1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir ma’lumotlar va ularning himoyasi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestrini yuritish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, shuningdek, shaxsga doir ma’lumotlar bazalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish, shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishda qonunchilik talablariga muvofiqlik nazorat qilinishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestrini yuritish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestrini yuritish bo‘yicha axborot tizimini yaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda Internet jahon axborot tarmog‘ida Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestrini yuritish bo‘yicha axborot tizimini ishga tushirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi direktori N.S. Turaxodjayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 8-fevral,

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-fevraldagi 71-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestrini yuritish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MA’MURIY REGLAMENTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Ma’muriy reglament (keyingi o‘rinlarda — Reglament) shaxsga doir ma’lumotlar bazalarini Shaxsga doir ma’lumotlar bazalari davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazish, reyestrdan chiqarish, reyestrga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha davlat xizmatini (keyingi o‘rinlarda — davlat xizmati) ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Reglament talablari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxs tomonidan shaxsga doir ma’lumotlarga shaxsiy, maishiy maqsadlarda va o‘z kasbiy yoki tijorat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan holda ishlov berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy arxiv fondi hujjatlarini va shaxsga doir ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan boshqa arxiv hujjatlarini shakllantirish, saqlash va ulardan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat sirlarini tashkil etadigan ma’lumotlar jumlasiga kiritilgan shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tezkor-qidiruv, razvedka va kontrrazvedka faoliyati, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquq-tartibotni saqlash jarayonida, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish doirasida olingan shaxsga doir ma’lumotlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘z tarkibida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat birlashmasining yoki diniy tashkilotning ishtirokchilariga (a’zolariga) taalluqli bo‘lgan hamda tegishligicha jamoat birlashmasi yoki diniy tashkilot tomonidan ishlov beriladigan shaxsga doir ma’lumotlar ularni uchinchi shaxslarga tarqatmaslik yoki oshkor etmaslik sharti bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subyekt tomonidan hamma foydalanishi mumkin qilib qo‘yilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subyektlarning faqat familiyasini, ismini va otasining ismini o‘z ichiga olgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subyektning mulkdor va (yoki) operator turgan hududga bir martalik kirishi uchun yoki boshqa shunga o‘xshash maqsadlar uchun zarur bo‘lgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomatlashtirilgan davlat axborot tizimlari maqomiga ega bo‘lgan shaxsga doir ma’lumotlarning axborot tizimlariga kiritilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomatlashtirish vositalaridan foydalanmagan holda ishlov beriladigan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ishlov beriladigan shaxsga doir ma’lumotlar mavjud bo‘lgan shaxsga doir ma’lumotlar bazalari ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Shaxsga doir ma’lumotlar bazalari davlat reyestri shaxsga doir ma’lumotlar bazalarini ro‘yxatga olish va ularning hisobini tizimlashtirish hamda shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish jarayonida qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqlikni nazorat qilish maqsadida shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi — shaxsga doir ma’lumotlar bazasining mulkdori va (yoki) shaxsga doir ma’lumotlar bazasining operatori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organ — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir ma’lumotlar — muayyan jismoniy shaxsga taalluqli bo‘lgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron, qog‘oz shaklida va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir ma’lumotlar subyekti (keyingi o‘rinlarda — subyekt) — shaxsga doir ma’lumotlar o‘ziga taalluqli bo‘lgan jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir ma’lumotlar bazasi — tarkibida shaxsga doir ma’lumotlar mavjud bo‘lgan axborot tizimi tarzidagi ma’lumotlar bazasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir ma’lumotlar bazasining mulkdori (keyingi o‘rinlarda — mulkdor) — shaxsga doir ma’lumotlar bazasiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqiga ega bo‘lgan davlat organi, jismoniy va yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir ma’lumotlar bazasining operatori (keyingi o‘rinlarda — operator) — shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov beruvchi davlat organi, jismoniy va (yoki) yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir ma’lumotlar bazalari davlat reyestri (keyingi o‘rinlarda — Davlat reyestri) — shaxsga doir ma’lumotlar bazasining mulkdori va (yoki) shaxsga doir ma’lumotlar bazasining operatori tomonidan ariza berish orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining ro‘yxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir ma’lumotlar bazasining davlat reyestridagi qayd raqami (keyingi o‘rinlarda — qayd raqami) — mulkdor va (yoki) operator tomonidan ariza berish orqali xabardor qilish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxsga doir ma’lumotlar bazasining Davlat reyestridagi qayd etilgan raqami.