

<!DOCTYPE html>

<html lang="ru-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/ru/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 19.05.2018
                            </div>
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1635270" id="onLBC-1635270">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7630"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Iqtisodiy protsessual qonunchilik / 17.06.03.00 Hakamlik sudi hal qiluv qarorining ijrosi boʻyicha ish yuritish]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-1635270" id="onLS-1635270">[<b>TSZ:</b><div id="LS3807"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Fuqarolik va xoʻjalik sud ish yurituvi]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-1635342" id="-1635342">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1635344" id="-1635344">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-1635345" id="-1635345">Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-1635793" id="-1635793">(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik sudi Plenumining 2008-yil 30-dekabrdagi 189-sonli <a href="/ru/acts/-1643262">qarori </a>asosida kiritilgan oʻzgarishlar bilan)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1635347" id="-1635347"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-3807651" id="-3807651">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xoʻjalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi <a href="/ru/acts/-3780952?ONDATE=19.05.2018 00#-3787550">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1635676" id="-1635676">Plenum taʼkidlaydiki, respublikada bozor iqtisodiyotining rivojlanishi, mulkchilik shakllarining oʻzgarishi, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va xorijiy sarmoyadorlar oʻrtasida iqtisodiy aloqalarning kengayishi xoʻjalik nizolari sonining koʻpayishiga olib kelmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1635799" id="-1635799">Sud hujjatlarining qonuniyligini kassatsiya tartibida tekshirish xoʻjalik yurituvchi subyektlar va tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya etish usullaridan biridir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1635810" id="-1635810">Sud amaliyotining tahlili sudlarning hal qiluv qarori, qarori va ajrimlari ustidan berilayotgan kassatsiya shikoyatlari va protestlarini rasmiylashtirishda, ish yuritishga qabul qilish, koʻrib chiqib hal qilishda protsessual huquq normalarining har doim ham bir xilda qoʻllanilishi taʼminlanmayotganligini koʻrsatmokda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1635830" id="-1635830">Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining (bundan buyon matnda XPK deb yuritiladi) bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning <a href="/ru/acts/-68532#-70985">47-moddasiga</a> asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1635845" id="-1635845">1. Xoʻjalik sudlariga tushuntirilsinki, xoʻjalik sudining qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari, qarorlari, ajrimlarini kassatsiya instansiyasida koʻrish qonunni toʻgʻri, bir xilda qoʻllash va xoʻjalik sudlari tomonidan yoʻl qoʻyilgan xatolarni tuzatishda katta ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun kassatsiya instansiyasi sudining eʼtiborini xoʻjalik ishlarini kassatsiya tartibida koʻrishning qonun bilan belgilangan tartibiga qatʼiy rioya qilishga, kassatsiya shikoyati (protesti)dagi vajlarni har tomonlama tekshirishga va sud xulosalarining aniqlangan holatlarga va qonunga mos boʻlishi lozimligiga qaratish zarur.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1635846" id="-1635846"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2535105" id="-2535105"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2535109" id="-2535109">2. XPKning <a href="/ru/acts/-185986#-212852">173-moddasiga</a> muvofiq ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida sud hal qiluv qarori yoki qaror qabul qilgan shaxslar xoʻjalik sudining qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori hamda apellatsiya instansiyasining qarori ustidan kassatsiya shikoyati, prokuror esa kassatsiya protesti berishga haqlidir.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2535113" id="-2535113">(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 271-sonli <a href="/ru/acts/-2533651?ONDATE=28.11.2014 00#-2533691">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2535116" id="-2535116"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2535118" id="-2535118">Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim shikoyat (protest) xoʻjalik sudiga kelib tushgan kundan boshlab besh kundan kechiktirmasdan shikoyat bergan shaxsga (protest keltirgan prokurorga) hamda ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ularning elektron manzili mavjud boʻlgan taqdirda esa, ajrim axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2535120" id="-2535120">Kassatsiya shikoyati (protesti) birinchi yoki kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qaytarilganda kassatsiya shikoyati (protest)ga ilova qilingan hujjatlar ham shu sud tomonidan qaytariladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2535128" id="-2535128">(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 271-sonli <a href="/ru/acts/-2533651?ONDATE=28.11.2014 00#-2533695">qaroriga </a>asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilarga almashtirilgan)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1635874" id="-1635874">3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining kassatsiya instansiyasi, XPKning <a href="/ru/acts/-185986#-212854">174-moddasiga</a> muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlarining birinchi va apellatsiya instansiyalarida qabul qilingan, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari va qarorlarning qonuniyligini tekshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1635886" id="-1635886">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining birinchi instansiyada qabul qilingan hal qiluv qarorlarining qonuniyligini kassatsiya tartibida ushbu sudning Rayosati tekshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1635889" id="-1635889">4. XPKning <a href="/ru/acts/-185986#-212857">175-moddasiga</a> muvofiq kassatsiya shikoyati (protesti) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudiga hal qiluv qarori, qaror qabul qilgan xoʻjalik sudi orqali beriladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3109459" id="-3109459"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3109464" id="-3109464">Kassatsiya shikoyati (protesti) va unga ilova qilinadigan hujjatlar xoʻjalik sudiga axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3109473" id="-3109473">(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 307-sonli <a href="/ru/acts/-3107386?ONDATE=23.12.2016 00#-3107417">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1635896" id="-1635896">Hal qiluv qarori, qaror qabul qilgan xoʻjalik sudi, agarda XPKning <a href="/ru/acts/-185986#-213008">180-moddasida</a> nazarda tutilgan kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish asoslari mavjud boʻlmasa, besh kunlik muddatda kassatsiya shikoyatini (protestini) ish bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudiga yuboradi. Bunday asoslar mavjud boʻlgan taqdirda birinchi instansiya sudining sudyasi kassatsiya shikoyatini (protestini) XPK 180-moddasining <a href="/ru/acts/-185986#-213027">ikkinchi</a> va <a href="/ru/acts/-185986#-213029">uchinchi qismlariga</a> asosan qaytaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1642826" id="-1642826">5. XPKning <a href="/ru/acts/-185986#-212861">176-moddasiga</a> muvofiq, kassatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori, qaror qonuniy kuchga kirgandan soʻng bir oy mobaynida berilishi mumkin. Hal qiluv qarori, qaror ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) muddati u qabul qilingan sananing ertasidan boshlab hisoblanadi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2535139" id="-2535139"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2535144" id="-2535144">XPKning <a href="/ru/acts/-185986#-210340">149</a> va <a href="/ru/acts/-185986#-210352">150-moddalariga</a> muvofiq qabul qilingan qoʻshimcha hal qiluv qarorlari, qarorlar va ajrimlar ham kassatsiya tartibida alohida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2535152" id="-2535152">(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 271-sonli <a href="/ru/acts/-2533651?ONDATE=28.11.2014 00#-2533700">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1642832" id="-1642832">Kassatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarorining, qarorning bir qismiga nisbatan ham berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1642833" id="-1642833">6. Kassatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni XPKning <a href="/ru/acts/-185986#-212863">177-moddasi</a> talablariga mos boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1642839" id="-1642839">Kassatsiya shikoyati uni berayotgan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan shikoyatga uning hal qiluv qarori, qaror ustidan shikoyat qilish vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1642841" id="-1642841">Agar kassatsiya shikoyatini qabul qilish paytida sudyada taʼsis hujjatlariga muvofiq shikoyatni imzolagan shaxsning uni imzolashga haqli ekanligiga shubha tugʻilsa, sudya kassatsiya shikoyatini ish yuritishga qabul qiladi va arizachiga uning shikoyatni imzolashga vakolatini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etishni taklif qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1642842" id="-1642842">Kassatsiya shikoyatini imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmaganda kassatsiya instansiyasi sudi XPK 88-moddasining <a href="/ru/acts/-185986#-209618">3-bandiga</a> mos holda kassatsiya shikoyatini koʻrmasdan qoldiradi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1642935" id="-1642935"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3110107" id="-3110107"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3110108" id="-3110108">7. Sudlar shuni eʼtiborga olishlari kerakki, XPK 180-moddasining <a href="/ru/acts/-185986#-213011">birinchi