O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING HAVO KODEKSI
I BO‘LIM. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Samoviy hudud suvereniteti
Respublikaning quruqlikdagi yerlari va suv havzalari ustidagi samoviy hududiga O‘zbekiston Respublikasi to‘la va tanho egalik qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining samoviy hududi O‘zbekiston davlati hududining ajralmas qismidir.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Samoviy hududdan foydalanish va aviatsiya faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasining samoviy hududidan foydalanish hamda barcha undan foydalanuvchilarning faoliyati, shu jumladan aviatsiya faoliyati sohasidagi munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi hududida ushbu Kodeks, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi Samoviy hududidan foydalanish to‘g‘risidagi nizom, O‘zbekiston Respublikasi Samoviy hududida aviatsiya parvozining asosiy qoidalari, shuningdek tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Aviatsiya ma’muriyati hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi Samoviy hududida fuqaro aviatsiyasining va eksperimental aviatsiyaning parvoz qilish qoidalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Samoviy hududida davlat aviatsiyasining parvoz qilish qoidalari va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining samoviy hududdan foydalanish va aviatsiya faoliyati to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksining amal qilish doirasi
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksi davlat manfaatlarini himoya qilish, havo kemalari parvozi xavfsizligini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi xalq xo‘jaligi va fuqarolari ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida aviatsiya faoliyatini hamda samoviy hududdan foydalanish bilan bog‘liq boshqa faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilaydi; faqat fuqaro aviatsiyasigagina taalluqli 24, 25, 33, 38, 43-46, 50, 53, 54, 56, 94-135-moddalardan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining barcha aviatsiyasi uchun taalluqlidir.
(3-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Qarang: “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘irisida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 42 — 44 moddalari.
4-modda. Samoviy hududdan foydalanish va aviatsiya faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi va nazorati
Samoviy hududdan foydalanish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq samoviy hududdan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi va nazoratini olib borish O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi zimmasiga yuklanadi.
Fuqaro va eksperimental aviatsiya faoliyati sohasidagi boshqaruv va nazoratni O‘zbekiston Respublikasining Aviatsiya ma’muriyati amalga oshiradi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-apreldagi 337-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi to‘g‘risidagi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat aviatsiyasi faoliyati sohasidagi boshqaruv va nazoratni o‘z vakolatlari doirasida Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq davlat boshqaruvining boshqa organlari amalga oshiradilar.
(4-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi O‘RQ-522-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
5-modda. Davlat tasarrufida bo‘lmagan tashkilotlar va fuqarolarning samoviy hududdan foydalanish hamda aviatsiya faoliyatini tartibga solish borasidagi tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishdagi ishtiroki
Tijorat, jamoat va davlat tasarrufida bo‘lmagan boshqa tashkilotlar hamda fuqarolar samoviy hududdan va aviatsiya faoliyatidan oqilona, samarali hamda xavfsiz foydalanish borasidagi tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish huquqiga egadirlar.
Davlat organlari yuqorida zikr etilgan tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish chog‘ida tijorat, jamoat va davlat tasarrufida bo‘lmagan boshqa tashkilotlarning hamda fuqarolarning takliflarini hisobga oladilar.
II BO‘LIM. SAMOVIY HUDUDDAN FOYDALANISH
I-bob. SAMOVIY HUDUDDAN FOYDALANISHNI TARTIBGA SOLISH
6-modda. Samoviy hududdan foydalanish bilan bog‘liq faoliyat
O‘zbekiston Respublikasining samoviy hududidan foydalanish bilan bog‘liq faoliyatga havo kemalarining va boshqa uchuvchi apparatlarning parvozi, barcha otishma turlari va raketa uchirishlar, portlatish ishlari va moddiy obyektlarning samoviy hududdagi harakati bilan bog‘liq boshqa faoliyat kiradi.
7-modda. Samoviy hududdan foydalanuvchilar
O‘zbekiston Respublikasining hamda o‘zga davlatlarning ushbu Kodeksning 6-moddasida nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshiruvchi, O‘zbekiston Respublikasi davlat organlarida rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va fuqarolari O‘zbekiston Respublikasining samoviy hududidan foydalanuvchilar hisoblanadi.
8-modda. Samoviy hududning tarkibi
Samoviy hududdan foydalanish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish uchun samoviy hududda havo transporti qatnoviga xizmat ko‘rsatadigan rayonlar, aerodromlar va aerouzellarning rayonlari, havo yo‘llari, havo kemalari parvozining yo‘nalishlari va maxsus mintaqalari, nazorat qilinmaydigan parvozlarning rayonlari, taqiqlangan va cheklangan mintaqalar, sinov rayonlari, portlatish ishlari rayonlari hamda boshqa maxsus elementlar belgilanib, ularning majmuasi O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududining tarkibini tashkil etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Samoviy hududdan foydalanishni tashkil etish atrof muhitni muhofaza qilishning umum e’tirof etgan me’yorlariga rioya qilgan holda amalga oshirilishi lozim.
(8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
9-modda. Samoviy hududdan foydalanishdagi ustuvorlik
Samoviy hududning barcha foydalanuvchilari O‘zbekiston Respublikasi hududida samoviy hududdan foydalanish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirishda teng huquqlardan foydalanadilar va bir xilda javobgar bo‘ladilar.
Samoviy hududdan foydalanishdan manfaatdor bo‘lganlar ikkita va bundan ortiq bo‘lsa, samoviy hududning ma’lum qismidan foydalanish huquqi quyidagi ustuvorlik bo‘yicha beriladi:
a) havo hujumini daf etish yoki O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasi buzilishining oldini olish va chegara buzilishini to‘xtatish, O‘zbekiston Respublikasi suvereniteti, hududiy butunligi, siyosiy mustaqilligi va jamoat xavfsizligiga qarshi qaratilgan kuch ishlatishni yoki kuch ishlatish tahdidini bartaraf qilish uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
b) odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf soluvchi yoki katta iqtisodiy zarar yetkazish xavfini tug‘diruvchi tabiiy hamda boshqa ofatlarda, falokatlar, avariyalar, favqulodda holatlarda yordam ko‘rsatish uchun;
(9-modda ikkinchi qismining “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
v) kosmik apparatlar va ularning ekipajlarini uchirish, qo‘ndirish, qidirish va evakuatsiya qilish uchun;
g) samoviy hududdan foydalanish tartibi buzilishining oldini olish yoki tartib buzilishini to‘xtatish uchun;
d) havo kemalarining qatnovi yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan amalga oshiriladigan o‘zga faoliyat uchun;
e) havo kemalarining qatnovi yoki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro bitimlariga binoan amalga oshiriladigan boshqa faoliyat uchun;
j) yo‘lovchilarni muntazam tashish uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
z) O‘zbekiston Respublikasi, shuningdek o‘zga davlatlar davlat aviatsiyasining maxsus qoidalar asosida amalga oshiriladigan parvozlari uchun;
(9-modda ikkinchi qismining “z” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi O‘RQ-159-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda)
i) eksperimental va ilmiy-tadqiqot ishlari uchun;
k) yuk va pochtani muntazam tashish uchun;
l) yuklarni nomuntazam tashish uchun, xalq xo‘jaligi manfaatlarini ko‘zlab aviatsiya ishlarini va boshqa yumushlarni amalga oshirish uchun;
m) o‘quv, ko‘rgazmali, madaniy-ma’rifiy hamda boshqa tadbirlarni amalga oshirish uchun;
n) fuqarolarning shaxsiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq faoliyat uchun;
o) boshqa faoliyatlar uchun.
10-modda. Samoviy hududdan foydalanishni ildam boshqaruvchi organlar
Samoviy hududdan foydalanishni ushbu Kodeksning 4-moddasida ko‘rsatilgan organlar o‘z vakolatlari doirasida ildam boshqaradilar.
11-modda. Samoviy hududdan foydalanishga ruxsat berish
Zarur xavfsizlik qoidalariga rioya qilingan holda va faqat ushbu Kodeksning 4-moddasida ko‘rsatilgan organlardan Samoviy hududdan foydalanish boshqarmasi (S’HFB) organlari orqali ruxsat olinganidan keyingina samoviy hududdan foydalanish bilan bog‘liq faoliyatga ijozat beriladi.
Samoviy hududdan foydalanish boshqarmasi organlarining ko‘rsatmalari samoviy hududdan foydalanuvchilarning barchasi uchun majburiydir.
12-modda. Samoviy hududdan foydalanishni taqiqlash va cheklash
O‘zbekiston Respublikasining samoviy hududidan yoki uning ayrim mintaqalaridan ushbu Kodeksning 6-moddasida nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish uchun foydalanish Samoviy hududdan foydalanish boshqarmasi organlari tomonidan taqiqlanishi yoki cheklanishi mumkin.
13-modda. Aloqani tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Samoviy hududdan foydalanishdan manfaatdor vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar Aviatsiya ma’muriyati, Mudofaa vazirligining tegishli organlari bilan, samoviy hududdan havo kemalarining parvozi uchun foydalanilgan taqdirda esa, O‘zbekiston Respublikasi havo hujumidan mudofaa organlari bilan ham aloqa kanallari tashkil qilishga majburdirlar.
(13-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Aloqa korxonalari foydalanuvchilarga zarur aloqa kanallarini va vositalarini ijaraga beradilar. Xizmatga berilgan aloqa kanallari va vositalari ishdan chiqqan taqdirda ular belgilangan tartibda boshqa aloqa kanallari va vositalari bilan almashtirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Umumiy foydalanishdagi barcha xalqaro va shaharlararo telefonlar hamda telegrafni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining korxonalari o‘rnatadilar va ishlatadilar.
(13-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi O‘RQ-429-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Xalqaro va shaharlararo telefon va telegraf orqali aloqa bog‘lash imkoniyati favqulodda vaziyatlarda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilayotganda hamda yordam ko‘rsatilayotganda birinchi galda beriladi.
(13-modda O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuniga muvofiq to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
14-modda. Samoviy hududdan foydalanish tartibining buzilishi
Ushbu Kodeksga va uning asosida ishlab chiqilgan boshqa huquqiy hujjatlarga zid ravishda O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish bilan bog‘liq faoliyat O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish tartibini buzish deb e’tirof etiladi.
Samoviy hududdan foydalanish tartibiga rioya qilishni nazorat etuvchi organlar samoviy hududdan foydalanish tartibini buzishning oldini olish yoki to‘xtatish choralarini ko‘rishga majburdirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Samoviy hududdan foydalanish tartibi buzilishiga yo‘l qo‘ygan yoki havo kemalari parvozi xavfsizligiga xavf tug‘ilishiga olib kelgan xatti-harakatlar sodir etgan samoviy hududdan foydalanuvchilar, shuningdek aviatsiya faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan yuridik va jismoniy shaxslar yuqorida zikr etilgan organlarning talabiga binoan ko‘rsatilgan tartibbuzarlikni yoki tartib buzilishiga olib keladigan faoliyatni o‘z hisoblaridan va o‘z kuchlari bilan to‘xtatishlari lozim.
(14-modda uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
15-modda. Tartibbuzar havo kemasi
O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasini buzgan yoki O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish tartibi buzilishiga yo‘l qo‘ygan havo kemasi tartibbuzar havo kemasi deb hisoblanadi va samoviy hududdan foydalanish tartibiga rioya qilishni nazorat etuvchi organlarning talabiga bo‘ysunmasa, yerga qo‘nishga majbur etiladi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 18-oktabrdagi 349-sonli qarori.
Tartibbuzar havo kemasi qo‘nish to‘g‘risidagi buyruqni bajarmagan taqdirda samoviy hududdan foydalanish tartibi ataylab buzilayapti va bu bilan O‘zbekiston Respublikasi suverenitetiga, hududiy butunligiga, siyosiy mustaqilligiga va jamoat xavfsizligiga tahdid solib kuch ishlatilayapti yoki kuch ishlatishga urinish bo‘layapti deyish uchun mantiqiy asos bo‘lib, bunday tartib buzilishini o‘zga vositalar bilan to‘xtatib bo‘lmaydigan hollarda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qurol va jangovar texnikani ishga solishlari mumkin.
Agar tartibbuzar havo kemasida samoviy hududdan foydalanish tartibi buzilishiga aloqasi yo‘q yo‘lovchilar yoxud boshqa shaxslar borligi haqida ishonchli ma’lumot bo‘lsa, qurol va jangovar texnika ishlatilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududiga asossiz kirgan va unga kirish shartlariga rioya etmagan, shuningdek samoviy hududdan foydalanish tartibi buzilgan boshqa hollarda ham havo kemasi qo‘ngan aerodromda ushlab turilishi mumkin.
Tartibbuzar havo kemasining undan keyingi parvoziga tartib buzilishi tekshirib chiqilgandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish to‘g‘risidagi nizomda ko‘rsatilgan yo‘sinda ruxsat etiladi.
16-modda. Samoviy hududdan foydalanish tartibini buzganlik uchun javobgarlik
Oldingi tahrirga qarang.
Samoviy hududdan foydalanish tartibi buzilgan har bir hol O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq tekshirib chiqilishi lozim. Samoviy hududdan foydalanish tartibini buzishda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 1162-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 2601-moddasi.
(16-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi O‘RQ-159-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
17-modda. Parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan faoliyat
Elektr uzatish obyektlari va liniyalarini qurish; samoviy hududda elektromagnit, yorug‘lik, akustik, korpuskulyar va boshqa turdagi nurlanishlar paydo bo‘lishiga olib keladigan ishlar; qushlarning va yovvoyi hayvonlarning (kemiruvchilarning) ko‘plab to‘planishiga hamda ornitologik vaziyatning, parvoz paytida ko‘rishning va aerodromlardagi uchish maydonlari holatining yomonlashuviga sabab bo‘luvchi obyektlarni joylashtirish; havo kemalari parvoz qilish va qo‘nish zonalariga baland o‘sadigan daraxtlarning ko‘chatlarini o‘tqazish; shuningdek samoda moddiy obyektlar harakati bilan bevosita aloqasi bo‘lmagan, ammo havo kemalarining, boshqa uchuvchi apparatlarning parvoziga, asbob-uskunalari va ulardagi odamlar xavfsizligiga ta’sir etuvchi har qanday boshqa faoliyat aerodrom hududidagi parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan faoliyatlar jumlasiga kiradi.
(17-modda O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
18-modda. Parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risida yagona nizomga 51-ilova.
Havo kemalari parvozining xavfsizligiga tahdid soluvchi faoliyatni amalga oshirish qoidalarini buzgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar shu qoida buzishlarni o‘z hisoblaridan va o‘z kuchlari bilan bartaraf qilishlari, ular bartaraf qilingunicha esa bunday faoliyatni to‘xtatishlari shart.
19-modda. Havo kemalari parvozining xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan faoliyat haqida xabar berish
Havo kemalari va boshqa uchuvchi apparatlarning ular xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan faoliyat amalga oshirilayotgan rayonga bexosdan kirib qolishining oldini olish uchun bunday faoliyat bilan mashg‘ul bo‘lgan organ yoki shaxs samoviy hududdan foydalanuvchilarni ko‘rsatilgan faoliyat amalga oshirilayotganligi to‘g‘risida aeronavigatsiya axborot xizmati orqali xabardor qiladi.
20-modda. Parvozlar xavfsizligiga tahdid soluvchi obyektlarga belgilar qo‘yish
Parvozlar xavfsizligiga tahdid soluvchi bino va inshootlarning egalari parvozlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Aviatsiya ma’muriyati belgilagan talablarga muvofiq bu obyektlarga o‘z hisoblaridan tungi va kunduzgi belgilar hamda moslamalar o‘rnatishga majburdirlar.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Parvoz xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2006-yil 31-iyuldagi 73-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining “Parvoz xavfsizligiga tahdid soluvchi obyektlarning markirovkasiga talablar” (O‘ZR AQ 150) aviatsion qoidalari”.