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Shaxsga doir ma’lumotlar bazalari mulkdor va (yoki) operator tomonidan Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat xizmati ushbu Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) ro‘yxatdan o‘tadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizalar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qat’i nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari tushganda, navbatdagi ish kuni arizalarning vakolatli organga tushgan va vakolatli organ tomonidan qabul qilingan kun hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda — Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilgan taqdirda esa — mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun vakil orqali murojaat qilinganda vakilning vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma so‘rovnomaga ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (elektron raqamli imzo, daktiloskopiya, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ushbu Reglamentda nazarda tutilgan davlat xizmati bepul ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vakolatli organ so‘rovnoma kelib tushgan kundan keyin besh ish kuni mobaynida shaxsga doir ma’lumotlar bazasini Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazadi yoki ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda vakolatli organ Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazgan kunning o‘zida ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shaklda QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risida guvohnomani rasmiylashtiradi va uni o‘z elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi hamda Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. So‘rovnomada nazarda tutilgan ma’lumotlar noto‘g‘ri ekanligi yoki to‘liq taqdim etilmagani davlat xizmatini rad etish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni boshqa asoslarga, shu jumladan, maqsadga muvofiq emasligi sabablariga ko‘ra rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Davlat xizmatlari markazi o‘n daqiqa mobaynida xizmat natijasini ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi hamda ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra Davlat xizmatlari markazi xizmat natijasini elektron yoki qog‘oz shaklda taqdim etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha qabul qilingan qaror asosida vakolatli organ mas’ul xodimi Davlat reyestrida takrorlanmaydigan qayd raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma berilgan sana Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan sana hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish zarurati yuzaga kelgan taqdirda, ariza beruvchi yetti ish kunidan kechiktirmasdan, ushbu Reglamentning 7-bandida belgilangan tartibda murojaat qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda vakolatli organ so‘rovnomani ushbu Reglamentning 10-bandida belgilangan muddatda ko‘rib chiqadi va kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali murojaat etilganda — ariza beruvchiga xabarnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Davlat reyestriga qayd raqami o‘zgartirilmagan holda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Davlat reyestridan quyidagi hollarda chiqariladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat reyestridan chiqarish bo‘yicha mulkdor va (yoki) operatorning arizasiga asosan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkdor va (yoki) operatorning faoliyati tugatilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudning mulkdor va (yoki) operatorning shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berishni to‘xtatish to‘g‘risidagi qarori asosida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandning ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan holda mulkdor va (yoki) operator ushbu Reglamentning 7-bandida belgilangan tartibda murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Davlat reyestridan chiqarilgandan so‘ng keyinchalik uning qayd raqami ishlatilmaydi, avval berilgan shaxsga doir ma’lumotlar bazasi Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma haqiqiy hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Davlat reyestri ma’lumotlari yuridik va jismoniy shaxslarning ular bilan tanishishi uchun ochiq hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulkdor va (yoki) operatorning Davlat reyestri ro‘yxatidan o‘tkazilgani haqidagi ma’lumotlar ushbu ma’lumotlar bazasining qayd raqamini Davlat reyestrini yuritish axborot tizimiga kiritish orqali avtomatik tarzda olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Davlat xizmatlari markazi va vakolatli organ o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlar sir saqlanishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazi ushbu Reglament talablari bajarilishi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan davlat xizmatlarini ko‘rsatish davomida, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoringni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ariza beruvchilar shaxsga doir ma’lumotlar bazasini Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazishda vakolatli organga taqdim etilgan ma’lumotlarning noto‘g‘ri yoki noaniq ko‘rsatilgani uchun javobgar bo‘ladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Vakolatli organning Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazish harakati yoki harakatsizligi ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda mulkdor va (yoki) operator tomonidan yuqori turuvchi davlat organi yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestrini yuritish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestrini yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchilar
Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladi.