qismida </a>koʻrsatilgan kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish asoslari roʻyxati qatʼiy hisoblanadi va kengaytirilgan tarzda talqin qilinmaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3110109" id="-3110109">Bir vaqtning oʻzida bir necha ishlar boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari, qarorlar, shuningdek qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti)ni qabul qilish XPKning 117-moddasi birinchi qismi <a href="/ru/acts/-185986#-210037">1-bandiga</a> mos holda rad etiladi. Agar koʻrsatilgan holatlar kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilingandan keyin aniqlansa, shikoyat (protest) boʻyicha kassatsiya instansiyasida ish yuritish XPK 86-moddasining <a href="/ru/acts/-185986#-209591">1-bandiga</a> mos holda tugatiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3110111" id="-3110111">Kassatsiya shikoyati (protesti) xoʻjalik sudiga oʻtkazib yuborilgan apellatsiya shikoyati (protesti)ni berish muddatini tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan apellatsiya shikoyati (protesti) berilgandan keyin kelib tushgan va bu iltimosnoma qanoatlantirilgan hollarda kassatsiya shikoyati (protesti)ni qabul qilish XPK 117-moddasi birinchi qismining<a href="/ru/acts/-185986#-1236700"> 3-bandiga </a>mos holda rad etiladi. Kassatsiya shikoyati (protesti)ning qabul qilishni rad etilishi shikoyat (protest) beruvchiga apellatsiya instansiyasida qaror (ajrim) qabul qilingandan soʻng kassatsiya shikoyati (protesti) bilan xoʻjalik sudiga qayta murojaat etishiga toʻsqinlik qilmaydi, agar shikoyat (protest)ni berish asoslari yoʻqolmagan boʻlsa. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3110112" id="-3110112">Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish yoki qabul qilishni rad etish haqidagi birinchi instansiya sudi sudyasining ajrimi bir oylik muddat ichida kassatsiya instansiyasi sudiga shikoyat (protest) qilinishi mumkin. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3110117" id="-3110117">(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 255-sonli <a href="/ru/acts/-2338570?ONDATE=05.12.2013 00#-2338650">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1642973" id="-1642973">7.1. Shikoyat (protest) qilish muddati oʻtkazilib berilgan kassatsiya shikoyatiga (protestiga) oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash haqidagi iltimosnoma ilova qilinishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1642976" id="-1642976">Iltimosnomada kassatsiya shikoyatini bergan shaxs tomonidan havola qilinayotgan muddatni oʻtkazib yuborganlik sabablari koʻrsatilishi va asoslantirilishi lozim. Iltimosnoma shikoyatda (protestda) yoki alohida arizada bayon qilinishi mumkin va shikoyat (protest) bilan bir vaqtda taqdim qilinishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1642977" id="-1642977">Shikoyat (protest) berish muddatini tiklash haqidagi iltimosnoma kassatsiya instansiyasi sudining sudyasi tomonidan yakka tartibda, ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilinmasdan koʻrib chiqiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1642978" id="-1642978">Kassatsiya shikoyatini (protestini) oʻz vaqtida berishga haqiqatda toʻsqinlik qilgan holatlar kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddatining oʻtkazib yuborilishiga uzrli sabablar deb hisoblanishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1642979" id="-1642979">Kassatsiya shikoyati (protesti) berish uchun oʻtib ketgan muddatni tiklash haqidagi iltimosnomani koʻrib chiqish natijasi boʻyicha ajrim chiqariladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1642984" id="-1642984">Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish haqidagi ajrimda bayon etilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1642991" id="-1642991">XPKning <a href="/ru/acts/-185986#-209733">99-moddasiga</a> muvofiq oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash haqidagi ajrim ustidan shikoyat (protest) qilinishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1642992" id="-1642992">Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklashni rad etish toʻgʻrisida kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish haqidagi ajrimda bayon qilinishi mumkin.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3110125" id="-3110125"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3110127" id="-3110127">Agar kassatsiya shikoyati (protesti) XPK 180-moddasi birinchi qismining <a href="/ru/acts/-185986#-213020">5-bandida</a> nazarda tutilgan asos bilan, yaʼni kassatsiya shikoyati (protesti) belgilangan muddat oʻtganidan keyin berilgan va oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma boʻlmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan boʻlsa, ushbu shaxs tomonidan takroran kassatsiya shikoyati (protesti) bilan murojaat etilsa, kassatsiya shikoyati (protesti) XPK 117-moddasi birinchi qismining<a href="/ru/acts/-185986#-210037"> 1-bandiga </a>mos holda qabul qilinishi rad etiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3110137" id="-3110137">(7.