21-modda. Aerodromlar mintaqasida belgi va moslamalar o‘rnatish
Aerodromlar mintaqasida aerodromlarni tanish uchun o‘rnatiladigan maxsus belgilar va moslamalarga o‘xshash har qanday belgi va moslamalarni joylashtirish taqiqlanadi.
22-modda. Suratga va kinoga olish, radioaloqa vositalaridan foydalanish
Havo kemasidan suratga olish va kinoga tushirish hamda radioaloqa vositalaridan foydalanishga 4-moddada qayd etilgan organlar tomonidan belgilangan tartibda yo‘l qo‘yiladi.
III BO‘LIM. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AVIATSIYASI
II bob. UMUMIY QOIDALAR
23-modda. O‘zbekiston Respublikasi aviatsiyasi tarkibi
O‘zbekiston Respublikasi aviatsiyasi eksperimental, davlat va fuqaro aviatsiyasiga bo‘linadi.
Aviatsiya va boshqa texnika sohasida tajriba-konstruktorlik, eksperimental va ilmiy-tadqiqot ishlari hamda sinovlari uchun mo‘ljallangan aviatsiya eksperimental aviatsiya hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiya tasarrufidagi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining tasarrufidagi aviatsiya davlat aviatsiyasi hisoblanadi. Eksperimental va davlat aviatsiyasi tarkibiga kirmagan aviatsiya fuqaro aviatsiyasi hisoblanadi.
(23-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
24-modda. Fuqaro aviatsiyasi
Fuqaro aviatsiyasidan:
a) yo‘lovchilar, ularning qo‘l yuklari, yuklar va pochta (havo transportida tashiladigan) tashish;
b) aviatsiya ishlarini bajarish;
Oldingi tahrirga qarang.
v) o‘quv, sport, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish, texnikaviy ijodkorlikni rivojlantirish hamda fuqarolarning shaxsiy ehtiyojlarini qondirish;
(24-modda birinchi qismining “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
g) favqulodda vaziyatlar yuz bergan hududlarga avariya-qutqaruv ishlarini amalga oshirish uchun kuchlar va asbob-uskunalarni, shuningdek zarar ko‘rganlarga yordam ko‘rsatish uchun yuklarni yetkazib berish maqsadlarida foydalaniladi.
(24-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuniga muvofiq “g” kichik band bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Qayd etib o‘tilgan maqsadlarda pulli va kira qilish tarzida foydalaniladigan fuqaro aviatsiyasi tijorat aviatsiyasi deb e’tirof etiladi.
Qayd etib o‘tilgan maqsadlarda bepul hamda yollanmay foydalaniladigan fuqaro aviatsiyasi umumiy ahamiyatdagi aviatsiya deb e’tirof etiladi.
25-modda. Aviatsiya vositalariga mulkchilik
Oldingi tahrirga qarang.
Aviatsiya vositalari: havo kemalari, aerodromlar, aeroportlar, texnikaviy vositalar hamda havo kemalarining parvozini tashkil etish, bajarish va ta’minlash uchun zarur bo‘ladigan boshqa mol-mulk xususiy va ommaviy shakldagi mulk bo‘lishi mumkin.
(25-modda birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Aviatsiya vositalarini mulk sifatida sotib olinishiga qarshi, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan hollardan tashqari, cheklashlar o‘rnatilishi mumkin emas.
(25-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 14-fevraldagi O‘RQ-907-sonli “Davlat mulkini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasi.
III bob. AERODROMLAR. AEROPORTLAR
26-modda. Aerodromlar tasnifi
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Quruqlikdagi yoki suv sathidagi maxsus jihozlangan, havo kemalarining kelib qo‘nishi, jo‘nashi va shu sath bo‘ylab harakatlanishi uchun to‘liq yoki qisman mo‘ljallangan uchastka unda joylashgan binolar, inshootlar hamda anjomlari bilan birga aerodrom deb e’tirof etiladi.
(26-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi O‘RQ-159-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda)
Aerodromlar o‘zining vazifasiga qarab bazaviy, muvaqqat va zaxiradagi aerodromlarga bo‘linadi.
Aerodromlar aviatsiya turiga mansubligiga ko‘ra fuqaro aviatsiyasi aerodromlari, davlat aviatsiyasi aerodromlari, eksperimental aviatsiya aerodromlari hamda hamkorlikda foydalanish (joylashish) aerodromlariga bo‘linadi.
(26-modda birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuniga muvofiq birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Aeroport – havo kemalarini qabul qilish va jo‘natishga, havo transportida tashishga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan va shu maqsadlarda aerodrom, aerovokzal, boshqa inshootlar, shuningdek zarur qurilmalarga ega bo‘lgan inshootlar majmuasidir.
27-modda. Aerodromlar va aeroportlar uchun yer ajratish
Oldingi tahrirga qarang.
Aerodromlar va aeroportlar qurilishi uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida yer ajratiladi.
(27-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 23-moddasi.
Aerodromlar va aeroportlar uchun ajratiladigan yer uchastkalari sathining kattaligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda tasdiqlanadigan me’yorlar va loyiha-texnikaviy hujjatlar asosida belgilanadi.
28-modda. Aerodromlar qurish va ularni ta’mirlash
Oldingi tahrirga qarang.
Aerodromlar va aeroportlar qurish uchun qidiruv ishlarini olib borish, ularni loyihalashtirish, qurish va ta’mirlash mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan, manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda kelishiladi.
(28-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Aerodromlarni qurish va ta’mirlash, shuningdek aerodromlar rayonida sanoatga oid, turar joylar va madaniy-maishiy binolar qurilishi havo kemalarining shovqini, ularning motorlaridan chiqadigan zararli chiqindilar, elektromagnit va boshqa nurlanishlarning zararli ta’sirini bartaraf etishini hisobga olgan holda amalga oshirilmog‘i lozim.
29-modda. Aerodrom ekspluatanti
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga asosan o‘zga davlatning muayyan aerodromga mulk huquqi asosida (aerodrom egasi), ijara shartnomasiga binoan yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra tegishli bo‘lgan hamda aerodromning muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lgan yuridik shaxsi yoki fuqarosi shu aerodromning ekspluatanti deb e’tirof etiladi.
(29-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
30-modda. Aerodromni ishga tushirishga ruxsat berish
Oldingi tahrirga qarang.
Foydalanishga yaroqlilik normalariga va havo kemalari parvozlarining xavfsizligini ta’minlash talablariga muvofiq bo‘lsa, aerodromdan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. Fuqarolar tashish uchun mo‘ljallangan aerodrom bundan tashqari, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq qo‘shimcha talablarga ham javob bermog‘i lozim. Davlat, fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyaga mo‘ljallangan aerodromlar majburiy suratda sertifikatlanishi shart.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasi aerodromlarini sertifikatlash qoidalari” (O‘zR AQ-160) (ro‘yxat raqami 1734, 29.10.2007-y.).
(30-modda birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi O‘RQ-159-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Aerodromlarning, shuningdek ulardagi asbob-uskunalarning foydalanishga yaroqliligi normalari va ularni sertifikatlashtirish tartibi:
(30-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
fuqaro aerodromlari, eksperimental aviatsiya aerodromlari va hamkorlikda foydalanish (joylashish) aerodromlari uchun – O‘zbekiston Respublikasining Aviatsiya ma’muriyati tomonidan;
davlat aviatsiyasi aerodromlari uchun – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Aerodrom ekspluatantiga aerodromning butun xizmat ko‘rsatish muddati davomida aerodromning muvofiqlik sertifikati olish uchun belgilangan talablarga javob berishini ta’minlash vazifasi yuklatiladi.
(30-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
31-modda. Davlat aviatsiyasi aerodromlarini ro‘yxatga olish
Davlat aviatsiyasi aerodromlari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida ro‘yxatga olinishi lozim.
Davlat aviatsiyasi aerodromi reyestrga kiritilganidan so‘ng ekspluatantga davlat aviatsiyasi aerodromi ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida guvohnoma beriladi.
Davlat aviatsiyasi aerodromlarini ro‘yxatga olish va ular ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida guvohnomalar berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
(31-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
32-modda. Hamkorlikda foydalanish (joylashish) aerodromi
Fuqaro aviatsiyasi yoki eksperimental aviatsiyaning havo kemalari joylashish huquqisiz parvozlarni amalga oshiradigan davlat aviatsiyasi aerodromi hamkorlikda foydalanish aerodromi deb e’tirof etiladi.
Turli idoralar tasarrufida bo‘lgan havo kemalari joylashadigan fuqaro aviatsiyasi, davlat aviatsiyasi yoki eksperimental aviatsiya aerodromi hamkorlikda joylashish aerodromi deb e’tirof etiladi.
Aerodromlardan samoviy hududdan foydalanuvchilarning turli toifalari hamkorlikda foydalanishi (joylashishi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda amalga oshiriladi.
(32-modda O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
33-modda. Aeroport bilan aholi manzilgohlari orasida transport qatnovi va aloqa
Yo‘lovchilar tashish ehtiyojini ta’minlash uchun aeroportlar bilan yaqin shaharlar va aholi manzilgohlari o‘rtasida muntazam transport qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Aeroportlarga boradigan yo‘llar qurilishini, ularni ta’mirlashni, obodonlashtirishni va ulardan foydalanishni, yo‘lovchi tashiydigan transportning bu yo‘llarda muntazam qatnovini, shuningdek shaharlar va boshqa aholi punktlari bilan aeroportlar o‘rtasida telefon va boshqa aloqa turlarini mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ta’minlaydilar.
(33-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
34-modda. Aerodromlarni tugatish
Aerodromlarni tugatish, shu jumladan boshqa joyga ko‘chirish maqsadida tugatish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda amalga oshiriladi.
IV bob. HAVO KEMALARI
35-modda. Havo kemalarining tasnifi
Aviatsiya turiga mansubligiga qarab havo kemalari fuqaro, davlat va eksperimental havo kemalariga bo‘linadi.
Oldingi tahrirga qarang.
36-modda. Havo kemalari ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish
Havo kemalari va boshqa uchuvchi apparatlarning sertifikatlangan turlarini ko‘plab ishlab chiqaruvchi korxona va tashkilotlar havo kemalari va boshqa uchuvchi apparatlarni ishlab chiqarishga hamda havo kemalarini ishlab chiqarishni sertifikatlashtirishga doir belgilangan talablar asosida ish olib boradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Havo kemalari va boshqa uchuvchi apparatlarni ishlab chiqarishga doir talablarni ishlab chiqish hamda ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish xalqaro standartlar va tavsiyalarni hisobga olgan holda Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
(36-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
(36-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi O‘RQ-159-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda)
37-modda. Foydalanishga ruxsat berish
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqaro havo kemasi, shuningdek tijorat maqsadlarida ishlatiladigan davlat havo kemasi fuqaro havo kemalarining uchishga yaroqliligi borasidagi normalarga muvofiq bo‘lsa, foydalanishga qo‘yiladi va bu haqda havo kemasining ekspluatantiga havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikati beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqaro havo kemalarining uchishga yaroqlilik normalari O‘zbekiston Respublikasi Aviatsiya ma’muriyati tomonidan joriy etiladi. Fuqaro havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikatini berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(37-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risida yagona nizomga 54-ilova.
Oldingi tahrirga qarang.
Havo kemasining xorijiy davlat tomonidan berilgan uchishga yaroqlilik sertifikati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasida haqiqiy deb e’tirof etilishi mumkin.
(37-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Fuqaro havo kemasini havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikati talablariga muvofiq bo‘lgan holatda saqlash havo kemasi ekspluatanti zimmasiga yuklanadi. Bunday muvofiqlikka rioya etilishi ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasi Aviatsiya ma’muriyati amalga oshiradi.
Davlat havo kemalaridan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
(37-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi O‘RQ-159-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
371-modda. Havo kemalariga texnikaviy xizmat ko‘rsatish
Havo kemalariga texnikaviy xizmat ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasi Aviatsiya ma’muriyati tomonidan berilgan havo kemalariga texnikaviy xizmat ko‘rsatish tashkilotining sertifikati asosida bajariladi.
Havo kemalariga texnikaviy xizmat ko‘rsatish tashkilotining sertifikatini berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(371-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi O‘RQ-337-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
38-modda. Havo kemasi turining sertifikati
Oldingi tahrirga qarang.
Havo kemasi turining sertifikati havo kemasi turining tuzilishini belgilaydigan va uning fuqaro havo kemalarining uchishga yaroqlilik normalariga muvofiqligini tasdiqlaydigan Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi tomonidan beriladigan hujjatdir.
(38-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(38-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Havo kemasi turining xorijiy davlat tomonidan berilgan sertifikati, basharti havo kemasi fuqaro havo kemalarining O‘zbekiston Respublikasi Aviatsiya ma’muriyati tomonidan belgilangan uchishga yaroqlilik normalariga muvofiq bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasida haqiqiy deb e’tirof etilishi mumkin.
(38-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi O‘RQ-159-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda)
39-modda. Havo kemalarini ro‘yxatga olish
Fuqaro va davlat havo kemalari ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. Fuqaro havo kemalari O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalarining davlat reyestrida, davlat havo kemalari esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat havo kemalari reyestrida ro‘yxatga olinadi.
Tegishli reyestrda qayd qilingan havo kemasining egasiga ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risida guvohnoma beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalarining davlat reyestrini va O‘zbekiston Respublikasi Davlat havo kemalarining reyestrini yuritish tartibi, shuningdek havo kemalarining ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida guvohnoma berish tartibi tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
(39-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Eksperimental havo kemalari davlat reyestrida qayd etilmaydi, ammo Aviatsiya ma’muriyatida hisobda turadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Eksperimental havo kemalarini hisobga olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(39-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-apreldagi O‘RQ-688-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 03/21/688/0394-son)
O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalarining davlat reyestriga yoki O‘zbekiston Respublikasi Davlat havo kemalarining reyestriga kiritilgan havo kemalari, shuningdek Aviatsiya ma’muriyatida hisobda turuvchi eksperimental havo kemalari O‘zbekiston Respublikasiga qarashli milliy havo kemalaridir.
Chet el havo kemasi tegishli chet el davlati havo kemalarining reyestridan o‘chirilganidan keyingina O‘zbekiston Respublikasining tegishli reyestriga kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi tegishli reyestridan belgilangan tartibda o‘chirilmagan O‘zbekiston Respublikasi havo kemasining har qanday chet el davlati havo kemalarining reyestriga kiritilishi tan olinmaydi.
40-modda. Reyestrdan o‘chirish
Havo kemasi O‘zbekiston Respublikasining tegishli reyestridan quyidagi hollarda:
a) havo kemasi foydalanishdan chegirib tashlansa yoki chiqarilsa;
b) havo kemasi belgilangan tartibda chet el davlatiga, chet el yuridik yoki jismoniy shaxsiga sotilsa yoki berilsa;
v) havo kemasi eksperimental havo kemalari qatoriga o‘tkazilsa;
g) havo kemalarini ro‘yxatga olish tartibida nazarda tutilgan boshqa hollarda o‘chirilishi mumkin.
Havo kemasini O‘zbekiston Respublikasining tegishli reyestridan o‘chirish bilan kemaning ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma va bu havo kemasi haqidagi tegishli reyestrdagi yozuvlar o‘z kuchini yo‘qotadi.
Qarang: Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2007-yil 12-sentabrdagi 141-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya qoidalari”ning 17-bandi.
41-modda. Havo kemalariga qo‘yiladigan belgilar
Ro‘yxatdan o‘tkazish paytida havo kemalariga ro‘yxat belgisi va davlat tanish belgisi berilib, ular shu havo kemalarida qayd etiladi.
