1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat turlari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha taʼlim va tarbiya]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son, “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 7-martdagi PF-87-son farmonlari hamda “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 14-iyuldagi PQ-322-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Moliya vazirligi huzurida Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish hamda budjet tashkilotlarida moliyaviy nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 24-fevraldagi 129-son qaroriga muvofiq maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik jarayonlarini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki, davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida, oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida, shuningdek, maktabgacha taʼlim qamrovi 80 foizdan past boʻlgan tuman (shahar)larda tashkil etiladigan hamda yangi koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatida tashkil etiladigan xususiy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan subsidiyalar xodimlarning ishga kelib-ketishi hamda tarbiyalanuvchilarning davomatidan kelib chiqib Maktabgacha taʼlim vazirligining nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda NMTTBAT) avtomatik ravishda hisoblab chiqiladi;
xodimlarning ishga kelib-ketishini hisobga olish hamda tarbiyalanuvchilarning davomatini yuritish mobil ilova yordamida shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi orqali amalga oshiriladi;
hisobot oyida tarbiyalanuvchilarning oʻrtacha oylik davomati NMTTBATda roʻyxatga olingan tarbiyalanuvchilar soniga nisbatan 40 foizdan kam boʻlganda, ushbu oy uchun xodimlarga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan ish haqi toʻlanmaydi (hududdagi favqulodda holatlar, ob-havoning keskin sovib yoki isib ketishi, sanitariya-epidemiologik vaziyatlar va boshqa holatlar roʻy berishi sababli davomat kamayishi holatlari bundan mustasno).
2. Quyidagilar:
Moliya vazirligi tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish uchun tijorat banklariga resurs joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan subsidiyalar va kompensatsiyalar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Kechki smenada xotin-qizlar ishlaydigan tashkilotlar huzurida tashkil etiladigan hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan xodimlarining farzandlarini tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachilarining ish haqi xarajatlarini qoplash uchun Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 848-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/848/1049-son)
Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi va “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi oʻrtasida oʻzaro almashiladigan maʼlumotlar roʻyxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin hamda 2022-yil 1-sentabrdan boshlab amaliyotga tatbiq etilsin.
3. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) 2022-yil 15-avgustga qadar:
a) Maktabgacha taʼlim vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ilovada koʻrsatilgan vazirliklar va idoralarning tegishli maʼlumotlari NMTTBATga “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali taqdim etilishini taʼminlasin.
Bunda 5-ilovada koʻrsatilgan vazirliklar va idoralar rahbarlariga elektron maʼlumot bazalarini oʻz vaqtida va sifatli shakllantirish, shuningdek, “Elektron hukumat” tizimining idoralararo platformasiga integratsiyalashuvini taʼminlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin;
b) NMTTBATning barqaror faoliyatini taʼminlash maqsadida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari joylashgan hududlarda mobil internet tarmogʻi uzluksiz va sifatli ishlashini taʼminlash choralarini koʻrsin.
4. Tegishli tijorat banklariga:
tadbirkorlik subyektlariga imtiyozli kredit ajratishda oxirigacha qurib bitkazilmagan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari binolarini garov taʼminoti sifatida qabul qilish;
imtiyozli kredit ajratilib, bekor qilingan bitimlar boʻyicha ajratilgan imtiyozli kredit mablagʻlarini qaytarish choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Maktabgacha taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 2-avgust,
426-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 426-son qaroriga 1-ILOVA
Moliya vazirligi tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish uchun tijorat banklariga resurs joylashtirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Moliya vazirligi tomonidan davlat-xususiy sheriklik (keyingi oʻrinlarda — DXSH) shaklidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarini (keyingi oʻrinlarda — MTT) tashkil etish uchun tijorat banklariga resurs joylashtirish tartibini belgilaydi.
2. Moliya vazirligi tomonidan davlat-xususiy sheriklik shaklidagi MTTni tashkil etish uchun tijorat banklariga resurs joylashtirish mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Tijorat banklari ularda Moliya vazirligi tomonidan davlat-xususiy sheriklik shaklidagi MTTni tashkil etish uchun joylashtirilgan resurslardan faqat DXSH toʻgʻrisidagi bitimda koʻrsatilgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va jihozlash uchun imtiyozli kreditlar (keyingi oʻrinlarda — imtiyozli kredit) berish maqsadida foydalanishga ruxsat etiladi.
2-bob. Resurs mablagʻlaridan foydalanish tartibi
4. Moliya vazirligi tijorat banklari bilan qonunchilikda belgilangan foiz stavkalarida resurs joylashtirish toʻgʻrisida shartnoma (bosh kelishuv)lar tuzadi.
5. Resurs mablagʻlari tijorat banki bilan tuzilgan shartnoma (bosh kelishuv) doirasida tijorat banki tomonidan taqdim etiladigan soʻrovnomaga asosan uning maxsus hisobvaraqlariga joylashtiriladi.
6. Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan ajratilgan resurs doirasida imtiyozli kredit ajratilishi tavsiya etilgan DXSH loyihalari roʻyxati shakllantiriladi va Moliya vazirligi hamda tijorat banklariga taqdim etiladi.
Bunda DXSH bitimiga muvofiq oʻz majburiyatlarini toʻliq bajarmagan, moliyalashtirish manbai mavjud boʻlmagan yoki imtiyozli kredit olish uchun garov taʼminotiga ega boʻlmagan loyihalarni roʻyxatga kiritish taqiqlanadi.
7. Tijorat banklari:
DXSH loyihasini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektidan ariza tushgan vaqtdan boshlab uch bank ish kuni ichida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda DXSH loyihasi boʻyicha imtiyozli kreditlarni ajratish yoki ajratmaslik toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
imtiyozli kredit ajratish boʻyicha ijobiy qaror qabul qilingan DXSH loyihalari reyestri, soʻrovnoma va ajratiladigan resurs mablagʻlarni qaytarish grafigini Moliya vazirligiga taqdim etadi.
8. Moliya vazirligi va tegishli tijorat banki oʻrtasida taqdim etilgan soʻrovnomaga asosan resurs ajratish shartnomasi tuziladi. Bunda shartnomada resursni qaytarish grafigi koʻrsatiladi.
9. Resurs mablagʻlarini ajratish shartnomasi imzolanganidan soʻng ikki bank ish kuni ichida Moliya vazirligi tijorat bankining maxsus hisobvaragʻiga mablagʻlarni oʻtkazadi.
10. Tijorat banklari tomonidan DXSH loyihalariga imtiyozli kreditlar ajratish Moliya vazirligi tomonidan mazkur maqsadlar uchun joylashtirilgan resurs doirasida amalga oshiriladi.
11. DXSH loyihalariga imtiyozli kreditlar tijorat banklari tomonidan qonunchilikda belgilangan muddatlarga va yillik foiz stavkalarida kreditlar oʻz vaqtida qaytarishlik, toʻlovlilik, taʼminlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlari asosida ajratiladi.
3-bob. Tijorat banklari tomonidan resursni qaytarish tartibi
12. Tijorat banklari tomonidan ajratilgan mablagʻlarni qaytarish, resurs ajratish shartnomasida belgilangan grafik asosida amalga oshiriladi.
13. Moliya vazirligi DXSH loyihalarini moliyalashtirish uchun ajratilgan resurs har chorakda tijorat banklari tomonidan qaytarilishini nazorat qiladi hamda kechiktirilgan resurslar boʻyicha taqdimnomalar kiritadi.
4-bob. Kredit monitoringini amalga oshirish
14. Tijorat banklari Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan resurs hisobidan tadbirkorlik subyektlariga berilgan imtiyozli kreditlar va ularning maqsadli sarflanishi yuzasidan har chorakdan keyingi oyning 10-kuniga qadar Maktabgacha taʼlim vazirligi va Moliya vazirligiga maʼlumot taqdim etib boradi.
15. Moliya vazirligi va Maktabgacha taʼlim vazirligi tijorat banklariga DXSH loyihalari boʻyicha imtiyozli kreditlarni ajratish uchun joylashtirilgan resurs maqsadli va samarali ishlatilishini doimiy ravishda monitoring qilib boradi.
16. Ajratiladigan Davlat budjeti mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat qilish Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi hamda uning hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
17. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan davlat-xususiy sheriklik shaklidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish uchun tijorat banklariga resurs joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan davlat-xususiy sheriklik shaklidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish uchun tijorat banklariga resurslarni joylashtirish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
DXSH loyihasini amalga oshiruvchi maktabgacha taʼlim tashkiloti
Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan tuziladigan DXSH bitimlari Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi (NMTTBAT)da roʻyxatga olinadi.
Bitim imzolangan kunda
2-bosqich
Maktabgacha taʼlim vazirligi
Imtiyozli kredit ajratilishi tavsiya etilgan DXSH loyihalari roʻyxati va ularga ajratiladigan imtiyozli kredit mablagʻlari miqdorlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Moliya vazirligi hamda biriktirilgan tijorat bankiga taqdim etadi.
3 ish kunida
3-bosqich
DXSH loyihasini amalga oshiruvchi maktabgacha taʼlim tashkiloti
Biriktirilgan tijorat bankiga DXSH loyihasini amalga oshirish uchun kredit mablagʻi zarurligi haqida ariza taqdim etadi.
Zaruratdan kelib chiqib
4-bosqich
Tijorat banklari
Kredit olish istagini bildirgan DXSH loyihalari reyestri, buyurtmanoma va ajratiladigan resursni qaytarish grafigini Moliya vazirligiga taqdim etadi.
Zaruratdan kelib chiqib
5-bosqich
Moliya vazirligi
Moliya vazirligi va tegishli tijorat banki oʻrtasida tijorat banklari tomonidan taqdim etilgan buyurtmanomaga asosan mablagʻlarini qaytarish grafigini koʻrsatgan holda resurs ajratish shartnomasi tuziladi.
3 bank ish kunida
6-bosqich
Moliya vazirligi
Tijorat bankining maxsus hisobvaragʻiga resurs mablagʻlarni oʻtkazib beradi.
2 bank ish kunida
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 426-son qaroriga 2-ILOVA
Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan subsidiyalar va kompensatsiyalar toʻlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, bolalarga munosib shart-sharoitlar yaratish hamda maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish koʻrsatkichlarini oshirish maqsadida Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan beriladigan subsidiyalar va kompensatsiyalarni toʻlash tartibini belgilaydi.
2. Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan subsidiyalar va kompensatsiyalarni toʻlash mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Subsidiyalar va kompensatsiyalarni toʻlash boʻyicha buyurtmanomalar mazkur Nizomga 2 — 7-ilovalarga muvofiq Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — NMTTBAT) orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi.
4. Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida faoliyat yuritadigan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — DXSH asosidagi MTT)ga, shu jumladan, oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — oilaviy MTT)ga subsidiyalar va kompensatsiyalar davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim amal qilish davrida, oʻquv yili va sogʻlomlashtirish davri mobaynida hisoblanadi va toʻlanadi.
41. Maktabgacha taʼlim qamrovi 80 foizdan past boʻlgan tuman (shahar)lardagi (Toshkent shahri bundan mustasno) maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining boʻsh yer maydonlaridan boshqa joylarda quvvati 150 oʻrindan kam boʻlmagan xususiy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — qamrovi past boʻlgan hududdagi xususiy MTT) hamda yangi koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatida tashkil etiladigan xususiy maktabgacha taʼlim tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — yangi koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatidagi xususiy MTT)ni tashkil etadigan tadbirkorlik subyektlariga 2026-yil 1-apreldan boshlab nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti litsenziya olgan sanadan boshlab uch yil davomida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan imzolangan kelishuvga asosan subsidiyalar hisoblanadi va toʻlanadi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
5. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
davlat-xususiy sheriklik — davlat sherigi va xususiy sherikning muayyan muddatga yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan, davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun oʻz resurslarini birlashtirishga asoslangan maktabgacha taʼlim sohasidagi oʻzaro samarali hamkorligi;
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim tomonlari (keyingi oʻrinlarda — tomonlar) — davlat sherigi va xususiy sherik;
davlat sherigi — Maktabgacha taʼlim vazirligi;
xususiy sherik — qonunchilik hujjatlariga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilgan, davlat sherigi bilan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatini yuritish uchun davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim tuzgan tadbirkorlik subyekti;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonuni.
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim (keyingi oʻrinlarda — bitim) — tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik loyihasini ijro etishning boshqa shartlarini belgilovchi davlat sherigi va xususiy sherik oʻrtasida tuzilgan shartnoma.
2-bob. DXSH asosidagi va qamrovi past boʻlgan hududdagi hamda yangi koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatidagi xususiy MTTlarga subsidiyalarni hisoblash va toʻlash tartibi
(2-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
6. DXSH asosidagi MTTga (oilaviy MTT bundan mustasno) va qamrovi past boʻlgan hududdagi hamda yangi koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatidagi xususiy MTTlarga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan quyidagi subsidiyalar toʻlanadi:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
a) DXSH asosidagi MTTga ushbu tashkilotlarda taʼlim olayotgan har bir bola uchun 9 soatlik ish rejimida ishlaydigan umumiy tipdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisiga sarflanadigan xarajatlar summasiga nisbatan:
(6-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
Toshkent shahrida — 30 foiz (2023-yil 1-yanvarga qadar, istisno tariqasida, Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi “Gulzor”, “Jaloir” “Toshkent”, “Xoʻja Uchqun” va “Chortoq” mahalla fuqarolar yigʻinlarida faoliyat koʻrsatayotgan hamda yangi tashkil etiladigan nodavlat MTTga 50 foiz) miqdorida;
Nukus shahri hamda viloyatlar markazlarida — 40 foiz miqdorida;
olis va chekka hududlarda joylashgan DXSH asosidagi MTTda — 75 foiz miqdorida;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi nizomning 12-bobida nazarda tutilgan xususiy sherik mulki negizida tashkil etilgan DXSH asosidagi MTTga (keyingi oʻrinlarda — xususiy sherik mulki negizida tashkil etilgan DXSH asosidagi MTT) direktor, direktor oʻrinbosari, tarbiyachi, defektolog, psixolog, musiqa xodimlarining ish haqini toʻlash uchun — 9 soatlik ish rejimida ishlaydigan umumiy turdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ushbu xodimlar uchun belgilangan shtatlar meʼyorlari hamda mehnatga haq toʻlash shartlari va miqdorlarida;
(6-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-51-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2025-y., 06/25/51/0261-son)
v) farzandi DXSH asosidagi MTTda taʼlim va tarbiya olayotgan boquvchisini yoʻqotgan ayollarning ota-onalar toʻlovini qoplash uchun — tegishli hududdagi 9 soatlik ish rejimidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan miqdorlarda.
g) 2026-yil 1-apreldan boshlab maktabgacha taʼlim qamrovi 80 foizdan past boʻlgan tuman (shahar)lardagi (Toshkent shahri bundan mustasno) davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining (koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan va qoʻshma turdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari, alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar bundan mustasno) boʻsh yer maydonlarida davlat-xususiy sheriklik (keyingi oʻrinlarda — davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining boʻsh yer maydonlarida tashkil etiladigan DXSH) shartlari asosida MTTlarini tashkil qilgan tadbirkorlik subyektlariga har bir bola uchun 9 soatlik ish rejimidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining bir nafar tarbiyalanuvchisiga sarflanadigan xarajatning 50 foizi miqdorida.
