Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDAGI AVTOMOBIL YOʻLLARIDA XAVFSIZLIKNI TAʼMINLASH VA TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasining “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida”, “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaharlarda yoʻl qurilishini tashkil etishni takomillashtirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 26-apreldagi PQ-62-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yoʻllari mintaqasida xavfsizlikni taʼminlash va tashkil etish qoidalari 1-ilovaga muvofiq;
Katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashishda harakat xavfsizligini taʼminlash qoidalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2012-yil 1-yanvardan boshlab joriy etilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va “Oʻzavtoyoʻl” DAK bir oy muddatda mazkur qaror bilan tasdiqlangan qoidalarda belgilangan talablar yuzasidan keng tushuntirish ishlari olib borish chora-tadbirlarini koʻrsin.
3. Manfaatdor vazirliklar va idoralar bir oy muddatda mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsinlar.
4. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Avtomobil yoʻllaridan foydalanish qoidalari va ularni qoʻriqlash toʻgʻrisida” 1974-yil 17-apreldagi 172-son qarori (Qarorlar toʻplami, 1974-y., 4-son, 16-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I.Zokirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 26-dekabr,
342-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-dekabrdagi 342-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yoʻllari mintaqasida xavfsizlikni taʼminlash va tashkil etish
qoidalari
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida” va “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaharlarda yoʻl qurilishini tashkil etishni takomillashtirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 26-apreldagi PQ-62-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
2. Mazkur Qoidalarda quyidagi atamalar va tushunchalar qoʻllaniladi:
avtomobil yoʻli — transport vositalari harakatlanishi uchun moʻljallangan, ularning belgilangan tezlikda, ogʻirlikda, oʻlchamlarda muttasil va xavfsiz harakatlanishini taʼminlaydigan muhandislik inshootlari majmuasi, shuningdek ushbu majmuani joylashtirish uchun ajratilgan yer uchastkalari va majmua ustidagi belgilangan doiradagi boʻshliq;
avtomobil yoʻlining oʻq chizigʻi — qatnov qismi yoki ajratuvchi tasma oʻrtasidan oʻtuvchi shartli chiziq;
avtomobil yoʻllarini rivojlantirish chizmasi — iqtisodiyot tarmoqlari hamda hududlarni rivojlantirishga bogʻliq holda avtomobil yoʻllarini rivojlantirishning maqsadi va asosiy koʻrsatkichlarini, ularni loyihalash, qurish, taʼmirlashning maqsadga muvofiqligini asoslovchi va texnik darajasini oshirish boʻyicha boshqa tadbirlarni oʻz ichiga olgan chizma;
avtomobil yoʻllaridan foydalanuvchilar — yoʻl harakatining ishtirokchilari boʻlgan yoki ajratilgan mintaqa hamda yoʻl boʻyi mintaqasi doiralarida belgilangan tartibda ruxsat etilgan faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar;
ajratilgan mintaqa — avtomobil yoʻli, uning tegishli tarkibiy elementlari va muhandislik inshootlari, shuningdek avtomobil yoʻlidan foydalanish uchun zarur boʻlgan binolar, inshootlarni joylashtirish, ihota va manzarali daraxtlar oʻtqazish uchun doimiy foydalanishga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladigan yer uchastkasi;
qatnov qismining cheti — qatnov qismini yoʻlboʻyidan ajratuvchi chiziq;
qizil chiziq — umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari uchun yoʻl qurilishiga ajratilgan yer tasmasi chegarasidan boshlab belgilangan xavfsizlik mintaqasi. Koʻchalar uchun qatnov qismi chetidan boshlab belgilangan xavfsizlik mintaqasi;
magistral koʻcha — shaharning asosiy tarmoq yoʻli. Ular umumshahar ahamiyatiga ega boʻlgan (aholi yashovchi, sanoat tumanlari va jamoat markazlari oʻrtasidagi aloqa, shahar tashqarisidagi avtomobil yoʻllariga chiqish) va tuman ahamiyatidagi magistral koʻchalar (tuman chegarasidagi va umumshahar ahamiyatiga ega boʻlgan magistral koʻchalar bilan transport aloqalari)ga boʻlinadi;
mexanik transport vositasi — dvigatel bilan harakatga keltiriladigan transport vositasi (mopeddan tashqari). Ushbu atama barcha traktor va oʻziyurar moslamalarga ham taalluqlidir;
yoʻlning rejasi — yoʻlda joylashgan barcha inshootlar bilan yoʻlning gorizontal tekislikdagi aksi;
yoʻlboʻyi mintaqasi — ajratilgan mintaqaga tutashgan, chegaralarida aholi xavfsizligini va transportning harakatlanish xavfsizligini taʼminlash uchun yerdan foydalanishning alohida shartlari belgilanadigan yer uchastkasi;
yoʻlga mutasaddi xoʻjalik — umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻli tarmogʻini, uning meʼyoriy ekspluatatsiyasi uchun zarur boʻlgan barcha inshootlarni, shuningdek mazkur yoʻllarni tuzatish va saqlash bilan shugʻullanuvchi korxona va tashkilotlarni oʻz ichiga oladi;
yoʻl xizmati — avtomobil yoʻllarini va yoʻl inshootlarini saqlash va tuzatish, avtomobillarning xavfsiz harakatini taʼminlash, yoʻlning texnik toifasini saqlash va oshirish boʻyicha ishlar yuklangan boʻlinmalar majmuasi;
yoʻl tarmoqlarini rivojlantirish — hududdagi iqtisodiyot tarmoqlariga va aholining avtomobilda tashishga boʻlgan ehtiyojiga hamda xalqaro avtotransport tashuvlarining hajmiga bogʻliq ravishda avtomobil yoʻllarining kelajakdagi rivojlanish rejasini amalga oshirish;
yoʻl muhandislik qurilmalari — harakat xavfsizligini va uzluksizligini taʼminlash, yoʻlovchilar, haydovchilar va avtomobillarga harakat boʻylab xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan inshootlar majmuasi. Ularga avtobus bekatlari, tezlikni oshirib oʻtish tasmasi, avtomobillar toʻxtab turishi uchun maydonchalar, dam olish maydonchalari va avtobuslarni kutish uchun ayvonlar, yoʻlni qor koʻchkilaridan, qor bosishidan himoyalash uchun qurilmalar, aloqa yoʻllari va yoʻlni yoritish vositalari kiradi;
yoʻl toifasi — avtomobil yoʻlining respublika umumiy transport tarmogʻi va xalq xoʻjaligidagi ahamiyatini, undagi harakat jadalligini ifodalovchi mezon;
yoʻl yoqasi — yoʻl poyining ikki tomonida joylashgan boʻlib, u qatnov qismining yon tomonidan yoʻl poyining chetigacha boʻlgan joydir. Yoʻlning qatnov qismini oʻrab turadigan yoʻl yoqasining borligi avtomobillarning xavfsiz harakatlanishini taʼminlaydi. Yoʻl yoqasida mustahkamlangan chetki tasma yotqiziladi, ular qoplama chetining mustahkamligini oshiradi. Yoʻl yoqasining kengligi yoʻl toifasiga bogʻliq boʻladi;
yoʻl toʻshamasi — bir yoki bir nechta qatlamlardan iborat boʻlib, bir nechta qatlam toʻshamasi qoplama, asos va asosning qoʻshimcha sovuq va issiqdan himoyalovchi, suv oʻtkazuvchi va boshqa qatlamlaridan iborat boʻladi. Transport vositalaridan tushayotgan yuklamaga qarshiligi va iqlim taʼsiriga munosabati boʻyicha yoʻl toʻshamalari qattiq qoplamali va asosli toʻshamalar hamda qattiq boʻlmagan qoplamali va asosli toʻshamalarga boʻlinadi;
transport vositasi — odamlarni, yuklarni tashishga yoki maxsus ishlarni bajarishga moʻljallangan qurilma;
transport oqimi — turli darajada yuklangan har xil rusumdagi avtomobillarning va boshqa transport vositalarining yoʻl boʻylab aynan bir vaqtdagi harakati;
transport oqimining zichligi — transport-ekspluatatsiya xususiyati boʻyicha bir xil yoʻl uchastkasining birlik uzunligiga toʻgʻri keladigan, odatda, 1 km oraliqdagi avtomobillar miqdori;
harakat jadalligi — maʼlum vaqt (oʻrtacha bir soat yoki bir kecha-kunduz) oraligʻida yoʻlning muayyan kesimidan oʻtadigan avtomobil va boshqa turdagi transport vositalari soni;
xavfsizlik mintaqasi — umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari uchun yoʻl qurilishiga ajratilgan yer tasmasi chegarasidan qizil chiziqqacha boʻlgan masofa. Koʻchalar uchun — qatnov qismi chetidan qizil chiziqqacha boʻlgan masofa.
3. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari hamda shahar koʻchalarida, shuningdek, ular uchun ajratilgan mintaqalarda harakat xavfsizligini taʼminlash va tashkil etish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini rivojlantirish va takomillashtirish, yagona texnika siyosatini olib borish — maxsus vakolatli organga, shaharlar va boshqa aholi punktlarining transport infratuzilmasini rivojlantirish, koʻchalarini loyihalashda normalar va standartlarga rioya etilishini taʼminlash — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuklanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
5. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatga molik avtomobil yoʻllariga boʻlinadi.
Shahar koʻchalari — shahar va tuman ahamiyatiga ega boʻlgan koʻchalarga hamda magistral koʻchalarga boʻlinadi.
6. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari va ularga ajratilgan mintaqalardan foydalanish hamda ularni saqlash ishlari — maxsus vakolatli organ va uning hududiy idoralari tomonidan, koʻchalar va ularga ajratilgan mintaqalardan foydalanish hamda ularni saqlash ishlari — mahalliy hokimiyatlar va ularga qarashli tegishli tashkilotlar (obodonlashtirish tashkilotlari va h.k.) tomonidan amalga oshiriladi.
7. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari va shahar koʻchalari, shuningdek ularga ajratilgan mintaqalarda harakat xavfsizligining taʼminlanganligi va toʻgʻri tashkil etilganligi, harakat xavfsizligi talablariga zid kamchiliklar va noqonuniy qurilishlar boʻlmasligi yoʻl tashkilotlari (yoki boshqa mutasaddi idoralar) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati (keyingi oʻrinlarda Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati deb ataladi) tomonidan nazorat qilinadi.
8. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari va shahar koʻchalari, shuningdek ularga ajratilgan mintaqalarning kelgusida rivojlantirish rejasini hamda mazkur joylarga quriladigan obyektlarning meʼyoriy hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi hamda uning hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari va shahar koʻchalari hamda ularga ajratilgan mintaqalarda harakat xavfsizligi talablariga zid noqonuniy qurilishlar va boshqa kamchiliklar yoʻl tashkilotlari (yoki boshqa mutasaddi idoralar) va Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan aniqlanib, tegishli tashkilotlar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdimnoma (yoki xabarnoma) kiritilganda ular tomonidan oʻz vakolatlari doirasida tegishli choralar koʻrilishi lozim.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
II. Avtomobil yoʻllarini qurish (taʼmirlash va rekonstruksiya qilish) loyihalarini kelishish, tasdiqlash va taʼmirlash ishlarini tashkil etish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
10. Davlat va mahalliy ahamiyatga molik umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining hamda shahar koʻchalarini taʼmirlash va rekonstruksiya qilish boʻyicha ish loyihalari loyihalash tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgandan soʻng Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi va kelishiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 668-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/668/0945-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Xalqaro ahamiyatga molik umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining va shahar magistral koʻchalarini ish loyihalari loyihalash tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgandan soʻng Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi bilan kelishiladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 668-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/668/0945-son)
12. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarida va shahar koʻchalarida taʼmirlash va rekonstruksiya qilish, shuningdek qazish va boshqa shu kabi ishlarni amalga oshirish tegishli shaharsozlik normalari va qoidalari asosida bajariladi.
13. Taʼmirlash ishlarini amalga oshirayotgan tashkilot taʼmirlash ishlari olib borilayotgan joylardagi harakat xavfsizligini taʼminlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni koʻrishi lozim.
Taʼmirlash ishlari olib boriladigan yoʻl qismiga taʼmirlashni boshlashdan oldin vaqtinchalik yoʻl belgilari, signallar va svetoforlar, toʻsuvchi va yoʻnaltiruvchi moslamalar oʻrnatiladi, qatnov qismiga vaqtinchalik yotiq chiziqlar chiziladi, zarur hollarda esa — taʼmirlanayotgan joyni aylanib oʻtish yoʻllari tashkil etiladi.
14. Taʼmirlash ishlari olib borilayotgan joylar toʻsuvchi shitlar, ensiz toʻsiqlar, ustunchalar, ishora ustunchalari, konuslar, rangli bayroqchali bogʻichlar, ishora chiroqlari yordamida toʻsib muhofazalanadi.
15. Harakatlanishni tashkil etishning texnik vositalari yoʻl ishlari olib borilayotgan joylarni toʻsiqlar bilan oʻrash va mazkur joylarda harakatlanishni tashkil etish ilovada keltirilgan namunaviy sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
16. Taʼmirlash ishlari oʻtkazilayotgan joylarda harakatlanishni tashkil etish sxemasini tuzishda quyidagi talablarga rioya qilinishi lozim:
transport haydovchilarini va piyodalarni yoʻl ishlarining boshlanishi sababli yuzaga kelgan xavf haqida ogohlantirish va ushbu xavfning tavsifini izohlab koʻrsatish (panno va stendlar);
qatnov qismidagi toʻsiqlarni aylanib oʻtish yoʻnalishini, yoʻlning taʼmirlanayotgan qismini aylanib oʻtadigan yoʻl tashkil qilinganda esa — ushbu yoʻlning yoʻnalishi qaysi tomonga olib borishini aniq belgilab qoʻyish;
taʼmirlash ishlari olib borilayotgan yoʻlning qismiga yaqinlashganda transport vositalari va piyodalarning xavfsiz harakatlanishi tartibini ishlab chiqish.
17. Taʼmirlash ishlarini olib borish va transport vositalarining harakatlanishi sharoitlari mavjud sxemalar turlarining birontasiga ham toʻgʻri kelmagan hollarda, shu joyning oʻzi uchun harakatlanishni tashkil etishning alohida sxemasi tuziladi.
18. Yoʻlning taʼmirlash ishlari bajariladigan joylarida harakatlanishni tashkil etish va ushbu joylarni toʻsiqlar bilan toʻsish sxemasi hamda taʼmirlash ishlarini tugatish muddati yoʻl tashkilotining rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi va Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlari bilan kelishiladi.