Ro‘yxat belgisi va davlat tanish belgisidan tashqari havo kemalariga qo‘shimcha belgilar (ramzlar, yozuvlar, nishonlar) qo‘yilishi mumkin. Mazkur belgilarni havo kemalariga qayd etishda ro‘yxat belgisi va davlat tanish belgisining ko‘rinishini yomonlashtirmaslikka e’tibor qilish lozim.
Fuqaro va eksperimental havo kemalariga ro‘yxat belgisini va davlat tanish belgisini hamda boshqa belgilarni qayd etish tartibi Aviatsiya ma’muriyati tomonidan, davlat havo kemalariga qayd etish esa O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
Qarang: “Fuqaro havo kemalariga ro‘yxat belgisini va davlat tanish belgisini hamda boshqa belgilarni qayd etish” O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya qoidalari (AR-AIR-002) (ro‘yxat raqami 3608, 19.02.2025-y.).
42-modda. Havo kemalaridan foydalanish huquqlarini cheklash
O‘zbekiston Respublikasi hududida havo kemalaridan foydalanish huquqlarini cheklash (muayyan aybdorlikka tortish, huquqdan vaqtinchalik yoki butunlay mahrum qilish hamda alohida holatlarga bog‘liq boshqa cheklashlar) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq qo‘llanishi mumkin.
43-modda. Havo kemalarini ijaraga berishda huquq va majburiyatlarning o‘tishi
Oldingi tahrirga qarang.
Havo kemasining egasi bilan bo‘lajak ekspluatant o‘rtasida ijara shartnomasi mavjud bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasining havo kemasi tegishli huquq va majburiyatlar ekspluatantga o‘tkazilgan holda chet ellik ekspluatantga ijaraga (ekipaj bilan yoki ekipajsiz) berilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Aviatsiya ma’muriyati chet el davlatining vakolatli organi bilan ijaraga olingan havo kemasidan foydalanilishi ustidan nazorat qilish bo‘yicha muayyan majburiyatlarni unga o‘tkazish maqsadida belgilangan tartibda bitim tuzishi mumkin.
(43-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi O‘RQ-337-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda)
Chet el havo kemasini O‘zbekiston Respublikasidagi ekspluatant ijaraga oladigan hollarda ham xuddi shunday tartib qo‘llaniladi.
V bob. HAVO KEMALARINING EKSPLUATANTLARI
Oldingi tahrirga qarang.
44-modda. Ekspluatant sertifikatini berish
Havo kemasiga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida egalik qiluvchi, shu havo kemasidan foydalanishni amalga oshirish qobiliyati ekspluatant sertifikati bilan tasdiqlangan yuridik yoki jismoniy shaxs havo kemasining ekspluatanti deb e’tirof etiladi.
Ekspluatant sertifikati Aviatsiya ma’muriyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda beriladi. Bunda xususiy va ijaradagi havo kemalarining, parvozga oid va texnika xizmatlari tuzilmalarining mavjudligi bunday sertifikatni olish uchun majburiy shartdir.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-apreldagi 337-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi to‘g‘risida nizom”ning 10-bandi “v” kichik bandi.
Maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan ekspluatant sertifikati berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ekspluatant sertifikati berishni rad etish ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ekspluatant sertifikatini berish to‘g‘risidagi arizani takroran ko‘rib chiqishda ekspluatant sertifikati berishni rad etish haqidagi bildirishnomada ilgari ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha ushbu sertifikatni berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(44-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ekspluatant sertifikatining amal qilishi belgilangan tartibda to‘xtatib turilishi, tugatilishi yoki ekspluatant sertifikati bekor qilinishi mumkin. Guvohnomani boshqa shaxsga berish mumkin emas.
(44-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
(44-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi O‘RQ-159-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
45-modda. Ekspluatant sertifikatini e’tirof etish
Oldingi tahrirga qarang.
Xorijiy davlat tomonidan berilgan ekspluatant sertifikati yoki unga o‘xshash hujjat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasida haqiqiy deb e’tirof etilishi mumkin.
(45-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
46-modda. Ekspluatant faoliyati ustidan nazorat
Oldingi tahrirga qarang.
Ekspluatant sertifikatini bergan organ ekspluatant uchun belgilangan talablarga rioya etilishi ustidan nazorat yuritadi.
(46-modda birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi O‘RQ-159-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ekspluatant sertifikatini berish uchun belgilangan talablar havo kemasi ekspluatanti tomonidan buzilgan taqdirda, sertifikat bergan organ ekspluatantni belgilangan muddatlarda kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi haqida ogohlantirishga haqli.
(46-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(46-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Aviatsiya ma’muriyati O‘zbekistonda doimiy parvozlarni amalga oshiruvchi chet ellik ekspluatantlarni, agar xalqaro bitimlarda o‘zgacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, amaliy inspeksiya qilish huquqiga ega.
VI bob. AVIATSIYA XODIMLARI
47-modda. Aviatsiya xodimlarining xizmat turlari
Faoliyatlari havo transport qatnovini tashkil qilish, bajarish va ta’minlash, shuningdek havo transporti qatnoviga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq shaxslar aviatsiya xodimlari hisoblanadi.
Aviatsiya turiga mansubligiga ko‘ra aviatsiya xodimlari tegishli ravishda fuqaro, davlat va eksperimental aviatsiya xodimlariga bo‘linadi.
Batafsil ma’lumot uchun “O‘zbekiston Republikasi fuqaro aviatsiyasi guvohnomalarini berish va aviatsiya xodimlarining turlari” O‘zbekiston Respublikasi Aviatsiya qoidalari (O‘ZR AQ-61) (ro‘yxat raqami 3609, 24.02.2025-y.).
48-modda. Aviatsiya xodimlarining tarkibi
Aviatsiya xodimlari tarkibiga:
a) uchuvchilar tarkibiga kiruvchi shaxslar;
b) havo transporti qatnovini tashkil qiluvchi va ta’minlovchi shaxslar;
v) havo kemasi parvozlarini tashkil etuvchi shaxslar;
g) havo kemalariga texnikaviy xizmat ko‘rsatuvchi shaxslar;
d) havo kemalarining parvozlarini ta’minlovchi shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
(48-moddaning birinchi qismidan O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuniga muvofiq “e” kichik bandi chiqarilib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(48-moddaning birinchi qismidan O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuniga muvofiq “j” kichik bandi chiqarilib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Fuqaro, davlat va eksperimental aviatsiya xodimlari qatoriga kiruvchi shaxslar lavozimlarining ro‘yxatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 4-sentabrdagi 313-sonli “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasi aviatsiya xodimlariga tegishli lavozimlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”giqarori, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 111-sonli “O‘zbekiston Respublikasi davlat aviatsiyasi aviatsiya xodimlariga tegishli lavozimlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.
49-modda. Kasb faoliyatiga tayyorlash va bunday faoliyatga ruxsat berish
Oldingi tahrirga qarang.
Egallab turgan lavozimiga binoan faoliyati parvozlarni tashkil etish, amalga oshirish va ta’minlash hamda havo transporti qatnoviga xizmat ko‘rsatish bilan bevosita aloqador aviatsiya xodimlarini kasb faoliyatiga tayyorlash davlat tomonidan shahodatlangan tashkilotlarda amalga oshiriladi. Fuqaro va davlat aviatsiyasi kadrlarini tayyorlovchi o‘quv yurtlarini sertifikatlash tegishincha O‘zbekiston Respublikasining Aviatsiya ma’muriyati va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
(49-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2008-yil 10-noyabrdagi 228-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviakorxonalaridagi o‘quv yurtlarini sertifikatlash qoidalari.
Havo kemalari parvozini amalga oshirish va bu parvozlarni ta’minlash bilan bevosita aloqador aviatsiya xodimlari tegishli faoliyatni amalga oshirish guvohnomasiga ega bo‘lgan hamda salomatliklari belgilangan talablarga javob beradigan taqdirdagina kasb faoliyatini bajarishga qo‘yiladilar.
Aviatsiya xodimlarini kasb faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat etish va shu faoliyatni bajarish uchun guvohnoma berish tartibi, shuningdek aviatsiya xodimlari turli toifalarining sog‘liqlariga bo‘lgan talablar hamda ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi fuqaro va eksperimental aviatsiyada Aviatsiya ma’muriyati tomonidan, davlat aviatsiyasida esa O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 1186, 02.11.2002-y.), “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari aviatsiyasining uchuvchilar tarkibini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom” (31.01.2020-y., ro‘yxat raqami 3216).
Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlari kasb faoliyatini bajarish chog‘ida amaldagi guvohnomani o‘zlari bilan olib yurishlari kerak.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2007-yil 28-dekabrdagi 1099,3692, 1669-sonli “Fuqaro va eksperimental aviatsiyada uchuvchilar tarkibi uchun yoshga oid chegaralarni kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1762, 25.01.2008-y.).
50-modda. Aviatsiya xodimlari guvohnomasini tan olish
Chet el davlati tomonidan aviatsiya xodimlariga berilgan yoki kuchga kiritilgan guvohnomalar, agar shu guvohnomalarni berish yoki kuchga kiritish uchun belgilangan talablar Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti belgilagan minimal standartlarga yoki undan yuqoriroq talablarga javob bersa, O‘zbekiston Respublikasida haqiqiy deb tan olinadi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2025-yil 7-yanvardagi 1-N-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish” O‘zbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalari (O‘ZR AQ-61) (ro‘yxat raqami 3609, 24.02.2025-y.).
51-modda. Havo kemasi ekipaji
Havo kemasi ekipaji kema komandiri, uchuvchilar tarkibiga kiruvchi boshqa shaxslar va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan iborat bo‘ladi.
Fuqaro va davlat aviatsiyasi havo kemalarining ekipaji tarkibi havo kemalarining turi va vazifasi, maqsadi va ulardan foydalanish sharoitlari hisobga olinib, havo kemasining loyihalovchisi va buyurtmachisi tomonidan belgilanadi hamda har bir turdagi havo kemasining parvozda foydalanish hujjatlariga yozib qo‘yiladi. Bundan tashqari, havo kemalari ekipaji tarkibiga tegishlicha Aviatsiya ma’muriyati yoki O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan tartibda shu kemadan foydalanishga aloqador boshqa aviatsiya xodimlari ham kiritilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Eksperimental aviatsiya havo kemasi ekipajining tarkibi tajriba-konstruktorlik, eksperimental yoki ilmiy-tadqiqot ishlarining maqsad va vazifalariga bog‘liq holda O‘zbekiston Respublikasining Aviatsiya ma’muriyati bilan kelishuvga ko‘ra havo kemasining ishlab chiqaruvchisi va loyihalovchisi tomonidan belgilanadi.
(51-modda O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuniga muvofiq uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
52-modda. Havo kemasining komandiri
Uchuvchi ixtisosligiga va belgilangan tartibda ma’lum turdagi havo kemasini mustaqil boshqarish huquqiga ega bo‘lgan shaxsgina havo kemasining komandiri bo‘lishi mumkin.
Havo kemasining komandiri ekipaj faoliyatini boshqaradi, kemada tartib va intizom saqlanishini, parvoz qoidalariga va kemadan foydalanish qoidalariga rioya qilinishini ta’minlaydi, shuningdek kemaning asralishi va kemadagi odamlar hamda mol-mulkning xavfsizligini ta’minlash uchun zarur choralarni ko‘radi.
Havo kemasining komandiri quyidagi huquqlarga ega:
a) havo kemasining fazoga ko‘tarilishi, parvozi va qo‘nishi haqida, shuningdek parvozni tugallash va parvoz boshlangan punktga qaytish yoki majburiy qo‘nish haqida uzil-kesil qaror qabul qilish. Parvoz xavfsizligiga yaqqol xavf tug‘ilganida, shuningdek kema ichidagi yo‘lovchilar hayotini saqlab qolish niyatida parvoz rejasidan, havo transporti qatnovini ta’minlovchi idora ko‘rsatmalaridan va parvoz topshirig‘idan chekingan holda, ammo belgilangan parvoz qoidalariga iloji boricha rioya qilgan holda, bunday qaror qabul qilinishi mumkin. Kema komandiri ko‘rilgan tadbirlar to‘g‘risida kemaning bevosita rahbari bo‘lmish havo kemalari qatnovini ta’minlovchi organga zudlik bilan xabar qilishi shart;
b) havo kemasi ichidagi har qanday shaxsga o‘z vakolatlari doirasida buyruq berish. Bu buyruqlar so‘zsiz bajarilmog‘i lozim;
v) xatti-harakatlari bilan parvoz xavfsizligiga bevosita tahdid solib, o‘zining buyruqlariga bo‘ysunmayotgan shaxslarga nisbatan barcha zarur choralarni ko‘rish, hatto qurol ishlatish. Havo kemasi eng yaqin aerodromga qo‘ngani zahoti kema komandiri bunday shaxslarni kemadan chiqarib yuborishi, agar jinoyat belgilari mavjud qilmish sodir etgan bo‘lsalar, ularni tegishli organlarga topshirishi mumkin;
g) parvoz xavfsizligini hamda havo kemasini qo‘ndirishni ta’minlash uchun zarur bo‘lsa parvoz paytida yonilg‘ini to‘kib tashlash, qo‘l yuki, yuk va pochtani tashlab yuborish.
53-modda. Havo kemasi ekipaji a’zolariga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash tartibi
Havo kemasi ekipaji a’zolari parvozda o‘z xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida tan jarohatlari olgan yoki sog‘liqlariga boshqa zarar yetkazilgan taqdirda, havo kemasining ekspluatanti, agar u yetkazilgan zarar jabrlanuvchining qasddan qilingan harakati natijasi ekanligini isbotlab bera olmasa, jabrlanuvchiga zararning u oladigan nafaqadan yoki unga jarohatidan keyin tayinlangan va amalda u oladigan pensiyadan ortiqcha qismini qoplashi shart.
Havo kemasi ekipajining a’zosi parvozda o‘z xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan taqdirda, yetkazilgan zararni qoplash marhumning qaramog‘ida bo‘lgan mehnatga layoqatsiz shaxslarga yoki faoliyat ro‘y bergan kungacha undan nafaqa olishga huquqi bo‘lgan shaxslarga, shuningdek marhumning vafotidan so‘ng dunyoga kelgan farzandiga yuqorida qayd etilgan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
531-modda. Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlariga beriladigan kafolatlar va imtiyozlar
Fuqaro aviatsiyasi korxonalari aviatsiya xodimlarining alohida toifalarini ular xizmat vazifalarini bajarayotganda belgilangan namunadagi formali kiyim-bosh va oziq-ovqat bilan ta’minlaydi.
Fuqaro aviatsiyasi korxonalari aviatsiya xodimlariga foydalanilayotgan havo kemalarida imtiyozli tarzda yurish huquqini berishi mumkin.
Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlariga ushbu moddaga ko‘ra beriladigan va mehnatga haq to‘lash to‘g‘risidagi tarmoq bitimlarida belgilangan kafolatlar va imtiyozlar fuqaro aviatsiyasi korxonalarining mablag‘lari hisobidan ta’minlanadi hamda jismoniy shaxslarning daromadi sifatida qaralmaydi.
(531-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi O‘RQ-159-sonli Qonuni bilan kiritilgan — O‘R QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda)
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 825-son “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori.
VII bob. HAVO TRANSPORTI QATNOVI
Oldingi tahrirga qarang.
54-modda. Samoviy hudud tasnifi
“O‘zbekiston Respublikasining samoviy hududi xalqaro standartlar talablariga muvofiq va O‘zbekiston Respublikasining samoviy hududidan foydalanish to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda tasniflanadi.
