21.02.2022 yildagi 80-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, litsenziyalash sohasidagi qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish orqali normativ-huquqiy hujjatlar sonini qisqartirish hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda litsenziyalash tartib-taomillaridan oʻtishning yagona tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida yagona nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorlarni respublika darajasida qabul qiluvchi vakolatli organlarning shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha apellyatsiya kengashining (keyingi oʻrinlarda — Apellyatsiya kengashi) namunaviy tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda “Litsenziya” axborot tizimi orqali tushadigan soʻrovlar boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari tomonidan axborot tizimlari orqali taqdim etiladigan maʼlumotlarning toʻgʻriligiga tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari shaxsan javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Litsenziya berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorlarni respublika darajasida qabul qiluvchi vakolatli organlar bir oy muddatda shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha Apellyatsiya kengashi tarkibini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Litsenziyalash tartib-taomillarini belgilovchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiqlashtirish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish grafigi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, mazkur qarorning 3-ilovasida keltirilgan masʼul vazirliklar va idoralarning rahbarlariga grafikda belgilangan muddatlarda tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish boʻyicha shaxsiy javobgarlik yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qaror 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faoliyatning litsenziyalanadigan turini yoki uning kichik turini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxslar (litsenziat) uchun mazkur qaror bilan belgilangan litsenziya talab va shartlari 2022-yil 1-iyundan kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashni amalga oshiradigan vakolatli organlar uch oy muddatda amaldagi litsenziatlarning faoliyati mazkur qaror bilan belgilangan litsenziya talab va shartlariga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) litsenziyalash tartib-taomillari “Litsenziya” axborot tizimi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirilishiga oʻtishi munosabati bilan aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun manzilli va predmetli targʻibot tadbirlarini amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qarorga 3-ilovada keltirilgan litsenziyalash tartib-taomillarini belgilovchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlar belgilangan muddatlarda Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 21-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida yagona
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshirilishi uchun litsenziya olish talab qilinadigan faoliyatni “Litsenziya” axborot tizimi orqali litsenziyalash, litsenziatlar faoliyatini nazorat qilish va ularning hisobini yuritish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya olish talab qilinadigan faoliyatni “Litsenziya” axborot tizimi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali litsenziyalash ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizom qoidalari 2 — 42-ilovalarda keltirilgan litsenziyalanadigan faoliyat turlarining pasportlarida (keyingi oʻrinlarda — Pasport) nazarda tutilgan litsenziyalanadigan faoliyat turlariga nisbatan tatbiq etiladi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 20-iyul)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Amalga oshirilishi uchun litsenziya olish talab qilinadigan faoliyat turlari Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilishi uchun litsenziya olish talab qilinadigan faoliyat turlari bilan litsenziya olmasdan shugʻullanish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziat — faoliyatning litsenziyalanadigan turini yoki uning kichik turini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya — jismoniy yoki yuridik shaxsga beriladigan, litsenziya talablari va shartlariga majburiy ravishda rioya etilgan taqdirda, faoliyatning litsenziyalanadigan turini yoki uning kichik turini amalga oshirish huquqini beruvchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalash — litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani topshirish, qabul qilish va koʻrib chiqish, litsenziyani berish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishini toʻxtatib turish, qayta tiklash hamda toʻxtatish, shuningdek, litsenziyani bekor qilish va qayta rasmiylashtirish jarayoni bilan bogʻliq tartib-taomillar majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyatning litsenziyalanadigan turi — Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilishi uchun litsenziya olish talab qilinadigan, qonun bilan belgilanadigan faoliyat turi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalanadigan faoliyat turining kichik turi — faoliyatning litsenziyalanadigan turi tarkibiga kiritiladigan faoliyat turining yoʻnalishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor — litsenziyani olish uchun murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalovchi organ — faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashni amalga oshiradigan davlat organi (uning hududiy boʻlinmasi) yoki boshqa tashkilot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Litsenziya” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Litsenziya” AT) — litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor etish tartib-taomillari bilan bogʻliq barcha jarayonlarni qamrab olgan, idoralararo elektron oʻzaro hamkorlik qilish imkoniyatiga ega boʻlgan maxsus elektron tizim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya talablari va shartlari — faoliyatning litsenziyalanadigan turi bilan shugʻullanishda litsenziat tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan, mazkur Nizomda va u bilan tasdiqlangan Pasportlarda belgilangan talablar va shartlar majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalar reyestri — berilgan, uzaytirilgan, toʻxtatib turilgan, qayta tiklangan, qayta rasmiylashtirilgan, toʻxtatilgan, bekor qilingan litsenziyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan maʼlumotlar bazalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Talabgor litsenziya olish uchun ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlarni “Litsenziya” AT yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali elektron shaklda yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalash tartib-taomillari Davlat xizmatlari markazlari tomonidan “Litsenziya” AT orqali amalga oshirilishi mumkin;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizalar “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari tushganda navbatdagi ish kuni arizalarning litsenziyalovchi organga tushgan va litsenziyalovchi organ tomonidan qabul qilingan kun hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar roʻyxatdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjat (belgi) avtomatik ravishda “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali talabgorga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor litsenziya olish uchun taqdim qilgan arizasining koʻrib chiqilish holatini “Litsenziya” AT orqali onlayn kuzatib borishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Litsenziya litsenziyalovchi organ tomonidan beriladi. Pasportlarda litsenziyalash tegishli vakolatli organ (keyingi oʻrinlarda — kelishiladigan organ) bilan kelishilishi zarurligi belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Litsenziya cheklanmagan muddatga beriladi, Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Faoliyatni amalga oshirish talablari va shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilar litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish talablari va shartlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pasportlarning 9-bandida nazarda tutilgan talablar va shartlarga rioya etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish va muddatini uzaytirish uchun taqdim etiladigan maʼlumotlarning soxta, yolgʻon va notoʻgʻri emasligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pasportlarda tegishli faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirish uchun xodimlarga nisbatan talab mavjud boʻlgan taqdirda, xodimlar bilan yangi mehnat shartnomalarini tuzish, mehnat shartnomalariga oʻzgartirish kiritish va ularni bekor qilish holatlarini, shuningdek, amaldagi mehnat shartnomalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan foydalangan holda yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs hisoblangan litsenziat qayta tashkil etilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoxud uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtganidan keyin besh ish kunida “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali litsenziyalovchi organga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida murojaat qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektining unga davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqida berilgan guvohnomada koʻrsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat koʻrsatadigan joyi oʻzgargan taqdirda, tadbirkorlik subyekti qayta roʻyxatdan oʻtgandan keyin besh ish kunida “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali litsenziyalovchi organga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida murojaat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Faoliyatning litsenziyalanadigan turi va (yoki) litsenziyalanadigan faoliyat turining kichik turi uchun alohida talab va shartlar Pasportlarda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Litsenziya olish uchun ariza berish va uni koʻrib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Talabgor yoki uning nomidan ish yuritish vakolatiga ega boʻlgan shaxs oʻz elektron raqamli imzosidan (keyingi oʻrinlarda — ERI) foydalangan holda (talabgor — jismoniy shaxslar uchun ERI oʻrniga Mobil-ID tizimidan ham foydalanish mumkin) litsenziya olish uchun “Litsenziya” AT yoki YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi hamda faoliyatning litsenziyalanadigan turini, shu jumladan, har bir kichik turini tanlab, elektron shaklda ariza toʻldiradi.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizada faoliyatning litsenziyalanadigan turidan kelib chiqib quyidagilar aks ettiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs boʻlgan talabgor uchun — soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), rahbarning familiyasi, ismi va otasining ismi, telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud boʻlganda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxs boʻlgan talabgor uchun — familiyasi, ismi va otasining ismi, jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR), telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud boʻlganda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor amalga oshirmoqchi boʻlgan faoliyatning litsenziyalanadigan turi yoki mazkur faoliyatning kichik turi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyatni amalga oshirish manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pasportlarning 5-bandida belgilangan boshqa maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pasportlarda arizaga ayrim hujjatlar ilova qilinishi lozimligi koʻrsatilishi mumkin. Ilova qilinadigan hujjatlar PDF, PNG yoki JPEG formatda boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Talabgordan ushbu Nizomning 10-bandi va faoliyat turi boʻyicha Pasportlarning 5-bandida koʻrsatilmagan maʼlumotlar va hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Talabgor ariza berish vaqtida amalga oshirmoqchi boʻlgan faoliyatining litsenziya talablari va shartlariga mosligini va ularga rioya etishini tasdiqlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Talabgor arizaga notoʻgʻri maʼlumotlar kiritilganligini aniqlagan taqdirda, maʼlumotlarni arizani koʻrib chiqish uchun undiriladigan yigʻimni toʻlashdan oldin, yigʻim undirilmaydigan holatlarda esa arizani litsenziyalovchi organga yuborishdan oldin oʻzgartirishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Arizani koʻrib chiqish uchun Pasportlarning 6-bandida belgilangan miqdorda yigʻim undiriladi. Bunda Pasportlarda ayrim faoliyat turlari boʻyicha arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim undirilmasligi nazarda tutilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yigʻim toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
(14-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11,25 foizi — yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi — yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qolgan mablagʻlar — litsenziyalovchi organning hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Arizaga kiritilgan maʼlumotlar “Litsenziya” AT orqali idoralararo hamkorlik tizimlarida mavjud maʼlumotlar asosida dastlabki tarzda avtomatik ravishda taqqoslanadi va tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza quyidagi hollarda avtomatik tarzda qabul qilinmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
notoʻgʻri yoki yolgʻon maʼlumotlar kiritilganligi “Litsenziya” AT orqali aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pasportlarning 6-bandida nazarda tutilgan yigʻim toʻlanmaganda (yigʻim toʻlanishi nazarda tutilmagan hollar bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi tasdiqlanmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya reyestrida talabgorning ayni bir xil faoliyat boʻyicha kiritilgan va amalda boʻlgan litsenziyasi mavjud boʻlgan taqdirda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorning ayni bir xil faoliyati muayyan muddatga toʻxtatilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorning tegishli faoliyat bilan shugʻullanishi sudning qaroriga asosan muayyan muddatga taqiqlanganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandda koʻrsatilganlardan tashqari boshqa asoslar bilan arizani qabul qilmaslikka yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
151. Talabgor davlat xizmatlaridan foydalanishdan ularni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Talabgor davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning arizasi koʻrib chiqilmasdan qoldiriladi va toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
(151-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Yigʻim toʻlanganidan soʻng ariza va unga ilova qilingan hujjatlar “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali avtomatik tarzda litsenziyalovchi organga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim undirilmaydigan hollarda ariza va unga ilova qilingan hujjatlar “Litsenziya” AT orqali dastlabki tarzda taqqoslanib tekshirilgandan soʻng talabgor tomonidan “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali litsenziyalovchi organga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pasportlarning 10-bandida belgilangan taqdirda, talabgor tomonidan kiritilgan hujjatlar kelishiladigan organlarga ham bir vaqtning oʻzida yuborilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror Pasportlarning 8-bandida belgilangan muddatlarda qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalovchi organ arizani koʻrib chiqish muddati davomida hujjatlarni tekshirishi, zaruratga koʻra boshqa davlat organlarida mavjud, qaror qabul qilish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni “Litsenziya” AT orqali mustaqil ravishda olishi, obyektlarni joyiga chiqib oʻrganishi, ushbu harakatlarni amalga oshirish uchun oʻz xodimlari tarkibidan yoki oʻz hisobidan boshqa shaxslarni jalb qilgan holda ekspert va ishchi guruhlar tashkil etishi, shuningdek, talabgorning litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini belgilaydigan qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa harakatlarni amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Talabgorning arizasini koʻrib chiqishda boshqa organlar bilan kelishish va ularning xulosalarini olish talab etilsa, kelishiladigan organlar Pasportlarning 10-bandida belgilangan muddatlarda, agar bunday muddat belgilanmagan boʻlsa, arizani koʻrib chiqishning umumiy muddati tugashidan 5 ish kunidan oldin, tegishli kelishuvni yoki xulosani taqdim etishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelishiladigan organlar tomonidan tegishli kelishuvni yoki xulosani taqdim etish uchun obyektlarni joyiga chiqib oʻrganishi talab etilsa, faqat oʻzining faoliyat yoʻnalishiga tegishli boʻlgan qismi boʻyicha oʻrganish oʻtkazishi mumkin. Talabgor oʻz obyektlarini joyiga chiqib oʻrganish uchun litsenziyalovchi va kelishiladigan organlarga tegishli sharoitlarni yaratib berishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrganish natijasi boʻyicha talabgor ishtirokida dalolatnoma tuziladi va “Litsenziya” ATga kiritiladi. Agar talabgor dalolatnomani imzolashdan bosh tortsa, litsenziyalovchi yoki kelishiladigan organlar tomonidan bu haqda dalolatnomada qayd etiladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-iyuldagi 418-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2024-y., 09/24/418/0508-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelishiladigan organlar belgilangan muddatlarda xulosa taqdim etmagan hollarda ariza ushbu organlar bilan kelishilgan, xulosalar esa ijobiy hisoblanadi. Bunday holatda kelishiladigan organlar yuzaga kelishi mumkin boʻlgan barcha oqibatlar uchun javobgar boʻladi. Bunda tegishli kelishiladigan organlarning xulosalarisiz litsenziya berish imkoni boʻlmaganda, talabgorning arizasini koʻrib chiqish muddati va tartibi buzilganligi uchun kelishiladigan organlar javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Litsenziyalovchi organ litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni “Litsenziya” AT orqali ushbu qarorni qabul qilish vakolatiga ega boʻlgan mansabdor shaxsning ERIsi bilan tasdiqlash orqali qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror “Litsenziya” AT orqali real vaqt rejimida avtomatik tarzda talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Agar litsenziyalovchi organ Pasportlarning 8-bandida belgilangan arizani koʻrib chiqish muddati mobaynida talabgorga litsenziya berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilmasa, talabgor bu haqida litsenziyalovchi organni “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali elektron shaklda xabardor qilgan holda litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorning litsenziyani olishni kutishga roziligini bildirishi, uning keyinchalik litsenziyalovchi organni xabardor etish orqali faoliyatni amalga oshirish huquqini cheklamaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda talabgor belgilangan davlat boji toʻlovini amalga oshirgandan keyin “Litsenziya” ATda QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan litsenziya shakllantiriladi va talabgorning “Litsenziya” AT yoki YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi. Bunda talabgor faoliyat bilan litsenziyasiz shugʻullanganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas va litsenziyalovchi organlar yuzaga kelishi mumkin boʻlgan barcha oqibatlar uchun javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Litsenziya berishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya berilishi uchun zarur boʻlgan hujjatlarning talabgor tomonidan toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorning litsenziya talablari va shartlariga muvofiq emasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda yolgʻon yoki notoʻgʻri maʼlumotlarning mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pasportlarga muvofiq oʻtkazilishi shart boʻlgan oʻrganishlar, tadqiqotlar, tekshirishlar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlarning yakunlari boʻyicha asoslangan salbiy xulosa olinganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan, litsenziya berish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Talabgorning litsenziya berish haqidagi arizasini birinchi marta koʻrib chiqish jarayonida quyidagi kamchiliklar aniqlanganda, ularni bartaraf etish uchun talabgorga muddat bermasdan litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya berilishi uchun zarur boʻlgan hujjatlar talabgor tomonidan toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarning kasbiy malakasi qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq boʻlmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan hujjatlar va dasturlar qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq boʻlmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya talablari hamda shartlariga muvofiq foydalaniladigan bino va inshootlar sanitariya-epidemiologik hamda yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiq boʻlmaganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda koʻrsatilgan kamchiliklar aniqlanganda litsenziyalovchi organ ularni bartaraf etish uchun talabgorga muddat bergan holda xabarnoma yuboradi. Kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisidagi xabarnoma litsenziyalovchi organ tomonidan “Litsenziya” AT yoki YIDXP vositasida elektron shaklda talabgorga bir ish kuni ichida yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Xabarnoma taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish usullari, shuningdek, talabgor koʻrsatilgan sabablarni bartaraf qilib, tegishli hujjatlarni koʻrib chiqish uchun takroran taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yuboriladi. Xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻladigan vaqtga mutanosib boʻlishi, lekin ushbu muddat oʻttiz ish kunidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalovchi organ aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun talabgorga malakali xodimlarni izlashda, hujjatlar hamda dasturlarni maromiga yetkazish uchun mutaxassislarni jalb etishda, shuningdek, litsenziyani olish uchun boshqa zarur shart-sharoitlarni yaratishda yordam koʻrsatishi va tavsiyalar berishi kerak, bundan talabgorning taklif etilgan yordamni rad etishi hollari mustasno. Litsenziyalovchi organning kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan koʻrsatma va tavsiyalari kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi xabarnomada batafsil yoritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi xabarnoma yuborilgan taqdirda, litsenziyani berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati xabarnomada koʻrsatilgan muddatga toʻxtatib turiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Hujjatlar xabarnomada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etmasdan yoki xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin taqdim etilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziyani berishni rad etish haqida qaror qabul qilishga haqli. Bunda litsenziyani berishni kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror talabgorga rad etish sabablari, qonunchilik hujjatlarining aniq normalari va talabgor mazkur sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi. Talabgor rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli boʻlgan muddat litsenziyani berish rad etilganligi haqidagi qaror olingan kundan eʼtiboran oʻn ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Talabgor litsenziya berish rad etilishi uchun asos boʻlgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, rad etish sabablari bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi ariza va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorning rad etish sabablari bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ular olingan kundan eʼtiboran besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda litsenziyalovchi organ va uch ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda kelishiladigan organlar tomonidan takroran koʻrib chiqiladi. Talabgorning arizasi takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim, agar ular litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda belgilangan hujjatlarni takroran taqdim etish mumkin boʻlgan muddatda taqdim etilgan boʻlsa, undirilmaydi.
(27-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-iyuldagi 418-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2024-y., 09/24/418/0508-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda litsenziyalovchi organ tomonidan talabgorga litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda bayon qilinmagan rad etish sabablarini keltirishga yoʻl qoʻyilmaydi, ilgari koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin talabgor tomonidan topshirilgan ariza yangidan topshirilgan hisoblanadi va litsenziyalovchi organ tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor litsenziya berish rad etilganligi, shuningdek, litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining litsenziyalash tartib-taomillari bilan bogʻliq harakati (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, litsenziyalovchi organ bu haqida shu kunning oʻzida “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali talabgorga Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji toʻlash uchun hisobvaraq koʻrsatilgan xabarnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xabarnoma yuborilganligi toʻgʻrisida maʼlumot hamda talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboriladigan boshqa maʼlumotlar talabgorning xohishiga koʻra mobil aloqa qurilmasiga SMS-xabar shaklida ham yuborilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Talabgor xabarnoma yuborilgan kundan boshlab oʻttiz kundan ortiq boʻlmagan muddatda davlat boji toʻlovini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyani berish uchun davlat boji toʻlovi belgilangan muddatda amalga oshirilmasligi litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziyani berish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilinishi uchun asos boʻladi. Litsenziya berish toʻgʻrisidagi qaror bekor qilinganligi haqidagi maʼlumot “Litsenziya” AT orqali avtomatik tarzda talabgorga yuboriladi. Bunda talabgor litsenziyani olish uchun umumiy tartibda qayta murojaat qilish huquqiga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boji toʻlovi amalga oshirilganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boji quyidagi tartibda taqsimlanadi, basharti Pasportlarning 7-bandida boshqacha taqsimot nazarda tutilmagan taqdirda:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
(29-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11,25 foizi — yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi — yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qolgan mablagʻlar — davlat budjetiga yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Davlat boji toʻlanganidan soʻng “Litsenziya” ATda QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan litsenziya avtomatik ravishda shakllantiriladi va talabgorning “Litsenziya” AT yoki YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Berilgan litsenziyalar haqidagi maʼlumot “Litsenziya” ATda faoliyatning har bir litsenziyalanadigan turi boʻyicha alohida yuritiladigan litsenziyalar reyestriga avtomatik ravishda kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish, muddatini uzaytirish va oʻzgartirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Yuridik shaxs hisoblangan tadbirkorlik subyekti oʻzgartirilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, tadbirkorlik subyekti yoxud uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtganidan keyin besh ish kunida litsenziyalovchi organga litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
(32-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektining unga davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqida berilgan guvohnomada koʻrsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat koʻrsatadigan joyi oʻzgargan taqdirda, tadbirkorlik subyekti qayta roʻyxatdan oʻtgandan keyin besh ish kunida litsenziyalovchi organga litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizani topshirishi shart.
(32-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangidan yuzaga kelgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida ayni bir faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirish uchun litsenziyasi mavjud boʻlgan yuridik shaxslar — tadbirkorlik subyektlari qoʻshib yuborilgan taqdirda, litsenziyani ushbu bandning birinchi xatboshisida belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyaning amal qilishi litsenziyalanadigan faoliyat turining kichik turi uchun tugatilganda yoki faoliyat turlari birlashtirilgan taqdirda, litsenziya qayta rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amal qilish muddati cheklangan litsenziyani qayta rasmiylashtirishda ilgari berilgan litsenziyaning amal qilish muddati oʻzgarmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda, litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun ariza talabgorning xohishiga koʻra Davlat xizmatlari markazlari (keyingi oʻrinlarda — roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ) tomonidan yuborilishi mumkin. Bunda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tadbirkorlik subyektining qayta roʻyxatdan oʻtkazilishi uchun asos boʻlgan maʼlumotlarni koʻrsatgan holda, maxsus elektron tizim orqali vakolatli organga xabarnoma yuboradi. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ orqali litsenziyani qayta rasmiylashtirishda yigʻim undirilmaydi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-iyuldagi 418-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2024-y., 09/24/418/0508-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy-hududiy birliklar tuzilganligi yoki tugatilganligi, ularning chegaralari yoki boʻysunuvi oʻzgarganligi hamda tadbirkorlik subyektining joylashgan joyining (pochta manzilining) nomlanishi (mahallalar, koʻchalar nomi, uy raqamlari) oʻzgarganda tadbirkorlik subyektining amalda boʻlgan litsenziyalariga “Litsenziya” AT orqali avtomatik ravishda toʻlov undirmasdan oʻzgartirish kiritiladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun hujjatlar litsenziyalovchi organga “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun undiriladigan yigʻimning yarmi undiriladi va ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun davlat boji undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyalovchi organga tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida litsenziya qayta rasmiylashtirib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya qayta rasmiylashtirilguniga qadar litsenziat unda koʻrsatilgan faoliyatni litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizasi asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizomning 32-bandida koʻrsatilgan asoslar mavjud boʻlganda litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziyani qayta rasmiylashtirishni rad etish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Amal qilish muddati cheklangan litsenziyalarning amal qilish muddati litsenziatning arizasiga koʻra uzaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali litsenziyaning amal qilish muddati tugagunga qadar berilishi kerak. Bunda litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilgunga qadar litsenziyalanadigan faoliyat bilan shugʻullanishga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi, bunda litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun undiriladigan yigʻimning yarmi undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
351. Litsenziyalanadigan faoliyat turlarining pasportlarida nazarda tutilgan hollarda litsenziyaning amal qilish muddati tugashiga bir oy qolganda vakolatli organlar tomonidan Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida “B” va undan yuqori toifada turgan tadbirkorlik subyektlariga berilgan litsenziyalarning amal qilish muddatini avtomatik uzaytirish uchun litsenziya berganlik uchun undiriladigan davlat boji miqdori koʻrsatilgan xabarnoma (invoys) yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziat xabarnoma (invoys) yuborilgan kundan boshlab 15 kun muddatda, biroq litsenziyaning amal qilish muddati tugashidan 5 kun oldin litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun davlat bojini toʻlaganda, litsenziyaning amal qilish muddati avtomatik tarzda keyingi muddatga uzaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziat tomonidan davlat boji belgilangan muddatda toʻlanmagan hollarda, unga yuborilgan xabarnoma (invoys) avtomatik ravishda bekor qilinadi.
(351-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun undiriladigan yigʻim ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyaning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdorlarda davlat boji undiriladi va ushbu Nizomning 29-bandida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi qaror Pasportlarning 8-bandida belgilangan muddatlarda qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Litsenziyalar litsenziatning arizasiga asosan litsenziyalovchi organ tomonidan quyidagi hollarda oʻzgartirilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya asosida amalga oshirayotgan faoliyatini litsenziyalanadigan faoliyat turining boshqa kichik turi bilan kengaytirishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya asosida faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar tomonidan tashkil etilgan filiallar va vakolatxonalarning ushbu faoliyat bilan shugʻullanishida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs hisoblangan tadbirkorlik subyektining faoliyatni amalga oshirish joyi oʻzgarganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshlarida nazarda tutilgan asoslar litsenziat faoliyatini amalga oshirish joyiga nisbatan litsenziya talablari va shartlari Pasportlarning 9-bandida belgilangan taqdirda, litsenziyani oʻzgartirish tartibida ariza taqdim etiladi. Litsenziat faoliyatini amalga oshirish joyiga nisbatan talablar va shartlar belgilanmagan taqdirda, litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun ariza taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyani oʻzgartirish litsenziyani berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi, bunda arizani koʻrib chiqish uchun yigʻimning yarmi undiriladi va ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida tegishli litsenziyani berganlik uchun toʻlanadigan summaning ellik foizi miqdorida davlat boji undiriladi va ushbu Nizomning 29-bandida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Litsenziat litsenziya asosida amalga oshirayotgan faoliyatini litsenziyalanadigan faoliyat turining boshqa kichik turi bilan kengaytirish huquqiga ega, bunda litsenziat litsenziyani oʻzgartirish haqida “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali ariza taqdim etishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziat maʼlum bir sohada litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻla turib, xuddi shu sohadagi alohida faoliyatning kichik turiga litsenziya berish toʻgʻrisida murojaat qilsa, u tomonidan litsenziyalovchi organga faqat qoʻshimcha litsenziya talablari va shartlarini qanoatlantiradigan maʼlumotlar taqdim etiladi. Bunda litsenziyalovchi organ tomonidan faqat qoʻshimcha qilinayotgan faoliyatning kichik turi uchun litsenziya talab va shartlariga litsenziatning muvofiqligi oʻrganiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziat tomonidan faoliyatning kichik turi boʻyicha litsenziya talablari va shartlarini qanoatlantiradigan maʼlumotlar toʻliq taqdim etilganda, litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziatning avvalgi litsenziyasiga litsenziyalanadigan faoliyat turining boshqa kichik turiga oid maʼlumotlar kiritilgan holda oʻzgartirishlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, bekor qilish va toʻxtatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda litsenziyalovchi organ tashabbusi bilan toʻxtatib turilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligi aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziat tomonidan litsenziyalovchi organning litsenziat zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarori bajarilmaganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya berishda kelishiladigan organlar tomonidan oʻz vakolatlari doirasida oʻtkaziladigan oʻrganishlar jarayonida litsenziya va ruxsat etish sohasidagi talab va shartlar buzilish holatlari aniqlangan taqdirda, bir ish kuni ichida bu haqidagi xabarnoma va asoslovchi hujjatlar litsenziyalovchi organga taqdim etilganda.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 18-iyundagi 315-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2026-y., 09/26/315/0614-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish litsenziyalovchi organ yoki sud tomonidan amalga oshiriladi. Litsenziyaning amal qilishi litsenziyalovchi organ tomonidan oʻn kundan koʻp boʻlmagan muddatga, sud tomonidan esa oʻn kundan ortiq, lekin olti oydan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan muddat ichida litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish uchun asos boʻlgan sabab va kamchiliklar bartaraf qilinmasa, litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish muddatini uzaytirish boʻyicha sudga daʼvo ariza kiritishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziatlar ushbu Nizomning 40-bandida nazarda tutilgan litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlarni litsenziyalovchi organlar yoki sud belgilagan muddatda bartaraf etmaganda, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida sudga daʼvo arizasi kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Litsenziyalanadigan faoliyat bilan shugʻullanuvchi jismoniy yoki yuridik shaxslar oʻz faoliyatini vaqtincha toʻxtatganda litsenziyaning amal qilishini olti oygacha toʻxtatib turish haqida litsenziyalovchi organga murojaat qilishi mumkin. Bunda jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan olti oy muddat ichida litsenziyaning amal qilishini qayta tiklash toʻgʻrisida litsenziyalovchi organga murojaat qilinmagan taqdirda, litsenziyaning amal qilishi toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori “Litsenziya” AT orqali ushbu qarorni qabul qilish vakolatiga ega boʻlgan mansabdor shaxsning ERIsi bilan tasdiqlash orqali qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror “Litsenziya” AT orqali real vaqt rejimida avtomatik tarzda litsenziatning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilganligi haqidagi qaror qabul qilingan kunning oʻzida bu haqida “Litsenziya” ATdagi litsenziyalar reyestriga tegishli yozuv kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Litsenziyalovchi organlar yoki sud litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilishiga sabab boʻlgan holatlarning litsenziat tomonidan bartaraf etilishi uchun yetarli, ammo besh ish kunidan kam va olti oydan koʻp boʻlmagan muddat taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Litsenziat litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilishi haqida qaror kelib tushganidan soʻng qarorda koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etishi va qarorda koʻrsatilgan muddat yakunlanguniga qadar litsenziyalovchi organga “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali kamchiliklar bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnoma va asoslovchi hujjatlarni ilova qilgan holda maʼlumot yuborishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish haqidagi qaror sud tomonidan qabul qilingan boʻlsa, kamchiliklar bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnoma va asoslovchi hujjatlar qarorda koʻrsatilgan muddat yakunlanguniga qadar sudga taqdim etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Kamchiliklar bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot tushgan kundan boshlab uch ish kuni ichida litsenziyalovchi organ maʼlumotlarni tahlil qilishi, zaruratga koʻra kamchiliklar bartaraf etilganligini joyiga chiqqan holda oʻrganishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Tahlil yoki oʻrganishlar natijasida litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar litsenziat tomonidan bartaraf etilganligi aniqlangan taqdirda, litsenziyalovchi organ kamchiliklar bartaraf etilganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma olingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida litsenziyaning amal qilishini qayta tiklash toʻgʻrisidagi qarorni “Litsenziya” AT orqali qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziyaning amal qilishini qayta tiklash yoki qayta tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi qaror uch ish kunida qabul qilinmasa, jismoniy va yuridik shaxslar ushbu muddat tugagandan soʻng litsenziyalovchi organni “Litsenziya” AT orqali elektron shaklda xabardor qilgan holda faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyaning amal qilishini qayta tiklash yoki qayta tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi qaror “Litsenziya” AT orqali real vaqt rejimida avtomatik tarzda talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Sudning litsenziyaning amal qilishini qayta tiklash toʻgʻrisidagi qarori tegishli litsenziyalovchi organga kelib tushganda, litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishi qayta tiklanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni “Litsenziya” ATga bir ish kunidan oshmagan muddatda joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Litsenziyaning amal qilishini bekor qilish quyidagi hollarda litsenziyalovchi organning qaroriga binoan amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziat litsenziyaning amal qilishini bekor qilish toʻgʻrisida murojaat qilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs tugatilganda — tugatilgan paytdan eʼtiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda — qayta tashkil etilgan paytdan eʼtiboran, bundan uning oʻzgartirilishi, shuningdek, yangidan yuzaga kelgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxsda faoliyatning ayni bir litsenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun litsenziya mavjud boʻlgan taqdirda, qoʻshib yuborilishi mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi tadbirkor davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi tugatilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxsning muomalaga layoqatliligi belgilangan tartibda cheklanganda, u muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya berganlik uchun litsenziat toʻlashi lozim boʻlgan davlat boji belgilangan muddatda toʻlanmaganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Litsenziat litsenziyaning amal qilishini bekor qilish uchun litsenziyalovchi organga “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali xabarnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalovchi organ xabarnomaga asosan yoki mazkur Nizomning 49-bandi uchinchi — oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlar yuzaga kelganda litsenziyaning amal qilishini bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va bu haqida “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali litsenziatga maʼlum qiladi. Shuningdek, litsenziyaning amal qilishi bekor qilinganligi haqida “Litsenziya” ATdagi litsenziyalar reyestriga maʼlumot kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Litsenziyalovchi organ quyidagi hollarda litsenziyaning amal qilishini bekor qilish toʻgʻrisida sudga murojaat qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziat litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlarni litsenziyalovchi organ yoki sud belgilagan muddatda bartaraf etmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalovchi organning litsenziya berish toʻgʻrisidagi qarorining qonunga xilofligi aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziat litsenziya talablari va shartlarini bir yil davomida muntazam ravishda (ikki va undan ortiq marotaba) yoki bir marotaba qoʻpol ravishda buzganda, agar mazkur qoidabuzarliklar fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga ziyon, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamoat xavfsizligiga zarar hamda atrof muhitga ziyon yetkazilishiga olib kelgan boʻlsa. Litsenziyaning bekor qilinishiga asos boʻladigan qoʻpol qoidabuzarliklar Pasportlarda nazarda tutiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalovchi organning litsenziyani bekor qilish yuzasidan sudga daʼvo arizasi kiritilganligi haqidagi maʼlumoti sudga daʼvo arizasi kiritilgan kundan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay litsenziatga “Litsenziya” AT orqali litsenziyaning amal qilishini bekor qilish yuzasidan sudga daʼvo arizasi kiritish sabablari va qonunchilik hujjatlarining aniq normalari koʻrsatilgan holda yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudning litsenziyaning amal qilishini bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori litsenziatga va litsenziyalovchi organga qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi hamda litsenziyalovchi organ ushbu maʼlumotni bir ish kuni ichida litsenziyalar reyestriga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya ushbu bandning beshinchi xatboshisida koʻrsatilgan asosga koʻra bekor qilingan taqdirda, litsenziya berilgan sanadan eʼtiboran bekor qilingan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalash tartibi bekor qilinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyaning amal qilish muddati tamom boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyaga ega boʻlgan jismoniy shaxs vafot etganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziat tomonidan litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilishini olti oygacha toʻxtatib turish toʻgʻrisida murojaat berilib, mazkur xatboshida nazarda tutilgan muddat davomida litsenziyaning amal qilishini qayta tiklash toʻgʻrisida litsenziyalovchi organga murojaat qilinmagan taqdirda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyaning amal qilish muddati tugagan hollarda litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziyaning amal qilish muddat tugatganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilish talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyaning amal qilishi ushbu bandning beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan asos boʻyicha toʻxtatilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ bu haqida “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali litsenziatga xabarnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Litsenziyalanadigan faoliyatlarni nazorat qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Litsenziyalar reyestriga kiritilgan hamda faoliyatini amalga oshirayotgan litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi litsenziyalovchi organ (yoki uning hududiy boʻlinmalari) tomonidan nazorat qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat amalga oshirilayotganda litsenziyalovchi organlar oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziatlarni litsenziya talablari va shartlariga rioya etayotganligi ustidan tekshirishni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni xabardor etgan holda qonunchilikda belgilangan tartibda joyiga chiqqan holda oʻtkazish;
(54-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 176-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/176/0368-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-iyul)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan tekshiruvlar oʻtkazilayotganda yuzaga keladigan masalalar boʻyicha litsenziatdan zarur maʼlumotlarni soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshiruv natijalari asosida litsenziatlar yoʻl qoʻygan litsenziya talablari va shartlarining aniq qoidabuzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziat zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday qoidabuzarliklarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyaning amal qilishini oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish, shuningdek, sudga litsenziyaning amal qilishini olti oydan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish, litsenziyani bekor qilish tashabbusi bilan murojaat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya berish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklar boʻyicha yuridik shaxslarga jarima qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilish, uni majburiy undirish boʻyicha sudga daʼvo arizasi kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Nazorat qilish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Litsenziya” AT orqali masofaviy nazorat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya talablari hamda shartlariga rioya etilishini asoslar mavjud boʻlgan taqdirda va qonunchilikda belgilangan tartibda joyga chiqqan holda tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
statistik axborotlarni va litsenziatlardan soʻrab olinadigan maʼlumotlarni tahlil qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Litsenziyalovchi organ masofaviy nazoratni “Litsenziya” AT imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda litsenziatning xodimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinganligi toʻgʻrisida taqdim etilgan maʼlumotlar, shuningdek, boshqa vakolatli organlar va idoralardan olingan axborotlar asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masofaviy nazoratni amalga oshirishda litsenziyalar reyestriga kiritilgan litsenziatlarning litsenziya talablari va shartlarini buzish holatlari toʻgʻrisida “Litsenziya” AT orqali avtomatik ravishda keladigan xabarlar litsenziyalovchi organning shaxsiy kabinetiga kelib tushadi. Ushbu xabar orqali litsenziyalovchi organ litsenziatlarning faoliyatini tahlil qiladi va oʻrganadi. Bunda litsenziyalovchi organ litsenziya talablari va shartlarining buzilishi holatlarini bartaraf etish boʻyicha litsenziatlarga koʻrsatma berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziatlar masofaviy nazorat asosida litsenziyalovchi organ tomonidan berilgan koʻrsatmada bayon etilgan talablarni oʻn ish kuni ichida bajarishi va bu haqida litsenziyalovchi organga xabar berishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrsatma litsenziatlar tomonidan oʻz vaqtida ijro etilmaganda yoki bajarilishi taʼminlanmaganda litsenziyalovchi organ “xavfni tahlil qilish” tizimi asosida ularning faoliyatini tekshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Litsenziatning faoliyatini joyiga chiqqan holda tekshirish quyidagilar asosida amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“xavfni tahlil etish” tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan, jamoatchilik nazorati subyektlarining murojaatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Litsenziya” AT orqali yuborilgan litsenziyalash sohasidagi qonunchilik hujjatlarini buzishga doir huquqbuzarlik holatlari toʻgʻrisida jismoniy shaxslarning maʼlumotlari.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Litsenziatning faoliyatini joyiga chiqqan holda oʻtkaziladigan tekshirishlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni xabardor etgan holda amalga oshiriladi.
(58-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 176-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/176/0368-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-iyul)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini joyiga chiqqan holda tekshirish oʻn kungacha boʻlgan muddatda oʻtkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan tartibda joyiga chiqqan holda oʻtkaziladigan tekshirishdan bosh tortish litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish uchun asos boʻladigan harakat hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Tegishli faoliyat bilan litsenziyasiz shugʻullanish holatlari bilan bogʻliq qonun buzilishlari jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida aniqlangan taqdirda, ularni ragʻbatlantirish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Litsenziyalovchi organlar qarori va ularning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat berish va uni koʻrib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Talabgor/litsenziat belgilangan tartibda litsenziyalovchi organning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarorlari va hujjatlari ustidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mansabdor shaxslari harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Talabgor/litsenziat shikoyatni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy darajadagi litsenziyalovchi organga nisbatan uning yuqori turuvchisiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika darajasida litsenziyalovchi organga nisbatan ushbu idorada tashkil etilgan Shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha apellyatsiya kengashiga (keyingi oʻrinlarda — Apellyatsiya kengashi) taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor/litsenziat belgilangan tartibda litsenziyalovchi organning qarori hamda uning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan bevosita sudga shikoyat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik hujjatlariga muvofiq shikoyat boshqa vakolatli organlarga ham berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Respublika darajasida Apellyatsiya kengashi tarkibi litsenziyalovchi organning rahbari tomonidan besh nafar tarkibda tasdiqlanadi. Apellyatsiya kengashi yigʻilishida Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi vakili kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya kengashi yigʻilishi uning aʼzolarining toʻrtdan uch qismi hozir boʻlganda vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, shikoyat qaror (boshqa hujjat) toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan paytdan yoki talabgor/litsenziatga litsenziyalovchi organlar qarori va ularning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) haqida maʼlum boʻlgan paytdan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shikoyat berish muddati, agar u uzrli sababga koʻra oʻtkazib yuborilgan boʻlsa, shikoyatni koʻrib chiquvchi organ tomonidan tiklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Shikoyat yozma, ogʻzaki (shaxsiy qabul yoki ishonch telefoni orqali) yoki elektron shaklda (“Litsenziya” ATdagi shaxsiy kabinet, elektron pochta yoki vakolatli organning rasmiy veb-sayti orqali) beriladi va unda quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarorni qabul qilgan yoki harakatni amalga oshirgan vakolatli organning nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shikoyat bergan jismoniy shaxsning (uning vakilining) familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi, yuridik shaxs uchun esa — uning nomi va joylashgan joyi (pochta manzili), STIR;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shikoyat bergan shaxsning talablari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyxati (mavjud boʻlgan taqdirda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shikoyat berilgan sana.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shikoyat yozma shaklda berilganda shikoyat qiluvchi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Agar shikoyat vakil tomonidan berilgan boʻlsa, unga ishonchnomaning yoki vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi boshqa hujjatning koʻchirma nusxasi ilova qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Jismoniy shaxs ogʻzaki shikoyat (shaxsiy qabul orqali) qilayotganda oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, yuridik shaxsning vakili esa — oʻz vakolatlarini tasdiqlaydigan va oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron shaklda beriladigan shikoyatlarda talabgor/litsenziatning elektron manzili va yagona identifikatori (JSHSHIR/STIR) hamda boshqa rekvizitlar koʻrsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shikoyatda elektron manzilning koʻrsatilganligi talabgor/litsenziatning shikoyatini koʻrib chiqish natijalarini axborot tizimi orqali elektron shaklda qabul qilishga boʻlgan roziligidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Shikoyatni olgan yuqori turuvchi vakolatli organ va Apellyatsiya kengashi shikoyat berilayotgan qaror, harakatlar (harakatsizliklar) toʻgʻrisidagi tegishli axborotni shikoyat olingan paytdan eʼtiboran uch ish kuni ichida oʻrganish uchun soʻrab olishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya kengashining shikoyat boʻyicha yigʻilish materiallarini tayyorlash respublika darajasidagi litsenziyalovchi organning yuridik xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Talabgor/litsenziatning talabiga koʻra shikoyat uning ishtirokida koʻrib chiqilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda yuqori turuvchi litsenziyalovchi organ va Apellyatsiya kengashi talabgor/litsenziatning istagiga koʻra muhokamani videokonferens aloqa vositalaridan foydalangan holda oʻtkazishni taʼminlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Videokonferens aloqa rejimida shikoyatni koʻrib chiqish uchun texnik va boshqa sharoitlarni taʼminlash litsenziyalovchi organning markaziy apparatiga yoki tegishli hududiy boʻlinmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Shikoyatni koʻrib chiqish yakuni boʻyicha bayonnoma tuzilishi va ushbu bayonnoma yuqori turuvchi litsenziyalovchi organ va Apellyatsiya kengashining rahbari tomonidan imzolanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqori turuvchi litsenziyalovchi organ yoki Apellyatsiya kengashi shikoyat boʻyicha oʻn besh kun ichida qaror qabul qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Shikoyat bergan talabgor/litsenziat shikoyat boʻyicha qaror qabul qilinguniga qadar uni chaqirib olishga haqli. Shikoyatni chaqirib olish yozma (shikoyatni yigʻilishda koʻrib chiqish jarayonida) yoki elektron shaklda (“Litsenziya” AT orqali) rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Yuqori turuvchi litsenziyalovchi organ yoki Apellyatsiya kengashi shikoyat boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qilishga haqli:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustidan shikoyat qilinayotgan qarorni oʻzgarishsiz qoldirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustidan shikoyat qilinayotgan qarorga oʻzgartishlar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarorni bekor qilish va zarur boʻlgan taqdirda, yangi qaror qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalovchi organ yoki uning mansabdor shaxsi zimmasiga berilgan shikoyat mohiyati boʻyicha muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyatini yuklash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Shikoyat Apellyatsiya kengashi tomonidan koʻrilayotganda yuzaga keladigan masalalar uning aʼzolari tomonidan bir ovozdan hal qilinadi. Hech bir aʼzo ovoz berishda betaraf qolishga haqli emas. Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi vakili ovoz berish jarayonida ishtirok etmaydi va uning fikri Apellyatsiya kengashi aʼzolari uchun tavsiyaviy tusga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Litsenziyalovchi organning qarori ustidan shikoyat qilingan taqdirda, shikoyat yuqori turuvchi litsenziyalovchi organda yoki Apellyatsiya kengashida roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran qarorning amal qilishi va ijro etilishi toʻxtatib turiladi, bundan litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish hollari mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Litsenziyalar reyestrini yuritish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Litsenziyalar reyestri “Litsenziya” ATda elektron shaklda faoliyatning har bir litsenziyalanadigan turi boʻyicha alohida yuritiladi va undagi maʼlumot barcha uchun ochiq hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Litsenziyalar reyestri avtomatik tarzda shakllantiriladi, uning doimiy yuritilishi va unga tegishli oʻzgartirishlarni kiritish litsenziyalovchi organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalovchi organlar litsenziyalar reyestrini yuritishda ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartiblarga rioya qilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Litsenziyalovchi organlar quyidagi maʼlumotlarni litsenziyalar reyestriga oʻz vaqtida kiritib borishga javobgar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya qayta rasmiylashtirilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya oʻzgartirilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyaning amal qilish muddati uzaytirilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyaning amal qilishi qayta tiklanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyaning amal qilishi toʻxtatilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya bekor qilinganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. Har bir litsenziyalar reyestrida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziatning reyestr tartib raqami, uning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va tashkiliy-huquqiy shakli, yuridik manzili, yuridik shaxs uchun soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), jismoniy shaxs uchun jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalovchi organ nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reyestrga kiritilgan sana;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
filiallar va vakolatxonalar toʻgʻrisidagi axborot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyatning litsenziyalanadigan turi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyat olib borish manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziatga faoliyatning ruxsat etilgan har bir kichik turi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyaning amal qilish muddati — cheklangan muddatga beriladigan litsenziyalar uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyaning holati (amalda, toʻxtatib turilgan, bekor qilingan, toʻxtatilgan);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya holati har bir oʻzgarishining asoslari va sanasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. Litsenziatlar toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlar bazasi litsenziyalovchi organlar foydalanishi uchun shakllantiriladi va unda litsenziyalashda kiritiladigan barcha maʼlumotlar hamda ilova qilinadigan hujjatlarning elektron nusxalari saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu maʼlumotlar bazasida litsenziyalar reyestrida kiritilmagan axborotlar mavjud boʻlgan taqdirda, litsenziyalovchi organlar tomonidan ushbu axborotlar boshqa shaxslarga oshkor qilinishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79. Litsenziat litsenziya talab va shartlarining bajarilganligi yuzasidan litsenziyalovchi organga soxta, yolgʻon yoki notoʻgʻri maʼlumotlar berganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80. Litsenziyalovchi organ (ularning mansabdor shaxslari) litsenziatga nisbatan qoʻllagan javobgarlik choralari, shuningdek, litsenziyani toʻxtatib turishi va/yoki bekor qilishi noqonuniy deb topilgan taqdirda, litsenziatga keltirgan zararlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoplaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari mazkur Nizom talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati yuzasidan, shu jumladan, “Litsenziya” AT orqali doimiy monitoring olib boradi.
(81-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya olish talab qilinadigan faoliyatni “Litsenziya” axborot tizimi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali litsenziyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Talabgor

Litsenziya olish uchun “Litsenziya” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Litsenziya” AT) yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) roʻyxatdan oʻtadi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Talabgor

1. Faoliyatning litsenziyalanadigan turini, shu jumladan, har bir kichik turini tanlab, elektron shaklda ariza toʻldiradi va tegishli hujjatlarni yuklaydi.

Oʻz xohishiga koʻra

2. Arizani koʻrib chiqish uchun litsenziyalanadigan faoliyat turlari pasportlarining (keyingi oʻrinlarda — Pasportlar) 6-bandida belgilangan miqdorda yigʻimni toʻlaydi.

3-bosqich

“Litsenziya” AT yoki YIDXP

Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar avtomatik tarzda litsenziyalovchi organga yuboriladi. Pasportlarning 10-bandida belgilangan holatlarda, hujjatlar bir vaqtning oʻzida kelishuvchi organlarga ham yuboriladi.

Arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim toʻlangandan soʻng real vaqt rejimida

Litsenziyalovchi organ

Arizani koʻrib chiqadi, zaruratga koʻra obyektlarni joyiga chiqib oʻrganadi, boshqa davlat organlaridan mavjud maʼlumotlarni mustaqil ravishda oladi va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qarorni qabul qiladi.

Pasportlarning 8-bandida belgilangan muddatlarda

4-bosqich

“Litsenziya” AT

1. Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

2. Litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, talabgorga davlat boji toʻlash uchun hisobvaraq koʻrsatilgan xabarnoma yuboradi.

Real vaqt rejimida

5-bosqich

Talabgor

1. Xabarnomada koʻrsatilgan davlat boji toʻlovini amalga oshiradi.

1. 30 kundan ortiq boʻlmagan muddatda

“Litsenziya” AT

2. QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan litsenziya avtomatik ravishda shakllantiriladi va talabgorning “Litsenziya” AT yoki YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi.

2. Davlat boji toʻlanganidan soʻng real vaqt rejimida

Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Litsenziya nomi:

Nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati uchun litsenziya

2.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:

a) maktabgacha taʼlim xizmatlari (bundan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining xizmatlari mustasno);

b) umumiy oʻrta taʼlim xizmatlari;

v) oʻrta maxsus taʼlim xizmatlari;

g) kasbiy taʼlim xizmatlari;

d) oliy taʼlim xizmatlari;

e) oliy taʼlimdan keyingi taʼlim xizmatlari.

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs

4.

Litsenziyalovchi organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi.

5.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

I. Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim xizmatlari uchun:

a) ariza;

arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, elektron pochtasi (mavjud boʻlsa), taʼlim faoliyatini amalga oshirish manzili, bank muassasasining nomi va bank hisobvaragʻi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, taʼlim faoliyati yoʻnalishlari roʻyxati, ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;

bolalar uchun qoʻshimcha taʼlim doirasida chet tillariga oʻqitgan hollarda, pedagoglarning kasbiy rivojlantirish taʼlim tashkilotlarida malakasi oshirilganligi;

b) oʻquv rejasi va dasturlarining elektron nusxalari.

II. Oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim xizmatlari uchun:

a) ariza.

arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi;

faoliyatning litsenziyalanayotgan turi;

kadrlar tayyorlash rejalashtirilayotgan sohalar, taʼlim jarayonlari yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilayotgan yoʻnalishlar, kasblar yoki mutaxassisliklar roʻyxati (taʼlim shakllari koʻrsatilgan holda);

ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, oʻzgartirish, qayta rasmiylashtirish);

kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilayotgan taʼlim dasturlari boʻyicha qabul rejasi (toʻliq oʻqish davomiyligi koʻrsatilgan holda);

pochta manzili, elektron pochtasi, mobil telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish joyining telefon raqami (mavjud boʻlgan taqdirda);

talabgorning litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;

b) tashkil etilayotgan taʼlim tashkilotining nomi, maqomi, boshqaruv tizimi, boshqaruv kadrlari, asosiy taʼlim va ilmiy faoliyat yoʻnalishlari, qabul parametrlari, taʼlim sifatini taʼminlash tizimi va vositalari, toʻlov-kontrakt miqdori va uning hisob-kitobi, shuningdek, taʼlim tashkilotini rivojlantirish boʻyicha besh yillik strategik rejasini oʻz ichiga olgan konsepsiya;

v) bank muassasasi tomonidan tasdiqlangan hisobvaragʻida zaxira mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

g) qabul qilinadigan talaba (oʻquvchi, izlanuvchi)lar soniga mos ravishda oʻquv binolari, talabalar turar joyi va oʻquv jarayonini tashkil etish bilan bogʻliq boshqa yer, bino va inshootlarning tegishli hujjatlari (oldi-sotdi shartnomasi, koʻchmas mulk obyektiga egalik qilish hujjati yoki foydalanish uchun kamida 5 yil muddatga tuzilgan ijara (tekin foydalanish) shartnomasi, shuningdek, koʻchmas mulk obyektining kadastr pasporti, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar).

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari

8.

Arizani koʻrib chiqish muddatlari:

15 ish kunida (oliy taʼlim turi boʻyicha 30 ish kunida)

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

I. Nodavlat taʼlim sohasida umumiy litsenziya talablari va shartlari:

a) taʼlim-tarbiya faoliyati yuritiladigan binoga (xonalarga) mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquqning mavjudligi (oldi-sotdi shartnomasi yoki koʻchmas mulk ijarasi shartnomasi (agar bino ijaraga olingan boʻlsa), koʻchmas mulk obyekti kadastr pasporti, koʻchmas mulk obyektiga egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar), shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq nogironligi boʻlgan shaxslar uchun toʻsiqlarsiz muhit yaratilganligi*;

a1) nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatiladigan bino va xonalarni onlayn translyatsiya qilish hamda bolalarning ota-onalari (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) tomonidan onlayn kuzatish imkoniyatiga ega boʻlgan, ovoz yozish moslamalik ichki va tashqi kameralar bilan taʼminlash.

Bunda videoyozuv qaydlari kamida olti oygacha saqlab boriladi*;

b) taʼlim-tarbiya jarayonini davlat taʼlim standartlariga (davlat taʼlim talablariga), oʻquv reja va dasturlariga (taʼlim dasturlariga), shuningdek, taʼlim tashkilotlari tomonidan mustaqil ishlab chiqilib, litsenziya olish paytida taqdim etilgan oʻquv dasturlariga muvofiq tashkil etish, shu jumladan, umumiy oʻrta taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi subyektlar oʻzbek tili faniga ajratiladigan oʻquv soatlari hajmini davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari uchun tasdiqlangan tayanch oʻquv rejaga muvofiq belgilashi*;

v) taʼlimning majburiy ravishda dunyoviy xarakterda boʻlishi, taʼlim jarayonida urushni, zoʻravonlikni targʻib qilishdan foydalanishga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinligi kamsitilishiga, taʼlim oluvchilar jinsiga koʻra ajratib oʻqitilishiga (qonunchilikda ayrim oʻquv fanlarni ajratib oʻqitish boʻyicha belgilangan holatlar bundan mustasno), mamlakatdagi xavfsizlik va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka, jamiyatning huquqiy va maʼnaviy asoslari, fuqarolar osoyishtaligiga, millatlararo va dinlararo totuvlikka raxna solinishiga, Oʻzbekiston Respublikasi toʻgʻrisida notoʻgʻri axborotlar tarqatilishiga hamda uning tarixiy, madaniy va maʼnaviy qadriyatlari buzib koʻrsatilishiga yoʻl qoʻymaslik*;

g) litsenziat tomonidan nodavlat taʼlim sohasidagi faoliyati uchun litsenziya olingan kunidan soʻng bir oy muddat ichida taʼlim tashkiloti, taʼlim oluvchilar va pedagog xodimlar toʻgʻrisidagi toʻgʻri, toʻliq va ishonchli maʼlumotlarni taʼlim sohasida vakolatli davlat organlarining tegishli axborot tizimlariga kiritish va muntazam ravishda yangilab borish.

Bunda umumiy oʻrta taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi subyektlar taʼlim tashkiloti, taʼlim oluvchilar va pedagog xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Yagona elektron dasturi (erp.maktab.uz) va elektron platformalariga (my.maktab.uz, e-shahodatnoma.uz, emaktab.uz) kiritish va muntazam ravishda yangilab borish (maktabgacha taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi subyektlar va “Bolalar bogʻchasi” (bbit.uz) axborot tizimiga ham ushbu maʼlumotlarni kiritib boradi);

oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi subyektlar taʼlim tashkiloti, taʼlim oluvchilar va pedagog xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻquv faoliyati boshlangandan soʻng Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining oʻquv, ilmiy va maʼmuriy jarayonlarni boshqaruvchi hamda taʼlim sifatini nazorat qiluvchi axborot tizimlariga (Akademik litseylarda taʼlim jarayonlarini boshqarish — EMIS AL, kasbiy taʼlim jarayonlarini boshqarish — EMIS PT, oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi — HEMIS, oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi — Daraja.ilmiy.uz)ga tegishliligi boʻyicha kiritish va muntazam ravishda yangilab borish*;

d) taʼlim jarayonini qonunchilik hujjatlari bilan davlat taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan kiyinish talablariga hamda taʼlim tashkilotining ichki tartib-qoidalariga va odob-axloq qoidalariga rioya qilgan holda tashkil qilish;

e) nodavlat taʼlim tashkilotiga oʻqishga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilish*;

j) nodavlat taʼlim tashkilotlarining nomi, muhrlari, tamgʻalari, lavhalari, eʼlonlari, narxnomalari, ish qogʻozlarining matnlari va boshqa koʻrgazmali hamda ogʻzaki axborot matnlari davlat tilida boʻlishi (Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida tashkil etiladigan xorijiy taʼlim tashkilotlarining, shuningdek xalqaro tashkilotlarning taʼlim muassasalari filiallari (markazlari, taʼlim kampuslari) va boshqa boʻlinmalari bundan mustasno)*;

z) bitiruvchilarga belgilangan tartibda taʼlim toʻgʻrisida hujjat berish (bundan maktabgacha taʼlim xizmatlari mustasno).

II. Oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim xizmatlari uchun qoʻshimcha nodavlat taʼlim sohasida umumiy litsenziya talablari va shartlari:

a) qonunchilik hujjatlariga qatʼiy rioya qilish;

b) taʼlim-tarbiya jarayoni tashkil etishda tahsil oluvchilar uchun yer, bino va inshootlarda belgilangan maydonning mavjudligi bunda, har bir taʼlim oluvchi uchun ajratiladigan umumiy maydon oʻlchamini hisoblashda koʻp qavatli binolarning yuqori qavatlari ham inobatga olinadi*;

tashkil etilayotgan oliy taʼlim tashkilotining taʼlim jarayoniga moʻljallangan bino va inshootlarining maydoni 5 000 m2dan kam boʻlmasligi;

v) oliy taʼlim tashkilotlarining muqobil taʼlim shakllari boʻyicha umumiy qabul kvotasi kunduzgi taʼlim shakli qabul natijasining 50 foizidan oshmasligi hamda taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklariga talabalarni tegishli taʼlim dasturlari belgilangan tartibda maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazilganidan soʻng navbatdagi (kelayotgan) oʻquv yili uchun belgilangan tartibda qabul qilish*;

g) oliy taʼlim tashkilotida vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bilan shugʻullanadigan rektor maslahatchisi shtat birligi mavjudligi*;

d) qonunchilikda belgilangan muddatlarda, oʻrnatilgan tartibga muvofiq davlat akkreditatsiyasidan oʻtish*;

e) davlat akkreditatsiyasidan oʻtish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni belgilangan muddatlarda bartaraf etish*;

j) oliy taʼlim tashkiloti dastlabki 5 yil davomida uning yillik sof foydasining kamida 80 foizini, keyingi yillarda esa kamida 50 foizini mazkur taʼlim tashkilotining asosiy faoliyatini rivojlantirishga yoʻnaltirish;

z) taʼlim tashkilotlari bitiruvchilariga beriladigan diplom maʼlumotlarini Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli maʼlumotlar bazasiga kiritish*.

III. Quyidagilar nodavlat taʼlim xizmatlari litsenziyalanadigan faoliyat turlarining alohida talab va shartlari hisoblanadi:

Maktabgacha taʼlim xizmatlari boʻyicha litsenziya talablari va shartlari (bundan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining xizmatlari mustasno)

T/r

Litsenziya talablari va shartlari

Bajarilishi lozim boʻlgan koʻrsatkichlar

1.

Oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlar hamda axborot-resurs bazasi bilan taʼminlanganligi:*

kamida 2 ta kompyuter texnikasi hamda ekran oʻlchami kamida 40 duym boʻlgan televizor bilan jihozlangan maktabgacha taʼlimning dasturlarini amalga oshirish uchun oʻquv xonasi yoki axborot-resurs markazi;

oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlarning tarbiyalanuvchilar umumiy soniga nisbati — 1/6.

2.

Bitta guruhdagi tarbiyalanuvchilarning maksimal soni:*

3 yoshgacha guruhda — 20 nafar;

3-5 yoshlilar guruhida — 25 nafar;

qisqa muddatli guruhda — 30 nafar.

3.

Bitta guruh uchun kiritiladigan tarbiyachi va tarbiyachi yordamchisi shtat birliklarining minimal miqdorlari:*

a) tarbiyachi:

9 soatli — 1,25 shtat birligi;

10,5 soatli — 1,46 shtat birligi;

12 soatli — 1,67 shtat birligi;

24 soatli — 2,2 shtat birligi;

b) tarbiyachi yordamchisi:

9 soatli — 1 shtat birligi;

10,5 soatli — 1,15 shtat birligi;

12 soatli — 1,25 shtat birligi;

24 soatli — 1,5 shtat birligi.

4.

Maktabgacha taʼlim tashkiloti binosining sigʻimiga qoʻyiladigan minimal talablar:*

devor yoki panjara bilan oʻrab olingan hududiga va alohida kirish-chiqish joyiga ega boʻlgan:

a) alohida binolarda tashkil etilganda tarbiyalanuvchilar soni 385 nafardan oshmasligi;

b) koʻp qavatli turar joy binosining birinchi qavatida tashkil etilganda tarbiyalanuvchilar soni:

shahar joylarda — 75 nafargacha;

qishloq joylarda — 60 nafargacha;

individual binolarda — 150 nafargacha boʻlishi lozim.

5.

Maktabgacha taʼlim tashkilotida maʼmuriyat va har bir guruh uchun talab etiladigan xonalar va har bir tarbiyalanuvchi uchun ajratiladigan maydon oʻlchami:*

a) maʼmuriyat uchun:

rahbar xonasi — 1 ta xona;

metodist xonasi — 1 ta xona;

tibbiyot xonasi — 1 ta xona;

b) mashgʻulotlar va oʻyinlar uchun:

poyabzalni almashtirish xonasi shkaflari bilan (har bir guruh uchun) — 5,0 m2;

mashgʻulotlar va oʻyin xonasi — 3,3 m2;

yotoqxona — 3,3 m2;

ovqatlanish joyi (har bir guruh uchun) — 18 m2;

musiqa va jismoniy tarbiya mashgʻulotlari oʻtkazish zali — 2 m2;

kutubxona — 18 m2;

v) xoʻjalik ishlari uchun:

taom tayyorlash xonasi;

taom tarqatish xonasi;

idish-tovoq yuvish xonasi;

kir yuvish va quritish xonasi;

choyshablarni saqlash joyi (shkaf);

tozalash vositalarini saqlash joyi (shkaf);

oziq-ovqat mahsulotlari saqlash omborxonasi;

maʼmuriyat, tarbiyachilar va xodimlar, har bir tarbiyalanuvchilar guruhi uchun alohida hojatxona.

6.

Maktabgacha taʼlim tashkiloti binosining ichki qismida har bir tarbiyalanuvchi uchun ajratiladigan maydon oʻlchami:*

umumiy tipdagi uchun — 3,3 m2;

koʻp qavatli turar joy binosining birinchi qavati uchun — 2,8 m2.

7.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga imtiyoz taqdim etilganligi:*

jami tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 10 foizidan kam boʻlmagan miqdorda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari bepul qabul qilingan boʻlishi lozim.

Umumiy oʻrta taʼlim xizmatlari boʻyicha litsenziya talablari va shartlari

T/r

Litsenziya talablari va shartlari

Bajarilishi lozim boʻlgan koʻrsatkichlar

1.

Oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlar hamda axborot-resurs bazasi bilan taʼminlanganligi:*

kamida 30 ta kompyuter texnikasi bilan jihozlangan elektron kutubxona;

kamida 5 ta kompyuter texnikasi, skaner va nusxa koʻchirish apparati bilan jihozlangan axborot-resurs markazi;

taʼlim oluvchilarga har bir fandan bir donadan darsliklar, shu jumladan, elektron darsliklar.

2.

Bitta sinfdagi taʼlim oluvchilarning maksimal soni:*

umumiy oʻrta taʼlim tashkilotida:

1-4-sinflarda — 20 nafar;

5-9-sinflarda — 24 nafar;

10-11-sinflarda — 20 nafar.

3.

Taʼlim oluvchilar soniga toʻgʻri keladigan oʻqituvchilar shtat birliklari:*

umumiy oʻrta taʼlim tashkilotida:

1-4-sinflarda — 25 nafar taʼlim oluvchiga 1 shtat birligi;

5-9-sinflarda — 12 nafar taʼlim oluvchiga 1 shtat birligi;

10-11-sinflarda — 13 nafar taʼlim oluvchiga 1 shtat birligi.

4.

Oʻqituvchilarning malaka toifalariga (lavozimlariga) koʻra salohiyati:*

mutaxassislar (oliy maʼlumotli oʻqituvchilar) — 30%;

ikkinchi malaka toifalilar (katta oʻqituvchilar) — 30%;

birinchi malaka toifalilar (yetakchi oʻqituvchilar) — 20%;

oliy malaka toifalilar (bosh oʻqituvchilar) — 20%.

5.

Chet tili oʻqituvchilarining chet tilini bilishi darajasi:*

ingliz tilidan — C1 va undan yuqori darajadagi milliy sertifikat yoki International English Language Testing System (IELTS 6), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari C1 va undan yuqori;

nemis tilidan — C1 va undan yuqori darajadagi milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD), Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF) xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari C1 va undan yuqori;

fransuz tilidan — C1 va undan yuqori darajadagi milliy sertifikat yoki Diplôme d'Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Français (TCF) xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari C1 va undan yuqori;

yapon tilidan — C1 va undan yuqori darajadagi milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari C1 va undan yuqori;

boshqa tillardan — C1 va undan yuqori darajadagi milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari C1 va undan yuqori.

6.

Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining hududiga qoʻyiladigan talablar:*

devor yoki panjara bilan oʻralganligi;

koʻkalamzorlashtirilganligi;

tungi yoritgichlar oʻrnatilganligi;

ichimlik suv va kanalizatsiya bilan taʼminlanganligi;

stadion (oʻyin maydoni) (oʻquv dasturlari va rejalarida jismoniy tarbiya va sport boʻyicha yoʻnalish va modullar mavjud boʻlmagan taʼlim tashkilotlari bundan mustasno) va dam olish qismlarining mavjudligi.

7.

Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining hududida har bir taʼlim oluvchi uchun ajratiladigan umumiy maydon oʻlchami, bunda har bir taʼlim oluvchi uchun ajratiladigan umumiy maydon oʻlchamini hisoblashda koʻp qavatli binolarning yuqori qavatlari ham inobatga olinadi:*

40 — 630 nafar — 20 m2;

631 — 989 nafar — 15 m2;

990 nafardan ortiq — 10 m2.

8.

Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotidagi xonalar hamda har bir taʼlim oluvchi yoki xodim uchun ajratiladigan maydon oʻlchami:*

a) maʼmuriyat uchun:

rahbar xonasi — 1 ta xona;

oʻqituvchilar xonasi — 1 ta xona;

metodik xona — 1 ta xona;

psixolog xonasi — 1 ta xona;

tibbiyot xonasi — 1 ta xona;

b) dars mashgʻulotlari uchun:

barcha fanlardan umumiy tipdagi sinfxonalar — 2 m2;

boshlangʻich sinf xonalari — 2 m2;

frontal va individual mashgʻulotlar uchun sinfxonalar — 2,5 m2;

rasm, chizmachilik, musiqa fanlari uchun xonalar — 2,4 m2;

informatika xonasi — 2,5 m2;

chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik xonasi (mulyajlar saqlash xonasi bilan) — 2,4 m2;

chet tili xonasi — 2,4 m2;

ikkiga boʻlib oʻqitiladigan fanlar uchun xona — 2,5 m2;

texnologiya xonasi — 6 m2;

kimyo, fizika, biologiya fanlaridan laboratoriya xonalari — 2,5 m2;

kutubxona — 0,6 m2;

sport zali (taʼlim oluvchilar soniga koʻra) — 9,0x18,0 m; 12,0x24,0 m; 18,0x30,0 m;

v) qoʻshimcha xizmat koʻrsatish uchun:

faollar zali;

oshxona;

tibbiyot xonasi;

xoʻjalik xonasi;

oʻqituvchilar uchun hojatxona — 3 m2 (har blokda alohida);

taʼlim oluvchilar uchun hojatxona — 0,4 m2 (oʻgʻil va qiz bolalarga alohida, har qavatda bittadan).

