09.08.2021 yildagi O‘RQ-706-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 3-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2021-yil 29-mayda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning maqsadi transport sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Ushbu Qonunning qoʻllanilish sohasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun transportga oid faoliyatni tijorat asosida amalga oshirish chogʻida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning amal qilishi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quvur transporti faoliyati va elektr uzatish liniyalari orqali elektr energiyasining olib oʻtilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transportga oid boʻlmagan ishlarni bajarish uchun moʻljallangan maxsus transport vositalari faoliyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy yoʻlovchi tashish transportining, shuningdek begʻaraz asosda tashishlarni amalga oshiradigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning faoliyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy, harbiy-yordamchi, chegarani qoʻriqlaydigan kemalarning, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklarni va harbiy tarkiblarni tranzit tashishlarni amalga oshirish faoliyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksperimental va davlat aviatsiyasining faoliyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asoslarga koʻra, tashishlarni oʻzlariga tegishli boʻlgan transport vositalaridan foydalangan holda begʻaraz asosda va shaxsiy ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun amalga oshiradigan jismoniy shaxslarning faoliyati bilan bogʻliq munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Transport toʻgʻrisidagi qonunchilik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining transport toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Asosiy tushunchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aralash tashish — yoʻlovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini butun harakatlanish yoʻli uchun rasmiylashtirilgan yagona tashish hujjati boʻyicha har xil turdagi transportda tashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aralash tashishlar operatori — tashishni tashkil etuvchi hamda tashish uchun oʻzi jalb qilgan barcha tashuvchilar va uchinchi shaxslar uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oluvchi yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijoz — tashuvchi yoki aralash tashishlar operatori bilan tuzilgan shartnoma asosida transport xizmatlaridan foydalanadigan jismoniy yoki yuridik shaxs (yoʻlovchi, yuk joʻnatuvchi, yuk oluvchi, fraxtlovchi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashish — yoʻlovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini joʻnatish punktidan yetkazish punktiga tashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashishlar xavfsizligi — texnogen (texnik va texnologik) xususiyatga ega tahdidlardan transport vositasi harakatlanish jarayonining hamda transport vositasining oʻzining himoyalanganlik holatini taʼminlash boʻlib, bunda tashishlar xavfsizligiga oid qoidabuzarliklar va ularning fuqarolar hayotiga yoki sogʻligʻiga, jismoniy yoki yuridik shaxslarning mol-mulkiga, atrof-muhitga zarar yetkazilishiga sabab boʻladigan oqibatlari yuzaga kelishining yoʻl qoʻyilmaydigan xavfi mavjud boʻlmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashish hujjati — yoʻlovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini tashish shartnomasi tuzilganligini tasdiqlaydigan, chipta, bagaj kvitansiyasi, tovar-transport yuk xati, elektron axborot tashuvchi karta yoki boshqa axborot tashuvchi tarzidagi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashuvchi — mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asoslarda transport vositasiga ega boʻlgan, yoʻlovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini tashish boʻyicha tijorat asosida xizmatlar koʻrsatadigan, shuningdek tashish uchun tegishli litsenziyaga, sertifikatga yoxud ruxsat etish xususiyatiga ega hujjati boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tranzit transport yoʻlagi — transport vositalarining harakatlanish yoʻnalishi boʻlib, unda tranzit yuklarni tashishni amalga oshirish uchun tranzit transport yoʻlagining pasportida koʻrsatilgan texnik, texnologik va tashkiliy shart-sharoitlar yaratiladi hamda bunday yuklar va transport vositalariga nisbatan bojxona operatsiyalarini bajarishning soddalashtirilgan tartibi qoʻllaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport — qatnov yoʻllarining, transport vositalarining, qatnov yoʻllaridagi texnik qurilmalar va inshootlarning yoʻlovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini tashish jarayonini taʼminlaydigan barcha turlari yigʻindisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositalari — yoʻlovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini tashish uchun moʻljallangan qurilmalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport infratuzilmasi obyektlari — yoʻlovchilarga, yuk joʻnatuvchilarga, yuk oluvchilarga, tashuvchilarga va tashish jarayonining boshqa ishtirokchilariga xizmat koʻrsatish, shuningdek transport vositalarining ishlashini taʼminlash uchun moʻljallangan inshootlar, ishlab chiqarish-texnologik majmualar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport logistikasi — yoʻlovchilar, bagaj, yuk bagaji, yuklar, pochta va kuryerlik joʻnatmalarining olib oʻtilishi va tashilishini tashkil qilish bilan bogʻliq vazifalarning kompleks va oʻzaro bogʻliq hal etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport-logistika markazi — transport infratuzilmasi obyekti, u tashish bilan turdosh boʻlgan tayyorgarlik va taqsimlash xizmatlarini, shu jumladan yuklarni toʻplash, saqlash, ularga ishlov berish va tarqatish xizmatlarini hamda yuk va transport vositalari bilan boshqa operatsiyalarni bajarish uchun moʻljallangan inshootlar joylashgan maxsus ajratilgan maydonni oʻz ichiga oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport majmui — transport tashkilotlari, tashuvchilar, transport infratuzilmasi obyektlari, transport vositalari, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek transport sohasi xodimlariga ijtimoiy-maishiy hamda madaniy xizmat koʻrsatish sohasidagi tashkilotlar majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport tashkiloti — transportga oid faoliyatni amalga oshiradigan yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transportga oid faoliyat — yoʻlovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini avtomobil, temir yoʻl, havo, suv transportida yoki ushbu transport turlari uygʻunligida tashish hamda ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha tashkiliy va texnologik operatsiyalarni hamda shartnoma asosida yoki boshqa qonuniy asoslarda bajariladigan xizmatlar bilan bogʻliq faoliyat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport xavfsizligi — transport majmuining qonunga xilof aralashuvdan himoyalanganlik holati hamda uning odatdagi rejimda va favqulodda vaziyatlar hollarida barqaror ishlashining taʼminlanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro tashish — yoʻlovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini har qanday turdagi transport vositasida ikki yoki undan ortiq davlat hududlari boʻylab amalga oshiriladigan tashish, shuningdek yuksiz transport vositasining ikki yoki undan ortiq davlat hududlari boʻylab oʻtishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yagona tovar-transport yuk xati — tovar-moddiy qimmatliklarni hisobdan chiqarish, ularni olib oʻtish yoʻlida hisobini yuritish, kirim qilish, omborxona operatsiyalarini va buxgalteriya hisobini yuritish, shuningdek yukni tashish uchun hisob-kitoblar qilish hamda bajarilgan ishlarni hisobga olish uchun moʻljallangan, barcha aralash tashish ishtirokchilari uchun yagona boʻlgan tashish hujjati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Transportga