O‘zbekiston Respublikasining samoviy hududi nazorat qilinadigan va nazorat qilinmaydigan samoviy hududga bo‘linadi. Bunda nazorat qilinadigan samoviy hudud deganda parvozlarga dispetcherlik xizmati ko‘rsatish ta’minlanadigan doiradagi samoviy hudud tushuniladi. Nazorat qilinmaydigan samoviy hudud deganda parvozlar paytida axborot xizmati ko‘rsatiladigan doiradagi samoviy hudud tushuniladi.
(54-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi O‘RQ-337-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
55-modda. Havo transporti qatnoviga xizmat ko‘rsatish
O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududida havo transporti qatnoviga xizmat ko‘rsatish xalqaro standartlarga hamda O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq tashkil etiladi va xizmat ko‘rsatish amalga oshirilayotgan samoviy hudud tasnifiga bog‘liq bo‘ladi.
(55-modda O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
56-modda. Havo transporti qatnovi oqimlarini tashkil etish
Samoviy hududdan samarali va oqilona foydalanish maqsadida havo transporti qatnovi oqimlari O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga moslashtirib tashkil etiladi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Xalqaro havo transportida tashishlarga doir ayrim qoidalarni bir xillashtirish haqida (Gamburg qoidalari) 1929-yildagi Varshava Konvensiyasi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 6-maydagi 80-I-sonli qarori).
57-modda. Aeronavigatsion va meteorologik axborot
O‘zbekiston Respublikasi hududida havo transporti qatnovi aeronavigatsion va meteorologik axborot bilan ta’minlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyaga meteorologik xizmat ko‘rsatadi, davlat aviatsiyasi uchun meteorologik axborot beradi, xalqaro aeronavigatsiya manfaatlarini ko‘zlab meteorologik ta’minlashni tashkil etadi.
Fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyaga meteorologik xizmat ko‘rsatish samoviy hududdan foydalanuvchilar bilan tuzilgan shartnomalar asosida O‘zbekiston Respublikasining Aviatsiya ma’muriyati va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan tasdiqlanadigan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
(57-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi O‘RQ-159-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati Markazi va O‘zbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2008-yil 15-fevraldagi 38-OP, 8-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasini meteorologik ta’minoti bo‘yicha yo‘riqnoma”, O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish qoidalarining X bobi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat aviatsiyasini meteorologik axborot bilan ta’minlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
(57-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Havo transporti qatnovini aeronavigatsiya axboroti bilan ta’minlash tartibi fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyada O‘zbekiston Respublikasining Aviatsiya ma’muriyati tomonidan, davlat aviatsiyasida — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
(57-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuniga muvofiq ikkinchi – beshinchi qismlar bilan almashtirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududidan xavfsiz, samarali va tejamkorlik bilan foydalanishni ta’minlash maqsadida xalqaro tashkilot yoki chet el davlatlari aeronavigatsion axborot xizmatlaridan bitim yoki shartnoma asosida olinadigan meteorologik axborot ham ishlatilishi mumkin.
58-modda. Aeronavigatsiya hamda aloqa vositalari va tizimlari
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi havo transporti qatnovi aeronavigatsiya vositalari va tizimlari, shuningdek havo transporti qatnovining aloqa hamda boshqaruv vositalari va tizimlari bilan ta’minlanadi.
Bunday ta’minlash tartibini o‘z vakolatlari doirasida Aviatsiya ma’muriyati va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur vositalar va tizimlardan birgalikda foydalanish tartibi ushbu organlar o‘rtasida tuzilgan bitimlarga binoan belgilanadi.
(58-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Aeronavigatsiya vositalari va tizimlari sifatida foydalaniladigan obyektlar qurilishi (o‘rnatilishi) uchun yer ajratish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida amalga oshiriladi. Bunday qurilishlar uchun ajratiladigan yer maydonining sathi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda tasdiqlangan me’yorlar hamda loyiha-texnikaviy hujjatlar asosida aniqlanadi.
(58-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
59-modda. Aloqa vositalaridan foydalanish
Oldingi tahrirga qarang.
Havo transporti qatnovini ta’minlash va unga xizmat ko‘rsatish uchun telefon, telegraf va boshqa aloqa vositalaridan navbatsiz, oddiy tarif bo‘yicha haq to‘lab foydalaniladi. Havo transporti qatnovini ta’minlash va unga xizmat ko‘rsatish uchun ommaviy aloqa vositalaridan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Aviatsiya ma’muriyatining, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralarning tegishli organlari bilan kelishuv asosida belgilanadi.
(59-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
60-modda. Havo trassalari va mahalliy havo yo‘llarini ishga tushirishga ruxsat berish
Havo trassalari va mahalliy havo yo‘llari havo transporti qatnovini xavfsiz tashkil qilish talablariga javob bersagina ishga tushirilishiga ruxsat beriladi.
Havo trassalari va mahalliy havo yo‘llaridan foydalanishga O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda ijozat etiladi.
61-modda. Aeronavigatsiya va aeroport yig‘imlari
Aerodromlarda havo transporti qatnovi va havo kemalariga aeronavigatsiya va aeroport yig‘imlari tarzida undiriladigan haq evaziga xizmat ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qidiruv-qutqaruv ishlarini bajarishda, tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan taqdirda insonparvarlik yordami ko‘rsatishda ishtirok etayotgan havo kemalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining havo kemalari aeronavigatsiya va aeroport yig‘imlaridan ozod qilinadi.
(61-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi O‘RQ-337-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda)
Aeronavigatsiya va aeroport yig‘imlarini undirish va taqsimlash tartibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
VSH bob. HAVO KEMALARINING PARVOZI
62-modda. Parvozlarni bajarish qoidalari
Kodeksda parvoz atamasi ostida havo kemasining parvoz boshlanishi chog‘idagi kuchli yugurishi (tik ko‘tarilish chog‘idagi quruqlik yoki suv sathidan uzilishi)dan tortib, parvoz masofasi to‘la bosib o‘tilgunga qadar (uchish va qo‘nish yo‘lkasini beto‘xtov bo‘shatib qo‘ygunga qadar) yoki tik qo‘nish chog‘ida quruqlik (suv) sathiga qo‘ngunga qadar quruqlik (suv) sathida va havoda bajargan harakati tushuniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Havo kemalarining O‘zbekiston Respublikasi hududidagi parvozlari O‘zbekiston Respublikasi Samoviy hududida aviatsiya parvozining asosiy qoidalariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Samoviy hududida fuqaro aviatsiyasining va eksperimental aviatsiyaning parvoz qilish qoidalariga yoki O‘zbekiston Respublikasi Samoviy hududida davlat aviatsiyasining parvoz qilish qoidalariga muvofiq holda bajariladi.
(62-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi O‘RQ-159-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda)
63-modda. Kema hujjatlari
Parvozni bajarish uchun havo kemasida kema hujjatlari bo‘lmog‘i lozim; bu hujjatlarning ro‘yxati fuqaro va eksperimental aviatsiya uchun Aviatsiya ma’muriyati tomonidan, davlat aviatsiyasi uchun esa O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan havo kemalarida quyidagi hujjatlar:
a) havo kemasining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqida guvohnoma;
Oldingi tahrirga qarang.
b) havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikati;
(63-modda ikkinchi qismining “b” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi O‘RQ-159-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda)
v) kema daftarlari;
g) mazkur turdagi havo kemasida parvoz qilish chog‘ida ishlatiladigan qo‘llanma;
d) Aviatsiya ma’muriyati nazarda tutgan boshqa hujjatlar bo‘lishi lozim.
64-modda. Parvozga tayyorlanish
Havo kemasi parvoz qilishidan oldin havo kemasini, kema ekipajini va aviatsiyaning boshqa xodimlarini, uchish va qo‘nish aerodromlarini tayyorlash kabi ishlar amalga oshirilishi kerak.
Parvozlarga tayyorgarlik qoidalari va bu tayyorgarlik uchun mas’ul shaxslar ro‘yxati fuqaro va eksperimental aviatsiyada Aviatsiya ma’muriyati tomonidan, davlat aviatsiyasida esa O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Texnikaviy soz va parvozga shay havo kemasiga hamda uning tegishli sharoitlarda parvoz qilishga huquqi bor ekipajiga O‘zbekiston Respublikasi Samoviy hududida fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyaning parvoz qilish qoidalari yoki O‘zbekiston Respublikasi Samoviy hududida davlat aviatsiyasining parvoz qilish qoidalarida belgilangan tartibda parvozni amalga oshirish uchun ruxsat beriladi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish qoidalarining IX bobiga.
(64-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Parvoz boshlanishi oldidan yo‘lovchilar xatarli vaziyatda qanday harakat qilishlari haqida ma’lumot olishlari lozim.
65-modda. Havo kemasining uchishi uchun qaror qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Havo kemasining uchishi uchun qaror qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Samoviy hududida fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyaning parvoz qilish qoidalari yoki O‘zbekiston Respublikasi Samoviy hududida davlat aviatsiyasining parvoz qilish qoidalari bilan belgilanadi.
(65-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
66-modda. Havo kemasining havo transporti qatnoviga xizmat ko‘rsatuvchi organlar bilan radioaloqasi
Aloqa vositalariga ega bo‘lgan har bir havo kemasiga shartli radiochaqiriq signali beriladi.
Nazorat qilinadigan samoviy hududda parvoz etayotgan havo kemasi bilan shu parvozga dispetcherlik xizmati ko‘rsatayotgan organ o‘rtasida muntazam radioaloqa bo‘lmog‘i lozim. Aloqa uzilib qolgan taqdirda havo kemasining komandiri va havo transporti qatnoviga xizmat ko‘rsatayotgan organlar aloqani tiklash uchun barcha zarur choralarni ko‘rishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar ko‘rilgan choralar natijasida radioaloqani tiklab bo‘lmasa, havo kemasining komandiri va havo transporti qatnoviga xizmat ko‘rsatayotgan organlar O‘zbekiston Respublikasi Samoviy hududida aviatsiya parvozining asosiy qoidalariga binoan harakat qilishlari lozim.
(66-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi O‘RQ-159-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Nazorat qilinmaydigan samoviy hududda bo‘lgan havo kemalarining ekipajlari bir-birlariga axborot berib turishlari, favqulodda vaziyatlarda esa – havo transporti qatnoviga xizmat ko‘rsatuvchi va favqulodda vaziyatlar bo‘yicha eng yaqin organlarga avariya kanallari orqali axborot berishlari lozim.
(66-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
67-modda. Aholi manzilgohlari ustida parvoz qilish
Havo kemalarining aholi manzilgohlari ustidagi parvozi yerdagi odamlarning hayoti hamda sog‘lig‘iga va (yoki) ularning mol-mulkiga xavf solmagan holda belgilangan yo‘nalishlar va uchish balandliklarida amalga oshiriladi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2007-yil 12-sentabrdagi 141-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish qoidalari”.
Havo kemasida nosozlik ro‘y bergan taqdirda yoki odamlar hayotini qutqarish uchun parvozlar qilish zarur bo‘lganda belgilangan yo‘nalish va uchish balandligidan chetga chiqishga yo‘l qo‘yiladi.
Alohida hollarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra havo kemalarining belgilangan yo‘nalish va uchish balandligidan chetga chiqqan holda aholi manzilgohlari ustida parvoz qilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Havo kemalarining aholi manzilgohlari ustidagi ko‘rgazmali uchishlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin.
(67-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-apreldagi O‘RQ-688-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 03/21/688/0394-son)
68-modda. Tovushdan tez uchuvchi havo kemalari parvozlarini cheklash
Tovushdan tez uchuvchi havo kemalarining parvozi mazkur parvozlar atrof muhitga zarar yetkazmaydigan balandlikda va rayonlarda amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yiladi. Tovushdan tez uchuvchi havo kemalari parvozining minimal balandligi har bir alohida olingan rayon uchun O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish to‘g‘risidagi nizomda ko‘rsatilgan tartibda belgilanadi.
69-modda. Havo kemasi ekipajining xatti- harakatiga aralashmaslik
Havo kemasi ichidagi shaxslarga, shu jumladan havo kemasiga egalik qiluvchi shaxslarga ham, havo kemasi ekipajining xatti-harakatiga aralashish, jumladan ekipajdan parvoz tartibi va rejasini o‘zgartirishni yoxud havo transportiga xizmat ko‘rsatuvchi organning ko‘rsatmalariga rioya qilmaslikni talab qilish man etiladi.
70-modda. Havo kemasining belgilangan havo trassasi, mahalliy havo yo‘li, parvoz yo‘nalishi yoki tegrasidan chetga chiqqanida ko‘riladigan chora-tadbirlar
Havo kemasi belgilangan havo trassasi, mahalliy havo yo‘li, parvoz yo‘nalishi yoki tegrasidan chetga chiqqanida yoxud parvozning boshqa parametrlariga rioya etmaganda havo kemasining komandiri va havo transporti qatnovini ta’minlovchi organ bunday xatolarni tuzatish uchun zudlik bilan chora-tadbirlar ko‘rishi shart.
71-modda. Havo kemasi halokatga uchraganda kema ekipajining vazifalari
Havo kemasi yoki uning ichidagi odamlar uchun bevosita xatar tug‘ilsa yoxud kema bilan radioaloqa uzilib, uning qayerdaligi noma’lum bo‘lsa, bunday havo kemasi halokatga uchrayotgan hisoblanadi.
Uchish, qo‘nish yoki qulash natijasida jiddiy zarar ko‘rgan yoxud butunlay vayron bo‘lgan, shuningdek aerodromdan tashqariga majburan qo‘ngan havo kemasi halokatga uchragan hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Halokatga uchrayotgan havo kemasining ekipaji O‘zbekiston Respublikasi Samoviy hududida aviatsiya parvozining asosiy qoidalarida belgilangan tartibda falokat signalini berishi, havo transporti qatnovini ta’minlovchi organga halokat xususiyati haqida ma’lumot berishi va kema ichidagi odamlarning hayotini, sog‘lig‘i va mol-mulkni, shuningdek havo kemasining o‘zini saqlab qolish uchun barcha zarur chora-tadbirlarni ko‘rishi shart.
(71-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi O‘RQ-159-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda)
Halokatga uchragan havo kemasining ekipaji o‘z vakolatini tegishli organlarga topshirgunga qadar, havo kemasi ichidagi odamlarni, mol-mulkni hamda havo kemasini qutqarish va xavfsizligini ta’minlash uchun barcha zarur chora-tadbirlarni ko‘rishi shart. Ushbu havo kemasi ekipajining barcha a’zolari va imkon qadar, yo‘lovchilari odamlarni, mol-mulkni hamda havo kemasini qutqarishda ishtirok etishlari shart.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2007-yil 12-sentabrdagi 141-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish qoidalari”.
Halokatga uchrayotgan yoki halokatga uchragan havo kemasining komandiri o‘z vakolatini tegishli organlarga topshirguniga qadar, mazkur kemadagi yoki kemaning ichida bo‘lgan odamlarning xatti-harakatlariga boshchilik qiladi.
72-modda. Xavf ostida qolgan odamlarga yordam berish
Xavf ostida qolgan odamlar haqida har qanday ma’lumot olgan havo kemasining komandiri bu haqda havo transporti qatnovini ta’minlovchi organga yoxud boshqa vakolatli organga xabar bermog‘i va agar mazkur kema parvozi, yo‘lovchilari va ekipaj hayoti uchun xatar tug‘ilmasa, ularga zarur yordam ko‘rsatmog‘i shart.
73-modda. Havo transporti qatnovini ta’minlovchi organning halokat ro‘y bergandagi vazifalari
Oldingi tahrirga qarang.
Havo transporti qatnovini ta’minlovchi organ halokatga uchrayotgan yoki uchragan havo kemasi to‘g‘risida, shuningdek havo kemasi komandiridan xavf ostida qolgan odamlar haqida har qanday boshqa ma’lumot olganida O‘zbekiston Respublikasi Samoviy hududida aviatsiya parvozining asosiy qoidalarida belgilangan tartibda zarur yordam ko‘rsatish uchun barcha choralarni ko‘rishi shart.
