1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Transport xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish orqali koʻrish va harakatlanish bilan bogʻliq kasalliklarga chalingan alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun taʼlim olish sharoitlarini yaxshilash toʻgʻrisida
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 1-iyundagi PF-82-son Farmonida aholini ijtimoiy himoya qilish tizimiga zamonaviy xizmatlarni joriy etish maqsadida ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatini tashkil etish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.01.00 Umumiy qoidalar;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining:
a) ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmati loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha) 2025-yil 1-apreldan Toshkent, Andijon va Samarqand shaharlarida pilot loyiha sifatida, 2025-yilning yakuniga qadar esa respublikaning boshqa hududlarida bosqichma-bosqich joriy etish;
b) loyiha doirasida quyidagi taʼlim muassasalari va tashkilotlari, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan kunduzgi parvarish xizmatida taʼlim-tarbiya oluvchi koʻrish va harakatlanish bilan bogʻliq kasalliklarga chalingan bolalarga (keyingi oʻrinlarda — oʻquvchilar) transport xizmatlarini koʻrsatish:
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va ulardagi “Gʻamxoʻrlik” guruhlari hamda nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari va ulardagi “Gʻamxoʻrlik” guruhlari, nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari, oʻrta maxsus hamda kasbiy taʼlim tashkilotlari;
(2-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
b1) 2027-yil 1-yanvardan boshlab nodavlat taʼlim tashkilotlarining korreksion sinflarida taʼlim olayotgan oʻquvchilarga ularning kasallik turidan qatʼi nazar transport xizmatini koʻrsatish;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qaroriga asosan “b1” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
v) ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatidan foydalanganlik uchun umumiy miqdori har bir oʻquvchiga bir oyda bazaviy hisoblash miqdorining 1,2 baravaridan oshmaydigan miqdorda:
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalardagi oʻquvchilar uchun har bir qatnov toʻlovining 100 foizini;
(2-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
Ijtimoiy reyestrga kiritilmagan oilalardagi oʻquvchilar uchun har bir qatnov toʻlovining 60 foizini subsidiya shaklida qoplash;
(2-band “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
g) subsidiya shaklidagi toʻlovlarni Agentlikning Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq loyiha doirasida:
ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmati yoʻnalishsiz taksida yoʻlovchi tashuvchilarga mijozlarni izlash boʻyicha interaktiv xizmatlarni koʻrsatuvchi agregatorlar (keyingi oʻrinlarda — tadbirkorlik subyektlari) tomonidan koʻrsatiladi;
ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmati faqat Agentlik tomonidan “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida elektron shaklda yuritiladigan Transport xizmatini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari reyestriga kiritilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan koʻrsatiladi;
ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatidan foydalanish boʻyicha buyurtmalar Transport xizmatini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari reyestriga kiritilgan tadbirkorlik subyektlarining mobil ilovalari orqali beriladi;
ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatining oʻz vaqtida va sifatli koʻrsatilishi Agentlik huzuridagi “Axborot texnologiyalari markazi” davlat muassasasining Call-markazi tomonidan ushbu xizmatdan foydalanuvchi shaxslar oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazish orqali monitoring qilinadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.16.00 Bank hisobvaragʻi]
4. Belgilansinki:
ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatining subsidiya xarajatlari Agentlikning Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi alohida gʻazna hisobvaragʻidan tadbirkorlik subyektlariga pul oʻtkazish yoʻli bilan moliyalashtiriladi;
ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmati doirasida SMS-xabarnoma yuborish bilan bogʻliq xarajatlar Agentlikning Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi hisobidan qoplanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
5. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatini koʻrsatish va ushbu xizmatdan foydalanish xarajatlarini subsidiya shaklida qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlarini aniqlash;
ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatidan foydalanuvchilar roʻyxatini shakllantirish;
ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatidan foydalanish xarajatlarini subsidiya shaklida qoplash tartibi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
6. Agentlik:
a) Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida ikki oy muddatda:
ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatidan foydalanishi mumkin boʻlgan oʻquvchilar hamda ularning qonuniy vakillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar shakllantirilishini;
ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatidan foydalanish boʻyicha elektron modul ishlab chiqilishini hamda Transport xizmatini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari reyestri joriy etilishini taʼminlasin;
b) Adliya vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq oʻquvchilarni ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatidan foydalanuvchilar roʻyxatiga kiritish boʻyicha murojaat qilish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali joriy etilishini taʼminlasin;
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ushbu murojaatlar koʻrib chiqilishini kuzatib borish imkoniyatini yaratsin.
