Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.04.2018
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XO‘JALIK PROTSESSUAL KODEKSI
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 478-I-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Xo‘jalik protsessual kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qonuni O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotganligi sababli mazkur Kodeks ham 2018-yil 1-apreldan o‘z kuchini yo‘qotgan.
I BO‘LIM. UMUMIY QOIDALAR
1-BOB. ASOSIY QOIDALAR
1-modda. Iqtisodiy sudga murojaat qilish huquqi
Har qanday manfaatdor shaxs o‘zining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishni so‘rab iqtisodiy sudga ushbu Kodeksda belgilangan tartibda murojaat qilishga haqli.
Iqtisodiy sudga murojaat qilish huquqidan voz kechish haqiqiy emas.
Iqtisodiy sudga murojaat qilish ushbu Kodeksda belgilangan shakllarda amalga oshiriladi. Murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar iqtisodiy sudga axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
Xo‘jalik sudlarining ushbu Kodeksda belgilangan barcha vakolatlari iqtisodiy sudlar tomonidan amalga oshiriladi.
(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
2-modda. Xo‘jalik sudining odil sudlovni amalga oshirishi
Xo‘jalik sudi iqtisodiyot sohasida vujudga keladigan, ushbu Kodeks va boshqa qonunlar bilan o‘zining vakolatiga kiritilgan nizolar hamda boshqa ishlarni hal qilish yo‘li bilan odil sudlovni amalga oshiradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 111-moddasi, mazkur Kodeksning 23 va 24-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 1/60-sonli “Sud hokimiyati to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori 2-bandining birinchi xatboshisi.
3-modda. Xo‘jalik sudida sud ishlarini yuritish vazifalari
Xo‘jalik sudida sud ishlarini yuritish vazifalari quyidagilardan iborat:
1) iqtisodiyot sohasida korxona, muassasa, tashkilotlar va fuqarolarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish;
2) iqtisodiyot sohasida qonunchilikni mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olishga ko‘maklashish.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 2-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xo‘jalik sudlari tomonidan qo‘llanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 1-bandi.
4-modda. Xo‘jalik sudlarida sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Xo‘jalik sudlarida sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Kodeksdan hamda unga muvofiq qabul qilinadigan boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
5-modda. Xo‘jalik sudi sudyalarining mustaqilligi
Odil sudlovni amalga oshirishda xo‘jalik sudining sudyalari mustaqildirlar va faqat qonunga bo‘ysunadilar.
Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 112-moddasi birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 4, 67-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 236-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 1/60-sonli “Sud hokimiyati to‘g‘risida”gi qarori 3-bandining birinchi xatboshi, 4, 5-bandlari, 7-bandining birinchi xatboshisi, 8-bandi, 9-bandining birinchi, ikkinchi xatboshilari, 12-bandning birinchi xatboshisi.
6-modda. Xo‘jalik sudida ish qo‘zg‘atish
Xo‘jalik sudi:
1) manfaatdor shaxslarning;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 36-moddasi ikkinchi qismi.
2) prokurorning;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 43-moddasi ikkinchi qismi.
3) qonun bo‘yicha davlat va jamiyat manfaatlarini himoya qilish maqsadida xo‘jalik sudiga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lgan hollarda davlat organlari va boshqa organlarning arizalari bo‘yicha ish qo‘zg‘atadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 44-moddasi birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 3-bandining birinchi xatboshisi.
Agar qonunda ayrim toifadagi nizolar uchun ularni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibi belgilangan yoxud bu tartib shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, taraflar o‘zaro munosabatlarini ixtiyoriy ravishda hal qilish choralarini ko‘rganlaridan so‘nggina xo‘jalik sudida ish qo‘zg‘atish mumkin. Bunda prokuror, davlat organlari va boshqa organlarning arizalari bo‘yicha ish qo‘zg‘atish taraflar yuqoridagi choralarni ko‘rgan-ko‘rmaganliklaridan qat’i nazar amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 86-moddasi birinchi qismining 8-bandi, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 384-moddasining ikkinchi qismi, 724-moddasining birinchi, ikkinchi qismlari, O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksi 122-moddasining birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonunining 17–19-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi.
7-modda. Qonun va sud oldida tenglik
Xo‘jalik sudida nizolarni hal qilish korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mulkchilik shaklidan, qayerda joylashganligi, kimga bo‘ysunishidan qat’i nazar, fuqarolarning esa — jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan, shuningdek boshqa holatlardan qat’i nazar qonun va sud oldida tengligi asosida amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 18-moddasining birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 1/60-sonli “Sud hokimiyati to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori 7-bandining ikkinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorining 1-bandi.
8-modda. Ishlarni ko‘rishning oshkoraligi
Xo‘jalik sudlarida ishlar oshkora ko‘riladi.
Davlat sirini yoki tijorat sirini saqlash zarur bo‘lgan taqdirda ishni yopiq majlisda ko‘rishga yo‘l qo‘yiladi. Ishni yopiq majlisda videokonferensaloqa rejimida ko‘rishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 113-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunining 1-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Tijorat siri to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasining ikkinchi xatboshisi.
Yopiq majlisda ko‘rilgan ishni elektron shaklda shakllantirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Ishni yopiq majlisda ko‘rish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 126, 151-moddalari.
9-modda. Taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi
Xo‘jalik sudida sud ishlarini yuritish taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi asosida amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 36-moddasining to‘rtinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 1/60-sonli “Sud hokimiyati to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori 7-bandining ikkinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorining 1-bandi.
10-modda. Sud ishlari yuritiladigan til
Xo‘jalik sudida sud ishlari o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda olib boriladi.
Sud ishlari olib borilayotgan tilni bilmaydigan sud ishtirokchilarining tarjimon yordamida ishga taalluqli materiallar bilan to‘la tanishish va sud ishlarida ishtirok etish hamda o‘z ona tilida so‘zlash huquqi ta’minlanadi.
Turli davlatlarning korxona, muassasa va tashkilotlari o‘rtasidagi xo‘jalik nizolari sudning ajrimiga binoan taraflar uchun maqbul tilda olib boriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 115-moddasi, mazkur Kodeksning 48-moddasi, 170-modda ikkinchi qismining 3-bandi, 188-modda uchinchi qismining 3-bandi, O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 8-moddasi.
11-modda. Sudda ishni ko‘rishning bevositaligi
Xo‘jalik sudi ishni ko‘rishda ish bo‘yicha barcha dalillarni bevosita tekshirishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 128-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 3-bandi.
12-modda. Nizolarni qonun hujjatlari asosida hal qilish
Xo‘jalik sudi nizolarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, boshqa qonun hujjatlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida hal qiladi.
Xo‘jalik sudi ishni ko‘rish chog‘ida davlat organi yoki boshqa organning hujjati qonunga to‘g‘ri kelmasligini, shu jumladan u vakolat doirasidan chetga chiqqan holda chiqarilganini aniqlasa, qonunga muvofiq qaror qabul qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 16-moddasining ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 2-bandining birinchi xatboshisi.
Nizoli munosabatni tartibga soluvchi huquq normalari bo‘lmagan taqdirda xo‘jalik sudi shunga o‘xshash munosabatlarni tartibga soladigan huquq normalarini tatbiq etadi, bordi-yu bunday normalar ham bo‘lmasa, qonunlarning umumiy asoslari va mazmuniga tayanib nizoni hal qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 5, 6-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 2-bandining birinchi xatboshisi.
Tadbirkorlik subyektlari va davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek banklar o‘rtasidagi nizolar bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqishda qonun hujjatlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlik subyektining foydasiga talqin etiladi.
(12-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 11-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2012-yil 14-sentabrdagi 12/239-sonli “Tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan bog‘liq qonun hujjatlarini sud amaliyotida qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qo‘shma qarorining 11-bandi.
Xo‘jalik sudi qonunga yoki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasiga muvofiq chet davlatlarning huquq normalarini qo‘llaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 13-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining VI bo‘limi (“Xalqaro xususiy huquq normalarini fuqarolik-huquqiy munosabatlarga nisbatan tatbiq qilish”).
13-modda. Chet davlat huquqini qo‘llash
Chet davlat huquqi qo‘llangan taqdirda xo‘jalik sudi bu huquq normalarining mavjudligi va mazmunini ularning tegishli davlatdagi sharhlanishiga va amalda qo‘llanishiga muvofiq holda aniqlaydi.
Chet davlatning huquq normalari mavjudligini va ularning mazmunini aniqlash maqsadida xo‘jalik sudi yordam berishni yoki tushuntirib berishni so‘rab, O‘zbekiston Respublikasining hamda xorijiy davlatning vakolatli organlari va tashkilotlariga murojaat qilishi yoxud mutaxassislarni jalb etishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1160-moddasi.
Agar ko‘rilgan choralarga qaramay chet davlatning huquq normalari mavjudligi yoki ularning mazmuni aniqlanmasa, xo‘jalik sudi O‘zbekiston Respublikasining tegishli huquq normalarini qo‘llaydi.
14-modda. Sud hujjatlarining majburiyligi
Xo‘jalik sudi hal qiluv qarori, ajrim, qaror, sud buyrug‘i shaklidagi sud hujjatlarini qabul qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 102, 104, 135, 137, 138, 151, 152, 171, 189, 201-moddalari.
Sudning qonuniy kuchga kirgan hujjati barcha davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining butun hududida ijro etilishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 114-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 5-moddasi, mazkur Kodeksning 209-moddasi.
Xo‘jalik sudi qabul qilgan sud hujjatlarini bajarmaslik ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 232-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 181, 1981-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 1/60-sonli “Sud hokimiyati to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori 1-bandining uchinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuni.
2-BOB. XO‘JALIK SUDINING TARKIBI. RAD QILISH
15-modda. Xo‘jalik sudining tarkibi
Xo‘jalik sudlarida birinchi instansiya bo‘yicha ishlar sudyaning yakka o‘zi tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida esa uch nafar sudyadan iborat tarkibda ko‘riladi.
(15-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
Sud raisining qarori bilan har qanday ish hay’atda ko‘rilishi mumkin.
Apellyatsiya, kassatsiya, nazorat instansiyalarida barcha ishlar xo‘jalik sudi tomonidan hay’atda ko‘riladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash haqida”gi qarorining 9-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli “Xo‘jalik sudining qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanishi haqida”gi qarori 12-bandining birinchi xatboshisi.
Ish hay’atda ko‘rilayotganda sudning tarkibi uch yoki undan ortiq toq nafar sudyadan iborat bo‘lishi kerak.
Ishni ko‘rish chog‘ida hamma sudyalar teng huquqlardan foydalanadilar.
Ushbu Kodeksga muvofiq sudyaga ishni va ayrim masalalarni yakka tartibda hal qilish huquqi berilgan bo‘lsa, u xo‘jalik sudi nomidan harakat qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 15-moddasining birinchi qismi, 103-moddasi, 116-moddasining birinchi qismi, 122-moddasi, 1553-moddasining birinchi qismi, 1558-moddasining birinchi qismi, 162-moddasining birinchi qismi, 180-moddasining ikkinchi qismi, 181-moddasining birinchi qismi.
 LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli “Xo‘jalik sudining qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanishi haqida”gi qarori 9-bandining birinchi xatboshisi.
16-modda. Xo‘jalik sudida masalalarni hal qilish tartibi
Xo‘jalik sudida ish hay’atda ko‘rilayotganda va hal qilinayotganda kelib chiqadigan masalalar sudyalarning ko‘pchilik ovozi bilan hal qilinadi. Sudyalardan birortasi ovoz berishda betaraf qolishga haqli emas. Majlisga raislik qiluvchi hammadan keyin ovoz beradi.
Boshqa sudyalarning qaroriga qo‘shilmagan sudya bu qarorga imzo chekishga majbur, u o‘zining alohida fikrini yozma ravishda bayon qilishga haqli. Alohida fikr ishga qo‘shib qo‘yiladi, lekin e’lon qilinmaydi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudyaning alohida fikri bilan tanishtirilmaydilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorining 39-bandi.
17-modda. Sudyani rad qilish
Sudya quyidagi hollarda ishni ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas va u rad qilinishi lozim:
1) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning yoki ular vakillarining qarindoshi bo‘lsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 6-bandining ikkinchi xatboshisi.
Oldingi tahrirga qarang.
2) shu ish ilgari ko‘rilganida ekspert, tarjimon, prokuror, sud majlisi kotibi, vakil yoki guvoh sifatida ishtirok etgan bo‘lsa;
(17-modda birinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
3) ishning pirovard natijasidan shaxsan, bevosita yoki bilvosita manfaatdor bo‘lsa yoxud uning xolisligiga shubha tug‘diruvchi boshqa holatlar mavjud bo‘lsa.
Ishni ko‘rayotgan xo‘jalik sudi tarkibiga bir-biriga qarindosh bo‘lgan sudyalar kirishi mumkin emas.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 57-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 6-bandining birinchi xatboshisi.
Oldingi tahrirga qarang.
18-modda. Prokuror, ekspert, sud majlisi kotibi va tarjimonni rad qilish
(18-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Ushbu Kodeks 17-moddasining 1 va 3-bandlarida ko‘rsatilgan asoslarga muvofiq prokuror, ekspert, sud majlisi kotibi va tarjimon ishni ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas va ular rad qilinishi lozim.
(18-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 43, 47, 48-moddalari.
Bundan tashqari ekspertni rad qilish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
1) uning ishda ishtirok etuvchi shaxslar yoki ularning vakillariga ishni ko‘rish paytida yoki o‘tmishda xizmat vazifasi yuzasidan yoki boshqa tomondan qaram bo‘lganligi;
2) u o‘tkazgan taftish materiallari xo‘jalik sudiga murojaat qilish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan yoki ishni ko‘rishda ulardan foydalanilayotgan bo‘lsa.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 6-bandining birinchi, uchinchi – beshinchi xatboshilari.
19-modda. Ishni ko‘rishda sudyaning takror ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmasligi
Ishni birinchi instansiya sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya, agar sudning hal qiluv qarori apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi tomonidan yoxud nazorat tartibida bekor qilingan bo‘lsa, shu ishni birinchi instansiya sudida yangidan ko‘rishda ishtirok eta olmaydi, yangi ochilgan holatlar bo‘yicha ishlarni ko‘rish hollari bundan mustasno.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 7-bandining birinchi xatboshisi.
Ishni birinchi instansiya sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishni apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida yoxud nazorat tartibida ko‘rishda ishtirok eta olmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 7-bandining ikkinchi xatboshisi.
Ishni apellyatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida yoxud nazorat tartibida ko‘rishda ishtirok eta olmaydi.
Ishni kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya yoki apellyatsiya instansiyasi sudida yoxud nazorat tartibida ko‘rishda ishtirok eta olmaydi.
Ishni nazorat tartibida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok eta olmaydi.
(19-modda O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi O‘RQ-43-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 28-29-son, 261-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 7-bandining uchinchi, to‘rtinchi xatboshilari.
20-modda. Rad qilish haqida ariza berish
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Kodeksning 17 va 18-moddalarida ko‘rsatilgan holatlar mavjud bo‘lsa, sudya, prokuror, ekspert, sud majlisi kotibi, tarjimon o‘zini o‘zi rad qilish haqida ariza berishlari shart. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ham shu asoslarga ko‘ra rad qilish haqida ariza berishlari mumkin.
(20-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Rad qilish haqidagi arz asoslantirilgan bo‘lishi hamda ish mazmunan ko‘rilishidan oldin ma’lum qilinishi lozim. Ish ko‘rilayotgan paytda rad qilish haqida arz qilishga rad qilish uchun asoslar xo‘jalik sudiga yoki rad qilish haqida arz qilayotgan shaxsga ishni ko‘rish boshlab yuborilgandan keyin ma’lum bo‘lib qolgan hollardagina yo‘l qo‘yiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 126-moddasi ikkinchi qismi 3-bandining birinchi xatboshisi.
21-modda. Rad qilish to‘g‘risidagi arizani hal qilish tartibi
Rad qilish to‘g‘risida arz qilingan taqdirda, xo‘jalik sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning fikrini eshitishi, shuningdek agar rad qilinishi talab etilayotgan shaxs tushuntirish berishni xohlasa, uni eshitishi kerak.
Ishni yakka o‘zi ko‘rayotgan sudyani rad qilish masalasini xo‘jalik sudining raisi yoki sud hay’atining raisi hal qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 6-bandining uchinchi xatboshisi.
Ish hay’atda ko‘rilayotganda sudyani rad qilish to‘g‘risidagi masala rad qilinishi talab etilayotgan sudya ishtirokisiz xo‘jalik sudi tarkibi tomonidan hal qilinadi. Rad qilishni yoqlab va unga qarshi berilgan ovozlar soni teng bo‘lib qolsa, sudya rad qilingan hisoblanadi.
Bir necha sudyani yoki ishni ko‘rayotgan sud tarkibini butunlay rad qilish masalasi shu sudning to‘liq tarkibida, oddiy ko‘pchilik ovoz bilan hal qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 6-bandining to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari.
Oldingi tahrirga qarang.
Prokuror, ekspert, sud majlisi kotibi va tarjimonni rad qilish masalasini ishni ko‘rayotgan sud hal qiladi.
(21-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Rad qilish masalasini ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqariladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi.
22-modda. Rad qilish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirish oqibatlari
Sudya yoki bir necha sudyalar yoxud butun sud tarkibi rad qilingan taqdirda ish o‘sha sudda, biroq boshqa tarkibda ko‘riladi.
Agar rad qilishni qanoatlantirish natijasida ishni o‘sha xo‘jalik sudida ko‘rish uchun sudning yangi tarkibini tuzish mumkin bo‘lmasa, ish boshqa xo‘jalik sudiga o‘tkazilishi lozim.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 33-moddasi ikkinchi qismi 2-bandining birinchi xatboshisi, uchinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuni 53-moddasi birinchi qismining birinchi, oltinchi xatboshilari.
3-BOB. SUDGA TAALLUQLI ISHLAR VA SUDLOVGA TEGISHLILIK
23-modda. Sudga taalluqli ishlar
Xo‘jalik sudiga quyidagi ishlar taalluqlidir:
1) iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi), yuridik shaxs tuzmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yakka tartibdagi tadbirkor maqomini qonunda belgilangan tarzda olgan fuqarolar o‘rtasidagi (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi) fuqaroviy, ma’muriy va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarga doir ishlar;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 111-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 24, 39, 40-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 3–6-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 8-bandining birinchi xatboshisi, 9-bandining birinchi, to‘rtinchi, beshinchi xatboshilari, 10-bandi.
2) iqtisodiyot sohasida tashkilotlar va fuqarolarning huquqlari vujudga kelishi, o‘zgarishi yoki bekor bo‘lishi uchun ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash (bundan buyon matnda yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash deb yuritiladi) to‘g‘risidagi ishlar;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorining 11-bandi.
3) tashkilotlar va fuqarolarning bankrotligi to‘g‘risidagi ishlar.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasining ikkinchi xatboshisi, 4, 5-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi 142-sonli “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini xo‘jalik sudlari tomonidan qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori.
4) ushbu Kodeksning 15519-moddasida ko‘rsatilgan korporativ nizolar bo‘yicha ishlar, bundan mehnatga oid nizolar mustasno.
(23-moddaning birinchi qismi 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi 391-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 262-sonli “Ishtirokchilar o‘rtasida, ishtirokchilar bilan xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari o‘rtasida, aksiyadorlar o‘rtasida, aksiyador bilan aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari faoliyatidan kelib chiqadigan nizolarni xo‘jalik sudlari tomonidan hal qilishning ayrim masalalari haqida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 8-bandining ikkinchi, uchinchi xatboshilari.
Xo‘jalik sudiga shuningdek yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan fuqarolar ishtirokidagi nizolarga doir ishlar, agar tegishli talablar ularning avvalgi tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqsa, taalluqlidir.
(23-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Qonun bilan xo‘jalik sudiga taalluqli ishlar jumlasiga boshqa ishlar ham kiritilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 2451-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 269-moddasining uchinchi qismi.
Xo‘jalik sudi o‘ziga taalluqli ishlarni, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi tashkilotlari va fuqarolari, shuningdek chet el tashkilotlari, chet el investitsiyalari ishtirokidagi tashkilotlar, xalqaro tashkilotlar, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirokida ko‘radi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning V bo‘limi (“Chet el tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirokidagi ishlarni yuritish”).
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zaro bog‘liq bo‘lib, ba’zilari xo‘jalik sudiga, boshqalari esa umumiy yurisdiksiya sudiga taalluqli bo‘lgan bir necha talab birlashtirilgan taqdirda, hamma talablar umumiy yurisdiksiya sudida ko‘rilishi kerak.
(23-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
O‘zaro bog‘liq bo‘lib, ba’zilari iqtisodiy sudga, boshqalari esa ma’muriy sudga taalluqli bo‘lgan bir necha talab birlashtirilgan taqdirda, hamma talablar iqtisodiy sudda ko‘rilishi kerak.
(23-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-sonli Qonuniga asosan oltinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
Ushbu modda birinchi qismining 4-bandida ko‘rsatilgan ishlar nizo vujudga kelgan huquqiy munosabatlar ishtirokchisi tashkilotlar yoki jismoniy shaxslar bo‘lishidan qat’i nazar, xo‘jalik sudi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
(23-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 16/287-sonli “Ishlarning taalluqliligi bilan bog‘liq protsessual qonun hujjatlari normalarini sudlar tomonidan qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 19-bandining ikkinchi xatboshisi.
24-modda. Xo‘jalik sudi tomonidan hal etiladigan nizolar
Xo‘jalik sudi quyidagilarni hal etadi:
1) tuzilishi qonunda nazarda tutilgan shartnoma yuzasidan chiqqan kelishmovchiliklar yoki shartnoma yuzasidan chiqqan bo‘lib, hal etish uchun xo‘jalik sudiga topshirish haqida taraflar o‘zaro kelishgan ixtiloflar;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 377-moddasining ikkinchi, to‘rtinchi, oltinchi qismilari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 10-bandining birinchi – to‘rtinchi xatboshilari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 1993-yil 3-iyundagi 17-sonli “Mahsulotlar, tovarlar yetkazib berishda kamomad chiqishi bilan bog‘liq nizolarni hal etish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 10-bandining birinchi – uchinchi xatboshilari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2009-yil 18-dekabrdagi 203-sonli “Xo‘jalik shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilishni tartibga soluvchi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 1 – 16-bandlari.
2) shartnoma shartlarini o‘zgartirish yoki shartnomani bekor qilish haqidagi nizolar;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 382-moddasining ikkinchi qismi, 383-moddasining uchinchi – beshinchi qismlari, 384-moddasining ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 10-bandining beshinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2009-yil 18-dekabrdagi 203-sonli “Xo‘jalik shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilishni tartibga soluvchi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 1, 16 – 25-bandlari.
3) mulk huquqini tan olish to‘g‘risidagi nizolar;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 11-moddasi birinchi qismining birinchi, ikkinchi xatboshilari, O‘zbekiston Respublikasining “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni 8-moddasi birinchi qismining birinchi, ikkinchi xatboshilari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2010-yil 19-noyabrdagi 220-sonli “Mulk huquqini tan olish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 4-bandi.
4) majburiyatlar bajarilmaganligi yoki tegishli darajada bajarilmaganligi to‘g‘risidagi nizolar;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 20 (“Majburiyat tushunchasi va taraflari”), 21 (“Majburiyatlarni bajarish”), 24-boblari (“Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik”) va O‘zbekiston Respublikasi “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonunining 7, 19-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 163-sonli “Majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun mulkiy javobgarlik to‘g‘risidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori.
5) mulkdor yoki mulkning boshqa qonuniy egasi tomonidan mol-mulkni boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olish to‘g‘risidagi nizolar;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 228, 232-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 20-moddasi.
6) mulkdorning yoki mol-mulkning boshqa qonuniy egasining huquqlari egalik qilishdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda buzilganligi to‘g‘risidagi nizolar;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 231, 232-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 21-moddasi.
7) yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi nizolar;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 11-moddasi birinchi qismining birinchi, sakkizinchi xatboshilari, 14, 15, 206, 233, 324-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni 8-moddasi birinchi qismining birinchi, sakkizinchi xatboshilari, 14, 22-moddalari.
8) sha’n, qadr-qimmat va ishchanlik obro‘sini himoya qilish to‘g‘risidagi nizolar;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 100-moddasi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1992-yil 19-iyundagi 5-sonli “Sud amaliyotida fuqaro va tashkilotlarning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish haqidagi qonunlarni qo‘llash to‘g‘risida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
(24-moddaning birinchi qismi 9-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
10) undirish so‘zsiz (akseptsiz) tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjatini yoki boshqa hujjatni ijro etilishi mumkin emas deb topish to‘g‘risidagi nizolar;
11) davlat ro‘yxatiga olishni rad etganlik yoki belgilangan muddatda davlat ro‘yxatiga olishdan bosh tortganlik ustidan berilgan shikoyat;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 24-moddasi birinchi qismi, 44-moddaning birinchi, ikkinchi, uchinchi qismlari, 84-moddaning beshinchi qismi, 111, 481-moddalari, 488-moddaning ikkinchi qismi, 490-moddaning birinchi qismi, 497-moddaning ikkinchi, uchinchi qismlari, 504-moddaning beshinchi qismi, 513-moddasi, 539-moddaning ikkinchi qismi, 574-moddaning uchinchi qismi, 580-moddaning birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2012-yil 14-sentabrdagi 12/239-sonli “Tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan bog‘liq qonun hujjatlarini sud amaliyotida qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qo‘shma qarorining 3-bandi.
12) agar qonunda so‘zsiz (akseptsiz) tartibda jarima undirilishi nazarda tutilmagan bo‘lsa, nazorat qiluvchi organlar tomonidan tashkilotlar va fuqarolardan jarimalar undirish to‘g‘risidagi nizolar;
(24-modda birinchi qismining 12-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi O‘RQ-288-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 16-son, 162-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 24-iyundagi PF-3622-sonli “Tadbirkorlik subyektlarining xo‘jalik sohasidagi huquqbuzarliklari uchun moliyaviy javobgarligini erkinlashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 25-bandi.
13) nazorat qiluvchi organlar tomonidan qonun hujjatlarining talablarini buzgan holda so‘zsiz (akseptsiz) tartibda hisobdan chiqarilgan pul mablag‘larini budjetdan qaytarish to‘g‘risidagi nizolar.
(24-modda birinchi qismining 13-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi O‘RQ-288-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 16-son, 162-modda)
Xo‘jalik sudi o‘zining vakolat doirasiga kiritilgan boshqa nizolarni ham hal qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 19-bandining ikkinchi xatboshisi.
25-modda. Nizolarni hal etishni hakamlik sudiga topshirish
Fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan yoki kelib chiqishi mumkin bo‘lgan hamda xo‘jalik sudiga taalluqli bo‘lgan nizo taraflarning kelishuviga binoan, xo‘jalik sudi qaror chiqargunga qadar hakamlik sudiga ko‘rish uchun topshirilishi mumkin.
(25-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 1-avgustdagi O‘RQ-106-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 31-32-son, 315-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 10-moddasi birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasining birinchi, o‘n birinchi xatboshilari, 5 – 7, 9, 11-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 4-bandi.
251-modda. Xo‘jalik sudi tomonidan ko‘riladigan, hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bog‘liq ishlar
Xo‘jalik sudi tomonidan ko‘riladigan, hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bog‘liq ishlarga quyidagilar kiradi:
1) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi arizalar bo‘yicha ishlar;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 1551-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonunining 46-moddasi.
2) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqalari berish to‘g‘risidagi arizalar bo‘yicha ishlar.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 1556-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonunining 50, 51-moddalari.
Xo‘jalik sudlari ushbu moddaning birinchi qismida sanab o‘tilgan ishlarni ushbu Kodeksning 201-202-boblarida ko‘rsatilgan istisno va qo‘shimchalar bilan birgalikda xo‘jalik sudlov ishlarini yuritishning umumiy qoidalariga binoan ko‘rib chiqadi.
(251-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 1-avgustdagi O‘RQ-106-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 31-32-son, 315-modda)
26-modda. Ishlarning sudlovga tegishliligi
Iqtisodiy sudga taalluqli ishlar tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari tomonidan ko‘riladi, bundan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudloviga tegishli ishlar mustasno.
Respublika boshqaruv organlari bilan mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati organlari o‘rtasidagi iqtisodiy bitimlardan kelib chiqadigan nizolar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan ko‘riladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi alohida holatlarni e’tiborga olgan holda har qanday ishni istalgan suddan olib qo‘yish va uni birinchi instansiya bo‘yicha o‘zining ish yuritishiga qabul qilishga, ishni bir suddan boshqasiga o‘tkazishga haqli.
(26-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
27-modda. Da’voni javobgar joylashgan joyda taqdim etish
Da’volar javobgar joylashgan joydagi xo‘jalik sudiga taqdim etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 46-moddasining uchinchi qismi.
Yuridik shaxsga nisbatan uning alohida bo‘linmasi faoliyatidan kelib chiqadigan da’volar alohida bo‘linma joylashgan joyda taqdim etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 47-moddasi.
28-modda. Da’vogarning tanlashi bo‘yicha sudlovga tegishlilik
Turli yerlarda joylashgan bir necha javobgarga nisbatan da’volar da’vogarning tanlashi bo‘yicha javobgarlarning biri joylashgan joydagi xo‘jalik sudiga taqdim etiladi.
Qayerdaligi noma’lum bo‘lgan javobgarga nisbatan da’volar uning mol-mulki joylashgan joydagi yoki O‘zbekiston Respublikasidagi ma’lum bo‘lgan oxirgi turar joyidagi xo‘jalik sudiga taqdim etilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining tashkiloti yoki fuqarosi bo‘lgan va ayni paytda boshqa davlat hududida turgan javobgarga nisbatan da’volar da’vogar joylashgan joydagi yoki javobgarning mol-mulki joylashgan joydagi xo‘jalik sudiga taqdim etilishi mumkin.
Ijro etish joyi ko‘rsatilgan shartnomadan kelib chiqadigan da’volar shartnoma ijro etiladigan joyda taqdim etilishi mumkin.
29-modda. Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ishlarning sudlovga tegishliligi
Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ishlar arizachi turgan joyda ko‘riladi. Binoga, inshootga, yer uchastkasiga egalikni aniqlash to‘g‘risidagi ishlar bundan mustasno bo‘lib, ular bino, inshoot, yer uchastkasi joylashgan joyda ko‘riladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 31, 155-moddalari.
30-modda. Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarning sudlovga tegishliligi
Tashkilot va fuqarolarning bankrotligi to‘g‘risidagi ishlar qarzdor turgan joyda ko‘riladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonunining 5, 35, 45-moddalari, mazkur Kodeksning 154-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi 142-sonli “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini xo‘jalik sudlari tomonidan qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori.
31-modda. Alohida sudlovga tegishlilik
Bino, inshoot, yer uchastkalariga nisbatan mulk huquqini tan olish to‘g‘risidagi, bino, inshoot, yer uchastkasini boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olish, mulkdor yoki mol-mulkning boshqa qonuniy egasining huquqlari egalik qilishdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda buzilishini bartaraf etish to‘g‘risidagi da’volar bino, inshoot, yer uchastkasi joylashgan joyda taqdim etiladi.
Yo‘lovchi, bagaj va yuk tashish shartnomasidan kelib chiqadigan yo‘lovchi, bagaj va yuk tashuvchiga nisbatan da’volar, shu jumladan yo‘lovchi, bagaj va yuk tashuvchi javobgarlardan biri bo‘lgan hollarda ham, transport tashkilotining organi joylashgan joyda taqdim etiladi.
Korporativ nizolar bo‘yicha da’volar yuridik shaxs joylashgan joyda taqdim etiladi.
(31-modda O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
32-modda. Shartnoma bo‘yicha sudlovga tegishlilik
Ushbu Kodeksning 27 va 28-moddalarida belgilangan sudlovga tegishlilik taraflarning roziligi bilan o‘zgartirilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 6-bandi.
33-modda. Ishni bir xo‘jalik sudidan boshqasiga o‘tkazish
Xo‘jalik sudi tomonidan sudlovga tegishlilik qoidalariga rioya qilgan holda qabul qilib olingan ish, garchi keyinchalik boshqa xo‘jalik sudining sudloviga tegishli bo‘lib qolsa-da, avvalgi xo‘jalik sudi tomonidan mazmunan ko‘rilishi lozim.
Xo‘jalik sudi ishni boshqa xo‘jalik sudiga quyidagi hollarda o‘tkazadi:
1) agar ish sudlovga tegishlilik qoidasini buzib qabul qilinganligi shu sudda ishni ko‘rish vaqtida ma’lum bo‘lsa;
2) agar bir yoki bir necha sudyalar rad qilinganidan keyin ularni ushbu sudda almashtirish mumkin bo‘lmay qolsa, shuningdek ishni ushbu sudda ko‘rish mumkin bo‘lmay qolgan boshqa hollarda.
Ishni boshqa xo‘jalik sudida ko‘rishga o‘tkazish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
Bir suddan boshqa sudga yuborilgan ish u yuborilgan sudda ko‘rish uchun qabul qilib olinishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik sudlari o‘rtasida sudlovga tegishlilik to‘g‘risida nizolarga yo‘l qo‘yilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash haqida”gi qarori 6-bandining uchinchi xatboshisi.
4-BOB. ISHDA ISHTIROK ETUVCHI SHAXSLAR HAMDA XO‘JALIK SUDLOV ISHLARINI YURITISHNING BOSHQA ISHTIROKCHILARI
34-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar
Taraflar, uchinchi shaxslar, prokuror, davlat organlari va boshqa organlar o‘z zimmalariga yuklatilgan vakolatga ko‘ra, shuningdek arizachilar hamda yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi va tashkilotlar hamda fuqarolar bankrotligi to‘g‘risidagi ishlardan manfaatdor boshqa shaxslar ishda ishtirok etuvchi shaxslar deb hisoblanadilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 36, 41–44-moddalari.
