O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida
Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimini takomillashtirish va samaradorligini oshirish hamda salbiy ta’sir yuzaga kelishini prognozlashtirish yo‘li bilan uning oldini olish, shuningdek, tabiiy resurslardan foydalanilishini tizimli ravishda kuzatish, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasida davlat nazorati yuritilishini baholash, axborot bilan ta’minlash, tabiiy resurslardan maqsadli va oqilona foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki, 2021-yil 1-yanvardan boshlab atrof tabiiy muhitga ta’sir qilish xavfi yuqori bo‘lgan yangi ishga tushiriladigan xo‘jalik subyektlarining atmosfera havosini ifloslantirish manbalarida namunalarni olish va tahlil qilish bo‘yicha avtomatik stansiyalar, shuningdek, ularga tutash hududlarda statsionar kuzatish punktlari (postlari) majburiy tartibda xo‘jalik yurituvchi subyektlar mablag‘lari hisobidan o‘rnatiladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi sohasida barcha vazirliklar, idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-apreldagi 200-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2021-y., 09/21/200/0318-son)
idoraviy tahlil laboratoriyalarining moddiy-texnik jihozlanishini tubdan yaxshilash, shuningdek, ularni atrof tabiiy muhit davlat monitoringini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan kimyoviy reaktivlar, sinov gazlari, prekursorlar va boshqa sarflash materiallari bilan markazlashtirilgan tartibda ta’minlash bo‘yicha kelishilgan takliflarni uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar;
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bilan birgalikda 2021-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda respublika va viloyat darajasidagi barcha idoraviy tahlil laboratoriyalari akkreditatsiyadan o‘tkazilishini ta’minlasinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
atrof tabiiy muhitga ta’sir qilish xavfi yuqori bo‘lgan mavjud xo‘jalik subyektlarini atmosfera havosini ifloslantirish manbalarida namunalarni olish va tahlil qilish bo‘yicha avtomatik stansiyalar, shuningdek, ularga tutash hududlarda statsionar kuzatish punktlari (postlari) bilan xo‘jalik yurituvchi subyektlar mablag‘lari hisobidan bosqichma-bosqich jihozlash bo‘yicha takliflarni 2020-yil 1-yanvarga qadar Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini;
Atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasi 2021-yil 1-yanvarda to‘liq faoliyat ko‘rsatishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda xalqaro tashkilotlar va donor mamlakatlar mablag‘larini jalb etish hisobidan 2021-yil 1-dekabrida respublikada atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi avtomatlashtirilishini ta’minlasin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-apreldagi 200-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2021-y., 09/21/200/0318-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 343-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/343/0520-son)
8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi B.T. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 5-sentabr,
737-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-sentabrdagi 737-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi — atrof tabiiy muhitning ifloslanish darajasini aniqlash, uning ekologik holatini baholash, salbiy jarayonlarning oqibatlarini prognoz qilish bartaraf etish maqsadida atrof tabiiy muhitning biotik va abiotik komponentlarining holatini, ularning ifloslanish va antropogen faoliyatning boshqa zararli ta’sirlari (jarayonlari) tufayli o‘zgarishini hamda tabiiy resurslardan foydalanishni tasdiqlangan dastur bo‘yicha muntazam kuzatish tizimi;
monitoring obyektlari — atrof tabiiy muhitning biotik va abiotik tarkibiy qismlari va tabiiy resurslardan foydalanish, shuningdek, tabiiy muhitga ta’sirning tabiiy, texnogen va tabiiy-texnogen omillari hamda manbalari;
atrof tabiiy muhit monitoringi tizimi — atrof tabiiy muhitning davlat va ishlab chiqarish monitoringidan iborat bo‘lgan muntazam kuzatishlarning o‘zaro bog‘liq tizimi;
Atrof tabiiy muhit monitoringi tizimining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasi — atrof tabiiy muhitning holati va ifloslanish manbalari to‘g‘risidagi axborotni geografik ma’lumotlar hamda zarur obyektlar haqida ular bilan bog‘liq bo‘lgan axborotni grafik vizuallashtirish orqali GIS-texnologiyalar asosida to‘plash, tahlil qilish va saqlashning elektron tizimi;
atrof tabiiy muhitning ishlab chiqarish monitoringi — atrof tabiiy muhitga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tegishli xizmatlari tomonidan amalga oshiriladigan atrof tabiiy muhit monitoringi tizimining bir qismi hisoblangan monitoring;
atrof tabiiy muhit — tabiiy va sun’iy obyektlar, shu jumladan atmosfera havosi, Yerning ozon qatlami, yer usti va yer osti suvlari, yer, yer qa’ri, o‘simlik va hayvonot dunyosi;
atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish — atrof tabiiy muhitni saqlash va tiklashga, xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyatning atrof tabiiy muhitga salbiy ta’sirining oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etishga yo‘naltirilgan davlat va jamoatchilik chora-tadbirlari tizimi;
fon monitoringi — sanoat va xo‘jalik faoliyati obyektlaridan olisda bo‘lgan, insonning aralashishiga minimal darajada jalb etilgan hududlarga barcha atrof tabiiy muhit obyektlarida ifloslantiruvchi moddalarning mavjudlik darajasi bo‘yicha qo‘riqlanayotgan tabiiy hududlarda joylashgan statsionar kuzatish punktlarida (postlarda) amalga oshiriladigan uzoq muddatli tizimli kuzatishlar;
maxsus vakolatli davlat organlari — atrof tabiiy muhitning davlat monitoringini amalga oshirish yuklatilgan davlat boshqaruvi organlari;
statsionar kuzatish punkti (post) — atmosfera havosi, yer usti va yer osti suvlari namunalarini muntazam olish va keyinchalik kimyoviy tahlil qilish uchun mo‘ljallangan priborlar va uskunalar, shu jumladan, avtomatik stansiyalar o‘rnatilgan yer uchastkasini o‘z ichiga olgan, atrof tabiiy muhitning holatini va unga ta’sir ko‘rsatuvchi manbalarini oldindan tadqiq etish asosida tanlangan joylarda joylashgan kompleks.
3. Maxsus vakolatli davlat organlari atrof tabiiy muhitning davlat monitoringini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan namunalarni olish uchun oldindan belgilangan nuqtalarga, shu jumladan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hududida joylashgan nuqtalarga tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organ bilan qo‘shimcha ravishda kelishmasdan to‘siqsiz kirish huquqiga egadir.
4. Atrof tabiiy muhit monitoringi tizimining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan tahliliy nazorat markazi bazasida (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) shakllantiriladi. Markaz maxsus vakolatli davlat organlari hamda atrof tabiiy muhitning idoraviy monitoringini olib boruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar to‘planishi, saqlanishi, qayta ishlanishi va tahlil qilinishini ta’minlaydi.
Atrof tabiiy muhit monitoringi axborotini to‘plash va umumlashtirish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi.
5. Markaz Atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasi orqali:
barcha idoraviy axborot tizimlari bilan axborot bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni tashkil etadi;
atrof tabiiy muhitning ifloslanishi darajasi va tabiiy resurslardan foydalanish to‘g‘risidagi umumlashtirilgan ma’lumotlarni integratsiyalashtiradi va tahlil qiladi;
atrof tabiiy muhit monitoringi bo‘yicha davlat dasturlari bajarilishini, ularga tuzatish kiritish to‘g‘risida takliflar ishlab chiqilishi va umumlashtirilishini nazorat qiladi;
respublika va ma’muriy-hududiy tuzilmalar doirasida ekologik vaziyatning o‘zgarishlarini prognozlashtiradi, atropogen faoliyat natijasida tabiiy muhitga yetkaziladigan zararni baholaydi;
tabiatdan foydalanishni boshqarishni, tabiiy resurslarni muhofaza qilishni va ekologik nazoratni axborot bilan ta’minlaydi;
aholi va jamoatchilikni ekologik vaziyat to‘g‘risida xabardor qiladi.
6. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi atrof tabiiy muhit davlat monitoringining asosiy vazifalari hisoblanadi:
atrof tabiiy muhitning ifloslanishi darajasini, shuningdek, antropogen ta’sirlar ostida unda yuz berayotgan jarayonlarni kuzatishni tashkil etish va yuritish;
atrof-muhitning ifloslanishi darajasini baholash va prognoz qilish;
atrof tabiiy muhit holatini baholash, shuningdek, uning holatiga ta’sir ko‘rsatadigan salbiy jarayonlar rivojlanishini aniqlash va prognoz qilish;
respublikaning asosiy biomlari va eko tizimlari turlari bo‘yicha o‘simlik va hayvonot dunyosining biologik xilma-xilligini, ularning joriy holatini va tabiiy hamda antropogen omillar ta’siri ostidagi tendensiyalarni baholash;
aniqlangan salbiy jarayonlar, shuningdek, ularning aholi sog‘lig‘iga va atrof tabiiy muhitga ta’sirining oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va davlat kadastrlarini yuritish sohasida davlat hokimiyati organlarini tezkor axborot bilan ta’minlash;
atrof tabiiy muhitning holati to‘g‘risida yagona davlat ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