O‘z xohishiga ko‘ra
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
1. Markaz xodimi so‘rovnomani to‘ldirib, vakolatli organga yuboradi.
1. So‘rovnoma to‘ldirilgandan keyin 10 daqiqada
2. YIDXP
2. To‘ldirilgan so‘rovnomani avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
2. Real vaqt rejimida
3-bosqich
Migratsiya va personallashtirish departamenti
1. Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarini Shaxsga doir ma’lumotlar bazalari davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazadi.
2. Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarini Shaxsga doir ma’lumotlar bazalari davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etadi.
5 ish kunida
4-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
1. Xizmat natijasini ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
1. 10 daqiqa ichida
2. YIDXP
2. Xizmat natijasini avtomatik tarzda ariza beruvchiga yuboradi.
2. Real vaqt rejimida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestrini yuritish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestrini yuritish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SO‘ROVNOMA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Ariza beruvchi — jismoniy shaxs to‘g‘risida ma’lumot
1. Familiyasi:
2. Ismi:
3. Otasining ismi:
4. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):
5. Telefon raqami:
6. Elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa):
7. Yashash manzili:
II. Ariza beruvchi — yuridik shaxs to‘g‘risida ma’lumot
1. Rasmiy nomi (to‘liq):
2. Joylashgan joyi:
3. Telefon raqami:
4. Elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa):
5. STIR:
III. Mulkdor va (yoki) operatorning ma’lumotlar bazasi haqida ma’lumotlar
Shaxsga doir ma’lumotlar bazasining nomi:
Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish boshlangan sana:
Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishni tugatish muddati yoki sharti:
Shaxsga doir ma’lumotlar bazasi joylashgan mamlakat:
Shaxsga doir ma’lumotlar bazasi joylashgan manzil:
Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish maqsadi:
Shaxsga doir ma’lumotlar bazasi masofadan boshqariladimi?
Shaxsga doir ma’lumotlar bazasi ushbu mulkdor va (yoki) operatorning o‘ziga tegishlimi?
Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish jarayonida shaxsiy ma’lumotlarni transchegaraviy uzatish imkoniyati mavjudmi?
Shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash uchun javobgar shaxsning F.I.O. va lavozimi:
Shaxsga doir ma’lumotlar bazasiga nisbatan huquqi:
Shaxsga doir ma’lumotlar bazasida qayta ishlanuvchi shaxsga doir ma’lumotlar ro‘yxati:
□ F.I.O.
□ Tug‘ilgan yili
□ Tug‘ilgan oyi
□ Tug‘ilgan kuni
□ Tug‘ilgan joyi
□ Fuqaroligi
□ JSHSHIR
□ Fotosurati
□ Ta’lim muassasalari
□ Yashash manzili
□ Oilaviy holati
□ Mehnat faoliyati
□ Oylik xarajatlari
□ Telefon raqami
□ Diniy qarashi
□ Irqiy kelib chiqish
□ Ijtimoiy kelib chiqishi
□ Kasaba uyushmaga a’zoligi
□ Siyosiy partiyaga a’zoligi
□ Millati
□ Moliyaviy holati
□ Jismoniy holati
□ Mulkiy holati
□ Sudlanganlik holati
□ Harbiy xizmatga aloqadorligi
□ Ruhiy holati
Biometrik ma’lumotlar:
Genetik ma’lumotlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestrini yuritish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2020-y., 09/20/71/0141-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)