9.

Axborot texnologiyalari bilan taʼminlanganlik darajasi:*

kamida 50 % kompyuter texnikalari 10 mbit/sek tezlikdagi Internet jahon axborot tarmogʻiga ulanganligi;

kamida 50 % hududda Wi-Fi zonalar tashkil etilishi.

10.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga imtiyoz taqdim etilganligi:*

jami taʼlim oluvchilar umumiy sonining 10 foizidan kam boʻlmagan miqdorda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli va iqtidorli farzandlari tanlov asosida bepul oʻqishga qabul qilingan boʻlishi (umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari uchun).

11.

Bolalar uchun qoʻshimcha taʼlim faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun talablarning bajarilganligi:*

bolalar uchun qoʻshimcha taʼlim doirasida chet tillariga oʻqitgan hollarda, pedagoglarning kasbiy rivojlantirish taʼlim tashkilotlarida malakasi oshirilgan boʻlishi hamda har uch yilda malakasi oshirib borilishi.

Oʻrta maxsus taʼlim xizmatlari boʻyicha litsenziya talablari va shartlari

T/r

Litsenziya talablari va shartlari

Bajarilishi lozim boʻlgan koʻrsatkichlar

1.

Talabgor tomonidan depozit hisobvaragʻida zaxira qilinishi lozim boʻlgan mablagʻning minimal miqdori*:

25 (yigirma besh) ming AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻlar;

2.

Oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlar hamda axborot-resurs bazasi bilan taʼminlanganligi:*

a) kamida 32 ta kompyuter texnikasi bilan jihozlangan kompyuter sinflari;

b) kamida 10 ta kompyuter texnikasi, skaner va nusxa koʻchirish apparati bilan jihozlangan axborot-resurs markazi;

v) server qurilmasi, taʼlim faoliyati va taʼlim jarayonlarini boshqarish elektron platformasining mavjudligi hamda maʼlumotlar bazasi xavfsizligi kafolati mavjudligi.

3.

Bitta guruh uchun moʻljallangan auditoriya xonalarining minimal hajmi*:

a) toʻliq guruhlar uchun 26 nafar oʻquvchi uchun moʻljallangan boʻlishi;

b) boʻlib oʻtiladigan fanlar uchun 13 nafar oʻquvchi uchun moʻljallangan boʻlishi.

4.

Taʼlim tashkilotining hududiga qoʻyiladigan talablar*:

a) devor yoki panjara bilan oʻralganligi;

b) hududning kamida 30 foizi koʻkalamzorlashtirilganligi;

v) tungi yoritgichlar oʻrnatilganligi;

g) ichimlik suv va kanalizatsiya bilan taʼminlanganligi;

d) stadion (oʻyin maydoni) (oʻquv dasturlari va rejalarida jismoniy tarbiya va sport boʻyicha yoʻnalish va modullar mavjud boʻlmagan taʼlim tashkilotlari bundan mustasno) va dam olish qismlarining mavjudligi;

e) hududning xavfsizlik boʻyicha video kuzatuv kameralarining oʻrnatilganligi.

5.

Taʼlim tashkilotining hududida har bir taʼlim oluvchi uchun ajratiladigan umumiy maydon oʻlchami, bunda har bir taʼlim oluvchi uchun ajratiladigan umumiy maydon oʻlchamini hisoblashda koʻp qavatli binolarning yuqori qavatlari ham inobatga olinadi*:

40 — 630 nafar — 20 m2;

631 — 989 nafar — 15 m2;

990 nafardan ortiq — 10 m2.

6.

Taʼlim tashkilotidagi xonalar hamda har bir taʼlim oluvchi yoki xodim uchun ajratiladigan maydon oʻlchami*:

a) maʼmuriyat uchun:

rahbar xonasi — 1 ta xona;

oʻqituvchilar xonasi — 1 ta xona;

metodik xona — 1 ta xona;

psixolog xonasi — 1 ta xona;

tibbiyot xonasi — 1 ta xona;

buxgalteriya xonasi — 1 ta xona;

inson resurslarini boshqarish boʻlinmasi — 1 ta xona;

b) dars mashgʻulotlari uchun:

barcha fanlardan umumiy tipdagi sinfxonalar — 2 m2;

frontal va individual mashgʻulotlar uchun sinfxonalar — 2,5 m2;

informatika xonasi — 2,5 m2;

chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik xonasi (mulyajlar saqlash xonasi bilan) — 2,4 m2;

chet tili xonasi — 2,4 m2;

ikkiga boʻlib oʻqitiladigan fanlar uchun xona — 2,5 m2;

kimyo, fizika, biologiya fanlaridan laboratoriya xonalari — 2,5 m2;

sport zali (taʼlim oluvchilar soniga koʻra) — 9,0x18,0 m; 12,0x24,0 m; 18,0x30,0 m;

v) qoʻshimcha xizmat koʻrsatish uchun:

kutubxonaning umumiy maydoni — 100 m2;

faollar zali;

oshxona;

tibbiyot xonasi;

xoʻjalik xonasi;

oʻqituvchilar uchun hojatxona (har blokda alohida);

taʼlim oluvchilar uchun hojatxona (oʻgʻil va qiz bolalarga alohida, har qavatda bittadan).

7.

Axborot texnologiyalari bilan taʼminlanganlik darajasi*:

a) taʼlim tashkilotining rasmiy veb-sahifasi mavjudligi;

b) kamida 75 % kompyuter texnikalari 20 mbit/sek tezlikdagi Internet jahon axborot tarmogʻiga ulanganligi;

v) kamida 50 % hududda Wi-Fi zonalar tashkil etilishi.

8.

Oʻquv auditoriyalarida taʼlim faoliyati uchun yaratilgan sharoitlarga qoʻyiladigan minimal talablar*:

a) proyektor yoki oʻlchami 1500x1000, 1500x2000, 2500x2000 boʻlgan elektron yoxud oddiy doska — 1 dona;

b) auditoriyaning yoritilish darajasi — 400 lyuks.

Kasbiy taʼlim xizmatlari boʻyicha litsenziya talablari va shartlari

T/r

Litsenziya talablari va shartlari

Bajarilishi lozim boʻlgan koʻrsatkichlar

1.

Talabgor tomonidan depozit hisobvaragʻida zaxira qilinishi lozim boʻlgan mablagʻning minimal miqdori*:

25 (yigirma besh) ming AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻlarni tijorat banklaridagi depozitlarga zaxiraga joylashtirish va uning miqdorini doimiy taʼminlab borish;

2.

Oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlar hamda axborot-resurs bazasi bilan taʼminlanganligi*:

a) kamida 32 ta kompyuter texnikasi bilan jihozlangan kompyuter sinflari;

b) kamida 10 ta kompyuter texnikasi, skaner va nusxa koʻchirish apparati bilan jihozlangan axborot-resurs markazi;

v) server qurilmasi, taʼlim faoliyati va taʼlim jarayonlarini boshqarish elektron platformasining mavjudligi hamda maʼlumotlar bazasi xavfsizligi kafolati mavjudligi.

3.

Bitta guruh uchun moʻljallangan auditoriya xonalarining minimal hajmi*:

a) toʻliq guruhlar uchun 30 nafar oʻquvchi uchun moʻljallangan boʻlishi;

b) boʻlib oʻtiladigan fanlar uchun 15 nafar oʻquvchi uchun moʻljallangan boʻlishi.

4.

Taʼlim tashkilotining hududiga qoʻyiladigan talablar*:

a) devor yoki panjara bilan oʻralganligi;

b) hududning kamida 30 foizi koʻkalamzorlashtirilganligi;

v) tungi yoritgichlar oʻrnatilganligi;

g) ichimlik suv va kanalizatsiya bilan taʼminlanganligi;

d) stadion (oʻyin maydoni) (oʻquv dasturlari va rejalarida jismoniy tarbiya va sport boʻyicha yoʻnalish va modullar mavjud boʻlmagan taʼlim tashkilotlari bundan mustasno) va dam olish qismlarining mavjudligi;

e) hududning xavfsizlik boʻyicha video kuzatuv kameralarining oʻrnatilganligi.

5.

Taʼlim tashkilotining hududida har bir taʼlim oluvchi uchun ajratiladigan umumiy maydon oʻlchami, bunda har bir taʼlim oluvchi uchun ajratiladigan umumiy maydon oʻlchamini hisoblashda koʻp qavatli binolarning yuqori qavatlari ham inobatga olinadi*:

40 — 630 nafar — 20 m2;

631 — 989 nafar — 15 m2;

990 nafardan ortiq — 10 m2.

6.

Taʼlim tashkilotidagi xonalar hamda har bir taʼlim oluvchi yoki xodim uchun ajratiladigan maydon oʻlchami*:

a) maʼmuriyat uchun:

rahbar xonasi — 1 ta xona;

oʻqituvchilar xonasi — 1 ta xona;

metodik xona — 1 ta xona;

psixolog xonasi — 1 ta xona;

buxgalteriya xonasi — 1 ta xona;

inson resurslarini boshqarish boʻlinmasi xonasi — 1 ta xona;

b) dars mashgʻulotlari uchun:

barcha fanlardan umumiy tipdagi sinfxonalar — 2 m2;

frontal va individual mashgʻulotlar uchun sinfxonalar — 2,5 m2;

informatika xonasi — 2,5 m2;

chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik xonasi (mulyajlar saqlash xonasi bilan) — 2,4 m2;

chet tili xonasi — 2,4 m2;

ikkiga boʻlib oʻqitiladigan fanlar uchun xona — 2,5 m2;

kimyo, fizika, biologiya fanlaridan laboratoriya xonalari — 2,5 m2;

sport zali (taʼlim oluvchilar soniga koʻra) — 9,0x18,0 m; 12,0x24,0 m; 18,0x30,0 m;

tayyorlaydigan kasb va mutaxassisliklar hamda belgilangan normalarga mos laboratoriya(lar) va ustaxonalar;

v) qoʻshimcha xizmat koʻrsatish uchun:

kutubxonaning umumiy maydoni — 100 m2;

faollar zali;

oshxona;

tibbiyot xonasi;

xoʻjalik xonasi;

oʻqituvchilar uchun hojatxona (har blokda alohida);

taʼlim oluvchilar uchun hojatxona (oʻgʻil va qiz bolalarga alohida, har qavatda bittadan).

7.

Axborot texnologiyalari bilan taʼminlanganlik darajasi*:

a) taʼlim tashkilotining rasmiy veb-sahifasi mavjudligi;

b) kamida 75 % kompyuter texnikalari 20 mbit/sek tezlikdagi Internet jahon axborot tarmogʻiga ulanganligi;

v) kamida 50 % hududda Wi-Fi zonalar tashkil etilishi.

8.

Oʻquv auditoriyalarida taʼlim faoliyati uchun yaratilgan sharoitlarga qoʻyiladigan minimal talablar*:

a) proyektor yoki oʻlchami 1500x1000, 1500x2000, 2500x2000 boʻlgan elektron yoxud oddiy doska — 1 dona;

b) auditoriyaning yoritilish darajasi — 400 lyuks.

Oliy taʼlim xizmatlari boʻyicha litsenziya talablari va shartlari

T/r

Litsenziya talablari va shartlari

Bajarilishi lozim boʻlgan koʻrsatkichlar

1.

Talabgorning dastlabki ustav fondi (ustav jamgʻarmasi)ga qoʻyiladigan minimal talablar*:

Kamida 2 (ikki) mln AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻlar hamda keyinchalik talabalar sonining koʻpayib borishiga mutanosib ravishda ushbu ustav fondini oshirib borish.

2.

Talabgor tomonidan depozit hisobvaragʻida zaxira qilinishi lozim boʻlgan mablagʻning minimal miqdori*:

350 (uch yuz ellik) ming AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻlarni tijorat banklaridagi depozitlarga zaxiraga joylashtirish va uning miqdorini doimiy taʼminlab borish.

3.

Oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlar hamda axborot-resurs bazasi bilan taʼminlanganligi*:

a) kamida 40 ta kompyuter texnikasi bilan jihozlangan kompyuter sinflari;

b) kamida 40 ta kompyuter texnikasi, skaner va nusxa koʻchirish apparati bilan jihozlangan axborot-resurs markazi (har bir kompyuter texnikasi uchun kamida 4 m2 maydon ajratilishi lozim);

v) har bir oʻquv binosida maydoni 50 m2 dan kam boʻlmagan talabalar mustaqil dars qilish xonasi;

g) server qurilmasi, SCORM standarti talablariga muvofiq boʻlgan taʼlim faoliyati va taʼlim jarayonlarini boshqarish elektron platformasining mavjudligi hamda maʼlumotlar bazasi xavfsizligi kafolati mavjudligi.

4.

Taʼlim oluvchilar uchun moʻljallangan auditoriya xonalarining minimal hajmi*:

guruhda — 20 — 30 nafargacha;

potokda — 40 — 90 nafargacha talaba uchun belgilangan maydon talablardan kam boʻlmasligi.

5.

Taʼlim tashkilotining hududiga qoʻyiladigan talablar*:

a) devor yoki panjara bilan oʻralganligi;

b) hududning kamida 30 foizi koʻkalamzorlashtirilganligi;

v) tungi yoritgichlar oʻrnatilganligi;

g) ichimlik suv va kanalizatsiya bilan taʼminlanganligi;

d) stadion (oʻyin maydoni) (oʻquv dasturlari va rejalarida jismoniy tarbiya va sport boʻyicha yoʻnalish va modullar mavjud boʻlmagan taʼlim tashkilotlari bundan mustasno) va dam olish qismlarining mavjudligi;

e) hududning xavfsizlik boʻyicha video kuzatuv kameralarining oʻrnatilganligi.

6.

Taʼlim tashkilotining hududida har bir taʼlim oluvchi uchun ajratiladigan umumiy maydon oʻlchami, bunda har bir taʼlim oluvchi uchun ajratiladigan umumiy maydon oʻlchamini hisoblashda koʻp qavatli binolarning yuqori qavatlari ham inobatga olinadi*:

texnika va muhandislik — 11,2 — 19,4 m2;

pedagogika — 8,7 — 14,5 m2;

farmatsevtika — 11,2 — 19,4 m2;

iqtisodiyot — 7,9 — 13,1 m2;

tibbiyot — 12,3 — 22,0 m2;

qishloq xoʻjaligi — 11,2 — 19,4 m2;

zooveterinariya — 11,4 — 20,5 m2;

madaniyat — 15,0 — 26,0 m2;

sanʼat va arxitektura — 20,0 — 33,8 m2;

boshqa yoʻnalishlar boʻyicha — 8,7 — 14,5 m2.

7.

Taʼlim tashkilotidagi xonalar hamda har bir taʼlim oluvchi yoki xodim uchun ajratiladigan maydon oʻlchami*:

a) maʼmuriyat uchun:

rektoratdagi barcha maʼmuriy-boshqaruv jarayonini amalga oshirish uchun moʻljallangan xonalar — 1 tadan xona;

buxgalteriya xonasi — 1 ta xona;

inson resurslarini boshqarish boʻlinmasi xonasi — 1 ta xona;

b) dars mashgʻulotlari uchun:

oʻquv auditoriyalari — 2,2 m2;

kompyuter zali (sinfi) — 4 m2;

chet tili xonasi — 2,4 m2;

umumnazariy va umumtaʼlim laboratoriya xonalari — 4 m2;

texnik va maxsus laboratoriyalar — 6 m2;

alohida kabinalarga ajratilgan fonozallar — 3 m2;

oʻquv-texnik vositalar bilan jihozlangan oʻquv auditoriyalari — 2,4 m2;

kurs loyihasi va malakaviy bitiruv ishlarini bajarish zallari — 3,6 m2 (arxitektura-qurilish va badiiy OTTlar uchun — 6 m2);

sport zal (sport taʼlim yoʻnalishlari hamda oʻquv rejalarida sportga oid fanlari mavjud boʻlsa) — 12,0x18,0 m; 12,0x24,0 m; 15,0x24,0 m; 18,0x38,0 m va undan yuqori;

oʻquv binolarining umumiy quvvatiga nisbatan barcha taʼlim shakllari boʻyicha tahsil olayotgan jami talabalar soni 2 baravardan ortib ketmasligi;

v) qoʻshimcha xizmat koʻrsatish uchun:

kutubxonaning umumiy maydoni (har bir oʻquv binosida) — 200 m2 ;

faollar zali;

oshxona (bufet);

tibbiyot xonasi;

taʼlim oluvchilar turar joyi — Toshkent shahri uchun har 5 nafar taʼlim oluvchiga 1 oʻrin (joy) nisbatida, boshqa hududlarda har 10 nafar taʼlim oluvchiga 1 oʻrin (joy) nisbatida.

8.

Axborot texnologiyalari bilan taʼminlanganlik darajasi*:

a) taʼlim tashkilotining rasmiy veb-sahifasi mavjudligi;

b) kamida 75 % kompyuter texnikalari 20 mbit/sek tezlikdagi Internet jahon axborot tarmogʻiga ulanganligi;

v) kamida 50 % hududda Wi-Fi zonalar tashkil etilishi.

9.

Oʻquv auditoriyalarida taʼlim faoliyati uchun yaratilgan sharoitlarga qoʻyiladigan minimal talablar*:

a) proyektor yoki oʻlchami 1500x1000, 1500x2000, 2500x2000 boʻlgan elektron yoxud oddiy doska — 1 dona;

b) auditoriyaning yoritilish darajasi — 400 lyuks.

Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim xizmatlari boʻyicha litsenziya talablari va shartlari

T/r

Litsenziya talablari va shartlari

Bajarilishi lozim boʻlgan koʻrsatkichlar

1.

Oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlar hamda axborot-resurs bazasi bilan taʼminlanganligi*:

kamida 10 ta kompyuter texnikasi bilan jihozlangan elektron kutubxona;

kamida 5 ta kompyuter texnikasi, skaner va nusxa koʻchirish apparati bilan jihozlangan axborot-resurs markazi.

2.

Taʼlim tashkilotining hududiga qoʻyiladigan talablar*:

a) devor yoki panjara bilan oʻralganligi;

b) hududning kamida 30 foizi koʻkalamzorlashtirilganligi;

v) tungi yoritgichlar oʻrnatilganligi;

g) ichimlik suv va kanalizatsiya bilan taʼminlanganligi;

d) stadion (oʻyin maydoni) (oʻquv dasturlari va rejalarida jismoniy tarbiya va sport boʻyicha yoʻnalish va modullar mavjud boʻlmagan taʼlim tashkilotlari bundan mustasno) va dam olish qismlarining mavjudligi;

e) hududning xavfsizlik boʻyicha video kuzatuv kameralarining oʻrnatilganligi.

3.

Taʼlim tashkilotidagi xonalar hamda har bir taʼlim oluvchi yoki xodim uchun ajratiladigan maydon oʻlchami*:

a) rahbar xonasi — 1 ta xona;

ilmiy rahbarlar xonasi — 1 tadan xona;

kollegial organ xonasi — 1 ta xona;

ilmiy kotib xonasi — 1 ta xona;

ixtisosliklar boʻyicha tadqiqotchilar xonasi — 1 tadan xona;

tibbiyot xonasi — 1 ta xona;

onlayn uchrashuv va ilmiy tadbirlarda qatnashish imkonini beruvchi xona — 1 ta maxsus xona;

4.

Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim turi boʻyicha moddiy-texnik bazaning holati:

ixtisosliklar boʻyicha ilmiy laboratoriyalarning mavjudligi;

ilmiy-tadqiqotlarni olib borish uchun zamonaviy asbob-uskunalar, materiallar, axborot-kommunikatsiya vositalari, kompyuter texnikasi, maishiy texnika va boshqa zarur vositalarning yetarli darajada mavjudligi;

eksperimental bazaning mavjudligi.

5.

Axborot texnologiyalari bilan taʼminlanganlik darajasi*:

a) 100% kompyuter texnikalari 20 mbit/sek tezlikdagi Internet jahon axborot tarmogʻiga ulanganligi;

b) ilmiy ishlar saqlanadigan kutubxona va xalqaro portallarga ulanganlik.

6.

Oʻquv auditoriyalarida taʼlim faoliyati uchun yaratilgan sharoitlarga qoʻyiladigan minimal talablar*:

a) proyektor yoki oʻlchami 1500x1000, 1500x2000, 2500x2000 boʻlgan elektron yoxud oddiy doska — 1 dona;

b) auditoriyaning yoritilish darajasi — 400 lyuks.

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

a) Davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan mavjud binolar va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa (5 ish kuni ichida);

b) Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi organlari tomonidan sanitariya-gigiyena normalariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa (5 ish kuni ichida);

v) Sogʻliqni saqlash vazirligining xulosalari (faqat ixtisoslashtirilgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini litsenziyalashda) (5 ish kuni ichida);

g) Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan obyektda shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq nogironligi boʻlgan shaxslar uchun toʻsiqlarsiz muhit yaratilganligi toʻgʻrisidagi xulosa (5 ish kuni ichida);

d) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining xulosasi (pedagogik taʼlim yoʻnalishlarida taʼlim jarayonini tashkil etish istagidagi nodavlat oliy taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyatini litsenziyalashda) (5 ish kuni ichida).

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

Cheklanmagan.

12.

Izoh.

I. Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim xizmatlari uchun:

Nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxslarga taʼlimning har bir turi uchun alohida litsenziya beriladi. Litsenziyada faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, taʼlim faoliyati yoʻnalishlari roʻyxati va taʼlim shakllari aniq koʻrsatiladi.

Litsenziya olish uchun topshirilgan hujjatlarni koʻrib chiqish jarayoniga taʼlim turi tegishli boʻlgan taʼlim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari, tizimida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar, ularning hududiy boʻlimlari va boʻysunuvidagi idoraviy mansub tashkilotlar xodimlari, shuningdek, boshqa mutaxassislar, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari va xorijiy ekspertlar fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida jalb etilishi mumkin.

II. Oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim xizmatlari uchun:

Nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxslarga taʼlimning har bir turi uchun alohida Litsenziya beriladi. Litsenziyada yuridik shaxsning nomi, tashkilotning STIR raqami, yuridik (pochta) manzili, faoliyatni amalga oshirish manzili, faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, taʼlim faoliyati yoʻnalishlari roʻyxati va taʼlim shakllari, litsenziya berilgan sana va vaqti koʻrsatiladi.

Litsenziya olish uchun topshirilgan hujjatlarni koʻrib chiqish jarayoniga taʼlim turi tegishli boʻlgan taʼlim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari, tizimida taʼlim tashkilotlari boʻlgan vazirlik va idoralar, ularning hududiy boʻlimlari va boʻysunuvidagi idoraviy mansub tashkilotlar xodimlari, shuningdek, boshqa mutaxassislar, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari va xorijiy ekspertlar fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida jalb etilishi mumkin.

Nodavlat taʼlim tashkilotining maʼmuriy hududlardagi (Toshkent shahri, viloyatlar va Qoraqalpogʻiston Respublikasi) faoliyat manzillari uchun taʼlim faoliyati yoʻnalishlari va taʼlim shakllari litsenziyada alohida koʻrsatiladi hamda litsenziya talablari va shartlari alohida qoʻllaniladi, bundan ustav fondi hamda depozit hisobvaragʻida zaxira qilinadigan mablagʻning minimal miqdoriga qoʻyilgan talablar mustasno.

Ijobiy xulosa asosida taqdim qilingan litsenziya faqatgina taʼlim tashkiloti tashkil etilganligini tasdiqlaydi va taʼlim jarayonlarini boshlash huquqini bermaydi.

Litsenziyaga ega boʻlgan taʼlim tashkiloti belgilangan tartibda maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtib, tegishli sertifikatga ega boʻlgandan soʻng taʼlim dasturlari boʻyicha taʼlim jarayonlarini yoʻlga qoʻyishga ruxsat etiladi.

Litsenziya olish jarayonida (olingandan keyin) taqdim qilingan maʼlumotlar va hujjatlar soxtaligi aniqlanishi litsenziya bekor qilinishiga asos boʻladi.

* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

 

 

 

 

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyatni litsenziyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Litsenziya nomi:

moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya

2.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:

moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyat (obyektni konservatsiyalash, restavratsiya qilish, taʼmirlash, zamonaviy foydalanishga moslashtirish, tiklash) quyidagi toifalar boʻyicha:

I toifadagi litsenziya — mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan obyektlarda asrashga doir ishlarni amalga oshirish uchun;

II toifadagi litsenziya — respublika va mahalliy ahamiyatiga ega boʻlgan obyektlar boʻyicha asrashga doir ishlarni amalga oshirish uchun.

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

yuridik shaxs

4.

Litsenziyalovchi organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi;

5.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza;

arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

yuridik shaxs nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, STIR, xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), litsenziya toifalari boʻyicha tanlash, ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), yuridik shaxsning mutaxassislari haqidagi maʼlumotlar (F.I.O, lavozimi, mutaxassisligi, mutaxassisligi boʻyicha ish staji).

v) yuzasi 10 m.kv dan kam boʻlmagan qurilish havozasi va gʻisht kesish, silliqlash, metall kesish, yogʻochga ishlov berish asbob-uskunalarning nomi, markasi va soni haqida maʼlumotnoma.

Litsenziyalovchi organ quyidagi hujjatlarni mustaqil tarzda oʻzi oladi:

“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan litsenziat xodimlarining mehnat daftarchalari haqidagi maʼlumot;

litsenziyalovchi organ tomonidan berilgan restavrator-ustaning malaka sertifikati;

tegishli avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi yuridik shaxsda ishlaydigan mutaxassislarning tegishli mutaxassislik boʻyicha oliy maʼlumot boʻyicha diplom maʼlumotlari.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

I toifadagi litsenziya uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari;

II toifadagi litsenziya uchun bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravari.

8.

Arizani koʻrib chiqish muddatlari:

7 ish kuni

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

a) vakolatli organ tomonidan taqdim etilgan moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini asrashga doir ishlar uchun ruxsatnoma talablari va shartlariga rioya qilish;

b) litsenziat tomonidan litsenziyalanadigan faoliyat turi sohasida olib boriladigan ishlar (asrashga doir faoliyat olib boriladigan obyekt nomi va manzili) haqida ushbu ishlar boshlanishidan kamida uch kun oldin va yakunlangandan soʻng uch kun ichida litsenziyalovchi organga axborot berish;

v) asrashga doir ishlarda obyektga salbiy taʼsirlarning oldini olish va avariya holatiga qarshi ishlarni bajarish;

g) arxeologiya yodgorliklarini konservatsiya qilishda tegishli ruxsatnomaga ega boʻlgan arxeologni shartnoma asosida jalb etish;*

d) yuzasi 10 m.kv dan kam boʻlmagan qurilish havozasi va gʻisht kesish, silliqlash, metall kesish, yogʻochga ishlov berish uskunalari mavjud boʻlishi;

e) yuridik shaxsning shtatida talabga javob beradigan quyidagi mutaxassislarning mavjud boʻlishi, shu jumladan, litsenziat litsenziyadan foydalanish davrida (obyektda asrashga doir ishlarni amalga oshirish davomida) ushbu mutaxassislarning shaxsan ishtirok etishini taʼminlashi:*

I toifadagi litsenziya uchun — oliy maʼlumot yoki litsenziyalovchi organ tomonidan ustaning malakasini tasdiqlovchi maʼlumotga ega boʻlgan va sohada soʻnggi 10 yil davomida kamida ikki yil ish stajiga ega boʻlgan 2 nafar mutaxassis (tarixiy madaniy obyektlarni konservatsiya qilish, taʼmirlash va saqlash, sanʼat asarlari va meʼmoriy yodgorliklarni taʼmirlash, tasviriy va amaliy sanʼat bezagi, arxitektura yodgorliklarini rekonstruksiya va restavratsiya qilish, arxitektura nazariyasi, tarixi, arxitektura yodgorliklarini tiklash) asosiy ish joyi boʻyicha ishlashi;

II toifadagi litsenziya uchun — oliy maʼlumot yoki litsenziyalovchi organ tomonidan ustaning malakasini tasdiqlovchi maʼlumotga ega boʻlgan va sohada soʻnggi 10 yil davomida kamida uch yil ish stajiga ega boʻlgan 4 nafar mutaxassis (tarixiy madaniy obyektlarni konservatsiya qilish, taʼmirlash va saqlash, sanʼat asarlari va meʼmoriy yodgorliklarni taʼmirlash, tasviriy va amaliy sanʼat bezagi; arxitektura yodgorliklarini rekonstruksiya va restavratsiya qilish, arxitektura nazariyasi, tarixi, arxitektura yodgorliklarini tiklash) asosiy ish joyi boʻyicha ishlashi.

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

mavjud emas

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

cheklanmagan

12.

Izoh.

Obyektning respublika va mahalliy ahamiyatga ega ekanligi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi direktorining buyrugʻi bilan belgilanadi.

Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyatda bosh pudratchi hisoblanadigan litsenziat tomonidan litsenziyaga ega boʻlmagan subpudrat (yordamchi pudratchi) tashkilotlar quyidagi talablar va shartlarga rioya qilgan holda jalb etiladi:

subpudrat tashkilotlarni moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarida asrashga doir ishlarni bajarishga jalb etishga loyiha-smeta hujjatlarining alohida boʻlimlari boʻyicha ruxsat etiladi va bunda umumiy ish hajmining 20 foizidan oshishiga yoʻl qoʻyilmaydi;

subpudrat tashkilotlar asrashga doir ishlarda loyiha-smeta hujjatlarida faqat ularga taalluqli qismi boʻyicha ishtirok etadi;

litsenziat subpudrat tashkilotlar va ularning xodimlari tomonidan obyekt rejimi bilan belgilangan qoidalarga rioya etilishi uchun toʻliq javob beradi.

* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Litsenziya nomi:

Litsenziya nomi:

2.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:

a) yakkaxon ijrochi konserti (bir yakkaxon ijrochining konsert dasturi), bitta janrning ikki yoki undan koʻp ijrochisi ishtirokidagi konsert dasturi, turli janrlarning bir nechta ijrochisi ishtirokidagi konsert dasturi (yakkaxon xonanda, sozanda, raqqosa, boshlovchi, qiziqchi va boshqalar), ommaviy axborot vositalarida qoʻshiqlar va videokliplarni taqdim etish;

b) restoranlar, barlar, qahvaxonalar, xususiy uylarda yubiley tantanalarida xizmat koʻrsatish, restoranlar, barlar, qahvaxonalar va xususiy uylarda toʻylarda (FHDYdagi marosim, “osh berish” marosimi, kechqurungi nikoh tuzish — “nikoh toʻyi” marosimi, “kelin salom” marosimi), “sunnat toʻyi” marosimiga xizmat koʻrsatish, koʻngilochar tashkilotlarda — klublar, diskotekalar, restoranlar, barlar va qahvaxonalarda xizmat koʻrsatish (yakkaxon xonanda, sozanda, raqqosa, boshlovchi, qiziqchi, didjey-ovoz operatori, maʼmur va boshqalar).

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Ijrochilar — jismoniy shaxslar va ijodiy jamoalar — yuridik shaxslar

4.

Litsenziyalovchi organ:

Madaniyat vazirligi huzuridagi “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi

5.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Yuridik shaxs litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

a) ariza;

arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, bank nomi va bankdagi hisobvaragʻi, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), STIR, yuridik shaxs amalga oshirishni moʻljallayotgan litsenziyalanadigan faoliyat turi (uning qismi), ijodiy jamoa aʼzolarida imtiyozga ega boʻlgan shaxslar mavjud boʻlsa (nogironligi boʻlgan shaxslar, taʼlim muassasalarida oʻqiydiganlar, pensionerlar) imtiyozi toʻgʻrisidagi maʼlumot, ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), arizani taqdim etish joyi.

b) ijrochilarda musiqa maʼlumoti mavjudligini tasdiqlaydigan hujjatlarning (guvohnomalar, attestatlar, diplomlar) elektron nusxalari — ular mavjud boʻlganda;

v) davlat mukofotlari, mukofotlar, sovrinlar va shu kabilar olganligini tasdiqlovchi hujjatlar elektron nusxalari — ular mavjud boʻlganda;

g) litsenziya talabgori tomonidan tuzilgan ijrochilarning repertuari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;

d) litsenziya talabgorining malakasi toʻgʻrisidagi qoʻshimcha maʼlumotlar (asarning matni, mualliflarining ismi-sharifi asarlarning nomi, mahalliy, respublika, xalqaro festivallar ishtirokchisi, respublika koʻrik-tanlovlar ishtirokchisi ekanligini tasdiqlovchi hujjat (diplom, sertifikat kabilar) — mavjud boʻlganda;

e) faqat birinchi marta ariza topshiruvchi xonanda uchun kamida 1 ta qoʻshiq va uning matni (agarda mavjud boʻlsa asarga olingan videoklip) Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhiga (keyingi oʻrinlarda — Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhi) shaxsan topshiradi yoki jonli ijroda yozib olingan ijrosi Internet jahon axborot tarmogʻiga yuklangan havolasini taqdim etadi.

Jismoniy shaxs litsenziya olish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

a) ariza;

arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, pasport seriyasi va raqami yoki ID-karta raqami, JSHSHIR, telefon raqami, jismoniy shaxs amalga oshirishni moʻljallayotgan litsenziyalanadigan faoliyat turi (uning qismi) ijrochi imtiyozga ega boʻlsa (nogironligi boʻlgan shaxs, taʼlim muassasasida oʻqiydigan, pensioner) imtiyozi toʻgʻrisidagi maʼlumot, ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), arizani taqdim etish joyi, litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishiga roziligi.

b) ijrochida musiqa maʼlumot mavjudligini tasdiqlaydigan hujjatlarning (guvohnomalar, attestatlar, diplomlar) elektron nusxalari — ular mavjud boʻlganda;

v) davlat mukofotlari, mukofotlar, sovrinlar va shu kabilar olganligini tasdiqlovchi hujjatlarning elektron nusxalari — ular mavjud boʻlganda;

g) litsenziya talabgori tomonidan tuzilgan ijrochining repertuari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;

d) litsenziya talabgorining malakasi toʻgʻrisidagi qoʻshimcha maʼlumotlar (asarning matni, mualliflarining familiyasi, ismi va otasining ismi, asarlarning nomi, mahalliy, respublika, xalqaro festivallar ishtirokchisi, respublika koʻrik-tanlovlar ishtirokisi ekanligini tasdiqlovchi hujjat (diplom, sertifikat kabilar) — mavjud boʻlganda;

e) faqat birinchi marta ariza topshiruvchi xonanda uchun kamida 1 ta qoʻshiq va uning matni (agarda mavjud boʻlsa asarga olingan videoklip) Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhiga shaxsan topshiradi yoki jonli ijroda yozib olingan ijrosi Internet jahon axborot tarmogʻiga yuklangan havolasini taqdim etadi.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

a) yakkaxon ijrochi konserti (bir yakkaxon ijrochining konsert dasturi), bitta janrning ikki yoki undan koʻp ijrochisi ishtirokidagi konsert dasturi, turli janrlarning bir nechta ijrochisi ishtirokidagi konsert dasturi (yakkaxon xonanda, sozanda, raqqosa, boshlovchi, qiziqchi va boshqalar), ommaviy axborot vositalarida qoʻshiqlar va videokliplarni taqdim etish:

I reyting guruhi ijrochilari — bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari;

II reyting guruhi ijrochilari — bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari;

b) restoranlar, barlar, qahvaxonalar, xususiy uylarda yubiley tantanalarida xizmat koʻrsatish, restoranlar, barlar, qahvaxonalar va xususiy uylarda toʻylar (nikohni qayd etish, osh berish, kechqurungi nikoh toʻyi, “kelin salom”), “sunnat toʻyi” tadbirlariga xizmat koʻrsatish, hordiq chiqarish muassasalari, klublar, diskotekalar, restoranlar, barlar va qahvaxonalarda xizmat koʻrsatish (yakkaxon xonanda, sozanda, raqqosa, boshlovchi, qiziqchi, didjey-ovoz operatori, maʼmur va boshqalar):

III reyting guruhi ijrochilari — bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari.

Davlat boji quyidagi tartibda taqsimlanadi:

30 foizi — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga;

0,5 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;

qolgan mablagʻlar — litsenziyalovchi vakolatli organ hisobvaragʻiga.

Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun faoliyat turiga qarab davlat boji bir jismoniy shaxsga bir yil hisobidan toʻlanadi.

Yuridik shaxs tashkil etgan ijodiy jamoalardan davlat boji yagona litsenziya boʻyicha undiriladi.

Bunda, litsenziyada ijodiy jamoa aʼzolari toʻliq koʻrsatiladi va ulardan litsenziya uchun davlat boji qoʻshimcha ravishda undirilmaydi, ijodiy jamoa aʼzosi mustaqil ijrochi sifatida ijod qilgan hollar bundan mustasno.

Ijodiy jamoa uning barcha aʼzolari davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan shaxslardan tarkib topgan taqdirdagina davlat boji toʻlashdan ozod qilinadi.

Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun davlat boji toʻlashdan ozod etiladigan shaxslar guruhi Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilanadi.

8.

Arizani koʻrib chiqish muddatlari:

10 ish kuni

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

a) litsenziatlar tomonidan aholiga konsert-tomosha xizmatlarini qatʼiy ravishda ushbu pasportda koʻrsatilgan aholiga konsert-tomosha xizmatlari koʻrsatish huquqi boʻyicha amalga oshirish;

I reyting guruhlarining mezonlari:

kamida 3 yil mobaynida muntazam ravishda yakkaxon ijrochi konsertlari oʻtkazish;

ijodiy faoliyat davomida kamida 3 ta albom chiqarish; “Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti”, “Oʻzbekiston Respublikasi xalq hofizi”, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist” va boshqa faxriy unvonlari mavjudligi;

respublika va xalqaro darajadagi tanlovlar, koʻriklar gʻolibi diplomlari, ular mavjud boʻlganda;

konsert-tomosha faoliyati sohasida ijrochilar yoki ijodiy jamoalarga talab darajasi.

Litsenziatlarning aholiga konsert-tomosha xizmatlari koʻrsatishga huquqlari:

Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida yakkaxon ijrochi konsertini tashkil etish;

bitta janrning ikki va undan koʻp ijrochilari ishtirokidagi konsert dasturida, turli janrlar yoʻnalishlarining bir nechta ijrochilari ishtirokidagi konsert dasturida qatnashish;

ommaviy axborot vositalarida qoʻshiqlar va videokliplarni taqdim etish.

II reyting guruhlarining mezonlari:

kamida 1 ta qoʻshigʻining mavjudligi;

konsert-tomosha faoliyati sohasida ijrochilar yoki ijodiy jamoalarga talab darajasi.

Litsenziatlarning aholiga konsert-tomosha xizmatlari koʻrsatishga huquqlari:

bitta janrning ikki va undan koʻp ijrochilari ishtirokidagi konsert dasturida, turli janrlar yoʻnalishlarining bir nechta ijrochilari ishtirokidagi konsert dasturida qatnashish;

ommaviy axborot vositalarida qoʻshiqlar va videokliplarni taqdim etish.

III reyting guruhlarining mezonlari:

oʻziga xos isteʼdodi, talantining mavjudligi.

Litsenziatlarning aholiga konsert-tomosha xizmatlari koʻrsatishga huquqlari:

toʻylarda, yubileylarda va boshqa tantanalarda konsert xizmati koʻrsatish (restoranlarda, barlarda, qahvaxonalarda va xususiy uylarda toʻylar, yubileylar va boshqa tantanalarga konsert xizmatlari koʻrsatish), jumladan, hordiq chiqarish tashkilotlarida (klublarda, diskotekalarda, restoranlarda, barlarda va qahvaxonalarda) konsert xizmatlari koʻrsatish, shuningdek, sozanda, raqqos(a), bek-vokal, (xonandalardan tashqari) bitta janrning ikki va undan koʻp ijrochilari ishtirokidagi konsert dasturida qatnashish va ularda qatnashish;

b) konsert-tomosha tadbirlarida, toʻylar va boshqa tantanalarda artistning odob-axloq qoidalariga, sahna madaniyati, tashqi koʻrinish madaniyatiga zid boʻlgan xatti-harakatlar qilishini hamda maʼnaviyatga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi va tomoshabinlarning his-tuygʻularini haqorat qiluvchi, axloqsizlik gʻoyalarini targʻib qilishni istisno etgan holda qoʻshiqlarni va ular boʻyicha yaratilgan videokliplarni ijro etish;

v) litsenziya olish uchun birinchi marta ariza topshirgan, III reyting guruhiga kirmaydigan, ijrochi hamda ijodiy jamoalar litsenziyalovchi organning taklifiga asosan ijro mahoratini jonli eshitish uchun Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhining yigʻilishiga shaxsan yoki masofaviy ishtirok etish yoxud jonli ijroda yozib olingan ijrosi Internet jahon axborot tarmogʻiga yuklangan havolasini taqdim etish;

g) koʻrsatilgan konsert-tomosha xizmatlarini qatʼiy ravishda shartnoma asosida amalga oshirish;*

d) jismoniy shaxslar yillik faoliyati yakunidan kelib chiqib, soliq qonunchiligida belgilangan tartibda daromadlar toʻgʻrisida deklaratsiyani toʻldirish;*

e) Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisida konsert-tomosha tadbirlarini amalga oshirish toʻgʻrisida litsenziyalovchi organning hududiy boʻlimlarini xabardor qilish;*

j) Konsert-tomosha faoliyatida u yoki bu dinni targʻib etmaslik;

z) Litsenziyalovchi organning hududiy boʻlimlari litsenziya talablari hamda shartlariga rioya etilishini belgilangan tartibda nazorat tadbirlari oʻtkazilganda turli nooʻrin xatti-harakatlar qilmaslik;

i) I reyting guruhi ijrochilari tomonidan oʻzgalarning mualliflik huquqi va turdosh huquqlarini buzmaslik*.

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

mavjud emas

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

cheklanmagan

12.

Izoh.

Ushbu pasportning 2-bandi “a” kichik bandida belgilangan litsenziyalanadigan faoliyat turining kichik turi uchun litsenziyaga ega boʻlgan shaxslarda “b” kichik bandda belgilangan litsenziyalanadigai faoliyat turining kichik turi bilan ham shugʻullanish huquqi mavjud.

Litsenziya berish yoki uni berishni rad qilish haqidagi qaror talabgorning ijro mahoratini jonli eshitish yakuni boʻyicha Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhining xulosalari asosida qabul qilinadi. Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhining majlisi oʻn kunda kamida bir marta oʻtkaziladi.

Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhi litsenziya talabgorlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish jarayonida malaka (professional) sifatlarni baholaydi va har bir ijrochini ushbu pasportning 9-bandiga muvofiq malaka talablariga binoan aniq reyting guruhiga kiritadi.

* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-avgustdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2024-y., 09/24/535/0679-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turizm faoliyatini litsenziyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Litsenziya nomi:

turistik faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya

2.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:

a) ichki turizm faoliyati (Oʻzbekiston Respublikasi ichkarisida turistik faoliyatni amalga oshirish);

b) chiqish turizmi faoliyati (Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida turistik faoliyatni (shu jumladan, tibbiy va taʼlim turizmini) amalga oshirish);

v) kirish turizmi faoliyati (Oʻzbekiston Respublikasiga chet el fuqarolarini jalb etishga oid turistik faoliyatni amalga oshirish).

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Jismoniy va yuridik shaxslar

4.

Litsenziyalovchi organ:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar turizm boshqarmalari

5.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Turoperatorlik faoliyatini amalga oshirish uchun:

a) ariza;

arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan yeri (pochta manzili), faoliyatni amalga oshirish joyining manzili, STIR, bank muassasasining nomi va bank hisobvaragʻi, faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi, ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish);

b) talabgorning kamida ikki chet tilidagi, bron qilish xizmatlarini koʻrsatadigan veb-saytga ega boʻlishi (ushbu talabning chet tillari boʻyicha qismi “ichki turizm” yoʻnalishidagi litsenziatlarga taalluqli emas) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

v) yuridik shaxs shtatida “turizm” va unga turdosh taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar, professional maʼlumotga yoxud turizm sohasida 3 yildan ortiq ish staji va malaka oshirish sertifikatiga ega boʻlgan kamida bir nafar mutaxassisning mavjud boʻlishi;

g) turoperatorlarning fuqarolik javobgarligini sugʻurtalashni tasdiqlovchi sugʻurta polisining mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarning elektron nusxalari;

d) rahbarning familiyasi, ismi va otasining ismi, tugilgan yili, pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) maʼlumotlari, uy manzili, maʼlumoti, aloqa telefonlari koʻrsatilgan maʼlumotlar.

Turagentlik faoliyatini amalga oshirish uchun:

a) ariza;

yuridik shaxslar uchun:

yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan yeri (pochta manzili), faoliyatni amalga oshirish joyining manzili, bank muassasasining nomi va bank hisobvaragʻi, STIR, faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi, ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish);

jismoniy shaxslar uchun:

familiyasi, ismi, otasining ismi, JSHSHIR (mavjud boʻlsa), faoliyatni amalga oshirish joyi, yashash joyi, elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa), telefon raqami, litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi, litsenziya toifalari boʻyicha tanlash, ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish).

b) mijozga litsenziatning ish rejimi, joylashgan yeri (pochta manzili), tegishli litsenziya, litsenziatning familiyasi, ismi, otasining ismi toʻgʻrisida toʻliq va batafsil maʼlumot berish, jumladan, ushbu koʻrsatilgan maʼlumotlarni oʻzining Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytiga joylashtirilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravari

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

“Ichki turizm” yoʻnalishi boʻyicha turizm faoliyati uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari;

“chiqish turizmi” yoki “kirish turizmi” yoʻnalishi boʻyicha turizm faoliyati yoxud bittadan ortiq yoʻnalish turi boʻyicha turizm faoliyatini amalga oshirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari.

8.

Arizani koʻrib chiqish muddatlari:

uch ish kuni.

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

Turoperatorlar faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalash talablari va shartlari quyidagilardan iborat:

a) turizm toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga qatʼiy rioya qilish;

b) yuridik shaxs shtatida “turizm” va unga turdosh taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar, professional maʼlumotga yoxud turizm sohasida 3 yildan ortiq ish staji va malaka oshirish sertifikatiga ega boʻlgan kamida bir nafar mutaxassisning mavjud boʻlishi;*

v) yuridik shaxs xodimlari (gidlar (gid-tarjimonlar), ekskursiya yetakchilari va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilar) uch yilda kamida bir marta belgilangan tartibda malaka sertifikatini olishi;*

g) turizm mahsuloti buyurtmachisi bilan, shu jumladan, oʻzbekiston Respublikasining turizm xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga javob beradigan elektron tijorat shartnomasi tuzilganidan keyin turizm xizmatlarini koʻrsatish;

d) har bir turistga va ekskursantga turistik sayohat vaqtida Oʻzbekiston Respublikasiga hamda chet davlatlarga kirish, ulardan chiqish va ularda boʻlishning oʻziga xos xususiyatlari toʻgʻrisidagi axborotni yetkazish;

e) mijozga litsenziatning ish rejimi, uning joylashgan joyi (pochta manzili), tegishli litsenziya, turizm xizmatlari sertifikatining mavjudligi (agar mavjud boʻlsa), turizm faoliyatining aniq yoʻnalishlari uchun masʼul boʻlgan litsenziatning mutaxassislari familiyasi, ismi, otasining ismi toʻgʻrisida toʻliq va batafsil maʼlumot berish, jumladan, ushbu koʻrsatilgan maʼlumotlarni oʻzining Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytiga joylashtirish;

j) litsenziat kamida ikki chet tilidagi, bron qilish xizmatlarini koʻrsatadigan veb-saytga ega boʻlishi (ushbu talabning chet tillari boʻyicha qismi “ichki turizm” yoʻnalishidagi litsenziatlarga taalluqli emas);

z) turoperatorlarning fuqarolik javobgarligini sugʻurtalashni tasdiqlovchi sugʻurta polisining mavjudligi;*

i) xorijiy mamlakatlardagi taʼlim va (yoki) tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan belgilangan faoliyat bilan shugʻullanish huquqini tasdiqlovchi hujjat nusxasining mavjudligi (“chiqish turizmi” yoʻnalishi boʻyicha taʼlim va (yoki) tibbiyot turizmi faoliyatini amalga oshirish uchun);*

k) xorijiy mamlakatlardagi taʼlim va (yoki) tibbiyot muassasasi bilan hamkorligini tasdiqlovchi hujjatning mavjudligi (“chiqish turizmi” yoʻnalishi boʻyicha taʼlim va (yoki) tibbiyot turizmi faoliyatini amalga oshirish uchun);*

l) faoliyatni faqat litsenziyada koʻrsatilgan yoʻnalish(lar) boʻyicha amalga oshirish;*

m) mijozlar va chet ellik hamkorlar bilan tuzilgan tegishli shartnomasiz turizm xizmatlarini koʻrsatmaslik;*

o) fuqarolarni Saudiya Arabistoni Podshohligiga “Umra” ziyoratini bajarish uchun yubormaslik.*

Turagentlar faoliyatini litsenziyalash talablari va shartlari quyidagilardan iborat:

a) turizm toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga qatʼiy rioya qilish;

b) turizm faoliyatining “chiqish turizmi” yoʻnalishidagi faoliyatni faqat yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshirish;*

g) turoperator bilan shartnoma tuzilgandan soʻng turoperatorlar tomonidan yaratilgan turizm mahsulotini targʻib va realizatsiya qilish;*

d) har bir turistga va ekskursiyachiga turistik sayohat vaqtida Oʻzbekiston Respublikasiga hamda chet davlatlarga kirish, ulardan chiqish va ularda boʻlishning oʻziga xos xususiyatlari toʻgʻrisidagi axborotni yetkazish;

e) mijozga litsenziatning ish rejimi, joylashgan yeri (pochta manzili), tegishli litsenziya, litsenziatning familiyasi, ismi, otasining ismi toʻgʻrisida toʻliq va batafsil maʼlumot berish, jumladan, ushbu koʻrsatilgan maʼlumotlarni oʻzining Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytiga joylashtirish;

j) fuqarolarni Saudiya Arabistoni Podshohligiga “Umra” ziyoratini bajarish uchun yubormaslik.*

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

mavjud emas.

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

cheklanmagan

12.

Izoh.

* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga
6-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning) va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyatini litsenziyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Litsenziya nomi:

sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning) va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyati uchun litsenziya

2.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:

a) sugʻurtalovchilarning sugʻurta faoliyati;

b) sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyati;

v) sugʻurtalovchilarning faqat qayta sugʻurtalash faoliyati.

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

yuridik shaxslar

4.

Litsenziyalovchi organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

5.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

sugʻurtalovchilarning sugʻurta faoliyati uchun:

a) ariza;

arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, bank muassasasining nomi va bank hisobvaragʻi, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), STIR, sugʻurta faoliyati klassifikatori boʻyicha tanlash (hayotni sugʻurta qilish sohasi; umumiy sugʻurta sohasi; majburiy sugʻurta; faqat qayta sugʻurtalash), ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;

litsenziya talabgorining rahbari va bosh buxgalterining vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan malaka talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida maʼlumot.

b) ustav fondining belgilangan eng kam miqdoridan kam boʻlmagan ustav fondining shakllantirilganligini tasdiqlovchi hujjat (bank maʼlumotnomasi, “Qimmatli qogʻozlarning markaziy depozitariysi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan berilgan aksiyalarning joylashtirilganligi haqidagi maʼlumot va ariza berilayotgan kun holatiga bank hisobvaragʻidan koʻchirma);

sugʻurtalovchining vakolatli davlat organi bilan Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalanish va ushbu tizim doirasida oʻzaro axborot almashish toʻgʻrisida yozma bitimning mavjud boʻlishi;

Faoliyat turi faqat qayta sugʻurta qilishdan iborat boʻlgan litsenziya talabgorlari mazkur bandning “a” va “b” kichik bandlarida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarni taqdim etadilar.

Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish ham faoliyati doirasiga kiradigan litsenziya talabgorlari “a” va “b” kichik bandlarda koʻrsatilgan hujjatlar bilan birga qoʻshimcha ravishda:

v) sugʻurtalovchining Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi bilan unga aʼzolik toʻgʻrisidagi yozma bitimning nusxasini;

g) sugʻurtalovchining Qoraqalpogʻiston Respublikasida, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida majburiy sugʻurta shartnomalarini tuzish, jabrlanuvchilarning sugʻurta toʻlovlari toʻgʻrisidagi talablarini koʻrib chiqish va sugʻurta toʻlovlarini amalga oshirish vakolati berilgan filiallari mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadilar.

Faoliyat predmeti ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish ham faoliyati doirasiga kiradigan litsenziya talabgorlari “a” va “b” kichik bandlarda koʻrsatilgan hujjatlar bilan birga qoʻshimcha ravishda:

d) Qoraqalpogʻiston Respublikasida, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomalari yoki annuitetlar shartnomasi tuzish, ish beruvchilar (yoki) jabrlanuvchilar yoxud naf oluvchilarning sugʻurta tovoni va tovonini toʻlash toʻgʻrisidagi talablarini koʻrib chiqish vakolatiga ega boʻlgan oʻz filiallarining tasdiqlangan nizomlari nusxasi.

Faoliyati predmeti tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish ham hisoblanadigan litsenziya talabgorlari “a” va “b” kichik bandlarda koʻrsatilgan hujjatlar bilan birgalikda qoʻshimcha ravishda:

e) tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirishga haqli boʻlgan sugʻurtalovchilar oʻrtasida sugʻurta sherikchiligini tuzish haqida birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomaning nusxasini;

j) Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasini tuzishga, tashuvchilar, jabrlanuvchilar va naf oluvchilarning sugʻurta tovoni haqidagi talablarini koʻrib chiqishga hamda sugʻurta tovonini amalga oshirishga vakolatli oʻz filiallari mavjudligini tasdiqlaydigan hujjatlarni taqdim etadilar.

Sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyati uchun:

ariza, unda yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvaragʻi, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi, litsenziya talabgorining rahbari va bosh buxgalterining vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan malaka talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida maʼlumot koʻrsatiladi.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari

8.

Arizani koʻrib chiqish muddatlari:

20 ish kuni

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

a) Oʻzbekiston Respublikasining sugʻurta faoliyati va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarining tarqalishini moliyalashtirishga qarshi kurashish, shuningdek, shaxsga doir maʼlumotlarni saqlash va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilish;

b) sugʻurta faoliyatini amalga oshirishda olingan axborotlarning qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq maxfiyligini taʼminlash;

v) litsenziyalovchi organ talabiga koʻra sugʻurta faoliyatini amalga oshirishga doir qonunchilik hujjatlarida belgilangan axborotlarni taqdim etish;

g) quyidagi shaxslarni sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) va sugʻurta brokerlarining rahbarlik lavozimlariga tayinlanishiga yoʻl qoʻymaslik:

terroristik faoliyatda yoki ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishda ishtirok etgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan;

shaxsga qarshi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizm, ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatish, ularni moliyalashtirish, uyushgan jinoyatchilik, giyohvand moddalar noqonuniy savdosi, korrupsiya va axborot texnologiyalari bilan bogʻliq iqtisodiy jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganligi olib tashlanmagan yoki oʻtalmagan shaxslar;

d) “g” kichik bandda belgilangan shaxslarning sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) va sugʻurta brokerlarining ustav kapitalida ishtirok etishiga yoʻl qoʻymaslik;

e) litsenziya talabgorining (litsenziatning) va ular alohida boʻlinmalarining rahbari va bosh buxgalterining sugʻurta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan malaka talablariga muvofiqligi, jumladan, kasbiy koʻnikmalar, bilim va tajribaning korporativ boshqaruv standartlariga muvofiqligi va ijobiy ishchanlik obroʻsiga ega boʻlishi;

j) litsenziya talabgorining (litsenziatning) rahbarlik lavozimlarida ishlovchi shaxslarining boshqa sugʻurta tashkilotlarida rahbarlik lavozimlarida oʻrindoshlik asosida ishlashiga yoʻl qoʻymaslik;

z) besh yil mobaynida sugʻurta faoliyatini amalga oshirishga oid barcha maʼlumotlarni, jumladan ish yozishmalarini saqlash.

Sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) uchun qoʻshimcha litsenziya talablari va shartlari:

a) ustav fondining qonunchilik hujjatlarida belgilangan eng kam miqdorining mavjud boʻlishi;

b) vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalanish talablari va shartlariga rioya qilish;

v) qonunchilik talablari asosida elektron sugʻurta xizmatlari koʻrsatishni taʼminlash uchun axborot tizimining mavjudligi;

g) sugʻurtaning barcha turlari boʻyicha sugʻurta (qayta sugʻurta) shartnomalarini Yagona axborot tizimi orqali roʻyxatdan oʻtkazish va ushbu tizim orqali sugʻurta polislarini rasmiylashtirish;

d) aksiyadorlar boʻlgan yuridik shaxslarning haddan tashqari (potensial oluvchidan oxirgi benefitsiar mulkdorgacha uchta pogʻonadan koʻp) darajalarga tabaqalashtirilishi mavjud boʻlmasligi;

e) Qoraqalpogʻiston Respublikasida, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida majburiy sugʻurta shartnomalarini tuzish, jabrlanuvchi (uning merosxoʻri yoki huquqiy vorisi)ning sugʻurta toʻlovlari toʻgʻrisidagi talablarini koʻrib chiqish va sugʻurta toʻlovlarini amalga oshirish vakolati berilgan oʻz filiallariga ega boʻlishi — transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qiluvchi sugʻurtalovchilar uchun;

j) sugʻurtalovchining Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi bilan unga aʼzolik toʻgʻrisidagi yozma bitimning mavjud boʻlishi — transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qiluvchi sugʻurtalovchilar uchun;

z) Qoraqalpogʻiston Respublikasida, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomalari yoki annuitetlar shartnomasi tuzish, ish beruvchilar (yoki) jabrlanuvchilar yoxud naf oluvchilarning sugʻurta tovonini toʻlash toʻgʻrisidagi talablarini koʻrib chiqish va sugʻurta toʻlovlarini amalga oshirish vakolatiga ega boʻlgan oʻz filiallari mavjud boʻlishi — ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurtalovchilar uchun;

i) Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasini tuzishga, tashuvchilar, jabrlanuvchilar va naf oluvchilarning sugʻurta tovoni haqidagi talablarini koʻrib chiqishga hamda sugʻurta tovonini amalga oshirishga vakolatli oʻz filiallariga ega boʻlishi — tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qiluvchi sugʻurtalovchilar uchun;

k) sugʻurtalovchida tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirishga haqli boʻlgan sugʻurtalovchilar oʻrtasida sugʻurta sherikchiligini tuzish haqida birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomaning mavjud boʻlishi — tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qiluvchi sugʻurtalovchilar uchun.

Sugʻurta brokerlari uchun qoʻshimcha litsenziya talablari va shartlari:

a) sugʻurta brokerining sugʻurta faoliyatini amalga oshirishda shartnoma majburiyatlariga rioya etilishini taʼminlash;

b) sugʻurta shartnomasining litsenziat mijozi uchun qulay shartlarda tuzilishi va bajarilishi;

v) sugʻurtalashga doir vositachilik faoliyatini asosiy faoliyat turi sifatida amalga oshirish.

Litsenziya talablari va shartlarining bir marta qoʻpol ravishda buzilishi jumlasiga kiradigan harakatlar Oʻzbekiston Respublikasining “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 54-moddasida belgilangan.

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

mavjud emas

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

cheklanmagan

12.

Sugʻurta faoliyati klassifikatori:

Hayotni sugʻurta qilish sohasi

Klass tartib raqami

Klassning nomi

Mazmuni va sugʻurta qilish shartlari boʻyicha talablar

I klass

Hayot va annuitetlar

Quyidagi hollarda sugʻurta summalari toʻlash boʻyicha sugʻurtalovchining majburiyatlarini nazarda tutuvchi, bir yildan ortiq muddatga amal qiluvchi hayotni sugʻurta qilish turlari majmui:

sugʻurta qilinuvchining sugʻurta muddati tamom boʻlgungacha yoki sugʻurta shartnomasida belgilangan yoshgacha yashashi;

sugʻurta qilinuvchining vafot etishi;

shuningdek sugʻurta shartnomasi amal qilishi davridagi joriy toʻlovlar (annuitetlar), III klass bundan mustasno

II klass

Nikoh va tugʻilish

Nikohga kirishda yoki bola tugʻilganda sugʻurta summasi toʻlanishini taʼminlovchi, bir yildan ortiq muddatga amal qiluvchi hayotni sugʻurta qilish turlari majmui

III klass

Hayotni uzoq muddatli sugʻurta qilish

Umrbod renta toʻlanishi bilan birgalikda hayotni sugʻurta qilish turlari majmui

IV klass

Sogʻliqni sugʻurta qilish

Koʻrsatib oʻtilgan sugʻurta davri kamida besh yildan kam boʻlmagan muddatga yoki sugʻurta qilinuvchining pensiya yoshiga yetguniga qadar belgilanishi sharti bilan baxtsiz hodisa yoki muayyan turdagi baxtsiz hodisa yoki kasallik yoki kasallanish tufayli qattiq shikastlanish natijasida mehnatga layoqatlilikni yoʻqotganda sugʻurta summalari toʻlanishini taʼminlovchi hayotni sugʻurta qilish turlari majmui. Bunda shartnomada koʻrsatilgan sugʻurta davri sugʻurtalovchi tomonidan bir tomonlama tartibda bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi mumkin emas

V klass

Majburiyatlarni taʼminlash uchun hayotni sugʻurtalash

Sugʻurtalangan shaxs ushbu hodisadan oldin (qarz muddati tugaguniga qadar omon qolish yoki boshqa majburiyatni toʻliq bajarish) vafot etgan taqdirda sugʻurtalangan shaxsning naf oluvchilari va (yoki) sugʻurtalangan shaxsning majburiyatlari boʻlgan shaxsga ushbu majburiyat doirasida sugʻurta summasini toʻlashni taʼminlaydigan muayyan hodisa (qarz muddati tugaguniga qadar omon qolish yoki boshqa majburiyatni toʻliq bajarish)da sugʻurta toʻlovisiz (sugʻurta mukofotini qaytarmasdan) hayotni sugʻurtalash turlarining majmui

VI klass

Uzoq muddatli ixtiyoriy pensiya sugʻurtasi

Sugʻurtalangan shaxs tomonidan amalga oshiriladigan va sugʻurtalangan shaxs pensiya yoshiga yetganida sugʻurta shartnomasida belgilangan oylik renta yoki bir martalik toʻlov shaklida sugʻurta summalarini toʻlashni taʼminlaydigan hayotni sugʻurtalash turlarining majmui

VII klass

Kapitalni qaytarish bilan hayotni sugʻurtalash

Sugʻurta qildiruvchi qoʻyilgan mablagʻlarning qaytmaslik xavfida ishtirok etgan shartda, toʻlangan sugʻurta mukofotlari va sugʻurta toʻlovining kafolatlangan miqdori va sugʻurta shartnomasida belgilangan toʻlov muddati doirasida investitsiya obyektini joylashtirish va aniqlash masalasini yechishda sugʻurta qildiruvchining ishtiroki bilan hayotni sugʻurtalash turlari majmui

Umumiy sugʻurta sohasi

Klass tartib raqami

Klassning nomi

Mazmuni va sugʻurta qilish shartlari boʻyicha talablar

1-klass

Baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sugʻurta qilish

Quyidagi hollarda:

a) baxtsiz hodisa yoki muayyan turdagi baxtsiz hodisa natijasida sogʻliqning qattiq shikastlanishi, yoxud;

b) baxtsiz hodisa yoki muayyan turdagi baxtsiz hodisa natijasida vafot etgan taqdirda, yoxud;

v) kasallik yoki muayyan turdagi kasallik natijasida mehnat qobiliyatini yoʻqotish, shu jumladan,ishlab chiqarishda jarohatlanish va kasb kasalliklari, biroq 2-klass va hayotni sugʻurta qilish sohasining IV klassi boʻyicha sugʻurta shartnomalarini istisno qilgan holda sugʻurta qilingan shaxsga sugʻurta taʼminotining belgilab qoʻyilgan pul summasi yoki pul kompensatsiyasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurta turlari majmui

2-klass

Kasallikdan ehtiyot shart sugʻurta qilish

Sugʻurta taʼminotining belgilab qoʻyilgan pul summasi toʻlanishini yoki kasallik yoki sogʻliqning izdan chiqishi munosabati bilan sugʻurta qildiruvchining pul kompensatsiyasi (yoki uning ham, buning ham kombinatsiyasi)ni taʼminlovchi sugʻurta turlari majmui, biroq hayotni sugʻurta qilish sohasining IV klassi boʻyicha shartnomalarni istisno qilgan holda

3-klass

Yer usti transport vositalarini sugʻurta qilish

Transport vositalari, oʻzi yurar mashina va mexanizmlar, harakatlanadigan temir yoʻl tarkibi bundan mustasno, yoʻqotilganda yoki shikastlanganda sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurta turlari majmui

4-klass

Harakatlanadigan temir yoʻl tarkibini sugʻurta qilish

Harakatlanadigan temir yoʻl tarkibi yoʻqotilganda yoki shikastlanganda sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurtaning turlari majmui

5-klass

Aviatsiya sugʻurtasi

Havo kemasi, havo kemasining mashina asbob-uskunalari, jihozlari, inventari, ehtiyot qismlari yoʻqotilganda yoki shikastlanganda sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurtaning turlari majmui

6-klass

Dengiz sugʻurtasi

Dengiz va ichki daryo kemalari, kemalarning mashina asbob-uskunalari, asbob-uskunalari, inventari, ehtiyot qismlari yoʻqotilganda yoki shikastlanganda sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurtaning turlari majmui

7-klass

Yoʻldagi mol-mulkni sugʻurta qilish

Transportning har xil turlari bilan tashishda yuklar, bagaj va boshqa mol-mulk yoʻqotilganda yoki shikastlanganda sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurtaning turlari majmui

8-klass

Mol-mulkni olovdan va tabiiy ofatlardan sugʻurta qilish

Yongʻin, portlash, boʻron, dovul, jala, koʻchki, tuproqning choʻkishi, yemirilish, yer osti suvlari, sel, yashin urishi, zilzila, yadro energiyasi taʼsiri natijasida mol-mulk (3 va 7-klasslarda koʻrsatilganlar bundan mustasno) yoʻqotilganda yoki shikastlanganda sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurtaning turlari majmui

9-klass

Mol-mulkni zarardan sugʻurta qilish

8-klassda koʻrsatilmagan doʻl, qalin qor yogʻishi yoki qattiq sovuq tushishi, buzib kirib oʻgʻirlik qilish va boshqa voqealar natijasida mol-mulk (3 va 7-klasslarda koʻrsatilgandan boshqa) yoʻqotilganda yoki shikastlanganda sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurtaning turlari majmui

10-klass

Avtofuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish

Yer usti transport vositalari va boshqa oʻziyurar mashinalar va mexanizmlardan foydalanish oqibatida, tashuvchilarning javobgarligi ham shu jumlaga kiradi, uchinchi shaxslarga (jismoniy va yuridik shaxslarga) zarar yetkazilgan taqdirda,sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurta turlari majmui

11-klass

Aviatsiya sugʻurtasi doirasidagi javobgarlikni sugʻurta qilish

Havo kemasidan foydalanish oqibatida, aviatashuvchilarning javobgarligi ham shu jumlaga kiradi, uchinchi shaxslarga (jismoniy va yuridik shaxslarga) zarar yetkazilgan taqdirda,sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurta turlari majmui

12-klass

Dengiz sugʻurtasi doirasida javobgarlikni sugʻurta qilish

Dengiz va ichki kemalardan foydalanish oqibatida, dengiz tashuvchisining javobgarligi ham shu jumlaga kiradi, uchinchi shaxslarga (jismoniy va yuridik shaxslarga) zarar yetkazilgan taqdirda,sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurta turlari majmui

13-klass

Umumiy fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish

10, 11 va 12-klasslarda koʻrsatilmagan tavakkalchiliklar oqibatida uchinchi shaxslar (jismoniy va yuridik shaxslar) oldida fuqarolik javobgarligi paydo boʻlgan taqdirda,sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurta turlari majmui

14-klass

Kreditlarni sugʻurta qilish

Sugʻurta qildiruvchining debitori nochorligi (bankrotlik) yoki debitorning sugʻurta qildiruvchi oldidagi qarzlarni qaytarish majburiyati bajarilmasligi (nochorlikdan tashqari) natijasida sugʻurta qildiruvchi zarar koʻrganda sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurta turlari majmui

15-klass

Kafillikni (kafolatlarni) sugʻurta qilish

Sugʻurta qildiruvchining oʻziga berilgan kafolatni bajarishi majburiyati natijasida sugʻurta qildiruvchi zarar koʻrganda sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurta turlari majmui

16-klass

Boshqa moliyaviy tavakkalchiliklardan sugʻurta qilish

Quyidagi hollarda:

a) sugʻurta qildiruvchining biznesi (xoʻjalik faoliyati) uzilib qolishi yoki sugʻurta qildiruvchi tomonidan amalga oshirilayotgan biznes (xoʻjalik faoliyati) koʻlami kamayishi natijasida sugʻurta qildiruvchi zarar koʻrganda;

b) oldindan nazarda tutilmagan xarajatlar natijasida sugʻurta qildiruvchi zarar koʻrganda (17-klassda koʻrsatilgandan tashqari);

v) shartnomalar tuzilishi va bajarilishi bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish natijasida mazkur darajaning a) va b) bandlarida koʻrsatilgandan boshqa nobudgarchiliklarga uchraganda sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurta turlari majmui

17-klass

Huquqiy himoya qilish bilan bogʻliq xarajatlarni sugʻurta qilish

Sud muhokamasi bilan bogʻliq koʻrilgan xarajatlar natijasida sugʻurta qildiruvchi zarar koʻrganda sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurta turlari majmui

18-klass

Tibbiy sugʻurta

Sugʻurtalangan shaxsning sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan shartlarga muvofiq tibbiy yordam olishini taʼminlaydigan sugʻurta turlarining majmui, biroq 2-klass va hayotni sugʻurta qilish sohasining IV klassi boʻyicha shartnomalarni istisno qilgan holda

Litsenziat, unda mazkur pasportda belgilanadigan sugʻurta klasslarini qoʻshib olib borishga doir cheklashlarni hisobga olgan holda sugʻurtaning tegishli klasslari koʻrsatilgan litsenziya mavjud boʻlgan taqdirda,ikki va undan ortiq sugʻurta klassi belgilariva mazmunini jamlovchi sugʻurta turini ishlab chiqishga haqlidir.