19. Taʼmirlash ishlari olib borilayotgan joylarda ishlar tugallangunga qadar xavfsiz harakatlanishni tashkil etish masʼuliyati mazkur ishlarni amalga oshirayotgan tashkilot rahbarlari zimmasida boʻladi.
20. Chegaradan oʻtkazish punktlari va undan keyin qoʻshni davlat bilan chegara chizigʻigacha boʻlgan hududlardan oʻtgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari va ularning mintaqasidagi xalqaro yuk tashuvchi transport vositalari uchun kutish maydonlari maxsus vakolatli organ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi bilan kelishilgan holda quriladi, taʼmirlanadi va rekonstruksiya qilinadi.
III. Avtomobil yoʻllaridan hamda ularga ajratilgan mintaqalardan foydalanish tartibi
21. Avtomobil yoʻllaridan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar, avtomobil yoʻllari mintaqasida yer osti va ustidan oʻtuvchi hamda boshqa inshootlar va kommunikatsiyalarni quruvchi yoki taʼmirlovchi tashkilotlarning ushbu tartibga amal qilishi majburiydir.
22. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari uchun xavfsizlik mintaqasi (qizil chiziqqacha boʻlgan masofa) yoʻllarning toifalari boʻyicha qurilish uchun ajratilgan yer tasmasi chegarasidan quyidagicha belgilanadi:
1 va 2 — toifadagi avtomobil yoʻllarida — 25 metr;
3 — toifadagi avtomobil yoʻllarida — 20 metr;
4 va 5 — toifadagi avtomobil yoʻllarida — 15 metr.
Avtomobil yoʻllari qurilishi uchun ajratilgan yer tasmasi chegarasi tegishli qurilish meʼyorlari va qoidalarida belgilangan.
23. Shahar koʻchalari uchun xavfsizlik mintaqasi (qizil chiziqqacha boʻlgan masofa) shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan.
24. Yuridik va jismoniy shaxslar yoʻl qoplamalari va yoʻl inshootlariga ziyon yetkazmaydigan, harakat xavfsizligi talablariga javob beradigan, texnik jihatdan soz mexanik transport hamda transport vositalaridan foydalanishi shart.
25. Oʻqiga tushadigan yuklama va toʻliq vazni amaldagi meʼyoriy hujjatlarda belgilangandan yuqori boʻlmagan transport vositalariga, oʻziyurar mashinalar va mexanizmlarga avtomobil yoʻllarida harakatlanishga ruxsat etiladi.
26. Avtomobil yoʻllari va ularning xavfsizlik mintaqalarida quyidagilar taqiqlanadi:
avtomobil yoʻllari va koʻchalarni, ulardagi sunʼiy inshootlarni saqlashga va harakat xavfsizligini taʼminlashga taalluqli boʻlmagan boshqa bino va inshootlarni qurish;
yoʻllarga, yoʻl inshootlari, yoʻl belgilari va koʻrsatkichlariga, harakatlanishni tashkil etuvchi va boshqaruvchi vositalarga hamda yoʻlga taalluqli boshqa narsalarga ziyon yetkazish;
harakatlanish vaqtincha toʻxtatilgan yoʻl qismlaridan transport vositasida maxsus ruxsatnomasiz oʻtish;
qattiq va kuchaytirilgan qoplamali yoʻllarda zanjirli transport vositalarining maxsus himoyalovchi boshmoqlarsiz harakatlanishi, shuningdek katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarni tashish;
podalarni haydab oʻtish, ularni boqish (podalarni faqat belgilangan va tegishli yoʻl belgisi qoʻyilgan joydan haydab oʻtishga ruxsat etiladi);
qatnov qismi va yoʻl chetini, koʻpriklarni, quvurlarni, ariqchalarni, suv qochirish inshooti (drenaj) qurilmalarini ifloslantirish, yoʻllarga va ajratilgan mintaqaga toʻkilib-sochiladigan yuklarni belgilangan idishlarga joylashtirmasdan tashish;
yoʻnalishlarni ajratuvchi tasmaga barcha turdagi transport vositalarining chiqishi;
yoʻl va yoʻl inshootlarini har qanday elementlar bilan, aravalar, texnikalar, materiallar va boshqalar bilan toʻsib qoʻyish, arkalar, shlagbaumlar va boshqa inshootlar qurish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini quritish, har xil materiallarni taxlab qoʻyish, chiqindi va qorlarni uyib qoʻyish;
transport vositalarini taʼmirlash va moylash, yonilgʻi-moylash materiallarini quyish, yuk ortish, yuk tushirish, yukni boshqa texnikaga ortish va mahkamlash, tozalash va yuvish (ilojsiz holatlarda ular yoʻldan chiqib, ajratilgan tasma hududida amalga oshirilishi mumkin, biroq haydovchi yoki transport vositasi egasi shu joyni darhol tozalab qoʻyishi shart);
ajratilgan mintaqada hamda koʻpriklardan, yoʻl oʻtkazgichlardan va estakadalardan 200 metrgacha boʻlgan masofalarda lagerlar, palatkali shaharchalar barpo etish va olov yoqish;
daryolar va anhorlarning koʻpriklari ostida qayiqlar stansiyasi, qayiqlar toʻxtash joyi va boshqa inshootlar qurish;
daryolardagi koʻpriklardan oʻzan boʻylab yuqoriga va pastga qarab 2,5 km.gacha boʻlgan masofada qum va toshlar olish uchun karyerlar barpo etish;
yer shoʻrini yuvish, yoʻl chetidagi ariqchalardan sugʻorish uchun foydalanish, madaniy qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish, yashil mintaqani sugʻorish kabi ishlarda avtomobil yoʻllarini suvga bostirish, ajratilgan mintaqani balchiqlantirish;
suv qochiruvchi inshootlarga va zaxira yerlarga kanalizatsiya, ishlatilgan melioratsiya va oqava suvlarni oqizish;
yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarining avtomobil yoʻllarini kesib oʻtish joylarini elektr simi uzilib yoʻl qismiga tushishiga qarshi xavfsizlikni taʼminlovchi himoya qurilmalarisiz qurish.
27. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarida maxsus vakolatli organ bilan kelishmasdan quyidagilarni amalga oshirish taqiqlanadi:
avtomobil yoʻllarini kanallar, aloqa va elektr energiyasi uzatuvchi tarmoqlar, neft va gaz oʻtkazuvchi quvurlar hamda temir yoʻllar bilan kesib oʻtish;
Oldingi tahrirga qarang.
(27-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
koʻpriklar va suv quvurlari yaqinida melioratsiya hamda boshqa maqsadlar uchun daryolar va zovurlarning oʻzanlarini chuqurlashtirish;
avtomobil yoʻliga qoʻshilib ketgan shlyuzlar, toʻgʻonlar va boshqa melioratsiya hamda gidrotexnika inshootlarini taʼmirlash;
ajratilgan mintaqada yoʻl axborotiga aloqasi boʻlmagan reklama peshtaxtalari, peshlavhalar, eʼlonlar oʻrnatish va joylashtirish;
avtomobil yoʻllarining chetlarida, yoʻl koʻtarmalari yoki oʻymalari qiyaliklarida joylashgan foydalanishdagi aloqa va elektr energiyasi uzatish tarmoqlarini taʼmirlash;
ajratilgan mintaqada koʻkalamzorlashtirish ishlarini olib borish (yoʻl tashkilotlari bundan mustasno);
daryolar va kanallardagi koʻpriklar osti qirgʻoqlarda turib oʻlchov va boshqa ishlarni tashkil qilish;
avtomobil yoʻllarida sport musobaqalari va ommaviy tadbirlar oʻtkazish;
avtomobil yoʻllaridan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va quritish maqsadlarida foydalanish;
katta hajmli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish.