aholini atrof tabiiy muhitning joriy holati to‘g‘risida xabardor qilish.
7. Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi quyidagilardan iborat bo‘ladi:
atmosfera havosi, yer usti suvlari va tuproq ifloslanishi (emissiya) manbalari monitoringi;
atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi;
yer usti suvlari ifloslanishi monitoringi;
kollektor-drenaj suvlarining sifat tarkibi monitoringi;
yer osti suvlari ifloslanishi monitoringi;
xavfli geologik jarayonlar monitoringi;
yerning ifloslanishi monitoringi;
o‘simlik va hayvonot dunyosi monitoringi;
atrof-tabiiy muhitning sanitariya-gigiyenik monitoringi;
fon monitoringi.
8. Atrof tabiiy muhit davlat monitoringi maxsus tashkil etilib, muntazam o‘tkaziladigan tabiiy muhit holatini kuzatishlarni (miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini o‘lchash, namunalarni olish, ularni tahlil qilish, punktlarda kuzatish, suratga olish, tekshirish, tadqiqotlar o‘tkazish va masofadan turib kuzatishni) hamda:
atrof tabiiy muhitga ta’sir manbalarining holati;
atrof tabiiy muhitga ta’sirning fizik, kimyoviy, geologik va biologik jarayonlari va omillari;
atmosfera havosi, yer usti va yer osti suvlari, tuproq va geologik muhit ifloslanishi darajasining holati;
o‘simlik va hayvonot dunyosining holati, turli antropogen va tabiiy omillar ta’siri ostida ularning o‘zgarishi (transformatsiyasi) jarayonlaridagi o‘zgarishlarni aniqlashni, baholashni va prognozlashni o‘z ichiga oladi.
9. Atrof tabiiy muhitning holatini baholash izchil (davriy va joriy) kuzatishlarni, o‘zgarishlarning yo‘nalishi va intensivliligini umumlashtirish va tahlil qilish, olingan ko‘rsatkichlarni atrof tabiiy muhitning sifat holati normativlari bilan taqqoslash yo‘li bilan va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ekologik zararni hisobga olgan holda bajariladi.
10. Atrof tabiiy muhitning holatini baholash natijalari bo‘yicha tezkor ma’lumotnomalar, ma’ruzalar, prognozlar va tavsiyalar tuziladi, ularga o‘zgarishlar, ayniqsa, salbiy o‘zgarishlarning dinamikasi, yo‘nalishi va intensivligini tavsiflaydigan mavzuli xaritalar, jadvallar va diagrammalar ilova qilinadi.
11. Atrof tabiiy muhit monitoringi tizimining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasi:
maxsus vakolatli davlat organlaridan qog‘ozda va elektron shaklda;
atrof tabiiy muhitning ishlab chiqarish monitoringini amalga oshiradigan xo‘jalik yurituvchi subyektlardan qog‘ozda va elektron shaklda;
nazorat qilishning avtomatik stansiyalaridan (priborlardan) olinadigan ma’lumotlar (olish, tahlil qilish) hisobiga shakllantiriladi.
12. Atrof tabiiy muhit davlat monitoringi bo‘yicha ishlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan va kamida 5 yilda bir marta qayta ko‘rib chiqiladigan Atrof tabiiy muhit davlat monitoringi dasturi bo‘yicha o‘tkaziladi.
13. Atrof tabiiy muhit monitoringi ushbu Nizomda belgilangan xususiyatlar hisobga olingan holda, belgilangan tartibda tasdiqlanadigan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi tegishli normativ hujjatlar bo‘yicha o‘tkaziladi.
Atrof tabiiy muhit monitoringini amalga oshirish uchun o‘lchov va nazorat vositalari, shu jumladan avtomatik stansiyalar majburiy tartibda davlat tekshiruvidan o‘tkazilishi kerak.
14. Zarurat bo‘lganda, atrof tabiiy muhit davlat monitoringi yirik gabaritli texnikani ta’mirlash va rekonstruksiya qilish hamda ulardan foydalanish hisobga olingan holda, joylarda maxsus vakolatli davlat organlarining so‘rovi bo‘yicha qurilishi uchun yer uchastkalari ajratiladigan statsionar kuzatish punktlaridan (postlardan) olib boriladi.
Statsionar kuzatish punktlari va yer uchastkasi davlat mulki hisoblanadi va ular o‘zgaga berilishi mumkin emas.
15. Atrof tabiiy muhit davlat monitoringi:
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Davlat ekologiya qo‘mitasi deb ataladi) tomonidan — atmosfera havosi, yer usti suvlari va tuproq ifloslanishi manbalari monitoringi, shuningdek, Davlat ekologiya qo‘mitasi tasarrufidagi qo‘riqlanadigan tabiiy hududlarda o‘simlik va hayvonot dunyosi monitoringi bo‘yicha;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi (keyingi o‘rinlarda “O‘zgidromet” markazi deb ataladi) tomonidan — atmosfera havosi ifloslanishi, yer usti (tabiiy suv oqimlari) suvlar, tuproq ifloslanishi va fon monitoringi bo‘yicha;
(15-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-apreldagi 200-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2021-y., 09/21/200/0318-son)
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi (keyingi o‘rinlarda Suv xo‘jaligi vazirligi deb ataladi) tomonidan — asosiy kollektorlarning kollektor-drenaj va meliorativ quduqlar suvlarining sifat tarkibi monitoringi bo‘yicha;
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Davergeodezkadastr deb ataladi) tomonidan — qishloq xo‘jaligi yerlarining ifloslanishi, shuningdek tabiiy yaylovlar o‘simliklarining monitoringi bo‘yicha;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Davlat geologiya qo‘mitasi deb ataladi) tomonidan — yer osti suvlari ifloslanishi va xavfli geologik jarayonlar monitoringi bo‘yicha;
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi deb ataladi) tomonidan — o‘rmon fondi yerlaridagi, shuningdek, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tasarrufidagi boshqa obyektlardagi o‘simlik va hayvonot dunyosi monitoringi bo‘yicha;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Sanepidqo‘m) tomonidan — atrof tabiiy muhitning sanitariya-gigiyenik monitoringi bo‘yicha amalga oshiriladi.
(15-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
2-bob. Atmosfera havosi, yer usti suvlar va tuproqning ifloslanishi (emissiya) manbalari monitoringi
16. Atmosfera havosi, yer usti suvlar va tuproqning ifloslanishi (emissiya) manbalari monitoringi (keyingi o‘rinlarda ifloslanish manbalari monitoringi deb ataladi) atrof tabiiy muhit monitoringi turlaridan biri hisoblanadi va ushbu Nizomda belgilangan xususiyatlar hisobga olingan holda tegishli metodikalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ifloslanish manbalari monitoringi atrof tabiiy muhitda zararli ta’sir manbalari joylashgan hududda atrof tabiiy muhitning holatini kuzatish maqsadida o‘tkaziladi.
Monitoring (nazorat) qilinishi kerak bo‘lgan moddalar ro‘yxati ifloslanish manbalari mavjud bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Ifloslanish manbalari monitoringi xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘ziga xos xususiyatlaridan va ekologik normativlardan kelib chiqib, u yoki bu zararli moddalarning mavjudligi yuzasidan o‘tkaziladi.
17. Quyidagilar ifloslanish manbalari monitoringini olib borishda kuzatishlar obyektlari hisoblanadi:
statsionar manbalardan atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarning chiqarilishi;
oqova suvlarning yer usti suv obyektlariga tashlanishi;
oqova suvlar tashlanadigan manbalar joylashgan hududdagi yer usti suvlari;
aniqlangan yoki ifloslantiruvchi yashirin manbalar joylashgan hududdagi yer osti suvlari;
aniqlangan yoki ifloslantiruvchi yashirin manbalar joylashgan hududdagi tuproq.
18. Ifloslanish manbalari monitoringi Davlat ekologiya qo‘mitasi hududiy organlarining tegishli tahliliy laboratoriyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Ifloslanish manbalari monitoringi olib boriladigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar ro‘yxati Davlat ekologiya qo‘mitasi hududiy organlarining ma’lumotlari asosida Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan shakllantiriladi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilni xabardor etish tartibida ma’lumot uchun taqdim etiladi) va tasdiqlanadi.
(19-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-martdagi 99-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2022-y., 09/22/99/0189-son)
Bunda ifloslanish manbalari monitoringi ularni Tekshirishlarni elektron ro‘yxatdan o‘tkazish yagona tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish yo‘li bilan vakolatli organni xabardor qilish tartibida olib boriladi.
Tegishli ro‘yxatga kiritilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarni monitoring o‘tkazilishi to‘g‘risida qo‘shimcha xabardor qilish talab qilinmaydi.
20. Atmosfera havosi ifloslanish manbalari monitoringi bir oyda bir marta, oqova, yer osti va yer usti suvlari monitoringi — yil choragida bir marta, tuproq monitoringi — bir yilda ikki marta (bahorda va kuzda) o‘tkaziladi.
Bir xo‘jalik yurituvchi subyektning ifloslanish manbalari monitoringi bir kundan ortiq davom etishi mumkin emas.
21. Tegishli ro‘yxatga kiradigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mansabdor shaxslari Davlat ekologiya qo‘mitasi mutaxassislarining ifloslanish manbalariga namuna olish va atrof-muhitga salbiy ta’sir etuvchi manbalarning texnik holatini baholash uchun zarur bo‘lgan parametrlarni o‘lchash uchun to‘siqsiz kirishlarini ta’minlashga majburdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat inspektorining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik, shuningdek, uning ko‘rsatmalarini bajarmaslik O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1976-moddasida nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-martdagi 99-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2022-y., 09/22/99/0189-son)