Bunda “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasi 80 foizdan past boʻlgan tuman (shahar)larda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining boʻsh yer maydonlarida 2024-yildan boshlab tashkil etilgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ham tatbiq etiladi;
d) qamrovi past boʻlgan hududdagi hamda yangi koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatidagi xususiy MTTlar tarbiyachilariga oylik ish haqi toʻlash xarajatlari davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi tarbiyachilar uchun belgilangan miqdorda nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti litsenziya olgan sanadan boshlab uch yil davomida qoplab beriladi.
Bunda tarbiyachilarga ish haqini toʻlash uchun subsidiyalar har 30 nafar tarbiyalanuvchi uchun bir shtat birligi miqdorida tarbiyachi hisobga olingan holda toʻlanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qaroriga asosan “g” va “d” kichik bandlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
7. Olis va chekka hududlarda joylashgan DXSH asosidagi MTTda (oilaviy MTTlar bundan mustasno) “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” yoki “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning har bir tarbiyalanuvchi farzandlari uchun mazkur daftarlar jamgʻarmalari hisobidan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasining 25 foizi miqdorida subsidiya toʻlanadi.
Bunda mazkur subsidiya ushbu Nizomning 6-bandi “a” kichik bandi toʻrtinchi xatboshidagi subsidiyaga qoʻshimcha ravishda NMTTBATdagi bolalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida mazkur jamgʻarma mablagʻlarini tasarruf etuvchi organlar tomonidan toʻlanadi.
8. DXSH asosidagi MTTga (oilaviy MTTlar bundan mustasno) ularda taʼlim olayotgan har bir bola uchun oylik subsidiya summalari quyidagi formulalar asosida NMTTBATda hisob-kitob qilinadi:
KXS = DBX / UBS / IKS * SBF
TOS = KXS * TQS
Bunda:
KXS — DXSH asosidagi MTTga bir nafar tarbiyalanuvchisining bir kunlik xarajatini qoplashga ajratiladigan subsidiyaning respublika boʻyicha qatʼiy miqdori;
DBX — joriy moliya yilida Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan 9 soatlik ish rejimidagi umumiy tipdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini saqlash xarajatlari uchun ajratilgan mablagʻlar miqdori.
Bunda bir nafar tarbiyalanuvchi uchun sarflanadigan xarajatlar summasini hisoblashda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining “Asosiy vositalar boʻyicha xarajatlar” hamda “Elektr energiyasi va tabiiy gaz, koʻmir va issiqlik taʼminoti xarajatlari” hisobga olinmaydi;
UBS — 9 soatlik ish rejimidagi umumiy tipdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining “Bolalar bogʻchasi” maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimida roʻyxatga olingan umumiy bolalar soni;
(8-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
IKS — joriy yildagi ish kunlari soni;
SBF — mazkur Nizomning 6-bandi “a” kichik bandida belgilangan hududlar boʻyicha subsidiyaning belgilangan foizi;
TOS — hisobot oyida tarbiyalanuvchilar uchun toʻlanadigan oylik subsidiya summasi;
TQS — hisobot oyida tarbiyalanuvchining haqiqatda ushbu MTTga qatnagan kunlari soni.
81. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining (koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan va qoʻshma turdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari, alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar bundan mustasno) boʻsh yer maydonlarida tashkil etiladigan DXSH shartlari asosida MTTlarini tashkil qilgan tadbirkorlik subyektlariga (oilaviy MTTlar bundan mustasno) ularda taʼlim olayotgan har bir bola uchun oylik subsidiya summalari quyidagi formulalar asosida NMTTBATda hisob-kitob qilinadi:
KXS = DBX / UBS / IKS * 0,5
TOS = KXS * TQS
Bunda:
KXS — DMTT va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining boʻsh yer maydonlarida DXSH shartlari asosida tashkil qilingan MTTga bir nafar tarbiyalanuvchisining bir kunlik xarajatini qoplashga ajratiladigan subsidiyaning respublika boʻyicha qatʼiy miqdori;
DBX — joriy moliya yilida Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan 9 soatlik ish rejimidagi umumiy tipdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini saqlash xarajatlari uchun ajratilgan mablagʻlar miqdori;
UBS — 9 soatlik ish rejimidagi umumiy tipdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining “Bolalar bogʻchasi” maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimida roʻyxatga olingan umumiy bolalar soni;
IKS — joriy yildagi ish kunlari soni;
TOS — hisobot oyida tarbiyalanuvchilar uchun toʻlanadigan oylik subsidiya summasi;
TQS — hisobot oyida tarbiyalanuvchining haqiqatda ushbu MTTga qatnagan kunlari soni.
(81-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
9. Xususiy sherik mulki negizida tashkil etilgan DXSH asosidagi MTT va qamrovi past boʻlgan hududdagi hamda yangi koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatidagi xususiy MTTlarga ish haqi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarining lavozimi, maʼlumoti va malaka toifasi hisobga olingan holda quyidagi formula asosida NMTTBATda hisob-kitob qilinadi:
IHS — xususiy sherik mulki negizida tashkil etilgan DXSH asosidagi MTT va qamrovi past boʻlgan hududdagi hamda yangi koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatidagi xususiy MTT xodimiga ish haqi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya summasi (har bir xodim uchun alohida hisoblanib, jamlanadi);
BTS — xodimning lavozimi, maʼlumoti va malaka toifasi uchun belgilangan bazaviy tarif stavkasi;
XIS — xodimning lavozimi boʻyicha belgilangan ish stavkasi;
IKS — joriy oydagi ish kunlari soni;
DKS — NMTTBATda qayd etilgan xodimning davomat kunlari soni;
AKS — xodimning aybisiz (hududdagi favqulodda holatlar,
ob-havoning keskin sovib yoki isib ketishi natijasida mahalliy hokimliklar qarorlari asosida taʼlim muassasalarining faoliyati vaqtincha toʻxtatilganda, sanitariya-epidemiologik vaziyatlar va boshqa favqulodda holatlar roʻy berganida) bekor turib qolingan kunlar soni. Bunda ushbu kunlar soni xususiy sherik mulki negizida tashkil etilgan DXSH asosidagi MTT va qamrovi past boʻlgan hududdagi hamda yangi koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatidagi xususiy MTT rahbari tomonidan NMTTBATda belgilanadi va asoslovchi hujjatlar tegishli maktabgacha taʼlim organiga NMTTBAT orqali taqdim etiladi;
TKS — MTT joylashgan hudud uchun qonunchilikda belgilangan tuman koeffitsiyenti summasi;
ISS — xususiy sherik mulki negizida tashkil etilgan DXSH asosidagi MTT va qamrovi past boʻlgan hududdagi hamda yangi koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatidagi xususiy MTT uchun qonunchilikda belgilangan ijtimoiy soliq stavkasi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
10. Xususiy sherik mulki negizida tashkil etilgan DXSH asosidagi MTT va qamrovi past boʻlgan hududdagi hamda yangi koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatidagi xususiy MTTlarning xodimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar NMTT tomonidan NMTTBATga kiritiladi.
Bunda kiritiladigan maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining axborot tizimlaridan olinadigan maʼlumotlar bilan solishtiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
3-bob. Oilaviy MTTga subsidiyalarni hisoblash va toʻlash tartibi
11. Oilaviy MTTga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan quyidagi subsidiyalar toʻlanadi:
a) 2024-yil 1-avgustdan boshlab Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan oilaviy MTTlar tomonidan yollangan tarbiyachi va tarbiyachi yordamchilariga ish haqini toʻlash uchun — 9 soatlik ish rejimidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ushbu xodimlar uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari va miqdorlarida;
b) 2024-yil 1-avgustdan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning 1 va 2-toifadagi tuman (shahar)larida faoliyat yuritayotgan oilaviy MTTlarga:
ular tomonidan yollangan tarbiyachi va tarbiyachi yordamchilariga ish haqini toʻlash uchun — 9 soatlik davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan ish haqining 75 foizi miqdorida;
ularda taʼlim olayotgan har bir bolani ovqatlantirish, yumshoq jihozlar (matraslar, yostiqlar, koʻrpalar, choyshablar, koʻrpa va yostiq jildlari, yopingʻichlar, qop-koʻrpa) hamda dori-darmonlar bilan taʼminlashga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun — davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida belgilangan normativlarning 75 foizi miqdorida;
v) 2024-yil 1-avgustdan boshlab 2025-yil 1-yanvarga qadar 3-toifadagi tuman (shahar)larda faoliyat yuritayotgan oilaviy MTTlarga:
ular tomonidan yollangan tarbiyachi va tarbiyachi yordamchilariga ish haqini toʻlash uchun — 9 soatlik davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan ish haqining 90 foizi miqdorida;
ularda taʼlim olayotgan har bir bolani ovqatlantirish, yumshoq jihozlar (matraslar, yostiqlar, koʻrpalar, choyshablar, koʻrpa va yostiq jildlari, yopingʻichlar, qop-koʻrpa) hamda dori-darmonlar bilan taʼminlashga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun — davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida belgilangan normativlarning 90 foizi miqdorida;
g) 2025-yil 1-yanvardan boshlab 3-toifadagi tuman (shahar)larda faoliyat yuritayotgan oilaviy MTTlarga:
ular tomonidan yollangan tarbiyachi va tarbiyachi yordamchilariga ish haqini toʻlash uchun — 9 soatlik davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan ish haqining 85 foizi miqdorida;
ularda taʼlim olayotgan har bir bolani ovqatlantirish, yumshoq jihozlar (matraslar, yostiqlar, koʻrpalar, choyshablar, koʻrpa va yostiq jildlari, yopingʻichlar, qop-koʻrpa) hamda dori-darmonlar bilan taʼminlashga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun — davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida belgilangan normativlarning 85 foizi miqdorida;
d) 4 va 5-toifadagi tuman (shahar)larda faoliyat yuritayotgan oilaviy MTTlarga:
ular tomonidan yollangan tarbiyachi va tarbiyachi yordamchilariga ish haqini toʻlash uchun — 9 soatlik davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari va miqdorlarida;
ularda taʼlim olayotgan har bir bolani ovqatlantirish, yumshoq jihozlar (matraslar, yostiqlar, koʻrpalar, choyshablar, koʻrpa va yostiq jildlari, yopingʻichlar, qop-koʻrpa) hamda dori-darmonlar bilan taʼminlashga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun — davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida belgilangan normativlar boʻyicha;
e) farzandi oilaviy MTTda taʼlim va tarbiya olayotgan boquvchisini yoʻqotgan ayollarning ota-onalar badali toʻlovlarini qoplash uchun — tegishli hududdagi 9 soatlik davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan ota-onalar badali toʻlovlari miqdorida.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-iyuldagi PF-98-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 06/24/98/0467-son — 2024-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
12. Oilaviy MTTga ular tomonidan yollangan tarbiyachi va tarbiyachi-yordamchilarga ish haqini toʻlash uchun subsidiyalar basharti ushbu MTTning har bir guruhida tarbiyalanayotgan bolalarning oʻrtacha oylik soni kamida 12 nafarni tashkil qilganda toʻlanadi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 848-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/848/1049-son)
Bunda subsidiyalar oilaviy MTTdagi guruhlar sonidan kelib chiqib, koʻpi bilan 4,5 ta shtat birligida (Toshkent shahri, Nukus shahri va viloyatlar markazlarida — 2,25 shtat birligigacha), shu jumladan, bir guruhda — 1,25 shtat birligida tarbiyachi va 1 shtat birligida tarbiyachi yordamchisi lavozimida band boʻlgan xodimlarning ish haqini toʻlash uchun ajratiladi.
13. Oilaviy MTTning tarbiyachilari va tarbiyachi yordamchilari ishda boʻlmagan vaqt (mehnat taʼtili, oʻz hisobidan taʼtil, kasallik varaqasi ochilgan davr va boshqa holatlar)da ularning oʻrniga vaqtincha yollagan boshqa tarbiyachilar va tarbiyachi yordamchilari ishlagan kunlar boʻyicha haqiqiy davomatidan kelib chiqib ish haqi uchun subsidiya hisoblanadi va toʻlandi.
Bunda oilaviy MTT rahbari yangi yollangan tarbiyachilar va tarbiyachi yordamchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni NMTTBATga kiritishi lozim.
14. Oilaviy MTTning tarbiyachilari va tarbiyachi yordamchilari mehnat taʼtili, homiladorlik va tugʻish hamda boshqa turdagi taʼtilga chiqqanda ularning taʼtil va nafaqa pullarini qoplash uchun subsidiyalar ajratilmaydi.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 848-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/848/1049-son)
15. Oilaviy MTTga ish haqi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarining lavozimi, maʼlumoti va malaka toifasi hisobga olingan holda quyidagi formula asosida NMTTBATda hisob-kitob qilinadi:
IHS — oilaviy MTT xodimiga ish haqi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya summasi (har bir xodim uchun alohida hisoblanib, jamlanadi);
BTS — xodimning lavozimi, maʼlumoti va malaka toifasi uchun belgilangan bazaviy tarif stavkasi;
XIS — xodimning lavozimi boʻyicha belgilangan ish stavkasi;
IKS — joriy oydagi ish kunlari soni;
TKS — oilaviy MTT joylashgan hudud uchun qonunchilikda belgilangan tuman koeffitsiyenti summasi;
DKS — NMTTBATda qayd etilgan xodimning davomat kunlari soni;
AKS — xodimning aybisiz (hududdagi favqulodda holatlar, ob-havoning keskin sovub yoki isib ketishi natijasida mahalliy hokimliklar qarorlar asosida taʼlim muassasalarining faoliyati vaqtincha toʻxtatilganda, sanitariya-epidemiologik vaziyatlar va boshqa favqulodda holatlar roʻy berganida) bekor turib qolingan kunlar soni. Bunda ushbu kunlar soni oilaviy MTT rahbari tomonidan NMTTBATda belgilanadi va asoslovchi hujjatlar tegishli maktabgacha taʼlim organiga NMTTBAT orqali taqdim etiladi;
ISS — xususiy sherik mulki negizida tashkil etilgan DXSH asosidagi MTTlar uchun qonunchilikda belgilangan ijtimoiy soliq stavkasi.