35-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish materiallari bilan tanishish, ulardan ko‘chirmalar olish, nusxa ko‘chirish, rad qilish to‘g‘risida arz qilish, dalillar taqdim etish, dalillarni tekshirishda ishtirok etish, savollar berish, iltimosnomalar kiritish, arz qilish, xo‘jalik sudiga og‘zaki va yozma tushuntirishlar berish, ishni ko‘rish davomida tug‘iladigan barcha masalalar bo‘yicha o‘z vajlarini, xulosalarini taqdim qilish, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomalari, vajlariga e’tiroz bildirish, sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) hamda ushbu Kodeksda ularga berilgan boshqa protsessual huquqlardan foydalanish huquqiga egadirlar.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 20-moddasi, 67-moddasining ikkinchi qismi, 76, 119-moddalari, 120-moddasining birinchi qismi, 156, 161-moddalari, 165-moddasining birinchi, uchinchi qismlari, 173, 179-moddalari, 184-moddasining birinchi – uchinchi qismlari, 1921-moddasining birinchi qismi, 205-moddasining birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 11-bandining o‘n birinchi xatboshisi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan protsessual majburiyatlarga egadir va ular o‘zlariga tegishli barcha protsessual huquqlardan insofli ravishda foydalanishlari shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 20-moddasi birinchi qismi, 41-moddasi, 42-moddasining ikkinchi qismi, 43-moddasining ikkinchi qismi, 44-moddasining birinchi qismi, 55-moddasining birinchi qismi, 56-moddasining uchinchi – beshinchi qismlari, 105, 121, 113-moddalari, 127-moddasining birinchi, ikkinchi qismlari, 15516-moddasi, 221-moddasining ikkinchi qismi.
36-modda. Taraflar
Da’vogar va javobgar xo‘jalik sudlov ishlarini yuritishda taraflardir.
O‘zlarining huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida da’vo taqdim etayotgan yoki manfaatlarini ko‘zlab da’vo taqdim etilgan tashkilotlar va fuqarolar da’vogardir.
Da’vo yoki ariza talabi qaratilgan tashkilotlar va fuqarolar javobgardir.
(36-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi O‘RQ-288-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 16-son, 162-modda)
Taraflar teng protsessual huquqlardan foydalanadilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 35-moddasi.
37-modda. Ishda bir necha da’vogar va javobgarning ishtiroki
Da’vo bir necha da’vogar tomonidan birgalikda yoki bir necha javobgarga nisbatan taqdim etilishi mumkin. Har bir da’vogar yoki javobgar protsessda mustaqil qatnashadi. Birgalikda ishtirok etuvchilar ishni olib borishni sherik ishtirokchilardan biriga topshirishlari mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 115-moddasi ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorining 23-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan davlat boji to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 4.5-bandi.
Boshqa javobgarni jalb etish zarur bo‘lgan hollarda xo‘jalik sudi hal qiluv qarori qabul qilguniga qadar da’vogarning roziligi bilan o‘sha javobgarni jalb qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 122-moddasi birinchi qismining 1-bandi.
38-modda. Ishga daxldor bo‘lmagan tarafni almashtirish
Xo‘jalik sudi da’vo taqdim etish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan yoki da’vo bo‘yicha javob berishi lozim bo‘lmagan shaxsga nisbatan taqdim etilganini aniqlasa, hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar, da’vogarning roziligi bilan dastlabki da’vogar yoki javobgarning ishga daxldor da’vogar yoki javobgar bilan almashtirilishiga yo‘l qo‘yishi mumkin.
Ishga daxldor bo‘lmagan taraf xo‘jalik sudining tashabbusi bilan almashtirilishi mumkin, biroq da’vogar o‘zining boshqa shaxs bilan almashtirilishiga rozi bo‘lmasa, bu shaxs ishda nizo yuzasidan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs sifatida qatnashishga haqli va bu haqda sud ushbu shaxsni xabardor qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 41-moddasi.
Agar da’vogar javobgarni boshqa shaxs bilan almashtirishga rozi bo‘lmasa, sud da’vogarning roziligi bilan bu shaxsni ikkinchi javobgar sifatida ishga jalb qilishi mumkin.
Ishga daxldor bo‘lmagan taraf almashtirilganligi to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi.
Ishga daxldor bo‘lmagan taraf almashtirilganidan so‘ng ishni ko‘rish yangidan boshlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash haqida”gi qarori 6-bandining uchinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash to‘g‘risida”gi qarori 11-bandining ikkinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 9-bandining ikkinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 37.3-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 262-sonli “Ishtirokchilar o‘rtasida, ishtirokchilar bilan xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari o‘rtasida, aksiyadorlar o‘rtasida, aksiyador bilan aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari faoliyatidan kelib chiqadigan nizolarni xo‘jalik sudlari tomonidan hal qilishning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 17-bandi.
39-modda. Protsessual huquqiy vorislik
Taraflardan biri nizoli yoki xo‘jalik sudining hal qiluv qarori bilan aniqlangan huquqiy munosabatdan chiqib ketgan taqdirda (qayta tashkil etilish, talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish, qarzning boshqa shaxsga o‘tkazilishi, fuqaroning o‘limi va boshqa hollarda) sud bu tarafni uning huquqiy vorisi bilan almashtirib, bu haqda o‘z ajrimi, hal qiluv qarori yoki qarorida ko‘rsatadi. Huquqiy vorislik protsessning har qanday bosqichida amalga oshirilishi mumkin.
Huquqiy voris protsessga kirishguniga qadar amalga oshirilgan barcha harakatlar huquqiy vorisga o‘rnini bo‘shatib bergan shaxsga qay darajada majburiy bo‘lgan bo‘lsa, huquqiy voris uchun ham shu darajada majburiydir.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash haqida”gi qarori 6-bandining uchinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli “Xo‘jalik sudining qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanishi haqida”gi qarorining 1-bandi.
40-modda. Da’voning asosi yoki predmetini o‘zgartirish, da’vo talablari miqdorini o‘zgartirish, da’vodan voz kechish, da’voni tan olish, kelishuv bitimi
Da’vogar xo‘jalik nizosi bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar da’voning asosi yoki predmetini o‘zgartirish, da’vo talablarining miqdorini ko‘paytirish yoki kamaytirish, yoxud da’vodan voz kechishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorining 12-bandi.
Javobgar da’voni qisman yoki to‘la tan olishi mumkin.
Taraflar har qanday instansiyada ishni kelishuv bitimi bilan tamomlashlari mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 132-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qo‘llashda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar haqida”gi qo‘shma qarorining 18-bandi.
Agar da’vogarning da’vodan voz kechishi, javobgarning da’voni tan olishi va taraflarning kelishuv bitimi qonun hujjatlariga xilof bo‘lsa yoki boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzsa, xo‘jalik sudi da’vodan voz kechishni, da’vo talablari miqdorini kamaytirishni, da’voni tan olishni qabul qilmaydi, kelishuv bitimini tasdiqlamaydi. Bunday hollarda xo‘jalik sudi ishni mazmunan ko‘radi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 165-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2009-yil 18-dekabrdagi 204-sonli “Kelishuv bitimini tasdiqlashda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi normalarining qo‘llanilishi haqida”gi qarori 4-bandining ikkinchi xatboshisi, 13-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash haqida”gi qarorining 10-bandi va 11-bandning ikkinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash to‘g‘risida”gi qarori 11-bandining ikkinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2010-yil 19-noyabrdagi 221-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav fondlarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 11-bandi.
41-modda. Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar
Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar xo‘jalik sudi hal qiluv qarori qabul qilgunga qadar ishga kirishishi mumkin. Ular da’vogarning barcha huquqlaridan foydalanadilar va barcha majburiyatlarini bajaradilar, shu toifadagi nizolar uchun qonunda nazarda tutilgan yoki shartnomada belgilangan javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etish majburiyati bundan mustasnodir.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 35-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash to‘g‘risida”gi qarori 11-bandining ikkinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 6-bandi.
42-modda. Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar
Oldingi tahrirga qarang.
Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talab bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar, agar ish bo‘yicha hal qiluv qarori ularning taraflardan biriga nisbatan huquq va majburiyatlariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa, xo‘jalik sudi hal qiluv qarori qabul qilgunga qadar da’vogar yoki javobgar tomonida ishga kirishishi mumkin. Uchinchi shaxslar ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasi bilan yoki sudning tashabbusi bilan ham ishda ishtirok etishga jalb qilinishi mumkin.
(42-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 1-maydagi 621-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 102-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 122-moddasi birinchi qismining 1-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 10-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 6-bandi.
Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talab bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar tarafning huquqlaridan foydalanadilar va protsessual majburiyatlarini bajaradilar, da’voning asosi yoki predmetini o‘zgartirish, da’vo talabining miqdorini ko‘paytirish yoki kamaytirish, shuningdek da’vodan voz kechish, da’voni tan olish yoki kelishuv bitimi tuzish, sud hujjatining majburiy tarzda bajarilishini talab qilish huquqi bundan mustasno.
 LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash to‘g‘risida”gi qarori 11-bandining ikkinchi xatboshisi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xo‘jalik sudi bir jarayonda dastlabki da’voni ko‘rib chiqishga va mansabdor shaxs tomonidan tashkilotga yetkazilgan zararni undan undirish masalasini regress tartibda hal etishga haqlidir.
(42-modda O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 1-maydagi 621-I-sonli Qonuniga muvofiq uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 102-modda)
43-modda. Ishda prokurorning ishtiroki
Prokuror hamma ishlar bo‘yicha sud majlisida ishtirok etishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 34-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunining 33-moddasi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga da’vo arizasini O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o‘rinbosari, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlarga esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar yoki ularning o‘rinbosarlari taqdim etadi.
(43-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
Da’vo taqdim etgan prokuror kelishuv bitimi tuzishdan tashqari da’vogarning barcha huquqlaridan foydalanadi va majburiyatlarini bajaradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonuni 33-moddasining beshinchi qismi, mazkur Kodeksning 35-moddasi, 55-moddasining birinchi qismi, 56-moddasining birinchi, ikkinchi qismlari, 67-moddasining birinchi, ikkinchi qismlari, 76-moddasining birinchi, ikkinchi qismlari, 156, 161-moddalari, 165-moddasining uchinchi qismi, 173, 179-moddalari, 184-moddasining uchinchi qismi, 1921-moddasi, 205-moddasining birinchi qismi.
Prokurorning o‘z da’vosidan voz kechishi da’vogarni ishni mazmunan ko‘rib chiqishni talab qilish huquqidan mahrum qilmaydi.
Prokuror tomonidan huquqini himoya qilish maqsadida taqdim etilgan da’vodan da’vogarning voz kechishi arizani ko‘rmasdan qoldirishga olib keladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 88-moddasining 9-bandi, 89-moddasining birinchi, ikkinchi qismlari.
Qonunda nazarda tutilgan yoki sud ishda prokuror qatnashishi zarur deb topgan hollarda ishni ko‘rishda prokuror ishtirok etishi shart.
44-modda. Ishda davlat organlari va boshqa organlarning ishtiroki
Davlat organlari va boshqa organlar qonunlarda nazarda tutilgan hollarda davlat va jamiyatning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida da’vo taqdim etishlari mumkin. Da’vo taqdim etgan mazkur organlar da’vogarning kelishuv bitimi tuzish huquqidan tashqari barcha huquqlaridan foydalanadi va majburiyatlarini bajaradi. Ushbu organlarning taqdim etilgan da’volardan voz kechishi da’vogarni nizoni mazmunan ko‘rishni talab qilish huquqidan mahrum qilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 35-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2009-yil 18-dekabrdagi 204-sonli “Kelishuv bitimini tasdiqlashda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi normalarining qo‘llanilishi haqida”gi qarorining 8-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 27-bandi.
Davlat organi yoki boshqa organ tomonidan da’vogarning huquqlarini himoya qilish maqsadida qo‘zg‘atilgan da’vodan da’vogarning voz kechishi arizani ko‘rmasdan qoldirishga olib keladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 88-moddasining 9-bandi, 89-moddasi birinchi, ikkinchi qismlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorining 20-bandi.
45-modda. Xo‘jalik sudlov ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari
Ishda ishtirok etuvchi shaxslardan tashqari xo‘jalik sudlov ishlarini yuritishda vakillar, guvohlar, ekspertlar, tarjimonlar ishtirok etishlari mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 34, 46, 47 va 48-moddalari.
46-modda. Guvoh
Xo‘jalik sudi nizoni to‘g‘ri hal etishi uchun ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlar va holatlardan xabardor har qanday shaxs guvoh bo‘lishi mumkin.
Guvoh xo‘jalik sudining chaqiruvi bo‘yicha u yerga kelishi va ish yuzasidan o‘zi xabardor bo‘lgan ma’lumot va holatlarni ma’lum qilishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 70-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 29-bandining uchinchi xatboshisi.
Guvoh to‘g‘ri ko‘rsatuvlar berishi, sudyaning, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning savollariga javob berishi shart.
Guvoh bila turib yolg‘on ko‘rsatuvlar berganligi va ko‘rsatuv berishdan bosh tortganligi yoki bo‘yin tovlaganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 238-moddasining birinchi qismi va 240-moddasi.
47-modda. Ekspert
Xulosa berish uchun zarur fan, texnika, san’at yoki hunar sohasida maxsus bilimlarga ega bo‘lgan jismoniy shaxs ekspert sifatida tayinlanishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonuni 7-moddasining ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarori 3-bandining birinchi xatboshisi, 5-bandining ikkinchi xatboshisi.
Ekspert sifatida davlat sud-ekspertiza muassasasi eksperti, boshqa korxona, muassasa, tashkilot xodimi yoki boshqa jismoniy shaxs ishtirok etishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonuni 10-moddasining ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarori 5-bandining birinchi xatboshisi.
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar ekspert sifatida jalb etilishi mumkin emas.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 30, 31-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 21, 78, 79-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonuni 10-moddasining to‘rtinchi qismi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarori 5-bandining uchinchi xatboshisi.
Ekspert: ushbu Kodeksning 17 va 18-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda o‘zini o‘zi rad etishi haqida darhol arz qilishi; o‘ziga taqdim etilgan tekshirish obyektlarini har tomonlama va to‘liq tekshirishdan o‘tkazishi, o‘z oldiga qo‘yilgan savollar yuzasidan asosli va xolisona yozma xulosa berishi; xo‘jalik sudining chaqiruviga binoan sud majlisida shaxsan ishtirok etish uchun kelishi; o‘zi o‘tkazgan ekspertiza xususida ko‘rsatuvlar berishi va o‘zi bergan xulosani tushuntirish uchun qo‘shimcha savollarga javob berishi; ekspertizani o‘tkazishi munosabati bilan o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan ma’lumotlarni oshkor qilmasligi; taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallarining saqlanishini ta’minlashi; sud muhokamasi vaqtida tartibga rioya qilishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonuni 16-moddasining birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarori 19-bandining ikkinchi xatboshisi.
Ekspert: ekspertiza predmetiga oid ish materiallari bilan tanishish, ulardan zarur ma’lumotlarni yozib olish yoki ko‘chirma nusxalar olish; joyida ko‘zdan kechirishda ishtirok etish va ekspertizani o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha materiallar va tekshirish obyektlari taqdim etilishi haqida iltimosnomalar berish; sud muhokamasida ekspertiza predmetiga oid dalillarni tekshirishda ishtirok etish hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va guvohlarga xo‘jalik sudining ruxsati bilan savollar berish; ashyoviy dalillar va hujjatlarni ko‘zdan kechirish; o‘z xulosasida nafaqat o‘zining oldiga qo‘yilgan savollar bo‘yicha, balki ekspertiza predmetiga oid va ish uchun ahamiyatga molik boshqa masalalar bo‘yicha ham fikrlarini bayon etish; uning xulosasi yoki ko‘rsatuvlari ishda ishtirok etuvchi shaxslar va guvohlar tomonidan noto‘g‘ri talqin qilinganligi xususida sud majlisi bayonnomasiga kiritilishi lozim bo‘lgan bayonotlar berish; agar u sud muhokamasi yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, o‘z ona tilida xulosa taqdim etish va ko‘rsatuvlar berish hamda bunday holda tarjimon xizmatidan foydalanish; agar ishni yuritayotgan xo‘jalik sudining qarorlari, sudyaning harakatlari (harakatsizligi) ekspertning huquq va erkinliklarini buzayotgan bo‘lsa, bu qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonuni 15-moddasining birinchi qismi.
Ekspert bila turib noto‘g‘ri xulosa berganligi, shuningdek uzrsiz sabablarga ko‘ra xulosa berishni rad etganligi yoki bu ishdan bo‘yin tovlaganligi uchun jinoiy javobgar bo‘ladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238-moddasi birinchi qismi, 240-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarori 19-bandining birinchi xatboshisi.
Agar ekspert qo‘yilgan savollarni uning maxsus bilimlari asosida hal qilish mumkin bo‘lmasligiga yoki unga taqdim etilgan tekshirish obyektlarining yoxud materiallarning yaroqsizligiga yoki xulosa berish uchun yetarli emasligiga va ularni to‘ldirib bo‘lmasligiga yoxud fan va sud-ekspertlik amaliyotining holati qo‘yilgan savollarga javob topish imkoniyatini bermasligiga ishonch hosil qilsa, u xulosa berishning iloji yo‘qligi to‘g‘risida asoslantirilgan hujjat tuzadi hamda uni ekspertizani tayinlagan xo‘jalik sudiga yuboradi.
(47-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyundagi O‘RQ-250-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 22-son, 174-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonunining 24-moddasi.
48-modda. Tarjimon
Tarjima qilish uchun zarur bo‘lgan tillarni biladigan hamda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda xo‘jalik sudi tomonidan tayinlangan shaxs tarjimondir.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 10-moddasining ikkinchi qismi.
Xo‘jalik sudlov ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari, garchi tarjima qilish uchun zarur bo‘lgan tillarni bilsalar ham, tarjimonlik vazifalarini o‘z zimmalariga olishga haqli emaslar.
Tarjimon sud chaqiruviga binoan kelishi va tarjimani to‘la, to‘g‘ri hamda o‘z vaqtida amalga oshirishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 29-bandining uchinchi xatboshisi.
Tarjimon aniq tarjima qilish maqsadida tarjima chog‘ida hozir bo‘lganlarga savollar berishga haqli.
Tarjimon bila turib noto‘g‘ri tarjima qilganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238-moddasi birinchi qismi.
5-BOB. XO‘JALIK SUDIDA VAKILLIK
49-modda. Vakillar orqali ish yuritish
Xo‘jalik sudida tashkilotlarning ishlarini ularning qonun hujjatlarida yoki ta’sis hujjatlarida berilgan vakolatlar doirasida ish ko‘radigan organlari hamda vakillari olib boradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 45-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 57-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 29-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 18-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Xususiy korxona to‘g‘risida”gi Qonunining 14-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Kooperatsiya to‘g‘risida”gi Qonunining 9-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 13-bandining birinchi xatboshisi.
Tashkilotlarning rahbarlari, boshqa shaxslar ta’sis hujjatlariga muvofiq xo‘jalik sudiga ularning xizmat mavqelarini yoki vakolatini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 52-moddasi.
Fuqarolar o‘z ishlarini xo‘jalik sudida shaxsan o‘zlari yoki vakillari orqali yuritishlari mumkin. Fuqaroning ishda shaxsan ishtirok etishi uni ish bo‘yicha vakilga ega bo‘lish huquqidan mahrum qilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 50-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 13-bandining ikkinchi xatboshisi.
50-modda. Xo‘jalik sudida vakillik qilishi mumkin bo‘lgan shaxslar
Xo‘jalik sudida ish yuritish uchun tegishli tarzda rasmiylashtirilgan vakolatga ega bo‘lgan har qanday fuqaro xo‘jalik sudida vakil bo‘lishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 52-moddasi.
To‘la muomala layoqatiga ega bo‘lmagan fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini xo‘jalik sudlov ishlarini yuritishda ularning qonuniy vakillari — ota-onasi, farzandlikka olganlar, vasiy yoki homiylari himoya qiladilar. Qonuniy vakillar xo‘jalik sudida ish yuritishni o‘zlari tanlagan boshqa vakilga topshirishlari mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 32-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 74, 173-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi qarori 3-moddasining ikkinchi, uchinchi xatboshilari, 31-moddasi.
51-modda. Vakilning vakolatlarini rasmiylashtirish
Vakilning vakolatlari qonunga muvofiq berilgan va rasmiylashtirilgan ishonchnomada ifoda etilgan bo‘lishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 134-moddasi birinchi qismi, 135-moddasi.
Tashkilot nomidan berilgan ishonchnomaga uning rahbari yoki ta’sis hujjatlarida shunday vakolat berilgan boshqa shaxs imzo chekadi va bu imzo tashkilotning muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlanadi.
(51-modda ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 134-moddasi ikkinchi qismi, 135-moddasi.
Fuqaro tomonidan berilayotgan ishonchnoma notarial tartibda, shuningdek ishonchnomani beruvchi ishlayotgan yoki o‘qiyotgan tashkilot tomonidan, yashab turgan joyi bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi, uy-joylardan foydalanish tashkiloti tomonidan va u davolanayotgan statsionar davolash muassasasining ma’muriyati tomonidan, agar ishonchnoma harbiy xizmatchi tomonidan berilayotgan bo‘lsa — tegishli harbiy qism qo‘mondonligi tomonidan tasdiqlanishi mumkin. Jazoni ijro etish muassasalaridagi shaxslarning ishonchnomasi tegishli muassasaning boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 135-moddasi ikkinchi qismi, 136-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunining 47-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 13-bandining ikkinchi xatboshisi.
Advokatning vakolati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi Qonuni 4-moddasining ikkinchi qismi, Advokat tomonidan ishni olib borishga order shaklini tasdiqlash to‘g‘risida (ro‘yxat raqami 1938, 08.04.2009-y.), O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 13-bandining uchinchi xatboshisi.
52-modda. Vakilning vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Xo‘jalik sudida ish yuritish vakolatlari vakilga uni vakil qilgan shaxs nomidan barcha protsessual harakatlarni amalga oshirish huquqini beradi, da’vo arizasini imzolash, ishni hakamlik sudiga topshirish, da’vo talablaridan qisman yoki butunlay voz kechish va da’voni tan olish, da’vo predmetini yoki asosini o‘zgartirish, kelishuv bitimini tuzish, vakolatlarni boshqa shaxsga topshirish (ishonib topshirish), sud hujjati ustidan shikoyat qilish, protest keltirish to‘g‘risidagi arizani imzolash, sud hujjatining majburiy tartibda ijro etilishini talab qilish, undirilgan mol-mulk yoki pulni olish bundan mustasno. Vakilning ushbu moddada ko‘rsatib o‘tilgan harakatlarning har birini amalga oshirishga bo‘lgan vakolatlari vakil qilayotgan shaxs bergan ishonchnomada maxsus nazarda tutilgan bo‘lishi kerak.
(52-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 1-avgustdagi O‘RQ-106-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 31-32-son, 315-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 10-bobi (“Vakillik va ishonchnoma”), O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2009-yil 18-dekabrdagi 204-sonli “Kelishuv bitimini tasdiqlashda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi normalarining qo‘llanilishi haqida”gi qarorining 9-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash haqida”gi qarorining 7-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorining 13-bandi.
53-modda. Xo‘jalik sudida vakil bo‘la olmaydigan shaxslar
To‘la muomala layoqatiga ega bo‘lmagan yoxud vasiylik yoki homiylik belgilangan shaxslar xo‘jalik sudida vakil bo‘la olmaydilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 30–32-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 74, 173-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasining ikkinchi, uchinchi xatboshilari, 31-moddasi.
Sudyalar, tergovchilar, prokurorlar xo‘jalik sudida vakil bo‘la olmaydilar. Ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar protsessda tegishli sudlar, prokuraturaning vakili sifatida yoki qonuniy vakil sifatida qatnashayotgan bo‘lsalar, bu qoida tadbiq etilmaydi.
6-BOB. DALILLAR
54-modda. Dalillar tushunchasi va ularning turlari
Ushbu Kodeks va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan tartibda olingan ma’lumotlar ish bo‘yicha dalillar bo‘lib, ular asosida xo‘jalik sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning talablari va e’tirozlarini asoslovchi holatlar, shuningdek nizoni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa holatlar bor yoki yo‘qligini aniqlaydi. Bunday ma’lumotlar yozma va ashyoviy dalillar, ekspertlarning xulosalari, guvohlarning ko‘rsatuvlari, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari bilan aniqlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 62, 64, 69–71-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 3-bandining uchinchi xatboshisi.
Qonunni buzgan holda olingan dalillardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 3-bandining to‘rtinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2012-yil 14-sentabrdagi 12/239-sonli “Tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan bog‘liq qonun hujjatlarini sud amaliyotida qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qo‘shma qarori 7-bandining ikkinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 20.1-bandining birinchi xatboshisi.
55-modda. Isbotlash majburiyati
Ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs o‘z talab va e’tirozlariga asos qilib keltirayotgan holatlarni isbotlashi kerak. Davlat organlari va boshqa organlarning hujjatlarini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi nizolar ko‘rilganda ushbu hujjatlarning qabul qilinishiga asos bo‘lgan holatlarni isbotlash majburiyati hujjatni qabul qilgan organ zimmasiga yuklatiladi. Tashkilotlar va fuqarolarga nisbatan huquqiy ta’sir choralarini (bundan buyon matnda huquqiy ta’sir choralari deb yuritiladi) qo‘llash to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilayotganda, huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash uchun asos bo‘lgan holatlarni isbotlash majburiyati nazorat qiluvchi organ zimmasiga yuklatiladi.
(55-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi O‘RQ-288-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 16-son, 162-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 20-bandining birinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 28-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2012-yil 14-sentabrdagi 12/239-sonli “Tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan bog‘liq qonun hujjatlarini sud amaliyotida qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qo‘shma qarorining 4-bandi.
Xo‘jalik sudi, agar ishni ko‘rib chiqish uchun mavjud materiallar yetarli emas deb hisoblasa, ishda ishtirok etuvchi shaxslarga qo‘shimcha dalillar taqdim etishni taklif qilishga haqlidir.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 122-moddasi birinchi qismining 3-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorining 14-bandi.
56-modda. Dalillarni taqdim etish va talab qilib olish
Dalillar ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan taqdim etiladi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxs ishda ishtirok etuvchi yoki ishtirok etmaydigan shaxsdagi zarur dalilni mustaqil olish imkoniga ega bo‘lmasa, o‘sha dalilni talab qilib olish to‘g‘risida xo‘jalik sudiga iltimosnoma bilan murojaat qilishga haqli. Iltimosnomada shu dalil bilan ish uchun ahamiyatli qanday holatlar aniqlanishi mumkinligi, dalilning alomatlari va uning joylashgan joyi ko‘rsatilishi zarur. Sud zarur hollarda ishda ishtirok etuvchi shaxsga dalilni olish uchun so‘rov beradi. Sud talab qilayotgan dalilni saqlayotgan shaxs uni bevosita sudga yuboradi yoki sudga topshirish uchun tegishli so‘rovga ega bo‘lgan shaxsga beradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorining 15-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarori 14-bandining ikkinchi xatboshisi.
Agar shaxs xo‘jalik sudi talab qilayotgan dalilni taqdim etish imkoniyatiga butunlay ega bo‘lmasa yoki sud belgilagan muddatda taqdim eta olmasa, u sudning so‘rovini olganidan so‘ng besh kunlik muddat ichida bu haqda sababini ko‘rsatib sudni xabardor qilishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xo‘jalik sudlari tomonidan qo‘llanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 17-bandi.
Agar dalilni saqlayotgan shaxs so‘ralayotgan dalilni taqdim etish majburiyatini xo‘jalik sudi uzrsiz deb topgan sabablarga ko‘ra bajarmasa, bu shaxsga eng kam ish haqining ikki yuz baravarigacha miqdorida jarima solinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorining 15-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli “Xo‘jalik sudining qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanishi haqida”gi qarorining 1-bandi.
Talab qilinayotgan dalilni saqlayotgan shaxsga jarima solinishi uni dalilni xo‘jalik sudiga taqdim etish majburiyatidan ozod qilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi.
57-modda. Dalillarni ular turgan joyda ko‘zdan kechirish va tekshirish
Sudga olib kelish mumkin bo‘lmagan yoki qiyin bo‘lgan dalillarni, shuningdek tez buziladigan ashyoviy dalillarni xo‘jalik sudi ular joylashgan yerda ko‘zdan kechirishi va tekshirishi mumkin.
Dalillarni ko‘zdan kechirish va tekshirish xo‘jalik sudi tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda amalga oshiriladi, ularning kelmasligi ko‘zdan kechirish va tekshirish o‘tkazishga to‘sqinlik qilmaydi. Zarur hollarda dalillarni ko‘zdan kechirish va tekshirishda ishtirok etish uchun ekspertlar va guvohlar chaqirilishi mumkin.
Tez buziladigan ashyoviy dalillar ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilmasdan xo‘jalik sudi tomonidan darhol ko‘zdan kechirilishi va tekshirilishi mumkin.
Dalillar turgan joyida ko‘zdan kechirib va tekshirib bo‘linishi bilanoq bayonnoma tuziladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 134-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi.
58-modda. Dalillarning daxldorligi
Xo‘jalik sudi ko‘rilayotgan ishga daxldor bo‘lgan dalillarnigina qabul qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 122-moddasi birinchi qismining 4-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi.
59-modda. Dalillarga yo‘l qo‘yilishi
Ishning holatlari qonun hujjatlariga muvofiq muayyan dalillar bilan tasdiqlanishi kerak bo‘lsa, boshqa dalillar bilan tasdiqlanishi mumkin emas.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 122-moddasi birinchi qismining 4-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi.
60-modda. Isbotlashdan ozod qilish asoslari
Ishning xo‘jalik sudi hammaga ma’lum deb topgan holatlari isbotlashga muhtoj emas.
Xo‘jalik sudining ilgari ko‘rilgan ish bo‘yicha qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori bilan aniqlangan holatlar, xuddi shu shaxslar ishtirokchisi bo‘lgan boshqa ishni sud ko‘rayotganda yangidan isbot qilinmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2009-yil 18-dekabrdagi 204-sonli “Kelishuv bitimini tasdiqlashda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi normalarining qo‘llanilishi haqida”gi qarorining 19-bandi.
Umumiy sudning fuqarolik ishi bo‘yicha qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori boshqa ishni ko‘rayotgan xo‘jalik sudi uchun umumiy sudning hal qiluv qarorida aniqlangan va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga aloqador holatlarga doir masalalar bo‘yicha majburiydir.
Jinoyat ishi bo‘yicha umumiy sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi muayyan harakatlar sodir etilgan yoki sodir etilmaganligi va ular kimlar tomonidan sodir etilganligi masalalari bo‘yicha xo‘jalik sudi uchun majburiydir.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 20-bandining ikkinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi.
61-modda. Dalillarga baho berish
Xo‘jalik sudi ishdagi mavjud dalillarni har tomonlama, to‘liq va xolis tekshirishga asoslangan o‘z ichki komil ishonchi bo‘yicha baholaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 128-moddasining birinchi qismi.
Hech qanday dalil xo‘jalik sudi uchun oldindan belgilab qo‘yilgan kuchga ega emas.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 20-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 3-bandining ikkinchi, o‘n ikkinchi xatboshilari.
62-modda. Yozma dalillar
Ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjatlar, shartnomalar, ma’lumotnomalar, amaliy yozishmalar, shu jumladan, faksimil, elektron yoki boshqa aloqa vositasida yoxud hujjatning to‘g‘riligini aniqlash imkonini beruvchi boshqa usulda olingan o‘zga hujjatlar va materiallar yozma dalillar hisoblanadi.
Yozma dalillar asl nusxada yoki tegishlicha tasdiqlangan nusxa shaklida taqdim etiladi. Agar ko‘rilayotgan ishga hujjatning faqat bir qismi aloqador bo‘lsa, uning tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi.
Ish holatlari qonun hujjatlariga muvofiq hujjatlarning faqat asl nusxalari bilan tasdiqlanishi lozim bo‘lsa, shuningdek boshqa zarur hollarda xo‘jalik sudining talabi bilan ularning asl nusxalari taqdim etiladi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan xo‘jalik sudiga topshirilgan yozma dalillarning nusxalari xo‘jalik sudi tomonidan ishda ishtirok etuvchi, qo‘lida shunday nusxalar bo‘lmagan boshqa shaxslarga yuboriladi (beriladi).
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 3-bandining ikkinchi, uchinchi xatboshilari.
63-modda. Hujjatlarning aslini qaytarish
Ishda mavjud bo‘lgan hujjatlarning asli ularni taqdim etgan shaxslarning iltimosnomasiga ko‘ra xo‘jalik sudining hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgandan keyin, agar sud hujjatni qaytarish nizoning to‘g‘ri hal qilinishiga zarar yetkazmaydi degan xulosaga kelsa, ishni yuritish jarayonida hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgunga qadar ularga qaytarib berilishi mumkin. Iltimosnoma bilan bir vaqtda mazkur shaxslar hujjat aslining tegishlicha tasdiqlangan nusxasini taqdim etadilar yoki ishda qolayotgan nusxaning asliga to‘g‘riligi sud tomonidan tasdiqlanishini iltimos qiladilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 146-moddasi.
64-modda. Ashyoviy dalillar
O‘zining tashqi ko‘rinishi, ichki xususiyatlari, turgan joyi yoki boshqa belgilari bilan ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni aniqlash vositasi bo‘lib xizmat qila oladigan ashyolar ashyoviy dalillar hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 3-bandining uchinchi xatboshisi.
65-modda. Ashyoviy dalillarni saqlash
Ashyoviy dalillar xo‘jalik sudida saqlanadi.
Xo‘jalik sudiga keltirib bo‘lmaydigan ashyoviy dalillar turgan joyida saqlanadi. Ular batafsil tasvirlanishi, muhrlab qo‘yilishi, zarur hollarda esa fotosuratga yoki videotasvirga olinishi lozim.
Xo‘jalik sudi va saqlovchi ashyoviy dalillarni o‘zgarmaydigan holatda saqlash choralarini ko‘radilar.
66-modda. Ashyoviy dalillarni qaytarish
Xo‘jalik sudining hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgach ashyoviy dalillar kimdan olingan bo‘lsa, o‘sha shaxslarga qaytarib beriladi yoxud sud shu ashyolarga kimning huquqi bor deb topgan bo‘lsa, o‘sha shaxslarga beriladi yoki sud belgilaydigan boshqa tartibda realizatsiya qilinadi.