(73-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi O‘RQ-159-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda)
IX bob. XALQARO PARVOZLAR
74-modda. O‘zbekiston Respublikasi havo kemalarining xalqaro parvozlari
Ushbu Kodeksda xalqaro parvoz deb havo kemasining xorijiy davlatning chegarasini kesib o‘tadigan parvozi tushuniladi.
O‘zbekiston Respublikasi havo kemalarining xalqaro parvozlari:
a) O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari;
b) tegishli xorijiy davlatlarning vakolatli organlari tomonidan yakka parvoz uchun beriladigan maxsus ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi havo kemalari mazkur havo kemalarini tasarruf etuvchi yoki ularning egalari bo‘lgan vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va fuqarolar ruxsati bilan yakka xalqaro parvozlarni amalga oshirishi mumkin. Xorijiy davlat samoviy hududida O‘zbekiston Respublikasi fuqaro havo kemasining parvoziga maxsus ruxsatnoma olish uchun so‘rovnomani havo kemasining ekspluatanti, davlat va eksperimental havo kemasining parvozi uchun esa — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yuboradi. Bunday so‘rovnomalar kema hujjatlariga, ekipaj to‘g‘risidagi ma’lumotlarga taalluqli barcha talablarga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi va parvoz rejalashtirilgan xorijiy davlat hududida amal qiladigan boshqa talab va qoidalarga rioya qilingan holdagina amalga oshiriladi.
(74-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Uqtirib o‘tilgan parvozlar uchun so‘rovnoma yuborish va ruxsatnoma olish tartibini belgilovchi qoidalar Aviatsiya ma’muriyati, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi tomonidan birgalikda tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining havo kemalarida muntazam xalqaro parvozlar O‘zbekiston Respublikasi Aviatsiya ma’muriyati belgilagan tartibda tayinlangan tashuvchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Qarang: Muntazam xalqaro parvozlarni bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi tashuvchilarini tayinlash tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2075, 03.02.2010-y.).
(74-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi O‘RQ-159-sonli Qonuni asosida beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda)
75-modda. Xorijiy havo kemalarining O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududidagi parvozi
Xorijiy havo kemalarining O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududidagi parvozlari:
a) O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari;
b) parvoz uchun maxsus ruxsatnomalar asosida va ularning shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Mazkur ruxsatnomalarni:
fuqaro havo kemalarining yakka parvozi uchun – Aviatsiya ma’muriyati;
fuqaro havo kemalaridan boshqa kemalarning yakka parvozi uchun – O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududiga xalqaro parvozlar amalga oshirilishidan oldin xorijiy havo kemalarining egalari (ekspluatantlari) xalqaro parvozlar uchun ruxsatnoma beradigan davlat organlariga tanish belgilarini xabar qilishlari shart.
(75-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Yakka parvozlarga ruxsatnoma berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish to‘g‘risidagi nizomda belgilab beriladi.
76-modda. O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududida xalqaro parvozlarni amalga oshirish qoidalari
O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududida milliy va xorijiy havo kemalarining xalqaro parvozi vaqtida ushbu Kodeksga asoslangan havo kemalaridan foydalanish va parvozlarni bajarishni tartibga soluvchi umumiy qoidalariga amal qilinadi.
Milliy va xorijiy havo kemalarining O‘zbekiston Respublikasi hududidan havoga ko‘tarilishi, shuningdek ularning O‘zbekiston Respublikasi hududiga uchib kirgandan keyingi qo‘nishi xalqaro parvozlar uchun ochiq aerodromlarda amalga oshiriladi. Samoviy hududda xalqaro parvozlar belgilangan havo yo‘llari bo‘ylab bajariladi. Havo kemalari O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasini O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda maxsus ajratilgan xalqaro havo trassalari yoki havo yo‘lkalari bo‘ylab kesib o‘tadilar.
Quyidagi hollarda:
a) O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq tabiiy ofat, falokat, avariya, avariya vaziyati hamda odamlar hayotiga xavf tug‘ilgan boshqa sharoitlarda;
b) O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda;
v) O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda beriladigan maxsus ruxsatnoma olinganida yuqoridagi qoidalardan istisnoga yo‘l qo‘yish mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
77-modda. Havo kemalarining xalqaro parvozlari uchun mo‘ljallangan aeroportlar, aerodromlar va havo yo‘llari
Havo transportida xalqaro ko‘lamda tashishga mo‘ljallangan, bojxona, chegara va sanitariya-karantin nazorati ta’minlanadigan aeroportlar, aerodromlar havo kemalarining xalqaro parvozlari uchun mo‘ljallangan aeroportlar, aerodromlar deb e’tirof etiladi.
Havo kemalarining xalqaro parvozlari uchun mo‘ljallangan aeroportlarni, aerodromlarni ochish haqidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 21-avgustdagi 188-son “Xalqaro parvozlar uchun Navoiy aeroportini ochish to‘g‘risida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 21-iyundagi 178-son “Xalqaro parvozlar uchun Nukus, Samarqand va Toshkent shahri aeroportlarini ochish to‘g‘risida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-sentabrdagi 263-son “Havo kemalari Xalqaro parvozlari uchun Andijon, Namangan, Farg‘ona, Qarshi va Termiz shahri aeroportlarini ochish to‘g‘risida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
Xalqaro havo yo‘llarini ochish haqidagi qaror Aviatsiya ma’muriyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.
(77-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi O‘RQ-522-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Havo kemalarining xalqaro parvozlari uchun mo‘ljallangan havo yo‘llarini ochish tartibi O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi.
(77-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi O‘RQ-159-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda)
(77-modda O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Havo kemalarining xalqaro parvozlarini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aeroportlarini (aerodromlarini) ochish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-oktabrdagi 289-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Havo kemalarining xalqaro parvozlari uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aeroportlari (aerodromlari)ni ochish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
(77-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi O‘RQ-159-sonli Qonuni asosida beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda)
78-modda. Havo kemalarining xalqaro parvozlarni bajarishlari uchun qo‘llaniladigan pasport, bojxona qoidalari va boshqa qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududiga kelayotgan va O‘zbekiston Respublikasi hududidan ketayotgan yoki tranzit havo kemalarining barchasiga, ularning ekipajlari va yo‘lovchilariga, shuningdek ular O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirayotgan yoki bu hududdan olib chiqayotgan mol-mulklariga O‘zbekiston Respublikasining chetga chiqish va chetdan kelish hamda mol-mulk olib kirish (olib ketish) va O‘zbekiston Respublikasi hududida tranzit harakati to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan pasport, bojxona, valyuta, sanitariya, karantin qoidalari va boshqa qoidalar tatbiq etiladi.
(78-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
X bob. QIDIRUV VA QUTQARUV ISHLARI
79-modda. Halokatga uchrayotgan yoki uchragan havo kemalari yo‘lovchilari va ekipajini qutqarish
Halokatga uchrayotgan yoki uchragan havo kemasini qidiruv va qutqaruv ishlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan tegishli ishlarni bajarish qoidalariga muvofiq zudlik bilan amalga oshirilishi lozim. Bu qoidalarda:
a) barcha davlatlar havo kemalarini qidiruv va qutqaruv ishlari, qidiruv-qutqaruv kuchlari va vositalarini joylashtirish, ularga yuqoridagi ishlarni bajarishda tekin ta’minot va xizmat ko‘rsatilishi;
b) havo kemasini, uning yo‘lovchilarini va ekipajini halokat joyidan evakuatsiya qilish, halokatga uchragan havo kemasi ekspluatantining kuchi va vositalari bilan yoxud ekspluatant hisobidan o‘zga kuch va vositalar bilan amalga oshirilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
v) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar havo kemasini qidiruv va qutqaruv ishlarini amalga oshirishda barcha zarur yordamni ko‘rsatishga va qidiruv-qutqaruv organlari yetib kelguniga qadar odamlarni qutqarish, ularga tibbiy va boshqa yordam ko‘rsatish uchun, shuningdek havo kemasini va uning ichidagi hujjatlar, asbob-uskunalar va mol-mulklarni saqlash uchun choralar ko‘rishlari shartligi nazarda tutilishi lozim.
(79-moddaning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
80-modda. Halokatga uchrayotgan yoki uchragan havo kemalarini qidiruv va qutqaruv ishlarini tashkil qilish
Halokatga uchrayotgan yoki uchragan havo kemalarini qidiruv va qutqaruv ishlarini O‘zbekiston Respublikasining Yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmati amalga oshiradi. Mazkur xizmat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan nizomga muvofiq ishlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Aviatsiya qidiruv-qutqaruv ishlarini tashkil etish va bajarishda Yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmati vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning kuchlari hamda vositalarini jalb qilish huquqiga ega.
(80-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirliklar va idoralar, shuningdek davlat muassasalari va tashkilotlari Yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmati organlarining talabiga muvofiq ularga qidiruv-qutqaruv ishlari uchun tayyor turgan qutqaruv kuchlari va vositalarini tezda ajratib berishlari shart.
(80-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi O‘RQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Respublika Prezidentining qaroriga muvofiq davlat tasarrufida bo‘lmagan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, shuningdek fuqarolar yuqoridagi kabi kuch va vositalarni ajratishlari shart, keyinchalik bu xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi budjeti hisobidan qoplanadi.
Qidiruv-qutqaruv kuchlari va vositalarining tarkibi, texnika va anjomlari ro‘yxati, qidiruv-qutqaruv ishlarini boshqarish va bajarish tartibi, tegishli mansabdor shaxslarning vazifalari Yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmati tasdiqlagan qidiruv-qutqaruv ishlarini amalga oshirish qoidalarida belgilab beriladi.
Havo kemalarini, ularning yo‘lovchilari va ekipajini qidiruv-qutqaruv ishlarini ta’minlash maqsadida Yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmati tunu kun navbatchilikni yo‘lga qo‘yadi.
Yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmati O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida o‘zga davlatlarning tegishli organlari bilan hamkorlikda faoliyat ko‘rsatadi, shuningdek o‘z faoliyatini respublikaning qidiruv-qutqaruv va avariya ishlarini o‘tkazishga mas’ul boshqa organlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda moslashtiradi.
Halokatga uchrayotgan yoki uchragan havo kemalariga kerakli yordam ko‘rsatish uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga:
a) o‘zga davlatlarning qidiruv-qutqaruv kuchlari va vositalari;
b) mazkur havo kemalarining egalari va ekspluatantlari;
v) halokatga uchrayotgan yoki uchragan havo kemasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan davlat ma’murlari kelishlariga yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Bunday kelishga yo‘l qo‘yish tartibi O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish to‘g‘risidagi nizomda belgilanadi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 3-apreldagi 80-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmati to‘g‘risida”gi nizom.
81-modda. Halokatga uchrayotgan yoki uchragan havo kemalari haqida xabar qilish
Aloqa vositalariga ega bo‘lgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar shu vositalarni halokatga uchrayotgan yoki uchragan havo kemalari haqidagi ma’lumotlarni zudlik bilan xabar qilish uchun foydalanishga berib turishlari shart.
Aloqa vositalarini berish, halokatga uchrayotgan yoki uchragan havo kemasiga, uning yo‘lovchilari va ekipajiga yordam ko‘rsatish haqidagi xabarlarni qabul qilish va jo‘natish hech qanday navbatsiz oddiy tarif bo‘yicha haq olib amalga oshiriladi. Bunday hodisa to‘g‘risidagi birinchi ma’lumotni xabar qilish bepul amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Halokatga uchrayotgan yoki uchragan havo kemalari haqida xabar berish uchun umumiy aloqa vositalaridan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Aviatsiya ma’muriyati va Mudofaa vazirligi bilan birgalikda belgilanadi.
(81-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi O‘RQ-429-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar o‘zlariga ma’lum havo kemalarining halokati to‘g‘risida Yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmatiga yoki eng yaqin aerodromga zudlik bilan xabar berishlari shart. Fuqarolar bunday holatlarda zudlik bilan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yoki eng yaqin korxona, muassasa va tashkilotlarga xabar berishlari shart.
(81-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
82-modda. Qutqaruv ishlari
Oldingi tahrirga qarang.
Falokatga uchragan havo kemasining yo‘lovchilari va ekipajiga yordam ko‘rsatish bo‘yicha qutqaruv ishlari Yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmatining kuchlari va vositalari bilan, shuningdek mazkur kodeksning 80-moddasiga asosan shu xizmat tomonidan bu ishga safarbar qilinadigan vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning kuchlari hamda vositalari bilan amalga oshiriladi.
(82-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Agar falokatga uchragan havo kemasi yoki uning qismlari temir yo‘l, avtomobil, suv transporti harakatiga yoki havo kemalarining parvoziga xalaqit beradigan bo‘lsa, qutqaruv ishlari rahbari transport harakatini yoki kemalar parvozini ta’minlash uchun havo kemasini (uning qismini) — uning (ularning) umumiy holati va joylashuvini qayd qilib olgach — chetga olib qo‘yish uchun choralar ko‘rishi shart.
83-modda. Havo kemasini, uning yo‘lovchilari va ekipajini qidiruv ishlarining to‘xtatilishi
Ko‘rilgan tadbirlar natija bermagan taqdirda halokatga uchragan havo kemasini qidiruv ishlarini to‘xtatish haqidagi qaror Yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmati rahbari tomonidan qabul qilinadi. Bunday qaror mavjud qidiruv-qutqaruv kuchlari va vositalari bilan havo kemasini topishda davom ettiriladigan qidiruv ishlari samarasizdir va tirik qolgan odamlarni qutqarish uchun hech qanday real umid qolmadi, deb taxmin qilishga yetarli asoslar bo‘lganidagina qabul qilinishi mumkin.
Halokatga uchragan havo kemasini qidiruv ishlarini to‘xtatish haqidagi qaror ustidan mazkur kema egasi tegishli sudga shikoyat qilishi mumkin.
Qidirilishi to‘xtatilgan havo kemasi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanadi.
84-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi qidiruv va qutqaruv ishlari
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida halokatga uchrayotgan yoki uchragan O‘zbekiston Respublikasi havo kemalarini qidiruv va qutqaruv ishlari mazkur Kodeks talablari hisobga olinib, hududida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilayotgan davlatda bunday ishlarni bajarish qoidalariga va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro bitimlariga muvofiq amalga oshiriladi.
XI bob. HAVO KEMALARI PARVOZINING XAVFSIZLIGI USTIDAN NAZORAT. AVIATSIYA XALOKATLARI VA BAXTSIZ HODISALARNI TEKSHIRISH
85-modda. Havo kemalari parvozining xavfsizligi ustidan nazorat
Aviatsiya halokatlari va baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida havo kemalari parvozining xavfsizligi ustidan nazorat amalga oshiriladi.
Havo kemasidan uchish maqsadlarida foydalanish chog‘ida mazkur kemaning, ekipajning, boshqa aviatsiya xodimlarining normal faoliyatini buzgan holda yoki tashqi sharoitlar natijasida ro‘y bergan va odamlar halokatiga, havo kemasining jiddiy zarar ko‘rishiga, vayron bo‘lishiga yoki yo‘qolishiga olib kelgan hodisa aviatsiya halokati deb e’tirof etiladi.
Hodisa natijasida yuqorida zikr etilgan oqibatlar sodir bo‘lmagan-ku, lekin ish o‘ngidan kelmay shunday oqibatlar sodir qilinishi mumkin bo‘lsa, bunday hodisa baxtsiz hodisa deb e’tirof etiladi. Havo kemalari parvozining xavfsizligi ustidan nazoratni tashkil qilish va uni amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-apreldagi 337-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi to‘g‘risida nizom”.
86-modda. Tekshirishni tashkil qilish va o‘tkazish
Har bir aviatsiya halokati yoki baxtsiz hodisa albatta tekshirishdan o‘tkazilmog‘i lozim.
