01.02.2019 yildagi PF-5647-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda transport va transport kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirish, tashishlarning yuqori darajadagi xavfsizligini taʼminlash, transport sohasidagi boshqaruv tizimini takomillashtirish, soha uchun malakali mutaxassislarni tayyorlashga yoʻnaltirilgan keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyotni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari va amalga oshirilayotgan islohotlar respublikaning geografik joylashuvini inobatga olgan holda transport xizmatlarining sifatliligi va ommabopligini taʼminlashga yoʻnaltirilgan yagona transport siyosatini shakllantirish va amalga oshirish, sohani boshqarishning zamonaviy texnologiyalari va intellektual tizimlarini joriy etishda alohida ahamiyatga ega ekanligini koʻrsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport sohasidagi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish, respublikaning investitsiyaviy jozibadorligi va eksport salohiyatini oshirish, transport kommunikatsiyalarini strategik rivojlantirish va barqaror faoliyat koʻrsatishini taʼminlash maqsadida, shuningdek 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik avtomobil, temir yoʻl, havo, daryo transportlari, metropoliten, shuningdek yoʻl xoʻjaligini rivojlantirish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha davlat boshqaruvi organi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik transport va yoʻl xoʻjaligi sohasidagi tashkilotlar faoliyatini normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish, litsenziya va ruxsatnomalar berish, sertifikatlashtirish, samarali texnik va tarif siyosatini amalga oshirish yoʻli orqali davlat tomonidan tartibga solish vazifasini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik tomonidan oʻz vakolati doirasida qabul qilingan qarorlarning ijrosi davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek fuqarolar uchun majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transportning barcha turlarini yagona transport tarmogʻiga integratsiyalashuvi va yangi samarali transport-logistika tizimlaridan foydalangan holda uygʻunlikda rivojlantirishga yoʻnaltirilgan yagona davlat transport siyosatini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport va logistika xizmatlari bozorini rivojlantirishni ragʻbatlantirish, ularning barcha toifadagi isteʼmolchilar uchun ommabopligini taʼminlash, shuningdek sohaga investitsiyalarni jalb etishga yoʻnaltirilgan transport sohasidagi yagona tarif siyosatini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro transport koridorlarini rivojlantirish, logistika tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va chora-tadbirlarni amalga oshirish, mamlakat transport salohiyatidan samarali foydalanish, tadbirkorlik subyektlarining transport-logistika xizmatlaridan foydalanishdagi sarf-xarajatlarni kamaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport va yoʻl xoʻjaligi sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish va mamlakat investitsiyaviy jozibadorligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
butun transport tizimini raqamlashtirish boʻyicha ilgʻor axborot texnologiyalarini joriy etish, Oʻzbekiston Respublikasi Transport tizimining bir-biriga bogʻlangan yagona tizimini istiqbolli rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobil yoʻllari sohasida yagona texnika siyosatini amalga oshirish, foydalanuvchilar manfaatlarini hisobga olgan holda, avtomobil yoʻllari, aerodromlar va aeroportlar, vokzallar, temir yoʻllar va transport infratuzilmasining boshqa obyektlarini moliyalashtirish, loyihalash, qurish, taʼmirlash va foydalanish masalalarining kompleks yechimini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport sohasida nazoratni amalga oshirish, fuqaro aviatsiyasi va eksperimental havo kemalaridagi halokatlar va baxtsiz hodisalarni, shuningdek metropoliten, temir yoʻl va daryo transportidagi avariya va halokatlar boʻyicha tekshiruvlarni tashkil etish va amalga oshirish;
(3-bandining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-oktabrdagi PF-234-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2022-y., 06/22/234/0935-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport va yoʻl xoʻjaligi sohasidagi xalqaro va hududiy hamkorlikni rivojlantirish hisobiga transport xizmatlari jahon bozorida Oʻzbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport sohasidagi joriy va istiqbolli ehtiyojlarni inobatga olgan holda taʼlim, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilgʻor usullarini tizimli ravishda joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, uni Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi etib qayta nomlagan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, uni Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi etib qayta tashkil etgan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, uni Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi etib qayta nomlagan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, uni Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi etib qayta