tuzish to‘g‘risidagi taklifga ilova qilinadi);
tarkibiga tugatilayotgan shahar yoki tuman hududi o‘tkazilayotgan ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi va ma’muriy-hududiy birliklar chegaralari chizig‘ining tavsifi (shahar yoki tumanni tugatish to‘g‘risidagi taklifga ilova qilinadi);
shahar yoki tumanni tuzish yoki tugatish bilan bog‘liq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tegishli viloyat yoki Toshkent shahar hokimining shahar yoki tumanni tuzish yoki tugatish haqidagi iltimosnomasini iltimosnoma kelib tushganidan keyin o‘ttiz kun ichida ko‘rib chiqadi va uni ma’qullaydi yoki rad etadi.
Tegishli viloyat yoki Toshkent shahar hokimining shahar yoki tumanni tuzish yoki tugatish haqidagi iltimosnomasi ma’qullangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi shahar yoki tumanni tuzish yoki tugatish to‘g‘risidagi taklifni hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining qarorlari loyihalarini o‘n kun ichida tayyorlaydi hamda ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi.
19-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasida tumanlarni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ysunuvidagi shaharlarni va shaharlarda tumanlarni tuzish hamda tugatish
Qoraqalpog‘iston Respublikasida tumanlarni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ysunuvidagi shaharlarni va shaharlarda tumanlarni tuzish va tugatish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
tegishli tuman yoki shaharni tuzish yoki tugatish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan taklif;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi;
tuman yoki shahar chegaralarining va tuman yoki shahar tarkibiga hududlari o‘tkazilayotgan ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi hamda tuman yoki shahar chegaralari chizig‘ining tavsifi (tuman yoki shaharni tuzish to‘g‘risidagi taklifga ilova qilinadi);
tarkibiga tugatilayotgan tuman yoki shahar hududi o‘tkazilayotgan ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi va ma’muriy-hududiy birliklar chegaralari chizig‘ining tavsifi (tuman yoki shaharni tugatish to‘g‘risidagi taklifga ilova qilinadi);
tuman yoki shaharni tuzish yoki tugatish bilan bog‘liq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining tegishli tuman yoki shaharni tuzish yoki tugatish to‘g‘risidagi taklifi kelib tushgandan keyin o‘n kun ichida uni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga tuman yoki shaharni tuzish yoki tugatishga rozilik berish masalasini ko‘rib chiqish uchun yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari o‘ttiz kun ichida ushbu masalani ko‘rib chiqadi va tuman yoki shaharni tuzish yoki tugatishga rozilik berish masalasi bo‘yicha qarorlar qabul qiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining tuman yoki shaharni tuzish yoki tugatishga rozilik berish to‘g‘risidagi qarorlari kelib tushgandan keyin o‘n kun ichida tuman yoki shaharni tuzish yoki tugatish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
20-modda. Shaharchalarni, qishloqlarni va ovullarni tuzish hamda tugatish
Shaharchalarni, qishloqlarni va ovullarni tuzish hamda tugatish tegishli tumanlar hokimlarining iltimosnomalari asosida xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Tegishli tuman hokimi xalq deputatlari viloyat Kengashiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
shaharcha, qishloq yoki ovulni tuzish yoki tugatish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan iltimosnoma;
tegishli tuman xalq deputatlari Kengashining shaharcha, qishloq yoki ovulni tuzish yoki tugatish masalasiga doir qarori;
tuman hokimi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi;
shaharcha, qishloq yoki ovul chegaralarining va shaharcha, qishloq yoki ovul tarkibiga hududlari o‘tkazilayotgan ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi hamda shaharcha, qishloq yoki ovul chegaralari chizig‘ining tavsifi (shaharcha, qishloq yoki ovulni tuzish to‘g‘risidagi taklifga ilova qilinadi);
tarkibiga tugatilayotgan shaharcha, qishloq yoki ovul hududi o‘tkazilayotgan ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi va ma’muriy-hududiy birliklar chegaralari chizig‘ining tavsifi (shaharcha, qishloq yoki ovulni tugatish to‘g‘risidagi taklifga ilova qilinadi);
shaharcha, qishloq yoki ovulni tuzish yoki tugatish bilan bog‘liq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.