Ayrim hollarda xo‘jalik sudi ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirib va tekshirib chiqqanidan keyin basharti, ashyoviy dalillarni taqdim etgan shaxslar ularni qaytarib berishni iltimos qilgan bo‘lsalar va bunday iltimosnomaning qanoatlantirilishi nizoning to‘g‘ri hal etilishiga zarar keltirmasa, ular kimdan olingan bo‘lsa, o‘sha shaxslarga ish yuritish jarayonida qaytarib berilishi mumkin.
Xo‘jalik sudi ashyoviy dalillarni qaytarish masalalari yuzasidan ajrim chiqaradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash haqida”gi qarori 6-bandining uchinchi xatboshisi.
Qonunga muvofiq ayrim shaxslarning egaligida turishi mumkin bo‘lmagan ashyolar tegishli tashkilotlarga topshiriladi.
67-modda. Ekspertiza tayinlash
Ishni ko‘rish vaqtida kelib chiqadigan, fan, texnika, san’at yoki hunar sohasida maxsus bilimlarni talab qiladigan savollarni tushuntirib berish uchun xo‘jalik sudi ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosiga ko‘ra ekspertiza tayinlaydi.
(67-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyundagi O‘RQ-250-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 22-son, 174-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 36-bandining birinchi, ikkinchi xatboshilari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar xo‘jalik sudiga ekspertiza o‘tkazish vaqtida tushuntirib berilishi kerak bo‘lgan savollari va ekspertlarning nomzodlari bo‘yicha takliflarini taqdim etishga haqlidirlar.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarori 8.3-bandining birinchi xatboshisi.
Ekspertizaning xulosasi talab qilinadigan savollarning uzil-kesil mazmunini xo‘jalik sudi belgilaydi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar taklif etgan savollarni rad etishni sud asoslab berishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarori 8.3-bandining birinchi xatboshisi.
Ekspertiza tayinlash to‘g‘risida xo‘jalik sudi ajrim chiqaradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonuni 17-moddasining birinchi, ikkinchi qismlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarori 8 – 8.4-bandlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 36-bandining uchinchi xatboshisi.
68-modda. Ekspertizani o‘tkazish tartibi
Ekspertiza xo‘jalik sudining majlisida yoki, agar tekshirishning xususiyatiga ko‘ra zarur bo‘lsa yoxud tekshirish obyektlarini majlisga olib kelish imkoni bo‘lmasa, majlisdan tashqarida o‘tkaziladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ekspertiza o‘tkazilayotganda hozir bo‘lishga haqlidir, bunday ishtirok etish ekspertning normal ishlashiga xalaqit berishi mumkin bo‘lgan hollar bundan mustasno.
(68-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyundagi O‘RQ-250-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 22-son, 174-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonuni 17-moddasining uchinchi – beshinchi qismlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarori 10 – 15-bandlari.
681-modda. Qo‘shimcha va qayta ekspertizalar
Qo‘shimcha ekspertiza ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasidagi bo‘shliqlarning o‘rnini to‘ldirish uchun tayinlanadi va shu yoki boshqa ekspert (ekspertlar komissiyasi) tomonidan o‘tkaziladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarori 16-bandining uchinchi xatboshisi.
Ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasi asoslantirilmaganda yoki uning to‘g‘riligiga shubha tug‘ilganda yoxud unga asos qilib olingan dalillar ishonchli emas deb topilganda yoki ekspertizani o‘tkazishning protsessual qoidalari jiddiy buzilganda qayta ekspertiza tayinlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarori 16-bandining to‘rtinchi xatboshisi.
Qayta ekspertiza tayinlanganda ekspert (ekspertlar komissiyasi) oldiga ilgari qo‘llanilgan tekshirish usullarining ilmiy asoslanganligi to‘g‘risidagi masala qo‘yilishi mumkin.
Qayta ekspertizani tayinlash to‘g‘risidagi ajrimda qayta ekspertizani tayinlagan xo‘jalik sudining birinchi (oldingi) ekspertiza xulosasiga qo‘shilmaganligi sabablari ko‘rsatilishi lozim.
Qayta ekspertizani o‘tkazish boshqa ekspertga (ekspertlar komissiyasiga) topshiriladi. Birinchi (oldingi) ekspertizani o‘tkazgan ekspert (ekspertlar komissiyasi) qayta ekspertizani o‘tkazishda hozir bo‘lishi va tushuntirishlar berishi mumkin, lekin u tekshirish o‘tkazish va xulosa tuzishda ishtirok etmaydi.
(681-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyundagi O‘RQ-250-son Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2010-y., 22-son, 174-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonuni 18-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 8-bandi, 16-bandining birinchi, ikkinchi, beshinchi, oltinchi xatboshilari.
682-modda. Ekspertizaning ekspertlar komissiyasi tomonidan o‘tkazilishi
Ekspertiza bir xil (komissiyaviy ekspertiza) yoki turli xil (kompleks ekspertiza) sud-ekspert ixtisosligidagi bir necha ekspert tomonidan o‘tkazilishi mumkin.
Ekspertizaning ekspertlar komissiyasi tomonidan o‘tkazilishi ekspertizani tayinlagan xo‘jalik sudi yoki mazkur ekspertizaning o‘tkazilishini tashkil etuvchi davlat sud-ekspertiza muassasasi yoxud boshqa korxona, muassasa, tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi.
Ekspertizani o‘tkazish topshirilgan ekspertlar komissiyasi o‘z oldiga qo‘yilgan masalalarni hal etish zarurligidan kelib chiqib, o‘tkaziladigan tekshirishlarning maqsadi, ketma-ketligi va hajmini kelishib oladi.
Ekspertizani o‘tkazish topshirilgan ekspertlar komissiyasi tarkibidagi har bir ekspert tekshirishlarni mustaqil va alohida olib boradi, shaxsan o‘zi va komissiyaning boshqa a’zolari tomonidan olingan natijalarni baholaydi hamda qo‘yilgan savollar yuzasidan o‘z maxsus bilimlari doirasida fikrlarini shakllantiradi.
Tekshirishlarning ekspertlar komissiyasi tarkibiga kiritilmagan shaxslar tomonidan to‘liq yoki qisman o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(682-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyundagi O‘RQ-250-son Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2010-y., 22-son, 174-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonunining 19-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 8.1, 8.2-bandlari, 8.3-bandining uchinchi xatboshisi, 10-bandi, 12-bandining ikkinchi xatboshisi, 13-bandining birinchi xatboshisi, 14-bandining birinchi xatboshisi, 16-bandining birinchi – to‘rtinchi, oltinchi xatboshilari, 19-bandining birinchi, uchinchi xatboshilari, 20-bandining ikkinchi xatboshisi.
683-modda. Komissiyaviy ekspertiza
Komissiyaviy ekspertiza o‘tkazilayotganda ekspertlarning har biri tekshirishlarni to‘liq hajmda o‘tkazadi va ular olingan natijalarni birgalikda tahlil qiladi.
Ekspertlar umumiy fikrga kelganidan so‘ng birgalikdagi xulosani yoki xulosa berishning iloji yo‘qligi to‘g‘risidagi hujjatni tuzadi va imzolaydi.
Ekspertlar o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, ularning har biri kelishmovchiliklar kelib chiqqan barcha yoki ayrim masalalar bo‘yicha alohida xulosa beradi.
(683-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyundagi O‘RQ-250-son Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2010-y., 22-son, 174-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonunining 20-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 8.2-bandi, 16-bandining birinchi, beshinchi, oltinchi xatboshilari.
684-modda. Kompleks ekspertiza
Kompleks ekspertiza ish uchun ahamiyatga molik holatlarni turli ilm sohalaridan foydalangan holda bir necha tekshirish o‘tkazish yo‘li bilangina aniqlash mumkin bo‘lgan hollarda tayinlanadi.
Kompleks ekspertizani o‘tkazishda ekspertlarning har biri o‘z vakolati doirasida tekshirishlar olib boradi. Kompleks ekspertizaning xulosasida ekspertlarning har biri qaysi tekshirishlarni va qancha hajmda olib borganligi, qaysi holatlarni shaxsan o‘zi aniqlaganligi hamda qanday fikrlarga kelganligi ko‘rsatiladi. Ekspertlarning har biri xulosaning ushbu tekshirishlar bayon etilgan qismini imzolaydi va ular uchun javobgar bo‘ladi.
Umumiy fikrni (fikrlarni), olingan natijalarni baholashga va ushbu fikrni (fikrlarni) shakllantirishga vakolatli bo‘lgan ekspertlar qiladi. Agar ekspertlar komissiyasi yakuniy fikrining yoki uning bir qismining asosi sifatida ekspertlardan birining (alohida ekspertlarning) aniqlagan holatlari olingan bo‘lsa, bu haqda xulosada ko‘rsatilishi kerak.
Ekspertlar o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, ularning har biri kelishmovchiliklar kelib chiqqan barcha yoki ayrim masalalar bo‘yicha alohida xulosa beradi.
Agar kompleks ekspertizani o‘tkazish davlat sud-ekspertiza muassasasiga topshirilgan bo‘lsa, unda ushbu ekspertizani tashkil qilish uning rahbari zimmasiga yuklatiladi.
(684-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyundagi O‘RQ-250-son Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2010-y., 22-son, 174-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonunining 21-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 8-bandi, 16-bandining birinchi, beshinchi, oltinchi xatboshilari.
69-modda. Ekspertning yoki ekspertlar komissiyasining xulosasi
Ekspert yoki ekspertlar komissiyasi tekshirishlarni o‘tkazib bo‘lganidan keyin tegishincha ekspert yoxud ekspertlar komissiyasi tarkibiga kiruvchi har bir ekspert imzosi bilan tasdiqlanadigan xulosa tuzadi.
Xulosada: ekspertiza o‘tkazilgan sana va joy; ekspertizani o‘tkazish asosi; ekspertizani tayinlagan sudya to‘g‘risida ma’lumotlar; ekspert (familiyasi, ismi, otasining ismi, ma’lumoti, ixtisosligi, ish staji, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, egallab turgan lavozimi) va ekspertizani o‘tkazish topshirilgan tashkilot haqida ma’lumotlar; ekspertning bila turib noto‘g‘ri xulosa berganligi, xulosa berishni rad etganligi yoki bu ishdan bo‘yin tovlaganligi uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirilganligi; ekspertning oldiga qo‘yilgan savollar; ekspertga taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallari; ekspertiza o‘tkazilayotganda hozir bo‘lgan shaxslar haqida ma’lumotlar; qo‘llanilgan usullar ko‘rsatilgan holda tekshirishlarning mazmuni va natijalari, shuningdek bu tekshirishlar, agar ekspertlar komissiyasi ishlagan bo‘lsa, kim tomonidan o‘tkazilganligi; tekshirish natijalarining baholanishi, qo‘yilgan savollarga berilgan asosli javoblar; ish uchun ahamiyatga molik bo‘lgan va ekspertning tashabbusiga ko‘ra aniqlangan holatlar ko‘rsatilishi lozim.
Xulosani va uning natijalarini tasvirlovchi materiallar ushbu xulosaga ilova qilinadi hamda uning tarkibiy qismi bo‘lib xizmat qiladi. Tekshirishning olib borilishi, shart-sharoitlari va natijalarini hujjatlashtiradigan materiallar davlat sud-ekspertiza muassasasida yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilotda qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda saqlanadi. Ular ekspertizani tayinlagan xo‘jalik sudining talabiga binoan ishga qo‘shib qo‘yish uchun taqdim etiladi.
Agar taqdim etilgan tekshirish obyektlarining, materiallarning yoki ekspertning maxsus bilimlari yetarli emasligi tekshirish davomida ma’lum bo‘lib qolsa, xulosa ayrim qo‘yilgan savollarga javob berishni rad etish asosini o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim.
Tekshirish tugaganidan so‘ng xulosa, tekshirish obyektlari va ish materiallari ekspertizani tayinlagan xo‘jalik sudiga yuboriladi.
Xulosa xo‘jalik sudining majlisida tekshiriladi hamda boshqa dalillar bilan bir qatorda baholanadi.
(69-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyundagi O‘RQ-250-son Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2010-y., 22-son, 174-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 3-bandining sakkizinchi – o‘n birinchi xatboshilari.
70-modda. Guvohning ko‘rsatuvlari
Guvoh o‘zi bilgan ma’lumotlar va holatlarni xo‘jalik sudiga og‘zaki xabar qiladi. Guvoh xo‘jalik sudining taklifiga ko‘ra o‘z ko‘rsatuvlarini yozma tarzda bayon qilishi mumkin.
Agar guvoh o‘zi bilgan ma’lumotlarning manbaini ko‘rsatib bera olmasa, u xabar qilgan ma’lumotlar dalil hisoblanmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 46-moddasi.
71-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ish uchun ahamiyatli bo‘lgan o‘zlariga ma’lum holatlar to‘g‘risidagi tushuntirishlari tekshirilishi va boshqa dalillar bilan bir qatorda baholanishi lozim. Ishda ishtirok etuvchi shaxs xo‘jalik sudining taklifiga ko‘ra o‘z tushuntirishlarini yozma tarzda bayon qilishi mumkin.
Ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan boshqa shaxs o‘z talablarini yoki e’tirozlarini asoslayotgan faktlarning tan olinishi xo‘jalik sudi uchun majburiy emas.
Agar faktni tan olish ishning holatlariga muvofiq ekanligiga va aldash, zo‘rlik ishlatish, qo‘rqitish, chalg‘itish ta’sirida yoki haqiqatni yashirish maqsadida qilinmaganiga xo‘jalik sudida shubha tug‘ilmasa, u tan olingan faktni aniqlangan deb hisoblashi mumkin.
72-modda. Dalillarni ta’minlash
Zarur dalillarni keyinchalik taqdim etish mumkin bo‘lmay qoladi yoki qiyinlashadi deb xavotirlanish uchun asosi bo‘lgan shaxslar ishni yuritishga qabul qilgan xo‘jalik sudidan shu dalillarni ta’minlashni iltimos qilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 24-bandining ikkinchi xatboshisi.
Dalillarni ta’minlash to‘g‘risidagi arizada ta’minlanishi zarur bo‘lgan dalillar, tasdiqlash uchun bu dalillar zarur bo‘lgan holatlar, ularni ta’minlash to‘g‘risida arizachini iltimos bilan murojaat qilishga undagan sabablar ko‘rsatilishi kerak.
Dalillarni ta’minlash yoki iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi.
Xo‘jalik sudining dalillarni ta’minlash to‘g‘risidagi iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish haqidagi ajrimi ustidan shikoyat qilish mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191, 203-moddalari.
73-modda. Dalillarni ta’minlash tartibi
Dalillarni ta’minlash ushbu Kodeksda belgilangan qoidalarga ko‘ra xo‘jalik sudi tomonidan amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 72-moddasi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar dalillarni ta’minlash to‘g‘risidagi arizani ko‘rish vaqti va joyi haqida xabardor qilinadi, biroq ularning kelmasligi arizani ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi.
74-modda. Sud topshiriqlari
Ishni ko‘rayotgan xo‘jalik sudi boshqa viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri) hududidagi dalillarni olishi zarur bo‘lib qolgan hollarda tegishli xo‘jalik sudiga muayyan protsessual harakatlarni bajarishni topshirishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 122-moddasi birinchi qismining 7-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 24-bandining ikkinchi xatboshisi.
Sud topshirig‘i to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rilayotgan ishning mazmuni qisqacha bayon qilinadi, aniqlanishi zarur bo‘lgan holatlar, topshiriqni bajaradigan xo‘jalik sudi to‘plashi lozim bo‘lgan dalillar ko‘rsatiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi.
Sud topshirig‘i to‘g‘risidagi ajrim topshiriq berilgan xo‘jalik sudi uchun majburiydir va ajrim olingan paytdan boshlab o‘n kunlik muddatdan kechiktirmay bajarilishi lozim.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 75-moddasi.
75-modda. Sud topshirig‘ini bajarish tartibi
Sud topshirig‘i xo‘jalik sudining majlisida ushbu Kodeksda belgilangan qoidalarga muvofiq bajariladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar majlis vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilinadilar, biroq ularning kelmaganligi majlisni o‘tkazishga to‘sqinlik qilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 74-moddasi.
Sud topshirig‘ining ijrosi to‘g‘risida ajrim chiqarilib, u darhol barcha materiallar bilan ishni ko‘rayotgan xo‘jalik sudiga yuboriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, topshiriqni bajargan xo‘jalik sudiga tushuntirishlar yoki ko‘rsatuvlar bergan guvohlar ishni ko‘rayotgan sud majlisida o‘zlari ishtirok etgan taqdirda umumiy tartibda tushuntirishlar va ko‘rsatuvlar beradilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 34, 46, 70, 71-moddalari.
7-BOB. DA’VONI TA’MINLASH
76-modda. Da’voni ta’minlash asoslari
Xo‘jalik sudi ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasiga ko‘ra da’voni ta’minlash choralarini ko‘rishga haqli. Da’voni ta’minlashga, agar shunday choralarni ko‘rmaslik sud hujjatining ijrosini qiyinlashtirishi yoki bajarib bo‘lmaydigan qilib qo‘yishi mumkin bo‘lsa, xo‘jalik sudlov ishini yuritishning har qanday bosqichida yo‘l qo‘yiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 77-moddasi, 122-moddasi birinchi qismining 7-bandi.
Davlat organi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan noqonuniy hujjat qabul qilinganligi yoxud ularning mansabdor shaxslari tomonidan g‘ayriqonuniy harakatlar (harakatsizlik) sodir etilganligi natijasida tadbirkorlik subyektiga yetkazilgan zararlarning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volarni ko‘rishda sud da’vogarning arizasi bo‘yicha da’voni ta’minlash choralarini ko‘rishi shart.
(76-modda O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi ariza tushganidan keyingi kundan kechiktirmasdan nizoni hal etayotgan xo‘jalik sudi tomonidan ko‘riladi.
 LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xo‘jalik sudlari tomonidan qo‘llanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 18-bandi.
Hakamlik sudida ko‘rib chiqilayotgan da’voni ta’minlash choralari hakamlik muhokamasi tarafining da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi arizasiga ko‘ra hakamlik sudi joylashgan yerdagi yoxud javobgar joylashgan yerdagi yoki yashaydigan joydagi yoinki javobgarning mol-mulki turgan joydagi xo‘jalik sudi tomonidan ariza xo‘jalik sudiga kelib tushganidan keyingi kundan kechiktirmasdan taraflarni xabardor qilmagan holda ko‘rilishi mumkin. Da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi arizaga da’voning hakamlik sudiga taqdim etilganligini isbotlovchi dalillar ilova qilinadi.
(76-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonuni 32-moddasining birinchi – uchinchi qismlari.
Arizani ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqariladi. Da’voni ta’minlash yoki ta’minlashni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi mumkin.
Da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat berish ushbu ajrim ijrosini to‘xtatib turmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Hakamlik sudida ko‘rib chiqilayotgan da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi arizani xo‘jalik sudi tomonidan ko‘rib chiqish va da’voni ta’minlash haqida ajrim chiqarish ushbu Kodeksning 77—81-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
(76-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 1-avgustdagi O‘RQ-106-sonli Qonuni asosida oltinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 31-32-son, 315-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonuni 32-moddasining to‘rtinchi, beshinchi qismlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 26-bandi.
77-modda. Da’voni ta’minlash choralari
Quyidagilar da’voni ta’minlash choralari bo‘lishi mumkin:
1) javobgarga tegishli bo‘lgan mol-mulk yoki pul mablag‘larini xatlab qo‘yish;
2) javobgarga muayyan harakatlarni qilishni taqiqlash;
3) boshqa shaxslarga nizo predmetiga aloqador bo‘lgan muayyan harakatlarni qilishni taqiqlash;
4) da’vogar nizolashayotgan, undirish so‘zsiz (akseptsiz) tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjati yoki boshqa hujjat bo‘yicha undirishni to‘xtatib turish;
41) davlat organining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining nizolashilayotgan hujjati ijrosini to‘xtatib turish;
(77-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuniga asosan 41-band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
5) mol-mulkni xatlashdan ozod qilish to‘g‘risida da’vo taqdim etilgan taqdirda uni realizatsiya qilishni to‘xtatib turish.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorining 17-bandi.
Zarur hollarda da’voni ta’minlash uchun bir necha chora qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi.
Xo‘jalik sudi da’voni ta’minlashga yo‘l qo‘yar ekan, javobgarning iltimosnomasiga ko‘ra da’vogardan javobgar ko‘rishi mumkin bo‘lgan zarar qoplanishining ta’minlovini talab qilishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismi 2 va 3-bandlarida ko‘rsatilgan choralarga rioya etmaganlik uchun tashkilotlar va fuqarolardan respublika budjeti daromadiga quyidagicha jarima undiriladi:
baholanadigan da’volar bo‘yicha — da’vo bahosining ellik foizigacha miqdorda;
baholanmaydigan da’volar bo‘yicha — eng kam ish haqining ikki yuz baravarigacha miqdorda.
Xo‘jalik sudining da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi ajrimini ijro etmaslik bilan yetkazilgan zararni qoplashni da’vogar o‘sha xo‘jalik sudida da’vo taqdim etish yo‘li bilan talab qilishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 262-sonli “Ishtirokchilar o‘rtasida, ishtirokchilar bilan xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari o‘rtasida, aksiyadorlar o‘rtasida, aksiyador bilan aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari faoliyatidan kelib chiqadigan nizolarni xo‘jalik sudlari tomonidan hal qilishning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 8-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli “Xo‘jalik sudining qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanishi haqida”gi qarori 1-bandining birinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 24-bandining ikkinchi xatboshisi.
78-modda. Da’voni ta’minlashning bir turini boshqasi bilan almashtirish
Da’voni ta’minlashning bir turini boshqasi bilan almashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 77-moddasi birinchi qismi.
Da’voni ta’minlashning bir turini boshqasi bilan almashtirish masalasi ushbu Kodeksning 76-moddasida nazarda tutilgan tartibda hal etiladi.
Pul mablag‘larini undirish to‘g‘risidagi da’voni ta’minlashda javobgar da’voni ta’minlash bo‘yicha belgilangan choralarni qo‘llash o‘rniga xo‘jalik sudining depozit hisobvarag‘iga da’vogar talab qilayotgan summani to‘lashga haqli.
79-modda. Da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi ajrimni ijro etish
Da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi ajrim xo‘jalik sudining hal qiluv qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda darhol ijro etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuni 5-moddasining birinchi qismining 1-bandi, 221-moddasining ikkinchi qismi, 30-modda ikkinchi qismining 3-bandi, mazkur Kodeksning IV bo‘limi (“Sud hujjatlarini ijro etish”).
80-modda. Da’voni ta’minlashni bekor qilish
Da’voni ta’minlash ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra ishni ko‘rayotgan xo‘jalik sudi tomonidan bekor qilinishi mumkin. Da’voni ta’minlashni bekor qilish masalasi sud majlisida hal qilinadi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar majlis vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilinadilar, biroq ularning kelmasligi da’voni ta’minlashni bekor qilish masalasini ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.
Da’voni ta’minlashni bekor qilish masalasini ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqariladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi.
Da’vo rad etilgan taqdirda yo‘l qo‘yilgan ta’minlash choralari hal qiluv qarori kuchga kirguncha saqlanadi. Biroq, xo‘jalik sudi hal qiluv qarori bilan bir vaqtda yoki u qabul qilinganidan keyin da’voni ta’minlashni bekor qilish to‘g‘risida ajrim chiqarishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hakamlik sudining da’vo talablarini qanoatlantirishni rad etish haqidagi hal qiluv qarori da’voni ta’minlash choralari xo‘jalik sudi tomonidan bekor qilinishi uchun asos bo‘ladi.
(80-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 1-avgustdagi O‘RQ-106-sonli Qonuni asosida beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 31-32-son, 315-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonuni 32-moddasining oltinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 26-bandining uchinchi xatboshisi.
Da’voni ta’minlashni bekor qilish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 17-bandining beshinchi, oltinchi xatboshilari.
81-modda. Da’voni ta’minlash tufayli javobgarga yetkazilgan zararni qoplash
Da’voni rad etish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgach, javobgar o‘sha xo‘jalik sudida da’vo taqdim etish yo‘li bilan da’vogardan da’voni ta’minlash tufayli o‘ziga yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 14-moddasi.
8-BOB. ISH YURITISHNI TO‘XTATIB TURISH
82-modda. Xo‘jalik sudining ish yuritishni to‘xtatib turish majburiyati
Xo‘jalik sudi quyidagi hollarda ish yuritishni to‘xtatib turishga majbur:
Oldingi tahrirga qarang.
1) ishni konstitutsiyaviy, fuqaroviy, jinoyat yoki ma’muriy sud ishlarini yuritish tartibida ko‘rilayotgan boshqa ish yoki masala yuzasidan qaror qabul qilingunga qadar ko‘rish mumkin bo‘lmaganda;
(82-modda birinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 18-bandining ikkinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash to‘g‘risida”gi qarorining 13-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 12-bandining beshinchi xatboshisi.
2) javobgar fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harakatdagi qismida bo‘lgan yoki O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harakatdagi qismida bo‘lgan da’vogar fuqaro tegishli iltimosnoma bilan murojaat qilganda;
3) fuqaro vafot etganda, agar nizoli huquqiy munosabatlar huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ysa;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 86-moddasi birinchi qismining 5-bandi.
4) fuqaro muomala layoqatini yo‘qotganda.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 30-moddasi.
Xo‘jalik sudi qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham ish yuritishni to‘xtatib turadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 83-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 18-bandining birinchi, uchinchi xatboshilari, 24-bandining ikkinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash haqida”gi qarorining 16-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi 142-sonli “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini xo‘jalik sudlari tomonidan qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 20-bandi.
83-modda. Xo‘jalik sudining ish yuritishni to‘xtatib turish huquqi
Xo‘jalik sudi quyidagi hollarda ish yuritishni to‘xtatib turishga haqli:
1) xo‘jalik sudi tomonidan ekspertiza tayinlanganda;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 67-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarori 9-bandining birinchi, uchinchi xatboshilari.
2) ishda ishtirok etuvchi shaxs bo‘lmish tashkilot qayta tashkil qilinganda;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49-moddasi.
3) ishda ishtirok etuvchi shaxs bo‘lmish fuqaro biror-bir davlat majburiyatini bajarish uchun jalb qilinganda.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorining 18-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi 142-sonli “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini xo‘jalik sudlari tomonidan qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 20-bandi.
84-modda. Ish yuritishni tiklash
Ish yuritishni to‘xtatib turishga asos bo‘lgan holatlar bartaraf qilingach, ish yuritish tiklanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 82, 83-moddalari, 85-moddasining birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash haqida”gi qarori 6-bandining uchinchi xatboshisi.
85-modda. Ish yuritishni to‘xtatib turish va uni tiklash tartibi
Xo‘jalik sudi ish yuritishni to‘xtatib turish va uni tiklash yuzasidan ajrim chiqaradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi.
Ish yuritishni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi xo‘jalik sudining ajrimi ustidan shikoyat berish (protest keltirish) mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191, 203-moddalari.
9-BOB. ISH YURITISHNI TUGATISH
86-modda. Ish yuritishni tugatish asoslari
Xo‘jalik sudi quyidagi hollarda ish yuritishni tugatadi:
1) nizo xo‘jalik sudida ko‘rish uchun tegishli bo‘lmasa;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 25-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorining 25-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi 142-sonli “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini xo‘jalik sudlari tomonidan qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 6-bandining uchinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash to‘g‘risida”gi qarori 7-bandining ikkinchi xatboshisi, 8-bandining birinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qo‘llashda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar haqida”gi qo‘shma qarori 16-bandining beshinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2010-yil 19-noyabrdagi 220-sonli “Mulk huquqini tan olish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 5-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 12-bandining uchinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 21-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarori 9-bandining ikkinchi xatboshisi.
2) umumiy sud, xo‘jalik sudining ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori bo‘lsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi 142-sonli “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini xo‘jalik sudlari tomonidan qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 24-bandining uchinchi xatboshisi.
Oldingi tahrirga qarang.
3) hakamlik sudining ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori bo‘lsa, hakamlik sudining qarorini majburiy tarzda ijro etish yuzasidan xo‘jalik sudi ijro varaqasini berishni rad etgan, ishni yangidan ko‘rish uchun hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudiga yuborgan, lekin ishni o‘sha hakamlik sudida ko‘rish mumkin bo‘lmay qolgan hollar bundan mustasno;
(86 modda 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 1-avgustdagi O‘RQ-106-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 31-32-son, 315-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorining 25-bandi.
4) ishda ishtirok etuvchi shaxs bo‘lmish tashkilot tugatilgan bo‘lsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi 142-sonli “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini xo‘jalik sudlari tomonidan qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 24-bandining uchinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash haqida”gi qarori 12-bandining ikkinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2010-yil 19-noyabrdagi 221-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav fondlarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 13, 17-bandlari.
5) ishda ishtirok etgan shaxs bo‘lmish fuqaroning o‘limidan so‘ng nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ymasa;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash haqida”gi qarori 12-bandining ikkinchi xatboshisi.
6) da’vogar da’vosidan voz kechgan va xo‘jalik sudi uni qabul qilgan bo‘lsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2010-yil 19-noyabrdagi 221-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav fondlarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 11-bandi.
7) kelishuv bitimi tuzilib, u xo‘jalik sudi tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 40-moddasining uchinchi qismi.
 LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2009-yil 18-dekabrdagi 204-sonli “Kelishuv bitimini tasdiqlashda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi normalarining qo‘llanilishi haqida”gi qarorining 15-bandi.
8) da’vogar sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etmagan bo‘lsa, basharti bu shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki taraflar shartnomasida nazarda tutilgan va bunday tartibni qo‘llash imkoniyati yo‘qotilgan bo‘lsa.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 6-moddasi ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorining 19-bandi, 24-bandining ikkinchi xatboshisi, 33-bandining ikkinchi xatboshisi.
87-modda. Ish yuritishni tugatish tartibi va oqibatlari
Ish yuritishni tugatish to‘g‘risida xo‘jalik sudi ajrim chiqaradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi.
Xo‘jalik sudining ajrimida sud xarajatlarini ishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘rtasida taqsimlash, davlat bojini budjetdan qaytarish masalalari hal qilinishi mumkin.
Ish yuritish tugatilgan taqdirda ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan xo‘jalik sudiga ikkinchi bor murojaat qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi xo‘jalik sudining ajrimi ustidan shikoyat berish (protest keltirish) mumkin.
(87-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191, 203-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash haqida”gi qarori 12-bandining uchinchi xatboshisi.
10-BOB. DA’VONI KO‘RMASDAN QOLDIRISH
88-modda. Da’voni ko‘rmasdan qoldirish asoslari
Xo‘jalik sudi quyidagi hollarda da’voni ko‘rmasdan qoldiradi:
1) umumiy sud, xo‘jalik sudi, hakamlik sudi ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan ish yuritayotgan bo‘lsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorining 25-bandi.
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ushbu nizoni hakamlik sudiga ko‘rish uchun topshirish to‘g‘risidagi kelishuvi bo‘lib, hakamlik sudiga murojaat qilish imkoniyati yo‘qolmagan bo‘lsa va agar ishning xo‘jalik sudida ko‘rilishiga qarshi bo‘lgan javobgar birinchi arizasidan kechiktirmay nizoni mazmunan hal etishni hakamlik sudiga topshirish to‘g‘risida iltimosnoma bilan murojaat qilsa;
(88-modda 1 va 2-bandlari O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 1-avgustdagi O‘RQ-106-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 31-32-son, 315-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonunining 11, 12, 13-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 4-bandi.
3) da’vo arizasi imzolanmagan yoki imzolash huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan, yoxud mansab mavqeyi ko‘rsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan bo‘lsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 112-moddasi birinchi qismi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash haqida”gi qarorining 7-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorining 26-bandi.
4) qonun hujjatlari yoki shartnomaga muvofiq qarz bank yoki boshqa kredit muassasasi orqali undirib olinishi shart bo‘lishiga qaramay da’vogar javobgardan qarzini undirib olish uchun bank yoki boshqa kredit muassasasiga murojaat etmagan bo‘lsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 13-bandining oltinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorining 26-bandi.
5) da’vogar nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etmagan, bu esa shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 6-moddasining ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2009-yil 18-dekabrdagi 203-sonli “Xo‘jalik shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilishni tartibga soluvchi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 12-bandi.
6) da’vogar xo‘jalik sudining majlisiga kelmagan va ishni o‘zining ishtirokisiz ko‘rib chiqishga rozilik bermagan bo‘lsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 130-moddasining uchinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2013-yil 24-maydagi 248-sonli “Chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratish hamda chet davlat sudining topshirig‘ini ijro etish to‘g‘risidagi ishlarning xo‘jalik sudlari tomonidan ko‘rilishida qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 11-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 29-bandining to‘rtinchi xatboshisi.
7) davlat ro‘yxatidan o‘tishni rad etish yoki undan bosh tortish to‘g‘risidagi ariza ko‘rilayotganda huquq to‘g‘risida nizo kelib chiqqan bo‘lsa;
8) yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ariza ko‘rilayotganda huquq to‘g‘risida nizo kelib chiqqan bo‘lsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 11-bandining o‘n ikkinchi xatboshisi.
Oldingi tahrirga qarang.
9) da’vogar uning manfaatlarini ko‘zlab prokuror tomonidan taqdim etilgan da’vodan voz kechgan bo‘lsa.
(88-modda O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuniga muvofiq 9-band bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 43-moddasining beshinchi qismi, 44-moddasining ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash to‘g‘risida”gi qarorining 12-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorining 20-bandi, 33-bandining ikkinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 282-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining da’vo muddatiga oid normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 15-bandi.
89-modda. Da’voni ko‘rmasdan qoldirish tartibi va oqibatlari
Xo‘jalik sudi da’voni ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi.
Xo‘jalik sudining ajrimida ishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘rtasida sud xarajatlarini taqsimlash, davlat bojini budjetdan qaytarish masalalari hal qilinishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorining 20-bandi.
Da’voni ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191, 203-moddalari.
Da’voni ko‘rmasdan qoldirish uchun asos bo‘lgan holatlar bartaraf etilgach, da’vogar xo‘jalik sudiga umumiy tartibda yana murojaat qilish huquqiga ega.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 15-bobi (“Da’vo taqdim etish”).