Halokatlar yoki baxtsiz hodisalar:
Oldingi tahrirga qarang.
fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyada – O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi komissiyalari tomonidan;
(86-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-apreldagi O‘RQ-688-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 03/21/688/0394-son)
davlat aviatsiyasida – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi komissiyalari tomonidan tekshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Halokat yoki baxtsiz hodisa davlat va fuqaro aviatsiyasi yoki davlat aviatsiyasi va eksperimental aviatsiya manfaatlariga daxldor bo‘lgan taqdirda tekshirish O‘zbekiston Respublikasining Transport vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining boshqa daxldor vazirliklari va idoralari vakillaridan tashkil topgan qo‘shma komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi. Bunday komissiyalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi.
(86-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-apreldagi O‘RQ-688-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 03/21/688/0394-son)
Tekshirishni tashkil qilish va amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan qoidalar bilan belgilanadi. Aviatsiya halokati yoki baxtsiz hodisani bunday tekshirishdan maqsad kimningdir aybini yoki javobgarligini belgilash emas, balki hodisaning obyektiv sabablarini aniqlashdan iboratdir.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish qoidalarining XXV bobiga.(“Aviatsiya hodisalari va insidentlarini surishtirish”) (ro‘yxat raqami 1723, 29.09.2007-y.)
87-modda. Aviatsiya halokati yoki baxtsiz hodisa haqida xabar berish
Aviatsiya halokati yoki baxtsiz hodisadan xabar topgan shaxslar zudlik bilan bu haqda ushbu Kodeksning 81-moddasi to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan organlarga ma’lum qilishlari kerak.
Shundan so‘ng bu ma’lumotni aviatsiya halokatlari yoki baxtsiz hodisalarni tekshiruvchi organlarga yetkazish tartibi mazkur tekshirishlarni o‘tkazish qoidalari bilan belgilanadi.
88-modda. Ashyoviy dalillarni saqlash
Havo kemasi, uning tarkibiy qismlari, kema ichidagi va yerdagi obyektiv nazorat vositalari, havo kemasidagi hamda yerdagi aviatsiya halokatiga yoki baxtsiz hodisaga aloqador barcha predmetlar, havo kemasini ishlab chiqarish, ta’mirlash, undan foydalanish va uning parvozini ta’minlash bilan bog‘liq barcha hujjatlar mazkur halokatni (baxtsiz hodisani) tekshiruvchi komissiya a’zolari yetib kelgunga qadar tashkilotlar va fuqarolar tomonidan daxlsizlikda saqlanmog‘i lozim, ushbu Kodeksning 82-moddasi ikkinchi qismida ko‘zda tutilgan hollar bundan mustasno.
Tekshirish komissiyasi raisining talabiga binoan zarur ashyoviy dalillar hech bir to‘siqsiz ushbu komissiya ixtiyoriga to‘laligicha berilishi lozim.
89-modda. Aviatsiya halokati ro‘y bergan joydagi ishlar
Aviatsiya halokati ro‘y bergan joyda amalga oshiriladigan tekshirish tabiiy ofatlar oqibatlarini tugatish ishlariga tenglashtirilgan alohida sharoitlarda bajariladigan ishlar qatoriga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar aviatsiya halokatini tekshiruvchi komissiyaga har tomonlama ko‘maklashishlari shart.
(89-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Komissiya ishini aviatsiya halokati ro‘y bergan joyda ta’minlash tartibi ushbu Kodeksning 86-moddasida ko‘rsatilgan aviatsiya halokatlari va baxtsiz hodisalarni tekshirish qoidalari bilan belgilanadi.
90-modda. Aviatsiya halokati (baxtsiz hodisa)ni tekshirish bilan bog‘liq ishlarni mablag‘ bilan ta’minlash va xarajatlarni qoplash tartibi
Aviatsiya halokati (baxtsiz hodisa) ro‘y bergan joyda o‘tkaziladigan tekshiruv bilan bog‘liq barcha ishlarni havo kemasining ekspluatanti mablag‘ bilan ta’minlaydi.
Ilmiy tekshirish va konstruktorlik muassasalari, tashkilotlari, ta’mirlov va sanoat korxonalari amalga oshirayotgan aviatsiya halokati (baxtsiz hodisa)ni tekshirish bilan bog‘liq tadqiqot va sinov ishlari ana shu korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan mablag‘ bilan ta’minlanib, keyinchalik bu xarajatlar havo kemasining ekspluatanti tomonidan qoplanadi.
XII bob. AVIATSIYA FAOLIYATIGA G‘AYRIQONUNIY ARALASHUVNING OLDINI OLISH
91-modda. Aviatsiyani g‘ayriqonuniy aralashuvlardan himoya qilishning chora-tadbirlari
Havo kemalari, yo‘lovchilar, yuk va pochta qabul qilish, jo‘natish yoki ularga xizmat ko‘rsatishni amalga oshirayotgan havo kemalarining ekspluatantlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar aviatsiyani g‘ayriqonuniy aralashuvidan himoya qilish chora-tadbirlarini ko‘rishlari kerak.
Bunday chora-tadbirlar:
a) begona shaxslar va transportning aerodromlarning nazorat ostidagi tegrasiga nazoratsiz kirishlarining oldini olish;
b) yo‘lovchilar tomonidan qurollar, o‘q-dorilar, portlovchi, zaharli, tez alangalanuvchi moddalar va havo transportida olib yurish taqiqlangan boshqa predmetlarning yashirincha havo kemasiga olib kirilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
v) qurol va o‘q-dorilarni olib uchishda ularni havo kemalarining yo‘lovchilardan ajratilgan bo‘lmalarida, yuk orasida o‘qsiz holda joylashtirishni ta’minlaydigan alohida choralar ko‘rish;
g) havo kemalari turgan joylarda ularga xizmat ko‘rsatishga aloqasi yo‘q shaxslarning kirib olishiga yo‘l qo‘ymay qo‘riqlash;
d) havo kemalarini maxsus tekshiruvdan o‘tkazish;
e) havo kemalarini parvoz davomida ekipajning xavfsiz faoliyatini ta’minlaydigan, shuningdek samoviy hududidan beruxsat foydalanishning oldini oladigan texnikaviy vositalar bilan ta’minlash;
j) havo kemalari va obyektlariga nisbatan g‘ayriqonuniy aralashuvning oldini olish uchun maxsus ishlab chiqilgan tadbirlarni (usullarni) qo‘llashdan iboratdir.
Bunday chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan qoidalarga muvofiq qo‘llaniladi.
92-modda. Yo‘lovchilarni, qo‘l yuki va bagajni tekshirish
Oldingi tahrirga qarang.
Parvozning xavfsizligini ta’minlash, yo‘lovchilarning va havo kemalari ekipajining hayoti va salomatligini saqlash maqsadida aeroport xodimlari, ichki ishlar organlari, Davlat xavfsizlik xizmati organlariga va bojxona organlariga, bu organlarning vakolatli vakillari yo‘q bo‘lgan taqdirda esa — havo kemalarining komandirlari yoki ularning topshirig‘iga binoan ekipajning boshqa a’zolariga — ichki yo‘nalishlarda ham, xalqaro yo‘nalishlarda ham havo kemalari yo‘lovchilarini, qo‘l yuki va bagajlarni tekshirish huquqi beriladi. Tekshirish aeroportda, shahar aerovokzalida yoxud aerodromda havo kemasining o‘zida bu ish uchun maxsus tayinlangan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Yo‘lovchi tekshiruvdan bo‘yin tovlagan taqdirda aviatsiya xizmati ko‘rsatuvchi havo transportida tashish to‘g‘risidagi shartnomani bekor qilishga haqlidir.
(92-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-974-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/974/0804-son)
Parvozdagi havo kemasida sharoit taqozosi bilan havo kemasi komandirining qaroriga muvofiq yo‘lovchining roziligidan qat’i nazar, tekshirish o‘tkazilishi mumkin. Ushbu moddada parvozdagi havo kemasi deb yo‘lovchilar yoki yuklar joylashtirilganidan so‘ng kemaning barcha tashqi eshiklari yopilgan daqiqadan boshlab, yo‘lovchilarni yoki yuklarni tushirish uchun eshiklardan istalgan biri ochilguncha bo‘lgan holatdagi havo kemasi tushuniladi.
Tekshirish o‘tkazish qoidalari va tekshirish o‘tkazishga haqli shaxslar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-iyuldagi 481-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligiga doir tekshiruv o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
921-modda. Yo‘lovchining havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalari
Yo‘lovchi havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalariga rioya etishi, havo kemasi komandirining yoki ekipaj a’zosining havo kemasi komandiri nomidan bergan parvoz va havo kemasi ichidagi odamlar xavfsizligini, mol-mulk but saqlanishini, tashish shartnomasini ijro etish bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish tartibi va imkoniyatini ta’minlashga doir farmoyishlarini bajarishi shart.
Yo‘lovchining havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Aviatsiya ma’muriyati tomonidan belgilanadi.
(921-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi O‘RQ-337-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda)
93-modda. Javobgarlik turlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Kodeks talablarini buzganlikda aybdor bo‘lganlar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining XVIII bobiga va O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 251-moddasiga.
(93-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi O‘RQ-159-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda)
IV BO‘LIM. HAVO TRANSPORTIDA TASHISH VA AVIATSIYA ISHLARI
XIII bob. UMUMIY QOIDALAR
94-modda. Ta’rif
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Aeroportlar va havo transportida tashuvchilar tomonidan bajariladigan yo‘lovchilar, qo‘l yuki va yukni belgilangan manzilga yetkazishni bevosita amalga oshirish bilan bog‘liq tadbirlar va operatsiyalar majmui havo transportida tashish deb hisoblanadi. Havo transportida tashish yo‘lovchilar, qo‘l yuki va yuk aeroportda, havo kemasi ichida yoki boshqa uchish-qo‘nish joyida bo‘lishidan qat’i nazar, tashuvchining javobgarligi ostida bo‘lgan vaqt mobaynidagi davrni qamrab oladi.
(94-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi O‘RQ-337-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda)
Havo kemasining jo‘nash, qo‘nish manzili va nazarda tutilgan barcha oraliq qo‘nish manzillari O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan parvozi chog‘ida bajarilgan tashish ishlari havo transportida ichki tashish deb hisoblanadi.
Havo kemasining parvoz davomida yangi yuk olgan-olmaganidan yoki parvozda tanaffus bo‘lgan-bo‘lmaganidan qat’i nazar, jo‘nash va qo‘nish manzillari:
a) ikki davlat hududida:
b) agar boshqa davlat hududida oraliq qo‘nish manzili (manzillari) nazarda tutilgan bo‘lsa, bir davlat hududida bajariladigan parvozlari chog‘idagi tashish ishlari havo transportida xalqaro tashish deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ekspluatant sertifikati bo‘lgan havo kemasining ekspluatanti tashuvchi deb e’tirof etiladi.
(94-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Havo transportida tashish shartnomasiga muvofiq havo kemasida tashilayotgan yoki tashilishi lozim bo‘lgan shaxs yo‘lovchi deb hisoblanadi.
Qo‘l yuki – yo‘lovchining tashuvchi bilan shartnomaga muvofiq havo kemasida tashilayotgan shaxsiy ashyolari.
Yuk – havo kemasida tashilayotgan yoki tashish uchun qabul qilingan (pochta va xalqaro pochta bitimlarining shartlariga ko‘ra tashiladigan boshqa mol-mulk, tashuvchining qo‘l yuki yoki mol-mulkidan tashqari) har qanday mol-mulk, shuningdek yuk xati bo‘yicha tashiladigan qo‘l yuki.
(94-moddaning birinchi – uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuniga muvofiq birinchi – yettinchi qismlari bilan almashtirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Aviatsiya vositalarida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar (buyurtmachi)ning texnologik yoki transport ishlab chiqarish jarayonlarini ta’minlash maqsadida, shu jumladan eksperimental va ilmiy-tadqiqot ishlarini, sanitariya va tabiatni qo‘riqlash tadbirlarini, aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish, tabiiy ofatlar, avariyalar va halokatlar oqibatlarini tugatish maqsadida tijorat asosida bajariladigan maxsus yumushlar aviatsiya ishlari qatoriga kiradi. Aviatsiya ishlariga mansub xizmatlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Aviatsiya ma’muriyati tomonidan belgilab qo‘yiladi.
95-modda. Havo transportida tashish va aviatsiya ishlarini bajarish qoidalari
Oldingi tahrirga qarang.
Havo transportida tashish yoki aviatsiya ishlarini bajarish istagini bildirgan havo kemasining ekspluatanti ekspluatant sertifikatini olishi lozim.
(95-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Havo transportida tashish va aviatsiya ishlari havo kemalarining ekspluatantlari va buyurtmachilar o‘rtasidagi shartnomalar asosida yoki korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning bir martalik buyurtmalari asosida bajariladi. Havo kemalarining ekspluatantlari va buyurtmachilar o‘z sheriklarini tanlashda teng huquqlarga egadirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari hududlarining ekologiyasi yoki hududlarida transport vositalari va odamlar harakatining alohida tartibidan kelib chiqib, aviatsiya ishlarini bajarish shartlarini va cheklovlarni belgilab qo‘yish huquqiga egadir. Bunday shartlar va cheklovlarni kelishib olish buyurtmachi zimmasiga yuklatiladi.
(95-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Havo kemalarining ekspluatantlari O‘zbekiston Respublikasi Aviatsiya ma’muriyati tomonidan belgilanadigan havo transportida tashish yoki aviatsiya ishlarini bajarish qoidalariga rioya qilishi shart. Bunda havo kemalarining ekspluatantlari havo transportida tashish yoki aviatsiya ishlarini bajarishning o‘z faoliyatlari xususiyatiga mos keladigan va O‘zbekiston Respublikasi Aviatsiya ma’muriyati tomonidan belgilangan qoidalarga zid bo‘lmagan qo‘shimcha qoidalarini belgilashi mumkin.
(95-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi O‘RQ-337-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Havo kemalarida pochta tashish tartibi pochta aloqasi sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi va O‘zbekiston Respublikasi Aviatsiya ma’muriyati bilan kelishiladi.
(95-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi O‘RQ-337-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(96-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-apreldagi O‘RQ-688-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 03/21/688/0394-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(97-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-apreldagi O‘RQ-688-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 03/21/688/0394-son)
XIV bob. HAVO TRANSPORTIDA TASHISH
98-modda. Havo transportida tashish shartnomasi
Oldingi tahrirga qarang.
Havo transportida tashish shartnomasiga binoan tashuvchi yo‘lovchi va uning qo‘l yukini chiptada ko‘rsatilgan parvozni amalga oshirayotgan havo kemasidan joy berib belgilangan manzilga eltib qo‘yish majburiyatini, yo‘lovchi qo‘l yukini topshirgan bo‘lsa — qo‘l yukini belgilangan manzilga yetkazib, uni yo‘lovchiga yoki yo‘lovchi tayinlagan shaxsga topshirish majburiyatini oladi. Yo‘lovchi belgilangan tarif bo‘yicha parvoz uchun, yuk tashuvchi belgilagan me’yordan ortiq qo‘l yuki bo‘lgan taqdirda esa bunday — qo‘l yuki uchun ham haq to‘lash majburiyatini oladi.
(98-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi O‘RQ-337-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda)
Havo transportida tashish shartnomasiga ko‘ra yuk tashuvchi o‘ziga yuk jo‘natuvchi ishonib topshirgan yuk yoki pochtani belgilangan manzilga yetkazib, ularni yukni yoki pochtani qabul qilib olishga vakolat berilgan shaxsga topshirish majburiyatini oladi, yuk jo‘natuvchi esa yuk yoki pochta tashilgani uchun belgilangan tarif bo‘yicha haq to‘lash majburiyatini oladi.