Hayotni sugʻurta qilish sohasida sugʻurta faoliyatini amalga oshiruvchi litsenziat — sugʻurtalovchi umumiy sugʻurta sohasida sugʻurta faoliyatini qoʻshib olib borishga haqli emas, umumiy sohasining 1,2 va 18 klasslari boʻyicha faoliyat bundan mustasno.

(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2025-y., 09/25/458/0648-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga
7-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Litsenziya nomi:

isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish uchun litsenziya

2.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:

a) rektifikatlangan isteʼmol etil spirtini, shu jumladan, uzum, rezavor meva, shuningdek, vino spirtini, uzum va rezavor mevadan tayyorlangan spirt xomashyosini ishlab chiqarish;

b) texnik etil spirtini, efiroaldegidli fraksiyani (etil spirtining bosh fraksiyasini) ishlab chiqarish;

v) uzum, vino, konyak, viski, rom, rezavor meva va kalvados distillyatini ishlab chiqarish;

g) aroq, shu jumladan, uzum va meva arogʻini, shuningdek, likyor-aroq mahsulotlarini ishlab chiqarish;

d) konyak, konyak ichimligini, brendi, viski, rom, kalvadosni ishlab chiqarish;

e) uzum va rezavor meva vinosini, koʻpiklanadigan va gazli vinoni ishlab chiqarish, bundan tabiiy vinolar va pivo ishlab chiqarish mustasno;

j) oʻtkirligi 7,0 foizdan 22 foizgacha boʻlgan vino ichimliklarini ishlab chiqarish;

z) uzum va rezavor mevadan tayyorlangan vino materiallarini ishlab chiqarish.

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari

4.

Litsenziyalovchi organ:

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi

5.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza;

arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, STIR, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bank hisobvaragʻi, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), litsenziya toifalari boʻyicha tanlash, ombor binolarining joylashgan joyi, ishlab chiqariladigan mahsulot turining nomi, ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;

b) ishlab chiqarish obyektining pasporti.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigim miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

yillik litsenziya toʻlovlari:

a) rektifikatlangan isteʼmol etil spirti ishlab chiqarish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida;

b) texnik etil spirti, efiraldegidli fraksiya (etil spirtning bosh fraksiyasi) ishlab chiqarish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida;

v) isteʼmol etil spirtidan aroq va likyor-aroq ishlab chiqarish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 250 baravari miqdorida;

g) oʻtkirligi 7,0 dan 22,0 foizgacha boʻlgan vino ichimliklari ishlab chiqarish uchun-bazaviy hisoblash miqdorining 250 baravari miqdorida;

d) uzum va meva arogʻi, uzum va rezavor meva vinosi, konyak, konyak ichimliklari, brendi, viski, rom, kalvados ishlab chiqarish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida;

e) uzum va rezavor meva spirti, vino spirti, uzumdan va rezavor mevadan tayyorlangan spirt xomashyosi, uzumli, vinoli, konyakli, viskili, romli, rezavor mevali va kalvadosli distillyat, koʻpiklanadigan va gazlangan vino ishlab chiqarish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida;

j) uzum va rezavor mevadan vino materiallari ishlab chiqarish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida.

Yillik litsenziya toʻlovidan tushadigan mablagʻlar Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga kirim qilinadi.

8.

Arizani koʻrib chiqish muddatlari:

15 ish kuni

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

a) isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarishda (shu jumladan, saqlanishi va aylanmasiga rioya qilish) qonunchilikka va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga qatʼiy rioya qilish;

b) ishlab chiqarish xavfsizligini, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligini, yongʻin xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va ekologiya talablari va normalariga rioya etish;

v) lizensiyalanadigan faoliyatni amalga oshirish uchun amaldagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjatlar, gigiyenik xulosalar va boshqa tegishli hujjatlarning mavjudligi;

g) har bir mahsulot turi uchun texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq ishlab chiqilgan va Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan texnologik yoʻriqnomalarning mavjudligi;

d) spirt va alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida tegishli malakaga ega boʻlgan kamida ikki nafar mutaxassisning mavjudligi;

e) zarur asbob-uskunalar, priborlar, kimyoviy reaktivlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan jihozlangan, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda nazarda tutilgan barcha zarur fizik-kimyoviy, mikrobiologik va boshqa koʻrsatkichlarni tahlil qilish imkonini beruvchi ishlab chiqarish laboratoriyalari mavjudligi;*

j) ishlab chiqariladigan mahsulotning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi boʻyicha isteʼmol etil spirti va alkogol mahsulotlarining organoleptik xususiyatlarini aniqlash boʻyicha degustatsiya komissiyasiga har chorakda mahsulot namunalarini taqdim etish;

z) “Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimi hamda isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va ularning aylanmasi hajmini hisobga olish axborot tizimini joriy etish va foydalanish, shuningdek, elektron shakldagi hisobvaraq-fakturadan foydalanish;

i) qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq etil spirti va alkogol mahsulotlari savdosi qoidalariga rioya qilish;

k) isteʼmol va texnik etil spirti ishlab chiqaruvchi tashkilotlarda alkogol mahsulotlari ishlab chiqarishga yoʻl qoʻymaslik;*

l) rektifikatlangan isteʼmol etil spirti ishlab chiqaruvchi tashkilotlarda Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining etil spirti sifatini aniqlash laboratoriyasining mavjudligi;

m) aroq hamda isteʼmol etil spirtidan (uzum va rezavor meva etil spirtidan tashqari) aroq va likyor-aroq mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha mavjud yillik ishlab chiqarish quvvatlaridan kelib chiqib, yarim yil yakunlari boʻyicha ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koʻrsatkichi 60 foizidan kam boʻlmagan miqdorda foydalanilishini taʼminlash. Bunda yillik ishlab chiqarish hajmi absolyut alkogolga qayta hisoblaganda kamida 100 ming dekalitrni tashkil qilishi lozim;

n) aroq ishlab chiqarmaydigan tashkilotlarda isteʼmol etil spirtidan (uzum va rezavor meva etil spirtidan tashqari) likyor-aroq mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha mavjud yillik ishlab chiqarish quvvatlaridan oʻrnatilgan quvvatlarning 50 foizidan kam boʻlmagan miqdorda foydalanilishini taʼminlash;

o) aroq va (yoki) likyor-aroq mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar tomonidan uch yil ichida oʻzining texnik uzum navlari plantatsiyalarini bir tekis yaratilishi va kelgusida vino materiallari va (yoki) vino ishlab chiqarishni tashkil qilish. Bunda texnik uzum navlari ekilganidan keyingi uch yildan soʻng texnik uzum navlari plantatsiyalarining maydoni aroq va (yoki) likyor-aroq mahsulotlarini yillik ishlab chiqarish hajmining 75 foiziga mutanosib keladigan vino materiallari va (yoki) vino ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan hosilni yigʻish imkonini berishi kerak;

p) vino-konyak mahsulotlarini saqlash va yetiltirish uchun eman bochkalari mavjud boʻlgan tashkilotlar tomonidan tabiiy vino, vino materiallar va konyak spirtlari ishlab chiqarish hamda uzumni qayta ishlash faoliyatini amalga oshirish;

r) tashkilotlar tomonidan doimiy ravishda ustav fondining quyidagi miqdori taʼminlanishi: isteʼmol etil spirti va aroq ishlab chiqaruvchi tashkilotlar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 000 baravari miqdorida va undan ortiq; boshqa alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar (uzum va mevalarni birlamchi qayta ishlash tashkilotlari bundan mustasno) uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 000 baravari miqdorida va undan ortiq;

s) barcha isteʼmol va texnik etil spirti ishlab chiqarish hamda alkogol mahsulotlarini quyish liniyalarida yigʻma hisobga olish maʼlumotlari koʻrsatkichlarini tegishli himoyalash vositasiga ega boʻlgan tayyor mahsulotlarni elektron hisoblagichlarning mavjud boʻlishi;

t) real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS) bilan jihozlangan hamda isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasi hajmini hisobga olish axborot tizimiga integratsiya qilingan elektron hisoblagich oʻrnatilgan hamda elektron hisobvaraq-faktura, tovar-transport yuk xati mavjud avtotransport vositalari orqali isteʼmol va texnik etil spirtini yuklash va tashish;

u) alkogol mahsulotlariga nisbatan roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar belgilarini qoʻllash va (yoki) patentlangan sanoat namunalaridan foydalanish, shu jumladan, tegishli litsenziya shartnomalari asosida;*

f) yillik litsenziya toʻlovlarini, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlash boʻyicha qonunchilikda belgilangan talablarga rioya qilish;*

x) alkogol mahsulotlari ishlab chiqarishda va ularning savdosida sifat talablariga, shuningdek, aksiz markalarini qoʻllash hamda identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tartiblariga rioya etish;*

s) alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarini monitoring va nazorat qilish imkonini beruvchi videokuzatuv vositalarini oʻrnatish;*

ch) isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ulgurji realizatsiyasiga oid shartnomalar soliq organlarida majburiy hisobga qoʻyish;

sh) alkogol mahsulotining asosiy ishlab chiqarish uskunalarini hamda uning mulkdorlarini vakolatli davlat organida majburiy roʻyxatdan oʻtkazish.

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

a) ishlab chiqarish va saqlash inshootlarining, shuningdek, texnologik uskunalarning qonunchilikda belgilangan sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hududiy boshqarmalarining xulosasi;

b) ishlab chiqarishning qonunchilikda belgilangan mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining hududiy boshqarmalari xulosasi;

v) ishlab chiqarishning, ishlab chiqarish va saqlash binolarining qonunchilikda belgilangan yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida davlat yongʻin nazorati organining xulosasi;

g) Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining ishlab chiqariladigan mahsulotning sifati va xavfsizligini nazorat qilish uchun zarur boʻlgan texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda oʻlchash jihozlari bilan taʼminlanganligi toʻgʻrisidagi xulosasi;

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

cheklanmagan

12.

Izoh.

Xorijiy isteʼmol etil spirtidan foydalangan holda alkogol mahsulotlari ishlab chiqarishga yoʻl qoʻyilmaydi.

* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

Litsenziyalovchi organ litsenziat tomonidan faoliyatni amalga oshirishda litsenziya talablariga rioya qilinmaganda jarima koʻrinishida quyidagi moliyaviy sanksiyalarni qoʻllaydi:

a) aroq, shuningdek, isteʼmol etil spirtidan aroq va likyor-aroq mahsulotlarini ishlab chiqarishda mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koʻrsatkichi har yarim yil yakunlari boʻyicha 60 foizdan kam boʻlganda, belgilangan 60 foizning bajarilmagan qismiga aksiz soligʻi summasining 50 foizi miqdorida.

Bunda har yarim yillik yakunlari boʻyicha mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koʻrsatkichi 60 foizdan koʻp boʻlganda va aksiz soligʻi toʻliq toʻlangan taqdirda, undirilgan moliyaviy jarima summalari korxonaga qaytarib beriladi;

b) aroq ishlab chiqarmaydigan tashkilotlarda isteʼmol etil spirtidan likyor-aroq mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha mavjud yillik ishlab chiqarish quvvatlari quyidagidan kam boʻlmagan miqdorda ishlatilishini taʼminlamaslik:

50 foizdan — bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravari miqdorida;

30 foizdan — bazaviy hisoblash miqdorining 250 baravari miqdorida;

v) boshqa turdagi spirtdan (rektifikatlangan isteʼmol etil spirti, konyak distillyati va meva, uzumdan rektifikatlangan etil spirtidan tashqari) foydalangan holda alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish, shuningdek, xorijiy etil spirtidan foydalangan holda alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish — ishlab chiqarilgan mahsulot bahosining (ulgurji narxlarda) 200 foizi miqdorida, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda;

g) etil spirti va alkogol mahsulotlarini litsenziya olish chogʻida arizada kiritilmagan saqlash joylarida saqlash — bunday saqlash joylarida boʻlgan mahsulot qiymatining 100 foizi miqdorida, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda;

d) tashkilotlar tomonidan alkogol mahsulotlarini bunday mahsulotga belgilangan eng kam ulgurji narxlardan past narxlarda sotish:

alkogol mahsulotlarini (pivodan tashqari) ishlab chiqaruvchi tashkilot tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan minimal ulgurji-sotish narxlaridan past narxlarda sotilgan qiymatning 20 foizi miqdorida, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda;

jarima qoʻllanilgandan keyin bir yil mobaynida aynan oʻsha qoida buzish takroran aniqlanganda — alkogol mahsulotlarini (pivodan tashqari) ishlab chiqargan tashkilot tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan minimal ulgurji-sotish narxlaridan past narxlarda sotilgan qiymatning 50 foizi miqdorida, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda;

e) isteʼmol etil spirtini 50 foizlik oldindan toʻlovsiz sotish-olib chiqib ketilgan yoki tashiladigan mahsulotning 50 foizi qiymati, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda;

j) alkogol mahsulotini (pivo mahsuloti, koʻpiklanadigan va tabiiy vinodan tashqari) alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosini amalga oshirish boʻyicha litsenziyaga ega boʻlmagan shaxsga sotish — olib chiqib ketilgan yoki tashiladigan mahsulotning 100 foizi qiymati, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda;

z) isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasi hajmini hisobga olish axborot tizimi hisobiga kiritmasdan ishlab chiqarish va (yoki) muomalaga chiqarish — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida;

i) isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasi hajmini hisobga olish axborot tizimiga ishlab chiqarilgan va (yoki) muomalaga chiqarilgan isteʼmol etil spirti, alkogol mahsuloti hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etmaslik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaslik yoxud ishonchli boʻlmagan maʼlumotlarni taqdim etish — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida;

y) boshqa litsenziya talablarining bajarilmasligi — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida;

k) alkogol mahsulotlarini aksiz markalarisiz yoki soxta aksiz markalari bilan ishlab chiqarish — bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorda.

Noqonuniy ishlab chiqarish, aksiz markasiz, raqamli markirovkasiz yoki sifatsiz alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish holatlari aniqlanganda ishlab chiqarish uskunalari davlat foydasiga oʻtkaziladi.

Isteʼmol va texnik etil spirtini masofaviy onlayn kuzatish (GPS) tizimi oʻrnatilmagan, elektron hisobvaraq-fakturasiz, tovar-transport yuk xatisiz hamda belgilangan talablarga javob bermaydigan transport vositalariga yuklash va tashish holatlari litsenziya talablarini buzish deb baholanib, litsenziyaning amal qilishini 10 kun muddatga toʻxtatib turishga asos boʻladi.

Bunda ushbu bandda nazarda tutilgan litsenziya talablari bir yil ichida takroran buzilgan taqdirda, bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravari miqdorida moliyaviy jarima qoʻllaniladi.

Litsenziya talablari va shartlarini buzganlik uchun toʻlanadigan jarimalar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga kirim qilinadi.

(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/45/0084-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga
8-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi (tabiiy va koʻpiklanadigan vinolar, pivo va pivo ichimliklari bundan mustasno) faoliyatini litsenziyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Litsenziya nomi:

alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi (bundan tabiiy va koʻpiklanadigan vinolar, pivo va pivo ichimliklari mustasno) boʻyicha faoliyat uchun litsenziya

2.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turi:

alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

yuridik shaxslar

4.

Litsenziyalovchi organ:

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi

5.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza;

arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bank hisobvaragʻi, STIR, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosini amalga oshirishga ombor binolarning yuridik manzillari, litsenziya toifalari boʻyicha tanlash, ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;

b) alkogol mahsulotlarini saqlash, qabul qilish va tarqatish uchun moʻljallangan binoga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa ashyoviy huquqlarni tasdiqlovchi hujjat yoki ijara shartnomasining nusxasi;

v) shakllantirilgan ustav fondi miqdori toʻgʻrisida dalolat beruvchi hujjat nusxasi.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

litsenziya berganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorida yillik litsenziya toʻlovi undiriladi.

Yillik litsenziya toʻlovidan tushadigan mablagʻlar Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga kirim qilinadi.

Navbatdagi yil uchun yillik litsenziya toʻlovi litsenziyadan foydalanishning keyingi yili boshlanishidan kamida 30 kun oldin toʻlanadi.

8.

Arizani koʻrib chiqish muddatlari:

4 ish kuni

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

a) alkogol mahsulotlarini saqlash, qabul qilish va tarqatishni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga qatʼiy rioya qilish;

b) alkogol mahsulotlarini saqlash, qabul qilish va tarqatish uchun moʻljallangan va belgilangan talablarga javob beradigan binoga egalik qilish (oʻz mulkida boʻlishi, xoʻjalik yuritishida, operativ boshqaruvida boʻlishi yoki ijaraga olgan boʻlishi);

v)Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasi hajmini hisobga olish axborot tizimini ishlatish;

g) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining axborot tizimiga integratsiyalashgan elektron hisobvaraq-fakturadan foydalanish hamda alkogol mahsulotlari ulgurji realizatsiyasiga oid shartnomalarni soliq organlarida majburiy hisobga qoʻyish;

d) alkogol mahsulotlarini olib kirish hamda sotishga doir cheklovlarga rioya qilish, shuningdek, yillik litsenziya toʻlovini toʻlash;

e) ustav fondini bazaviy hisoblash miqdorining 1 000 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda mablagʻ koʻrinishida shakllantirish;

j) alkogol mahsulotlarining chakana savdosi bilan shugʻullanishga va (yoki) umumiy ovqatlanish korxonalari orqali chakana sotish uchun xabarnomalar reyestriga kiritilmagan yuridik shaxslarga sotishga yoʻl qoʻymaslik, mahalliy pivo mahsulotlari, koʻpiklanadigan va tabiiy vinolar bundan mustasno;*

z) alkogol mahsulotlariga aksiz markalarini qoʻllash tartiblariga hamda identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tartiblariga rioya etish;*

i) alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati uchun litsenziyaga ega boʻlgan mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan alkogol mahsulotlarini (tabiiy vinolar bundan mustasno) saqlash va sotish, import qilingan alkogol mahsulotlarini saqlash va sotish bundan mustasno;*

k) sifatsiz va kirim qilinmagan mahsulotlar savdosiga yoʻl qoʻymaslik.*

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

omborning sanitariya qoidalari va normalariga muvofiqligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi tuman (shahar) boʻlimining xulosasi (2 ish kuni);

ombor inshootlarining qonunchilikda belgilangan yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida tuman (shahar) favqulodda vaziyatlar boʻlimlarining xulosasi (2 ish kuni).

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

cheklanmagan

12.

Izoh.

Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi faoliyatini isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish hududida amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Litsenziya talablari va shartlari buzilganda litsenziatga quyidagi miqdorlarda moliyaviy jarima qoʻllaniladi:

a) alkogol mahsulotlarini litsenziya olish chogʻida arizaga kiritilmagan joylarda saqlash uchun — shunday joyda saqlangan tovar qiymatining 100 foizi, ammo bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda;

b) isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasi hajmini hisobga olish axborot tizimda hamda “Asl belgisi” MATda qayd etmasdan alkogol mahsulotlarini sotish, unga ishonchli boʻlmagan yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarni kiritish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida;

v) litsenziya talablarini va shartlarini boshqa tarzda buzganlik uchun (bundan litsenziya talablari va shartlarini bir marta qoʻpol ravishda buzish holatlari mustasno) — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida moliyaviy sanksiyalar qoʻllaniladi.

* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 45-son va Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarorlari tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/45/0084-son, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga
9-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Litsenziya nomi:

tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati uchun litsenziya

2.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turi:

tamaki mahsulotlari (barcha klassdagi sigaretlar, papiroslar, sigaralar va sigarillalar)ni sanoat asosida ishlab chiqarish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

yuridik shaxslar

4.

Litsenziyalovchi organ:

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi

5.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza;

arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvaragʻi, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;

b) quyidagilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi ishlab chiqarish obyektining pasporti:

ishlab chiqarish obyektining bosh rejasi, shuningdek, ishlab chiqarish sikli va muhandislik-texnik kommunikatsiyalarining joylashishi toʻgʻrisidagi hujjatlar;

uskunaning ishlab chiqarilgan yili, ishlab chiqaruvchisi va ishlab chiqarilgan mamlakat;

uskunaning texnik holati va oʻrnatilgan ishlab chiqarish quvvatlari.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigim miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdori

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdori

8.

Arizani koʻrib chiqish muddatlari:

10 ish kuni

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

a) tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga, texnik reglamentlarga majburiy rioya qilish;

b) ishlab chiqarishning toʻliq texnologik jarayoniga rioya qilish — binolar yaxlitligi, xom ashyoni pirovard isteʼmolchiga sotish uchun tayyor mahsulot etib qayta ishlashni taʼminlovchi texnologik asbob-uskunalarning mavjudligi;

v)tamaki mahsulotlari ishlab chiqarishni texnik nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi organlari tomonidan akkreditatsiya qilingan laboratoriyalarning mavjudligi;

g) tamaki mahsulotlari ishlab chiqarishda texnika xavfsizligini, yongʻin xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va ekologiya talablari va normalarini taʼminlash;

d) roʻyxatdan oʻtkazilgan (patentlangan) tovar belgilarining mavjudligi;

e) mahsulotning har bir turi boʻyicha texnik reglamentlar talablariga muvofiq ishlab chiqilgan texnologik yoʻriqnomalarning mavjud boʻlishi;

j) ishlab chiqarilayotgan tamaki mahsulotlarini Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda aksiz markalari bilan markalash uchun asbob-uskunalarning mavjud boʻlishi;*

z) tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarga ega boʻlgan, shu jumladan, import qilingan tamaki xom ashyosidan foydalanish. Mahalliy qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilardan tamaki xomashyosini sotib olish miqdorini tamaki mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan umumiy yillik hajmning 20 foizidan kam boʻlmasligi lozim. Bunda mahalliy qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilardan sotib olingan tamaki xom ashyosini ishlab chiqarishda foydalanish talabgor tomonidan mustaqil hal qilinadi. Mahalliy qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilardan tamaki xom ashyosi sotib olishga avans berish agrotexnologiya tadbirlarini oʻz vaqtida amalga oshirish uchun kontrakt summasining kamida 50 foizi miqdorida taʼminlanishi kerak;

i) tamaki mahsulotlariga aksiz markalarini qoʻllash tartiblariga hamda identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tartiblariga rioya etish;*

k) tamaki mahsulotlarini raqamli tamgʻalash va kuzatishning axborot tizimlari, tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda aylanishi hajmlarini hisobga olishning axborot tizimlari joriy etilishini va ulardan foydalanilishini;*

l) soliq organlarining axborot tizimiga integratsiya qilingan elektron hisobvaraq-fakturalardan foydalanilishini hamda tamaki mahsulotlari ulgurji realizatsiyasiga oid shartnomalarni soliq organlarida elektron tarzda majburiy hisobga qoʻyish.

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hududiy boshqarmalarining mahsulotlar, ishlab chiqarish sharoitlari va asbob-uskunalarning sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi (5 ish kuni ichida);

ishlab chiqarishning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boshqarmalarining xulosasi (5 ish kuni ichida).

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha taklif qilinayotgan quvvatlarni ishga tushirishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi (5 ish kuni ichida);

belgilangan talablarga muvofiq ishlab chiqarish uchun zarur shart-sharoitlarning mavjudligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining xulosasi (5 ish kuni ichida).

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

cheklanmagan

12.

Izoh.

*Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar

(9-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/45/0084-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga
10-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Affinaj faoliyatini litsenziyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Litsenziya nomi:

affinaj faoliyati uchun litsenziya

2.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:

a) ikkilamchi resurslar, parcha va chiqindilardagi qimmatbaho metallarni, shu jumladan, oltin izlovchilar usulida qazib olingan qimmatbaho metallarni affinaj qilish, shuningdek, mexanik, kimyoviy va metallurgiya jarayonlaridan foydalangan holda oʻz ishlab chiqarish chiqindilaridan qimmatbaho metallarni ajratib olish;

b) foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litseziyaga ega boʻlganlar uchun — tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan mineral xom ashyoni qazib olish, qayta ishlash, tashish, shixtovkalash, tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan konsentratlarni, gravitatsiya konsentratlarini, choʻkindi oltinni, Dore qotishmasini, katod metallarni, rux choʻkmalarini, boyitilgan smolani olish;

v) tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan ikkilamchi resurslarni, parcha va chiqindilarni toʻplash, tashish, qismlarga ajratish, ularga dastlabki ishlov berish, ularni saralash, qayta ishlash hamda utilizatsiya qilish;

g) yuridik va jismoniy shaxslardan qimmatbaho metallarni, shu jumladan, oltin izlovchilar usulida qazib olingan qimmatbaho metallarni, zargarlik buyumlarini, qimmatbaho metallarning parcha va chiqindilarini, ikkilamchi resurslarni, ishlab chiqarish-texnik yoʻnalishdagi va tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan boshqa buyumlarni sotib olish;

d) oltin izlovchilarga xizmatlar koʻrsatish, tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan ikkilamchi resurslar, parchalar va chiqindilarni toʻplash uchun sotib olingan qimmatbaho metallarning but saqlanishini taʼminlashga doir talablarga muvofiq jihozlangan sayyor qabul qilish-tayyorlov punktlarini tashkil etish;

e) respublika hududida qimmatbaho metallarni sotib olish va sotish punktlarini ochish;

j) qimmatbaho metallarni sotib olish va sotish boʻyicha birja savdolarida ishtirok etish.

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

yuridik shaxslar (oilaviy korxonalar bundan mustasno)

4.

Litsenziyalovchi organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi

5.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza;

arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvaragʻi, STIR, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), litsenziya toifalari boʻyicha tanlash, ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;

d) giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar bilan muomala qilishning boshqa yoʻnalishlari (tashish faoliyatidan tashqari) bilan bogʻliq boʻlgan faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya haqidagi maʼlumotlar;

e) davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi raqami va sanasi;

j) affinaj faoliyatini amalga oshirish uchun mavjud asbob-uskunalar va texnologiyalar roʻyxati.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdori

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

bazaviy hisoblash mi??orining 5 baravari miqdori

8.

Arizani koʻrib chiqish muddatlari:

litsenziya berish uchun — 5 ish kuni;

litsenziyaning amal qilishini uzaytirish, uni qayta rasmiylashtirish uchun — 2 ish kuni.

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

a) affinaj faoliyatini amalga oshirish uchun mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli boʻlgan yashashga moʻljallanmagan bino va inshootlar (turar joylardan va ijtimoiy-madaniy obyektlardan kamida 150 metrdan uzoqlikdagi masofada joylashgan), ishlab chiqarish maydonlari va talablarga mos keladigan sharoitlarning mavjudligi;

b) litsenziatga affinaj faoliyatini amalga oshirish uchun mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquq yoki ijara huquqi asosida tegishli boʻlgan moddiy-texnik baza, uskunalar va boshqa texnik vositalarning mavjudligi;

v) qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan parcha va chiqindilar bilan bogʻliq faoliyatni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya qilish;

g) belgilangan talablarga muvofiq faoliyat koʻrsatiladigan joylarda yongʻin xavfsizligi, sanitariya qoidalari hamda normalari, gigiyena va ekologiya normativlari, ikkilamchi resurslarni saqlash chora-tadbirlariga rioya qilishni taʼminlash;

d) belgilangan talablarga muvofiq affinaj faoliyati amalga oshiriladigan obyektning texnik mustahkamligini taʼminlash;

e) litsenziyalanadigan faoliyatni faqat litsenziyada koʻrsatilgan joyda amalga oshirish.*

Qoʻshimcha litsenziya talablari va shartlari:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtirilmaydigan va (yoki) ustav fondida davlat ulushiga ega boʻlmagan yoki ulushi 50 foizdan kam boʻlgan yuridik shaxslar uchun:

j) qimmatbaho metallarning foiz tarkibini aniqlash uchun tegishli uslublarga ega va davlat qiyoslovidan oʻtgan asbob-uskunalar bilan jihozlangan kimyo laboratoriyasining mavjudligi;*

z) giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar bilan muomala qilishning boshqa yoʻnalishlari (tashish faoliyatidan tashqari) bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaning mavjudligi;*

i) davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjudligi;

y) mineral xom ashyo, qimmatbaho metallar, tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan ikkilamchi resurslar, parcha va chiqindilarga dastlabki ishlov berish sohasida maxsus bilimga yoki koʻnikmalarga ega boʻlgan xodimlarning shtatda mavjudligi;

k) barcha operatsiyalar boʻyicha ishlarni tartibga soluvchi ishlab chiqilgan (mustaqil ravishda yoki professional mutaxassislarni jalb qilgan holda) texnik hujjatlarning mavjudligi;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan va (yoki) ustav fondida 50 foizdan ortiq davlat ulushiga ega boʻlgan yuridik shaxslar uchun:

l) qimmatbaho metallarning foiz tarkibini aniqlash uchun tegishli uslublarga ega va davlat qiyoslovidan oʻtgan asbob-uskunalar bilan jihozlangan kimyo laboratoriyasining mavjudligi;*

m) mineral xom ashyo, qimmatbaho metallar, tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan ikkilamchi resurslar, parcha va chiqindilarga dastlabki ishlov berish sohasida maxsus bilimga ega boʻlgan xodimlarning shtatda mavjudligi;

n) giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar bilan muomala qilishning boshqa yoʻnalishlari (tashish faoliyatidan tashqari) bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaning mavjudligi;*

o) davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjudligi;

p) barcha turdagi operatsiyalar boʻyicha ishlarni amalga oshirishga talablarni, cheklovlar, sarflash normalari va yoʻqotish normalarini tartibga solib turuvchi texnik hujjatning mavjudligi;

r) mineral xom ashyo, qimmatbaho metallar, ikkilamchi resurslar, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qoldiqlari hamda chiqindilarini kirim qilish, sarflash, hisobga olish va saqlash tartibiga rioya qilish boʻyicha talablarni bajarish;

s) xom ashyodagi, yarim tayyor mahsulotlardagi, tugallanmagan ishlab chiqarishdagi qimmatbaho metallarning kelib tushishini, sarflanishini va qoldiqlarini, shuningdek, ushbu qimmatliklar chiqindilari va yoʻqotishlarining qatʼiy hisobini yuritish;

t) qimmatbaho metallarning, shu jumladan, mineral xom ashyodagi, ikkilamchi resurslardagi, parchalar va chiqindilardagi, yarim fabrikatlardagi, tugallanmagan ishlab chiqarishdagi, barcha saqlash joylaridagi va bevosita ishlab chiqarishdagi qoldiqlarni belgilangan muddatlarda xatlovdan oʻtkazish;

u) mineral xom ashyo, qimmatbaho metallar, tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar boʻlgan ikkilamchi resurslar, parcha va chiqindilarni qayta ishlashni tartibga soluvchi zarur texnik hujjatlarning mavjudligi;

f) mineral xom ashyo, qimmatbaho metallar, tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar boʻlgan ikkilamchi resurslar, parcha va chiqindilar harakati haqida litsenziyalovchi organga har choraklik hisobotlarni belgilangan tartibda taqdim qilish.

Ishlarni amalga oshirishga talablarni tartibga soladigan texnik hujjatlar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, shu jumladan, inson hayoti va sogʻligʻi, yuridik va jismoniy shaxslar hamda davlat mol-mulki xavfsizligini, atrof muhit muhofazasini taʼminlash, shuningdek, tabiiy va yoqilgʻi-energetika resurslaridan oqilona foydalanish boʻyicha normativ hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilishi kerak.

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

a) “Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi — litsenziya talabgori faoliyati xususiyatiga muvofiq oʻlchashlar doirasida oʻlchash vositalarini (tarozilar va toshlar (har xil ogʻirlikdagi)) qiyoslashdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi sertifikatga nisbatan — oʻlchash vositalarini (tarozilar va toshlar (har xil ogʻirlikdagi)) qiyoslashdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi sertifikat haqida maʼlumot boʻyicha;

b) Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi — obyektning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi haqida maʼlumot boʻyicha;

v) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti) — obyektning texnik mustahkamligi ichki ishlar organlari qoʻriqlash boʻlinmalari texnik qoʻriqlash markaziga ulangani haqida maʼlumot boʻyicha.

Kelishish muddati 2 ish kunidan iborat.

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

10 yil

12.

Izoh.

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishni xabardor qilish tartibida amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlari giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar bilan muomala qilishning boshqa yoʻnalishlari (tashish faoliyatidan tashqari) bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyasi ham mavjud boʻlganda, qimmatbaho metallarni, shuningdek, oltin izlovchilar usulida qazib olingan qimmatbaho metallarni, shuningdek, qimmatbaho metallar va zargarlik buyumlarining parchalari, chiqindilarini, shu jumladan, oʻz ishlab chiqarish chiqindilarini affinaj qilish huquqiga egadir. Bunda affinaj faoliyatini amalga oshirish uchun alohida litsenziya olish talab qilinmaydi.

Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida “B” va undan yuqori toifada turgan litsenziatlarga tegishli litsenziya muddati mazkur Yagona nizomning 351-bandida belgilangan tartibda avtomatik tarzda uzaytiriladi.

* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

(10-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga
11-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Litsenziya nomi:

mahalliy va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyati uchun litsenziya

2.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:

a) mahalliy yoʻnalishda temir yoʻl transportida yoʻlovchilar tashish;

b) xalqaro yoʻnalishda temir yoʻl transportida yoʻlovchilar tashish;

v) mahalliy yoʻnalishda temir yoʻl transportida yuklar tashish;

g) xalqaro yoʻnalishda temir yoʻl transportida yuklar tashish.

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

yuridik shaxslar

4.

Litsenziyalovchi organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi

5.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza;

arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bank hisobvaragʻi, STIR, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), litsenziya toifalari boʻyicha tanlash, ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;

b) talabgorga mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquqlar yoki ijara shartnomasi asosida tegishli boʻlgan harakatdagi temir yoʻl tarkibining roʻyxati;

v) temir yoʻl transportida tashish jarayoniga jalb qilingan rahbar xodimlar va mutaxassislarning roʻyxati.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

mahalliy va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish — bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari;

mahalliy yoʻnalishlar boʻyicha yoʻlovchilarni tashish — bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari;

xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha yoʻlovchilarni tashish — bazaviy hisoblash miqdorining 45 baravari;

mahalliy yoʻnalishlar boʻyicha yuklarni tashish — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari;

xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha yuklarni tashish — bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari.

8.

Arizani koʻrib chiqish muddatlari:

15 ish kun

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

a) yuklarni tashish qoidalari, temir yoʻl transportida yoʻlovchilar, bagaj va yuk bagajlarni tashish qoidalariga hamda temir yoʻlda tashishlar xavfsizligini taʼminlash sohasida texnik tartibga solish, harakatdagi temir yoʻl tarkibi, obyektlari va texnik vositalarini saqlash, taʼmirlash, ularga xizmat koʻrsatish va ulardan foydalanish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarga majburiy rioya qilish;

b) harakat xavfsizligini taʼminlashga masʼul boʻlgan, temir yoʻlda tashishlar xavfsizligini taʼminlash sohasida texnik tartibga solish, harakatdagi temir yoʻl tarkibi, obyektlari va texnik vositalarini saqlash, taʼmirlash, ularga xizmat koʻrsatish va ulardan foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni va normativ hujjatlarni bilish boʻyicha Transport vazirligi tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtgan mansabdor shaxslarning shtatda mavjud boʻlishi;

v) lokomotiv, yoʻlovchi yoki yuk tashish vagonining tegishli harakatdagi temir yoʻl tarkibi tomonidan rejali taʼmirlash turlaridan oʻtganligini tasdiqlovchi texnik pasportining (formulyari) mavjud boʻlishi;

g) temir yoʻlda tashishlar xavfsizligi, yongʻin xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va ekologiyasi, harakatdagi temir yoʻl tarkibini texnik soz holatda saqlash, uning butligini taʼminlash, texnik koʻrikdan oʻtkazish, texnika xavfsizligini taʼminlash, lokomotivni reysdan oldin texnik koʻrikdan va tegishli xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha talablar va normalarning bajarilishi;*

d) yoʻlovchilar va yuklarni tashishda foydalaniladigan harakatdagi temir yoʻl tarkibining, shuningdek, xodimlarning temir yoʻl transportida belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi;

e) harakatdagi temir yoʻl tarkibning xizmat muddati uzaytirilgani toʻgʻrisidagi zarur hujjatlarning, yangi sotib olingan harakatdagi temir yoʻl tarkibi uchun sertifikatlarning, umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻllarning texnik pasporti hamda umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻlda xizmat koʻrsatish, harakatni tashkil etish va manyovr ishlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomalarning mavjud boʻlishi;

j) litsenziyalanadigan faoliyatning litsenziyada koʻrsatilgan harakat zonasi doirasida amalga oshirilishi;*

z) litsenziat tomonidan temir yoʻlda tashishlar xavfsizligini taʼminlash sohasida texnik tartibga solish, harakatdagi temir yoʻl tarkibi, obyektlari va texnik vositalarini saqlash, taʼmirlash, ularga xizmat koʻrsatish va ulardan foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlar talablarining muntazam (bir yil davomida ikki va undan ortiq) buzilishi;*

i) temir yoʻl transportida tashishlar jarayoni bilan bogʻliq ishlarning tegishli yoʻnalishlari boʻyicha oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplomga ega boʻlmagan mutaxassislar tomonidan amalga oshirilishi;*

k) litsenziyani olishda qalbaki hujjatlardan foydalanilgani toʻgʻrisidagi dalillarning aniqlanishi.*

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

mavjud emas

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

cheklanmagan

12.

Izoh.

Korxonaga mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquqlar yoki ijara shartnomasi asosida tegishli boʻlgan harakatdagi temir yoʻl tarkibi bilan oʻzining ichki ehtiyojlarini qondirish uchun notijorat asosida temir yoʻl transportida yuklarni tashish uchun mazkur litsenziyani olish talab etilmaydi.

* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

(11-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga
12-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pirotexnika buyumlarini (harbiy maqsaddagi mahsulotlardan tashqari) yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yoʻq qilish va utilizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Litsenziya nomi:

pirotexnika buyumlarini (harbiy maqsaddagi mahsulotlardan tashqari) yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yoʻq qilish va utilizatsiya qilish faoliyati uchun litsenziya

2.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:

a) pirotexnika buyumlarini yaratish;

b) pirotexnika buyumlarini ishlab chiqarish;

v) pirotexnika buyumlarini tashish;

g) pirotexnika buyumlarini yoʻq qilish;

d) pirotexnika buyumlarini utilizatsiya qilish;

e) pirotexnika buyumlarini saqlash;

j) pirotexnika buyumlarini realizatsiya qilish;

z) texnik va maxsus maqsaddagi pirotexnika buyumlaridan foydalanish (xavflilikning III — V klasslari).

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxslar

4.

Litsenziyalovchi organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

5.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza;

arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvaragʻi, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), STIR, litsenziya toifalari boʻyicha tanlash, ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi, litsenziya talablari va shartlariga litsenziyalanayotgan faoliyat turining alohida hududdagi muayyan obyektlarda amalga oshirilishi kiradigan hollarda esa — ular joylashgan joy;

b) faoliyatning litsenziyalanayotgan turlari boʻyicha koʻrsatilgan barcha zarur ishlarni litsenziya talablari va shartlariga muvofiq amalga oshirish uchun moddiy-texnika baza toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (ichki ishlar organlari qoʻriqlash boʻlinmalari texnik qoʻriqlash markazi tomonidan qoʻriqlashga qabul qilinganlik shartnomasi hamda pirotexnika buyumlari omborining pasporti, pirotexnika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yoʻq qilish yoki utilizatsiya qilish uchun inshootlar va asbob-uskunalarni qabul qilish dalolatnomasi, yashindan himoya qilish, qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalarini foydalanishga qabul qilish dalolatnomalari);

v) xodimning litsenziyalanayotgan faoliyat turlari bilan bogʻliq yongʻinlar va boshqa halokatli vaziyatlarni bartaraf etish boʻyicha harakatlar rejasi;

g) faoliyatning litsenziyalanayotgan turlariga ruxsat etilgan yuridik shaxs rahbarlari va xodimlari roʻyxati, unda ularning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanalari va joylari, doimiy yashash joylari, egallab turgan lavozimlari, belgilangan tartibda hududiy ichki ishlar organlari bilan kelishilgan faoliyatning litsenziyalanayotgan turlari yoki sanoat maqsadidagi portlovchi materiallar bilan ishlash boʻyicha staji koʻrsatiladi;

d) faoliyatning litsenziyalanayotgan turlari bilan bogʻliq ishlarni bevosita bajaruvchi yuridik shaxs rahbarlari va xodimlarining malakaviy tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, unga tegishli hujjatlar (oliy va/yoki oʻrta kon-texnika boʻyicha yoxud boshqa oʻrta maxsus maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomlarning, xavfli yuklarni tashishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi guvohnomalarning, malaka toifasi berish, oxirgi 5 yilda malaka oshirish va/yoki maxsus tayyorgarlik kurslaridan oʻtganlik toʻgʻrisidagi sertifikatlar va hujjatlarning elektron nusxalari);

e) litsenziya talabgorida haydovchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va avtotransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish punktlari mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yoxud litsenziya talabgori tomonidan tegishli soha tashkiloti bilan oʻziga tibbiy va texnik koʻrikni oʻtkazish imkoniyatini berish toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma nusxasi mavjudligi (pirotexnika buyumlarini tashish boʻyicha faoliyat uchun).

Litsenziyalovchi organ litsenziat xodimlarining mehnat daftarchalari haqidagi maʼlumotni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan oʻzi mustaqil oladi.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

baz?viy hisoblash miqdorining 10 baravari

8.

Arizani koʻrib chiqish muddatlari:

15 ish kuni

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

a) litsenziat tomonidan pirotexnika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yoʻq qilish va utilizatsiya qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga, tegishli texnik reglamentlarga yoki standartlarga, texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga majburiy rioya qilish, jamoat tartibi, yongʻin xavfsizligi, ekologiya va sanitariya-gigiyena norma va talablarini taʼminlash;

b) litsenziya talabgorlariga arizada koʻrsatilgan litsenziyalanadigan faoliyat turlarini toʻliq hajmda amalga oshirish, shu jumladan, unga mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda tegishli boʻlgan pirotexnika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yoʻq qilish va utilizatsiya qilish sohasida amal qiluvchi meʼyorlar, qoidalar va texnik reglamentlarga yoki standartlarga javob beradigan tegishli moddiy-texnik baza (maxsus jihozlangan binolar, inshootlar, joylar, hududlar, koʻtarish-transport asbob-uskunalari, muhandislik kommunikatsiyalari, apparatlar, texnologiyalar, texnologik asbob-uskunalar, elektr energiyasi va suv taʼminoti tarmoqlari, sinash, nazorat qilish, oʻlchash, yashindan himoya qilish, yoritish vositalari, inventar, ventilyatsiya, transport vositalari, hisoblash va tashkiliy texnika, yongʻinga qarshi avtomatika tizimlari, qoʻriqlash, yongʻin va qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi, boshqa texnik vositalar) uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

v) pirotexnika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yoʻq qilish va utilizatsiya qilish obyektlari ishonchli qoʻriqlanishini, ularni fizik va texnik himoya qilish tadbirlari oʻtkazilishini, ularni transportda tashishda kuzatib borishni, pirotexnika buyumlaridan ruxsat berilmagan holda foydalanishga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan rejim choralari va boshqa choralar koʻrilishini taʼminlash;

g) faoliyatning litsenziyalanadigan turiga tegishli qismi boʻyicha pirotexnika buyumlari va ularning komponentlari mavjudligi va sarfi (ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, foydalanish, yoʻq qilish, utilizatsiya qilish) hisobini yuritish;*

d) faoliyatning litsenziyalanadigan turi boʻyicha belgilangan tartibda tasdiqlangan nizomlar, yoʻriqnomalar, metodik hujjatlar va boshqa zarur normativ-texnik hujjatlar mavjudligi;

e) yongʻin va boshqa favqulodda vaziyatlar yuz bergan taqdirda, xodimlarning xatti-harakati rejasini ishlab chiqish;

j) yongʻinni oʻchirish va boshqa favqulodda vaziyatlar, xavfli moddalar tarqalishi (oqib ketishi)ning oldini olish va lokalizatsiya qilish uchun zarur boʻlgan yakka tartibda va jamoaviy himoyalanish vositalari, shuningdek, maxsus vositalarning hisob-kitob zaxirasi va turlari mavjudligi hamda ish holatida boʻlishi;

z) litsenziya talabgorining shtatida tegishli malakali, meʼyorlar va qoidalar talablariga muvofiq sanoat maqsadidagi portlatish materiallari va pirotexnika buyumlari bilan ishlashga ruxsat berilgan texnik xodimlar, shu jumladan, tegishli maʼlumotli, maxsus tayyorgarlik koʻrgan va faoliyatning litsenziyalanadigan turlari boʻyicha kamida bir yil ish stajiga ega boʻlgan rahbarlar va muhandis-texnik xodimlar mavjudligi;

i) faoliyatning litsenziyalanadigan turlari bilan bogʻliq ishlarni bevosita bajaradigan xodimlarni muntazam ravishda (har yili) tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;

y) har yili Litsenziyalovchi organga hisobot yilidan keyingi yilning 10-yanvaridan kechikmay faoliyatning litsenziyalanadigan turlari bilan bogʻliq ishlarni bevosita bajaradigan xodimlar roʻyxatini taqdim etish;

k) qonunchilik hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda faoliyatning litsenziyalanadigan turlari bilan bogʻliq ishlarni bevosita bajaradigan ishlab chiqarish rahbarlari, xodimlar, ishlab chiqarish nazorati xizmatlari mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish;

l) litsenziyada koʻrsatilgan obyektlar manzillari boʻyicha faoliyatni amalga oshirish (pirotexnika buyumlarini tashish va ulardan foydalanish boʻyicha faoliyat bundan mustasno);*

m) Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan akkreditatsiya qilingan sertifikatlash organlari bergan muvofiqlik sertifikatlariga, shuningdek, texnik reglamentlarga yoki standartlarga muvofiq ishlab chiqilgan texnik shartlar va qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomalarga ega boʻlgan pirotexnika buyumlarini tashish, realizatsiya qilish va ulardan foydalanish (pirotexnika buyumlarini tashish, realizatsiya qilish va ulardan foydalanish boʻyicha faoliyatda).

Qoʻshimcha litsenziya talablari va shartlariga quyidagilar kiradi:

pirotexnika buyumlarini yaratish boʻyicha:

n) Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan akkreditatsiya qilingan asbob-uskunalar, priborlar, kimyoviy reaktivlar bilan jihozlangan hamda texnik reglamentlarda yoki standartlarda nazarda tutilgan koʻrsatkichlarning barcha zarur fizik-kimyoviy, portlash va yongʻin-texnik tekshirishlarini oʻtkazish uchun sinov usullariga oid normativ-texnik hujjatlarga ega boʻlgan ixtisoslashtirilgan laboratoriyalarning mavjudligi;

o) pirotexnika buyumlarining nazorat sinovlarini oʻtkazish uchun maxsus jihozlangan hudud (bino)ning mavjudligi;

p) normativ-texnik talablarga muvofiq boʻlgan va pirotexnika buyumlarini ishlab chiqarish, saqlash, tashish, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yoʻq qilish va utilizatsiya qilishda ularning xavfsizligi va isteʼmol xossalarini taʼminlash uchun axborotning toʻliq berilishini taʼminlaydigan konstruktorlik-texnologik va foydalanish hujjatlari jamlami (chizmalar, texnik shartlar, texnologik yoʻriqnomalar, qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomalar)ni yuritish;

pirotexnika buyumlarini ishlab chiqarish boʻyicha:

r) litsenziya talabgori tomonidan xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda qoʻllaniladigan texnik qurilmalarni hisobga olish, identifikatsiyalash, sertifikatlash tizimini joriy etish va sanoat xavfsizligini ekspertizadan oʻtkazish;

s) Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi belgilagan tartibda tayyor mahsulotning metrologik taʼminoti, kirish nazorati va sifat nazoratini tashkil etish;

t) ishlab chiqariladigan pirotexnika buyumlarining har bir turi boʻyicha guvohnomalar, sertifikatlar, texnologik yoʻriqnomalar, texnik shartlar, qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomalar hamda texnik reglamentlarga yoki standartlarga muvofiq ishlab chiqilgan boshqa ilova qilinadigan hujjatlar mavjudligi;

u) buyumlarni ishlab chiqarishda, shu jumladan, import boʻyicha olib kelingan, texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga javob beradigan va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan muvofiqlik sertifikatlariga ega boʻlgan ?ortlash va yongʻin chiqishi xavfi boʻlgan xom ashyo va komponentlardan foydalanish;

f) foydalaniladigan binolar, inshootlar va ombor obyektlari qurollangan holda qoʻriqlanishini taʼminlash;

x) rahbarning rejim boʻyicha oʻrinbosari mavjudligi;

pirotexnika buyumlarini tashish boʻyicha:

s) tashish yoʻnalishlari va sxemalari ishlab chiqilishi va yoʻl harakati xavfsizligi hududiy organlari bilan kelishilishini taʼminlash;

ch) yoʻl harakati xavfsizligi organlari tomonidan xavfli yuklarni tashishga qoʻyish toʻgʻrisidagi guvohnomalar rasmiylashtirilgan holda maxsus (ixtisoslashtirilgan) avtotransport vositalarining belgilangan tartibda texnik koʻrikdan oʻtganligini va texnik sozligini tasdiqlaydigan hujjatlarning mavjudligi;*

sh) avtotransport vositalarining yoʻl harakati xavfsizligi organlari tomonidan qurollangan holda kuzatib borilishini taʼminlash;

pirotexnika buyumlarini saqlash boʻyicha — bazis va oraliq (sarflash) omborlari hududi va binolarining qurollangan holda qoʻriqlanishini taʼminlash;

pirotexnika buyumlarini realizatsiya qilish boʻyicha:

e) 18 yoshga toʻlmagan shaxslarga pirotexnika buyumlari sotilishiga yoʻl qoʻymaslik;*

yu) texnik va maxsus maqsaddagi pirotexnika buyumlarini (xavflilikning III — V klasslari) faqat pirotexnika buyumlaridan foydalanish boʻyicha faoliyat turini amalga oshirishga doir litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslarga sotish;*

pirotexnika buyumlaridan foydalanish boʻyicha:

ya) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda texnik va maxsus maqsaddagi pirotexnika buyumlaridan (xavflilikning III — V klasslari) foydalanish joyi (obyekti)ni, vaqtini va shart-sharoitlarini ichki ishlar va davlat yongʻin nazorati hududiy organlari bilan oldindan kelishish;

oʻ) pirotexnika buyumlaridan tungi vaqtda (soat 23:00 dan 06:00 gacha), taʼlim, tibbiyot muassasalari va madaniy meros obyektlari, portlash va yongʻinga xavfli obyektlar hududida, temir yoʻllar, neft va gaz quvurlarining hamda yuqori voltli elektr uzatuvchi liniyalarning ajratilgan hududida, milliy bogʻlar, oʻrmon va ovchilik xoʻjaliklari, boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda, shuningdek, mitinglar, koʻcha yurishlari va namoyishlar davomida foydalanishga yoʻl qoʻymaslik.*

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi;

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi;

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi.

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

cheklanmagan

12.

Izoh.

Pirotexnika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yoʻq qilish va utilizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishda shaxslarning quyidagi toifalarini yollash yoki ishga jalb etishga yoʻl qoʻyilmaydi:

oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar;

maxsus oʻqitilmagan yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq malaka talablariga javob bermaydigan shaxslar;

doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslar;

ularga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan shaxslar;

qasddan jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan shaxslar;

jinoiy jazoni oʻtayotgan shaxslar;

bir yil mobaynida jamoat tartibiga yoki boshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qilgan huquqbuzarliklarni sodir etganligi uchun maʼmuriy javobgarlikka takroran tortilgan shaxslar;

ruhiy kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya, alkogolizm bilan bogʻliq holda dispanser hisobida turgan shaxslar.

* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

(12-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga
13-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha boʻlgan kannabis oʻsimligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bogʻliq boʻlmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish, olib kirish (olib chiqish), qayta ishlash, saqlash, realizatsiya qilish (berish), olish va tashish faoliyatini litsenziyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Litsenziya nomi:

tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha boʻlgan kannabis oʻsimligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bogʻliq boʻlmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish, olib kirish (olib chiqish), qayta ishlash, saqlash, realizatsiya qilish (berish), olish va tashish faoliyati uchun litsenziya

2.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:

a) tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha boʻlgan kannabis oʻsimligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bogʻliq boʻlmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish;

b) tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha boʻlgan kannabis oʻsimligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bogʻliq boʻlmagan sanoat maqsadlarida olib kirish (olib chiqish);

v) tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha boʻlgan kannabis oʻsimligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bogʻliq boʻlmagan sanoat maqsadlarida qayta ishlash;

g)tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha boʻlgan kannabis oʻsimligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bogʻliq boʻlmagan sanoat maqsadlarida saqlash;

d) tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha boʻlgan kannabis oʻsimligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bogʻliq boʻlmagan sanoat maqsadlarida realizatsiya qilish (berish);

e)tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha boʻlgan kannabis oʻsimligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bogʻliq boʻlmagan sanoat maqsadlarida olish;

j) tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha boʻlgan kannabis oʻsimligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bogʻliq boʻlmagan sanoat maqsadlarida tashish.

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

yuridik shaxs

4.

Litsenziyalovchi organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi

5.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza;

arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvaragʻi, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), litsenziya toifalari boʻyicha tanlash, ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), STIR, litsenziyalanayotgan faoliyat turining alohida hududdagi muayyan obyektlarda amalga oshirilishi kiradigan hollarda esa — ular joylashgan joy, litsenziya olish maqsadi (yangi, qayta yoki uzaytirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;

b) litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish uchun foydalaniladigan yer uchastkasi, binolar, inshootlar, muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik uskunalarga egalik yoki boshqa ashyoviy huquqlarni tasdiqlovchi hujjat.

Litsenziyalovchi organ litsenziat xodimlarining surunkali ruhiy kasalliklar, narkomaniya, taksikoimaniya. alkogolizm sababli dispanserlik hisobida roʻyxatda turish yoki sudlanganligi mavjud yoki mavjud emasligi haqidagi maʼlumotnomani vakolatli organlardan idoralararo elektron hamkorlik orqali mustaqil tarzda oladi.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

a) tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha boʻlgan kannabis oʻsimligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bogʻliq boʻlmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish (tola va urugʻ) — BHMning 3000 baravari;

b) tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha boʻlgan kannabis oʻsimligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bogʻliq boʻlmagan sanoat maqsadlarida olib kirish (olib chiqish) (tola va urugʻ) — BHMning 200 baravari;

v) tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha boʻlgan kannabis oʻsimligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bogʻliq boʻlmagan sanoat maqsadlarida qayta ishlash (tola va urugʻ) — BHMning 200 baravari;

g) tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha boʻlgan kannabis oʻsimligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bogʻliq boʻlmagan sanoat maqsadlarida saqlash (tola va urugʻ) — BHMning 200 baravari;

d) tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha boʻlgan kannabis oʻsimligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bogʻliq boʻlmagan sanoat maqsadlarida realizatsiya qilish (berish) (tola va urugʻ) — BHMning 200 baravari;

e) tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha boʻlgan kannabis oʻsimligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bogʻliq boʻlmagan sanoat maqsadlarida olish (tola va urugʻ) — BHMning 200 baravari;

j) tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha boʻlgan kannabis oʻsimligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bogʻliq boʻlmagan sanoat maqsadlarida tashish (tola va urugʻ) — BHMning 200 baravari.

Davlat boji quyidagi tartibda taqsimlanadi:

10 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;

11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;

50 foizi — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga;

qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.

8.

Arizani koʻrib chiqish muddatlari:

20 ish kuni

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

a) tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha boʻlgan kannabis oʻsimligining ruxsat etilgan navlari (keyingi oʻrinlarda — kannabis oʻsimligi)ni yetishtirish va foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyatni amalga oshirishda qonunchilik va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya qilish;

b) yuridik shaxsning shtatida tegishli malakaga ega boʻlgan kamida uch nafar mutaxassis mavjud boʻlishi;

v) moddiy-texnik baza, uskunalar, boshqa texnik vositalardan foydalanishni qamrab olgan holda litsenziyalangan aniq faoliyat turi boʻyicha belgilangan talablarga rioya etish;

g) litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish uchun litsenziya talabgorida foydalaniladigan yer uchastkasi, binolar, inshootlar, muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik uskunalarga egalik yoki boshqa ashyoviy huquqlarning boʻlishi;

d) ishlab chiqarish xavfsizligi, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi, yongin xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi boʻyicha talablar va normalarga rioya qilinishini taʼminlash;

e) litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirishda foydalaniladigan yer maydonlari, binolar va inshootlar atrofida kamida toʻqson kunlik videoyozuvni saqlash imkoniyatini beradigan tungi kuzatuv imkoniyatiga ega boʻlgan uzluksiz ishlovchi videokuzatuv tizimining mavjudligi;*

j) kannabis oʻsimligini yetishtirish va foydalanishni Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan qabul qilgan xalqaro majburiyatlarni hisobga olgan holda “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshirish;*

z) kannabis oʻsimligining urugʻlik materialini import qilishda, import qilinadigan namunalar tarkibidagi TGK miqdori va karantin obyektlari mavjudligi boʻyicha tekshiruvdan oʻtishi shart; 

i) laboratoriyada qiyosiy tahlillarni amalga oshirish uchun giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan foydalanish boʻyicha litsenziyaga ega boʻlish;*

k) irrigatsiya infratuzilmasini modernizatsiyalash va resurs tejaydigan texnologiyalarni joriy etish;

l) kannabis oʻsimligi tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasi miqdorini (0,2 foizdan kam boʻlgan) minimallashtirish choralarini koʻrish;

m) kannabis oʻsimligining xavfsizligi va saqlanishini taʼminlash;

n) yetishtirilgan mahsulotni kamida 50 foizini Oʻzbekiston Respublikasi hududida qayta ishlash va qolgan qismini eksportga yoʻnaltirish;

o) kannabis oʻsimligini yetishtirish yoki saqlash joylarining texnik jihatdan mustahkamlangan boʻlishi, jismonan qoʻriqlanishi hamda qoʻriqlash va yongʻin signalizatsiyasi qurilmalari bilan butlangan boʻlishini taʼminlash;

p) laboratoriya tahlillarini oʻtkazish uchun belgilangan tartibda yetkazib berilgan I roʻyxatga kiritilgan tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining standart namunalarini seyfda saqlash, seyf qulflanishi va muhrlanishini, kalitlar, muhr va tamgʻa esa buyruq asosida tayinlangan saqlash uchun javobgar shaxsda boʻlishini taʼminlash hamda kannabis oʻsimligi yetishtiriladigan maydonlar va saqlash obyektlari (joylari)ni butun chegarasi boʻylab hududi qalinligi 2,8 mm dan kam boʻlmagan, balandligi 2 000 mm dan kam boʻlmagan, kataklari oraligʻi 70x250 mm dan katta boʻlmagan temir simdan yasalgan panjara (setka) bilan yaxlit oʻralishini hamda qoʻriqlanishini taʼminlash;

r) kannabis oʻsimligini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, shahar (tuman)lararo tashishda avtotransport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati patrul avtomobillari kuzatuvini taʼminlash (kannabis oʻsimligini xomashyosini tashish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyatda);

s) kannabis oʻsimligida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining mavjudligini tarkibiy miqdori jihatdan toʻliq tahlil qilish imkoniga ega boʻlgan zamonaviy laboratoriyaning mavjudligi;*

t) litsenziat tomonidan kannabis oʻsimligini yetishtirish va foydalanish bilan bogʻliq barcha jarayonlarida “Blokcheyn” zamonaviy nazorat texnologiyasidan foydalanish.

Kannabis oʻsimligini yetishtirishda litsenziatga qoʻyiladigan qoʻshimcha talablar:

u) kannabis oʻsimligini yetishtirish uchun litsenziat:

irrigatsiya infratuzilmasini yangilashi va resurs tejaydigan texnologiyalarni joriy etishi;

litsenziyalovchi organ vakiliga yoki jalb etilgan ekspertlarga, bayon etilgan kannabis oʻsimligi navining belgilangan meʼyorlarga muvofiqligini va vegetatsiya davrining turli bosqichlarida tarkibidagi TGK miqdorini aniqlash maqsadida namunalar olishi uchun kannabis oʻsimligi yetishtirilayotgan ekin maydoniga kirib borishiga imkoniyat yaratishi;

tungi paytda ekin maydonlari konturlari toʻliq koʻrinib turishi uchun yoritish moslamalari bilan jihozlashi;

litsenziyalovchi organ tomonidan namunalar olinishi hamda tarkibidagi TGK miqdori tekshiruvi oʻtkazilgunga qadar kannabis oʻsimligi hosilini yigʻib olishga yoʻl qoʻyilmasligi;

kannabis oʻsimligi yetishtirishni boshlagunga qadar ishlab chiqarishning texnologik reglamentini tasdiqlashi shart;

f) kannabis oʻsimligi hosilining bitta partiyasidan olingan namunalar ushbu oʻsimlik hosilining boshqa partiyasidan olingan namunalar bilan aralashtirilmasligi zarur.

Kannabis oʻsimligini va uni qayta ishlash mahsulotlarini saqlash va realizatsiya qilishda litsenziatga qoʻyiladigan qoʻshimcha talablar:

x) ishlab chiqarish korxonalarida kannabis oʻsimligi hosilini saqlash alohida jihozlangan omborxonalarda (keyingi oʻrinlarda — omborxonalar) amalga oshiriladi;

ish vaqtidan tashqari paytlarda binolar qulflangan, muhrlangan hamda qoʻriqlash uchun topshirilgan boʻlishi va unga olib boruvchi yoʻllar kechki paytda yoritilgan boʻlishi kerak;

s) korxona hududidan tashqarida joylashgan omborxonani jihozlash boʻyicha eng kam talablar quyidagilardan iborat:

omborxona atrofi boʻylab kamida 3 metr balandlikda 2 “yegoza” turidagi tikonli sim bilan oʻralgan boʻlishi hamda qulflanadigan darvozaga ega boʻlishi;

omborxona darvozasi qulflangan va muhrlangan holatda, tizimli texnik qoʻriqlash va boshqarish tizimi bilan jihozlangan boʻlishi;

qoʻriqlash va yongin signalizatsiyasiga, shuningdek, videokuzatuv tizimiga ega boʻlishi;

yopiq omborxonalarda umumiy aylanmali shamollatish tizimiga ega boʻlishi lozim;

ch) kannabis oʻsimligi hosili omborxonalarga olib kelinganda korxona rahbari yoki vakolatli shaxs uning miqdori kuzatuv hujjatlariga mosligini tekshirishi shart;

sh) kannabis oʻsimligini va uning qayta ishlash mahsulotlarini saqlash uchun korxona rahbari yoki korxona rahbarining buyrugʻi bilan javobgar shaxs tayinlanadi;

e) kannabis oʻsimligini va uning qayta ishlash mahsulotlarini saqlash yongin xavfsizligi qoidalariga rioya etgan holda ekologik, qurilish, sanitariya-gigiyena va fitosanitar talablarga muvofiq amalga oshiriladi;

yu) ishlab chiqarish inshootlari devorlari, yuk koʻtaruvchi qurilmalarning tashqi tarafini tozalash va zararsizlantirish uchun ochiq holda boʻlishi kerak.

Omborxonalarning tomi va devorlari, shamollatish tizimlari teshiklari himoyalangan hamda ularga yomgʻir va begona predmetlarning tushishini oldi olingan boʻlishi l ozim.

Omborxonalarda saqlanayotgan kannabis oʻsimligi hosili qayta ishlangunga qadar xavfsiz va barqaror saqlanishi uchun quritish va zararsizlantirishning texnologik jarayoni bilan taʼminlangan boʻlishi lozim;

ya) omborxonalarda quyidagilar taqiqlanadi:

kannabis oʻsimligi va uning qayta ishlash mahsulotlari bilan birga zaharli va yonuvchi kimyoviy vositalar, neft mahsulotlari, shuningdek, kannabis oʻsimligi va uning qayta ishlash mahsulotlarining ifloslanishiga olib keluvchi boshqa turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini saqlash;

ichki yonuvchi dvigatellarga ega boʻlgan mashinalarni ishlatish;

Kannabis oʻsimligini va uning qayta ishlash mahsulotlarini tashishda litsenziatga qoʻyiladigan talablar:

aa) kannabis oʻsimligini va uning qayta ishlash mahsulotlarini maxsus yoki maxsuslashtirilgan konteynerlar, belgilangan talablarga muvofiq jihozlangan umumiy maqsadlarda foydalanish uchun moʻljallangan konteynerlar, avtomobillar va tirkamalarda tashish mumkin (Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 1-avgustdagi 213-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportida yuklarni tashish qoidalarining 881-bandi talablariga muvofiq);

bb) litsenziat kannabis oʻsimligi xom ashyosini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, shahar (tuman)lararo tashish uchun foydalaniladigan transport vositalariga kuzatuv xizmatini koʻrsatish boʻyicha davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining tegishli boʻlinmalari bilan shartnomani imzolashi shart;

vv) litsenziat majburiy tartibda kannabis oʻsimligi urugʻini yoki koʻchatini xarid qilish asl hujjatlarining hisobini yuritadi.