oid faoliyatning asosiy prinsiplari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transportga oid faoliyatning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonuniylik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfsizlik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologik tozalik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport xizmatlaridan foydalana olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ochiqlik va shaffoflik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining transport tizimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomobil, havo, temir yoʻl, suv, elektr transporti, metropoliten va transport infratuzilmasi obyektlari Oʻzbekiston Respublikasining yagona transport tizimini (bundan buyon matnda transport tizimi deb yuritiladi) tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Transport sohasini davlat tomonidan tartibga solish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Transport sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport sohasida davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport tizimini mamlakat iqtisodiyotining strategik sektori sifatida rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport xizmatlarining raqobatbardoshliligini, ulardan foydalana olishni, ularning samaradorligi va sifatini, xavfsizligi va ekologik tozaligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport sohasi boshqaruvini takomillashtirish va har xil transport turlarining oʻzaro bogʻliq tarzda ishlashini taʼminlash, shuningdek samarali tarif siyosatini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgʻor innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish hamda takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va transport majmuini xalqaro transport tizimiga uygʻunlashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Transport sohasini davlat tomonidan tartibga solish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport sohasini davlat tomonidan tartibga solish litsenziyalash, sertifikatlashtirish, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini qoʻllash, texnik jihatdan tartibga solish, ilmiy-texnik siyosatni amalga oshirish, soliq solish, tarif siyosatini, shu jumladan ijtimoiy ahamiyatga ega tashishlar uchun tarif siyosatini olib borish, transport toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat nazoratini taʼminlash, kadrlar siyosatini olib borish, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa tartibga solish usullarini qoʻllash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari transport tashkilotlarining xoʻjalik faoliyatiga aralashishga hamda ushbu tashkilotlarning ishlayotgan xodimlarini boshqa ishlarga jalb etishga haqli emas, bundan tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan, favqulodda holat joriy etilgan hollar mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81-modda. Transport tizimini rejalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport infratuzilmasini kengaytirish, rekonstruksiya qilish va qayta rejalashtirish ishlari faqat transport xizmatlariga boʻlgan talabni (joriy va prognoz koʻrsatkichlarni) kompleks oʻrganishlar natijalari asosida shakllantirilgan uzoq muddatli bosh rejalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport infratuzilmasini rejalashtirish hamda loyihalashtirishda ekologiya va atrof-muhitga nisbatan salbiy taʼsir minimal boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport infratuzilmasini rejalashtirish quyidagi ketma-ketlikdagi ustuvorliklarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
piyodalar uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
velosiped va individual harakatlanish vositalari uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat transporti va maxsus transport uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa transport vositalari uchun.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport oqimiga taʼsir koʻrsatuvchi obyektlarning qurilishini rejalashtirish bosqichida transport tarmogʻiga tushadigan yuklamalarni hisobga olgan holda yechimlar ishlab chiqilishi kerak.
(81-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 5-fevraldagi OʻRQ-1118-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 03/26/1118/0120-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 10-may)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining transport sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

transport sohasida davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining transport sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
(9-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport tizimini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi, transport sohasida davlat dasturlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport sohasidagi ilmiy-texnikaviy va investitsiyaviy faoliyatni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport infratuzilmasi shakllantirilishini va uning samarali ishlashini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport sohasidagi litsenziyalash, sertifikatlashtirish, ruxsat etish va xabardor qilish tartib-taomillaridan oʻtish tartibini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport infratuzilmasi obyektlari va transport vositalari toifalari sonini hamda ularni toifalash mezonlarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tranzit transport yoʻlaklari roʻyxatini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish choralarini koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining transport sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi transport sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organidir (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus vakolatli davlat organi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni, konsepsiyalar hamda strategiyalarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatlari doirasida transport sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transportda xavfsizlikni taʼminlashga doir tadbirlarni ishlab chiqadi va ularning amalga oshirilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tashkil etadi, shu jumladan xorijda tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy boshqaruv uslublariga asoslangan yagona uygʻunlashgan transport tizimini yaratish boʻyicha choralar koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yoʻli bilan transport tizimini raqamlashtirishga doir choralar koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini, shuningdek sertifikatlashtirishni qonunchilikka muvofiq amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining transport sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari oʻz vakolatlari doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport tizimini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini shakllantirishda ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari shahar yoʻlovchi transportidan foydalanish chogʻida fuqarolarning alohida toifalari uchun imtiyozli tariflar joriy etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(11-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
