1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida
[Ko‘chirma]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-son Farmoni hamda “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 4-oktabrdagi PQ-347-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, qonunchilik hujjatlarini o‘zaro muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri B.E. Zaxidov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 7-noyabr,
709-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-son qaroriga 1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1.Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-iyundagi 285-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida qiymatli qog‘ozlar bilan bitishuvlar tuzish va ularni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom quyidagi mazmundagi 23-band bilan to‘ldirilsin:
“23. Fond birjasida qimmatli qog‘ozlar bilan savdolarni amalga oshirish qoidalariga kiritiladigan birja a’zolariga va listing kompaniyalariga ta’sir qiluvchi muhim o‘zgartirish va qo‘shimchalar ular tasdiqlanishidan kamida o‘n besh kun oldin fond birjasi saytida muhokamaga qo‘yiladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasini takomillashtirish to‘g‘risida” 1996-yil 18-martdagi 103-son qarorida:
“5. Yagona tarif setkasini qo‘llash majburiy bo‘lgan tashkilotlar tomonidan xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarining klassifikatorida o‘z aksini topmagan kasblar (lavozimlar)ni Yagona tarif setkasining tegishli kasblar (lavozimlar) razryadlariga tenglashtirish O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi”;
v) 6-banddagi “Mehnat vazirligi” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomda:
a) I bo‘limning 7-bandi ikkinchi xatboshisidagi “bandlik bosh boshqarmalarining” so‘zlari “kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmalarining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) IV bo‘limning 6-bandidagi tegishli kelishikdagi “viloyat (Toshkent shahar) bandlik bosh boshqarmasi kengashi” so‘zlari tegishli kelishikdagi “viloyatlar va Toshkent shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari kengashlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatchilarining lavozim maoshlariga yigirma foizli ustama haq belgilash to‘g‘risida” 1997-yil 3-iyuldagi 339-son qarorining 4-bandidagi “Moliya vazirligi” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida” 2000-yil 12-iyuldagi 267-son qarorida:
“Belgilab qo‘yilsinki, mehnatni muhofaza qilishga doir belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va kelishib olingan qoida va normalar tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga yoki Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasiga nazoratdagi obyektlar bo‘yicha tasdiqlash uchun kiritiladi, qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan qoida va normalar bundan mustasno”;
b) 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” va “Ish bilan ta’minlash” so‘zlari tegishlicha “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik” va “Bandlikka ko‘maklashish davlat” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 5-banddagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 2-ilovaning 22-bandi o‘ninchi xatboshisidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-oktabrdagi 225-son qarori bilan tasdiqlangan Raqobat, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun ish qo‘zg‘atish va ularni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandidagi “unitar korxonalari yoki” so‘zlari chiqarib tashlansin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qarorida:
“Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatli qog‘ozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 27-sentabrdagi PQ-475-son qaroriga muvofiq aktivlarining balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming barobaridan ko‘p bo‘lgan, davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarida ichki auditni tashkil etishga qo‘yiladigan yagona talablarni hamda uning ishini tashkil etishning metodologik asoslarini belgilaydi”.
8. Vazirlar Mahkamasining “Mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet ellarga ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini hisobga olishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2007-yil 15-maydagi 97-son qarorining 4-bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migrasiya agentligi, Milliy statistika qo‘mitasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda”.
9. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-iyuldagi 146-son qarori bilan tasdiqlangan Kasanachilikni rivojlantirishning hududiy va tarmoq dasturlarini shakllantirish, ularning bajarilishi monitoringini olib borish hamda kasanachilik ish o‘rinlarini hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 6-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi, 10-bandi uchinchi xatboshisidagi, 15-bandi uchinchi xatboshisidagi, 2-ilovasining 3-bandi “Axborot qayerga taqdim etiladi” ustunidagi, 4-bandi “Axborot beruvchi organ (subyekt)” ustunidagi, 9-bandi “Axborot olish manbai” ustunidagi tegishli kelishikdagi “bandlik bosh boshqarmalari” so‘zlari tegishli kelishikdagi “bandlik boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2009-yil 24-iyundagi 177-son qarorining 2-bandidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik” so‘zlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarini sotish, shuningdek ularni sotishdan tushgan pul mablag‘larini taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2009-yil 31-dekabrdagi 343-son qarorida:
b) 18-banddagi “tashkilotlari va davlat unitar korxonalari” so‘zlari “tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 1-ilovaning III bo‘limi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
12. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qarori bilan tasdiqlangan Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 19-banddagi “korxona” so‘zi “Bosh boshqarma” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 20-banddagi “davlat korxonasi” so‘zlari “Bosh boshqarma” so‘zlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilotlar faoliyatini to‘xtatib qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2011-yil 5-yanvardagi 1-son qarorida:
a) 2-banddagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning 3 va 4-bandlaridagi “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalarining” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmalarining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
14. Vazirlar Mahkamasining “Dala sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlarga dala ustamasi to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil 2-iyuldagi 190-son qarorida:
a) muqaddimadagi “Mehnat kodeksining 170-moddasiga va Soliq kodeksining 171-moddasiga” so‘zlari “Mehnat kodeksining 288-moddasiga va Soliq kodeksining 369-moddasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“4. Dala nafaqasi xodimlarga, egallab turgan lavozimi va oylik maoshidan qat’i nazar, dala nafaqasi hisoblab yoziladigan sanada quyidagi miqdorlardan kam bo‘lmagan miqdorda to‘lanadi:
bevosita dala ishlari o‘tkaziladigan obyektlarda, tashkilotning daladagi bazaviy shaharchasidan tashqarida ishlaganda — kunlik mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining yetti foizi;
tashkilotlarning daladagi bazaviy shaharchalarida bajariladigan ish uchun — kunlik mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining ikki foizi”;
41 va 42-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
“5. O‘z xodimlariga dala ustamasi (nafaqasi) to‘lash huquqiga ega bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxati mansubligi bo‘yicha vazirliklar va idoralar tomonidan, vazirliklar va idoralar tarkibiga kirmaydigan tashkilotlar (korxonalar) tomonidan esa — mustaqil ravishda (Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishgan holda) tasdiqlanadi”.
15. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabrdagi 297-son qarori bilan tasdiqlangan O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
“6. O‘rindoshlik asosida boshqa tashkilotga ishga kirayotgan shaxslar:
pasportni (identifikatsiyalovchi ID-karta) yoxud uning o‘rnini bosadigan hujjatni;
mehnat sharoitlari zararli va (yoki) xavfli bo‘lgan ishga qabul qilish chog‘ida asosiy ish joyidan mehnatning xususiyati va shartlari to‘g‘risidagi olingan ma’lumotnomani taqdim etishi shart.
Davlat organlari va tashkilotlari ishga qabul qilish chog‘ida mehnat staji, amaldagi ish joyi va boshqa ma’lumotlarni “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integrasiyalashuv platformasi orqali elektron hamkorlik asosida oladi.
Maxsus bilimlarni yoki maxsus tayyorgarlikni talab etadigan o‘rindoshlik asosida ishga qabul qilishda ish beruvchi malaka to‘g‘risidagi sertifikat yoki ta’lim to‘g‘risidagi yoki kasbiy tayyorgarlik haqidagi boshqa hujjatni talab qilish huquqiga ega”;
16. Vazirlar Mahkamasining “Ayrim budjet tashkilotlari xodimlari ba’zi toifalarining lavozim razryadlarini belgilash to‘g‘risida” 2013-yil 7-fevraldagi 33-son qaroriga ilovaning izoh qismida:
a) 1 va 3-bandlardagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-banddagi “Buxgalter-taftishchi”, “Hisob-kitob buxgalteri”, “Moddiy buxgalter”, “Buxgalteriya hisobi bo‘yicha iqtisodchi” so‘zlari “Buxgalter-taftishchi”, “Buxgalter-iqtisodchi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining “Shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini tuzish, birlashtirish, bo‘lish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va o‘zgartirish, ularga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 4-martdagi 48-son qaroriga 2-ilovaning 4-bandidagi “bandlik bosh boshqarmasi” so‘zlari “bandlik boshqarmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
18. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-son qarori bilan tasdiqlangan Ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 53 va 59-bandlardagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik” so‘zlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Kambag‘allik va mehnat bozori tadqiqotlari instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Kambag‘allik va mehnat bozori tadqiqotlari instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 7-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
O‘zbekiston Respublikasi Gerbi O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
DAVLAT EKSPERTIZASI
XULOSASI
XX№00000000
20___ yil “____” _____________
__________ sh.
Ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish materiallari asosida quyidagilar aniqlandi:
1. Ish o‘rinlari mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazilgan korxona to‘g‘risida ma’lumotlar:
Korxonaning nomi
Yuqori turuvchi korxona
Yuridik manzili
STIR
IFUT
MXBT
Attestatsiyadan o‘tkazilgan ish o‘rinlari soni
2. Attestatsiyadan o‘tkazuvchi tashkilot to‘g‘risida ma’lumotlar:
Tashkilot nomi
Yuridik manzili
Sinov laboratoriyasining texnik jihatdan malakaliligini ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomasining raqami va sanasi
STIR
IFUT
MXBT
3. Ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish davomida mazkur ish bo‘yicha amaldagi normalar va normativlardan chetga chiqilmagan.
4. Ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha ishlar Ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshirilgan.
Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig‘i (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i)
________
____
M.O‘.
(imzo)
F. I. O. ”.
19. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarorida:
“balansda saqlovchi O‘zbekiston Respublikasining davlat muassasalari reyestriga kiritilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, balansda saqlovchi davlat muassasasi bo‘lgan taqdirda”;
g) 6-ilovaning 2-bandi ikkinchi xatboshisidagi “davlat unitar korxonalari va” so‘zlari chiqarib tashlansin;
d) 7-ilovaning 2-bandi ikkinchi xatboshisidagi “davlat unitar korxonalari va” so‘zlari chiqarib tashlansin.
20. Vazirlar Mahkamasining “Davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish to‘g‘risida” 2015-yil 28-iyuldagi 207-son qarorida:
b) ilovaning 1-bandidagi “hamda qo‘shimcha mas’uliyatli” va “shuningdek davlat unitar korxonalari” so‘zlari chiqarib tashlansin.
21. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarorida:
quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Yuridik shaxslar qo‘shib yuborish, qo‘shib olish va tashkiliy-huquqiy shaklini o‘zgartirish orqali qayta tashkil etilganda, ularning huquq va majburiyatlari, topshirish hujjatida ko‘rsatilgan yoki ko‘rsatilmaganligidan qat’i nazar, qayta tashkil etilgan yuridik shaxsga o‘tgan hisoblanadi”;
171-band quyidagi mazmundagi ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish muddati bir yildan oshmasligi lozim.
Bunda qat’iy belgilangan miqdordagi daromad solig‘ini to‘lovchi yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan sanadan boshlab bir yil mobaynida qayta tiklanmagan taqdirda va soliq qarzi mavjud bo‘lmaganda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan davlat reyestridan chiqariladi.