22. Sinovlar (o‘lchashlar) natijalari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, uning asl nusxasi Davlat ekologiya qo‘mitasi tegishli hududiy organining tahliliy laboratoriyasida saqlanadi.
Sinovlar natijalari olingandan keyin bir sutka mobaynida har bir bayonnomaning ma’lumotlari Atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga kiritiladi.
Muayyan hududda monitoring obyektlarini kuzatish, atrof tabiiy muhit holatini va unga zararli ta’sirni baholash va prognoz qilish ma’lumotlarni o‘z ichiga oladigan ifloslanish manbalari monitoringining umumlashtirilgan ma’lumotlari har chorakda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasigacha qog‘oz va elektron shaklda Markazga yuboriladi.
Belgilangan normalardan besh baravar ortiq bo‘lgan holat aniqlanganda, sinovlar natijalari darhol tegishli tezkor chora-tadbirlarni ko‘rish uchun Markazga va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining (keyingi o‘rinlarda FVV deb ataladi) hududiy organiga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Ifloslantiruvchi moddalar miqdorlari ortiqligi aniqlanganda sinovlar bayonnomalarining nusxalari Davlat ekologiya qo‘mitasining tegishli hududiy inspektorlariga atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda qo‘shimcha kompensatsiya to‘lovlarini hisoblash haqida qaror qabul qilish uchun beriladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-apreldagi 202-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Belgilangan normalardan besh baravar ortiq bo‘lgan holatlarda, xo‘jalik yurituvchi subyekt ishlab chiqarish quvvatini kamaytirishga yoxud ushbu holatlar sabablari aniqlangunga va ular bartaraf etilgunga qadar faoliyatni mustaqil to‘xtatib turishi shart.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-martdagi 99-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2022-y., 09/22/99/0189-son)
3-bob. O‘simlik va hayvonot dunyosi monitoringi
24. O‘simlik va hayvonot dunyosi monitoringi atrof tabiiy muhit holatining ta’sirni aniqlash hamda respublikaning u yoki bu hududida o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarining sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini prognozlashtirish maqsadida o‘tkaziladi.
25. O‘simlik dunyosi monitoringi Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy organlari tomonidan uning tasarrufidagi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi organlari tomonidan o‘rmon fondi yerlarida, shuningdek, uning tasarrufidagi boshqa obyektlarda, Davergeodezkadastr organlari tomonidan tabiiy yaylovlarda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Tabiiy o‘simliklar majmuilari va yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar o‘simlik dunyosi monitoringi kuzatishlarining obyektlari hisoblanadi.
Tabiiy o‘simliklar majmuilari va yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni ustidan kuzatishlar monitoring punktlarida, shuningdek, o‘simlik dunyosi obyektlari davlat kadastrini yuritish doirasida o‘tkaziladi.
Monitoring punktlari soni va ular joylashgan joy, monitoring o‘tkazish bo‘yicha ishlar usullari (dala tadqiqotlari metodikasi), kuzatishlar parametrlari ro‘yxati va davriyligi, shuningdek, ularni o‘tkazish muddatlari, monitoring obyektlari bo‘lgan o‘simliklar ro‘yxati O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Davergeodezkadastr va Fanlar akademiyasi bilan kelishgan holda Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-martdagi 99-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2022-y., 09/22/99/0189-son)
27. Monitoring quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
o‘simlik qoplamasining holati va dinamikasini kuzatish;
Qizil kitobga kiritilgan yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar populyatsiyasini kuzatish;
yovvoyi holda o‘suvchi tayyorlov obyektlari hisoblangan dorivor, oziq-ovqat, manzarali va texnik o‘simliklar populyatsiyalarini kuzatish;
o‘simliklarning begona invaziv turlarini kuzatish.
Oldingi tahrirga qarang.
Kuzatishlar olib boriladigan o‘simliklar majmuilari va yovvoyi holda o‘suvchi o‘simlik turlari ro‘yxati shart-sharoitlar va zaruratga bog‘liq ravishda monitoringning har bir punkti uchun O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Davergeodezkadastr va Fanlar akademiyasi bilan kelishgan holda Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
(27-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-martdagi 99-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2022-y., 09/22/99/0189-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Monitoring obyektlari bo‘lgan o‘simliklar majmuilari va yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar turlari ro‘yxatiga o‘zgartirishlar O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Davergeodezkadastr va Fanlar akademiyasining asoslangan takliflari asosida Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan kiritiladi.
(27-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-martdagi 99-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2022-y., 09/22/99/0189-son)
28. Tabiiy o‘simlik majmualari va yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar ustidan kuzatishlar davriyligi monitoring shartlari va usullariga bog‘liq ravishda har bir monitoring punkti uchun alohida bir yilda kamida bir marta belgilanadi.
29. O‘simlik dunyosining har bir monitoring punkti uchun Davlat ekologiya qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va Davergeodezkadastr hududiy organlari tomonidan o‘simlik dunyosi obyektlarini kuzatish punktining pasporti rasmiylashtiriladi.
Monitoring punkti pasportidagi yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar o‘sadigan muhit to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘sish muhitining holati, ekologiyasi hamda antropogen ta’sir intensivligiga bog‘liq holda har bir hudud va monitoring obyekti uchun alohida uch yilda kamida bir marta Davlat ekologiya qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va Davergeodezkadastrning tegishli hududiy organlari tomonidan yangilanadi.
30. O‘simlik dunyosi monitoringi o‘tkazilishi natijasida olingan ma’lumotlar:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘simliklar majmuilari maydoni, qoplamasi, yer ustidagi fitomassasi hosildorligi, turlar tarkibi va tuzilmasi;
(30-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-martdagi 99-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2022-y., 09/22/99/0189-son)
monitoring obyektlari bo‘lgan o‘simliklar turlari maqomi (qo‘riqlanadigan, dorivor, oziq-ovqat, invaziv va shu kabilar);
monitoring obyektlari bo‘lgan o‘simliklar maydoni va populyatsiyasi soni;
monitoring obyektlari bo‘lgan yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar o‘sish muhitining holati;
monitoring obyektlari holati va ularning o‘sish muhitining mumkin bo‘lgan o‘zgarishlari dinamikasi va prognozi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Monitoring materiallari aniq uchastkalarga xos bo‘lgan o‘simliklar majmuilarining, monitoring obyektlari bo‘lgan o‘simliklarning, kuzatishlar o‘tkazish jarayonining, o‘sish muhiti o‘zgarishlarining, antropogen ta’sirga duchor bo‘lgan uchastkalarning va shu kabilarning fotosuratlari bilan tasdiqlanadi.
(30-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-martdagi 99-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2022-y., 09/22/99/0189-son)
31. O‘simlik dunyosi monitoringi natijalari monitoringning har bir punkti bo‘yicha Davlat ekologiya qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va Davergeodezkadastrning tegishli hududiy organlari tomonidan Atrof tabiiy muhit monitoringi tizimining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga axborot yangilangandan keyin 30 sutka mobaynida kiritiladi.
Ishonib topshirilgan hudud bo‘yicha o‘simlik dunyosi monitoringining miqdor va sifat ko‘rsatkichlari, vaziyatning rivojlanish tendensiyasi va prognozini o‘z ichiga olgan umumlashtirilgan ma’lumotlari Davlat ekologiya qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Davergeodezkadastrning hududiy organlari tomonidan hisobot yilidan keyingi yilning 10-fevraligacha har yili qog‘oz va elektron shaklda Markazga yuboriladi.
32. Yovvoyi hayvonlar va ularning yashash muhiti hayvonot dunyosi monitoringini o‘tkazishda kuzatish obyektlari hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hayvonot dunyosi monitoringi Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy organlari tomonidan uning tasarrufidagi muhofaza qilinadigan hududlarda hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa hududlarda, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi organlari tomonidan o‘rmon fondi yerlarida va uning tasarrufidagi boshqa obyektlarda, “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi” MChJ tomonidan Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida va “Mo‘ynoq akvasanoat” davlat unitar korxonasi tomonidan uning tasarrufidagi ko‘llarda amalga oshiriladi.
(32-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
Yovvoyi hayvonlar va ularning yashash muhitini kuzatish monitoring punktlarida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Monitoring punktlari joylashgan joy, ularning soni, monitoring obyektlari bo‘lgan hayvonlar ro‘yxatlari, kuzatishlarni o‘tkazish uchun metodikalar, kuzatishlarning muddatlari va davriyligi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va Fanlar akademiyasi bilan kelishgan holda Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