111-modda. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining transport sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻz vakolatlari doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga kiritadi hamda ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport tizimini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini shakllantirishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport tizimini rivojlantirishga va zamonaviy transport infratuzilmasini yaratishga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport xizmatlari bozorini shakllantirish va rivojlantirishga, transport majmuining barcha ishtirokchilari uchun teng sharoitlar yaratishga, shuningdek transport tizimining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga koʻmaklashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(111-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Transport sohasidagi davlat nazorati organlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus vakolatli davlat organi, uning hududiy boʻlinmalari, tasarrufidagi tashkilotlar transport sohasidagi davlat nazorati organlaridir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport sohasidagi davlat nazorati organlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy va chet el transport tashkilotlari tomonidan yoʻlovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini tashish chogʻida transport toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishining taʼminlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kemachilik xavfsizligi, kemalardan ularning belgilangan maqsadiga muvofiq foydalanilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
havo kemalari parvozlari xavfsizligi qonunchilikka muvofiq taʼminlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
temir yoʻl transportida yuklarni va yoʻlovchilarni tashish xavfsizligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqaro aviatsiyasi va eksperimental havo kemalaridagi halokatlar hamda baxtsiz hodisalar, shuningdek temir yoʻl va suv transportidagi avariya hamda halokatlar boʻyicha tekshiruvlar tashkil etilishi va oʻtkazilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻlovchilarni, bagajni, yuk bagajini va yuklarni tashish qoidalariga rioya etilishi, yoʻlovchi yoʻnalishlari boʻyicha transport vositalarining harakatlanishi, harakatlanishning belgilangan jadvallari va oraliq masofalariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport sohasidagi davlat nazorati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Transport sohasidagi litsenziyalash va ruxsat etish tartib-taomillari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport sohasidagi litsenziyalash va ruxsat etish tartib-taomillari transport xizmatlari isteʼmolchilarining manfaatlarini himoya qilish, transportda xavfsizlikni taʼminlash, ekologik, sanitariya-epidemiologik va boshqa talablarga rioya etish maqsadida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni shaharda, shahar ichida, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro tashishlar hamda yuklarni xalqaro tashishlar, yoʻlovchilarni va yuklarni temir yoʻl transportida tashishlar transport sohasidagi litsenziyalanadigan faoliyat turlari jumlasiga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport sohasidagi ruxsat etish tartib-taomillarining turlari qonunda belgilangan tartibda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport sohasidagi litsenziyalash va ruxsat etish tartib-taomillari qonunda belgilangan tartibda maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Transport vositalarini sertifikatlashtirish va roʻyxatdan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport vositalari muvofiqlik yoki transport vositasi turini maʼqullash sertifikatiga ega boʻlishi va roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarish, sotish (realizatsiya qilish) yoki ulardan foydalanish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Transport tariflari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻlovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini tashish, shuningdek tashish bilan bogʻliq xizmatlar erkin va tartibga solinadigan tariflar boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy siyosatni amalga oshirish yoki transport sohasida tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatini tartibga solish maqsadida davlat tomonidan transport xizmatlarining ayrim turlariga nisbatan tariflarning cheklangan miqdorlari belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tomonidan tariflarning cheklangan miqdorini belgilash hamda yoʻlovchilarga va fuqarolarning alohida toifalariga imtiyozlar berish natijasida transport tashkilotlari koʻrgan zararlarning oʻrni qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aralash tashish chogʻidagi toʻgʻridan-toʻgʻri transport tarifi aralash tashish shartnomalari tuzilgan sanalardagi har bir transport turida tashishga doir xizmatlar uchun toʻlovlar summasidan, har bir transport turida amal qilayotgan tariflar boʻyicha shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Tashish. Mijoz va tashuvchining huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Yoʻlovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini tashish, transport-ekspeditorlik xizmatlarini koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻlovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini tashiganlik, transport-ekspeditorlik xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, miqdori taraflarning kelishuvi asosida belgilanadigan haq undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻlovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini tashish, transport-ekspeditorlik xizmatlarini koʻrsatish shartlari hamda taraflarning tashishlar va transport-ekspeditorlik operatsiyalari boʻyicha javobgarligi normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek tashish va transport ekspeditsiyasi shartnomalarida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻlovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini tashishni amalga oshirayotgan transport vositalarining ruxsat etilgan gabaritlari hamda vazniga doir parametrlari transport vositalarining texnik xususiyatlari va infratuzilma imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda qonunchilikda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Mijozning huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mijoz quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashish shartnomasida nazarda tutilgan majburiyatlar tashuvchi tomonidan bajarilishini talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashuvchi va harakatlanish yoʻnalishi toʻgʻrisida zarur axborot olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport xizmatlari bozorida transport turini erkin tanlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashish qoidalarida yoki shartnomasida belgilangan xizmatlarning tashuvchi tomonidan oʻz vaqtida va sifatli koʻrsatilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikka muvofiq fuqarolarning alohida toifasi uchun nazarda tutilgan imtiyozli va bepul yurish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikka muvofiq tashish orqali yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishini, maʼnaviy zarar kompensatsiya qilinishini talab qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mijoz qonunchilikka va tashish shartnomasiga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mijoz:

tashuvchi bilan tuzilgan tashish shartnomasi shartlariga rioya etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majburiy ravishda sertifikatlashtirilishi lozim boʻlgan joʻnatilayotgan yuk uchun muvofiqlik sertifikatini tashuvchiga taqdim etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashish qoidalariga rioya etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini transportda tashish uchun tayyor holda taqdim etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻlovchi transportida oʻzini tutish qoidalariga rioya etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mijozning zimmasida qonunchilikka va tashish shartnomasiga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Tashuvchining huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchi quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