7. Agentlik manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni uch oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 28-fevral,
132-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 132-son qaroriga ILOVA
Ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatini koʻrsatish va ushbu xizmatdan foydalanish xarajatlarini subsidiya shaklida qoplash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.11.00 Tashish. Transport ekspeditsiyasi (shuningdek, 09.15.14.00, 09.15.16.00larga qarang)]
1. Mazkur Nizom ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatini (keyingi oʻrinlarda — transport xizmati) koʻrsatish va ushbu xizmatdan foydalanish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.
2. Transport xizmati qonunchilikda belgilangan tartibda quyidagi taʼlim muassasalari va tashkilotlari, korreksion sinflar tashkil etilgan nodavlat taʼlim tashkilotlari, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan kunduzgi parvarish xizmatida (keyingi oʻrinlarda — taʼlim tashkilotlari) taʼlim-tarbiya oluvchi koʻrish va harakatlanish bilan bogʻliq kasalliklarga chalingan alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga (keyingi oʻrinlarda — oʻquvchilar) taʼlim tashkilotiga yoki kunduzgi parvarish xizmati joylashgan manzilga borishi va undan kelishi uchun koʻrsatiladi:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va ulardagi “Gʻamxoʻrlik” guruhlari hamda nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari va ulardagi “Gʻamxoʻrlik” guruhlari, nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari, oʻrta maxsus hamda kasbiy taʼlim tashkilotlari.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
Bunda:
a) “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — “Ijtimoiy himoya” AT) transport xizmatidan foydalanuvchi oʻquvchilar hamda ularning qonuniy vakillari (ota-onalar, farzandlikka oluvchilar, vasiy va homiylar, tutingan ota-onalar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatidan foydalanuvchilar roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — Transport xizmatidan foydalanuvchilar roʻyxati) shakllantirib boriladi;
b) transport xizmati mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq kasalliklarga chalingan va “Ijtimoiy himoya” ATning Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya yoki Tibbiy-ijtimoiy-ekspert komissiya elektron modullarida roʻyxatda turgan oʻquvchilarga koʻrsatiladi;
(2-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
v) transport xizmati faqat ushbu xizmat tatbiq etilgan shahar va tumanlarda amal qiladi.
Bunda transport xizmati tatbiq etiladigan shahar va tumanlar roʻyxati Transport xizmatini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari reyestriga (keyingi oʻrinlarda — Xizmat koʻrsatuvchilar reyestri) kiritilgan yoʻnalishsiz taksida yoʻlovchi tashuvchilarga mijozlarni izlash boʻyicha interaktiv xizmatlarni koʻrsatuvchi agregatorlarning (keyingi oʻrinlarda — tadbirkorlik subyektlari) mobil ilovalari (keyingi oʻrinlarda — mobil ilova) xizmatlari tatbiq etilgan hududlardan (shahar va tumanlar) kelib chiqib shakllantiriladi;
g) Vazirlar Mahkamasining “Nogironligi boʻlgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 27-fevraldagi 126-son qaroriga muvofiq tarbiyalanuvchining kelib-ketishiga transport xizmatini yoʻlga qoʻyganligi uchun kunduzgi parvarish xizmatini tashkil qilgan xususiy sherikka kompensatsiya toʻlanayotgan boʻlsa, ushbu tarbiyalanuvchi uchun mazkur Nizom talablari asosida transport xizmatidan foydalanish xarajatlarini qoplashga subsidiya ajratilmaydi.
(2-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]
3. Xizmat koʻrsatuvchilar reyestri hamda transport xizmati tatbiq etilgan shahar va tumanlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan “Ijtimoiy himoya” ATda elektron shaklda yuritiladi.
