toggle_night_mode
Hujjat 01.01.2026 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
qarori
Banklar kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 28-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3697]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Banklar kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror 2026-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2025-yil 2-oktabr,
21/6-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 2-oktabrdagi 21/6-son qaroriga
1-ILOVA
Banklar kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom banklar, shu jumladan mikromoliya banklari (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi) kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
kapital zaxiralar — soliqlar va yigʻimlar toʻlangandan soʻng sof foyda yoki avvalgi yillarning taqsimlanmagan foydasi hisobidan shakllangan zaxiralar. Ulardan bank faoliyatida vujudga keladigan har qanday zararlarni ular yuzaga kelishi bilanoq hech qanday cheklashlarsiz qoplash uchun foydalanilishi mumkin;
standart aktivlarga yaratiladigan zaxiralar — bank faoliyati davomida umuman yoki biror-bir faoliyat turi natijasida ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash maqsadida tashkil qilinadigan zaxiralar;
maxsus zaxiralar — “substandart”, “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” sifatida tasniflangan aktivlar boʻyicha ehtimoliy zararlarni qoplashga moʻljallangan zaxiralar;
nomoddiy aktivlar — moddiy-ashyoviy koʻrinishga ega boʻlmagan, bir yildan ortiq foydali xizmat muddatiga ega boʻlgan va bank xizmatlarini koʻrsatishda yoki maʼmuriy maqsadlarda foydalaniladigan nomonetar, identifikatsiyalanadigan aktivlar (dasturiy taʼminot, foydalanish huquqi, marketing va texnik maʼlumotlari, gudvill va boshqalar);
gudvill — xaridor tomonidan bank sotib olinishida uning sof aktivlari (barcha aktivlarning bozor bahosi va barcha majburiyatlarning bozor bahosi oʻrtasidagi farq) qiymatidan ortiq toʻlanadigan summa;
leveraj — bank jami aktivlarining kapital bilan taʼminlanganlik darajasini aks ettiruvchi koʻrsatkich;
regulyativ kapital — bank faoliyatini tartibga solish va prudensial normativlar hisob-kitobini amalga oshirish maqsadida hisob-kitob qilish yoʻli bilan aniqlanadigan bank kapitali;
kreditni qayta hisoblash omili — balansdan tashqari hisobvaraqlarning tavakkalchilik darajasini hisoblash maqsadida ularga nisbatan qoʻllaniladigan kredit konversiya koeffitsiyenti (foiz) boʻlib, ushbu koeffitsiyent balansdan tashqari majburiyatlarni tavakkalchilikka tortilgan aktivlarga aylantirish uchun qoʻllaniladi;
bankka aloqador shaxslar — Bir qarz oluvchi, oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi, shu jumladan bankka aloqador shaxslar uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdori toʻgʻrisidagi nizomning (roʻyxat raqami 3283, 2020-yil 29-oktabr) 17-bandida keltirilgan shaxslar;
moliyaviy tashkilot — kredit tashkilotlari, sugʻurta tashkilotlari, lizing tashkilotlari, qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari, kliring tashkilotlari va moliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi boshqa tashkilotlar;
subordinar qarz — bankning kreditori talabiga koʻra muddatidan oldin qaytarilmaydigan hamda bank tugatilayotganda omonatchilarning va boshqa kreditorlarning talablari qanoatlantirilganidan keyin bajariladigan, taʼminlanmagan qarz majburiyati;
davlat sektori tashkilotlari — davlat organlari, shu jumladan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan boshqariluvchi va (yoki) ular tomonidan toʻliq yoki qisman moliyalashtiriladigan, shuningdek soliq, yigʻim, jarima va boshqa majburiy toʻlovlar shaklida daromad olish vakolatiga ega boʻlgan tashkilotlar;
Keyingi tahrirga qarang.
savdo portfeli — bank tomonidan moliyaviy instrumentlar narxlaridagi qisqa muddatli tebranishlardan foyda olish maqsadida keyinchalik sotish va (yoki) tavakkalchiliklarni xedjirlash maqsadida xarid qilingan moliyaviy instrumentlar yigʻindisi;
taʼminlangan obligatsiya — emitentning maxsus ajratilgan aktivlari bilan taʼminlangan obligatsiya.
2. Bank I darajali kapitalining miqdori bank ustav kapitalining eng kam miqdoridan kam boʻlmasligi lozim, bundan mazkur bandning ikkinchi xatboshisida belgilangan banklar mustasno.
Bank faoliyatini amalga oshirganiga uch yildan oshmagan banklar I darajali kapitalining miqdori bank ustav kapitali eng kam miqdorining 70 foizidan kam boʻlmasligi lozim.
2-bob. Bank regulyativ kapitalining tarkibiy elementlari
3. Regulyativ kapital I darajali kapital va II darajali kapitalning yigʻindisidan iborat.
II darajali kapitalning jami miqdori I darajali kapitalning 100 foizidan oshmagan miqdorda hisobga olinadi.
4. I darajali kapital I darajali asosiy kapital va I darajali qoʻshimcha kapitalni oʻz ichiga oladi.
5. Regulyativ kapital tarkibiga xavfsiz boʻlmagan va nosogʻlom bank faoliyatining yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin boʻlgan shartlar (tashkil qilinadigan jamgʻarmalar va (yoki) zaxiralardan belgilangan maqsadga muvofiq foydalanish, qarz majburiyatlarini chiqarish shartlari va boshqalar) bilan cheklangan kapital elementlari kiritilishi mumkin emas.