Xalq deputatlari viloyat Kengashi tegishli tuman hokimining shaharcha, qishloq yoki ovulni tuzish yoki tugatish haqidagi iltimosnomasini iltimosnoma kelib tushganidan keyin o‘ttiz kun ichida ko‘rib chiqadi va uni ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
21-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasida tuman bo‘ysunuvidagi shaharlarni, shaharchalarni, qishloqlarni va ovullarni tuzish hamda tugatish
Qoraqalpog‘iston Respublikasida tuman bo‘ysunuvidagi shaharlarni, shaharchalarni, qishloqlarni va ovullarni tuzish hamda tugatish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining taklifiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan tegishli tumanlar hokimlarining iltimosnomalari asosida amalga oshiriladi.
Tegishli tuman hokimi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
shahar, shaharcha, qishloq yoki ovulni tuzish yoki tugatish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan iltimosnoma;
xalq deputatlari tuman Kengashining shahar, shaharcha, qishloq yoki ovulni tuzish yoki tugatish masalasiga doir qarori;
tuman hokimi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi;
shahar, shaharcha, qishloq yoki ovul chegaralarining va shahar, shaharcha, qishloq yoki ovul tarkibiga hududlari o‘tkazilayotgan ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi hamda shahar, shaharcha, qishloq yoki ovul chegaralari chizig‘ining tavsifi (shahar, shaharchani, qishloqni, ovulni tuzish to‘g‘risidagi taklifga ilova qilinadi);
tarkibiga tugatilayotgan shahar, shaharcha, qishloq yoki ovul hududi o‘tkazilayotgan ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi va ma’muriy-hududiy birliklar chegaralari chizig‘ining tavsifi (shahar, shaharcha, qishloq yoki ovulni tugatish to‘g‘risidagi taklifga ilova qilinadi);
shahar, shaharcha, qishloq yoki ovulni tuzish yoki tugatish bilan bog‘liq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tegishli tuman hokimining shahar, shaharcha, qishloq yoki ovulni tuzish yoki tugatish haqidagi iltimosnomasini iltimosnoma kelib tushganidan keyin o‘ttiz kun ichida ko‘rib chiqadi va uni ma’qullaydi yoki rad etadi.
Tegishli tuman hokimining shahar, shaharcha, qishloq yoki ovulni tuzish yoki tugatish haqidagi iltimosnomasi ma’qullangan taqdirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tuman bo‘ysunuvidagi shahar, shaharcha, qishloq yoki ovulni tuzish yoki tugatish to‘g‘risidagi taklifni o‘n kun ichida tayyorlaydi hamda ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi.
5-bob. O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy birliklarining chegaralarini o‘zgartirish
22-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasining chegaralarini o‘zgartirish
Qoraqalpog‘iston Respublikasining chegaralari faqat uning roziligi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan o‘zgartirilishi mumkin.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasi.
23-modda. Viloyatlarning va Toshkent shahrining chegaralarini o‘zgartirish
Viloyatlarning va Toshkent shahrining chegaralarini o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
viloyatlarning yoki Toshkent shahrining chegaralarini o‘zgartirish zarurligi hamda maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan taklif;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining qarorlari loyihalari;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi;
viloyat yoki Toshkent shahri chegaralarining hamda viloyatning yoki Toshkent shahrining chegaralari o‘zgarishi munosabati bilan chegaralari o‘zgartirilayotgan ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi hamda viloyat yoki Toshkent shahri chegaralari chizig‘ining tavsifi;
viloyatning yoki Toshkent shahrining chegaralarini o‘zgartirish bilan bog‘liq tegishli hisob-kitoblarni va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.