28. Avtomobil yoʻllarida transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini taʼminlash maqsadida yoʻl va obodonlashtirish tashkilotlari quyidagilarni amalga oshirishi shart:
yoʻllarni va yoʻl inshootlarini soz holda saqlash, qishda qisqa vaqtda qordan tozalash va muzlamalarning oldini olish uchun tegishli choralar koʻrish;
yoʻl belgilarini amaldagi davlat standartlariga asosan oʻrnatish, harakatlanish uchun xavfli boʻlgan uchastkalarni zarur toʻsiqlar va qurilmalar bilan jihozlash;
yoʻllarda taʼmirlash ishlari amalga oshirilayotganda ushbu uchastkalarning talab darajasida jihozlanishini, kechasi va kunduzi yaxshi koʻrinadigan toʻsiqlar, yoʻl belgilari va koʻrsatkichlarining oʻrnatilishini taʼminlash, zarur hollarda aylanib oʻtuvchi yoʻllarni tashkil etish;
yoʻllarning qatnov qismini qurilish materiallari bilan toʻsilib qolishiga yoʻl qoʻymaslik, ishlamayotgan yoʻl mashinalari va mexanizmlarini oʻz vaqtida yoʻldan chetga chiqarib qoʻyish;
avtobus bekatlarida yoʻlovchilarni chiqarish va tushirish maydonchalari boʻlishini taʼminlash, zarur hollarda avtopavilyonlar qurish;
haydovchilarning dam olishi uchun belgilangan joylarda transport vositalari turishi uchun tegishli shart-sharoitlar boʻlgan maydonchalar tashkil etish;
yoʻl sharoiti bilan bogʻliq holda sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisalarining sabablarini doimiy ravishda oʻrganib borish va Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati bilan uzviy hamkorlikda harakat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni belgilash.
29. Avtomobil yoʻliga tutash yer uchastkalarining mulkdorlari, egalari va ulardan foydalanuvchilar:
avtomobil yoʻliga qoʻshiladigan va shoxobcha yoʻllarni texnikaviy jihatdan soz holatda saqlashi;
trotuarlar va piyodalar yoʻlkalarining qor va chiqindilardan tozalab turilishini amalga oshirishi;
ajratilgan mintaqadagi dov-daraxtlarni asrashi va saqlashi;
yoʻl bilan tutash boʻlgan toʻsiqlar hamda qurilishlarni soz va boʻyalgan holda saqlashi;
avtomobil yoʻliga tutash butalarni parvarish qilishi va imoratlarni soz holatda saqlashi;
avtomobil yoʻli oʻqidan ellik metrdan kam boʻlgan masofada toshlar, shox-shabba, konstruksiyalar va boshqa materiallar toʻplanishiga yoʻl qoʻymasligi shart.
30. Yoʻl harakati ishtirokchilari avtomobil yoʻllarida va yoʻl inshootlarida harakat xavfsizligiga zid nosozliklar va buzilishlarni koʻrishganda, bu haqda yaqindagi yoʻl tashkilotlari yoki ichki ishlar organlariga zudlik bilan xabar berishlari zarur.
31. Amaldagi texnik meʼyorlarga asosan avtomobil yoʻllari bilan bir sathda kesishgan temir yoʻl kesishmalarini saqlash, shuningdek barcha turdagi shlagbaumlar va kesishmalarni qoʻriqlash temir yoʻl organlari tomonidan amalga oshiriladi. Temir yoʻllar ustidan umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini oʻtkazish uchun qurilgan yoʻl oʻtkazgichlarini soz holatda saqlash va ulardan belgilangan tartibda foydalanishni taʼminlash yoʻl tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
32. Xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatga ega yoʻllar bilan tutashuvchi va kesib oʻtuvchi barcha yoʻllar asosiy yoʻldan ikkala tarafda 100 metr masofagacha qattiq qoplamali boʻlishi shart.
33. Birinchi va ikkinchi toifali hamda kelajakda qayta taʼmirlanib yuqori toifaga oʻtkazilishi rejalashtirilgan uchinchi toifali avtomobil yoʻllarining ikkala tarafida ham yaqin masofalarda imoratlar qurish taqiqlanadi.
Avtomobil yoʻllarining bir tarafidan quyidagi hollarda, tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari (hududlarni meʼmoriy rejalashtirishni tashkil etish loyihalari, bosh rejalari va batafsil rejalashtirish loyihalari) asosida qishloq xoʻjaligi yerlariga imoratlar qurilishi, Hukumat qarorlarida belgilangan hollarda - belgilangan tartibda obyektlar: yoʻlning qatnov qismi chetidan:
ochiq joylarda — 200 metr uzoqlikda;
aholi yashash joylarida, avtomobil yoʻllarining aholi punktlari chegaralari tutashgan tarafida — 100 metr uzoqlikda joylashtirilishi mumkin.
34. Yer osti va yer ustidan oʻtuvchi muhandislik kommunikatsiyalari meʼyoriy hujjatlar asosida rivojlanishni hisobga olgan holda 22-bandda belgilangan xavfsizlik mintaqasidan tashqarida oʻtishi kerak.
Birorta kommunikatsiya tarmoqlarining toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻl toʻshamasida joylashtirilishi taqiqlanadi.
35. Avtomobil yoʻllarida taʼmirlash ishlarini olib boruvchi tashkilotlar kelishilgan tartibga rioya etishlari, bajariladigan ishlarni oʻz vaqtida sifatli tugallashlari, shuningdek transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini taʼminlashi shart.
Mazkur tashkilotlarning masʼul xodimi taʼmirlash ishlari boshlanishidan oldin, texnologik jarayon, ishlarni boshlash va tugallash vaqti koʻrsatilgan hujjatlarni bosh pudratchi tashkilotlardan olishi kerak.
36. Avtomobil yoʻllari mintaqalarida servis va infratuzilma obyektlarini joylashtirish belgilangan tartibda tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar bilan kelishilgandan hamda yer ajratish komissiyalaridan oʻtgandan keyin amalga oshiriladi.
37. Yoʻl boʻyida amaldagi meʼyoriy hujjatlar talablari asosida joylashgan bozorlar va boshqa tashkilotlar, savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari boʻlsa, ulardan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar transport vositalari uchun barcha qulayliklarga ega, kirish va chiqish yoʻllari boʻlgan maydonlar hamda transport vositalarini vaqtincha saqlash joylari boʻlishini belgilangan tartibda taʼminlashi shart.
38. Tabiiy ofatlar roʻy berganda, favqulodda holatlar yuzaga kelganda yoki taʼmirlash-qurilish ishlari amalga oshirilganda yoʻl tashkilotlarining masʼul xodimlari yoʻl qismida “Harakatlanish taqiqlanadi” yoʻl belgisini oʻrnatib, transport vositalari harakatini toʻxtatish huquqiga egadirlar. Bunday holatlarda birinchi navbatda Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlariga xabar berilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ommaviy tadbirlar oʻtkazish paytida esa yoʻllarda harakatlanishni vaqtincha chegaralash yoki toʻxtatish uchun mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining farmoyishi boʻlishi lozim.