11-BOB. SUD XARAJATLARI
90-modda. Sud xarajatlarining tarkibi
Sud xarajatlari davlat bojidan va ishni ko‘rish bilan bog‘liq chiqimlardan: sud hujjatlarini yuborish bilan bog‘liq pochta xarajatlaridan, xo‘jalik sudi tayinlagan ekspertizani o‘tkazish, guvohni chaqirish, dalillarni o‘z joyida ko‘zdan kechirish uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan summa sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar, shuningdek ishni ko‘rish bilan bog‘liq boshqa xarajatlardan tashkil topadi.
(90-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 91, 92, 94-moddalari.
Sud hujjatlarini yuborish bilan bog‘liq pochta xarajatlarining taxminiy summasi xo‘jalik sudi tomonidan belgilanadi va da’vogar tomonidan xo‘jalik sudining depozit hisobvarag‘iga o‘tkazib qo‘yilishi kerak.
Sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarning summasi xo‘jalik sudi tomonidan belgilanadi va ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ishni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ushbu Kodeksning 95-moddasiga muvofiq undiriladi.
(90-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 126-moddasining birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 270-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan videokonferensaloqa rejimida sud majlislarini o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 15-bandi.
91-modda. Davlat boji
Quyidagilar uchun davlat boji to‘lanadi:
1) da’vo arizalari;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 112-moddasi.
2) tashkilotlar va fuqarolarni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizalar;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonuni 35-moddasining birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi 142-sonli “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini xo‘jalik sudlari tomonidan qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 2-bandining ikkinchi xatboshisi, 16-bandi.
3) nizo predmeti yuzasidan mustaqil talablar qo‘yadigan uchinchi shaxs sifatida ishga kirishish haqidagi arizalar;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 41-moddasi.
4) yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi arizalar;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 155-moddasining birinchi qismi.
5) xo‘jalik sudining hal qiluv qarorlari, shuningdek ish yuritishni tugatish, da’voni ko‘rmasdan qoldirish, sud jarimalari solish to‘g‘risidagi ajrimlari ustidan berilgan appelyatsiya va kassatsiya shikoyatlari;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 156–159, 173–177-moddalari.
6) hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi arizalar, shuningdek hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizalar;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 1551, 1552, 1556, 1557-moddalari.
7) xo‘jalik sudining hakamlik sudi hal qiluv qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi, shuningdek hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi va ijro varaqasi berishni rad etish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha ajrimlari ustidan berilgan apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlari;
(91-modda birinchi qismining 6 va 7-bandlari O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 1-avgustdagi O‘RQ-106-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 31-32-son, 315-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 156–159, 173–177-moddalari.
Da’vo talablari ko‘paytirilganida davlat bojining yetishmayotgan summasi hal qiluv qarori qabul qilinayotganda da’voning ko‘paygan summasiga muvofiq undiriladi. Da’vo qiymati kamaytirilganda to‘langan boj qaytarilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan davlat boji to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 18-bandi.
Davlat bojining miqdori, uni to‘lashdan ozod qilish va uning miqdorini kamaytirish qonun hujjatlarida belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 326-moddasi, 328-moddasining 1, 2-bandlari, 330, 336, 337, 341, 342-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonuni 19-moddasi birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi, mazkur Kodeksning 106-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-sonli Davlat boji stavkalari haqidagi qarorining 2-bandi (“‎Xo‘jalik sudlariga beriladigan da’vo arizalaridan va xo‘jalik sudining qarorlarini qayta ko‘rib chiqish haqidagi arizalaridan”), O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi 142-sonli “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini xo‘jalik sudlari tomonidan qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 16-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan davlat boji to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 25–29-bandlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 34-bandi.
Alohida hollarda sud da’vogarning arizasiga ko‘ra uning mulkiy ahvoliga qarab, davlat bojini to‘lashni kechiktirishga yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash uchun ruxsat berishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 217-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 5-maydagi PF-1030-sonli “Xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko‘rsatish va uni rag‘batlantirish to‘g‘risida” Farmonining 7-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan davlat boji to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 7–7.4-bandlari.
92-modda. Da’voning bahosi
Da’voning bahosi quyidagicha aniqlanadi:
1) pul mablag‘larini undirish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha — undiriladigan summaga qarab;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan davlat boji to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 4.1-bandi.
2) ijro etish hujjatini yoki undirish so‘zsiz (akseptsiz) tartibda amalga oshiriladigan boshqa hujjatni ijro etish mumkin emas deb topish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha — nizolashilayotgan summaga qarab;
3) mol-mulkni talab qilib olish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha — shu mol-mulkning qiymatiga qarab;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan davlat boji to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 4.2-bandi.
4) yer uchastkasini talab qilib olish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha — yer uchastkasining belgilangan bahoda, bahosi bo‘lmasa — bozor bahosida chiqarilgan qiymatiga qarab.
Da’voning bahosiga da’vo arizasida ko‘rsatilgan neustoyka (jarima, penya) summalari ham kiritiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 260–263-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan davlat boji to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 4.4-bandi.
Bir necha mustaqil talablardan iborat bo‘lgan da’voning bahosi barcha talablarning summasi bilan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan davlat boji to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 4.3-bandi.
Da’voning bahosi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan taqdirda u xo‘jalik sudi tomonidan belgilanadi.
93-modda. Davlat bojini qaytarish
Davlat boji qonun hujjatlarida belgilangan hollarda qaytarilishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 342-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan davlat boji to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 13–17-bandlari.
Xo‘jalik sudining hujjatida davlat bojini to‘liq yoki qisman qaytarish uchun asos bo‘ladigan holatlar ko‘rsatiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan davlat boji to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 13, 14 va 16-bandlari.
Davlat boji to‘langan, lekin xo‘jalik sudiga kelib tushmagan yoki u qaytargan arizalar, apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyatlari bo‘yicha hamda bojni to‘liq yoki qisman qaytarishni nazarda tutuvchi sud hujjatlari bo‘yicha uni qaytarish sud tomonidan berilgan ma’lumotnoma asosida amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan davlat boji to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 20-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash to‘g‘risida”gi qarori 23-bandining ikkinchi xatboshisi.
94-modda. Ekspertlar, guvohlar va tarjimonlarga tegishli summalarni to‘lash
Ekspertlar, guvohlar va tarjimonlarga xo‘jalik sudiga kelish bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘lkira, uy-joy ijarasi xarajatlari qoplanadi va kundalik xarajatlar uchun haq to‘lanadi.
Ekspertlar va tarjimonlar xo‘jalik sudining topshirig‘i bilan bajargan ish ularning xizmat vazifasi doirasiga kirmasa, ular bu ish uchun haq oladilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonunining 25-moddasi.
Xo‘jalik sudiga guvoh sifatida chaqirilgan fuqarolarning sudga kelishi tufayli yo‘qotilgan vaqt bilan bog‘liq xarajatlari qoplanadi.
Ishda ishtirok etib, tegishli iltimos bilan murojaat qilgan shaxs guvohlar va ekspertlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan summani xo‘jalik sudining depozit hisobvarag‘iga oldindan o‘tkazadi. Agar ikkala tomon iltimos bilan murojaat qilgan bo‘lsa, talab qilinadigan summani ular teng bo‘lib o‘tkazadilar. Agar qo‘shimcha ekspertiza sudning tashabbusi bilan tayinlansa, to‘lanishi lozim bo‘lgan summa ekspertga sud tomonidan depozit hisobidan to‘lanadi. Bu summa ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ushbu Kodeksning 95-moddasiga muvofiq undirilib, sudning depozit hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Ekspertlarga, guvohlarga va tarjimonlarga tegishli bo‘lgan summalar xo‘jalik sudi tomonidan ular o‘z vazifalarini bajarganlaridan keyin to‘lanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 23-bandi.
To‘lash tartibi va to‘lanishi lozim bo‘lgan summalar miqdori qonun hujjatlarida belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 165-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarning qilgan xarajatlarini to‘lash tartibi va miqdorlari to‘g‘risida”gi Qonuni.
95-modda. Sud xarajatlarining taqsimlanishi
Sud xarajatlari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning qanoatlantirilgan da’vo talablari miqdoriga mutanosib ravishda yuklanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan davlat boji to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 21–21.2-bandlari, 21.3-bandining ikkinchi xatboshisi.
Da’vogar to‘lashdan belgilangan tartibda ozod qilingan davlat boji, agar javobgar boj to‘lashdan ozod qilinmagan bo‘lsa, qanoatlantirilgan da’vo talablari miqdoriga mutanosib ravishda javobgardan respublika budjeti daromadiga undiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan davlat boji to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 23-bandi.
Agar ish ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibini buzish (talabnomani javobsiz qoldirish, talab qilingan hujjatlarni jo‘natmaslik) oqibatida kelib chiqqan bo‘lsa, xo‘jalik sudi ishning natijasidan qat’i nazar, sud xarajatlarini shu shaxsga yuklashga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan davlat boji to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 21.3-bandi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud xarajatlarini taqsimlash to‘g‘risida o‘zaro kelishsalar, xo‘jalik sudi shu kelishuvga muvofiq qaror qabul qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan davlat boji to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 24-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2009-yil 18-dekabrdagi 204-sonli “Kelishuv bitimini tasdiqlashda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi normalarining qo‘llanilishi haqida”gi qarorining 17-bandi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning apellyatsiya, kassatsiya shikoyati berishlari bilan bog‘liq sud xarajatlari ushbu moddada bayon qilingan qoidalarga muvofiq taqsimlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan davlat boji to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 21.4, 22-bandlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash to‘g‘risida”gi qarori 23-bandining birinchi, uchinchi xatboshilari.
12-BOB. PROTSESSUAL MUDDATLAR
96-modda. Protsessual muddatlarni belgilash va hisoblash
Protsessual harakatlar ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda belgilangan muddatlarda bajariladi, protsessual muddatlar belgilanmagan hollarda esa ular xo‘jalik sudi tomonidan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 56-moddasining uchinchi qismi, 74-moddasining uchinchi qismi, 76-moddasining uchinchi qismi, 102-moddasining ikkinchi qismi, 108-moddasining birinchi qismi, 111-moddasining birinchi qismi, 116-moddasining uchinchi qismi, 117-moddasining ikkinchi qismi, 118-moddasining ikkinchi qismi, 122-moddasining birinchi qismi, 125-moddasi, 128-moddasining uchinchi qismi, 134-moddasining uchinchi, to‘rtinchi qismlari, 145-moddasining birinchi qismi, 146, 148-moddalari, 152-moddasining ikkinchi qismi, 153-moddasining birinchi qismi, 158, 167-moddalari, 171-moddasining to‘rtinchi qismi, 176, 185-moddalari, 189-moddasining uchinchi qismi, 201-moddasining to‘rtinchi qismi, 205-moddasining birinchi qismi, 207, 213-moddalari.
Protsessual harakatlarni bajarish muddatlari aniq kalendar sana bilan, albatta sodir bo‘lishi lozim bo‘lgan voqeani ko‘rsatish bilan yoki harakat bajarilishi mumkin bo‘lgan davr bilan belgilanadi.
Yillar, oylar yoki kunlar bilan hisoblanadigan protsessual muddatning o‘tishi kalendar sananing ertasidan yoki uning boshlanishi belgilab qo‘yilgan voqea sodir bo‘lgan kundan boshlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xo‘jalik sudlari tomonidan qo‘llanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 2, 3-bandlari.
97-modda. Protsessual muddatlarning tugashi
Yillar bilan hisoblanadigan muddat belgilangan muddat oxirgi yilining tegishli oy va kunida tugaydi. Oylar bilan hisoblanadigan muddat belgilangan muddat oxirgi oyining tegishli kunida tugaydi. Agar oylar bilan hisoblanadigan muddatning tugashi tegishli kuni bo‘lmagan oyga to‘g‘ri kelsa, muddat shu oyning oxirgi kunida tugaydi.
Muddatning oxirgi kuni ish kuni bo‘lmagan kunga to‘g‘ri kelgan hollarda undan keyin keladigan birinchi ish kuni muddatning tugash kuni deb hisoblanadi.
Protsessual harakat belgilangan muddatning oxirgi kuni to soat yigirma to‘rtgacha bajarilishi mumkin. Agar apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlari va boshqa hujjatlar aloqa tashkilotiga muddatning oxirgi kunida soat yigirma to‘rtga qadar topshirilgan bo‘lsa, muddat o‘tkazib yuborilgan hisoblanmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xo‘jalik sudlari tomonidan qo‘llanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 4–6-bandlari.
98-modda. Protsessual muddatlarni to‘xtatib turish
Ish yuritish to‘xtatib turilishi bilan o‘tib ketmagan barcha protsessual muddatlarning o‘tishi to‘xtatib turiladi. Ish yuritish tiklangan kundan boshlab protsessual muddatlarning o‘tishi davom etadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 81, 82-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xo‘jalik sudlari tomonidan qo‘llanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 7-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 18-bandining uchinchi xatboshisi.
99-modda. Protsessual muddatlarni tiklash va uzaytirish
Xo‘jalik sudi ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasiga ko‘ra, ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda belgilangan protsessual muddatning o‘tkazib yuborilishi sabablarini uzrli deb topsa, o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xo‘jalik sudlari tomonidan qo‘llanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 8 va 9-bandlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 37-bandining ikkinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash haqida”gi qarori 5-bandining birinchi – to‘rtinchi xatboshilari.
O‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risida xo‘jalik sudining hal qiluv qarorida, ajrimida yoki qarorida ko‘rsatiladi. Muddatni tiklashni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 135–137, 151, 171, 189-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash haqida”gi qarori 5-bandining beshinchi, oltinchi xatboshilari.
Xo‘jalik sudining protsessual muddatni tiklashni rad etish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191, 203-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli “Xo‘jalik sudining qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanishi haqida”gi qarorning 8-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash haqida”gi qarori 5-bandining oltinchi xatboshisi.
Xo‘jalik sudi tomonidan belgilangan protsessual muddatlarni uning o‘zi uzaytirishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xo‘jalik sudlari tomonidan qo‘llanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 10-bandi.
13-BOB. SUD JARIMALARI
100-modda. Jarima solish
Jarima xo‘jalik sudi tomonidan ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda va miqdorda solinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 56-moddasining to‘rtinchi qismi va 77-moddasining to‘rtinchi qismi.
101-modda. Jarima solish masalasini ko‘rish tartibi
Jarima solish masalasi xo‘jalik sudining majlisida hal etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 126-moddasi.
O‘zlariga nisbatan jarima solish masalasi ko‘rilayotgan shaxslarga majlis vaqti va joyi to‘g‘risida ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabar qilinadi. Tegishli tarzda xabar berilgan shaxsning kelmasligi jarima solish masalasini ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi.
(101-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Xo‘jalik sudi jarima solish masalasini ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqaradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi.
Xo‘jalik sudining jarima solish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191, 203-moddalari.
II BO‘LIM. BIRINCHI INSTANSIYA XO‘JALIK SUDIDA ISH YURITISH
14-BOB. SUD BUYRUG‘I
102-modda. Sud buyrug‘i asosida qarzni undirish
Oldingi tahrirga qarang.
Sud buyrug‘i kreditorning pul summasini undirish yoki undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratish haqidagi yoxud qarzdordan nizosiz talablar bo‘yicha mol-mulkni talab qilib olish to‘g‘risidagi arizasi bo‘yicha sudya chiqargan hujjatdir.
(102-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Sud buyrug‘i ijro hujjati kuchiga ega. Sud buyrug‘i bo‘yicha undiruv buyruq berilgandan so‘ng o‘n kunlik muddat o‘tgach sud hujjatlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning IV bo‘limi (Sud hujjatlarini ijro etish), O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuni 7-moddasi birinchi qismining 4-bandi, 27-moddasi uchinchi qismining 2-bandi.
103-modda. Sud buyrug‘i berish bo‘yicha talablar
Sud buyrug‘i sudya tomonidan quyidagi hollarda yakka tartibda beriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1) soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha boqimondalarni undirishni tashkilotlar va fuqarolarning mol-mulkiga qaratish to‘g‘risida talab qo‘yilsa;
(103-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-197-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 513-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 2.1, 7.1-bandlari.
11) kommunal xizmatlar va aloqa xizmatlari to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlikni undirish to‘g‘risida tasdiqlovchi hujjatlarga asoslangan talab qo‘yilsa;
(103-modda O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi O‘RQ-288-sonli Qonuniga muvofiq 11-band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2011-y., 16-son, 162-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi 133-moddasining birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi “Aloqa to‘g‘risida”gi Qonunining 11-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 2, 11-bandlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 2.2, 7.2-bandlari.
2) hujjatlar asosida tan olingan debitorlik qarzini undirish to‘g‘risida talab qo‘yilsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 3-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 2.3, 7.3-bandlari.
3) talab to‘lanmagan, akseptlanmagan va akseptga sana qo‘yilmagan veksel notarius tomonidan protest qilinishiga asoslansa;
Oldingi tahrirga qarang.
4) lizing beruvchi tomonidan lizing oluvchidan o‘z mol-mulkini talab qilib olish to‘g‘risida talab qo‘yilsa.
(103-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuniga muvofiq 4-band bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorining 21-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 2.4, 7.4-bandlari.
104-modda. Arizaning shakli va mazmuni
Ariza xo‘jalik sudiga yozma shaklda sudlovga tegishlilikning umumiy qoidalari bo‘yicha beriladi. U kreditor yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolanadigan arizaga ishonchnoma ilova qilinadi.
Arizada quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
1) ariza berilayotgan xo‘jalik sudining nomi;
2) kreditorning, qarzdorning nomi va ularning manzillari;
3) kreditorning qonun hujjatlariga asoslangan talabi;
4) talabga asos bo‘lgan holatlar va ularni tasdiqlovchi dalillar;
Oldingi tahrirga qarang.
5) undiriladigan summaning hisob-kitobi, lizing obyekti talab qilib olingan taqdirda esa lizing shartnomasida belgilangan, to‘lanmagan to‘lovlarning lizing beruvchining lizing shartnomasi muddati tugaguniga qadar qolgan davrdagi daromadini chegirib tashlagan holdagi summaning hisob-kitobi;
(104-modda ikkinchi qismining 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
6) ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati.
Arizada kreditorning yoki uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin.
(104-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 3 – 8-bandlari.
105-modda. Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi ariza nusxalarini qarzdorga topshirish
Kreditor sud buyrug‘ini berish to‘g‘risida ariza berganida qarzdorga shu arizaning nusxasini topshirishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 9-bandi.
106-modda. Davlat boji
Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi ariza uchun sudga da’vo bilan umumiy tartibda murojaat qilganda nizolashilayotgan summa asosida hisoblab chiqilgan stavkaning ellik foizi miqdorida davlat boji to‘lanadi.
Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani qabul qilish rad etilgan taqdirda undiruvchi to‘lagan davlat boji undiruvchi tomonidan qarzdorga umumiy tartibda da’vo taqdim etilganda to‘lanishi lozim bo‘lgan boj hisobiga o‘tkaziladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 10 – 10.4-bandlari.
107-modda. Arizani qabul qilishni rad etish asoslari
Sudya quyidagi hollarda sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani qabul qilishni rad etadi:
1) bildirilgan talab ushbu Kodeksning 103-moddasida nazarda tutilmagan bo‘lsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 10-bandi.
2) ariza ushbu Kodeksning 104-moddasida belgilangan talablarga rioya qilmagan holda berilgan bo‘lsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 6-bandi.
3) bildirilgan talabni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan bo‘lsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 7.5-bandining ikkinchi xatboshisi.
4) qarzdorga ariza nusxasi topshirilgani to‘g‘risidagi dalillar taqdim etilmagan bo‘lsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 21-bandining uchinchi xatboshisi.
5) bildirilgan talab uchun davlat boji to‘lanmagan bo‘lsa.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 106-moddasi.
Sudya arizani qabul etishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 13-bandi.
Arizani qabul qilishni rad etish haqidagi ajrim ustidan shikoyat qilish mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 13-bandi.
Arizani qabul qilishni rad etish kreditorning o‘sha talab bo‘yicha umumiy tartibda da’vo taqdim etish imkoniyatiga to‘sqinlik qilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 118-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 11-12-bandlari, 21-bandi.
108-modda. Ariza yuzasidan bildirilgan yozma fikr
Qarzdor unga sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi ariza nusxasi topshirilgan paytdan boshlab o‘n kunlik muddatda xo‘jalik sudiga kreditor talablariga qarshi e’tirozlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan yozma fikrini taqdim etishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 14-bandi.
Belgilangan muddatda qarzdor tomonidan yozma fikrning berilmasligi, shuningdek uning bildirilgan talabga roziligi sud buyrug‘ini berish uchun asos bo‘ladi.
Yozma fikr qarzdor yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga ishonchnoma ilova qilinadi.
109-modda. Sud buyrug‘ini berish tartibi va uni berishni rad etish asoslari
Sudya sud buyrug‘ini ishni sudda muhokama qilmasdan, qarzdor va undiruvchini chaqirmasdan hamda ularning tushuntirishlarini eshitmasdan beradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 15-bandi.
Sudya quyidagi hollarda sud buyrug‘ini berishni rad etadi:
1) agar qarzdor bildirilgan talabga rozi bo‘lmasa;
2) huquq to‘g‘risidagi mavjud nizoni taqdim etilgan hujjatlar asosida hal etib bo‘lmaydi deb hisoblansa.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 15.1-bandi.
Sudya sud buyrug‘ini berishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 13-bandi, 15.1-bandining birinchi xatboshisi.
Sud buyrug‘ini berishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 13-bandi, 15.1-bandining birinchi xatboshisi.
Sud buyrug‘ini berishni rad etish o‘sha talab bo‘yicha umumiy tartibda da’vo taqdim etish imkoniyatiga to‘sqinlik qilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 15.1-bandining ikkinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 282-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining da’vo muddatiga oid normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 14-bandi.
110-modda. Sud buyrug‘ining mazmuni
Sud buyrug‘ida quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
1) xo‘jalik sudining nomi va buyruq berilgan sana;
2) ishning tartib raqami, sudyaning familiyasi va ism-sharifining bosh harflari, talab nima haqdaligi;
3) qarzdor va kreditorning nomi, ularning manzillari;
4) undirilishi lozim bo‘lgan pul summasining miqdori yoki talab qilib olinishi lozim bo‘lgan mol-mulk, uning qiymatini ko‘rsatgan holda;
5) neustoyka, agar to‘lanishi lozim bo‘lsa;
6) qarzdordan undiruvchi yoki davlat foydasiga undirilishi lozim bo‘lgan davlat bojining summasi.
Sud buyrug‘i sudya tomonidan ikki nusxada imzolanadi, ulardan biri ishda qoladi, boshqasi xo‘jalik sudining gerbli muhri bilan tasdiqlanib, undiruvchiga beriladi. Sud buyrug‘ining tegishli tarzda tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi qarzdorga yuboriladi.
(110-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 16-bandi.
Sud buyrug‘i sudyaning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzida axborot tizimi orqali yuborilishi mumkin.
(110-modda O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
 LexUZ sharhi
110-moddaning uchinchi qismi 2016-yil 1-iyuldan e’tiboran amalga kiritiladi.
111-modda. Sud buyrug‘ini bekor qilish
Agar qarzdor uzrli sabab bilan kreditorning talabiga qarshi o‘z vaqtida e’tiroz bildirish imkoniyatiga ega bo‘lmagan bo‘lsa, sud buyrug‘i berilgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda o‘sha sudga sud buyrug‘ini bekor qilish to‘g‘risida ariza berishga haqli. Sudya bunday holda buyruqni bekor qiladi, shundan keyin kreditorning talabi umumiy tartibda ko‘rib chiqilishi mumkin.
Sud buyrug‘ini bekor qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 20, 22-bandlari.
15-BOB. DA’VO TAQDIM ETISH
112-modda. Da’vo arizasining shakli va mazmuni
Da’vo arizasi xo‘jalik sudiga yozma shaklda beriladi. U da’vogar yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorining 22-bandi.
Da’vo arizasida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
1) ariza berilayotgan xo‘jalik sudining nomi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 26–32-moddalari.
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi, ularning pochta manzillari;
3) agar da’vo baholanishi lozim bo‘lsa, da’voning bahosi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 92-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan davlat boji to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 4–4.6-bandlari.
4) da’vo talablariga asos bo‘lgan holatlar;
5) da’vo talablarining asoslarini tasdiqlovchi dalillar;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 92-moddasi.
6) undiriladigan yoki nizolashilayotgan summaning hisob-kitobi;
7) da’vogarning qonun hujjatlarini dalil qilib keltirgan talablari, da’vo bir necha javobgarga nisbatan taqdim etilganda esa — ularning har biriga qo‘yilgan talablar;
8) nizoni javobgar bilan sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, agar bu shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 6-moddasi ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonunining 17, 18-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 9.1, 12-bandlari.
9) ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 114-moddasi.
Da’vo arizasida da’vogarning yoki uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin.
(112-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Da’vo arizasida, agar nizoni to‘g‘ri hal qilish uchun zarur bo‘lsa, boshqa ma’lumotlar ham, shuningdek da’vogarda mavjud iltimosnomalar ko‘rsatiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 11-bandining sakkizinchi xatboshisi.
113-modda. Da’vo arizasining va unga ilova qilinadigan hujjatlarning nusxalarini yuborish
Da’vogar da’vo taqdim etganda ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga da’vo arizasining va unga ilova qilingan, bu shaxslarda bo‘lmagan hujjatlarning nusxalarini yuborishi shart.
114-modda. Da’vo arizasiga ilova qilinadigan hujjatlar
Da’vo arizasiga quyidagilarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi:
1) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji to‘langanligini;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 91-moddasi.
2) da’vo arizasining va unga ilova qilingan hujjatlarning nusxalari yuborilganligini;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 113-moddasi.
3) nizoni javobgar bilan sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etilganligini, agar bu shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 6-moddasi ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonunining 17, 18-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 9.1, 12-bandlari.
4) da’vo talablariga asos bo‘lgan holatlarni.
Agar da’vo arizasi da’vogarning vakili tomonidan imzolangan bo‘lsa, uning da’vo taqdim etishga vakolatli ekanligini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 50–52-moddalari.
Shartnoma tuzishga majbur etganlik to‘g‘risidagi arizaga shartnoma loyihasi ilova qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2010-yil 19-noyabrdagi 221-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav fondlarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 7-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 174-sonli “Tegishli darajada sifatli bo‘lmagan mahsulotlar (tovarlar)ni yetkazib berish bilan bog‘liq bo‘lgan nizolarni hal qilish tartibi to‘g‘risida”gi qarorining 9-bandi.
115-modda. Bir nechta da’vo talabini birlashtirish va ajratish
Da’vogar o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir necha talabni bitta da’vo arizasida birlashtirishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 174-sonli “Tegishli darajada sifatli bo‘lmagan mahsulotlar (tovarlar)ni yetkazib berish bilan bog‘liq bo‘lgan nizolarni hal qilish tartibi to‘g‘risida”gi qarorining 8-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan davlat boji to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 4.3-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorining 23-bandi.
Xo‘jalik sudi ayni bir shaxslar ishtirok etuvchi bir turdagi bir necha ishni bitta ish yuritishga birlashtirishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 12-bandining yettinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xo‘jalik sudlari tomonidan qo‘llanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarori 16-bandining birinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorining 26-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash haqida”gi qarori 6-bandining uchinchi xatboshisi.
Xo‘jalik sudi bir yoki bir necha birlashtirilgan talabni alohida ish yuritishga ajratishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 337-moddasining to‘rtinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xo‘jalik sudlari tomonidan qo‘llanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarori 16-bandining ikkinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorining 26-bandi.
Xo‘jalik sudi ishlarni birlashtirish va talablarni alohida ish yuritishga ajratish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash haqida”gi qarori 6-bandining uchinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash to‘g‘risida”gi qarori 11-bandining ikkinchi xatboshisi.
116-modda. Da’vo arizasini qabul qilish
Da’vo arizasini qabul qilish masalasini sudyaning yakka o‘zi hal qiladi.
Sudya ushbu Kodeksda nazarda tutilgan talablarga rioya etgan holda berilgan da’vo arizasini xo‘jalik sudining ish yuritishiga qabul qilishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 112–115-moddalari.
Sudya da’vo arizasini qabul qilish to‘g‘risida u kelib tushgan kundan boshlab besh kundan kechiktirmay ajrim chiqaradi. Bu ajrimning mazmuni ishni majlisda ko‘rishga tayyorlash to‘g‘risidagi ajrimda bayon qilinishi mumkin.
(116-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 123, 151-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 24-bandining birinchi – uchinchi xatboshilari.
117-modda. Da’vo arizasini qabul qilishni rad etish
Sudya da’vo arizasini qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi:
1) nizo xo‘jalik sudida ko‘rib chiqishga tegishli bo‘lmasa;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 23-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 262-sonli “Ishtirokchilar o‘rtasida, ishtirokchilar bilan xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari o‘rtasida, aksiyadorlar o‘rtasida, aksiyador bilan aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari faoliyatidan kelib chiqadigan nizolarni xo‘jalik sudlari tomonidan hal qilishning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 7-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2013-yil 24-maydagi 248-sonli “Chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratish hamda chet davlat sudining topshirig‘ini ijro etish to‘g‘risidagi ishlarning xo‘jalik sudlari tomonidan ko‘rilishida qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 15, 16.8-bandlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qo‘llashda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar haqida”gi qo‘shma qarori 16-bandining beshinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi 142-sonli “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini xo‘jalik sudlari tomonidan qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 6-bandining ikkinchi xatboshisi, 7-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash to‘g‘risida”gi qarori 7-bandining ikkinchi xatboshisi, 8-bandining birinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2010-yil 19-noyabrdagi 220-sonli “Mulk huquqini tan olish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 5-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2010-yil 19-noyabrdagi 221-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav fondlarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 17-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 12-bandining uchinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 21-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 3.1-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarori 9-bandining ikkinchi xatboshisi.
2) ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan ishni yuritishni tugatish to‘g‘risida xo‘jalik sudining qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki ajrimi yoxud umumiy sudning kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risida hal qiluv qarori yoki ajrimi bo‘lsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash to‘g‘risida”gi qarori 8-bandining ikkinchi xatboshisi.
3) xo‘jalik sudining, umumiy sudning, hakamlik sudining ish yuritishida ayni bir shaxslar o‘rtasida, ayni bir predmet to‘g‘risida va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan ish mavjud bo‘lsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash to‘g‘risida”gi qarori 7-bandining uchinchi xatboshisi.
4) ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan qabul qilingan hakamlik sudining qonuniy kuchga kirgan qarori bo‘lsa, xo‘jalik sudi hakamlik sudining qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berishni rad etib, ishni qarorni qabul qilgan hakamlik sudiga yangidan ko‘rish uchun qaytargan, biroq ishni o‘sha hakamlik sudida ko‘rish imkoniyati bo‘lmagan hollar bundan mustasno.
(117-modda birinchi qismi 3 va 4-bandlari O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 1-avgustdagi O‘RQ-106-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 31-32-son, 315-modda)
Sudya da’vo arizasini qabul qilishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Ajrim ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ariza kelib tushgan kundan boshlab besh kundan kechiktirmasdan yuboriladi. Da’vogarga yuborilayotgan ajrimga da’vo materiallari ilova qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151, 153-moddalari.
Da’vo arizasini qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin. Ajrim bekor qilingan taqdirda da’vo arizasi xo‘jalik sudiga dastlabki murojaat qilingan kunda berilgan deb hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191, 203-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorining 25, 27-bandlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 282-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining da’vo muddatiga oid normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 14-bandi.
118-modda. Da’vo arizasini qaytarish
Sudya da’vo arizasini va unga ilova qilingan hujjatlarni quyidagi hollarda qaytaradi:
1) da’vo arizasining ushbu Kodeksning 112-moddasida belgilangan shakli va mazmuniga rioya qilinmagan bo‘lsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 11-bandining to‘qqizinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 17-bandining oltinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 21-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 262-sonli “Ishtirokchilar o‘rtasida, ishtirokchilar bilan xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari o‘rtasida, aksiyadorlar o‘rtasida, aksiyador bilan aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari faoliyatidan kelib chiqadigan nizolarni xo‘jalik sudlari tomonidan hal qilishning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 16-bandi.
2) da’vo arizasi imzolanmagan yoki uni imzolash huquqiga ega bo‘lmagan shaxs yoxud mansab mavqeyi ko‘rsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan bo‘lsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 112-moddasining birinchi qismi, 114-moddasining ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2013-yil 24-maydagi 248-sonli “Chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratish hamda chet davlat sudining topshirig‘ini ijro etish to‘g‘risidagi ishlarning xo‘jalik sudlari tomonidan ko‘rilishida qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 15.2-bandi.
3) ish mazkur xo‘jalik sudi sudloviga tegishli bo‘lmasa;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 26-moddasi.
4) ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga da’vo arizasining nusxalari yuborilganini tasdiqlovchi dalillar taqdim etilmagan bo‘lsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 113-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
5) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji to‘langanligini va boshqa sud xarajatlari qoplanganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan bo‘lsa, davlat boji to‘lashni kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinligi qonunda nazarda tutilgan hollarda bu haqda iltimosnoma berilmagan yoxud iltimosnoma rad etilgan bo‘lsa;
(118-modda birinchi qismining 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 91-moddasi.
 LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi 142-sonli “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini xo‘jalik sudlari tomonidan qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 2-bandining uchinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 22-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 11-bandi.
6) shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan hollarda da’vogar javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etilganini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmagan bo‘lsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 6-moddasi ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonunining 17, 18-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 7.6-bandi.
7) bitta da’vo arizasida bir yoki bir necha javobgarga o‘zaro bog‘lanmagan bir necha talab birlashtirilgan bo‘lsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorining 23-bandi.
8) qonun hujjatlariga yoki shartnomaga muvofiq qarz bank yoxud boshqa kredit muassasasi orqali olinishi lozim bo‘lganida javobgardan qarzni olish uchun bankka yoki boshqa kredit muassasasiga murojaat qilinganligi haqida dalillar taqdim etilmagan bo‘lsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 13-bandining oltinchi xatboshisi.
9) agar da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risida ajrim chiqarilgunga qadar uni qaytarib olish to‘g‘risida da’vogardan ariza tushgan bo‘lsa.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 12-bandi.