24-modda. Respublika bo‘ysunuvidagi shaharlar chegaralarini o‘zgartirish
Respublika bo‘ysunuvidagi shaharlar chegaralarini o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
respublika bo‘ysunuvidagi shahar chegaralarini o‘zgartirish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan taklif;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining qarorlari loyihalari;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi;
respublika bo‘ysunuvidagi shahar chegaralarining va respublika bo‘ysunuvidagi shahar chegaralarining o‘zgarishi munosabati bilan chegaralari o‘zgartirilayotgan ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi hamda respublika bo‘ysunuvidagi shahar chegaralari chizig‘ining tavsifi;
respublika bo‘ysunuvidagi shaharning chegaralarini o‘zgartirish bilan bog‘liq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.
25-modda. Viloyat yoki tuman bo‘ysunuvidagi shaharlarning, viloyatlar tumanlarining, Toshkent shahri tumanlarining va viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar tumanlarining chegaralarini o‘zgartirish
Viloyat yoki tuman bo‘ysunuvidagi shaharlarning, viloyatlar tumanlarining, Toshkent shahri tumanlarining va viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar tumanlarining chegaralarini o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tegishli viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining iltimosnomalari asosida amalga oshiriladi.
Tegishli viloyat yoki Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
tegishli shahar yoki tumanning chegaralarini o‘zgartirish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan iltimosnoma;
tegishli viloyat yoki Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashining shahar yoki tumanning chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish haqidagi qarori;
tegishli viloyat yoki Toshkent shahar hokimi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi;
shahar yoki tuman chegaralarining va shahar yoki tumanning chegaralari o‘zgarishi munosabati bilan chegaralari o‘zgartirilayotgan ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi hamda shahar yoki tuman chegaralari chizig‘ining tavsifi;
shahar yoki tumanning chegaralarini o‘zgartirish bilan bog‘liq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tegishli viloyat yoki Toshkent shahar hokimining shahar yoki tumanning chegaralarini o‘zgartirish haqidagi iltimosnomasini iltimosnoma kelib tushganidan keyin o‘ttiz kun ichida ko‘rib chiqadi va uni ma’qullaydi yoki rad etadi.
Tegishli viloyat yoki Toshkent shahar hokimining iltimosnomasi ma’qullangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi shahar yoki tumanning chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi taklifni hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining qarorlari loyihalarini o‘n kun ichida tayyorlaydi va ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi.
26-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasida tumanlarning, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ysunuvidagi shaharlarning va shaharlarda tumanlarning chegaralarini o‘zgartirish
Qoraqalpog‘iston Respublikasida tumanlarning, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ysunuvidagi shaharlarning va shaharlarda tumanlarning chegaralarini o‘zgartirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining taklifiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan tegishli tumanlar va shaharlar hokimlarining iltimosnomalari asosida amalga oshiriladi.
Tegishli tuman yoki shahar hokimi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
tegishli tuman yoki shaharning chegaralarini o‘zgartirish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan iltimosnoma;
tegishli tuman yoki shahar xalq deputatlari Kengashining tuman yoki shaharning chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish haqidagi qarori;
tuman yoki shahar hokimi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi;
tuman yoki shaharning chegaralari o‘zgarishi munosabati bilan chegaralari o‘zgartirilayotgan ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi hamda tuman yoki shahar chegaralari chizig‘ining tavsifi;
tuman yoki shaharning chegaralarini o‘zgartirish bilan bog‘liq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tegishli tuman yoki shahar hokimining tuman yoki shaharning chegaralarini o‘zgartirish haqidagi iltimosnomasini iltimosnoma kelib tushganidan keyin o‘ttiz kun ichida ko‘rib chiqadi va uni ma’qullaydi yoki rad etadi.
Tegishli tuman yoki shahar hokimining tuman yoki shaharning chegaralarini o‘zgartirish haqidagi iltimosnomasi ma’qullangan taqdirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tuman yoki shaharning chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi taklifni o‘n kun ichida tayyorlaydi va ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi.
