Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi plenumining
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda iqtisodiy protsessual qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Iqtisodiy sudlarning qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda yagona sud amaliyotini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 47-moddasiga asoslanib, quyidagi tushuntirishlarni berishga qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) 328-moddasining birinchi qismiga muvofiq, sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisida ariza faqat ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan berilishi mumkin. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquqiy vorislari (IPK 46-moddasi), shuningdek, sud jarimasi solingan shaxslar (IPK 58, 69 va 98-moddalari) ham shunday huquqqa egadir. Ishda ishtirok etuvchi prokuror ishda ishtirok etuvchi shaxs hisoblanganligi bois, u ham oʻzi ishtirok etgan ish boʻyicha qabul qilingan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslar, ularning qonuniy huquq va majburiyatlariga daxldor sud hujjatlari qabul qilingan taqdirda, shu asosda qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza berishga haqli emas, bunday holatda ular faqat sud hujjatlari ustidan apellyatsiya yoki kassatsiya yoxud taftish tartibida shikoyat berishi mumkin. Bunday shaxslar qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat etganida arizani qabul qilish IPK 268-moddasi birinchi qismining 1-bandi yoki 291-moddasi birinchi qismining 1-bandi yoxud 316-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos holda rad etiladi, agar ariza ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa, ariza boʻyicha ish yuritish IPK 273-moddasi birinchi qismining 3-bandi yoki 296-moddasi birinchi qismining 3-bandi yoxud 3242-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos holda tugatiladi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Iqtisodiy sudlar oʻzlari qabul qilgan sud hujjatlarini oʻz tashabbusi bilan yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishi mumkin emas.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 18-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. IPKning 324-moddasida koʻrsatilganidek, sudning hujjati yangi ochilgan holatlar boʻyicha faqat u qonuniy kuchga kirganidan keyingina qayta koʻrilishi mumkin. Bu qoida darhol ijro etiladigan sud hujjatlariga ham taalluqlidir.
Qonuniy kuchga kirmagan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqida ariza bilan murojaat etilganda, arizani qabul qilish IPK 154-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos holda rad etiladi, agar ariza ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa, ariza boʻyicha ish yuritish IPK 110-moddasining 1-bandiga mos holda tugatiladi.
Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, sud hujjati qonuniy kuchga kirgandan soʻng shunday ariza bilan qaytadan murojaat etish, arizani umumiy tartibda koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Yangi ochilgan holatlar boʻyicha sud hujjatlarini qayta koʻrish masalasini hal etishda iqtisodiy sudlarining birinchi, apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyalari IPKning 327-moddasida koʻrsatilgan bunday qayta koʻrish asoslarining roʻyxati qatʼiy ekanligidan kelib chiqishlari lozim.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
4. Yangi ochilgan holatlar deganda, ochilgan faktik holatlar aslida mavjud boʻlib, biroq sudning ishni koʻrish vaqtida hisobga olishi mumkin boʻlmagan, arizachiga va sudga nomaʼlum boʻlgan yoki maʼlum boʻlishi mumkin boʻlmagan, sud hujjatlari qabul qilingandan keyingina maʼlum boʻlgan holatlarni tushunish lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar faktik holatlar sud hujjati qabul qilingandan soʻng vujudga kelgan boʻlsa, bu holat sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish uchun asos boʻla olmaydi, chunki bu IPK 327-moddasining 1-bandi mazmuniga zid boʻladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Yangi ochilgan holatlar mavjud boʻlmasdan, sud hujjatini apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish tartibida koʻrib chiqish asoslari mavjud boʻlgan taqdirda sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqida berilgan arizani qanoatlantirish mumkin emas. Bunda iqtisodiy sud koʻrsatib oʻtilgan holatlar mavjud emasligiga asoslanib, sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirishni rad etishi lozim.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Sud hujjati qabul qilingandan keyin vujudga kelgan yangi holatlar ishni yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrib chiqish uchun emas, balki yangi daʼvo bilan murojaat etish uchun asos boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Iqtisodiy sudlari shuni eʼtiborga olishlari lozimki, sud hujjatini qayta koʻrib chiqish uchun asos boʻlayotgan holatlar jiddiy boʻlishi, yaʼni sud hujjatini qabul qilishda iqtisodiy sud xulosasiga taʼsir koʻrsatadigan darajada boʻlishi lozim. Bu holat iqtisodiy sudi tomonidan avvalda tekshirish predmeti boʻlgan faktga nisbatan yangi dalillar emas, balki aynan yuridik faktlarning oʻzi boʻlishi lozim.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Sud tomonidan ishni koʻrib chiqishda tekshirish predmeti boʻlmagan hamda mavjudligi arizachiga maʼlum boʻlmagan va maʼlum boʻlishi mumkin boʻlmagan yuridik faktni belgilovchi yangi dalillar yangi ochilgan holatlar deb eʼtirof etilishi mumkin. Agar ishni yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish davomida sud keltirilgan dalillar arizachiga maʼlum boʻlgan yoki maʼlum boʻlishi lozim boʻlganligini aniqlasa, yangi ochilgan holatlar boʻyicha keltirilgan arizani qanoatlantirish rad etilishi lozim, chunki IPKning 68-moddasiga muvofiq, ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs oʻz talab va eʼtirozlariga asos qilib keltirayotgan holatlarni isbotlashi kerak (tortishuv prinsipi).