nomlagan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Oʻzbekiston kemachilik registri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzaeronavigatsiya” Markazi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilovaga muvofiq ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari, boshqa tashkilotlar, faoliyatini moliyalashtirishning amaldagi tartibi saqlanib qolingan holda, Vazirlik ixtiyoriga oʻtkazilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar Transport va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish departamenti tugatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagi vazifa, funksiya va vakolatlar Vazirlikka oʻtkazilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining quyidagi sohalardagi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kemalarni roʻyxatga olish (qayta roʻyxatga olish), kemalarni qurish, foydalanish, qayta jihozlash va taʼmirlashga guvohnomalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kemalarga kema guvohnomasi va biletlari, tasniflash guvohnomalari, suzish uchun muvofiqlik guvohnomalari va kemasozlikni tartibga soluvchi qoidalarda nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining quyidagi sohalardagi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
temir yoʻl transportini rivojlantirishning davlat dasturlarini ishlab chiqish, temir yoʻl transporti istiqbolli prognozlari, rivojlantirish va obyektlarni joylashtirish sxemalarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish sohasida tarif va tranzit siyosatni amalga oshirish, temir yoʻl transportining oʻtkazish va tashish qobiliyatini oshirish, temir yoʻl transporti xizmatlari bozorini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat korxonalari harakatdagi tarkiblarining umumiy foydalanishdagi temir yoʻllariga chiqishi uchun ruxsatnomalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
temir yoʻl yoʻlaklari, shuningdek vagon va konteynerlarni yuklash, tushirish va tozalashga moʻljallangan uskunalarni qurish va taʼmirlash loyihalarini kelishish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 15 nafardan tashkil topgan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini oʻrganish markazi tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlik Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining barcha huquqlari va majburiyatlari, shuningdek Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasining transport va yoʻl xoʻjaligi sohasidagi qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan imzolangan xalqaro shartnomalari, shuningdek mazkur Farmonga muvofiq oʻtkazilayotgan boshqa vakolatlari borasidagi huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2019-yil 1-noyabrga qadar barcha turdagi transportlarning optimal va muvozanatlashgan oʻzaro aloqasini nazarda tutuvchi, umumqabul qilingan xalqaro huquq meʼyorlarini inobatga olgan holda “Transport toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarori loyihasini tasdiqlash uchun kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini oʻrganish markazi faoliyatini tashkil etish boʻyicha hukumat qarorini qabul qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining logistika samaradorligi boʻyicha xalqaro reytinglardagi oʻrnini yaxshilash choralarini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasida 2025-yilgacha transportni rivojlantirish konsepsiyasini va uni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 1-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-5647-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5647-son Farmoniga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi ixtiyoriga oʻtkazilayotgan ilmiy-tadqiqot institutlari va taʼlim muassasalari hamda boshqa tashkilotlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(I boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Oʻzavtotranstexnika” ilmiy-ishlab chiqarish markazi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Avtomobil transporti xodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Nukus avtomobil-yoʻl xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Andijon transport va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Samarqand avtomobil va yoʻllar kasb-hunar kolleji.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Avtobuslarda yoʻlovchi tashish (shu jumladan, xalqaro), avtomobillarda yuk tashish xizmatlarini koʻrsatuvchi, shuningdek, transport-logistika, toʻxtash punktlarini qurish, qayta tiklash va taʼmirlash faoliyatini amalga oshiruvchi maxsuslashtirilgan tashkilotlar (jami 13 birlik).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. “UZAUTOTRANS SERVIS”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. “Oʻzavtovokzal servis”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Agentlik ishtirokidagi avtovokzal va avtobekatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Oʻzining temir yoʻllariga ega boʻlgan yuridik shaxslarning temir yoʻl transporti xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Putur yetkazmasdan nazorat qilish laboratoriyasi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2019-y., 06/19/5647/2591-son; 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2022-y., 06/22/234/0935-son)