16. Oilaviy MTTda:
ish haqi xarajatlari budjet subsidiyalari hisobidan moliyalashtiriladigan xodimlardan amaldagi qonunchilikda belgilangan miqdorlarda ijtimoiy soliq, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi, shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻiga badal toʻlovlari hamda xodimlarga toʻlanadigan ish haqi summalari har bir xodim uchun NMTTBATda hisoblanadi va Moliya vazirligining axborot tizimiga yuboriladi;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va boshqa ajratmalar ushlab qolingandan keyin hisoblangan ish haqi tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari orqali Moliya vazirligining tegishli axborot tizimi yordamida tuman (shahar) mahalliy budjetlaridan toʻgʻridan-toʻgʻri oilaviy MTT xodimlarining tegishli bank plastik kartalariga oʻtkazib beriladi.
Oilaviy MTTdan va ularning xodimlaridan ushlab qolingan ijtimoiy soliq, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻiga badal toʻlovlari tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari tomonidan tegishlicha tuman (shahar) pensiya, soliq organlariga va xalq banki boʻlimlariga toʻlov topshiriqnoma asosida oʻtkaziladi hamda ushbu soliq va badal toʻlovlarni toʻlayotgan yakka tartibdagi tadbirkor nomi va uning xodimlari maʼlumotlari (F.I.O, pasport seriyasi, raqami va boshqa) va toʻlov summasi koʻrsatilgan holda elektron toʻlov qaydnoma (vedomost) joʻnatiladi.
17. Oilaviy MTTda:
a) ovqatlanish xarajatlarini qoplash uchun subsidiyaning oylik summasi quyidagi formulalar asosida NMTTBATda hisob-kitob qilinadi:
KOX = (DBX / UBS + OTM*12) / IKS
OXS = KOX * TQS
Bunda:
KOX — oilaviy MTTga bir nafar tarbiyalanuvchisining bir kunlik ovqatlanish xarajatini qoplashga ajratiladigan subsidiyaning respublika boʻyicha qatʼiy miqdori;
DBX — tegishli moliya yilida 9 soatlik ish rejimidagi umumiy tipdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga (qonunchilik hujjatlariga muvofiq ota-onalar toʻlovlari boʻyicha imtiyoz berilgan tumanlarda joylashgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari bundan mustasno) Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan oziq-ovqat xarajatlarini qoplash uchun ajratilgan mablagʻlar miqdori;
UBS — 9 soatlik ish rejimidagi umumiy tipdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining “Bolalar bogʻchasi” maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimida roʻyxatga olingan toʻliq kunli guruhlardagi bolalar soni;
(17-band “a” kichik bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
OTM — tuman markazlarida joylashgan 9 soatlik ish rejimidagi umumiy tipdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun bir oylik ota-onalar toʻlovi miqdori;
IKS — joriy yildagi ish kunlari soni;
OXS — hisobot oyida tarbiyalanuvchilarni ovqatlantirish uchun toʻlanadigan oylik subsidiya summasi;
TQS — hisobot oyida har bir tarbiyalanuvchining haqiqatda ushbu MTTga qatnagan kunlari soni;
b) yumshoq jihozlar xarajatlarini qoplash uchun subsidiyaning oylik summasi quyidagi formulalar asosida NMTTBATda hisob-kitob qilinadi:
OYUX = DBX / UBS / 12
OYUS = OYUX * DTS
Bunda:
OYUX — oilaviy nodavlat MTTning bir nafar tarbiyalanuvchisini bir oylik yumshoq jihozlar bilan taʼminlash xarajatlarini qoplashga ajratiladigan subsidiyaning respublika boʻyicha qatʼiy miqdori;
DBX — tegishli moliya yilida 9 soatlik ish rejimidagi umumiy tipdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan yumshoq jihozlar xarajatlarini qoplash uchun ajratilgan mablagʻlar miqdori;
UBS — 9 soatlik ish rejimidagi umumiy tipdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining “Bolalar bogʻchasi” maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimida roʻyxatga olingan toʻliq kunli guruhlardagi bolalar soni;
(17-band “b” kichik bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
OYUS — hisobot oyida tarbiyalanuvchilarni yumshoq jihozlar bilan taʼminlash uchun oylik subsidiya summasi;
DTS — hisobot oyida davomati 40 foizdan yuqori boʻlgan tarbiyalanuvchilar soni;
v) dori vositalari xarajatlarini qoplash uchun subsidiyaning oylik summasi quyidagi formulalar asosida NMTTBATda hisob-kitob qilinadi:
ODX = DBX / UBS / 12
ODS = ODX * DTS
Bunda:
ODX — oilaviy nodavlat MTTning bir nafar tarbiyalanuvchisini bir oylik dori vositalari bilan taʼminlash xarajatlarini qoplashga ajratiladigan subsidiyaning respublika boʻyicha qatʼiy miqdori;
DBX — tegishli moliya yilida 9 soatlik ish rejimidagi umumiy tipdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan dori vositalari xarajatlarini qoplash uchun ajratilgan mablagʻlar miqdori;
UBS — 9 soatlik ish rejimidagi umumiy tipdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining “Bolalar bogʻchasi” maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimida roʻyxatga olingan umumiy bolalar soni;
(17-band “v” kichik bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
ODS — hisobot oyida tarbiyalanuvchilarni dori vositalari bilan taʼminlash uchun oylik subsidiya summasi;
DTS — hisobot oyida davomati 40 foizdan yuqori boʻlgan tarbiyalanuvchilar soni.
171. Oilaviy MTTlarga budjet subsidiyalari muassasaning joylashgan hududidan kelib chiqib mazkur Nizomning 11-bandida keltirilgan tuzatish koeffitsiyentlarini qoʻllagan holda hisoblanadi.
(171-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-iyuldagi PF-98-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 06/24/98/0467-son — 2024-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
4-bob. DXSH asosidagi MTTga kompensatsiyalarni hisoblash va toʻlash tartibi
18. DXSH asosidagi MTT (oilaviy MTTlar bundan mustasno) va boshqa nodavlat MTTga hisobot oyida foydalangan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari narxining 50 foizi miqdorida Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan har oylik kompensatsiya toʻlanadi.
19. DXSH asosidagi MTT (oilaviy MTTlar bundan mustasno) va boshqa nodavlat MTTga toʻlanadigan elektr energiyasi xizmatlaridan foydalanish xarajatlari uchun kompensatsiyaning oylik maksimal summasi quyidagi formula asosida NMTTBATda hisob-kitob qilinadi:
(19-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 848-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/848/1049-son)
Bunda:
EKM — elektr energiyasi xizmatlaridan foydalanish xarajatlari uchun bir nafar tarbiyalanuvchiga toʻlanadigan kompensatsiyaning kunlik qatʼiy miqdori;
DBX — 9 soatlik ish rejimidagi umumiy tipdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga tegishli moliya yilida Davlat budjetidan elektr energiyasi xizmatlaridan foydalanish xarajatlari uchun ajratilgan mablagʻlarning umumiy summasi;
UBS — 9 soatlik ish rejimidagi umumiy tipdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining “Bolalar bogʻchasi” maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimida roʻyxatga olingan toʻliq kunli guruhlardagi bolalar soni;
(19-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
IKS — joriy yilda ish kunlari soni;
EKS — elektr energiyasi xizmatlaridan foydalanish xarajatlari uchun toʻlanadigan kompensatsiyaning oylik maksimal summasi;
RTS — hisobot oyidagi har bir ish kunida axborot tizimida roʻyxatga olingan bolalar soni yigʻindisi.
(19-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 848-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/848/1049-son)
Bunda roʻyxatdagi bola soni tashkilotning rejadagi quvvatidan ortib ketgan hollarda, rejadan ortiqcha roʻyxatga kiritilgan bolalar uchun kompensatsiya toʻlovlari hisoblanmaydi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 848-sonli qaroriga asosan oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/848/1049-son)
20. DXSH asosidagi MTT (oilaviy MTTlar bundan mustasno) va boshqa nodavlat MTTga toʻlanadigan tabiiy gaz xizmatlaridan foydalanish xarajatlari uchun kompensatsiyaning oylik summasi quyidagi formula asosida hisob-kitob qilinadi:
(20-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 848-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/848/1049-son)
Bunda:
GKM — tabiiy gaz xizmatlaridan foydalanish xarajatlari uchun bir nafar tarbiyalanuvchiga toʻlanadigan kompensatsiyaning kunlik qatʼiy miqdori;
DBX — 9 soatlik ish rejimidagi umumiy tipdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga tegishli moliya yilida Davlat budjetidan tabiiy gaz xizmatlaridan foydalanish xarajatlari uchun ajratilgan mablagʻlarning umumiy summasi;
UBS — tabiiy gazdan foydalanadigan 9 soatlik ish rejimidagi umumiy tipdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining “Bolalar bogʻchasi” maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimida roʻyxatga olingan toʻliq kunli guruhlardagi bolalar soni;
(20-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
IKS — joriy yilda ish kunlari soni;
GKS — tabiiy gaz xizmatlaridan foydalanish xarajatlari uchun toʻlanadigan kompensatsiyaning oylik summasi;
RTS — hisobot oyidagi har bir ish kunida NMTTBATda roʻyxatga olingan tarbiyalanuvchilarning soni yigʻindisi.
(20-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 848-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/848/1049-son)
Bunda roʻyxatdagi bola soni tashkilotning rejadagi quvvatidan ortib ketgan hollarda, rejadan ortiqcha roʻyxatga kiritilgan bolalar uchun kompensatsiya toʻlovlari hisoblanmaydi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 848-sonli qaroriga asosan oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/848/1049-son)
21. DXSH asosidagi MTT (oilaviy MTTlar bundan mustasno) va boshqa nodavlat MTTga elektr energiyasi xizmatlaridan foydalanish xarajatlari uchun kompensatsiya hisobot oyida ular tomonidan haqiqatda foydalanilgan elektr energiyasi narxining 50 foizi miqdorida, biroq elektr energiyasidan foydalanish xarajatlari uchun kompensatsiyaning oylik maksimal summasidan (EKSdan) oshmagan holda toʻlanadi.
DXSH asosidagi MTT (oilaviy MTTlar bundan mustasno) va boshqa nodavlat MTTning hisobot oyida haqiqatda foydalanilgan elektr energiyasi xarajatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar elektr energiyasini yetkazib beruvchi tashkilotlar tomonidan idoralararo elektron maʼlumot almashinuvi orqali NMTTBATga taqdim etiladi.
Tabiiy gazdan foydalanish xarajatlari uchun kompensatsiya toʻlovlari barcha DXSH asosidagi MTT (oilaviy MTTlar bundan mustasno) va boshqa nodavlat MTTga ularda markazlashgan tabiiy gaz taʼminoti mavjud boʻlishi yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar toʻlanadi.
22. Elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlaridan foydalanish xarajatlari uchun kompensatsiyalar DXSH asosidagi MTT (oilaviy MTTlar bundan mustasno) va boshqa nodavlat MTTning NMTTBAT orqali Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga bir yilda bir marotaba yuborgan arizasi asosida hisobot oyidan keyingi oyning 10-kuniga qadar hisoblanadi.
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 848-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/848/1049-son)
Bunda kompensatsiya toʻlovlari ariza berilgan kundan keyin keladigan ish kunidan boshlab NMTTBATda roʻyxatga olingan tarbiyalanuvchilar sonidan kelib chiqib hisoblab boriladi.
(22-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 848-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/848/1049-son)
5-bob. DXSH asosidagi va boshqa nodavlat MTTga subsidiyalar hamda kompensatsiyalarni hisoblash va toʻlash shartlari
23. DXSH asosidagi MTTga subsidiya ajratish davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda koʻrsatilgan muddat davomida amalga oshiriladi.
24. DXSH asosidagi MTTga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan subsidiyalar ularda taʼlim olayotgan 3 yosh va undan katta yoshdagi (boquvchisini yoʻqotgan ayollarning 2 yosh va undan katta yoshdagi), shu jumladan, 7 yoshga toʻlgan, biroq maktabga qabul davrini kutayotgan bolalar uchun toʻlanadi.
Boquvchisini yoʻqotgan ayollar va ularning farzandlari roʻyxati NMTTBATga tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimidan oʻzaro elektron axborot almashinuvi orqali olinadi.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
25. DXSH asosidagi va boshqa nodavlat MTT uchun subsidiyalar va kompensatsiyalarning qatʼiy miqdorlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan 2022-yilning avgust oyida — 2022-yil avgust oyidan 2023-yil mart oyigacha boʻlgan muddat uchun, keyingi yillarda esa har yili aprel oyida — joriy yil aprel oyidan keyingi yilning mart oyigacha boʻlgan muddat uchun tasdiqlanadi.
Bunda:
2024-yildan boshlab elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlari (tariflari) yuridik shaxslar uchun oshirilganda, kompensatsiyalarning qatʼiy miqdorlari ham mos ravishda oshirilib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan qayta tasdiqlanadi hamda narxlar (tariflar)ning yangi miqdorlari qonunchilikka kiritilgan oʻzgarishlar kuchga kirgan sanadan boshlab hisoblab boriladi;
zaruratdan kelib chiqib, 2024-yildan soʻng kompensatsiyalarning qatʼiy miqdorlari ushbu bandning birinchi xatboshisida belgilangan tartibda qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 848-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/848/1049-son)
26. Moliya yili davomida qonunchilik hujjatlariga muvofiq mehnatga haq toʻlash miqdorlari va shartlari oʻzgargan hollarda, DXSH asosidagi MTTga va qamrovi past boʻlgan hududdagi hamda yangi koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatidagi xususiy MTTga toʻlanadigan ish haqi xarajatlari uchun subsidiyalarning miqdorlari qayta koʻrib chiqiladi.
Bunda DXSH asosidagi MTTga va qamrovi past boʻlgan hududdagi hamda yangi koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatidagi xususiy MTTga toʻlanadigan subsidiyalarning yangi miqdorlari qonunchilikka kiritilgan oʻzgarishlar kuchga kirgan sanadan boshlab hisoblab boriladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
27. Subsidiyalar va kompensatsiyalarni moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlar tegishli moliya yili uchun respublika budjeti parametrlarida Maktabgacha taʼlim vazirligi uchun ajratiladi, keyinchalik har oyda NMTTBATda hisoblangan subsidiyalar va kompensatsiyalar miqdoridan kelib chiqib tegishli tuman (shahar) mahalliy budjetlari boʻyicha taqsimlanadi va moliyalashtiriladi.
28. Subsidiya olish huquqiga ega boʻlgan MTTlarga subsidiyalar ushbu tashkilotlar tomonidan xodimlar va tarbiyalanuvchilar haqida maʼlumotlar NMTTBATga kiritilgan kundan keyingi ish kunidan boshlab besh kunlik ish haftasi hisobidan hisoblash boshlanadi.