narx belgilash qoidalariga muvofiq tashish narxlarini erkin belgilash, bundan tartibga solinadigan tariflar belgilangan hollar mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar hayoti va sogʻligʻiga, yoʻl harakati xavfsizligiga tahdid, ekologiya va sanitariya normalari buzilishi yoki boshqa gʻayriqonuniy harakatlar (harakatsizlik) yuzaga kelishiga sabab boʻladigan holatlarda tashishni rad etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchi qonunchilikka va tashish shartnomasiga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyaga, sertifikatga, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatga va (yoki) tashish uchun ruxsatnomaga ega boʻlishi, agar bu Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida va xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijoz bilan belgilangan shaklda shartnoma tuzishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashishlarni belgilangan tartibda sertifikatlashtirilgan transport vositalarida amalga oshirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikka muvofiq tashish orqali yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashi, maʼnaviy zararni kompensatsiya qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻlovchi xavfsizligini, unga zarur qulayliklar va xizmat koʻrsatish sharoitlari yaratilishini, yoʻlovchi tomonidan bagaj hamda yuk bagaji topshirilgan taqdirda esa uning bagaji va yuk bagaji oʻz vaqtida tashilishi hamda but saqlanishini ham taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harakat xavfsizligini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majburiy ravishda sertifikatlashtirilishi lozim boʻlgan joʻnatilayotgan yuk uchun muvofiqlik sertifikatining koʻchirma nusxasini mijozdan talab qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikka muvofiq alohida toifadagi yoʻlovchilarni bepul tashishni amalga oshirishi yoki ularga kira haqini toʻlash boʻyicha boshqa imtiyozlarni taqdim etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻlovchilarning hayotiga, sogʻligʻiga va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazganlik uchun oʻzining fuqarolik javobgarligini sugʻurtalashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy imkoniyatlari cheklangan shaxslarning transport vositalaridan, axborotdan, shuningdek aloqa vositalaridan foydalanish imkoniyatini taʼminlashi, tashish bilan bogʻliq boshqa xizmatlar koʻrsatish chogʻida zarur shart-sharoitlar yaratishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchining zimmasida qonunchilikka va tashish shartnomasiga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Aralash tashishlarni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Aralash tashishlar tizimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomobil, temir yoʻl, havo va suv transporti transport logistikasi talablariga rioya etgan hamda transport infratuzilmasidan foydalangan holda ularning muvofiqlashtirilgan hamkorligi orqali aralash tashishlar tizimini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mijoz, aralash tashishlar operatori va tashuvchilar aralash tashishlar ishtirokchilaridir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aralash tashishni tashkil etishda transport logistikasi tashish jarayonining yagona operatori va yagona tashish hujjati mavjud boʻlishini, toʻgʻridan-toʻgʻri transport tarifi hamda aralash tashish barcha ishtirokchilari hamkorligining izchil-markazlashgan sxemasi qoʻllanilishini, shuningdek tashish jarayoni uchun yagona javobgarlikni taʼminlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Aralash tashishlar shartnomasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aralash tashishlar shartnomasi aralash tashishlar operatori va mijoz oʻrtasida tuziladi hamda quyidagilarni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijozning hamda aralash tashishlar operatorining huquq va majburiyatlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijozning va aralash tashishlar operatorining javobgarligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yagona tovar-transport yuk xatini toʻldirish tartibini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetkazib berish muddatlari va shartlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetkazib berish punktlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bagajning, yuk bagajining, yuklarning, pochta va kuryerlik joʻnatmalarining hajmlari hamda oʻlchamlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
narxni va toʻlov tartibini oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aralash tashishlar shartnomasida qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa shartlar ham nazarda tutilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻlovchini aralash tashishlar shartnomasi ommaviy shartnomadir. Yoʻlovchini aralash tashishlar shartnomasi tuzilganligi yoʻlovchining aralash qatnovda yurish huquqini tasdiqlovchi yagona chipta bilan, bagaj, yuk bagaji, yuklar, pochta va kuryerlik joʻnatmalari topshirilganligi esa aralash tashishning bagaj kvitansiyasi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Aralash tashishlar operatorining huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aralash tashishlar operatori:

oʻzining xususiyatlariga, vazniga hamda gabarit parametrlariga koʻra aralash tashishlar shartnomasida koʻrsatilgan bagaj, yuk bagaji, yuk, pochta va kuryerlik joʻnatmalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga mos kelmaydigan bagajni, yuk bagajini, yukni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini aralash tashishni rad etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aralash tashishlar shartnomasida mijoz tomonidan koʻrsatilgan yetkazish punktiga bagajni, yuk bagajini, yukni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini yengib boʻlmas kuch tufayli yetkazib berish imkoni boʻlmagan taqdirda, aralash tashishni rad etish hamda yuk joʻnatuvchini yozma yoki elektron shaklda oldindan xabardor qilgan holda bagajni, yuk bagajini, yukni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini qaytarib berish. Bunda, agar aralash tashishlar shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, aralash tashishlar operatorining qoʻshimcha xarajatlari yukni joʻnatuvchi (yukni oluvchi) tomonidan toʻlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijozdan aralash tashishlar shartnomasi boʻyicha majburiyatlar lozim darajada bajarilishini talab qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aralash tashishlar operatori qonunchilikka va aralash tashishlar shartnomasiga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aralash tashishlar operatori:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻlovchini, bagajni, yuk bagajini, yukni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini joʻnatish punktidan yetkazish punktiga tashishni har xil turdagi transportdan foydalangan holda aralash tashishlar shartnomasiga muvofiq tashkil etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetkazish punktida bagaj va yuk bagaji yoʻlovchiga topshirilishini tashkil etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aralash tashishlar shartnomasida belgilangan muddatlarda yoʻlovchini va bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini qabul qilib olishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashishning har bir bosqichida yoʻlovchilarning, bagajning, yuk bagajining, yuklarning, pochta va kuryerlik joʻnatmalarining harakatlanishi ustidan monitoringni taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bagajning, yuk bagajining, yuklarning, pochta va kuryerlik joʻnatmalarining butun harakatlanish yoʻli davomida but saqlanishini, aralash tashishlar shartnomasida belgilangan muddatlarda yetkazilishini hamda ularni qabul qilib olishga vakolati boʻlgan shaxsga (yukni oluvchiga) topshirilishini taʼminlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aralash tashishlar operatorining zimmasida qonunchilikka va shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Aralash tashishlar mijozining huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mijoz:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harakatlanish yoʻnalishi, transport tarkibi va turlari haqida axborot olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aralash tashishlar operatoridan aralash tashishlar shartnomasi boʻyicha majburiyatlarning lozim darajada bajarilishini talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yozma hujjatlar bilan asoslangan dalillar taqdim etilgan taqdirda aralash tashish chogʻida yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishini talab qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mijoz qonunchilikka va aralash tashishlar shartnomasiga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mijoz:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aralash tashishlar operatoriga aralash tashishlar shartnomasida kelishilgan barcha tegishli toʻlovlarni toʻlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aralash tashishlar operatoriga bagajni, yuk bagajini, yukni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini aralash tashishlar shartnomasida koʻrsatilgan muddatga binoan taqdim etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mijozning zimmasida qonunchilikka va aralash tashishlar shartnomasiga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Aralash tashishlar chogʻidagi hamkorlikka oid shartnoma