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 307-sonli <a href="/ru/acts/-3107386?ONDATE=23.12.2016 00#-3107420">qaroriga </a>asosan toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1643001" id="-1643001">7.2. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish uchun asos boʻlgan holatlar bartaraf etilganidan soʻng, shikoyat bergan (protest keltirgan) shaxs, XPK 180-moddasining <a href="/ru/acts/-185986#-213034">beshinchi qismida</a> nazarda tutilgan hollarda va tartibda, xoʻjalik sudiga kassatsiya shikoyati (protesti) bilan umumiy tartibda hal qiluv qarori, qaror qonuniy kuchga kirgandan soʻng bir oy ichida murojaat qilishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1643004" id="-1643004">8. Kassatsiya shikoyati hal qiluv qarori, qaror ustidan shikoyat qilishga huquqi boʻlmagan shaxs tomonidan berilganda yoki kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya tartibida shikoyat berilmaydigan (protest keltirilmaydigan) sud hujjati ustidan berilganda birinchi instansiyasi sudining sudyasi XPK 117-moddasi birinchi qismining <a href="/ru/acts/-185986#-210037">1-bandiga</a> mos holda shikoyatni (protestni) qabul qilishni rad etadi. Agar koʻrsatilgan holatlar kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilingandan keyin aniqlansa, shikoyat (protest) boʻyicha kassatsiya instansiyasida ish yuritish XPK 86-moddasining <a href="/ru/acts/-185986#-209591">1-bandiga</a> mos holda tugatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1643016" id="-1643016">Kassatsiya instansiyasida oldin mazmunan koʻrilgan ish boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarori, qaror ustidan berilgan kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilish XPK 117-moddasi birinchi qismining <a href="/ru/acts/-185986#-210038">2-bandiga</a> mos holda rad etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1643023" id="-1643023">9. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimni kassatsiya instansiyasi sudining sudyasi chiqaradi (XPKning <a href="/ru/acts/-185986#-213036">181-moddasi</a>).</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2340390" id="-2340390"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2340391" id="-2340391">Ajrimda kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish vaqti va joyi koʻrsatiladi. Ajrim ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, kassatsiya protestini keltirgan prokurorga, shuningdek XPK 188-moddasi uchinchi qismining <a href="/ru/acts/-185986#-2392958">5-bandiga</a> muvofiq shikoyat bergan shaxsga XPKning <a href="/ru/acts/-185986#-210138">124-moddasida</a> nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2340392" id="-2340392">(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 255-sonli <a href="/ru/acts/-2338570?ONDATE=05.12.2013 00#-2338658">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1643038" id="-1643038">Kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilingandan soʻng barcha sud hujjatlari hayʼat tomonidan qabul qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1643039" id="-1643039">10. XPKning <a href="/ru/acts/-185986#-213045">182-moddasiga</a> muvofiq, kassatsiya instansiyasi sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, shuningdek XPK 188-moddasi uchinchi qismining <a href="/ru/acts/-185986#-2392958">5-bandiga </a>muvofiq kassatsiya shikoyatini bergan shaxslarning iltimosiga koʻra, agar ariza beruvchi shunday choralarni koʻrmaslik hal qiluv qarori, qarorning qaytarma ijrosini qiyinlashtirishi yoki bajarib boʻlmaydigan qilib qoʻyishi mumkinligini isbotlasa, kassatsiya instansiyasida ish yuritish tugagunga qadar birinchi va apellatsiya instansiyalarida qabul qilingan hal qiluv qarori, qarorning ijrosini toʻxtatib qoʻyishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1643057" id="-1643057">Iltimosnoma kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilmasdan koʻrib chiqiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1643058" id="-1643058">Iltimosnomani koʻrib chiqish natijasi boʻyicha ajrim chiqariladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1643059" id="-1643059"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2535227" id="-2535227"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2535229" id="-2535229">11. XPKning <a href="/ru/acts/-185986#-213048">183-moddasiga</a> muvofiq, kassatsiya instansiyasida ish XPKning <a href="/ru/acts/-185986#-212851">22-bobida</a> nazarda tutilgan xususiyatlar bilan xoʻjalik sudining birinchi instansiyasida ish koʻrish qoidalari boʻyicha koʻrib chiqiladi. Kassatsiya instansiyasi sudining majlisi videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilishi mumkin. Bunda faqat birinchi instansiya uchun belgilangan qoidalar qoʻllanilmaydi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2535232" id="-2535232">(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 271-sonli <a href="/ru/acts/-2533651?ONDATE=28.11.2014 00#-2533702">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1643064" id="-1643064">Kassatsiya instansiyasida, xususan, nizolarni hal etish uchun hakamlik sudlariga topshirish (XPKning <a