(38-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Avtomobil yoʻllarida harakatlanishni vaqtincha chegaralash yoki toʻxtatish tegishli yoʻl tashkilotlari tomonidan, Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
IV. Vakolatli organlar tomonidan avtomobil yoʻllari va uning mintaqasini nazorat qilish tartibi
39. Yoʻllardan foydalanishda sodir boʻlgan va transport vositalari harakatlanishiga toʻsqinlik qiluvchi hamda harakat xavfsizligiga zid kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish uchun amalga oshiriladigan kundalik nazorat Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
40. Avtomobil yoʻllari yoqasi va ularga ajratilgan mintaqalar Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan tegishli tashkilotlar bilan birgalikda mavsumiy (bahorgi va kuzgi), nazorat tartibidagi va maxsus koʻriklar orqali doimiy nazoratga olinishi kerak.
41. Koʻrik davomida aniqlangan kamchiliklar va tartibsizliklar (noqonuniy qurilishlar) yuzasidan Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan tegishli tashkilotlarga yozma koʻrsatmalar va mahalliy hokimliklarga taqdimnomalar kiritilishi zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
Yozma koʻrsatmalar va taqdimnomalar olgan tegishli tashkilotlar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari zudlik bilan, oʻz vakolati doirasida, aniqlangan kamchiliklarni va tartibsizliklarni (noqonuniy qurilishlarni) bartaraf etish choralarini koʻrishi kerak.
(41-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
42. Avtomobil yoʻllarini boshqarish boʻyicha maxsus vakolatli organ Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati bilan (shahar koʻchalari boʻyicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hududiy yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalari bilan) kelishilgan holda umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini (shahar koʻchalarini) bir yilda ikki marta (bahor va kuzda) mavsumiy koʻrikdan oʻtkazishi va koʻrik natijalari asosida yoʻl harakati xavfsizligi tadbirlarini ishlab chiqishi hamda ularning amalga oshirilishi monitoringini olib borishi, harakat xavfsizligiga zid holatlar yoki yoʻlning holatiga bogʻliq boʻlgan yoʻl-transport hodisalari koʻpaygan yoʻl qismlarini kelgusi yilga taʼmirlash rejasiga kiritish boʻyicha tegishli organlarga taklif taqdim etishi (mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari esa oʻz rejalariga kiritishi) zarur.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
V. Yakunlovchi qoida
43. Ushbu Qoidalarda belgilangan talablarni buzganlikda aybdor hisoblangan yuridik va jismoniy shaxslar amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-dekabrdagi 342-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashishda harakat xavfsizligini taʼminlash
QOIDALARI
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida” va “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarida katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashishda harakat xavfsizligini taʼminlash hamda uni muvofiqlashtirish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ogʻir vaznli va katta hajmli yuklarni avtomobil transportida tashishga ruxsatnoma berish tartibi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tartibga solinadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi)
2. Ushbu Qoidalarda quyidagi atamalar va tushunchalar qoʻllaniladi:
avtopoyezd — tirkama (tirkamalar) ulangan mexanik transport vositasi;
katta hajmli yuk — oʻlchamlari (balandligi, kengligi yoki uzunligi)ning birorta koʻrsatkichi ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yoʻllarida tashishda mazkur Qoidalarda bayon etilgan meʼyoriy oʻlchamlardan katta boʻlgan yuk;
katta hajmli transport vositasi — yuklangan yoki yuksiz holda oʻlchamlari (balandligi, kengligi yoki uzunligi)ning birorta koʻrsatkichi ularning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yoʻllarida harakatlanishi uchun mazkur Qoidalarda bayon etilgan meʼyoriy oʻlchamlardan katta boʻlgan transport vositasi;
kuzatuvchi maxsus avtomobil — tashish yoʻnalishida harakat xavfsizligini taʼminlash, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish maqsadida (belgilangan tartibda toʻlov asosida) yukli avtomobilni kuzatib boruvchi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining patrul avtomobili;
mahalliy tashuvchi — qonunchilik asosida oʻzi egalik qiladigan avtotransportda yuklarni tashishni amalga oshiradigan Oʻzbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsi;
Oldingi tahrirga qarang.
maxsus avtomatlashtirilgan oʻlchash vositasi — metrologik tekshirishdan oʻtgan, foto va video suratga oluvchi, avtomatik rejimda ishlovchi, avtotransport vositalarining turi, rusumi, roʻyxatdan oʻtgan davlat raqami belgisini, vazn va (yoki) gabarit parametrlarini qayd etuvchi sertifikatsiyalangan maxsus nazorat-oʻlchash texnik uskunasi;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-avgustdagi 699-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2018-y., 09/18/699/1818-son)
maxsus ruxsatnoma — Oʻzbekiston Respublikasi hududida kelishilgan aniq yoʻnalish boʻyicha katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarni tashishga huquq beruvchi hujjat. Maxsus ruxsatnoma avtomobil yoʻliga amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda egalik qiluvchi yuridik shaxs tomonidan bir martali yoki koʻp martali tashuv uchun beriladi;
ogʻir vaznli yuk — vazni ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yoʻllarida tashishda transport vositasining gʻildirak oʻqiga tushadigan ogʻirligi mazkur Qoidalarda bayon etilgan meʼyoriy miqdorlardan ortiq boʻlgan yuk;
tashishga ruxsat beruvchi tashkilot — katta hajmli va ogʻir vaznli yuklar bilan avtotransport vositasida umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarida harakatlanishga ruxsat beruvchi va harakatlanish yoʻnalishini belgilovchi, yoʻllarga egalik qiluvchi yuridik shaxs;
tashishni kelishuvchi tashkilot — katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarni tashish yoʻnalishidagi avtomobil yoʻllariga, sunʼiy inshootlarga yoki aloqa yoʻllari (koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlar, temir yoʻl kesishmalari va boshqalar)ga egalik qiladigan yoki ular balansida boʻlgan yuridik shaxs, shuningdek harakat xavfsizligini taʼminlashga masʼul boʻlgan Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati;
yuk tashish — transport vositalarining yuk bilan harakatlanishi;
yuklarni avtotransportda xalqaro tashish — yuklarni Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga yoki tashqaridan mamlakat hududiga tashish, shuningdek mamlakat hududidan tranzit tashish;
yuklarni avtotransportda mahalliy tashish — yuklarni Oʻzbekiston Respublikasining davlat chegaralaridan chiqmagan holda tashish;
himoya qiluvchi avtomobil — katta hajmli va ogʻir vaznli yukni transport vositasida tashishni kuzatib borish va xavfsizligini taʼminlash uchun yukni tashuvchi yoki joʻnatuvchi tomonidan ajratilgan avtomobil;
chet el tashuvchisi — qonunchilik asosida oʻzi egalik qiladigan avtotransportda yuklarni tashishni amalga oshiradigan xorijiy yuridik yoki jismoniy shaxs.
3. Mazkur Qoidalar katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarni tashishda foydalaniladigan transport vositalarining texnik holati, jihozlanishi va qoʻshimcha jihozlari hamda ularning harakatlanishida xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha asosiy talablarni belgilaydi.
