

<!DOCTYPE html>

<html lang="ru-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/ru/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3730223" id="onLBC-3730223">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6017"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.04.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) ijtimoiy-iqtisodiy huquq va erkinliklar / 01.06.04.02 Mehnat qilish, ishni erkin tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va ishsizlikdan himoyalanish huquqi;</span></div><div id="LBC6354"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.02.00 Mehnat sohasidagi boshqaruv]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-3730223" id="onLS-3730223">[<b>TSZ:</b><div id="LS3697"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-3731924" id="-3731924">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3731926" id="-3731926">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-3731930" id="-3731930">Oʻzbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3731936" id="-3731936"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3731944" id="-3731944">Oʻzbekiston Respublikasida inson hayoti va faoliyatining barcha sohalarida majburiy mehnatning oldini olish va unga toʻliq barham berishga doir aniq hamda amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3731948" id="-3731948">Xalqaro mehnat tashkiloti (keyingi oʻrinlarda XMT deb ataladi) bilan faol hamkorlik qilinmoqda, ushbu tashkilotning 14 ta, jumladan, 8 ta asosiy konvensiyasi, shuningdek, bolalar mehnati va majburiy mehnatga qarshi kurashishga doir konvensiyasi ratifikatsiya qilindi. Respublikada XMT Konvensiyalarini hayotga tatbiq etishga doir milliy harakatlar rejasi qabul qilindi, mazmuni va mohiyati XMT metodologiyasi boʻyicha milliy mehnat qonunchiligini va mehnat bozorini rivojlantirishga, bandlikni, ijtimoiy muhofazani va aholi bilan muloqotni taʼminlashga yoʻnaltirilgan Munosib mehnat boʻyicha mamlakat dasturi bajarilmoqda. Ushbu Tashkilot ekspertlarining bevosita ishtirokida qishloq xoʻjaligida bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanish monitoringi olib borilmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3731988" id="-3731988">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va xalqaro mehnat standartlariga muvofiq fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini taʼminlashga doir chora-tadbirlarni kuchaytirish toʻgʻrisida” 2017-yil 4-oktabrdagi SQ-231-III-son qarori bilan bolalar mehnati va majburiy mehnatdan biron-bir shaklda foydalanishning oldini olish va bunga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha ushbu yoʻnalishda kompleks tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan parlament nazorati instituti joriy etildi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3732002" id="-3732002">Koʻrilgan chora-tadbirlar bolalar mehnatiga toʻliq barham berish, shuningdek, majburiy mehnatning oldini olish va bunga yoʻl qoʻymaslik uchun yetarli normativ-huquqiy bazani shakllantirish imkonini berdi, bu jahon hamjamiyati, xususan, XMT, Jahon banki va Yevroparlament tomonidan yuqori baholandi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3732004" id="-3732004">Shu bilan birga, soʻnggi paytda barcha darajadagi hokimlar tomonidan taʼlim, sogʻliqni saqlash sohalari va boshqa budjet tashkilotlari xodimlarini hududlarni obodonlashtirish, shuningdek, qishloq xoʻjaligidagi turli ishlarga majburiy jalb qilish shaklida mehnat qonunchiligi normalarini buzish bilan bogʻliq ayrim holatlar kuzatilmoqda. Mansabdor shaxslarning xizmat mavqeyini suiisteʼmol qilish, yuqorida qayd etilgan shaxslarni qoʻrqitish, ularga nisbatan haqoratli soʻzlarni va hattoki, kuch ishlatish holatlari ham qayd etilmoqda. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3732007" id="-3732007">Ushbu holat bunday ishlarni bajarishga majburlash davomida mazkur ishlarga jalb etilgan shaxslarning jarohat olishiga va ayrim hollarda halok boʻlishiga sabab boʻlayotgan koʻngilsiz voqealar roʻy berayotgani bilan yanada murakkablashmoqda. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3732009" id="-3732009">Mahalliy davlat organlari mansabdor shaxslarining bunday xatti-harakatlari respublikaning qonun hujjatlari talablariga zid boʻlib, uning jahon maydonidagi nufuziga putur yetkazmoqda, mamlakat Hukumati ishiga, birinchi navbatda, bilimli va sogʻlom barkamol avlodni tarbiyalashga katta zarar yetkazmoqda, ijtimoiy-siyosiy hayotni isloh qilish va hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni yaxshilashga qaratilgan barcha saʼy-harakatlarni obroʻsizlantirmoqda. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3732012" id="-3732012">Bundan buyon bu kabi salbiy holatlarga yoʻl qoʻymaslik, davlat organlari ishidagi tizimli kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida majburiy mehnatga jalb qilish holatlariga toʻliq barham berish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3732014" id="-3732014">1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida va boshqa qonun hujjatlarida fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlangani, har qanday shakldagi majburiy mehnatdan foydalanish, biron-bir jazo qoʻllanishi bilan qoʻrqitgan holda ishlarni bajarishga majburlashni taqiqlovchi normalar mustahkamlanganini eʼtiborga olib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimlari, barcha darajalardagi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3732018" id="-3732018">fuqarolarni, jumladan, taʼlim, sogʻliqni saqlash muassasalari, boshqa budjet tashkilotlari xodimlarini, taʼlim muassasalari oʻquvchilari va talabalarni majburiy mehnatga, shu jumladan tuman va shaharlar hududlarini obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish ishlari, mavsumiy qishloq xoʻjaligi ishlari, metall chiqindilari va makulatura yigʻish, shuningdek, boshqa turdagi mavsumiy ishlarga jalb qilish holatlarining zudlik bilan oldini olsinlar va bunga chek qoʻysinlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3732021" id="-3732021">fuqarolarni, xususan, taʼlim va sogʻliqni saqlash sohasi, boshqa budjet tashkilotlari xodimlarini, talabalar va taʼlim muassasalari oʻquvchilarini majburiy jamoat ishlariga bevosita yoki bilvosita jalb qilgan mansabdor shaxslarga nisbatan qatʼiy intizomiy choralar koʻrsinlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3732022" id="-3732022">majburiy mehnatdan foydalanish boʻyicha aniqlangan har bir holat yuzasidan tegishli axborotni javobgarlik choralarini qoʻllash uchun huquqni muhofaza qilish organlariga zudlik bilan yetkazsinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3732026" id="-3732026">2. Belgilansinki:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3732030" id="-3732030">a) davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan hasharlar quyidagi shartlarga qatʼiy rioya etilgan holda faqat ixtiyoriy tarzda tashkil etiladi va oʻtkaziladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3732033" id="-3732033">umumxalq hasharini oʻtkazish toʻgʻrisida faqat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjati yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori mavjud boʻlganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3732036" id="-3732036">hasharlar unda ishtirok etadigan shaxslar mehnat qiladigan tegishli tashkilot hududida mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik normalariga qatʼiy rioya etilgan holda oʻtkaziladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3732038" id="-3732038">hasharlar doirasida barcha boshqa turdagi jamoat ishlari, shu jumladan qurilish-taʼmirlash va qishloq xoʻjaligi ishlariga majburiy jalb etishga qatʼiy yoʻl qoʻyilmagan holda obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish, ish oʻrinlarini tartibga keltirish ishlari amalga oshiriladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3732039" id="-3732039">b) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faqat tegishli mahalla hududida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, bolalar va sport maydonlarini jihozlash, moddiy-madaniy meros obyektlarini zarur holatda saqlash, qabristonlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash hamda zarur holatda saqlash ishlarida aholining ixtiyoriy ishtirok etishini tashkil etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3732043" id="-3732043">3. Avtomobil yoʻllari, harakatlanish tigʻiz boʻlgan koʻchalar, suv obyektlari, qirgʻoqboʻyi hududlar va zonalar, qurilish maydonlari, bino va inshootlar tomlari, xavfli ishlab chiqarish obyektlari, shuningdek, insonlarning hayotiga yoki sogʻligʻiga xavf tugʻilishi yuzaga kelishi mumkin boʻlgan boshqa joylarda ixtiyoriy tashabbus bilan hasharlar va boshqa ishlarni oʻtkazish taqiqlansin. </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3732046" id="-3732046"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7844147" id="edi-7844147"><a href="/ru/acts/-3730223?ONDATE=14.05.2018 00#-7844145">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7844147" id="-7844147"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7844149" id="-7844149">4. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi:</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7844151" id="-7844151">(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli <a href="/ru/acts/-7820191?ONDATE=10.11.2025 00#-7827680">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3732047" id="-3732047">a) xodimlarning kafolatlangan mehnat huquqlarini taʼminlash, biron-bir shakldagi majburiy mehnatdan foydalanish holatlarini oʻz vaqtida aniqlash hamda bartaraf etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi normalari amalga oshirilishini nazorat qilish choralarini kuchaytirsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3732055" id="-3732055">b) Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3732059" id="-3732059">davlat organlari, shu jumladan, mahalliy davlat organlarining, ayniqsa, qishloq xoʻjaligi ishlari qizgʻin davrda xodimlarning huquqlari hamda manfaatlariga rioya etilishi boʻyicha faoliyati yuzasidan tizimli monitoring olib borilishini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3732060" id="-3732060">oʻtkazilgan monitoring yakunlari boʻyicha fuqarolik jamiyati institutlarini jalb etgan holda, xususan, hududlarda ommaviy eshituvlar tashkil etilishini taʼminlasinlar, bunda majburiy mehnatdan foydalanishning har bir holati, kelgusida bunday holatlarga yoʻl qoʻymaslik maqsadida muhokama qilinishi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3732064" id="-3732064">5. Quyidagilarga:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3732068" id="-3732068">a) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini taʼminlash va Oʻzbekiston Respublikasi hududida majburiy mehnatga yoʻl qoʻymaslik sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni kuchaytirish, bu boradagi tekshiruvlar samaradorligini oshirish va majburiy mehnat holatlari aniqlanganda esa aybdor shaxslarga nisbatan tegishli javobgarlik choralarini qoʻllash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3732070" id="-3732070">b) Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3732078" id="-3732078">jamoa shartnomasi va mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi, xususan, majburiy mehnatdan foydalanishning oldini olish borasida tashkilotlardagi kasaba uyushmalari boshlangʻich boʻgʻinlarining javobgarlik choralarini kuchaytirish;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7844163" id="edi-7844163"><a href="/ru/acts/-3730223?ONDATE=31.12.2018 00#-4176992">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7844163" id="-7844163"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7844169" id="-7844169">majburiy mehnat holatlari aniqlangan taqdirda ular toʻgʻrisida prokuratura organlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalariga zudlik bilan maʼlum qilish;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7844172" id="-7844172">(5-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli <a href="/ru/acts/-7820191?ONDATE=10.11.2025 00#-7827680">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3732081" id="-3732081">boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro hamkorlikda ushbu sohadagi jamoatchilik nazoratini faollashtirish tavsiya etilsin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-7153211" id="-7153211"><em>Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining </em><a href="/ru/acts/-6257288#-6257606">5-moddasi</a><em>.</em></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7844182" id="edi-7844182"><a href="/ru/acts/-3730223?ONDATE=14.05.2018 00#-7844179">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7844182" id="-7844182">(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli <a href="/ru/acts/-7820191?ONDATE=10.11.2025 00#-7827681">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3732099" id="-3732099">7. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Adliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3732102" id="-3732102">fuqarolarni majburiy jamoat ishlariga noqonuniy jalb qilish yoki har qanday shakldagi majburiy mehnatdan foydalanishda aybdor boʻlgan mansabdor shaxslarga nisbatan javobgarlik choralarini kuchaytirish;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4177005" id="edi-4177005"><a href="/ru/acts/-3730223?ONDATE=14.05.2018 00#-3732105">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4177005" id="-4177005"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4177007" id="-4177007">Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi vakolatlarini kengaytirish, shu jumladan, davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan mehnat qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan nazoratni kuchaytirishga doir vakolatlarini kengaytirish;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4177009" id="-4177009">(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-sonli <a href="/ru/acts/-4143044#-4148787">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 09/18/1066/2428-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3732107" id="-3732107">ushbu qaror talablarini hisobga olgan holda Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarini qayta koʻrib chiqish yuzasidan bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3732112" id="-3732112">8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3732116" id="-3732116">a) bir oy muddatda tumanlar (shaharlar) hokimliklarining obodonlashtirish boshqarmalari, tuman yoʻl ekspluatatsiya korxonalari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yoʻllari bosh boshqarmalari huzuridagi ekspluatatsiya liniya korxonalarining faoliyatini tanqidiy tahlil qilsinlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3732119" id="-3732119">b) oʻtkazilgan tahlil yakunlari, xalqaro tajribani oʻrganish asosida bir oy muddatda obodonlashtirish tizimini tubdan isloh qilishning quyidagilarni:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3732123" id="-3732123">amaldagi infratuzilmani, obodonlashtirish tizimi xodimlari soni normativlarini, mehnatga haq toʻlash tarif setkasini va ularni moddiy ragʻbatlantirishni qayta koʻrib chiqishni; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3732127" id="-3732127">xorijiy davlatlarning tajribasini joriy qilish va moslashtirish, tuman va shaharlarning yoʻl-ekspluatatsiya xizmatlarini va obodonlashtirish xizmatlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish, ularni zamonaviy ixtisoslashtirilgan texnikalar bilan jihozlashni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3732130" id="-3732130">tuman va shaharlar yoʻl-ekspluatatsiya xizmati va obodonlashtirish xizmatlari shtatlari sonini koʻpaytirish, ularning faoliyati samaradorligini sifatli oshirishni; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3732133" id="-3732133">obodonlashtirish tizimini barqaror moliyalashtirishning samarali mexanizmlarini yaratishni va ushbu sohaga innovatsiyalarni joriy qilishni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3732134" id="-3732134">obodonlashtirish tizimi holatining har oylik monitoringini amalga oshirishni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3732136" id="-3732136">ixtisoslashgan xususiy tashkilotlarni koʻrsatilgan ishlarni bajarishda davlat-xususiy sherikchilik va autsorsing mexanizmlarini jalb etishni joriy qilishni nazarda tutuvchi takliflar kiritsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3732139" id="-3732139">9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3732141" id="-3732141">ikki oy muddatda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ushbu qarorni bajarilishi natijadorligini puxta tahlil qilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3732143" id="-3732143">yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga ushbu sohada qonunni qoʻllash amaliyoti holati toʻgʻrisida axborot va qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan aniq takliflar kiritsin. </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7844174" id="edi-7844174"><a href="/ru/acts/-3730223?ONDATE=14.05.2018 00#-3732146">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7844174" id="-7844174"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7844176" id="-7844176">10. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga, shu jumladan, elektron ommaviy axborot vositalariga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa tegishli vazirliklari va idoralarining maslahati koʻmagida, aniqlangan majburiy mehnat holatlarini keng va tanqidiy yoritishni, shuningdek, majburiy mehnatga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjatlar va bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mazmun-mohiyatini tushuntirishni tashkil etish tavsiya etilsin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7844177" id="-7844177">(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli <a href="/ru/acts/-7820191?ONDATE=10.11.2025 00#-7827680">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3732148" id="-3732148">11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, shahar va tumanlar hokimlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari oʻzlari qabul qilgan, ushbu qarorga zid boʻlgan hujjatlarning bir hafta muddatda qayta koʻrib chiqilishi va bekor qilinishini taʼminlasinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3732149" id="-3732149">12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh.D. Kudbiyev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari zimmasiga yuklansin. </div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3732151" id="-3732151">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3732152" id="-3732152">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3732155" id="-3732155">2018-yil 10-may,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-3732161" id="-3732161">349-son</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-3731935" id="-3731935">(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 09/18/349/1205-son, 31.12.2018-y., 09/18/1066/2428-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