Soliqlar va yig‘imlarni yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan tartibda to‘laydigan yakka tartibdagi tadbirkorlarga yuridik shaxslar uchun belgilangan majburiy tugatish talablari tatbiq etiladi”;
quyidagi mazmundagi o‘n sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Mas’uliyati cheklangan jamiyat ustav fondi qiymati bazaviy hisoblash miqdorining o‘n ming baravaridan ko‘p bo‘lgan pulsiz hissalar bilan oshirilganda baholovchi tashkilot tomonidan ushbu hissalarni baholash bo‘yicha tuzilgan dalolatnoma taqdim etiladi”;
40-bandning yettinchi xatboshisi “tovarlar importi bo‘yicha realizatsiya hajmining soliq hisobotlarida to‘liq aks ettirilmaganligi” so‘zlaridan keyin “soliq nazorati tadbiri o‘tkazilayotganligi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
1 — 3, 1 — 7 va 1 — 8-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
9-ilovaning 7-2-2-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ta’sis shartnomasi (MCHJlar bundan mustasno)”;
b) 3-ilovaning ilovasi quyidagi mazmundagi 191 va 192-pozitsiyalar bilan to‘ldirilsin:
“
191.
Mikromoliya tashkiloti faoliyati mikromoliya banki faoliyatiga o‘zgartirilayotganligi munosabati bilan mikromoliya tashkilotini Tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida iltimosnoma.
Markaziy bank
Mikromoliya bankini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran besh ish kuni mobaynida
192.
Mikromoliya tashkiloti faoliyati mikromoliya banki faoliyatiga o‘zgartirilayotganligi munosabati bilan mikromoliya tashkilotini Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan chiqarib tashlash to‘g‘risidagi yozuv.
Tegishli ro‘yxatdan o‘tkazish organlari
Mikromoliya bankini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va litsenziya berish to‘g‘risidagi qaror olingan kundan e’tiboran ikki ish kuni mobaynida
”.
22. Vazirlar Mahkamasining “Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorini yanada rivojlantirish to‘g‘risida” 2017-yil 27-apreldagi 246-son qarorida:
8-bandning beshinchi xatboshisidagi va 38-banddagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik” so‘zlari bilan almashtirilsin;
33-banddagi “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari Davlat mehnat inspeksiyasi davlat inspeksiyalariga” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmalarining davlat mehnat inspektorlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
36-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari Davlat mehnat inspeksiyasiga” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmalarining davlat mehnat inspektorlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“mehnat sharoitlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazish organi — O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda uning hududiy organlari davlat mehnat inspeksiyalari;”
“100 kishi va undan ko‘p bo‘lsa — Milliy texnik malakani baholash va malaka oshirish markaziga (keyingi o‘rinlarda — Texnik malakani baholash markazi) yuboradi”;
ikkinchi xatboshidagi “Ilmiy markaz” va “Mehnat vazirligining” so‘zlari tegishlicha “Texnik malakani baholash markazi” va “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
20-banddagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” va “Ilmiy markaz” so‘zlari tegishlicha “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik” va “Texnik malakani baholash markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” va “Ilmiy markazning” so‘zlari tegishlicha “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik” va “Texnik malakani baholash markazining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 2 va 3-ilovalardagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik” so‘zlari bilan almashtirilsin.
23. Vazirlar Mahkamasining “Muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tagan fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shaharlar hokimliklari huzurida tegishli komissiyalarni tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 2-iyundagi 339-son qarorida:
a) 4, 5 va 9-bandlarning birinchi xatboshilaridagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning uchinchi xatboshisidagi “A.A. Abduxakimov — Bandlik va mehnat munosabatlari” so‘zlari “B.E. Zaxidov — kambag‘allikni qisqartirish va bandlik” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 2-ilovaning 3-bandidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik” so‘zlari bilan almashtirilsin.
24. Vazirlar Mahkamasining “Mehnat organlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 10-iyuldagi 482-son qarorining 2-bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi markaziy apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari xodimlariga mehnat organlari tizimida uzoq muddat ishlaganlik uchun har yilgi bir yo‘la to‘lanadigan mukofot belgilansin”.
25. Vazirlar Mahkamasining “Mehnat bozorining joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olib ish o‘rinlarini tashkil etish va kadrlar tayyorlash davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 28-oktabrdagi 877-son qarorida:
“2. Belgilab qo‘yilsinki, davlat buyurtmasining shakllantirilishini muvofiqlashtirish:
ish o‘rinlari tashkil etish bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlash bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi”;
8-banddagi “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya” so‘zlari bilan almashtirilsin;
9-banddagi “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya” so‘zlari bilan almashtirilsin;
10, 15, 24-bandlardagi va 32-bandning birinchi xatboshisidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik” so‘zlari bilan almashtirilsin;
14-banddagi “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga hamda Iqtisodiyot va moliya” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“25. Kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishgan holda har yili 1-dekabrga qadar kelgusi prognoz yili uchun ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlash prognoz ko‘rsatkichlarini shakllantiradi”;
birinchi xatboshidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligi” so‘zlari “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qilish asosida ssuda ajratish to‘g‘risidagi qarorni yangi ish o‘rinlarini tashkil qilgan tashkilotlar bo‘yicha Iqtisodiyot va moliya vazirligiga, ta’lim muassasalari bo‘yicha esa — Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga kelishish uchun yuboradi”.
26. Vazirlar Mahkamasining “Ishga joylashtirishga muhtoj aholi sonini aniqlash, shu jumladan, uy xo‘jaliklarini mehnat bilan bandlik masalalari bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazish, shuningdek, mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansini shakllantirish metodikasini takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 22-dekabrdagi 1011-son qarorida:
a) 6-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Davlat statistika qo‘mitasiga” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Milliy statistika qo‘mitasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 7-banddagi “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 2-ilovaning 1 — 4, 9, 10 va 12 — 22-bandlari “Qayerga taqdim etiladi” ustunidagi hamda 5 — 8, 11, 23 — 25-bandlarining “Ma’lumotlarni taqdim etuvchi vazirliklar va idoralar” ustunidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
I, IV va IX bosqich pozitsiyalarning “Ijrosi uchun mas’ullar” ustunidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
II bosqich pozitsiyasining “Ijrosi uchun mas’ullar” ustunidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
III bosqichning “Tadbirlar” ustunidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” va “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga” so‘zlari tegishlicha “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” va “Iqtisodiyot va moliya vazirligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
V va VI bosqichlarning “Ijrosi uchun mas’ullar” ustunidagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
7-bandning sakkizinchi xatboshisidagi va 8-banddagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik” so‘zlari bilan almashtirilsin;
17-bandning birinchi xatboshisidagi “tuman va shaharlar Bandlikka ko‘maklashish markazlarida” so‘zlari “tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
18-banddagi “Bandlikka ko‘maklashish tuman (shahar) markazlari” so‘zlari “Tuman (shahar) Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“20. Uy xo‘jaliklari bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazish tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari xodimlari tomonidan hamda zarurat bo‘lgan holatlarda Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga to‘lov shartnoma asosida Kambag‘allik va mehnat bozori tadqiqotlari instituti va boshqa tashkilotlarning maxsus tayyorlangan mutaxassislarini jalb etgan holda amalga oshiriladi”;
“23. So‘rovnoma o‘tkazish, ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari tomonidan quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi”;
“28. Mehnat resurslarining prognoz balansi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda kelgusi davrga (maqsadga qarab — 1, 5, 10 va hokazo yilgacha) ishlab chiqiladi”;
8-banddagi va 18-bandning birinchi xatboshisidagi “Bandlikka ko‘maklashish markazlari” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
17-bandning birinchi xatboshisidagi, 34 va 37-bandlardagi “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri bandlik bosh boshqarmalari” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Bandlikka ko‘maklashish markazlari” so‘zlari “kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“zarurat bo‘lganda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari hamda tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlarining boshqa xodimlari”;
25-bandning beshinchi xatboshisidagi, 26-bandning birinchi va beshinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “Bandlikka ko‘maklashish markazi direktori” so‘zlari tegishli kelishikdagi “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“30. Anketa so‘rovnoma ma’lumotlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari xodimlari tomonidan maxsus kompyuter dasturiga quyidagilarni ta’minlagan holda kiritiladi”;
to‘rtinchi xatboshidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik” so‘zlari bilan almashtirilsin;
38-banddagi “Bandlikka ko‘maklashish markazlari direktorlariga” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari boshliqlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
27. Vazirlar Mahkamasining “Yo‘lovchi avtotransportida favqulodda vaziyatlar profilaktikasi va ularning oldini olish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan tashqariga chiqadigan fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga doir shoshilinch chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 23-yanvardagi 42-son qarorida:
a) 2-banddagi “Bandlik va mehnat munosabatlari vaziriga” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktoriga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-banddagi “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 13-banddagi “Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitasi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” so‘zlari “Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “ A.A. Xaitov — Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri” so‘zlari “B.A. Musayev — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-banddagi “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hududiy boshqarmasi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining hududiy filiallari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
28. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 10-maydagi 349-son qarorida:
29. Vazirlar Mahkamasining “Davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 14-dekabrdagi 1013-son qarorida:
b) 3-ilovaning 2-bandi birinchi xatboshisidagi “jamiyatlari va davlat unitar korxonalariga” so‘zlari “jamiyatlariga” so‘zi bilan almashtirilsin.
30. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-fevraldagi 170-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish va hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandi to‘rtinchi xatboshisidagi “korxonalari” so‘zi chiqarib tashlansin.
31. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-apreldagi 329-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 12 va 13-bandlaridagi “korxona va idoralar” so‘zlari “idoralari” so‘zi bilan almashtirilsin.
32. Vazirlar Mahkamasining “Mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan malakali kadrlarni kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 13-maydagi 394-son qarorida:
“O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan mehnat bozori talablarini hisobga olgan holda, band bo‘lmagan aholini Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kasbiy ko‘nikmalar markazlari va boshqa ta’lim muassasalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida kasbga o‘qitish uchun davlat buyurtmasini har yili joylashtirish”;
v) 1-ilovaning to‘rtinchi xatboshisidagi “ Sh.D. Kudbiyev — O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri” so‘zlari “B.E. Zaxidov — O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri” so‘zlari bilan almashtirilsin.
33. Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha uch tomonlama komissiyalar to‘g‘risida” 2019-yil 3-iyuldagi 553-son qarorida:
birinchi xatboshidagi “ Sh.D. Kudbiyev — O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri” so‘zlari “B.E. Zaxidov — O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri” so‘zlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “Q.A. Odinayev — Bandlik va mehnat munosabatlari” so‘zlari “lavozimiga ko‘ra — Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik” so‘zlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “S.S. Sulaymanov — Bandlik va mehnat munosabatlari” so‘zlari “lavozimiga ko‘ra — Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “bandlik va mehnat munosabatlari vaziri” va “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” so‘zlari tegishlicha “kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri” va “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik” so‘zlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i (Qoraqalpog‘iston Respublikasida bandlik va mehnat munosabatlari vaziri)” va “Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi (Qoraqalpog‘iston Respublikasida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi)” so‘zlari tegishlicha “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i (Qoraqalpog‘iston Respublikasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri)” va “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi (Qoraqalpog‘iston Respublikasida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
34. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyuldagi 589-son qarori bilan tasdiqlangan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 4-bandidagi “hamda qo‘shimcha mas’uliyatli” so‘zlari chiqarib tashlansin.
35. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi hamda Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qarorida:
uchinchi xatboshidagi “muvofiq tasdiqlansin” so‘zlari “muvofiq” so‘zi bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Faoliyat ko‘rsatmayotgan kichik tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini qayta tiklashga ko‘maklashish borasida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, iqtisodiyot va moliya organlari hamda soliq organlarining o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 21-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
“Yillik aylanmasi oxirgi uch yil ichida o‘n milliard so‘mdan oshmagan hamda soliq xavfi darajasi o‘rta bo‘lgan, soliq maslahatchilari yoki auditorlik tashkilotlari tomonidan soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilish istagini bildirgan tijorat tashkilotida soliq tekshiruvi o‘tkazilmaydi”;
oltinchi xatboshi quyidagi mazmundagi oltinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“Quyidagi hollarda tijorat tashkilotlarining moliya-xo‘jalik faoliyati tekshirilmaydi:
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmagan hamda soliq qarzi mavjud bo‘lmagan;
oxirgi uch yilda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi o‘n milliard so‘mdan oshmagan, budjet va kreditorlar oldida qarzdorligi mavjud bo‘lmagan, muntazam ravishda soliq hisobotlarini taqdim etayotgan hamda “xavfni tahlil qilish” elektron tizimi baholash natijalariga ko‘ra soliq xavfi darajasi past bo‘lgan. Bunda tadbirkorlik subyektlarining aktivlari va passivlari chiqib ketishi bo‘yicha yuzaga keladigan soliq majburiyatlari to‘liq bajarilgan va soliq qarzi mavjud bo‘lmaganda soliq xizmati organi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga Tizim orqali avtomat tarzda xulosa taqdim etiladi”;
birinchi xatboshi “tomonidan tasdiqlanadi va” so‘zlaridan keyin “tugatuvchi tomonidan bir ish kuni mobaynida” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi xatboshi “soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarzi” so‘zlaridan keyin “, shuningdek, tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha debitor va kreditor qarzi, mol-mulki, tayyor mahsulot qoldiqlari va boshqa aktivlari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
33-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Tijorat banklari ixtiyoriy tugatilayotgan tijorat tashkilotining soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarzi mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotni soliq organlaridan elektron so‘rov orqali tekshirib olishi mumkin”;
37-bandning ikkinchi xatboshisi “statistika organlarini” so‘zlaridan keyin “hamda tijorat banklarini” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
38-bandning ikkinchi xatboshisi “statistika organlariga” so‘zlaridan keyin “hamda tijorat banklariga” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
“Tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxsning asosiy hisobvarag‘i yopilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma Tizim orqali ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga yuboriladi. Bunda tijorat banklari tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxsning soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarzi mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotni soliq organlaridan elektron so‘rov orqali tekshirib olishi mumkin”;
“6-bosqich” pozitsiyasining “Tadbirlar” ustuni qo‘yidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tizim orqali xabardor qilingan kundan boshlab tijorat tashkilotining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishga (taftish qilishga) kirishish, yillik aylanmasi oxirgi uch yil ichida o‘n milliard so‘mdan oshmagan hamda soliq xavfi darajasi o‘rta bo‘lgan, soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlari tomonidan soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilish istagini bildirgan hamda moliya-xo‘jalik faoliyati tekshirilmaydigan tijorat tashkilotlardan tashqari”;
qo‘yidagi mazmundagi “8a-bosqich” pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
Tugatish balansini tijorat tashkiloti muassislari (qatnashchilari) tomonidan tasdiqlangandan soliq xizmati organiga topshiradi.
1 (bir) ish kunida
”;
“9-bosqich” pozitsiyasining “Tadbirlar” ustuni “soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarzi” so‘zlaridan keyin “shuningdek, tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha debitor va kreditor qarzi, mol-mulki, tayyor mahsulot qoldiqlari va boshqa aktivlari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
1-band “yuridik shaxslarni (keyingi o‘rinlarda tijorat tashkiloti deb ataladi)” so‘zlaridan keyin “hamda faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlarini” so‘zlari bilan to‘ldirilsin”;
quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“faoliyatni vaqtincha to‘xtatib turish — yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan faoliyatni boshlash yoki amalga oshirishda moliyaviy mablag‘lar (o‘z mablag‘lari, kredit kabilar) mavjud emasligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra faoliyatini bir yil muddatgacha bo‘lgan davrda vaqtincha to‘xtatish;
Markaziy ma’lumotlar bazasi — O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning markaziy ma’lumotlar bazasi”;
“5. Tijorat tashkilotlarini moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan deb e’tirof etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab uch oy mobaynida bank hisobvaraqlarini ochmaganligi;
bank hisobvaraqlarini ochgan, biroq olti oy mobaynida:
moliya-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha bank hisobvaraqlariga mablag‘lar tushirmaganligi;
elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirmaganligi;
onlayn nazorat-kassa mashinalari, virtual kassa yoki marketpleys to‘lov tizimidan foydalanilmaganligi;
tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirmaganligi”;
6-bandning birinchi xatboshisidagi “to‘qqiz” va “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi” so‘zlari tegishlicha “olti” va “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Soliq qo‘mitasi o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri integratsiya kanali” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“7. Soliq xizmati organi tijorat banklaridan ma’lumot kelib tushgach va (yoki) ushbu Nizomning 5-bandi talablari bo‘yicha soliq organlarining Markaziy ma’lumotlar bazasida mavjud ma’lumotlar asosida uch ish kuni mobaynida tijorat tashkilotlari faollik holatini faoliyat ko‘rsatmayotgan holatga o‘zgartiradi hamda ushbu tashkilotlar to‘g‘risida Tizim orqali ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ va ro‘yxatdan o‘tgan joydagi statistika organlarini xabardor qiladi”;
“d) Markaziy ma’lumotlar bazasida mavjud hamda boshqa organlar, muassasalar va tashkilotlardan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida tijorat tashkilotining faoliyatini axborot tizimlari orqali tekshiruvdan oldingi tahlildan o‘tkazadi”;
10-bandning beshinchi xatboshisi “tijorat tashkilotining muassislariga (qatnashchilariga)” so‘zlaridan keyin “, tijorat banklariga” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
“41-bob. Faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektini davlat reyestridan chiqarish
181. Yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektini davlat reyestridan chiqarish:
qat’iy belgilangan miqdordagi daromad solig‘ini to‘lovchi yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan sanadan boshlab bir yil mobaynida qayta tiklanmagan taqdirda va soliq qarzi mavjud bo‘lmaganda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan;
soliqlar va yig‘imlarni yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan tartibda to‘laydigan yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlarini davlat reyestridan chiqarish — ushbu Nizomning 2 — 4-boblarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
182. Faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektini davlat reyestridan chiqarish soliq xizmati organining xabarnomasi asosida amalga oshiriladi.
183. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ Tizim orqali quyidagi hujjatlar (ma’lumotlar) kelib tushgandan keyin bir ish kuni mobaynida yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektini davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risidagi yozuvni davlat reyestriga kiritadi:
yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektining asosiy hisobvarag‘i yopilganligi to‘g‘risidagi tijorat bankining ma’lumotnomasi;
soliq xizmati organining xabarnomasi;
yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektining muhri, shtamplari (agar mavjud bo‘lsa) topshirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.
184. Davlat reyestridan chiqarilgan yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektining bank hisobvaraqlaridagi mablag‘lar tijorat banklari tomonidan besh ish kunida milliy va xorijiy valyutadagi yagona hisobvaraqlarda jamlanadi hamda hisobvaraq ochilgan bank joylashgan tuman (shahar) mahalliy budjetiga tegishli tijorat banki tomonidan o‘tkaziladi.
185. Tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxs davlat reyestridan chiqarilgandan so‘ng uning soliq va yig‘imlar bo‘yicha ortiqcha to‘langan summalari mahalliy budjetlarning daromadi hisoblanadi”;
“1-bosqich” pozitsiyasining “Tadbirlar” ustunidagi “to‘qqiz” va “Elektron hukumat” tizimi idoralararo” so‘zlari tegishlicha “olti” va “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Soliq qo‘mitasining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“2-bosqich” pozitsiyasining “Tadbirlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tijorat banklaridan ma’lumot tushgan va (yoki) ushbu Nizomning 5-bandi talablari bo‘yicha soliq organlarining Markaziy ma’lumotlar bazasida mavjud ma’lumotlar asosida tijorat tashkilotlari faollik holatini faoliyat ko‘rsatmayotgan holatga o‘zgartirish va bu to‘g‘risida Tizim orqali ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ va ro‘yxatdan o‘tgan joydagi davlat statistika organlarini xabardor qilish”;
“3-bosqich” pozitsiyasi chiqarib tashlansin;
“9-bosqich” pozitsiyasining “Tadbirlar” ustunidagi “uch” so‘zi “bir” so‘zi bilan almashtirilsin;
2-ilovaning nomidagi “to‘qqiz” so‘zi “olti” so‘zi bilan almashtirilsin;
g) quyidagi mazmundagi 21-ilova bilan to‘ldirilsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qaroriga 21-ILOVA
Faoliyat ko‘rsatmayotgan kichik tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini qayta tiklashga ko‘maklashish borasida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, iqtisodiyot va moliya organlari va soliq organlarining o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom faoliyat ko‘rsatmayotgan kichik tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini qayta tiklashga ko‘maklashish borasida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, iqtisodiyot va moliya organlari va soliq organlarining o‘zaro hamkorlik qilish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
kichik tadbirkorlik subyekti — qonunchilik hujjatlarida belgilangan mezonlarga javob beradigan mikrofirmalar va kichik korxonalar;
faoliyat ko‘rsatmayotgan kichik tadbirkorlik subyekti — moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotganligi sababli qonunchilik hujjatlariga muvofiq soliq organlari tomonidan faollik holati faoliyat ko‘rsatmayotgan holatga o‘zgartirilgan tijorat tashkiloti;
moliya-xo‘jalik faoliyati — tijorat tashkilotining mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, savdo va xizmat ko‘rsatish, shuningdek, buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari va boshqa hujjatlarni yuritish bilan bog‘liq faoliyati.
3. Faoliyat ko‘rsatmayotgan kichik tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini qayta tiklashga ko‘maklashish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
2-bob. Iqtisodiyot va moliya organlari va soliq organlari tomonidan amalga oshiriladigan ishlar
4. Tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya bo‘limlari hamda soliq inspeksiyalari har oyda hisobot oyining birinchi sanasiga faoliyat ko‘rsatmayotgan kichik tadbirkorlik subyektlarining ro‘yxatini tasdiqlaydilar.
5. Tuman (shahar) soliq inspeksiyalari bir ish kuni ichida faoliyat ko‘rsatmayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatida ko‘rsatilgan korxonalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklda mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining yordamchisiga (bundan buyon matnda tuman (shahar) hokimining yordamchisi deb yuritiladi) elektron tarzda kuzatuv xati bilan taqdim etadilar.
Bunda tuman (shahar) soliq inspeksiyasi tomonidan yuborilgan kuzatuv xati to‘g‘ridan-to‘g‘ri hokim yordamchisining “online-mahalla” elektron platformasiga kelib tushadi.
3-bob. Tuman (shahar) hokimining yordamchisi tomonidan amalga oshiriladigan ishlar
6. Tuman (shahar) hokimining yordamchisi faoliyat ko‘rsatmayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatini olgan kundan boshlab o‘n ish kunida korxona rahbari va (yoki) ta’sischilari (ishtirokchilari) ishtirokida faoliyat yuritmaslik sabablarini o‘rganadi hamda yakuni bo‘yicha mazkur Nizomga 3-ilovada keltirilgan shakldagi jadvalni to‘ldiradi.