href="/ru/acts/-185986#-1236666">25-moddasi</a>), ishga daxldor boʻlmagan tarafni almashtirish (XPKning <a href="/ru/acts/-185986#-209323">38-moddasi</a>), daʼvoning asoslari va predmetini oʻzgartirish, daʼvo talablari miqdorini oʻzgartirish, daʼvodan toʻliq yoki qisman voz kechish (XPKning <a href="/ru/acts/-185986#-209332">40-moddasi</a>), ishga nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslarning kirishishi (XPKning <a href="/ru/acts/-185986#-209337">41-moddasi</a>), ishga nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslarning kirishishi (ularni ishda ishtirok etishga jalb qilish) (XPKning <a href="/ru/acts/-185986#-209339">42-moddasi</a>), bir nechta daʼvo talablarini birlashtirish va ajratish (XPKning <a href="/ru/acts/-185986#-209969">115-moddasi</a>), qarshi daʼvo taqdim etish (XPKning <a href="/ru/acts/-185986#-210103">120-moddasi</a>) haqidagi qoidalar qoʻllanilmaydi. Shuningdek, ishni oʻzining ishtirokisiz koʻrib chiqishga rozilik bermagan daʼvogarning ishtirokisiz nizoning hal etilishiga yoʻl qoʻyilmasligi (XPK 130-moddasining <a href="/ru/acts/-185986#-210201">uchinchi qismi</a>) haqidagi qoida ham qoʻllanilmaydi. Bundan kelib chiqadiki, ishda ishtirok etuvchi shaxslar kassatsiya instansiyasining sud majlisida ishtirok etmagan hollarda, agar ular tegishli tartibda ishni muhokama etish vaqti va joyi haqida xabardor qilingan boʻlsalar, ish ularning ishtirokisiz koʻrib chiqilishi mumkin.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3109486" id="-3109486"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3109488" id="-3109488">Kassatsiya instansiyasi sudi XPKning <a href="/ru/acts/-185986#-213076">186-moddasiga </a>mos holda birinchi instansiya sudida arz qilinmagan yangi talablarni qabul qilishga yoki koʻrib chiqishga haqli emas. Bunda yangi talablar deganda, birinchi instansiya sudida koʻrib chiqilmagan moddiy-huquqiy talablar, shuningdek birinchi instansiya sudida ishni koʻrishda ishtirok etmagan shaxsga nisbatan bildirilgan talablar tushuniladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3109490" id="-3109490">Agar kassatsiya shikoyatida (protestida) birinchi instansiya sudida koʻrish predmeti boʻlmagan yangi talablar arz qilingan boʻlsa, kassatsiya instansiyasi sudi qarorning asoslantiruvchi qismida ushbu talablar birinchi instansiya sudida koʻrish predmeti boʻlmaganligi sababli, koʻrib chiqilmasligini koʻrsatishi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3109496" id="-3109496">(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 307-sonli <a href="/ru/acts/-3107386?ONDATE=23.12.2016 00#-3107422">qaroriga </a>asosan uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1643091" id="-1643091">12. Kassatsiya shikoyati (protesti) xoʻjalik sudi tomonidan ish yuritishga qabul qilingan boʻlib, kassatsiya shikoyatini bergan shaxs qaror qabul qilingunga qadar undan voz kechsa, protest keltirgan prokuror yoki yuqori turuvchi prokuror sud majlisi boshlanishidan oldin protestni chaqirib olsa va XPKning <a href="/ru/acts/-185986#-213055">184-moddasiga</a> koʻra sud tomonidan kassatsiya shikoyatidan voz kechish qabul qilinsa, agar hal qiluv qaroriga, qarorga nisbatan ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar tomonidan shikoyat berilmagan boʻlsa, kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya instansiyasida ish yuritishni tugatadi va bu haqda ajrim chiqaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1643097" id="-1643097">Ushbu bandning <a href="/ru/acts/-1635270#-1643091">birinchi xatboshisida</a> koʻrsatilgan asoslar boʻyicha kassatsiya instansiyasida ish yuritishni tugatish ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga kassatsiya shikoyati (protesti) bilan murojaat qilishga toʻsqinlik qilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1643103" id="-1643103">13. Agar kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilingandan soʻng birinchi yoki apellatsiya instansiyasining hal qiluv qarorini, qarorini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisida ariza berilsa, shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritish XPK 82-moddasi birinchi qismining <a href="/ru/acts/-185986#-239989">1-bandiga</a> binoan toʻxtatib qoʻyiladi, ish esa XPKning <a href="/ru/acts/-185986#-213333">24-bobi</a> tartibida koʻrish uchun tegishli instansiyaga yuboriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1643105" id="-1643105">Agar kassatsiya shikoyati (protesti) xoʻjalik sudiga hal qiluv qarorini, qarorni yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza berilgandan keyin kelib tushgan boʻlsa, birinchi navbatda ariza koʻrib chiqiladi. Bunday arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha sud hujjati qabul qilingandan keyin, agar kassatsiya shikoyati bergan shaxs shikoyatdan voz kechmagan, prokuror tomonidan esa protest chaqirib olinmagan boʻlsa, ish kassatsiya shikoyati (protesti) bilan birga kassatsiya instansiyasiga yuboriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1643106" id="-1643106">14. Kassatsiya instansiyasi sudi ishni koʻrib chiqishda sud tomonidan ish uchun ahamiyatli holatlarning toʻliq