(32-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-martdagi 99-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2022-y., 09/22/99/0189-son)
33. Monitoring quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
sport-havaskorlik, o‘lja olish ovchiligi va baliqchilik obyektlariga tegishli bo‘lgan yovvoyi hayvonlarni kuzatish;
sanoat ovchiligi va baliqchilikka tegishli bo‘lgan yovvoyi hayvonlar va ularning yashash muhitini kuzatish;
Qizil kitobga kiritilgan yovvoyi hayvonlar, ularning xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa turlarini kuzatish.
34. Hayvonot dunyosi obyektlari monitoringi:
ularning sonini va soni o‘zgarishini aniqlashni;
tarqalish va migratsiya xususiyatini;
hayvonot dunyosi obyektlari yashash muhitining holatini o‘z ichiga oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kuzatish olib boriladigan yovvoyi hayvonlar turlari, shu jumladan indikator turlari ro‘yxati sharoitlarga va zaruratga bog‘liq holda monitoringning har bir punkti uchun alohida O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va Fanlar akademiyasi bilan kelishgan holda Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan kiritiladi.
(34-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-martdagi 99-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2022-y., 09/22/99/0189-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Monitoring obyektlari bo‘lgan yovvoyi hayvonlar turlari ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritish O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va Fanlar akademiyasining asoslangan takliflari asosida Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
(34-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-martdagi 99-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2022-y., 09/22/99/0189-son)
35. Monitoring kuzatishlari davriyligi yashash joyining holatiga, ekologiya va antropogen ta’sir intensivligiga qarab har bir hudud, turlar yoki turlar guruhi uchun yakka tartibda belgilanadi.
Yovvoyi hayvonlar va ularning yashash muhitini kuzatish bir yilda kamida bir marta, shuningdek, monitoring usullariga qarab yil davomida olib boriladi.
36. Monitoringning har bir punktiga hayvonot dunyosi obyektlarini kuzatish punktining pasporti rasmiylashtiriladi, uning asl nusxasi Davlat ekologiya qo‘mitasi hududiy organining tegishli bo‘linmasida saqlanadi.
Monitoring punkti pasportidagi yovvoyi hayvonlar yashash muhiti to‘g‘risidagi ma’lumotlar yashash muhitining holatiga, ekologiyaga va atropogen ta’sir intensivligiga qarab har bir hudud, tur yoki turlar guruhi uchun alohida uch yilda kamida bir marta yangilanadi.
37. Hayvonot dunyosi monitoringini olib borish natijasida olingan axborot:
yovvoyi hayvonlarning tur tarkibi;
maqomi (qo‘riqlanadigan, ovchilik, sanoat va shu kabilar);
yovvoyi hayvonlar soni;
hayvonlarning bo‘lish xususiyati (turg‘un, uya qo‘yadigan, ko‘chib yuradigan, qishlaydigan turlari);
Oldingi tahrirga qarang.
alohida turlar soni dinamikasi va yovvoyi hayvonlar majmui tuzilmasi;
(37-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-martdagi 99-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2022-y., 09/22/99/0189-son)
hayvonot dunyosi obyektlarining ko‘payishi;
yovvoyi hayvonlarning tarqalishi;
yovvoyi hayvonlarning jismoniy holati;
yovvoyi hayvonlar yashash muhiti tuzilmasi, sifati va maydoni;
yovvoyi hayvonlar va ular yashash muhiti holatining mumkin bo‘lgan o‘zgarishlari prognozi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan barcha ma’lumotlar tegishli monitoring punkti pasportida aks ettiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
38. Hayvonot dunyosi monitoringining natijalari Davlat ekologiya qo‘mitasi va O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining tegishli hududiy organlari, shuningdek “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi” MChJ va “Mo‘ynoq akvasanoat” davlat unitar korxonasi tomonidan Atrof tabiiy muhit monitoringi tizimining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga ma’lumotlar yangilangandan keyin 30 sutka mobaynida kiritiladi.
Ishonib topshirilgan hudud bo‘yicha hayvonot dunyosi monitoringining miqdor va sifat ko‘rsatkichlari, vaziyatning rivojlanish tendensiyasi va prognozini o‘z ichiga umumlashtirilgan ma’lumotlari Davlat ekologiya qo‘mitasi va O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining tegishli hududiy organlari, shuningdek “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi” MChJ va “Mo‘ynoq akvasanoat” davlat unitar korxonasi tomonidan har yili hisobot yilidan keyingi yilning 10-fevraligacha qog‘ozda va elektron shaklda Markazga yuboriladi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
4-bob. Atmosfera havosi, yer usti suvlari (tabiiy suv oqimlari) va tuproq ifloslanishi monitoringi, shuningdek, fon monitoringi
39. Atmosfera havosi ifloslanishining monitoringi respublikaning shaharlari va aholi punktlarida joylashgan statsionar kuzatish punktlarida (postlarida) amalga oshiriladi.
Kuzatish postlarini joylashtirish va ularning soni aholi soni, joyning relyefi hisobga olingan holda “O‘zgidromet” markazi tomonidan belgilanadi va Davlat ekologiya qo‘mitasi bilan kelishiladi.
Kuzatish punkti joylashgan joydan kelib chiqib aniqlanadigan asosiy va o‘ziga xos ifloslantiruvchi moddalar mavjudligi yuzasidan atmosfera havosidan namunalar olish hamda ularni sinash kamida sutkada uch marta o‘tkaziladi.
Atmosfera havosi namunalari tahlillarining natijalari ish jurnalida qayd etiladi, uning asl nusxasi “O‘zgidromet” markazining tegishli tahliliy laboratoriyasida saqlanadi.
Natijalar olingandan keyin bir sutka mobaynida har bir tahlil bo‘yicha ma’lumotlar “O‘zgidromet” markazining hududiy organi tomonidan Atrof tabiiy muhit monitoringi tizimining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga kiritiladi.
Atmosfera havosi ifloslanishi monitoringining umumlashtirilgan ma’lumotlari har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasigacha tegishli hududiy organ tomonidan “O‘zgidromet” markaziga yuboriladi.
“O‘zgidromet” markazi har chorakda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasigacha atmosfera havosi ifloslanishi monitoringining umumlashtirilgan ma’lumotlarini kuzatish postlaridan qog‘ozda va elektron shaklda Markazga yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilangan normalardan besh baravar ortiq bo‘lgan holat aniqlanganda, tahlillar natijalari darhol “O‘zgidromet” markazining hududiy organi tomonidan tezkor Davlat geologiya qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Sanepidqo‘mning hududiy organlariga tegishli choralar ko‘rish uchun yuboriladi.
(39-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Kuzatish postida avtomatik stansiya mavjud bo‘lgan taqdirda, atmosfera havosi ifloslanishining holati to‘g‘risidagi ma’lumot real vaqt rejimida Atrof tabiiy muhit monitoringi tizimining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga uzatiladi.
40. Yer usti suvlari ifloslanishi monitoringi kimyoviy va gidrobiologik ko‘rsatkichlar bo‘yicha respublikaning asosiy suv oqimlarida o‘tkaziladi.
Namunalarni olish nuqtalari geografik, gidrologik xususiyatlardan hamda ifloslanish manbalari joylashishidan kelib chiqib Davlat ekologiya qo‘mitasi bilan kelishgan holda “O‘zgidromet” markazi tomonidan belgilanadi.
Ifloslanishning kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha kuzatishlar har oyda yoki suvda tuz tarkibi komponentlari, biogen moddalar, ustuvor ro‘yxatning ifloslantiruvchi moddalari va o‘ziga xos ifloslantiruvchi komponentlar mavjudligi bo‘yicha asosiy gidrologik fazalarda olib boriladi.
Gidrobiologik ko‘rsatkichlar (zoobintoz, perefiton, makrofitlar) bo‘yicha kuzatishlar mart oyidan noyabr oyigacha har oyda o‘tkaziladi.
Yer usti suvlari namunalari tahlilining natijalari ish jurnalida rasmiylashtiriladi, uning asl nusxasi “O‘zgidromet” markazining tegishli laboratoriyasida saqlanadi.
Natijalar olingandan keyin bir sutka mobaynida har bir tahlil bo‘yicha ma’lumotlar “O‘zgidromet” markazining tegishli laboratoriyasi tomonidan Atrof tabiiy muhit monitoringi tizimining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga kiritiladi.
Muayyan hududda yer usti suvlari ifloslanishi monitoringining umumlashtirilgan ma’lumotlari hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasigacha har oyda tegishli hududiy boshqarma tomonidan “O‘zgidromet” markaziga yuboriladi.
“O‘zgidromet” markazi har chorakda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasigacha atmosfera havosi ifloslanishi monitoringining umumlashtirilgan ma’lumotlarini kuzatish postlaridan qog‘ozda va elektron shaklda Markazga yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilangan normalardan o‘n baravar ortiq bo‘lgan holat aniqlanganda, tahlillar natijalari darhol “O‘zgidromet” markazining hududiy organi tomonidan tegishli chora-tadbirlarni tezkor ko‘rish uchun Davlat geologiya qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Sanepidqo‘mning hududiy organlariga yuboriladi.