4. Transport xizmati koʻrsatish va ushbu xizmatdan foydalanish xarajatlarini subsidiya shaklida qoplash mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
2-bob. Xizmat koʻrsatuvchilar reyestrini shakllantirish tartibi
5. Transport xizmatini koʻrsatish istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlari Xizmat koʻrsatuvchilar reyestriga kiritish uchun “Ijtimoiy himoya” ATda elektron ofertani tasdiqlash orqali bepul va ixtiyoriylik asosida yagona identifikatsiya tizimi (One ID) orqali avtorizatsiyadan oʻtadi.
Tadbirkorlik subyektlari elektron ofertani tasdiqlagandan soʻng koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi “Ijtimoiy himoya” ATda idoralararo axborot hamkorligi orqali avtomatik tarzda aniqlanadi.
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻriligi hamda ularning faoliyati tugatilmaganligi aniqlangan taqdirda, Xizmat koʻrsatuvchilar reyestriga kiritiladi va ular uchun “Ijtimoiy himoya” ATda shaxsiy kabinet ochiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar]
6. Transport xizmatini koʻrsatish istagida boʻlgan tadbirkorlik subyektlari Xizmat koʻrsatuvchilar reyestrida roʻyxatdan oʻtish uchun “Ijtimoiy himoya” ATda avtorizatsiyadan oʻtishda:
a) quyidagi maʼlumotlarni koʻrsatadi:
yuridik shaxslar uchun soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) hamda telefon raqami;
tadbirkorlik subyekti va uning filiali yuridik manzillari, hisobvaragʻi, bank rekvizitlari, ishonchli vakil haqida maʼlumotlar hamda uning telefon raqami;
tadbirkorlik subyektining mobil ilovasi nomi va ushbu ilova orqali xizmat koʻrsatadigan hududlar (shaharlar va tumanlar kesimida) nomi. Bunda xizmat koʻrsatadigan hududlar roʻyxati oʻzgarganda, ushbu oʻzgarishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar avtomatik ravishda “Ijtimoiy himoya” ATga taqdim etiladi;
tadbirkorlik subyekti faoliyati boʻyicha soliq organlaridan roʻyxatdan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjat;
b) quyidagi shartlar bajarilishini oʻz zimmasiga oladi:
mobil ilovada transport xizmati modulini shakllantirish hamda shu orqali transport tarifi boʻyicha buyurtmalarni berish va qabul qilish imkoniyatini yaratish;
oʻquvchi yoki uning qonuniy vakili uchun mobil ilovada transport tarifi boʻyicha monitoring maʼlumotlarini (oy boshidan qatnovlar soni va qiymati, shuningdek, subsidiya orqali qoplangan hamda oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlangan mablagʻlar miqdori, joriy buyurtmaning qoplanadigan va oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlanadigan miqdorlari koʻrsatilgan holda qatnovning umumiy qiymati, oʻquvchi oilasi Ijtimoiy reyestrga kiritilganligi va boshqalar) real vaqt rejimida koʻrib borish imkoniyatini yaratish;
(6-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
tadbirkorlik subyektlari bilan haydovchilar oʻrtasida tuziladigan shartnomada (ofertada), belgilangan talablardan tashqari, oʻquvchilarni taʼlim tashkilotlariga yoki kunduzgi parvarish xizmati joylashgan manzilga olib borish va olib kelish, shuningdek, avtomobilga chiqarish yoki tushirishda yordam berish, oʻquvchining kreslo-aravachasi hamda boshqa yuklarini (zarur hollarda) avtomobil yukxonasiga ortish va tushirish, oʻquvchilar bilan birga hamrohlik qiluvchi shaxsni (agar mavjud boʻlsa) ham birgalikda olib borish talablarini nazarda tutish;
(6-bandi “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
mobil ilovada haydovchi uchun transport xizmatiga doir zarur maʼlumotlarni (qatnovning umumiy summasi, shundan haydovchiga tadbirkorlik subyekti orqali toʻlanadigan subsidiya summasi va boshqalar) aks ettirish;
transport xizmati uchun tariflarni bozor konyunkturasidan kelib chiqib shakllantirish, shuningdek, tariflarni tegishli asoslarsiz oshirmaslik;
oʻquvchi, shu jumladan, unga hamrohlik qiluvchi shaxslarning shaxsiy maʼlumotlariga ishlov berishda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;
oʻziga tegishli mobil ilovada maʼmuriy panel ochish va u orqali Agentlikka transport xizmati monitoringi boʻyicha onlayn maʼlumotlar hamda elektron hisobotlarni taqdim etish.