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
6. IPK 327-moddasining 2 va 3-bandlariga binoan ishda ishtirok etuvchi shaxsning yoxud uning vakilining yoki sudyaning jinoiy harakatlari, shuningdek guvohning bila turib yolgʻon guvohlik berganligi, ekspertning bila turib yolgʻon xulosa berganligi va tarjimonning bila turib notoʻgʻri tarjima qilganligi, ular ishtirokida koʻrilgan boshqa ishlarda emas, balki aynan ushbu ishni koʻrishda sodir etilgan boʻlsa, yangi ochilgan holatlar boʻyicha ishni qayta koʻrish uchun asos boʻlishi mumkin. Ushbu bandlarda koʻrsatilgan holatlar sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 84-moddasida belgilangan asoslar boʻyicha shaxsning jinoyat sodir etilishida ayblilik toʻgʻrisidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishini qoʻzgʻatish rad etilgan yoki jinoyat ishi tugatilgan taqdirda, iqtisodiy sudning hujjati IPK 327-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan asos boʻyicha qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Boshqa ish boʻyicha iqtisodiy sudning, fuqarolik ishlari boʻyicha sudning, jinoyat ishlari boʻyicha sudning yoki maʼmuriy sudning yoxud boshqa organning hujjati bekor qilinganligi iqtisodiy sud hujjatini yangi ochilgan holat boʻyicha qayta koʻrish uchun asos boʻlishi mumkin (IPK 327-moddasining 4-bandi), basharti, agar bekor qilingan hujjat iqtisodiy sudning qayta koʻrib chiqilayotgan hujjatiga haqiqatan ham asos qilib olingan boʻlsa.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda boshqa organ qarori bekor qilingan deganda ushbu hujjatning haqiqiy emas deb topilganligini tushunish lozim.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqidagi ariza ushbu sud hujjatini qabul qilgan iqtisodiy sudga, agar sud hujjati apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi tomonidan oʻzgartirilgan yoki bekor qilingan hamda yangi sud hujjati qabul qilingan boʻlsa, ariza iqtisodiy sudning sud hujjati oʻzgartirilgan yoki yangi sud hujjati qabul qilingan tegishli instansiyasiga beriladi. Ushbu tartib buzilgan holda berilgan ariza IPK 331-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan qaytariladi. Agar koʻrsatilgan holat ariza ish yuritishga qabul qilinganidan soʻng aniqlansa, ariza ish hujjatlari bilan birga tegishli instansiya sudiga yuboriladi
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
IPK 328-moddasining birinchi — uchinchi qismlari, shuningdek 329-moddasi talablariga rioya etilgan holda berilgan qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqidagi ariza ishni koʻrish joyi va vaqti koʻrsatilgan ajrim chiqarish yoʻli bilan ish yuritishga qabul qilinadi. IPK 328-moddasining birinchi qismida belgilangan ariza berishning bir oylik muddati protsessual muddat boʻlib, agar ariza qayta koʻrish uchun asos boʻladigan holatlar ochilgan kundan eʼtiboran olti oydan kechiktirmay berilgan boʻlsa va sud muddatni oʻtkazib yuborish sabablarini uzrli deb topsa, ushbu muddat tiklanishi mumkin.
Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklashni rad etish haqida arizani qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatilishi lozim. Iltimosnoma qanoatlantirilgan va oʻtkazib yuborilgan muddat tiklanganda bu haqida qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
IPK 328-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq, sud hujjati qonuniy kuchga kirgan paytdan eʼtiboran uch yil oʻtgach berilgan ariza koʻrib chiqilmaydi, bundan IPK 327-moddasining 2 — 4-bandlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha berilgan arizalar mustasno. IPK 327-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan asos boʻyicha sud hujjati qonuniy kuchga kirgan paytdan eʼtiboran uch yil oʻtgandan keyin berilgan ariza IPK 331-moddasi birinchi qismining 2-bandiga asosan qaytariladi. Agar koʻrsatilgan holat ariza ish yuritishga qabul qilinganidan keyin aniqlansa, IPK 110-moddasining 1-bandiga mos holda ariza boʻyicha ish yuritish tugatiladi.
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 18-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
10. Sudlarga tushuntirilsinki, sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqidagi arizani qabul qilishda shuni nazarda tutish kerakki, arizada yangi ochilgan holatlarning mavjudligini tasdiqlovchi asoslar mavjud boʻlishi lozim. Arizaga zaruriy boʻlgan dalillar, xususan, koʻrsatilgan holatlar sanasini aniqlash imkonini beruvchi hujjatlar ilova qilinishi kerak. Bunday holatlarning aniqlanganlik kuni boʻlib, shu holatlarning arizachiga maʼlum boʻlgan yoki maʼlum boʻlishi mumkin boʻlgan kun hisoblanadi. Agar yangi ochilgan holatlar hukm, sudning hal qiluv qarori, boshqa organning qarori bilan bogʻliq boʻlsa, unda yangi ochilgan holat sud hujjatlarini qabul qilish uchun asos boʻlgan holatga mazmunan qarama-qarshi hujjatlarning qonuniy kuchga kirgan kuni yoki hukm, hal qiluv qarori va qarorning qonuniy kuchga kirganligi arizachiga maʼlum boʻlgan yoki maʼlum boʻlishi mumkin boʻlgan kun shu holat aniqlangan kun hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Sudlar shuni alohida eʼtiborga olishi lozimki, IPK 326-moddasining birinchi qismiga koʻra, sud hujjati yangi ochilgan holat boʻyicha shu hujjatni qabul qilgan iqtisodiy sud tomonidan qayta koʻriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Birinchi instansiya sudining sud hujjatini, agar u apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyalarida oʻzgartirilmagan yoki yangi qaror qabul qilinmagan boʻlsa, faqat shu sud instansiyasi qayta koʻrib chiqishga haqli. Basharti birinchi instansiya sudining sud hujjati oʻzgartirilgan yoki bekor qilingan boʻlsa, yangi ochilgan holatlar boʻyicha apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyalarining sud hujjati IPK 326-moddasining ikkinchi qismiga binoan oʻzgartirgan yoki bekor qilgan instansiya tomonidan qayta koʻrib chiqiladi
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Sud hujjati bekor qilinib, ish yangidan koʻrilayotganda sud tarkibi toʻgʻrisidagi masalani hal qilish zaruriyati tugʻilsa, sudlar IPK 19-moddasi qoidalaridan kelib chiqishlari lozim.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
13. IPK 332-moddasiga muvofiq, qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani iqtisodiy sud u kelib tushgan kundan boshlab bir oylik muddatda sud majlisida koʻrib chiqadi. Bunda sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza yuzasidan birinchi sud majlisi arizani ish yuritishga qabul qilish haqida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran yigirma kundan kechiktirmay oʻtkazilishi lozim. Arizachi va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida IPK 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 18-sonli qarori tahririda)
Sudlarning eʼtibori sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqidagi ariza bilan murojaat etgan shaxs arizasidan voz kechishi mumkinligiga qaratilsin.