4. Mazkur Qoidalar hajmlari va ogʻirlik xususiyatlari boʻyicha amaldagi davlat standartlarida koʻrsatilgan meʼyorlardan yuqori boʻlgan va yoʻl harakati qoidalarida belgilangan oʻlchamlardan katta boʻlgan transport vositalarida yuk tashishni tartibga soladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Ushbu qoidalarga 1 va 2-ilovalarda koʻrsatilgan oʻlchamlarning birortasidan yuqori oʻlchami bilan farq qiladigan transport vositasi (yuk bilan yoki yuksiz) katta hajmli va (yoki) ogʻir vaznli hisoblanadi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
Avtotransport vositasining gabarit oʻlchamlari haqiqiy koʻrsatkichlari chiziqli-oʻlchash asbobi yordamida, toʻliq massa va oʻqqa tushadigan ogʻirligi esa turgʻun yoki koʻchma turdagi avtomobil tarozilari yordamida yoxud maxsus avtomatlashtirilgan oʻlchash vositalari orqali harakatlanishi paytida aniqlanadi.
Chiziqli-oʻlchash asbobi, shu jumladan, maxsus avtomatlashtirilgan oʻlchash vositalari va avtomobil tarozilari soz holatda boʻlishi va sertifikatlarga va (yoki) metrologik tekshirish oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi davlat tamgʻasiga ega boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
vazn va hajm parametrlarini aniqlashda oʻlchash asbobining avtotransport vositalarini toʻxtab turgan yoki 5 km/soatgacha tezlik bilan harakatlanayotganda besh foiz, 5 km/soatdan yuqori tezlikda harakatlanayotganda — oʻn foiz farq bilan ishlashiga yoʻl qoʻyiladi va u yuk tashuvchi foydasiga talqin qilinadi.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
Agar tashiladigan yukning gabarit oʻlchamlari va (yoki) uning vazni belgilangan koʻrsatkichlardan oʻta yuqori boʻlganligi yoxud avtomobil tarozilari, maxsus avtomatlashtirilgan oʻlchash vositalarining yoʻqligi (nosozligi) sababli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida avtotransport vositasining umumiy massasini va oʻqlarga tushadigan ogʻirligini aniqlashning imkoni boʻlmaganda, zarur boʻlgan parametrlar tovar-transport hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlar asosida aniqlanishi mumkin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-avgustdagi 699-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2018-y., 09/18/699/1818-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-avgustdagi 699-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2018-y., 09/18/699/1818-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashish, ularni bir necha qismlarga boʻlish va boshqa transport vositasi bilan tashish imkoni boʻlmagan holdagina amalga oshiriladi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
Transport turini tanlash katta hajmli yoki ogʻir vaznli uskuna yoki mahsulotni tayyorlash uchun loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bosqichida amalga oshiriladi. Hisob-kitoblarda avtomobil yoʻllari, sunʼiy inshootlar, temir yoʻl kesishmalari va yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari bilan bogʻliq boʻlgan sarf-xarajatlar hisobga olinadi.
8. Yoʻl harakati qoidalari va mazkur Qoidalar talablarini bajarmaslik natijasida yoʻl va sunʼiy inshootlarga zarar yetkazilsa, yuk tashishni amalga oshirayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs va transport vositasining haydovchisi amaldagi qonunchilik boʻyicha javobgarlikka tortiladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(II bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
III. Yuk tashishga ruxsatnoma berishda qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
19. Yoʻl sharoitlari va transport vositalari harakatining serqatnov vaqtlarini hisobga olgan holda, harakatlanish uchun yuqori xavf tugʻdirib, ularning uzoq muddat toʻxtab qolishiga sabab boʻlsa, yuk tashishga ruxsat berilmaydi.
20. Yuk tashishda harakat tezligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan yoʻnalish chizmasi kelishilayotganida tashilayotgan yukning ogʻirligi, hajmi va boshqa xususiyatlari hamda yoʻl sharoitlari hisobga olingan holda belgilanadi.
Ruxsat etiladigan eng yuqori tezlik 50 km/soatdan oshmasligi kerak. Tezlikni chegaralovchi belgi transport vositasiga yoʻl harakati qoidalarida belgilangan tarzda oʻrnatiladi.
21. Kuzatib borish zaruriyati hamda kuzatuv turi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan yoʻnalish chizmasi kelishilayotganda belgilanadi.
22. Kuzatib borish joʻnatuvchi yoki tashuvchi tashkilot tomonidan himoya qiluvchi va shatakka oluvchi avtomobillar (tashilayotgan yukning turi va yoʻl sharoitlariga qarab) ajratilgan holda Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining kuzatuvchi maxsus avtomobili bilan amalga oshiriladi.
23. Agar transport vositasining yuki bilan birgalikda kengligi 3,5 metrdan yoki uzunligi 24 metrdan oshsa, shuningdek transport vositasi meʼyoridan ortiq ogʻirlik bilan (4-ilova) harakat qilishi kerak boʻlsa, avtomobilning harakat xavfsizligi toʻliq taʼminlanishi uchun himoya qiluvchi avtomobil boʻlishi shart.
Yuk tashuvchi yoki yuk joʻnatuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs (yoki ularning vakillari)ning bunga imkoni boʻlmasa belgilangan tartibda Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiga kuzatuvchi maxsus avtomobil ajratilishi uchun murojaat etishlari mumkin.
24. Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati patrul avtomobili bilan kuzatib borish quyidagi hollarda (belgilangan tartibda toʻlov asosida) amalga oshiriladi:
transport vositasining kengligi 4,0 metrdan oshsa;
avtopoyezd uzunligi 30 metrdan oshsa;
transport vositasi harakatlanish davrida qarama-qarshi harakatlanish boʻlagini, qisman boʻlsa-da, egallashga majbur boʻlsa;
harakatlanish davrida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash uchun qoʻshimcha choralar koʻrish zaruriyati tugʻilsa;
yukni tashuvchi yoki joʻnatuvchi tomonidan yukni kuzatib borish masalasi boʻyicha Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlariga murojaat qilinsa.
25. Himoya qiluvchi avtomobil yuk tashiyotgan transport vositasidan oldinda harakatlanishi kerak. Bunda himoya qiluvchi avtomobil yuk tashiyotgan transport vositasiga nisbatan chaproq tomonda harakatlanishi, yaʼni uning kengligi yuk tashuvchi transport vositasining kengligidan chap tomonga chiqqan boʻlishi kerak.
Himoya qiluvchi avtomobilga sariq rangli chiroq-mayoqcha oʻrnatiladi, uning yoqilgan holatdagi harakatlanishi boshqa qatnovchilar uchun ogohlantiruvchi qoʻshimcha xabar beradi, lekin ularga nisbatan harakatlanishda imtiyoz bermaydi.
26. Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining kuzatuvchi maxsus avtomobili tomonidan kuzatib borish tartibi yuk tashuvchi avtomobilni himoya qiluvchi avtomobil kabi amalga oshiriladi.
Yuk tashishni amalga oshirish davrida yoʻl-transport hodisalarining oldini olish maqsadida kuzatuvchi maxsus avtomobil chorrahalarda transport vositalarining harakatini toʻxtatishi ham mumkin.
27. Kuzatib borish vaqtida Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati kuzatuvchi maxsus avtomobilning chiroq-mayoqchasi yoqilgan boʻlishi kerak.
Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati kuzatuvchi maxsus avtomobillari, himoya qiluvchi va yuk tashishni amalga oshirayotgan transport vositalari kunduz kuni gabarit hamda yaqinni yorituvchi chiroqlari yoqilgan holda harakatlanishi shart.