(40-bandning to‘qqiznchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
41. Tuproqning ifloslanishi monitoringi amalga oshiriladigan qishloq xo‘jaligi tadbirlaridan va sanoat obyektlari joylashishidan kelib chiqib, Davlat ekologiya qo‘mitasi bilan kelishgan holda “O‘zgidromet” markazi tomonidan namunalar olish nuqtalarida amalga oshiriladi.
Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan tuproq namunalarini olish va tahlil qilish bir yilda ikki marta (bahorda va kuzda) amalga oshiriladi, yirik shaharlar atrofidagi tuproqdan sanoat toksikantlariga namuna esa davriy dastur bo‘yicha ketma-ket tartibda bir yilda bir marta olinadi.
Tuproq ifloslanishi monitoringi natijalari ish jurnalida qayd etiladi, uning asl nusxasi “O‘zgidromet” markazining tegishli laboratoriyasida saqlanadi.
Natijalar olingandan keyin bir sutka mobaynida har bir tahlil bo‘yicha ma’lumotlar “O‘zgidromet” markazining tegishli laboratoriyasi tomonidan Atrof tabiiy muhit monitoringi tizimining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga kiritiladi.
Muayyan hududda tuproq ifloslanishi monitoringining umumlashtirilgan monitoringi har yarim yilda, hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasigacha tegishli hududiy boshqarma tomonidan “O‘zgidromet” markaziga yuboriladi.
“O‘zgidromet” markazi har yarim yilda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasigacha tuproq ifloslanishi monitoringining umumlashtirilgan ma’lumotlarini qog‘ozda va elektron shaklda Markazga yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilangan normalardan yigirma baravar ortiq bo‘lgan holat aniqlanganda, tahlillar natijalari darhol “O‘zgidromet” markazining tegishli laboratoriyasi tomonidan Davlat ekologiya qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Sanepidqo‘mning hududiy organlariga tezkor tegishli choralar ko‘rish uchun yuboriladi.
(41-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
42. Fon monitoringi barcha biosfera qo‘riqxonalari hududida va Davlat ekologiya qo‘mitasi bilan kelishgan holda “O‘zgidromet” markazi tomonidan belgilanadigan nuqtalarda atmosfera havosi, yer usti suvlari, tuproq, o‘simliklar va yog‘ingarchiliklarning ifloslanishi yuzasidan o‘tkaziladi.
Atmosfera havosi namunalari sutkada kamida uch marta olinadi.
Yer usti suvlari namunalari har oyda yoki asosiy gidrologik fazalarda olinadi.
Atmosfera yog‘ingarchiliklari namunalari ularning yog‘ishiga qarab olinadi va har oyda “O‘zgidromet” markaziga yetkaziladi.
Tuproq va o‘simliklar namunalari bir yilda bir marta avgust oyida olinadi.
Barcha muhitlarda olingan namunalarning tahlil natijalari ish jurnallarida qayd etiladi, ularning asl nusxalari “O‘zgidromet” markazining tegishli hududiy organlarida saqlanadi.
Natijalar olingandan keyin bir sutka mobaynida har bir tahlil bo‘yicha ma’lumotlar “O‘zgidromet” markazining tegishli hududiy organi tomonidan Atrof tabiiy muhit monitoringi tizimining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga kiritiladi.
Biosfera qo‘riqxonasi hududida fon monitoringining umumlashtirilgan ma’lumotlari har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasigacha “O‘zgidromet” markaziga yuboriladi.
“O‘zgidromet” markazi har chorakda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasigacha muayyan hududda monitoring obyektlarini kuzatishning mavjud va atrof-muhit holatini baholash ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan fon monitoringining umumlashtirilgan ma’lumotlarini qog‘oz va elektron shaklda Markazga yuboradi.
Kuzatish postida avtomatik stansiya mavjud bo‘lgan taqdirda, atmosfera havosi ifloslanishining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar real vaqt rejimida Atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga uzatiladi.
5-bob. Asosiy kollektorlarning kollektor-drenaj suvlari sifat tarkibining monitoringi
43. Asosiy kollektorlarning kollektor-drenaj suvlari sifat tarkibining monitoringi (keyingi o‘rinlarda kollektor-drenaj suvlari monitoringi deb ataladi) sizot suvlarning mineral tarkibi va cho‘kish darajasini aniqlash uchun respublikaning asosiy kollektorlarida va meliorativ quduqlarida o‘tkaziladi.
44. Namunalarni olish nuqtasi kollektorlarning geografik va gidrologik xususiyatlaridan kelib chiqib, Davlat ekologiya qo‘mitasi bilan kelishgan holda Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Namunalarni olish va ularni tahlil qilish Suv xo‘jaligi vazirligining hududiy laboratoriyalari tomonidan:
respublikaning asosiy kollektorlarida — har oyda;
meliorativ quduqlarda — har yili amalga oshiriladi.
Meliorativ quduqlarning kollektor-drenaj va sizot suvlari namunalarining tahliliy natijalari ish jurnalida rasmiylashtiriladi, uning asl nusxasi Suv xo‘jaligi vazirligining tegishli laboratoriyasida saqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
45. Natijalar olingandan keyin bir sutka mobaynida har bir tahlil bo‘yicha ma’lumotlar Suv xo‘jaligi vazirligining tegishli laboratoriyasi tomonidan Atrof tabiiy muhit monitoringi tizimining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga kiritiladi.
(45-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-martdagi 99-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2022-y., 09/22/99/0189-son)
Muayyan hududda meliorativ quduqlarning kollektor-drenaj va sizot suvlari ifloslanishi monitoringining umumlashtirilgan ma’lumotlari har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasigacha tegishli laboratoriya tomonidan Suv xo‘jaligi vazirligiga yuboriladi.
Suv xo‘jaligi vazirligi har chorakda hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasigacha muayyan hududda monitoring obyektlarini kuzatish va atrof-muhit holati baholanishi ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan meliorativ quduqlarning kollektor-drenaj va sizot suvlari ifloslanishi monitoringining umumlashtirilgan ma’lumotlarini qog‘oz va elektron shaklda Markazga yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
46. Belgilangan normalardan ikki baravar ortiq bo‘lgan holat aniqlanganda, tahlillar natijalari darhol Suv xo‘jaligi vazirligining tegishli laboratoriyasi tomonidan Davlat ekologiya qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Sanepidqo‘mning hududiy organlariga hamda Suv xo‘jaligi vazirligining kollektorlar oqimidan pastda joylashgan hududiy organlariga tezkor tegishli choralar ko‘rish uchun yuboriladi.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
6-bob. Yerning ifloslanish monitoringi
47. Yerning ifloslanish monitoringi Davlat ekologiya qo‘mitasi bilan kelishgan holda har yili Davergeodezkadastr tomonidan tasdiqlanadigan Sanoat obyektlarining zararli tashlamalari ta’siriga duchor bo‘lgan qishloq xo‘jaligi yerlarining ifloslanishi darajasini nazorat qilish dasturiga (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) muvofiq qishloq xo‘jaligi yerlarining ifloslanish darajasini muntazam kuzatishlar tizimini ifoda etadi.
48. Yerlarning ifloslanish monitoringi Davergeodezkadastrning tegishli bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
49. Qishloq xo‘jaligi yerlarining ifloslanish darajasini aniqlashda tuproqdagi chirindi miqdori, shuningdek, tuproq tarkibining o‘zgarishi, gipsliligi, begona o‘t bosganligi, sho‘rlanganligi, yerlarning pestitsidlar, og‘ir metallar, radionuklidlar va boshqa zaharli moddalar, sanoat, maishiy va boshqa chiqindilar bilan ifloslanganligi aniqlanadi.
(49-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-martdagi 99-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2022-y., 09/22/99/0189-son)
50. Kuzatishlarning asosiy uchastkalari joylashgan joy, ularning soni va har bir asosiy uchastkada nazorat qilinadigan ifloslantiruvchi moddalar ro‘yxati ifloslantiruvchi manbalar va ifloslangan yer maydonlari joylashishiga qarab Dasturda belgilanadi.
51. Asosiy uchastkalarda tuproq namunalari har yili yiliga 2-martda (bahorda va kuzda) olinadi.
Tuproq namunalari tahlilining natijalari ish jurnalida rasmiylashtiriladi, uning asl nusxasi Davergeodezkadastrning tegishli laboratoriyasida saqlanadi.
Natijalar olinganidan keyin bir sutka mobaynida ular Davergeodezkadastrning tegishli hududiy bo‘linmasi tomonidan Atrof tabiiy muhit monitoringi tizimining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga kiritiladi.
Muayyan hududda yerlar ifloslanishi monitoringining umumlashtirilgan ma’lumotlari har yarim yilda, hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasigacha tegishli laboratoriya tomonidan Davergeodezkadastrga yuboriladi.
Davergeodezkadastr har yarim yilda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasigacha yerlar ifloslanishi monitoringining umumlashtirilgan ma’lumotlarini qog‘oz va elektron shaklda Markazga yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilangan normalardan o‘n baravar ortiq bo‘lgan holatda aniqlanganda, tahlillar natijalari darhol Davergeodezkadastrning Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Sanepidqo‘mning hududiy organlariga tezkor tegishli choralar ko‘rish uchun yuboriladi.
(51-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
7-bob. Yer osti suvlari ifloslanishi va xavfli geologik jarayonlar monitoringi
