12.04.2019 yildagi 305-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5647-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi faoliyatini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5647-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport va logistika tizimi muammolarini o‘rganish, ularni bartaraf etish hamda ilg‘or xorijiy tajriba asosida sohani rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

xalqaro transport yo‘laklarida yuzaga kelayotgan muammolarni aniqlash va yechimlari bo‘yicha takliflar tayyorlash, istiqbolli transport yo‘laklarini shakllantirish;

logistika tizimini takomillashtirish, tadbirkorlik subyektlarining transport-logistika xizmatlaridan foydalanishdagi sarf-xarajatlarini kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

transport-logistika va transport-ekspeditorlik xizmatlari bozorini rivojlantirish, transport-logistika markazlari keng tarmoqlarini tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

logistika samaradorligi indeksida respublikaning o‘rnini yaxshilashga to‘sqinlik qilayotgan mavjud muammolarning tizimli tahlilini olib borish, ularni hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

transport sohasini innovatsion rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, ilmiy-tadqiqot grant loyihalarni shakllantirish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atrof muhitga zararli ta’sirni kamaytirish, resurslarni tejash va transportda ekologiyani yaxshilash bo‘yicha muammolarni o‘rganish va takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tizimli ravishda ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish bo‘yicha boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 502-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/502/0716-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazining boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 15 nafardan iborat bo‘lgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazining Ustavi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalariga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga egadir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz direktori O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazni 2019-yilda va keyingi yillarda saqlash uchun budjet mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan kelishgan holda Markaz tomonidan taqdim qilinadigan asoslangan hisob-kitoblarga binoan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Markaz direktoriga quyidagi huquqlar berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarurat bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan kelishgan holda boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan umumiy soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida Markaz tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga davlat organlari va boshqa tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy va ta’lim muassasalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalarning yuqori malakali mutaxassislarini va ekspertlarni maslahatchilar sifatida shartnoma asosida jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim tashkilotlari, shu jumladan, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish bo‘yicha shartnomalar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;

jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari;

xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

7. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz faoliyatini samarali tashkil etish choralarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Markazni yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida Markazni saqlash uchun zarur mablag‘larni nazarda tutsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning asoslangan hisob-kitoblariga binoan Markazni zarur mebellar, inventar, kompyuter va boshqa tashkiliy texnika bilan jihozlash bo‘yicha xarajatlar uchun budjet mablag‘lari ajratilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazga xizmat ko‘rsatish uchun bitta biriktirilgan va bitta navbatchi avtotransport vositasini saqlash uchun zarur limitlar ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Markaz:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining statistik axboroti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjet-soliq tadqiqotlari instituti va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining tahliliy materiallari majburiy jo‘natiladigan reyestrga kiritilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Markaz Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Amir Temur 1-tor ko‘chasi, 6-uy manzilidagi binoga bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 502-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/502/0716-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 12-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
305-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-apreldagi 305-son qaroriga
1-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazining

TUZILMASI

Boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni — 15 nafar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-apreldagi 305-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
USTAVI