Bunda:
oilaviy MTTga subsidiyalar oilaviy MTT oʻz faoliyatini boshlashi toʻgʻrisida xabarnoma boʻyicha belgilangan tartibda berilgan tasdiqnomaga asosan, ushbu tasdiqnoma berilgan kundan keyingi ish kunidan boshlab hisoblanadi;
subsidiyalar summasi DXSH asosidagi MTTning xodimlari va tarbiyalanuvchilarning haqiqiy davomatidan kelib chiqib avtomatik ravishda hisoblanadi;
(28-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 848-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/848/1049-son)
DXSH asosidagi MTTlarga subsidiyalar va kompensatsiyalar yakka tartibdagi tadbirkorlik guvohnomasi, faoliyatini boshlaganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma yoki nodavlat taʼlim tashkiloti litsenziyasi, tegishlicha ijara shartnomasi amal qilish muddatlarda hisoblanadi va toʻlanadi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 848-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/848/1049-son)
29. Hisobot oyida NMTTBATda xususiy sherik mulki negizida tashkil etilgan DXSH asosidagi MTT, qamrovi past boʻlgan hududdagi hamda yangi koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatidagi xususiy MTT va oilaviy MTTning guruhlaridagi tarbiyalanuvchilari boʻyicha oʻrtacha oylik davomati foizi 40 foizdan kam boʻlganda, hisobot oyi uchun xodimlariga ish haqiga subsidiya hisoblanmaydi va toʻlanmaydi.
(29-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Tarbiyalanuvchilarning oʻrtacha oylik davomati quyidagi formula asosida aniqlanadi:
OʻOD = KDF / IKS
Bunda:
OʻOD — tarbiyalanuvchilarning oʻrtacha oylik davomati;
KDF — hisobot oyi davomida tarbiyalanuvchilarning har kunlik davomatining foizi jamlanmasi. Bunda tarbiyalanuvchilarning har kunlik davomat foizi MTTga kelgan tarbiyalanuvchilar sonini ushbu kunda NMTTBATda roʻyxatga olingan tarbiyalanuvchilar soniga boʻlish va 100 foizga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi;
IKS — hisobot oyida ish kunlari soni.
30. DXSH asosidagi MTTning xodimlari (ish haqi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya olmaydigan DXSH asosidagi MTT xodimlari bundan mustasno) va tarbiyalanuvchilarining haqiqiy davomati hisobi NMTTBATda jismoniy shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi orqali yuritiladi.
NMTTga qabul qilingan tarbiyalanuvchilarning fotosurati bolaning ota-onasi (bobosi, buvisi) yoki vasiylarining nomiga rasmiylashtirilgan telefon raqamiga SMS-xabarnoma orqali kod yuboriladi, ushbu kod orqali bolaning fotosurati NMTTBATda NMTT rahbari yoki xodimlari tomonidan tasdiqlanadi. SMS bilan tasdiqlash xarajatlari axborot tizimiga xizmat koʻrsatuvchi tashkilot tomonidan qoplanadi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
31. Biometrik identifikatsiya qilish jarayoni DXSH asosidagi MTT va boshqa nodavlat MTT rahbari yoki xodimlarining smartfonlari yoxud planshetlari yordamida, ushbu tashkilotning joylashuvi (geolokatsiyasi) hisobga olingan holda har ish kuni bir marotaba quyidagicha amalga oshiriladi:
toʻliq kunli (9, 10,5 va 12 soat) guruhlarda — har ish kuni soat 07.00 — 17.00 gacha;
bolalar qisqa vaqt boʻladigan guruhlarda — ushbu guruhlarning ish rejimidan kelib chiqib ishning har bir smenasidagi vaqt mobaynida.
32. Subsidiyalarning oylik summalari ushbu Nizomning 31-bandida belgilangan ish soatlari mobaynida NMTTBATda qayd etilgan xodimlar va tarbiyalanuvchilarning davomati asosida hisoblanadi.
Bunda davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda koʻrsatilgan DXSH asosidagi MTT va qamrovi past boʻlgan hududdagi hamda yangi koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatidagi xususiy MTT manzili (joylashuvi boʻyicha geolokatsiyasi)dan boshqa joyda qayd etilgan xodimlar va tarbiyalanuvchilarning davomati NMTTBATda hisobga olinmaydi va ular uchun subsidiya toʻlanmaydi.
(32-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
33. DXSH asosidagi MTT, shu jumladan, oilaviy MTT va qamrovi past boʻlgan hududdagi hamda yangi koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatidagi xususiy MTT tomonidan bir bolaning maʼlumotlari NMTTBATga kiritilib, uning fotosurati oʻrniga boshqa bola (tarbiyalanuvchi)ning fotosurati ushbu axborot tizimiga joylashtirilgani, elektron qurilmalar va boshqa shakldagi fotosurat orqali davomati belgilanib kelinayotgani, shuningdek, boshqa tashqi elektron dasturlar yoki ilovalar, qoʻshimcha qurilmalar yordamida oʻzgartirishlar kiritish aniqlanganda, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xodimlari tomonidan bir tomonlama dalolatnoma rasmiylashtiriladi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan dalolatnoma tadbirkorning shaxsiy kabinetiga NMTTBAT orqali elektron tarzda yuboriladi.
Mazkur tarbiyalanuvchi MTTga qatnagan barcha davri uchun toʻlangan subsidiyalar summasi toʻliq Davlat budjetiga undiriladi.
Ushbu holat birinchi marotaba aniqlanganda, bir oy davomida, ikkinchi marotaba aniqlanganda esa ikki oy davomida subsidiya toʻlovlari DXSH asosidagi MTT, shu jumladan, oilaviy MTTga hisoblanmaydi va toʻlanmaydi.
Bunday holat uchinchi marotaba aniqlanganda, ushbu DXSH asosidagi MTT, shu jumladan, oilaviy MTT bilan imzolangan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim bir tomonlama bekor qilinadi va qayta tuzilmaydi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
(331-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
34. NMTTBATning mobil ilovasidan internet tarmogʻisiz (oflayn rejimida) foydalangan hollarda DXSH asosidagi va boshqa nodavlat MTT xodimlari va tarbiyalanuvchilari davomati boʻyicha qayd etilgan maʼlumotlar hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunidan kechikmasdan internet tarmogʻiga ulangan holda (onlayn rejimda) NMTTBATga taqdim etilishi zarur.
NMTTBATga maʼlumotlarni oʻz vaqtida taqdim etmagan DXSH asosidagi va boshqa nodavlat MTTga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan subsidiyalar va kompensatsiyalar toʻlanmaydi.
35. Hisobot oyidan keyingi oyning 10-kuniga qadar DXSH asosidagi va boshqa nodavlat MTTning tuman va shaharlar boʻyicha toʻlov roʻyxatlari (hisoblangan subsidiyalar va kompensatsiyalar hamda boshqa zarur maʼlumotlar) avtomatik ravishda elektron koʻrinishda NMTTBATda shakllanadi va Moliya vazirligining axborot tizimiga idoralararo maʼlumot almashinuvi orqali taqdim etiladi.
36. Tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari ikki ish kuni mobaynida NMTTBAT orqali taqdim etilgan reyestr asosida subsidiya va kompensatsiyalarni tegishli DXSH asosidagi va nodavlat MTTning tijorat bankidagi hisobvaragʻiga va ushbu tashkilotlar xodimlarining tegishli bank plastik kartalariga belgilangan tartibda oʻtkazib beradi.
37. DXSH asosidagi MTTga oʻrindoshlik asosida ishga qabul qilinadigan xodimning ish vaqti jamlangan holda hisoblab yuritilganda, oʻrindoshlik asosida ish vaqtining umumiy davomiyligi hisobga olinadigan davr uchun oʻrindoshlik asosidagi lavozim boʻyicha ish vaqti normasining yarmidan ortiq boʻlmasligi kerak. Bunda hisobga olinadigan davr bir oydan ortiq boʻlmasligi, kunlik ishning (smenaning) davomiyligi esa — oʻn ikki soatdan ortiq boʻlmasligi kerak.
38. Texnik yoki boshqa sabablarga koʻra hisobot oyida NMTTBATda subsidiya va (yoki) kompensatsiyaning ortiqcha yoki kam hisoblanganligi aniqlanganda, hisobot oyidan keyin keladigan oyda ushbu subsidiya va (yoki) kompensatsiyalar tegishli summalar qoʻshilgan (yoki kamaytirilgan) holda hisob-kitob qilinadi.
39. DXSH asosidagi MTT va qamrovi past boʻlgan hududdagi hamda yangi koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatidagi xususiy MTT rahbari ushbu tashkilot va xodimlariga tegishli boʻlgan maʼlumotlarning NMTTBATga oʻz vaqtida kiritilishi, ularning toʻliqligi va haqqoniyligi boʻyicha javobgar hisoblanadi. Bunda:
(39-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
NMTTBATga notoʻgʻri yoki toʻliq boʻlmagan maʼlumotlar kiritilishi natijasida subsidiya va kompensatsiyalarni moliyalashtirish imkoniyati boʻlmasa, javobgarlik tegishli MTT rahbariga yuklanadi;
(39-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
maʼlumotlarning toʻgʻriligi va toʻliqligi taʼminlangandan soʻng subsidiyalar va kompensatsiyalar qayta hisob-kitob qilinib, hisobot oyidan keyin keladigan oyda belgilangan tartibda moliyalashtiriladi;
DXSH asosidagi MTTda (ish haqi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya olmaydigan DXSH asosidagi MTTlar bundan mustasno) kadrlar tarkibi oʻzgarishi bilan bogʻliq boʻlgan maʼlumotlar xodimlar ishga qabul qilingan va ishdan boʻshatilgan kunda NMTTBATga kiritilishi hamda ularning davomati ushbu Nizomda belgilangan tartibda hisobga olinishi zarur.
6-bob. NMTTBATdan foydalanish tartibi
40. NMTTBATdan foydalanish uchun DXSH asosidagi yoki boshqa nodavlat MTTning rahbari:
NMTTBATning mobil ilovasini yuklab oladi;
NMTTBATning internet-sayti yoki mobil ilovasi yordamida NMTTBATga kirib, unda koʻrsatilgan ommaviy oferta talablari va shartlari bilan tanishib, ushbu axborot tizimidan foydalanish boʻyicha oʻz roziligini bildiradi va elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi.
Bunda NMTTBATda MTT rahbariga shaxsiy kabinet ochiladi.
41. DXSH asosidagi va xususiy MTTga Davlat budjeti mablagʻlaridan subsidiyalar va kompensatsiyalar miqdori ular tomonidan NMTTBAT va uning mobil ilovasidan foydalanish bilan bogʻliq xarajatlar amalga oshirilgandan soʻng hisoblanadi.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
42. DXSH asosidagi va boshqa nodavlat MTTga har oylik subsidiya va kompensatsiyalar:
ularni moliyalashtirish uchun talabnomalarni oʻz vaqtida taqdim etilishida Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi masʼul hisoblanadi;
(42-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 848-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/848/1049-son)
oʻz vaqtida moliyalashtirilishiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi masʼul hisoblanadi.
(42-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 848-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/848/1049-son)
43. DXSH asosidagi va boshqa nodavlat MTT tomonidan oylik subsidiya va kompensatsiyalar mablagʻlarining maqsadli sarflanishi yuzasidan nazorat Maktabgacha taʼlim vazirligining ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati hamda Davlat moliyaviy nazorati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
44. 2022-yil davomida NMTTBATni joriy etishda tarbiyalanuvchilar va tarbiyachilar davomatini hisobga olish, subsidiyalar hamda kompensatsiyalarni hisoblash, DXSH asosidagi va xususiy MTT joylashgan hududda internet xizmatlari koʻrsatilmasligi yoki internet xizmatini koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan internet xizmatlari vaqtinchalik taqdim etilmaganda yoxud uzilishlar hamda boshqa texnik nosozliklar yuzaga kelganda oylik davomatni belgilash uchun NMTTBATda qayd etilgan xodimlar va tarbiyalanuvchilarning soʻnggi 5 kunlikda oʻrtacha davomat koʻrsatkichi qoʻllaniladi yoxud bunday koʻrsatkichlar mavjud boʻlmaganida tegishli maktabgacha taʼlim organi tomonidan belgilangan tartibda toʻldirilgan ish vaqti tabeli va tarbiyalanuvchilar qatnovi tabelidan foydalaniladi.
Bunda DXSH asosidagi va boshqa nodavlat MTT joylashgan hududda internet xizmatlari koʻrsatilmasligi yoki internet xizmatini koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan internet xizmatlari vaqtinchalik taqdim etilmaganligi yoxud uzilishlar hamda boshqa texnik nosozliklar yuzaga kelganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar DXSH asosidagi va xususiy MTT tomonidan tegishli maktabgacha taʼlim organiga taqdim etiladi.
45. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga Davlat budjeti mablagʻlaridan subsidiyalar va kompensatsiyalar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga Davlat budjeti mablagʻlaridan subsidiyalar va kompensatsiyalarni ajratish va toʻlash
1. “Bolalar bogʻchasi” ATda tarbiyalanuvchilar roʻyxatini belgilangan tartibda shakllantiradi.
2. Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimiga (NMTTBAT) tashkilot va uning xodimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritadi.
3. Jismoniy shaxsni biometrik identifikatsiya qilish orqali xodimlar va tarbiyalanuvchilar davomatini belgilangan tartibda yuritadi.
Bolaning qonuniy vakili yokixodim bilan mehnat shartnomasi tuzilgan kundan keyingi ish kunidan boshlab
2-bosqich
Maktabgacha taʼlim vazirligi
1. Hisobot oyi davomida MTTga haqiqatda qatnagan xodimlar va tarbiyalanuvchilar roʻyxatini avtomatik tarzda shakllantiradi.
2. MTTga haqiqatda qatnagan xodimlar va tarbiyalanuvchilar davomati hamda kommunal toʻlovlar boʻyicha elektron shaklda maʼlumotlarni yigʻadi, toʻlanadigan subsidiya va kompensatsiya miqdorlarini hisoblaydi.
Hisobot oyidan keyingi oyning 7-kunigacha
3-bosqich
Maktabgacha taʼlim vazirligi
Subsidiya va kompensatsiya turiga qarab elektron shaklda buyurtmanomalarni shakllantiradi va Moliya vazirligining tegishli axborot tizimlariga yuboradi.
Hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha
4-bosqich
Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar va kompensatsiyalar ajratish boʻyicha NMTTBATda shakllantirilgan talabnomalar asosida zarur mablagʻlarni tuman maktabgacha taʼlim boʻlimlarida ochilgan alohida hisobvaraqlariga qayta taqsimlaydi.