28. Yukni tashish yoʻnalishi ikki va undan ortiq viloyat hududidan oʻtsa, Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati patrul avtomobilining kuzatib borish tartibi kuzatuv uchun ruxsat bergan Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organi tomonidan belgilanadi. Bu haqda yoʻnalish boʻyicha hududiy yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalari xabardor etiladi.
29. Joriy etilgan yoʻnalish boʻyicha harakatlanish boshlanishidan avval transport vositasi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimi va yuk tashishni amalga oshirayotgan tashkilotning vakili tomonidan koʻzdan kechiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(29-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(29-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
IV. Haydovchilarga qoʻyiladigan qoʻshimcha talablar
30. Tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqiga va tajribasiga ega boʻlgan haydovchilarga katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarni tashuvchi transport vositasini boshqarishga ruxsat beriladi.
31. Katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarni tashish davrida haydovchilar mazkur Qoidalar va yoʻl harakati qoidalari talablariga rioya qilishlari shart.
32. Harakatlanish jarayonida haydovchilar quyidagilarni bajarishga majbur:
qarama-qarshi tomondan kelayotgan transport vositalariga xavf tugʻdirmay va xalaqit bermay oʻtkazib yuborish uchun barcha choralarni koʻrishga, kerak boʻlsa toʻxtab turish;
harakatlanishdagi transport vositalariga xalaqit bermaslik maqsadida va orqa tomonda harakatlanayotgan transport vositalarining quvib oʻtishlariga sharoit yaratish uchun vaqti-vaqti bilan qulay joylarda toʻxtash.
Oldingi tahrirga qarang.
(32-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
33. Haydovchilarga quyidagilar taqiqlanadi:
50 km/soat va undan ortiq tezlikda harakatlanayotgan transport vositalarini quvib oʻtish;
boshqa transport vositalarini shatakka olish;
yoʻl marzasi boʻylab harakatlanish;
belgilangan harakatlanish yoʻnalishini oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirish;
yoʻlning mintaqasida joylashgan maxsus toʻxtash joylaridan tashqarida toʻxtash.
34. Yukni tashish paytida tasdiqlangan yoʻnalishga qatʼiy rioya qilinishi shart. Agar yuk tashishda tasdiqlangan yoʻnalishni oʻzgartirish zarur boʻlib qolsa, yukni tashishni amalga oshirayotgan tashkilot oʻzgartirilgan yoʻnalish boʻyicha yangi ruxsatnoma olishi kerak.
V. Transport vositalarining texnik holati va jihozlanishiga hamda yuklarning belgilanishiga qoʻyiladigan qoʻshimcha talablar
35. Texnik koʻrsatkichlari katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarni tashishga moʻljallanmagan transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.
36. Transport vositalarida tashilayotgan katta hajmli yuklarni mustahkam tutib turish uchun moʻljallangan barcha moslama va qurilmalar suriladigan (yigʻiladigan) qilib tayyorlangan boʻlib, katta hajmli yuk ortilmagan vaqtda transport vositasining gabarit oʻlchamlari belgilangan talablarga javob beradigan holatda boʻlishi kerak.
37. Katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarni tashishni amalga oshirayotgan transport vositasining texnik holati yoʻl harakati qoidalariga, ishlab chiqaruvchi korxona hamda mazkur Qoidalar talablariga javob beradigan boʻlishi kerak.
38. Avtopoyezd harakatlanayotganda tirkamaning yon tomonlarga tebranishi tortuvchi avtomobilga nisbatan har bir tomon uchun gabarit oʻlchamlaridan 3 foizdan oshmasligi kerak.
39. Avtopoyezdni toʻxtatish tizimi tortuvchi avtomobilning toʻxtatish pedalidan ishlashi kerak va toʻxtatish kuchi uning boʻlinmalari boʻyicha shunday taʼminlanishi lozimki, bunda avtopoyezd toʻxtash paytida “yigʻilish” holati roʻy bermasligi zarur.
40. Tirkamalar bilan ishlash uchun moʻljallangan tortuvchi avtomobilning tirkama va yarim tirkama bilan bogʻlovchi uskunalari uzilganda, ularda toʻxtatib qoluvchi ishchi yoki avariya moslamalari boʻlishi shart.
41. Tortuvchi avtomobildan ajratilgan, yuklangan tirkama va yarim tirkamalar 16 foizli qiyalikda ham mustahkam turishini taʼminlovchi moslamalar bilan jihozlanishi hamda harakatlanishda ularning barcha gʻildiraklariga taʼsir etuvchi tortuvchi avtomobil bilan bogʻlovchi qismi uzilganda oʻz-oʻzidan (avtomatik) toʻxtatishni taʼminlovchi ishchi toʻxtatish tizimi boʻlishi shart.
42. Ogʻir vaznli yuklarni tashishga moʻljallangan avtopoyezdning har bir boʻgʻinida kamida ikkitadan toʻxtatish ponasi boʻlishi kerak (qiyaliklarda toʻxtashga majbur boʻlganda foydalanish uchun).
43. Avtomobil kabinasi chap va oʻng tomondan orqani koʻrsatuvchi ikkita koʻzgu bilan jihozlanib, bu koʻzgular tashilayotgan yukning hajmlarini hisobga olgan holda gorizontal va vertikal tekisliklarning yetarli darajada koʻrinishini taʼminlashi kerak.
Orqa tomonni koʻrsatuvchi koʻzgular avtomobil oʻqiga parallel yoʻnaltirilgan, 20 — 25 kilogramm bilan taʼsir qilganda oldi va orqaga surilishini taʼminlovchi moslamaga ega boʻlishi kerak.
44. Uzunligi 6 metrdan ortiq boʻlgan transport vositalari, shuningdek tortuvchi avtomobillar belgilangan tartibda yon tomonidan burilishni koʻrsatuvchi chiroqlar bilan qoʻshimcha ravishda jihozlangan boʻlishi kerak.
45. Tirkama va yarim tirkamali yuk avtomobillari kabinasining ustki oʻrta qismiga avtopoyezd haqida ogohlantiruvchi ichi yoritiladigan, teng tomonli (tomoni 250 millimetr), sariq rangdagi belgi oʻrnatilgan boʻlishi kerak. Avtopoyezdni belgilash uchun kabina ustki qismiga gorizontal joylashgan sariq rangli 3 ta chiroq oʻrnatish mumkin.
46. Tirkama va yarim tirkamaning orqa tomoniga 2 ta qizil rangdagi yorugʻlik qaytaruvchi moslama oʻrnatiladi. Ularning har biri teng tomonli uchburchak (tomonlari 150 millimetrdan 200 millimetrgacha) shaklida boʻlib, uchlari yuqoriga qaratilgan holda, kenglik boʻyicha tashqi hajmdan 0,4 metrdan ortiq boʻlmagan masofada oʻrnatilishi kerak. Tirkama yoki yarim tirkamaning oldingi devorida yumaloq shakldagi 2 ta (diametri 0,2 metrgacha) tashqi hajmdan 0,15 metrdan ortiq boʻlmagan masofada oq yorugʻ qaytargich oʻrnatilishi kerak.
47. Transport vositasining oldi yoki orqa tomonining hajmidan 1 metr chiqib turgan yoki kengligi boʻyicha oldingi yoki orqa hajm chiroqlarining tashqi qirralaridan 0,4 metrga chiqib turgan yuk kunduz kuni orqa va oldidan ogohlantiruvchi taxtacha yoki bayroqchalar (400x400 millimetr) bilan belgilanadi. Ular diagonal boʻyicha kengligi 50 millimetr boʻlgan qizil va oq chiziqlar bilan ketma-ket chizilgan boʻlishi kerak.