7. Tuman (shahar) hokimining yordamchisi o‘rganish jarayonida korxonaning faoliyat ko‘rsatishi uchun bino va yer uchastkasi ajratish, muhandislik-kommunikatsiya tizimlariga ulanish hamda ulardan foydalanish, faoliyatni yo‘lga qo‘yish uchun ruxsatnoma va litsenziyalar olish yoki kredit ajratilishi lozim bo‘lsa:
mahalladagi bo‘sh bino va yer uchastkalarini aniqlab, ularni tadbirkorlik subyektlariga qonunchilikda belgilangan tartibda berish (realizatsiya qilish) bo‘yicha tegishli tashkilotlarga uch ish kunida takliflar kiritadi;
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga to‘siq bo‘layotgan muammolarning (muhandislik-kommunikatsiya tizimlariga ulanish va ulardan foydalanish, faoliyatni yo‘lga qo‘yish uchun litsenziya yoki ruxsatnomalar olish va boshqalar) tegishli tashkilotlar tomonidan hal etilishini tashkil etadi;
o‘zining vakolatiga kirmaydigan masalalar bo‘yicha murojaatlarni tegishli vakolatli organlar tomonidan ko‘rib chiqish uchun bir ish kunida “business.gov.uz” yagona interaktiv portaliga kiritadi;
tadbirkorlik subyektlarining tadbirkorlik yuritish bo‘yicha tuman (shahar) xalq deputatlari kengashi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha takliflarni tuman (shahar) hokimiga kiritadi;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda kredit va subsidiyalar ajratish bo‘yicha tavsiyanoma beradi;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa choralarni amalga oshiradi.
8. Tuman (shahar) hokimining yordamchisi tomonidan o‘n besh ish kunida korxonalarning faoliyat yuritmaslik sabablari ko‘rsatilgan holda ular faoliyatini tiklash bo‘yicha tuman (shahar) hokimining birinchi o‘rinbosariga axborot va takliflar kiritiladi.
4-bob. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan amalga oshiriladigan ishlar
9. Tuman (shahar) hokimining birinchi o‘rinbosari tomonidan korxonalar rahbarlari va (yoki) ta’sischilari (ishtirokchilari), vazirlik va idoralarning tuman (shahar) bo‘limlari, bank va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalarning faoliyatini tiklash yuzasidan besh ish kunida har bir korxona kesimida yo‘l xaritasi ishlab chiqiladi hamda ishlab chiqilgan yo‘l xaritalari tuman (shahar) hokimi tomonidan bir ish kunida tasdiqlanadi.
10. Yo‘l xaritasida belgilangan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan doimiy nazorat tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.
11. Tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan har o‘n kunda yo‘l xaritasida belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishi to‘g‘risida tuman (shahar) hokimiga axborot kiritib boriladi.
12. Tuman (shahar) hokimlari tomonidan har oy yakuni bilan faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalarning faoliyatini tiklash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlariga axborot kiritiladi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
13. Tuman (shahar) hokimi yordamchisining o‘ziga yuklatilgan vazifalari ijrosi va ular yuzasidan vakolatli organlarga kiritgan murojaatlarini tezkor ko‘rib chiqilishini nazorat qilish tuman (shahar) hokimining birinchi o‘rinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
14. Tuman (shahar) hokimi yordamchisi tomonidan kiritilgan takliflarning va (yoki) murojaatlarning o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlash bo‘yicha shaxsiy javobgarlik va mas’uliyat vakolatli organlarning birinchi rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
15. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Faoliyat ko‘rsatmayotgan kichik tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini qayta tiklashga ko‘maklashish borasida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, iqtisodiyot va moliya organlari va soliq organlarining o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Faoliyat ko‘rsatmayotgan kichik korxonalarning faoliyatini qayta tiklashga ko‘maklashish
SXEMASI
Bosqichlar
Ijrochilar
Chora-tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya bo‘limlari hamda soliq inspeksiyalari
Faoliyat ko‘rsatmayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatini tasdiqlaydi.
Har oyda, hisobot oyining birinchi sanasiga
2-bosqich
Tuman (shahar) soliq inspeksiyalari
Faoliyat ko‘rsatmayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatida ko‘rsatilgan korxonalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mahallaga biriktirilgan tuman (shahar) hokimining yordamchisiga taqdim etadi.
Tasdiqlangan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida
3-bosqich
Tuman (shahar) hokimining yordamchisi
Faoliyat ko‘rsatmayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari rahbari va (yoki) ta’sischilari (ishtirokchilari) ishtirokida faoliyat yuritmaslik sabablarini o‘rganadi.
Ro‘yxat olingan kundan e’tiboran o‘n ish kunida
4-bosqich
Tuman (shahar) hokimining yordamchisi
Korxonalarning faoliyat yuritmaslik sabablari ko‘rsatilgan holda ularning faoliyatini tiklash bo‘yicha tuman (shahar) hokimining birinchi o‘rinbosariga axborot va takliflar kiritadi.
O‘n besh ish kunida
5-bosqich
Tuman (shahar) hokimining birinchi o‘rinbosari
Korxonalar rahbarlari va (yoki) ta’sischilari (ishtirokchilari), vazirlik va idoralarning tuman (shahar) bo‘limlari, bank va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda faoliyat ko‘rsatmayotgan kichik tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tiklash yuzasidan har bir korxona kesimida yo‘l xaritasini ishlab chiqadi.
Besh ish kunida
Ishlab chiqilgan yo‘l xaritalari tuman (shahar) hokimi tomonidan tasdiqlanadi.
Bir ish kunida
6-bosqich
Tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi
Yo‘l xaritasida belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishi to‘g‘risida tuman (shahar) hokimiga axborot kiritadi.
Har o‘n kunda
7-bosqich
Tuman (shahar) hokimlari
Faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalarning faoliyatini tiklash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlariga axborot kiritadi.
Har oy yakuni bilan
Faoliyat ko‘rsatmayotgan kichik tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini qayta tiklashga ko‘maklashish borasida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, iqtisodiyot va moliya organlari va soliq organlarining o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Faoliyat ko‘rsatmayotgan kichik tadbirkorlik subyekti to‘g‘risida
MA’LUMOT
T/r
STIR
Korxona nomi
Yuridik shaxs joylashgan mahalla
Yuridik shaxsning manzili
Korxona rahbari
Ta’sischilar
Faoliyat ko‘rsatmayotgan muddati
F.I.O
Telefon raqami
F.I.Sh
Telefon raqami
Faoliyat ko‘rsatmayotgan kichik tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini qayta tiklashga ko‘maklashish borasida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, iqtisodiyot va moliya organlari va soliq organlarining o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
Korxonaning faoliyat yuritmaslik sabablari to‘g‘risida
MA’LUMOT
T/r
STIR
Nomi
Faoliyat ko‘rsatmayotgan muddati
Yuridik shaxsning manzili
Tiklash istagi yo‘q
Tiklash istagi bor
shundan, iqtisodiy qiyinchilik sabablari bo‘yicha
Aylanma mablag‘i yetarli emas
Kredit olishda muammo mavjud
Yer, bino, ofis va ishlab chiqarish binosi olishda muammo mavjud
Tovar va xizmatlariga talab kamaygan
Elektr, gaz, suv va kommunikatsiya yo‘qligi
Soliq qarzini to‘lash imkoniyati yo‘q
Litsenziya yoki ruxsatnoma olishdagi muammo
Boshqa muammo
”.
36. Vazirlar Mahkamasining “Mehnat bozorida mehnat munosabatlarini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 6-sentabrdagi 743-son qaroriga 4-ilovaning izoh qismida:
“2. Ushbu jadvalda ko‘rsatilmagan lavozimlar uchun mehnatga haq to‘lash bo‘yicha razryadlar budjet tashkiloti yuritishida bo‘lgan tegishli vazirlik (idora) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi”;
b) 3-banddagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik” so‘zlari bilan almashtirilsin.
37. Vazirlar Mahkamasining “Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 8-yanvardagi 8-son qarorida:
a) Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ilovaga 1-ilovaning 12 va 18-pozitsiyalarining “Ma’lumotlarni kiritish uchun mas’ul vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar” ustunidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 4-bandidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik” so‘zlari bilan almashtirilsin.
38. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-avgustdagi 466-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim to‘g‘risidagi nizomning 42-bandi to‘rtinchi va beshinchi xatboshilaridagi “va unitar” so‘zlari chiqarib tashlansin.
39. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-oktabrdagi 636-son qarori bilan tasdiqlangan Uzoq masofada joylashgan va muhim ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishning vaxta usuli to‘g‘risidagi nizomning 47-bandidagi “Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi” so‘zlari “kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
40. Vazirlar Mahkamasining “Davlat ishtirokidagi xo‘jalik jamiyatlari hamda davlat unitar korxonalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 30-oktabrdagi 674-son qarorida:
a) nomi va muqaddimadagi “hamda davlat unitar korxonalari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 1-bandning ikkinchi xatboshisidagi “xo‘jalik jamiyatlari, shuningdek davlat unitar korxonalarining” so‘zlari “xo‘jalik jamiyatlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 4-banddagi va ilovaning nomidagi “xo‘jalik jamiyatlari hamda davlat unitar korxonalarning” so‘zlari “xo‘jalik jamiyatlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
41. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 122-bandning to‘rtinchi xatboshisi “soliqlar bo‘yicha xulosalari mavjud bo‘lgan” so‘zlaridan keyin “hamda ushbu Nizomning 143-bandida nazarda tutilgan” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
b) 125-bandning birinchi xatboshisi “Ixtiyoriy tugatilayotgan yuridik shaxslar” so‘zlaridan keyin “(ushbu Nizomning 143-bandida nazarda tutilgan soliq to‘lovchilar bundan mustasno)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
“143. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmagan hamda soliq qarzi mavjud bo‘lmagan, oxirgi uch yilda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi o‘n milliard so‘mdan oshmagan hamda “Soliq xavfini aniqlash, tahlil qilish va baholash” avtomatlashtirilgan dasturida soliq xavfi darajasi past bo‘lgan tijorat tashkilotlarida soliq auditi o‘tkazilmaydi”.
42. Vazirlar Mahkamasining “Davlat ishtirokidagi xo‘jalik jamiyatlari hamda davlat unitar korxonalarining rasmiy veb-saytlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 19-fevraldagi 81-son qarorida:
a) nomidagi, muqaddimasidagi, 1-bandidagi, qarorga ilovaning nomi va 1-bandidagi tegishli kelishikdagi “jamiyatlari hamda davlat unitar korxonalarining” so‘zlari tegishli kelishikdagi “jamiyatlarining” so‘zi bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “shuningdek davlat unitar korxonalar” so‘zlari chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshidagi “hamda qo‘shimcha mas’uliyatli” hamda “va davlat unitar korxonalari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshidagi “va qo‘shimcha mas’uliyatli” hamda “va davlat unitar korxonalari” so‘zlari chiqarib tashlansin.
43. Vazirlar Mahkamasining “Monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 2-martdagi 114-son qarorining 1-bandning ikkinchi xatboshisidagi va qarorga 1-ilovaning 1-bandi ikkinchi xatboshisidagi “unitar korxonalari yoki” so‘zlari chiqarib tashlansin.
44. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-iyundagi 355-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika mulki obyektlarini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida beg‘araz berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandi uchinchi xatboshisidagi “davlat unitar korxonalari” so‘zlari chiqarib tashlansin.
