Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Jismoniy va yuridik shaxslarning mulk huquqlari kafolatlarini taʼminlash hamda yer uchastkalarini olib qoʻyish va kompensatsiya berish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining mulk huquqi kafolatlanishini soʻzsiz taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 3-avgustdagi F-5491-son farmoyishiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tuzilmasida boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida 2 ta shtat birligidan iborat Yer uchastkalarini olib qoʻyish va kompensatsiya berish ishlarini muvofiqlashtirish shuʼbasi (keyingi oʻrinlarda — Shuʼba) tashkil etilsin.
Zarur hollarda tuman (shahar) hokimliklari tuzilmasida boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida yer uchastkalarini olib qoʻyish va kompensatsiya berish ishlari boʻyicha bosh mutaxassis (keyingi oʻrinlarda — bosh mutaxassis) lavozimi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarori bilan kiritiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda)
3. Quyidagilar Shuʼba hamda bosh mutaxassisning asosiy vazifalari etib belgilansin:
buziladigan koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish uchun yetarli resurslar (mablagʻlar, yer uchastkasi va boshqa mulk) mavjudligini oʻrganish;
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga kiritish uchun boʻlajak qurilish obyektining loyiha hujjatlarini taqdimot materiallari shaklida tayyorlash;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son — 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
olib qoʻyilishi rejalashtirilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlari bilan ochiq muhokamani tashkil etish;
yer uchastkasi olib qoʻyilishi tashabbuskori va koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlari oʻrtasida tuzilgan, kompensatsiya miqdori, turi va berish muddati nazarda tutilgan kelishuvlar hisobini yuritish;
kompensatsiyalar oʻz vaqtida va toʻliq berilishining doimiy monitoringini olib borish;
yer uchastkalari olib qoʻyilishi, kompensatsiya berilishi, koʻchmas mulk obyektlari buzilishi, shuningdek, olib qoʻyilgan yer uchastkasida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari haqida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga maʼlumotlar kiritib borish.
Oldingi tahrirga qarang.
Shuʼba rahbari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi kompensatsiya komissiyalari kotibi vazifasini bajaradi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1047-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha maqsadli jamgʻarmalar mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-yanvardagi 9-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2024-y., 09/24/9/0012-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Ushbu qaror 1-bandining “a” kichik bandi va 4 — 6-bandlari 2020-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 16-noyabr,
911-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-sentabrdagi 592-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2021-y., 09/21/592/0896-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-noyabrdagi 911-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1047-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha maqsadli jamgʻarmalar mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimchalar
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-yanvardagi 9-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2024-y., 09/24/9/0012-son)
1. 6-bandga quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qoʻshilsin:
“qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan”.
2. Quyidagi mazmundagi 121-band qoʻshilsin:
“121. Etkazilgan zararlarni qoplash hududiy jamgʻarmalar mablagʻlari hisobidan jamgʻarmalar kuzatuv kengashlarining qarorlariga asosan tegishli ravishda mablagʻ kelib tushgan tuman va shaharlarga ajratiladi, zarur hollarda hududiy kuzatuv kengashi qarori asosida boshqa tuman va shaharlarga yetkazilgan zararlarni qoplash uchun yoʻnaltiriladi.”.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-noyabrdagi 911-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida” 2006-yil 29-may 97-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 37-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi “Baholash faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-257-sonli qonuni)” 2010-yil 9-noyabrdagi 248-son qaroriga ilovaning 12-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 44-45-son, 385-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish hamda qishloq xoʻjaligiga oid boʻlmagan boshqa ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 25-maydagi 146-son qaroriga 3-ilovaning 2-boʻlimi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 20-21-son, 204-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 1-avgustdagi PF-5495-son Farmoni)” 2018-yil 27-noyabrdagi 963-son qaroriga ilovaning 4-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.11.2019-y., 09/19/911/4028-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son, 28.08.2021-y., 09/21/543/0830-son, 22.09.2021-y., 09/21/592/0896-son, 10.01.2022-y., 09/22/14/0009-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.01.2024-y., 09/24/9/0012-son)