tekshirilganligini, sud aniqlangan deb topgan holatlarning isbotlanganligini, moddiy va protsessual huquq normalari toʻgʻri qoʻllanganligini tekshiradi. Bunda sud kassatsiya shikoyatida bayon etilgan vajlar bilan cheklanmasligi kerak. Shuningdek, sud hal qiluv qarori, qaror ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlariga taʼsir etmaganligini ham tekshiradi, chunki XPK 188-moddasi uchinchi qismining <a href="/ru/acts/-185986#-2392958">5-bandiga</a> muvofiq koʻrsatib oʻtilgan qonun buzilishi hal qiluv qarorini, qarorni bekor qilishga asos boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1643107" id="-1643107">15. Shuni eʼtiborga olish kerakki, XPKning <a href="/ru/acts/-185986#-213080">187-moddasida</a> sanab oʻtilgan kassatsiya instansiyasi sudining vakolatlari qatʼiy boʻlib, ularni kengaytirilgan tarzda talqin qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1643110" id="-1643110">Agar kassatsiya instansiyasi sudi ish holatlari taqdim etilgan dalillarni har tomonlama, toʻliq va xolisona oʻrganish asosida aniqlanganligini, sudning xulosalari bu holatlarga mosligini, biroq sud tomonidan moddiy huquq normalarini qoʻllashda xatoga yoʻl qoʻyilganligini aniqlasa, unda kassatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorining, qarorning asoslantiruvchi qismini oʻzgartiradi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2807778" id="-2807778"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2807779" id="-2807779">Agar kassatsiya instansiyasi sudi ish holatlari taqdim etilgan dalillarni har tomonlama, toʻliq va xolisona oʻrganish asosida aniqlanganligini, ammo sudning xulosalari bu holatlarga mos emasligini, shuningdek ishni birinchi va apellatsiya instansiyasi sudlarida koʻrishda ishning holatlari toʻliq aniqlanmaganligini va shu munosabat bilan hal qiluv qarori, qaror yetarlicha asoslanmaganligini aniqlasa, kassatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorini, qarorni bekor qiladi hamda yangi qaror qabul qiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2807780" id="-2807780">(15-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 30-sentabrdagi 286-sonli <a href="/ru/acts/-2795976?ONDATE=30.09.2015 00#-2795989">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-2807781" id="edi-2807781"><a href="/ru/acts/-1635270?ONDATE=23.12.2005 00#-1643114">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2807781" id="-2807781">(15-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 30-sentabrdagi 286-sonli <a href="/ru/acts/-2795976?ONDATE=30.09.2015 00#-2795991">qaroriga </a>asosan chiqarilgan)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2807783" id="-2807783"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2807784" id="-2807784">15.1. Kassatsiya instansiyasi sudi XPK 188-moddasining <a href="/ru/acts/-185986#-213104">uchinchi qismida</a> nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan hollardagina hal qiluv qarori (qaror)ni bekor qilish hamda ishni yangidan koʻrish uchun birinchi yoki apellatsiya instansiyasi sudiga yuborishga haqli. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2807785" id="-2807785">Sudlar eʼtiborga olishlari kerakki, mazkur modda uchinchi qismining <a href="/ru/acts/-185986#-2735204">9-bandida</a> nazarda tutilgan arz qilingan talab boʻyicha qarorning qabul qilinmaganligiga daʼvoning asosi yoki predmetini oʻzgartirish, daʼvo talablarining miqdorini koʻpaytirish yoki kamaytirish toʻgʻrisidagi arizalarda, qarshi daʼvo arizada koʻrsatilgan talablar boʻyicha hal qiluv qarori va (yoki) qarorning qabul qilinmaganligi ham kiradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2807786" id="-2807786">XPK 188-moddasining <a href="/ru/acts/-185986#-213104">uchinchi qismida</a> nazarda tutilgan asoslarning roʻyxati tugal hisoblanadi va uning kengaytirilgan tarzda talqin qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3011622" id="-3011622"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3011623" id="-3011623">15.2. Kassatsiya instansiyasi sudi daʼvo arizasini (arizani) qabul qilishni rad etish, daʼvo arizasini qaytarish, apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish, ish yuritishni toʻxtatib turish, ish yuritishni tugatish, daʼvoni koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi ajrim (qaror)ni bekor qilgan taqdirda, XPK 172-moddasining <a href="/ru/acts/-185986#-212848">uchinchi qismiga</a> mos holda ish ajrim va (yoki) qaror bekor qilingan sud instansiyasiga koʻrish uchun oʻtkaziladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3011627" id="-3011627">(15.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 17-iyundagi 299-sonli <a href="/ru/acts/-3009969?ONDATE=17.06.2016 00#-3010021">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3109502" id="-3109502"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3109507" id="-3109507">Hal qiluv qarorini bekor qilish va ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborish haqidagi apellatsiya instansiyasi sudining qarori bekor qilingan taqdirda, ish apellatsiya instansiyasiga XPK 188-moddasi uchinchi qismining <a href="/ru/acts/-185986#-2735203">9-bandiga </a>mos holda oʻtkaziladi. Agar kassatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya instansiyasi sudining bunday qarori bilan birga birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori ustidan ham berilgan boʻlsa, ushbu qoida qoʻllanilmaydi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3109508" id="-3109508">(15.