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Ustav O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazining (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Markaz davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining qarorlari va buyruqlariga, ushbu Ustavga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligiga hisobot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Markazning rasmiy nomi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) davlat tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qisqartirilgan nomi — Transport muammolarini o‘rganish markazi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) rus tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘liq nomi — Sentr izucheniya problem razvitiya transporta i logistiki pri Ministerstve transporta Respubliki Uzbekistan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qisqartirilgan nomi — Sentr izucheniya problem transporta;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ingliz tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘liq nomi — Center for research of issues in development of transport and logistics under the Ministry of transport of the Republic of Uzbekistan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qisqartirilgan nomi — Center for research transport issues.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Markaz budjet tashkiloti hisoblanadi va uni saqlash O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Markaz joylashgan joy (pochta manzili): 100128, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Zulfiyaxonim ko‘chasi, 3-uy.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Markazning maqsadlari, asosiy vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Transport va logistikani rivojlantirish sohasida muammolarni tizimli asosda o‘rganishni ta’minlash va takliflarni ishlab chiqish Markaz faoliyatining maqsadlari hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport va logistika tizimi muammolarini o‘rganish, ularni bartaraf etish hamda ilg‘or xorijiy tajriba asosida sohani rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro transport yo‘laklarida yuzaga kelayotgan muammolarni aniqlash va yechimlari bo‘yicha takliflar tayyorlash, istiqbolli transport yo‘laklarini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
logistika tizimini takomillashtirish, tadbirkorlik subyektlarining transport-logistika xizmatlaridan foydalanishdagi sarf-xarajatlarini kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport-logistika va transport-ekspeditorlik xizmatlari bozorini rivojlantirish, transport-logistika markazlari keng tarmoqlarini tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
logistika samaradorligi indeksida respublikaning o‘rnini yaxshilashga to‘sqinlik qilayotgan mavjud muammolarning tizimli tahlilini olib borish, ularni hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport sohasini innovatsion rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, ilmiy-tadqiqot grant loyihalarini shakllantirish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atrof-muhitga zararli ta’sirni kamaytirish, resurslarni tejash va transportda ekologiyani yaxshilash bo‘yicha muammolarni o‘rganish va takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tizimli ravishda ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish bo‘yicha boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 502-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/502/0716-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Markaz o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) transport va logistika tizimi muammolarini o‘rganish, ularni bartaraf etish hamda ilg‘or xorijiy tajriba asosida sohani rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport va logistika tizimini takomillashtirish muammolarini o‘rganadi va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning transport salohiyatidan samarali foydalanish imkoniyatlarini tadqiq etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy transport tizimining jahon transport tizimiga integratsiyasini chuqurlashtirish va logistika tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport va logistika tizimini rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan omillarni aniqlaydi, tashish jarayonlarini maqbullashtirishni ta’minlaydigan logistika markazlari tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport-logistika sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribalarni doimiy monitoring qiladi va ular asosida sohani rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) xalqaro transport yo‘laklarida yuzaga kelayotgan muammolarni aniqlash va yechimlari bo‘yicha takliflar tayyorlash, istiqbolli transport yo‘laklarini shakllantirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turli transport turlaridan foydalangan holda xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish imkoniyatlarini o‘rganadi va ularni maqbullashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy Osiyoda qo‘shimcha yuk oqimlarini jalb qilishni ta’minlaydigan yangi transport yo‘laklarini shakllantirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo, Yevropa, Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari bilan yuk va yo‘lovchi tashish transporti oqimlarini maqbullashtirish bo‘yicha izlanishlar olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy transport kommunikatsiyalari orqali xalqaro va mintaqaviy tranzitni rivojlantirish muammolarini tadqiq etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport va logistikani rivojlantirish sohasida hamkorlikdagi xalqaro loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil qilishda, xalqaro aloqalarni o‘rnatishda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) logistika tizimini takomillashtirish, tadbirkorlik subyektlarining transport-logistika xizmatlaridan foydalanishdagi sarf-xarajatlarini kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
logistik xizmatlar bozorini tahlil qilib boradi va logistika tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlarining transport va logistika xizmatlari uchun xarajatlarini minimallashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohadagi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) atrof-muhitga zararli ta’sirni kamaytirish, resurslarni tejash va transportda ekologiyani yaxshilash bo‘yicha muammolarni o‘rganish va takliflar tayyorlash sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atrof-muhitga va inson salomatligiga transportning zararli ta’sirini kamaytirish imkoniyatlarini tadqiq qiladi hamda ularni joriy etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transportda resurslarni tejash va ekologiya muammolarini o‘rganadi, transport resurslaridan samarali foydalanish, atrof-muhitga texnogen yuklamani minimallashtirish masalalariga kompleks yondashgan holda takliflar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqlim o‘zgarishi sohasidagi ilmiy-tadqiqotlarni transport sektoriga integratsiya qilishga ko‘maklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yashil” transportni rivojlanish tendensiyalarini tahlil qiladi va takliflar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) transport-logistika va transport-ekspeditorlik xizmatlari bozorini rivojlantirish, transport-logistika markazlari keng tarmoqlarini tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport-ekspeditorlik korxonalari faoliyatini baholash mezonlarini ishlab chiqadi va doimiy reytingini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport-ekspeditorlik xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport-logistika markazlari faoliyatini monitoring qiladi, baholaydi va reyestrini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport-logistika markazlari keng tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) logistika samaradorligi indeksida respublikaning o‘rnini yaxshilashga to‘sqinlik qilayotgan mavjud muammolarning tizimli tahlilini olib borish, ularni hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
logistika samaradorligi indeksida respublikaning o‘rnini yaxshilashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar dasturiga kiritish uchun takliflar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