27-modda. Shaharchalarning, qishloqlarning va ovullarning chegaralarini o‘zgartirish
Shaharchalarning, qishloqlarning va ovullarning chegaralarini o‘zgartirish xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan tegishli tumanlar hokimlarining iltimosnomalari asosida amalga oshiriladi.
Tegishli tuman hokimi xalq deputatlari viloyat Kengashiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
shaharcha, qishloq yoki ovulning chegaralarini o‘zgartirish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan iltimosnoma;
tegishli tuman xalq deputatlari Kengashining shaharcha, qishloq yoki ovulning chegaralarini o‘zgartirish masalasiga doir qarori;
tuman hokimi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi;
shaharcha, qishloq yoki ovul chegaralarining va shaharcha, qishloq yoki ovulning chegaralari o‘zgarishi munosabati bilan chegaralari o‘zgartirilayotgan ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi hamda shaharcha, qishloq yoki ovul chegaralari chizig‘ining tavsifi;
shaharcha, qishloq yoki ovulning chegaralarini o‘zgartirish bilan bog‘liq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.
Xalq deputatlari viloyat Kengashi tegishli tuman hokimining shaharcha, qishloq yoki ovulning chegaralarini o‘zgartirish haqidagi iltimosnomasini iltimosnoma kelib tushganidan keyin o‘ttiz kun ichida ko‘rib chiqadi va uni ma’qullaydi yoki rad etadi.
28-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasida tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar, shaharchalar, qishloqlar
Qoraqalpog‘iston Respublikasida tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullarning chegaralarini o‘zgartirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining taklifiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan tegishli tumanlar hokimlarining iltimosnomalari asosida amalga oshiriladi.
Tegishli tuman hokimi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
shahar, shaharcha, qishloq yoki ovulning chegaralarini o‘zgartirish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan iltimosnoma;
tegishli tuman xalq deputatlari Kengashining shahar, shaharcha, qishloq yoki ovulning chegaralarini o‘zgartirish masalasiga doir qarori;
tuman hokimi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi;
shahar, shaharcha, qishloq yoki ovul chegaralarining va shahar, shaharcha, qishloq yoki ovulning chegaralari o‘zgarishi munosabati bilan chegaralari o‘zgartirilayotgan ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi hamda shahar, shaharcha, qishloq yoki ovul chegaralari chizig‘ining tavsifi;
shahar, shaharcha, qishloq yoki ovulning chegaralarini o‘zgartirish bilan bog‘liq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tegishli tuman hokimining shahar, shaharcha, qishloq yoki ovulning chegaralarini o‘zgartirish haqidagi iltimosnomasini iltimosnoma kelib tushganidan keyin o‘ttiz kun ichida ko‘rib chiqadi va uni ma’qullaydi yoki rad etadi.
Tegishli tuman hokimining shahar, shaharcha, qishloq yoki ovulning chegaralarini o‘zgartirish haqidagi iltimosnomasi ma’qullangan taqdirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi shahar, shaharcha, qishloq yoki ovulning chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi taklifni o‘n kun ichida tayyorlaydi va ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi.
6-bob. Ma’muriy-hududiy birliklarning ma’muriy markazlarini belgilash va ko‘chirish
29-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasining poytaxtini belgilash va ko‘chirish
Qoraqalpog‘iston Respublikasining poytaxtini belgilash va ko‘chirish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan amalga oshiriladi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasining poytaxtini belgilash yoki ko‘chirish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan taklif;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining poytaxtini belgilash yoki ko‘chirish bilan bog‘liq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Qoraqalpog‘iston Respublikasining poytaxtini belgilash yoki ko‘chirish to‘g‘risidagi taklifi kelib tushgandan keyin o‘n kun ichida uni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga Qoraqalpog‘iston Respublikasining poytaxtini belgilash yoki ko‘chirishga rozilik berish masalasini ko‘rib chiqish uchun yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari o‘ttiz kun ichida ushbu masalani ko‘rib chiqadi va Qoraqalpog‘iston Respublikasining poytaxtini belgilash yoki ko‘chirishga rozilik berish masalasi bo‘yicha qarorlar qabul qiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Qoraqalpog‘iston Respublikasining poytaxtini belgilash yoki ko‘chirishga rozilik berish to‘g‘risidagi qarorlari kelib tushgandan keyin o‘n kun ichida Qoraqalpog‘iston Respublikasining poytaxtini belgilash yoki ko‘chirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
30-modda. Viloyatlarning ma’muriy markazlarini belgilash va ko‘chirish
Viloyatlarning ma’muriy markazlarini belgilash va ko‘chirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tegishli viloyatlar hokimlarining iltimosnomalari asosida amalga oshiriladi.