Kannabis oʻsimligini va uni qayta ishlash mahsulotlarini hisobga olish va tarkibidagi TGKni aniqlash uchun laboratoriya tahlillarini oʻtkazishda litsenziatga qoʻyiladigan talablar:

gg) kannabis oʻsimligi va uni qayta ishlash mahsulotlari tarkibidagi TGKki aniqlash boʻyicha laboratoriya tahlillari akkreditatsiya qilingan laboratoriyalarda (mustaqil ekspertiza) hamda litsenziat laboratoriyalarida amalga oshiriladi.

Laboratoriya tahlillari oʻtkazishdan maqsad kannabis oʻsimligi namunalarining quruq vazni tarkibidagi TGK miqdorini aniqlashdan iborat.

Bunda laboratoriya tahlillari uchun toʻlovlar litsenziat hisobidan amalga oshiriladi;

dd) laboratoriya tahlillari amaldagi metodikaga muvofiq gazli yoki suyuqlik xromotografida amalga oshiriladi;

yeye) ekin maydonining bitta konturida yoki omborxonada tarkibida TGK meʼyordan ortiq boʻlgan kannabis oʻsimligi namunalari aniqlanganda, ekin maydonining barcha konturlaridan yoki omborxonalardan olingan kannabis oʻsimligi namunalari majburiy tartibda laboratoriya sinovidan oʻtkaziladi;

jj) kannabis oʻsimligi va uning qayta ishlash mahsulotlari tarkibida TGK meʼyordan (0,2 foizdan) yuqori boʻlgan namunalar aniqlanganda, uni yoʻq qilish giyohvand vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yoʻq qilish boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi;

zz) namunalar tarkibida TGK meʼyordan ortiq ekanligi aniqlangan ekin maydoni konturida yetishtirilgan yoki omborxonalarda saqlanayotgan barcha kannabis oʻsimligi va uning qayta ishlash mahsulotlari amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq olib qoʻyiladi va yoʻq qilinadi.

Namunalar tarkibida TGK meʼyordan ortiq ekanligi aniqlangan kannabis oʻsimligini va uning qayta ishlash mahsulotlarini yoʻq qilish litsenziatning kuchi va vositalari bilan komission tartibda litsenziat, litsenziyalovchi organ va huquqni muhofaza qilish organlari vakillari ishtirokida amalga oshiriladi;

ii) kannabis oʻsimligi hosilini yigʻish va mahsulot harakatining barcha jarayonlari omborxona boʻlimi (sex)dagi qayd etish daftarida yozib boriladi;

kk) litsenziat majburiy tartibda kannabis oʻsimligi urugʻini yoki koʻchatini xarid qilish boʻyicha asl hujjatlar hisobini yuritadi.

Litsenziat litsenziyalovchi organ va huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillariga qayd etish daftarini koʻrish imkoniyatini yaratib berishga majburdiryu

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hududiy organlari — ishlab chiqarish inshootlari va omborxonalar, shuningdek, texnologik uskunalarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan sanitariya-gigiyena talablariga mosligi yuzasidan;

Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi — ishlab chiqarishning qonunchilik hujjatlarida belgilangan mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga mosligi yuzasidan;

Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boshqarmasi va boʻlimlari — ishlab chiqarish inshootlari va omborxonalarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan yongʻin xavfsizligi talablariga mosligi yuzasidan;

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi — ishlab chiqarish sharoitlarini ekologik talablarga mosligi yuzasidan;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmalari — obyekt (xona)ning giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash boʻyicha texnik talablarga muvofiqligi yuzasidan.

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

5 yil

12.

Izoh.

Xalqaro tashkilotlar tomonidan akkreditatsiya qilingan xorijiy laboratoriyalar tomonidan tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik vositasining miqdori 0,2 foizdan yuqori emasligi tasdiqlangan kannabis (Cannabis sativa L.) oʻsimligi navlari urugʻlarini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishga ruxsat etiladi.

Bunda:

xorijiy laboratoriyalarga nisbatan qoʻllanilgan akkreditatsiya talablari Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan talablar dan past boʻlmasligi lozim;

kannabis (Cannabis sativa L.) oʻsimligining ruxsat etilgan navlarini belgilashda ularning hosildorligi, mahalliy iqlimga moslashuvchanligi, suvsizlikka va shoʻr yerlarga chidamliligiga ustuvorlik beriladi;

ruxsat etilgan navlar roʻyxati Qishloq xoʻjaligi vazirligining rasmiy veb-saytida har yili eʼlon qilib boriladi.

* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

(13-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga
14-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Veterinariya faoliyatini litsenziyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Litsenziya nomi:

veterinariya faoliyati uchun litsenziya

2.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:

a) veterinariya laboratoriya — diagnostika ishlari;

b) veterinariya preparatlarini, shu jumladan, veterinariya maqsadlari uchun dorivor vositalar, ozuqa qoʻshimchalari, biologik preparatlar va zoogigiyena vositalarini ishlab chiqarish hamda tayyorlash;

v) veterinariya preparatlarini, shu jumladan, veterinariya maqsadlari uchun dorivor vositalar, ozuqa qoʻshimchalari, biologik preparatlar va zoogigiyena vositalarini realizatsiya qilish.

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar

4.

Litsenziyalovchi organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi

5.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza;

arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

Yuridik shaxslar uchun:

yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvaragʻi, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), filiallari (mavjud boʻlsa, har birining manzili alohida koʻrsatilishi shart), litsenziya toifalari boʻyicha tanlash, ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;

Yakka tartibdagi tadbirkor uchun:

familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport yoki ID-kartaga oid maʼlumotlar (pasport seriyasi va raqami, JSHSHIR), yashash manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa), faoliyatni amalga oshirish manzili, litsenziya toifalari boʻyicha tanlash, ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;

b) litsenziyalovchi organ quyidagi maʼlumotlarni mustaqil tarzda oʻzi oladi:

veterinariya mutaxassisligi boʻyicha oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom maʼlumotlari;

“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan xodimlarining mehnat daftarchalari haqidagi maʼlumot.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida

8.

Arizani koʻrib chiqish muddatlari:

10 ish kuni

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

a) veterinariya faoliyati sohasidagi qonunchilik hujjatlariga, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalari talablariga rioya etish;

b) yakka tartibdagi tadbirkor veterinariya yoʻnalishi boʻyicha oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlishi;*

v) yuridik shaxs shtatida oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumotga va veterinariya sohasida maxsus tayyorgarlikka ega boʻlgan veterinariya mutaxassislarining mavjud boʻlishi;*

g) yuridik shaxs xodimlarining, veterinariya faoliyatini amalg? oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning kamida 5 yilda bir marta malaka oshirishi;

d) litsenziya talabgori yoki litsenziat veterinariya faoliyatini amalga oshirish uchun unga mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda tegishli veterinariya normalari va qoidalariga muvofiq binolarga yoki xonalarga ega boʻlishi;

e) veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilishni faqat ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin amalga oshirish;

j) Oʻzbekiston Respublikasida ruxsat berilgan diagnostika usullarini va veterinariya preparatlarini qoʻllash;

z) veterinariya laboratoriya-diagnostika ishlarini amalga oshirishga qoʻyiladigan qoʻshimcha talablar:

bino ichimlik suv, elektr va issiqlik energiyasi, kanalizatsiya tarmogʻi bilan taʼminlanishi shart;

binoning atrofi yaxlit devor bilan oʻralgan boʻlishi zarur;

veterinariya muassasalari ixtisoslashishiga koʻra quyidagi minimal talablarga javob beradigan xonalardan iborat boʻladi:

namuna qabul qilish xonasi — 10 m2;

diagnostika xonasi — 8 m2;

hayvonlarni yorib koʻrish xonasi — 8 m2;

utilizatsiya qilish xonasi — 8 m2;

dori vositalarini saqlash xonasi (omborxona, yertoʻla) — 4 m2;

yuvish-sterilizatsiya xonasi — 4 m2;

xizmatchilar xonasi — 4 m2;

qoʻl yuvish moslamasi (sanuzel bilan) — 2 m2 dan kam boʻlmasligi zarur;

veterinariya muassasasi binosi xonalarining pol qismlari suv oʻtkazmaydigan qatlam bilan qoplangan, xonaning ichki devori poldan — 1,5 m balandlikkacha moyboʻyoq bilan boʻyalgan yoki kafel bilan qoplangan boʻlishi shart.

veterinariya muassasalarida kichik avtoklav, tibbiyot dori qutichasi, elektr suv hammomi, lakmus qogʻozi, tarozilar, gemoglobinometr, gidropult, distilyator, teri orasiga tuberkulinizatsiya qilish uchun ignasiz inyektor, muzlatuvchi kamera, kutimetr, mikroskop, itlar uchun tumshuqband, veterinar sumkasi, hayvonlar uchun fiksatsiya stanogi, stetofonendoskop, termometr, biopreparatlarni tashish uchun termochemodan, maishiy sovitkich, qurutish shkafi, pipetkalar uchun shtativ, probirkalar uchun shtativ, biks, yirik hayvonlar uchun qin oynasi, qoramollar uchun oshqozon zondi, yarim avtomat va avtomat inyektorlar, perkussiya bolgʻasi, akusherlik yigʻmasi (nabor), plessimetr, troakar, patmaterial uchun bankalar, kolbalar, bakteriologik probirkalar, menzurka, shisha tayoqcha yoki paster pipetkasi, buyum oynasi, qoplagich oyna, petri chashkasi, bint (uzunligi 3,5 metr), butilkalar, esmarx kurujkasi, qoʻlqoplar, rezina fartuk, rezina etik yoki tapochka, stol, stul, dori vositalari uchun shkaf, kompyuter, oq xalat kabi moddiy-texnik bazasi mavjud boʻlishi talab etiladi;

y) veterinariya preparatlari, shu jumladan, veterinariya maqsadlari uchun dorivor vositalar, biologik preparatlar, ozuqa qoʻshimchalari va zoogigiyena vositalarini sotish uchun binoga (xonaga) qoʻyiladigan talablar:

litsenziya talabgorida mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda tegishli veterinariya normalari va qoidalariga muvofiq binolarga yoki xonalarga ega boʻlishi;

binolar (xonalar) ichimlik suv, elektr va issiqlik energiyasi, kanalizatsiya tarmogʻi bilan taʼminlanishi;

binoda (xonada) amalga oshirishni moʻljallayotgan faoliyat yoʻnalishlariga koʻra tegishli mebellar (ish stoli va stullar, kiyim-bosh, poyabzal va sanitariya-gigiyena kiyimlarini alohida saqlash uchun shkaf), asbob-uskunalar (dori vositalarini guruhlar boʻyicha saqlash uchun javonlar, metall javon va seyf, termolyabil preperatlarni saqlash uchun maxsus kamerali muzlatkich va idishlar), veterinariya preparatlarini retsept asosida tayyorlash va sotish uchun asbob-uskunalar va jihozlar, biologik preparatlarni saqlash uchun maxsus kamerali muzlatkich bilan jihozlanishi;

vet-dorixonalar turar joy yoki jamoat binolarining birinchi qavatida joylashishi mumkin;

vet-dorixona binosi (xonasi) va maydoniga boʻlgan eng kam talab:

tashrif buyuruvchilarga xizmat koʻrsatish zali — 16 m2 (xodimlar ish joyi va vitrina joylashtirish hududi — 8 m2, tashrif buyuruvchilarga xizmat koʻrsatish hududi — 8 m2);

retsept asosida dori vositalarini (biologik preparatlar bundan mustasno) tayyorlash va qadoqlash xonasi — 4 m2;

dori vositalarini saqlash xonasi (termolyabil vositalar uchun sovitkich bilan) — 2 m2;*

ovqatlanish, maxsus kiyim, shaxsiy buyumlarni saqlash uchun qoʻshimcha xona — 2 m2;

dori vositalarini saqlash xonasi binoning pastki qismida, xona balandligi 2,4 metrdan kam boʻlmagan holda joylashtirilishi mumkin;

veterinariya uchastka binosida ochilgan dorixona filiallari 8 m2dan kam boʻlmagan maydonda joylashtirilishi mumkin;

tashrif buyuruvchilarga xizmat koʻrsatish zaliga (savdo zali) kerakli haroratni taʼminlaydigan konditsioner oʻrnatilgan boʻlishi kerak;

dori vositalarini saqlash xonalarida havo haroratini qayd etish uchun devoriga poldan 1,5 — 1,7 m balandlikda va eshikdan 1 m masofada termometrlar oʻrnatilgan boʻlishi kerak;

faoliyat yoʻnalishida biologik preparatlarni sotish boʻlgan dorixonalarda ularning saqlanishi boʻyicha yoʻriqnoma talablarini taʼminlaydigan sharoitlarga ega boʻlgan maxsus kamerali sovitkich bilan jihozlangan boʻlishi kerak;

k) veterinariya preparatlari, shu jumladan, veterinariya maqsadlari uchun dorivor vositalar, ozuqa qoʻshimchalari va zoogigiyena vositalarini ishlab chiqarish va tayyorlashga qoʻyiladigan eng kam talab:

veterinariya preparatlari, shu jumladan, veterinariya maqsadlari uchun dorivor vositalar, ozuqa qoʻshimchalari va zoogigiyena vositalarini ishlab chiqarish va tayyorlashni amalga oshiruvchi korxonalar alohida qurilgan, atrofi yaxlit devor bilan oʻralgan boʻlishi shart;

veterinariya preparatlari, shu jumladan, veterinariya maqsadlari uchun dorivor vositalar, ozuqa qoʻshimchalari va zoogigiyena vositalarini ishlab chiqarish va tayyorlash korxonalarida quyidagi boʻlimlar koʻzda tutilishi kerak:

tovarni qabul qilish va joʻnatish boʻlimi. Boʻlim yukni tushirish, idishlarni ochib turlarga ajratish xonasi — 12 m2, yukning holatini tekshirish (dori vositalarini identifikatsiyalash) xonasi — 6 m2, reklamatsiya berilgan tovarlarni vaqtincha saqlash xonasi — 6 m2, tayyorlash xonasi — 15 m2, boʻshagan idishlarni saqlash xonasi — 6 m2 boʻlishi kerak;

tovarni saqlash boʻlimi (omborxonalar, shu jumladan, sovitish kamerasi). Boʻlimda veterinariya preparatlari, dori vositalari, ozuqa qoʻshimchalari va zoogigiyena vositalari, dezinseksiya, deratizatsiya va dezinfeksiya vositalari alohida-alohida saqlanadi. Omborxona boshqa xonalardan izolyatsiya qilingan, alohida kirish yoʻlakchasi va maydoniga ega boʻlishi kerak.

qadoqlash boʻlimi (agar, korxonada sanoat asosida ishlab chiqarilgan dori vositalarini qadoqlash amalga oshiriladigan boʻlsa). Boʻlim qadoqlash xonasi — 6 m2, idishlarni yuvish va quritish xonasi — 6 m2, yordamchi materiallarni saqlash xonasi — 6 m2 kabilardan iborat boʻladi;

l) biologik preparatlarni ishlab chiqarish va tayyorlash faoliyatiga qoʻyiladigan eng kam talablar:

korxona hududi begona shaxslarning kirishiga toʻsqinlik qiluvchi yaxlit devor bilan oʻralishi, elektr yoritgichlar bilan jihozlanishi hamda kecha-kunduzgi qoʻriqlash tizimiga ega boʻlishi lozim;

biologik preparatlarni ishlab chiqarish va ?ayyorlash faoliyati bilan shugʻullanuvchi subyekt uchun maʼmuriy-xoʻjalik xizmatlar binosi (xonalar), ixtisoslashuviga koʻra ishlab chiqarish binosi, tajriba hayvonlarni saqlash uchun vivariy, kasal hayvonlar uchun izolyator mavjud boʻlishi kerak;

korxona hududiga kirish va chiqishda, avtotransportni yilning istalgan davrida dezinfeksiyalash uchun moslama bilan jihozlangan nazorat-ruxsat punktlari boʻlishi lozim;

maʼmuriy-xoʻjalik xizmatlar binolari (xonalar) va korxona oshxonasi ishlab chiqarish hududidan tashqarida joylashgan boʻlishi kerak;

ishlab chiqarish binosi va zarur boʻlgan moddiy texnik bazalarga boʻlgan talablar:

ishlab chiqarish hududining maydoni ishlab chiqarish xususiyati (foydalaniluvchi mikroorganizmlar guruhi), tevarak-atrof xususiyatlaridan kelib chiqqan holda aniqlangan sanitariya-himoya zonasi mavjud boʻlishi kerak;

ishlab chiqarish hududida chiqindilarni toʻplash uchun doimiy ravishda tozalanib dezinfeksiyalanadigan bunkerlar (metall konteynerlar) oʻrnatilgan asfaltlangan (betonlangan) maydonchalar, goʻngni biotermik zararsizlantirish uchun (kuydirgi bilan kasallangan hayvonlar goʻngi bundan mustasno) 3 seksiyadan iborat beton bilan toʻsilgan goʻngxonalar, kuydirgi bilan kasallangan hayvonlar goʻngini yoqish uchun maxsus pech, Bekkar chuquri boʻlishi kerak;

biologik veterinariya dori vositalarini ishlab chiqarish hududida boshqa veterinariya dori vositalari, ozuqabop qoʻshimchalar, farmatsevtik va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga yoʻl qoʻyilmaydi;

ishlab chiqarish binolari texnik normativ hujjatlarga muvofiq talab qilinadigan tozalik darajasiga va ishlab chiqarish jarayonining mantiqiy ketma-ketligiga mos kelishi, havo shlyuzlari va havo tortish qurilmalari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak;

ishlab chiqarish binosini (xona) loyihalashtirishda kanalizatsiya oqimiga ulanadigan nuqtalar oqova suvning orqaga oqishining oldini oluvchi uskunalar bilan jihozlangan boʻlishini, atmosfera, yomgʻir va yuvindi suvlarini kanalizatsiyasiga ketkazish uchun qiyalik mavjudligi, quvurlar, yoritish moslamalari, shamollatish moslamalari va boshqa xizmat koʻrsatish tizimlarni tozalash noqulay boʻlmasligini, ishchilarning asbob-uskunalardan erkin foydalanishi ularni tozalash, yuvish va dezinfeksiya qilish hamda xonani yigʻishtirish, dorivor xom ashyo, veterinariya preparatlari va chiqindilarning qarshi oqimining oldini olish, dorivor xom ashyo, materiallar va veterinariya preparatlarining aralashib ketishining oldini olgan holda saqlash va tashish imkoniyati inobatga olinishi kerak;

ishlab chiqarish binosining (xonasining) devori, shifti va pollari dezinfeksiyalovchi moddalar bilan nam tozalashga yoʻl qoʻyiladigan holda taʼmirlangan boʻlishi kerak. Taʼmirlovchi vositalar sifatida suvga chidamli boʻyoq, emal va och rangli glazurlangan kafel plitkalari (mayolika) qoʻllanilishi mumkin. Pollar keramik glazurlanmagan (terrakotli) plitkalar yoki choklari payvandlangan lenolium bilan qoplangan boʻlishi kerak;

infeksiya qoʻzgʻatuvchilari bilan ishlash xonalarida chiqindilarni yoqish yoʻli bilan zararsizlantirish tadbirlarini amalga oshirish uchun pech, yirik va mayda hayvonlar jasadini zararsizlantirish uchun maxsus qozonlar oʻrnatilgan boʻlishi kerak;

korxonaning ixtisoslashuviga koʻra ishlab chiqarish hududida quyidagi boʻlimlar boʻlishi kerak:

xom ashyo ombori va tovarlarni qabul qilish boʻlimi;

etalon va nazorat shtammlarini saqlash boʻlimi;

biologik veterinariya dori vositalarini ishlab chiqaruvchi boʻlimi;

demineralizatsiyalangan suv tayyorlovchi tayyorlov boʻlimi;

yuvish, sterilizatsiyalash va muhit tayyorlov boʻlimlari;

vivariy boʻlimi (vivariyni xonalari “toza” va “notoza” hududlarga boʻlingan boʻlishi kerak);

kasal hayvonlar uchun izolyator;

parranda tuxumlarini inkubatsiyalash boʻlimi;

ishlab chiqarilgan biologik preparatlarni nazorat qilish boʻlimi;

sovitish kameralari;

yarim tayyor mahsulotlar va tayyor mahsulotlar uchun maxsus kamerali sovitkich bilan jihozlangan omborxonalar;

tayyor mahsulotni qadoqlash boʻlimi;

oqova suvlarni zararsizlantirish uchun tozalovchi va sterillovchi moslamalar;

sanpropustnik;

ishlab chiqarish hududidagi boʻlishi kerak boʻlgan boʻlimlarning xonalari ular bajaradigan funksiyalarga qarab bir-biri bilan oʻzaro funksional bogʻliq holda hamda boshqa maqsadda foydalaniluvchi xonalardan ajratilgan blokni tashkil qilib, alohida kirish eshigiga ega boʻlgan holda joylashtirilishi zarur;

kasal hayvonlar uchun izolyator atrofi yaxlit devor bilan oʻralgan va vivariydan kamida 100 m oraliqda boʻlishi kerak;*

bir vaqtning oʻzida bir necha xil biologik veterinariya dori vositalarini qadoqlash rejalashtirilgan korxonalarda qadoqlash liniyalarini soni ishlab chiqarilayotgan biologik veterinariya dori vositalarini turiga mutanosib boʻlishi va aloxida-aloxida xonalarda oʻrnatilgan boʻlishi kerak;

biologik veterinariya dori vositalari saqlanadigan omborxonalar maxsus kamerali sovitkich bilan jihozlangan, quruq, qorongʻi boʻlishi va unga biologik preparatlar saqlash boʻyicha masʼul shaxs biriktirilgan boʻlishi shart.

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

mavjud emas

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

cheklanmagan

12.

Izoh.

* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

(14-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga
15-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlar koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Litsenziya nomi (turi):

telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlarini koʻrsatish uchun litsenziya

2.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:

a) mahalliy, shaharlararo va xalqaro telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish;

b) mahalliy, shaharlararo va xalqaro telekommunikatsiyalar tarmoqlarini qurish;

v) mahalliy va shaharlararo telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalanish;

g) mahalliy va shaharlararo telekommunikatsiyalar tarmoqlari xizmatlarini koʻrsatishi;

d) xalqaro telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalanish;

e) xalqaro telekommunikatsiyalar tarmoqlari xizmatlarini koʻrsatish;

j) koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlarini loyihalashtirish;

z) koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlarini qurish;

i) koʻchma radiotelefon (radiotelefon, trankli) respublika hududida yoʻldosh aloqa tarmoqlarini loyihalashtirish;

y) koʻchma radiotelefon (radiotelefon, trankli) respublika hududida yoʻldosh aloqa tarmoqlarini qurish;

k) koʻchma radiotelefon (radiotelefon, trankli) respublika hududida yoʻldosh aloqa tarmoqlaridan foydalanish;

l) koʻchma radiotelefon (radiotelefon, trankli) respublika hududida yoʻldosh aloqa tarmoqlari xizmatlarini koʻrsatish;

m) koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlaridan foydalanish va ularning xizmatlarini koʻrsatish;

n) maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini loyihalashtirish;

o) maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini qurish;

p) maʼlumotlar uzatish tarmoqlaridan foydalanish;

r) maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini xizmatlari koʻrsatish;

s) teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlarini loyihalashtirish;

t) teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlarini qurish;

u) teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlaridan foydalanish;

f) teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlari xizmatlarini koʻrsatish.

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

yuridik shaxslar

4.

Litsenziyalovchi organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi.

Maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini hamda teleradioeshittirishlarni tarqatish tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlarini koʻrsatish faoliyatiga litsenziya olish, muddatini uzaytirish va litsenziyaga oʻzgartirish kiritish Vazirlar Mahkamasining Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasining qarori asosida litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.

5.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza (arizada yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvaragʻi, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili, kerakli litsenziya toifasini, uning kichik turini va yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish, oʻzgartirish, uzaytirish maqsadini tanlash, shuningdek, litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi koʻrsatiladi);

b) telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalanish va (yoki) xizmatlarini koʻrsatish uchun litsenziya olishda — telekommunikatsiyalar asosiy texnik vositalarining (mulk huquqida yoki boshqa qonuniy asosda mavjud boʻlgan) va koʻrsatiladigan xizmatlar tavsifi, radiochastotalarning diapazonlari va nominallari, xizmatlar koʻrsatish hududi koʻrsatilgan maʼlumot;

v) telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish va (yoki) qurish uchun litsenziya olishda — loyihalashtirish va qurish ishlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan texnik vositalar (mulk huquqida yoki boshqa qonuniy asosda mavjud boʻlgan) roʻyxati.

g) telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalanish va (yoki) xizmatlarini koʻrsatish uchun litsenziya olishda — tarmoqni tashkil etish va rivojlantirish rejasi (belgilangan shakl boʻyicha bajariladigan ishlarga qarab zarur maʼlumotlar, abonentlar, shaharlararo portlar, xalqaro stansiyalar, maʼlumotlarni uzatish tizimlari va tarmoqlari, qoplash zonalari soni va telekommunikatsiyalarning aniq tarmoqlari yoki inshootlari uchun boshqa parametrlar);

d) teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlari xizmatlarini koʻrsatish uchun litsenziya olishda — eshittirishlar konsepsiyasi;

e) teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlaridan foydalanish va (yoki) xizmatlarini koʻrsatish uchun litsenziya olishda — obyektning qoʻriqlash talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida vakolatli organning xulosasi yoki obyektni qoʻriqlash boʻyicha tuzilgan shartnoma nusxasi;

j) radioaloqa vositalaridan foydalanish bilan bogʻliq faoliyatga litsenziya olishda — berilayotgan chastotalardan foydalanish imkoniyati va uzatuvchi qurilmalarning tavsifi, quvvati va xususiyati toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasining radiochastotalaridan foydalanish va ularni nazorat qilish boʻyicha organning maʼlumoti;

z) boshqa shaxsga tegishli asbob-uskunadan foydalanish moʻljallanayotgan taqdirda, ushbu asbob-uskuna ijaraga olinganligi (foydalanilganligi)ni tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi;

i) Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy tele va radio mahsulotlarni tarqatish huquqini olishda — teleradiomahsulotlarni tarqatish boʻyicha xorijiy ommaviy axborot vositasining (yoki huquq egasining) roziligini tasdiqlovchi hujjat (shartnoma).

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

a) mahalliy, shaharlararo va xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalashtirish — BHMning 15 baravari;

b) mahalliy, shaharlararo va xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish — BHMning 15 baravari;

v) mahalliy va shaharlararo telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanish — BHMning 30 baravari;

g) mahalliy va shaharlararo telekommunikatsiya tarmoqlari xizmatlari koʻrsatish — BHMning 30 baravari;

d) xalqaro telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalanish — BHMning 500 baravari;

e) xalqaro telekommunikatsiyalar tarmoqlari xizmatlari koʻrsatish — BHMning 800 baravari;

j) koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlarini loyihalashtirish — BHMning 200 baravari;

z) koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlarini qurish — BHMning 400 baravari;

i) koʻchma radiotelefon (radiotelefon, trankli) respublika hududida yoʻldosh aloqa tarmoqlarini loyihalashtirish — BHMning 10 baravari;

y) koʻchma radiotelefon (radiotelefon, trankli) respublika hududida yoʻldosh aloqa tarmoqlarini qurish — BHMning 20 baravari;

k) koʻchma radiotelefon (radiotelefon, trankli) respublika hududida yoʻldosh aloqa tarmoqlaridan foydalanish — BHMning 30 baravari;

l) koʻchma radiotelefon (radiotelefon, trankli) respublika hududida yoʻldosh aloqa tarmoqlari xizmatlarini koʻrsatish — BHMning 80 baravari;

m) koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlaridan foydalanish va ularning xizmatlarini koʻrsatish — BHMning 140 000 baravari (bunda uyali aloqa virtual operatorlari (provayderlar) tomonidan koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlarini koʻrsatish — BHMning 25 000 baravari**;

n) maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini loyihalashtirish — BHMning 2 baravari;

o) maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini qurish — BHMning 4 baravari;

p) maʼlumotlar uzatish tarmoqlaridan foydalanish — BHMning 6 baravari;

r) maʼlumotlar uzatish tarmoqlari xizmatlarini koʻrsatish — BHMning 30 baravari;

s) teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlarini loyihalashtirish — BHMning 10 baravari;

t) teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlarini qurish — BHMning 10 baravari;

u) teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlaridan foydalanish — BHMning 75 baravari;

f) teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlari xizmatlarini koʻrsatish — BHMning 75 baravari.

Davlat boji quyidagi tartibda taqsimlanadi:

10 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun toʻlangan davlat bojlari, yigʻimlar va barcha turdagi toʻlovlarning 11,25 foizi — Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;

qolgan mablagʻlarning:

50 foizi — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga;

47,5 foizi Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasiga;

2,5 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligining gʻaznachilik shaxsiy hisobraqamiga yoʻnaltiriladi.

8.

Arizani koʻrib chiqish muddatlari:

10 ish kuni.

Litsenziyalashda Vazirlar Mahkamasining Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi bilan kelishish lozim boʻlgan hollarda 25 ish kuni.

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

litsenziya har bir litsenziyalanadigan faoliyat turi uchun alohida beriladi:

a) litsenziat tomonidan telekommunikatsiya sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi;

b) Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda telekommunikatsiyalarning texnik vositalarini sertifikatlashni taʼminlash;

v) koʻrsatiladigan xizmatlarning belgilangan sifat meʼyorlarini taʼminlash;

g) tarmoqlararo qoʻshilishlarni tashkil etish, boshqa operatorlar va provayderlarga oʻz tarmogʻidan foydalanish, shuningdek, ular oʻrtasida oʻzaro hisob-kitob shartlari va tartibi mavjudligi;

d) texnik protokollar va tarmoqlararo qoʻshilishlar spetsifikatsiyalarining nomi, tarmoqlarni nomerlash rejasi, telekommunikatsiyalar vositalaridan foydalanish tavsiflarining mavjudligi;

e) davlat xavfsizligi va mudofaa qobiliyati, huquqni muhofaza qilish organlari manfaatlari yoʻlida va alohida muhim ijtimoiy-siyosiy tadbirlarni oʻtkazishda telekommunikatsiyalar vositalari ishlarini taʼminlash boʻyicha maxsus talablarga rioya etilishi;

j) xizmatlar koʻrsatish shartlari, tariflar va axborot maʼlumotlarini mijozlarga rasmiy ?yeb-saytlari orqali yetkazish, shu jumladan, telekoʻrsatuvlar jadvalini ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish;

z) telefon orqali gaplashishlar, telegraf va telekommunikatsiyalar tarmoqlari boʻyicha beriladigan boshqa xabarlarning maxfiyligini, axborot xavfsizligini, shu jumladan, telekommunikatsiyalar obyektlari va inshootlari xavfsizligini taʼminlash;*

i) favqulodda holatlarda, shuningdek, operativ-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish uchun asbob-uskunalarni oʻrnatish va ularning ishlashini taʼminlash boʻyicha telekommunikatsiyalar tarmoqlarini tayyorlab qoʻyish va ularni ishlatish;*

y) umumdavlat vazifalarini hal etish uchun telekommunikatsiyalarni rivojlantirishning milliy dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etish;

k) atrof muhitni va inson salomatligini muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish, yongʻin xavfsizligi va sanoat sanitariyasi qoidalariga rioya etish;

l) litsenziyalanadigan faoliyat toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni litsenziyalovchi va nazorat qiluvchi organga berish;

m) Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq telekommunikatsiyalar xizmatlaridan foydalanishda imtiyozlar va afzalliklar berish;

n) teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) xizmatlari koʻrsatish uchun vakolatli organda ommaviy axborot vositasi sifatida davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtish;*

o) telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish va (yoki) qurish uchun litsenziya olishda — yuridik shaxs shtatida telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish va qurish boʻyicha kamida uch yil ish stajiga, oliy texnik maʼlumotga ega boʻlgan kamida ikki nafar mutaxassisning mavjud boʻlishi;

p) teleradiomahsulotlarni va Internet orqali kontent tarqatishda mualliflik va turdosh huquqlar sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etish.

Yakka tartibdagi litsenziyalarda qoʻshimcha talablar va shartlar:

r) litsenziatlar tomonidan qishloq joylardagi, aholi siyrak va borish qiyin boʻlgan tumanlardagi foydalanuvchilar uchun majburiy ravishda xizmatlar koʻrsatish;

s) belgilangan tariflar boʻyicha, shu jumladan, qishloq joylarda, aholi siyrak va borish qiyin boʻlgan tumanlarda universal xizmatlar koʻrsatilishini taʼminlash;

t) umumiy foydalaniladigan telekommunikatsiyalar tarmoqlariga adolatlilik va kamsitmaslik asosida ruxsat berish;

u) umumiy foydalaniladigan telekommunikatsiya tarmogʻini rivojlantirish rejasi prognozi (belgilangan hududni qamrab olish, uzatuvchi apparat quvvatini va abonentlar sonini koʻpaytirish va boshqalar);

f) teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlari xizmatlarini koʻrsatishda litsenziyani berishda belgilangan hudud doirasida faoliyat yuritish, biriktirilgan radiochastota nominalida efirga chiqish,

x) teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) va maʼlumotlar uzatish tarmoqlari xizmatlarini koʻrsatishda axborot xavfsizligi hamda ommaviy axborot vositalari sohasini tartibga soluvchi milliy qonunchilik talablariga rioya etish.*

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini va teleradioeshittirish tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha faoliyatga litsenziyalar berish (amal qilish muddatini uzaytirish va litsenziyaga oʻzgartirish kiritish) Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi qarori asosida amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi.

Zaruratga koʻra teleradiodasturlarni tayyorlashda va shakllantirishda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga mosligi yuzasidan Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi.

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlaridan foydalanish va xizmatlarini koʻrsatish faoliyatiga beriladigan litsenziyaning amal qilish muddati — 5 yil;

koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlaridan foydalanish va xizmatlar koʻrsatish faoliyatiga beriladigan litsenziyaning amal qilish muddati — 15 yil;

litsenziyalanadigan faoliyatlarning qolgan turlariga litsenziya cheklanmagan muddatga beriladi.

12.

Izoh.

Litsenziya olish talab qilinmaydigan holatlar (harakatlar):

pullik televideniye abonentlarning umumiy soni 10 tadan ortiq boʻlmasa;

telekoʻrsatuvning kabel tarmogʻi va radioeshittirishning simli tarmogʻi bir muassasa, oʻquv yurti, mehmonxona, sanoat korxonasi binosi va (yoki) hududi bilan cheklangan boʻlsa;

yuridik shaxs operatorlar tomonidan ajratilgan telefon raqamlaridan foydalangan holda maishiy xizmat koʻrsatish obyektlarida va avtomobil yoʻllari boʻyida mahalliy, shaharlararo va xalqaro telefon soʻzlashuvlari xizmatlari koʻrsatsa, aloqaning taksofon xizmatlari va faks boʻyicha axborotni joʻnatsa (va qabul qilsa);

faoliyat aholining hayoti va sogʻligʻiga xavf soluvchi hamda qutqarish va avariya-tuzatish ishlarini talab etuvchi tabiiy ofatlar, epidemiyalar, yirik halokatlar oqibatlarini tugatish bilan, shuningdek, faqat davlat boshqaruvi, mudofaa, xavfsizlik va huquq-tartibotni muhofaza qilish maqsadlarida foydalanish uchun moʻljallangan telekommunikatsiyalar tarmogʻini tashkil etish va ularning ishlashi bilan bogʻliq boʻlsa;

asosiy faoliyat turi boʻyicha xizmatlar koʻrsatishda mahalliy, radiotelefon, maʼlumotlar uzatish tarmoqlaridan, ushbu faoliyat turlariga oid xizmatlarni uchinchi shaxslarga koʻrsatmasdan faqat oʻz ishlab chiqarish-texnologik jarayonida va (yoki) signalni yetkazib berish maqsadida foydalanilsa;

toʻlov tizimlari operatorlari, toʻlov tashkilotlari, banklar va nobank kredit tashkilotlari, shuningdek, elektron tijorat platforma operatorlari tomonidan asosiy faoliyat turi boʻyicha xizmatlar koʻrsatishda maʼlumotlar uzatish tarmoqlaridan foydalanilsa va xizmatlar koʻrsatilsa;

oʻz tarmogʻini tashkil etmasdan, maʼlumotlarni uzatish operator va provayderlari tarmogʻi orqali Internetdan foydalanish xizmatlarini (Internet kafe) koʻrsatishda;

Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida “B” va undan yuqori toifada turgan litsenziatlarga tegishli litsenziya muddati mazkur Yagona nizomning 351-bandida belgilangan tartibda avtomatik tarzda uzaytiriladi.

* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

**Agar uyali aloqa virtual operatori (provayder) tomonidan navbatdagi yillik davlat bojini toʻlash davridan oldingi moliya yili uchun koʻrsatilgan koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlarining qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 million baravaridan oshsa, “m” kichik bandda nazarda tutilgan faoliyat turi uchun davlat bojining summasiga koʻrsatilgan koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlari qiymatining 1 foizi miqdorida qoʻshimcha belgilanadi.

(15-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-254-son Farmoniga asosan 16-ilovaning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 1-iyul — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2025-y., 06/25/254/1195-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga
17-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy bandlik agentliklarining Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha faoliyatini litsenziyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Litsenziya nomi:

xususiy bandlik agentliklarining Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha faoliyati uchun litsenziya

2.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turi:

xususiy bandlik agentliklarining Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha faoliyati

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

yuridik shaxs

4.

Litsenziyalovchi organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi

5.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza;

arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bank hisobvaragʻi, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), litsenziya toifalari boʻyicha tanlash, ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;

b) mazkur faoliyatni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilganligini, shu jumladan, oʻzining yoki ijaraga olingan xonaning borligini tasdiqlovchi maʼlumotlar;

v) yuridik shaxs ustavining tasdiqlangan nusxasi.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida

8.

Arizani koʻrib chiqish muddatlari:

10 ish kuni

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

a) mehnat va mehnat migratsiyasi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilish*;

b) litsenziya daʼvogari tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt ming baravari miqdoridagi mablagʻlarni tegishli litsenziya amal qilish muddatiga mutanosib davrga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi roziligisiz sarflamaslik va mablagʻlar sarflangan taqdirda, belgilangan muddatlarda oʻrnini toʻldirish sharti bilan tijorat banklaridagi depozitlarga zaxiraga joylashtirish*;

v) “Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish;

g) shtatda kamida ikki nafar xodimning, shu jumladan, oliy maʼlumotga ega rahbarning boʻlishi;

d) xususiy bandlik agentligi taʼsischilari va (yoki) rahbarlari tarkibida firibgarlik, odam savdosi, terrorizm, ekstremizm bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganligi tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar mavjud emasligi, shuningdek, xususiy bandlik agentliklari tomonidan ushbu jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganligi tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar bilan mehnat, fuqarolik-huquqiy va agentlik shartnomalari tuzilmasligi;

d1) chet elga ishga yuborilayotgan shaxslarni borayotgan davlatining qonunchiligi, unda boʻlish qoidalari boʻyicha oʻqitishni tashkil etish;

e) yuridik shaxs xodimlari tomonidan uch yilda kamida bir marta litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan tartibga muvofiq malaka sertifikatini olish;

j) xususiy bandlik agentliklari bilan fuqarolar j) ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan, xususiy yoki ijaraga olingan binoga ega boʻlish hamda uning yongʻin xavfsizligi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligini taʼminlash, tegishli moddiy-texnik baza va boshqa vositalardan foydalanish;

z) xususiy bandlik agentliklari bilan fuqarolar oʻrtasida tuzilayotgan har bir shartnomani maxsus yaratiladigan elektron axborot tizimiga kiritish va uni doimiy yangilab borish*;

i) xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisida bajarilgan shartnomalarga oid arxiv materiallarini shakllantirish va saqlash;

k) xususiy bandlik agentliklarining xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalarida belgilangan majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq xarajatlarni ushbu depozitga joylashtirilgan mablagʻlar hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi koʻrsatmasiga asosan qoplash*.

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

mavjud emas

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

cheklanmagan

12.

Izoh.

Litsenziya olgan talabgorlar litsenziyalovchi organ tomonidan avtomatik ravishda Xususiy bandlik agentliklarining reyestriga kiritiladi.

Chet elga ishga yuborilayotgan shaxslarga borayotgan davlati qonunchiligi, unda boʻlish qoidalarini oʻqitish boʻyicha taʼlim tashkilotlari bilan tuzilgan shartnoma ilova qilinadi.

* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

(17-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-maydagi 313-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2025-y., 09/25/313/0435-son. 9-pozitsiyaning “d1” kichik bandi va 12-pozitsiyaning ikkinchi xatboshisining kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-sentabr)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga
18-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida taʼmirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatini litsenziyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Litsenziya nomi:

balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida taʼmirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyati uchun litsenziya

2.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:

a) balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida taʼmirlash ishlarini bajarish;

b) balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida qurilish-montaj ishlarini bajarish.

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti yuridik shaxslar va Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy muassasasi boʻlgan norezident yuridik shaxslar

4.

Litsenziyalovchi organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

5.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza;

arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvaragʻi, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;

b) balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida taʼmirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish huquqini beruvchi hujjatlarga ega boʻlgan mutaxassislarning roʻyxati, unda ularning egallab turgan lavozimlari, maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi va mutaxassisligi boʻyicha ish staji koʻrsatiladi;

v) balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan texnika vositalarining tavsiflari.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari

tezlashtirilgan tartibda — bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari

8.

Arizani koʻrib chiqish muddatlari:

umumiy tartibda — 7 ish kuni;

tezlashtirilgan tartibda — 4 ish kuni

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

a) litsenziya talabgori (litsenziat) shtatida litsenziyalanadigan faoliyat turi boʻyicha hujjatlarga (maxsus tayyorgarlik toʻgʻrisida guvohnoma, sertifikat), balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida taʼmirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish koʻnikmalari qoʻllangan holda kamida uch yil amaliy ish stajiga ega boʻlgan kamida ikki nafar mutaxassisning mavjud boʻlishi;*

b) litsenziya talabgorida (litsenziatda) balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida taʼmirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalar, jihozlarning, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi normalariga rioya etilishini taʼminlovchi boshqa maxsus texnika vositalarining mavjud boʻlishi.

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

mavjud emas

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

cheklanmagan

12.

Izoh.

Litsenziyaning talab va shartlariga rioya etilmasligi oqibatida litsenziyasi sud orqali bekor qilingan litsenziya talabgoriga sud hujjati qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab bir yil ichida mazkur Pasportda nazarda tutilgan litsenziyalanadigan faoliyat turlari boʻyicha litsenziya olish taqiqlanadi;

* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

(18-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga
19-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻpriklar va tunnellarni loyihalashtirish, qurish va ularni taʼmirlash faoliyatini litsenziyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Litsenziya nomi:

koʻpriklar va tunnellarni loyihalashtirish, qurish va ularni taʼmirlash faoliyati uchun litsenziya

2.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:

a) koʻpriklar va tunnellarni loyihalashtirish;

b) koʻpriklar va tunnellarni qurish;

v) koʻpriklar va tunnellarni taʼmirlash.

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik shaxslar va chet el yuridik shaxslari (doimiy muassasasi mavjud boʻlgan)

4.

Litsenziyalovchi organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

5.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza;

arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bank hisobvaragʻi, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa),ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;

b) koʻpriklar va tunnellarni loyihalashtirish, qurish va ularni taʼmirlash ishlari bilan shugʻullanuvchi xodimlarning roʻyxati, unda ularning egallab turgan lavozimlari, diplom maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi, mutaxassisligi boʻyicha ish staji, ushbu xodimlar loyihalashtirishda, qurishda va taʼmirlashda qatnashgan asosiy obyektlar roʻyxati koʻrsatiladi;

v) temir yoʻl, shuningdek, birlashgan koʻpriklar va tunnellardan foydalanish va ularni taʼmirlash sohasida — asbob-uskunalar, anjomlar, inventar, mexanizatsiyalash vositalari, transport, nazorat-oʻlchov qurilmalari va signal anjomlari bilan jihozlanganligi toʻgʻrisida qisqacha tavsif;

g) litsenziya talabgori (litsenziat) shtatidagi xodimlarning tegishli sertifikatlarini taqdim etishi lozim.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari

tezlashtirilgan tartibda — bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari

8.

Arizani koʻrib chiqish muddatlari:

umumiy tartibda — 10 ish kuni;

tezlashtirilgan tartibda — 5 ish kuni

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

Koʻpriklar va tunnellarni loyihalashtirish boʻyicha:

a) koʻpriklar va tunnellarni loyihalashtirish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga, belgilangan shaharsozlik normalari va qoidalariga, davlat standartlariga majburiy rioya etish;

b) yuridik shaxs shtatida kamida 15 nafar mutaxassis, shu jumladan, direktor, ushbu soha boʻyicha oliy maʼlumotga va loyihalashtirishda 5 yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan kamida 3 nafar loyiha bosh muhandisi, 1 nafar loyiha bosh arxitektori, 2 nafar texnolog, 2 nafar konstruktor ayni shu tashkilotda asosiy ish joyi boʻyicha ishlashi, qolgan oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotiga ega boʻlgan 7 nafar mutaxassis asosiy ish joyi yoki oʻrindoshlik asosida ishlashi, shundan kamida 1 nafar loyiha bosh muhandisi va loyiha bosh arxitektori tegishli sertifikatlarga ega boʻlishi;*

Koʻpriklarvatunnellarniqurishvataʼmirlashboʻyicha:

v) litsenziat tomonidan mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi normalari talablariga majburiy rioya etish, qurilish va taʼmirlash ishlarining sifatini, foydalanishning ishonchliligini taʼminlash;

g) yuridik shaxs shtatida ushbu soha boʻyicha oliy maʼlumotga, shuningdek, qurilish-taʼmirlash ishlarida kamida uch yillik ish stajiga ega boʻlgan kamida 10 nafar mutaxassis, shu jumladan, kamida 7 nafar (bosh muhandis, texnik-ishlab chiqarish boʻlimi boshligʻi, qurilishda ish yurituvchi (prorab), montajchi, betonchi, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi mutaxassisi, quruvchi-ustalar) ayni shu tashkilotda asosiy ish joyi boʻyicha, qolgan 3 nafari uchastka rahbari, ichki nazoratchisi, payvandchi, texnik ishlab chiqarish boʻlimi muhandisi kabi mutaxassislar asosiy ish joyi yoki oʻrindoshlik asosida mavjud boʻlishi, shundan muhandis va ichki nazoratchi tegishli sertifikatga ega boʻlishi;*

d) litsenziya talabgorida koʻpriklar va tunnellarni qurish va taʼmirlash uchun zarur boʻlgan asosiy fondlar va texnik vositalarning (binolar, ishlab chiqarish binolari, maxsus qurilish-taʼmirlash texnikasi) mavjud boʻlishi;

Litsenziyalovchi organ litsenziat xodimlarining mehnat daftarchalari haqidagi maʼlumotni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan oʻzi mustaqil oladi.

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

mavjud emas

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

cheklanmagan

12.

Izoh.

Litsenziyaning talab va shartlariga rioya etilmasligi oqibatida litsenziyasi sud orqali bekor qilingan litsenziya talabgoriga sud hujjati qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab bir yil ichida mazkur Pasportda nazarda tutilgan litsenziyalanadigan faoliyat turlari boʻyicha litsenziya olish taqiqlanadi;

* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

(19-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga
20-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish hamda ulardan foydalanish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Litsenziya nomi:

xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish hamda ulardan foydalanish faoliyati uchun litsenziya

2.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:

a) xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish;

b) xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni qurish;

v) xavfi yuqori boʻlgan obyektlardan va potensial xavfli ishlab chiqarishlardan foydalanish.

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik shaxslar va chet el yuridik shaxslari (doimiy muassasasi mavjud boʻlgan)

4.

Litsenziyalovchi organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

5.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza;

arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bank hisobvaragʻi, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;

b) xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish bilan shugʻullanuvchi xodimlar roʻyxati, unda ularning egallab turgan lavozimlari, diplom maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi va mutaxassisligi boʻyicha ish staji, loyihalashtirish yoki qurishda ushbu xodimlar qatnashgan asosiy obyektlar roʻyxati koʻrsatiladi;

v) xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish hamda ulardan foydalanish uchun zarur boʻlgan himoya va texnika vositalariga egalik yoki boshqa ashyoviy huquqlarni tasdiqlovchi hujjat;

g) litsenziya talabgori (litsenziat) shtatidagi asosiy ish joyi boʻyicha ishlovchi kamida 1 nafar mutaxassisning soha boʻyicha tegishli sertifikatini taqdim etishi lozim;

d) xavfi yuqori boʻlgan obyektlar va potensial xavfli ishlab chiqarishlardan foydalanish uchun xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan taqdirda, boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi va polisi.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari

tezlashtirilgan tartibda — bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari

8.

Arizani koʻrib chiqish muddatlari:

umumiy tartibda — 14 ish kuni.

tezlashtirilgan tartibda — 10 ish kuni

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

Loyihalashtirish boʻyicha:

a) loyihalashtirish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga, belgilangan shaharsozlik normalari va qoidalariga, davlat standartlariga majburiy rioya etish;

b) yuridik shaxs shtatida kamida 10 nafar mutaxassis, shu jumladan, direktor, ushbu soha boʻyicha oliy maʼlumotga va loyihalashtirishda 5 yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan 3 nafar loyiha bosh muhandisi, 1 nafar loyiha bosh arxitektori, 1 nafar texnolog, 1 nafar konstruktor ayni shu tashkilotda asosiy ish joyi boʻyicha ishlashi, qolgan 4 nafar mutaxassis oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotiga ega boʻlgan asosiy ish joyi yoki oʻrindoshlik asosida ishlashi, shundan kamida 1 nafar loyiha bosh muhandisi va loyiha bosh arxitektori tegishli sertifikatlarga ega boʻlishi;*

qurish hamda ulardan foydalanish boʻyicha:

v) shaharsozlik, mehnatni muhofaza qilish, tabiatni muhofaza qilish, yer osti boyliklari sanoat xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari, tegishli davlat standartlari, shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga majburiy rioya etish;

g) kamida 10 nafar mutaxassis, shu jumladan, soha boʻyicha oliy maʼlumotga va 3 yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan kamida 5 nafar (obyektning turiga qarab) bosh muhandis, bosh energetik, texnik-ishlab chiqarish boʻlimi boshligʻi, qurilishda ish yurituvchi (prorab), montajchi, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi mutaxassisi, ichki nazoratchi kabi mutaxassislar ayni shu tashkilotda asosiy ish joyi boʻyicha, qolgan 5 nafar mutaxassislar oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotiga ega boʻlgan asosiy ish joyi yoki oʻrindoshlik asosida elektr montyor, ekolog kabi mutaxassislar mavjud boʻlishi;*

d) asosiy ish joyi boʻyicha kamida 1 nafar mutaxassisning soha boʻyicha tegishli sertifikati hamda yuridik shaxsning muhandislik asbob-uskunalari va zarur texnika vositalarining mavjud boʻlishi.*

energetika obyektlari boʻyicha (sertifikat talab etilmaydi) elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari boʻyicha bilimlar sinovidan oʻtganlik toʻgʻrisida guvohnomaga ega boʻlishlari shart.

Litsenziyalovchi organ litsenziat xodimlarining mehnat daftarchalari haqidagi maʼlumotni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan oʻzi mustaqil oladi.

e) xavfi yuqori boʻlgan obyektlar va potensial xavfli ishlab chiqarishlardan foydalanishda, xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan taqdirda, boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligi boʻyicha majburiy sugʻurta shartnomasi va amaldagi sugʻurta polisining mavjudligi*;

j) Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 30-iyundagi 152-son qarori bilan tasdiqlangan Texnogen xavf yuqori boʻlgan zonalar davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq texnogen xavfi yuqori boʻlgan zonalar kadastr pasporti ishlab chiqilganligi va davlat reyestridan oʻtkazilganligi;

Litsenziyalovchi organ litsenziat xodimlarining mehnat daftarchalari haqidagi maʼlumotni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan oʻzi mustaqil oladi.

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi;

Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi;

Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi;

Ekologiya, atrof-muhitnimuhofazaqilishvaiqlimoʻzgarishivazirligi.

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

cheklanmagan

12.

Izoh.

* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

Loyihalashtirish faoliyatini litsenziyalash uchun ariza berilganda, kelishiladigan organlardan xulosa olish uchun soʻrovnoma yuborilmaydi.

Litsenziyaning talab va shartlariga rioya etilmasligi oqibatida litsenziyasi sud orqali bekor qilingan litsenziya talabgoriga sud hujjati qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab bir yil ichida mazkur Pasportda nazarda tutilgan litsenziyalanadigan faoliyat turlari boʻyicha litsenziya olish taqiqlanadi.

Tashkilot tarkibida loyihalar bosh arxitektor va loyiha bosh muhandislarining mavjud boʻlishi bajariladigan ishlarning xususiyati bilan belgilanadi.

(20-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga
21-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatini litsenziyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Litsenziya nomi:

arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyati uchun litsenziya

2.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:

a) Oʻzbekiston Respublikasi hududini va hududi qismlarini rivojlantirishni rejalashtirish toʻgʻrisidagi hujjatlarni ishlab chiqish;

b) Oʻzbekiston Respublikasi mintaqalari hududini rivojlantirishni rejalashtirish toʻgʻrisidagi hujjatlarni ishlab chiqish;

v) aholi punktlari hududlarini rivojlantirish toʻgʻrisidagi hujjatlarni ishlab chiqish;

g) aholi punktlari hududlarini qurish toʻgʻrisidagi hujjatlarni ishlab chiqish;

d) qurilish obyektlari uchun muhandislik-texnik qidiruvlarni (muhandislik-geodeziya qidiruvlaridan tashqari) bajarish;

e) uy-joy-xoʻjalik, fuqarolik maqsadiga moʻljallangan obyektlar va komplekslar qurilishi uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, shu jumladan, ularning muhandislik tarmoqlari va
tizimlarini loyihalashtirish;

j) sanoatqurilishiuchunobyektlarvakomplekslarloyiha-smetahujjatlariniishlabchiqish, shujumladan, ularningmuhandisliktarmoqlarivatizimlariniloyihalashtirish;

z) suv xoʻjaligi qurilishi uchun obyektlar va komplekslar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, shu jumladan, ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish;

i) qishloq xoʻjaligi qurilishi uchun obyektlar va komplekslar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, shu jumladan, ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish;

y) energetika qurilishi va aloqa obyektlari hamda komplekslarini loyihalashtirish, shu jumladan, ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish;

k) transport va yoʻl qurilishi obyektlari hamda komplekslarini loyihalashtirish, shu jumladan, ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish;

l) magistral muhandislik tarmoqlarini (magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlaridan tashqari) loyihalashtirish;

m) umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish;

n) arxitektura yodgorliklarini taʼmirlash uchun hujjatlarni ishlab chiqish;

o) “Obyektlarning asoslari va poydevorlari” boʻlimini loyihalashtirish;

p) “Metall obyektlar konstruksiyalari” boʻlimini loyihalashtirish;

r) “Temir-beton obyektlari konstruksiyalari” boʻlimini loyihalashtirish;

s) maxsus obyektlar va inshootlarni loyihalashtirish;

t) qurilish obyektlarini mukammal va joriy taʼmirlash uchun loyiha-smeta hujjatlarni ishlab chiqish;

u) binolar va inshootlarning texnik holatini tekshirish;

f) binolar va inshootlarni mustahkamlash uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish;

x) korroziyaga qarshi himoyani ishlab chiqish;

s) binolar va inshootlarning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish

ch) mukammal qurilishda tovarlar, ishlar va xizmatlar xarid qilish uchun tanlov (tender) hujjatlarini tayyorlash.

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik shaxslar va chet el yuridik shaxslari (doimiy muassasasi mavjud boʻlgan)

4.

Litsenziyalovchi organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

5.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza;

arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning toʻliq nomi, STIR, xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, pochta manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa), yuridik shaxsning mutaxassislari haqidagi maʼlumotlar (pasport raqami va seriyasi yoki ID-kartasi raqami, JSHSHIR), litsenziya toifalari boʻyicha tanlash, ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;

b) soha boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlgan bosh muhandislar va loyiha arxitektorlari, bosh hamda yetakchi mutaxassislar diplomlari maʼlumotlari;

v) litsenziya talabgori III toifadagi obyektlarning arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatiga litsenziyani olish uchun qoʻshimcha ravishda oʻntadan kam boʻlmagan obyektlar qurilishi yuzasidan loyihalashtirish boʻyicha jami bajarilgan ishlarning roʻyxatini, ular yuzasidan mazkur sohada tegishli vakolatga ega boʻlgan ekspertiza organlari bergan xulosalar nusxalarini hamda ushbu qurilishi tugallangan va foydalanishga qabul qilingan obyektlarning dalolatnoma nusxalari hamda mualliflik nazorati daftarlarini taqdim etishi lozim;

g) litsenziya talabgori IV toifadagi obyektlarning arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatiga litsenziya olish uchun qoʻshimcha ravishda oʻntadan kam boʻlmagan III toifadagi obyektlar qurilishi yuzasidan loyihalashtirish boʻyicha tegishli vakolatga ega boʻlgan ekspertiza organlari bergan xulosalar nusxalari, ushbu qurilishi tugallangan va foydalanishga qabul qilingan obyektlarning dalolatnoma nusxalari hamda mualliflik nazorati daftarlarini taqdim etishi lozim.

Litsenziya talabgori (litsenziat) shtatidagi xodimlarning tegishli sertifikatlarini taqdim etishi lozim.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida

tezlashtirilgan tartibda — bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

a) Oʻzbekiston Respublikasi hududini va hududining qismlarini rivojlantirishni rejalashtirish toʻgʻrisidagi hujjatlarni ishlab chiqish — BHMning 50 baravari;

b) Oʻzbekiston Respublikasi mintaqalari hududini rivojlantirishni rejalashtirish toʻgʻrisidagi hujjatlarni ishlab chiqish — BHMning 50 baravari;

v) aholi punktlari hududlarini rivojlantirish toʻgʻrisidagi hujjatlarni ishlab chiqish — BHMning 40 baravari;

g) aholi punktlari hududlarini qurish toʻgʻrisidagi hujjatlarni ishlab chiqish — BHMning 40 baravari;

d) qurilish obyektlari uchun muhandislik-texnik qidiruvlarni (bundan muhandislik-geodeziya qidiruvlari mustasno) bajarish — BHMning 50 baravari;

e) uy-joy-xoʻjalik, fuqarolik maqsadiga moʻljallangan obyektlar va komplekslar qurilishi uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishga, shu jumladan, ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish — BHMning 75 baravari;

j) sanoatga moʻljallangan obyektlar va komplekslar qurilishi uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishga, shu jumladan, ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish — BHMning 75 baravari;

z) suv xoʻjaligiga moʻljallangan obyektlar va komplekslar qurilishi uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishga, shu jumladan, ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish — BHMning 50 baravari;

i) qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan obyektlar va komplekslar qurilishi uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishga, shu jumladan, ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish — BHMning 30 baravari;

y) energetika qurilishi hamda aloqa obyektlari va komplekslarini ishlab chiqish, loyihalashtirishga, shu jumladan, ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish — BHMning 40 baravari;

k) transport va yoʻl qurilishi obyektlari hamda komplekslarini loyihalashtirishga, shu jumladan, ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish — BHMning 50 baravari;

l) magistral muhandislik tarmoqlarini (magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlaridan tashqari) loyihalashtirish — BHMning 50 baravari;

m) umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish — BHMning 50 baravari;

n) arxitektura yodgorliklarini taʼmirlash uchun hujjatlarni ishlab chiqish — BHMning 20 baravari;

o) “Obyektlarning asoslari va poydevorlari” boʻlimini loyihalashtirish — BHMning 40 baravari;

p) “Obyektlarning metall konstruksiyalari” boʻlimini loyihalashtirish — BHMning 40 baravari;

r) “Obyektlarning temir-beton konstruksiyalari” boʻlimini loyihalashtirish — BHMning 40 baravari;

s) maxsus obyektlar va inshootlarni loyihalashtirish — BHMning 50 baravari;

t) qurilish obyektlarini mukammal va joriy taʼmirlash uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish — BHMning 30 baravari;

u) binolar va inshootlarning texnik holatini tekshirish — BHMning 50 baravari;

f) binolar va inshootlarni mustahkamlash uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish — BHMning 40 baravari;

x) korroziyaga qarshi himoyani ishlab chiqish — BHMning 40 baravari;

s) binolar va inshootlarning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish:

isitish, ventilyatsiya, konditsionerlashtirish — BHMning 20 baravari;

suv quvuri va kanalizatsiya — BHMning 20 baravari;

gaz taʼminoti — BHMning 20 baravari;

gaz asbob-uskunalari — BHMning 20 baravari;

sovuq havo taʼminoti — BHMning 20 baravari;

energiya taʼminoti — BHMning 20 baravari;

elektr asbob-uskunalari — BHMning 20 baravari;

elektr bilan yoritish — BHMning 20 baravari;

elektr bilan isitish — BHMning 20 baravari;

avtomatlashtirish va nazorat-oʻlchov uskunalari — BHMning 20 baravari;

kuchsiz tokli qurilmalar — BHMning 20 baravari;

vertikal rejalashtirish — BHMning 20 baravari;

ch) mukammal qurilishda tovarlar, ishlar va xizmatlar xarid qilish uchun tanlov (tender) hujjatlarini tayyorlash — BHMning 50 baravari.

Davlat boji quyidagi tartibda taqsimlanadi:

10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining budjetdan tashqari shaxsiy hisobvaragʻiga;

11,25 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasining maxsus hisobvaragʻiga;

qolgan mablagʻlar teng miqdorda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.

8.

Arizani koʻrib chiqish muddatlari:

umumiy tartibda — 7 ish kuni;

tezlashtirilgan tartibda — 3 ish kuni

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

a) loyihalashtirishda qonunchilik hujjatlari, davlat standartlari hamda shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga, shuningdek, zilzilabardoshlik, muhandislik izlanishlar, energiya samaradorligi koʻrsatkichlari, yongʻinga qarshi hamda ekologik normalar va qoidalarga, sanitariya qoidalari va normalariga, gigiyena normativlariga majburiy rioya etish;

b) yuridik shaxsning shtatida quyidagi mutaxassislarning mavjud boʻlishi:*

asosiy ish joyida ishlashi lozim boʻlgan mutaxassislar soha boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlishi;*

obyektlarning murakkablik toifalari klassifikatori boʻyicha I toifadagi obyektlar uchun — kamida 4 nafar mutaxassis, shu jumladan, direktor va 1 nafar loyiha bosh muhandisi va 1 nafar arxitektor ayni shu tashkilotda asosiy ish joyi boʻyicha, qolgan 1 nafar mutaxassis asosiy ish joyi yoki oʻrindoshlik asosida ishlashi;*

obyektlarning murakkablik toifalari klassifikatori boʻyicha II toifadagi obyektlar uchun — kamida 7 nafar mutaxassis, shu jumladan, direktor, loyihalash sohasida 3 yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan kamida 2 nafar loyiha bosh muhandisi, 1 nafar loyiha bosh arxitektori va 1 nafar arxitektor ayni shu tashkilotda asosiy ish joyi boʻyicha, qolgan 2 nafar mutaxassis asosiy ish joyi yoki oʻrindoshlik asosida ishlashi;

obyektlarning murakkablik toifalari klassifikatori boʻyicha III toifadagi obyektlar uchun — kamida 10 nafar mutaxassis, shu jumladan, direktor, loyihalash sohasida 4 yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan kamida 3 nafar loyiha bosh muhandisi, 1 nafar loyiha bosh arxitektori va 2 nafar arxitektor ayni shu tashkilotda asosiy ish joyi boʻyicha, qolgan 3 nafar mutaxassis asosiy ish joyi yoki oʻrindoshlik asosida ishlashi;

obyektlarning murakkablik toifalari klassifikatori boʻyicha IV toifadagi obyektlar uchun — kamida 12 nafar mutaxassis, shu jumladan, direktor, loyihalash sohasida 5 yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan kamida 3 nafar loyiha bosh muhandisi, 1 nafar loyiha bosh arxitektori va 3 nafar arxitektor ayni shu tashkilotda asosiy ish joyi boʻyicha, qolgan 4 nafar mutaxassis asosiy ish joyi yoki oʻrindoshlik asosida ishlashi;

kamida 1 nafar loyiha bosh muhandisining tegishli sertifikatga ega boʻlishi;

v) III toifadagi obyektlarning arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatiga litsenziyani olish uchun oʻntadan kam boʻlmagan obyektlar qurilishi yuzasidan loyihalashtirish boʻyicha jami bajarilgan ishlarning roʻyxati, ular yuzasidan mazkur sohada tegishli vakolatga ega boʻlgan ekspertiza organlari bergan xulosalar nusxalari, ushbu qurilishi tugallangan va foydalanishga qabul qilingan obyektlarning dalolatnoma nusxalari hamda mualliflik nazorati daftarlari mavjud boʻlishi*;

g) IV toifadagi obyektlarning arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatiga litsenziyani olish uchun qoʻshimcha ravishda oʻntadan kam boʻlmagan III toifadagi obyektlar qurilishi yuzasidan shaharsozlik hujjatlarini loyihalashtirish boʻyicha tegishli vakolatga ega boʻlgan ekspertiza organlari bergan xulosalar nusxalarini hamda ushbu qurilishi tugallangan va foydalanishga qabul qilingan obyektlarning dalolatnoma nusxalari hamda mualliflik nazorati daftarlari mavjud boʻlishi;*

d) mazkur pasportning 2-bandi “a”, “b”, “v”, “g” va “s” kichik bandlarida belgilangan litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari bilan faqatgina III va IV toifadagi obyektlarning arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatiga litsenziyasi mavjud boʻlgan yuridik shaxslar shugʻullanishlari mumkin;*

e) Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-avgustdagi 496-son qarori bilan tasdiqlangan Obyektlarda davlat qurilish nazoratini amalga oshirish boʻyicha maʼmuriy reglamentga 2-ilovada keltirilgan obyektlar boʻyicha litsenziyada ruxsat berilgan murakkablik toifalariga muvofiq faoliyatni amalga oshirish;*

yo) litsenziyada ruxsat berilgan kichik faoliyat turlari boʻyicha faoliyatni amalga oshirish;

j) ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari shaharsozlik faoliyatining subyektlari bilan mehnatga oid, moliyaviy jihatdan va (yoki) boshqacha tobelik munosabatlarida boʻlgan yoki er (xotin) va (yoki) boshqa yaqin qarindoshlar ishtiroki mavjud (manfaatlar toʻqnashuviga sabab) boʻlgan ekspertiza tashkilotidan oʻtkazmaslik;*

z) binolar va inshootlarning texnik holatini tekshirish kichik faoliyat turi uchun yuridik shaxs shtatida ushbu faoliyat yuzasidan uch yil ish stajiga ega va sohaviy oliy maʼlumotga ega boʻlgan kamida 2 nafar muhandis-konstruktor ayni shu tashkilotda asosiy ish joyi boʻyicha ishlashi;

litsenziya talabgorlarining egalik qilish huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq (ijara shartnomasi va boshqalar) asosda tegishli boʻlgan belgilangan tartibda akkreditatsiyalangan laboratoriyalar mavjud boʻlishi;

litsenziya talabgorlarining egalik qilish huquqi asosida tegishli boʻlgan quyidagi maxsus oʻlchov vositalari, asbob-uskunalari mavjud boʻlishi:

betonning mustahkamligini oʻlchaydigan qoʻporib va qoʻpormay bajariladigan uslublar bilan aniqlash uchun asbob-uskunalar (sklerometr, ultratovushli, impulsli uslubi bilan, keyinchalik press ostida sinab koʻrish uchun kern ajratib oladigan);

payvandlama birikmalarning sifatini aniqlash anjomi (defektoskop);

betonning himoya qatlamini va armaturaning diametrini aniqlovchi asbob;

gʻisht termasining mustahkamligini aniqlovchi asbob;

metall qidirgich;

parmalovchi yoki teshik ochuvchi asbob (perforator);

elektron masofa oʻlchagich (dalnomer);

taxeometr, shtangensirkul va ruletka;

i) qurilish obyekti uchun muhandislik-texnik qidiruvlarni (muhandislik-geodeziya qidiruvlaridan tashqari) bajarish kichik faoliyat turi uchun yuridik shaxs shtatida ushbu faoliyat yuzasidan uch yil ish stajiga ega va geologiya sohasida oliy maʼlumotga ega boʻlgan kamida 2 nafar muhandis-geolog ayni shu tashkilotda asosiy ish joyi boʻyicha ishlashi;

litsenziya talabgorlarining egalik qilish huquqi asosida tegishli boʻlgan burgʻilash texnikasi, asbob-uskuna;

egalik qilish huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq (ijara shartnomasi va boshqalar) asosda tegishli boʻlgan belgilangan tartibda akkreditatsiyalangan tuproq kimyoviy laboratoriyasi mavjud boʻlishi;

y) mukammal qurilishda tovarlar, ishlar va xizmatlar xarid qilish uchun tanlov (tender) hujjatlarini tayyorlash kichik faoliyat turi uchun yuridik shaxsning shtatida kamida 4 nafar mutaxassis, shu jumladan, qurilish yoki loyihalash sohasida 3 yil ish stajiga ega boʻlgan kamida 2 nafar mutaxassis ayni shu tashkilotda asosiy ish joyi boʻyicha, qolgan 2 nafar mutaxassis asosiy ish joyi boʻyicha yoki oʻrindoshlik asosida ishlashi;

k) mualliflik nazorati daftarini majburiy yuritishi, unda aniqlangan qurilish paytidagi loyiha-smeta hujjatlaridan chetga chiqish hamda meʼyoriy hujjatlarning qurilish-montaj ishlarini bajarishga doir talablarining buzilishi, ularni bartaraf etishni nazorat qilishi shart.