7. Mazkur Nizomning 6-bandida belgilangan talablarga javob bermaydigan tadbirkorlik subyekti Xizmat koʻrsatuvchilar reyestriga kiritilmaydi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
8. Quyidagilar Xizmat koʻrsatuvchilar reyestridan chiqarish uchun asos hisoblanadi:
tadbirkorlik subyekti tugatilganda yoki bankrot deb topilganda;
bir yil davomida ayni bir tadbirkorlik subyektining mobil ilovasi orqali besh va undan koʻp marotaba mazkur Nizomga muvofiq transport xizmatini koʻrsatishga buyurtma olinib, haqiqatda xizmatlar koʻrsatilmagan yoki sifatsiz koʻrsatilgan taqdirda, shuningdek, mazkur Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining talabnomalarida koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish ishlari muttasil uch marotaba bajarilmaganda (tadbirkorlik subyektiga tegishli avtotransport vositalarining nosozligi tufayli xizmat koʻrsatilmagan holatlar bundan mustasno).
9. Oʻquvchining qonuniy vakili transport xizmatidan foydalanish maqsadida Transport xizmatidan foydalanuvchilar roʻyxatiga kirish uchun yashash manzili boʻyicha mahallaga biriktirilgan ijtimoiy xodim orqali yoki “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari yoki davlat xizmatlari markaziga kelib yoki davlat xizmatidan elektron tarzda mustaqil foydalanish uchun “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi, Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP), “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali roʻyxatdan oʻtib mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnoma asosida murojaat qiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
10. Oʻquvchining qonuniy vakili yashash manzili boʻyicha mahallaga biriktirilgan ijtimoiy xodimga yoki “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari yoki davlat xizmatlari markaziga murojaat qilgan taqdirda, mahallaga biriktirilgan ijtimoiy xodim yoki “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari yoki davlat xizmatlari markazi masʼul xodimi ariza beruvchi nomidan bevosita ularning roziligi bilan “Ijtimoiy himoya” AT orqali, YIDXP orqali murojaat qilinganda soʻrovnomani elektron shaklda mustaqil toʻldiradi.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.03 Elektron raqamli imzo]
Ariza beruvchilar YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Transport xizmatidan foydalanuvchilar roʻyxatiga kiritish boʻyicha murojaatni koʻrib chiqish uchun toʻlov undirilmaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
11. Ijtimoiy xodim, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazidagi ijtimoiy xodim yoki Davlat xizmatlari markazi xodimi oʻquvchi qonuniy vakilining murojaatini “Ijtimoiy himoya” ATda roʻyxatdan oʻtkazadi. Bunda murojaatda quyidagi maʼlumotlar aks ettiriladi:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
oʻquvchining tugʻilgan sanasi, tugʻilganlik guvohnomasi seriyasi va raqami;
oʻquvchi qonuniy vakilining mobil telefon raqami;
oʻquvchining yashash manzili hamda uning xaritadagi joylashuvi (geolokatsiyasi).
Murojaat YIDXP orqali kelib tushganda oʻquvchi yashash manzilining xaritadagi joylashuvi (geolokatsiyasi) “Ijtimoiy himoya” ATda oʻquvchining qonuniy vakili yashash manzili boʻyicha mahallaga biriktirilgan ijtimoiy xodim yoki “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazidagi ijtimoiy xodim tomonidan belgilanadi.
(11-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Murojaat uch ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.
12. Mazkur Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlar kiritilgandan soʻng, oʻquvchiga tegishli quyidagi maʼlumotlar “Ijtimoiy himoya” AT orqali avtomatik ravishda aniqlanadi:
oʻquvchining familiyasi, ismi, otasining ismi va jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR);
mazkur Nizomning 2-bandi “b” kichik bandida belgilangan kasalliklarga chalinganligi;
oʻquvchi oʻqiydigan taʼlim tashkiloti, shu jumladan, korreksion sinfda oʻqiyotgan nodavlat taʼlim tashkiloti yoki kunduzgi parvarish xizmati;
(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
oʻquvchining oilasi Ijtimoiy reyestrga kiritilganligi.