Tegishli viloyat hokimi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
viloyatning ma’muriy markazini belgilash yoki ko‘chirish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan iltimosnoma;
tegishli viloyat xalq deputatlari Kengashining viloyat ma’muriy markazini belgilash yoki ko‘chirish masalasiga doir qarori;
tegishli viloyat hokimi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi;
viloyatning ma’muriy markazini belgilash yoki ko‘chirish bilan bog‘liq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tegishli viloyat hokimining viloyat ma’muriy markazini belgilash yoki ko‘chirish haqidagi iltimosnomasini iltimosnoma kelib tushganidan keyin o‘ttiz kun ichida ko‘rib chiqadi va uni ma’qullaydi yoki rad etadi.
Tegishli viloyat hokimining viloyat ma’muriy markazini belgilash yoki ko‘chirish haqidagi iltimosnomasi ma’qullangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi viloyatning ma’muriy markazini belgilash yoki ko‘chirish haqidagi taklifni hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining qarorlari loyihalarini o‘n kun ichida tayyorlaydi hamda ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi.
31-modda. Viloyat tumanlarining ma’muriy markazlarini belgilash va ko‘chirish
Viloyat tumanlarining ma’muriy markazlarini belgilash va ko‘chirish xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan tegishli tumanlar hokimlarining iltimosnomalari asosida amalga oshiriladi.
Tegishli tuman hokimi xalq deputatlari viloyat Kengashiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
tumanning ma’muriy markazini belgilash yoki ko‘chirish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan iltimosnoma;
tegishli tuman xalq deputatlari Kengashining tumanning ma’muriy markazini belgilash yoki ko‘chirish masalasiga doir qarori;
tuman hokimi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi;
tumanning ma’muriy markazini belgilash yoki ko‘chirish bilan bog‘liq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.
Xalq deputatlari viloyat Kengashi tegishli tuman hokimining tuman ma’muriy markazini belgilash yoki ko‘chirish haqidagi iltimosnomasini iltimosnoma kelib tushganidan keyin o‘ttiz kun ichida ko‘rib chiqadi va uni ma’qullash yoki rad etish haqida qaror qabul qiladi.
32-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasida tumanlarning ma’muriy markazlarini belgilash va ko‘chirish
Qoraqalpog‘iston Respublikasida tumanlarning ma’muriy markazlarini belgilash va ko‘chirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining taklifiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan tegishli tumanlar hokimlarining iltimosnomalari asosida amalga oshiriladi.
Tegishli tuman hokimi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
tumanning ma’muriy markazini belgilash yoki ko‘chirish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan iltimosnoma;
xalq deputatlari tuman Kengashining tuman ma’muriy markazini belgilash yoki ko‘chirish masalasiga doir qarori;
tuman hokimi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi;
tumanning ma’muriy markazini belgilash yoki ko‘chirish bilan bog‘liq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tegishli tuman hokimining tuman ma’muriy markazini belgilash yoki ko‘chirish haqidagi iltimosnomasini iltimosnoma kelib tushganidan keyin o‘ttiz kun ichida ko‘rib chiqadi va uni ma’qullaydi yoki rad etadi.