Ikki ish kunida
5-bosqich
Tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari
Taqdim etilgan reyestr asosida tegishli DXSH asosidagi va nodavlat MTTning tijorat bankidagi hisobvaragʻiga subsidiyalar va kompensatsiyalarni belgilangan tartibda oʻtkazib beradi.
Ikki ish kunida
Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga Davlat budjeti mablagʻlaridan subsidiyalar va kompensatsiyalar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
20___ yil __________ oyi uchun “__________” DXSH asosidagi MTTda taʼlim olayotgan har bir bola uchun subsidiya olishga
BUYURTMANOMA
Tashkilot STIRi
___________
Hudud nomi
___________
Tuman (shahar) nomi
___________
MFY nomi
___________
Uy raqami
___________
T/r
Tarbiyalanuvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar
Hisobot oyida
FIO
Tugʻilgan sanasi
Tugʻilganlik haqidagi guvohnoma seriyasi va raqami
Tarbiyalanuvchining MTTga qatnagan kunlari soni
Subsidiyaning respublika boʻyicha qatʼiy kunlik miqdori
Tarbiyalanuvchi taʼminoti uchun toʻlangan mablagʻ (ota-onalar toʻlovi miqdori)*
Tarbiyalanuvchi uchun ajratiladigan subsidiya summasi (4 ust*5 ust+6 ust)
a
1
2
3
4
5
6
7
1.
2.
...
JAMI:
X
X
* Boquvchisini yoʻqotgan ayollar farzandlari ota-onalar toʻlovlaridan ozod etiladi, tegishli hududdagi 9 soatlik ish rejimidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan miqdorlarda qoplab beriladi.
Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga Davlat budjeti mablagʻlaridan subsidiyalar va kompensatsiyalar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
20___ yil __________ oyi uchun “_______________” DXSH asosidagi MTTga ish haqi xarajatlari uchun subsidiyani olishga
Bir oylik ish haqi miqdori ((4 ust/5 ust*6 ust*3 ust)
+7 ust)
Ish haqiga nisbatan yagona ijtimoiy toʻlov (8 ust * 0,05)
Ajratiladigan subsidiya, jami (soʻm) (8 ust+9 ust)
a
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
1.
2.
…
Jami
* Xodimning aybisiz (hududdagi favqulodda holatlar, ob-havoning keskin sovib yoki isib ketishi natijasida mahalliy hokimliklar qarorlari asosida taʼlim muassasalarining faoliyati vaqtincha toʻxtatilganda, sanitariya-epidemiologik vaziyatlar va boshqa favqulodda holatlar roʻy berganida) bekor turib qolingan kunlar ham qoʻshiladi.
Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga Davlat budjeti mablagʻlaridan subsidiyalar va kompensatsiyalar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
___________________ DXSH asosidagi MTT va xususiy MTTga ajratiladigan kompensatsiyalar uchun
BUYURTMANOMA
Tashkilot STIRi
___________
Hudud nomi
___________
Tuman (shahar) nomi
___________
MFY nomi
___________
Uy raqami
___________
T/r
Tarbiyalanuvchining FIO
Hisobot oyidagi ish kunlari soni
Har bir tarbiyalanuvchining tashkilotga qatnagan kunlari soni
Elektr va tabiiy gaz isteʼmoli uchun ajratiladigan mablagʻ (5 ust+12 ust)
Tabiiy gaz uchun (suyultirilgan gaz yoki koʻmir mahsulotlari)
1 kVt/soat narxi
Hisobot oyida haqiqiy xarajat (kVt)
Haqiqiy isteʼmol uchun hisoblangan summaning 50 foizi
(6 ust *7 ust *50%)
Bir nafar tarbiyalanuvchiga kompensatsiyaning kunlik qatʼiy miqdori
Kompensatsiya oylik maksimal summasi (3 ust*9 ust)
Bir nafar tarbiyalanuvchiga kompensatsiyaning kunlik qatʼiy miqdori
Kompensatsiya summasi
(3 ust*11 ust)
a
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
1.
2.
...
Jami
* Xodimning aybisiz (hududdagi favqulodda holatlar, ob-havoning keskin sovib yoki isib ketishi natijasida mahalliy hokimliklar qarorlari asosida taʼlim muassasalarining faoliyati vaqtincha toʻxtatilganda, sanitariya-epidemiologik vaziyatlar va boshqa favqulodda holatlar roʻy berganida) bekor turib qolingan kunlar ham qoʻshiladi.
Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga Davlat budjeti mablagʻlaridan subsidiyalar va kompensatsiyalar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
20___ yil __________ oyi uchun “__________” oilaviy MTTda taʼlim olayotgan har bir bola uchun subsidiya olishga
BUYURTMANOMA
Tashkilot STIRi
___________
Hudud nomi
___________
Tuman (shahar) nomi
___________
MFY nomi
___________
Uy raqami
___________
T/r
Tarbiyalanuvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar
Hisobot oyida
FIO
Tugʻilgan sanasi
Tugʻilganlik haqidagi guvohnoma seriyasi va raqami
Tarbiyalanuvchi-ning MTTga qatnagan kunlari soni
Subsidiyaning respublika boʻyicha qatʼiy kunlik miqdori
Tarbiyalanuvchi uchun ajratiladigan subsidiya summasi (4 ust*5 ust+6 ust)
a
1
2
3
4
5
6
7
1.
2.
...
JAMI:
X
X
* Boquvchisini yoʻqotgan ayollar farzandlari ota-onalar toʻlovlaridan ozod etiladi, tegishli hududdagi 9 soatlik ish rejimidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan miqdorlarda qoplab beriladi.
Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga Davlat budjeti mablagʻlaridan subsidiyalar va kompensatsiyalar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
20___ yil __________ oyi uchun “_____________” oilaviy MTTga ish haqi boʻyicha ajratiladigan subsidiyalarni olish uchun
BUYURTMANOMA
Tashkilot STIRi
___________
Hudud nomi
___________
Tuman (shahar) nomi
___________
MFY nomi
___________
Uy raqami
___________
T/r
Xodimning FIO
Lavozim nomi
Shtat birligi
Bazaviy tarif stavkalari miqdorlari (soʻm)
Hisobot oyida
Hisobot oyida ish kunlari soni
Xodim haqiqatda ishlagan ish kunlari soni *
Tuman koeffitsiyenti summasi
Bir oylik ish haqi miqdori ((4 ust/5 ust*6 ust*3 ust)+7 ust)
Ish haqiga nisbatan yagona ijtimoiy toʻlov (8 ust * 0,05)
Ajratiladigan subsidiya, jami (soʻm) (8 ust+9 ust)
a
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
1.
2.
…
Jami
Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga Davlat budjeti mablagʻlaridan subsidiyalar va kompensatsiyalar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
20___ yil _______ oyi uchun “__________” oilaviy MTTga yumshoq jihozlar va dori vositalari xarajatlari boʻyicha subsidiyalarni olish uchun
* Hisobot oyida oilaviy MTTga davomati 40 foizdan yuqori boʻlgan tarbiyalanuvchilarning soni.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 426-son qaroriga 3-ILOVA
Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining (keyingi oʻrinlarda — oilaviy MTT) maqsadi va vazifalarini, ularning faoliyatini tashkil etish, moddiy-texnik va metodik jihatdan taʼminlash, moliyalashtirish, shuningdek, ularni boshqarish tartibini belgilaydi.
2. Oilaviy MTT faoliyatini tashkil etish mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Oilaviy MTT oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan tuzilgan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Oilaviy MTT faqat davlat-xususiy sheriklikning oilaviy MTTni moddiy-texnik va metodik jihatdan taʼminlash shakli asosida tashkil etiladi.
5. Oilaviy MTT shaklida taʼlim xizmatlari yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan jismoniy shaxslar tomonidan koʻrsatiladi.
Oilaviy MTT bank hisobvaragʻiga ega boʻladi.
6. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
davlat-xususiy sheriklik — xususiy investitsiyalarni jalb qilish, resurslarni birlashtirish va xavf-xatarlarni taqsimlash maqsadida davlat sherigi va xususiy sherikning aniq muddatga yuridik rasmiylashtirilgan maktabgacha taʼlim sohasidagi oʻzaro samarali hamkorligi;
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim tomonlari (keyingi oʻrinlarda — tomonlar) — davlat sherigi va xususiy sherik;
davlat sherigi — Maktabgacha taʼlim vazirligi;
xususiy sherik — oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatini yuritish uchun davlat sherigi bilan bitim imzolagan yakka tartibdagi tadbirkor;
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim (keyingi oʻrinlarda — bitim) — tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik loyihasini ijro etishning boshqa shartlarini belgilab beradigan davlat sherigi va xususiy sherik oʻrtasida tuzilgan shartnoma;
ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar — Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar, aʼzolari nogironligi boʻlgan shaxslardan iborat boʻlgan oilalar, boquvchisini yoʻqotgan oilalar, bolaning ota-onasi kvotalar boʻyicha mintaqalarga taqsimlangan ijtimoiy soha xodimlari boʻlgan oilalar, toʻrt yoki undan koʻp bolalari boʻlgan oilalar;
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
bolaning ota-onasi kvotalar boʻyicha mintaqalarga taqsimlangan ijtimoiy soha xodimlari boʻlgan oilalar — tibbiyot, madaniyat, fan, taʼlim va sport sohalari vakillarining ish joyidan maxsus kvota asosida boshqa hududga taqsimlangan oilalar;
maxsus kontingent — harbiy xizmatchilarning va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining bolalari, maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari va davlat umumtaʼlim maktablari pedagog xodimlarining bolalari;
maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari — Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Toshkent shahar Maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi, viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari va tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari xodimlari, shuningdek, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining direktor va pedagog xodimlari;
Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — NMTTBAT) maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari haqida maʼlumotlarni oʻzida aks ettiruvchi, boshqaruvchi, muvofiqlashtiruvchi va nazorat qiluvchi axborot tizimi.
2-bob. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining maqsadi va vazifalari
7. Quyidagilar oilaviy MTTning maqsadi hisoblanadi:
maktabgacha yoshdagi bolalarni (keyingi oʻrinlarda — bolalar) har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish;
taʼlim-tarbiya berish orqali bolalarni maktab taʼlimiga sifatli tayyorlash;
bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish.
8. Quyidagilar oilaviy MTTning vazifalari hisoblanadi:
taʼlim-tarbiya jarayoniga zamonaviy taʼlim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish;
bolalarning hayotini muhofaza qilish va sogʻligʻini mustahkamlash;
bola shaxsini sogʻlom va yetuk, maktabda oʻqishga tayyorlangan tarzda shakllantirish;
bolalarning intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishini taʼminlash;
bolalarda xalqimizning yuksak maʼnaviyati va insonparvarlik anʼanalariga sadoqat tuygʻularini shakllantirish.
9. Oilaviy MTT:
ota-onalar bilan kelishuv boʻyicha qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish (shu jumladan, oʻqituvchilar, murabbiylar, tibbiyot xodimlarini taklif qilish);
belgilangan tartibda tarbiyalanuvchilar sonidan kelib chiqib subsidiya mablagʻlari hisobidan 2,5 ta shtat birligigacha tarbiyachi va 2 ta shtat birligigacha tarbiyachi-yordamchisini yollash;
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan tartibda oʻz mablagʻlari hisobidan tashkilot xodimlarining malakasini oshirish;
xizmatlar koʻrsatishdan tushgan mablagʻlar hisobiga oʻz xodimlari ishini qoʻshimcha ravishda ragʻbatlantirish;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan subsidiya olish huquqiga ega.
10. Oilaviy MTT rahbarlari:
oilaviy MTT, uning xodimlari va tarbiyalanuvchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tegishligicha NMTTBATga va “Bolalar bogʻchasi” maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — “Bolalar bogʻchasi” AT) kiritilishini taʼminlashga majbur;
bolalar salomatligi, xavfsizligi, taʼlim-tarbiya sifati, NMTTBAT va “Bolalar bogʻchasi” ATga kiritiladigan maʼlumotlarning ishonchliligi uchun shaxsan javobgardir.
3-bob. Oilaviy MTT faoliyatini tashkil etish
11. Oilaviy MTT taʼlim faoliyatini:
oilaviy MTTni tashkil qilgan yakka tartibdagi tadbirkorning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnomasida koʻrsatilgan manzilda;
oilaviy MTTni tashkil qilgan yakka tartibdagi tadbirkorning oʻziga yoki turmush oʻrtogʻiga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan turar yoki noturar joyda;
agar turar yoki noturar joy boshqa jismoniy yoki yuridik shaxsga tegishli boʻlsa, bitim muddati davomida amal qilish sharti bilan notarial tasdiqlangan ishonchnoma yoki davlat organlaridan roʻyxatdan oʻtgan ijara shartnomasi asosida yoxud qonunchilikda belgilangan boshqa asoslarga koʻra foydalanish mumkin boʻlgan turar va noturar joylarda amalga oshirish huquqiga ega.
Bunda turar yoki noturar joy yakka tartibdagi tadbirkorning oʻziga yoxud turmush oʻrtogʻiga tegishliligi, shuningdek, notarial tasdiqlangan ishonchnoma yoki soliq organlaridan roʻyxatdan oʻtgan ijara shartnomasi asosida foydalanilayotganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar idoralararo elektron maʼlumot almashinuvi orqali tegishli davlat organlarning axborot tizimlaridan olinadi.
Oilaviy MTT faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talab etilmaydi.
12. Oilaviy MTTga kirish joyida fuqarolarni oilaviy MTT haqida maʼlumotlardan xabardor qilish maqsadida axborot peshlavhasi oʻrnatiladi.
Bunda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki “Litsenziya” axborot tizimidan foydalangan holda berilgan xabarnoma va uning qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnoma nusxalari, davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim nusxasi, oilaviy MTTning ish tartibi va boshqa hujjatlarning nusxalari joylashtiriladi.
13. Oilaviy MTTda 50 nafargacha bolalarga tarbiya berilishiga yoʻl qoʻyiladi. Bunda:
oilaviy MTTda har bitta guruh 12 — 25 nafargacha turli yoshdagi bolalardan iborat boʻladi. Birinchi guruhda 25 nafar bola toʻliq shakllantirilganidan keyin ikkinchi guruhning ochilishiga yoʻl qoʻyiladi. Ikkinchi guruh uchun subsidiyalar ushbu guruhga kamida 12 nafar bola qabul qilinganidan soʻng belgilangan tartibda toʻlab beriladi.
Avval tashkil etilgan oilaviy MTT guruhlaridagi tarbiyalanuvchilar soni mazkur Nizom talablariga muvofiqlashtiriladi.
14. Ushbu Nizomning 13-bandida belgilangan miqdordagi bolalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar NMTTBATga kiritilganidan soʻng oilaviy MTTga tarbiyachi va tarbiyachi yordamchisi shtat birliklari ajratiladi.