(12-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
13. Oʻquvchining ushbu Nizomning 2-bandida nazarda tutilgan oʻquvchilar toifasiga kirishi tasdiqlanganda, oʻquvchi hamda uning qonuniy vakili toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Transport xizmatidan foydalanuvchilar roʻyxatiga kiritiladi va bu toʻgʻrisida murojaat muallifiga SMS-xabarnoma yuboriladi. SMS-xabarnomada oʻquvchi yashaydigan hududda xizmat koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlarining mobil ilovalari roʻyxati ham joʻnatiladi.
Oʻquvchining mazkur toifaga kirmasligi aniqlanganda, oʻquvchi va uning qonuniy vakili toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Transport xizmatidan foydalanuvchilar roʻyxatiga kiritish rad etiladi va bu toʻgʻrisida murojaat muallifiga sabablari koʻrsatilgan holda, SMS-xabarnoma yuboriladi.
14. Oʻquvchini Transport xizmatidan foydalanuvchilar roʻyxatiga kiritish quyidagi sabablarga koʻra rad etiladi:
mazkur Nizomga 1-ilovada belgilangan kasalliklarga chalinmaganligi aniqlanganda;
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
bola taʼlim tashkiloti yoki kunduzgi parvarish xizmati oʻquvchisi boʻlmaganida;
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
oʻquvchi yashaydigan va taʼlim tashkiloti yoki kunduzgi parvarish xizmati joylashgan hudud transport xizmati tatbiq etilgan hududlar roʻyxatiga kiritilmaganda.
(14-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oʻquvchini Transport xizmatidan foydalanuvchilar roʻyxatiga kiritishni boshqa asoslarga koʻra rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
15. Transport xizmatidan foydalanuvchilar roʻyxatiga kiritilgan oʻquvchilarning qonuniy vakillari transport xizmatidan foydalanish uchun Xizmat koʻrsatuvchilar reyestriga kiritilgan tadbirkorlik subyektining mobil ilovasi orqali buyurtma beradi.
Bunda bir oʻquvchining qonuniy vakili bir kalendar oyi davomida faqat bitta tadbirkorlik subyektining mobil ilovasidan foydalanishi mumkin.
16. Transport xizmatidan foydalanish boʻyicha buyurtmani qabul qilgan avtotransport vositasi haydovchisi ushbu buyurtmada koʻrsatilgan manzilga yetib borgach, buyurtma bajarilganligini mobil ilova orqali tasdiqlaydi.
Haydovchi tomonidan buyurtma bajarilganligi tasdiqlangandan soʻng, bu toʻgʻrisidagi maʼlumot (olib ketilgan va olib borilgan manzil, bosib oʻtilgan masofa, transport xizmati qiymati va boshqalar) mobil ilova orqali “Ijtimoiy himoya” ATga yuboriladi.
4-bob. Transport xizmatidan foydalanish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi
17. Mazkur Nizomning 16-bandiga muvofiq buyurtma bajarilganligi toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushishi bilan “Ijtimoiy himoya” AT tomonidan transport xizmati qiymati ajratiladigan subsidiyaning bir oylik cheklangan miqdoridan oshmaganligi elektron nazoratdan oʻtkazilib, subsidiyani tadbirkorlik subyektiga oʻtkazish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimiga avtomatik ravishda topshiriqnoma yuboriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar]
18. Transport xizmatini koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar quyidagi tartibda qoplanadi:
a) Agentlikning Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya shaklida:
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalardagi oʻquvchilar foydalanganligi uchun har bir qatnov toʻlovining 100 foizi, biroq bir kalendar oyda bazaviy hisoblash miqdorining 1,2 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda;
(18-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
Ijtimoiy reyestrga kiritilmagan oilalardagi oʻquvchilar foydalanganligi uchun har bir qatnov toʻlovining 60 foizi, biroq bir kalendar oyda bazaviy hisoblash miqdorining 1,2 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda;
(18-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
b) oʻquvchining qonuniy vakili hisobidan — Ijtimoiy reyestrga kiritilmagan oilalardagi oʻquvchilar foydalanganligi uchun har bir qatnov toʻlovining 40 foizi hamda barcha toifadagi oilalardagi oʻquvchilar uchun bir kalendar oyda ajratiladigan subsidiya summasidan (bazaviy hisoblash miqdorining 1,2 baravaridan) oshgan qismi.