Sudya da’vo arizasini qaytarish to‘g‘risida u olingan kundan boshlab besh kundan kechiktirmay ajrim chiqaradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi.
Da’vo arizasini qaytarish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin. Ajrim bekor qilingan taqdirda da’vo arizasi xo‘jalik sudiga dastlabki murojaat qilingan kuni berilgan deb hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191, 203-moddalari.
Da’vo arizasining qaytarilishi yo‘l qo‘yilgan xatolar bartaraf etilgandan keyin ikkinchi marta xo‘jalik sudiga umumiy tartibda da’vo arizasi bilan murojaat etishga to‘sqinlik qilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 11, 12-bandlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorining 26-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 282-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining da’vo muddatiga oid normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 14-bandi.
119-modda. Da’vo arizasi yuzasidan yozma fikr bildirish
Ishda ishtirok etuvchi shaxs da’vo arizasi yuzasidan da’voga qarshi e’tirozlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan yozma fikrini va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yozma fikrini hamda ularda bo‘lmagan hujjatlarning nusxalari yuborilganini tasdiqlovchi dalillarni ish ko‘riladigan kungacha yetib borishini ta’minlaydigan muddatda xo‘jalik sudiga yuborishga haqli.
Yozma fikrda quyidagilar ko‘rsatiladi:
1) yozma fikr yuborilayotgan xo‘jalik sudining nomi;
2) da’vogarning nomi va ishning tartib raqami;
3) da’vo talablari rad etilgan taqdirda, da’vogarning talablarini to‘liq yoki qisman rad etishning qonun hujjatlariga asoslangan sabablari, shuningdek e’tirozlarni asoslovchi dalillar;
4) yozma fikrga ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati;
5) boshqa ma’lumotlar, shuningdek javobgarda mavjud bo‘lgan iltimosnomalar.
Fikr-mulohazada ishda ishtirok etuvchi shaxsning yoki uning vakilining pochta manzili, telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili ham ko‘rsatilishi mumkin.
(119-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Yozma fikr ishda ishtirok etuvchi shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga uning ishni yuritishga vakolati borligini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
120-modda. Qarshi da’vo taqdim etish
Javobgar ish bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar dastlabki da’vo bilan birga ko‘rib chiqish uchun da’vogarga qarshi da’vo taqdim etishga haqlidir.
Qarshi da’vo taqdim etish da’vo taqdim etishning umumiy qoidalari bo‘yicha amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 112–115-moddalari.
Qarshi da’vo quyidagi hollarda qabul qilinadi:
1) qarshi talab dastlabki talabni hisob qilishga qaratilgan bo‘lsa;
2) qarshi da’voni qanoatlantirish dastlabki da’voni qanoatlantirishni to‘liq yoki qisman mumkin bo‘lmaydigan qilib qo‘ysa;
3) qarshi da’vo bilan dastlabki da’vo o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik bo‘lib, ularni birgalikda ko‘rib chiqish nizoni tez va to‘g‘ri ko‘rishga olib kelsa.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorining 27-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash to‘g‘risida”gi qarori 11-bandining ikkinchi xatboshisi.
121-modda. Ishni yuritish vaqtida manzilning o‘zgarishi
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishni yuritish vaqtida o‘z manzillarining o‘zgarganligi haqida xo‘jalik sudiga xabar berishlari shart. Bunday xabar berilmagan taqdirda protsessual hujjatlar xo‘jalik sudiga ma’lum bo‘lgan oxirgi manzilga yuborilib, garchi oluvchi shu manzilda bo‘lmasa yoki yashamayotgan bo‘lsa ham, yetkazib berilgan deb hisoblanadi.
Agar ishda ishtirok etuvchi shaxslar telefonlari va fakslari raqamlarini, elektron manzilini xo‘jalik sudiga ma’lum qilgan bo‘lsalar, ular ishni yuritish vaqtida bu ma’lumotlar o‘zgarganligi haqida xo‘jalik sudini yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda xabardor qilishlari kerak.
(121-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
16-BOB. ISHNI SUDDA KO‘RISHGA TAYYORLASH
122-modda. Ishni sudda ko‘rishga tayyorlash bo‘yicha sudyaning harakatlari
Ishni sudda ko‘rishga tayyorlash paytida sudya da’vo arizasi kelib tushgan kundan boshlab besh kundan kechiktirmay quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:
(122-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
1) ishda ishtirok etish uchun boshqa javobgar yoki uchinchi shaxsni jalb etish masalasini ko‘rib chiqadi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 38, 39, 41, 42-moddalari.
2) ishni yuritish to‘g‘risida manfaatdor shaxslarni xabardor qiladi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 124-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 29-bandining birinchi, ikkinchi xatboshilari.
3) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, boshqa tashkilotlarga, ularning mansabdor shaxslariga muayyan harakatlarni bajarishni, shu jumladan nizoni hal qilish uchun ahamiyatli hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etishni taklif etadi;
4) dalillarning daxldorligi va ularga yo‘l qo‘yilishi mumkinligini tekshiradi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 58, 59-moddalari.
5) guvohlarni chaqirtiradi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 46-moddasi, 124-moddasining ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 29-bandining uchinchi xatboshisi.
6) ekspertiza tayinlash masalasini ko‘rib chiqadi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 67-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 6-bandi.
7) boshqa xo‘jalik sudlariga sud topshiriqlarini yuboradi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 74-moddasi.
8) ishda ishtirok etuvchi shaxslarni chaqirtiradi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 34-moddasi.
9) taraflarni murosaga keltirish choralarini ko‘radi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 40-moddasining uchinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2009-yil 18-dekabrdagi 204-sonli “Kelishuv bitimini tasdiqlashda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi normalarining qo‘llanilishi haqida”gi qarorining 4-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorining 30-bandi.
10) ishda ishtirok etuvchi tashkilotlar rahbarlarini tushuntirish berish uchun chaqirish masalasini hal qiladi;
11) da’voni ta’minlash choralarini ko‘radi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 76–78-moddalari.
Sudya nizoni to‘g‘ri va o‘z vaqtida hal qilishga qaratilgan boshqa harakatlarni ham amalga oshiradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorining 24, 28-bandlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xo‘jalik sudlari tomonidan qo‘llanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 12-bandi.
123-modda. Ishni sudda ko‘rishga tayyorlash to‘g‘risidagi ajrim
Sudya ishni sudda ko‘rishga tayyorlash to‘g‘risida ajrim chiqaradi, unda ishni tayyorlashga doir harakatlar, ishni sudda ko‘rishga tayinlash, uni o‘tkazish vaqti va joyi ko‘rsatiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2013-yil 24-maydagi 248-sonli “Chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratish hamda chet davlat sudining topshirig‘ini ijro etish to‘g‘risidagi ishlarning xo‘jalik sudlari tomonidan ko‘rilishida qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 16.1-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 24-bandining uchinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash haqida”gi qarori 6-bandining uchinchi xatboshisi.
124-modda. Xabarnomalar va chaqiruvlar
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida sud ajrimi orqali xabardor qilinadi, ajrim topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki ushbu shaxslarga tilxat olib topshiriladi yoxud xabardor qilinganligi fakti qayd etilishini ta’minlaydigan aloqa vositalaridan foydalangan holda xabardor qilinadi.
(124-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 29-bandining birinchi, ikkinchi xatboshilari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 22-bandining birinchi, ikkinchi xatboshilari.
Protsessning boshqa ishtirokchilari sudning ajrimi bilan, zarur hollarda chaqiruv qog‘ozlari, telegramma, faks, teletayp va boshqa aloqa vositalari orqali xabardor qilinadi va chaqiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 22-bandining to‘rtinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2013-yil 24-maydagi 248-sonli “Chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratish hamda chet davlat sudining topshirig‘ini ijro etish to‘g‘risidagi ishlarning xo‘jalik sudlari tomonidan ko‘rilishida qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 6.1-bandi.
17-BOB. SUDDA ISHNI KO‘RISH
125-modda. Ishni ko‘rish muddati
Ishni sudda ko‘rishga tayyorlash to‘g‘risidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab ish bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rilishi va hal qiluv qarori qabul qilinishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 23-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(125-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
Alohida hollarda ishni ko‘rish muddati xo‘jalik sudining raisi tomonidan bir oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 12-bobi (“Protsessual muddatlar”), O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorining 31-bandi, 35-bandining birinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 8-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xo‘jalik sudlari tomonidan qo‘llanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 13–15-bandlari, 21-bandining birinchi xatboshisi.
126-modda. Xo‘jalik sudining majlisi
Ish xo‘jalik sudining majlisida ko‘riladi. Xo‘jalik sudining majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilishi mumkin.
(126-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 270-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan videokonferensaloqa rejimida sud majlislarini o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 2, 3 va 7-bandlari.
Majlisga raislik qiluvchi sudya:
1) xo‘jalik sudining majlisini ochadi va qanday ish ko‘rilishini e’lon qiladi;
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslar, xo‘jalik sudlov ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari majlisga kelganligini, ularning vakolatlarini, majlisga kelmagan shaxslar tegishli ravishda xabardor qilinganliklarini hamda ular kelmaganligining sabablari to‘g‘risida qanday ma’lumotlar borligini tekshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
3) sud tarkibini e’lon qiladi, prokuror, ekspert, sud majlisi kotibi, tarjimon sifatida kimlar ishtirok etayotganligini ma’lum qiladi hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning rad qilish huquqini tushuntiradi;
(126-modda ikkinchi qismining 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 15, 17–20-moddalari.
4) kelgan guvohlarni so‘roq qilish boshlanguncha ularni majlis zalidan chiqarib yuboradi;
5) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga hamda xo‘jalik sudlov ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilariga ularning protsessual huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 35, 41-moddalari, 42-moddaning ikkinchi qismi, 43-moddaning uchinchi qismi, 44-moddaning birinchi qismi, 46-moddaning ikkinchi, uchinchi qismlari, 47-moddaning ikkinchi, uchinchi, beshinchi qismlari, 48-moddaning uchinchi, to‘rtinchi qismlari.
6) tarjimonni bila turib noto‘g‘ri tarjima qilganlik uchun, ekspertni bila turib noto‘g‘ri xulosa berganlik yoki xulosa berishdan bosh tortganlik uchun, guvohlarni bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berganlik va ko‘rsatuv berishdan bosh tortganlik yoki bo‘yin tovlaganlik uchun javobgarlik to‘g‘risida ogohlantiradi;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238-moddasi.
7) majlisni olib borish va dalillarni tekshirish tartibini belgilaydi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 128-moddasi.
8) majlisga rahbarlik qilib, ish uchun ahamiyatli holatlar aniqlanishini ta’minlaydi;
9) majlisda tegishli tartibni ta’minlash choralarini ko‘radi.
Majlis zalida hozir bo‘lganlar yozma qaydnomalar qilish, stenogramma olib borish va ovoz yozib olish huquqiga ega. Sud majlisini kinoga va fotosuratga olish, videotasvirga olish, shuningdek radio va televideniye orqali ko‘rsatishga ishni ko‘rayotgan sudning ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi.
1261-modda. Xo‘jalik sudining videokonferensaloqa rejimidagi majlisida ishtirok etish
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar va xo‘jalik sudlov ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishga haqli.
Shaxslarning videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etish huquqi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, xo‘jalik sudlov ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilariga hamda ularning bunday majlisda ishtirok etishiga ko‘maklashadigan tegishli xo‘jalik sudiga yuboriladigan ishni sudda ko‘rishga tayyorlash to‘g‘risidagi sud ajrimida ko‘rsatiladi.
Videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisini o‘tkazishga ko‘maklashadigan xo‘jalik sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslar va xo‘jalik sudlov ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari vakillari vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnomalar, shuningdek sud majlisida taqdim etilgan yozma dalillar ishni ko‘rayotgan xo‘jalik sudiga yuborilishini ta’minlaydi.
(1261-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 270-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan videokonferensaloqa rejimida sud majlislarini o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 6–6.6, 8, 13-bandlari.
127-modda. Xo‘jalik sudining majlisidagi tartib
Sudyalar majlis zaliga kirganlarida zalda hozir bo‘lganlarning barchasi o‘rinlaridan turadi. Xo‘jalik sudining hal qiluv qarorini zalda hozir bo‘lganlarning barchasi tik turgan holda tinglaydi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar va xo‘jalik sudlov ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari xo‘jalik sudiga tik turgan holda murojaat qiladi hamda tushuntirishlar va ko‘rsatuvlar beradi. Bu qoidadan chetga chiqishga faqat raislik qiluvchining ruxsati bilangina yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Majlis vaqtida tartib buzilgan taqdirda raislik qiluvchi xo‘jalik sudi nomidan tartibni buzgan shaxsni ogohlantiradi. Tartib takroran buzilgan taqdirda mazkur shaxs raislik qiluvchining farmoyishi bilan chiqarib yuborilishi mumkin.
128-modda. Dalillarni tekshirish va ishni ko‘rishning uzluksizligi
Xo‘jalik sudi ishni ko‘rganda ish bo‘yicha dalillarni tekshiradi: ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini, guvohlarning ko‘rsatuvlarini, ekspertlarning xulosalarini eshitadi, yozma dalillar bilan tanishadi, ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechiradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorining 32-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi 142-sonli “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini xo‘jalik sudlari tomonidan qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 41-bandi.
Ishni ko‘rish sudning o‘zgarmas tarkibida amalga oshiriladi. Ishni ko‘rish jarayonida sudyalardan biri almashtirilgan taqdirda ishni ko‘rish yangidan boshlanishi lozim.
Har bir ishni ko‘rish dam olish uchun belgilangan vaqtdan tashqari uzluksiz davom etadi. Alohida hollarda xo‘jalik sudi majlisda uch kundan oshmagan muddatga tanaffus e’lon qilishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorining 33-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xo‘jalik sudlari tomonidan qo‘llanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 21.1-bandi.
Xo‘jalik sudi ish bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qilinguncha yoki ishni ko‘rish keyinga qoldirilguncha boshqa ishlarni ko‘rishga haqli emas.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 270-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan videokonferensaloqa rejimida sud majlislarini o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 7.4–7.7, 9-bandlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorining 32, 33-bandlari.
129-modda. Xo‘jalik sudining ishda ishtirok etuvchi shaxslar arizalari va iltimosnomalarini hal qilishi
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning yangi dalillarni talab qilib olish to‘g‘risidagi va ishni ko‘rish bilan bog‘liq boshqa barcha masalalar bo‘yicha arizalari va iltimosnomalarini xo‘jalik sudi ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning fikrlarini eshitib bo‘lgach, hal qiladi.
Xo‘jalik sudi arizalar va iltimosnomalarni ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqaradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorining 34-bandi.
130-modda. Da’vo arizasi yuzasidan yozma fikr yoki qo‘shimcha dalillar taqdim etilmaganda, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ishtirokisiz nizoni hal qilish
Sudya ishda ishtirok etuvchi shaxslarga taqdim etishni taklif qilgan da’vo arizasi yuzasidan yozma fikr yoki qo‘shimcha dalillar taqdim etilmaganligi ishni unda mavjud materiallar asosida ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 14-bandining birinchi xatboshisi.
Ishni ko‘rish vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli ravishda xabardor qilingan javobgar xo‘jalik sudining majlisiga kelmasa, nizo uning yo‘qligida hal qilinishi mumkin.
Ishni ko‘rish vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli ravishda xabardor qilingan da’vogar xo‘jalik sudining majlisiga kelmasa, da’vogarning ishni uning ishtirokisiz ko‘rish to‘g‘risidagi arizasi bo‘lgan taqdirda, nizo uning yo‘qligida hal qilinishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 124-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 22-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash to‘g‘risida”gi qarori 11-bandining ikkinchi xatboshisi.
131-modda. Ishni ko‘rishni keyinga qoldirish
Xo‘jalik sudi ishni shu majlisda ko‘rish mumkin bo‘lmagan taqdirda, shu jumladan ishda ishtirok etuvchi shaxslar, guvohlar, ekspertlar va tarjimonlardan biri kelmaganligi yoki qo‘shimcha dalillar taqdim etish zarurligi sababli yoxud videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisini o‘tkazish vaqtida videokonferensaloqa o‘rnatishning imkoni bo‘lmagan taqdirda ishni ko‘rishni keyinga qoldirishga haqli.
(131-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xo‘jalik sudlari tomonidan qo‘llanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 19-bandi.
Ishni ko‘rishni keyinga qoldirish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash haqida”gi qarori 6-bandining uchinchi xatboshisi.
Xo‘jalik sudi yangi majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xo‘jalik sudlov ishlarini yuritishning ishtirokchilari ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadilar.
(131-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Ishni ko‘rish keyinga qoldirilgach, uni yangidan ko‘rish boshidan boshlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 270-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan videokonferensaloqa rejimida sud majlislarini o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 10, 11-bandlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorining 35-bandi.
132-modda. Taraflarning kelishuv bitimi
Taraflarning kelishuv bitimiga erishishi ular tomonidan yozma tarzda rasmiylashtiriladi.
Kelishuv bitimi xo‘jalik sudi tomonidan tasdiqlanadi, bu haqda ajrim chiqarilib, unda ish yuritish tugatilganligi ko‘rsatiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 40-moddasining uchinchi, to‘rtinchi qismlari, 86-moddaning 7-bandi, 146-soddasi beshinchi qismi, 151-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2009-yil 18-dekabrdagi 204-sonli “Kelishuv bitimini tasdiqlashda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi normalarining qo‘llanilishi haqida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorining 30-bandi.
133-modda. Ishni ko‘rishning tamomlanishi
Barcha dalillar tekshirilganidan keyin sud majlisida raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ularda ish bo‘yicha qo‘shimcha materiallar bor-yo‘qligini aniqlaydi. Bunday arizalar bo‘lmasa, raislik qiluvchi ishni tekshirish tugaganligini e’lon qiladi va xo‘jalik sudi hal qiluv qarori qabul qilish uchun chiqib ketadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 135-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 270-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan videokonferensaloqa rejimida sud majlislarini o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 12.1-bandi.
134-modda. Bayonnoma
Sud majlisida, shuningdek sud majlisidan tashqarida ayrim protsessual harakatlar bajarilganda bayonnoma tuziladi.
Sud majlisining bayonnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi:
1) sud majlisi o‘tkazilgan yil, oy, kun va joy;
Oldingi tahrirga qarang.
2) ishni ko‘rayotgan sudning nomi, sud tarkibi, sud majlisi kotibi;
(134-modda ikkinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
3) ishning nomi;
4) ishda ishtirok etuvchi shaxslar va xo‘jalik sudlov ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari kelganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
5) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va xo‘jalik sudlov ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilariga ularning protsessual huquqlari va majburiyatlari tushuntirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
6) sud tomonidan majlis zalidan chiqib ketmasdan chiqarilgan ajrimlar;
7) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning og‘zaki arzlari va iltimosnomalari;
8) guvohlarning ko‘rsatuvlari, ekspertlarning o‘z xulosalarini og‘zaki tushuntirishlari;
9) ayrim protsessual harakatlar bajarilganda olingan ma’lumotlar.
Sud majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilgan taqdirda, bayonnomada bu haqdagi ma’lumot ko‘rsatilishi kerak.
(134-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 270-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan videokonferensaloqa rejimida sud majlislarini o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 14-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bayonnoma kotib tomonidan sud majlisining o‘zida yoki alohida protsessual harakat bajarilgan vaqtda majlisdan tashqarida tuziladi. Bayonnoma raislik qiluvchi va sud majlisi kotibi tomonidan majlisning ertasi kunidan kechiktirmay yoki bevosita shu harakat bajarilganidan keyin imzolanishi kerak.
(134-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Xo‘jalik sudlov ishlarini yuritishning ishtirokchilari bayonnoma imzolanganidan keyin uch kunlik muddatda sud majlisining yoki protsessual harakatning bayonnomasi bilan tanishish hamda uning to‘la-to‘kisligi va to‘g‘ri tuzilganligi xususida o‘z fikrlarini berish huquqiga ega.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xo‘jalik sudlari tomonidan qo‘llanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 20-bandi.
Sudya bayonnoma xususida fikrlar qabul qilinganligi yoki rad etilganligi to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorining 37-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash haqida”gi qarorining 22-bandi.
1341-modda. Xo‘jalik ishi
Xo‘jalik ishi ishda ishtirok etuvchi shaxslar va xo‘jalik sudlov ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari tomonidan sudga taqdim etilgan hujjatlar, ishni ko‘rish jarayonida sud tomonidan talab qilib olingan hujjatlar, shuningdek qog‘ozda rasmiylashtirilgan sud hujjatlari va boshqa hujjatlar asosida shakllantiriladi.
Xo‘jalik ishi elektron shaklda shakllantirilishi mumkin.
Xo‘jalik ishi elektron shaklda shakllantirilgan taqdirda, ishda ishtirok etuvchi shaxslar va xo‘jalik sudlov ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari hujjatlarni ularni yuborgan shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlab, elektron shaklda sudga taqdim etishga haqli. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar va xo‘jalik sudlov ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari tomonidan xo‘jalik sudiga taqdim etilgan yozma hujjatlar ishga elektron shaklda qo‘shib qo‘yiladi, shundan so‘ng ularni taqdim etgan shaxslarga qaytariladi.
Xo‘jalik ishi elektron shaklda shakllantirilgan taqdirda, sud hujjatlari sudyaning (sudyalarning) elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi, sud majlislarining va sud majlisidan tashqaridagi ayrim protsessual harakatlarning bayonnomalari esa raislik qiluvchining va sud majlisi kotibining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Elektron shakldagi xo‘jalik ishini boshqa xo‘jalik sudiga yoki boshqa organga o‘tkazish axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Elektron shaklda shakllantirilgan xo‘jalik ishining qog‘ozdagi ko‘chirma nusxasi bo‘lishi mumkin.
(1341-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
18-BOB. XO‘JALIK SUDINING HAL QILUV QARORI
135-modda. Hal qiluv qarorini qabul qilish
Xo‘jalik sudi nizoni mazmunan hal qilishda hal qiluv qarori qabul qiladi. Xo‘jalik sudining hal qiluv qarori qonuniy va asoslantirilgan bo‘lishi kerak. Xo‘jalik sudi hal qiluv qarorini majlisda tekshirilgan dalillar bilangina asoslaydi.
Hal qiluv qarori sud majlisida ishni ko‘rish tugagandan keyin alohida xonada qabul qilinadi. Hal qiluv qarorini qabul qilish vaqtida xonada ishni ko‘rayotgan xo‘jalik sudi tarkibiga kiruvchi sudyalargina bo‘lishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 1/60-sonli “Sud hokimiyati to‘g‘risida”gi qo‘shma qarorining 8-bandi.
Ishni hay’atda ko‘rganda xo‘jalik sudining hal qiluv qarori ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 16-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 270-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan videokonferensaloqa rejimida sud majlislarini o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 12.1-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 24-bandining ikkinchi xatboshisi, 33-bandining ikkinchi xatboshisi, 38-bandi.
136-modda. Hal qiluv qarorini qabul qilishda hal etiladigan masalalar
Xo‘jalik sudi hal qiluv qarorini qabul qilishda:
1) dalillarga baho beradi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 61-moddasi.
2) ish uchun ahamiyatli qaysi holatlar aniqlanganligini va qaysilari aniqlanmaganligini belgilaydi;
3) ishda ishtirok etuvchi shaxslar asos qilib keltirgan qaysi qonun hujjatlarini ushbu ish bo‘yicha qo‘llash mumkin emasligini hal qiladi;
4) ushbu ish bo‘yicha qaysi qonun hujjatlarini qo‘llash zarurligini belgilaydi;
5) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning qanday huquq va majburiyatlari borligini aniqlaydi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 35-moddasi.
6) da’voni qanoatlantirish lozimligi yoki lozim emasligini hal qiladi.
Xo‘jalik sudi maslahat vaqtida dalillarni qo‘shimcha ravishda tekshirishni yoki ish uchun ahamiyatli holatlarni aniqlashni davom ettirishni zarur deb topsa, ishni ko‘rishni yangidan boshlaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 1-bandining uchinchi xatboshisi, 3, 4-bandlari.
137-modda. Hal qiluv qarorining bayoni
Hal qiluv qarori sud majlisida raislik qiluvchi yoki ishni ko‘rayotgan sudyalar tarkibidagi boshqa sudya tomonidan yozma bayon qilinib, majlisda ishtirok etayotgan barcha sudyalar tomonidan imzolanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 170-moddasi ikkinchi qismining 5-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 3-bandining oltinchi xatboshisi, 11-bandi va 12-bandining uchinchi xatboshisi.
138-modda. Hal qiluv qarorining mazmuni
Xo‘jalik sudi hal qiluv qarorini O‘zbekiston Respublikasi nomi bilan qabul qiladi.
Xo‘jalik sudining hal qiluv qarori kirish, bayon, asoslantiruvchi va xulosa qismlaridan iborat bo‘ladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 5-bandining birinchi, ikkinchi xatboshilari.
Oldingi tahrirga qarang.
Hal qiluv qarorining kirish qismida uni qabul qilgan xo‘jalik sudining nomi, sud tarkibi, sud majlisi kotibi, ishning tartib raqami, ish ko‘rilgan sana va joy, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi, nizo predmeti, majlisda hozir bo‘lgan shaxslarning familiyalari va vakolatlari ko‘rsatiladi.
(138-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 5-bandining uchinchi, to‘rtinchi xatboshilari.
Hal qiluv qarorining bayon qismida da’vo arizasining, uning yuzasidan bildirilgan mulohazaning, boshqa tushuntirishlarning, ishda ishtirok etuvchi shaxslar arizalarining qisqacha bayoni ifodalanishi lozim.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 5-bandining oltinchi xatboshisi.
Hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida ishning xo‘jalik sudi tomonidan aniqlangan holatlari, xo‘jalik sudining bu holatlar to‘g‘risidagi xulosalariga asos bo‘lgan dalillar va xo‘jalik sudi u yoki bu dalillarni rad qilishiga hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslar asos qilib keltirgan qonun hujjatlarini qo‘llamasligiga sabab bo‘lgan vaj, shuningdek sud hal qiluv qarorini qabul qilishda tayangan qonun hujjatlari ko‘rsatilishi lozim.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 282-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining da’vo muddatiga oid normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 18-bandining ikkinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 5-bandining oltinchi xatboshisi, 6-bandi.
Hal qiluv qarorining xulosa qismida har bir da’vo talabini qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risidagi xulosalar bo‘lishi lozim.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 6, 7, 8-bandlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 30–37-bandlari.
Ishda bir necha da’vogar va javobgar ishtirok etayotgan bo‘lsa, qarorda nizo ulardan har biriga nisbatan qanday hal qilingani ko‘rsatiladi.
Dastlabki da’voni va qarshi da’voni to‘la yoki qisman qanoatlantirganda hal qiluv qarorining xulosa qismida da’volarni o‘zaro hisobga olish natijasida undirilishi lozim bo‘lgan summa ko‘rsatiladi.
Hal qiluv qarorining xulosa qismida ishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘rtasida sud xarajatlarining qanday taqsimlanishi, hal qiluv qarori ustidan shikoyat berish muddati va tartibi ko‘rsatiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan davlat boji to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 22-bandi.
Agar xo‘jalik sudi hal qiluv qarorini ijro etish tartibini belgilasa yoki uning ijrosini ta’minlash choralarini ko‘rsa, bu to‘g‘rida hal qiluv qarorida ko‘rsatiladi.
139-modda. Pul mablag‘larini va mol-mulkni undirish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Xo‘jalik sudi pul mablag‘larini undirish to‘g‘risidagi da’voni qanoatlantirganida hal qiluv qarorining xulosa qismida undiriladigan summaning umumiy miqdorini asosiy qarzni, zararlarni, neustoykani (jarima va penyani) alohida-alohida aniqlagan holda ko‘rsatadi.
(139-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Xo‘jalik sudi mol-mulkni undirib berganida topshirilishi lozim bo‘lgan mol-mulkning nomi, uning qiymati va turgan joyini ko‘rsatadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 8-bandining beshinchi va oltinchi xatboshilari.
140-modda. Ijro hujjatini yoki boshqa hujjatni ijro etishga tegishli emas deb topish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori
Ijro hujjatini yoki undirish so‘zsiz (akseptsiz) tartibda, shu jumladan notariusning ijro yozuvi asosida, amalga oshiriladigan boshqa hujjatni ijro etishga tegishli emas deb topish to‘g‘risidagi nizo bo‘yicha da’vo qanoatlantirilganida hal qiluv qarorining xulosa qismida ijro etishga tegishli bo‘lmagan hujjatning nomi, tartib raqami va sanasi hamda hisobdan o‘chirilmaydigan summa ko‘rsatiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 8-bandining yettinchi xatboshisi.
141-modda. Shartnoma tuzish yoki uni o‘zgartirish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori
Shartnoma tuzish yoki uni o‘zgartirish vaqtida kelib chiqqan nizo bo‘yicha hal qiluv qarorining xulosa qismida shartnomaning har bir nizoli sharti bo‘yicha qabul qilingan qaror ko‘rsatiladi, shartnoma tuzishga majburlash to‘g‘risidagi nizo bo‘yicha esa taraflar qanday shartlarda shartnoma tuzishiga majburligi ko‘rsatiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 378, 382–384-moddalari, 460-moddaning uchinchi, beshinchi qismlari, 462-moddaning uchinchi, to‘rtinchi qismlari, O‘zbekiston Respublikasi “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida” Qonuni 15-moddasining to‘rtinchi–oltinchi qismlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2002-yil 4-martdagi 103-sonli “O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonunini xo‘jalik sudlari amaliyotida qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 4-bandi.
142-modda. Javobgarga muayyan harakatlarni bajarish majburiyatini yuklaydigan hal qiluv qarori
Javobgar zimmasiga mol-mulkni berish yoki pul summasini undirish bilan bog‘liq bo‘lmagan muayyan harakatlarni bajarish majburiyatini yuklaydigan hal qiluv qarori qabul qilinganida xo‘jalik sudi uning xulosa qismida shu harakatlarni kim, qayerda, qachon yoki qaysi davr mobaynida bajarishi shartligini ko‘rsatadi.
Zarurat bo‘lganda xo‘jalik sudi, agar javobgar hal qiluv qarorini bajarmasa, da’vogar tegishli harakatlarni javobgar hisobidan bajarib, zarur xarajatlarni undirib olishga haqli ekanligini ko‘rsatishi mumkin.
Agar ushbu moddada ko‘rsatilgan harakatlar faqat javobgar tomonidan bajarilishi mumkin bo‘lsa, xo‘jalik sudi hal qiluv qarorida u ijro etilishi lozim bo‘lgan muddatni belgilab qo‘yadi.
143-modda. Davlat organining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarori
Davlat organining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarorining xulosa qismida quyidagilar aks etishi kerak:
1) hujjatning nomi, tartib raqami, chiqarilgan sanasi, boshqa zarur rekvizitlari va uni chiqargan organ to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
2) hujjatni to‘la yoki uning ma’lum qismini haqiqiy emas deb topish yoxud arizachining talabini to‘la yoki uning ma’lum qismini rad etish to‘g‘risidagi ko‘rsatma;
3) qabul qilingan hujjat tufayli yetkazilgan zararlarning o‘rnini qoplash lozimligi to‘g‘risidagi ko‘rsatma, shunday talablar mavjud bo‘lgan taqdirda.
(143-modda O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuniga asosan 3-band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etishni yoki ro‘yxatdan o‘tkazishdan bosh tortishni noqonuniy deb topish to‘g‘risidagi talab qanoatlantirilganida xo‘jalik sudi hal qiluv qarorining xulosa qismida tegishli davlat organiga shunday ro‘yxatdan o‘tkazish majburiyatini yuklaydi.
144-modda. Xo‘jalik sudining yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktni aniqlash to‘g‘risidagi hal qiluv qarori
Xo‘jalik sudi yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktni aniqlash to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirganida hal qiluv qarorida aniqlangan fakt bayon qilinishi kerak.
Xo‘jalik sudining yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktni aniqlash to‘g‘risidagi hal qiluv qarori tegishli organlar tomonidan shunday faktni qayd etish uchun yoki aniqlangan fakt munosabati bilan yuzaga keladigan huquqlarni rasmiylashtirish uchun asos bo‘ladi.
145-modda. Hal qiluv qarorini e’lon qilish
Hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin ish ko‘rilgan majlisning o‘zida raislik qiluvchi tomonidan e’lon qilinadi. Alohida hollarda o‘ta murakkab ishlar yuzasidan asoslantirilgan hal qiluv qarorini tuzish ko‘pi bilan uch kunga kechiktirilishi mumkin, ammo hal qiluv qarorining xulosa qismi ishning muhokamasi tugagan majlisning o‘zida e’lon qilinadi. Ayni bir vaqtda raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslar asoslantirilgan hal qiluv qarori bilan qachon tanishishlari mumkinligini e’lon qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xo‘jalik sudlari tomonidan qo‘llanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarori 21-bandining ikkinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 38-bandining ikkinchi xatboshisi.
Hal qiluv qarorining e’lon qilingan xulosa qismi barcha sudyalar tomonidan imzolanishi va ishga qo‘shib qo‘yilishi lozim.
Majlisda raislik qiluvchi xo‘jalik sudining hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish tartibini tushuntirib beradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 21 (“Apellyatsiya instansiyasida ish yuritish”), 22-boblari (“Kassatsiya instansiyasida ish yuritish”), O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 11-bandi, 13-bandining oltinchi xatboshisi.
146-modda. Hal qiluv qarorining qonuniy kuchga kirishi
Xo‘jalik sudining hal qiluv qarori qabul qilingandan keyin bir oylik muddat o‘tgach kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan paytdan kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash haqida”gi qarori 6-bandining ikkinchi xatboshisi.
Apellyatsiya shikoyati berilgan taqdirda hal qiluv qarori, agar u bekor qilinmasa, apellyatsiya instansiyasi qaror chiqargan paytdan qonuniy kuchga kiradi.
Xo‘jalik sudining hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin ijro etiladi.
Davlat organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining hujjatlarini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi hal qiluv qarorlari, shuningdek kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi ajrimlar darhol ijro etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 9-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorining 30-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli “Xo‘jalik sudining qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanishi haqida”gi qarorining 2-bandi.