Arizadan voz kechish qabul qilingan taqdirda sud IPK 110-moddasining 6-bandiga mos holda ariza boʻyicha ish yuritishni tugatadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda arizadan voz kechgan shaxs ayni shu asos bilan murojaat qilishga haqli emas.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
14. IPKning 333-moddasiga binoan iqtisodiy sud sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqidagi arizani koʻrib chiqib, uni qanoatlantiradi va sud hujjatini bekor qiladi yoki arizani qanoatlantirishni rad etadi va bu haqda ajrim chiqaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sudlarga tushuntirilsinki, sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqidagi arizani IPK 107-moddasining 3 va 8-bandlariga mos holda koʻrmasdan qoldirish yoki ariza boʻyicha ish yuritishni IPK 110-moddasining 4 — 6-bandlariga mos holda tugatish mumkin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha chiqarilgan ajrim ustidan umumiy tartibda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha chiqarilgan apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha chiqarilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari taftish instansiyasining ajrimi ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga taftish tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin.
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Shuni nazarda tutish lozimki, IPK 333-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq sud hujjati yangi ochilgan holatlar boʻyicha bekor qilingan taqdirda, ilgari oʻzi qabul qilgan sud hujjatini bekor qilgan sudning oʻzi ishni IPKda belgilangan umumiy tartibda koʻradi. Bunday holatda ishni koʻrishda IPKning tegishlicha birinchi, apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyalari sudida ish yuritishni tartibga soladigan qoidalari qoʻllaniladi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Yangi ochilgan holat boʻyicha sud hujjati bekor qilingan taqdirda, iqtisodiy sud, imkoniyat mavjud boʻlganda hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslarning protsessual huquqlarini qatʼiy taʼminlagan, yaʼni ularni sud majlisi vaqti va joyi haqida tegishli tartibda xabardor qilgan holda, dastlabki sud qarorini bekor qilish haqida ajrim chiqarilgandan soʻng bevosita shu sud majlisida ishni mazmunan koʻrib chiqishga haqlidir.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Ish apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudining ish yurituvida boʻlgan vaqtda yangi ochilgan holat boʻyicha ishni qayta koʻrib chiqish haqida ariza kelib tushsa, bu sud shikoyatni koʻrib chiqishni yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish natijalari olingunga qadar toʻxtatib turadi va ishni sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrib chiqish haqidagi ariza kelib tushgan tegishli instansiya sudiga yuboradi.
Agar sud hujjati yangi ochilgan holat boʻyicha bekor qilinsa, yuqori instansiya sudi shikoyat boʻyicha ish yuritishni IPK 273-moddasi birinchi qismining 1-bandi, 296-moddasi birinchi qismining 1-bandi, 3242-moddasi birinchi qismining 2-bandiga mos holda tugatadi.
(16-bandning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
161. Sud hujjatining yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirishni rad etish haqidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, yuqori turuvchi sud bir vaqtning oʻzida arizada yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish soʻralgan qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini ham bekor qiladi va ishni sud hujjati bekor qilingan tegishli sudga mazmunan koʻrish uchun yuboradi.
(161-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
162. Agar yuqori instansiya sudi sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirish haqidagi ajrim ustidan berilgan shikoyat (protest)ni koʻrishda ushbu ajrimni asossiz ekanligi haqida xulosaga kelsa, uni bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va shu bilan birga sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirishni rad etadi.
Agar sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirish haqidagi ajrim ustidan berilgan shikoyat (protest) koʻrilgunga qadar ish boʻyicha yangi sud hujjati qabul qilingan boʻlsa, yangi sud hujjatiga nisbatan shikoyat (protest) berilgan yoki berilmaganligidan qatʼiy nazar ushbu sud hujjati bekor qilingan ajrim asosida qabul qilinganligi sababli u ham bekor qilinadi.
(162-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Amaldagi qonunchilikka binoan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrib chiqish haqidagi ariza, shuningdek arizani qaytarish yoki qanoatlantirishni rad etish haqidagi ajrimlar ustidan beriladigan shikoyatlarga davlat boji toʻlanmaydi, pochta xarajatlari hamda sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlari bundan mustasno.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 307-sonli qarori tahririda)
Toshkent sh.,
2003-yil 25-iyul,
111-son