(18-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
Bunda toʻlovlar faqat tadbirkorlik subyektining mobil ilovasiga biriktirilgan oʻquvchi qonuniy vakilining bank kartasidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
19. Quyidagi hollarda transport xizmatini koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun subsidiya ajratish toʻxtatiladi:
oʻquvchi vafot etganda yoki sud tomonidan vafot etgan deb eʼlon qilinganda;
oʻquvchi taʼlim tashkilotini tugatganda, korreksion sinfdan chiqarilganida yoki kunduzgi parvarish xizmatidan chiqarilganida;
(19-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
oʻquvchi sogʻlomlashtirilib mazkur Nizomga 1-ilovada belgilangan kasalliklarning biri boʻyicha reabilitatsiya qilinganida;
(19-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
oʻquvchi doimiy yashash uchun xizmat koʻrsatiladigan hududdan yoki Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga chiqib ketganda.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
20. Quyidagi hollarda transport xizmatini koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun subsidiya ajratish vaqtincha toʻxtatib turiladi:
oʻquvchining qonuniy vakili tomonidan transport xizmatidan foydalanishni toʻxtatib turish haqida mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq ariza berilganda;
(20-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
oʻquvchi bedarak yoʻqolganda.
Mazkur bandda nazarda tutilgan holatlar bartaraf etilib, oʻquvchining qonuniy vakili tomonidan qayta murojaat qilinganda transport xizmatini koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun subsidiya ajratish qayta tiklanadi.
5-bob. Transport xizmatini koʻrsatish hamda ajratiladigan mablagʻlarning maqsadli sarflanishini monitoring qilish
21. Oʻquvchining qonuniy vakili tomonidan har oyda bir marta transport xizmatidan haqiqatda foydalanganligi ularga “Ijtimoiy himoya” AT orqali yuboriladigan SMS-xabarnomada koʻrsatilgan maxsus havolaga kirish orqali tasdiqlanadi.
22. Transport xizmatining oʻz vaqtida va sifatli koʻrsatilishi Agentlik huzuridagi “Axborot texnologiyalari markazi” davlat muassasasining Call-markazi tomonidan ushbu xizmatdan foydalanuvchi shaxslar oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazish orqali monitoring qilinadi.
23. Monitoring natijasida Xizmat koʻrsatuvchilar reyestriga kiritilgan tadbirkorlik subyekti tomonidan sifatsiz xizmat koʻrsatilayotganligi aniqlangan taqdirda, bir ish kuni ichida bu toʻgʻrisida Agentlikka maʼlumot kiritiladi.
24. Agentlik “Axborot texnologiyalari markazi” davlat muassasasi Call-markazining maʼlumotini oʻrganib chiqib, Xizmat koʻrsatuvchilar reyestriga kiritilgan tadbirkorlik subyektiga transport xizmati sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan omillarni bartaraf etish boʻyicha talabnoma kiritadi.
Talabnoma muttasil uch marotaba bajarilmagan taqdirda, tadbirkorlik subyekti mazkur Nizomning 8-bandiga asosan Xizmat koʻrsatuvchilar reyestridan chiqariladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
25. Mazkur Nizomning 4-bobiga muvofiq mablagʻlarni ajratish tartiblariga rioya etilishi yoki ulardan maqsadli foydalanilishi Agentlikning ichki audit xizmati hamda Agentlik huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya tomonidan nazorat qilib boriladi.
Ushbu nazorat tadbirlarida aniqlangan qonunbuzilish holatlari boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda choralar koʻriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining XI bobi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va oʻzga tashkilotlarga murojaat qilishi]
26. Oʻquvchilarning qonuniy vakillari ushbu Nizomga muvofiq transport xizmatini koʻrsatish bilan bogʻliq tartib-taomillarni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari ustidan Agentlikka yoki bevosita sudga shikoyat qilishi mumkin.
27. Mazkur Nizomga muvofiq transport xizmatini koʻrsatish bilan bogʻliq tartib-taomillarni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar transport xizmatini koʻrsatish jarayonida olingan shaxsga doir maʼlumotlarning qonunchilikda belgilangan tartibda sir saqlanishini taʼminlaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonuni.
28. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining XI bobi.
Ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatini koʻrsatish va ushbu xizmatdan foydalanish xarajatlarini subsidiya shaklida qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Transport xizmati tatbiq etiladigan kasalliklar
ROʻYXATI
T/r
Kasallik turining nomlanishi va kodi
1.
Ikkala koʻzning koʻrligi (amovroz) (ikkala koʻzi — OU) (N54.0)
2.
Anoftalm (bir yoki ikkala koʻzi — OU) (Q11)
3.
Koʻrish nervining atrofiyasi (ikkala koʻzi — OU) (N47.2)
4.
Koʻrish nervi diski tugʻma anomaliyasi (ogʻir darajadagi) (ikkala koʻzi — OU) — koʻzi ojiz boʻlgan bolalar koʻrish oʻtkirligi 0,01 — 0,04 doirasida korreksiyadan soʻng 0,01 dan 0,05 gacha (Q14.2)
5.
Preretinopatiya (ikkala koʻzi — OU) — koʻzi ojiz boʻlgan bolalar koʻrish oʻtkirligi 0,01 — 0,04 doirasida korreksiyadan soʻng 0,01 dan 0,05gacha (N35.1)
6.
Toʻr pardaning ajralishi, yorilishi yoki yirtilishi bilan (ikkala koʻzi — OU) (N33.0)
7.
Ogʻir darajali aqliy zaiflik (F72)
8.
Chuqur aqliy zaiflik (F73)
9.
Bolalar autizmi (aqliy zaiflik stereotip harakatlar bilan birga keluvchi giperaktiv buzilish) (F84.4)
10.
Bolalar serebral falaji (BSF) (GMFCS klassifikatsiyasiga koʻra 3-4-5 daraja) va boshqa nevrologik patologiyalar oqibatida ortopedik deformatsiyalari — G80
11.
Dyushen miopatiyasi (mustaqil yurmaydi) (G71)
12.
Spinal mushak atrofiyasi va unga yaqin sindromlar (mustaqil yurmaydi) (G12.0)
13.
Spina bifida (umurtqa kanalining toʻliqsiz yopilishi (Q05)), jarohatlar va boshqa kasalliklar natijasida kelib chiqqan pastki paraplegiya (mustaqil yurmaydi)
14.
Koʻzi ojizlik (amovroz) — N54.1
15.
Koloboma (Q 12,2 Q 13,0), preretinopatiya (Q 35,1) (chala tugʻilgan bolalar retinopatiyasi)
16.
Koʻrish nervi disk(Q 14,2) va makulasining ogʻir darajadagi gipoplaziyasi (Q 14,8 Q 14,9)
17.
Albinizm — E 70.3 koʻrish oʻtkirligi korreksiya bilan 0 dan -0,04 gacha yaxshi koʻradigan koʻzda
18.
Retinoblastoma S 69.2 koʻrish oʻtkirligi korreksiya bilan 0 dan -0,04 gacha yaxshi koʻradigan koʻzda
19.
Skeletning tizimli kasalliklari (axondroplaziya, disxondroplaziya, xondrodistrofiya) Q 77 Q 78
20.
Dializga muhtojlik Z 49 Z 99,2 N 18,0
21.
Qoʻl va oyoqlarning yirik boʻgʻimlarida 2 va undan ortiq funksional noqulay holatdagi ankiloz ( M 24,6) va kuchli ifodalangan kontrakturalar (M 24,5) hisobiga statodinamik funksiyalarining kuchli ifodalangan buzilishlari
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatini koʻrsatish va ushbu xizmatdan foydalanish xarajatlarini subsidiya shaklida qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatini koʻrsatish va ushbu xizmatdan foydalanish xarajatlarini subsidiya shaklida qoplash
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Mexanizm
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi (oʻquvchining qonuniy vakili)
Ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatidan foydalanuvchilar roʻyxatiga (keyingi oʻrinlarda — Transport xizmatidan foydalanuvchilar roʻyxati) kirish uchun mahallaga biriktirilgan ijtimoiy xodimga, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi yoki davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Ijtimoiy himoya” AT), “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) roʻyxatdan oʻtadi yoxud murojaat qiladi.