Bunda:
oilaviy MTT tomonidan yollangan tarbiyachi va tarbiyachi yordamchisiga tegishli toifa boʻyicha 9 soatlik ish rejimidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlarida va hajmlarda ish haqini toʻlash uchun Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan subsidiya ajratiladi;
subsidiyalar oilaviy MTTdagi guruhlar sonidan kelib chiqib koʻpi bilan 4,5 ta shtat birligida (Toshkent shahri, Nukus shahri va viloyatlar markazlarida — 2,25 shtat birligigacha), shu jumladan, bir guruhda — 1,25 shtat birligida tarbiyachi va 1 shtat birligida tarbiyachi yordamchisi lavozimida band boʻlgan xodimlarning ish haqini toʻlash uchun ajratiladi.
15. Oilaviy MTT tashkil etilishi rejalashtirilayotgan turar yoki noturar joyda bolalarning sogʻlom oʻsishi va tarbiya olishlari uchun zarur shart-sharoitlar boʻlishi, bino va inshootlar yongʻin xavfsizligi hamda sanitariya qoidalari va gigiyenik normativlarga javob berishi lozim.
16. Oilaviy MTT shaklidagi davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun yakka tartibdagi tadbirkor davlat sherigiga NMTTBAT orqali elektron shaklda ariza bilan murojaat qiladi.
Arizada yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
yakka tartibdagi tadbirkorning fuqarolik pasporti seriyasi va raqami;
oilaviy MTT joylashadigan turar yoki noturar joy yakka tartibdagi tadbirkorning turmush oʻrtogʻiga tegishli boʻlsa, uning pasporti seriyasi va raqami, turmush oʻrtogʻi vafot etgan taqdirda, uning oʻlimi haqidagi guvohnoma seriyasi va raqami kiritiladi;
turar yoki noturar joydan yoki uning xonalaridan foydalanish huquqini beruvchi hujjat maʼlumotlari, shu jumladan, bitim muddati davomida amal qilish sharti bilan notarial tasdiqlangan ishonchnoma sanasi va raqami yoki soliq organlaridan roʻyxatdan oʻtgan ijara shartnomasi sanasi va raqami (agar turar yoki noturar joy boshqa jismoniy yoki yuridik shaxsga tegishli boʻlsa);
oilaviy MTTda tashkil etilishi rejalashtirilgan guruhlar soni;
turar yoki noturar joyning manzili, uning joylashuvi (geolokatsiyasi) va oilaviy MTT uchun ajratiladigan maydon (m2);
tashkil qilinayotgan oilaviy MTTda faoliyat olib boruvchi tarbiyachi va tarbiyachi yordamchisi maʼlumotlari;
familiyasi, ismi, otasining ismi (agar mavjud boʻlsa);
pasport seriyasi va raqami yoki ID-karta raqami;
JSHSHIR;
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qaroriga asosan sakkizinchi — oʻn birinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
aloqa uchun elektron pochta manzili va (yoki) mobil telefon raqami.
Yakka tartibdagi tadbirkor NMTTBATga kiritiladigan maʼlumotlarning ishonchliligi uchun shaxsan javobgar boʻladi.
17. Ariza NMTTBAT orqali shakllantirilganidan soʻng:
yakka tartibdagi tadbirkorga arizada koʻrsatilgan elektron pochta yoki mobil telefon raqamiga arizaning ID-raqami, ariza qabul qilingan sana va vaqti koʻrsatilgan holda xabar joʻnatiladi;
oilaviy MTTning joylashuvi boʻyicha tegishli tuman (shahar) Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda davlat yongʻin xavfsizligi nazorati organiga elektron soʻrovlar joʻnatiladi.
18. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda davlat yongʻin xavfsizligi nazorati organi elektron soʻrovni olganidan soʻng uch ish kuni mobaynida belgilangan tartibda oʻrganishlarni oʻtkazib, oilaviy MTTni joylashtirish uchun tanlangan manzilda faoliyatni amalga oshirish maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi haqidagi xulosalarni elektron koʻrinishda NMTTBATga kiritadi.
19. Soʻrovlarga asosan joyiga chiqqan holda oʻtkaziladigan oʻrganishlar jarayonida:
a) Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati:
oilaviy MTT uchun ajratilgan xonalar belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyenik normativlarga mosligini;
turar yoki noturar joyning manzili va oilaviy MTT uchun ajratiladigan maydonning (kvadrat metrda aks ettiriladi) arizada toʻgʻri koʻrsatilganligini;
belgilangan meʼyorlarga muvofiq oilaviy MTTda ajratilgan maydonda taʼlim va tarbiya olishi imkoniyati mavjud boʻlgan bolalarning maksimal sonini;
oilaviy MTTni tashkil etish uchun ajratilgan binolar sanitariya-himoya zonasiga ega boʻlgan obyektlardan zarur darajada uzoqlikda joylashuvini oʻrganib chiqadi;
oʻrganish jarayonida oilaviy MTTning kirish qismi, oshxonasi, hojatxonasi va taʼlim-tarbiya berish uchun moʻljallangan xonalarning fotosuratini tashkilot ochish rejalashtirilgan manzilga borgan holda mobil ilova orqali tasvirga oladi hamda NMTTBATga kiritadi.
(19-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Oʻrganish natijasida xulosa shakllantiriladi va unga oilaviy MTTning kirish qismi, oshxonasi, hojatxonasi va taʼlim-tarbiya berish uchun moʻljallangan xonalarning fotosurati (kamida 4 ta fotosurat) majburiy tartibda ilova qilinadi.
Bunda oilaviy MTTda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyenik normativlar talablariga rioya etilmagan taqdirda, ushbu manzilda oilaviy MTTni tashkil etish rad etiladi;
b) davlat yongʻin xavfsizligi nazorati organlari oilaviy MTT tashkil etilishi rejalashtirilgan turar yoki noturar joy sharoitlari va uning yon atrofi yongʻin xavfsizligi talablariga javob berishi yoki bermasligini belgilangan tartibda oʻrganib chiqadi.
Oʻrganish natijasida xulosa shakllantiriladi va unga oilaviy MTTning kirish qismi, oshxonasi, isitish tizimi va taʼlim-tarbiya berish uchun moʻljallangan xonalarning fotosurati (kamida 4 ta fotosurat) majburiy tartibda ilova qilinadi.
Bunda oilaviy MTTda yongʻin xavfsizligi talablariga rioya etilmagan taqdirda, ushbu manzilda oilaviy MTTni tashkil etish rad etiladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 848-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/848/1049-son)
20. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda davlat yongʻin xavfsizligi nazorati organidan xulosalar olinganidan soʻng barcha maʼlumotlar oilaviy MTT tashkil etish toʻgʻrisidagi ariza bilan birga bir ish kunida NMTTBAT orqali Maktabgacha taʼlim vazirligiga taqdim etiladi.
21. Maktabgacha taʼlim vazirligi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda davlat yongʻin xavfsizligi nazorati organidan xulosalar olinganidan soʻng 10 ish kuni mobaynida rejalashtirilayotgan hududda 3 — 7 yoshdagi bolalar soni, oʻsha hududda mavjud davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari, maktabgacha taʼlim xizmati bilan qamrab olingan bolalar soni boʻyicha maʼlumotlardan kelib chiqib oilaviy MTTga subsidiyalar ajratish uchun tegishli moliya yilida Davlat budjetida nazarda tutilgan mablagʻlar hajmini hisobga olgan holda oilaviy MTT tashkil etilishi maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi boʻyicha xulosa tayyorlaydi va NMTTBATga kiritadi.
Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan oilaviy MTT tashkil etilishi maqsadga muvofiqligi boʻyicha ijobiy xulosa NMTTBATga kiritilgandan soʻng NMTTBATda avtomatik ravishda davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim shakllantiriladi va imzolash uchun xususiy sherikka elektron shaklda joʻnatiladi.
22. Xususiy sherik NMTTBAT orqali taqdim etilgan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni koʻrib chiqadi va unda belgilangan shartlarga rozi boʻlganida, bitimga elektron imzo qoʻyadi. Shundan soʻng ushbu bitim elektron imzo qoʻyish uchun avtomatik tarzda davlat sherigiga yuboriladi. Bunda:
davlat sherigi ushbu bitimga 3 ish kuni mobaynida imzo qoʻyadi;
Ushbu muddat davomida davlat sherigi tomonidan bitim imzolanmaganda, bitim kelishilgan deb hisoblanadi hamda yangi oilaviy MTTni “Bolalar bogʻchasi” AT roʻyxatiga kiritish boʻyicha NMTTBAT orqali elektron buyurtma beriladi.
Xususiy sherik 15 ish kuni ichida bitimni imzolamasa, uning arizasi oʻz kuchini yoʻqotadi, bunda bitimni imzolash zarurati mavjud boʻlganida, ariza xususiy sherik tomonidan yangidan NMTTBATga kiritilishi talab etiladi.
23. Quyidagi holatlarda oilaviy MTT shaklidagi davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun ariza boʻyicha rad javobi beriladi:
a) oilaviy MTTni tashkil etish uchun ajratilishi rejalashtirilgan (arizada koʻrsatilgan) turar yoki noturar joy maydoni:
qurilish faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasi normativ — huquqiy hujjatlarida belgilangan minimal talablaridan kam boʻlganida;
(23-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 848-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/848/1049-son)
b) Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati va (yoki) davlat yongʻin xavfsizligi nazorati organlari tomonidan salbiy xulosa berilganida;
(23-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 848-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/848/1049-son)
(23-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 848-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/848/1049-son)
(23-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 848-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/848/1049-son)
e) oilaviy MTTni tashkil etmoqchi boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkor bir vaqtning oʻzida maktabgacha va maktab taʼlimi tizimining boshqaruv organi xodimi yoki davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti yoxud maktabda rahbarlik lavozimda ishlaganida;
(23-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 848-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/848/1049-son)
j) Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xulosasida oilaviy MTT uchun ajratilgan maydonda taʼlim va tarbiya olishga tavsiya etilgan bolalarning maksimal soni ushbu Nizomning 13-bandida belgilangan meʼyordan kam boʻlganda;
z) tegishli moliya yilida Davlat budjetida nazarda tutilgan mablagʻlar hajmini hisobga olgan holda oilaviy MTT tashkil etilishi maqsadga muvofiq emas deb topilganda;
i) maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarni maktabgacha taʼlim bilan tez va samarali qamrab olish maqsadida birinchi navbatda qamrov darajasi past boʻlgan mahallalarda oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish;
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qaroriga asosan “z” va “i” kichik bandlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
k) oilaviy MTTni tashkil etish uchun ajratilishi rejalashtirilgan (arizada koʻrsatilgan) turar yoki noturar joy manzili kadastr organlaridan olingan maʼlumotlarga mos boʻlmaganda;
l) tashkil qilinayotgan oilaviy MTTda faoliyat olib boruvchi tarbiyachi diplom maʼlumoti mos kelmaganda.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qaroriga asosan “k” va “l” kichik bandlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Mazkur bandda nazarda tutilmagan hamda boshqa normativ hujjatlarda belgilanmagan asoslarga koʻra oilaviy MTT shaklidagi davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun ariza boʻyicha rad javobi berish taqiqlanadi.
(23-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
24. Oilaviy MTTni tashkil etish toʻgʻrisidagi ariza rad etilganida, rad etishning aniq sabablari koʻrsatilgan holda, arizada koʻrsatilgan elektron pochta orqali yoki mobil telefon raqamiga SMS-xabar orqali xususiy sherikka yuboriladi.
25. Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida tuzilgan bitimlarning yagona reyestri NMTTBATda elektron shaklda Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan yuritiladi.
26. Oilaviy MTT oʻz faoliyatini boshlash uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki “Litsenziya” axborot tizimi orqali belgilangan tartibda xabarnoma joʻnatadi.
Bunda “Litsenziya” axborot tizimi xabarnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarni:
a) idoralararo elektron maʼlumot almashinuvi orqali NMTTBATga taqdim etadi;
b) NMTTBAT va tegishli davlat organlarining axborot tizimlari orqali olinadigan maʼlumotlar bilan tekshiradi.
Oilaviy MTT xabarnoma qabul qilinganligi haqidagi tasdiqnomani olgan kundan boshlab taʼlim faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega boʻladi.
27. Oilaviy MTT xabarnoma qabul qilingani haqidagi tasdiqnomani olgan kundan boshlab bir oy muddatda tegishli maktabgacha va maktab taʼlimi organi joyiga chiqqan holda tashkil etilgan yangi oilaviy MTT faoliyati uchun moʻljallangan mebel, jihoz va boshqa anjomlar bilan jihozlanganlik holati boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazadi, oʻrganish jarayonida oilaviy MTTning kirish qismi, oshxonasi, hojatxonasi, isitish tizimi va taʼlim-tarbiya berish uchun moʻljallangan xonalarning fotosuratini majburiy tartibda manzilga borgan holda, mobil ilova orqali tasvirga oladi va oilaviy MTT faoliyatni amalga oshirish maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi haqidagi xulosalarni elektron shaklda NMTTBATga kiritadi.
(27-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Maktabgacha taʼlim organi tomonidan salbiy xulosa berilganida, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar oilaviy MTT faoliyati vaqtincha toʻxtatiladi.
28. Oilaviy MTTning oʻz tashabbusi bilan faoliyatini toʻxtatishi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki “Litsenziya” axborot tizimidan foydalangan holda xabarnoma berish tartibida amalga oshiriladi.
29. Oilaviy MTTning xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini toʻxtatish, qayta tiklash va tugatish haqidagi maʼlumotlar idoralararo elektron maʼlumot almashinuvi orqali NMTTBATga taqdim etiladi va NMTTBATda ushbu oilaviy MTTning maʼlumotlari qayd qilib boriladi.
30. Oilaviy MTTda taʼlim mazmuni maktabgacha taʼlimga qoʻyiladigan davlat talablariga asosan ishlab chiqilib, Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi.
Oilaviy MTT oʻz (mualliflik) dasturlaridan foydalanishga haqlidir. Ushbu dasturlarni tasdiqlash tartibi davlat sherigi tomonidan belgilanadi.
Oilaviy MTTning oʻz (mualliflik) dasturlarida milliy, etnik va diniy adovatni targʻib etishga qaratilgan buzgʻunchilik gʻoyalarini aks ettirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
31. Oilaviy MTTning ish tartibi va bolalarning tashkilotda boʻlish vaqti ota-onalarning istak va talablaridan kelib chiqib muassis tomonidan belgilanadi.
Oilaviy MTTda 5 kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida, 9 soatli kunlik ish tartibi joriy etiladi.
Oilaviy MTT joylashgan hududda yashaydigan aholi talablaridan kelib chiqib 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin.
32. Oilaviy MTTda bolalarning ovqatlanishi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyenik normativlar asosida amalga oshiriladi.