45. Vazirlar Mahkamasining “Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarini samarali amalga oshirish hamda ularning tadbirkorlik faoliyati uchun mikrokreditlar ajratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 22-iyundagi 388-son qarorida:
a) 1-bandning uchinchi xatboshisidagi “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 4-banddagi va 5-bandning birinchi xatboshisidagi “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligiga” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi;
vakolatli davlat organining hududiy boshqarmasi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari”;
Nizomga 2-ilovaning “3-bosqich” pozitsiyasi “Subyektlar” ustunidagi “huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
g) 2-ilovaga ilovaning “2-bosqich” pozitsiyasi “Tadbirlar” ustunidagi “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 3-ilovaning 1-bandidagi va ilovasining “1-bosqich” pozitsiyasi “Subyektlar” ustunidagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
46. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-iyuldagi 445-son qarori bilan tasdiqlangan Nobank va boshqa moliyaviy tashkilotlar sharhini shakllantirish bo‘yicha statistik hisobotlarni yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-bandining ikkinchi xatboshisidagi, 10-banddagi, Nizomga 1-ilovaning “1b-bosqich” pozitsiyasi “Subyektlar” ustunidagi va 3-ilovaning nomidagi “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi” so‘zlari “Omonatlarni kafolatlash agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
47. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-oktabrdagi 617-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy tashkilotlarga ishga qabul qilingan, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni kasbga qayta tayyorlash kurslarida o‘qitish xarajatlarini kompensatsiya qilish bo‘yicha vaqtinchalik tartibining 4-bandi ikkinchi xatboshisidagi, 6 va 7-bandlaridagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik” so‘zlari bilan almashtirilsin.
48. Vazirlar Mahkamasining “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son qarorida:
a) 2-ilovaning 69-bandi uchinchi xatboshisidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(48-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
v) 6-ilovaning 5-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari” so‘zlari “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik” so‘zlari bilan almashtirilsin.
49. Vazirlar Mahkamasining “Soliq to‘lovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar bo‘yicha xulosa berish huquqiga ega bo‘lgan soliq maslahatchilari tashkilotlari ro‘yxatini yuritish va soliq to‘lovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlarga doir xulosalarni berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 2-noyabrdagi 664-son qarorida:
a) nomi “soliq maslahatchilari tashkilotlari” so‘zlaridan keyin “hamda auditorlik tashkilotlari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
“O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi tomonidan soliq maslahatchilari tashkilotlarining hamda auditorlik tashkilotlarining ro‘yxatini e’lon qilib borish tartibi”;
“soliq maslahatchilari tashkilotlari hamda auditorlik tashkilotlari tomonidan soliq maslahati bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish va soliq to‘lovchi ixtiyoriy tugatilganda soliqlarga doir xulosani berish va e’tirof etish tartibi”;
yettinchi xatboshi “soliq maslahatchilari tashkilotlarining” so‘zlaridan keyin “yoki auditorlik tashkilotlarining” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
“Mazkur Nizom ro‘yxatga kiritilgan soliq maslahatchilari tashkilotlari hamda auditorlik tashkilotlari, shuningdek yillik aylanmasi oxirgi uch yil ichida o‘n milliard so‘mdan oshmagan hamda O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — Soliq qo‘mitasi) “Soliq xavfini aniqlash, tahlil qilish va baholash” avtomatlashtirilgan dasturi (keyingi o‘rinlarda — dastur) orqali aniqlanadigan soliq xavfi darajasi o‘rta bo‘lgan — yuridik shaxslar hamda soliqlar va yig‘imlarni yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan tartibda to‘laydigan yakka tartibdagi tadbirkorlarga (keyingi o‘rinlarda — soliq to‘lovchilar) nisbatan tatbiq etiladi”;
2-bob nomidagi “soliq maslahatchilari tashkilotlarining” so‘zlari “soliq maslahatchilari tashkilotlari hamda auditorlik tashkilotlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“3. Tashkil etilganidan boshlab bir yildan ortiq muddat davomida faoliyat olib borayotgan hamda shtatida kamida bir yillik soliq maslahatchisi stajiga ega bo‘lgan soliq maslahatchilari mavjud bo‘lgan yoxud shartnoma asosida ularni jalb etgan holda faoliyat yuritayotgan soliq maslahatchilari va auditorlik tashkilotlari soliq to‘lovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar bo‘yicha xulosa berish huquqiga ega tashkilotlar ro‘yxatiga kiritiladi.
Soliq to‘lovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar bo‘yicha xulosa berish huquqiga ega bo‘lgan soliq maslahatchilari tashkilotlari hamda auditorlik tashkilotlarining ro‘yxatini yuritish va soliq to‘lovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlarga doir xulosalarni berish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan soliq maslahatchilari tashkilotlari hamda auditorlik tashkilotlari soliq to‘lovchilar ixtiyoriy tugatilganda ularga soliqlar bo‘yicha xulosa beruvchi soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlari sifatida ro‘yxatga kiritilishini so‘rab O‘zbekiston Soliq maslahatchilari palatasiga (keyingi o‘rinlarda — Palata) murojaat qiladi.
5. Murojaat tushgan kundan boshlab Palata uch ish kuni davomida ro‘yxatga kiritishni so‘rab murojaat qilgan soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlarining mazkur Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan talablarga muvofiqligini Soliq maslahatchilari reyestrida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida o‘rganib chiqadi va soliq maslahatchilari tashkiloti yoki auditorlik tashkilotini ro‘yxatga kiritish yoki ro‘yxatga kiritishni rad etish to‘g‘risida xulosa beradi”;
“soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlarini ro‘yxatga kiritish to‘g‘risida xulosa qabul qilinganda ushbu xulosa asosida ularning ro‘yxati shakllantiriladi va soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlari bu haqida xabardor qilinadi;
soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlari ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan talablarga muvofiq kelmaganda ularni ro‘yxatga kiritishni rad etish to‘g‘risida xulosa qabul qilinadi va u soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlariga mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan muddatlarda taqdim etiladi”;
birinchi xatboshi “Soliq maslahatchilari tashkilotlari” so‘zlaridan keyin “yoki auditorlik tashkilotlari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “soliq maslahatchilari tashkilotlarini” so‘zlari “soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlarini” so‘zlari bilan almashtirilsin;
8-bandning birinchi xatboshisi “soliq maslahatchilari tashkilotlari” so‘zlaridan keyin “hamda auditorlik tashkilotlari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
“10. Yillik aylanmasi oxirgi uch yil ichida o‘n milliard so‘mdan oshmagan hamda soliq xavfi darajasi o‘rta bo‘lgan soliq to‘lovchilar soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilishi mumkin bo‘lgan soliq to‘lovchilar ro‘yxatiga kiritiladi”;
11-bandning birinchi xatboshisi va 13-bandning birinchi xatboshisi “soliq maslahatchilari tashkilotlari” so‘zlaridan keyin “yoki auditorlik tashkilotlari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
“16. Soliq to‘lovchi soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilish jarayonida ro‘yxatga kiritilgan soliq maslahatchilari tashkiloti yoki auditorlik tashkiloti bilan tuzilgan shartnomaga asosan soliq maslahatchilari tashkilotiga yoki auditorlik tashkilotiga barcha zarur hujjatlarni, shuningdek, oxirgi uch yillik davr uchun bank hisobvarag‘idan ko‘chirmani taqdim etadi.
Soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilish jarayonida ro‘yxatga kiritilgan soliq maslahatchilari tashkiloti yoki auditorlik tashkiloti tomonidan soliq to‘lovchining yillik aylanmasi oxirgi uch yilning biror-bir yilida 10 mlrd so‘mdan oshganligi aniqlangan taqdirda, soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilish jarayoni to‘xtatiladi hamda shartnoma bekor qilinadi”;
birinchi xatboshi “soliq maslahatchilari tashkilotlari” so‘zlaridan keyin “yoki auditorlik tashkilotlari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
uchinchi xatboshi “Soliq maslahatchilari tashkiloti” so‘zlaridan keyin “yoki auditorlik tashkiloti” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
18-band “soliq maslahatchilari tashkilotlari” so‘zlaridan keyin “yoki auditorlik tashkilotlari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
19-band “Soliq maslahatchilari tashkilotlari” so‘zlaridan keyin “yoki auditorlik tashkilotlari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
20-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari “soliq maslahatchilari tashkilotlari” so‘zlaridan keyin “yoki auditorlik tashkilotlari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
21-bandda “soliq maslahatchilari tashkilotlari” so‘zlaridan keyin “yoki auditorlik tashkilotlari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
birinchi va ikkinchi xatboshilari “soliq maslahatchilari tashkilotlari” so‘zlaridan keyin “yoki auditorlik tashkilotlari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
uchinchi xatboshidagi “soliq maslahatchilari tashkilotlarining” so‘zlari “soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
24-band “soliq maslahatchilari tashkilotlari” so‘zlaridan keyin “yoki auditorlik tashkilotlari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
25-banddagi “soliq maslahatchilari tashkilotlarining” so‘zlari “soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
ilova belgisi va nomidagi “soliq maslahatchilari tashkilotlarining” so‘zlari “soliq maslahatchilari tashkilotlari hamda auditorlik tashkilotlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“1-bosqich” pozitsiyada:
“Subyektlar” ustuni “soliq maslahatchilari tashkilotlari” so‘zlaridan keyin “hamda auditorlik tashkilotlari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
“Tadbirlar” ustuni “soliq maslahatchilari tashkilotlari” so‘zlaridan keyin “yoki auditorlik tashkilotlari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
“2-bosqich” pozitsiyaning “Tadbirlar” ustunida:
1-banddagi “Soliq maslahatchilari tashkilotlarining” so‘zlari “Soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-banddagi “Soliq maslahatchilari tashkilotini” so‘zlari “Soliq maslahatchilari tashkiloti yoki auditorlik tashkilotini” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“3-bosqich” pozitsiyaning “Tadbirlar” ustuni 1 va 2-bandlaridagi “Soliq maslahatchilari tashkilotlarini” so‘zlari “Soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlarini” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“4-bosqich” pozitsiyaning “Tadbirlar” ustuni 1 va 2-bandlaridagi tegishli kelishikdagi “Soliq maslahatchilari tashkilotlari” so‘zlari tegishli kelishikdagi “Soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“5-bosqich” pozitsiyaning “Subyektlar” ustuni “Soliq maslahatchilari tashkilotlari” so‘zlaridan keyin “yoki auditorlik tashkilotlari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
“7-bosqich” pozitsiyaning “Tadbirlar” ustuni qo‘yidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yillik aylanmasi oxirgi uch yil ichida o‘n milliard so‘mdan oshmagan hamda soliq xavfi darajasi o‘rta bo‘lgan soliq to‘lovchilar soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilishi mumkin bo‘lgan soliq to‘lovchilar ro‘yxati shakllantiriladi”;
“11-bosqich” pozitsiyada:
“Tadbirlar” ustuni “soliq maslahatchilari tashkilotlari” so‘zlaridan keyin “yoki auditorlik tashkilotlari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
“Bajarish muddatlari” ustunidagi “7” raqami “10” raqami bilan almashtirilsin;
“12-bosqich” pozitsiyada:
“Subyektlar” ustuni “Soliq maslahatchilari tashkilotlari” so‘zlaridan keyin “hamda auditorlik tashkilotlari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
“Tadbirlar” ustunidagi “1” raqami “10” raqami bilan almashtirilsin;
“13-bosqich” pozitsiyaning “Tadbirlar” ustuni “Soliq maslahatchilari tashkilotlari” so‘zlaridan keyin “yoki auditorlik tashkilotlari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Nizomga 2 va 3-ilova qo‘yidagi tahrirda bayon etilsin:
“Soliq to‘lovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar bo‘yicha xulosa berish huquqiga ega bo‘lgan soliq maslahatchilari tashkilotlari hamda auditorlik tashkilotlari ro‘yxatini yuritish va soliq to‘lovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlarga doir xulosalarni berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Soliq to‘lovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlarga doir xulosa berish huquqiga ega bo‘lgan soliq maslahatchilari tashkilotlari hamda auditorlik tashkilotlari
RO‘YXATI
T/r
Soliq maslahatchilari tashkiloti yoki auditorlik tashkilotining to‘liq nomi
STIR
Davlat ro‘yxatidan o‘tgan sana
Pochta manzili
Telefon raqami