Xohishiga koʻra
2-bosqich
1. Ijtimoiy xodim, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi yoki Davlat xizmatlari markazi
2. Toʻldirilgan soʻrovnoma avtomatik tarzda “Ijtimoiy himoya” AT roʻyxatdan oʻtkaziladi.
2. Real vaqt rejimida.
3-bosqich
“Ijtimoiy himoya” AT
1. Murojaatni koʻrib chiqish jarayonida oʻquvchiga tegishli maʼlumotlar tizim orqali aniqlanadi.
2. Oʻquvchi hamda uning qonuniy vakili toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Transport xizmatidan foydalanuvchilar roʻyxatiga kiritiladi va bu toʻgʻrisida murojaat muallifiga SMS-xabarnoma yuboriladi.
Uch ish kunida
4-bosqich
Transport xizmatidan foydalanuvchilar roʻyxatiga kiritilgan oʻquvchining qonuniy vakili
Transport xizmatini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari reyestriga kiritilgan yoʻnalishsiz taksida yoʻlovchi tashuvchilarga mijozlarni izlash boʻyicha interaktiv xizmatlarni koʻrsatuvchi agregatorning (keyingi oʻrinlarda — agregator) mobil ilovasi orqali buyurtma beradi.
Xohishiga koʻra
5-bosqich
Agregator
1. Oʻquvchini buyurtmani qabul qilgan avtotransport vositasi haydovchisi orqali buyurtmada koʻrsatilgan manzilga olib boradi.
1. Real vaqt rejimida.
2. Oʻquvchi buyurtmada koʻrsatilgan manzilga yetib borgach, haydovchi tomonidan buyurtma bajarilganligini mobil ilova orqali tasdiqlaydi.
2. Koʻrsatilgan manzilga yetib borgach darhol.
3. Buyurtma bajarilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot (mobil ilova orqali “Ijtimoiy himoya”ATga yuboriladi.
3. Avtomatik ravishda.
6-bosqich
“Ijtimoiy himoya” AT”
Buyurtma bajarilganligi toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushganidan soʻng subsidiya agregatorga oʻtkazib beradi.
Avtomatik ravishda
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatini koʻrsatish va ushbu xizmatdan foydalanish xarajatlarini subsidiya shaklida qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Transport xizmatidan foydalanish boʻyicha
SOʻROVNOMA
I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar
1. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)
2. Familiyasi:
Avtomatik tarzda shakllanadi
3. Ismi:
4. Otasining ismi:
5. Tugʻilgan sanasi:
6. Pasport (identifikatsiya ID-karta) seriyasi va raqami:
7. Mahalla fuqarolar yigʻini nomi:
8. Telefon raqami:
9. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):
II. Bola toʻgʻrisida maʼlumotlar (bola toʻgʻrisidagi qonuniy vakil tomonidan berilganida toʻldiriladi)
1. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)
2. Familiyasi:
Avtomatik tarzda shakllanadi
3. Ismi:
4. Otasining ismi:
5. Tugʻilgan sanasi:
6. Pasport (identifikatsiya ID-karta) seriyasi va raqami:
Ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatini koʻrsatish va ushbu xizmatdan foydalanish xarajatlarini subsidiya shaklida qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Transport xizmatidan foydalanishni toʻxtatib turish haqida
SOʻROVNOMA
I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar
1. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)
2. Familiyasi:
Avtomatik tarzda shakllanadi
3. Ismi:
4. Otasining ismi:
5. Tugʻilgan sanasi:
6. Pasport (identifikatsiya ID-karta) seriyasi va raqami:
7. Mahalla fuqarolar yigʻini nomi:
8. Telefon raqami:
9. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):
II. Bola toʻgʻrisida maʼlumotlar (bola toʻgʻrisidagi qonuniy vakil tomonidan berilganida toʻldiriladi)
1. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)
2. Familiyasi:
Avtomatik tarzda shakllanadi
3. Ismi:
4. Otasining ismi:
5. Tugʻilgan sanasi:
6. Pasport (identifikatsiya ID-karta) seriyasi va raqami:
7. Mahalla fuqarolar yigʻini nomi:
8. Telefon raqami:
9. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):
sana: 20 __ “___” ________
(3 va 4-ilovalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)