logistika samaradorligi indeksi bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarning ijrosi yuzasidan axborot, shuningdek, tegishli ma’lumotlar, statistika axborotlari va boshqa materiallarni tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro tashkilotlar, reyting agentliklari, mustaqil nashrlar va nodavlat notijorat tashkilotlari, xalqaro ekspert va konsultantlar bilan samarali xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) transport sohasini innovatsion rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, ilmiy-tadqiqot grant loyihalarini shakllantirish va amalga oshirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport sohasidagi innovatsion loyihalar ro‘yxatini shakllantiradi va muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport sohasini rivojlangan davlatlar tajribasi asosida innovatsion rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohada faoliyat yurituvchi kadrlar uchun innovatsion va texnologik faoliyatni boshqarish yo‘nalishida muntazam ilmiy-amaliy seminarlar tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) tizimli ravishda ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish bo‘yicha boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish natijalarini muhokama qilish maqsadida oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa manfaatdor tashkilotlar va xususiy sektor bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport va logistikani rivojlantirish sohasida xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar va tuzilmalar, xorijiy mamlakatlarning milliy institutlari bilan hamkorlik qiladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 502-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/502/0716-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Markazning huquqlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Markaz o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, boshqa hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xo‘jalik boshqarish organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, hududiy transport boshqarmalaridan, yo‘lovchilar tashishni tashkil etish komissiyalaridan Markaz vakolatiga kiradigan masalalarni hal etishda zarur bo‘lgan ma’lumotlarni belgilangan tartibda so‘rash va bepul olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va boshqa tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy tashkilotlar va ta’lim muassasalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalarning yuqori malakali mutaxassislari va ekspertlarni O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan kelishgan holda shartnoma asosida maslahatchilar sifatida jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarga shartnoma asosida transport va logistika tizimida muammolarni tadqiq qilish bo‘yicha xizmatlar, tahliliy ishlarni bajarish bo‘yicha maslahat xizmatlari, shuningdek, o‘z vakolatlari doirasida xizmatlarning boshqa turlarini ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
statistika organlaridan Markaz vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha zarur statistik axborotlarni bepul olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobil, temir yo‘l, havo va daryo transporti sohasida ilmiy va ekspert ishlarini, maslahatlashuvlarni amalga oshirish, dolzarb masalalarni ishlab chiqish uchun olimlar, vazirliklar, idoralar, ta’lim tashkilotlari va boshqa muassasalarning yuqori malakali mutaxassislarini shartnoma asosida taklif qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan kelishgan holda Markaz vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha belgilangan tartibda idoralararo tusdagi bitimlar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Markaz:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz vakolatlari doirasida transport va logistikani rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar amalga oshirilishi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Markaz faoliyatini tashkil qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Markazga O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor boshchilik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direktorning O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan bir nafar o‘rinbosari bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Direktor O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan kelishgan holda Markazning xarajatlari smetasini va shtat jadvalini tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Direktor:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi, Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz ishini tashkil etishga hamda ijro intizomining holatini nazorat qilishga bevosita rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z o‘rinbosari va Markazning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini, vazifalarini va shaxsiy javobgarligi darajasini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz bo‘limlari to‘g‘risidagi nizomlarni va Markaz xodimlarining lavozim vazifalarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z vakolatlari doirasida Markazning barcha xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy jazo choralarini qo‘llash masalalarini hal etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z yuritishi sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha hay’at majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direktor qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Markaz direktori Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Markaz direktori bo‘lmagan davrda uning vakolatlarini uning o‘rinbosari amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Markaz direktorining o‘rinbosari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning mutasaddilik qilinadigan bo‘limlariga bevosita rahbarlik qiladi va Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalar va unga biriktirilgan masalalar bajarilishi va mutasaddilik qilinadigan bo‘limlarda ijro intizomining holati uchun shaxsan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘ziga biriktirilgan masalalar bo‘yicha materiallar va hujjatlar loyihalari sifatli va o‘z vaqtida tayyorlanishini tashkil qiladi, topshiriqlar bajarilishi nazorat qilinishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning ish rejalarida hamda xodimlarning shaxsiy ish rejalarida tegishli davrga nazarda tutilgan masalalar o‘rganilishi va chora-tadbirlar amalga oshirilishi muvofiqlashtirilishini ta’minlaydi, tanqidiy tahlil asosida Markaz direktorining ko‘rib chiqishi uchun takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zining vakolatiga taalluqli bo‘lgan masalalar bo‘yicha bo‘limlarning rahbarlari va mutaxassislar bilan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi hay’ati majlislarida ko‘rib chiqishga materiallarni tayyorlash uchun yig‘ilishlar o‘tkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz direktorining topshirig‘i bo‘yicha chiquvchi xatlarni imzolaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz direktoriga tegishli mutaxassislar o‘rtasida vazifalarni taqsimlash bo‘yicha takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz direktoriga mutasaddilik qilinadigan bo‘limlar mutaxassislarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, malaka oshirishga yuborish, rag‘batlantirish va ularga intizomiy jazo qo‘llash to‘g‘risida takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Markaz direktorining o‘rinbosari Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Mehnatga haq to‘lash va Markaz xodimlarini moddiy rag‘batlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Markaz xodimlarini moddiy rag‘batlantirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Markaz xodimlariga vazirlik markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish, tibbiy xizmat, transport ta’minoti va ijtimoiy himoya shartlari tatbiq etiladi, shuningdek, ularga ko‘p yillik xizmatlari uchun davlat budjeti mablag‘lari hisobidan rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga belgilangan koeffitsiyentlarda quyidagi hajmlarda har oyda qo‘shimcha ustama to‘lovlari to‘lanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2 yildan 5 yilgacha — 0,1;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5 yildan 10 yilgacha — 0,2;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 yildan 15 yilgacha — 0,3;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15 yildan ortiq — 0,4.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 502-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/502/0716-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Markaz xodimlarini qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Markazning mol-mulki va faoliyatini moliyalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Markaz belgilangan tartibda unga biriktirilgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni boshqarish huquqini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Xo‘jalik faoliyati daromadlari, shuningdek, beg‘araz tushumlar hisobiga xarid qilingan mol-mulk va olingan mablag‘lar Markazning mulki hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Markaz tomonidan olingan foyda belgilangan tartibda ushbu Ustavda nazarda tutilgan vazifalar va funksiyalarni bajarishga yo‘naltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Markazni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2019-y., 09/19/305/2932-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/502/0716-son)