147-modda. Hal qiluv qarorining ijrosini ta’minlash
Xo‘jalik sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizalari bo‘yicha ushbu Kodeksning 7-bobida belgilangan qoidalar asosida hal qiluv qarorining ijrosini ta’minlash choralarini ko‘radi.
148-modda. Hal qiluv qarorini ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborish
Xo‘jalik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan kundan e’tiboran besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ushbu shaxslarning elektron manzillari mavjud bo‘lgan taqdirda esa, hal qiluv qarori axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
(148-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 22-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xo‘jalik sudlari tomonidan qo‘llanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarori 21-bandining ikkinchi xatboshisi, 21.2-bandi.
149-modda. Qo‘shimcha hal qiluv qarori
Hal qiluv qarorini qabul qilgan xo‘jalik sudi quyidagi hollarda qo‘shimcha hal qiluv qarori qabul qiladi:
1) ishda ishtirok etuvchi shaxslar dalillar taqdim etgan biron-bir talab bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qilinmagan bo‘lsa;
2) sud huquq masalasini hal qilib, undiriladigan summa miqdorini, berilishi lozim bo‘lgan mol-mulkni yoki javobgar bajarishi shart bo‘lgan harakatlarni ko‘rsatmagan bo‘lsa;
3) sud xarajatlari to‘g‘risidagi masala hal qilinmagan bo‘lsa.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorining 40-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 13-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash haqida”gi qarori 6-bandining to‘rtinchi xatboshisi.
Qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish masalasi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguncha qo‘yilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xo‘jalik sudlari tomonidan qo‘llanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 22-bandi.
Qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish masalasi sud majlisida hal qilinadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar majlis vaqti va joyi to‘g‘risida ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Tegishli ravishda xabardor qilingan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning kelmaganligi masalani ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi.
(149-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish rad etilgan taqdirda ajrim chiqariladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xo‘jalik sudining qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
(149-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191, 203-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash to‘g‘risida”gi qarori 5-bandining ikkinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 13-bandi.
150-modda. Hal qiluv qarorini tushuntirish. Yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar va hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatish
Hal qiluv qarori noaniq bo‘lgan taqdirda, nizoni hal qilgan xo‘jalik sudi ishda ishtirok etuvchi shaxsning yoki davlat ijrochisining arizasiga ko‘ra, hal qiluv qarorini uning mazmunini o‘zgartirmagan holda tushuntirib berishga, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasiga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan yo‘l qo‘yilgan yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar va hisob-kitobdagi yanglishishlarni, hal qiluv qarorining mohiyatiga tegmagan holda, tuzatishga haqlidir.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorining 41-bandi.
(150-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 16-oktabrdagi O‘RQ-448-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
Hal qiluv qarorini tushuntirib berish va yozuvdagi xatolar, harfiy xatolarni yoki hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin.
(150-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191, 203-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 14-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash to‘g‘risida”gi qarori 5-bandining ikkinchi xatboshisi, 22-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash haqida”gi qarori 6-bandining to‘rtinchi xatboshisi.
19-BOB. XO‘JALIK SUDINING AJRIMI
151-modda. Ajrim chiqarish va uning mazmuni
Xo‘jalik sudi ish ko‘rishni keyinga qoldirganda, ish yuritishni to‘xtatib turganda, tugatganda, da’voni ko‘rmasdan qoldirganda, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda alohida hujjat tariqasida ajrim chiqaradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 21-moddasining oltinchi qismi, 33-moddasining uchinchi qismi, 38-moddasining to‘rtinchi xatboshisi, 39-moddasining birinchi qismi, 66-moddasining uchinchi qismi, 67-moddasining to‘rtinchi qismi, 72-moddasining uchinchi qismi, 74-moddasi, 76-moddasining to‘rtinchi qismi, 80-moddasining uchinchi, to‘rtinchi qismlari, 85-moddasining birinchi qismi, 87-moddasining birinchi qismi, 89-moddasining birinchi qismi, 99-moddasining ikkinchi qismi, 101-moddasining uchinchi qismi, 107-moddasining ikkinchi qismi, 109-moddasining uchinchi qismi, 111-moddasi, 115-moddasining to‘rtinchi qismi, 116-moddasining uchinchi qismi, 117-moddasining ikkinchi qismi, 118-moddasining ikkinchi qismi, 123-moddasi, 129-moddasining ikkinchi qismi, 131-moddasining ikkinchi qismi, 132-moddasining ikkinchi qismi, 149-moddasining to‘rtinchi qismi, 150-moddasining ikkinchi qismi, 152-moddasining birinchi qismi, 1555-moddasining birinchi qismi, 15510-moddasining birinchi qismi, 162-moddasining ikkinchi qismi, 163-moddasining birinchi qismi, 165-moddasining beshinchi qismi, 180-moddasining uchinchi qismi, 181-moddasining birinchi qismi, 184-moddasining beshinchi qismi, 208-moddasining birinchi, ikkinchi qismlari, 216-moddasining ikkinchi qismi, 217-moddasining to‘rtinchi qismi, 220-moddasining ikkinchi qismi.
Alohida hujjat tariqasida chiqariladigan ajrimda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
Oldingi tahrirga qarang.
1) xo‘jalik sudining nomi, ishning tartib raqami, ajrim chiqarilgan sana, sud tarkibi, sud majlisi kotibi, nizo predmeti;
(151-modda ikkinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi;
3) ajrim chiqarilayotgan masala;
4) xo‘jalik sudi o‘z xulosalarini chiqarishga olib kelgan sabablar, bunda tayanilgan qonun hujjatlari;
5) ko‘rib chiqilayotgan masala bo‘yicha xulosa.
Xo‘jalik sudi sud majlisida ishni ko‘rayotganida sud muhokamasi davomida hal etilishini talab qiladigan masalalar bo‘yicha alohida hujjat tariqasida rasmiylashtirmasdan ajrim chiqarishga haqlidir. Ajrim og‘zaki e’lon qilinadi va sud majlisining bayonnomasiga yozib qo‘yiladi. Ajrimda u qaysi masala bo‘yicha chiqarilayotgani, sud o‘z xulosasini chiqarishiga olib kelgan sabablar hamda ko‘rib chiqilayotgan masala bo‘yicha xulosa ko‘rsatiladi.
152-modda. Xususiy ajrim
Nizoni ko‘rish vaqtida tashkilotlar, davlat organi va boshqa organ, mansabdor shaxs yoki fuqaroning faoliyatida qonun hujjatlari buzilgani aniqlangan taqdirda xo‘jalik sudi xususiy ajrim chiqarishga haqlidir.
Xususiy ajrim tegishli tashkilotlarga, davlat organlariga va boshqa organlarga, mansabdor shaxslarga, fuqarolarga yuboriladi, ular bir oylik muddatda xo‘jalik sudiga ko‘rilgan choralar to‘g‘risida xabar qilishlari shart.
Xususiy ajrim ustidan shikoyat qilish mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191-moddalari.
Agar sud xo‘jalik nizosini ko‘rayotganida shaxslarning xatti-harakatlarida jinoyat alomatlarini aniqlasa, u jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qiladi.
(152-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 18-sentabrdagi O‘RQ-335-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 38-son, 433-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 172-sonli “Xo‘jalik sudining xususiy ajrimi to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 18-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorining 44-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi 142-sonli “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini xo‘jalik sudlari tomonidan qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 13-bandi.
153-modda. Ajrimni yuborish
Xo‘jalik sudi alohida hujjat tariqasida ajrim chiqargan hollarda, ajrim chiqarilganidan keyin besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va ajrim daxldor bo‘lgan boshqa shaxslarga yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ularning elektron manzillari mavjud bo‘lgan taqdirda esa, ajrim axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
Ushbu Kodeksga muvofiq ustidan shikoyat qilinishi mumkin bo‘lgan ajrimlar ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va ajrimlar daxldor bo‘lgan boshqa shaxslarga topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi, ularning elektron manzillari mavjud bo‘lgan taqdirda esa, ajrimlar axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
(153-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash haqida”gi qarori 4-bandining beshinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 22-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xo‘jalik sudlari tomonidan qo‘llanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 21.3-bandi.
20-BOB. ALOHIDA TOIFADAGI ISHLAR BO‘YICHA ISH YURITISH XUSUSIYATLARI
154-modda. Tashkilotlar va fuqarolarning bankrotligi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish
Tashkilotlar va fuqarolarning bankrotligi to‘g‘risidagi ishlar xo‘jalik sudi tomonidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha, bankrotlik to‘g‘risidagi qonunda belgilangan xususiyatlarni hisobga olgan holda ko‘riladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonunining 5-moddasi, 35–61-moddalari, mazkur Kodeks 23-moddasi birinchi qismining 1-bandi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi 142-sonli “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini xo‘jalik sudlari tomonidan qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xo‘jalik sudlari tomonidan qo‘llanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarori 11-bandining ikkinchi xatboshisi.
155-modda. Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish
Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi arizalar ushbu Kodeksning 112-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Xo‘jalik sudi yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni arizachi bu faktlarni tasdiqlaydigan tegishli hujjatlarni boshqacha tartibda olish imkoniyatiga ega bo‘lmaganda yoxud yo‘qolgan yoki yo‘q qilib yuborilgan hujjatlarni tiklash imkoniyati bo‘lmagan taqdirda aniqlaydi.
Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ishlar xo‘jalik sudi tomonidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda ko‘riladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 23-moddasi birinchi qismining 2-bandi.
201-bob. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ishlarni yuritish
1551-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarori yuzasidan nizolashish
Hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining xo‘jalik sudiga taalluqli nizoga doir hal qiluv qarori yuzasidan ushbu qarorni olgan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida xo‘jalik sudiga hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish haqida ariza berish yo‘li bilan nizolashishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 5-bandining birinchi xatboshisi, 12-bandining birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi xatboshilari.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan joydagi xo‘jalik sudiga beriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 6-bandi, 12-bandining yettinchi xatboshisi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risida ariza berilganligi nizo bo‘yicha ish yuritish xo‘jalik sudi tomonidan tugallanguniga qadar hakamlik sudi hal qiluv qarorining ijrosi bo‘yicha ish yuritishni to‘xtatib turadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonunining 46-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 12-bandining uchinchi xatboshisi.
1552-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizaning shakli va mazmuni
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza yozma shaklda beriladi va hal qiluv qarori yuzasidan nizolashayotgan hakamlik muhokamasi tarafi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizada quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
1) ariza berilayotgan xo‘jalik sudining nomi;
2) nizolashilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi, joylashgan yeri;
3) hakamlik muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), ularning joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi;
4) hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan sana;
5) mazkur hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risida ariza bilan murojaat etgan taraf hakamlik sudining nizolashilayotgan hal qiluv qarorini olgan sana;
6) hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi talab va mazkur qaror qanday asoslar bo‘yicha nizolashilayotganligi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizada telefonlar, fakslar raqamlari, elektron manzil va boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilishi mumkin.
(1552-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
1) hakamlik sudi hal qiluv qarorining tasdiqlangan nusxasi. Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudining hal qiluv qarori nusxasi mazkur hakamlik sudining raisi tomonidan tasdiqlanadi, muvaqqat hakamlik sudi hal qiluv qarorining nusxasidagi hakamlik sudyasining imzosi notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi kerak;
2) hakamlik bitimining tegishli tarzda tasdiqlangan nusxasi;
3) hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi talabni asoslash uchun taqdim etiladigan hujjatlar;
4) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar;
5) hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza nusxasi va unga ilova qilingan hujjatlar hakamlik muhokamasining boshqa tarafiga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat.
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza hakamlik muhokamasi tarafining vakili tomonidan berilgan bo‘lsa, arizaga vakilning ariza taqdim etishga bo‘lgan vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
Ushbu Kodeks 1551-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarga va ushbu modda qoidalariga rioya etilmagan taqdirda, hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza ushbu Kodeksning 118-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga binoan arizachiga qaytariladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 13-bandi.
1553-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish tartibi
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga binoan sudya tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.
Sudya ishni hakamlik muhokamasi tarafining iltimosnomasiga binoan sud muhokamasiga tayyorlayotganda xo‘jalik sudida nizolashilayotgan hal qiluv qaroriga oid ish materiallarini hakamlik sudidan ushbu Kodeksda dalillarni talab qilib olish uchun nazarda tutilgan qoidalarga binoan talab qilib olishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 16-bobi (“Ishni sudda ko‘rishga tayyorlash”), O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 7-bandining birinchi xatboshisi.
Xo‘jalik sudi hakamlik muhokamasi taraflarini sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qiladi. Sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 7-bandining ikkinchi, uchinchi xatboshilari.
Xo‘jalik sudi ishni sud majlisida ko‘rib chiqayotganda hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish uchun ushbu Kodeksning 1554-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjudligi yoki mavjud emasligini bayon qilingan talablar va e’tirozlarni asoslash uchun sudga taqdim etilgan dalillarni tekshirish yo‘li bilan aniqlaydi.
Xo‘jalik sudi ishni sud majlisida ko‘rib chiqayotganda hakamlik sudi aniqlagan holatlarni tekshirishga yoxud hakamlik sudining hal qiluv qarorini mazmunan qayta ko‘rib chiqishga haqli emas.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 8, 9, 10-bandlari.
1554-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish asoslari
Hakamlik sudining hal qiluv qarori, agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risida ariza bergan hakamlik muhokamasi tarafi quyidagilarni isbotlovchi dalillarni taqdim etsa, xo‘jalik sudi tomonidan bekor qilinishi kerak:
1) hakamlik bitimi qonunda nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra haqiqiy emasligini;
2) hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga to‘g‘ri kelmaydigan nizo bo‘yicha chiqarilganligini yoxud unda hakamlik bitimi doirasidan chetga chiquvchi masalalar bo‘yicha xulosalar mavjudligini. Agar hakamlik sudining hakamlik bitimi bilan qamrab olinadigan masalalar bo‘yicha xulosalarini bunday bitim bilan qamrab olinmaydigan masalalar bo‘yicha xulosalaridan ajratib olish mumkin bo‘lsa, hakamlik sudi hal qiluv qarorining faqat hakamlik bitimi bilan qamrab olinmaydigan masalalar bo‘yicha xulosalari bo‘lgan qismi bekor qilinishi mumkin;
3) hakamlik sudi tarkibi yoki hakamlik muhokamasi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14, 15, 16 va 25-moddalari qoidalariga muvofiq emasligini;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 3-bandi.
4) hakamlik sudining hal qiluv qarori “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 10-moddasining birinchi va uchinchi qismlari talablari buzilgan holda chiqarilganligini;
5) hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi biriga qarshi qabul qilingan bo‘lsa, o‘sha taraf hakamlik sudyalarini saylash (tayinlash) to‘g‘risida yoki hakamlik sudi majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilinmaganligini hamda shu sababli u hakamlik sudiga o‘z tushuntirishlarini taqdim eta olmaganligini.
Agar hakamlik sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan nizo qonunga muvofiq hakamlik muhokamasining predmeti bo‘lmasa, hakamlik sudining hal qiluv qarori xo‘jalik sudi tomonidan bekor qilinishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonunining 47-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 15–15.7-bandlari, 16-bandining ikkinchi–to‘rtinchi xatboshilari.
1555-modda. Xo‘jalik sudining hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ajrimi
Xo‘jalik sudi hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ushbu Kodeksda hal qiluv qarori qabul qilish uchun nazarda tutilgan qoidalarga binoan ajrim chiqaradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 11-bandining birinchi xatboshisi.
Xo‘jalik sudining hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi yoki hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilishni rad etish haqidagi ajrimida quyidagilar ham bo‘lishi kerak:
1) hakamlik sudining nizolashilayotgan hal qiluv qarori to‘g‘risidagi va mazkur qaror qabul qilingan joy to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
2) nizolashilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
3) hakamlik muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
4) hakamlik sudining hal qiluv qarorini to‘liq yoki qisman bekor qilish yoxud arizachining talabini to‘liq yoki qisman qanoatlantirishni rad etish uchun ko‘rsatma.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 17-bandi.
Hakamlik sudi hal qiluv qarorining bekor qilinganligi hakamlik muhokamasi taraflarining, agar hakamlik sudiga murojaat etish imkoniyati yo‘qolmagan bo‘lsa, hakamlik bitimiga muvofiq hakamlik sudiga yangitdan murojaat etishiga yoki ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga binoan xo‘jalik sudiga murojaat etishiga to‘sqinlik qilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 16-bandining birinchi xatboshisi.
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik bitimi haqiqiy emasligi oqibatida yoki hal qiluv qarori hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga to‘g‘ri kelmaydigan nizo bo‘yicha chiqarilganligi yoxud unda hakamlik bitimida qamrab olinmagan masalalar bo‘yicha xulosalar mavjudligi oqibatida xo‘jalik sudi tomonidan to‘liq yoxud qisman bekor qilingan bo‘lsa, hakamlik muhokamasi taraflari bunday nizoni hal qilish uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga binoan xo‘jalik sudiga murojaat etishlari mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonuni 48-moddasining ikkinchi qismi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha xo‘jalik sudining ajrimi ustidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191, 203-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 11-bandining ikkinchi xatboshisi, 25-bandi.
202-bob. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ishlarni yuritish
1556-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishning umumiy qoidalari
Ushbu bobda belgilangan qoidalar hakamlik muhokamasi taraflarining hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqalari berish to‘g‘risidagi arizalari xo‘jalik sudi tomonidan ko‘rib chiqilayotganda qo‘llaniladi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi masala hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi birining foydasiga chiqarilgan bo‘lsa, o‘sha tarafning arizasiga binoan xo‘jalik sudi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza qarzdor joylashgan yerdagi yoki yashaydigan joydagi yoxud, agar qarzdor joylashgan yer yoki yashaydigan joy noma’lum bo‘lsa, uning mol-mulki turgan joydagi xo‘jalik sudiga beriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonunining 50, 51-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 12-bandining yettinchi xatboshisi.
1557-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizaning shakli va mazmuni
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza yozma shaklda beriladi va hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi birining foydasiga qabul qilingan bo‘lsa, o‘sha taraf yoki uning vakili tomonidan imzolanishi kerak.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizada quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
1) ariza berilayotgan xo‘jalik sudining nomi;
2) hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi, joylashgan yeri;
3) hakamlik muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi;
4) hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan sana;
5) ariza bilan murojaat etgan hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining hal qiluv qarorini olgan sana;
6) hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi talab.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizada telefonlar, fakslar raqamlari, elektron manzil va boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilishi mumkin.
(1557-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
1) hakamlik sudi hal qiluv qarorining tasdiqlangan nusxasi. Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudining hal qiluv qarori nusxasi mazkur hakamlik sudining raisi tomonidan tasdiqlanadi, muvaqqat hakamlik sudi hal qiluv qarorining nusxasidagi hakamlik sudyasining imzosi notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi kerak;
2) hakamlik bitimining tegishli tarzda tasdiqlangan nusxasi;
3) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 9-bandi.
4) hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza nusxasi hakamlik muhokamasining boshqa tarafiga topshirilganligi haqidagi xabarnoma yoki uning yuborilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjat.
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza hakamlik muhokamasi tarafining vakili tomonidan berilgan bo‘lsa, arizaga vakilning ariza taqdim etishga bo‘lgan vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza hakamlik sudi hal qiluv qarorini ixtiyoriy ijro etish muddati tugagan kundan e’tiboran olti oydan kechiktirmay berilishi mumkin. Mazkur muddat xo‘jalik sudi tomonidan uzrli deb topilgan sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan taqdirda, o‘tkazib yuborilgan muddat tiklanishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 8-bandi, 19-bandining birinchi xatboshisi.
Ushbu Kodeksning 1556-moddasida nazarda tutilgan talablar va ushbu modda qoidalari buzilgan holda berilgan hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza ushbu Kodeksning 118-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga binoan arizachiga qaytariladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonunining 50, 51-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 12-bandining yettinchi xatboshisi, 19, 20-bandlari.
1558-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish tartibi
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga binoan sudya tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.
Sudya ishni hakamlik muhokamasi tarafining iltimosnomasiga binoan sud muhokamasiga tayyorlayotganda ijro varaqasi so‘ralayotgan ish materiallarini hakamlik sudidan ushbu Kodeksda dalillarni talab qilib olish uchun nazarda tutilgan qoidalarga binoan talab qilib olishi mumkin.
Xo‘jalik sudi hakamlik muhokamasi taraflarini sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qiladi. Sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 7-bandining ikkinchi, uchinchi xatboshisi.
Xo‘jalik sudi ishni sud majlisida ko‘rib chiqayotganda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish uchun ushbu Kodeksning 1559-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjudligi yoki mavjud emasligini bayon qilingan talablar va e’tirozlarni asoslash uchun sudga taqdim etilgan dalillarni tekshirish yo‘li bilan aniqlaydi.
Xo‘jalik sudi ishni sud majlisida ko‘rib chiqayotganda hakamlik sudi aniqlagan holatlarni tekshirishga yoxud hakamlik sudining hal qiluv qarorini mazmunan qayta ko‘rib chiqishga haqli emas.
 LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 10, 22-bandlari.
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza ushbu Kodeks 1551-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan xo‘jalik sudining ish yurituvida bo‘lsa, mazkur hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilayotgan xo‘jalik sudi hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqishni qarzdorning iltimosnomasiga binoan keyinga qoldirishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonunining 52-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 12-bandining beshinchi xatboshisi.
1559-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish asoslari
Xo‘jalik sudi hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi biriga qarshi qabul qilingan bo‘lsa, o‘sha taraf quyidagilarni isbotlovchi dalillarni taqdim etgan hollardagina rad etadi:
1) hakamlik bitimi qonunda nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra haqiqiy emasligini;
2) hakamlik sudi hal qiluv qarorining hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga to‘g‘ri kelmaydigan nizo bo‘yicha chiqarilganligini yoxud unda hakamlik bitimi doirasidan chetga chiquvchi masalalar bo‘yicha xulosalar mavjudligini. Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorida hakamlik bitimi bilan qamrab olinadigan masalalar bo‘yicha xulosalarni bunday bitim bilan qamrab olinmaydigan masalalar bo‘yicha xulosalardan ajratib olish mumkin bo‘lsa, xo‘jalik sudi hakamlik sudi hal qiluv qarorining faqat hakamlik bitimi bilan qamrab olinadigan masalalar bo‘yicha xulosalar bo‘lgan qismi uchun ijro varaqasi beradi;
3) hakamlik sudi tarkibi yoki hakamlik muhokamasi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14, 15, 16 va 25-moddalari qoidalariga muvofiq emasligini;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 3-bandi.
4) hakamlik sudining hal qiluv qarori “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 10-moddasining birinchi va uchinchi qismlari talablari buzilgan holda chiqarilganligini;
5) hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi biriga qarshi qabul qilingan bo‘lsa, o‘sha taraf hakamlik sudyalarini saylash (tayinlash) to‘g‘risida yoki hakamlik sudi majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilinmaganligini hamda shu sababli u hakamlik sudiga o‘z tushuntirishlarini taqdim eta olmaganligini;
6) hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflari uchun hali majburiy bo‘lmaganligini yoki bekor qilinganligini yoxud uning ijrosi xo‘jalik sudi yoki fuqarolik ishlari bo‘yicha sud tomonidan to‘xtatib turilganligini.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 18-bandi.
Agar hakamlik sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan nizo qonunga muvofiq hakamlik muhokamasining predmeti bo‘lmasa, xo‘jalik sudi hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonunining 53-moddasi.
15510-modda. Xo‘jalik sudining hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ajrimi
Xo‘jalik sudi hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ushbu Kodeksda hal qiluv qarori qabul qilish uchun nazarda tutilgan qoidalarga binoan ajrim chiqaradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 11-bandi.
Xo‘jalik sudining hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi yoki hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish haqidagi ajrimida quyidagilar ham bo‘lishi kerak:
1) hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi;
2) hakamlik muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
3) hakamlik sudining hal qiluv qarori to‘g‘risidagi, arizachi majburiy ijro etilishini iltimos qilayotgan ijro varaqasini berish haqidagi ma’lumotlar;
4) hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish yoki ijro varaqasi berishni rad etish uchun ko‘rsatma.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish rad etilganligi hakamlik muhokamasi taraflarining, agar hakamlik sudiga murojaat etish imkoniyati yo‘qolmagan bo‘lsa, hakamlik bitimiga muvofiq hakamlik sudiga yangitdan murojaat etishiga yoki ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga binoan xo‘jalik sudiga murojaat etishiga to‘sqinlik qilmaydi.
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish hakamlik bitimining haqiqiy emasligi oqibatida yoki hal qiluv qarori hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga to‘g‘ri kelmaydigan nizo bo‘yicha chiqarilganligi yoxud unda hakamlik bitimida qamrab olinmagan masalalar bo‘yicha to‘xtamlar mavjudligi yoinki nizo hakamlik muhokamasining predmeti bo‘lishi mumkin emasligi oqibatida xo‘jalik sudi tomonidan to‘liq yoki qisman rad etilgan bo‘lsa, hakamlik muhokamasi taraflari bunday nizoni hal qilish uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga binoan xo‘jalik sudiga murojaat etishlari mumkin.
Xo‘jalik sudining hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ajrimi darhol ijro etilishi kerak.
Xo‘jalik sudining ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq chiqarilgan ajrimi ustidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
(201 va 202-boblar O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 1-avgustdagi O‘RQ-106-sonli Qonuni bilan kiritilgan — O‘R QHT, 2007-y., 31-32-son, 315-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191, 203-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 22, 23, 25-bandlari.
203-bob. Huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlarni yuritish
15511-modda. Huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risida murojaat qilish huquqi
Huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risida arizalar bilan xo‘jalik sudlariga nazorat qiluvchi organlar murojaat qilishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 12-bandi.
15512-modda. Huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish
Huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalar asosida, ushbu bobda belgilangan o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda ko‘rib chiqiladi.
15513-modda. Huquqiy ta’sir choralari
Huquqiy ta’sir choralari quyidagilardan iborat:
faoliyatni tugatish;
atrof tabiiy muhitga zararli ta’sir ko‘rsatayotgan obyektlar faoliyatini tugatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish;
faoliyatni cheklash, to‘xtatib turish va taqiqlash, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda faoliyatni o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga cheklash, to‘xtatib turish hollari mustasno;
banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
moliyaviy jazo choralarini qo‘llash, bundan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘lash muddatini o‘tkazib yuborganlik uchun penya hisoblab chiqarish, shuningdek tashkilot yoki fuqaroning sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror bo‘lganligi va moliyaviy jazo choralari summalarini ixtiyoriy ravishda to‘laganligi hollari mustasno;
tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun litsenziyalarning (ruxsatnomalarning) amal qilishini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lgan muddatga to‘xtatib turish yoki ularning amal qilishini tugatish va litsenziyalarni (ruxsatnomalarni) bekor qilish, bundan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan beriladigan litsenziyalar (ruxsatnomalar) mustasno.
 LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 12-bandining uchinchi xatboshisi.
Xo‘jalik sudi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqiy ta’sir choralarini ham qo‘llashi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 14-iyundagi PF-3619-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan faqat sud tartibida qo‘llaniladigan huquqiy ta’sir choralari ro‘yxati.
15514-modda. Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi arizaning shakli va mazmuni
Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ariza xo‘jalik sudiga yozma shaklda beriladi va arizachi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi arizada quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
1) ariza berilayotgan xo‘jalik sudining nomi;
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi va ularning pochta manzillari;
3) huquqbuzarlik faktini aniqlagan nazorat qiluvchi organning nomi;
4) arizada qo‘yilgan talabga asos bo‘lgan holatlar;
5) arizada qo‘yilgan talabning asoslarini tasdiqlovchi dalillar;
6) xo‘jalik sudiga murojaat qilishga asos bo‘lgan tashkilot yoki fuqaroning harakatlari (harakatsizligi) uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar;
7) arizachining talabi;
8) nizoni javobgar bilan sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, agar bu shu toifadagi nizolar uchun qonunda nazarda tutilgan bo‘lsa;
9) ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati.
Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi arizada arizachining yoki uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin.
(15514-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Qonun hujjatlariga muvofiq huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi arizada boshqa ma’lumotlar ham ko‘rsatilishi mumkin.
Ushbu moddada, shuningdek ushbu Kodeksning 15515-moddasida nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ariza ushbu Kodeksning 118-moddasida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha arizachiga qaytariladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 21-bandi.
15515-modda. Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi arizaga ilova qilinadigan hujjatlar
Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi arizaga, ushbu Kodeks 114-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari, quyidagilar ilova qilinadi:
1) faoliyatni tugatish, atrof tabiiy muhitga zararli ta’sir ko‘rsatayotgan obyektlar faoliyatini tugatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish to‘g‘risidagi arizaga — ta’sis hujjatlarining tegishli tarzda tasdiqlangan ko‘chirma nusxalari; tashkilot yoki fuqaro tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar talablarining faoliyatni tugatish, atrof tabiiy muhitga zararli ta’sir ko‘rsatayotgan obyektlar faoliyatini tugatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish uchun asos bo‘ladigan tarzda buzilganligini tasdiqlovchi dalillar;
(15515-moddaning birinchi qismi 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
2) faoliyatni cheklash, to‘xtatib turish va taqiqlash to‘g‘risidagi arizaga — ta’sis hujjatlarining tegishli tarzda tasdiqlangan ko‘chirma nusxalari; tashkilot yoki fuqaro tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar talablarining faoliyatni cheklash, to‘xtatib turish va taqiqlash uchun asos bo‘ladigan tarzda buzilganligini tasdiqlovchi dalillar;
(15515-moddaning birinchi qismi 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
3) banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risidagi arizaga — soliq tekshiruvini o‘tkazishga soliq to‘lovchi tomonidan to‘sqinlik qilinganligini yoki soliq to‘lovchi daromadlar olish uchun foydalanayotgan yoxud soliq solish obyektini saqlash bilan bog‘liq hududlarni, binolarni, shu jumladan joylarni ko‘zdan kechirish uchun davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslarini kiritish rad etilganligini, soliq to‘lovchi qayd etilgan manzilda bo‘lmaganligini, shuningdek soliq to‘lovchi tomonidan soliq hisoboti va (yoki) moliyaviy hisobot taqdim etilmaganligini tasdiqlovchi dalil;
(15515-moddaning 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
4) moliyaviy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi arizaga — tekshirish o‘tkazilishiga asos bo‘lgan hujjatlar (nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organning qarori, bunday qaror olish qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hollar bundan mustasno; agar tekshirish jinoyat ishi doirasida o‘tkazilsa, tergov organining (surishtiruv organining) qarori; tekshirish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq; tekshirish o‘tkazish rejasi va hokazo); tekshirish natijalari bo‘yicha tuzilgan dalolatnoma yoki boshqa hujjat va unga ilova qilinadigan hujjatlar; tekshirish materiallarini ko‘rib chiqish bayonnomasi va qaror, agar ularni tuzish yoki qabul qilish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan bo‘lsa; qarorning ko‘chirma nusxasi javobgarga topshirilganligi yoki yuborilganligi dalili;
5) tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun litsenziyalarning (ruxsatnomalarning) amal qilishini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lgan muddatga to‘xtatib turish yoki ularning amal qilishini tugatish va litsenziyalarni (ruxsatnomalarni) bekor qilish to‘g‘risidagi arizaga — litsenziyaning (ruxsatnomaning) va litsenziya shartnomasining tegishli tarzda tasdiqlangan ko‘chirma nusxalari; tashkilot yoki fuqaro tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar talablarining va litsenziya shartnomasi shartlarining litsenziyaning (ruxsatnomaning) amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish va (yoki) litsenziyani (ruxsatnomani) bekor qilish uchun asos bo‘ladigan tarzda buzilganligini tasdiqlovchi dalil.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 21-bandi.
15516-modda. Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha xabarnomalar va chaqiruvlar
Xo‘jalik sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslarni sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida ushbu Kodeksda belgilangan tartibda xabardor qiladi. Bunda sud arizachining zimmasiga javobgarni sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilish majburiyatini yuklashga haqli. Sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi, agar sud ularning kelishini majburiy deb topmagan bo‘lsa, ishni ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Protsessning boshqa ishtirokchilari ushbu Kodeksda belgilangan tartibda xabardor qilinadi va sudga chaqiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 22-bandining to‘rtinchi xatboshisi.
15517-modda. Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sud muhokamasi
Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish ishni sudda ko‘rishga tayyorlash to‘g‘risidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab o‘n besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqilishi kerak, ariza xo‘jalik sudiga kelib tushganidan keyin kamida bir oydan so‘ng ko‘riladigan moliyaviy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlar bundan mustasno.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 13, 23, 24, 25-bandlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xo‘jalik sudlari tomonidan qo‘llanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarori 21-bandining birinchi xatboshisi.
Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilayotganda xo‘jalik sudi sud majlisida: huquqbuzarlik hodisasi bo‘lgan-bo‘lmaganligini va uning sodir etilganligi faktini; tekshirish uchun va tekshirish natijalari bo‘yicha dalolatnoma yoki boshqa hujjat tuzish uchun asoslar va nazorat qiluvchi organning vakolatlari bor-yo‘qligini; mazkur huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan-tutilmaganligini va huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash uchun asoslar bor-yo‘qligini aniqlaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 26-bandining ikkinchi xatboshisi.
Moliyaviy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilayotganda xo‘jalik sudi moliyaviy jazo choralari summasining hisob-kitobi qanchalik to‘g‘riligini ham tekshiradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 26-bandining ikkinchi xatboshisi.
Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha kelishuv bitimi tuzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
15518-modda. Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha xo‘jalik sudining hal qiluv qarori
Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarori xo‘jalik sudi tomonidan ushbu Kodeksning 18-bobida belgilangan qoidalar asosida qabul qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 29-bandining birinchi xatboshisi.
Ishni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha xo‘jalik sudi huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash yoki arz qilingan talabni qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 29-bandining ikkinchi xatboshisi.
Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi arz qilingan talab qanoatlantirilgan taqdirda, xo‘jalik sudi hal qiluv qarorining xulosa qismida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
1) huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanilgan shaxsning nomi;
2) huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash uchun asos bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar;
3) qo‘llanilgan huquqiy ta’sir chorasining turi, moliyaviy jazo chorasi qo‘llanilgan taqdirda esa uning miqdori; zimmasiga moliyaviy jazo chorasi summasini undirish yuklatilgan nazorat qiluvchi organning nomi;
4) faoliyat cheklanadigan, to‘xtatib turiladigan va taqiqlanadigan muddat; litsenziyaning (ruxsatnomaning) amal qilishi to‘xtatib turiladigan muddat; amal qilishi to‘xtatib turilgan yoki tugatilgan litsenziyaning (ruxsatnomaning), shuningdek bekor qilingan litsenziyaning (ruxsatnomaning) nomi, raqami, berilgan sanasi va boshqa rekvizitlari haqidagi hamda litsenziyani (ruxsatnomani) bergan organ to‘g‘risidagi ma’lumotlar; faoliyat qanday shartlar bajarilguniga qadar cheklanayotganligi, to‘xtatib turilayotganligi va taqiqlanayotganligi; banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalar qanday shartlar bajarilguniga qadar to‘xtatib qo‘yilganligi.
Xo‘jalik sudining huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarori, agar apellyatsiya shikoyati (protesti) berilmagan bo‘lsa, u qabul qilinganidan keyin o‘n kun o‘tgach qonuniy kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 31-bandining birinchi, uchinchi xatboshilari.
Apellyatsiya shikoyati (protesti) berilgan taqdirda xo‘jalik sudining hal qiluv qarori, agar u bekor qilinmagan bo‘lsa, apellyatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 31-bandining ikkinchi xatboshisi.
Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarorining ko‘chirma nusxasi hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin uch ish kuni ichida xo‘jalik sudi tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.
 LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 32-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xo‘jalik sudlari tomonidan qo‘llanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarori 21.2-bandining ikkinchi–to‘rtinchi xatboshilari.
(203-bob O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi O‘RQ-288-sonli Qonuni bilan kiritilgan — O‘R QHT, 2011-y., 16-son, 162-modda)
204-bob. Korporativ nizolar bo‘yicha ish yuritish
15519-modda. Korporativ nizolar bo‘yicha ishlar
Sud quyidagi korporativ nizolarni hal qiladi:
1) yuridik shaxsni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish bilan bog‘liq nizolar;
2) xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning, ulushlarning, kooperativlar a’zolari paylarining mansubligi, ularga yuklamalar belgilash va ulardan kelib chiqadigan huquqlarni amalga oshirish bilan bog‘liq nizolar, bundan xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni, ulushlarni, kooperativlar a’zolarining paylarini o‘z ichiga oluvchi meros mol-mulkni yoki er-xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan nizolar mustasno;
3) yuridik shaxs ishtirokchilarining (muassislarining, a’zolarining) (bundan buyon matnda yuridik shaxs ishtirokchilari deb yuritiladi) yuridik shaxs tomonidan tuzilgan bitimlarni haqiqiy emas deb topish va (yoki) bunday bitimlarning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash haqidagi da’volari bo‘yicha nizolar;
4) qimmatli qog‘ozlar emissiyasi bilan, shu jumladan davlat organlarining va boshqa organlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi), emitentning boshqaruv organlari qarorlari yuzasidan nizolashish bilan, emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish jarayonida tuzilgan bitimlar, emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarish (qo‘shimcha ravishda chiqarish) natijalari bo‘yicha hisobotlar (xabarnomalar) yuzasidan nizolashish bilan bog‘liq nizolar;
5) qimmatli qog‘ozlarni nominal saqlovchilarning aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish, qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish va (yoki) ularning muomalasi munosabati bilan qonunda nazarda tutilgan boshqa huquq va majburiyatlarni qimmatli qog‘ozlarning nominal saqlovchilari tomonidan amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyatidan kelib chiqadigan nizolar;
6) yuridik shaxs ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risidagi nizolar;
7) yuridik shaxs boshqaruv organlarining qarorlari ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi nizolar.
Sud qonun hujjatlarida o‘z vakolatlariga kiritilgan boshqa korporativ nizolarni ham hal qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 8-bandining uchinchi xatboshisi.
15520-modda. Korporativ nizolar bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqish tartibi
Korporativ nizolar bo‘yicha ishlar sud tomonidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha, mazkur bobda belgilangan o‘ziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda ko‘rib chiqiladi.
15521-modda. Korporativ nizo bo‘yicha da’vo arizasiga doir talablar
Korporativ nizo bo‘yicha da’vo arizasi ushbu Kodeksning 112-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lishi lozim.
Da’vo arizasiga ushbu Kodeksning 114-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar, shuningdek yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi va uning joylashgan yeri (pochta manzili) haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan hujjat ilova qilinadi.
15522-modda. Korporativ nizolar bo‘yicha da’voni ta’minlash choralari
Korporativ nizolar bo‘yicha da’voni ta’minlash choralari ushbu Kodeksning 7-bobida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan ko‘riladi.
(204-bob O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
III BO‘LIM. HAL QILUV QARORLARINI QAYTA KO‘RISH BO‘YICHA ISH YURITISH
21-BOB. APELLYATSIYA INSTANSIYASIDA ISH YURITISH
156-modda. Apellyatsiya shikoyati berish (protesti keltirish) huquqi
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari to‘g‘risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar xo‘jalik sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protest) berishga haqlidir.
(156-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 34, 35-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash haqida”gi qarorining 2, 3, 6, 7-bandlari.
157-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko‘ruvchi sud
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rishni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari amalga oshiradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari tomonidan birinchi instansiyada qabul qilingan hal qiluv qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatini (protestini) birinchi instansiyada hal qiluv qarorini qabul qilgan sud ko‘radi.
(157-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
1571-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) berish tartibi
Apellyatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko‘ruvchi sudga hal qiluv qarorini qabul qilgan sud orqali beriladi.
Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud shikoyat (protest) kelib tushgan kundan e’tiboran besh kunlik muddatda uni apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko‘ruvchi sudga ish bilan birga yuborishi shart.
(1571-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
158-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati
Apellyatsiya shikoyati (protesti) xo‘jalik sudi hal qiluv qarorini qabul qilgandan keyin bir oy ichida beriladi.
(158-modda O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Xo‘jalik sudining huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin o‘n kun ichida beriladi
(158-modda O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi O‘RQ-288-sonli Qonuniga muvofiq ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2011-y., 16-son, 162-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash haqida”gi qarorining 5-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 33-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xo‘jalik sudlari tomonidan qo‘llanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarori 23, 25–25.3-bandlari.
159-modda. Apellyatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni
Apellyatsiya shikoyatida (protestida) quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
1) shikoyat (protest) yo‘llangan xo‘jalik sudining nomi;
2) shikoyat berayotgan (protest keltirayotgan) shaxsning nomi;
3) ustidan shikoyat berilayotgan (protest keltirilayotgan) hal qiluv qarorini qabul qilgan xo‘jalik sudining nomi, ishning tartib raqami va hal qiluv qarori qabul qilingan sana, nizoning predmeti;
4) shikoyat berayotgan (protest keltirayotgan) shaxsning talablari va hal qiluv qarorini noto‘g‘ri deb hisoblashining asoslari, bunga dalil bo‘lgan qonun hujjatlari hamda ish materiallari;
5) shikoyatga (protestga) ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati.
Apellyatsiya shikoyati shikoyat berayotgan shaxs yoki uning vakili tomonidan, apellyatsiya protesti esa prokuror tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan shikoyatga uning sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma, agar u avval shu ish bo‘yicha berilmagan bo‘lsa, ilova qilinadi.
Shikoyatga (protestga) shikoyat (protest) nusxalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinadi. Bundan tashqari shikoyatga davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi dalillar ham ilova qilinadi.
(159-modda O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
160-modda. Apellyatsiya shikoyatining (protestining) nusxasini ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborish
Apellyatsiya shikoyati (protesti) berayotgan shaxs ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga shikoyatning va unga ilova qilingan, bu shaxslarda bo‘lmagan hujjatlarning nusxalarini yuboradi.
(160-modda O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
161-modda. Apellyatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikr bildirish
(161-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Ishda ishtirok etuvchi shaxs apellyatsiya shikoyatining (protestining) nusxasini olgach, uning yuzasidan o‘z yozma fikrini va yozma fikrning nusxalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborilganini tasdiqlovchi dalillarni apellyatsiya shikoyati ko‘riladigan kungacha yetib borishini ta’minlaydigan muddatda xo‘jalik sudiga yuborishga haqlidir.
(161-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Yozma fikr ishda ishtirok etuvchi shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga uning ishni yuritishga vakolatli ekanligini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
Yozma fikrga avval taqdim etilmagan hujjatlar ilova qilinishi mumkin. Bu holda yozma fikrga ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga ularda bo‘lmagan hujjatlarning nusxalari yuborilganini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash haqida”gi qarori 10-bandining ikkinchi xatboshisi, 13-bandining ikkinchi xatboshisi, 18-bandining uchinchi xatboshisi.
162-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish
Sudya apellyatsiya shikoyatini (protestini) quyidagi hollarda qaytaradi:
1) apellyatsiya shikoyati (protesti) imzolanmagan yoxud uni imzolashga huquqi bo‘lmagan shaxs yoki mansab mavqeyi ko‘rsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan bo‘lsa;
2) apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) uning nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga jo‘natilganligini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinmagan bo‘lsa;
3) davlat boji belgilangan tartibda va miqdorda to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar apellyatsiya shikoyatiga ilova qilinmagan bo‘lsa, qonunda davlat bojini to‘lash muddatini kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati nazarda tutilgan hollarda esa, bu haqda iltimosnoma berilmagan yoxud iltimosnoma rad etilgan bo‘lsa;
4) apellyatsiya shikoyati (protesti) belgilangan muddat o‘tganidan keyin berilgan bo‘lsa va unda o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risida iltimosnoma bo‘lmasa;
5) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga apellyatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilingani to‘g‘risidagi ajrim yuborilgunga qadar shikoyatni (protestni) bergan shaxsdan uni qaytarish to‘g‘risida ariza tushgan bo‘lsa.
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrim ustidan kassatsiya shikoyati berish (protesti keltirish) mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 191-moddasi.
Shikoyat bergan (protest keltirgan) shaxs ushbu moddaning birinchi qismidagi 1, 2, 3-bandlarda ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilganidan keyin xo‘jalik sudiga apellyatsiya shikoyati (protesti) bilan umumiy tartibda yana murojaat qilishga haqli.
(162-modda O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash haqida”gi qarorining 4-bandi.
 LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: mazkur Kodeksning 151, 191-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
163-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrim
(163-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Sudya apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
(163-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Ajrimda apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish vaqti va joyi ko‘rsatiladi.
(163-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Ajrim ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
(163-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151, 153-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash haqida”gi qarorining 8-bandi.
164-modda. Apellyatsiya instansiyasida ishni ko‘rish tartibi
Ish apellyatsiya instansiyasida ushbu bobda nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda ishni birinchi instansiya xo‘jalik sudida ko‘rib chiqish qoidalari bo‘yicha ko‘rib chiqiladi. Bunda birinchi instansiya uchungina belgilangan qoidalar qo‘llanilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash haqida”gi qarorining 11-bandi.
165-modda. Apellyatsiya shikoyatidan voz kechish. Protestni chaqirib olish
(165-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Apellyatsiya shikoyati bergan shaxs qaror chiqarilgunga qadar undan voz kechishga haqli.
Sud shikoyatdan voz kechishni ushbu Kodeks 40-moddasining to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etib, ishni apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqishga haqli.
Protest keltirgan prokuror, shuningdek yuqori turuvchi prokuror sud majlisi boshlanguncha protestni chaqirib olishga haqli. Protest chaqirib olingani haqida ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilinadi.
(165-modda O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuniga muvofiq uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Sud shikoyatdan voz kechishni qabul qilsa yoki protest chaqirib olinsa, agar hal qiluv qarori ustidan boshqa shaxslar shikoyat qilmagan bo‘lsa, apellyatsiya instansiyasida ish yuritishni tugatadi.
(165-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Xo‘jalik sudi apellyatsiya instansiyasida ish yuritishni tugatganligi to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash haqida”gi qarorining 11, 12-bandlari.
166-modda. Ishni apellyatsiya instansiyasida ko‘rish chegarasi
Xo‘jalik sudi ishni apellyatsiya instansiyasida ko‘rganida ishda mavjud va qo‘shimcha taqdim etilgan dalillar bo‘yicha ishni qayta ko‘radi. Agar arizachi qo‘shimcha dalillarni o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra birinchi instansiya sudiga taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘lmaganligini asoslasa, xo‘jalik sudi qo‘shimcha dalillarni qabul qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash haqida”gi qarorining 13-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sud apellyatsiya shikoyatida (protestida) bayon etilgan vajlar bilan cheklanib qolmaydi hamda hal qiluv qarorining qonuniyligi va asoslantirilganligini to‘la hajmda tekshiradi.
(166-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash haqida”gi qarorining 14, 15-bandlari.
Ish birinchi instansiyada ko‘rilganda taqdim etilmagan yangi talablar apellyatsiya instansiyasida qabul qilinmaydi va ko‘rilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash haqida”gi qarori 11-bandining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari.
167-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish muddati
Xo‘jalik sudining hal qiluv qarori ustidan tushgan apellyatsiya shikoyati (protesti) xo‘jalik sudiga tushgan kundan e’tiboran bir oylik muddatda ko‘riladi.
(167-modda O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Xo‘jalik sudining huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) xo‘jalik sudiga kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida ko‘rib chiqiladi.
(167-modda O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi O‘RQ-288-sonli Qonuniga muvofiq ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2011-y., 16-son, 162-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 1-bandining ikkinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xo‘jalik sudlari tomonidan qo‘llanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 23.2-bandi.
168-modda. Apellyatsiya instansiyasining vakolatlari
Xo‘jalik sudi ishni apellyatsiya instansiyasida ko‘rgach:
Oldingi tahrirga qarang.
1) sudning hal qiluv qarorini o‘zgarishsiz qoldirishga, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmaslikka;
(168-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
2) hal qiluv qarorini to‘la yoki qisman bekor qilib, yangi qaror qabul qilishga;
3) hal qiluv qarorini o‘zgartirishga;
4) hal qiluv qarorini to‘la yoki qisman bekor qilib, ishni yuritishni tugatishga yoxud da’voni to‘la yoki qisman ko‘rmasdan qoldirishga;
5) hal qiluv qarorini bekor qilishga va ushbu Kodeks 170-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda ishni yangidan ko‘rish uchun yuborishga haqli.
(168-modda O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-sonli Qonuniga muvofiq 4 va 5-bandlar bilan almashtirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash haqida”gi qarori 17-bandining birinchi xatboshisi.
169-modda. Hal qiluv qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilish asoslari
Quyidagilar xo‘jalik sudining hal qiluv qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun asos bo‘ladi:
1) ish uchun ahamiyatli holatlarning to‘liq aniqlanmaganligi;
2) xo‘jalik sudi aniqlangan deb hisoblagan ish uchun ahamiyatli holatlarning isbotlanmaganligi;
3) hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq kelmasligi;
4) moddiy yoki protsessual huquq normalarining buzilganligi yoxud noto‘g‘ri qo‘llanilganligi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash haqida”gi qarori 17-bandining ikkinchi – to‘rtinchi xatboshilari.
170-modda. Protsessual huquq normalarining buzilishi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilishi
Agar protsessual huquq normalarining buzilishi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilishi noto‘g‘ri hal qiluv qarori qabul qilinishiga olib kelgan bo‘lsa yoki olib kelishi mumkin bo‘lsa, bu hol hal qiluv qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun asos bo‘ladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash haqida”gi qarori 17-bandining beshinchi xatboshisi.
Protsessual huquq normalarining buzilishi har qanday holda ham birinchi instansiya xo‘jalik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish uchun asos bo‘ladi, agar:
1) ish sud tomonidan noqonuniy tarkibda ko‘rilgan bo‘lsa;
2) sud ishni majlis joyi va vaqti to‘g‘risida tegishli ravishda xabardor qilinmagan ishda ishtirok etuvchi shaxslardan birortasining yo‘qligida ko‘rgan bo‘lsa;
3) ishni ko‘rishda sud ishi yuritiladigan til to‘g‘risidagi qoidalar buzilgan bo‘lsa;
4) sud ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilgan bo‘lsa;
(170-moddaning ikkinchi qismi 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
5) hal qiluv qarori sudyalardan birortasi tomonidan imzolanmagan bo‘lsa yoki hal qiluv qarorida ko‘rsatilmagan sudyalar tomonidan imzolangan bo‘lsa;
6) hal qiluv qarori ishni ko‘rgan tarkibdagi sudyalardan boshqa sudyalar tomonidan qabul qilingan bo‘lsa;
7) ishda sud majlisining bayonnomasi bo‘lmasa yoki u ushbu Kodeks 134-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan shaxs tomonidan imzolanmagan bo‘lsa.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash haqida”gi qarori 17-bandining oltinchi xatboshisi.
171-modda. Apellyatsiya instansiyasining qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish natijalari bo‘yicha qaror qabul qilinib, u barcha sudyalar tomonidan imzolanadi.
(171-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Qarorda quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:
Oldingi tahrirga qarang.
1) qarorni qabul qilgan xo‘jalik sudining nomi, qaror qabul qilingan sana, ishning tartib raqami, qarorni qabul qilgan sud tarkibi, sud majlisi kotibi, majlisda ishtirok etgan shaxslarning familiyalari va vakolatlari, birinchi instansiyada hal qiluv qarori qabul qilingan sana va hal qiluv qarorini qabul qilgan sudyalarning familiyalari;
(171-modda ikkinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi, apellyatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxsning nomi;
(171-modda ikkinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
3) qabul qilingan hal qiluv qarori mazmunining qisqacha bayoni;
4) hal qiluv qarorining qonuniyligi va asosliligini tekshirish masalasi qo‘yilishiga sabab bo‘lgan asoslar;
Oldingi tahrirga qarang.
5) apellyatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan bildirilgan mulohazada bayon qilingan vajlar;
(171-modda ikkinchi qismining 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
6) majlisda ishtirok etgan shaxslarning tushuntirishlari;
7) ishning xo‘jalik sudi tomonidan aniqlangan holatlari, xo‘jalik sudining shu holatlar to‘g‘risidagi xulosalariga asos bo‘lgan dalillar hamda xo‘jalik sudi u yoki bu dalillarni rad etishiga hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslar asos qilib keltirgan qonun hujjatlarini qo‘llamasligiga sabab bo‘lgan vajlar, shuningdek sud qaror qabul qilishda amal qilgan qonun hujjatlari;
8) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilayotganda yoki o‘zgartirayotganda apellyatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining xulosalariga qo‘shilmaganligining sabablari;
Oldingi tahrirga qarang.
9) apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha xulosalar;
(171-modda ikkinchi qismining 9-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
10) sud xarajatlarining taraflar o‘rtasida taqsimlanishi.
Qaror qabul qilingan vaqtidan boshlab qonuniy kuchga kiradi.
Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ularning elektron manzillari mavjud bo‘lgan taqdirda esa qaror axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
(171-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Qaror ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin.
(171-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash haqida”gi qarorining 18, 19-bandlari, 21-bandining to‘rtinchi xatboshisi.
Oldingi tahrirga qarang.
172-modda. Xo‘jalik sudining ajrimi ustidan apellyatsiya shikoyatlari (protestlari)
(172-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Xo‘jalik sudining ajrimlari ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
(172-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 72-moddasining to‘rtinchi qismi, 76-moddasining to‘rtinchi qismi, 80-moddasining oltinchi qismi, 85-moddasining ikkinchi qismi, 87-moddasining to‘rtinchi qismi, 89-moddasining uchinchi qismi, 99-moddasining uchinchi qismi, 101-moddasining to‘rtinchi qismi, 107-moddasining uchinchi qismi, 109-moddasining to‘rtinchi qismi, 111-moddasining ikkinchi qismi, 117-moddasining uchinchi qismi, 118-moddasining uchinchi qismi, 149-moddasining beshinchi qismi, 150-moddasining uchinchi qismi, 152-moddasining uchinchi qismi, 1555-moddasining beshinchi qismi, 15510-moddasining oltinchi qismi, 205-moddasining beshinchi qismi, 208-moddasining ikkinchi qismi, 215-moddasining to‘rtinchi qismi, 216-moddasining uchinchi qismi, 217-moddasining beshinchi qismi.
Xo‘jalik sudining ajrimi ustidan apellyatsiya shikoyatlari (protestlari) sudning hal qiluv qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatlarini (protestlarini) ko‘rish uchun nazarda tutilgan tartibda ko‘riladi.
(172-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 164-moddasi.
Xo‘jalik sudi tomonidan apellyatsiya instansiyasida da’vo arizasini qabul qilishni rad etish, da’vo arizasini qaytarish, ish yuritishni to‘xtatib turish, tugatish, da’voni ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi ajrimlar bekor qilingan hollarda ish birinchi instansiya sudiga ko‘rish uchun o‘tkaziladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 85, 86, 88, 117, 118-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash haqida”gi qarorining 21-bandi.
22-BOB. KASSATSIYA INSTANSIYASIDA ISH YURITISH
173-modda. Kassatsiya shikoyati berish huquqi
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan, apellyatsiya tartibida ko‘rilmagan hal qiluv qarori ustidan kassatsiya shikoyati berishga, prokuror esa kassatsiya protesti berishga haqlidir.
(173-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
174-modda. Kassatsiya instansiyasida qabul qilingan qarorlarning qonuniyligini tekshiruvchi sudlar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari iqtisodiy sudlar tomonidan birinchi instansiyada qabul qilingan hal qiluv qarorlarining qonuniyligini tekshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati shu sud tomonidan birinchi instansiyada qabul qilingan hal qiluv qarorlarining qonuniyligini tekshiradi.
(174-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
175-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) berish tartibi
Kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasida qabul qilingan qarorlarning qonuniyligini tekshiruvchi sudga hal qiluv qarorini qabul qilgan sud orqali beriladi.
Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud shikoyat (protest) kelib tushgan kundan e’tiboran besh kunlik muddatda uni kassatsiya instansiyasida qabul qilingan qarorlarning qonuniyligini tekshiruvchi sudga ish bilan birga yuborishi shart.
(175-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
176-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati
Kassatsiya shikoyati (protesti) xo‘jalik sudining hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin bir oy davomida berilishi mumkin.
(176-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash to‘g‘risida”gi qarori 5-bandining birinchi xatboshisi, 7.1-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xo‘jalik sudlari tomonidan qo‘llanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 24, 25–25.3-bandlari.
177-modda. Kassatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni
Kassatsiya shikoyatida (protestida) quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
1) shikoyat (protest) yo‘llanayotgan xo‘jalik sudining nomi;
2) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi;
3) ustidan shikoyat (protest) berilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan sudning nomi, ishning tartib raqami va hal qiluv qarori qabul qilingan sana, nizo predmeti;
(177-moddaning birinchi qismi 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
4) shikoyat (protest) bergan shaxsning talablari, moddiy yoxud protsessual huquq normalarining buzilishi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilishi nimadan iboratligi;
5) shikoyatga (protestga) ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati.
Kassatsiya shikoyatida (protestida) ishning holatlari isbotlanmaganligini yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning haqiqiy munosabatlari to‘g‘risida hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalar ishning holatlariga nomuvofiqligini dalil qilib keltirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(177-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
Kassatsiya shikoyati uni berayotgan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan shikoyatga uning sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma, agar u avval ushbu ish bo‘yicha taqdim etilmagan bo‘lsa, ilova qilinadi.
Shikoyatga davlat boji to‘langanligini va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga shikoyatning nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan davlat boji to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 8-bandi.
178-modda. Ishda ishtirok etayotgan shaxslarga kassatsiya shikoyatining (protestining) nusxalarini yuborish
Kassatsiya shikoyatini (protestini) berayotgan shaxs ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga shikoyat (protest) nusxasini va unga ilova qilingan, ularda bo‘lmagan hujjatlarning nusxalarini yuboradi.
179-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikr bildirish
Ishda ishtirok etuvchi shaxs kassatsiya shikoyatining (protestining) nusxasini olganidan keyin uning yuzasidan o‘z yozma fikrini hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga fikr nusxalari jo‘natilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni kassatsiya shikoyati (protesti) ko‘rib chiqiladigan kungacha yetib borishini ta’minlaydigan muddatda xo‘jalik sudiga yuborishga haqlidir.
Yozma fikr ishda ishtirok etuvchi shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga uning ishni yuritishga vakolati borligini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
180-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish
Kassatsiya shikoyati (protesti) quyidagi hollarda qaytariladi:
1) kassatsiya shikoyati (protesti) imzolanmagan yoki uni imzolashga huquqi bo‘lmagan shaxs yoxud mansab mavqeyi ko‘rsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan bo‘lsa;
2) shikoyat (protest) hal qiluv qarorini qabul qilgan xo‘jalik sudini chetlab o‘tgan holda yuborilgan bo‘lsa;
3) kassatsiya shikoyatiga (protestiga) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga uning nusxalari jo‘natilganini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinmagan bo‘lsa;
4) kassatsiya shikoyatiga belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinmagan bo‘lsa, qonunda davlat boji to‘lashni kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati nazarda tutilgan hollarda esa, bu haqda iltimosnoma berilmagan yoxud iltimosnoma rad etilgan bo‘lsa;
5) kassatsiya shikoyati (protesti) belgilangan muddat o‘tganidan keyin berilgan bo‘lsa va o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risida iltimosnoma bo‘lmasa;
6) kassatsiya shikoyatida (protestida) moddiy yoki protsessual huquq normalarini buzish yoki noto‘g‘ri qo‘llanish nimadan iboratligi ko‘rsatilgan bo‘lmasa;
7) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilingani to‘g‘risidagi ajrim yuborilgunga qadar shikoyatni (protestni) bergan shaxsdan uni qaytarish to‘g‘risida ariza tushgan bo‘lsa.
Kassatsiya shikoyati (protesti) birinchi instansiya sudining sudyasi tomonidan qaytariladi. Agar shikoyatni (protestni) qaytarish asoslari kassatsiya instansiyasida aniqlangan bo‘lsa, shikoyatni (protestni) shu instansiya sudining sudyasi qaytaradi.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risida birinchi instansiya sudyasi tomonidan chiqarilgan ajrim ustidan kassatsiya instansiyasiga shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 191-moddasi.
Ushbu modda birinchi qismining 1, 2, 3, 4, 6-bandlarida ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilgach, shikoyatni (protestni) bergan shaxs kassatsiya shikoyati (protesti) bilan xo‘jalik sudiga umumiy tartibda yana murojaat qilishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash to‘g‘risida”gi qarori 4-bandining ikkinchi xatboshisi, 7-bandining birinchi xatboshisi, 7.2, 8-bandlari.
181-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilingani to‘g‘risidagi ajrim
Kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilingani to‘g‘risida sudya ajrim chiqaradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi.
Ajrimda kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish vaqti va joyi ko‘rsatiladi.
Ajrim ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
(181-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash to‘g‘risida”gi qarorining 9-bandi.
182-modda. Hal qiluv qarorini, qarorni ijro etishni to‘xtatib turish
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga ko‘ra, kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudida qabul qilingan hal qiluv qarorining ijrosini kassatsiya instansiyasida ish yuritish tamomlanguniga qadar to‘xtatib turishga haqli.
(182-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash to‘g‘risida”gi qarorining 10-bandi.
183-modda. Kassatsiya instansiyasida ishni ko‘rish tartibi
Ish kassatsiya instansiyasida ushbu bobda nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda birinchi instansiya xo‘jalik sudi tomonidan ishni ko‘rish qoidalari asosida ko‘riladi. Bunda birinchi instansiya uchungina belgilangan qoidalar qo‘llanilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash to‘g‘risida”gi qarorining 11-bandi.
184-modda. Kassatsiya shikoyatidan voz kechish. Protestni chaqirib olish
Kassatsiya shikoyati bergan shaxs qaror chiqarilgunga qadar undan voz kechishga haqli.
Sud shikoyatdan voz kechishni ushbu Kodeks 40-moddasining to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etib, ishni kassatsiya tartibida ko‘rishga haqli.
Protest keltirgan prokuror, shuningdek yuqori turuvchi prokuror sud majlisi boshlanguncha protestni chaqirib olishga haqli. Protest chaqirib olingani haqida ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilinadi.
Sud kassatsiya shikoyatidan voz kechishni qabul qilsa yoki protest chaqirib olinsa, agar hal qiluv qarori, qaror ustidan ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar shikoyat qilmagan bo‘lsalar, kassatsiya instansiyasida ish yuritishni tugatadi.
Xo‘jalik sudi kassatsiya instansiyasida ish yuritishni tugatish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash to‘g‘risida”gi qarorining 12-bandi.
185-modda. Kassatsiya shikoyatini ko‘rish muddati
Iqtisodiy sudning hal qiluv qarori ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) ish bilan birga kassatsiya instansiyasida qabul qilingan qarorlarning qonuniyligini tekshiruvchi sudga kelib tushgan kundan e’tiboran bir oylik muddatda ko‘riladi.
(185-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
186-modda. Kassatsiya instansiyasida ishni ko‘rish chegarasi
Xo‘jalik sudi ishni kassatsiya instansiyasida ko‘rganida birinchi instansiya sudida moddiy va protsessual huquq normalari to‘g‘ri qo‘llanilganligini tekshiradi.
(186-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
187-modda. Kassatsiya instansiyasining vakolatlari
Kassatsiya instansiyasi xo‘jalik sudi ishni ko‘rganidan keyin quyidagilarga haqli:
1) birinchi instansiyaning hal qiluv qarorini o‘zgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;
2) birinchi instansiyaning hal qiluv qarorini to‘la yoki qisman bekor qilish hamda yangi qaror qabul qilishga;
3) birinchi instansiyaning hal qiluv qarorini, ushbu Kodeks 188-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, bekor qilish hamda ishni hal qiluv qarori bekor qilingan xo‘jalik sudi instansiyasiga yangidan ko‘rish uchun yuborishga;
4) birinchi instansiyaning hal qiluv qarorini o‘zgartirishga;
5) birinchi instansiyaning hal qiluv qarorini to‘la yoki qisman bekor qilish va ish yuritishni tugatish yoxud da’voni to‘la yoki qisman ko‘rmasdan qoldirishga;
6) avval qabul qilingan hal qiluv qarorlaridan birini kuchda qoldirishga.
(187-moddaning 1 — 6-bandlari O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
188-modda. Hal qiluv qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilish asoslari
Moddiy yoki protsessual huquq normalarining buzilishi yoxud noto‘g‘ri qo‘llanilishi sudning hal qiluv qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun asos bo‘ladi.
Protsessual huquq normalarining buzilishi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilishi, agar bu buzilish noto‘g‘ri hal qiluv qarori qabul qilinishiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lsa, hal qiluv qarorini o‘zgartirish yoxud bekor qilish uchun asos bo‘ladi.
Protsessual huquq normalarining buzilishi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilishi quyidagi hollarda hal qiluv qarorini bekor qilish uchun asos bo‘ladi:
1) ish sud tomonidan noqonuniy tarkibda ko‘rilgan bo‘lsa;
2) ish sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi, majlisning o‘tkazilish vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli ravishda xabardor qilinmagan shaxslardan birontasining yo‘qligida ko‘rilgan bo‘lsa;
3) ishni ko‘rishda sud ishi yuritiladigan til to‘g‘risidagi qoidalar buzilgan bo‘lsa;
4) sud hal qiluv qarorini qabul qilishda qaysi qonun hujjatiga amal qilganligi hal qiluv qarorida ko‘rsatilmagan bo‘lsa;
5) sud ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilgan bo‘lsa;
6) hal qiluv qarori sudyalardan biri tomonidan imzolanmagan bo‘lsa yoxud hal qiluv qarorida ko‘rsatilganidan boshqa sudyalar tomonidan imzolangan bo‘lsa;
7) hal qiluv qarori ishni ko‘rgan sud tarkibiga kirmagan sudyalar tomonidan qabul qilingan bo‘lsa;
8) ishda sud majlisining bayonnomasi bo‘lmasa yoki u ushbu Kodeks 134-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan shaxs tomonidan imzolanmagan bo‘lsa;
9) sud arz qilingan talab bo‘yicha qaror qabul qilmagan bo‘lsa.
(188-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
189-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining qarori
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish natijalari bo‘yicha qaror qabul qilinib, u barcha sudyalar tomonidan imzolanadi.
Qarorda quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:
1) qarorni qabul qilgan sudning nomi, ishning tartib raqami va qaror qabul qilingan sana, qarorni qabul qilgan sud tarkibi, majlisda hozir bo‘lgan shaxslarning familiyalari va vakolatlari;
2) kassatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi;
3) ishni birinchi instansiyada ko‘rgan sudning nomi, ishning tartib raqami, hal qiluv qarori qabul qilingan sana, uni qabul qilgan sudyalarning familiyalari;
4) qabul qilingan hal qiluv qarori mazmunining qisqacha bayoni;
5) hal qiluv qarorining qonuniyligini tekshirish to‘g‘risida masala qo‘yilishiga sabab bo‘lgan asoslar;
6) kassatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan mulohazada bayon qilingan vajlar;
7) majlisda hozir bo‘lgan shaxslarning tushuntirishlari;
8) sud ishda ishtirok etuvchi shaxslar asoslangan qonun hujjatlarini qo‘llamasligining sabablari, shuningdek sud qarorni qabul qilishda amal qilgan qonun hujjatlari;
9) birinchi instansiyaning hal qiluv qarorini bekor qilganda yoki o‘zgartirganda kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining xulosalariga rozi bo‘lmaganligining sabablari;
10) kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish natijalari bo‘yicha xulosalar;
11) agar ish yangidan ko‘rish uchun topshirilayotgan bo‘lsa, ishda ishtirok etayotgan shaxslar va sud tomonidan bajarilishi kerak bo‘lgan harakatlar;
12) ishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘rtasida sud xarajatlarining taqsimlanishi.
Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ularning elektron manzillari mavjud bo‘lgan taqdirda esa, qaror axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
Qaror qabul qilingan paytdan boshlab qonuniy kuchga kiradi va uning ustidan shikoyat qilish mumkin emas.