52. Yer osti suvlari ifloslanishining monitoringi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-iyundagi 430-son qarori bilan tasdiqlangan Yer osti suvlarining davlat monitoringi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda ushbu Nizom talablari hisobga olingan holda, respublika hududida yer osti suvlari, shu jumladan mineral, termal va sanoat suvlarining sifat holatini muntazam kuzatish tizimini ifoda etadi.
53. Yer osti suvlari ifloslanishining monitoringi Davlat geologiya qo‘mitasining hududiy gidrogeologiya stansiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
54. Namunalarni olish joyi, chuqurligi, davriyligi va tahlil qilish turlari Davlat geologiya qo‘mitasi bilan kelishilgan holda hududiy gidrogeologik stansiyalarning monitoringi natijalari asosida qo‘mita tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan Yer osti suvlari davlat monitoringini yuritish loyihasi bilan belgilanadi.
55. Yer osti suvlaridan olingan namunalarining tahlil natijalari ish jurnalida rasmiylashtiriladi, uning asl nusxasi Davlat geologiya qo‘mitasining tegishli hududiy gidrogeologiya stansiyalarida saqlanadi.
Natijalar olingandan keyin bir sutka mobaynida har bir tahlil bo‘yicha ma’lumotlar hududiy gidrogeologiya stansiyasi tomonidan Atrof tabiiy muhit monitoringi tizimining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga kiritiladi.
Muayyan hududda yer osti suvlari ifloslanishi monitoringining umumlashtirilgan ma’lumotlari har chorakda, hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasigacha hududiy gidrogeologiya stansiyalari tomonidan Davlat geologiya qo‘mitasiga yuboriladi.
Davlat geologiya qo‘mitasi har chorakda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasigacha muayyan hududda monitoring obyektlarini kuzatish va atrof-muhitning tegishli komponenti holatini baholash ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan yer osti suvlari ifloslanishi monitoringining umumlashtirilgan ma’lumotlarini qog‘oz va elektron shaklda Markazga yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilangan normalardan besh baravar ortiq bo‘lgan holat aniqlanganda, tahlillar natijalari darhol Davlat geologiya qo‘mitasining hududiy gidrogeologiya stansiyalari tomonidan Davlat ekologiya qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Sanepidqo‘mning hududiy organlariga tezkor tegishli choralar ko‘rish uchun yuboriladi.
(55-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
56. Xavfli geologik jarayonlar monitoringi o‘zida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarini, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini va boshqa tashkilotlarni, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi hududida tabiiy va xo‘jalik faoliyati natijasida yuzaga keladigan xavfli ekzogen geologik jarayonlarning paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan halokatli ko‘rinishlaridan ogohlantirish (ko‘chkilar, ko‘chishlar, cho‘kishlar, suffoziyalar, karstlar) (keyingi o‘rinlarda xavfli geologik jarayonlar deb ataladi), aholini xabardor qilish, aholi punktlari va boshqa obyektlarni ushbu jarayonlar ta’siridan himoya qilish bo‘yicha qarorlar qabul qilish va tadbirlarni amalga oshirish uchun ushbu jarayonlarning hosil bo‘lishi va rivojlanishi, shuningdek, prognozlashtirish uchun tizimli kuzatishni ifoda etadi.
57. Xavfli geologik jarayonlar monitoringi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 13-noyabrdagi 909-son qarori bilan tasdiqlangan tartibda, ushbu Nizomda belgilangan xususiyatlar hisobga olingan holda Davlat geologiya qo‘mitasi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasi xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati (keyingi o‘rinlarda Davlat kuzatish xizmati deb ataladi) tomonidan o‘tkaziladi.
58. Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish uchastkalari va ularning davriyligi Davlat ekologiya qo‘mitasi bilan kelishgan holda Davlat kuzatish xizmati tomonidan belgilanadi.
59. Xavfli geologik jarayonlar monitoringi natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi va uning asl nusxasi tegishli hududiy kuzatish stansiyasida saqlanadi.
Kuzatishlar natijalari olingandan keyin bir sutka mobaynida ularning ma’lumotlari tegishli hududiy kuzatish stansiyalari tomonidan Atrof tabiiy muhit monitoringi tizimining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga kiritiladi.
Muayyan hududda xavfli geologik jarayonlar monitoringining umumlashtirilgan ma’lumotlari har chorakda, hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasigacha qog‘oz shaklida Davlat geologiya qo‘mitasiga yuboriladi.
Davlat geologiya qo‘mitasi har chorakda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasigacha muayyan hududda monitoring obyektlarini kuzatishlar va atrof-muhitning tegishli komponentlari holatini baholash ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan xavfli geologik jarayonlar monitoringining umumlashtirilgan ma’lumotlarini qog‘oz va elektron shaklda Markazga yuboradi.
Tabiiy va xalq xo‘jaligi obyektlariga, shuningdek, aholiga xavf tug‘diruvchi xavfli geologik jarayonlar yuzaga kelishi belgilari aniqlanganda, olib borilgan kuzatishlar ma’lumotlari darhol tegishli hududiy kuzatish stansiyasi tomonidan Davlat ekologiya qo‘mitasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli organlariga tezkor tegishli choralar ko‘rish uchun yuboriladi.
8-bob. Atrof tabiiy muhitning sanitariya-gigiyenik monitoringi
Oldingi tahrirga qarang.
60. Atrof tabiiy muhitning sanitariya-gigiyenik monitoringi O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan tasdiqlanadigan nuqtalarda (joylarda) atmosfera havosi va suv havzalari suvlarining namunalarini olish va sanitariya normalari, qoidalari va gigiyenik normativlarga muvofiqlik yuzasidan laboratoriya-instrumental tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish yo‘li bilan Sanepidqo‘m hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(60-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
61. Atmosfera havosining sanitariya-gigiyenik monitoringi mavjud va yangi qurilayotgan aholi punktlarining seliteb hududida:
sanoat korxonalarining sanitariya-himoya zonalarida;
transport intensiv harakatlanadigan asosiy magistrallar, chorrahalar va tumanlarda;
avtomagistrallarga tutashib ketgan turar joy tumanlarida amalga oshiriladi.
Tegishli hududiy bosh davlat sanitariya vrachlari tomonidan kelgusi kalendar yilga tasdiqlanadigan atmosfera havosini tekshirishning reja-jadvallari har yili 25-dekabrgacha ishlab chiqiladi.
Atmosfera havosi namunalarini olish, ularning natijalarini tahlil qilish va rasmiylashtirish tartibi atmosfera havosida u yoki bu ko‘rsatkichlarni aniqlash bo‘yicha tasdiqlangan metodikalar va yo‘riqnomalarga muvofiq amalga oshiriladi va hisobga olish-hisobot hujjatlarining tasdiqlangan shakllariga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Sanitariya-epidemiologik monitoring ma’lumotlar bankini shakllantirish tuman darajasida boshlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Atmosfera havosi ifloslanishi monitoringining natijalari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, uning asl nusxasi Sanepidqo‘mning tegishli hududiy organida saqlanadi.
(61-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Tahlillar natijalari olingandan keyin bir sutka mobaynida ularning natijalari Atrof tabiiy muhit monitoringi tizimining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Muayyan hududda atmosfera havosi ifloslanishi monitoringining umumlashtirilgan ma’lumotlari har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasigacha qog‘oz va elektron shaklda Sanepidqo‘m markaziy apparatiga yuboriladi.
(61-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Sanepidqo‘m markaziy apparati har chorakda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasigacha atmosfera havosi monitoringining umumlashtirilgan ma’lumotlarini qog‘oz va elektron shaklda Markazga yuboradi.
(61-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
62. Xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti va rekreatsion foydalanish manbalari hisoblangan ochiq suv havzalari suv havzalari suvining sanitariya-gigiyenik monitoringi obyekti hisoblanadi.
63. Suv havzalari suvining sanitariya-gigiyenik monitoringining davriyligi sanitariya-epidemiologik vaziyat bilan belgilanadi va aholi punktida o‘tkaziladigan sanitariya tadbirlari bilan o‘zaro bog‘liqdir.
Tegishli hududiy bosh davlat sanitariya vrachlari tomonidan kelgusi kalendar yilga tasdiqlanadigan suv havzalarini tekshirishning reja-jadvallari har yili 25-dekabrgacha ishlab chiqiladi.
Bunda aprel — oktabr oylarida suvdan ommaviy foydalaniladigan joylarda mikrobiologik ko‘rsatkichlar bo‘yicha suv havzalari suvining namunalari 7 — 10 kunda kamida bir marta va qisqa sanitariya-gigiyenik tahlili uchun oyiga kamida 4-marta olinadi.
Suv havzalarida patogen mikroflora va entreviruslar bo‘yicha suv havzalari suvining namunalarini har 10 kunda olish nazarda tutiladi.
Qolgan davrda namunalar tegishli suv havzasidagi gidrologik vaziyatlardan (suv borligidan) kelib chiqib olinadi.