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

mavjud emas

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

cheklanmagan

12.

Izoh.

Litsenziat obyektlarning murakkablik toifasini oʻzgartirish haqida ariza berganda, uning arizasi litsenziyani oʻzgartirish qoidalari boʻyicha koʻrib chiqiladi.

Mazkur pasportning 2-pozitsiyasi uchinchi ustunidagi “a”, “b”, “v”, “g”, “d”, “u”, “x”, “ch” kichik bandlarida belgilangan litsenziyalanadigan faoliyatning kichik muqim turlariga ega boʻlgan litsenziatlar litsenziya obyektlarining murakkablik toifasini oʻzgartirishda, qoʻshimcha ravishda 10 tadan kam boʻlmagan obyektni loyihalashtirish boʻyicha jami bajarilgan ishlarning roʻyxatini, ular yuzasidan mazkur sohada tegishli vakolatga ega boʻlgan ekspertiza organlari bergan xulosalar nusxalarini hamda ushbu obyektlar boʻyicha mualliflik nazorati daftarlarini taqdim etish talab etilmaydi.

Ushbu pasportning 2-pozitsiya uchinchi ustunidagi “e”, “j”, “z”, “i”, “y”, “k” kichik bandlarida belgilangan litsenziyalanadigan faoliyatning kichik muqim turlariga ega boʻlgan litsenziyatlar mazkur bandning “o”, “p”, “r”, “t”, “f”, “s”, “x” kichik bandlarida belgilangan litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari bilan ham shugʻullanish vakolatiga egadirlar.

Tashkilot tarkibida loyihalar bosh arxitektor va loyiha bosh muhandislarining mavjud boʻlishi bajariladigan ishlarning xususiyati bilan belgilanadi.

Mukammal qurilishda tovarlar, ishlar va xizmatlar xarid qilish uchun tanlov (tender) hujjatlarini tayyorlash kichik faoliyat turlari uchun litsenziya toifalari talab etilmaydi.

Litsenziyaning talab va shartlariga rioya etilmasligi oqibatida litsenziyasi sud orqali bekor qilingan litsenziya talabgoriga sud hujjati qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab bir yil ichida mazkur Pasportda nazarda tutilgan litsenziyalanadigan faoliyat turlari boʻyicha litsenziya olish taqiqlanadi.

Ushbu Pasportning ikkinchi pozitsiyasi uchinchi ustunidagi “k” va “m” kichik bandlarda belgilangan faoliyat turlari boʻyicha litsenziyaga ega boʻlgan litsenziatlar mazkur turdagi litsenziyasi asosida koʻprik va tunnellarni loyihalashtirish faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega emas.

* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

(21-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli va 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga
22-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborotning kriptografik himoya vositalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish va realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Litsenziya nomi:

axborotning kriptografik himoya vositalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish va realizatsiya qilish faoliyati uchun litsenziya

2.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:

a) axborotning kriptografik himoya vositalarini ishlab chiqish;

b) axborotning kriptografik himoya vositalarini ishlab chiqarish;

v) axborotning kriptografik himoya vositalarini realizatsiya qilish.

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

yuridik shaxs

4.

Litsenziyalovchi organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati

5.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza;

arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvaragʻi, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), litsenziya toifalari boʻyicha tanlash, ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari
va shartlariga rioya qilishga roziligi;

v) mutaxassislarning maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi, egallab turgan lavozimi, litsenziyalanadigan faoliyat boʻyicha ish staji koʻrsatilgan holda litsenziyalanadigan faoliyat boʻyicha ishlarni bevosita amalga oshiradigan mutaxassislar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

Litsenziyalovchi organ litsenziat xodimlarining mehnat daftarchalari haqidagi maʼlumotni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan oʻzi mustaqil oladi.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari

8.

Arizani koʻrib chiqish muddatlari:

20 ish kuni

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

a) litsenziat tomonidan axborotning kriptografik himoyasi sohasidagi qonunchilik hujjatlariga majburiy rioya qilish;

b) litsenziyalanadigan faoliyatning arizada koʻrsatilgan turi boʻyicha axborotning kriptografik himoyasi sohasidagi faoliyatni tartibga soluvchi texnik va metodik hujjatlarning, shu jumladan, ichki nizomlar, yoʻriqnomalar, metodikalarning mavjud boʻlishi;

v) axborotning kriptografik himoya vositalarini ishlab chiqish va ishlab chiqarishda Oʻzbekiston Respublikasi davlat standartlari hisoblanadigan kriptografik algoritmlarni yoxud axborotni kriptografik himoyalash sohasidagi vakolatli organ tomonidan tavsiya qilinadigan standartlarni qoʻllash;

g) axborotning kriptografik himoya vositalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish va realizatsiya qilishni, ularning texnik va texnik-iqtisodiy tavsifnomalarini, litsenziyaga muvofiq amalga oshirilgan tadbirlar hamda koʻrsatilgan xizmatlar soni va sifatini aks ettiruvchi oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni belgilangan shaklda litsenziyalovchi organga taqdim etish;

d) davlat siriga tegishli deb topilgan maʼlumotlarni, himoya qilinishi zarurligi qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa axborotni, amaliy faoliyati davomida ishonilgan tijorat sirlarini oshkor qilmaslik;*

e) litsenziya talabgorining doimiy shtatida axborotni himoya qilish sohasi boʻyicha bir nafar mutaxassisning mavjud boʻlishi, shuningdek, talab qilinadigan mutaxassislar boʻlmagan taqdirda, ayrim ish turlarini bajarish uchun mutaxassislarni (litsenziyalovchi organ bilan kelishgan holda) jalb etish boʻyicha tegishli shartnomaning mavjud boʻlishi;*

j) mutaxassislar uchun huquqlarni, funksional vazifalarni va himoya qilinishi zarurligi qonunchilik hujjatlarida belgilangan axborotlar bilan ishlash uchun zarur rejim boʻyicha talablarni belgilovchi ichki qoidalarning mavjudligi;

z) ishlab chiqilayotgan va ishlab chiqarilayotgan axborotning kriptografik himoya vositalarida turli darajalardagi protokollarning amalga oshirilishini nazarda tutuvchi, axborotning kriptografik himoya vositalari maʼlumotlarini, shuningdek, ular negizida qurilgan axborot-kommunikatsiya tizimlarini umumiy foydalaniladigan tarmoqqa va tizimga kiritish imkonini beruvchi texnik va texnologik yechimlarini qoʻllanish;

i) litsenziyalanayotgan faoliyatning arizada koʻrsatilgan turi boʻyicha ishlab chiqarish quvvatlari (realizatsiya qilish, ishlab chiqarish faoliyatidan tashqari) va barcha zarur ishlarni amalga oshirish uchun axborotni texnik himoya qilish sohasidagi normativ hujjatlar va standartlar talablariga muvofiq boʻlgan axborotlashtirish binolari va (yoki) obyektlarining mavjud boʻlishi;

k) normativ hujjatlar talablariga muvofiq ish yuritishni (davlat sirlariga tegishli maʼlumotlar bilan ishlaganda — maxfiy ish yuritish, konfidensial maʼlumotlar bilan ishlaganda — umumiy ish yuritish) va obyektning ichki rejimini amalga oshirish;

l) axborotning kriptografik himoya vositalarini ishlab chiqish va ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan texnik oʻlchash va nazorat qilish vositalarining, instrumentlar va priborlarning mavjud boʻlishi.

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

mavjud emas

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

cheklanmagan

12.

Izoh.

* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

(22-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 23-dekabrdagi 874-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/874/1058-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga
23-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Diniy taʼlim muassasalarining faoliyatini litsenziyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Litsenziya nomi:

diniy taʼlim muassasalarining faoliyati uchun litsenziya

2.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turi:

diniy taʼlim muassasalarining faoliyati

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

yuridik shaxs

4.

Litsenziyalovchi organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi

5.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza;

arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bank hisobvaragʻi, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;

b) diniy tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha markaziy boshqaruv organining iltimosnomasi;

v) Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan shakl boʻyicha diniy taʼlim muassasasining pasporti;

g) litsenziyalanadigan faoliyat amalga oshiriladigan binolar (xonalar)ga mulk huquqini yoki boshqa ashyoviy huquqni, shuningdek, koʻrsatib oʻtilgan binolar (xonalar)ning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar;

e) oʻquv konsepsiyasi, oʻquv rejalari va dasturlari;

j) oʻquv jarayonini taʼminlash uchun zarur boʻlgan moddiy mablagʻlar (yoki ularning aniq manbai)ning mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar;

z) bitiruvchilari diniy fanlarni oʻqitishga qoʻyilishi mumkin boʻlgan diniy taʼlim muassasalari, shu jumladan, xorijiy diniy taʼlim muassasalari roʻyxati;

i) litsenziyalovchi organ diniy fanlarni oʻqituvchi shaxslarning diniy maʼlumoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni mustaqil tarzda oʻzi oladi.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari

8.

Arizani koʻrib chiqish muddatlari:

20 ish kuni

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

a) litsenziya talabgorida litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish uchun belgilangan talablarga javob beruvchi mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquq bilan unga tegishli boʻlgan binolar (xonalar) mavjud boʻlishi;

b) diniy fanlarning Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi bilan kelishilgan oʻquv konsepsiyasi, oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq oʻqitilishi;

v) voyaga yetmagan shaxslarni ularning xohish-irodasiga, ota-onasining yoki qonuniy vakillarining xohish-irodasiga zid tarzda oʻqitishga, taʼlim jarayonida urush, zoʻravonlik, prozelitizm va har qanday missionerlik faoliyati targʻib qilinishiga, mamlakat xavfsizligi va ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, jamiyatning huquqiy va maʼnaviy asoslari, fuqarolar tinchligi, millatlararo va dinlararo totuvlik buzilishiga, Oʻzbekiston toʻgʻrisida notoʻgʻri axborotlar tarqatilishiga hamda uning tarixiy, madaniy va maʼnaviy boyliklari buzib koʻrsatilishiga yoʻl qoʻymaslik;*

g) diniy taʼlim muassasalarida diniy fanlarning diniy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar tomonidan oʻqitilishi;

d) diniy fanlarni oʻqitayotgan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi bilan kelishilgan muddatlarda davriy attestatsiyadan oʻtkazish;

e) Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan davlat taʼlim standartlari va talablariga muvofiq dunyoviy fanlarni oʻqitish;

j) oʻquv jarayonini taʼminlash uchun zarur moddiy mablagʻlar (yoki ularning aniq manbalari) mavjud boʻlishi;

z) Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi talabiga koʻra litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq zarur axborotlar berish;

i) oʻquv jarayonida chet elda nashr etilgan, belgilangan tartibda dinshunoslik ekspertizasidan oʻtgan diniy adabiyotlardan foydalanish.*

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

Davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan mavjud binolar va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa;

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati organlari tomonidan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

cheklanmagan

12.

Izoh.

* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

(23-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-254-son Farmoniga asosan 24-ilovaning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 1-iyul — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2025-y., 06/25/254/1195-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga
25-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Neft, gazni (shu jumladan, siqilgan tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazini) va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash (tabiiy gazning ulgurji va chakana savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish bundan mustasno)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI
(25-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Litsenziya nomi:

neft, gazni (shu jumladan, siqilgan tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazini) va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish faoliyati uchun litsenziya (tabiiy gazning ulgurji va chakana savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish bundan mustasno)

2.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:

a) neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib olish;

b) neft, gaz hamda gaz kondensatini qayta ishlash;

v) neft, gaz va gaz kondensatini realizatsiya qilish.

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

yuridik shaxs

4.

Litsenziyalovchi organ:

Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi

5.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza;

arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bank hisobvaragʻi, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), litsenziya toifalari boʻyicha tanlash, ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;

b) litsenziya talabgori xodimlarining litsenziya talablari va shartlariga muvofiq keluvchi malakaga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari, shu jumladan, shtatdagi xodimlarning egallab turgan lavozimlari, maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi, mutaxassisligi boʻyicha ish staji koʻrsatilgan roʻyxati;

v) faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan qurilish mashinalari, mexanizmlar va transport, asboblar, elektr qurilmalari, nazorat va oʻlchov vositalari, tashkiliy texnika, kompyuterlarga egalik huquqini yoki boshqa ashyoviy huquqning mavjudligini tasdiqlovchi hujjat;

z) AGTKSH orqali sotiladigan siqilgan gaz sarfi hisobini bevosita gaz tarqatish ustunlaridagi (dispenserlar) maʼlumotlarni real vaqt rejimida toʻplash va yuritish imkonini beruvchi Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator “UZINFOCOM” MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan tizim oʻrnatilganligini tasdiqlovchi hujjat;

i) AGTKSHlar orqali siqilgan gazni sotish uchun yangi litsenziya olish boʻyicha Energetika vazirligining taqdimnomasi. Bunda Vazirlar Mahkamasining topshiriq xati AGTKSHlar orqali siqilgan gazni sotish uchun yangi talabgorlarga litsenziya berishda Energetika vazirligining taqdimnomasiga asos boʻladi;

Litsenziyalovchi organ litsenziat xodimlarining mehnat daftarchalari haqidagi maʼlumotni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan oʻzi mustaqil oladi.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari

8.

Arizani koʻrib chiqish muddatlari:

15 ish kuni

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

a) litsenziat tomonidan neft, gaz (shu jumladan, siqilgan tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazini) hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, amaldagi shaharsozlik, ekologiya, sanitariya, metrologiya, yongʻin xavfsizligi va texnik normalar, normativlar va qoidalarga rioya etish, shuningdek, avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyish stansiyalarida sanitariya va shaharsozlik norma hamda qoidalari talablariga javob beradigan sanitariya-gigiyena shoxobchalarining mavjudligi;

b) yuridik shaxs shtatida litsenziyada koʻrsatilgan faoliyat turi boʻyicha tegishli maʼlumotga va kamida uch yil ish stajiga ega boʻlgan rahbarlar va muhandis-texnik xodimlarning, shuningdek, maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan xizmat koʻrsatuvchi texnik xodimlarning mavjud boʻlishi;

v) qazib olinadigan va sotiladigan mahsulot turlariga sifat sertifikatining mavjudligi va amalda ularning sifat sertifikatiga muvofiqligi;

g) faoliyatning litsenziyalanayotgan aniq turini amalga oshirish, shu jumladan, tegishli moddiy-texnika bazadan, neft omboridan va yonilgʻi quyish qurilmalaridan, boshqa texnika vositalaridan shu jumladan, zamonaviy oʻlchov asboblarini Tabiiy gazni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulash orqali foydalanish uchun sharoitlarning yaratilganligi;*

d) litsenziat tomonidan davlat siri hisoblanadigan maʼlumotlardan foydalanish bilan bogʻliq ishlar bajarilgan hollarda rejim organining mavjudligi;

e) litsenziya talabgoriga mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda tegishli boʻlgan, litsenziyalanadigan faoliyat turini amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq toʻliq hajmda bajarish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnika bazaning (binolar, xonalar, qurilish mashinalari, mexanizm va transport, asboblar, energetika qurilmalari, nazorat va oʻlchov vositalari, tashkiliy texnika, kompyuterlar) mavjud boʻlishi;

j) qazib chiqarilgan, qayta ishlangan va sotilgan neft, gaz hamda gaz kondensati hajmining alohida birlamchi hisobini yuritish;

z) siqilgan tabiiy yoki suyultirilgan uglevodorod gazda ishlashga moslashtirilganligi toʻgʻrisida tegishli ruxsat etuvchi hujjatlari mavjud boʻlmagan va (yoki) navbatdagi texnik koʻrikdan oʻtmagan yoxud oʻzboshimchalik bilan siqilgan va suyultirilgan gaz ballonlari birga oʻrnatilgan avtotransport vositalariga, foydalanish muddati oʻtib ketgan yoki navbatdagi sinovdan oʻtkazilmagan gaz ballonlariga gaz toʻldirmaslik;*

i) avtomobil gaz ballonlarini siqilgan tabiiy gaz bilan toʻldirishda maksimal bomimni 20 MPA dan oshirmaslik;*

y) isteʼmolchilarga neft, gaz hamda gaz kondensatini (shu jumladan, suyultirilgan uglevodorod va siqilgan tabiiy) toʻgʻri sotishni, mahsulotga sifat sertifikatning mavjud boʻlishi hamda uning sifat sertifikatiga amalda muvofiq boʻlishini taʼminlash;

k) neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish (shu jumladan, oxirgi isteʼmolchigacha sotish) boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik — shaxs-litsenziatlar tomonidan umumiy foydalanishdagi gaz tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish yoki ulardan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish, tabiiy gazni hisobga olish asboblariga, shu jumladan, ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish, shuningdek, hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga litsenziat tomonidan ruxsatsiz aralashish;*

l) AGTKSH orqali sotiladigan siqilgan gaz sarfi hisobini, bevosita gaz tarqatish ustunlaridagi (dispenserlar) maʼlumotlarni real vaqt rejimida toʻplash va yuritish imkonini beruvchi Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator “UZINFOCOM” MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan tizim faol holatda boʻlishi*.

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

Favqulodda vaziyatlar vazirligi — yongʻin xavfsizligi boʻyicha qoʻyiladigan minimal talablar litsenziya talabgori tomonidan bajarilganligi toʻgʻrisidagi xulosa;

Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi (neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish qismida) va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi (neft, gaz va gaz kondensatini birlamchi va qayta ishlash hamda siqilgan tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazini realizatsiya qilish qismida) — sanoat xavfsizligi boʻyicha qoʻyiladigan minimal talablar litsenziya talabgori tomonidan bajarilganligi toʻgʻrisidagi xulosa;

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi — tabiatni muhofaza qilish va ekologiya boʻyicha qoʻyiladigan minimal talablar litsenziya talabgori tomonidan bajarilganligi toʻgʻrisidagi xulosa;

“Oʻzenergoinspeksiya”ning hududiy boshqarmalari — oʻrnatilgan texnologik jarayonlar va asbob-uskunalarning holati texnik jihatdan tartibga solish boʻyicha normativ hujjat talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa.

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

5 yil

12.

Izoh.

* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

(25-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga
26-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish hamda ularni taʼmirlash faoliyatini litsenziyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Litsenziya nomi:

magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish hamda ularni taʼmirlash faoliyati uchun litsenziya

2.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:

a) magistral gaz quvurlarini loyihalashtirish;

b) neft quvurlarini loyihalashtirish;

v) neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish;

g) magistral gaz quvurlarini qurish;

d) neft quvurlarini qurish;

e) neft mahsulotlari quvurlarini qurish;

j) magistral gaz quvurlaridan foydalanish;

z) neft quvurlaridan foydalanish;

i) neft mahsulotlari quvurlaridan foydalanish;

y) magistral gaz quvurlarini taʼmirlash;

k) neft quvurlarini taʼmirlash;

l) neft mahsulotlari quvurlarini taʼmirlash.

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

yuridik shaxs

4.

Litsenziyalovchi organ:

Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi

5.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza;

arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bank hisobvaragʻi, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), litsenziya toifalari boʻyicha tanlash, ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;

b) texnik jihatdan jihozlanganligi va litsenziyalanadigan ishlarni bajarish boʻyicha normativ-texnik hujjatlarning mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotlar;

v) faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan qurilish mashinalari, mexanizmlar va transport, nazorat va oʻlchov vositalariga egalik huquqini yoki boshqa ashyoviy huquqning mavjudligini tasdiqlovchi hujjat;

litsenziyalovchi organ litsenziat xodimlarining mehnat daftarchalari haqidagi maʼlumotni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan oʻzi mustaqil oladi.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari

8.

Arizani koʻrib chiqish muddatlari:

15 ish kuni

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

a) litsenziat tomonidan magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ularni ishlatish va ularni taʼmirlash sohasida Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, amaldagi ekologiya, sanitariya, metrologiya, yongʻin xavfsizligi va texnik normalar, normativlar va qoidalarga rioya etish;

b) yuridik shaxs shtatida litsenziyada koʻrsatilgan faoliyat turi boʻyicha oliy maʼlumotga va kamida uch yil ish stajiga ega boʻlgan beshtadan kam boʻlmagan (loyihalashtirishda — konstruktor, loyiha bosh muhandisi, texnologlar, qurish, taʼmirlash, foydalanishda — bosh mexanik, bosh muhandis, geodezchi, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi muhandisi, bosh energetik) boʻlim rahbarlari va muhandis-texnik xodimlarning, shuningdek, xizmat koʻrsatuvchi texnik xodimlarda maxsus tayyorgarlikning mavjud boʻlishi;*

v) faoliyatning litsenziyalanayotgan aniq turini amalga oshirish, shu jumladan, tegishli moddiy-texnika bazadan (binolar, inshootlar, muhandislik kommunikatsiyalari, texnologiya asbob-uskunalari, transport, nazorat va oʻlchov vositalari, tashkiliy texnika, kompyuterlar, normativ-texnik hujjatlardan) va boshqa texnika vositalaridan foydalanish uchun sharoitlarning yaratilganligi;

g) litsenziat tomonidan davlat siri hisoblanadigan maʼlumotlardan foydalanish bilan bogʻliq ishlar bajarilgan taqdirda rejim organining mavjudligi;

d) litsenziya egasida egalik qilish huquqini beruvchi yoki boshqa huquq asosida litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish uchun foydalaniladigan binolar, inshootlar, muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik jihozlar mavjudligi;

e) oʻlchov asboblari bilan taʼminlanganligi va oʻlchov vositalarining belgilab qoʻyilgan texnik talablarga muvofiqligi hamda tekshiruvdan oʻtkazilganligi;

z) payvandlash va izolyatsiyalash ishlarining sifatini nazorat qilish laboratoriyasining yoki boshqa laboratoriya bilan tuzilgan shartnomaning mavjudligi.

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi — moddiy-texnik bazaning yongʻin xavfsizligi normalari va qoidalari talablariga muvofiqligi va xodimlarning ular boʻyicha tayyorgarlik darajasi toʻgʻrisidagi xulosa;

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi — yuridik shaxsning moddiy-texnik bazasining, ishlarni amalga oshirish texnologiyasining loyihalashtirish va qurilish boʻyicha qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi hamda kamida uch yillik ish stajiga ega boʻlgan beshtadan kam boʻlmagan, soha boʻyicha oliy maʼlumotli mutaxassislarning (loyihalashtirishda — konstruktor, loyiha bosh muhandisi, texnologlar, qurish, taʼmirlash, foydalanishda — bosh mexanik, bosh muhandis, geodezchi, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi muhandisi, bosh energetik) ayni shu tashkilotda asosiy ish joyi boʻyicha mavjud boʻlishi toʻgʻrisidagi xulosa;

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi — litsenziya talabgori moddiy-texnika bazasining mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligiga oid qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi, shuningdek, xodimlarning bilimlari tekshirilganligi toʻgʻrisidagi xulosa (magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish faoliyati bundan mustasno);

“Oʻzenergoinspeksiya” hududiy boshqarmalari — texnologiya jarayonlarining va texnologiya asbob-uskunalari holatining amaldagi normalar va qoidalarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa (magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish faoliyati bundan mustasno);

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hududiy boshqarmalari — magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatining tegishli turini amalga oshirishda tabiatni muhofaza qilish va ekologiya boʻyicha qoʻyiladigan minimal talablar litsenziya talabgori tomonidan bajarilganligi toʻgʻrisidagi xulosa (magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish faoliyati bundan mustasno).

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

cheklanmagan

12.

Izoh.

* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

(26-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 18-iyundagi 315-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2026-y., 09/26/315/0614-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga
27-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiy faoliyatni litsenziyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Litsenziya nomi:

tibbiy faoliyat uchun litsenziya

2.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:

tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan tibbiy ixtisosliklar turlari boʻyicha

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

yuridik shaxslar

4.

Litsenziyalovchi organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi

5.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza;

arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bank hisobvaragʻi, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan muddat, tanlangan tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan tibbiy ixtisosliklar turlari va (yoki) tibbiy xizmatlar turlari (tibbiy muolajalar va (yoki) tibbiy usullar), tibbiy yordam koʻrsatish shakllari (ambulator, statsionar), ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;

b) tasdiqlangan eng kam talablarga muvofiq tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan uskunalar va boshqa texnika vositalari, shu jumladan, tibbiy texnikaning mavjudligi haqidagi maʼlumot.

Maʼlumotda tibbiy texnika, uskunalar va boshqa texnika vositalarining nomi, soni, har birining seriyasi va raqami, ishlab chiqaruvchisi va ishlab chiqarish sanasi, ushbu vositalarning ishlatilishi uchun davlat organlaridan maxsus ruxsat olish koʻzda tutilgan boʻlsa, tegishli tasdiqlovchi hujjat raqami, sanasi va hujjat bergan tashkilot nomi koʻrsatilishi kerak.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigim miqdori:

Arizani koʻrib chiqish uchun:
har bir talabgor uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida;
ikki yoki undan ortiq tibbiy ixtisosliklar boʻyicha litsenziya olishga ariza bergan talabgorlar uchun qoʻshimcha ravishda ikkinchi yoki undan keyingi tibbiy ixtisosliklarning har biriga nisbatan:
ambulatoriya va diagnostika yoʻnalishlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari;
statsionar yoʻnalishlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida toʻlovlar amalga oshiriladi.
Yigʻim toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) 6-pozitsiyaning uchinchi ustuni ikkinchi xatboshidagi toʻlovlar:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi — yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazining hisobvaragʻiga;
b) 6-pozitsiyaning uchinchi ustuni uchinchi — beshinchi xatboshilaridagi toʻlovlar toʻliq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazining hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladi.

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari.

Davlat boji quyidagi tartibda taqsimlanadi:

10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga;

11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;

20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Rivojlantirish va sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasining hisobvaragʻiga;

13,75 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi hisobvaragʻiga;

qolgan qismi Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga oʻtkaziladi.

8.

Arizani koʻrib chiqish va qaror qabul qilish muddatlari:

30 kun

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

Litsenziya talablari va shartlari:

a) xodimlarning quyidagi talablarga muvofiq boʻlishi:

statsionar turdagi nodavlat tibbiyot tashkilotida operatsiya boʻlimi tashkil etilgan taqdirda, ixtisosligi boʻyicha kamida birinchi malaka toifaga ega boʻlgan operatsiya qiluvchi xirurg hamda anesteziolog-reanimatolog, xirurgiya ixtisosligi boʻyicha malaka toifaga ega boʻlgan assistent vrach, kamida birinchi malakaviy toifaga ega boʻlgan anesteziologiya-reanimatologiya hamda operatsiya xonasi hamshirasi;*

bosh vrachda — oliy tibbiy maʼlumot va malakaviy toifa, boshqa vrach-mutaxassislarda (oliy tibbiy taʼlim maʼlumotiga ega boʻlmagan, xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi shaxslardan tashqari) tegishli tibbiy mutaxassislik boʻyicha oliy maʼlumot va malakaviy toifa;

xorijiy mutaxassis jalb etilgan taqdirda, operatsiya qiluvchi vrachda kamida yetti yillik ish staji yoki yetakchi tibbiy muassasalar yoki klinikalarning operatsiya qiluvchi vrachining zarur kasbiy koʻnikmalarga ega ekanligini tasdiqlovchi tavsiyanomasi;

tugʻruqni qabul qilish tashkil etilganda akusher-ginekolog, anesteziolog-reanimatolog, neonatolog va klinik laborant vrachlarda — kamida birinchi malakaviy toifa;

mutaxassis-vrachlarda belgilangan tartibda olingan malaka oshirish boʻyicha amaldagi sertifikat;

xorijiy taʼlim muassasasini tamomlagan mutaxassisni ishga jalb qilishda xorijiy mamlakatlarda olingan maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatlarning nostrifikatsiyasi (ekvivalentligini belgilash) haqidagi guvohnomaning davlat namunasi (agar nostrifikatsiya qilish talab etilsa);

xorijiy taʼlim muassasasini tamomlagan mutaxassisni ishga jalb qilishda mutaxassisligi boʻyicha malakasini tasdiqlovchi hujjat;

tibbiyot xodimida — sterilizatsiya uskunasida ishlash boʻyicha oʻquvdan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjat (agar sterilizatsiya boʻlimi mavjud boʻlsa);

b) quyidagi talablarga javob beruvchi moddiy-texnik bazaning mavjud boʻlishi: mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq bilan tegishli boʻlgan, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mos boʻlgan litsenziyalangan faoliyat turini amalga oshirishga moʻljallangan bino yoki xonalar (tibbiy faoliyat yoʻnalishida mobil ilovalardan foydalangan holda masofadan turib tibbiy konsultatsiya va koʻrikni tashkil etishda mazkur talab tatbiq etilmaydi), shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq nogironligi boʻlgan shaxslar uchun toʻsiqlarsiz muhit yaratilganligi;

mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq bilan tegishli boʻlgan, tegishli metrologik meʼyorlar va texnika xavfsizligi meʼyorlariga mos boʻlgan uskunalar va boshqa texnika vositalari, shu jumladan, tibbiy texnika (tibbiy faoliyat yoʻnalishida mobil ilovalardan foydalangan holda masofadan turib tibbiy konsultatsiya va koʻrikni tashkil etishda mazkur talab tatbiq etilmaydi);

terapevtik yoʻnalish va diagnostika ixtisosliklari boʻyicha tibbiy faoliyatni amalga oshirishda sterilizatsiya ishlarini bajarishga shartnoma yoki sterilizatsiya boʻlimi;*

tugʻruqni qabul qilish tashkil etilganda muassasada tugʻruq (jarrohlik bloki bilan), jonlantirish, chaqaloqlarni jonlantirish, muddatiga yetmay tugʻilgan chaqaloqlarni parvarish qilish, homiladorlar patologiyasi, endovizual ginekologiya boʻlimlari, poliklinika (ginekologiya, neonatologiya, pediatriya, ultratovush diagnostikasi), bakteriologiya va klinik-biokimyo laboratoriyalar tashkil etish;

xirurgiya yoʻnalishidagi ixtisosliklar, shu jumladan, stomatologiya boʻyicha tibbiy faoliyatni yuritishda sterilizatsiya boʻlimi;*

v) tibbiy faoliyatni amalga oshirishda quyidagilarga rioya qilish:

litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan namunalar va shakllar boʻyicha birlamchi tibbiy hujjatlarni yuritish;

belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga statistika maʼlumotlarini taqdim etish;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, ekologik normativlarga, metrologiya normalari va qoidalariga, yongʻin xavfsizligi talablariga rioya etish;

litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan va (yoki) xalqaro tibbiy amaliyotda sinovdan oʻtgan profilaktika usullari, diagnostika va davolash standartlariga rioya qilish;

litsenziyalovchi organ tomonidan ruxsat berilgan dorivor, dezinfeksiya va zararsizlantiruvchi vositalar, laboratoriya reagentlaridan foydalanish;

operatsiya va jonlantirish (reanimatsiya) xonalariga ovoz va video yozib olish imkoniyati mavjud kameralar oʻrnatilgan boʻlishi, mazkur yozuvlar kamida bir yil davomida litsenziatda saqlanishi hamda videoyozuvdagi axborotning oshkor etilishiga yoʻl qoʻyilmaydigan (qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno) shifokor sirining himoya qilinishi imkoniyatini yaratish;

tibbiy faoliyatni qatʼiyan litsenziyada koʻrsatilgan doirada amalga oshirish;*

tugʻruqni qabul qilish tashkil etilganda, FHDY organlari bilan tugʻilish va oʻlim toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlar almashinuvi dasturini majburiy ravishda doimiy yuritish.*

rentgen xizmati yoʻlga qoʻyilganda rentgen uskunasidan (rentgenografiya apparati, multispiral kompyuter tomografi, kompyuter tomografi, yaqin fokusli rentgenografiya apparati, flyurografiya apparati, mammografiya apparati, angiografiya apparati, rentgen nurlanishli densitometriya apparati, litotripsiya apparati, rentgen simulyatsiya oʻrnatmasi, rentgen nurlanishli radioterapiya apparati va boshqa rentgen nurlanishli apparatlardan) foydalanish uchun ruxsatnomaga ega boʻlish;*

“Raqamli sogʻliqni saqlash” platformasiga ushbu platforma amaliyotga joriy etilgunga qadar Sogʻliqni saqlash vazirligining “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimiga integratsiya asosida ulanishni hamda “Elektron poliklinika”, “Elektron shifoxona”, “Elektron tibbiy karta”, “Elektron retsept” modullari bilan belgilangan maʼlumotlarni real vaqt rejimida almashilishini taʼminlash*;

tibbiyot chiqindilarini sanitariya-gigiyena va ekologiya talablariga mos boʻlgan markazlashtirilgan utilizatsiya qilish boʻlimi tashkil etilgan yoki tibbiyot chiqindilarini utilizatsiya qiluvchi tashkilot bilan shartnoma tuzilgan boʻlishi;

markazlashtirilgan utilizatsiya qilish boʻlimi tashkil etilmagan taqdirda, tibbiyot chiqindilarini ularning morfologik tarkibiga koʻra turlarga ajratgan holda utilizatsiya qilish korxonalariga topshirish.

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalari;

Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boshqarmalari;

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining hududiy boshqarmalari.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi — kompozit tarzda rentgen uskunasidan foydalanish uchun ruxsatnoma olishda (10 ish kuni ichida).

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyalari tomonidan obyektda shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq nogironligi boʻlgan shaxslar uchun toʻsiqlarsiz muhit yaratilganligi toʻgʻrisidagi xulosa (5 ish kuni ichida).

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

5 yil

12.

Izoh.

Litsenziyada faoliyatning litsenziyalanayotgan tibbiy ixtisosliklar turlari va (yoki) tibbiy xizmatlar turlari (tibbiy muolajalar va (yoki) tibbiy usullar), tibbiy yordam koʻrsatish shakllari (ambulator, statsionar) aniq koʻrsatiladi.

Arizani koʻrib chiqish muddati davomida faoliyatning litsenziyalanayotgan tibbiy ixtisosliklar turlari va (yoki) tibbiy xizmatlar turlari (tibbiy muolajalar va (yoki) tibbiy usullar), tibbiy yordam koʻrsatish shakllari hajmidan kelib chiqib, tegishli soha mutaxassislaridan iborat ekspert guruhi tashkil etiladi.

Ekspert guruhi litsenziya talabgoriga tegishli litsenziyani berish yoki litsenziya berishni rad etish yuzasidan ekspert xulosasini ishchi organga taqdim etadi.

Talabgor rentgen uskunasidan foydalanish uchun ruxsatnomani tibbiy faoliyatni litsenziyalash jarayonida kompozit shaklda olishi mumkin.
Bunda rentgen uskunasidan foydalanish uchun ruxsatnoma Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga 40-ilovada belgilangan talab va shartlar asosida beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining taklifnomasi yoki roziligi asosida tibbiyot tashkilotlariga xorijiy vrach mutaxassis jalb etilgan taqdirda, oʻz ixtisoslik yoʻnalishi boʻyicha kamida besh yillik, operatsiya qiluvchi vrachlar uchun esa kamida yetti yillik ish staji va xorijiy tibbiyot tashkilotining tavsiyanomasi mavjud boʻlganda, xorijiy mamlakatlarda olingan maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatlarini nostrifikatsiyadan oʻtkazmasdan Oʻzbekiston Respublikasidagi tibbiyot tashkilotlarida faoliyat yuritishiga ruxsat beriladi.

* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

(27-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-maydagi PF-74-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 06/26/74/0453-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Mazkur ilovaning 9-pozitsiyasi uchinchi ustunining “v” kichik bandida belgilangan tartib Toshkent shahri hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 19-maydagi PF-88-son Farmoniga koʻra tajriba-sinov loyihasi amalga oshiriladigan 15 ta tuman (shahar)larda 2025-yil 10-dekabrdan boshlab, respublikaning barcha hududlarida esa 2027-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga
28-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Litsenziya nomi:

farmatsevtika faoliyati uchun litsenziya

2.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:

a) dori vositalarini ishlab chiqarish;

b) dori vositalarini tayyorlash;

v) dori vositalarini ulgurji realizatsiya qilish.

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

yuridik shaxslar

4.

Litsenziyalovchi organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi

5.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza;

arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bank hisobvaragʻi, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), faoliyatning litsenziyalanadigan turi yoki mazkur faoliyatning kichik turi, murojaat maqsadi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish, litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish, litsenziyaga oʻzgartirish kiritish), faoliyatni amalga oshirish muddati, litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi, litsenziya olish tartibi — umumiy yoki tezlashtirilgan tartib;

b) litsenziyalanadigan faoliyat yoʻnalishidan kelib chiqib talabgorning shtatida mazkur Pasport 9-bandining “e” — “z” kichik bandlarida koʻrsatilgan xodimlarning mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

v) talabgorda mazkur Pasport 9-bandining “i” kichik bandiga muvofiq bino va xonalarning mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

g) litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish uchun talabgorda mazkur Pasport 9-bandining “y” kichik bandiga muvofiq tegishli moddiy-texnika baza, shu jumladan, asbob-uskunalar, texnik vositalarning mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

umumiy tartibda — bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida;

tezlashtirilgan tartibda — bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida.

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida davlat boji quyidagi tartibda taqsimlanadi:

10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;

11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;

33,75 foizi — litsenziyalovchi organning hisobvaragʻiga;

qolgan qismi Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga oʻtkaziladi.

8.

Arizani koʻrib chiqish va qaror qabul qilish muddatlari:

umumiy tartibda — 15 ish kuni;

tezlashtirilgan tartibda — 5 ish kuni.

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

a) dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxini davlat tomonidan tartibga solishning belgilangan tartibiga rioya qilish;

b) dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga, jumladan, Zarur ishlab chiqarish amaliyoti, Zarur distribyutorlik amaliyoti, Zarur saqlash amaliyoti davlat standartlariga, dori vositalarini ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash va ulgurji realizatsiya qilish doirasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlish va majburiy rioya qilish;

v) farmatsevtika mahsulotlari harakatini nazorat qilish va hisobga olishning axborot tizimiga ulanish va maʼlumotlarni ular muomalaga kiritilgan vaqtdan boshlab kiritish hamda litsenziyalovchi organga har oyning beshinchi kunidan kechiktirmay oʻtgan oy uchun ishlab chiqarilgan dori vositalari nomi, shakli, xalqaro patentlanmagan nomi, TIFTN kodi, joriy yil uchun ishlab chiqarish istiqbolli koʻrsatgichlari va oylik ishlab chiqarilgan miqdori va narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish;

g) ekologiya va sanitariya qoidalari, normalari va gigiyenik normativlarga majburiy rioya qilish;

d) faoliyatni litsenziyada koʻrsatilgan doirada va faoliyatni amalga oshirish manzilida (manzillarda) amalga oshirish;*

e) dori vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish bilan shugʻullangan taqdirda, shtatida farmatsevtik maʼlumotga ega boʻlgan, shuningdek, lavozim majburiyatlariga muvofiq malakasini oshirganligi toʻgʻrisida sertifikatga va ish tajribasiga ega boʻlgan dori vositalarini ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilot omborxonasi mudirining mavjudligi va xodimlar bilan yangi mehnat shartnomalarini tuzish, shartnomalarga oʻzgartishlar kiritish va ularni bekor qilish hollarini, shuningdek, amaldagi mehnat shartnomalari toʻgʻrisidagi axborotni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida majburiy roʻyxatdan oʻtkazish;

j) dori vositalarini ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullangan taqdirda shtatida tegishli ixtisoslikka ega boʻlgan, lavozim majburiyatlariga muvofiq malakasini oshirganligi toʻgʻrisida sertifikatga va ish tajribasiga ega boʻlgan, dori vositalarini ishlab chiqarish va sifat nazoratiga masʼul boʻlgan kamida ikki nafar mutaxassisning mavjudligi va xodimlar bilan yangi mehnat shartnomalarini tuzish, shartnomalarga oʻzgartishlar kiritish va ularni bekor qilish hollarini, shuningdek, amaldagi mehnat shartnomalari toʻgʻrisidagi axborotni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida majburiy roʻyxatdan oʻtkazish;

z) dori vositalarini tayyorlash faoliyati bilan shugʻullangan taqdirda, yuridik shaxs shtatida oliy farmatsevtik maʼlumotga ega boʻlgan, shuningdek, lavozim majburiyatlariga muvofiq malakasini oshirganligi toʻgʻrisida sertifikatga va ish tajribasiga ega boʻlgan mutaxassisning mavjudligi va xodimlar bilan yangi mehnat shartnomalarini tuzish, shartnomalarga oʻzgartishlar kiritish va ularni bekor qilish hollarini, shuningdek, amaldagi mehnat shartnomalari toʻgʻrisidagi axborotni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida majburiy roʻyxatdan oʻtkazish;

i) litsenziyalanayotgan faoliyat turini amalga oshirish uchun moʻljallangan, oʻziga mulk huquqi bilan yoki soliq organlarida hisobga qoʻyilgan boshqa ashyoviy huquq (ijara yoki tekin foydalanish) asosida tegishli boʻlgan va tegishli sanitariya qoidalari, normalari va gigiyenik normativlarga, shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq xonalarning mavjudligi;*

y) litsenziyalanadigan aniq faoliyat turini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan, tegishli moddiy-texnika bazadan, asbob-uskunalardan, boshqa texnik vositalardan, shuningdek, ulardan foydalanishga qoʻyilgan talablarga muvofiq foydalanish;

k) dori vositalarini tayyorlash uchun vakolatli nazorat-tahlil laboratoriyasi bilan majburiy shartnoma tuzish;*

l) quyidagi qonun buzilishi holatlariga yoʻl qoʻymaslik:

dori vositalarini muvofiqlik sertifikatisiz saqlash va (yoki) realizatsiya qilish;*

roʻyxatdan oʻtkazilmagan, markirovkalanmagan, sifatsiz, qalbakilashtirilgan dori vositalarini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalarini ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish;*

dori vositalarini ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilmagan, markirovkalanmagan, sifatsiz, qalbakilashtirilgan dori vositalarini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalarini saqlash va (yoki) realizatsiya qilish;*

m) alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar va/yoki ulardan tayyorlangan dori vositalarini ulgurji realizatsiya qilishda quyidagi talablar belgilanadi:

faoliyatni giyohvandlik vositalari va/yoki psixotrop moddalarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat uchun litsenziya asosida amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish, olib chiqish uchun belgilangan tartib asosida sertifikat, shuningdek, respublika hududi orqali tranzit tarzida oʻtkazish uchun ruxsatnoma rasmiylashtirish;

alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar va/yoki ulardan tayyorlangan dori vositalarini saqlash uchun moʻljallangan xonalar giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlashga doir texnik talablarga moslashtirish;

alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar va/yoki ulardan tayyorlangan dori vositalarini yoʻq qilinishi psixotrop moddalarni yoʻq qilinishi tartibi asosida amalga oshiriladi.

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

a) Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, Soliq qoʻmitasi va “Zarur amaliyotlar markazi” DM. Bunda ushbu vakolatli organlar ariza tushgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida, tezlashtirilgan tartibda taqdim etilgan arizalar boʻyicha 3 ish kuni ichida tegishli kelishuvni litsenziyalovchi organga taqdim etishlari lozim;

b) Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan obyektda shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq nogironligi boʻlgan shaxslar uchun toʻsiqlarsiz muhit yaratilganligi toʻgʻrisidagi xulosa (5 ish kuni ichida).

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

5 yil

12.

Izoh.

Dori vositalarini ishlab chiqarish uchun berilgan litsenziya litsenziatlarga ular ishlab chiqargan dori vositalarini ulgurji realizatsiya qilish huquqini beradi, dori vositalarini tayyorlash uchun berilgan litsenziya litsenziatlarga ular tayyorlagan dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish huquqini beradi.

Dori vositalari ishlab chiqarishga litsenziya berilganda litsenziyada ishlab chiqariladigan dori vositasining turlari koʻrsatiladi. Ishlab chiqariladigan dori vositalari turlari oʻzgargan yoki dori vositalarini yangi turlarini ishlab chiqarish bilan shugʻullangan taqdirda, litsenziyaga belgilangan tartibda oʻzgartirish kiritiladi.

Dori vositalarini ulgurji realizatsiya qilishga litsenziya berishda dori vositalarining quyidagi turlari koʻrsatiladi:

termolabil sharoitda saqlanishi shart boʻlmagan dori preparatlari;

dori preparatlari;

dori moddalari.

Ulgurji realizatsiya qilinadigan dori vositalari turlari oʻzgargan yoki boshqa turlarini ulgurji realizatsiya qilish bilan shugʻullangan taqdirda, litsenziyaga belgilangan tartibda oʻzgar?irish kiritiladi.

Dori vositalarini tayyorlash uchun litsenziya berishda nosteril dori vositalari tayyorlash va/yoki steril dori vositalarini tayyorlash turlari koʻrsatiladi.

Ishlab chiqariladigan dori vositalari turlarining roʻyxati:

1. Quyidagi usullar orqali ishlab chiqariladigan dori moddalari:

kimyoviy sintez;

biotexnologik sintez;

kimyoviy xom ashyodan ajratib olish;

hayvonot va biologik asosga ega boʻlgan manbalardan ajratib olish;

dorivor oʻsimlik xom ashyosidan ajratib olish.

2. Quyidagi guruhlardagi steril dori preparatlari:

tibbiy immunobiologik preparatlar — allergenlar, allergoidlar, anatoksinlar, vaksinalar, gammaglabulinlar, immunoglobulinlar, immunomodulyatorlar, monoklon antitelalar, zardoblar, toksinlar, sitokinlar;

genetik injeneriya yoʻli bilan olinadigan qon preparatlari, odam qonidan olinadigan qon preparatlari;

kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni saqlovchi preparatlar;

oʻta zaharli moddalarni saqlovchi preparatlar — beta — laktam qatori antibiotiklari, gormonlar, sitostatiklar;

hayvonot xom ashyosidan olinadigan preparatlar — insulinlar, organopreparatlar;

radiofarmatsevtik preparatlar;

dorivor oʻsimlik asosiga ega boʻlgan xom ashyodan olinadigan preparatlar;

aniq dori shaklini koʻrsatgan holda alohida ishlab chiqarishda maxsus ajratishni talab qilmaydigan preparatlar (aerozol, gel, gubka, tomchilar, suyuq konsentrat, krem, liniment, liofillangan mahsulotlar, surtma, pasta, plenka, kukun, erituvchi, dializ uchun eritma, inyeksiya uchun eritma, infuziya uchun eritma, sirtga qoʻllash uchun eritma, suspenziya, emulsiya).

3. Quyidagi guruhlardagi nosteril dori preparatlari:

tibbiy immunobiologiya preparatlari — bakteriofaglar, immunoglobulin kompleks preparatlar, probiotiklar;

kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni saqlovchi preparatlar;

oʻta zaharli moddalarni saqlovchi preparatlar — beta — laktam qatori antibiotiklari, gormonlar, sitostatiklar;

biologik dori preparatlari;

gomeopatik preparatlar;

dorivor oʻsimlik asosiga ega boʻlgan xom ashyodan olinadigan preparatlar;

aniq dori shaklini koʻrsatgan xolda alohida ishlab chiqarishda maxsus ajratishni talab qilmaydigan preparatlar (aerozol, balzam, briket, gorchichniklar, granulalar, gel, draje, suyuqlik, tomchilar, kapsulalar, yumshoq kapsulalar, dorivor qalamlar yelim, krem, tirnoq uchun lok, liniment, surtma, moy, nastoyka, damlama, pastilkalar, chaynaladigan pastilkalar, pasta, pelletlar, pilyulyalar, plastirlar, kukun, eritma, saqich, sirop, sharbat, sprey, suppozitoriyalar, suspenziya, maydalangan oʻsimlik xom ashyosi, butun oʻsimlik xom ashyosi, shimish uchun tabletkalar, konsentratlar, qobiq bilan qoplanmagan va qoplangan tabletkalar, vishillovchi tabletkalar, transdermal terapevtik sistema, terapevtik bachadon ichi sistemasi, terapevtik vaginal sistema, shampunlar, quruq ekstraktlar, suyuq ekstraktlar, eliksirlar, emulsiyalar).

4. Dori shaklini koʻrsatgan holda (tibbiy suyuq gaz, tibbiy siqilgan gaz) tibbiy gazlar.

Qayd etilgan dori vositalarini ishlab chiqarishda texnologik jarayonning faqat qadoqlash (birlamchi va (yoki) ikkilamchi) bosqichi amalga oshirilishi koʻrsatilishi mumkin.

Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida “B” va undan yuqori toifada turgan litsenziatlarga tegishli litsenziya muddati mazkur Yagona nizomning 351-bandida belgilangan tartibda avtomatik tarzda uzaytiriladi.

* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

(28-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga
29-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Litsenziya nomi:

farmatsevtika faoliyati uchun litsenziya

2.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turi:

dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish (bundan oftalmologiya tibbiy buyumlarini chakana realizatsiya qilish mustasno)

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

yuridik shaxs

4.

Litsenziyalovchi organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi

5.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza;

arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvaragʻi, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishi toʻgʻrisidagi roziligi;

b) dorixona va (yoki) dorixona filiali xodimlari tarkibi toʻgʻrisida maʼlumot.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida.

Dorixonalar filiali ochilishi bilan bir vaqtda litsenziya berish toʻgʻrisida ariza berilgan taqdirda belgilangan yigʻim har bir filial uchun undiriladi.

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida

8.

Arizani koʻrib chiqish va qaror qabul qilish muddatlari:

7 ish kuni

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

a) dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishda ularning narxini davlat tomonidan tartibga solishning belgilangan tartibiga rioya qilish;*

b) dori vositalari va tibbiy buyumlarni muvofiqlik sertifikatlarisiz saqlash va (yoki) realizatsiya qilish, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan, markirovkalanmagan, sifatsiz, qalbakilashtirilgan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalarini saqlash va (yoki) realizatsiya qilish, dori vositalari va tibbiy buyumlarning farmatsevtik maʼlumotga ega boʻlmagan shaxs tomonidan realizatsiya qilinishiga, faoliyatni litsenziyada koʻrsatilmagan manzilda amalga oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik;*

v) dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga, jumladan, Zarur farmatsevtika (dorixona) amaliyoti davlat standartlariga, shuningdek, dori vositalari va tibbiy buyumlar muomalasini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga majburiy rioya etish;

g) yuridik shaxs shtatida kamida bir xodim — oliy farmatsevtik yoki oliy farmatsevtika taʼlim muassasasida maxsus tayyorlov kursini tugatgan oliy tibbiy maʼlumotga ega boʻlgan, qonunchilik hujjatlarining aniqlangan buzilishi, shu jumladan, dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxini belgilash tartibi qoʻpol buzilganligi oqibatida litsenziyasining amal qilishi bekor boʻlgan dorixonalarning xodimlari reyestriga kiritilmagan dorixona mudirining mavjudligi;*

d) litsenziat tomonidan dorixona filiali ochilishida — yuridik shaxs shtatida kamida bir xodim — oliy farmatsevtik maʼlumotga yoki farmatsevt assistenti (yordamchisi) ixtisosligi boʻyicha oʻrta maxsus kasbiy maʼlumotga ega boʻlgan dorixona filiali mudirining mavjudligi;*

e) dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxini belgilash tartibi qoʻpol buzilganligi oqibatida litsenziyasining amal qilishi bekor boʻlgan dorixonalarning xodimlari reyestriga kiritilmagan shaxslardan dorixona va dorixona filiali xodimlari tarkibini shakllantirish;

j) belgilangan tartibda dorixona va/yoki dorixona filiali mudiri malakasini oshirish;

z) dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana sotish uchun moʻljallangan, egalik qilish huquqi yoki soliq organlarida hisobga qoʻyilgan boshqa ashyoviy huquq (ijara shartnomasi va boshqalar) asosda tegishli boʻlgan, qonunchilik hujjatlarining aniqlangan buzilishi, shu jumladan, dori vositalari va tibbiyot buyumlarining narxini belgilash tartibi qoʻpol buzilganligi oqibatida litsenziyasining amal qilishi bekor boʻlgan dorixona, dorixona filialining manzillari reyestriga kiritilmagan bino (xonalar)ning mavjudligi;

i) dorixona mudiri oʻzgarishi, dorixona filiali mudiri oʻzgarishi, dorixona filiali yopilishi haqida mazkur holat yuz bergandan soʻng oʻn kun muddatda litsenziyalovchi organga xabarnoma yuborish;

y) dori vositalari va tibbiy buyumlarni realizatsiya qilish jarayonini uzluksiz ravishda videoga yozib olish va bir oy davomida video-yozuvlarni saqlash (qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlari hududida joylashgan dorixonalar va ularning filiallari bundan mustasno);

k) dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishda nazorat kassa-texnikasi, toʻlov terminallaridan hamda elektron toʻlov vositalaridan foydalanish talablariga rioya etish;

l) dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun binoga (xonaga) qoʻyiladigan talablar:

dorixona va uning filiallari alohida binolarda (faqat birinchi qavatda), turar joy binolari yoki noturar joy xonalariga taqab qurilgan binolarga (faqat birinchi qavatda) qurilgan binolarda yoki koʻp qavatli jamoat binolari va turar joy binolarining birinchi qavatida joylashtirilishi mumkin;

dorixona va ularning filiallari turar joy binolari va jamoat binolarining birinchi qavatida joylashganda, ular dorixonaga tashrif qiluvchilar uchun alohida koʻchadan kirish eshigi hamda tovarlarni qabul qilish va boʻsh idishlarni olib ketish uchun moʻljallangan, hovli tomonga qaratilgan xizmat eshigi boʻlishi kerak;

dorixona xonalari ishlab chiqarish (tovarlarni qabul qilish, tayyorlash, saqlash va berishga jalb etilgan barcha xonalar) va maʼmuriy-maishiy (idora, kiyinish xonasi, hojatxona va shu kabilar) xonalarga boʻlinadi;

dorixona va uning filiallari xonalarining minimal zarur tarkibi va maydoni:

T/r

Xonalar nomi

Dorixonalarning tayyor dorilar bilan savdo qiluvchi maydoni kamida (kv.m)

1.

Tashrif buyuruvchilarga xizmat koʻrsatish zali jumladan:

16

xodimlar ish joyi uchun asbob-uskunalarni joylashtirish hududi

8

Tashrif buyuruvchilarni xizmat koʻrsatish hududi

8

2.

Komplektlovchi-ekspeditsiya xonasi*

10

3.

Tayyor dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlash xonasi (termolyabil vositalar uchun sovutgich bilan)

12

4.

Tibbiy buyumlarni saqlash xonasi*

6

5.

Ovqatlanish, maxsus kiyim, shaxsiy buyumlarni saqlash uchun qoʻshimcha xona

4

6.

Hojatxona

2

Jami

34/50

* — filialga ega boʻlgan dorixonalar uchun.

qishloq vrachlik punktlari binosida dorixona filiallari kamida 8 m.kv kam boʻlgan maydonda joylashtirilishi mumkin;

dorixona sotuv zali peshtaxtalarining kamida 10 foizini dorivor oʻsimliklar xom ashyosidan tayyorlangan biologik faol qoʻshimchalar va dori vositalari uchun ajratish kerak;

shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq nogironligi boʻlgan shaxslar uchun toʻsiqlarsiz muhit yaratilganligi;

m) dorixona xonalari va asbob-uskunalariga qoʻyiladigan talablar:

dorixonaga kirish joyida 1,0 m kenglikdagi pandus bilan jihozlangan boʻlishi kerak (istisno tariqasida 0,9 m boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi). 0,7 — 0,9 m balandlikdagi qoʻl ushlagichlar oʻrnatilishi lozim, pandus qiyaligi 1:10 nisbatdan yuqori boʻlmasligi kerak, shuningdek, oyoq kiyimini tozalash moslamalari (reshetka, skrebka va boshqalar) oʻrnatilgan boʻlishi kerak. Moslamalar zarur boʻlganda, ammo bir kunda bir martadan kam boʻlmagan holda tozalab turiladi;

xona devori, shifti va pollari dezinfeksiyalovchi moddalar bilan nam tozalashga yoʻl qoʻyiladigan xolda taʼmirlangan boʻlishi kerak. Taʼmirlovchi vositalar sifatida suvga chidamli boʻyoq, emal va och rangli glazurlangan kafel plitkalari (mayolika) qoʻllanilishi mumkin. Pollar keramik glazurlanmagan (terrakotli) plitkalar yoki choklari payvandlangan lenolium bilan qoplanadi;

dorixona asbob-uskunalari tibbiyot vositalari taʼsiriga va baʼzi xollarda kimyoviy reaktivlar taʼsiriga turgʻun materiallardan ishlangan, tashqi va ichki tomoni tekis boʻlishi kerak. Asbob-uskunalar va dorixona mebellari tozalashga xalaqit bermaydigan va yorugʻlik tushishini toʻsmagan xolda joylashtirilishi kerak. Ishlab chiqarish xonalarida ish faoliyatiga taalluqli boʻlmagan asbob-uskunalarni joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi;

dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlash xonasi zarur miqdorda javon, taglik, tovar qoʻygichlar va boshqalar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak. Dori vositalarini polda tovar qoʻygichsiz joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi;

stellajlar shunday joylashtirilishi lozimki, tashqi devorlardan 0,6-0,7 m masofada, shiftdan 0,5 m, poldan 0,25 m dan kam boʻlmagan masofada boʻlishi zarur. Derazalarga nisbatan stellajlar ular oraligʻiga yorugʻlik tushadigan darajada joylashtiriladi. Stellajlar oraligʻidagi masofa 0,75 m dan kam boʻlmagan holda va erkin harakatlanishni taʼminlaydigan darajada joylashtiriladi;

dorixona omborxonasi va dorixona toza holda boʻlishi taʼminlanishi uchun (bir kunda bir mahal), yuvishga ruxsat etilgan vositalarni qoʻllagan xolda nam tozalash usuli bilan muntazam ravishda tozalash ishlari olib borilishi zarur;

yoz kunlari oftobga qarab joylashgan oyna va vitrinalar, oftobdan himoyalangan moslamalar (jalyuzalar, markizlar va sh.q.) bilan taʼminlangan boʻlishi kerak;

xonani shamollatish uchun ishlatiladigan derazaning yuqori qismi va fortochkasi katakchasi 2x3 mm dan katta boʻlmagan oʻlchamdagi yechiladigan metall yoki plastmassa setka bilan himoyalanadi;

dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlash xonasida plakat va devoriy gazeta osish, gullarni oʻstirish, polga gilam solish, pardalar osishga yoʻl qoʻyilmaydi. Buning uchun yoʻlak, xodimlar dam olish xonasi, kabinetlardan foydalanish mumkin;

xonada ish uchun kerak boʻladigan maʼlumotlar jadvali va stendlar dizenfeksiya qilinadigan va namlik bilan tozalanadigan materiallardan tayyorlanishi kerak;

tashrif buyuruvchilarga xizmat koʻrsatish hududlaridagi dorixona xodimining ish joyida toʻgʻridan-toʻgʻri tomchi orqali oʻtuvchi infeksiyalardan xodimlarni himoya qiluvchi moslama oʻrnatilgan boʻlishi kerak;

xona devorining qoʻl yuvish moslamasi oʻrnatiladigan qismi 1,6 m balandlikda va tomonlari 20 sm kenglikda boʻlishi koʻzda tutilgan xolda glazurlangan plitka yoki boshqa namlikni koʻtaruvchi material bilan ishlov berilishi shart;

dorixona (filiallar) maxsus dorixona mebellari, ishlab chiqarish asbob-uskunalari, termolabil dori vositalarini saqlaydigan sovutkich, dori vositalari savdosi va ular toʻgʻrisida maʼlumotlar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak;

dori vositalarini realizatsiya qilish (savdo zali) va saqlash xonasiga kerakli haroratni taʼminlaydigan konditsioner oʻrnatilgan boʻlishi kerak;

tayyor dori vositalarini saqlash xonalari havo haroratini qayd etuvchi asboblar va termometrlar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak. Termometr saqlash xonasi devoriga poldan 1,5-1,7 m balandlikda va eshikdan 1 m masofada hamda isitish asboblaridan uzoqda oʻrnatiladi;

dorixona (filiallar) dizenfeksiyalar ishlarini profilaktikasini oʻtkazish uchun koʻchma kvars lampalar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak;

dorixonaning omborxona xonalari binoning pastki qavatida joylashgan boʻlishi mumkin. Bunda omborxona xonalari balandligi 2,4 m dan past boʻlmasligi kerak;

dorixona va ularning filiallari xonalarini tabiiy shamollatish qishki va oʻtish davrida 1/50 dan kam boʻlmagan hajmda, derazaning yuqori qismi va fortochkasi yordamida, yilning yozgi davrida esa ochiq derazalar yordamida amalga oshiriladi;

n) dorixona xonalarini yoritish va sanitariya jihatidan obodonlashtirish:

dorixona xonalarini markaziy suvli isitish tavsiya etiladi. jamoat va aholi turar joy binolaridagi dorixona (filiallar) binoning isitish tizimiga ulanadi;

alohida binoda joylashgan hamda qishloq joylarda joylashgan dorixonalar avtonom isitilishi mumkin. Xonani yonuvchi gaz asboblari yoki ochiq spiralli elektr isitgich asboblari bilan isitishga yoʻl qoʻyilmaydi;

binoni isitish davrida savdo zalida havo harorati 16°S dan yuqori boʻlmagan darajada boʻlishi kerak;

dorixona va filiallar xonalarini yoritilishi choʻgʻlanma lampa va lyuminatsiyalangan lampalar orqali amalga oshiriladi, bunda lyuminatsiyalangan yoritgichlar shovqinni pasaytirishni tartibga soluvchi apparat bilan komplektlangan boʻlishi kerak;

xona shiftiga oʻrnatilgan umumiy yoritqichlar yopiq nur tarqatish moslamalari bilan qoplangan boʻlishi kerak;

dorixona va ularning filiallarining suv taʼminoti vodoprovod tarmogʻi yoki mahalliy suv manbai orqali amalga oshiriladi;

dorixona va ularning filiallari ishlatilgan suvni chiqarish uchun kanalizatsiya tizimiga ulangan boʻlishi kerak, kanalizatsiya boʻlmaganda chiqarish tizimi sifatida chuqur oʻralar qoʻllaniladi. Qattiq holdagi chiqindilar uchun germetik qopqoqli axlat idishlar oʻrnatiladi;

o) “Raqamli sogʻliqni saqlash” platformasiga ushbu platforma amaliyotga joriy etilgunga qadar Sogʻliqni saqlash vazirligining “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimiga integratsiya asosida ulanishni hamda “Elektron retsept” moduli bilan belgilangan maʼlumotlarni real vaqt rejimida almashilishini taʼminlash*.

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, “Zarur amaliyotlar markazi” DM hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyalari (obyektda nogironligi boʻlgan shaxslarga toʻsiqlarsiz muhit yaratilganligi toʻgʻrisida). Bunda ushbu vakolatli organlar ariza kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida tegishli kelishuvni litsenziyalovchi organga taqdim etishlari lozim.

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

5 yil

12.

Izoh.

Litsenziyalovchi organ qonunchilik hujjatlari talablari buzilganligi, shu jumladan, dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxini belgilash tartibi qoʻpol ravishda buzganligi oqibatida litsenziyaning amal qilishi bekor boʻlgan dorixona, dorixona filialining manzillari va xodimlari reyestrini shakllantiradi.

Litsenziyalovchi organ mazkur pasportda koʻzda tutilgan manzillar va xodimlar reyestriga kiritilgan maʼlumotlarni ular kiritilgan vaqtdan eʼtiboran uch yil oʻtganidan soʻng reyestrdan chiqarib tashlaydi.

Manzillar reyestri va xodimlar reyestridagi maʼlumotlar tanishish uchun ochiq boʻladi.

Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida “B” va undan yuqori toifada turgan litsenziatlarga tegishli litsenziya muddati mazkur Yagona nizomning 351-bandida belgilangan tartibda avtomatik tarzda uzaytiriladi.

* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Mazkur ilovaning 9-pozitsiyasi uchinchi ustunining “o” kichik bandida belgilangan tartib Toshkent shahri hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 19-maydagi PF-88-son Farmoniga koʻra tajriba-sinov loyihasi amalga oshiriladigan 15 ta tuman (shahar)larda 2025-yil 10-dekabrdan boshlab, respublikaning barcha hududlarida esa 2027-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritiladi.
(29-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga
30-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Litsenziya nomi:

Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish faoliyati uchun litsenziya

2.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turi:

a) portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini yaratish;

b) portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini ishlab chiqarish;

v) portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini tashish;

g) portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini saqlash;

d) portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini realizatsiya qilish.

3.

Ariza beruvchi toifasi:

Yuridik shaxs

4.

Litsenziyalovchi organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi — portlovchi moddalar va portlatish vositalari qismida;

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi — zaharli moddalar qismida

5.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) Yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvaragʻi, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), STIR, litsenziya toifalari boʻyicha tanlash, ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi, moʻljallayotgan litsenziyalanadigan faoliyat turi (uning bir qismi) koʻrsatilgan litsenziya berish toʻgʻrisida ariza;

b) yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisobvaragʻi;

v) faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini amalga oshirishga ruxsat etilgan tegishli malakali texnik xodimlarning ichki ishlar hududiy organlari bilan belgilangan tartibda kelishilgan roʻyxati;

g) litsenziya talabgorida portlovchi va zaharli moddalarni amaldagi norma va qoidalar talablariga muvofiq saqlash joylarining (portlovchi materiallar omborining tayyorligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma, ombor ijaraga olingani haqida shartnoma va boshqalar) hamda ishlab chiqarish bino va inshootlarining tayyorligi, ularni tashish uchun texnik vositalar, portlovchi moddalarni tayyorlash uchun asbob-uskunalarning mavjudligini tasdiqlovchi texnik hujjatlar, shuningdek, yongin va sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan berilgan xulosa;

d) korxonaning litsenziyalanadigan faoliyat bilan bogʻliq halokatli vaziyatlarni bartaraf etish boʻyicha harakatlar rejasi;

e) litsenziya talabgori tomonidan xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda qoʻllanadigan texnik qurilmalarni hisobga olish, identifikatsiya qilish, sertifikatlash tizimini joriy etish va sanoat xavfsizligi ekspertizadan oʻtkazilganini tasdiqlovchi hujjat.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari

8.