(189-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
190-modda. Kassatsiya instansiyasi sudi ko‘rsatmasining majburiyligi
Ishni kassatsiya instansiyasida ko‘rgan xo‘jalik sudining qarorda bayon qilingan ko‘rsatmalari ishni yangidan ko‘rayotgan sud uchun majburiydir.
Ishni kassatsiya instansiyasida ko‘rayotgan xo‘jalik sudi u yoki bu dalilning ishonchli yoki ishonchsizligi, bir dalilning boshqalaridan ustunligi, ish yangidan ko‘rilganida qanday hal qiluv qarori qabul qilinishi to‘g‘risidagi masalalarni avvaldan hal qilib qo‘yishga haqli emas.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash to‘g‘risida”gi qarorining 18-bandi.
191-modda. Xo‘jalik sudining ajrimi ustidan kassatsiya shikoyati (protesti)
Xo‘jalik sudining ajrimi ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda kassatsiya tartibida shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 72-moddasining to‘rtinchi qismi, 76-moddasining to‘rtinchi qismi, 80-moddasining oltinchi qismi, 85-moddasining ikkinchi qismi, 87-moddasining to‘rtinchi qismi, 89-moddasining uchinchi qismi, 99-moddasining uchinchi qismi, 101-moddasining to‘rtinchi qismi, 107-moddasining uchinchi qismi, 109-moddasining to‘rtinchi qismi, 111-moddasining ikkinchi qismi, 117-moddasining uchinchi qismi, 118-moddasining uchinchi qismi, 149-moddasining beshinchi qismi, 150-moddasining uchinchi qismi, 152-moddasining uchinchi qismi, 1555-moddasining beshinchi qismi, 15510-moddasining oltinchi qismi, 162-moddasining uchinchi qismi, 180-moddasining to‘rtinchi qismi, 205-moddasining beshinchi qismi, 208-moddasining ikkinchi qismi, 215-moddasining to‘rtinchi qismi, 216-moddasining uchinchi qismi, 217-moddasining beshinchi qismi.
Xo‘jalik sudining ajrimlari ustidan tushgan kassatsiya shikoyati (protesti) sudning hal qiluv qarorlari ustidan tushgan kassatsiya shikoyatlarini ko‘rish uchun nazarda tutilgan tartibda ko‘riladi.
(191-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash to‘g‘risida”gi qarorining 21-bandi.
23-BOB. NAZORAT TARTIBIDA ISH YURITISH
192-modda. Xo‘jalik sudlarining hal qiluv qarorlari va qarorlarini nazorat tartibida qayta ko‘rish
O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik sudlarining qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari va qarorlari ushbu Kodeksning 193-moddasida ko‘rsatilgan mansabdor shaxslarning protestlari bo‘yicha nazorat tartibida qayta ko‘rilishi mumkin, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining qarorlari bundan mustasno.
(192-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
1921-modda. Nazorat tartibida protest keltirish to‘g‘risidagi ariza
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar nazorat tartibida protest keltirish to‘g‘risidagi arizani ushbu Kodeksning 193-moddasida ko‘rsatilgan mansabdor shaxslarga berishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 34-moddasi.
Nazorat tartibida protest keltirish to‘g‘risidagi ariza mazmunan ushbu Kodeks 177-moddasining birinchi qismi talablariga muvofiq bo‘lishi lozim. Arizaga sudning hal qiluv qarori nusxasi, agar ish apellyatsiya, kassatsiya tartibida ham ko‘rib chiqilgan bo‘lsa, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlarining qarorlari nusxalari ham ilova qilinadi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismi talablariga rioya qilinmagan taqdirda nazorat tartibida protest keltirish to‘g‘risidagi ariza qaytariladi.
Sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran uch yil o‘tgandan keyin berilgan nazorat tartibida protest keltirish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xo‘jalik sudlari tomonidan qo‘llanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 26-bandi.
Nazorat tartibida protest keltirish to‘g‘risidagi ariza bir oylik muddatda, ish talab qilib olinadigan va tekshiriladigan hollarda esa ikki oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqilishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xo‘jalik sudlari tomonidan qo‘llanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 27-bandi.
Protest keltirish uchun asoslar bo‘lmaganda ariza bergan shaxsga arizani qanoatlantirmasdan qoldirish sabablari ko‘rsatilib, yozma javob berilishi lozim.
(1921-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 29-sentabrdagi O‘RQ-184-sonli Qonuni bilan kiritilgan — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 406-modda)
193-modda. Protest keltirish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar
Protest keltirishga quyidagilar haqli:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Raisi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori — O‘zbekiston Respublikasining har qanday iqtisodiy sudi qabul qilgan, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari va qarorlar ustidan;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Raisining o‘rinbosarlari va Bosh prokurorining o‘rinbosarlari — O‘zbekiston Respublikasining har qanday iqtisodiy sudi qabul qilgan, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari va qarorlar ustidan, bundan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining qarorlari mustasno.
(193-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuni 53-moddasining birinchi, uchinchi xatboshilari, 54-moddasi birinchi qismining birinchi, ikkinchi xatboshilari, O‘zbekiston Respublikasi “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunining 35-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qo‘llashda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar haqida”gi qo‘shma qarori 13-bandining ikkinchi xatboshisi.
194-modda. Hal qiluv qarorining, qarorning ijrosini to‘xtatib turish
Ushbu Kodeksning 193-moddasida ko‘rsatilgan shaxslar protest keltirgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tegishli hal qiluv qarorining, qarorning ijrosini nazorat tartibida ish yuritish tamomlangunga qadar to‘xtatib turishi mumkin.
(194-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
195-modda. Ishlarni protestlar bo‘yicha nazorat tartibida ko‘ruvchi sud
Protestlar bo‘yicha ishlarni nazorat tartibida quyidagilar ko‘radi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hay’ati — barcha iqtisodiy sudlarning hal qiluv qarorlari va qarorlari ustidan keltirilgan protestlar bo‘yicha;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati — barcha iqtisodiy sudlarning hal qiluv qarorlari va qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hay’atining nazorat tartibida chiqargan qarorlari ustidan keltirilgan protestlar bo‘yicha.
(195-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
196-modda. Ishlarni talab qilib olish
Ushbu Kodeksning 193-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan mansabdor shaxslar nazorat tartibida protest keltirishga asoslar mavjudligi masalasini hal etish uchun ishni tegishli xo‘jalik sudidan talab qilib olishga haqli.
197-modda. Protest keltirish
Protest keltirish uchun asoslar mavjud bo‘lganda ushbu Kodeksning 193-moddasida ko‘rsatilgan mansabdor shaxs protest keltiradi va uni ish bilan birga ishni nazorat tartibida ko‘ruvchi sudga yuboradi.
(197-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
Protestning mazmuni ushbu Kodeks 177-moddasining birinchi qismi talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
Protestning nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.
Protest keltirgan mansabdor shaxs uni protest ko‘riladigan sud majlisi boshlanguniga qadar o‘zgartirish, to‘ldirish yoki chaqirib olishga haqli. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar protest to‘ldirilganligi, o‘zgartirilganligi yoki chaqirib olinganligi to‘g‘risida xabardor qilinadi.
(197-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 29-sentabrdagi O‘RQ-184-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 406-modda)
198-modda. Protestni ko‘rish tartibi
Ishni nazorat tartibida ko‘ruvchi sud protestni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining ishning holatlari va protest vajlari to‘g‘risidagi ma’ruzasini eshitadi.
Ishni nazorat tartibida ko‘ruvchi sud majlisiga tushuntirishlar berish uchun ishda ishtirok etuvchi shaxslar chaqirilishi mumkin. Bunday holda ularga ishni nazorat tartibida ko‘ruvchi sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabarnomalar yuboriladi. Ularning kelmaganligi ishni ko‘rib chiqishga to‘siq bo‘lmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati tomonidan ishni nazorat tartibida ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o‘rinbosari ishtirok etib, o‘zi keltirgan protestni quvvatlaydi yoki O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Raisi yoki uning o‘rinbosari keltirgan protest bo‘yicha ko‘rilayotgan ish yuzasidan xulosa beradi.
(198-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
199-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining ishlarni nazorat tartibida qayta ko‘rish bo‘yicha vakolatlari
(199-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati ishni nazorat tartibida ko‘rib:
(199-moddaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
1) xo‘jalik sudining hal qiluv qarorini, qarorini o‘zgarishsiz, protestni esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;
2) hal qiluv qarorini, qarorni to‘la yoki qisman bekor qilib, ishni yangidan ko‘rish uchun yuborishga;
3) hal qiluv qarorini, qarorni o‘zgartirib yoki bekor qilib, ishni yangidan ko‘rishga yubormasdan yangi qaror qabul qilishga;
4) hal qiluv qarorini, qarorni to‘la yoki qisman bekor qilib, ish yuritishni tugatishga yoxud da’voni to‘la yoki qisman ko‘rmasdan qoldirishga;
5) ish bo‘yicha ilgari qabul qilingan hal qiluv qarorlari yoki qarorlardan birini kuchda qoldirishga haqli.
200-modda. Hal qiluv qarorini, qarorni o‘zgartirish yoki bekor qilish asoslari
Sud hujjatining noqonuniyligi yoki asossizligi hal qiluv qarorini, qarorni nazorat tartibida o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun asos bo‘ladi.
Xo‘jalik sudining mazmunan to‘g‘ri bo‘lgan hal qiluv qarori, qarori yuzaki asoslar bo‘yichagina bekor qilinishi mumkin emas.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 1-bandining ikkinchi xatboshisi.
201-modda. Qaror qabul qilish tartibi
Ishni nazorat tartibida ko‘ruvchi sud ishni nazorat tartibida ko‘rish natijalari bo‘yicha qaror qabul qiladi. Agar ishni nazorat tartibida ko‘ruvchi sudning hozir bo‘lgan a’zolaridan ko‘pchiligi yoqlab ovoz bersa, qaror qabul qilingan hisoblanadi. Ishni nazorat tartibida ko‘ruvchi sudning a’zolari ovoz berishda betaraf qolishga haqli emas.
Ishni nazorat tartibida ko‘ruvchi sudning qarori raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.
Ishni nazorat tartibida ko‘ruvchi sudning qarori qabul qilingan paytdan boshlab qonuniy kuchga kiradi.
Ishni nazorat tartibida ko‘ruvchi sudning qarori qabul qilingan kundan e’tiboran besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi, ularning elektron manzillari mavjud bo‘lgan taqdirda esa, qaror axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
(201-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
202-modda. Ishni nazorat tartibida ko‘rgan xo‘jalik sudi ko‘rsatmalarining majburiyligi
Ishni nazorat tartibida ko‘rgan xo‘jalik sudining hal qiluv qarorini, qarorni bekor qilish to‘g‘risidagi qarorida bayon etilgan ko‘rsatmalari shu ishni yangidan ko‘rayotgan xo‘jalik sudi uchun majburiydir.
Ishni nazorat tartibida ko‘rgan xo‘jalik sudi hal qiluv qarorida, qarorda aniqlanmagan yoxud rad etilgan holatlarni aniqlashga yoki isbotlangan deb hisoblashga, u yoki bu dalilning ishonchli yoki ishonchsizligi, bir dalilning boshqalaridan ustunligi, ishni yangidan ko‘rishda qanday hal qiluv qarori, qaror qabul qilinishi kerakligi masalalarini oldindan hal qilishga haqli emas.
203-modda. Xo‘jalik sudlarining ajrimlari ustidan nazorat tartibida protest keltirish va ularni qayta ko‘rish
Xo‘jalik sudlarining qonuniy kuchga kirgan ajrimlari ustidan nazorat tartibida protest keltirilishi va ushbu Kodeksda ular ustidan shikoyat qilish nazarda tutilgan, shuningdek ular ishning kelgusidagi harakatiga to‘sqinlik qilgan hollarda, hal qiluv qaroridan alohida qayta ko‘rilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 85-moddasining ikkinchi qismi, 87-moddasining to‘rtinchi qismi, 89-moddasining uchinchi qismi, 99-moddasining uchinchi qismi, 101-moddasining to‘rtinchi qismi, 117-moddasining uchinchi qismi, 118-moddasining uchinchi qismi, 205-moddasining beshinchi qismi, 208-moddasining ikkinchi qismi.
Xo‘jalik sudining ajrimlari ustidan keltirilgan protestlar sudning hal qiluv qarorlari va qarorlari ustidan keltirilgan protestlarni ko‘rish uchun nazarda tutilgan tartibda ko‘riladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 198-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli “Xo‘jalik sudining qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanishi haqida”gi qarori 14-bandining ikkinchi xatboshisi.
24-BOB. XO‘JALIK SUDINING QONUNIY KUCHGA KIRGAN HUJJATLARINI YANGI OCHILGAN HOLATLAR BO‘YICHA QAYTA KO‘RISH
204-modda. Qayta ko‘rish asoslari
Xo‘jalik sudi o‘zi qabul qilgan va qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli “Xo‘jalik sudining qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanishi haqida”gi qarorining 2-bandi.
Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
1) arizachiga ma’lum bo‘lmagan va ma’lum bo‘lishi mumkin bo‘lmagan, ish uchun muhim holatlar;
2) guvohning bila turib yolg‘on ko‘rsatuvlar bergani, ekspertning bila turib yolg‘on xulosa bergani, tarjimonning bila turib noto‘g‘ri tarjima qilgani, hujjatlar yoki ashyoviy dalillarning soxtaligi, bu hol sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan va noqonuniy yoki asoslanmagan sud hujjati qabul qilinishiga sabab bo‘lgan bo‘lsa;
3) ishda ishtirok etuvchi shaxslar yoxud ular vakillari yoki ular vakillarining yoxud sudyalarning shu ishni ko‘rish vaqtidagi sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan jinoiy qilmishlari;
4) ushbu hal qiluv qarorini qabul qilishga asos bo‘lgan xo‘jalik sudining hujjati yoki sudning hal qiluv qarori, hukmi yoxud boshqa organning qarori bekor qilinganligi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli “Xo‘jalik sudining qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanishi haqida”gi qarorining 3 – 7-bandlari.
205-modda. Ariza berish tartibi va muddati
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan shu hujjatni qabul qilgan xo‘jalik sudiga sud hujjatini qayta ko‘rish uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi holatlar ochilgan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay berilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 34-moddasi.
Arizaga uning nusxalari va unga ilova qilingan hujjatlarning nusxalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborilganini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Ariza belgilangan muddat o‘tgandan keyin berilsa va o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risida iltimosnoma bo‘lmasa yoxud ariza nusxalari va unga ilova qilingan hujjatlarning nusxalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborilganini tasdiqlovchi dalillar taqdim etilmasa, u sudya tomonidan arizachiga qaytariladi.
Arizani qaytarish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
Ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191, 203-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli “Xo‘jalik sudining qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanishi haqida”gi qarorining 8 – 10-bandlari.
206-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘ruvchi xo‘jalik sudlari
Birinchi instansiyada qabul qilinib, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrim shu hal qiluv qarorini, ajrimni qabul qilgan xo‘jalik sudi tomonidan qayta ko‘riladi.
Yangi ochilgan holatlar bo‘yicha apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasining sud hujjati o‘zgartirilgan yoki yangi sud hujjati qabul qilingan qarorlari va ajrimlarini qayta ko‘rish xo‘jalik sudining sud hujjati o‘zgartirilgan yoki yangi sud hujjati qabul qilingan instansiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli “Xo‘jalik sudining qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanishi haqida”gi qarorining 11 va 12-bandlari.
207-modda. Arizani ko‘rish
Xo‘jalik sudi qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani, u tushgan kundan e’tiboran bir oylik muddatda o‘z majlisida ko‘radi. Arizachi va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar majlis vaqti va joyi to‘g‘risida ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Biroq ularning kelmaganligi arizani ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi.
(207-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli “Xo‘jalik sudining qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanishi haqida”gi qarorining 13-bandi.
208-modda. Xo‘jalik sudining ishni qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ajrimi
Xo‘jalik sudi qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib, arizani qanoatlantiradi va sud hujjatini bekor qiladi yoxud qayta ko‘rishni rad etadi.
Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirishni rad etish haqidagi xo‘jalik sudining ajrimi ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191 -moddalari.
Sud hujjati bekor qilingan taqdirda ish xo‘jalik sudi tomonidan ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar bo‘yicha ko‘riladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli “Xo‘jalik sudining qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanishi haqida”gi qarorining 14 – 17-bandlari.
IV BO‘LIM. SUD HUJJATLARINI IJRO ETISH
209-modda. Sud hujjatlarini ijro etish tartibi
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining butun hududida barcha davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda belgilangan tartibda ijro etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 114-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuni, mazkur Kodeksning 210–220-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qo‘llashda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar haqida”gi qo‘shma qarorining 2-bandi.
210-modda. Ijro varaqasi
Sud hujjatini majburiy ijro etish shu hujjatni qabul qilgan xo‘jalik sudi tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuni 7-modda birinchi qismining 1 – 4-bandlari.
Ijro varaqasi undiruvchiga sud hujjati qonuniy kuchga kirgandan keyin beriladi. Soliqlar va budjetga boshqa majburiy to‘lovlarni undirishga qaratilgan ijro varaqasi davlat soliq xizmati organiga, budjetga o‘zga mablag‘larni undirishga qaratilgan ijro varaqasi esa, qarzdor turadigan joydagi davlat ijrochisiga yuboriladi.
(210-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 16-oktabrdagi O‘RQ-448-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
Ijro varaqasi sudyaning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzida axborot tizimi orqali yuborilishi mumkin.
(210-modda O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
 LexUZ sharhi
210-moddaning uchinchi qismi 2016-yil 1-iyuldan e’tiboran amalga kiritiladi.
Pul mablag‘larini undirish uchun ijro varaqasi undiruvchi tomonidan bankka yoki boshqa kredit muassasasiga, boshqa hollarda esa davlat ijrochisiga yuboriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qo‘llashda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar haqida”gi qo‘shma qarori 4-bandining birinchi xatboshisi.
(210-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 16-oktabrdagi O‘RQ-448-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
211-modda. Bitta sud hujjati bo‘yicha bir necha ijro varaqasi berish
Agar sud hujjatini ijro etish turli joylarda yoxud bir nechta undiruvchi foydasiga bajarilishi lozim bo‘lsa, sud undiruvchilarning iltimosiga ko‘ra ijro etish joyi yoxud sud hujjatining ushbu ijro varaqasi bo‘yicha ijro etilishi lozim bo‘lgan qismini ko‘rsatgan holda bir nechta ijro varaqasi beradi.
Bir nechta javobgardan pul summalarini undirish to‘g‘risidagi sud hujjati asosida javobgarlarning soni bo‘yicha bir nechta ijro varaqasi beriladi. Bunda, agar sherik javobgarlardan undirish nazarda tutilayotgan bo‘lsa, har bir ijro varaqasida undiruvning umumiy summasi ko‘rsatilishi va sherik javobgar ekanligi ko‘rsatilgan holda javobgarlarning hammasi sanab o‘tilishi lozim.
(211-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qo‘llashda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar haqida”gi qo‘shma qarorining 3-bandi.
212-modda. Ijro varaqasining mazmuni
Ijro varaqasida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
1) ijro varaqasini bergan xo‘jalik sudining nomi;
2) ijro varaqasi berilgan ish va uning tartib raqami;
3) ijro etilishi lozim bo‘lgan sud hujjati qabul qilingan sana;
4) undiruvchining va qarzdorning nomi, ularning manzillari;
5) sud hujjatining xulosa qismi;
6) sud hujjati qonuniy kuchga kirgan sana;
7) ijro varaqasi berilgan sana va uning amal qilish muddati.
Agar xo‘jalik sudi tomonidan ijro varaqasi berilguncha sud hujjatini ijro etishni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etishga ruxsat berilgan bo‘lsa, unda ijro varaqasining muddati qachondan o‘ta boshlashi ko‘rsatiladi.
Ijro varaqasini sudya imzolaydi va u xo‘jalik sudining gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 8-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qo‘llashda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar haqida”gi qo‘shma qarorining 6-bandi.
213-modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddati
Ijro varaqasi sud hujjati qonuniy kuchga kirgan kundan yoxud ijroni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etishda belgilangan muddat tugagan kundan yoxud ijro varaqasini ijroga taqdim etish uchun o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risida ajrim chiqarilgan kundan boshlab olti oydan kechiktirmasdan taqdim etilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 27-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xo‘jalik sudlari tomonidan qo‘llanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 28-bandi.
Agar sud hujjatining ijro etilishi to‘xtatib turilgan bo‘lsa, u to‘xtatib turilgan vaqt ijro varaqasi ijroga taqdim etiladigan olti oylik muddatga qo‘shib hisoblanmaydi.
214-modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatining uzilishi
Ijro varaqasini ijro etishga taqdim etish muddati ijro varaqasini ijro etishga taqdim etish, sud hujjatini qisman ijro etish bilan uziladi.
Ijro varaqasini ijro etish imkoniyati yo‘qligi sababli u undiruvchiga qaytarilgan taqdirda, ijro varaqasini taqdim etish uchun yangi muddat u qaytarilgan kundan boshlab hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 28-moddasi.
215-modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash
Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddati xo‘jalik sudi tomonidan uzrli deb topilgan sabablar bilan o‘tkazib yuborilganda, o‘tkazib yuborilgan muddat tiklanishi mumkin.
O‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risidagi ariza sud hujjatini qabul qilgan xo‘jalik sudiga yoki ijro etish joyi bo‘yicha xo‘jalik sudiga beriladi. Ariza xo‘jalik sudining majlisida undiruvchi va qarzdor ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilingan holda ko‘riladi. Biroq ularning kelmaganligi arizani ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi.
(215-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuni 29-moddasining ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qo‘llashda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar haqida”gi qo‘shma qarorining 7-bandi.
Arizani ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqarilib, u undiruvchi va qarzdorga yuboriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin.
(215-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191, 203-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qo‘llashda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar haqida”gi qo‘shma qarorining 7, 8-bandlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 18-bandi.
216-modda. Ijro varaqasining dublikatini berish
Ijro varaqasi yo‘qolgan taqdirda sud hujjatini qabul qilgan xo‘jalik sudi undiruvchining arizasi bo‘yicha uning dublikatini berishi mumkin. Ariza ijro varaqasini ijroga taqdim etish uchun belgilangan muddat o‘tguncha berilishi mumkin. Ariza xo‘jalik sudining majlisida, undiruvchi va qarzdor ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilingan holda ko‘riladi. Biroq ularning kelmaganligi arizani ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi.
(216-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 43-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xo‘jalik sudlari tomonidan qo‘llanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 29-bandi.
Arizani ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqarilib, u undiruvchi va qarzdorga yuboriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin.
(216-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191, 203-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qo‘llashda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar haqida”gi qo‘shma qarorining 5-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 18-bandi.
217-modda. Sud hujjatining ijrosini kechiktirish yoki uni bo‘lib-bo‘lib ijro etish, ijro etish usulini va tartibini o‘zgartirish
Xo‘jalik sudi undiruvchi, qarzdor yoki davlat ijrochisining arizasiga ko‘ra sud hujjatining ijrosini kechiktirish yoki uni bo‘lib-bo‘lib ijro etishga, ijro etish usulini va tartibini o‘zgartirishga haqli.
(217-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 16-oktabrdagi O‘RQ-448-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
Xo‘jalik sudi qarzdorga hujjatni kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etish imkonini berar ekan, ushbu Kodeksning 7-bobida nazarda tutilgan tartibda sud hujjatining ijro etilishini ta’minlash choralarini ko‘rishi mumkin.
Sud hujjatining ijrosini kechiktirish yoki uni bo‘lib-bo‘lib ijro etish uni ijro etish usulini va tartibini o‘zgartirish masalalari xo‘jalik sudining majlisida, undiruvchi va qarzdor ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilingan holda ko‘riladi. Biroq, ularning hozir bo‘lmasligi arizani ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.
(217-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 32-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qo‘llashda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar haqida”gi qo‘shma qarorining 9-bandi,
Sud hujjatining ijrosini kechiktirish yoki uni bo‘lib-bo‘lib ijro etish, ijro etish usuli va tartibini o‘zgartirish to‘g‘risidagi ariza u berilgan kundan e’tiboran yigirma kunlik muddat ichida ko‘rib chiqiladi. Arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ajrim chiqarilib, u undiruvchi hamda qarzdorga, shuningdek sud hujjatini ijro etish davlat ijrochisining ish yurituvida bo‘lsa, davlat ijrochisiga yuboriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi.
(217-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 16-oktabrdagi O‘RQ-448-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
Oldingi tahrirga qarang.
Ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin.
(217-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191, 203-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash haqida”gi qarorining 23-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 10-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 18-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(218-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
219-modda. Sud hujjatining qaytarma ijrosi
Agar ijro etilgan sud hujjati o‘zgartirilib yoki bekor qilinib, da’voni to‘la yoki qisman rad etish to‘g‘risida yangi sud hujjati qabul qilinsa yoxud ish yuritish tugatilsa, yoxud da’vo ko‘rmasdan qoldirilsa, bekor qilingan yoki tegishli qismi o‘zgartirilgan sud hujjati bo‘yicha da’vogar foydasiga undirilgan hamma narsa javobgarga qaytariladi.
Agar ijro etilmagan sud hujjati bekor qilinib yoki o‘zgartirilib, da’voni to‘la yoki qisman rad etish to‘g‘risida yangi sud hujjati qabul qilinsa yoxud ish yuritish tugatilsa yoxud da’vo to‘la yoki qisman ko‘rmasdan qoldirilsa, xo‘jalik sudi bekor qilingan yoki tegishli qismi o‘zgartirilgan sud hujjati bo‘yicha undirishni to‘la yoki qisman bekor qilish to‘g‘risida sud hujjati qabul qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 18-bandi.
220-modda. Sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi masalani hal qilish
Sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi masala yangi sud hujjatini qabul qilgan xo‘jalik sudi tomonidan hal qilinadi.
Agar sud hujjatini bekor qilish yoki o‘zgartirish to‘g‘risidagi qarorda uning qaytarma ijrosi to‘g‘risida ko‘rsatma berilmagan bo‘lsa, javobgar birinchi instansiya xo‘jalik sudiga tegishli ariza berishga haqli. Sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi javobgarning arizasini ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqariladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi.
Tashkilotning, fuqaroning arizasi bo‘yicha xo‘jalik sudi undirilgan pul mablag‘lari, mol-mulk yoki uning qiymatini qaytarish to‘g‘risida ijro varaqasini beradi. Arizaga avval qabul qilingan sud hujjatining ijrosini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 18-bandi.
V BO‘LIM. CHET EL TASHKILOTLARI, XALQARO TASHKILOTLAR VA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI AMALGA OSHIRAYOTGAN CHET ELLIK FUQAROLAR, FUQAROLIGI BO‘LMAGAN SHAXSLAR ISHTIROKIDAGI ISHLARNI YURITISH
221-modda. Chet el tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning protsessual huquqlari
Chet el tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar (bundan buyon matnda chet ellik shaxslar deb yuritiladi) o‘zlarining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini himoya qilish uchun O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik sudlariga murojaat qilish huquqiga ega.
Chet ellik shaxslar O‘zbekiston Respublikasi tashkilotlari va fuqarolari bilan baravar protsessual huquqlardan foydalanadilar va protsessual majburiyatlarni bajaradilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23-moddasi, mazkur Kodeksning 35-moddasi.
Sudlarida O‘zbekiston Respublikasi tashkilotlari va fuqarolarining protsessual huquqlariga nisbatan maxsus cheklashlarga yo‘l qo‘yilayotgan davlatlarning shaxslariga nisbatan javob tariqasida O‘zbekiston Respublikasi hukumati cheklashlar belgilashi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1167-moddasi.
222-modda. Chet ellik shaxslar ishtirokidagi sud ishlarini yuritish
Chet ellik shaxslar ishtirokidagi sud ishlarini yuritish ushbu Kodeksga muvofiq amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 223-moddasi.
223-modda. Chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik sudlarining vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik sudlari chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlarni, basharti javobgar tashkilot O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan, fuqaro esa shu hududda yashash joyiga ega bo‘lsa, ko‘radi.
O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik sudlari chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlarni quyidagi hollarda ham ko‘rishga haqli:
1) chet ellik shaxsning filiali yoki vakolatxonasi O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan bo‘lsa;
2) javobgar O‘zbekiston Respublikasi hududida mol-mulkka ega bo‘lsa;
3) da’vo O‘zbekiston Respublikasi hududida ijro etilishi lozim bo‘lgan yoki ijro etilgan shartnomadan kelib chiqsa;
4) mol-mulkka yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha zararni qoplash to‘g‘risidagi talabni qo‘yishga asos bo‘lib xizmat qilgan harakat yoki boshqa holat O‘zbekiston Respublikasi hududida sodir etilgan bo‘lsa;
5) da’vo O‘zbekiston Respublikasi hududidagi asossiz boyishdan kelib chiqsa;
6) sha’n, qadr-qimmat va ishchanlik obro‘sini himoya qilish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha da’vogar O‘zbekiston Respublikasida turgan bo‘lsa;
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1992-yil 19-iyundagi 5-sonli “Sud amaliyotida fuqaro va tashkilotlarning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish haqidagi qonunlarni qo‘llash to‘g‘risida”gi qarori.
7) bu haqda O‘zbekiston Respublikasi tashkiloti yoki fuqarosi bilan chet ellik shaxs o‘rtasida kelishuv mavjud bo‘lsa.
Binolarga, inshootlarga, yer uchastkalariga nisbatan mulk huquqini tan olish, binolar, inshootlar, yer uchastkalarini o‘zganing qonunsiz egaligidan talab qilib olish, mulkdorning yoki qonuniy egalik qiluvchining huquqlari buzilishini bartaraf etish bilan bog‘liq ishlar, basharti egalik qilishdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmasa, bino, inshoot, yer uchastkasi joylashgan joyda ko‘riladi.
Yo‘lovchi, bagaj va yuk tashish shartnomasidan kelib chiqadigan tashuvchilarga da’volar bo‘yicha ishlar, shu jumladan tashuvchi javobgarlardan biri bo‘lganda ham, transport tashkilotining organi joylashgan joyda ko‘riladi.
Xo‘jalik sudi tomonidan ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilgan holda ko‘rish uchun qabul qilingan ish, garchi ish yuritish davomida ishda ishtirok etuvchi shaxslarning turgan joyi o‘zgarishi yoki boshqa holatlar tufayli boshqa davlat sudining sudloviga o‘tsada, mazmunan hal qilinaveradi.
224-modda. Sudning immuniteti
Xo‘jalik sudida chet davlatga nisbatan da’vo taqdim etishga, uni uchinchi shaxs sifatida ishda ishtirok etishga jalb qilishga, chet davlatga qarashli bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida turgan mol-mulkni xatlash va unga nisbatan da’voni ta’minlash bo‘yicha boshqa choralarni qo‘llashga, xo‘jalik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish tartibida undiruvni shu mol-mulkka qaratishga, agar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida yoki xalqaro shartnomalarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, tegishli davlatning vakolatli organlari roziligi bilangina yo‘l qo‘yiladi.
Xalqaro tashkilotlarning sud immuniteti O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va xalqaro shartnomalari bilan belgilanadi.
225-modda. Chet davlat sudi tomonidan ayni bir shaxslar o‘rtasida, ayni bir predmet to‘g‘risida va ayni bir asoslar bo‘yicha nizolar yuzasidan ishlarni ko‘rishning protsessual oqibatlari
Agar chet davlatning vakolatli sudi O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik sudida da’vo taqdim etilgunicha ishni ko‘rishga qabul qilib, ayni bir shaxslar o‘rtasida, ayni bir predmet to‘g‘risida va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan ishni ko‘rgan yoki shu ish bo‘yicha qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori qabul qilgan bo‘lsa, xo‘jalik sudi da’voni ko‘rmasdan qoldiradi yoki ish yuritishni tugatadi. Agar chet davlatning sudi tomonidan qabul qilinadigan yoki qabul qilingan hal qiluv qarori O‘zbekiston Respublikasi hududida tan olinishi yoki ijro etilishi mumkin bo‘lmasa yoxud tegishli ish O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik sudining mutlaq vakolatida bo‘lsa, shunday oqibatlar kelib chiqmaydi.
226-modda. Sud topshiriqlari
Xo‘jalik sudi ayrim protsessual harakatlarni bajarish to‘g‘risida chet davlatlar sudlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining qonunlari yoki xalqaro shartnomalarida belgilangan tartibda o‘ziga berilgan topshiriqlarni (chaqiruv qog‘ozlarini va boshqa hujjatlarni topshirish, yozma dalillar olish, ekspertiza o‘tkazish, joyni ko‘zdan kechirish va boshqalarni) ijro etadi.
Topshiriq quyidagi hollarda ijro etilmaydi:
1) topshiriqni ijro etish O‘zbekiston Respublikasi suverenitetiga zid bo‘lsa yoki uning xavfsizligiga tahdid solsa;
2) topshiriqni ijro etish xo‘jalik sudining vakolatiga kirmasa.
Xo‘jalik sudi tomonidan ayrim protsessual harakatlarni bajarish to‘g‘risidagi topshiriqlarni ijro etish, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, ushbu Kodeksda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 75-moddasi.
Xo‘jalik sudlari chet davlatlarning sudlariga ayrim protsessual harakatlarni bajarish to‘g‘risidagi topshiriqlar bilan belgilangan tartibda murojaat qilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 74-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2013-yil 24-maydagi 248-sonli “Chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratish hamda chet davlat sudining topshirig‘ini ijro etish to‘g‘risidagi ishlarning xo‘jalik sudlari tomonidan ko‘rilishida qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 16.2 – 16.8-bandlari.
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 234-modda; 1998-y., 5-6-son, 102-modda; 2001-y., 1-2-son, 11-modda; 2002-y., 9-son, 165-modda; 2003-y., 9-10-son, 149-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 28-29-son, 261-modda; 2007-y., 31-32-son, 315-modda; 2008-y., 40-41-son, 406-modda; 52-son, 513-modda; 2009-y., 3-son, 9-modda; 2010-y., 22-son, 174-modda; 2011-y., 16-son, 162-modda; 2012-y., 38-son, 433-modda; 2013-y., 18-son, 233-modda, 41-son, 543-modda; 2014-y., 20-son, 222-modda, 36-son, 452-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda, 52-son, 645-modda; 2017-y., 15-son, 242-modda, 24-son, 487-modda)