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 307-sonli <a href="/ru/acts/-3107386?ONDATE=23.12.2016 00#-3107425">qaroriga </a>asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1643115" id="-1643115">16. XPK 188-moddasining <a href="/ru/acts/-185986#-213102">ikkinchi qismiga</a> muvofiq, protsessual huquq normalari buzilgan yoki notoʻgʻri qoʻllanilgan hollarda, agar bu qonun buzilishi notoʻgʻri hal qiluv qarorining, qarorning qabul qilinishiga olib kelgan yoxud olib kelishi mumkin boʻlsa, hal qiluv qarori, qaror bekor qilinadi yoki oʻzgartiriladi. Bunday oqibatlarning mavjudligi har bir aniq holatda kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan baholanadi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2807790" id="-2807790"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2807791" id="-2807791">16.1. Moddiy hamda protsessual huquq normalarining notoʻgʻri qoʻllanilishi (XPK 188-moddasining <a href="/ru/acts/-185986#-213104">uchinchi qismida</a> nazarda tutilgan asoslar bundan mustasno) kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini yoki apellatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgartirish yoxud bekor qilish hamda yangi qaror qabul qilish, ish yuritishni tugatish yoki daʼvoni koʻrmasdan qoldirish uchun asos boʻladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2807792" id="-2807792">Moddiy huquq normalarining notoʻgʻri qoʻllanilishi deb quyidagilar hisoblanadi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2807793" id="-2807793">qoʻllanilishi lozim boʻlgan qonun hujjatlarining qoʻllanilmaganligi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2807794" id="-2807794">qoʻllanilishi lozim boʻlmagan qonun hujjatlarining qoʻllanilganligi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2807795" id="-2807795">oʻz kuchini yoʻqotgan qonun hujjatlarining qoʻllanilganligi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2807796" id="-2807796">qonun hujjatlarining notoʻgʻri talqin qilinganligi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2807797" id="-2807797">(16.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 30-sentabrdagi 286-sonli <a href="/ru/acts/-2795976?ONDATE=30.09.2015 00#-2795998">qaroriga </a>asosan kiritilgan)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1643120" id="-1643120">17. Kassatsiya instansiyasi sudining qarori XPKning <a href="/ru/acts/-185986#-213124">189-moddasi</a> talablariga muvofiq boʻlishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1643121" id="-1643121">Kassatsiya instansiyasi sudining qarorida kassatsiya shikoyatida (protestida) bayon qilingan barcha vajlarga baho berilishi kerak.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2340394" id="-2340394"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2340395" id="-2340395">Agar ijro etilmagan sud hujjati bekor qilinib yoki oʻzgartirilib, daʼvoni toʻla yoki qisman rad etish toʻgʻrisida yangi sud hujjati qabul qilinsa yoxud ish yuritish tugatilsa yoxud daʼvo toʻla yoki qisman koʻrmasdan qoldirilsa, kassatsiya instansiyasi sudi qarorining xulosa qismida bekor qilingan yoki tegishli qismi oʻzgartirilgan sud hujjati boʻyicha undirishni toʻla yoki qisman bekor qilish toʻgʻrisida koʻrsatiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2340396" id="-2340396">(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 255-sonli <a href="/ru/acts/-2338570?ONDATE=05.12.2013 00#-2338661">qaroriga</a> asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2535238" id="-2535238"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2535241" id="-2535241">Kassatsiya instansiyasi sudi qarorining nusxalari qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ushbu shaxslarning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa, qaror axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2535248" id="-2535248">(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 271-sonli <a href="/ru/acts/-2533651?ONDATE=28.11.2014 00#-2533707">qaroriga </a>asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1643122" id="-1643122">18. Ishni kassatsiya instansiyasida koʻrgan xoʻjalik sudining qarorida bayon qilingan koʻrsatmalari, XPKning <a href="/ru/acts/-185986#-213158">190-moddasi</a> talablariga muvofiq, shu ishni yangidan koʻrayotgan sud uchun majburiydir. Ushbu koʻrsatmalarni bajarmaslik ish holatlarining toʻliq aniqlanmaganligiga olib kelgan boʻlsa, ishni yangidan koʻrishda qabul qilingan hal qiluv qarorini, qarorni bekor qilishga asos boʻlishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1643133" id="-1643133">Shu bilan birga kassatsiya instansiyasi hal qiluv qarorini, qarorni bekor qilish paytida u yoki bu dalilning ishonchli yoki ishonchsizligi, bir dalilning boshqalaridan ustunligi, ishni yangidan koʻrishda qanday qaror qabul qilinishi lozimligi toʻgʻrisidagi masalalarni oldindan hal qilishga haqli emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1643136" id="-1643136">Kassatsiya instansiyasi ishni yangidan koʻrish uchun yuborishda sudlarga bajarib boʻlmaydigan koʻrsatmalarni berishga haqli emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1643139" id="-1643139">19. Ishni kassatsiya tartibida koʻrishda tashkilot, davlat organi yoki boshqa organ, mansabdor shaxs yoxud fuqaroning faoliyatida qonun hujjatlarining buzilishi aniqlangan taqdirda kassatsiya instansiyasi sudi XPKning <a href="/ru/acts/-185981#-208431">152-moddasiga</a> asosan xususiy ajrim chiqarishi mumkin.