Arizani koʻrib chiqish muddatlari:

15 ish kuni

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

1. Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish boʻyicha:

a) portlovchi moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish boʻyicha:

litsenziatning portlovchi moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish sohasidagi qonun hujjatlariga, davlat standartlariga, texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, tabiatni muhofaza qilish hamda sanitariya norma va talablariga rioya etishi;*

portlovchi moddalar, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlar, shuningdek, portlatish v?sitalari yaratiladigan, ishlab chiqariladigan obyektlarning ishonchli qoʻriqlanishini, ularni tashishning kuzatib borilishini taʼminlash hamda portlovchi moddalardan ruxsatsiz foydalanishga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan rejimni belgilash va boshqa choralar koʻrish;

faoliyatning litsenziyalanayotgan turiga tegishli qismi boʻyicha portlovchi moddalar, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlar, shuningdek, portlatish vositalarining mavjudligini va sarflanishini hisobga olib borish;*

litsenziya talabgori tomonidan portlovchi moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilishning amalga oshirilishini tartibga soluvchi zarur normativ-texnik hujjatlarning mavjudligi;

litsenziya talabgorida faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amaldagi norma va qoidalar talablariga muvofiq toʻliq hajmda bajarish uchun unga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli boʻlgan zarur moddiy-texnika bazasining (binolar, xonalar, hududlar, apparatlar, asbob-uskunalar, transport, nazorat, oʻlchash, hisoblash va tashkiliy texnika vositalarining) mavjudligi;*

shtatda tegishli malakaga ega boʻlgan, norma va qoidalar talablariga muvofiq portlovchi moddalar bilan ishlashga ruxsat etilgan texnik xodimning, shu jumladan, litsenziyada koʻrsatilgan faoliyat turi boʻyicha tegishli maʼlumotga va kamida bir yil ish stajiga ega boʻlgan rahbarlar hamda muhandis-texnik xodimlarning mavjudligi;

surunkali ruhiy kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya, alkogolizm boʻyicha hisobda turuvchi, shuningdek, portlovchi moddalarni qoʻllash bilan bogʻliq qasddan jinoyat sodir etganligi uchun muddati oʻtalmagan yoki olib tashlanmagan sudlanganligi boʻlgan xodimlarning yoʻqligi;

faoliyatning litsenziyalanayotgan turi bilan bogʻliq ishlarni bevosita bajaruvchi xodimlarning muntazam ravishda tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi;

zaharli moddalarning yonishini va sirqib chiqib ketishini bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vositalarning mavjudligi va ishga tayyor holatda saqlanishi;

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan akkreditatsiya qilingan asbob-uskunalar, priborlar, kimyoviy reaktivlar bilan jihozlangan hamda texnik reglamentlarda yoki standartlarda nazarda tutilgan koʻrsatkichlarning barcha zarur fizik-kimyoviy, portlash va yongʻin-texnik tekshirishlarini oʻtkazish uchun sinov usullariga oid normativ-texnik hujjatlarga ega boʻlgan ixtisoslashtirilgan laboratoriyalarning mavjudligi;

portlovchi moddalar va vositalarining nazorat sinovlarini oʻtkazish uchun maxsus jihozlangan hudud (bino)ning mavjudligi;

normativ-texnik talablarga muvofiq boʻlgan va portlatish vositalarini ishlab chiqarish, saqlash, tashish, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yoʻq qilish va utilizatsiya qilishda ularning xavfsizligi va isteʼmol xossalarini taʼminlash uchun axborotning toʻliq berilishini taʼminlaydigan konstruktorlik-texnologik va foydalanish hujjatlari jamlami (chizmalar, texnik shartlar, texnologik yoʻriqnomalar, qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomalar)ni yuritish;

b) zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini yaratish boʻyicha:

litsenziatning zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish sohasidagi qonun hujjatlariga, davlat standartlariga, texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, tabiatni muhofaza qilish hamda sanitariya norma va talablariga rioya etishi;

zaharli moddalar, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlar ishonchli qoʻriqlanishini, ularni tashishning kuzatib borilishini taʼminlash hamda zaharli moddalardan ruxsatsiz foydalanishga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan rejimni belgilash va boshqa choralar koʻrish;

faoliyatning litsenziyalanayotgan turiga tegishli qismi boʻyicha zaharli moddalar, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlar sarflanishini hisobga olib borish;

litsenziya talabgori tomonidan zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilishning amalga oshirilishini tartibga soluvchi zarur normativ-texnik hujjatlarning mavjudligi;

litsenziya talabgorida faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amaldagi norma va qoidalar talablariga muvofiq toʻliq hajmda bajarish uchun unga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli boʻlgan zarur moddiy-texnika bazasining (binolar, xonalar, hududlar, apparatlar, asbob-uskunalar, transport, nazorat, oʻlchash, hisoblash va tashkiliy texnika vositalarining) mavjudligi;

shtatda tegishli malakaga ega boʻlgan, norma va qoidalar talablariga muvofiq zaharli moddalar bilan ishlashga ruxsat etilgan texnik xodimning, shu jumladan, litsenziyada koʻrsatilgan faoliyat turi boʻyicha tegishli maʼlumotga va kamida bir yil ish stajiga ega boʻlgan rahbarlar hamda muhandis-texnik xodimlarning mavjudligi;

surunkali ruhiy kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya, alkogolizm boʻyicha hisobda turuvchi, shuningdek, zaharli moddalarni qoʻllanishi bilan bogʻliq qasddan jinoyat sodir etganligi uchun muddati oʻtalmagan yoki olib tashlanmagan sudlanganligi boʻlgan xodimlarning yoʻqligi;

faoliyatning litsenziyalanayotgan turi bilan bogʻliq ishlarni bevosita bajaruvchi xodimlarning muntazam ravishda tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi;

zaharli moddalarning yonishini va sirqib chiqib ketishini bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vositalarning mavjudligi va ishga tayyor holatda saqlanishi.

2. Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini ishlab chiqarish boʻyicha:

a) Portlovchi moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini ishlab chiqarish boʻyicha:

litsenziatning portlovchi moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish sohasidagi qonun hujjatlariga, davlat standartlariga, texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, tabiatni muhofaza qilish hamda sanitariya norma va talablariga rioya etishi;*

portlovchi moddalar, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlar, shuningdek, portlatish vositalari yaratiladigan, ishlab chiqariladigan obyektlarning ishonchli qoʻriqlanishini, ularni tashishning kuzatib borilishini taʼminlash hamda portlovchi moddalardan ruxsatsiz foydalanishga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan rejimni belgilash va boshqa choralar koʻrish;

faoliyatning litsenziyalanayotgan turiga tegishli qismi boʻyicha portlovchi moddalar, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlar, shuningdek, portlatish vositalarining mavjudligini va sarflanishini hisobga olib borish;*

litsenziya talabgori tomonidan portlovchi moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilishning amalga oshirilishini tartibga soluvchi zarur normativ-texnik hujjatlarning mavjudligi;

litsenziya talabgorida faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amaldagi norma va qoidalar talablariga muvofiq toʻliq hajmda bajarish uchun unga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli boʻlgan zarur moddiy-texnika bazasining (binolar, xonalar, hududlar, apparatlar, asbob-uskunalar, transport, nazorat, oʻlchash, hisoblash va tashkiliy texnika vositalarining) mavjudligi;*

shtatda tegishli malakaga ega boʻlgan, norma va qoidalar talablariga muvofiq portlovchi moddalar bilan ishlashga ruxsat etilgan texnik xodimning, shu jumladan, litsenziyada koʻrsatilgan faoliyat turi boʻyicha tegishli maʼlumotga va kamida bir yil ish stajiga ega boʻlgan rahbarlar hamda muhandis-texnik xodimlarning mavjudligi;

surunkali ruhiy kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya, alkogolizm boʻyicha hisobda turuvchi, shuningdek, portlovchi moddalarni qoʻllash bilan bogʻliq qasddan jinoyat sodir etganligi uchun muddati oʻtalmagan yoki olib tashlanmagan sudlanganligi boʻlgan xodimlarning yoʻqligi;

faoliyatning litsenziyalanayotgan turi bilan bogʻliq ishlarni bevosita bajaruvchi xodimlarning muntazam ravishda tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi;

zaharli moddalarning yonishini va sirqib chiqib ketishini bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vositalarning mavjudligi va ishga tayyor holatda saqlanishi;

litsenziya talabgori tomonidan xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda qoʻllaniladigan texnik qurilmalarni hisobga olish, identifikatsiyalash, sertifikatlash tizimini joriy etilish va sanoat xavfsizligini ekspertizadan oʻtkazilishi;

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan birgalikda belgilagan tartibda tayyor mahsulotning metrologik taʼminoti, kirish nazorati va sifat nazoratini tashkil etish;

ishlab chiqariladigan portlovchi moddalarning har bir turi boʻyicha guvohnomalar, sertifikatlar, texnologik yoʻriqnomalar, texnik shartlar, qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomalar hamda texnik reglamentlarga yoki standartlarga muvofiq ishlab chiqilgan boshqa ilova qilinadigan hujjatlar mavjudligi;

buyumlarni ishlab chiqarishda, shu jumladan, import boʻyicha olib kelingan, texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga javob beradigan va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan muvofiqlik sertifikatlariga ega boʻlgan portlash va yongʻin chiqishi xavfi boʻlgan xomashyo va komponentlardan foydalanish;

foydalaniladigan binolar, inshootlar va ombor obyektlari qurollangan holda qoʻriqlanishini taʼminlash;

rahbarning ishlab chiqarish boʻyicha bosh muhandisi mavjudligi;

b) zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini ishlab chiqarish boʻyicha:

litsenziatning zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish sohasidagi qonun hujjatlariga, davlat standartlariga, texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, tabiatni muhofaza qilish hamda sanitariya norma va talablariga rioya etishi;*

zaharli moddalar, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlar ishonchli qoʻriqlanishini, ularni tashishning kuzatib borilishini taʼminlash hamda zaharli moddalardan ruxsatsiz foydalanishga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan rejimni belgilash va boshqa choralar koʻrish;

faoliyatning litsenziyalanayotgan turiga tegishli qismi boʻyicha zaharli moddalar, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlar sarflanishini hisobga olib borish;

litsenziya talabgori tomonidan zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilishning amalga oshirilishini tartibga soluvchi zarur normativ-texnik hujjatlarning mavjudligi;

litsenziya talabgorida faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amaldagi norma va qoidalar talablariga muvofiq toʻliq hajmda bajarish uchun unga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli boʻlgan zarur moddiy-texnika bazasining (binolar, xonalar, hududlar, apparatlar, asbob-uskunalar, transport, nazorat, oʻlchash, hisoblash va tashkiliy texnika vositalarining) mavjudligi;

shtatda tegishli malakaga ega boʻlgan, norma va qoidalar talablariga muvofiq zaharli moddalar bilan ishlashga ruxsat etilgan texnik xodimning, shu jumladan, litsenziyada koʻrsatilgan faoliyat turi boʻyicha tegishli maʼlumotga va kamida bir yil ish stajiga ega boʻlgan rahbarlar hamda muhandis-texnik xodimlarning mavjudligi;

surunkali ruhiy kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya, alkogolizm boʻyicha hisobda turuvchi, shuningdek, zaharli moddalarni qoʻllash bilan bogʻliq qasddan jinoyat sodir etganligi uchun muddati oʻtalmagan yoki olib tashlanmagan sudlanganligi boʻlgan xodimlarning yoʻqligi;

faoliyatning litsenziyalanayotgan turi bilan bogʻliq ishlarni bevosita bajaruvchi xodimlarning muntazam ravishda tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi;

zaharli moddalarning yonishini va sirqib chiqib ketishini bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vositalarning mavjudligi va ishga tayyor holatda saqlanishi.

3. Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini tashish boʻyicha:

a) portlovchi moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini tashish boʻyicha:

litsenziatning portlovchi moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish sohasidagi qonun hujjatlariga, davlat standartlariga, texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, tabiatni muhofaza qilish hamda sanitariya norma va talablariga rioya etishi;*

portlovchi moddalar, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlar, shuningdek, portlatish vositalari yaratiladigan, ishlab chiqariladigan obyektlarning ishonchli qoʻriqlanishini, ularni tashishning kuzatib borilishini taʼminlash hamda portlovchi moddalardan ruxsatsiz foydalanishga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan rejimni belgilash va boshqa choralar koʻrish;

faoliyatning litsenziyalanayotgan turiga tegishli qismi boʻyicha portlovchi moddalar, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlar, shuningdek, portlatish vositalarining mavjudligini va sarflanishini hisobga olib borish;*

litsenziya talabgori tomonidan portlovchi moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilishning amalga oshirilishini tartibga soluvchi zarur normativ-texnik hujjatlarning mavjudligi;

litsenziya talabgorida faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amaldagi norma va qoidalar talablariga muvofiq toʻliq hajmda bajarish uchun unga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli boʻlgan zarur moddiy-texnika bazasining (binolar, xonalar, hududlar, apparatlar, asbob-uskunalar, transport, nazorat, oʻlchash, hisoblash va tashkiliy texnika vositalarining) mavjudligi;*

shtatda tegishli malakaga ega boʻlgan, norma va qoidalar talablariga muvofiq portlovchi moddalar bilan ishlashga ruxsat etilgan texnik xodimning, shu jumladan, litsenziyada koʻrsatilgan faoliyat turi boʻyicha tegishli maʼlumotga va kamida bir yil ish stajiga ega boʻlgan rahbarlar hamda muhandis-texnik xodimlarning mavjudligi;

surunkali ruhiy kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya, alkogolizm boʻyicha hisobda turuvchi, shuningdek, portlovchi moddalarni qoʻllash bilan bogʻliq qasddan jinoyat sodir etganligi uchun muddati oʻtalmagan yoki olib tashlanmagan sudlanganligi boʻlgan xodimlarning yoʻqligi;

faoliyatning litsenziyalanayotgan turi bilan bogʻliq ishlarni bevosita bajaruvchi xodimlarning muntazam ravishda tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi;

zaharli moddalarning yonishini va sirqib chiqib ketishini bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vositalarning mavjudligi va ishga tayyor holatda saqlanishi;

tashish yoʻnalishlari va sxemalari ishlab chiqilishi va yoʻl harakati xavfsizligi hududiy organlari bilan kelishilishini taʼminlash;

yoʻl harakati xavfsizligi organlari tomonidan xavfli yuklarni tashishga qoʻyish toʻgʻrisidagi guvohnomalar rasmiylashtirilgan holda maxsus (ixtisoslashtirilgan) avtotransport vositalarining belgilangan tartibda texnik koʻrikdan oʻtganligini va texnik sozligini tasdiqlaydigan hujjatlarning mavjudligi;*

avtotransport vositalarining yoʻl harakati xavfsizligi organlari tomonidan qurollangan holda kuzatib borilishini taʼminlash;

b) zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini tashish boʻyicha:

litsenziatning zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish sohasidagi qonun hujjatlariga, davlat standartlariga, texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, tabiatni muhofaza qilish hamda sanitariya norma va talablariga rioya etishi;

zaharli moddalar, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlar ishonchli qoʻriqlanishini, ularni tashishning kuzatib borilishini taʼminlash hamda zaharli moddalardan ruxsatsiz foydalanishga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan rejimni belgilash va boshqa choralar koʻrish;

faoliyatning litsenziyalanayotgan turiga tegishli qismi boʻyicha zaharli moddalar, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlar sarflanishini hisobga olib borish;

litsenziya talabgori tomonidan zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilishning amalga oshirilishini tartibga soluvchi zarur normativ-texnik hujjatlarning mavjudligi;

litsenziya talabgorida faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amaldagi norma va qoidalar talablariga muvofiq toʻliq hajmda bajarish uchun unga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli boʻlgan zarur moddiy-texnika bazasining (binolar, xonalar, hududlar, apparatlar, asbob-uskunalar, transport, nazorat, oʻlchash, hisoblash va tashkiliy texnika vositalarining) mavjudligi;

shtatda tegishli malakaga ega boʻlgan, norma va qoidalar talablariga muvofiq zaharli moddalar bilan ishlashga ruxsat etilgan texnik xodimning, shu jumladan, litsenziyada koʻrsatilgan faoliyat turi boʻyicha tegishli maʼlumotga va kamida bir yil ish stajiga ega boʻlgan rahbarlar hamda muhandis-texnik xodimlarning mavjudligi;

surunkali ruhiy kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya, alkogolizm boʻyicha hisobda turuvchi, shuningdek, zaharli moddalarni qoʻllash bilan bogʻliq qasddan jinoyat sodir etganligi uchun muddati oʻtalmagan yoki olib tashlanmagan sudlanganligi boʻlgan xodimlarning yoʻqligi;

faoliyatning litsenziyalanayotgan turi bilan bogʻliq ishlarni bevosita bajaruvchi xodimlarning muntazam ravishda tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi;

zaharli moddalarning yonishini va sirqib chiqib ketishini bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vositalarning mavjudligi va ishga tayyor holatda saqlanishi.

4. Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini saqlash boʻyicha:

a) portlovchi moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini saqlash boʻyicha:

litsenziatning portlovchi moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish sohasidagi qonun hujjatlariga, davlat standartlariga, texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, tabiatni muhofaza qilish hamda sanitariya norma va talablariga rioya etishi;*

portlovchi moddalar, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlar, shuningdek, portlatish vositalari yaratiladigan, ishlab chiqariladigan obyektlarning ishonchli qoʻriqlanishini, ularni tashishning kuzatib borilishini taʼminlash hamda portlovchi moddalardan ruxsatsiz foydalanishga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan rejimni belgilash va boshqa choralar koʻrish;

faoliyatning litsenziyalanayotgan turiga tegishli qismi boʻyicha portlovchi moddalar, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlar, shuningdek, portlatish vositalarining mavjudligini va sarflanishini hisobga olib borish;*

litsenziya talabgori tomonidan portlovchi moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilishning amalga oshirilishini tartibga soluvchi zarur normativ-texnik hujjatlarning mavjudligi;

litsenziya talabgorida faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amaldagi norma va qoidalar talablariga muvofiq toʻliq hajmda bajarish uchun unga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli boʻlgan zarur moddiy-texnika bazasining (binolar, xonalar, hududlar, apparatlar, asbob-uskunalar, transport, nazorat, oʻlchash, hisoblash va tashkiliy texnika vositalarining) mavjudligi;*

shtatda tegishli malakaga ega boʻlgan, norma va qoidalar talablariga muvofiq portlovchi moddalar bilan ishlashga ruxsat etilgan texnik xodimning, shu jumladan, litsenziyada koʻrsatilgan faoliyat turi boʻyicha tegishli maʼlumotga va kamida bir yil ish stajiga ega boʻlgan rahbarlar hamda muhandis-texnik xodimlarning mavjudligi;

surunkali ruhiy kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya, alkogolizm boʻyicha hisobda turuvchi, shuningdek, portlovchi moddalarni qoʻllash bilan bogʻliq qasddan jinoyat sodir etganligi uchun muddati oʻtalmagan yoki olib tashlanmagan sudlanganligi boʻlgan xodimlarning yoʻqligi;

faoliyatning litsenziyalanayotgan turi bilan bogʻliq ishlarni bevosita bajaruvchi xodimlarning muntazam ravishda tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi;

zaharli moddalarning yonishini va sirqib chiqib ketishini bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vositalarning mavjudligi va ishga tayyor holatda saqlanishi;

bazis va oraliq (sarflash) omborlari hududi va binolarining qurollangan holda qoʻriqlanishini taʼminlash (uzluksiz va tunu kunlik qoʻriqlash ishlari amalga oshirilgan taqdirda, yer osti omborlarining qoʻriqlanishi portlovchi materiallar tarqatuvchisiga yuklatilishi mumkin);

portlovchi moddalar va portlatish vositalar komissiya tomonidan qabul qilingan va pasporti ishlab chiqilgan portlovchi materiallar omborida saqlanishi;

portlovchi materiallarni saqlash ombori hisobga olinishi va identifikatsiya qilinishini taʼminlash;

xavfli ishlab chiqarish obyektlarining I-tipiga mansub portlovchi materiallarni saqlash omborining deklaratsiyasi ishlab chiqilishini taʼminlash;

portlovchi materiallarni saqlash ombori loyiha hujjatlarining sanoat xavfsizligi ekspertizasi oʻtkazilishini taʼminlash;

texnogen xavf yuqori boʻlgan zonalar davlat kadastri ishlab chiqilishini taʼminlash;

b) zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini saqlash boʻyicha:

litsenziatning zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish sohasidagi qonun hujjatlariga, davlat standartlariga, texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, tabiatni muhofaza qilish hamda sanitariya norma va talablariga rioya etishi;

zaharli moddalar, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlar ishonchli qoʻriqlanishini, ularni tashishning kuzatib borilishini taʼminlash hamda zaharli moddalardan ruxsatsiz foydalanishga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan rejimni belgilash va boshqa choralar koʻrish;

faoliyatning litsenziyalanayotgan turiga tegishli qismi boʻyicha zaharli moddalar, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlar sarflanishini hisobga olib borish;

litsenziya talabgori tomonidan zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilishning amalga oshirilishini tartibga soluvchi zarur normativ-texnik hujjatlarning mavjudligi;

litsenziya talabgorida faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amaldagi norma va qoidalar talablariga muvofiq toʻliq hajmda bajarish uchun unga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli boʻlgan zarur moddiy-texnika bazasining (binolar, xonalar, hududlar, apparatlar, asbob-uskunalar, transport, nazorat, oʻlchash, hisoblash va tashkiliy texnika vositalarining) mavjudligi;

shtatda tegishli malakaga ega boʻlgan, norma va qoidalar talablariga muvofiq zaharli moddalar bilan ishlashga ruxsat etilgan texnik xodimning, shu jumladan, litsenziyada koʻrsatilgan faoliyat turi boʻyicha tegishli maʼlumotga va kamida bir yil ish stajiga ega boʻlgan rahbarlar hamda muhandis-texnik xodimlarning mavjudligi;

surunkali ruhiy kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya, alkogolizm boʻyicha hisobda turuvchi, shuningdek, zaharli moddalarni qoʻllash bilan bogʻliq qasddan jinoyat sodir etganligi uchun muddati oʻtalmagan yoki olib tashlanmagan sudlanganligi boʻlgan xodimlarning yoʻqligi;

faoliyatning litsenziyalanayotgan turi bilan bogʻliq ishlarni bevosita bajaruvchi xodimlarning muntazam ravishda tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi;

zaharli moddalarning yonishini va sirqib chiqib ketishini bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vositalarning mavjudligi va ishga tayyor holatda saqlanishi.

5. Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini realizatsiya qilish boʻyicha:

a) portlovchi moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini realizatsiya qilish boʻyicha:

litsenziatning portlovchi moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish sohasidagi qonun hujjatlariga, davlat standartlariga, texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, tabiatni muhofaza qilish hamda sanitariya norma va talablariga rioya etishi;*

portlovchi moddalar, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlar, shuningdek, portlatish vositalari yaratiladigan, ishlab chiqariladigan obyektlarning ishonchli qoʻriqlanishini, ularni tashishning kuzatib borilishini taʼminlash hamda portlovchi moddalardan ruxsatsiz foydalanishga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan rejimni belgilash va boshqa choralar koʻrish;

faoliyatning litsenziyalanayotgan turiga tegishli qismi boʻyicha portlovchi moddalar, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlar, shuningdek, portlatish vositalarining mavjudligini va sarflanishini hisobga olib borish*;

litsenziya talabgori tomonidan portlovchi moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilishning amalga oshirilishini tartibga soluvchi zarur normativ-texnik hujjatlarning mavjudligi;

litsenziya talabgorida faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amaldagi norma va qoidalar talablariga muvofiq toʻliq hajmda bajarish uchun unga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli boʻlgan zarur moddiy-texnika bazasining (binolar, xonalar, hududlar, apparatlar, asbob-uskunalar, transport, nazorat, oʻlchash, hisoblash va tashkiliy texnika vositalarining) mavjudligi;*

shtatda tegishli malakaga ega boʻlgan, norma va qoidalar talablariga muvofiq portlovchi moddalar bilan ishlashga ruxsat etilgan texnik xodimning, shu jumladan, litsenziyada koʻrsatilgan faoliyat turi boʻyicha tegishli maʼlumotga va kamida bir yil ish stajiga ega boʻlgan rahbarlar hamda muhandis-texnik xodimlarning mavjudligi;

surunkali ruhiy kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya, alkogolizm boʻyicha hisobda turuvchi, shuningdek, portlovchi moddalarni qoʻllash bilan bogʻliq qasddan jinoyat sodir etganligi uchun muddati oʻtalmagan yoki olib tashlanmagan sudlanganligi boʻlgan xodimlarning yoʻqligi;

faoliyatning litsenziyalanayotgan turi bilan bogʻliq ishlarni bevosita bajaruvchi xodimlarning muntazam ravishda tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi;

portlovchi moddalarning yonishini va sirqib chiqib ketishini bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vositalarning mavjudligi va ishga tayyor holatda saqlanishi;

portlovchi moddalarni va portlatish vositalarini faqatgina tegishli litsenziyaga ega yuridik shaxslarga realizatsiya qilinishi;

muddati oʻtib ketgan va muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlmagan portlovchi moddalarni va portlatish vositalarini realizatsiyasi amalga oshirilmasligi;

b) zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini realizatsiya qilish boʻyicha:

litsenziatning zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish sohasidagi qonun hujjatlariga, davlat standartlariga, texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, tabiatni muhofaza qilish hamda sanitariya norma va talablariga rioya etishi;

zaharli moddalar, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlar ishonchli qoʻriqlanishini, ularni tashishning kuzatib borilishini taʼminlash hamda zaharli moddalardan ruxsatsiz foydalanishga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan rejimni belgilash va boshqa choralar koʻrish;

faoliyatning litsenziyalanayotgan turiga tegishli qismi boʻyicha zaharli moddalar, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlar sarflanishini hisobga olib borish;

litsenziya talabgori tomonidan zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilishning amalga oshirilishini tartibga soluvchi zarur normativ-texnik hujjatlarning mavjudligi;

litsenziya talabgorida faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amaldagi norma va qoidalar talablariga muvofiq toʻliq hajmda bajarish uchun unga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli boʻlgan zarur moddiy-texnika bazasining (binolar, xonalar, hududlar, apparatlar, asbob-uskunalar, transport, nazorat, oʻlchash, hisoblash va tashkiliy texnika vositalarining) mavjudligi;

shtatda tegishli malakaga ega boʻlgan, norma va qoidalar talablariga muvofiq zaharli moddalar bilan ishlashga ruxsat etilgan texnik xodimning, shu jumladan, litsenziyada koʻrsatilgan faoliyat turi boʻyicha tegishli maʼlumotga va kamida bir yil ish stajiga ega boʻlgan rahbarlar hamda muhandis-texnik xodimlarning mavjudligi;

surunkali ruhiy kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya, alkogolizm boʻyicha hisobda turuvchi, shuningdek, zaharli moddalarni qoʻllash bilan bogʻliq qasddan jinoyat sodir etganligi uchun muddati oʻtalmagan yoki olib tashlanmagan sudlanganligi boʻlgan xodimlarning yoʻqligi;

faoliyatning litsenziyalanayotgan turi bilan bogʻliq ishlarni bevosita bajaruvchi xodimlarning muntazam ravishda tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi;

zaharli moddalarning yonishini va sirqib chiqib ketishini bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vositalarning mavjudligi va ishga tayyor holatda saqlanishi.

6. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 30-iyundagi 152-son qarori bilan tasdiqlangan Texnogen xavf yuqori boʻlgan zonalar davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq texnogen xavfi yuqori boʻlgan zonalar kadastr pasporti ishlab chiqilganligi va davlat reyestridan oʻtkazilganligi.

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi;

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi;

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

Cheklanmagan

12.

Izoh:

Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish faoliyati uchun litsenziyalash faoliyati quyidagi portlovchi moddalar, portlatish vositalari va zaharli moddalarga tatbiq etiladi:

a) portlovchi moddalar:

ammiakli selitralar asosida (ammoni?lar, ammonallar, akvatollar, grammonitlar, granulitlar, detonitlar, dinamonlar, karbatollar, poremitlar va boshqalar);

nitrobirikmalar va ularning aralashmalari (trotil, dinitronaftalin, nitroglitserin, nitroglekol, TEN — pentaeritittetranitrat, geksogen, oktogen, tetril va boshqalar);

tutunli va tutunsiz poroxlar, zaryadlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar;

issiqqa chidamli portlovchi moddalar, zaryadlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar;

b) portlatish vositalari:

oʻt oʻtkazuvchi pilta, poroxlarni yoqishning maxsus vositalari;

piston — portlatgichlar, pistonsiz portlatishda tezlashtiradigan vositalar, elektrportlatgichlar, shuningdek, elektr alangalatuvchilar va quduqlarda oʻq otib portlatish ishlari uchun issiqqa chidamli portlovchi patronlar;

tez portlovchi piltalar, tez portlovchi tasmalar, pirotexnik rele;

oraliq portlatgichlar va shashka-portlatgichlar;

v) zaharli moddalar:

akrilonitril (ventoks);

metil spirti;

mishyakli angidrid;

mishyaksimon angidrid;

dixlorid simoblar (sulema) va boshqa simob tuzlari;

nikel tetrakarbonili;

sariq fosfor;

sianidli vodorod va uning tuzlari (natriy sianid, kaliy sianid, kadmiy sianid, kumush sianid, simob sianid va oksitsianid, qoʻrgʻoshin sianid, mis sianid, rux sianid, kalsiy sianid);

sian qotishma;

“siklon”;

Etilmerkurxlorid;

etilen oksidi.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qarorni qabul qilish uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi tomonidan obyektlar joyiga chiqib oʻrganiladi.

Portlovchi moddalarni va portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishda shaxslarning quyidagi toifalarini yollash yoki ishga jalb etishga yoʻl qoʻyilmaydi:

oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar;

maxsus oʻqitilmagan yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq malaka talablariga javob bermaydigan shaxslar;

doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslar;

ularga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan shaxslar;

qasddan jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan shaxslar;

jinoiy jazoni oʻtayotgan shaxslar;

bir yil mobaynida jamoat tartibiga yoki boshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qilgan huquqbuzarliklarni sodir etganligi uchun maʼmuriy javobgarlikka takroran tortilgan shaxslar;

ruhiy kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya, alkogolizm bilan bogʻliq holda dispanser hisobida turgan shaxslar.

Mazkur faoliyatni litsenziyalash doirasida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassislaridan iborat ekspert guruhi tashkil etiladi. Litsenziyalovchi organ talabgordan taqdim etilgan hujjatlarni ekspert guruhiga yuborishi mumkin. Ekspert guruhi oʻz vakolatlari doirasida hujjatlarni koʻrib chiqib, litsenziya talabgoriga tegishli litsenziyani berish yoki bermaslik yuzasidan ekspert xulosasini litsenziyalovchi organga taqdim etadi.

* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

(30-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 397-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2025-y., 09/25/397/0562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga
31-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalasi sohasidagi faoliyatni litsenziyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Litsenziya nomi:

Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalasi sohasida faoliyat uchun litsenziya

2.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turi:

a) ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan muomalada boʻlish;

b) ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini loyihalashtirish;

v) ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini barpo etish;

g) ionlashtiruvchi nurlanish manbalariga xizmat koʻrsatish;

d) ionlashtiruvchi nurlanish manbalari uchun texnologik asbob-uskunalarni, radiatsiyadan muhofazalanish vositalarini yaratish sohasidagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari;

e) ionlashtiruvchi nurlanish manbalari uchun texnologik asbob-uskunalarni, radiatsiyadan muhofazalanish vositalarini tayyorlash sohasidagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari;

yo) ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini qazib olish;

j) ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini ishlab chiqarish;

z) ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini hosil qilish;

i) ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini qayta ishlash;

y) ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanish;

k) ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini saqlash;

l) ionlashtiruvchi nurlanish manbalariga xizmat koʻrsatish;

m) ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini tashish;

n) ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini zararsizlantirish;

o) ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini utilizatsiya qilish;

p) ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini koʻmish.

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs

4.

Litsenziyalovchi organ:

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

5.

Litsenziya olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar:

Ariza.

Arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvaragʻi, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishi toʻgʻrisidagi roziligi.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdori 4 baravari

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdori 10 baravari

8.

Arizani koʻrib chiqish va qaror qabul qilish muddati:

10 ish kuni

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

1. Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalasi sohasi boʻyicha:

a) litsenziatlar tomonidan radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shuningdek, texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, tabiatni muhofaza qilish qoidalari, sanitariya normalari, radiatsiyaviy xavfsizlik qoidalari va gigiyena normativlariga, davlat standartlariga majburiy rioya qilinishi;*

b) litsenziya talabgorida unga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq bilan tegishli boʻlgan, tegishli belgilangan talablarga javob beruvchi faoliyatning litsenziyalanadigan turini bajarish uchun moʻljallangan binolar (ishlab chiqarish xonalari, omborlar va boshqalar) mavjudligi;

v) faoliyatning litsenziyalanadigan turini bajarish uchun zarur moddiy-texnika baza, asbob-uskunalar, boshqa texnik vositalar mavjudligi;

g) radiatsiyaviy xavfsizlik xizmati mavjudligi;

d) ish joylarida, xonalarda, ishlab chiqarish hududlarida, sanitariya-muhofaza zonalarida va kuzatuv zonalarida, shuningdek, ionlashtiruvchi nurlanish manbalari chiqarilishi, tashlanishi va ular koʻmilgan joylarda radiatsiyaviy holat yuzasidan ishlab ch?qarish nazorati amalga oshirilishi;

e) qoʻllanilmaydigan ionlashtiruvchi nurlanish manbalari koʻmib tashlanishini taʼminlash;

yo) ionlashtiruvchi nurlanish manbalari hisoblangan mahsulotlar, materiallar va moddalar, texnologik jarayonlarning radiatsiyaviy xavfsizligini asoslash va baholash ishlari olib borilishi;

j) radiatsiyaviy avariya yuz berganda radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash uchun zarur shart-sharoitlarning mavjudligi;*

z) litsenziyalanadigan faoliyat boʻyicha ishlarni bevosita bajaruvchi xodimlarda tegishli oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumot mavjudligi;

i) ishlab chiqarish rahbarlari, ishlab chiqarish nazorati xizmati xodimlari, mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularni attestatsiyadan oʻtkazish;

y) faoliyatning litsenziyalanadigan turi bilan bogʻliq ishlarni bevosita bajaruvchi xodimlarning muntazam ravishda tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi;*

k) xodimlar nurlanishining yakka tartibdagi dozalarini nazorat qilish va hisobga olish;*

l) xodimlarni ish joylaridagi ionlashtiruvchi nurlanish darajalari va ular tomonidan olingan yakka tartibdagi nurlanish dozasi miqdori toʻgʻrisida muntazam xabardor qilish;*

m) yuridik shaxs shtatida faoliyatning litsenziyalanadigan turi boʻyicha kamida 3 yil ish stajiga ega boʻlgan kamida uch mutaxassisning mavjudligi.

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

Ichki ishlar vazirligi;

Favqulodda vaziyatlar vazirligi;

Sogʻliqni saqlash vazirligi;

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi.

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

Cheklanmagan

12.

Izoh:

Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalasi sohasida faoliyat uchun litsenziya berish tartibi ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy oʻtgach kuchga kiradi.

* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

(31-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-iyuldagi 418-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2024-y., 09/24/418/0508-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga
32-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovar-xom ashyo birjasi faoliyatini litsenziyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1. Litsenziya nomi:

Birja faoliyati uchun litsenziya.

2. Litsenziyalanadigan faoliyat turlari:

Tovar-xom ashyo birjasi faoliyati.

3. Ariza beruvchilar toifasi:

Aksiyadorlik jamiyati shaklidagi yuridik shaxslar.

4. Litsenziyalovchi organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi.

5. Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

1. Litsenziya berish toʻgʻrisida ariza, unda yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, asosiy faoliyat turi, telefon raqami, elektron pochta manzili koʻrsatiladi.

2. Birja tovarlari bilan savdo qilish qoidalari nusxasi.

3. Ustav jamgʻarmasining shakllantirilgani toʻgʻrisida maʼlumotnoma.

4. Birja savdolari elektron tizimi hamda hisob kitob-kliring tizimining Tovar-xom ashyo birjalarining elektron savdo tizimlariga qoʻyiladigan umumiy talablar toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan talablarga javob berishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va “Kiberxavfsizlik markazi” DUKning ijobiy xulosasi.

6. Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigim miqdori:

Yigʻim undirilmaydi.

7. Litsenziya berilgani uchun davlat boji miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida.

8. Arizani koʻrib chiqish va qaror qabul qilish muddatlari:

20 ish kuni.

9. Litsenziya talablari va shartlari:

a) litsenziyalash sohasidagi qonunchilik hujjatlarining muayyan qoidalariga rioya etish;

b) Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan, maʼlumotlarni qayta ishlash boʻyicha zamonaviy markazga ega boʻlgan va Tovar-xom ashyo birjalarining elektron savdo tizimlariga qoʻyiladigan umumiy talablar toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan talablarga javob beradigan hamda ularga asosan ishlab turgan mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan elektron birja savdo tizimining mavjudligi *;

v) ustav fondining ariza berilgan sanada bazaviy hisoblash miqdorining kamida qirq ming baravari miqdorida shakllantirilgani.

Bunda ustav fondini 2024-yil 1-noyabrdan boshlab yuz mlrd soʻm, 2025-yil 1-iyuldan boshlab ikki yuz mlrd soʻm miqdorida faqat mablagʻ koʻrinishida shakllantirish;

g) litsenziya talabgori (litsenziat) rahbari bir vaqtning oʻzida boshqa tovar-xom ashyo birjalarida rahbarlik lavozimini egallashiga yoʻl qoʻymaslik;

d) quyidagi shaxslar litsenziatning rahbari boʻlishi mumkin emas *:

moliya-iqtisod, yuridik, matematika yoki axborot texnologiyalari mutaxassisliklaridan kamida bittasi boʻyicha oliy maʼlumotli boʻlmagan shaxslar;

qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarda, fond birjalarida yoxud iqtisodiy, moliyaviy va yuridik faoliyat sohalarda, axborot texnologiyalari sohasida yoki koʻrsatib oʻtilgan yoʻnalishlar boʻyicha davlat boshqaruvi organlarida kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlmagan shaxslar;

yakka holda ijro etuvchi organ funksiyalarini bajargan, kollegial ijro etuvchi organ tarkibiga kirgan shaxslar yoki ularning aybi bilan yoʻl qoʻyilgan litsenziya talablari va shartlari buzilgani uchun tovar-xom ashyo birjasi faoliyatini amalga oshirishga berilgan litsenziyalarning amal qilishi toʻxtatilgan paytda, agar bunday toʻxtash paytidan boshlab uch yildan kam vaqt oʻtmagan boʻlsa;

iqtisodiyot sohasidagi jinoyat uchun yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyat uchun sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar;

e) tuzilgan birja bitimlari bajarilishining kafolatlanish tizimi mavjudligi;

j) qonunchilik hujjatlariga muvofiq axborotning maxfiyligini taʼminlash *;

z) birja savdosi qoidalarining mavjudligi *, unda:

birja aʼzolari, ularning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisidagi nizom;

birja aʼzoligiga qabul qilish, aʼzolikni toʻxtatib turish va tugatish tartibi;

birja aʼzolarining birja savdolarida ishtirok etishga ruxsat berish tartibi;

birja tovarlarini muomalaga qoʻyish va muomaladan chiqarishga ruxsat berish tartib-taomillari;

tuzilgan birja bitimlarining bajarilishini taʼminlash uchun sharoit yaratish tartibi;

birja savdolarini oʻtkazish tartibi, birja bitimlarining turlari;

birja savdolarida muomalada boʻladigan hosila moliyaviy vositalarning (derivativlarning) tavsifi;

birja tovarlarini kotirovkalash (ularning narxini belgilash) va ular toʻgʻrisidagi axborotni oshkor qilish tartibi;

birja tovarlari bilan operatsiyalarni amalga oshirish, birja bitimlari va birja savdolari natijalarini roʻyxatga olish hamda rasmiylashtirish tartibi;

birja savdolari ishtirokchilari oʻrtasida oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi;

birjada narxlarning shakllanish jarayonini nazorat qilish tartibi;

birja savdolari toʻgʻrisidagi axborotni oshkor etish tartibi;

birja savdolari qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi qoidalar;

birjada nizolarni hal etish tartibi;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarining bajarilishini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar;

birja savdolarida narxlar manipulyatsiyasi va maxfiy axborotdan noqonuniy foydalanishning oldini olish choralari toʻgʻrisidagi qoidalarning mavjudligi;

i) birja savdolarida faqat oldindan eʼlon qilinadigan, isteʼmolchilar va mahsulot ishlab chiqaruvchilar keng tanishishi mumkin boʻlgan birjaning kotirovkalash varagʻiga kiritilgan tovarlarni sotish, oldindan eʼlon qilinadigan birjaning kotirovkalash varagʻiga kiritilmagan tovarlar sotilishiga qoʻyilgan taqiqlarning mavjudligi;

k) birja tovarlariga boʻlgan talab va taklifning nisbati asosida ularni kotirovkalash (narx belgilash);

l) axborotlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiq oshkor qilinishi;

m) litsenziyalovchi organ talabiga koʻra tovar-xom ashyo birjasi faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq axborotni, shu jumladan, internet tarmogʻidan foydalangan holda shaxsiy kabinet orqali birja tovarlarining qoʻyilishi, sotilishi va hisob-kitob-kliring palatasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish. Bunda vakolatli organga birja savdolari jarayonlarini onlayn nazorat qilish imkonini yaratish *;

n) birja savdolarini faqat Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida hamda xorijiy davlatlardagi barcha birja aʼzolariga savdolarda bir vaqtning oʻzida qatnashish imkoniyatini beruvchi va teng kirishini taʼminlovchi markazlashtirilgan elektron tizimda oʻtkazish hamda respublikaning har bir hududida yuqori tezlikdagi himoyalangan internet tarmogʻi orqali birja savdolarida ishtirok etish imkoniyatini yaratish. Bunda birja savdolarini tashkil etishda raqobatni cheklovchi talab va shartlarning joriy etilishini taqiqlash;

o) tovar-xom ashyo birjasining elektron savdo tizimida avtomatik ravishda tuziladigan hamda tovar nomi, oʻlchov birligi, lotlar soni, operatsiya turi, tovarning savdoga qoʻyilgan narxi va bitimda roʻyxatdan oʻtkazilgan narx, tovarni yetkazib berish shartlari, bitim tomonlari, bitim amalga oshirilgan aniq vaqt koʻrsatilgan, elektron protokollar tarzida kiritilgan bitimlar toʻgʻrisidagi axborotni uch yil mobaynida saqlash;

p) tovar-xom ashyo birjasining kotirovkalash varagʻiga faqat bir xil standartga, bir turdagi xossalarga ega boʻlgan, ulgurji turkumlar bilan sotiladigan hamda dastlabki koʻzdan kechirishni talab qilmaydigan birja tovarlarini kiritish;

r) litsenziya olish, uni qayta rasmiylashtirish uchun taqdim etiladigan maʼlumotlarning soxta, yolgʻon va notoʻgʻri emasligini taʼminlash;

s) litsenziat qayta tashkil etilganda uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoxud uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtgandan keyin besh ish kunida “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali litsenziyalovchi organga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida murojaaT qilinishi;

t) zamonaviy server uskunalari bilan jihozlangan va maʼlumotlarni qayta ishlash boʻyicha zamonaviy markazning mavjudligi *, unda:

infratuzilmani tashkil etish uchun kamida 5 ta server uskunasi, har bir server uskunasi 2 ta protsessor va kamida 100 TV xotiraga ega boʻlishi;

bir vaqtning oʻzida axborot tizimining kamida 5 000 ta soʻrovni qayta ishlash tezligini taʼminlay olishi;

kodli qulflar yoki biometrik tizim bilan himoyalangan kirish eshiklariga ega boʻlishi;

yonmaydigan materiallardan koʻtarilgan pollar (falshpol) bilan jihozlangan boʻlishi;

isitilgan va namlikni yoʻqotuvchi toza havo oqimini taʼminlovchi tizimga ega boʻlgan, 24/7 rejimda ishlovchi asosiy va zaxira sovitish texnikalari bilan jihozlanishi;

kuzatuv kameralari bilan jihozlanishi;

kamida 2 soat elektr taʼminoti uzluksizligini (generator ishga tushirilgunga qadar) taʼminlovchi quvvat manbaiga (UPS) ega boʻlishi;

maxsus gaz yordamida avtomatik yongin oʻchirish tizimiga ega boʻlishi;

maʼlumotlarni qayta ishlash markazining 60 foizi quvvat bilan kamida 2 sutka davomida ishlashini taʼminlovchi generator uskunasiga ega boʻlishi;

u) axborot xavfsizligini taʼminlash *, bunda: dasturiy servis va ilovalarning uzluksiz ishlashini taʼminlovchi internet, idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻi hamda boshqa asosiy va zaxira aloqa tarmoqlariga ulangan boʻlishi;

maʼlumotlar uzatish tarmogʻini himoya qilish uchun chegara zonalarini IDS/IPS funksiyalari, antivirus, spam filtr va boshqalarga ega apparat xavfsizlik devorlari bilan jihozlangan boʻlish;

dasturiy ilovalardagi axborotlarni shifrlangan holda uzatish va qabul qilishni taʼminlovchi yechimlarga ega boʻlish;

veb dasturiy ilovalar amaldagi SSL sertifikatlari bilan himoyalangan boʻlishi;

maʼlumotlar bazalarini dastur ishlab chiquvchilar va administratorlar tomonidan oʻzgartirilishidan himoya qilish uchun RAM tizimiga ega boʻlish;

xodimlar tomonidan maʼlumotlarning sizib chiqishini nazorat qilish uchun DLP tizimga ega boʻlish;

f) har yil yakuni boʻyicha tovar-xom ashyo birjalari moliyaviy faoliyati yuzasidan xalqaro auditorlik tashkilotlari tomonidan mustaqil auditdan oʻtkazish;

x) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-noyabrdagi PQ-3386-son qarori bilan tasdiqlangan monopolist korxonalar tomonidan bozor tamoyillari asosida sotiladigan roʻyxatga kiritilgan mahsulot turlari, xom ashyo va materiallar tovar xom ashyo birjalari tomonidan birja faoliyati uchun litsenziya olgandan boshlab olti oy davomida litsenziya talablari va shartlarini buzish holatlari aniqlanmagan taqdirda sotilishiga yoʻl qoʻyiladi;

ch) vakolatli organlar bilan kelishilgan holda birja tarkibiga axborot xavfsizligi va korrupsiyaga qarshi komplayens tuzilmasining tashkil etilganligi.

10. Litsenziya berishda kelishiladigan organlar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi.

2. “Kiberxavfsizlik markazi” DUK.

11. Litsenziyaning amal qilish muddati:

Cheklanmagan.

12. Izoh:

* qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talablar va shartlar.

(32-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-sentabrdagi 570-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2024-y., 09/24/570/0715-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga
33-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kosmik texnologiyalarni qoʻllovchi tashkilotlarning faoliyatini litsenziyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Litsenziya nomi:

Kosmik texnologiyalarni qoʻllovchi tashkilotlarning faoliyati uchun litsenziya

2.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:

a) ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari, loyiha-konstruktorlik va texnologik ishlanmalar*, kosmik texnikaning sinov, tajriba va tijorat namunalarini tayyorlash hamda sinovdan oʻtkazish;

b) oxirgi isteʼmolchilarga kosmik xizmatlar koʻrsatish.

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

yuridik shaxs

4.

Litsenziyalovchi organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi

5.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Ariza.

Arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

a) yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi;

b) faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvaragʻi, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili;

v) kerakli litsenziya toifasini, uning kichik turini va yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish, oʻzgartirish, uzaytirish maqsadini tanlash;

g) litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

mavjud emas

8.

Arizani koʻrib chiqish muddatlari:

20 ish kuni

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

a) litsenziat tomonidan kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi;

b) xizmatlar koʻrsatish shartlari, tariflar va axborot maʼlumotlarini rasmiy veb-saytlarida joylashtirish;

v) umumdavlat vazifalarini hal etish uchun kosmik sohani rivojlantirishning milliy dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etish.

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

mavjud emas

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

cheklanmagan

12.

Izoh.

Oxirgi isteʼmolchilarga kosmik xizmatlar koʻrsatish litsenziyaning ushbu kichik turida oxirgi isteʼmolchilarga yoʻldoshli aloqa va yoʻldoshli navigatsiya xizmatlarini koʻrsatish nazarda tutilmaydi.

* texnologik ishlanmalar sunʼiy yoʻldosh apparatlari va ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni oʻz ichiga oladi.

(33-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-iyuldagi 418-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2024-y., 09/24/418/0508-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga
34-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Litsenziya nomi:

Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish faoliyati uchun litsenziya

2.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:

fuqaroviy va xizmat qurolini ishlab chiqarish;

fuqaroviy va xizmat qurolining oʻq-dorilarini ishlab chiqarish;

fuqaroviy va xizmat qurolini taʼmirlash;

fuqaroviy va xizmat qurolini realizatsiya qilish;

fuqaroviy va xizmat qurolining oʻq-dorilarini realizatsiya qilish.

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxslar

4.

Litsenziyalovchi organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

5.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

1. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

a) yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank hisobvaragʻi, telefon raqamlari, elektron pochta va mavjud boʻlsa veb-sayt manzili, ishlab chiqarilishi, taʼmirlanishi va (yoki) realizatsiya qilinishi rejalashtirilayotgan fuqaroviy va xizmat qurolining hamda uning oʻq-dorilarining turlari koʻrsatilgan holda amalga oshirilishi moʻljallanayotgan litsenziyalanadigan faoliyat turi (uning qismi), litsenziyalanadigan faoliyat turi (uning qismi) amalga oshiriladigan joy (manzil) koʻrsatilgan litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza;

b) litsenziya talablari va shartlariga muvofiq litsenziyalanadigan faoliyat turlari boʻyicha zarur boʻlgan barcha ishlarni amalga oshirish uchun moʻljallangan moddiy-texnik baza toʻgʻrisida maʼlumotlar (maxsus jihozlangan binolarni, inshootlarni, xonalarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi yoki ularni ijara olish shartnomasi, qoʻriqlashning muhandislik-texnik vositalarini oʻrnatish, yongʻinga qarshi avtomatika va qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalarini montaj qilish dalolatnomalari, ularni ichki ishlar organlari qoʻriqlash boʻlinmalarining texnik qoʻriqlash markazi qoʻriqloviga olish shartnomasi);

v) litsenziyalanadigan faoliyat turini (uning qismini) amalga oshirishda yuzaga kelgan yongʻinni, avariyani yoki oʻzga favqulodda vaziyatni bartaraf etish, uning oqibatlarini cheklash yoki kamaytirish boʻyicha litsenziya talabgori maʼmuriyati va xodimlarining harakatlarini belgilovchi avariyaga oid ichki reja;

g) yuridik shaxsning rahbarlari va litsenziyalanadigan faoliyat turlari bilan bevosita bogʻliq ishlarga jalb etilayotgan xodimlari, ularning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va joyi, doimiy yashash joyi, egallab turgan lavozimi, litsenziyalanadigan faoliyat turi boʻyicha ish staji koʻrsatilgan roʻyxati;

d) yuridik shaxs shtatida ruhiy holati buzilganligi, narkomaniya, toksikomaniya, alkogolizm boʻyicha dispanser hisobida turgan xodimlarning yoʻqligi toʻgʻrisidagi tegishli tibbiyot muassasalari maʼlumotnomalari.

2. Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishda qoʻshimcha ravishda quyidagilar taqdim etiladi:

a) loyiha hujjatlarining, binolar va inshootlarning, qoʻllaniladigan texnika qurilmalarining, sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi va foydalanishga doir boshqa hujjatlarning sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi sanoat xavfsizligi ekspertizasining xulosasi (fuqaroviy va xizmat oʻqotar, pnevmatik va signal beruvchi qurolni hamda ularning oʻq-dorilarini, shuningdek, oʻzini oʻzi himoya qilish qurolini ishlab chiqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun);

b) fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarishga taalluqli boʻlgan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar;

v) ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifat nazoratini taʼminlash imkonini beradigan sinov laboratoriyasining mavjudligini tasdiqlovchi hujjat yoki bunday laboratoriya bilan sinovlarni oʻtkazishga doir ishlarni amalga oshirish boʻyicha shartnoma;

g) ichki ishlar organlarining yoki idoraviy (idoradan tashqari) harbiylashtirilgan qoʻriqlash yoxud idoraviy qorovullik xizmatining qoʻriqlovini taʼminlash shartnomasi;

d) mutaxassislarning malakasi toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlar (texnika, kon-texnika, fizika, kimyoviy, oʻzga tegishli (asosiy) oliy va (yoki) oʻrta maxsus maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomlarning, malaka toifasi berilganligi, malakani oshirish kurslarini yoki maxsus tayyorgarlikdan oʻtganligi haqidagi sertifikatlar va oʻzga hujjatlarning nusxalari) ilova qilingan maʼlumotlar (fuqaroviy va xizmat oʻqotar, pnevmatik va signal beruvchi qurolni hamda ularning oʻq-dorilarini, shuningdek, oʻzini oʻzi himoya qilish qurolini ishlab chiqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun).

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari

8.

Arizani koʻrib chiqish muddatlari:

30 ish kun

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

1. Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatga qoʻyiladigan umumiy litsenziya talablari va shartlari:

a) litsenziat tomonidan tegishli litsenziyalanadigan faoliyat turi boʻyicha qonun hujjatlariga, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga, xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, yongʻin xavfsizligi, atrof-muhitni muhofaza qilish va sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish;

b) arizada koʻrsatilgan litsenziyalanadigan faoliyat turlarini qonunchilik hujjatlariga hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq toʻliq hajmda amalga oshirish uchun litsenziya talabgorida mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda tegishli boʻlgan moddiy-texnik bazaning (maxsus jihozlangan binolar, inshootlar, xonalar, qoʻriqlashning muhandislik-texnik vositalari, yongʻinga qarshi avtomatika va qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalari, texnologiya asbob-uskunalar, seyf va metall javonlar) mavjudligi;

v) litsenziyalanadigan faoliyat turini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari tomonidan belgilab berilgan joylardagi doimiy ravishda joylashgan statsionar turdagi bino va inshootlarda, shuningdek, litsenziyada koʻrsatilgan doirada hamda joy (manzil) boʻyicha amalga oshirish;

g) fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilari but saqlanishini taʼminlash va ular mavjud boʻlgan joylarga begona shaxslarning ruxsatsiz kirishini istisno etishga qaratilgan rejim choralarini koʻrish, ularni ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish obyektlarida jismoniy himoya qilish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish, ularni qoʻriqlashning muhandislik-texnik vositalari hamda ichki ishlar organlari qoʻriqlash boʻlinmalarining texnik qoʻriqlash markaziga ulangan qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalari bilan jihozlash;

d) “Qurol toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalasi taqiqlangan fuqaroviy va xizmat qurolining hamda uning oʻq-dorilarining chiqarilishiga, taʼmirlanishiga va realizatsiya qilinishiga yoʻl qoʻymaslik;

e) ishlab chiqarilgan, taʼmirlangan, olingan va realizatsiya qilingan fuqaroviy va xizmat qurolining hamda uning oʻq-dorilarining hisobini yuritish, shuningdek, hisobga olish hujjatlarini oʻn yil mobaynida seyfda saqlash, oʻz faoliyatini toʻxtatgan yuridik shaxslar tomonidan ichki ishlar organlari arxiviga topshirish;

j) avariyaga oid ichki rejani ishlab chiqish;

z) favqulodda vaziyatni bartaraf etish, uning oqibatlarini cheklash yoki kamaytirish, xavfli moddalar tarqalishining (oqib ketishining) oldini olish va lokallashtirish uchun zarur boʻlgan yakka tartibdagi va jamoaviy himoyalanish vositalarining, shuningdek, maxsus vositalarning hisob-kitob zaxirasi va turlari mavjudligi, ularni ishchi holatida saqlash;

i) litsenziyalanadigan faoliyat turlari bilan bevosita bogʻliq ishlarga quyidagi xodimlar jalb etilmasligi lozim:

yigirma besh yoshga toʻlmagan;

doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan;

ruhiy holati buzilganligi, narkomaniya, toksikomaniya, alkogolizm boʻyicha dispanser hisobida turgan;

“Qurol toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasi oʻninchi qismining uchinchi, beshinchi, oltinchi, yettinchi, sakkizinchi, oʻninchi, oʻn birinchi va oʻn ikkinchi xatboshilarida belgilangan asoslar mavjud boʻlgan;

k) litsenziyalanadigan faoliyat turlari bilan bevosita bogʻliq ishlarga jalb etilayotgan xodimlarni muntazam ravishda (har yili) psixiatriya va narkologiya koʻriklaridan oʻtkazish;

l) litsenziyalovchi organga ishlab chiqarilgan, taʼmirlangan va realizatsiya qilingan fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek, litsenziyalanadigan faoliyat turlari bilan bevosita bogʻliq ishlarga jalb etilayotgan xodimlarning roʻyxatini taqdim etish;

m) qurol toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining talablariga rioya etilishini tekshirish uchun Ichki ishlar vazirligi organlari xodimlarining fuqaroviy va xizmat quroli ishlab chiqariladigan, taʼmirlanadigan, realizatsiya qilinadigan va saqlanadigan obyektlar hududiga hamda joylarga soat 6-00 dan 22-00 gacha moneliksiz kirishini taʼminlash, tanishib chiqish uchun ularga zarur hujjatlarni taqdim etish;

n) litsenziyalanadigan faoliyat turlarini amalga oshirish chogʻida fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilari but saqlanishini, berilishi-qabul qilib olinishini, hisobga olinishini hamda ulardan foydalanilishini taʼminlash majburiyati zimmasiga yuklangan xodimlarni belgilash.

2. Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish faoliyatiga qoʻyiladigan qoʻshimcha talablar va shartlari:

litsenziya talabgori tomonidan xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda qoʻllaniladigan inshootlar va texnika qurilmalarining diagnostikasi, sinovlari, tekshiruvi oʻtkazilishini, shuningdek, sanoat xavfsizligi ekspertizasini oʻtkazish tizimini joriy etish (fuqaroviy va xizmat oʻqotar, pnevmatik va signal beruvchi qurolni, ularning oʻq-dorilarini hamda oʻzini oʻzi himoya qilish qurolini ishlab chiqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun);

texnik reglamentlar yoki standartlarning talablariga muvofiq ishlab chiqilgan ishlab chiqariladigan mahsulotning har bir turi boʻyicha texnologik va foydalanishga doir hujjat (chizmalar, texnik shartlar, texnologik reglamentlar, qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma)larni yuritish;

ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifat nazoratini taʼminlash imkonini beradigan sinov laboratoriyasining yoki bunday laboratoriya bilan sinovlarni oʻtkazishga doir ishlarni amalga oshirish boʻyicha shartnoma mavjudligi;

fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan xomashyo va komponentlar kirimi va chiqimi hisobini yuritish;

ishlab chiqarilgan fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini sertifikatlashtirish tartibiga amal qilish, ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi markirovkani, keyinchalik tamgʻalash yoki unga muvofiqlik belgisini qoʻyish;

ishlab chiqarish obyekti hududida, ishlab chiqarish, laboratoriya va ombor inshootlari hamda xonalarida ruxsat berish va obyekt ichki rejimini taʼminlash;

fuqaroviy va xizmat oʻqotar qurolini hamda uning oʻq-dorilarini, ogʻiz qismidagi quvvat oltmish besh jouldan yuqori va kalibri toʻqqiz millimetrdan ortiq boʻlgan pnevmatik ov qurolini ishlab chiqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishda ichki ishlar organlari qoʻriqlash boʻlinmalarining tunu kun qurolli qoʻriqlovini taʼminlash;

pnevmatik (ogʻiz qismidagi quvvat oltmish besh jouldan yuqori va kalibri toʻqqiz millimetrdan ortiq boʻlgan pnevmatik ov qurolidan tashqari) va signal beruvchi ov qurolini, pnevmatik va signal beruvchi sport qurolini, signal beruvchi qurolning oʻq-dorilarini, shuningdek, oʻzini oʻzi himoya qilish qurolini ishlab chiqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishda ichki ishlar organlarining yoki xizmat quroli bilan qurollangan idoraviy (idoradan tashqari) harbiylashtirilgan qoʻriqlash yoxud idoraviy qorovullik xizmatining tunu kun qurolli qoʻriqlovini taʼminlash;

shtatda litsenziyalanadigan faoliyat turiga (uning qismiga) muvofiq keladigan texnika, kon-texnika, fizika, kimyoviy, oʻziga tegishli (asosiy) oliy va (yoki) oʻrta maxsus maʼlumotga hamda malakaga ega boʻlgan boʻlgan mutaxassislarning, shuningdek, rahbarning rejim boʻyicha oʻrinbosari lavozimi mavjudligi (fuqaroviy va xizmat oʻqotar, pnevmatik va signal beruvchi qurolni hamda uning oʻq-dorilarini, oʻzini oʻzi himoya qilish qurolini ishlab chiqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishda);

3. Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish faoliyatiga qoʻyiladigan qoʻshimcha talablar va shartlari:

bitta savdo zalida qurol va boshqa turdagi tovarlar realizatsiya qilinishiga yoʻl qoʻymaslik, bundan sport, ov va baliq ovlash ashyolari, qurolning ehtiyot qismlari va pirotexnika buyumlari mustasno;

savdo obyektining tashqi perimetri va ichki hududini, qurolxonani, kuzatilmaydigan joylarni istisno etgan holda, zamonaviy videokuzatuv tizimlari bilan taʼminlash, shuningdek, tashqi perimetr boʻylab doʻkonga va qurolxonaga kirish eshiklarining hamda savdo zaliga oʻrnatilgan videokuzatuv tizimlarining tasvirini ichki ishlar organlari qoʻriqlash boʻlinmalarining texnik qoʻriqlash markaziga ulash;

bir vaqtning oʻzida sotuvda mavjud boʻlgan oʻqotar ov qurolining har bir rusumidan ikki donadan koʻp miqdordagi oʻqotar ov quroli hamda besh ming donadan ortiq miqdordagi uning patronlari saqlanishiga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek, koʻrsatilgan miqdorlardan koʻp miqdorlardagi oʻqotar ov quroli va uning patronlari shartnomaviy tartibda ichki ishlar organlarining qurolxonalarida saqlanishini tashkil etish;

savdo obyektlari va qurolxonalarning kirish eshiklarini qoʻriqlash signalizatsiyasi vositalari bilan taʼminlash va ularni ichki ishlar organlari qoʻriqlash boʻlinmalarining texnik qoʻriqlash markaziga ulash;

savdo obyektida, shu jumladan, ularning tashqi qismidagi qoʻriqlash va yongʻin xavfsizligi tizimining bogʻlovchi elektr oʻtkazgichlari yopiq tarzda oʻtkazilishini taʼminlash;

sotuvga qoʻyilgan va sotilgan qurolning elektron hisobini yuritish (qurolning rusumi, seriya raqami, ishlab chiqarilgan yili, ichki ishlar organlarining qurolni realizatsiya qilishga doir ruxsatnomasi raqami va sanasi, sotib olgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash manzili);

fuqaroviy va xizmat quroli, uning oʻq-dorilari, initsiatsiyalanadigan va olovlanadigan modda va material (porox va piston)lar shuningdek, soyli stvolli ov qurolining zatvor mexanizmlarini qurolxonada bir-biridan ajratilgan xolda (alohida seyf va metall javonlarda) saqlanishini taʼminlash;

realizatsiya qilinayotgan fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilarining har bir turi boʻyicha ularning xavfsizligi va isteʼmol xossalarini taʼminlash uchun axborotning toʻliq berilishini taʼminlaydigan guvohnomalar, sertifikatlar va qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomalarning mavjudligi;

fuqaroviy va xizmat qurolini ichki ishlar organlarining unda koʻrsatilgan qurolni olishga doir ruxsatnomasi asosida realizatsiya qilish, “Qurol toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasi toʻrtinchi qismiga muvofiq ichki ishlar organlarining ruxsatnomalarisiz olinadigan fuqaroviy va xizmat quroli bundan mustasno;

fuqaroviy va xizmat qurolining oʻq-dorilarini yuridik shaxslarga ichki ishlar organlarining qurolni olishga doir unda koʻrsatilgan oʻq-dorilarni olish huquqini beruvchi ruxsatnomasi asosida jismoniy shaxslarga esa — ichki ishlar organlarining olinayotgan oʻq-dorilarga muvofiq boʻlgan qurolni saqlash va olib yurishga doir ruxsatnomasi taqdim etilganda, “Qurol toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasi toʻrtinchi qismiga muvofiq ichki ishlar organlarining ruxsatnomalarisiz olinadigan fuqaroviy va xizmat qurolining oʻq-dorilari bundan mustasno;

raqami va ishlab chiqaruvchining tamgʻasi mavjud boʻlmagan qurolni, ishlab chiqaruvchining axborot markirovkasi mavjud boʻlmagan oʻq-dorilarni, shuningdek, zavodda ishlab chiqarilmagan (qoʻlbola) yoki qayta ishlangan qurol realizatsiya qilinishiga yoʻl qoʻymaslik;

jismoniy shaxslarga realizatsiya qilinayotgan tigʻli sovuq va signal beruvchi ov qurolining, oʻqotar ov qurolining oʻq-dorilarini ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan berilgan ovchilik guvohnomasida, oʻzini oʻzi himoya qilish qurolini esa — fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qiluvchi yuridik shaxsning hisobga olish hujjatlarida roʻyxatdan oʻtkazish;

isteʼmolchilarning manfaatlari va huquqlarini taʼminlash, ularga fuqaroviy va xizmat quroliga hamda uning oʻq-dorilariga xizmat koʻrsatish, ularni tashish, saqlash, olib yurish va ulardan foydalanish shartlarini mijozlarga yetkazish.

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati (yuridik shaxsning rahbarlari va xodimlarini litsenziyalanadigan faoliyat turlari bilan bevosita bogʻliq ishlarga jalb etish yuzasidan).

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

Cheklanmagan.

12.

Izoh.

Asosiy tushunchalar:

fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish — fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini, shuningdek, oʻqotar qurolning asosiy qismlarini tadqiq etish, sinovdan oʻtkazish, ishlab chiqarish, fuqaroviy va xizmat qurolini hamda oʻqotar qurolning asosiy qismlarini rekonstruksiya qilish va badiiy bezash;

fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini rekonstruksiya qilish — fuqaroviy va xizmat qurolining hamda uning oʻq-dorilarining, shuningdek, oʻqotar qurolning asosiy qismlarining ballistik va boshqa texnik xususiyatlarini oʻzgartirish maqsadida ularga konstruktiv oʻzgartirishlar kiritish;

fuqaroviy va xizmat qurolini taʼmirlash — fuqaroviy va xizmat qurolining hamda oʻqotar qurolning asosiy qismlarining ballistik va boshqa texnik xususiyatlarini tiklash;

fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish — sotib olingan yoki komissiya shartnomalari boʻyicha sotuvga qoʻyilgan fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilari, shuningdek, oʻqotar qurolning asosiy qismlari bilan savdo qilish.

Quyidagi faoliyat litsenziyalanmaydi:

a) pichoqlarning milliy turlarini (pichoqlar) ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyat — tigʻining fiksatori boʻlmagan, uzunligi 220 mm gacha va qalinligi 2,5 mm gacha boʻlgan anʼanaviy shaklda bajarilgan, sopi suyak, yogʻoch, ebonit yoki plastik material qadab naqsh solingan xalq hunarmandchiligi buyumlari;

b) qurol egalari shaxsiy foydalanishi uchun aslahalash boʻyicha faoliyat — jismoniy shaxslar tomonidan silliq stvolli ov qurolini saqlash va olib yurishga doir ruxsatnoma asosida oʻzlariga tegishli boʻlgan silliq stvolli ov qurolining patronlari;

v) qurol egalari tomonidan qurolni taʼmirlash hamda uning butlovchi qismlarini almashtirish faoliyati — jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan qurolni saqlash va olib yurishga, saqlashga, kolleksiyalash yoki koʻrgazmaga qoʻyishga doir ruxsatnomalar asosida oʻzlariga tegishli boʻlgan fuqaroviy va xizmat qurolini taʼmirlash hamda uning butlovchi qismlarini almashtirish;

g) qurol egalari tomonidan qurolni hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish faoliyati — jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan qurol va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilishga doir ruxsatnomalar asosida oʻzlariga qonuniy asoslarda tegishli boʻlgan fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish.

Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi. Litsenziya talabgorining arizasiga binoan litsenziya litsenziyalanayotgan faoliyat turining butun faoliyat turiga yoki uning bir qismiga (qismlariga) berilishi mumkin.

Litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga mos kelishini aniqlash uchun oʻz mablagʻlari hisobidan yuqorida qayd etilgan muddat doirasida quyidagi huquqlarga ega:

litsenziya talabgorining litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish uchun talab etiladigan mavjud sharoitlarini joyiga chiqib baholash;

hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish uchun qoʻshimcha ravishda shartnoma asosida tegishli sohalar boʻyicha yuqori malakali mutaxassislarni va ekspertlarni jalb etish.

Litsenziyalovchi organ oʻz vakolati doirasida litsenziya talablari hamda shartlarining buzilishi fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilarining yoʻqolishi yoki talon-toroj qilinishi xavfini keltirib chiqargan hollarda ularni olib qoʻyish, ichki ishlar organiga zudlik bilan olib borishni hamda vaqtincha saqlash uchun joylashtirishni talab qilish huquqiga ega.

(34-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga

35-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importi uchun litsenziya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1. Litsenziya nomi:

Maxsus turdagi tovarlarning eksporti va importi uchun litsenziya

2. Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turi:

Maxsus turdagi tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish va hududiga olib kirish

3. Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik va jismoniy shaxslar

4. Litsenziyalovchi organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

5. Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza;

arizada quyidagilar koʻrsatiladi*:

yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi, hisobvaragʻi, telefon raqami;

jismoniy shaxs uchun — FIO, JSHSHIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami;

tashqi savdo shartnomasi toʻgʻrisida maʼlumot (shartnoma tomonlari, ularning joylashuvi, faoliyat turi va boshqa rekvizitlari yoki import qiluvchi isteʼmolchi hisoblanmasa, isteʼmolchi toʻgʻrisida maʼlumot, uning joylashuvi, faoliyat turi va boshqa rekvizitlari);

maxsus turdagi tovarlarni tashish toʻgʻrisida maʼlumot (yukning tashqi iqtisodiy faoliyat Tovar nomenklaturasi (TIF TN) va (yoki) BMT nomenklaturasi boʻyicha kodi, yukni joʻnatuvchi, qabul qiluvchi, transport turi (davlat raqami belgisi), yukni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish (olib kirish) joylari va tranzit qatnashchilari boʻlgan davlatlar hududi boʻylab harakatlanishining moʻljallanayotgan yoʻnalishlari);

toʻlov topshiriqnomasi raqami va sanasi;

b) tashqi savdo shartnomasi (bitimi);

v) maxsus turdagi tovarlarning kelib chiqish manbalarini tasdiqlovchi hujjat;

g) import qiluvchi va isteʼmolchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma (agar import qiluvchi isteʼmolchi hisoblanmasa);

d) sotib oluvchi tashkilotning joylashgan mamlakati qonunchiligiga muvofiq maxsus turdagi tovarlar bilan tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi hujjat;

e) soʻnggi isteʼmolchi majburiyatlari toʻgʻrisidagi hujjat (yoki Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqilayotgan eksport nazorati obyektlaridan ommaviy qirgʻin qurollarini yaratish yoki yetkazib berish vositasi maqsadida foydalanmaslik, shuningdek, ularni eksport nazorati sohasida vakolatli davlat organining ruxsatisiz reeksport yoki uchinchi tomonga berishga yoʻl qoʻymaslik majburiyatini oʻz ichiga olgan chet el davlati (xalqaro tashkilot) vakolatli organi tomonidan beriladigan boshqa hujjat).

6. Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari

(berilgan litsenziyaga oʻzgartirishlar kiritish uchun yigʻim litsenziyani berganlik uchun toʻlanadigan summasining ellik foizi miqdori)

Mablagʻ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatini rivojlantirish jamgʻarmasiga kirim qilinadi.

7. Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

Mavjud emas.

8. Arizani koʻrib chiqish muddati:

15 ish kuni.

9. Litsenziya talablari va shartlari:

Talabgor quyidagi talablar va shartlarga javob berishi lozim:

eksport nazorati sohasidagi qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini himoya qilish, jamoat tartibi va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasidagi qonunchilik hujjatlariga hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etilishini taʼminlash;

eksport nazorati obyektlarining but saqlanishini, saqlashda ularning xavfsizligini va maqsadli foydalanilishini taʼminlash, shuningdek, eksport nazorati obyektlaridan begona shaxslar foydalanishini istisno etishga qaratilgan rejim va boshqa choralarni koʻrish (bunda zarur hollarda ichki ishlar organlari qoʻriqlash boʻlinmalari bilan qoʻriqlash xizmatini koʻrsatish boʻyicha shartnoma tuzish);

eksport nazorati sohasida harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirishga bevosita bogʻliq ishlarga jalb etilgan xodimlarni eksport nazorati obyektlariga monelik qiladigan kasalliklar yoki jismoniy nuqsonlar mavjud emasligiga qaratilgan tibbiy tekshiruvdan muntazam ravishda (yiliga bir marta) oʻtkazishni tashkil etish;

ruxsat berish toʻgʻrisida ariza olingan kundan eʼtiboran bir yil ichida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona qonunchilik hujjatlari boʻyicha bartaraf etilmagan qonun buzilishi holatlari mavjud emasligi;

eksport nazorati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining talablariga rioya etilishini tekshirish uchun vakolatli organga monelik qilmaslik va tanishib chiqish uchun ularga zarur hujjatlarni taqdim etish.

10. Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

Eksport nazorati obyekti toifasidan kelib chiqib:

bakteriologik (biologik) va zaharlovchi qurollarni yaratishda qoʻllanilishi mumkin boʻlgan insonlar, hayvonlar va oʻsimliklarning kasallik qoʻzgʻatuvchilari (patogenlari), ularning genetik oʻzgargan shakllari, genetik materiallar va asbob-uskunalar qismlari boʻyicha tasdiqlangan eksport nazorati obyektlari yuzasidan tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Bojxona qoʻmitasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining;

kimyoviy qurollarni yaratishda qoʻllanilishi mumkin boʻlgan kimyoviy moddalar, asbob-uskunalar va texnologiyalar boʻyicha tasdiqlangan eksport nazorati obyektlari yuzasidan tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Mudofaa sanoati agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Bojxona qoʻmitasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining;

yadroviy materiallar, asbob-uskunalar, maxsus yadroviy boʻlmagan materiallar va tegishli texnologiyalar boʻyicha tasdiqlangan eksport nazorati obyektlari yuzasidan tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Mudofaa sanoati agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Bojxona qoʻmitasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hamda Fanlar akademiyasining;

raketa quroli va yadroli, kimyoviy, bakteriologik (biologik) va zaharli qurollarning boshqa yetkazib berish vositalarini yaratishda foydalaniladigan uskunalar, materiallar va texnologiyalar boʻyicha tasdiqlangan eksport nazorati obyektlari yuzasidan tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa sanoati agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Bojxona qoʻmitasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining;

harbiy maqsadlarga moʻljallangan mahsulotlar boʻyicha tasdiqlangan eksport nazorati obyektlari yuzasidan tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa sanoati agentligi, Bojxona qoʻmitasining litsenziya berish yoki uni rad etish toʻgʻrisidagi xulosalarini majburiy tartibda olish uchun yuboradi.

Vakolatli organ yuridik va jismoniy shaxslarga litsenziya berish maqsadga muvofiqligi yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda sohaga aloqador davlat boshqaruvi organlaridan zarur maʼlumotlar va tegishli xulosalarni olishi mumkin.

11. Litsenziyaning amal qilish muddati:

Bir martalik harakatni bajarish bilan cheklanadi.

12. Izoh:

* maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun talabgor javob beradi.

(35-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga

36-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji hamda chakana savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Litsenziya nomi:

Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji hamda chakana savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya

2.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:

Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji savdosi.

Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning chakana savdosi.

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs yoki jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor)

4.

Litsenziyalovchi organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)

5.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Ariza.

Arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

yuridik shaxslar uchun:

yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvaragʻi, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), filiallari (mavjud boʻlsa, har birining manzili alohida koʻrsatilishi shart), litsenziyani toifalari boʻyicha tanlash, arizani toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;

jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) uchun:

familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport yoki ID-kartaga oid maʼlumotlar (pasport seriyasi va raqami, JSHSHIR), yashash manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), faoliyatni amalga oshirish manzili, litsenziya toifalari boʻyicha tanlash, ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari

8.

Arizani koʻrib chiqish muddatlari:

10 ish kuni ichida

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

a) Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻsimliklarni himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni va sohaga oid boshqa qonunchilik hujjatlariga, oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini olib kirish, saqlash, tashish, realizatsiya qilish va ulardan foydalanish yuzasidan belgilangan qoidalar hamda tartibga rioya etish, mazkur vositalarning qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va atrof-muhitni ifloslantirishiga yoʻl qoʻymaslik;

b) oʻsimliklarni himoya qilish yoʻnalishida oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumotga, lavozim majburiyatlariga muvofiq malakasini oshirganligi toʻgʻrisida sertifikatga ega boʻlgan xodimlarning mavjudligi;

v) xodimlar bilan yangi mehnat shartnomalari tuzilganligi, shartnomalarga oʻzgartirishlar kiritilganligi va ular bekor qilinganligi, shuningdek, amaldagi mehnat shartnomalari toʻgʻrisidagi axborotlarni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida majburiy roʻyxatdan oʻtkazish.

Bunda mutaxassislar uch yilda kamida bir marta belgilangan tartibda malaka oshirish kurslarida ishtirok etishi va malaka sertifikatiga ega boʻlishi shart;

g) tovar-moddiy zaxiralarni toʻgʻri shakllantirish, hisobini yuritish va ularni boshqarishni taʼminlashda — “birinchi kiruvchi, birinchi chiqadi” tamoyiliga asoslangan xoʻjalik yuritish tizimi joriy etilishi lozim;

d) mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar (keyingi oʻrinlarda — mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar)ning ulgurji hamda chakana savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyalashning moddiy-texnik bazasi va binosiga (xonasiga) qoʻyiladigan talablar:

Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarning ulgurji hamda chakana savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyalashning binosiga (xonasiga) qoʻyiladigan talablar

Savdo shoxobchasi va shoxobcha filiallarining savdo xonalari hamda boshqa maqsadda foydalanishga moʻljallangan xonalar (mavjud boʻlganda) ajratilgan va alohida kirish eshigiga ega boʻlishi zarur.

Savdo shoxobchasi xonalari va asbob-uskunalarga qoʻyiladigan talablar

Xona devori, shifti va pollari dezinfeksiyalovchi moddalar bilan namli tozalashga yoʻl qoʻyiladigan holda taʼmirlangan boʻlishi kerak. Taʼmirlovchi vositalar sifatida suvga chidamli boʻyoq, emal va oq rangli sirlangan kafel plitkalari (mayolika) qoʻllanilishi mumkin.

Shoxobcha asbob-uskunalari mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarning taʼsiriga va baʼzi hollarda kimyoviy reaktivlarning taʼsiriga turgʻun materiallardan ishlangan, tashqi va ichki tomoni tekis boʻlishi kerak. Asbob-uskunalar va shoxobcha mebellari tozalashga qulay hamda yorugʻlik tushishini toʻsmagan holda joylashtirilishi kerak. Ishlab chiqarish xonalarida ish faoliyatiga taalluqli boʻlmagan asbob-uskunalarni joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Savdo shoxobchasi (filiallar) maxsus shaxobcha mebellari, ishlab chiqarish asbob-uskunalari, termolabil vositalarni saqlaydigan ishlab chiqarish uskunasi, mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarning savdosi hamda ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.

Savdo ofislari qoʻshimcha ravishda sovutish uskunalari bilan taʼmirlangan boʻlishi lozim.

Savdo shoxobchasi xonalarini yoritish va sanitariya jihatidan obodonlashtirish

Savdo shoxobchasi xonalarida bir soat ichida kamida bir marotaba havo almashtirishni taʼminlaydigan tabiiy umumlashtiruvchi ventilyatsiyani ishlatishga yoʻl qoʻyiladi.

Savdo shoxobchasi va ularning filiallari suv taʼminoti tarmogʻi yoki mahalliy suv manbayi orqali suv bilan taʼminlanadi.

Savdo shoxobchasi va ularning filiallari ishlatilgan suvni chiqarish uchun kanalizatsiya tizimiga ulangan boʻlishi kerak, kanalizatsiya boʻlmaganda chiqarish tizimi sifatida chuqur gidrohimoyalangan oʻralar qoʻllaniladi. Qattiq holdagi chiqindilar uchun germetik qopqoqli axlat idishlar oʻrnatiladi.

e) mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar bilan ulgurji savdo qilishga qoʻyiladigan talablar:

Ulgurji savdoni tashkil etish

Sotilgan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarning hamda ular qaysi chakana savdo shoxobchasiga sotilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (maxsus QR — kod) Agentlikning avtomatlashtirilgan axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — AAT)* kiritiladi.

Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan mineral oʻgʻitlarni va kimyoviy vositalarni, shuningdek, ularning gʻayriqonuniy nusxalarini xarid qilish va ulgurji savdo qilish taqiqlanadi.

Ulgurji savdo qiluvchi tashkilotlar mineral oʻgʻitlarning va kimyoviy vositalarning ishlatilishida nojoʻya reaksiyalar aniqlangan barcha holatlar toʻgʻrisida darhol Agentlikni AAT orqali xabardor qiladi.

Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar savdosi faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaning raqami, amal qilish muddati, shuningdek, litsenziya bergan organ toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tanishish uchun qulay va koʻrinadigan joyga joylashtirilishi kerak.

Ulgurji savdo qiluvchilarning bino va omborxonalariga qoʻyiladigan talablar

Ulgurji savdo qiluvchilar binosining kirish qismida uning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili) va ish tartibi haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi peshlavha boʻlishi lozim.

Ulgurji savdo qiluvchilarning omborxona binolari mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarning biologik, fizik-kimyoviy, toksikologik xususiyatlarini inobatga olgan holda mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarning toʻgʻri saqlanishini taʼminlaydigan sharoitga ega boʻlishi shart.

Omborlar yopiq boʻlishi va mahsulotni yomon ob-havo va toʻgʻridan-toʻgʻri quyosh nurlaridan himoya qilinishi, chang va chiqindilardan toza holda saqlanishi, saqlash harorati mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarning haroratga sezuvchanligini hisobga olgan holda saqlanishi lozim.

Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar sifatiga taʼsir etuvchi namlikdan saqlanishi lozim.

Omborxonada elektr taʼminoti, issiqlik va suv taʼminoti, kanalizatsiya tizimi (gidrohimoyalangan xandaq) hamda havo almashtirish uskunasi boʻlishi kerak.

Omborxona quyidagi asbob-uskunalar va inventarlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak:

yongʻinga qarshi uskunalar yoki yongʻinga qarshi qalqon (shit);

mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni saqlash uchun yetarli miqdorda hamda barcha xavfsizlik choralari koʻrilgan maydonga;

mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni saqlash uchun palletlik stellajlar hamda tagliklarga.

Omborxonaga qabul qilish

Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni yuklash-tushirish ishlarida yogʻin-sochinlardan, quyosh nurlarining bevosita taʼsiridan, yuqori yoki past haroratdan himoya qilingan boʻlishi kerak.

Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni qabul qilish hamda saqlash joylari bir-biridan ajratilgan boʻlishi lozim.

Omborxonadan realizatsiya uchun sifatsiz, qalbakilashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarning gʻayriqonuniy nusxalari, shuningdek, muomaladagi mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarning oʻsimliklarga zararli taʼsirini tasdiqlovchi holatlar aniqlanganda, ular belgilangan tartibda muomaladan chiqariladi hamda omborxonaga qaytarilib, tuzilgan dalolatnoma asosida alohida maxsus izolyatsiya qilingan joyda saqlanadi.

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va boshqa hujjatlar talablariga muvofiq boʻlmagan hollarda, tahlillar natijalariga koʻra omborxonaga qaytarilgan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar asosiy saqlash xonasiga oʻtkazilishi mumkin.

Omborxonaga qaytarilgan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar dalolatnoma asosida rasmiylashtiriladi hamda belgilangan tartibda utilizatsiya yoki yoʻq qilinadi**.

Saqlashni tashkil qilish

Oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni saqlash uchun omborlarda maxsus joy, javonlar (stellaj) hamda ventilyatsiya tizimi boʻlishi kerak. Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni nolda tagliklarsiz saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.

Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar bir omborda saqlangan taqdirda, alohida joylashtirilishi shart.

Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar quyidagicha tizimlashgan holda saqlanishi lozim:

guruhlar boʻyicha;

qoʻllanish usullari boʻyicha.

Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarning oʻramlaridagi tamgʻalari, etiketkasi tashqi tomonga qaragan holda joylashtirilishi kerak.

Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarning hisobi yaroqlilik muddati boʻyicha elektron shaklida yuritiladi.

Yorugʻlikdan himoya qilinishi talab qilinadigan oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar qorongʻi xonada yoki qora rangga boʻyalgan, eshiklari zich yopiladigan shkaflarda yoxud qopqogʻi zich yopilgan idishlarda saqlanishi kerak.

Oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar saqlanadigan xonalar toʻgʻridan-toʻgʻri quyosh nuridan himoya qilingan boʻlishi kerak. Yorugʻlik faqat sunʼiy (elektr orqali) yoki tabiiy boʻlishi lozim.

Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar saqlanadigan xonalarda isitish pechlari boʻlishi taqiqlanadi. Ushbu xonadagi buyumlar solingan qutilar va shkaflar markaziy isitish batareyasidan 1 metrdan kam boʻlmagan uzoqlikda joylashtirilishi lozim**.

Mineral oʻgʻitlar ochiq maydonda saqlanganda, maydon:

asfaltlangan, koʻtarilgan, yuvishga qulay, quruq va tekis joyda saqlash;

suv va tuproq bilan oʻzaro taʼsirning oldini olish uchun (jumladan, yomgʻirli ob-havo sharoitda) mineral oʻgʻitlar qoplangan holda tagliklarda joylashtiriladi;

ochiq maydonda saqlanayotgan mineral oʻgʻitlar brezentli qoplama bilan tashqi taʼsirlardan himoyalangan boʻlishi shart.

Mineral oʻgʻitlar saqlanadigan tagliklar va ularning atrofidagi yoʻllarda oʻgʻitlar toʻkilmasligini taʼminlash lozim.

j) mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar bilan chakana savdo qilishga qoʻyiladigan talablar:

Chakana savdoni tashkil etish

Savdo shoxobchasi mudiri oʻsimliklarni himoya qilish sohasi mutaxassisligi boʻyicha oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlishi kerak.

Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar bilan chakana savdo qilishga faqat oʻsimliklarni himoya qilish sohasida oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlgan mutaxassislarga ruxsat etiladi.

Savdo shoxobchalari tomonidan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni oʻrab berish orqali savdo qilish qoidalariga hamda saqlash sharoitiga rioya etilishi kerak.

Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarning chakana savdosi bilan shugʻullanuvchilarga Agentlik tomonidan tasdiqlangan hamda roʻyxatdan oʻtgan savdo joylaridan (shoxobchalaridan) tashqari muqim yoki sayyor usulda faoliyat yuritish taqiqlanadi.

Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni, shuningdek, ularning gʻayriqonuniy nusxalarini xarid qilgan holda chakana savdo qilish hamda ulardan foydalanish taqiqlanadi.

Savdo shoxobchalari mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarning ishlatilishi chogʻida nojoʻya taʼsirlar aniqlangan barcha holatlar toʻgʻrisida darhol Agentlikni AAT orqali xabardor qiladi.

Savdo shoxobchalari mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar bilan chakana savdo qilish uchun berilgan litsenziyaning raqami, amal qilish muddati, shuningdek, litsenziya bergan organ toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yoki litsenziya nusxasini isteʼmolchilar tanishishi uchun qulay boʻlgan joyga joylashtirishi kerak.

Chakana savdo qiluvchilar savdo shoxobchasiga quyiladigan talablar

Savdo shoxobchasi binosining kirish qismida shoxobchaning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan manzili va ish tartibi haqida maʼlumotlar koʻrsatilgan peshlavha boʻlishi kerak.

Savdo shoxobchasida mineral oʻgʻitlarni va kimyoviy vositalarning xavfsizligi, sifati va but saqlanishi uchun tegishli sharoitlar mavjud boʻlishi kerak.

Savdo shoxobchasi savdo zali peshtaxtalarida retsept asosida beriladigan oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar qoʻyilishiga ruxsat berilmaydi.

Peshtaxtalarda, faqatgina oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning bir dona namunasi joylashtiriladi. Oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan qolgan kimyoviy vositalar sotuvchilar zaharlanishining oldini olish maqsadida alohida xonada va zarur haroratda saqlanadi.

Retsept talab etiladigan oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar bilan retseptsiz savdo qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi**.

Chakana savdo qilish

Oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar bilan chakana savdo qilish agronom yoki davlat inspektorining retsepti (shu jumladan, elektron retsepti) asosida amalga oshiriladi.

Oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar bilan elektron retseptlar asosida chakana savdo Agentlikning AAT orqali amalga oshiriladi.

Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar bilan birga sotib oluvchiga identifikatsiya maʼlumotlari (nomi, dozasi, qadoqlash, miqdori), ularni beruvchi shaxsga oid maʼlumotlar, berish sanasi va narxi koʻrsatilgan tovar cheki beriladi.

Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni sotishda savdo shoxobchasining xodimi sotib oluvchiga vositani qoʻllash tartibi, davriyligi, meʼyorlari, usuli, saqlash tartibi, yaroqlilik muddati haqida maʼlumot berishi lozim.

Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar QR-kod (matrik shtrixli kod)ga ega idishda sotilishi lozim (QR-kodga ega idishlardagi mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar qismlarga boʻlib sotish holatlari bundan mustasno).

Retsept asosida oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni berishda savdo shoxobchasining xodimi retseptning yirtma koreshogiga berilgan vositaning nomi, seriya (lot) raqami, sotuvchi familiyasi, ismi, otasining ismini yozib, uni imzolaydi hamda shoxobchaning shtampi qoʻyilgan holda vositani oluvchiga topshiradi, retsept shoxobchada qoldiriladi.

Quyidagi shakl asosida retseptlarni qayd etish jurnali yuritiladi va qayd etib borilishi yoʻlga qoʻyiladi.

Retseptlarni qayd etish

JURNALI

(shoxobcha nomi)

T/r

Sana

Xoʻjalik nomi yoki xarid qiluvchining F.I.O.

Oʻsimliklar karantini va himoyasi xodimi F.I.O.

Vositaning nomi, miqdori va dozasi

Vositaning shakli

Vositaning narxi

Vosita qoʻllaniladigan joy nomi va pochta manzili, telefon raqami

Xaridorning manzili, telefon raqami

Izoh

Retsept ushbu ilovaga zid ravishda rasmiylashtirilganda yoki bir-biriga nomutanosib vositalar koʻrsatilganda, savdo shoxobchasi tomonidan unga “Retsept haqiqiy emas” shtampi bosiladi va bekor qilinadi.

Bunda bekor qilingan retsept haqidagi maʼlumotlar quyida keltirilgan shakldagi “notoʻgʻri yozib berilgan retseptlarni savdo shoxobchasida hisobga olish jurnali”da qayd etiladi hamda bu toʻgʻrisida Agentlikning tuman (shahar) boʻlimi xabardor qilinadi.

Notoʻgʻri yozib berilgan retseptlarni savdo shoxobchasida hisobga olish jurnali

(shoxobcha nomi)

T/r

Sana

Retseptni bergan tashkilotning nomi

Notoʻgʻri retsept bergan Oʻsimliklar karantini va himoyasi xodimi F.I.O.

Retsept tarkibi

Retseptdagi xatoliklar (dozasi notoʻgʻri koʻrsatilgan vositalar yoki undagi yozuvlarning noaniqligi koʻrsatiladi)

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining tuman (shahar) boʻlimi xabardor qilinganligi haqidagi maʼlumot

Shoxobcha vakili F.I.O

z) savdo shoxobchasi mudiri oʻzgarishi, savdo shoxobchasi yopilishi haqida oʻn ish kuni oldin litsenziyalovchi organga mazkur pasportning 12-pozitsiyasida keltirilgan shakl boʻyicha yozma (elektron) xabarnoma taqdim etish**;

i) har 3 (uch) yilda bir marotaba litsenziat tarkibidagi savdo shoxobchalari xodimlarining malakasini oshirish**;

k) mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni savdo joylariga litsenziyaga ega boʻlgan tashkilot tomonidan yetkazib berish**.

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

mavjud emas

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

5 yil

12.

Izoh:

(litsenziatning rasmiy blankasi)

Shoxobcha mudiri yoki shoxobcha filialining mudiri oʻzgarganligi toʻgʻrisida

XABARNOMA

I. Litsenziat toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumotlar:

1.1. Litsenziatning toʻliq nomi.

1.2. Berilgan litsenziya raqami.

II. Oʻzgartirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

2.1. Oʻzgarishlar:

□ shoxobcha mudiri;

□ shoxobcha filialining mudiri;

□ shoxobcha filialining yopilishi.

2.2. Yangi tayinlangan xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi (mavjud boʻlganda).

2.3. Pasportga oid maʼlumotlar (seriyasi, raqami, pasportni bergan organning nomi).

2.4. Shoxobcha mudiri uchun — oʻsimliklarni himoya qilish boʻyicha oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumoti, diplomi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (berilgan sanasi, kim tomonidan berilgan), shuningdek, shoxobcha sotuvchisi uchun — oʻsimliklarni himoya qilish boʻyicha oʻrta maxsus kasb-hunar maʼlumoti, diplomi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

2.5. Yangi tayinlangan xodimni litsenziat shtatiga qabul qilish sanasi.

2.6. Ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruqning sanasi va raqami.

2.7. Filialning yopilishi munosabati bilan litsenziya faoliyati toʻxtatilayotgan manzil.

2.8. Litsenziya faoliyati tugatilgan shoxobcha filialining yopilish sanasi.

2.9. Filialning yopilishi sababi.

III. Almashtirilayotgan xodim (mudir) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

3.1. Ishdan boʻshatilgan shoxobcha yoki shoxobcha filialining mudirining familiyasi, ismi, otasining ismi (mavjud boʻlganda).

3.2. Pasport yoki ID kartaga oid maʼlumotlar (seriyasi, raqami, berilgan sanasi, pasportni bergan organning nomi).

3.3. Shoxobcha mudiri yoki shoxobcha filialining mudirini ishdan boʻshatilishi sanasi:

________________ _______ ______ ______ ____________________________

(litsenziat rahbari) __________ (ERI) __________ (familiyasi, ismi va otasining ismi)

*) joriy qilingandan soʻng;

**) Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida “B” va undan yuqori toifada turgan litsenziatlarga tegishli litsenziya muddati mazkur Yagona nizomning 351-bandida belgilangan tartibda avtomatik tarzda uzaytiriladi.

(36-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga

37-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni litsenziyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Litsenziya nomi:

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat uchun litsenziya

2.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish (olib chiqish);

giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash hamda realizatsiya qilish (berish);

giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash hamda taqsimlash;

giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashish;

yangi giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqish hamda saqlash;

giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni ishlab chiqarish, tayyorlash va saqlash;

giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yoʻq qilish;

giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ilmiy va oʻquv maqsadlarida, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun, shu jumladan tibbiyotda hamda veterinariyada foydalanish va ularni saqlash;

tarkibida giyohvandlik moddalari boʻlgan oʻsimliklarni yetishtirish hamda saqlash.

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

yuridik shaxs

4.

Litsenziyalovchi organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi

5.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza.

Arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvaragʻi, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), filiallari mavjud boʻlsa, har birining manzili alohida koʻrsatilishi shart, litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari boʻyicha tanlash, ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish, litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;

giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarning muomalada boʻlishi (saqlash, berish, sotish, tayyorlash, foydalanish, yoʻq qilish) sohasidagi masʼul xodim — jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSH SHIR), oliy farmatsevtika maʼlumotli va tegishli malakaga ega mutaxassisni lavozimga tayinlaganligi;

litsenziyalanayotgan faoliyat turini amalga oshirish uchun moʻljallangan, oʻziga mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda tegishli boʻlgan va tegishli sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq bino va xonalarning mavjudligi;

b) litsenziya talablari va shartlariga muvofiq litsenziyalanadigan faoliyat kichik turlari boʻyicha zarur boʻlgan barcha ishlarni amalga oshirish uchun moʻljallangan moddiy-texnika bazasi toʻgʻrisida maʼlumotlar (maxsus jihozlangan binolarni, inshootlarni, xonalarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi yoki ularni ijara olish shartnomasi, qoʻriqlashning muhandislik-texnik vositalarini oʻrnatish, yongʻinga qarshi avtomatika va qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalarini montaj qilish dalolatnomalari).

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari

8.

Arizani koʻrib chiqish muddatlari:

15 ish kuni

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etish*;

litsenziat shtatida tegishli mutaxassislik va malakaga ega boʻlgan xodimlarning mavjud boʻlishi*;

litsenziyalanadigan faoliyatning aniq turini amalga oshirish boʻyicha, shu jumladan tegishli moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar, boshqa texnik vositalar boʻyicha belgilangan talablarga rioya etish;

litsenziyalanayotgan faoliyat turini amalga oshirish uchun foydalaniladigan binolar, inshootlar, muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik asbob-uskunalarning mulk huquqi yoki boshqa qonuniy asosda mavjud boʻlishi;

giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish, olib chiqish va ularning tranzitini Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini hisobga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasining “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda BMTning tegishli konvensiyalarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq amalga oshirish*;

litsenziyada koʻrsatilgan faoliyatni, litsenziyada koʻrsatilgan manzillar boʻyicha amalga oshirish*;

giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, tashish xavfsizligiga rioya etilishini taʼminlash*;

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan va vakolatli organ tomonidan berilgan ularning sifatini tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni sotish*;

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish uchun nodavlat tibbiyot tashkilotlarida tibbiy faoliyat uchun amaldagi litsenziyaga ega boʻlish;

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatga litsenziya olish uchun talabgor boʻlgan dorixonalar, dori vositalarining ulgurji omborxonalari, dori vositalarini ishlab chiqarish korxonalari farmatsevtika faoliyati uchun amaldagi tegishli litsenziyaga hamda “Zarur amaliyotlar (GxP)”ning tegishli milliy talablariga muvofiqlik toʻgʻrisida sertifikatga ega boʻlish*.

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

Ichki ishlar vazirligining hududiy boshqarmalari — obyektlar (xonalar)ning giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlashga doir texnik talablarga muvofiqligi yuzasidan;

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalari — binolarning va (yoki) shart-sharoitlarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligi yuzasidan;

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining hududiy boshqarmalari — ishlab chiqarish sharoitlarining ekologiya talablariga muvofiqligi yuzasidan (prekursorlar ishlab chiqarish bilan bogʻliq faoliyat amalga oshirilganda);

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi — giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan veterinariyada foydalanilganda.

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

5 yil

12.

Izoh:

Litsenziyalovchi organda litsenziyalar berish toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish, ularning muddatlarini uzaytirish, ular yuzasidan xulosalar tayyorlash uchun Ekspert komissiyasi tashkil etiladi. Ekspert komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom va uning shaxsiy tarkibi Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha davlat komissiyasi bilan kelishgan holda litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi.

Ekspert komissiyasi tarkibiga majburiy tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi vakili kiritiladi.

Litsenziat shtatida surunkali ruhiy kasalliklar, narkomaniya, toksikomaniya, alkogolizm boʻyicha dispanser hisobida turgan, shuningdek qasddan sodir etilgan jinoyati uchun sud hukmini oʻtamagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan, oʻz xizmat vazifalariga koʻra giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni olishi mumkin boʻlgan shaxslarning boʻlishi mumkin emas.

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ichki ishlar organlari, Davlat xavfsizlik xizmati hamda bojxona organlarining ekspertiza va tezkor-qidiruv faoliyatida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi va Adliya vazirligining sud-ekspertiza muassasalari faoliyatida litsenziya olmasdan foydalaniladi.

Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida “B” va undan yuqori toifada turgan litsenziatlarga tegishli litsenziya muddati mazkur Yagona nizomning 351-bandida belgilangan tartibda avtomatik tarzda uzaytiriladi.

* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar

(37-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga

38-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bojxona omborini taʼsis etish va uning faoliyatini litsenziyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Litsenziya nomi

Bojxona omborini taʼsis etish uchun litsenziya

2.

Litsenziyalanadigan faoliyat turi

Bojxona ombori faoliyati

3.

Ariza beruvchilar toifasi

Yuridik shaxslar (Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti)

4.

Litsenziyalovchi organ

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi

5.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar

a) ariza;

arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, STIR, bank muassasasining nomi va bank hisobvaragʻi, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa);

talabgorning egaligida boʻlgan va bojxona ombori sifatida foydalanish uchun moʻljallangan binolar va (yoki) ochiq maydonchalarning oʻlchamlari, hajmi va (yoki) maydoni, ular joylashgan joy, ularning videokuzatuv tizimi, asbob-uskunalar va moddiy-texnik baza bilan taʼminlangani hamda mulk huquqi, ashyoviy huquqlar yoki muddatlarni koʻrsatgan holda ijara asosida tegishliligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

b) avtomobil yoʻllari va temir yoʻllar koʻrsatilgan holda, bojxona ombori uchun moʻljallangan hudud (shuningdek, yondosh) hamda binolar va (yoki) ochiq maydonchalarning sifatli chizmasi (oʻlchamlari koʻrsatilgan bojxona nazorati zonasi, qoʻriqlanadigan hudud bilan birga) va kadastr yigʻmajildidagi tarhi;

v) Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanganini tasdiqlovchi hujjat;

Maʼlum qilinayotgan obyekt boʻyicha quyidagi maʼlumotlar elektron soʻrov orqali olinadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasidan — ijara shartnomasi toʻgʻrisida;

Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligidan — koʻchmas mulkka boʻlgan huquq toʻgʻrisida.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori

Bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori

Bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari

8.

Arizani koʻrib chiqish va qaror qabul qilish muddatlari

20 ish kuni

9.

Litsenziya talablari va shartlari

a) bojxona ombori hududi bojxona ombori sifatida foydalanish uchun moʻljallangan binolar (ochiq maydonchalar) va bojxona omboriga bevosita tutash bojxona nazorati zonasidan iborat boʻladi. Umumiy hudud bojxona nazorati zonasi hisoblanadi;

b) bojxona ombori sifatida foydalanish uchun moʻljallangan binolar (ochiq maydonchalar) qoʻriqlanadigan va belgilab olingan, transport vositalari toʻxtab turishi uchun jihozlangan hudud bilan tutashgan boʻlishi kerak. Koʻrsatib oʻtilgan hudud ham bojxona nazorati zonasi hisoblanadi. Bojxona nazorati ostidagi tovarlarni tashiydigan transport vositalari ushbu bojxona nazorati zonasiga sutkaning istalgan vaqtida kirishi mumkin;

v) bojxona ombori sifatida foydalanish uchun moʻljallangan binolar (ochiq maydonchalar):

yer ustidagi imoratlarda yoki inshootlarda joylashtirilishi;

qoʻriqlash va yongʻin nazorati signalizatsiyalari, sodir boʻlayotgan voqealar boʻyicha har tomondan olingan video maʼlumotlarni uch oy davomida koʻrsatish imkoniga ega boʻlgan, litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan joylarda oʻrnatilgan, kunu-tun ishlaydigan videokuzatuv vositalari bilan jihozlangan boʻlishi;

balandligi 2 metrdan kam boʻlmagan qatʼiy oʻrnatilgan yaxlit toʻsiqlar bilan aylantirib toʻsilishi va davlat tili hamda rus va ingliz tillarida “bojxona ombori” belgisi bilan taʼminlanishi;

bevosita tutash bojxona nazorati zonasidan ajratilgan boʻlishi;

yongʻin xavfsizligi talablariga mos boʻlgan yongʻinni oʻchirish tizimi va vositalariga ega boʻlishi kerak.

Binolarda (ochiq maydonchalarda) ombor oʻrni maxsus ajratilishi va belgilanishi, har bir ombor oʻrnida unda saqlanayotgan tovarlar toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlar aks ettirilgan maʼlumotnoma mavjud boʻlishi lozim:

bojxona deklaratsiyasining roʻyxat raqami;

bojxona rejimi;

yuk qabul qiluvchining nomi;

tovarlarning nomi va miqdori;

g) bojxona omboriga bevosita tutash bojxona nazorati zonasi quyidagi talablarga muvofiq:

butun hudud perimetri boʻyicha balandligi 2 metrdan kam boʻlmagan qatʼiy oʻrnatilgan yaxlit toʻsiqlar (uzluksiz temir panjara yoki devor) bilan aylantirib toʻsilgan boʻlishi;

ichkarisida bojxona omborining qismi hisoblanmagan oʻzga imoratlar va inshootlarga ega boʻlmasligi;

ogʻir yukli transportning manyovr (toʻsiqqa chap berish uchun oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib bajariladigan harakatlari — qayta tizilish, burilish, qayrilib olish, ortga harakat, aylanib oʻtish) qilish imkoniyatini taʼminlashi;

bojxona ombori binosiga (ochiq maydonchasiga) eshiklari tomonidan bevosita tutashib ketgan boʻlishi;

barcha kirish (chiqish) va (yoki) chiqish (kirish) joylarida davlat tili hamda rus va ingliz tillarida “bojxona nazorati zonasi” belgisi qoʻyilgan, olingan tasvirlarni uch oy davomida koʻrsatish hamda bojxona organlariga onlayn uzatish imkoniga ega boʻlgan, kunu-tun ishlaydigan avtotransport vositasining davlat raqami belgisini va temir yoʻl transporti vositasining raqamini aniqlash tizimi bilan jihozlangan nazorat oʻtkazish punktlari boʻlishi;

tovarlarni bojxona omboriga joylashtirish va ombordan olib chiqish faqat bojxona nazorati zonasi orqali amalga oshiriladigan tarzda jihozlanishi lozim;

d) bojxona ombori doimiy ravishda soz, ishchi holatda va uning normal faoliyat koʻrsatishi uchun quyidagilar yetarli boʻlishi kerak:

ortish-tushirish vositalari;

ombor asbob-uskunalari;

oʻlchov asboblari, aniqligi va oʻlchash chegaralari bojxona omborida saqlashga moʻljallanayotgan tovarlar xususiyatiga muvofiq boʻlgan tovarlarning ogʻirligini oʻlchash vositalari;

bojxona organlarining dasturiy taʼminotiga mos keladigan tovarlar hisobini yuritadigan avtomatlashtirilgan tizim;

bojxona ombori hududini toʻliq nazorat qilish hamda bojxona organlariga video maʼlumotlarni uzatish, shuningdek, ushbu maʼlumotlarni uch oy davomida saqlash imkoniga ega boʻlgan uzluksiz ishlovchi videokuzatuv tizimi;

videoyozuvlarning uzluksizligini va axborot tizimining muntazam ishlashini taʼminlash uchun muqobil elektr manbai (qurilmalari);

yoritish tizimi bilan taʼminlanishi;

koʻrik oʻtkazish uchun stol;

birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun tibbiyot qutichasi;

termometr;

aloqa vositalari (shu jumladan telefon, maʼlumot uzatish tarmogʻi, Internet);

mebel;

bojxona omborida ishlovchi va unga tashrif buyuruvchi shaxslar uchun maxsus kiyim;

e) bojxona ombori hududida quyidagilarni inobatga olgan holda, bittadan kam boʻlmagan usti yopiq maydoncha boʻlishi kerak:

bojxona ombori eshiklari tomonidan joylashishi;

40 m²dan kam boʻlmagan maydonga ega boʻlishi;

elektr yorugʻligi bilan jihozlanishi;

sodir boʻlayotgan voqealar boʻyicha har tomondan olingan video maʼlumotlarni uch oy davomida koʻrsatish imkoniga ega boʻlgan, litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan joylarda oʻrnatilgan, kunu-tun ishlaydigan videokuzatuv vositalari bilan jihozlangan boʻlishi.

Bojxona ombori hududida har qanday turdagi chiqindilar va boshqa maishiy axlat toʻplanmasligi lozim;

j) bojxona organi xodimlari va bojxona ombori mudirlari faoliyat koʻrsatishi uchun quyidagilarga javob beradigan bino ajratilishi kerak:

6 m²dan kam boʻlmagan maydonga va 20 m³dan kam boʻlmagan hajmga ega boʻlgan;

mavsumiy isitish va sovitish tizimiga ega boʻlgan;

doimiy soz holatdagi, bojxona organlarining dasturiy taʼminoti bilan ishlash imkoniga ega boʻlgan kompyuter, printer va nusxa koʻchiradigan apparat, aloqa vositalari (shu jumladan, telefon, Internet) bilan jihozlangan;

mebel jihozlari bilan taʼminlangan;

bojxona omboriga oʻrnatilgan videokuzatuv tizimiga ulangan;

z) bojxona omborini qoʻshimcha ravishda asbob-uskunalar bilan taʼminlash (qoʻshimcha ravishda jihozlash), tartibga keltirish, qoʻriqlash hamda oʻtkazish rejimini taʼminlash litsenziyalovchi organ bilan kelishgan holda, litsenziat tomonidan uning hisobidan amalga oshiriladi;

i) bojxona ombori hududida dori vositalari va tibbiy buyumlar faqat “Zarur saqlash amaliyoti — GSP” talablariga muvofiqligi boʻyicha sertifikat mavjud boʻlganda saqlanishi lozim;

k) bojxona ombori hududida yonish va portlash xavfi yuqori boʻlgan kimyoviy moddalar (mahsulotlar) faqat Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining yonish va portlash xavfi yuqori boʻlgan kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) saqlash uchun obyektning (omborning) yongʻin va sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi yuzasidan xulosasi mavjud boʻlganda saqlanishi lozim;

l) litsenziat tomonidan litsenziya olish uchun taqdim etilgan hujjatlarning amal qilish muddati tugashidan 10 kun oldin yangilangan holda ular bojxona organlariga taqdim etilishi lozim.

Litsenziat tomonidan litsenziya talab va shartlari bajarilmagani natijasida bojxona nazorati ostida boʻlgan tovarlarning yoʻqolishiga yoki boshqacha tarzda shikast yetkazilishiga olib kelsa yoxud boshqa shaxslarga berib yuborilsa, bunday hollarda qoʻpol qoidabuzarlik sodir etilgan deb hisoblanadi.

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidan:

bojxona omborining hududi yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa (10 ish kuni ichida);

agar bojxona omborida yonish va portlash xavfi yuqori boʻlgan kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) saqlash koʻzda tutilsa, obyektning (omborning) yongʻin va sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi yuzasidan xulosa (10 ish kuni ichida);

b) Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasidan — bojxona ombori hududining sanitariya-epidemiologik normalariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa (10 ish kuni ichida).

v) Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining “Zarur amaliyotlar markazi” DMdan — agar bojxona omborida dori vositalari va tibbiy buyumlarni (TIF TNning 30 guruhi) saqlash koʻzda tutilsa, “Zarur saqlash amaliyoti — GSP” sertifikati talablariga muvofiqligi yuzasidan xulosa (10 ish kuni ichida)

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati

Cheklanmagan.

12.

Izoh

1. Bojxona omborida:

bojxona hududiga olib kirilishi taqiqlangan tovar;

bojxona hududidan olib chiqilishi taqiqlangan Oʻzbekiston tovari;

qonunchilikka muvofiq bojxona hududi orqali tranzit qilinishi taqiqlangan tovar;

bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirish uchun maʼlum qilingan kundagi yaroqlilik muddati Bojxona kodeksining 94-moddasiga muvofiq maʼlum qilinadigan muddatdan kam boʻlgan dori vositalari va oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashga ruxsat berilmaydi.

2. Bojxona omborining normal faoliyat koʻrsatishini taʼminlash uchun foydalaniladigan tovarlar (masalan, ortish-tushirish texnikasi, sovutish uskunasi, kompyuter texnikasi, maxsus kiyim-bosh va boshqalar) bojxona ombori va vaqtincha saqlash bojxona rejimlari ostida joylashtirilmaydi.

3. Talabgorga tegishli boʻlgan, bir yuridik manzilda va (yoki) bir bojxona nazorati zonasida joylashgan bir nechta bino va (yoki) ochiq maydonlar uchun bitta litsenziya beriladi.

4. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari tomonidan taʼsis etiladigan bojxona omborlari ochiq turdagi bojxona omborlari hisoblanadi.

Agar bojxona ombori bojxona organi tomonidan taʼsis etilsa, litsenziya olish talab qilinmaydi. Mazkur qoida bojxona organini litsenziya talablari va shartlarini bajarishdan ozod etmaydi.

5. Litsenziya boʻyicha huquqlarni boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.

6. Litsenziat quyidagilarga majbur:

vaqtincha saqlash va bojxona ombori bojxona rejimlari shartlariga muvofiq tovarlar bojxona nazorati ostida saqlanishini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlariga rioya qilish;

bojxona organlarining ruxsatisiz bojxona omboriga kelib tushgan tovarlarning chiqarib yuborilishiga yoʻl qoʻymaslik;

tovarlar bojxona omborida saqlashni nazarda tutmaydigan oʻzgacha bojxona rejimiga joylashtirilgan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida bojxona omboridan olib chiqilishini taʼminlash;

berilgan litsenziya talab va shartlariga, shu jumladan, bojxona omborini jihozlash va asbob-uskunalar bilan taʼminlash talablariga oid qismiga rioya qilish;

videokuzatuv tizimini bojxona nazorati ostida tovarlarni tashiyotgan transport vositasining bojxona ombori hududiga kirib kelishidan tovarlar bilan amalga oshiriladigan har bir yuk va boshqa operatsiyalarni hamda ularning bojxona omborlariga joylashtirilishi va chiqarib yuborilishi boʻyicha ketma-ketlikda olingan videoyozuvlarni taʼminlaydigan qilib oʻrnatish;

Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash;

tovarlarni faqat bojxona toʻlovlari taʼminlangan joylarda saqlash;

bojxona omboriga kelib tushayotgan va bojxona omboridan olib chiqilayotgan tovarlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining axborot tizimida ushbu tovarlarning olib kirilishi va olib chiqilishi toʻgʻrisida belgi qoʻygan holda, avtomatlashtirilgan hisobni yuritish;

bojxona organining talabiga muvofiq bojxona omboridagi tovarlarni bojxona organining mansabdor shaxsi ishtirokida xatlovdan oʻtkazish;

sanitariya yongʻin va sanoat xavfsizligi qoidalariga, omborga joylashtirish normalariga, tovarlarning yonma-yon qoʻyilishi qoidalariga va saqlash rejimiga, davlat standartlarining majburiy talablariga rioya qilish, Oʻzbekiston Respublikasining bojxona ishi sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa talablar va shartlarni bajarish;

vaqtincha saqlash bojxona rejimi va bojxona ombori bojxona rejimi amal qilishi tugagandan keyin ahamiyatli boʻlishi mumkin boʻlgan bojxona omborida saqlanayotgan tovarlar bilan yuz bergan oʻzgarishlar toʻgʻrisida bojxona organiga imkon qadar qisqa muddatlarda maʼlum qilish;

bojxona omborida saqlanayotgan tovarlar bilan amalga oshirilishi moʻljallanayotgan operatsiyalar toʻgʻrisida bojxona organini barvaqt xabardor qilish;

bojxona omborida saqlanayotgan isteʼmol tovarlariga maxsus marka yopishtirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

bojxona ombori hududiga tovarlarni joylashtirishda oʻrnatilgan videokuzatuv tizimi nazoratini cheklamaslik;

bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida bojxona ombori egasi toʻlashi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlarini toʻlash;

taʼsis hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgani, shu jumladan, qayta tashkil etilgani, nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargani toʻgʻrisida litsenziyalovchi organni oʻz vaqtida xabardor qilish;

bojxona ombori tugatilgan taqdirda, unda turgan tovarlarning saqlanishini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq belgilangan muddatda ularning boshqa bojxona omboriga oʻtkazilishi yoxud boshqa bojxona rejimiga joylashtirilishi boʻyicha choralar koʻrish;

Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlarining qonuniy talablarini bajarish, shu jumladan, bojxona organlari mansabdor shaxslarining bojxona omborida saqlanayotgan tovarlar turgan joyga kirishini taʼminlash;

yonish va portlash xavfi yuqori boʻlgan kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) faqat Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining yonish va portlash xavfi yuqori boʻlgan kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) saqlash uchun obyektning (omborning) yongʻin va sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi yuzasidan xulosasi mavjud boʻlganda saqlash;

bojxona omborida dori vositalari va tibbiy buyumlarni faqat “Zarur saqlash amaliyoti — GSP” talablariga muvofiqligi boʻyicha sertifikat mavjud boʻlganda saqlash;

bojxona ombori mudirini har uch yilda bir marotaba bojxona sohasidagi oʻquv kurslarida oʻqitish.

7. Bojxona omborida yongʻin xavfsizligi va sanitariya talablariga rioya etilishi uchun litsenziat javobgar hisoblanadi.

8. Litsenziya berish toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish va ular boʻyicha xulosalar tayyorlash uchun litsenziyalovchi organda ekspert komissiyasi tashkil etiladi. Ekspert komissiyasining tarkibi va Ekspert komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.

Xulosani taqdim etish uchun obyektlarni joyiga chiqib oʻrganish talab etilgan hollarda, ekspert komissiyasi tomonidan amalga oshiriladigan vazifalar Ekspert komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomda belgilanadi.

9. Litsenziat litsenziyalovchi organga litsenziya amal qilishi tugatilganda yoki bekor qilinganda, uch kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan shaklda unda saqlanayotgan tovarlar toʻgʻrisida toʻliq hisobot taqdim etadi.

10. Litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishi tugatilgan yoki litsenziya bekor qilingan sanadan boshlab yetti kun muddatdan kechikmay, bojxona omborida saqlanayotgan tovarlarni xatlovdan oʻtkazadi.

11. Bojxona ombori ochiq yoki yopiq turda boʻlishi mumkin:

ochiq turdagi bojxona ombori — har qanday shaxslar foydalanishi mumkin boʻlgan bojxona ombori;

yopiq turdagi bojxona ombori — litsenziat tovarlarini saqlashga moʻljallangan bojxona ombori, qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Yopiq turdagi bojxona omboriga litsenziat tovarlaridan tashqari uning tarkibiy tuzilmalari tovarlari ham joylashtirilishi mumkin.

12. Bojxona ombori binolarining hajmi va (yoki) ochiq maydonchalari kengaytirilganda va (yoki) qisqartirilganda, shuningdek, bojxona omborining turi oʻzgarganda litsenziyaga oʻzgartirish kiritilishi mumkin.

13. Litsenziyalar reyestriga bojxona ombori biriktirilgan bojxona organining tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti, bojxona omborida yonish va portlash xavfi yuqori boʻlgan kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) saqlash uchun obyektning (omborning) yongʻin va sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi yuzasidan olingan xulosa raqami va sanasi, shuningdek, bojxona omborida dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlash uchun berilgan (“Zarur saqlash amaliyoti — GSP” talablari) sertifikatning raqami hamda sanasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritiladi.

14. Bojxona omborlarida bojxona nazorati ostidagi tovarlar va transport vositalarining bojxona nazoratini amalga oshirish jarayonida litsenziya talablari va shartlari boʻyicha nomuvofiqliklar kuzatilganda, bojxona organi bojxona nazorati ostidagi tovarlar va transport vositalariga nisbatan bojxona nazoratining qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishini taʼminlash chorasini koʻrgan holda, litsenziya talablari va shartlari buzilganligi holati boʻyicha shu kunning oʻzida bojxona organlarining “Xavfni boshqarish tizimi” orqali litsenziyalovchi organni xabardor qiladi.

15. Bojxona toʻlovlarini taʼminlash:

a) bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash summasi 1 m² ochiq maydon uchun bazaviy hisoblash miqdorining (keyingi oʻrinlarda — BHM) 15 baravari miqdorida yoki 1 m³ bino hajmi uchun BHMning 3 baravari miqdorida, lekin BHMning 6 000 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda hisoblanadi;

b) litsenziat taqdim etilgan bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlovchi hujjatning amal qilish muddati tugashidan 10 kun oldin yoki BHM oshgan kundan 10 kun muddatda bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash summasiga tegishli tuzatishlar kiritish boʻyicha YIDXP orqali murojaat qilishi shart;

v) litsenziyalovchi organ bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlovchi hujjat kiritilgan soʻrovnomani olgan kundan eʼtiboran besh kun muddatda ushbu hujjatni bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash vositasi sifatida qabul qiladi yoki rad etadi va bu haqida xabarnoma yuboradi;

g) quyidagi hollarda bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlovchi hujjatning bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash vositasi sifatida qabul qilinishi rad etiladi:

bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlovchi hujjatda notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilganda;

bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlovchi hujjatni rasmiylashtirishga asos boʻlgan shartnoma taqdim etilmaganda;

bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlovchi hujjatda koʻrsatilgan summa miqdori Bojxona kodeksining 338-moddasida koʻrsatilgan miqdordan kam boʻlganda;

bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlovchi hujjat shartlari Bojxona kodeksining 344 va 345-moddalarida belgilangan, toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlarining summasi va foizlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq bojxona organi tomonidan soʻzsiz tartibda undirib olinishi talablariga zid boʻlganda;

d) litsenziat, agar tovarlar faqat yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida yoki saqlash va sotishning normal sharoitlarida tabiiy kamayish tufayli yoxud qaytarib boʻlmaydigan tarzda tabiiy ravishda yoʻqolgan taqdirdagina, bojxona toʻlovlari toʻlanishi uchun javob bermaydi.

(38-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga

39-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Erkin ombor faoliyatini litsenziyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Litsenziya nomi

Bojxona rejimida omborxona — “erkin omborxona” taʼsis etish uchun litsenziya

2.

Litsenziyalanadigan faoliyat turi

Erkin ombor faoliyati

3.

Ariza beruvchilar toifasi

Yuridik shaxslar

4.

Litsenziyalovchi organ

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi

5.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar

a) ariza;

arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, STIR, bank muassasasining nomi va bank hisobvaragʻi, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa);

talabgorning egaligida boʻlgan va erkin ombor sifatida foydalanish uchun moʻljallangan binolar va (yoki) ochiq maydonchalarning oʻlchamlari, hajmi va (yoki) maydoni, ular joylashgan joy, ularning videokuzatuv tizimi, asbob-uskunalar va moddiy-texnik baza bilan taʼminlangani hamda mulk huquqi, ashyoviy huquqlar yoki muddatlarni koʻrsatgan holda ijara asosida tegishliligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

b) avtomobil va temir yoʻllar koʻrsatilgan holda, erkin ombor uchun moʻljallangan hudud (shuningdek, yondosh) hamda binolar va (yoki) ochiq maydonchalarning sifatli chizmasi (oʻlchamlari koʻrsatilgan bojxona nazorati zonasi, qoʻriqlanadigan hudud bilan birga) va kadastr yigʻmajildidagi tarhi;

v) Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanganini tasdiqlovchi hujjat;

maʼlum qilinayotgan obyekt boʻyicha quyidagi maʼlumotlar elektron soʻrov orqali olinadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasidan — ijara shartnomasi toʻgʻrisida;

Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligidan — koʻchmas mulkka boʻlgan huquq toʻgʻrisida.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori

Bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori

Bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari

8.

Arizani koʻrib chiqish va qaror qabul qilish muddatlari

20 ish kuni

9.

Litsenziya talablari va shartlari

a) erkin ombor hududi erkin ombor sifatida foydalanish uchun moʻljallangan binolar (ochiq maydonchalar) va erkin omborga bevosita tutash bojxona nazorati zonasidan iborat boʻladi. Umumiy hudud bojxona nazorati zonasi hisoblanadi;

b) erkin ombor sifatida foydalanish uchun moʻljallangan binolar (ochiq maydonchalar) qoʻriqlanadigan va belgilab olingan, transport vositalari toʻxtab turishi uchun jihozlangan hudud bilan tutashgan boʻlishi kerak. Koʻrsatib oʻtilgan hudud ham bojxona nazorati zonasi hisoblanadi. Bojxona nazorati ostidagi tovarlarni tashiydigan transport vositalari ushbu bojxona nazorati zonasiga sutkaning istalgan vaqtida kirishi mumkin;

v) erkin ombor sifatida foydalanish uchun moʻljallangan binolar (ochiq maydonchalar):

yer ustidagi imoratlarda yoki inshootlarda joylashtirilishi;

qoʻriqlash va yongʻin nazorati signalizatsiyalari, sodir boʻlayotgan voqealar boʻyicha har tomondan olingan video maʼlumotlarni uch oy davomida koʻrsatish imkoniga ega boʻlgan, litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan joylarda oʻrnatilgan, kunu-tun ishlaydigan videokuzatuv vositalari bilan jihozlangan boʻlishi;

balandligi 2 metrdan kam boʻlmagan qatʼiy oʻrnatilgan yaxlit toʻsiqlar bilan aylantirib toʻsilishi va davlat tili hamda rus va ingliz tillarida “bojxona ombori” belgisi bilan taʼminlanishi;

bevosita tutash bojxona nazorati zonasidan ajratilgan boʻlishi;

yongʻin xavfsizligi talablariga mos boʻlgan yongʻinni oʻchirish tizimi va vositalariga ega boʻlishi kerak.

Shuningdek, binolarda (ochiq maydonchalarda) ombor oʻrni maxsus ajratilishi va belgilanishi, har bir ombor oʻrnida unda saqlanayotgan tovarlar toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlar aks ettirilgan maʼlumotnoma mavjud boʻlishi lozim:

bojxona deklaratsiyasining roʻyxat raqami;

bojxona rejimi;

yuk qabul qiluvchining nomi;

tovarlarning nomi va miqdori;

g) erkin omborga bevosita tutash bojxona nazorati zonasi quyidagi talablarga muvofiq:

butun hudud perimetri boʻyicha balandligi 2 metrdan kam boʻlmagan qatʼiy oʻrnatilgan yaxlit toʻsiqlar (uzluksiz temir panjara yoki devor) bilan aylantirib toʻsilgan boʻlishi;

ichkarisida erkin omborning qismi hisoblanmagan oʻzga imoratlar va inshootlarga ega boʻlmasligi;

ogʻir yukli transportning manyovr (toʻsiqqa chap berish uchun oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib bajariladigan harakatlari — qayta tizilish, burilish, qayrilib olish, ortga harakat, aylanib oʻtish) qilish imkoniyatini taʼminlashi;

erkin ombor binosiga (ochiq maydonchasiga) eshiklari tomonidan bevosita tutashib ketgan boʻlishi;

barcha kirish (chiqish) va (yoki) chiqish (kirish) joylarida davlat tili hamda rus va ingliz tillarida “bojxona nazorati zonasi” belgisi qoʻyilgan, olingan tasvirlarni uch oy davomida koʻrsatish hamda bojxona organlariga onlayn uzatish imkoniga ega boʻlgan, kunu-tun ishlaydigan avtotransport vositasining davlat raqami belgisini va temir yoʻl transporti vositasining raqamini aniqlash tizimi bilan jihozlangan nazorat-oʻtkazish punktlari boʻlishi;

tovarlarni erkin omborga joylashtirish va ombordan olib chiqish faqat bojxona nazorati zonasi orqali amalga oshiriladigan tarzda jihozlanishi lozim;

d) erkin ombor doimiy ravishda soz, ishchi holatda va uning normal faoliyat koʻrsatishi uchun quyidagilar yetarli boʻlishi kerak:

ortish-tushirish vositalari;

ombor asbob-uskunalari;

oʻlchov asboblari, aniqligi va oʻlchash chegaralari erkin omborda saqlashga moʻljallanayotgan tovarlar xususiyatiga muvofiq boʻlgan tovarlarning ogʻirligini oʻlchash vositalari;

bojxona organlarining dasturiy taʼminotiga mos keladigan tovarlar hisobini yuritadigan avtomatlashtirilgan tizim;

erkin ombor hududini toʻliq nazorat qilish hamda bojxona organlariga video maʼlumotlarni uzatish, shuningdek, ushbu maʼlumotlarni uch oy davomida saqlash imkoniga ega boʻlgan uzluksiz ishlovchi videokuzatuv tizimi;

videoyozuvlarning uzluksizligini va axborot tizimining muntazam ishlashini taʼminlash uchun muqobil elektr manbai (qurilmalari);

yoritish tizimi bilan taʼminlanishi;

koʻrik oʻtkazish uchun stol;

birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun tibbiyot qutichasi;

termometr;

aloqa vositalari (shu jumladan, telefon, maʼlumot uzatish tarmogʻi, Internet);

mebel;

erkin omborda ishlovchi va unga tashrif buyuruvchi shaxslar uchun maxsus kiyim;

e) erkin ombor hududida quyidagilarni inobatga olgan holda, bittadan kam boʻlmagan usti yopiq maydoncha boʻlishi kerak:

erkin ombor eshiklari tomonidan joylashishi;

40 m²dan kam boʻlmagan maydonga ega boʻlishi;

elektr yorugʻligi bilan jihozlanishi;

sodir boʻlayotgan voqealar boʻyicha har tomondan olingan video maʼlumotlarni uch oy davomida koʻrsatish imkoniga ega boʻlgan, litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan joylarda oʻrnatilgan, kunu-tun ishlaydigan videokuzatuv vositalari bilan jihozlangan boʻlishi.

Erkin ombor hududida har qanday turdagi chiqindilar va boshqa maishiy axlat toʻplanmasligi lozim;

j) bojxona organi xodimlari va erkin ombor mudirlari faoliyat koʻrsatish uchun quyidagilarga javob beradigan bino ajratilishi kerak:

6 m²dan kam boʻlmagan maydonga va 20 m³dan kam boʻlmagan hajmga ega boʻlgan;

mavsumiy isitish va sovitish tizimiga ega boʻlgan;

doimiy soz holatdagi, bojxona organlarining dasturiy taʼminoti bilan ishlash imkoniga ega boʻlgan kompyuter, printer va nusxa koʻchiradigan apparat, aloqa vositalari (shu jumladan, telefon, Internet) bilan jihozlangan;

mebel jihozlari bilan taʼminlangan;

erkin omborga oʻrnatilgan videokuzatuv tizimiga ulangan;

z) erkin omborni qoʻshimcha ravishda asbob-uskunalar bilan taʼminlash (qoʻshimcha ravishda jihozlash), tartibga keltirish, qoʻriqlash hamda oʻtkazish rejimini taʼminlash litsenziyalovchi organ bilan kelishgan holda litsenziat tomonidan va uning hisobidan amalga oshiriladi;

i) erkin ombor hududida dori vositalari va tibbiy buyumlar faqat “Zarur saqlash amaliyoti — GSP” talablariga muvofiqligi boʻyicha sertifikat mavjud boʻlganda saqlanishi lozim;

k) erkin ombor hududida yonish va portlash xavfi yuqori boʻlgan kimyoviy moddalar (mahsulotlar) faqat Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining yonish va portlash xavfi yuqori boʻlgan kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) saqlash uchun obyektning (omborning) yongʻin va sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi yuzasidan xulosasi mavjud boʻlganda saqlanishi lozim;

l) litsenziat tomonidan litsenziya olish uchun taqdim etilgan hujjatlarning amal qilish muddati tugashidan 10 kun oldin yangilangan holdagi hujjat bojxona organlariga taqdim etilishi lozim.

Litsenziat tomonidan litsenziya talab va shartlari bajarilmagani natijasida bojxona nazorati ostida boʻlgan tovarlarning yoʻqolishiga yoki boshqacha tarzda shikast yetkazilishiga olib kelsa yoxud boshqa shaxslarga berib yuborilsa, bunday hollarda qoʻpol qoidabuzarlik sodir etilgan deb hisoblanadi.

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidan:

erkin omborning hududi yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa (10 ish kuni ichida);

agar erkin omborda yonish va portlash xavfi yuqori boʻlgan kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) saqlash koʻzda tutilsa, obyektning (omborning) yongʻin va sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi yuzasidan xulosa (10 ish kuni ichida);

b) Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasidan — erkin ombor hududining sanitariya-epidemiologik normalariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa (10 ish kuni ichida).

v) Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining “Zarur amaliyotlar markazi” DMdan — agar erkin omborda dori vositalari va tibbiy buyumlarni (TIF TNning 30 guruhi) saqlash koʻzda tutilsa, “Zarur saqlash amaliyoti — GSP” sertifikati talablariga muvofiqligi yuzasidan xulosa (10 ish kuni ichida).

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

Cheklanmagan.

12.

Izoh:

1. Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish va Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish taqiqlangan tovarlarni erkin omborda saqlashga ruxsat berilmaydi.

2. Erkin omborning normal faoliyat koʻrsatishini taʼminlash uchun foydalaniladigan tovarlar (masalan, ortish-tushirish texnikasi, sovitish uskunasi, kompyuter texnikasi, maxsus kiyim-bosh va boshqalar) bojxona rejimi ostida joylashtirilmaydi.

3. Talabgorga tegishli boʻlgan, bir yuridik manzilda va (yoki) bir bojxona nazorati zonasida joylashgan bir nechta bino va (yoki) ochiq maydonlar uchun bitta litsenziya beriladi.

4. Litsenziya boʻyicha huquqlarni boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.

5. Litsenziat quyidagilarga majbur:

erkin omborning bojxona rejimi shartlariga muvofiq tovarlar bojxona nazorati ostida saqlanishini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlariga rioya qilish;

bojxona organlarining ruxsatisiz erkin omborga kelib tushgan tovarlarning chiqarib yuborilishiga yoʻl qoʻymaslik;

tovarlar erkin omborida saqlashni nazarda tutmaydigan oʻzgacha bojxona rejimiga joylashtirilgan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida erkin ombordan olib chiqilishini taʼminlash;

berilgan litsenziya talab va shartlariga, shu jumladan, erkin omborni jihozlash va asbob-uskunalar bilan taʼminlash talablariga oid qismiga rioya qilish;

videokuzatuv tizimini bojxona nazorati ostida tovarlarni tashiyotgan transport vositasining erkin ombor hududiga kirib kelishidan tovarlar bilan amalga oshiriladigan har bir yuk va boshqa operatsiyalarni hamda ularning erkin omborlarga joylashtirilishi va chiqarib yuborilishi boʻyicha ketma-ketlikda olingan videoyozuvlarni taʼminlaydigan qilib oʻrnatish;

Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash;

tovarlarni faqat bojxona toʻlovlari taʼminlangan joylarda saqlash;

erkin omborga kelib tushayotgan va erkin ombordan olib chiqilayotgan tovarlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining axborot tizimida ushbu tovarlarning olib kirilishi va olib chiqilishi toʻgʻrisida belgi qoʻygan holda, avtomatlashtirilgan hisobni yuritish;

bojxona organining talabiga muvofiq erkin ombordagi tovarlarni bojxona organining mansabdor shaxsi ishtirokida xatlovdan oʻtkazish;

sanitariya yongʻin va sanoat xavfsizligi qoidalariga, omborga joylashtirish normalariga, tovarlarning yonma-yon qoʻyilishi qoidalariga va saqlash rejimiga, davlat standartlarining majburiy talablariga rioya qilish, Oʻzbekiston Respublikasining bojxona ishi sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa talablar va shartlarni bajarish;

erkin ombor bojxona rejimining amal qilishi tugagandan keyin ahamiyatli boʻlishi mumkin boʻlgan erkin omborda saqlanayotgan tovarlar bilan yuz bergan oʻzgarishlar toʻgʻrisida bojxona organiga imkon qadar qisqa muddatlarda maʼlum qilish;

erkin omborda saqlanayotgan tovarlar bilan amalga oshirilishi moʻljallanayotgan operatsiyalar toʻgʻrisida bojxona organini barvaqt xabardor qilish;

erkin omborda saqlanayotgan isteʼmol tovarlariga maxsus marka yopishtirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

erkin ombor hududiga tovarlarni joylashtirishda oʻrnatilgan videokuzatuv tizimi nazoratini cheklamaslik;

bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida erkin ombor egasi toʻlashi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlarini toʻlash;

taʼsis hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi, shu jumladan qayta tashkil etilganligi, nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganligi toʻgʻrisida litsenziyalovchi organni oʻz vaqtida xabardor qilish;

erkin ombor tugatilgan taqdirda, unda turgan tovarlarning saqlanishini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq belgilangan muddatda ularning boshqa erkin omborga oʻtkazilishi yoxud boshqa bojxona rejimiga joylashtirilishi boʻyicha choralar koʻrish;

Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlarining qonuniy talablarini bajarish, shu jumladan, bojxona organlari mansabdor shaxslarining erkin omborda saqlanayotgan tovarlar turgan joyga kirishini taʼminlash;

yonish va portlash xavfi yuqori boʻlgan kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) faqat Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining yonish va portlash xavfi yuqori boʻlgan kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) saqlash uchun obyektning (omborning) yongʻin va sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi yuzasidan xulosasi mavjud boʻlganda saqlash;

erkin omborda dori vositalari va tibbiy buyumlarni faqat “Zarur saqlash amaliyoti — GSP” talablariga muvofiqligi boʻyicha sertifikat mavjud boʻlganda saqlash;

erkin ombor mudirini har uch yilda bir marotaba bojxona sohasidagi oʻquv kurslarida oʻqitish.