Soliq to‘lovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar bo‘yicha xulosa berish huquqiga ega bo‘lgan soliq maslahatchilari tashkilotlari hamda auditorlik tashkilotlari ro‘yxatini yuritish va soliq to‘lovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlarga doir xulosalarni berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
Soliq to‘lovchi ixtiyoriy tugatilganda soliqlarga doir
XULOSA
Soliq to‘lovchi ____________________________________________________________________ bo‘yicha
(to‘liq nomi)
(soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotining nomi, davlat ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumot, uning rekvizitlari)
(soliq to‘lovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar bo‘yicha xulosa berish huquqiga ega bo‘lgan soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlarining ro‘yxatiga kiritilganligi haqida ma’lumot (Soliq maslahatchilari palatasi veb-saytidagi ro‘yxat raqami)
(soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotining rahbari va soliq maslahati bo‘yicha xizmat ko‘rsatgan soliq maslahatchisining F.I.O. va malaka sertifikati berilgan sanasi va raqami)
(ixtiyoriy tugatilayotgan soliq to‘lovchining (mijoz) to‘liq nomi, STIR, manzili, rekvizitlari)
(ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sana/ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga ixtiyoriy to‘xtatish to‘g‘risida ariza taqdim etilgan sana)
(ixtiyoriy tugatilayotgan soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga soliq maslahatchilari tashkiloti yoki auditorlik tashkiloti bilan soliq to‘lovchi tomonidan soliqlarga doir xulosa berish bo‘yicha shartnoma tuzish huquqi mavjudligi to‘g‘risida Soliq qo‘mitasi tomonidan xabarnoma yuborilgan sana)
(soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun tuzilgan shartnoma haqida ma’lumot (raqam va sana)
Xizmat ko‘rsatilgan davrlar
(kalendar yil(lar))
(soliq to‘lovchi haqida qisqacha ma’lumot (davlat ro‘yxatidan o‘tgan sana), amalga oshirgan faoliyat turlari)
(ta’sischilar va ustav fondi haqida ma’lumot)
litsenziyalanadigan faoliyat turi haqida ma’lumot (nomi, raqami, sanasi)
(xulosa berilgan davrda (yillar bo‘yicha) to‘langan soliq turlari, aylanma (tushum) miqdori)
(aniqlangan tafovutlarning soliq maslahatchilari tashkiloti yoki auditorlik tashkiloti tavsiyasiga ko‘ra xizmat ko‘rsatish jarayonida bartaraf etilishi to‘g‘risida ma’lumot (agar bartaraf etilgan bo‘lsa)
Ixtiyoriy tugatilayotgan soliq to‘lovchiga ko‘rsatilgan soliq maslahatini ko‘rsatish natijasi quyidagicha:
_________ yilgi faoliyati bo‘yicha:
so‘mda
T/r
Soliq turi
Soliq to‘lovchi hisoboti bo‘yicha
Soliq maslahatchilari tashkiloti yoki auditorlik tashkilotining ma’lumoti bo‘yicha
Farqi
_________ yilgi faoliyati bo‘yicha:
so‘mda
T/r
Soliq turi
Soliq to‘lovchi hisoboti bo‘yicha
Soliq maslahatchilari tashkiloti yoki auditorlik tashkilotining ma’lumoti bo‘yicha
Farqi
_________ yilgi faoliyati bo‘yicha:
so‘mda
T/r
Soliq turi
Soliq to‘lovchi hisoboti bo‘yicha
Soliq maslahatchilari tashkiloti yoki auditorlik tashkilotining ma’lumoti bo‘yicha
Farqi
Tavsiyalar:
(tafovut aniqlanganda, ularni bartaraf etish bo‘yicha Soliq qo‘mitasiga yuboriladigan hujjatlar to‘g‘risida ma’lumot va boshqa tavsiyalar)
Soliq maslahatchilari tashkiloti yoki
auditorlik tashkilotining rahbari __________________ F.I.O. __________ imzo
Soliq maslahatchisi _____________________________ F.I.O. __________ imzo.
”.
50. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-dekabrdagi 733-son qarori bilan tasdiqlangan Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 10-bandi “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) talabgorni davlat ro‘yxatidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlar (guvohnoma va ustavi hamda ta’sis shartnomasi (agar mavjud bo‘lsa, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar uchun faqat ustav) nusxasi”.
51. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-dekabrdagi 792-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o‘quvchilarini kasb-hunarga tayyorlashni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 6-banddagi “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 15-banddagi “Xalq ta’limi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishgan holda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi” so‘zlari “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishgan holda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 19-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” so‘zlari “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 27-banddagi “Xalq ta’limi vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” so‘zlari “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“4-bosqich” pozitsiyaning “Ijrochilar” ustunidagi “xalq ta’limi” so‘zlari “maktabgacha va maktab ta’limi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“5-bosqich” pozitsiyaning “Ijrochilar” ustunidagi “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” so‘zlari “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
52. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-fevraldagi 47-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining elektron reyestri hamda reytingini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 19-bandi “b” kichik bandi to‘rtinchi xatboshisidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik” so‘zlari bilan almashtirilsin.
53. Vazirlar Mahkamasining “2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 21-fevraldagi 83-son qarorida:
1.1 — 1.4, 1.b, 3.s, 4.3, 4.4, 5.4, 5.a, 8.3, 8.5, 8.7 — 8.9, 8.b, 10.1, 10.3, 10.4, 10.7, 11.2, 12.b-vazifalarning “Mas’ul ijrochilar” ustunidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik” so‘zlari bilan almashtirilsin;
8.6-vazifaning “Mas’ul ijrochilar” ustunidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” va “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi” so‘zlari tegishlicha “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik” va “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-ilovaning sakkizinchi xatboshisidagi “N.B. Xusanov — bandlik va mehnat munosabatlari vaziri” so‘zlari “B.E. Zaxidov — kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 4-ilovaning 4-bandidagi “E. Muxitdinov — bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari” so‘zlari “M. Jo‘rayev — kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 5-ilovaning 3-bandidagi “E. Muxitdinov — bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari” so‘zlari “M. Jo‘rayev — kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 7-ilovaning 6-bandidagi “E. Muxitdinov — bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari” so‘zlari “M. Jo‘rayev — kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) 10-ilovaning 4-bandidagi “E. Muxitdinov — bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari” so‘zlari “M. Jo‘rayev — kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
j) 11-ilovaning 4-bandidagi “E. Muxitdinov — bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari” so‘zlari “M. Jo‘rayev — kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
54. Vazirlar Mahkamasining “Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarzlarni jalb qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 9-martdagi 107-son qarorida:
a) muqaddimadagi “Davlat unitar korxonalari va ustav” so‘zlari “Ustav” so‘zi bilan almashtirilsin;
b) 2-bandning birinchi xatboshisidagi “davlat unitar korxonalari va” so‘zlari chiqarib tashlansin;
v) 2-ilovaga 4-ilovaning 3-pozitsiyasi “g” kichik bandidagi “Davlat korxonasining” so‘zlari “Korxonaning” so‘zi bilan almashtirilsin.
55. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-son qarori bilan tasdiqlangan “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
“a” kichik banddagi “mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari, Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari” so‘zlari “kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“b” va “v” kichik bandlardagi “mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari hamda Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari” so‘zlari “kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“v” kichik banddagi “mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari” so‘zlari “kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 34-bandning o‘ninchi xatboshisidagi “aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari” so‘zlari “kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 41-banddagi “Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
g) 42-bandning uchinchi xatboshisidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1-pozitsiyaning “Kredit, subsidiya, grant yoki moddiy yordam turi” va “Murojaat etiladigan organ” ustunlaridagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2, 4, 32 va 33-pozitsiyalarning “Murojaat etiladigan organ” ustunidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” va “Mablag‘ ajratilishiga ko‘maklashuvchi mas’ul” ustunidagi “Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari” so‘zlari tegishlicha “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” va “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-pozitsiyaning “Murojaat etiladigan organ” ustunidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
22 — 27, 29 va 30-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
28-pozitsiyaning “Moliyalashtirish manbasi” ustunidagi “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi” va “Murojaat etiladigan organ” ustunidagi “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari tegishlicha “Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi” va “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
56. Vazirlar Mahkamasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligiga ko‘maklashishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 20-apreldagi 203-son qarorining 3-bandi birinchi xatboshisidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik” so‘zlari bilan almashtirilsin.
57. Vazirlar Mahkamasining “Mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibini tasdiqlash haqida” 2022-yil 9-iyundagi 322-son qarorida:
a) 3-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning 2-bandi ikkinchi xatboshisidagi “aholi bandligiga ko‘maklashish markazi” so‘zlari “kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
58. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-avgustdagi 420-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat aktivlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3-bandi uchinchi xatboshisidagi “davlat unitar korxonalari” so‘zlari chiqarib tashlansin.
59. Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 2-avgustdagi 426-son qarorida:
a) 2-ilovaning 10-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 5-ilovaning 13-bandi “Ma’lumot va hujjatlarni berish uchun mas’ul vakolatli organlar” ustunidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(60-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
61. Vazirlar Mahkamasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 31-avgustdagi 486-son qarorida:
a) 3-banddagi “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlariga” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 7-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik” so‘zlari bilan almashtirilsin.
62. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-oktabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, avval davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishiga o‘zgartirishlar va (yoki) qo‘shimchalar kiritish, avval davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini bekor qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentida:
a) 7-bandning “g” kichik bandi uchinchi xatboshisidagi “va qo‘shimcha mas’uliyatli” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 3a-ilovaning 12-bandi ikkinchi ustunidagi “va qo‘shimcha mas’uliyatli” so‘zlari chiqarib tashlansin.
63. Vazirlar Mahkamasining “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 14-oktabrdagi 600-son qarorida:
5-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi, 6-banddagi, Nizomga ilovaning “1-bosqich” pozitsiyasi “Tadbirlar” ustunidagi va “2-bosqich” pozitsiyasi “Subyektlar” va “Tadbirlar” ustunlaridagi tegishli kelishikdagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” so‘zlari tegishli kelishikdagi “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik” so‘zlari bilan almashtirilsin;
7-banddagi va Nizomga ilovaning “3-bosqich” pozitsiyasi “Tadbirlar” ustunidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Aholi bandligiga ko‘maklashish markazida (keyingi o‘rinlarda — Markaz)” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida (keyingi o‘rinlarda — bo‘lim)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
10, 11, 19-bandlardagi, Nizomga ilovaning 5, 10-bosqich pozitsiyalari “Tadbirlar” ustunidagi hamda 6, 11-bosqich pozitsiyalari “Subyektlar” ustunidagi tegishli kelishikdagi “Markaz” so‘zi tegishli kelishikdagi “Bo‘lim” so‘zi bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasiga” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 13-bandidagi va 3-ilovaning 4-bandi uchinchi xatboshisidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik” so‘zlari bilan almashtirilsin.
64. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-oktabrdagi 606-son qarori bilan tasdiqlangan “Inno” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparki to‘g‘risidagi nizomning 9-bandi birinchi xatboshisidagi “hamda qo‘shimcha mas’uliyatli” so‘zlari chiqarib tashlansin.
65. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 647-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashi tarkibiga davlat ulushi bo‘yicha nomzodlarni tanlab olish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 1-bandning ikkinchi xatboshisidagi “va davlat unitar korxonalari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “shuningdek davlat unitar korxonasi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
66. Vazirlar Mahkamasining “Mahallalarda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 8-noyabrdagi 650-son qarorida:
a) 6-banddagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 7-banddagi “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-banddagi “E. Muxitdinov — bandlik va mehnat munosabatlari” so‘zlari “M. Jo‘rayev — kambag‘allikni qisqartirish va bandlik” so‘zlari bilan almashtirilsin;
6-band chiqarib tashlansin;
Nizomga 3-ilovaning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Lavozimga ko‘ra — Tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i”.
67. Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘linmalari huzuridagi “To‘maris izdoshlari” jamoaviy guruhlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 19-yanvardagi 21-son qarorining 6-bandi birinchi xatboshisidagi va “v” kichik bandi uchinchi xatboshisidagi, 1-ilovasi 4-bandidagi “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
68. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 107-son qarori bilan tasdiqlangan “Elektron hukumat” tizimining ma’lumotlarni qayta ishlash markazida davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlarini joylashtirish, saqlash va qayta ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandi uchinchi xatboshisidagi “hamda davlat unitar korxonalari” so‘zlari chiqarib tashlansin.
69. Vazirlar Mahkamasining “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar ajratishni takomillashtirish hamda aholining doimiy daromad manbalarini ko‘paytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 19-apreldagi 161-son qarorining 3-bandi uchinchi xatboshisidagi va 5-bandning birinchi xatboshisidagi “huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
70. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 29-apreldagi 171-son qaroriga 2-ilovada:
v) quyidagi mazmundagi 101 va 102-boblar bilan to‘ldirilsin:
“101-bob. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining funksiyalari
501. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi tomonidan shartnoma asosida chet davlatlarga ishga yuborilayotgan fuqarolar bilan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha FVV bilan hamkorlikda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish.
102-bob. O‘zbekiston mahallalari uyushmasining funksiyalari
502. Mahalla fuqarolar yig‘inlari darajasida favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi sohasidagi vazifalarni hal etishda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga hamda boshqa tashkilotlarga ko‘maklashish.
503. Mahalla fuqarolar yig‘inlarining ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lmagan aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash.
504. “Mahalla fuqaro muhofazasi” yig‘ma guruhlarini tuzish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
505. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish tadbirlariga aholini ixtiyoriy ravishda jalb etish.
506. Aholining favqulodda vaziyat zonasidan xavfsiz joylarga evakuatsiyasini tashkil etishda ishtirok etish.
507. Evakuatsiya qilingan aholini hisobga olishda va vaqtinchalik joylashtirishda ishtirok etish.
508. Tizim obyektlarida favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlarini rejalashtirish va amalga oshirish.
509. Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga doir tadbirlarni amalga oshirish”.
71. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-apreldagi 173-son qarori bilan tasdiqlangan Sirdaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomning 3-bandi ikkinchi xatboshisidagi “hamda davlat unitar korxonalari” so‘zlari chiqarib tashlansin.
72. Vazirlar Mahkamasining “Respublika chegaraoldi shahar va tumanlaridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tashkil etilgan “Yosh chegarachilar” klublari faoliyatini tartibga solish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 26-iyundagi 261-son qarorida:
a) 2-ilovaning 34-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” so‘zlari “O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-ilovaning beshinchi xatboshisidagi “I.M. Xoliqov — O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Mahalla institutini rivojlantirish departamenti rahbari” so‘zlari “J.Sh. Choriyev — O‘zbekiston mahallalari uyushmasi boshqarma boshlig‘i” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 4-ilovaning oltinchi xatboshisidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari, Viloyat kambag‘allikni va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i” so‘zlari “O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar boshqarmalari boshliqlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 4a-ilovaning oltinchi xatboshisidagi “tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i” so‘zlari “O‘zbekiston mahallalari uyushmasining tuman (shahar) bo‘limi boshlig‘i” so‘zlari bilan almashtirilsin.
73. Vazirlar Mahkamasining “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 7-iyuldagi 279-son qarorida:
a) 1-ilovaning o‘n uchinchi xatboshisidagi “M. Ubaydullayev — Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining direktori” so‘zlari “Lavozimiga ko‘ra — Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining departament boshlig‘i” so‘zlari bilan almashtirilsin;
6-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 2-ilovaning “3-bosqich” pozitsiyasi “Subyektlar” ustunidagi “mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
17-banddagi “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
74. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyuldagi 312-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat aktivlarini samarali boshqarishni tashkil etishda baholovchi tashkilotlar xizmatlarining boshlang‘ich qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 4-bandi uchinchi xatboshisidagi “davlat unitar korxonalari” so‘zlari chiqarib tashlansin.
75. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-sentabrdagi 450-son qarori bilan tasdiqlangan Aholining ijtimoiy ehtiyojmand ayrim toifalarini qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ning 4-bandida:
a) “Amalga oshirish mexanizmi” ustunining 2-bandi chiqarib tashlansin;
b) “Moliyalashtirish manbai” ustunidagi “Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
v) 7-pozitsiyaning “Moliyalashtirish manbai” ustunidagi “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi maqsadli jamg‘armalari” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
76. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandi ikkinchi xatboshisidagi “va davlat unitar korxonasi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
77. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 694-son qarori bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining raqobatga ta’sirini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 7-bandi “z” kichik bandidagi “davlat unitar korxonasi yoki” so‘zlari chiqarib tashlansin.
78. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-yanvardagi 23-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 9-bandning oltinchi xatboshisidagi “xo‘jalik jamiyatlari va davlat unitar korxonalarini” so‘zlari “xo‘jalik jamiyatlarini” so‘zlari bilan almashtirilsin chiqarib tashlansin;
“b” kichik bandning ikkinchi xatboshisidagi “unitar korxonalari va” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“v” kichik bandning o‘n ikkinchi xatboshisidagi “davlat unitar korxonasini yoki” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“d” kichik bandning birinchi xatboshisidagi “xo‘jalik jamiyatlari va davlat unitar korxonalarini” so‘zlari “xo‘jalik jamiyatlarini” so‘zlari bilan almashtirilsin chiqarib tashlansin;
“e” kichik bandning to‘qqizinchi xatboshisidagi “xo‘jalik jamiyatlari hamda davlat unitar korxonalari” so‘zlari “xo‘jalik jamiyatlarini” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“m” kichik bandning uchinchi xatboshisidagi “davlat unitar korxonalari va” so‘zlari chiqarib tashlansin;
v) 11-bandning 2-kichik bandidagi “xo‘jalik jamiyatlari va davlat unitar korxonalarini” so‘zlari “xo‘jalik jamiyatlarini” so‘zlari bilan almashtirilsin chiqarib tashlansin
4-kichik banddagi “hamda qo‘shimcha mas’uliyatli” so‘zlari chiqarib tashlansin;
11-kichik banddagi “davlat unitar korxonalariga va” so‘zlari chiqarib tashlansin.
79. Vazirlar Mahkamasining “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 20-yanvardagi 37-son qarorining 10-bandi uchinchi xatboshisidagi “Hunarmandchilik va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
80. Vazirlar Mahkamasining “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2024-yil 1-maydagi 256-son qarorida:
a) 4-ilovaning 1-bandi to‘rtinchi xatboshisidagi “unitar korxonalari yoki” so‘zlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatning” so‘zlari chiqarib tashlansin;
to‘qqizinchi xatboshidagi “yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat” so‘zlari chiqarib tashlansin.
81. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-iyuldagi 410-son qarori bilan tasdiqlangan Issiqxona xo‘jaliklariga xorijdan malakali agronom, entomolog va laboratoriya mutaxassislarini jalb qilish xarajatlarining 50 foizini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 9-bandi uchinchi xatboshisidagi“Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
82. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-avgustdagi 476-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika oziq-ovqat sanoati korxonalarida xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilish hamda laboratoriyaga zarur bo‘lgan uskuna va jihozlarni xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar uchun subsidiyalar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 6-bandi to‘rtinchi xatboshisidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 8-bandi to‘rtinchi xatboshisidagi “bandlik bo‘limi” so‘zlari “bandlikka ko‘maklashish bo‘limi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) Nizomga 1-ilovaning 3-bandidagi “bandlik bo‘limi” so‘zlari “bandlikka ko‘maklashish bo‘limi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) Nizomga 4-ilovaning 3-pozitsiyasi “Lavozimi” ustunidagi “bandlik bo‘limi” so‘zlari “bandlikka ko‘maklashish bo‘limi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
83. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 910-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikni ta’minlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan majburiyatlarga rioya etilishini masofadan monitoring qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 13-ilovada:
a) nomidagi “yuridik shaxslar hamda davlat unitar korxonalarining” so‘zlari “yuridik shaxslarning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) izoh qismining 1-bandidagi “hamda davlat unitar korxonasi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
84. Vazirlar Mahkamasining “Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 11-martdagi 158-son qarorida:
“2026-yil 1-yanvardan boshlab Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan aholiga naqd pul shaklida beriladigan subsidiya, grant va ssudalar bosqichma-bosqich ijtimoiy karta orqali ajratiladi”;
“16. Direksiya so‘rovnomalar to‘g‘riligi va talabgorlarga ajratiladigan moliyaviy yordamlarni maqsadli foydalanishi va natijadorligi yuzasidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining tuman (shahar) bo‘limlari va hokim yordamchilari ko‘magida monitoringini amalga oshiradi”;
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini tijorat banklariga joylashtirishdan foiz shaklida olinadigan daromadlarning 50 foizini Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining mehnat organlari xodimlarining mehnatini rag‘batlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash jamg‘armasiga yo‘naltirish”;
2-paragrafning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qishloq xo‘jaligi va dorivor o‘simliklarni yetishtirish bo‘yicha kooperativlar ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun subsidiya ajratish tartibi”;
“17. Arizada talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi, doimiy yashash manzili, pasport (ID-karta) seriyasi va raqami, rasmiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan ijara yer egalari yoki “Kambag‘al oilalar reyestri”ga kiritilgan oila a’zosi ekanligi va kooperativning qaysi faoliyat turi bilan shug‘ullanishi hamda so‘ralayotgan subsidiyaning miqdori ko‘rsatiladi.
Kooperativlar ustav fondiga ulush sifatida kirishda qishloq xo‘jaligi kooperativiga a’zolik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha hamda dorivor o‘simliklarni yetishtirish bo‘yicha kooperativga a’zolik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorda subsidiya ajratiladi”;
21-bandning ikkinchi xatboshisi “hunarmandchilik” so‘zidan keyin “hamda dorivor o‘simliklarni yetishtirish” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
“25. Talabgor belgilangan tartibda qishloq xo‘jaligi va dorivor o‘simliklarni yetishtirish bo‘yicha kooperativni tashkil etgandan yoki qishloq xo‘jaligi va dorivor o‘simliklarni yetishtirish bo‘yicha kooperativga ixtiyoriy a’zo bo‘lgandan so‘ng Jamg‘armaga bank rekvizitlarini taqdim etadi”;
100-banddagi “subsidiya” so‘zi “ssuda” so‘zi bilan almashtirilsin.
85. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi 126-son qarori bilan tasdiqlangan Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmatini tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga subsidiya ajratish va kompensatsiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 8-bandi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Tarbiyalanuvchining ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) Vazirlar Mahkamasining “Transport xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish orqali ko‘rish va harakatlanish bilan bog‘liq kasalliklarga chalingan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ta’lim olish sharoitlarini yaxshilash to‘g‘risida” 2025-yil 28-fevraldagi 132-son qaroriga muvofiq Transport xizmatidan foydalanuvchilar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lsa, ushbu tarbiyalanuvchi uchun kompensatsiya to‘lanmaydi”.
86. Vazirlar Mahkamasining “Transport xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish orqali ko‘rish va harakatlanish bilan bog‘liq kasalliklarga chalingan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ta’lim olish sharoitlarini yaxshilash to‘g‘risida” 2025-yil 28-fevraldagi 132-son qarorida:
“b) loyiha doirasida quyidagi ta’lim muassasalari va tashkilotlari, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan kunduzgi parvarish xizmatida ta’lim-tarbiya oluvchi ko‘rish va harakatlanish bilan bog‘liq kasalliklarga chalingan bolalarga (keyingi o‘rinlarda — o‘quvchilar) transport xizmatlarini ko‘rsatish:
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va ulardagi “G‘amxo‘rlik” guruhlari hamda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va ulardagi “G‘amxo‘rlik” guruhlari, o‘rta maxsus hamda kasbiy ta’lim tashkilotlari”;
“2. Transport xizmati qonunchilikda belgilangan tartibda quyidagi ta’lim muassasalari va tashkilotlari, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan kunduzgi parvarish xizmatida (keyingi o‘rinlarda — ta’lim tashkilotlari) ta’lim-tarbiya oluvchi ko‘rish va harakatlanish bilan bog‘liq kasalliklarga chalingan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga (keyingi o‘rinlarda — o‘quvchilar) ta’lim tashkilotiga yoki kunduzgi parvarish xizmati joylashgan manzilga borishi va undan kelishi uchun ko‘rsatiladi:
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va ulardagi “G‘amxo‘rlik” guruhlari hamda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va ulardagi “G‘amxo‘rlik” guruhlari, o‘rta maxsus hamda kasbiy ta’lim tashkilotlari.
Bunda:
a) “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida (keyingi o‘rinlarda — “Ijtimoiy himoya” AT) transport xizmatidan foydalanuvchi o‘quvchilar hamda ularning qonuniy vakillari (ota-onalar, farzandlikka oluvchilar, vasiy va homiylar, tutingan ota-onalar) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatidan foydalanuvchilar ro‘yxati (keyingi o‘rinlarda — Transport xizmatidan foydalanuvchilar ro‘yxati) shakllantirib boriladi;
b) transport xizmati quyidagi kasalliklarga chalingan va “Ijtimoiy himoya” ATning Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya va Tibbiy-ijtimoiy-ekspert komissiya elektron modullarida ro‘yxatda turgan o‘quvchilarga ko‘rsatiladi:
bolalar serebral falaji (BSF) (GMFCS klassifikatsiyasiga ko‘ra 3-4-5 daraja);
og‘ir darajali aqliy zaiflik (F72);
chuqur aqliy zaiflik (F73);
bolalar autizmi (aqliy zaiflik stereotip harakatlar bilan birga keluvchi giperaktiv buzilish) (F84.4);
Dyushen miopatiyasi (mustaqil yurmaydi) (G71);
spinal mushak atrofiyasi va unga yaqin sindromlar (mustaqil yurmaydi) (G12.0);
Spina bifida (umurtqa kanalining to‘liqsiz yopilishi (Q05)), jarohatlar va boshqa kasalliklar natijasida kelib chiqqan pastki paraplegiya (mustaqil yurmaydi);
ikkala ko‘zning ko‘rligi (amovroz) (ikkala ko‘zi — OU) (N54.0);
anoftalm (ikkala ko‘zi — OU) (Q11);
ko‘rish nervining atrofiyasi (ikkala ko‘zi — OU) (N47.2);
ko‘rish nervi diski tug‘ma anomaliyasi (og‘ir darajadagi) (ikkala ko‘zi — OU) — ko‘zi ojiz bo‘lgan bolalar ko‘rish o‘tkirligi 0,01 — 0,04 doirasida korreksiyadan so‘ng 0,01 dan 0,05 gacha (Q14.2);
preretinopatiya (ikkala ko‘zi — OU) — ko‘zi ojiz bo‘lgan bolalar ko‘rish o‘tkirligi 0,01 — 0,04 doirasida korreksiyadan so‘ng 0,01 dan 0,05gacha (N35.1);
to‘r pardaning ajralishi, yirtilishi bilan (ikkala ko‘zi — OU) (N33.0);
v) transport xizmati faqat ushbu xizmat tatbiq etilgan shahar va tumanlarda amal qiladi.
Bunda transport xizmati tatbiq etiladigan shahar va tumanlar ro‘yxati Transport xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari reyestriga (keyingi o‘rinlarda — Xizmat ko‘rsatuvchilar reyestri) kiritilgan yo‘nalishsiz taksida yo‘lovchi tashuvchilarga mijozlarni izlash bo‘yicha interaktiv xizmatlarni ko‘rsatuvchi agregatorlarning (keyingi o‘rinlarda — tadbirkorlik subyektlari) mobil ilovalari (keyingi o‘rinlarda — mobil ilova) xizmatlari tatbiq etilgan hududlardan (shahar va tumanlar) kelib chiqib shakllantiriladi;
g) Vazirlar Mahkamasining “Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 27-fevraldagi 126-son qaroriga muvofiq kunduzgi parvarish xizmatini tashkil qilgan xususiy sherikka transport xizmatini yo‘lga qo‘yganligi uchun kompensatsiya to‘lanayotgan bo‘lsa, undagi o‘quvchilarga ushbu Nizom talablari asosida transport xizmatidan foydalanish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratilmaydi”;
6-bandning “b” kichik bandi to‘rtinchi xatboshisidagi “ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlariga” so‘zlari “ta’lim tashkilotlariga yoki kunduzgi parvarish xizmati joylashgan manzilga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“o‘quvchi ta’lim tashkilotini tugatganda yoki kunduzgi parvarish xizmatidan chiqarilganida”.
87. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 206-son qarori bilan tasdiqlangan Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va Konimex tumanining Zafarobod shaharchasidagi budjet tashkilotlari xodimlariga kompensatsiya xususiyatiga ega bo‘lgan ustama to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandi ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilaridagi “foiz” so‘zi “koeffitsiyenti” so‘zi bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-son qaroriga 2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari ro‘yxati
1. O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Respublikaning shahar elektr transporti xodimlariga ko‘p yillik xizmat uchun bir yo‘la mukofot berilishini joriy etish va bir korxonada uzluksiz ishlaganlik uchun haq to‘lanadigan qo‘shimcha yillik ta’til berilishini belgilash to‘g‘risida” 1991-yil 18-martdagi 62-son qarori.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Yaylov chorvachiligi xo‘jaliklari xodimlarining ish haqiga ustamalarning koeffitsiyentlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 1992-yil 12-maydagi 231-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ayrim turlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirishning birinchi navbatdagi loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1995-yil 23-avgustdagi 337-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “Davlat-tijorat Xalq bankini yanada rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 22-apreldagi 189-son qarori.
5. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2002-yil 19-sentabrdagi 326-son qarori.
6. Vazirlar Mahkamasining “2006 — 2010-yillar davrida shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollari, birinchi navbatda qoramollar sonini ko‘paytirishni rag‘batlantirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 21-apreldagi 67-son qarori.
7. Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasi iste’molini barqarorlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2007-yil 11-yanvardagi 12-son qarori.
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 6-apreldagi PQ-616-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2007-yil 8-maydagi 95-son qarori.
9. Vazirlar Mahkamasining “Eksport qiluvchi korxonalar qarzini tarkibiy o‘zgartirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2008-yil 31-dekabrdagi 289-son qarori.
10. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga yig‘ish va jo‘natish, ularni harbiy qismlarda qabul qilish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari rezerviga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilarni yashash joylariga qaytarishni tashkil etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 14-yanvardagi 10-son qarorining 10-bandi uchinchi xatboshisi.
11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-son qarorlari)” 2010-yil 24-martdagi 52-son qaroriga 1-ilovaning 33-bandi.
12. Vazirlar Mahkamasining “Yirik korxonalar va ishlab chiqarishlarda texnologik asbob-uskunalar va texnologiyalarning texnik auditini o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 15-martdagi 72-son qarori.
13. Vazirlar Mahkamasining “Sanoatda ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va mahsulot tannarxini pasaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2012-yil 7-martdagi 64-son qarori.
14. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2012-yil 7-avgustdagi PQ-1798-son hamda “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman o‘zgartirish to‘g‘risida” 2012-yil 7-avgustdagi PQ-1799-son qarorlari)” 2012-yil 6-sentabrdagi 261-son qaroriga ilovaning 18-bandi.
15. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 2012-yil 13-noyabrdagi PF-4483-son Farmoni)” 2013-yil 9-sentabrdagi 244-son qaroriga 1-ilovaning 81-bandi.
16. Vazirlar Mahkamasining “Sanoatda ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va mahsulot tannarxini pasaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2014-yil 8-yanvardagi 5-son qarori.
17. Vazirlar Mahkamasining “Chet elda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib bo‘lmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy soliq to‘lash tartibini, shuningdek ularning pensiyani hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2016-yil 22-fevraldagi 46-son qaroriga 2-ilovaning 1-bandi va 3-ilovaning 3-bandi.
18. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining hojatmand qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 22-fevraldagi PF-4782-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 24-fevraldagi PQ-2498-son qarori)” 2017-yil 13-martdagi 130-son qaroriga 1-ilovaning 17-bandi.
19. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida loyiha ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2831-son qarori)” 2017-yil 19-avgustdagi 647-son qaroriga ilovaning 5-bandi.
20. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-dekabrdagi 963-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar xodimlarini moddiy rag‘batlantirish shartlari va tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3-bandi.
21. Vazirlar Mahkamasining “Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida sanoat va xizmatlar sohasini rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 6-avgustdagi 619-son qarori.
22. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 26-apreldagi PQ-3680-son qarori)” 2018-yil 13-avgustdagi 652-son qaroriga ilovaning 4-bandi.
23. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-son qaroriga 7-ilovaning 4-bandi.
24. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 24-yanvardagi PQ-4126-son qarori)” 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-son qaroriga ilovaning 31-bandi.
25. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son Farmoni)” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 65-bandi.
26. Vazirlar Mahkamasining “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2020-yil 31-dekabrdagi 830-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
27. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)” 2021-yil 22-fevraldagi 87-son qaroriga ilovaning 1404-bandi.
28. Vazirlar Mahkamasining “Vaqtincha, mavsumiy va bir martalik ishlarda band bo‘lgan fuqarolarning mehnat faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 1-iyuldagi 410-son qarori.
29. Vazirlar Mahkamasining “Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 18-avgustdagi 527-son qaroriga 2-ilovaning 3-bandi.
30. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2022-yil 8-fevraldagi 62-son qaroriga 12-ilovaning 24-bandi.
31. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida” 2021-yil 20-apreldagi O‘RQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 84 va 151-bandlari.
32. Vazirlar Mahkamasining “Narxlari davlat tomonidan tartibga solinishi lozim bo‘lgan tovarlar narxlarining (tariflarining) shakllanishi hamda qo‘llanilishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 29-dekabrdagi 722-son qaroriga 3-ilovaning 4-bandi.
33. Vazirlar Mahkamasining “Qonunchilik hujjatlarida korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish hamda normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 11-sentabrdagi 562-son qaroriga 5-ilovaning 8-bandi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son; 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)