64. Suv havzalari suvidan namunalar olish, tahlil qilish va ularning natijalarini rasmiylashtirish tartibi suv havzalari suvidagi u yoki bu ko‘rsatkichlarni aniqlash bo‘yicha tasdiqlangan metodikalar va yo‘riqnomalarga muvofiq amalga oshiriladi va hisobga olish — hisobot hujjatlarining tasdiqlangan shakllariga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Tuman darajasida kimyoviy va bakteriologik tekshirishlar qisqartirilgan sxema bo‘yicha amalga oshiriladi, shundan keyin suv havzalarining sanitariya-epidemiologiya holatini kuzatish natijalari tahlil qilinadi va ma’lumotlarining ishonchliligi baholanadi, sanitariya-epidemiologiya monitoring natijalari umumlashtiriladi, kuzatish obyekti holati baholanadi va yomonlashish sabablari aniqlanadi.
Sanitariya-epidemiologiya monitoringining ma’lumotlar bankini shakllantirish tuman darajasida boshlanadi.
Viloyat va respublika darajalarida kimyoviy va bakteriologik tadqiqotlar kompleks tarzda (to‘liq dastur bo‘yicha) amalga oshiriladi.
65. Suv havzalarining suv ifloslanish darajasi bo‘yicha suv obyektlarining gigiyenik klassifikatsiyasiga muvofiq umumlashtirilgan holda baholanadi.
Suv obyektining sanitariya holati tuman darajasidan boshlab 4 ta: organoleptik, toksikologik, umumiy sanitariya va bakteriologik ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholanadi.
Suv havzalari suvining sifatini kompleks gigiyenik baholash uchun aholining suvdan foydalanishining sanitariya holati va sharoitlari tavsifi bo‘yicha barcha mavjud materiallardan foydalaniladi, sanitariya vaziyati — suvdan foydalanish punktlarining joylashishi va xususiyati, oqova suvlar tushish joylari, suv havzalari uchastkalarining ifloslanish turlari va boshqalar ko‘rsatilgan holda xarita-sxemalar tuziladi. Xarita-sxemaga ifloslanish darajasi bo‘yicha suv obyektlari klassifikatsiyasi natijalari ham tushiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
66. Suv havzalari suvining sanitariya-gigiyenik monitoringi natijalari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, uning asl nusxasi Sanepidqo‘mning tegishli hududiy organida saqlanadi.
(66-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tahlillar natijalari olingandan keyin bir sutka mobaynida ularning natijalari Sanepidqo‘mning hududiy organi tomonidan Atrof tabiiy muhit monitoringi tizimining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga kiritiladi.
(66-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Muayyan hududda suv havzalari suvining sanitariya-gigiyenik monitoringining umumlashtirilgan ma’lumotlari, shuningdek, tegishli xarita-sxemalar har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunigacha qog‘oz shaklida Sanepidqo‘m markaziy apparatiga yuboriladi.
(66-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Sanepidqo‘m markaziy apparati har chorakda hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha suv havzalari suvining sanitariya-gigiyenik monitoringining umumlashtirilgan ma’lumotlarini Markazga yuboradi.
(66-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
9-bob. Atrof tabiiy muhitning ishlab chiqarish monitoringi
67. Faoliyati atrof tabiiy muhitning yomonlashishiga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan atrof-muhitga ta’siri xavfi yuqori va o‘rtacha bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan atrof tabiiy muhitning idoraviy monitoringi majburiy tartibda amalga oshiriladi.
Atrof tabiiy muhitning ishlab chiqarish monitoringi atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi bilan qamrab olinmagan obyektlarda (manbalarda) o‘tkaziladi va ifloslantirish manbalarida, shuningdek, ularga tutashib ketgan aholi punktlarida ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish (tashlash) hajmlarini muntazam kuzatishni ifoda etadi.
68. Ushbu Nizomning 67-bandida ko‘rsatilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning axborot-tahlil bo‘linmalari (xizmatlari):
ma’muriy-hududiy tuzilma doirasida barcha maxsus vakolatli davlat organlari bilan o‘zaro axborot hamkorligini tashkil etadi;
xo‘jalik faoliyati uchun ajratilgan hudud doirasida tabiiy muhit, tabiiy resurslar to‘g‘risida axborotni to‘playdi, qayta ishlaydi, ma’lumotlarni tahlil qiladi va axborot tayyorlaydi;
xo‘jalik faoliyati uchun ajratilgan hudud doirasida tabiiy muhit komponentlari o‘zgarishlarini prognozlashtiradi va ekologik ofat zonalari, favqulodda ekologik vaziyatlar yuzaga kelishining, shuningdek, tabiiy muhit salbiy o‘zgarishlarining oldini olish bo‘yicha tadbirlarni axborot bilan ta’minlaydi;
ifloslantirish manbalarida, shuningdek, ularga tutash bo‘lgan aholi punktlarida Davlat ekologiya qo‘mitasi va “O‘zgidromet” markazi bilan kelishgan holda, ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish (tashlash)ni hisobga olish bo‘yicha avtomatik stansiyalarni o‘rnatishni nazarda tutuvchi dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
69. Atrof tabiiy muhitning ishlab chiqarish monitoringi doirasida olingan namunalar akkreditatsiya qilingan yoki texnik jihatdan malakaliligi ma’qullangan laboratoriyalarda sinovdan o‘tkaziladi.
(69-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-martdagi 99-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2022-y., 09/22/99/0189-son)
Ifloslashtirish manbalarida, shuningdek, ifloslantirish manbaiga tutash bo‘lgan aholi punktlarida ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish (tashlash)ni hisobga olish bo‘yicha avtomatik stansiyalar majburiy tartibda Atrof tabiiy muhit monitoringi tizimining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga ulanadi.
70. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning atrof tabiiy muhitning ishlab chiqarish monitoringini amalga oshiruvchi axborot-tahlil bo‘linmalari (xizmatlari) har yili, hisobot yilidan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmasdan, Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy organlariga ishlab chiqarish monitoringi natijalarini yuboradi.
Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy organlari ma’muriy-hududiy tuzilma doirasida tabiiy muhit holati to‘g‘risida umumlashtirilgan ma’lumotlarni, ma’ruzalarni (hisobotlarni) Markazga yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilangan normalardan besh baravar ortiq bo‘lgan holat aniqlanganda, xo‘jalik yurituvchi subyektlar Davlat ekologiya qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Sanepidqo‘mning hududiy organlariga operativ (tezkor) ma’lumotnomalarni yuboradi va bir vaqtning o‘zida chiqindilar (tashlamalar) ortishining sabablarini aniqlab, bartaraf etilguncha xo‘jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish faoliyatini pasaytirilishi yoki to‘xtatib turilishini ta’minlaydilar.
(70-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mansabdor shaxslari xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish faoliyati o‘z vaqtida pasaytirilishi yoki to‘xtatib turilishi uchun shaxsan javob beradilar.
10-bob. Atrof tabiiy muhit monitoringining natijalari
71. Atrof tabiiy muhit monitoringining umumlashtirilgan ma’lumotlari har yili 1-maygacha Markaz tomonidan Davlat ekologiya qo‘mitasiga qog‘oz shaklida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborish uchun taqdim etiladi.
Ushbu axborot Markaz tomonidan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, yuridik shaxslarga belgilangan tartibda taqdim etilishi mumkin va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish davlat dasturlari loyihalarini, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning prognozlari va dasturlarini tayyorlashda hisobga olinishi kerak, shuningdek, atrof tabiiy muhitning holati to‘g‘risida fuqarolarni xabardor qilishda va uni muhofaza qilish chora-tadbirlarida, boshqa maqsadlarda undan foydalanish zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
72. Atrof tabiiy muhit monitoringi ma’lumotlari asosida:
Davlat ekologiya qo‘mitasi har uch yilda O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit holati va tabiiy resurslardan foydalanish to‘g‘risidagi milliy ma’ruzaning;
Markaz har yili 15-maygacha atrof tabiiy muhit holati to‘g‘risida byulletenning tayyorlanishini va nashr etilishini ta’minlaydi.
(72-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-martdagi 99-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2022-y., 09/22/99/0189-son)
73. Atrof tabiiy muhit monitoringi tizimining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasida jamlangan ma’lumotlar asosida O‘zbekiston Respublikasining elektron ekologik xaritasi tuziladi va Internet tarmog‘ida Davlat ekologiya qo‘mitasining rasmiy saytida foydalanish uchun ochiq holda joylashtiriladi.
11-bob. Yakunlovchi qoidalar
74. Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimini yuritish ishlari O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetidan moliyalashtiriladigan vazirliklar va idoralar tomonidan ularga kalendar yilga ajratiladigan umumiy budjet mablag‘lari doirasida amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish monitoringi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Atrof tabiiy muhit monitoringi bo‘yicha davlatlararo va xalqaro dasturlar O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlat va xalqaro tashkilotlar bilan tuziladigan bitimlari va shartnomalarida belgilanadigan tartibda va shartlarda moliyalashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Respublikada atrof tabiiy muhitning monitoringi ma’lumotlarini to‘plash va umumlashtirish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich

Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy organlari

1. Atmosfera havosining ifloslanish manbalaridan namuna olish va tahlil qilish.

har oy

2. Oqova suvlar, yer usti suvlari (oqova suvlar tashlash manbalari joylashgan hududlarda) va yer osti suvlari (aniqlangan va potensial ifloslantiruvchi manbalar joylashgan hududlarda) namunalarini olish va tahlil qilish.

har chorak

3. Tuproqni potensial ifloslantiruvchi manbalari joylashgan hududlarda tuproq namunalarini olish va tahlil qilish.

yiliga ikki marta

4. Idoraviy mansub hududlarda yovvoyi o‘simliklar monitoringi.

har yili

5. Idoraviy mansub hududlarda yovvoyi hayvonlar va ularning yashash muhiti monitoringi.

har yili

“O‘zgidromet” markazi

1. Avtomatik stansiyalar yordamida atmosfera havosi sifatining nazorati

onlayn-rejimda

2. Respublikaning asosiy suv oqimlarida yer usti suvlari namunalarini olish va tahlil qilish

har oy

3. Tuproq namunalarini olish va tahlil qilish.

yiliga ikki marta

4. Yirik shaharlar atrofidagi tuproqdan sanoat toksikantlariga namuna olish va tahlil qilish

har yili

5. Fon monitoringi o‘tkazilganda:

har oy

atmosfera havosi;

sutkasida kamida uch marta

yer usti suvlari;

har oy

atmosfera yog‘ingarchiliklari;

yog‘inlar yog‘ishiga qarab

tuproq va o‘simliklardan namunalarini olish va tahlil qilish.

har yili

Suv xo‘jaligi vazirligi

Quyidagi obyektlarda suv namunalarini olish va tahlil qilish:

respublikaning asosiy kollektorlari;

har oy

meliorativ quduqlar.

har yili

Davergeodezkadastr

1. Qishloq xo‘jaligi yerlari tuprog‘idan namuna olish va tahlil qilish.

yiliga ikki marta

2. Tabiiy yaylovlar o‘simliklari monitoringi.

har yili

Davlat geologiya qo‘mitasi

1. Yer osti suvlari namunalarini olish va tahlil qilish.

2. Xavfli geologik jarayonlar monitoringi.

monitoring dasturiga binoan

Sanepidqo‘m

1. Aholi punktlarining seliteb hududida, sanoat korxonalarining sanitariya-himoya zonalarida, transport intensiv harakatlanadigan asosiy magistrallar, chorrahalar va tumanlarda, avtomagistrallarga tutashib ketgan turar joy tumanlarida atmosfera havosi namunalarini olish va tahlil qilish.

monitoring dasturiga binoan

2. Xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti va rekreatsion foydalanish manbalari hisoblangan ochiq suv havzalari suvidan namunalar olish va tahlil qilish.

monitoring dasturiga binoan

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi

Yer fondi va idoraviy mansub obyektlardagi o‘simlik va hayvonot dunyosi monitoringi.

har yili

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ifloslanish manbalarida namunalar olish va tahlil qilish.

monitoring dasturiga binoan

“Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi” MChJ,

“Mo‘ynoq akvasanoat” DUK

Tasarrufidagi ko‘llarda hayvonot dunyosi monitoringi.

har yili

2-bosqich

Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy organlari

1. Olingan natijalar ma’lumotlarini atrof-muhit ifloslanishi manbalari monitoringi tizimining ma’lumotlar bazasiga kiritish.

sutka mobaynida

2. O‘simlik va hayvonot dunyosi monitoringi natijalarini atrof-muhit monitoringi tizimining ma’lumotlar bazasiga kiritish.

30 sutka mobaynida

“O‘zgidromet” markazi

Atmosfera havosi, yer usti suvlari holati va fon monitoringi ma’lumotlarini atrof-muhit monitoringi tizimining ma’lumotlar bazasiga kiritish.

sutka mobaynida

Suv xo‘jaligi vazirligi

Olingan suv namunalari natijalari bo‘yicha ma’lumotlarni atrof-muhit monitoringi tizimining ma’lumotlar bazasiga kiritish.

sutka mobaynida

Davergeodezkadastr

1. Olingan tuproq namunalari natijalari bo‘yicha ma’lumotlarni atrof-muhit monitoringi tizimining ma’lumotlar bazasiga kiritish.

sutka mobaynida

2. O‘simlik dunyosi monitoringi natijalarini atrof-muhit monitoringi tizimining ma’lumotlar bazasiga kiritish.

30 sutka mobaynida

Davlat geologiya qo‘mitasi

Olingan suv namunalari natijalari bo‘yicha va xavfli geologik jarayonlar bo‘yicha ma’lumotlarni atrof-muhit monitoringi tizimining ma’lumotlar bazasiga kiritish.

sutka mobaynida

Sanepidqo‘m

Atmosfera havosidan va suv havzalari suvidan olingan namunalar natijalari bo‘yicha ma’lumotlarni atrof-muhit monitoringi tizimining ma’lumotlar bazasiga kiritish.

sutka mobaynida

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi

O‘simlik va hayvonot dunyosi monitoringi natijalarini atrof-muhit monitoringi tizimining ma’lumotlar bazasiga kiritish.

30 sutka mobaynida

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar

Atrof-muhit holati bo‘yicha olib borilayotgan kuzatuvlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy organlariga yuborish.

har yili 1-martgacha

“Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi” MChJ,

“Mo‘ynoq akvasanoat” DUK

Hayvonot dunyosi monitoringi natijalarini atrof-muhit monitoringi tizimining ma’lumotlar bazasiga kiritish.

30 sutka mobaynida

3-bosqich

Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy organlari

1. Atrof-muhit ifloslanishi manbalari monitoringining umumlashtirilgan ma’lumotlarini Markazga yuborish.

har chorak

2. O‘simlik va hayvonot dunyosi monitoringining umumlashtirilgan ma’lumotlarini atrof-muhit monitoringi tizimining ma’lumotlar bazasiga kiritish uchun Markazga yuborish.

har yili 10-fevralgacha

“O‘zgidromet” markazi

1. Atmosfera havosi, yer usti suvlari ifloslanishi monitori?gi hamda fo? mo?itoringi bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotlarni Davlat ekologiya qo‘mitasiga yuborish.

har chorak

2. Tuproq ifloslanishi to‘g‘risida umumlashtirilgan ma’lumotlarni Davlat ekologiya qo‘mitasiga yuborish.

yarim yilda bir marta

Suv xo‘jaligi vazirligi

Muayyan hududda kollektor-drenaj suvlarining ifloslanishi monitoringi va atrof-muhit holatini baholash bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotlarni Davlat ekologiya qo‘mitasiga yuborish.

har chorakda

Davergeodezkadastr

1. Yerlar ifloslanishi monitoringining umumlashtirilgan ma’lumotlarini Davlat ekologiya qo‘mitasiga yuborish.

yarim yilda bir marta

2. Ishonib topshirilgan hududdagi o‘simlik dunyosi monitoringining umumlashtirilgan ma’lumotlarini Markazga yuborish.

har yili 10-fevralgacha

Davlat geologiya qo‘mitasi

1. Yer osti suvlari ifloslanishi monitoringining umumlashtirilgan ma’lumotlarini Davlat ekologiya qo‘mitasiga yuborish.

har chorakda

2. Xavfli geologik jarayonlar monitoringining umumlashtirilgan ma’lumotlarini Davlat ekologiya qo‘mitasiga yuborish.

har chorakda

Sanepidqo‘m

Atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi va sanitariya-gigiyena monitoringining umumlashtirilgan ma’lumotlarini Davlat ekologiya qo‘mitasiga yuborish.

har chorakda

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi

O‘simlik va hayvonot dunyosi monitoringining umumlashtirilgan ma’lumotlarini Davlat ekologiya qo‘mitasiga yuborish.

har chorakda

“Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi” MChJ,

“Mo‘ynoq akvasanoat” DUK

Ishonib topshirilgan hududdagi hayvonot dunyosi monitoringining umumlashtirilgan ma’lumotlarini Markazga yuborish.

har yili 15-fevralgacha

4-bosqich

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Atrof tabiiy muhit monitoringining umumlashtirilgan ma’lumotlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (qog‘oz shaklida) yuborish.

har yili 1-maygacha

5-bosqich

Davlat ekologiya qo‘mitasi

O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning holati va tabiiy resurslardan foydalanish to‘g‘risida milliy ma’ruzani tayyorlash va nashr etish.

har yili 15-maygacha

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 343-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/343/0520-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-sentabrdagi 737-son qaroriga
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2002-yil 3-apreldagi 111-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 4-son, 19-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 97-modda) 7-ilovaning 7-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2017-yil 14-noyabrdagi 915-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 11-son, 261-modda) 1-ilovaning 14-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2018-yil 7-dekabrdagi 995-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 12-son, 299-modda) 1-ilovaning 23-bandi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2019-y., 09/19/737/3709-son; 12.04.2021-y., 09/21/200/0318-son; 04.06.2021-y., 09/21/343/0520-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son; 07.03.2022-y., 09/22/99/0189-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)