4-bob. Oilaviy MTTga bolalarni qabul qilish
33. Oilaviy MTTga bolalarni qabul qilish tegishli tibbiy xulosa asosida amalga oshiriladi.
Oilaviy MTTga bolalarni qabul qilish va tashkilotdan chiqarish tartibi ushbu MTTning buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
34. Oilaviy MTTda oʻquv yili joriy yilning 2-sentabridan boshlanadi va keyingi yilning 1-iyuniga qadar davom etadi. 1-iyundan 1-sentabrgacha boʻlgan davr sogʻlomlashtirish davri hisoblanadi.
5-bob. Taʼlim-tarbiya jarayoni qatnashchilari
35. Oilaviy MTTda bolalar, ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (keyingi oʻrinlarda — ota-onalar) va pedagog xodimlar taʼlim-tarbiya jarayonining qatnashchilari hisoblanadi.
36. Oilaviy MTT bolalarni qabul qilishda ota-onalarni tashkilot ustavi, kun tartibi, taʼlim-tarbiya dasturlari va boshqa hujjatlar bilan tanishtirishi shart.
37. Oilaviy MTT bilan ota-onalar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar ushbu tashkilot ustavi hamda ota-onalar (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) bilan tuzilgan shartnoma bilan tartibga solinadi. Shartnoma bolalarning tashkilotda boʻlish vaqtini, taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etishda tomonlarning huquqlarini, majburiyatlarini hamda javobgarligini oʻz ichiga oladi.
38. Oilaviy MTT Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan tuzilgan bitimga asosan ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalarning farzandlarini va maxsus kontingentlarni tashkilotga qabul qilishi lozim.
Bunda:
ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalarning farzandlari va maxsus kontingentlarni oilaviy MTTga qabul qilish Adliya vazirligining hududiy boʻlimlari orqali berilgan yoʻllanma asosida amalga oshiriladi;
ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalarning farzandlari va maxsus kontingentlar oilaviy MTT tarbiyalanuvchilari umumiy sonining kamida 35 foizini tashkil qilishi lozim (mazkur bandning yettinchi xatboshisidagi holatlar bundan mustasno);
(38-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-iyuldagi PF-98-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 06/24/98/0467-son — 2024-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalarning farzandlari va maxsus kontingentlar uchun ota-onalar toʻlovi shu joydagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan hajmlardan oshmaydigan miqdorlarda oʻrnatiladi;
boquvchisini yoʻqotgan ayollar farzandlari bepul oʻqitiladi.
Agar oilaviy MTTga qatnayotgan ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalarning farzandlari va maxsus kontingentlar soni jami tarbiyalanuvchilarning 35 foizidan kam boʻlgan taqdirda, oilaviy MTT yetmagan qismiga ota-onalar toʻlovini shu joydagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan hajmlardan oshmaydigan miqdorlarda oʻrnatgan holda boshqa bolalarni ham qabul qilishi mumkin.
(38-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-iyuldagi PF-98-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 06/24/98/0467-son — 2024-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Bunda oilaviy MTTga tarbiyalanuvchilarni qabul qilish belgilangan tartibda berilgan yoʻllanma asosida amalga oshiriladi.
39. Ota-onalar quyidagi huquqlarga ega:
oʻz bolalari uchun taʼlim-tarbiya shakllarini, oilaviy MTTda taʼlim berish tilini tanlash;
oilaviy MTTda bolalarga taʼlim-tarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini hamda bolaning shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda boʻlishni talab qilish;
oilaviy MTT bilan tuzilgan shartnoma shartlarida belgilangan tartibda kun davomida oʻziga qulay boʻlgan vaqtda bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotidan olib ketish.
Ota-onalar qonunchilik hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
40. Ota-onalar:
oilaviy MTT bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq ota-onalar toʻlovini oʻz vaqtida toʻlashi;
oilaviy MTTda bolaga berilgan taʼlim-tarbiyani mustahkamlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi shart.
Ota-onalar qonunchilik hujjatlariga va oilaviy MTT bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham zimmasiga olishlari mumkin.
41. Oilaviy MTT tarbiyalanuvchisi va xodimlari oʻrtasidagi munosabatlar oʻzaro hamkorlik, bolaning shaxsini hurmat qilish va unga shaxsiy xususiyatlariga muvofiq rivojlanishi uchun erkinlik berish asosida olib boriladi.
42. Oilaviy MTTda tegishli oliy yoki oʻrta maxsus pedagogik maʼlumotli shaxslar pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga ega.
Oliy yoki oʻrta maxsus pedagogik maʼlumotga ega boʻlmagan (tegishli hududlarda oliy yoki oʻrta maxsus pedagogik maʼlumotli talabgorlar mavjud boʻlmagan) holatlarda Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim yoʻnalishi boʻyicha qayta tayyorlovdan oʻtkazilgan shaxslar ham pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga ega.
Sud tomonidan yoki tibbiy xulosaga muvofiq bunday faoliyat bilan shugʻullanishi taqiqlangan shaxslarning pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
43. Oilaviy MTTning pedagoglari va boshqa xodimlari bilan mehnat shartnomalari tuzish va ularni bekor qilish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
44. Oilaviy MTT rahbari belgilangan tartibda pedagog kadrlar shaʼni va qadr-qimmatini himoya qiladi, ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalari, mualliflik dasturlari, metodik qoʻllanmalar va didaktik materiallar joriy etilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
45. Oilaviy MTT xodimlarining huquq va imtiyozlari qonunchilik hujjatlarida, ushbu tashkilotning ustavida, shuningdek, mehnat shartnomasida belgilanadi.
46. Oilaviy MTTning pedagog xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
oilaviy MTTni boshqarishda ushbu tashkilot ustavida belgilangan tartibda qatnashish;
oʻz shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini himoya qilish;
kasbiy faoliyatini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini talab qilish;
oʻz kasbiy faoliyatiga aralashuvdan himoyalanish;
taʼlim oluvchilar va ularning ota-onalari tomonidan pedagog kasbiga hurmat bilan munosabatda boʻlishni talab qilish.
Oilaviy MTTning pedagog xodimlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
47. Oilaviy MTTning pedagog xodimlari:
taʼlim-tarbiya jarayoniga zamonaviy taʼlim dasturlarini tatbiq etishi;
ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish boʻyicha oʻziga yuklangan vazifalar doirasida shart-sharoitlar yaratishi;
bolalarga yuqori professional darajada taʼlim-tarbiya berish orqali maktabgacha taʼlim sifatini oshirishi;
pedagog axloq-odobiga rioya qilishi, bolaning qadr-qimmatini hurmat qilishi, bolalarni tazyiqdan himoya qilishi, ularni mehnatga, ota-onaga hurmat, atrof muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish ruhida tarbiyalashi;
oʻzining kasbiy koʻnikmalarini va pedagogik mahoratini doimiy ravishda takomillashtirishi shart.
Pedagog xodimlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin.
6-bob. Oilaviy MTTni boshqarish va uning faoliyatini nazorat qilish
48. Oilaviy MTTni boshqarish uni tashkil etgan yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan amalga oshiriladi.
49. Oilaviy MTT faoliyatini nazorat qilish uni tashkil etgan yakka tartibdagi tadbirkor, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
50. Oilaviy MTT tomonidan maktabgacha taʼlimga qoʻyiladigan davlat talablarining va taʼlim-tarbiya dasturlarining bajarilishini nazorat qilish Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
51. Oilaviy MTTni attestatsiyadan oʻtkazish, ularning faoliyatini vaqtincha toʻxtatib turish va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
7-bob. Oilaviy MTTlarni moddiy-texnik taʼminlash va moliyalashtirish
52. Oilaviy MTTga mol-mulk qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda biriktiriladi.
Oilaviy MTT oʻziga biriktirilgan mol-mulkni va oʻziga ajratilgan mablagʻlar hisobiga sotib olingan mol-mulkni qonunchilik hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi.
LexUZ sharhi
Umumiy qonunchilik bilan tartibga solinadi
53. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tuman (shahar) hokimliklari har yilgi mahalliy budjet mablagʻlaridan iqtisod qilib qolingan mablagʻlar doirasida tashkil etiladigan yangi oilaviy MTTni ular faoliyati uchun moʻljallangan mebel, jihoz va boshqa anjomlar bilan jihozlashga koʻmaklashadilar.
Maktabgacha taʼlim vazirligi oilaviy MTT faoliyati uchun zarur boʻlgan oʻquv materiallari bilan Davlat budjetidan ushbu xarajatlar uchun ajratilgan maqsadli mablagʻlar doirasida bepul taʼminlaydi. Mazkur jihozlar va oʻquv materiallaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanilishi va ularning saqlanishiga oilaviy MTT javob beradi.
54. Oilaviy MTT faoliyati qonunchilik hujjatlariga muvofiq uni tashkil etgan yakka tartibdagi tadbirkorning mablagʻlari hamda Davlat budjeti hisobidan ajratiladigan subsidiyalar hisobidan moliyalashtiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-son “Maktabgacha taʼlim tizimini yanada ragʻbatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
55. Oilaviy MTTga Davlat budjetidan qonunchilikda nazarda tutilgan shartlar va miqdorlarda subsidiyalar ajratiladi.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-iyuldagi PF-98-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 06/24/98/0467-son — 2024-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-sonli qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi nizomning 15-bobi.
56. Oilaviy MTT qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan ham moliyalashtirilishi mumkin.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
57. Oilaviy MTTda maktabgacha taʼlim tashkilotining asosiy faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan tashkilotlarning, shu jumladan, siyosiy partiyalar va harakatlarning tashkil etilishiga va faoliyat koʻrsatishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oilaviy MTTdagi taʼlim va tarbiya dunyoviy xususiyatga ega boʻlishi lozim.
58. Oilaviy MTTning xalqaro hamkorligi, pedagog kadrlarning amaliyot oʻtashi va ularning malakasini oshirish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
59. Oilaviy MTT tomonidan Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan tuzilgan davlat-xususiy sheriklik bitimiga oʻzgartirish kiritish va uni bekor qilish yuzasidan ariza NMTTBATga elektron shaklda yuboriladi.
Bitim muddatini uzaytirish, faoliyat manzilini oʻzgartirish, oilaviy MTT quvvatini kamaytirish yoki oshirish mazkur Nizomning 3-bobida koʻrsatilgan bosqichlarda amalga oshiriladi.
Bitimni bekor qilish boʻyicha ariza elektron shaklda NMTTBATga kiritiladi. Bunda arizaga elektron raqamli imzo qoʻyilgan bitimni bekor qilish boʻyicha qoʻshimcha kelishuv ilova qilinadi.
Agar xususiy sherikka davlat sherigi tomonidan mebel jihozlari va didaktik materiallar berilmagan boʻlsa yoki ular xususiy sherik tomonidan qaytarilgan boʻlsa, bitimni bekor qilish boʻyicha ariza NMTTBATga tushgan kundan boshlab uch ish kunida qoʻshimcha kelishuv imzolanib, roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Agar davlat sherigi tomonidan xususiy sherikka mebel jihozlari va didaktik materiallar berilgan boʻlsa, bitimni bekor qilish boʻyicha ariza tushgan kundan boshlab uch ish kuni ichida davlat sherigi tomonidan NMTTBATga mebel jihozlari va didaktik materiallar but holda qaytarilganligi haqida topshirish-qabul qilish dalolatnomasi yoki eskirish hisoblangandan keyingi qoldiq qiymati qaytarilganligi haqida hujjat yuklanishi lozim.
Qoʻshimcha kelishuv imzolanganligi yoki imzolanmaganligi sabablari haqida xabar xususiy sherikka uning arizada koʻrsatilgan elektron manziliga yoki SMS-xabarlar orqali mobil telefon raqamiga yuboriladi.
Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Talabgor
Oilaviy MTT shaklidagi davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun yakka tartibdagi tadbirkor Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligiga Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi orqali elektron shaklda ariza bilan murojaat qiladi.
Zaruratdan kelib chiqib
2-bosqich
Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi
1. Yakka tartibdagi tadbirkorga arizada koʻrsatilgan elektron pochta yoki mobil telefon raqamiga, arizaning ID-raqami va ariza qabul qilingan sana va vaqti koʻrsatilgan holda maʼlumot joʻnatiladi;
2. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda davlat yongʻin xavfsizligi nazorati organiga elektron soʻrovlar joʻnatiladi.
Ariza tushgan kunning oʻzida
3-bosqich
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, davlat yongʻin xavfsizligi nazorati organi
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda davlat yongʻin xavfsizligi nazorati organi oilaviy MTTni joylashtirish uchun tanlangan manzilda faoliyatni amalga oshirish maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi haqidagi xulosalarni elektron shaklda Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimiga kiritadi.
Uch ish kuni mobaynida
4-bosqich
Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda davlat yongʻin xavfsizligi nazorati organi xulosalari olinganidan soʻng ariza Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligiga taqdim etiladi.
Bir ish kunida
5-bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi
Maktabgacha taʼlim vazirligi rejalashtirilayotgan hududda 3 — 7 yoshdagi bolalar soni, oʻsha hududda mavjud davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari, qamralgan va qamralmagan bolalar soni boʻyicha maʼlumotlardan kelib chiqib oilaviy MTTga subsidiyalar ajratish uchun tegishli moliya yilida Davlat budjetida nazarda tutilgan mablagʻlar hajmini hisobga olgan holda oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tashkil etilishi maqsadga muvofiqligi yoki maqsadga muvofiq emasligi boʻyicha xulosa tayyorlaydi va Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimiga kiritadi.
10 ish kunida
6-bosqich
Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan oilaviy MTT tashkil etilishi maqsadga muvofiqligi boʻyicha ijobiy xulosa Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimiga kiritilgandan soʻng avtomatik ravishda davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim shakllantiriladi va imzolash uchun xususiy sherikka elektron xabar joʻnatadi.
1 ish kunida
7-bosqich
NMTTBAT
Xususiy sherik Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi orqali taqdim etilgan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimga elektron imzo qoʻyganidan soʻng ushbu bitim elektron imzo qoʻyish uchun Davlat sherigiga avtomatik tarzda yuboriladi.
Xususiy sherik tomonidan imzolangan kunda
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 426-son qaroriga 4-ILOVA
Kechki smenada xotin-qizlar ishlaydigan tashkilotlar huzurida tashkil etiladigan hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan xodimlarining farzandlarini tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachilarining ish haqi xarajatlarini qoplash uchun Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan kompensatsiya ajratish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
(4-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 848-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/848/1049-son)
1. Mazkur Nizom kechki smenada xotin-qizlar ishlaydigan tashkilotlar oʻz huzurida maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil qilganda hamda tadbirkorlik subyektlari oʻz xodimlarining farzandlarini tarbiyalash maqsadida oʻzi faoliyat yuritadigan hududda nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyganda, ushbu maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilarining ish haqini Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 848-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/848/1049-son)
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
idoraviy maktabgacha taʼlim tashkiloti (keyingi oʻrinlarda — idoraviy MTT) — tashkilotlar huzurida alohida yuridik shaxs sifatida tashkil qilinib, ular tomonidan moliyalashtiriladigan va boshqariladigan hamda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq maktabgacha taʼlim faoliyati bilan shugʻullanadigan tashkilot;
subsidiya — kechki smenada xotin-qizlar ishlaydigan tashkilotlar oʻz huzurida maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil qilganda, ushbu maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilarining ish haqini Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berilishini nazarda tutuvchi moliyaviy yordam.