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aralash tashishlar chogʻidagi hamkorlikka oid shartnoma aralash tashishlar operatori va ushbu tashishlarda ishtirok etuvchi har xil turdagi transport tashuvchilari oʻrtasida tuziladi hamda quyidagilarni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aralash tashishlar operatorining hamda tashuvchining huquq va majburiyatlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aralash tashishlar operatorining va tashuvchining javobgarligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir tashuvchining xizmatlari qiymatini va ularning haqini toʻlash tartibini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashuvchilarning hamkorlik qilish va transport vositasining bir turidan boshqasiga yoʻlovchini oʻtkazish yoki bagajni, yuk bagajini, yukni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini qayta ortish tartibini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yagona tashish hujjatini (chiptani, bagaj kvitansiyasini, yagona tovar-transport yuk xatini) toʻldirish tartibini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashish muddatlari va shartlarini oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aralash tashishlar chogʻidagi hamkorlik shartnomasida qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa shartlar ham nazarda tutilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Tranzit tashishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Yoʻlovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini tranzit tashish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻlovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali har qanday turdagi transportda olib oʻtish, agar bunday olib oʻtish joʻnatish va yetkazish punktlari Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida boʻlgan yoʻlning faqat bir qismi boʻlsa, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining transport vositalarida chet davlatlar hududi orqali amalga oshiriladigan tashish tranzit tashishdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tranzit yoʻlovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tashish transportning tegishli turlariga oid bir yoki bir nechta tashish hujjatidan foydalangan holda transportning bir yoki bir nechta turi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir turdagi transportdan boshqasiga tranzit yoʻlovchini oʻtkazish va bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini qayta ortish tashish hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Bunda tovarga qoʻshib yuboriladigan hujjatlar tovarning butun harakatlanish yoʻlida yuk bilan birga borishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ayrim tranzit bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini tashish shartlarida ular bilan tegishli operatsiyalar (yukni tushirish, qayta ortish, saqlash, toʻplamlarga ajratish yoki toʻplamlar uchun yigʻish va boshqa shunga oʻxshash operatsiyalar) bajarilishi talab etilsa, ular tranzit yuklar maqomini saqlab qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻgʻridan-toʻgʻri xalqaro qatnovda tashilayotgan tranzit bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini qayta ortish tashuvchi tomonidan taqdim etiladigan transport vositalarida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tranzit tashish operatori bilan shartnoma tuzilganidan soʻng tashuvchilar tranzit tashishlar operatorlaridan tranzit yoʻlovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini tashish uchun buyurtmalar olganda ushbu buyurtmalarni qanoatlantirishni rad etishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Alohida tranzit yoʻlovchilarga, bagajga, yuk bagajiga, yuklarga, pochta va kuryerlik joʻnatmalariga nisbatan taqiqlar hamda cheklovlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hayoti va sogʻligʻining xavfsizligini, atrof-muhit muhofaza qilinishini taʼminlash maqsadida alohida tranzit yoʻlovchilarga, bagajga, yuk bagajiga, yuklarga, pochta va kuryerlik joʻnatmalariga, shu jumladan harbiy mahsulotlarga nisbatan taqiqlar yoki cheklovlar, shuningdek veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari hamda normalari, karantin cheklovlari va fitosanitariya talablari, atrof-muhitning radiatsiyaviy xavfsizligini taʼminlashga doir talablar hamda Oʻzbekiston Respublikasining qonunida va xalqaro shartnomalarida belgilangan boshqa talablar hamda shartlar qoʻllanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Tranzit transport yoʻlaklari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tranzit transport yoʻlaklari tranzit yoʻlovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini ularning eng zich joylashgan yoʻnalishlari boʻyicha xalqaro qatnovda tashishlar uchun transport tizimidan foydalanishni maqbullashtirish maqsadida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tranzit transport yoʻlagining punktlari xalqaro tashishda transport vositalarining harakatlanishi hamda yoʻlovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini tashishning belgilangan yoʻnalishiga rioya etilishi ustidan masofaviy nazoratni taʼminlovchi axborot vositalari hamda texnik vositalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir tranzit transport yoʻlagi uchun maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tranzit transport yoʻlagining pasporti tuzilib, unga quyidagi maʼlumotlar va hujjatlar kiritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tranzit transport yoʻlagining turi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tranzit transport yoʻlagining boshlangʻich, oxirgi va oraliq punktlari nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tranzit transport yoʻlagining uzunligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tranzit yoʻlovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini tashish muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tranzit transport yoʻlagining texnologik xususiyatlari va maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadigan boshqa maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat nazoratini va tekshiruvini amalga oshirishga doir texnologik sxemalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tranzit transport yoʻlagining boshlangʻich va oxirgi punktlari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali tegishli oʻtkazish punktlaridan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tranzit transport yoʻlagi tranzit transport yoʻlaklarining reyestriga kiritiladi, ushbu reyestrni yuritish maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tranzit transport yoʻlaklarining reyestriga kiritiladigan maʼlumotlar maxsus vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tranzit transport yoʻlaklarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda. Tranzit yuklarni va hujjatlarni identifikatsiya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida yuklarni tranzit olib oʻtish chogʻida tranzit yuklar