99-modda. Charter shartnomasi
Oldingi tahrirga qarang.
Charter (havo kemalarini kira qilish) shartnomasi bo‘yicha bir tomon (kiraga beruvchi) ikkinchi tomon (kiraga oluvchi)ga haq evaziga bir yoki bir necha havo kemasini yo‘lovchilar, qo‘l yuki, yuk va pochta tashish yoxud boshqa maqsadlarda foydalanishga bir yoki bir necha parvoz uchun to‘liq berib turish majburiyatini oladi.
(99-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi O‘RQ-337-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 712-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Charter (havo kemalarini kira qilish) shartnomasi bo‘yicha tashish ushbu Kodeks qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
(99-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi O‘RQ-337-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda)
100-modda. Havo kemasida joy band qilib qo‘yish
Oldingi tahrirga qarang.
Havo kemasida yo‘lovchi, qo‘l yuki tashish uchun joylarni hamda yuk va pochta tashish uchun tashish sig‘imini band qilib qo‘yish tashuvchining qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
(100-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi O‘RQ-337-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda)
101-modda. Tashishga doir hujjatlar
Oldingi tahrirga qarang.
Chipta va qo‘l yuki pattasi, pochta va yuk xati, shuningdek qog‘ozda yoki elektron shaklda rasmiylashtiriladigan boshqa tashish hujjatlari yo‘lovchini va qo‘l yukini, pochtani va yukni havo transportida tashish shartnomasini tasdiqlovchi tashish hujjatlaridir.
Tashish hujjatlarining shakli tegishli fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkilotlarining qoidalari va tavsiyalarini hisobga olgan holda tashuvchi tomonidan belgilanadi.
Pochta orqali tashish hujjatlarining shakli pochta aloqasi sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
(101-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi O‘RQ-159-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda)
102-modda. Yo‘lovchiga ko‘rsatiladigan xizmatlar va imtiyozlar
Tashuvchi yo‘lovchilarga tashish qoidalarida belgilangan tartibda xizmat ko‘rsatilishini tashkil etishi shart. Shunga muvofiq yo‘lovchiga belgilangan me’yor doirasida bagaj va qo‘l yukini tekin o‘zi bilan olib uchish, bolalarini (yoshiga qarab) tekin yoki imtiyozli shartlarda olib uchish, aeroportlarda maxsus ajratilgan binolardan foydalanish, shuningdek yuk tashuvchining aybi bilan yoxud boshqa majburiy sabablar bilan ro‘y bergan parvozlarning kechiktirilishi yoki ular orasidagi tanaffuslarda mehmonxonalarda joy bilan ta’minlanish huquqi beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tashuvchi o‘z imtiyozli tijorat dasturlarini amalga oshirish va bunday dasturlarda nazarda tutilgan qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish huquqiga ham ega.
(102-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi O‘RQ-337-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
103-modda. Tashuvchining tashabbusi bilan havo transportida tashish shartnomasi kuchining to‘xtatilishi
Tashuvchi havo transportida yo‘lovchi, qo‘l yuki va yuk tashish shartnomasini tashish yo‘nalishining istalgan manzilida quyidagi hollarda bekor qilishi mumkin:
Oldingi tahrirga qarang.
yo‘lovchi yoki yuk jo‘natuvchi tomonidan parvoz boshlanadigan, tugaydigan va tranzit mamlakatning qonunchiligida belgilangan bojxona, chegara, sanitariya-karantin talablari va havo transportida tashishga taalluqli boshqa talablar buzilsa;
(103-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
agar yo‘lovchi sog‘lig‘ining holati havo transportida tashishning alohida shart-sharoitlarini talab qilsa yoxud yo‘lovchining o‘z xavfsizligiga yoki boshqa shaxslarning xavfsizligiga tahdid solsa, bu hol tibbiy hujjatlar bilan tasdiqlansa, xuddi shuningdek tartibsizlik keltirib chiqarsa va boshqa yo‘lovchilarga tashish shartnomasining shartlarida nazarda tutilgan xizmatlarni ko‘rsatishi uchun tashuvchiga imkoniyat bermasa;
havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalari yo‘lovchi tomonidan parvoz xavfsizligiga tahdid tug‘diradigan yoxud havo kemasi ichidagi shaxslarning hayotiga yoki sog‘lig‘iga va mol-mulkiga tahdid tug‘diradigan tarzda buzilsa;
havo transportida tashishlarning belgilangan qoidalari talablarini bajarish yo‘lovchi yoki yuk jo‘natuvchi tomonidan rad etilsa.
(103-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi O‘RQ-337-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda)
104-modda. Yo‘lovchining tashabbusi bilan havo transportida tashish shartnomasi kuchining to‘xtatilishi
Oldingi tahrirga qarang.
Yo‘lovchi havo transportida tashish shartnomasi amal qilib turgan istalgan vaqtda — yo‘lovchi uchun joy band qilib qo‘yilgan havo kemasi parvoz qilgunicha yoki parvoz qilganidan keyin yo‘nalish manzillaridan birida havo transportida tashish shartnomasini bekor qilish va tashish uchun to‘langan summaning hammasini yoki bir qismini tashuvchining tariflarini qo‘llash qoidalarida belgilangan tartibda olish huquqiga ega.
(104-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi O‘RQ-337-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda)
105-modda. Tashish tariflari, yig‘imlari, stavkalari va qatnovni kiraga sotish qoidalari
Oldingi tahrirga qarang.
Tashish ishlarini tashkil qilish va tariflarni qo‘llash, yig‘imlar to‘lash, qatnovni kiraga sotish qoidalari tashuvchi tomonidan qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
(105-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Charter (havo kemalarini kira qilish) shartnomalari bo‘yicha tashishni bajarish uchun shartnoma tariflari belgilanishi mumkin.
(105-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi O‘RQ-337-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
106-modda. Yukning yoki qo‘l yukining olinmasligi va kechikib olinishi
Oldingi tahrirga qarang.
Agar qabul qiluvchi yetib kelgan yukni tashish qoidalarida belgilangan muddatda talab qilib olmasa yoki uni olishdan voz kechsa, tashuvchi jo‘natuvchini bu haqda xabardor qilgan holda yukni jo‘natuvchining hisobidan saqlash uchun o‘zida qoldirishga haqlidir. Qabul qiluvchi xabardor qilingan kundan boshlab 30 kun ichida yuk olib ketilmagan va bu yukka nisbatan yuk jo‘natuvchining biror-bir farmoyishi olinmagan bo‘lsa, bunday yuk talab qilib olinmagan deb hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda realizatsiya qilinadi.
(106-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Uchib kelgan reys yo‘lovchilariga qo‘l yuki topshirilganidan keyin talab qilib olinmagan qo‘l yuki uni olib kelgan tashuvchi hisobidan saqlash va bunday qo‘l yukining egasini qidirish hamda uni egasiga yetkazib berishni tashkil etish uchun aeroportning tegishli xizmatiga topshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tashuvchilar tomonidan olib kelinib, talab qilib olinmagan qo‘l yuki aeroportda ko‘pi bilan 3 oy saqlanadi va keyin O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.
(106-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Chet ellik tashuvchilar tomonidan olib kelinib, talab qilib olinmagan qo‘l yuki aeroportda ko‘pi bilan 7 kun saqlanadi va uni olib kelgan tashuvchining reysi bilan qaytarib yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Talab qilib olinmagan qo‘l yukidagi tez buziladigan narsalar buzilish belgilari aniqlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.
(106-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 897-moddasi.
107-modda. Tashishning alohida shartlari
Oldingi tahrirga qarang.
Portlovchi moddalar, qurollar, o‘q-dorilar, zaharli, tez alangalanuvchi, radioaktiv va boshqa xavfli moddalarni hamda predmetlarni tashish shartlari qonunchilikka muvofiq maxsus qoidalar bilan belgilanadi.
(107-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti to‘g‘risida”gi Qonuni,O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-maydagi 213-sonli “Portlovchi moddalar va portlatish vositalarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish, transportda tashish, saqlash va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2007-yil 24-avgustdagi 131-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli yuklarni havo transportida tashish qoidalari” (O‘zR AQ-198)”.
Oldingi tahrirga qarang.
108-modda. Tashishning axborot-reklama ta’minoti
Tashuvchi parvozlarning yo‘nalishlari va jadvallarini, yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish tariflarini, aeroportlarda va havo kemasining ichida xizmat ko‘rsatish shartlarini e’lon qilishi hamda aholining (mijozlarning) e’tiboriga yetkazishi shart.
(108-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi O‘RQ-337-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda)
109-modda. Havo transportida tashish ishlarini ta’minlash xizmatining tashkil etilishi
Oldingi tahrirga qarang.
Havo transportida tashishni ta’minlovchi barcha xizmatlar aeroport tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan tashishlarning hajmi va turlariga muvofiq xodimlarni, texnologik asbob-uskunalar, mexanizatsiya va avtomatizatsiya vositalari bilan jihozlangan operatsion zonalarni qamrab oluvchi tegishli tashkiliy tuzilmaga ega bo‘lishi kerak.
(109-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi O‘RQ-337-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda)
110-modda. Sug‘urta
Tashuvchi yo‘lovchilarga, tashishga qabul qilingan qo‘l yuki va yuklarga, shuningdek o‘zga shaxslarga yetkaziladigan zararni qoplash yuzasidan o‘z mas’uliyatini sug‘urta qildirishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Zararni qoplaydigan sug‘urta summasi miqdori tashuvchi javobgarligining belgilangan miqdoridan past bo‘lishi mumkin emas.
(110-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi O‘RQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(110-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi O‘RQ-388-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga.
111-modda. Xorijiy tashuvchilarning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi faoliyati
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy tashuvchilar respublika qonunchiligi hamda O‘zbekiston Respublikasi va tegishli xorijiy davlatlar ishtirokida tuzilgan xalqaro shartnomalar asosida, shuningdek Aviatsiya ma’muriyati tomonidan bir gallik va muntazam parvozlar uchun beriladigan maxsus ruxsatnomalarga binoan faoliyat ko‘rsatadilar.
Xorijiy tashuvchilar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘zlarining vakolatxonalarini ochishlari mumkin.
(111-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Xorijiy yuk tashuvchilarga:
a) O‘zbekiston Respublikasi va tegishli xorijiy davlatlar ishtirok etgan havo aloqasi to‘g‘risidagi xalqaro shartnomalarda yoki maxsus ruxsatnomalarda ko‘zda tutilmagan hollarda O‘zbekiston Respublikasi hududidan xorijiy davlatga olib ketish yoki xorijiy davlat hududidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelish uchun kemaga yo‘lovchilar, qo‘l yuki, yuk va pochta olish;
b) O‘zbekiston Respublikasi hududidagi boshqa bir manzilga yetkazish uchun Aviatsiya ma’muriyatining maxsus ruxsatisiz O‘zbekiston Respublikasi hududida kemaga yo‘lovchilar, qo‘l yuki, yuk va pochta olish man etiladi.
112-modda. Tashuvchining mas’uliyatini tartibga solishning umumiy prinsiplari
Oldingi tahrirga qarang.
Havo transportida tashishda tashuvchining javobgarligi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, fuqarolik qonunchiligi va ushbu Kodeks bilan tartibga solinadi.
(112-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
113-modda. Yo‘lovchining o‘limi yoki sog‘ligiga yetkazilgan zarar uchun tashuvchining mas’uliyati
Tashuvchi parvoz chog‘ida yo‘lovchining o‘limi yoki sog‘ligining yomonlashuviga olib kelgan zarar uchun, agar bu zararning oldini olish uchun tashuvchi barcha zarur choralarni ko‘rganligini yoki bunday choralarni ko‘rishning iloji bo‘lmaganligini isbotlab bera olmasa, mulkiy javobgar bo‘ladi.
Agar yo‘lovchining o‘limi yoki sog‘ligining yomonlashuvi qaytarib bo‘lmas kuch natijasida sodir bo‘lgan bo‘lsa, tashuvchi, agar yetkazilgan zarar yoki zararning ko‘payishi jabrlanuvchining qo‘pol ehtiyotsizligi natijasi ekanligini isbotlab bera olmasa, belgilanganiga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yetkazilgan zarar yoki zararning ko‘payishi jabrlanuvchining qo‘pol ehtiyotsizligi natijasi ekanligini tashuvchi isbotlab bergan boshqa hollarda fuqarolikka doir qonunchilikning umumiy me’yorlariga muvofiq zarar uchun to‘lanadigan tovonning miqdori kamaytirilishi mumkin yoki zararni qoplashdan xalos etilishi mumkin.
(113-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tashuvchi yo‘lovchining o‘limi yoki sog‘lig‘i shikastlanganligi uchun yetkazilgan zararning o‘rni O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hamda fuqarolik qonunchiligida belgilangan tartibda va miqdorlarda qoplanishini ta’minlashi shart.
(113-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(113-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi O‘RQ-337-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda)
114-modda. Tashuvchining qo‘l yukining butligi uchun javobgarligi
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan qo‘l yuki tashishga qabul qilib olingan paytdan e’tiboran to u qabul qiluvchiga berilguniga yoki boshqa vakolatli shaxsga topshirilguniga qadar uning yo‘qolganligi, kamomadi yoki unga yetkazilgan zarar uchun tashuvchi javobgar bo‘ladi.
(114-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi O‘RQ-159-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda)
Agar yo‘lovchining yonidagi buyumlar yo‘qolsa yoki ularga zarar yetkazilsa va bu yo‘qotish yoki zarar tashuvchining aybi bilan yuz berganligi isbotlansa, tashuvchi bu buyumlar uchun moddiy javobgar bo‘ladi.
115-modda. Tashuvchining yukning butligi uchun javobgarligi
Oldingi tahrirga qarang.
Agar yukning yo‘qolishi, kamomadi yoki unga yetkazilgan zarar havo transportida tashish vaqtida yuz bergan bo‘lsa, yukning yo‘qolganligi, kamomadi yoki unga yetkazilgan zarar uchun tashuvchi javobgar bo‘ladi.
Agar tashuvchi yukning yo‘qolganligi, kamomadi yoki unga zarar yetkazilganligi bilan bog‘liq ziyon quyidagi holatlardan biri yoki bir nechtasi natijasida yuzaga kelganligini isbotlay olmasa, yetkazilgan ziyon uchun javobgar bo‘ladi:
davlat organining yukni olib kirish, olib chiqish yoki uning tranzitiga taalluqli akti;
urush yoki qurolli to‘qnashuv akti;
yukka xos bo‘lgan nuqson, uning sifati yoki undagi kamchilik.
(115-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi O‘RQ-337-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda)
116-modda. Yuk, qo‘l yuki, shuningdek yo‘lovchi yonidagi buyumlarning yo‘qolishi, kamomadi yoki ularga yetkazilgan zarar uchun tashuvchi mas’uliyati miqdori
Yuk, qo‘l yuki yoki yo‘lovchi yonidagi buyumlarning yo‘qolgani, kamomadi va ularga yetkazilgan zarar uchun tashuvchi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) tashish uchun olingan qiymati e’lon qilingan yuk yoki qo‘l yukining yo‘qolgani, kamomadi yoxud unga yetkazilgan zarar uchun – e’lon qilingan qiymati miqdorida, agar tashuvchi e’lon qilingan qiymat haqiqiy qiymatdan balandligini isbot qilsa — haqiqiy qiymat miqdorida;
(116-modda birinchi qismining “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi O‘RQ-337-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
b) qiymati e’lon qilinmagan holda tashish uchun qabul qilingan yukning yoki qo‘l yukining, shuningdek yo‘lovchi yonidagi buyumlarning yo‘qolganligi, kamomadi yoxud ularga yetkazilgan zarar uchun — O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hamda fuqarolik qonunchiligida belgilangan tartibda va miqdorlarda javobgar bo‘ladi.