Tungi vaqtda esa yoki koʻrinish masofasi yetarli boʻlmagan sharoitda yorugʻlik qaytaruvchi moslamalar va chiroqlar (oldida oq, orqasida qizil rangli) oʻrnatilgan boʻlishi kerak. Uzunligi va kengligi boʻyicha transport vositalari belgilangan talabga javob bermasa, bunday transport vositalarining barchasi yuqorida bayon qilinganidek jihozlanishi kerak.
48. Balandligi yoʻl sathidan 4,5 metr va undan ortiq yuklarni tashish vaqtida yukli transport vositasining oldida harakatlanayotgan himoya qiluvchi avtomobilga bitta yoki ikkita ogohlantiruvchi sariq rangli chiroqcha oʻrnatilishi mumkin, bu chiroqlar tungi vaqtda yoki koʻrinish yetarli boʻlmagan sharoitlarda yoqiladi. Chiroqchalar tashilayotgan yuk hajmining yuqori chegarasidan 5-10 santimetr baland qilib oʻrnatiladi va ular asosiy tortuvchi avtomobil haydovchisiga koʻrinib turishi kerak.
49. Avtopoyezdning uzunligi 20 metrdan ortiq boʻlsa transport vositasining orqa tomoniga maxsus taxtacha oʻrnatiladi. Unda avtopoyezdning haqiqiy uzunligini koʻrsatuvchi yozuv boʻlishi kerak (5-ilova).
50. Yuk tashiyotgan avtomobilga himoya qiluvchi, shatakka oluvchi va itaruvchi avtomobillardan tashqari, texnik taʼmirlash uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha maxsus transport vositalari (chilangarlik ustaxonalari, avtokoʻtargich va boshqalar) ajratilishi mumkin.
VI. Ogʻir vaznli transport vositalarining sunʼiy inshootlardan oʻtishdagi alohida holatlari
51. Ogʻir vaznli yuklarni tashuvchi transport vositalarining sunʼiy inshootlardan oʻtishi yoʻl tashkilotlari tomonidan mazkur Qoidalar talablariga asosan belgilanadi.
52. Yoʻl tashkilotlari 30 tonnadan kam ogʻirlikka moʻljallangan barcha sunʼiy inshootlar oldiga belgilangan tartibga asosan “Chegaralangan ogʻirlik” — ogohlantiruvchi yoʻl belgisini oʻrnatishi kerak.
sunʼiy inshootlarda harakatlanayotganda u yerda boshqa transport vositalari boʻlmasligi kerak;
yuk ortilgan transport vositasi yoʻl qatnov qismining oʻqi boʻyicha 10 km/soatdan yuqori boʻlmagan tezlik bilan harakatlanishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
55. Ogʻirligi meʼyordan yuqori boʻlgan transport vositasini sunʼiy inshootdan xavfsiz va betoʻxtov oʻtkazish uchun uning sunʼiy inshoot oʻqi boʻyicha 10 km/soatdan ortiq boʻlmagan tezlikda bir tekisda, toʻxtamasdan harakatlanishi taʼminlanishi kerak.
Transport vositasining sunʼiy inshoot orqali harakatlanishi faqat sunʼiy inshootdan foydalanuvchi tashkilot bilan kelishilgan holda, uning tagidan oʻtayotgan barcha transport vositalarining harakati vaqtinchalik toʻxtatilgandan keyin amalga oshiriladi.
Meʼyordan ortiq yuk ortilgan transport vositasini sunʼiy inshootdan oʻtkazish vaqtida boshqa transport vositalari va piyodalarning harakati taqiqlanadi.
Majburiy toʻxtash roʻy bergan hollarda transport vositasini sunʼiy inshootdan zudlik bilan olish choralarini koʻrish kerak.
56. Transport vositasining orqa tomonida boshqariladigan buriluvchi tirkama boʻlgan hollarda uning operatori va tortuvchi avtomobil haydovchisi oʻrtasida ishonchli radio yoki telefon aloqasi mavjud boʻlishi kerak.
Katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashishda harakat xavfsizligini taʼminlash qoidalariga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Avtotransport vositalarining ruxsat etilgan gabaritlari*
* Avtotransport vositalarining ruxsat etilgan oʻlchamlari olib qoʻyiladigan kuzovlarni va yuk uchun taralarni, shu jumladan, konteynerlarni oʻz ichiga oladi.
** Avtotransport vositasi gabaritining yuk bilan uzunlik boʻyicha chiqib turishi (yukning ortiq chiqib turganligi avtotransport vositasining uzunligini aniqlashda hisobga olinadi).
(1-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-avgustdagi 699-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2018-y., 09/18/699/1818-son)
Katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashishda harakat xavfsizligini taʼminlash qoidalariga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Avtotransport vositalarining ruxsat etilgan massasi
Oldingi tahrirga qarang.
Izoh. Avtotransport vositalarining har bir oʻqiga tushuvchi ruxsat etilgan ogʻirligi avtotransport vositalarining umumiy ruxsat etilgan massasiga rioya qilinganda 10 tonnadan ortiq boʻlmasligi kerak.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
Katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashishda harakat xavfsizligini taʼminlash qoidalariga
3-ILOVA
3-ILOVA
Meʼyoriy ogʻirlik oʻlchamlari
|
Koʻprikka tushuvchi ogʻirlikning hisob tizimi |
Meʼyoriy ogʻirlik | |
|
Umumiy haqiqiy vazn, tn. |
Minimal baza, metr | |
|
N 8 va NG-30 |
10,5 dan ortiq emas |
4 |
|
N10 va NG-60 |
13,0 dan ortiq emas |
4 |
|
N13 va NG-60 |
17,0 dan ortiq emas |
4 |
|
N18 va NK-80 |
30,0 dan ortiq emas |
6,8 |
|
N30 va NK-80 |
30,0 dan ortiq emas |
6,8 |
Izoh:
NG — (zanjirli ogʻirlik).
NK — (gʻildirakli ogʻirlik).
Katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashishda harakat xavfsizligini taʼminlash qoidalariga
4-ILOVA
4-ILOVA
Meʼyordan yuqori boʻlgan ogʻirlik oʻlchamlari
|
Koʻprikka tushuvchi ogʻirlikning hisob tizimi |
Meʼyordan yuqori boʻlgan ogʻirlik | ||
|
Umumiy haqiqiy vazn, t.k. |
Oʻqqa tushuvchi ogʻirlik, tn. |
Baza, metr | |
|
N 8 va NG-30 |
30 dan ortiq emas |
7,6 dan ortiq |
4 dan kam |
|
N10 va NG-60 |
60 dan ortiq emas |
9,5-13 |
5 |
|
N13 va NG-60 |
60 dan ortiq emas |
16 |
5 |
|
N18 va NK-80 |
80 dan ortiq emas |
20 |
3,6 |
|
N30 va NK-80 |
80 dan ortiq emas |
20 |
3,6 |
Katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashishda harakat xavfsizligini taʼminlash qoidalariga
5-ILOVA
5-ILOVA
Uzun oʻlchamli transport vositasi belgisi
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 52-son, 562-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2018-y., 09/18/699/1818-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son; 18.12.2023-y., 09/23/668/0945-son; 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)