2-bob. Subsidiyani hisoblash va toʻlash tartibi
3. Idoraviy MTT tarbiyachilari ish haqini qoplash uchun Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan subsidiya toʻlash mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — NMTTBAT) orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi.
4. Tarbiyachilari ish haqini qoplash uchun Davlat budjeti hisobidan subsidiya olish uchun idoraviy MTT:
“Bolalar bogʻchasi” axborot tizimida tarbiyalanuvchilar roʻyxatini belgilangan tartibda shakllantiradi;
NMTTBATga tashkilot va uning xodimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritadi;
NMTTBAT mobil ilovasi yordamida jismoniy shaxsni biometrik identifikatsiya qilish orqali xodimlar va tarbiyalanuvchilar davomatini yuritadi.
5. NMTTBAT:
hisobot oyi davomida idoraviy MTTga haqiqatda qatnagan xodimlar va tarbiyalanuvchilar roʻyxatini avtomatik tarzda shakllantiradi;
idoraviy MTTga haqiqatda qatnagan xodimlar va tarbiyalanuvchilar davomati boʻyicha elektron shaklda maʼlumotlarni yigʻadi, toʻlanadigan subsidiya miqdorini hisoblaydi;
subsidiya toʻlash uchun elektron shakldagi buyurtmanomalarni shakllantirib, Moliya vazirligining tegishli axborot tizimiga yuboradi.
6. Idoraviy MTTda ishlovchi tarbiyachilar ish haqini qoplab berish uchun davlat budjeti mablagʻlari hisobidan subsidiyalar ajratilishi oilaviy nodavlat MTTda ishlovchi xodimlar ish haqi uchun subsidiyalar ajratish boʻyicha belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
7. Idoraviy MTT tomonidan yollangan tarbiyachilarga ish haqini toʻlash uchun subsidiya 9 soatlik ish rejimidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyachilar uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari va miqdorlarida toʻlanadi.
Idoraviy MTTga ular tomonidan yollangan tarbiyachilarning ish haqi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarining lavozimi, maʼlumoti va malaka toifasi hisobga olingan holda quyidagi formula asosida hisob-kitob qilinadi:
IHS — idoraviy MTT tarbiyachisi ish haqi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya summasi (har bir xodim uchun alohida hisoblanib, jamlanadi);
BTS — tarbiyachi maʼlumoti va malaka toifasi uchun belgilangan bazaviy tarif stavkasi;
TIS — tarbiyachining ish stavkasi;
IKS — joriy oydagi ish kunlari soni;
DKS — tarbiyachining davomat kunlari soni;
AKS — tarbiyachining aybisiz (hududdagi favqulodda holatlar, ob-havoning keskin sovib yoki isib ketishi, sanitariya-epidemiologik vaziyatlar va boshqa holatlar roʻy berganida) ishlanmagan kunlar soni. Bunda ushbu kunlar soni idoraviy MTT rahbari tomonidan NMTTBATda belgilanadi va asoslovchi hujjatlar tegishli maktabgacha taʼlim organiga NMTTBAT orqali taqdim etiladi;
TKS — idoraviy MTT joylashgan hudud uchun qonunchilikda belgilangan tuman koeffitsiyenti summasi;
ISS — idoraviy MTT uchun qonunchilikda belgilangan ijtimoiy soliq stavkasi.
8. Idoraviy MTTga tarbiyachilarning ish haqini toʻlash uchun subsidiyalar ushbu MTTning bir guruhida kechki smenada ishlaydigan xotin-qizlarning kamida 12 nafar farzandi taʼlim va tarbiya olganda toʻlanadi.
Bunda subsidiyalar idoraviy MTTdagi guruhlar sonidan kelib chiqib bir guruh uchun 1,25 shtat birligida tarbiyachi lavozimida band boʻlgan xodimlarning ish haqini toʻlash uchun ajratiladi.
9. Idoraviy MTT oʻz mablagʻlari hisobidan kunduzgi guruhlar tashkil etishi va unga tashkilotda ishlovchi ota-onalarning turli maktabgacha yoshdagi farzandlarini qabul qilishi va belgilangan tartibda pullik xizmat asosida tashqaridan tarbiyalanuvchilarni qamrab olishi mumkin.
Idoraviy MTTda kechki smenada ishlaydigan guruhlar va kunduzgi guruhlarda ota-onalar toʻlovi uni tashkil qilgan tashkilot bilan kelishgan holda idoraviy MTT tomonidan belgilanadi.
10. Idoraviy MTT tomonidan tarbiyachilarga toʻlanadigan ish haqiga qonunchilikka muvofiq soliq solinadi.
101. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan xodimlarining farzandlarini tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachilarining ish haqi xarajatlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligining tavsiyasiga asosan qoplanadi.
(101-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 848-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/848/1049-son)
11. Oylik subsidiya mablagʻlarining maqsadli sarflanishi yuzasidan nazorat Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi hamda uning hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
12. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Kechki smenada xotin-qizlar ishlaydigan tashkilotlar huzurida tashkil etiladigan maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachilarining ish haqi xarajatlari uchun Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Idoraviy maktabgacha taʼlim tashkilotlariga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan subsidiya ajratish va toʻlash
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Idoraviy MTT
1. “Bolalar bogʻchasi” ATda tarbiyalanuvchilar roʻyxatini belgilangan tartibda shakllantiradi.
2. Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimiga (NMTTBAT) tashkilot va uning xodimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritadi.
3. Jismoniy shaxsni biometrik identifikatsiya qilish orqali xodimlar va tarbiyalanuvchilar davomatini belgilangan tartibda yuritadi.
Bolaning qonuniy vakili yoki xodim bilan mehnat shartnomasi tuzilgan kundan keyingi ish kunidan boshlab
2-bosqich
Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi
1. Hisobot oyi davomida MTTga haqiqatda qatnagan xodimlar va tarbiyalanuvchilar roʻyxatini avtomatik tarzda shakllantiradi.
2. MTTga haqiqatda qatnagan xodimlar va tarbiyalanuvchilar davomati boʻyicha elektron shaklda maʼlumotlarni yigʻadi, toʻlanadigan subsidiya miqdorlarini hisoblaydi.
Hisobot oyidan keyingi oyning 7-kunigacha
3-bosqich
Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi
Subsidiya uchun elektron shaklda buyurtmanomalarni shakllantirib, Moliya vazirligining tegishli axborot tizimlariga yuboradi.
Hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha
4-bosqich
Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar ajratish boʻyicha NMTTBATda shakllantirilgan talabnomalar asosida zarur mablagʻlarni tuman maktabgacha taʼlim boʻlimlarida ochilgan alohida gʻazna hisobvaraqlariga qayta taqsimlash.
Ikki ish kunida
5-bosqich
Tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari
Taqdim etilgan reyestr asosida tegishli idoraviy MTTning tijorat bankidagi hisobvaragʻiga subsidiyalarni belgilangan tartibda oʻtkazib beradi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 426-son qaroriga 5-ILOVA
Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi va “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi oʻrtasida oʻzaro almashiladigan maʼlumotlar
ROʻYXATI
T/r
Maʼlumot va hujjatlar nomi
Maʼlumot va hujjatlarni berish uchun masʼul vakolatli organlar
1.
Shaxsga doir maʼlumotlar
Ichki ishlar vazirligi
2.
Tugʻilish, oʻlim, nikohni qayd etish va nikohdan ajralganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Adliya vazirligi
3.
Davlat-xususiy sheriklik (keyingi oʻrinlarda — DXSH) asosidagi tashkilotlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma maʼlumotlari
4.
DXSH asosidagi tashkilotlarga oid litsenziya va xabarnomalar qabul qilinganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma mavjudligi boʻyicha maʼlumotlar
5.
Boquvchisini yoʻqotgan ayollar va ularning farzandlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
6.
DXSH asosidagi tashkilotlarning tadbirkorlik faoliyatini boshlaganligi yoki toʻxtatganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Soliq qoʻmitasi
7.
DXSH asosidagi tashkilotlar tomonidan koʻchmas mulk obyektlarini ijaraga olishga oid maʼlumotlar
8.
DXSH asosidagi tashkilotlar tomonidan foydalanadigan koʻchmas mulk obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi huzuridagi Kadastr agentligi
9.
I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
10.
Oilaning Ijtimoiy reyestrga kiritilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
11.
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
12.
“Temir daftar”ga kiritilgan oilalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
13.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining xodimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
14.
Oliy yoki kasbiy taʼlim muassasalari bitiruvchilariga berilgan diplom toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
15.
Jismoniy shaxslarning bandligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
16.
Xodimlarning malaka toifalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
17.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, tuman (shahar)lar boʻyicha 7 yoshgacha va 7 yoshdagi bolalar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Milliy statistika qoʻmitasi
18.
Elektr energiyasi va tabiiy gaz taʼminoti tashkilotlarining axborot tizimlaridagi har oylik maʼlumotlar
“Hududgaztaʼminot” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
19.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi
20.
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Yoshlar ishlari agentligi
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 426-son qaroriga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-yanvardagi 10-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) quyidagi mazmundagi 71 va 72-bandlar bilan toʻldirilsin:
“71. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida pedagogik faoliyat yuritayotgan, oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotga ega boʻlmagan xodimlar uchun, ularning pedagogik tajribasini hisobga olgan holda, oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotga ega boʻlgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.
Oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotga ega boʻlmagan shaxslarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga pedagog sifatida tegishli lavozimlarga ishga qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
72. Oliy taʼlim muassasalarining pedagogika yoʻnalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi boʻlimlarning 3-4-kurslarida oʻqiyotgan shaxslar pedagogik faoliyatni amalga oshirishi mumkin va ularga oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotga ega boʻlgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi”;
b) Davlat maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning bazaviy tarif stavkalari miqdorlarining Davlat maktabgacha taʼlim tizimi pedagog xodimlari boʻlimida:
3-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“
3.
Til oʻqituvchilari, oʻqituvchi-defektolog, oʻqituvchi-logoped, psixologlar, oliy maʼlumotli tayyorgarlik (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) guruhi tarbiyachilari
2 095 874
1 975 627
1 850 054
1 727 603
1 203 660*
”;
quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
“* Mazkur bazaviy tarif stavkasi oliy taʼlim muassasalarining pedagogika yoʻnalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi boʻlimlarning 3-4-kurslarida oʻqiyotgan shaxslar tomonidan bajarilgan ishlar uchun haq toʻlashda qoʻllaniladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-dekabrdagi 1027-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandida:
a) uchinchi xatboshidagi “moddiy ragʻbatlantirishga” soʻzlari “moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Vazirlik, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi, maktabgacha taʼlim tuman (shahar) boʻlimlari va Vazirlik tizimidagi tashkilotlarni jihozlash, taʼmirlash, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirishga;”.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va uning tizimidagi muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida” 2017-yil 18-dekabrdagi 991-son qarorida:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda tabiiy gaz uchun kompensatsiya markazlashgan tabiiy gaz taʼminoti mavjud boʻlmagan, lekin uning muqobil turlaridan (shu jumladan, suyultirilgan gaz yoki koʻmir mahsulotlaridan) foydalanayotgan davlat-xususiy sheriklik asosidagi va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga (oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari bundan mustasno) ham toʻlanadi”;
b) Ilova (Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan oylik kompensatsiyalarni toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizom)ning 2-bandi quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tabiiy gaz uchun kompensatsiya markazlashgan tabiiy gaz taʼminoti mavjud boʻlmagan, lekin uning muqobil turlaridan (shu jumladan, suyultirilgan gaz yoki koʻmir mahsulotlaridan) foydalanayotgan davlat-xususiy sheriklik asosidagi va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga (oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari bundan mustasno) ham toʻlanadi”.
4. Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 13-maydagi 391-son qarorida:
a) 1-ilova (Umumiy turdagi davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari toʻgʻrisidagi nizom)ning 35-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Joriy oʻquv yili davomida 7 yoshga toʻlgan tarbiyalanuvchilar keyingi oʻquv yilining boshlanishiga qadar tashkilotda qoladi”;
b) 5-ilova (Reabilitatsiya markaziga ega davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti toʻgʻrisidagi nizom)da:
“47. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotning tarbiyalanuvchilaridan tashqari reabilitatsiya markazi mazkur ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotning tibbiy-psixologik-pedagogik kengashi koʻrsatmasiga koʻra 2 yoshdan 18 yoshgacha nogironligi boʻlgan bolalarni hamda mazkur qarorga 4-ilova bilan tasdiqlangan Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosasini berish uchun asos boʻladigan tibbiy koʻrsatmalar roʻyxatida belgilangan rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari boʻlgan 2 yoshdan 7 yoshgacha bolalarni ham ambulator sharoitida qabul qiladi va reabilitatsiya tadbirlarini oʻtkazadi”;
“72. Ixtisoslashtirilgan tashkilotga Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi”.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-apreldagi 246-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2024-y., 09/24/246/0313-son)
6. Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori bilan tasdiqlangan Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga 17-ilovada:
6-pozitsiyadan “i) sogʻliqni saqlash organlari bilan tuzilgan shartnoma raqami va sanasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
7-pozitsiyadan “Sogʻliqni saqlash vazirligi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
9-pozitsiyadagi “7 yoshgacha” soʻzlari “7 yosh 9 oygacha” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 426-son qaroriga 7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sherikchilik munosabatlarini yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 19-maydagi 378-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati boʻyicha ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2018-yil 30-iyuldagi 595-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida” 2019-yil 16-dekabrdagi OʻRQ-595-son Qonuni) 2021-yil 20-maydagi 320-son qaroriga 1-ilovaning 14 va 16-bandlari.
4. Vazirlar Mahkamasining “Reabilitatsiya markaziga ega boʻlgan davlat ixtisoslashtirilgan koʻp tarmoqli maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2021-yil 11-avgustdagi 510-son qaroriga ilovaning 5 va 6-bandlari.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 25-iyuldagi PF-6035-son Farmoni) 2021-yil 19-noyabrdagi 694-son qaroriga 1-ilovaning 52-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Aholi va tadbirkorlik subyektlarining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2021-yil 27-dekabrdagi 774-son qaroriga 1-ilovaning 35-bandi.