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2340397" id="-2340397"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2340398" id="-2340398">Jinoyat alomatlari aniqlanganda kassatsiya instansiyasi sudi jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qilishga haqli.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2340399" id="-2340399">(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 255-sonli <a href="/ru/acts/-2338570?ONDATE=05.12.2013 00#-2338664">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1643145" id="-1643145">20. Hal qiluv qarori, qaror bekor qilinganda va ish yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborilganda, Oliy xoʻjalik sudi ishning murakkabligi yoki boshqa asoslarga koʻra uni birinchi instansiya boʻyicha oʻzining ish yuritishiga qabul qilishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1643146" id="-1643146">21. Xoʻjalik sudining shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin boʻlgan ajrimlari ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) <a href="/ru/acts/-185986">XPK</a>da nazarda tutilgan hollarda beriladi (keltiriladi).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1643147" id="-1643147">XPK 191-moddasining <a href="/ru/acts/-185986#-213166">ikkinchi qismiga</a> muvofiq, xoʻjalik sudining ajrimlariga nisbatan berilgan kassatsiya shikoyatlari (protestlari) xoʻjalik sudining hal qiluv qarori va qarori ustidan beriladigan kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini) qabul qilish va koʻrib chiqish uchun belgilangan tartib asosida qabul qilinadi va koʻrib chiqiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1643148" id="-1643148">Ajrimlarga nisbatan kassatsiya shikoyatlari (protestlari) apellatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati oʻtgandan soʻng bir oy davomida yoki apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan qaror qabul qilingandan keyin bir oy davomida beriladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2712311" id="-2712311"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2712314" id="-2712314">22. Kassatsiya instansiyasi sudi XPKning <a href="/ru/acts/-185986#-210352">150-moddasiga</a> muvofiq oʻzi qabul qilgan qarorni tushuntirib berishga, yoʻl qoʻyilgan yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar va hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatishga haqli.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2712323" id="-2712323">(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 284-sonli <a href="/ru/acts/-2711472?ONDATE=19.06.2015 00#-2711485">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1643169" id="-1643169">23. Sud xarajatlarini taqsimlash kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan XPKning <a href="/ru/acts/-185986#-209713">95-moddasida</a> belgilangan qoidalarga asosan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1643182" id="-1643182">Kassatsiya shikoyati uni bergan shaxsga qaytarilgan holda toʻlangan davlat boji XPK 93-moddasining <a href="/ru/acts/-185986#-209701">uchinchi qismiga</a> muvofiq qaytarilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1643186" id="-1643186">Kassatsiya shikoyatidan voz kechilganligi munosabati bilan ish yuritish tugatilgan holda sud xarajatlari kassatsiya shikoyati bergan shaxsning zimmasiga yuklatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1643187" id="-1643187">24. Kassatsiya instansiyasi qarorining ijrosini kechiktirish yoki uni boʻlib-boʻlib ijro etish masalalari ishni birinchi instansiyada koʻrib chiqqan xoʻjalik sudi tomonidan hal etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1643188" id="-1643188">25. Oliy xoʻjalik sudining sudlov hayʼatlariga kassatsiya tartibida ishlarni koʻrish amaliyotini doimiy ravishda oʻrganish va umumlashtirish, bu hujjatlardan xoʻjalik sudlarining ish faoliyatida yoʻl qoʻyilgan xatolarni bartaraf etishda hamda kassatsiya instansiyasi faoliyatini yanada yaxshilash maqsadida keng foydalanish tavsiya etilsin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1643191" id="-1643191"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1643193" id="-1643193">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1643195" id="-1643195">2005-yil 23-dekabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-1643196" id="-1643196">136-son</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