Tegishli tuman hokimining tuman ma’muriy markazini belgilash yoki ko‘chirish haqidagi iltimosnomasi ma’qullangan taqdirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tumanning ma’muriy markazini belgilash yoki ko‘chirish haqidagi taklifni o‘n kun ichida tayyorlaydi va ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi.
7-bob. Ma’muriy-hududiy birliklar bo‘ysunuvini o‘zgartirish
33-modda. Shaharlarni respublika bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish
Shaharlarni respublika bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
shaharni respublika bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan taklif;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining qarorlari loyihalari;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi;
shaharni respublika bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish bilan bog‘liq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.
34-modda. Shaharlarni viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish
Shaharlarni viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tegishli viloyatlar hokimlarining iltimosnomalari asosida amalga oshiriladi.
Tegishli viloyat hokimi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
shaharni viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan iltimosnoma;
xalq deputatlari viloyat Kengashining shaharni viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish masalasiga doir qarori;
viloyat hokimi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi;
shaharni viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish bilan bog‘liq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tegishli viloyat hokimining shaharni viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish haqidagi iltimosnomasini iltimosnoma kelib tushganidan keyin o‘ttiz kun ichida ko‘rib chiqadi va uni ma’qullaydi yoki rad etadi.
Viloyat hokimining shaharni viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish haqidagi iltimosnomasi ma’qullangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi shaharni viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish haqidagi taklifni hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining qarorlari loyihalarini o‘n kun ichida tayyorlaydi hamda ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi.
35-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasining tuman bo‘ysunuvidagi shaharlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish
Qoraqalpog‘iston Respublikasining tuman bo‘ysunuvidagi shaharlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining taklifiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
tuman bo‘ysunuvidagi shaharni Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan taklif;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi;
tuman bo‘ysunuvidagi shaharni Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish bilan bog‘liq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.
36-modda. Shaharchalarni tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish
Shaharchalarni tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tegishli viloyatlar hokimlarining iltimosnomalari asosida amalga oshiriladi.
Tegishli viloyat hokimi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
shaharchani tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan iltimosnoma;
xalq deputatlari viloyat Kengashining shaharchani tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish masalasiga doir qarori;
viloyat hokimi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi;
shaharchani tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish bilan bog‘liq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tegishli viloyat hokimining shaharchani tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish haqidagi iltimosnomasini iltimosnoma kelib tushganidan keyin o‘ttiz kun ichida ko‘rib chiqadi va uni ma’qullaydi yoki rad etadi.
Tegishli viloyat hokimining shaharchani tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish haqidagi iltimosnomasi ma’qullangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi shaharchani tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish haqidagi taklifni hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining qarorlari loyihalarini o‘n kun ichida tayyorlaydi hamda ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi.
37-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasining shaharchalarini tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish
Qoraqalpog‘iston Respublikasining shaharchalarini tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining taklifiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan tegishli tumanlar hokimlarining iltimosnomalari asosida amalga oshiriladi.
Tegishli tuman hokimi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
shaharchani tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan iltimosnoma;
tegishli tuman xalq deputatlari Kengashining shaharchalarni tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish masalasiga doir qarori;
tuman hokimi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi;
shaharchani tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish bilan bog‘liq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tegishli tuman hokimining shaharchani tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish haqidagi iltimosnomasini iltimosnoma kelib tushganidan keyin o‘ttiz kun ichida ko‘rib chiqadi va uni ma’qullaydi yoki rad etadi.
Tegishli tuman hokimining shaharchani tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish haqidagi iltimosnomasi ma’qullangan taqdirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi shaharchani tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish to‘g‘risidagi taklifni o‘n kun ichida tayyorlaydi va ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi.
38-modda. Qishloqlar va ovullarni shaharchalar toifasiga kiritish
Qishloqlar va ovullarni shaharchalar toifasiga kiritish xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan tegishli tumanlar hokimlarining iltimosnomalari asosida amalga oshiriladi.