bilan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilmagan biror-bir operatsiyalarni bajarishga yoʻl qoʻymaslik maqsadida tranzit yuklar va hujjatlarni identifikatsiya qilish amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda. Tranzit yoʻlovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini tashish ustidan davlat nazorati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tranzit yoʻlovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini tashish ustidan davlat nazorati Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida tegishli vakolatli davlat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat nazorati jarayonida tranzit yoʻlovchilarning, bagajning, yuk bagajining, yuklarning, pochta va kuryerlik joʻnatmalarining hamda tranzit vositalarining bojxona, sanitariya, veterinariya, fitosanitariya, radiologiya, ekologiya nazorati hamda Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida va xalqaro shartnomalarida belgilanadigan nazoratning boshqa turlari talablariga muvofiqligi tekshiruvi amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tranzit yoʻlovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini tashish ustidan davlat nazoratini amalga oshirishning majburiy shartlari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli davlat organlari tomonidan davlat nazoratining barcha turlarini oʻz vakolatlari doirasida kompleks ravishda, bir vaqtning oʻzida oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat nazorati oʻtkazilishini va vakolatli davlat organlari mansabdor shaxslarining harakatlarini tartibga solish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli davlat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan davlat nazorati vazifalarini qonunchilikda belgilangan muddatlarda bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat metrologiya nazoratidan oʻtgan oʻlchov vositalaridan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tirik hayvonlarni, tez buziladigan mahsulotlarni, transplantatlarni, biomateriallarni, maxsus tibbiy dori-darmonlarni tashishda tezlashtirilgan va ustuvor davlat nazorati tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli vakolatli davlat organlarining mansabdor shaxslari oʻzining davlat nazoratiga doir vakolatlarini boshqa shaxslarga topshirishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Transport logistikasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda. Transport logistikasining asosiy vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport logistikasi transport majmui barcha ishtirokchilarining har xil turlardagi transportdan foydalangan holda maqbul yoʻnalish boʻylab tashishni rejalashtirish va uni boshqarish boʻyicha harakatlari kelishilganligini hamda oʻzaro bogʻliqligini, shu jumladan tashishning har bir bosqichida yoʻlovchilarning, bagajning, yuk bagajining, yuklarning, pochta va kuryerlik joʻnatmalarining harakatlanishi monitoringini oʻz vaqtida va sifatli tarzda taʼminlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport logistikasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transportda tashishning yagona texnologiyasini, toʻgʻridan-toʻgʻri qayta ortishlarni, qayta ortish amalga oshirilmaydigan qatnov yoʻlini qoʻllagan holda yagona transport tizimi parametrlarining kelishilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashishlarning yagona reja-jadvallarini ishlab chiqish va qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport yoʻlaklarini va transport zanjirlarini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport-omborxona jarayonining texnologik birligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yukni yetkazib berishning oqilona yoʻnalishini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositasining xili va turini tanlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda. Transport-logistika markazlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovarlar va transport vositalariga nisbatan bajariladigan operatsiyalardan kelib chiqqan holda xalqaro va hududiy transport-logistika markazlari tashkil etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport-logistika markazlari ularga har qanday turdagi transportda kirib kelayotgan hamda olib chiqilayotgan yuklarni omborga joylashtirish, saqlash, ularga ishlov berish, ularni qayta ishlash, qadoqlash va taqsimlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatadi, shuningdek transport vositalarini saqlashni va ularga texnik xizmatlar koʻrsatishni amalga oshiradi. Transport-logistika markazlari bojxona, logistika, fitosanitariya, veterinariya, sanitariya-epidemiologik, ekologik, sertifikatlashtirish xizmatlarining hamda yuklarni eksport va import qilish uchun qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa xizmatlarning toʻliq majmuini taqdim etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro transport-logistika markazlarida davlat organlarining, shuningdek boshqa tashkilotlarning asosiy vazifalari “Yagona darcha” prinsipi boʻyicha amalga oshiriladi hamda bojxona, chegara, logistika, tezkor-laboratoriya, fitosanitariya, veterinariya, sanitariya-epidemiologik, ekologik, sertifikatlashtirish xizmatlarini va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa xizmatlarni koʻrsatishga ixtisoslashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro transport-logistika markazlari Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan yuklar va transport vositalari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarni bajarish, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq transport nazoratini, shu bilan birga bojxona va chegara operatsiyalarini amalga oshirish uchun moʻljallangandir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy transport-logistika markazlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuklarni omborga joylashtirish, saqlash, ularga ishlov berish, ularni qayta ishlash, qadoqlash va taqsimlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish, shuningdek transport vositalarini saqlash va ularga texnik xizmatlar koʻrsatishni amalga oshirish uchun moʻljallangandir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport-logistika markazlarini zamonaviy texnika va uskunalar bilan jihozlashga doir namunaviy talablar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Transport xavfsizligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-modda. Tashishlar xavfsizligini, transport vositalaridan va transport infratuzilmasi obyektlaridan foydalanish xavfsizligini taʼminlashga doir chora-tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport tashkilotlari, shuningdek tashuvchilar fuqarolarning hayoti va sogʻligʻi, jismoniy hamda yuridik shaxslarning mol-mulki xavfsizligini, transport vositalaridan, transport infratuzilmasi obyektlaridan foydalanish xavfsizligini, shuningdek atrof-muhit muhofaza qilinishini taʼminlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport infratuzilmasi obyektlarining faoliyat koʻrsatishiga va xavfsizligini taʼminlashga, shuningdek transport xizmatlari koʻrsatishga toʻsqinlik qiladigan xoʻjalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport vositalari va inshootlarining xavfsizligini bevosita taʼminlaydigan xodimlar tegishli bilim, koʻnikma hamda tayyorgarlikka, shuningdek qonunchilik talablariga muvofiq ruxsat etish xususiyatiga ega boʻlgan ishlarga doir ijozatga ega boʻlishi kerak. Bu xodimlar, shuningdek mehnat sharoitlari oʻta zararli va oʻta ogʻir ishlarda band boʻlgan xodimlar tibbiy tekshiruvdan oʻtishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport vositalari harakati amalga oshiriladigan, manyovr va yuk ortish-tushirish ishlari bajariladigan transport infratuzilmasi obyektlarining hududlari oʻta xavfli zonalar hisoblanadi hamda, zarur boʻlganda, toʻsib qoʻyiladi va texnik nazorat vositalari bilan jihozlanadi. Oʻta xavfli zonalarda jismoniy shaxslarning boʻlishi va obyektlarning joylashtirilishi, ularda ishlarni bajarish qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari va temir yoʻllarni kesib oʻtuvchi yoki bevosita ularning yaqinida joylashgan gaz, neft quvurlarini va boshqa inshootlarni qurish hamda ulardan foydalanish chogʻida belgilangan normativlarni, shuningdek mazkur inshootlardan foydalanish xavfsizligini taʼminlash uchun ularning egalari javobgardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-modda. Transport sohasida ekologik normalarni taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport tashkilotlari va tashuvchilar tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini rejalashtirishi, ularni tashkil etishni hamda moliyalashtirishni amalga oshirishi, atrof-muhitni va yer qaʼrini muhofaza qilish sohasida idoraviy hamda ishlab chiqarish nazoratini olib borishi, atrof-muhitni, yer qaʼrini muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhitga hamda yer qaʼriga eng yuqori yoʻl qoʻyiladigan taʼsirni tartibga soluvchi boshqa mezonlar boʻyicha belgilangan normalarga rioya etilishini taʼminlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport tashkilotlari va tashuvchilar atrof-muhitga hamda yer qaʼriga yetkazilgan zarar uchun qonunda belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33-modda. Transport vositalarining va transport infratuzilmasi obyektlarining zaifligini baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport vositalarining va transport infratuzilmasi obyektlarining zaifligini baholash ularning gʻayriqonuniy aralashuvdan himoya qilinganligi darajasini, shuningdek ularning odatdagi rejimda hamda favqulodda vaziyatlar hollarida barqaror ishlashi taʼminlanganligi darajasini aniqlashdan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport vositalarining va transport infratuzilmasi obyektlarining zaifligini baholash transport xavfsizligini taʼminlash sohasidagi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport vositalarining va transport infratuzilmasi obyektlarining zaifligini baholash natijalari transport xavfsizligini taʼminlash sohasidagi vakolatli organlar tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport vositalarining va transport infratuzilmasi obyektlarining zaifligini baholash natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tarqatilishi cheklangan axborotdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34-modda. Transport vositalarini va transport infratuzilmasi obyektlarini toifalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport vositalarini va transport infratuzilmasi obyektlarini toifalash transport xavfsizligini taʼminlash sohasidagi vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport vositalari va transport infratuzilmasi obyektlari toifalarining soni hamda ularni toifalash mezonlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toifalashtirilgan obyektlar transport vositalari va transport infratuzilmasi obyektlari reyestriga kiritiladi, reyestrni yuritish transport xavfsizligini taʼminlash sohasidagi vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35-modda. Transport infratuzilmasi obyektlarida koʻzdan kechirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻlovchilarning va boshqa shaxslarning hayoti hamda sogʻligʻini muhofaza qilish, tashishlar xavfsizligini taʼminlash maqsadida vakolatli organlar vokzalga, aerovokzalga, aeroportga, metropolitenga va avtostansiyaga kirish joyida transport vositasini, bagajni, yuk bagajini va yukni koʻzdan kechirishdan hamda yoʻlovchilarni va boshqa shaxslarni shaxsan koʻzdan kechirishdan oʻtkazishi mumkin. Yoʻlovchilar va boshqa shaxslar koʻzdan kechirishdan oʻtishni rad etgan taqdirda vokzalga, aerovokzalga, aeroportga, metropolitenga va avtostansiyaga kirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport vositasini, bagajni, yuk bagajini va yukni koʻzdan kechirishni, yoʻlovchilarni hamda boshqa shaxslarni shaxsan koʻzdan kechirishni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan vakolatli organlarning roʻyxati, koʻzdan kechirishni oʻtkazish tartibi, shuningdek vokzallarda, aerovokzallarda, avtostansiyalarda, aeroportlarda va metropolitenda yoʻlovchilarning hamda boshqa shaxslarning boʻlishi qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻlovchilar toʻgʻrisidagi avtomatlashtirilgan markazlashtirilgan shaxsga doir maʼlumotlar bazalarini shakllantirish va yuritish, shuningdek ulardagi mavjud maʼlumotlarni taqdim etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet davlatning Oʻzbekiston Respublikasiga xalqaro tashuvlarni amalga oshiruvchi transport tashkilotlari yoki tashuvchilari tashish hujjatlarida (chiptalarida) mavjud boʻlgan maʼlumotlarning yoʻlovchilar toʻgʻrisidagi avtomatlashtirilgan markazlashtirilgan shaxsga doir maʼlumotlar bazalariga oʻtkazilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36-modda. Favqulodda vaziyatlarda transport ishini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport tashkilotlari va tashuvchilar transportning lozim boʻlgan darajada ishlashiga toʻsqinlikni keltirib chiqargan avariyalarni, halokatlarni, xavfli tabiat hodisalarini, tabiiy ofatlarni yoki boshqa ofatlarni tugatish boʻyicha shoshilinch choralar koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda, favqulodda holat joriy etilganda transport tashkilotlarining hamda tashuvchilarning shartnomaviy munosabatlari mazkur favqulodda vaziyatlarni hamda ularning oqibatlarini tugatish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra toʻxtatib turilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tabiiy, ijtimoiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar sharoitlarida, favqulodda holat joriy etilganda transport tashkilotlari, aralash tashishlar operatorlari hamda tashuvchilarning safarbarlik tayyorgarligiga, fuqaro muhofazasi boʻyicha tadbirlarga va avariyadan qutqarish ishlariga, shuningdek kechiktirib boʻlmaydigan ishlarga doir tadbirlarni taʼminlash bilan bogʻliq tashishlarni amalga oshirishga oid xarajatlarining oʻrni Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobidan qoplanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar natijasida yuzaga kelgan hamda odamlarning hayoti va sogʻligʻiga, atrof-muhitga, harakat xavfsizligiga hamda yuklarning but saqlanishiga tahdid soladigan avariyalar, halokatlar, tabiiy ofatlar va boshqa favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini tugatishda transport tashkilotlariga, tashuvchilarga yordam koʻrsatadi, shuningdek ularni bartaraf etish, odamlar hayotini qutqarish hamda sogʻligʻini saqlash, moddiy va madaniy qimmatliklarni himoya qilish, zararni (ziyonni) kamaytirish choralarini koʻradi.
(36-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻlda qasddan toʻsiqlar yaratish hamda transport vositalarining moneliksiz va uzluksiz ishlashini izdan chiqarishga qaratilgan boshqa qonunga xilof harakatlar (harakatsizlik) natijasida yetkazilgan zararning (ziyonning) oʻrni transport tashkilotlariga aybdor shaxslar tomonidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37-modda. Bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini, shuningdek transport vositalarini hamda transport infratuzilmasi obyektlarini qoʻriqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, transport tashkilotlari, aralash tashishlar operatorlari, tashuvchilar bagaj, yuk bagaji, yuklar, pochta va kuryerlik joʻnatmalari tashish uchun qabul qilingan paytdan eʼtiboran to oluvchilarga berilguniga qadar ularning but saqlanishini taʼminlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini, shuningdek transport vositalarini hamda transport infratuzilmasi obyektlarini qoʻriqlash harbiylashtirilgan qoʻriqlash idoraviy boʻlinmalari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiylashtirilgan qoʻriqlash idoraviy boʻlinmalari oʻqotar qurol va maxsus vositalar bilan taʼminlanadi. Oʻqotar qurolni va maxsus vositalarni qoʻllash tartibi qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻta muhim transport vositalarini va transport infratuzilmasi