(116-modda birinchi qismi “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Agar yetkazilgan zarar tashuvchi yoki uning vakolatli shaxslari o‘z xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida qasddan qilingan yoki qo‘pol ehtiyotsizliklari natijasi ekanligi isbotlansa javobgarlik me’yorlari qo‘llanilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(116-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi O‘RQ-337-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda)
Havo kemasida hayvonlarni kuzatib borayotgan shaxsning o‘limi yoki uning sog‘ligiga yetkazilgan zarar uchun, agar bu halokat hayvonlarning xatti-harakati tufayli ro‘y bergan bo‘lsa, tashuvchi javobgar bo‘lmaydi.
Hayvonlarning o‘limi yoki jarohatlangani uchun, agar bu ko‘ngilsizlik tabiiy sabablarga ko‘ra yoki ularni kuzatib borayotgan shaxsning xatti-harakati natijasida ro‘y bergan bo‘lsa, tashuvchi javobgar bo‘lmaydi.
117-modda. Yo‘lovchi, qo‘l yuki yoki yuk tashish kechikkani uchun tashuvchining javobgarligi
Yo‘lovchi, qo‘l yuki yoki yuk tashishning kechikkani uchun tashuvchi — agar u kechikishning oldini olish uchun barcha choralarni ko‘rganligini yoki bu choralarni ko‘rishning iloji bo‘lmaganligini isbotlab bera olmasa — javobgar bo‘ladi. Javobgarlik miqdori tashish qoidalariga muvofiq aniqlanadi.
Oldini olish mumkin bo‘lmagan holatlar yuzaga kelganida tashuvchi javobgarlikdan ozod qilinadi.
118-modda. Pochtani yo‘qotganlik, unga ziyon yetkazganlik va kechiktirganlik uchun tashuvchining javobgarligi
Pochtani yo‘qotganlik, unga ziyon yetkazganlik yoki kechiktirganlik uchun — agar bu tashuvchi aybi bilan yuz bergan bo‘lsa — tashuvchi Jahon pochta ittifoqining pochta qoidalari va hujjatlariga muvofiq pochta jo‘natuvchilar yoki pochtani oluvchilar oldida aloqa organlari belgilaydigan miqdorda javobgar bo‘ladi.
Batafsil ma’lumot uchun “Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari”ning VI bobiga (ro‘yxat raqami 2219, 18.04.2011-y.) qarang.
119-modda. Javobgarlik miqdorini kamaytirish to‘g‘risidagi kelishuvlarning g‘ayriqonuniyligi
Tashuvchining yo‘lovchilar, yuk jo‘natuvchilar yoki qabul qiluvchilar bilan ushbu Kodeksda ko‘zda tutilgan javobgarlik miqdorini kamaytirish to‘g‘risidagi barcha kelishuvlari g‘ayriqonuniydir.
120-modda. Javobgarlik miqdorini oshirish to‘g‘risidagi kelishuv
Tashuvchi o‘z mas’uliyati miqdorini ushbu Kodeks yoki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida ko‘zda tutilgan miqdorlardan yuqori qilib belgilab, shartnoma tuzishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
121-modda. Havo transportida tashish shartnomasining buzilishi to‘g‘risidagi dalolatnomalar tuzish
Tashuvchi, yo‘lovchi, yuk jo‘natuvchi va oluvchilarning mulkiy javobgarliklari uchun asos sifatida xizmat qilishi mumkin bo‘lgan holatlar havo transportida tashish shartnomasining buzilishi to‘g‘risidagi dalolatnoma bilan guvohlantiriladi. Havo transportida tashish shartnomasining buzilishi to‘g‘risidagi dalolatnoma tuzish tartibi hamda havo transportida tashish shartnomasining buzilishi to‘g‘risidagi dalolatnoma tuzishni taqozo qilmaydigan holatlar tartibi tashish qoidalari bilan belgilanadi.
Havo transportida tashish shartnomasining buzilishi to‘g‘risidagi dalolatnoma quyidagi hollarda tuziladi:
a) yukning nomi, og‘irligi yoki yuk va pochtaning o‘rinlari soni tashish hujjatida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga nomuvofiq bo‘lganida;
b) yukda kamomad bo‘lganida yoki unga zarar yetkazilganida;
v) qo‘l yukida kamomad bo‘lganida yoki unga zarar yetkazilganida;
g) pochtada kamomad bo‘lganida yoki unga zarar yetkazilganida;
d) hujjatsiz yuk, qo‘l yuki va pochta, shuningdek yuksiz, qo‘l yukisiz yoki pochtasiz hujjatlar topilganida.
(121-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi O‘RQ-159-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda)
122-modda. Talab qo‘yish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Yo‘lovchi, qo‘l yuki, yuk yoki pochtani tashish yuzasidan tashuvchiga nisbatan da’vo qo‘zg‘atishdan oldin uning oldiga talab qo‘yilishi shart, aviatsiya halokati natijasida yo‘lovchining o‘limi yoki sog‘lig‘iga zarar yetishi bilan bog‘liq hollar bundan mustasno.
(122-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Tashish bitta tashuvchi tomonidan bajarilgan taqdirda talablar da’vogarning xohishiga ko‘ra parvoz boshlangan yoki tugagan manzilda bildiriladi. Tashish bir nechta tashuvchi tomonidan bajarilgan taqdirda, qo‘l yuki yoki yuk tashish qoidasi buzilganligiga doir talablar da’vogarning xohishiga ko‘ra birinchi yoxud oxirgi tashuvchiga, yo‘lovchining o‘limi yuz bergan yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan taqdirda esa, tashishni yo‘nalishning zarar yuzaga kelgan uchastkasida bajargan tashuvchiga bildiriladi.
(122-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi O‘RQ-337-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda)
Bevosita aralash transportlarda tashishdan kelib chiqadigan talablar:
Oldingi tahrirga qarang.
a) agar tashishning so‘nggi manzili aeroport bo‘lsa – tashuvchiga;
(122-moddaning uchinchi qismi “a” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi O‘RQ-337-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda)
b) agar tashishning so‘nggi manzili temir yo‘l yoki avtomobil stansiyasi, bandargoh yoki port bo‘lsa – tegishli transport tashkilotiga taqdim etiladi.
123-modda. Talab qo‘yish va da’vo qo‘zg‘atish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar
Oldingi tahrirga qarang.
Yo‘lovchi, yuk jo‘natuvchi, yukni qabul qiluvchi yoki ular vakolat bergan shaxslar yo‘lovchini va qo‘l yukini, pochta va yukni havo transportida tashish shartnomasi tuzilganligi faktini tasdiqlovchi hujjatlarni, shuningdek havo transportida tashish shartnomasi buzilganligi to‘g‘risidagi dalolatnomani taqdim etib, tashuvchiga nisbatan talab qo‘yish va da’vo qo‘zg‘atish huquqiga egadir.
Havo transportida tashish shartnomasi buzilganligi to‘g‘risidagi dalolatnomaning yo‘qligi, agar bunday dalolatnoma tashuvchining xodimlari yoki agenti tomonidan tuzilmaganligi isbotlansa, tashuvchiga nisbatan talab qo‘yish va da’vo qo‘zg‘atish huquqidan mahrum eta olmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yo‘lovchi, yuk jo‘natuvchi, yukni qabul qiluvchi vafot etgan yoki ular sog‘lig‘ining holati tashuvchiga nisbatan talab qo‘yish va da’vo qo‘zg‘atish imkonini bermagan taqdirda, yetkazilgan zararning o‘rnini qonunchilikka muvofiq qoplatish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar talab qo‘yishi yoki da’vo qo‘zg‘atishi mumkin.
(123-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
124-modda. Mamlakat ichkarisidagi tashishlarda talab qo‘yish muddatlari
Mamlakat ichkarisidagi tashishlarda tashuvchiga olti oylik muddat ichida, jarima to‘lanishi to‘g‘risidagi da’volar esa — 45 kun ichida taqdim etilishi mumkin.
Ko‘rsatilgan muddat hisobi:
a) qo‘l yuki, yuk yoki pochta kamomadini yoxud yetkazilgan zararni qoplash, shuningdek qo‘l yuki, yuk yoki pochta kechiktirilganligi uchun qo‘yiladigan talablar bo‘yicha — ular berilgan kundan boshlab;
b) yo‘qotilgan yuk badalini qoplash haqidagi talablar bo‘yicha — yuk yetkazib berish uchun mo‘ljallangan muddatdan 10 kun o‘tgach;
v) yo‘qotilgan qo‘l yuki yoki pochta badalini qoplash haqidagi talablar bo‘yicha — yetkazib berish muddati o‘tgandan so‘ng;
g) boshqa barcha hollarda — talab qilish uchun asos bo‘la oladigan voqea ro‘y bergan kundan e’tiboran boshlanadi.
Talab qilish muddati tugaganidan so‘ng ham, agar tashuvchi ko‘rsatilgan sabab uzrli deb hisoblasa, talablarni ko‘rib chiqish uchun qabul qilishga haqlidir.
125-modda. Xalqaro tashishlarda talab qo‘yish muddatlari
Qo‘l yuki yoki yuk e’tiroz bildirilmasdan qabul qilingan taqdirda, agar o‘zga holat tasdiqlanmagan bo‘lsa, ular tegishli holatda va tashish hujjatlariga muvofiq yetkazib berilgan deb hisoblanadi.
Qo‘l yuki yoki yukka zarar yetkazilgan taqdirda, uni olishga huquqi bo‘lgan shaxs zarar aniqlangani haqida zudlik bilan, ammo qo‘l yuki olingan kundan keyingi 7 kun hamda yuk olingan kundan keyingi 14 kundan kech bo‘lmagan muddat ichida tashuvchiga talabnoma taqdim etish lozim. Yetkazib berish kechiktirilgan taqdirda, qo‘l yuki yoki yuk oluvchiga berilgan kundan boshlab 21 kun ichida talab qo‘yilishi lozim.
Qo‘l yuki (yuk) yo‘qotilgani taqdirda tashuvchiga talablar havo kemasining belgilangan manzilga qo‘nganidan yoki tashish to‘xtatilgan kundan keyingi ikki yil davomida qo‘yilishi lozim. Ko‘rsatilgan muddatlarda bildirilgan yozma talabnoma bo‘lmasa, tashuvchiga nisbatan da’vo qo‘zg‘atilishi mumkin emas.
126-modda. Talablarni ko‘rib chiqish muddatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Tashuvchi talabni ko‘rib chiqishi va uning qondirilganligi yoki rad etilganligi haqida uch oy ichida xabar qilishi shart, bevosita aralash havo yo‘llarida tashishga yoki bir nechta tashuvchi ishtirok etayotgan tashishga doir talablar uchun bu muddat olti oydan, jarima to‘lash to‘g‘risidagi da’volar uchun esa 45 kundan iborat.
(126-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi O‘RQ-337-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda)
127-modda. Da’voning eskirishi va sudda ko‘rish ehtimoli
Tashuvchiga nisbatan qo‘yilgan tashishga taalluqli da’vo havo kemasining belgilangan manzilga qo‘ngan, qo‘nishi lozim bo‘lgan yoki parvozi to‘xtatilgan kundan keyin ikki yil ichida da’vogar istagan joyda: tashuvchi joylashgan yerda, tashuvchining tashishga doir shartnoma tuzgan vakolatxonasi bor joyda yoki parvoz tugashi belgilangan manzildagi tegishli sudda qabul qilinadi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2019-yil 24-maydagi 13-son “Birinchi instansiya sudi tomonidan iqtisodiy protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 3-bandi ikkinchi xatboshisi.
XV bob. AVIATSIYA ISHLARI
128-modda. Aviatsiya ishlariga doir shartnoma
Aviatsiya ishlariga doir shartnomaga binoan tomonlardan biri (ekspluatant) ikkinchi tomon (buyurtmachi) uchun bir yoki bir necha havo kemasida shartnomalarda nazarda tutilgan muddat, hajm va shartlarda aviatsiya ishlari bajarishni o‘z zimmasiga oladi.
129-modda. Aviatsiya ishlariga doir tariflar
Oldingi tahrirga qarang.
Ekspluatant va buyurtmachi aviatsiya ishlariga doir shartnoma tuzish vaqtida shartnoma tariflarini belgilashga haqlidirlar.
(129-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
130-modda. Xorijiy ekspluatantlar va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar tomonidan aviatsiya ishlarining bajarilishi
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududida aviatsiya ishlari ekspluatant sertifikati asosida xorijiy ekspluatantlar, shuningdek chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar tomonidan bajarilishi mumkin.
(130-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan xorijiy ekspluatantlar va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar o‘z xususiy havo kemalaridan, shu jumladan tegishli xorijiy davlatda ro‘yxatdan o‘tkazilgan havo kemalaridan yoki O‘zbekiston Respublikasining ijaraga olingan havo kemalaridan foydalanishlari mumkin. O‘zbekiston Respublikasi hududida aviatsiya ishlarini bajaruvchi xorijiy ekspluatantlar va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga nisbatan ushbu Kodeksning tegishli qoidalari tatbiq etiladi.
(130-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi O‘RQ-159-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda)
131-modda. O‘zbekiston Respublikasi ekspluatantlari tomonidan xorijiy davlat hududida aviatsiya ishlarini bajarish
Oldingi tahrirga qarang.
Ekspluatant sertifikatini olgan O‘zbekiston Respublikasining ekspluatantlari xorijiy davlat hududida aviatsiya ishlari bajarishlari mumkin.
(131-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
132-modda. Aviatsiya ishlarini bajarishda sug‘urta
Buyurtmachi o‘z xodimlari va aviatsiya ishlarini bajarish yoki o‘z buyurtmasiga binoan chipta sotib olmay tashish amalga oshirilayotgan vaqtda texnologiya jarayonini ta’minlash bilan bog‘liq shaxslarni sug‘urta qilishi shart.
Ekspluatant aviatsiya ishlari bajarilishi bilan bog‘liq holda yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararni qoplash bo‘yicha o‘z javobgarligini sug‘urta qilishi shart.
133-modda. Aviatsiya ishlarini bajarish chog‘ida yetkazilgan zarar uchun javobgarlik
Aviatsiya ishlarini bajarish chog‘ida odamlarga va mol-mulkka yetkazilgan zarar uchun ekspluatant ushbu Kodeksning 112 – 116 -moddalarida nazarda tutilgan tartib va shartlarda javobgar bo‘ladi.
134-modda. E’tiroz bildirish va ularni qarab chiqish muddatlari
Aviatsiya ishlarini bajarish bilan bog‘liq e’tirozlar ana shunday e’tirozlar bildirish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan hodisa aniqlangan kundan e’tiboran olti oy ichida bildirilishi mumkin.
135-modda. Da’voning eskirishi va sudda ko‘rilishi ehtimoli
Aviatsiya ishlarini bajarish bilan bog‘liq da’volar da’vo qilish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan voqea aniqlangan kundan e’tiboran ikki yil ichida da’vogar istagan joyda: javobgar joylashgan yoki u yashaydigan joydagi, aviatsiya ishlarini bajarish uchun shartnoma imzolangan vakolatxona joylashgan yerdagi, aviatsiya ishlari bajarilgan joydagi tegishli sudda qo‘zg‘atilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 7-may,
863-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 247-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda; 2000-y., 5-6-son, 153-modda; 2003-y., 5-son, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 28-son, 261-modda; 2012-y., 39-son, 447-modda; 2013-y., 18-son, 233-modda; 2014-y., 20-son, 222-modda, 36-son, 452-modda, 50-son, 588-modda; 2015-y., 23-son, 301-modda; 2017-y., 16-son, 265-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi 2019-y., 2-son, 47-modda, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 29.04.2021-y., 03/21/688/0394-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son; 10.10.2024-y., 03/24/974/0804-son; 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son; 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)