6. Erkin omborda yongʻin xavfsizligi va sanitariya talablariga rioya etilishi uchun litsenziat javobgar hisoblanadi.

7. Litsenziya berish toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish va ular boʻyicha xulosalar tayyorlash uchun litsenziyalovchi organda ekspert komissiyasi tashkil etiladi. Ekspert komissiyasining tarkibi va Ekspert komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.

Xulosani taqdim etish uchun obyektlarni joyiga chiqib oʻrganish talab etilgan hollarda, ekspert komissiyasi tomonidan amalga oshiriladigan vazifalar Ekspert komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomda belgilanadi.

8. Litsenziat litsenziyalovchi organga litsenziya amal qilishi tugatilganda yoki bekor qilinganda, uch kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan shaklda unda saqlanayotgan tovarlar toʻgʻrisida toʻliq hisobot taqdim etadi.

9. Litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishi tugatilgan yoki litsenziya bekor qilingan sanadan boshlab yetti kun muddatdan kechikmay, erkin omborda saqlanayotgan tovarlarni xatlovdan oʻtkazadi.

10. Erkin ombor binolarining hajmi va (yoki) ochiq maydonchalari kengaytirilganda va (yoki) qisqartirilganda litsenziyaga oʻzgartirish kiritilishi mumkin.

11. Litsenziyalar reyestriga erkin ombor biriktirilgan bojxona organining tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti, erkin omborda yonish va portlash xavfi yuqori boʻlgan kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) saqlash uchun obyektning (omborning) yongʻin va sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi yuzasidan olingan xulosa raqami va sanasi, shuningdek, erkin omborda dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlash uchun berilgan (“Zarur saqlash amaliyoti — GSP” talablari) sertifikatning raqami hamda sanasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritiladi.

12. Erkin omborda bojxona nazorati ostidagi tovarlar va transport vositalarining bojxona nazoratini amalga oshirish jarayonida litsenziya talablari va shartlari boʻyicha nomuvofiqliklar kuzatilganda, bojxona organi bojxona nazorati ostidagi tovarlar va transport vositalariga nisbatan bojxona nazoratining qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishini taʼminlash chorasini koʻrgan holda, litsenziya talablari va shartlari buzilganligi holati boʻyicha shu kunning oʻzida bojxona organlarining “Xavfni boshqarish tizimi” orqali litsenziyalovchi organni xabardor qiladi.

13. Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash:

a) bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash summasi 1 m² ochiq maydon uchun bazaviy hisoblash miqdorining (keyingi oʻrinlarda — BHM) 15 baravari miqdorida yoki 1 m³ bino hajmi uchun BHMning 3 baravari miqdorida, lekin BHMning 6 000 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda hisoblanadi;

b) litsenziat taqdim etilgan bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlovchi hujjatning amal qilish muddati tugashidan 10 kun oldin yoki BHM oshgan kundan 10 kun muddatda bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash summasiga tegishli tuzatishlar kiritish boʻyicha YIDXP orqali murojaat qilishi shart;

v) litsenziyalovchi organ bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlovchi hujjat kiritilgan soʻrovnomani olgan kundan eʼtiboran besh kun muddatda ushbu hujjatni bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash vositasi sifatida qabul qiladi yoki rad etadi va bu haqida xabarnoma yuboradi;

g) quyidagi hollarda bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlovchi hujjatning bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash vositasi sifatida qabul qilinishi rad etiladi:

bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlovchi hujjatda notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilganda;

bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlovchi hujjatni rasmiylashtirishga asos boʻlgan shartnoma taqdim etilmaganda;

bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlovchi hujjatda koʻrsatilgan summa miqdori Bojxona kodeksining 338-moddasida koʻrsatilgan miqdordan kam boʻlganda;

bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlovchi hujjat shartlari Bojxona kodeksining 344 va 345-moddalarida belgilangan, toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlarining summasi va foizlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq bojxona organi tomonidan soʻzsiz tartibda undirib olinishi talablariga zid boʻlganda;

d) litsenziat, agar tovarlar faqat yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida yoki saqlash va sotishning normal sharoitlarida tabiiy kamayish tufayli yoxud qaytarib boʻlmaydigan tarzda tabiiy ravishda yoʻqolgan taqdirdagina, bojxona toʻlovlari toʻlanishi uchun javob bermaydi.

(39-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga

40-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Litsenziya nomi:

Boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyati uchun litsenziya

2.

Litsenziyalanadigan faoliyat turi:

Boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyati

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxslar (Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti)

4.

Litsenziyalovchi organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi

5.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza;

arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, STIR, bank muassasasining nomi va bank hisobvaragʻi, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa);

talabgorning egaligida boʻlgan va boj olinmaydigan savdo doʻkoni sifatida foydalanish uchun moʻljallangan savdo zallari, yordamchi binolari va omborlari, ularning oʻlchamlari, hajmi va (yoki) maydoni, ular joylashgan joy, ularning jihozlanishi, videokuzatuv tizimi, asbob-uskunalar va moddiy-texnik baza bilan taʼminlangani hamda mulk huquqi, ashyoviy huquqlar yoki muddatlarni koʻrsatgan holda ijara asosida tegishliligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

b) bojxona nazorati zonasi, aniq oʻlchamlari koʻrsatilgan holda boj olinmaydigan savdo doʻkonining savdo zallari, yordamchi binolari hamda omborlarining (shuningdek, yondosh hududlarning) sifatli chizmasi va kadastr yigʻmajildidagi tarhi;

v) boj olinmaydigan savdo doʻkonida sotilishi moʻljallanayotgan tovarlar roʻyxati;

g) Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanganini tasdiqlovchi hujjat.

Maʼlum qilinayotgan obyekt boʻyicha quyidagi maʼlumotlar elektron soʻrov orqali olinadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasidan — ijara shartnomasi toʻgʻrisida;

Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligidan — koʻchmas mulkka boʻlgan huquq toʻgʻrisida.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari

8.

Arizani koʻrib chiqish va qaror qabul qilish muddatlari:

20 ish kuni

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

a) boj olinmaydigan savdo doʻkoni hududi savdo zallari hududini, yordamchi binolar va doʻkon omborini oʻz ichiga oladi hamda bojxona nazorati zonasi hisoblanadi;

b) boj olinmaydigan savdo doʻkonining savdo zali, yordamchi binosi va ombori:

mazkur Reglamentda nazarda tutilgan talablar hisobga olingan holda, boj olinmaydigan savdo doʻkonining normal faoliyat koʻrsatishi uchun yetarli boʻlgan maydonga ega boʻlishi;

bir-biriga bevosita yaqin joyga (bojxona nazorati zonasida) joylashtirilishi kerak;

quyidagilar bilan:

tovarlar faqat boj olinmaydigan savdo doʻkonining savdo zallarida sotilishini hamda ularga nisbatan bojxona nazoratini oʻtkazish imkoniyatini taʼminlaydigan tarzda jihozlanishi;

bojxona organlarining dasturiy taʼminoti bilan mos keladigan tovarlar hisobini yuritadigan avtomatlashtirilgan tizim;

aloqa vositalari (shu jumladan, telefon, maʼlumot uzatish tarmogʻi, Internet);

savdo zallari hududini, yordamchi binolar va doʻkon omborini toʻliq nazorat qilish hamda bojxona organlariga videomaʼlumotlarni uzatish, shuningdek, ushbu maʼlumotlarni uch oy davomida saqlash imkoniga ega boʻlgan uzluksiz ishlovchi videokuzatuv tizimi hamda litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan joylarda oʻrnatilgan, kunu-tun ishlaydigan videokuzatuv vositalari bilan jihozlanishi kerak;

v) agar boj olinmaydigan savdo doʻkonining savdo zallari, yordamchi binolari va ombori yuqoridagi talablarga rioya qilinganda bir-biridan yiroqda (500 metrdan ortiq) joylashgan boʻlsa, tovarlar ombordan savdo zallari va yordamchi binolarga Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksida belgilangan holatlarda bojxona kuzatuvi tartibida olib oʻtilishi mumkin. Bojxona kuzatuvi uchun bojxona yigʻimlari belgilangan miqdorda undiriladi;

g) tovarlar bir boj olinmaydigan savdo doʻkonidan boshqa boj olinmaydigan savdo doʻkoniga faqat tovarlarning bir bojxona omboridan boshqa bojxona omboriga koʻchirilishi uchun nazarda tutilgan tartibda bojxona xizmati organining ruxsati bilan koʻchiriladi;

d) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlaridan tashqarida joylashgan boj olinmaydigan savdo doʻkonining ombori qonunchilik hujjatlarida bojxona omborlari uchun nazarda tutilgan tartibga muvofiq jihozlanishi kerak;

e) boj olinmaydigan savdo doʻkonining savdo zallari shunday joylashishi va jihozlanishi kerakki, ular tovarlar but holatda saqlanishini taʼminlashi hamda quyidagilarni:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtadigan jismoniy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkonidan sotib olingan tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida, shu jumladan, ushbu hududda qolayotgan jismoniy shaxslarga berish yoʻli bilan qoldirilishini;

tovarlarning bojxona nazoratidan tashqari tushishi va olib qoʻyilishini;

tovarlarga begona shaxslarning yaqinlashishini istisno etadigan boʻlishi kerak;

j) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtadigan jismoniy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkonining savdo zallari bojxona nazorati zonasida joylashtirilishi kerak (pasport nazorati chizigʻi tashqarisida bojxona nazorati chizigʻigacha alohida — Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib keladigan jismoniy shaxslar uchun, shuningdek, pasport nazorati chizigʻi tashqarisida — Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketayotgan jismoniy shaxslar uchun) ;

koʻrsatib oʻtilgan boj olinmaydigan savdo doʻkonining savdo zallari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtmaydigan jismoniy shaxslarning ushbu zallarga kirishini istisno etadigan tarzda joylashtirilishi kerak.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan chet ellik shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkonining savdo zallari boj olinmaydigan savdo doʻkoni joylashgan bojxona organi faoliyati zonasida boʻlishi kerak.

Litsenziat tomonidan litsenziya talab va shartlari bajarilmagani natijasida bojxona nazorati ostida boʻlgan tovarlarning yoʻqolishiga yoki boshqacha tarzda shikast yetkazilishiga olib kelsa yoxud boshqa shaxslarga berib yuborilsa, bunday hollarda qoʻpol qoidabuzarlik sodir etilgan deb hisoblanadi.

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidan:

boj olinmaydigan savdo doʻkonining hududi yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa (10 ish kuni ichida);

agar boj olinmaydigan savdo doʻkonida yonish va portlash xavfi yuqori boʻlgan kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) saqlash koʻzda tutilsa, obyektning (omborning) yongʻin va sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi yuzasidan xulosa (10 ish kuni ichida);

b) Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasidan — boj olinmaydigan savdo doʻkonining hududi sanitariya-epidemiologik normalariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa (10 ish kuni ichida).

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

Cheklanmagan.

12.

Izoh:

1. Boj olinmaydigan savdo doʻkoni tashkil etilishiga qarab uch turga boʻlinadi:

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini kesib oʻtadigan jismoniy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkoni — bojxona hududiga kirib kelayotgan va bojxona hududidan tashqariga chiqib ketayotgan jismoniy shaxslarga bojxona hududiga olib kirilgan chet el tovarlarini yoki Oʻzbekiston tovarlarini Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida va (yoki) chet el valyutasida sotishga, shu jumladan, joyning oʻzida isteʼmol qilish uchun chakana sotishga moʻljallangan;

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan chet ellik shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkoni — chet davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalariga va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarga, ushbu tashkilotlarning chet ellik xodimlariga, shuningdek, ular bilan birga yashaydigan va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan oila aʼzolariga bojxona hududiga olib kirilgan chet el tovarlarini Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida va (yoki) chet el valyutasida realizatsiya qilishga moʻljallangan;

Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha boʻlib turgan chet ellik shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkoni — Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha boʻlib turgan chet ellik shaxslar uchun boj olinmaydigan, bojxona hududiga olib kirilgan chet el tovarlarini yoki Oʻzbekiston Respublikasi tovarlarini Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida va (yoki) chet el valyutasida chakana tartibda realizatsiya qilish uchun moʻljallangan.

2. Respublikaga jismoniy shaxslar tomonidan bojxona toʻlovlari solinmaydigan tovarlarni olib kirishning cheklangan normalari jismoniy shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisidan olib kiriladigan va uning tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga kirishda boj olinmaydigan savdo doʻkonlaridan sotib olingan tovarlarning jamiga nisbatan qoʻllaniladi.

3. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini kesib oʻtadigan jismoniy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkoni xalqaro aloqa uchun ochilgan aeroportlarda, portlarda va jismoniy shaxslar tomonidan chegarani kesib oʻtishga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali boshqa oʻtkazish punktlarida ochilishi va faoliyat koʻrsatishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini kesib oʻtadigan jismoniy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkoni Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida rejim belgilanishi tartibiga muvofiq va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari bilan kelishgan holda ochiladi.

Bunda kelishish talabgor tomonidan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlariga murojaati orqali amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan chet ellik shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkonlari Toshkent shahrida va bojxona xizmati organlari tomonidan belgilanadigan joylarda ochilishi hamda faoliyat koʻrsatishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha boʻlib turgan chet ellik shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkonlari respublikaning tarixiy shaharlari va viloyatlarning maʼmuriy markazlarida Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasini hamda bojxona xizmati organlari tomonidan belgilanadigan joylarda ochilishi hamda faoliyat koʻrsatishi mumkin.

4. Boj olinmaydigan savdo doʻkonida tovarlar boj olinmaydigan savdo bojxona rejimi shartlari va talablariga muvofiq bojxona nazorati ostida sotiladi.

Boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyat koʻrsatishini taʼminlash uchun foydalaniladigan tovarlar boj olinmaydigan savdo bojxona rejimiga joylashtirilmaydi.

5. Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotilishi cheklangan tovarlar boj olinmaydigan savdo doʻkoni rejimida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sotilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtadigan jismoniy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkonlarida tovarlar faqat xaridorning shaxsini tasdiqlaydigan hujjat taqdim etilgandan keyin sotiladi. Bunda davlat reyestriga kiritilgan onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassalarning chekida quyidagi maʼlumotlar boʻlishi shart:

chekning tartib raqami;

onlayn-NKMning zavod raqami yoki virtual kassaning seriya raqami;

tadbirkorlik subyektining nomi;

soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR);

pulli hisob-kitoblar amalga oshiriladigan manzil;

tovar nomi;

mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi boʻyicha identifikatsiya qilish kodi;

mahsulotlarning shtrix kodi;

tovar miqdori;

tovar narxi (qiymati);

toʻlov shakli: milliy valyuta naqd, plastik karta yoki xorijiy valyuta summasi;

toʻlovning jami summasi;

toʻlov sanasi va vaqti;

fiskal modulning takrorlanmaydigan raqami;

fiskal belgi;

berilgan kassa chekining haqiqiyligini tekshirish uchun kamida 30x30 millimetr oʻlchamdagi QR-kod;

2026-yil 8-fevraldan boshlab xaridorning pasport seriya va raqami yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR maʼlumotlari);

reysning raqami va xaridorning samolyotdagi joyi raqami (havoda tashishda);

xaridorning pasport seriyasi va raqami.

Kassa cheki maxsus oq qogʻozda, yozuvlar qora rangda boʻlishi, shuningdek, chek qogʻozining kengligi 55 millimetrdan va harflar (belgilar) balandligi 2 millimetrdan kam boʻlmasligi lozim.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan chet ellik shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkonida tovarlar faqat Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida belgilangan tartibda berilgan akkreditatsiya kartochkasi taqdim etilgandan keyin sotiladi.

Bunda davlat reyestriga kiritilgan onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassalarning chekida quyidagi maʼlumotlar boʻlishi shart:

chekning tartib raqami;

onlayn-NKMning zavod raqami yoki virtual kassaning seriya raqami;

litsenziat — tadbirkorlik subyektining nomi;

soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR);

pulli hisob-kitoblar amalga oshiriladigan manzil;

tovar nomi;

Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi boʻyicha identifikatsiya qilish kodi;

mahsulotlarning shtrix kodi;

tovar miqdori;

tovar narxi (qiymati);

toʻlov shakli: milliy valyuta naqd, plastik karta yoki xorijiy valyuta summasi;

toʻlovning jami summasi;

toʻlov sanasi va vaqti;

fiskal modulning takrorlanmaydigan raqami;

fiskal belgi;

berilgan kassa chekining haqiqiyligini tekshirish uchun kamida 30x30 millimetr oʻlchamdagi QR-kod;

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida berilgan akkreditatsiya kartochkasining toifasi, raqami, xodimning yoki uning oila aʼzosining familiyasi, ismi va otasining ismi, lavozimi, kartochka kim tomonidan berilganligi va uning amal qilish muddati.

Kassa cheki maxsus oq qogʻozda, yozuvlar qora rangda boʻlishi, shuningdek, chek qogʻozining kengligi 55 millimetrdan va harflar (belgilar) balandligi 2 millimetrdan kam boʻlmasligi lozim.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha boʻlib turgan chet ellik shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkonlarida tovarlar faqat xaridorning shaxsini tasdiqlaydigan hujjat va uchib ketish aviachiptasi taqdim etilgandan soʻng sotiladi.

Boj olinmaydigan savdo doʻkonlaridagi chet el tovarlarining namunalari asosida tanlab olinadi. Tanlangan tovarlar xalqaro aeroportlarda uchib ketish kuni boj olinmaydigan savdo doʻkoni orqali taqdim etiladi.

Bunda davlat reyestriga kiritilgan onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassalarning chekida quyidagi maʼlumotlar boʻlishi shart:

chekning tartib raqami;

onlayn-NKMning zavod raqami yoki virtual kassaning seriya raqami;

litsenziat — tadbirkorlik subyektining nomi;

soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR);

pulli hisob-kitoblar amalga oshiriladigan manzil;

tovar nomi;

Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi boʻyicha identifikatsiya qilish kodi;

mahsulotlarning shtrix kodi;

tovar miqdori;

tovar narxi (qiymati);

toʻlov shakli: milliy valyuta naqd, plastik karta yoki xorijiy valyuta summasi;

toʻlovning jami summasi;

toʻlov sanasi va vaqti;

fiskal modulning takrorlanmaydigan raqami;

fiskal belgi;

berilgan kassa chekining haqiqiyligini tekshirish uchun kamida 30x30 millimetr oʻlchamdagi QR-kod;

sotib olinayotgan tovarning xalqaro aeroportlarda uchib ketish kuni va boj olinmaydigan savdo doʻkoni orqali taqdim etish joyi.

Kassa cheki maxsus oq qogʻozda, yozuvlar qora rangda boʻlishi, shuningdek, chek qogʻozining kengligi 55 millimetrdan va harflar (belgilar) balandligi 2 millimetrdan kam boʻlmasligi lozim.

6. Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalar boj olinmaydigan savdo doʻkonlaridan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan shakl boʻyicha ikki nusxada tuziladigan buyurtmanomalar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan chet ellik shaxslar uchun tovarlarni sotib olishlari mumkin.

Buyurtmanomaning bir nusxasi boj olinmaydigan savdo doʻkonida saqlanadi, ikkinchi nusxasi xaridorga qaytariladi.

Buyurtmanomada quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:

xorijiy davlatning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasining, xalqaro tashkilot vakolatxonasining va unga tenglashtirilgan vakolatxonaning nomi;

tovarning nomi, miqdori, bittasining qiymati, umumiy qiymati;

buyurtmanoma tuzilgan sana;

xorijiy davlatning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi, xalqaro tashkilot vakolatxonasi va unga tenglashtirilgan vakolatxona boshligʻining familiyasi, ismi, otasining ismi, imzosi;

tovarlarni sotib olish maqsadi.

7. Boj olinmaydigan savdo doʻkonida quyidagilarning sotilishiga ruxsat etilmaydi:

Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kelish va undan olib chiqish taqiqlangan tovarlar, shu jumladan, olib chiqilishiga litsenziya talab etiladigan tovarlar, rangli va qora metallardan tayyorlangan yuqori darajada qayta ishlangan tayyor buyumlar bundan mustasno;

chakana sotish uchun oʻralgan dori-darmon vositalari (shu jumladan, provitaminlar, vitaminlar, gormonlar va antibiotiklar), agar ular vrachning retseptisiz (tayinlovisiz) sotilishi mumkin boʻlmasa;

zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun litsenziyaga ega boʻlgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarning roʻyxatdan oʻtkazilgan shaxsiy tamgʻasiga ega boʻlmagan qimmatbaho metallar va toshlardan yasalgan buyumlar;

Oʻzbekiston Respublikasi hududida aylanishi va sotilishi taqiqlangan tovarlar;

boshqa davlat organlarining nazoratidan oʻtishi kerak boʻlgan tovarlar, ushbu organlarning ruxsatnomasi mavjud boʻlmagan taqdirda;

jismoniy shaxslarning shaxsiy foydalanishi yoki isteʼmol qilishi uchun moʻljallanmagan tovarlar;

vazni ogʻir tovarlar (20 kg.dan ortiq ogʻirlikda) va oʻlchami katta tovarlar (uzunligi, kengligi va balandligi oʻlchamlari jami 200 sm.dan ortiq boʻlganda).

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtmaydigan jismoniy shaxslarga va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilinmagan chet ellik shaxslarga boj olinmaydigan savdo doʻkonlarida tovarlar sotishga (sotib olishga) ruxsat berilmaydi.

8. Litsenziat quyidagilarga majbur:

bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilish;

mazkur Reglamentda belgilangan talablar va shartlarga rioya etilishini taʼminlash;

litsenziya talablari va shartlari asosida jihozlangan videokuzatuv tizimlari yordamida olingan vaqt boʻyicha uzluksiz videoyozuvlarning uch oy davomida saqlanishini taʼminlash, shuningdek, ularga oʻzgartirish kiritish, ustiga yozish, oʻchirish, nusxa olish, koʻchirib olish kabi harakatlarni bajarishning va boshqa maqsadlarda foydalanishning oldini olish;

videokuzatuvni toʻliq amalga oshirish imkonini beradigan yoritish tizimi bilan taʼminlanishi;

boj olinmaydigan savdo doʻkoniga sotish uchun tushuvchi tovarlardan boshqa maqsadlarda foydalanish imkoniyatini istisno etish;

boj olinmaydigan savdo rejimiga joylashtirilgan tovarlarni faqat yordamchi binolarda va boj olinmaydigan savdo doʻkoni omborlarida saqlash;

boj olinmaydigan savdo doʻkoniga tushuvchi va boj olinmaydigan savdo doʻkonidan olib chiqiladigan tovarlar hisobini yuritish, shu jumladan, avtomatlashtirilgan hisobini yuritish;

bojxona organining talabi boʻyicha boj olinmaydigan savdo doʻkonidagi tovarlarni bojxona organining mansabdor shaxsi ishtirokida xatlovdan oʻtkazish;

bojxona nazoratini amalga oshirishda bojxona organlari xodimlariga yordam berish;

sanitariya yongʻin va sanoat xavfsizligi qoidalariga, omborga joylashtirish normalariga, tovarlarning yonma-yon qoʻyilishi qoidalariga va saqlash rejimiga, davlat standartlarining majburiy talablariga rioya qilish, mazkur Reglamentda belgilangan talablarni hisobga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasining savdo sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa talablar va shartlarni bajarish;

naqd xorijiy (milliy) valyuta va xorijiy (milliy) valyutadagi bank plastik va kredit kartochkalari yoki xorijiy (milliy) valyutadagi bank oʻtkazmalari toʻlov hujjatlari bilan ishlashga muvofiq kassa operatsiyalarini yuritishning amaldagi tartibi talablariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan valyuta operatsiyalarini amalga oshirishning boshqa qoidalariga rioya qilish;

faoliyatning tegishli turiga roʻyxatdan oʻtkazish yoki ruxsat berish hujjatlariga ega boʻlish, basharti ularni olish majburiyligi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boʻlsa;

boj olinmaydigan savdo doʻkoni omborida tovarlarni maxsus markalash va boj olinmaydigan savdo doʻkonining savdo zallarida tovarlarni faqat ular tegishli tarzda markalangan taqdirda sotish;

bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida boj olinmaydigan savdo doʻkoni egasi toʻlashi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlarini toʻlash;

boj olinmaydigan savdo doʻkoni yopilgan taqdirda, bu haqida litsenziyalovchi organni xabardor qilish;

taʼsis hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgani, shu jumladan, qayta tashkil etilganda, nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargani toʻgʻrisida litsenziyalovchi organni oʻz vaqtida xabardor qilish;

boj olinmaydigan savdo doʻkoni tugatilgan taqdirda, unda turgan tovarlarning saqlanishini taʼminlash, ularning boshqa bojxona omboriga oʻtkazilishi yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksida belgilangan muddatda boshqa bojxona rejimiga joylashtirilishi boʻyicha choralar koʻrish;

Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlarining qonuniy talablarini bajarish, shu jumladan, bojxona organlari mansabdor shaxslarining doʻkonning savdo zali binosi, yordamchi binosi va (yoki) omborida saqlanayotgan tovarlar turgan joyga kirishini taʼminlash;

yonish va portlash xavfi yuqori boʻlgan kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) faqat Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining yonish va portlash xavfi yuqori boʻlgan kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) saqlash uchun obyektning (omborning) yongʻin va sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi yuzasidan xulosasi mavjud boʻlganda saqlash;

chet el tovarlarini “boj olinmaydigan savdo doʻkoni” bojxona rejimiga joylashtirishda tovarlarning shtrix kodlari va ularning miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qayd etish;

tovarlar sotilganda shakllangan chek maʼlumotlarini onlayn tarzda bojxona organlariga taqdim etish.

9. Litsenziat:

boj olinmaydigan savdo bojxona rejimi ostida joylashtirilgan tovarlar yoʻqolgan taqdirda yoxud ulardan boj olinmaydigan savdo doʻkonida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga kirib kelayotgan va Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan chiqib ketayotgan jismoniy shaxslarga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilinmagan chet ellik shaxslarga chakana sotishdan boshqa maqsadlarda foydalanilganda, bunday tovarlarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan talab va shartlarga muvofiq bojxona toʻlovlari toʻlanishi;

boj olinmaydigan savdo bojxona rejimi ostida joylashtirilmagan tovarlar sotilishi;

boj olinmaydigan savdo doʻkonida yongʻin xavfsizligini taʼminlash hamda sanitariya meʼyorlari va talablariga rioya etilishi uchun belgilangan tartibda javob beradi.

10. Boj olinmaydigan savdo doʻkonida yongʻin xavfsizligi va sanitariya talablariga rioya etilishi uchun litsenziat javobgar hisoblanadi.

11. Litsenziya berish toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish va ular boʻyicha xulosalar tayyorlash uchun litsenziyalovchi organda ekspert komissiyasi tashkil etiladi. Ekspert komissiyasining tarkibi va Ekspert komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.

Xulosani taqdim etish uchun obyektlarni joyiga chiqib oʻrganish talab etilgan hollarda, ekspert komissiyasi tomonidan amalga oshiriladigan vazifalar Ekspert komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomda belgilanadi.

12. Litsenziat litsenziyalovchi organga litsenziya amal qilishi tugatilganda yoki bekor qilinganda, uch kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan shaklda unda saqlanayotgan tovarlar toʻgʻrisida toʻliq hisobot taqdim etadi.

13. Litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishi tugatilgan yoki litsenziya bekor qilingan sanadan boshlab yetti kun muddatdan kechikmay, tugatilayotgan boj olinmaydigan savdo doʻkonida saqlanayotgan tovarlarni xatlovdan oʻtkazadi.

14. Boj olinmaydigan savdo doʻkonining savdo zallari, yordamchi binolari va omborlarining hajmi va (yoki) ochiq maydonchalari kengaytirilganda va (yoki) qisqartirilganda, shuningdek, boj olinmaydigan savdo doʻkonining turi oʻzgarganda, litsenziyaga oʻzgartirish kiritish mumkin.

15. Litsenziyalar reyestriga boj olinmaydigan savdo doʻkoni biriktirilgan bojxona organining tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti, boj olinmaydigan savdo doʻkonida yonish va portlash xavfi yuqori boʻlgan kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) saqlash uchun obyektning (omborning) yongʻin va sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi yuzasidan olingan xulosa raqami va sanasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritiladi.

16. Boj olinmaydigan savdo doʻkonida bojxona nazorati ostidagi tovarlar va transport vositalarining bojxona nazoratini amalga oshirish jarayonida litsenziya talablari va shartlari boʻyicha nomuvofiqliklar kuzatilganda, bojxona organi bojxona nazorati ostidagi tovarlar va transport vositalariga nisbatan bojxona nazoratining qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishini taʼminlash chorasini koʻrgan holda, litsenziya talablari va shartlari buzilganligi holati boʻyicha shu kunning oʻzida bojxona organlarining “Xavfni boshqarish tizimi” orqali litsenziyalovchi organni xabardor qiladi.

17. Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash:

a) boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatni amalga oshirish uchun bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash bazaviy hisoblash miqdorining 10000 baravari miqdorida hisoblab chiqiladi;

b) litsenziat taqdim etilgan bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlovchi hujjatning amal qilish muddati tugashidan 10 kun oldin yoki BHM oshgan kundan 10 kun muddatda bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash summasiga tegishli tuzatishlar kiritish boʻyicha YIDXP orqali murojaat qilishi shart;

v) litsenziyalovchi organ bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlovchi hujjat kiritilgan soʻrovnomani olgan kundan eʼtiboran besh kun muddatda ushbu hujjatni bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash vositasi sifatida qabul qiladi yoki rad etadi va bu haqida xabarnoma yuboradi;

g) quyidagi hollarda bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlovchi hujjatning bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash vositasi sifatida qabul qilinishi rad etiladi:

bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlovchi hujjatda notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilganda;

bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlovchi hujjatni rasmiylashtirishga asos boʻlgan shartnoma taqdim etilmaganda;

bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlovchi hujjatda koʻrsatilgan summa miqdori Bojxona kodeksining 338-moddasida koʻrsatilgan miqdordan kam boʻlganda;

bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlovchi hujjat shartlari Bojxona kodeksining 344 va 345-moddalarida belgilangan, toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlarining summasi va foizlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq bojxona organi tomonidan soʻzsiz tartibda undirib olinishi talablariga zid boʻlganda;

d) litsenziat, agar tovarlar faqat yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida yoki saqlash va sotishning normal sharoitlarida tabiiy kamayish tufayli yoxud qaytarib boʻlmaydigan tarzda tabiiy ravishda yoʻqolgan taqdirdagina, bojxona toʻlovlari toʻlanishi uchun javob bermaydi.

(40-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga

41-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qora metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish), qayta ishlash hamda realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Litsenziya nomi:

Qora metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish), qayta ishlash hamda realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya.

2.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:

a) qora metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish);

b) qora metall parcha va chiqindilarini qayta ishlash va realizatsiya qilish.

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

  1. Qora metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish) faoliyati uchun litsenziya olish maqsadida murojaat qilgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar.
  2. Qora metall parcha va chiqindilarini qayta ishlash hamda realizatsiya qilish faoliyati uchun litsenziya olish maqsadida murojaat qilgan yuridik shaxslar.

4.

Litsenziyalovchi organ:

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi.

5.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

1. Qora metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish) faoliyatini amalga oshirish uchun:

ariza;

arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

a) yuridik shaxslar uchun:

nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank hisobraqami, telefon raqamlari, elektron pochta va veb-sayti manzili (mavjud boʻlsa), ariza toʻldirish sababi hamda litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;

faoliyat amalga oshiriladigan joy manzili (manzillari, kadastr raqami);

qora metall parcha va chiqindilarini qabul qilish shoxobchasi (shoxobchalari) toʻgʻrisida tegishli maʼlumot;

qabul qilish shoxobchalari pasporti, bosh rejasi, muhandislik-texnik kommunikatsiyalarining mavjudligi toʻgʻrisidagi hujjatlar;

b) yakka tartibdagi tadbirkor uchun:

familiyasi, ismi, sharifi, JSHSHIR, bank hisobraqami, ariza toʻldirish sababi hamda litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;

mobil telefon raqami, turar joy telefon raqami (mavjud boʻlsa);

qora metall parcha va chiqindilarini qabul qilish shoxobchasi toʻgʻrisida tegishli maʼlumot;

qabul qilish shoxobchasi pasporti, bosh rejasi, muhandislik-texnik kommunikatsiyalarining mavjudligi toʻgʻrisidagi hujjatlar.

2. Qora metall parcha va chiqindilarini qayta ishlash hamda realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish uchun:

a) ariza;

arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank hisob raqami, telefon raqamlari, elektron pochta va veb-sayti manzili (mavjud boʻlsa), ariza toʻldirish sababi hamda litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;

b) qora metall parcha va chiqindilarini qabul qilish shoxobchasi (shoxobchalari) toʻgʻrisida maʼlumot;

v) ishlab chiqarish obyekti toʻgʻrisida maʼlumot, shu jumladan:

korxona pasporti, bosh rejasi, shuningdek, ishlab chiqarish sikli, loyiha hujjatlari, texnologik yoʻriqnomalar va muhandislik-texnik kommunikatsiyalarining mavjudligi toʻgʻrisidagi hujjatlar;

qora metall parcha va chiqindilarini qayta ishlash uchun eritish uskunasining (pech) pasporti va mavjud ishlab chiqarish quvvatlari toʻgʻrisida maʼlumot;

g) rahbar va muhandis-texnik xodimlari sanoat xavfsizligi sohasida tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasi oshirilganligi hamda attestatsiyadan oʻtkazilganligi, xodimlarning kasbiy malakasi toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlarining nusxalari (radioaktiv metall parchalarini aniqlash, portlash xavfsizligi, portlovchi obyektlarni aniqlash, malaka toifasi berilganligi, maxsus tayyorgarlikdan oʻtganligi haqidagi sertifikatlar);

d) qora metall parcha va chiqindilarini tayyorlash faoliyatini amalga oshirish boʻyicha korxonaning ichki meʼyoriy hujjatlari mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumot.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari.

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari.

8.

Arizani koʻrib chiqish muddatlari:

qora metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish) faoliyati boʻyicha — 10 ish kuni;

qora metall parcha va chiqindilarini qayta ishlash hamda realizatsiya qilish faoliyati boʻyicha — 20 ish kuni.

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

1. Qora metall parcha hamda chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish) sohasida umumiy litsenziya talablari va shartlari:

1.1. Yuridik shaxs uchun:

a) qora metall parcha va chiqindilarini qabul qilishda quyidagi maʼlumotlarning mavjudligi taʼminlanishi lozim:

qabul qiluvchining nomi, manzili, aloqa telefon raqamlari, tasdiqnoma nusxasi;

qora metall parcha va chiqindilarini qabul qilish uchun masʼul shaxslar toʻgʻrisida maʼlumot;

ish tartibi;

qora metall parcha va chiqindilarini qabul qilish shartlari, qoidalari va narxlari;

qabul qilinishi taʼqiqlangan qora metall parcha va chiqindilarining roʻyxati;**

b) ruxsat berilgan hududda qora metall parcha va chiqindilarini qabul qilish, saralash jarayonlarida talab etiladigan asbob-uskunalar, jumladan:

sertifikatlangan va kalibrlangan tarozilar (avtomobil, osma, platforma va h.k.);*

yuklash va tushirish mexanizm va uskunalari (metall parchalari uchun yuklagich, bogʻlangan va boʻlakli tovarlar uchun koʻtarish moslamalari boʻlgan manipulyator (ilgak, ushlagich, magnit);*

yongʻinga qarshi oʻt oʻchirish vositalari mavjudligi.*

1.2. Yakka tartibdagi tadbirkor uchun:

yigʻish maydoni uchun tegishli yer uchastkasi va/yoki binoga egalik huquqi (mavjud boʻlsa).

2. Qora metall parcha va chiqindilarini qayta ishlash hamda realizatsiya qilish sohasida umumiy litsenziya talablari va shartlari:

2.1. Qora metall parcha va chiqindilarini qabul qilishda koʻrinadigan va qulay joyda quyidagi maʼlumotlarning mavjudligi taʼminlanishi lozim:

a) korxonaning nomi, manzili, aloqa telefon raqamlari toʻgʻrisida maʼlumot;

b) ish tartibi toʻgʻrisida maʼlumot;

v) qora metall parcha va chiqindilarini qabul qilish shartlari, qoidalari va narxlari toʻgʻrisida maʼlumot;

g) qabul qilinishi taʼqiqlangan qora metall parcha va chiqindilarining roʻyxati.**

2.2. Talabgor hududida qora metall parcha va chiqindilarini qayta ishlash texnologik jarayonlarida talab etiladigan asbob-uskunalar, jumladan:

a) dozimetrik va radiatsion kuzatuv moslamalari (sertifikatlangan radiometrlar, dozimetrlar);*

b) belgilangan tartibda qiyoslashdan oʻtkazilgan va kalibrlangan tarozilar (avtomobil, osma, platforma);*

v) qora metall parcha va chiqindilarini, qotishmalarining kimyoviy tarkibini aniqlash uchun uskunalar (analizatorlar, spektrometrlar, lazer, rentgen floresanli, spektral analizatorlar);

g) yuklash va tushirish mashinalari va uskunalari (metall parchasi yuklagichi, quyma, bogʻlangan va boʻlakli tovarlar uchun koʻtarish moslamalari boʻlgan manipulyator (ilgak, ushlagich, magnit);

d) poʻlat eritish pechlarida poʻlat erigandan soʻng poʻlatni kompleks qayta ishlaydigan agregatda ishlov berish;*

e) belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyasining mavjud boʻlishi hamda ushbu laboratoriyada eritilgan poʻlat va tayyor mahsulotlarning har bir partiyasini qatʼiy sifat nazoratidan oʻtkazish tartibi mavjudligi;*

j) yongʻinga qarshi oʻt oʻchirish vositalari mavjudligi.*

2.3. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, ishlab chiqarish xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi, yongʻin xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va ekologiya talablari va normalariga rioya etishi.*

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi — tabiatni muhofaza qilish va ekologiya boʻyicha qoʻyiladigan minimal talablar litsenziya talabgori tomonidan bajarilganligi toʻgʻrisidagi xulosa;

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi — sanoat xavfsizligi boʻyicha qoʻyiladigan minimal talablar litsenziya talabgori tomonidan bajarilganligi toʻgʻrisidagi xulosa;

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi — oʻrnatilgan texnologik jarayonlar va asbob-uskunalarning holati texnik jihatdan tartibga solish boʻyicha normativ hujjat talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa.

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

Cheklanmagan.

12.

Izoh.

Radioaktiv, kimyoviy ifloslangan va portlovchan qora metall parcha va chiqindilari aniqlangan hollarda litsenziat zarur choralarni koʻrish uchun zudlik bilan tegishli organlarga belgilangan tartibda xabar beradi.

* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

** Vazirlar Mahkamasining “Rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 6-iyundagi 425-son qarori bilan tasdiqlangan Rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 29-bandi asosida.

(41-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 20-iyul)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga

42-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rangli metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish), qayta ishlash hamda realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Litsenziya nomi:

Rangli metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish), qayta ishlash hamda realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya.

2.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:

a) rangli metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish);

b) rangli metall parcha va chiqindilarini qayta ishlash va realizatsiya qilish.

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

1. Rangli metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish) faoliyati uchun litsenziya olish maqsadida murojaat qilgan yakka tartibdagi tadbirkorlar.

2. Rangli metall parcha va chiqindilarini qayta ishlash hamda realizatsiya qilish faoliyati uchun litsenziya olish maqsadida murojaat qilgan yuridik shaxslar.

4.

Litsenziyalovchi organ:

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi.

5.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

1. Rangli metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish) faoliyatini amalga oshirish uchun:

ariza;

arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

a) yuridik shaxslar uchun:

nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank hisobraqami, telefon raqamlari, elektron pochta va veb-sayti manzili (mavjud boʻlsa), ariza toʻldirish sababi hamda litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;

faoliyat amalga oshiriladigan joy manzili (manzillari, kadastr raqami);

rangli metall parcha va chiqindilarini qabul qilish shoxobchasi (shoxobchalari) toʻgʻrisida tegishli maʼlumot;

qabul qilish shoxobchalari pasporti, bosh rejasi, muhandislik-texnik kommunikatsiyalarining mavjudligi toʻgʻrisidagi hujjatlar.

b) yakka tartibdagi tadbirkor uchun:

familiyasi, ismi, sharifi, JSHSHIR, bank hisobraqami, ariza toʻldirish sababi hamda litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;

mobil telefon raqami, turar joy telefon raqami (mavjud boʻlsa);

rangli metall parcha va chiqindilarini qabul qilish shoxobchasi toʻgʻrisida tegishli maʼlumot;

qabul qilish shoxobchasi pasporti, bosh rejasi, muhandislik-texnik kommunikatsiyalarining mavjudligi toʻgʻrisidagi hujjatlar.

2. Rangli metall parcha va chiqindilarini qayta ishlash hamda realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish uchun:

a) ariza;

arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank hisobraqami, telefon raqamlari, elektron pochta va veb-sayti manzili (mavjud boʻlsa), ariza toʻldirish sababi hamda litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi toʻgʻrisida ariza;

b) rangli metall parcha va chiqindilarini qabul qilish shoxobchasi (shoxobchalari) toʻgʻrisida maʼlumot;

v) ishlab chiqarish obyekti toʻgʻrisida maʼlumot, shu jumladan:

korxona pasporti, bosh rejasi, shuningdek, ishlab chiqarish sikli, loyiha hujjatlari, texnologik yoʻriqnomalar va muhandislik-texnik kommunikatsiyalarining mavjudligi toʻgʻrisidagi hujjatlar;

rangli metall parcha va chiqindilarini qayta ishlash uchun eritish uskunasining (pech) pasporti va mavjud ishlab chiqarish quvvatlari toʻgʻrisida maʼlumot;

g) tashkilotning rahbar va muhandis-texnik xodimlari sanoat xavfsizligi sohasida tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasi oshirilganligi hamda attestatsiyadan oʻtkazilganligi, xodimlarning kasbiy malakasi toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlarining nusxalari (radioaktiv metall parchalarini aniqlash, portlash xavfsizligi, portlovchi obyektlarni aniqlash, malaka toifasi berilganligi, maxsus tayyorgarlikdan oʻtganligi haqidagi sertifikatlar);

d) rangli metall parcha va chiqindilarini tayyorlash faoliyatini amalga oshirish boʻyicha korxonaning ichki meʼyoriy hujjatlari mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumot.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari.

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari.

8.

Arizani koʻrib chiqish muddatlari:

rangli metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish) faoliyati boʻyicha — 10 ish kuni;

rangli metall parcha va chiqindilarini qayta ishlash hamda realizatsiya qilish faoliyati boʻyicha — 20 ish kuni.

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

1. Rangli metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish) sohasida umumiy litsenziya talablari va shartlari:

1.1. Yuridik shaxs uchun:

a) rangli metall parcha va chiqindilarini qabul qilishda maʼlumotlarning mavjudligi taʼminlanishi lozim:

qabul qiluvchining nomi, manzili, aloqa telefon raqamlari, tasdiqnoma nusxasi;

rangli metall parcha va chiqindilarini qabul qilish uchun masʼul shaxslar toʻgʻrisida maʼlumot;

ish tartibi;

rangli metall parcha va chiqindilarini qabul qilish shartlari, qoidalari va narxlari;

qabul qilinishi taʼqiqlangan rangli metall parcha va chiqindilarining roʻyxati; **

b) ruxsat berilgan hududda rangli metall parcha va chiqindilarini qabul qilish, saralash jarayonlarida talab etiladigan asbob-uskunalar, jumladan:

sertifikatlangan va kalibrlangan tarozilar (avtomobil, osma, platforma va h.k.);*

yuklash va tushirish mexanizm va uskunalari (metall parchalari uchun yuklagich, bogʻlangan va boʻlakli tovarlar uchun koʻtarish moslamalari boʻlgan manipulyator (ilgak, ushlagich, magnit);*

yongʻinga qarshi oʻt oʻchirish vositalari mavjudligi.*

1.2. Yakka tartibdagi tadbirkor uchun:

yigʻish maydoni uchun tegishli yer uchastkasi va/yoki binoga egalik huquqi (mavjud boʻlsa).

2. Rangli metall parcha va chiqindilarini qayta ishlash hamda realizatsiya qilish sohasida umumiy litsenziya talablari va shartlari:

2.1. Rangli metall parcha va chiqindilarini qabul qilishda koʻrinadigan va qulay joyda quyidagi maʼlumotlarning mavjudligi taʼminlanishi lozim:

a) korxonaning nomi, manzili, aloqa telefon raqamlari toʻgʻrisida maʼlumot;

b) ish tartibi toʻgʻrisida maʼlumot;

v) rangli metall parcha va chiqindilarini qabul qilish shartlari, qoidalari va narxlari toʻgʻrisida maʼlumot;

g) qabul qilinishi taʼqiqlangan rangli metall parcha va chiqindilarining roʻyxati;**

2.2. Talabgor hududida rangli metall parcha va chiqindilarini qayta ishlash texnologik jarayonlarida talab etiladigan asbob-uskunalar, jumladan:

a) dozimetrik va radiatsion kuzatuv moslamalari (sertifikatlangan radiometrlar, dozimetrlar);*

b) belgilangan tartibda qiyoslashdan oʻtkazilgan va kalibrlangan tarozilar (avtomobil, osma, platforma);*

v) rangli metall parcha va chiqindilarini, qotishmalarining kimyoviy tarkibini aniqlash uchun uskunalar (analizatorlar, spektrometrlar, lazer, rentgen floresanli, spektral analizatorlar);

g) yuklash va tushirish mashinalari va uskunalari (metall parchasi yuklagichi, quyma, bogʻlangan va boʻlakli tovarlar uchun koʻtarish moslamalari boʻlgan manipulyator (ilgak, ushlagich, magnit);*

d) yongʻinga qarshi oʻt oʻchirish vositalari mavjudligi;*

2.3. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, ishlab chiqarish xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi, yongʻin xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va ekologiya talablari va normalariga rioya etishi.*

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi — tabiatni muhofaza qilish va ekologiya boʻyicha qoʻyiladigan minimal talablar litsenziya talabgori tomonidan bajarilganligi toʻgʻrisidagi xulosa;

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi — sanoat xavfsizligi boʻyicha qoʻyiladigan minimal talablar litsenziya talabgori tomonidan bajarilganligi toʻgʻrisidagi xulosa;

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi — oʻrnatilgan texnologik jarayonlar va asbob-uskunalarning holati texnik jihatdan tartibga solish boʻyicha normativ hujjat talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa.

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

Cheklanmagan.

12.

Izoh.

Radioaktiv, kimyoviy ifloslangan va portlovchan rangli metall parcha va chiqindilari aniqlangan hollarda litsenziat zarur choralarni koʻrish uchun zudlik bilan tegishli organlarga belgilangan tartibda xabar beradi.

* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

** Vazirlar Mahkamasining “Rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 6-iyundagi 425-son qarori bilan tasdiqlangan Rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 29-bandi asosida.

(42-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 20-iyul)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorlarni respublika darajasida qabul qiluvchi vakolatli organlarning shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha Apellyatsiya kengashining namunaviy
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Litsenziyalovchi organning rahbari, Kengash raisi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Litsenziyalovchi organ rahbari oʻrinbosari, Kengash raisi oʻrinbosari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Litsenziyalovchi organning ijro nazorati boʻyicha tarkibiy boʻlinmasi rahbari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Litsenziyalovchi organning tarkibiy boʻlinmasi rahbari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Litsenziyalovchi organning yuridik xizmati rahbari, Kengash kotibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Zarur hollarda Kengash tarkibiga litsenziyalovchi organning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va boshqa vazirliklar hamda tashkilotlarning rahbar va xodimlari jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalash tartib-taomillarini belgilovchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiqlashtirish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
GRAFIGI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Litsenziya nomi

Masʼul ijrochilar va muddat*

Vazirlar Mahkamasida masʼul va muddat**

1.

Avtomobil transportida yoʻlovchilarni tashish faoliyati uchun litsenziya

Transport vazirligi

2022-yil 20-mart

Sh. Abidov,

D. Xolmurodov,

D. Kalandarov

2022-yil 1-aprel

2.

Avtomobil transportida yuklarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyati uchun litsenziya

3.

Bojxona omborini taʼsis etish uchun litsenziya

Davlat bojxona qoʻmitasi

2022-yil 22-mart

D. Xolmurodov,

D. Kalandarov

2022-yil 5-aprel

4.

Bojxona rejimida omborxona — “erkin omborxona” taʼsis etish uchun litsenziya

5.

Boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyati uchun litsenziya

6.

Tovar-xom ashyo birjasi faoliyati uchun litsenziya

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

2022-yil 22-mart

7.

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat uchun litsenziya

Sogʻliqni saqlash vazirligi

2022-yil 24-mart

M. Vaxabov,

D. Xolmurodov,

D. Kalandarov

2022-yil 11-aprel

8.

Bukmekerlik faoliyati uchun litsenziya

Sport vazirligi

2022-yil 26-mart

M. Vaxabov,

D. Xolmurodov,

D. Kalandarov

2022-yil 15-aprel

9.

Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish faoliyati uchun litsenziya

Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi

2022-yil 2-aprel

A. Jumanazarov,

D. Xolmurodov,

D. Kalandarov

2022-yil 26-aprel

10.

Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalasi sohasidagi faoliyat uchun litsenziya

11.

Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi

2022-yil 4-aprel

Sh. Rajabbayev,

D. Xolmurodov,

D. Kalandarov

2022-yil 29-aprel

12.

Kosmik texnologiyalarni qoʻllovchi tashkilotlarning faoliyati uchun litsenziya

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi

2022-yil 4-aprel

13.

Qurol-yarogʻ va uning oʻq-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek, ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyat uchun litsenziya

Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi

2022-yil 6-aprel

X. Berdibayev,

D. Xolmurodov,

D. Kalandarov

2022-yil 30-aprel

14.

Boʻshatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yoʻq qilib tashlash, utilizatsiya qilish, koʻmib tashlash) va qayta ishlash faoliyati uchun litsenziya

15.

Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish faoliyati uchun litsenziya

Ichki ishlar vazirligi

2022-yil 6-aprel

16.

Advokatlik faoliyati uchun litsenziya

Adliya vazirligi

2022-yil 6-aprel

D. Kalandarov,

D. Xolmurodov

2022-yil 30-aprel

17.

Xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziya

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda manfaatdor idoralar bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritish sanasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini belgilangan tartibda himoyasini tashkil qilish sanasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasidagi boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 22-noyabrdagi 458-son qarorining 2-bandi hamda qarorga 2-ilova.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Aloqa va axborotlashtirish sohasida boshqaruvni tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2002-yil 23-sentabrdagi 328-son qaroriga 5-ilovaning 16-bandi “b” kichik bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qarorining 4-bandi hamda qarorga 1-ilova.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Birja faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida” 2003-yil 4-fevraldagi 66-son qarorining 2-bandi hamda qarorga ilova.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 9-iyuldagi 308-son qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining “Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2003-yil 27-sentabrdagi 413-son qarorining 1-bandi hamda qarorga ilova.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2004-yil 11-avgustdagi 384-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 5-iyuldagi 155-son qaroriga ilovaning 1-bandi “b” kichik bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirlar Mahkamasining “Matbuot, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 16-avgustdagi 200-son qaroriga 6-ilovaning 2-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 21-sentabrdagi PQ-186-son qarori)” 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga ilovaning 14, 16, 22 va 26-bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vazirlar Mahkamasining “Tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 7-sentabrdagi 190-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-son Qonuni)” 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga 1-ilovaning 30, 36 va 37-bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Vazirlar Mahkamasining “Axborotning kriptografik himoya vositalarini loyihalashtirish, tayyorlash, ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, taʼmirlash va ulardan foydalanish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2007-yil 21-noyabrdagi 242-son qarorining 1-bandi hamda qarorga ilova.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2008-yil 24-iyundagi 141-son qarorining 6-bandi hamda qarorga 5-ilova.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2008-yil 21-maydagi PQ-872-son qarori)” 2008-yil 4-iyuldagi 151-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida” 2008-yil 22-iyuldagi OʻRQ-163-son Qonuni)” 2008-yil 2-oktabrdagi 221-son qaroriga 1-ilovaning 8 va 11-bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2008-yil 29-dekabrdagi 284-son qaroriga 3-ilova.
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Vazirlar Mahkamasining “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2009-yil 24-iyundagi 177-son qaroriga 2-ilova.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida” 2008-yil 22-iyuldagi OʻRQ-163-son hamda “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-son Qonunlari)” 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qaroriga ilovaning 7-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida pirotexnika buyumlari muomalasini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2010-yil 25-oktabrdagi 234-son qarorining 1-bandi ikkinchi xatboshisi hamda qarorga 1-ilova.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2011-yil 15-apreldagi OʻRQ-283-son Qonuni)” 2011-yil 7-iyundagi 163-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2011-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-292-son Qonuni)” 2012-yil 1-fevraldagi 26-son qaroriga ilovaning 2, 3, 4, 7, 12, 23, 34, 37 va 41-bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son Farmoni)” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga 1-ilovaning 23, 28, 32, 36, 56, 81 va 89-bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2012-yil 23-oktabrdagi PQ-1836-son qarori)” 2013-yil 23-avgustdagi 233-son qaroriga ilovaning 9-bandi “b” kichik bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2012-yil 13-noyabrdagi PF-4483-son Farmoni)” 2013-yil 9-sentabrdagi 244-son qaroriga 1-ilovaning 26-bandi “v” kichik bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-son Qonuni)” 2014-yil 3-martdagi 45-son qaroriga 1-ilovaning 27-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 15-apreldagi PQ-2164-son qarori)” 2014-yil 17-iyuldagi 196-son qaroriga 1-ilovaning 4, 8, 10 va 13-bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 31-dekabrdagi 377-son qaroriga ilovaning 8, 9, 12, 14 va 15-bandlari.
Oldingi tahrirga qarang.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Vazirlar Mahkamasining ““Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2015-yil 15-sentabrdagi 266-son qaroriga 2-ilovaning 1-bandi “a” kichik bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2015-yil 3-iyundagi OʻRQ-387-son hamda “Investitsiya va pay fondlari toʻgʻrisida” 2015-yil 25-avgustdagi OʻRQ-392-son Qonunlari)” 2015-yil 23-sentabrdagi 274-son qaroriga ilovaning 7-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Vazirlar Mahkamasining “Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 9-dekabrdagi 354-son qarorining 2-bandi hamda qarorga 1, 2 va 3 ilovalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2013-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-360-son hamda “Soliq va budjet siyosatining 2016-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2015-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-398-son Qonunlari)” 2016-yil 26-apreldagi 122-son qaroriga 1-ilovaning 46-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Vazirlar Mahkamasining ““Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari haqida” 2016-yil 3-iyundagi 188-son qaroriga 4-ilovaning 1-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2778-son qarori)” 2017-yil 11-maydagi 270-son qaroriga 1-ilovaning 64-bandi “d” va “e” kichik bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Vazirlar Mahkamasining “Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-maydagi 284-son qarorining 1-bandi hamda qarorga 1 — 5 ilovalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 21-iyundagi 405-son qarorining 1-bandi hamda qarorga ilova.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xuquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son qarori)” 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-son qaroriga ilovaning 11, 18 va 27-bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 12-dekabrdagi PQ-3430-son qarori)” 2018-yil 22-yanvardagi 40-son qaroriga ilovaning 24 va 25-bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Vazirlar Mahkamasining “Nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 27-martdagi 241-son qarorining 2-bandi hamda qarorga 1-ilova.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 9-apreldagi 278-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 14-martdagi PF-5379-son Farmoni)” 2018-yil 29-maydagi 396-son qaroriga ilovaning 38-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 31-maydagi 408-son qaroriga 6-ilovaning 2-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Vazirlar Mahkamasining “Neft-gaz tarmogʻida litsenziyalash tartibotlarini qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznesni yuritishni yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-iyundagi 444-son qarorining 2-bandi hamda qarorga 1 — 5 ilovalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmoni)” 2018-yil 5-iyuldagi 503-son qaroriga ilovaning 4-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmoni hamda “Vinochilik sohasini va alkogolli mahsulotlarni realizatsiya qilishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-fevraldagi PQ-3573-son qarori)” 2018-yil 16-iyuldagi 539-son qaroriga ilovaning 15-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 9-apreldagi 278-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida” 2018-yil 10-sentabrdagi 716-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish va tubdan qayta koʻrib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-sentabrdagi 725-son qarorining 2-bandi ikkinchi xatboshisi hamda qarorga 1-ilova.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan dori vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish natijalarini tan olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 24-oktabrdagi 862-son qaroriga 2-ilovaning 3-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi OʻRQ-429-son Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmoni)” 2018-yil 29-oktabrdagi 884-son qaroriga ilovaning 2, 4 — 6, 10, 14, 19, 20, 22, 36, 41 va 42-bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Vazirlar Mahkamasining “Farmatsevtika faoliyatini (dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish bundan mustasno) litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida” 2018-yil 29-oktabrdagi 885-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 13-iyuldagi PQ-3852-son qarori)” 2018-yil 19-noyabrdagi 934-son qaroriga ilovaning 5 va 6-bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-son qaroriga 6-ilovaning 9-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida” 2019-yil 10-yanvardagi 15-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-avgustdagi PF-5527-son Farmoni)” 2019-yil 23-fevraldagi 161-son qaroriga 1-ilovaning 4-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5594-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4058-son qarori)” 2019-yil 6-martdagi 195-son qaroriga ilovaning 9-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmoni hamda “Maktabgacha taʼlim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-son qarori)” 2019-yil 29-apreldagi 361-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasida ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash va akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida” 2019-yil 7-maydagi 381-son qarorining 2-bandi ikkinchi xatboshisi hamda qarorga 1-ilova.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tibbiyot muassasalari va sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 7-noyabrdagi PQ-4007-son qarori)” 2019-yil 13-maydagi 398-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 2-fevraldagi PF-5653-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 2-fevraldagi PQ-4151-son qarori)” 2019-yil 3-iyundagi 457-son qaroriga 1-ilovaning 5 va 37-bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimining tubdan takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2019-yil 14-iyundagi 498-son qaroriga 1-ilovaning 5-bandi “b”, “v”, “g”, “d”, “e”, “j” va “z” bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqida” 2019-yil 15-fevraldagi PQ-4193-son qarori)” 2019-yil 2-iyuldagi 548-son qaroriga ilovaning 7 va 8-bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 7-dekabrdagi PF-5590-son Farmoni)” 2019-yil 2-iyuldagi 549-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon banki va xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son qarori)” 2019-yil 10-avgustdagi 661-son qaroriga ilovaning 1, 5 va 45-bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2019 — 2021-yillarda respublikaning farmatsevtika tarmogʻini yanada jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 10-apreldagi PF-5707-son Farmoni)” 2019-yil 17-avgustdagi 678-son qaroriga ilovaning 3-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Vazirlar Mahkamasining “Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 23-avgustdagi 707-son qarorining 1-bandi hamda qarorga 1-ilova, 2-ilovaning 3-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Vazirlar Mahkamasining “Yoʻlboʻyi va turistik infratuzilmani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 21-sentabrdagi 793-son qaroriga 4-ilovaning 2-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish toʻgʻrisida” 2019-yil 27-sentabrdagi 818-son qaroriga 3-ilovaning 2-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish va prokuratura organlari faoliyatini optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 15-martdagi PF-5690-son Farmoni)” 2019-yil 21-oktabrdagi 886-son qaroriga ilovaning 14, 16, va 21 bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Vazirlar Mahkamasining “Onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimi qoʻllanilishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 23-noyabrdagi 943-son qaroriga 5-ilovaning 13-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(74-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-maydagi 295-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2024-y., 09/24/295/0358-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Vazirlar Mahkamasining “Nodavlat taʼlim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 24-dekabrdagi 1028-son qaroriga 5-ilovaning 2-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son Farmoni)” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 27, 38, 43, 51, 70, 97, 162, 167, 206, 220, 232-bandlari va 210-bandi “a” kichik bandi, 147-bandi “a”, “b” kichik bandlari, 290-bandi “a” kichik bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 31-dekabrdagi 1060-son qaroriga 4-ilovaning 3-bandi “v” kichik bandi va 5-ilovaning 3-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektron hukumat” tizimi doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish sifatini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 21-maydagi PQ-4328-son qarori)” 2020-yil 14-yanvardagi 24-son qaroriga ilovaning 2, 3, 6-bandlari va 16-bandi “a” kichik bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79. Vazirlar Mahkamasining “Affinaj faoliyatini litsenziyalashni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 17-fevraldagi 86-son qarorining 2-bandi hamda qarorga 1 va 2-ilovalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida pirotexnika buyumlari muomalasini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2010-yil 25-oktabrdagi 234-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2020-yil 9-apreldagi 206-son qarorining 1-bandi hamda qarorga ilova.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son va “2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmonlari)” 2020-yil 14-apreldagi 217-son qaroriga 2-ilovaning 10-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5647-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuk va yoʻlovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 6-martdagi PQ-4230-son qarori)” 2020-yil 8-maydagi 271-son qaroriga 1-ilovaning 53-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83. Vazirlar Mahkamasining “Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi, shuningdek, litsenziya talablari va shartlarini buzganlik uchun qoʻllanadigan choralar va sanksiyalar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020-yil 20-maydagi 301-son qarorining 2-bandi hamda qarorga ilova.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84. Vazirlar Mahkamasining “Veterinariya faoliyatini litsenziyalash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 23-maydagi 328-son qarorining 1-bandi hamda qarorga 1-ilova.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni)” 2020-yil 16-iyundagi 384-son qaroriga 1-ilovaning 3, 6, 15, 17, 18, 25, 26, 29, 30 va 32-bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik toʻsiqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 9-dekabrdagi PQ-4546-son qarori)” 2020-yil 7-iyuldagi 429-son qaroriga 1-ilovaning 27-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
87. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qarorining 1-bandi ikkinchi xatboshisi hamda qarorga 1-ilova.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
88. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimining tubdan takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2020-yil 26-sentabrdagi 588-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
89. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2020-yil 17-noyabrdagi 722-son qaroriga ilovaning 3-bandi va 7-bandi “g” kichik bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
90. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 30-noyabrdagi 753-son qaroriga 4-ilovaning 2-bandi, 5-bandning “v” kichik bandi va 9-bandning “v” — “j” kichik bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
91. Vazirlar Mahkamasining “Tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida” 2020-yil 30-noyabrdagi 757-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
92. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (“Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2020-yil 13-avgustdagi OʻRQ-632-son Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 15-sentabrdagi PQ-4829-son qarori)” 2020-yil 2-dekabrdagi 764-son qaroriga ilovaning 1-bandi “a” kichik bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
93. Vazirlar Mahkamasining “Kannabis oʻsimligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bogʻliq boʻlmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish va foydalanish faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 7-dekabrdagi 770-son qarorining 2-bandi hamda qarorga 1 va 2-ilovalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
94. Vazirlar Mahkamasining “Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimi bosqichma-bosqich joriy etilishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 31-dekabrdagi 833-son qaroriga 5-ilovaning 3, 5 va 7-bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
95. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2021-yil 27-apreldagi 242-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
96. Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomalarini olish uchun imtihonlarni oʻtkazish sohasiga xususiy sektorni jalb etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 4-maydagi 272-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
97. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida” 2019-yil 16-dekabrdagi OʻRQ-595-son Qonuni)” 2021-yil 20-maydagi 320-son qaroriga 1-ilovaning 13-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
98. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻriqlash bosh boshqarmasining faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 20-fevraldagi PQ-4997-son qarori)” 2021-yil 29-maydagi 334-son qaroriga 1-ilovaning 4-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son, 10.06.2022-y., 09/22/323/0508-son; 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son; 21.09.2022-y., 09/22/519/0840-son; 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son; 30.09.2022-y., 09/22/549/0873-son; 06.10.2022-y., 09/22/566/0897-son; 20.10.2022-y., 09/22/612/0949-son, 07.12.2022-y., 09/22/687/1073, 06.12.2022-y., 09/22/694/1068-son; 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son; 26.01.2023-y., 09/23/29/0056-son, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son; 16.06.2023-y., 06/23/96/0379-son; 08.08.2023-y., 09/23/345/0570-son; 18.08.2023-y., 09/23/396/0625-son; 22.09.2023-y., 09/23/485/0719-son; 25.11.2023-y., 09/23/619/0893-son; 16.01.2024-y., 09/24/25/0036-son; 24.01.2024-y., 06/24/20/0063-son; 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son; 04.03.2024-y., 07/24/108/0171-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son; 21.05.2024-y., 09/24/295/0358-son; 02.07.2024-y., 09/24/366/0459-son; 11.07.2024-y., 09/24/387/0494-son; 11.07.2024-y., 09/24/405/0495-son; 15.07.2024-y., 09/24/418/0508-son; 17.07.2024-y., 09/24/424/0509-son; 19.07.2024-y., 07/24/266/0533-son; 25.07.2024-y., 09/24/444/0546-son; 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son; 06.08.2024-y., 09/24/481/0581-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 04.09.2024-y., 09/24/535/0679-son; 13.09.2024-y., 09/24/570/0715-son; 05.10.2024-y., 09/24/632/0778-son; 14.10.2024-y., 09/24/668/0812-son; 02.11.2024-y., 09/24/725/0879-son; 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son; 24.12.2024-y., 09/24/874/1058-son; 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son; 03.01.2025-y., 09/24/913/0008-son; 30.01.2025-y., 09/25/45/0084-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son; 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son; 22.04.2025-y., 09/25/252/0371-son; 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son; 13.05.2025-y., 09/25/313/0435-son; 26.05.2025-y., 07/25/190/0464-son; 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son; 02.07.2025-y., 09/25/397/0562-son; 03.07.2025-y., 09/25/403/0564-son; 24.07.2025-y., 09/25/458/0648-son; 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son; 29.08.2025-y., 09/25/550/0790-son; 11.09.2025-y., 09/25/570/0822-son; 16.09.2025-y., 09/25/584/0830-son; 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son; 11.11.2025-y., 09/25/713/1030-son; 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son; 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son; 22.12.2025-y., 06/25/254/1195-son; 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son; 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son; 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son; 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son; 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son; 17.04.2026-y., 09/26/176/0368-son; 07.05.2026-y., 06/26/74/0453-son; 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son; 22.06.2026-y., 09/26/315/0614-son; 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son; 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son; 31.07.2026-y., 09/26/420/0802-son; 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)