obyektlarini qoʻriqlash Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Davlat xavfsizlik xizmatining, Ichki ishlar vazirligining hamda Milliy gvardiyasining qoʻriqlash boʻlinmalari, shuningdek harbiylashtirilgan qoʻriqlash idoraviy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38-modda. Transportda xavfsizlikni taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transportdagi xavfsizlik talablari, ularga rioya etilishi yuzasidan davlat tekshiruvi va nazoratining, jamoatchilik nazoratining usullari, shuningdek ularning muvofiqligini baholash shakllari normativ-huquqiy hujjatlarda hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududida xavfli yuklarni ishlab chiqarish, saqlash, yuklash, tashish va tushirish amalga oshiriladigan obyektlar umumiy foydalanishdagi joylardan, inshootlardan, turar joy massivlaridan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlardan va maxsus qoʻriqlanishi lozim boʻlgan obyektlardan ularning xavfsiz ishlashini taʼminlaydigan masofada uzoqlashtirilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomobil yoʻllari va temir yoʻllarning ajratilgan mintaqasida joylashgan transport inshootlarini rekonstruksiya qilish hamda taʼmirlash bilan bogʻliq holda kommunikatsiyalarni qayta jihozlash bunday kommunikatsiyalar mulkdorlarining va egalarining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xavfli va maxsus yuklarni qoʻriqlash va kuzatib borish yuklarni joʻnatuvchilar yoki oluvchilar tomonidan butun harakatlanish yoʻli davomida taʼminlanadi. Transportda tashiladigan xavfli va maxsus yuklarning egalari, bunday yuklarni joʻnatuvchilar hamda oluvchilar ushbu yuklarni tashish chogʻida avariya holatlari yuzaga kelgan hollarda avariya vaziyatlarini va avariyalarning oqibatlarini tugatish uchun zarur boʻlgan vositalarni hamda harakatchan boʻlinmalarni jalb etgan holda ularni tashish, yuklash va tushirish xavfsizligini kafolatlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport tashkilotlari va tashuvchilar xavfli hamda maxsus yuklarni tashish xavfsizligini taʼminlashi hamda ushbu yuklarni tashish chogʻida avariyalar yuzaga kelgan hollarda ularning oqibatlarini tugatishda ishtirok etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xavfli va maxsus yuklarni tashish sohasida yuzaga keladigan munosabatlar qonunchilik bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foydali qazilmalar joylashgan maydonlarda transport tashkilotlarining obyektlarini loyihalashtirish va qurish, ular joylashgan yerlarda yer osti inshootlarini joylashtirish taqiqlanadi. Alohida hollarda, loyihalashtirish va qurishga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faoliyati transport vositalarining harakati va ularning xavfsizligini taʼminlash bilan bevosita bogʻliq boʻlgan transport xodimlarining ayrim toifalari qonunchilikda belgilangan tartibda ish vaqti rejimi, dam olish rejimi va boshqa mehnat sharoitlarining oʻziga xos xususiyatlariga rioya etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport tashkilotlari va tashuvchilar faoliyati transport vositalarining harakatlanishi bilan bogʻliq boʻlgan hamda mehnat sharoitlari oʻta zararli va oʻta ogʻir ishlarda band boʻlgan xodimlarning dastlabki hamda davriy tibbiy koʻriklardan oʻtkazilishini tashkil etishi shart. Bunday xodimlar va ishlarning roʻyxati, shuningdek tibbiy koʻriklarni oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida harakatlanishi xavfsizligi masalalari Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Tashuvchining, aralash tashishlar operatorining tashishlarni amalga oshirish chogʻidagi javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39-modda. Tashish shartnomasidan kelib chiqadigan majburiyatlar boʻyicha javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻlovchilar va yuk egalari bilan tashuvchining, aralash tashishlar chogʻida esa aralash tashishlar operatorining qonunda belgilangan javobgarligini cheklash yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi kelishuvlari haqiqiy emas deb topiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchi, aralash tashishlar chogʻida esa aralash tashishlar operatori bagaj, yuk bagaji, yuklar, pochta va kuryerlik joʻnatmalari tashish uchun qabul qilingan paytdan eʼtiboran to oluvchiga yoki boshqa vakolatli shaxsga berilguniga qadar ularning but saqlanishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar tashuvchi, aralash tashishlar chogʻida esa aralash tashishlar operatori tashish uchun qabul qilingan bagajning, yuk bagajining, yuklarning, pochta va kuryerlik joʻnatmalarining yoʻqolishi, kamomadi yoki shikastlanishi (buzilishi) uning aybisiz sodir boʻlganligini isbotlay olmasa, ularning yoʻqolganligi, kamomadi yoki shikastlanganligi (buzilganligi) uchun javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini tashish chogʻida yetkazilgan zararning oʻrni quyidagi hollarda qoplanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻqolganda yoki kamomad yuzaga kelganda — yoʻqolgan yoki yetishmayotgan bagajning, yuk bagajining, yuklarning, pochta va kuryerlik joʻnatmalarining qiymati miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bagaj, yuk bagaji, yuklar, pochta va kuryerlik joʻnatmalari shikastlanganda (buzilganda) — ularning qiymati qancha summaga kamaygan boʻlsa, oʻsha summa miqdorida, shikastlangan (buzilgan) bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini tiklash imkoniyati boʻlmaganda esa ularning qiymati miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bahosi eʼlon qilingan holda tashish uchun topshirilgan bagaj, yuk bagaji, yuklar, pochta va kuryerlik joʻnatmalari yoʻqolganda — bagajning, yuk bagajining, yuklarning, pochta va kuryerlik joʻnatmalarining eʼlon qilingan qiymati miqdorida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar tashuvchi, aralash tashishlarda esa aralash tashishlar operatori va aralash tashishlarda ishtirok etuvchi tashuvchi javobgar boʻlgan shikastlanish (buzilish) natijasida bagajning, yuk bagajining, yuklarning, pochta va kuryerlik joʻnatmalarining sifati undan bevosita belgilangan maqsadda foydalanib boʻlmaydigan darajada oʻzgargan boʻlsa, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini oluvchi undan voz kechishga va uning yoʻqolganligi uchun oʻrni qoplanishini talab qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport tashkiloti va tashuvchi, aralash tashishlarda esa aralash tashishlar operatori bagaj, yuk bagaji, yuklar, pochta va kuryerlik joʻnatmalari yoʻqolgan yoki ularning kamomadi yuzaga kelgan hollarda yoʻlovchilarning, yuk joʻnatuvchilarning, yukni oluvchilarning yoki ular tomonidan vakolat berilgan, talab yoki daʼvo qilish huquqiga ega boʻlgan shaxslarning talablarini Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunlarda tashuvchi, aralash tashishlarda esa aralash tashishlar operatori javobgarligining boshqa turlari ham nazarda tutilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40-modda. Yoʻlovchining oʻlimi uchun yoki uning sogʻligʻiga zarar yetkazilganligi uchun transport tashkilotining, tashuvchining va aralash tashishlar operatorining javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport tashkiloti, tashuvchi, aralash tashishlarda esa aralash tashishlar operatori zarar jabrlanuvchining qoʻpol ehtiyotsizligi yoki yengib boʻlmas kuch holatlari oqibatida yuzaga kelganligini isbotlay olmasa, tashish chogʻida yoʻlovchining oʻlimi yoki uning sogʻligʻiga zarar yetkazilganligi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41-modda. Nizolarni hal etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport sohasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42-modda. Transport toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 9-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-706-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2021-y., 03/21/706/0774-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son; 09.02.2026-y., 03/26/1118/0120-son)