Tegishli tuman hokimi xalq deputatlari viloyat Kengashiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
qishloqni yoki ovulni shaharchalar toifasiga kiritish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan iltimosnoma;
tegishli tuman xalq deputatlari Kengashining qishloqlar va ovullarni shaharchalar toifasiga kiritish masalasiga doir qarori;
tuman hokimi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi;
qishloqni yoki ovulni shaharchalar toifasiga kiritish bilan bog‘liq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.
Xalq deputatlari viloyat Kengashi tegishli tuman hokimining qishloq yoki ovulni shaharchalar toifasiga kiritish haqidagi iltimosnomasini iltimosnoma kelib tushganidan keyin o‘ttiz kun ichida ko‘rib chiqadi va uni ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
39-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasining qishloqlari va ovullarini shaharchalar toifasiga kiritish
Qoraqalpog‘iston Respublikasining qishloqlari va ovullarini shaharchalar toifasiga kiritish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining taklifiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan tegishli tumanlar hokimlarining iltimosnomalari asosida amalga oshiriladi.
Tegishli tuman hokimi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
qishloqni yoki ovulni shaharchalar toifasiga kiritish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan iltimosnoma;
tegishli tuman xalq deputatlari Kengashining qishloqlar va ovullarni shaharchalar toifasiga kiritish masalasiga doir qarori;
tuman hokimi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi;
qishloqni yoki ovulni shaharchalar toifasiga kiritish bilan bog‘liq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tegishli tuman hokimining qishloqni yoki ovulni shaharchalar toifasiga kiritish haqidagi iltimosnomasini iltimosnoma kelib tushganidan keyin o‘ttiz kun ichida ko‘rib chiqadi va uni ma’qullaydi yoki rad etadi.
Tegishli tuman hokimining qishloqni yoki ovulni shaharchalar toifasiga kiritish haqidagi iltimosnomasi ma’qullangan taqdirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qishloqni yoki ovulni shaharchalar toifasiga kiritish haqidagi taklifni o‘n kun ichida tayyorlaydi va ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
40-modda. Ma’muriy-hududiy tuzilish sohasidagi ishlarni moliyalashtirish
Ma’muriy-hududiy tuzilish sohasidagi ishlarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
401-modda. Ma’muriy-hududiy tuzilish masalalari hal etilayotganda saylov okruglarining chegaralarini o‘zgartirish
Ma’muriy-hududiy birlik tashkil etilgan, tugatilgan yoki uning chegaralari o‘zgartirilgan taqdirda uning hududida joylashgan saylov okruglarini tegishli ma’muriy-hududiy birlik tarkibiga o‘tkazish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqiladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda saylov okruglarini o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar ma’muriy-hududiy birliklarni tashkil etish, tugatish yoki ularning chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari ko‘rib chiqishi uchun kiritilguniga qadar, qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
(401-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 16-iyundagi O‘RQ-779-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 03/22/779/0528-son)
41-modda. Ma’muriy-hududiy tuzilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Ma’muriy-hududiy tuzilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
42-modda. Nizolarni hal etish
Ma’muriy-hududiy tuzilish sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
43-modda. Ma’muriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etishda yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash
Ma’muriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etishda yuridik yoki jismoniy shaxslarning mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi kerak.
44-modda. Ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish
Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
1) O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etish tartibi to‘g‘risida”gi 276-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 139-modda);
2) O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi 714-II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 18-modda) 34-bandi;
3) O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrda qabul qilingan “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘RQ-304-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 10, 274-modda) 3-moddasi;
4) O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi O‘RQ-436-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 6, 300-modda) 16-moddasi.
45-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
(45-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1062-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1062/0410-son)
46-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
47-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 28-avgust,
O‘RQ-635-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2020-y., 03/20/635/1237-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son; 16.06.2022-y., 03/22/779/0528-son; 05.05.2025-y., 03/25/1062/0410-son)