6. I darajali asosiy kapital quyidagi elementlarni oʻz ichiga oladi:
bankning mazkur Nizomning 7-bandida keltirilgan shartlarga muvofiq boʻlgan toʻliq toʻlangan oddiy aksiyalari;
qoʻshilgan kapital — oddiy aksiyalar joylashtirilishida ularning nominal qiymatidan yuqori toʻlangan summa;
taqsimlanmagan foyda;
bank balansidagi avvalgi yillarning taqsimlanmagan foydasi hisobidan shakllangan kapital zaxiralar va boshqa ochiqlangan zaxiralar (bankning asosiy vositalari, shuningdek tekinga olingan mulklar va nomoddiy aktivlar qiymatining sezilarli oʻsishi natijasida boshlangʻich qiymatiga nisbatan qiymatining oshgan miqdori bundan mustasno);
oʻtgan yillardagi qoplanmagan zararlar va joriy yil zararlari;
bankning nazoratga oid konsolidatsiyalashgan hisobotlarida aks ettiriladigan, bankning shuʼba tashkilotlari tomonidan chiqarilgan, uchinchi shaxslar, shu jumladan minoritar aksiyadorlar ixtiyorida boʻlgan mazkur Nizomning 7-bandida belgilangan shartlarga muvofiq boʻlgan kapital elementlari.
7. Mazkur Nizomning 6-bandi ikkinchi xatboshisida keltirilgan oddiy aksiyalar quyidagi shartlarga muvofiq boʻlishi lozim:
bank faoliyati tugatilayotganda ularga doir talablar bank depozitorlari, kreditorlari va subordinar qarzlar hamda kapitalning boshqa vositalari boʻyicha talablar bajarilgandan keyin soʻnggi navbatda qondirilishi va ularga doir talablarni qondirish navbati (subordinatsiyasi) oʻzgartirilmasligi;
egalari bank faoliyati tugatilganda ushbu bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan barcha talablar bajarilgandan soʻng oʻzlarining bank kapitalidagi ulushiga mutanosib miqdorda bank ixtiyorida qolgan aktivlarga nisbatan talab qilish huquqiga ega boʻlishi;
muddatsiz boʻlishi va bank tomonidan qaytarib sotib olinmasligi, bundan banklarni sanatsiya qilish va tugatishga oid qonunchilikda belgilangan holatlar mustasno;
shartlari bank tomonidan qaytarib sotib olinishi yoki bekor qilinishi mumkinligini koʻzda tutmasligi hamda bunga oid kutilmalarni shakllantirmasligi, bundan banklarni sanatsiya qilish va tugatishga oid qonunchilikda belgilangan holatlar mustasno;
dividendlar bank tasarrufida qoladigan sof foydasidan va (yoki) oʻtgan yillarning taqsimlanmagan foydasidan toʻlanishi, shuningdek ularning miqdori egalari tomonidan oddiy aksiyalarni sotib olish uchun toʻlangan summadan kelib chiqib belgilanmasligi va bunga oid shartlarning mavjud emasligi;
shartlari dividendlar toʻlanishiga oid majburiyatlarni keltirib chiqarmasligi;
dividendlar toʻlanmaganligi majburiyatlarning bajarilmasligi (toʻlovga qobiliyatsizlik) holati deb baholanmasligi;
dividendlar shartnoma va qonun asosida vujudga kelgan majburiyatlar bajarilganidan hamda bank faoliyati tugatilayotganda talablarni qondirish navbati (subordinatsiyasi) oddiy aksiyalarga nisbatan avvalroq boʻlgan kapital vositalar boʻyicha dividendlar va ularga tenglashtirilgan toʻlovlar toʻlangandan keyin toʻlanishi;
egalariga dividendlarni olishga boʻlgan imtiyozli huquqni taqdim etmasligi;
yuzaga kelgan zararlarni qoplash uchun birinchi navbatda va proporsional ravishda eng koʻp miqdorda hisobdan chiqarilishi;
bankda toʻlovga qobiliyatsizlik yuzaga kelganligini baholash maqsadlarida ular boʻyicha toʻlangan summa kapital sifatida tasniflangan boʻlishi;
buxgalteriya hisobi maqsadlarida ular boʻyicha toʻlangan summa kapital sifatida tasniflangan boʻlishi;
bank tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri chiqarilgan va toʻliq toʻlangan boʻlishi;
bank tomonidan bevosita va bilvosita moliyalashtirilmagan boʻlishi;
bank yoki unga aloqador shaxslar tomonidan kafolatlanmagan va taʼminlanmagan boʻlishi;
shartlari bank faoliyati tugatilayotganda ular boʻyicha talablarni qondirish navbatini (subordinatsiyasi) oʻzgartirmasligi;
aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan yoki, agar bank ustaviga yoxud aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga muvofiq bankning kuzatuv kengashiga shunday qarorlar qabul qilish huquqi berilgan boʻlsa, bankning kuzatuv kengashi tomonidan chiqarilishi;
bank balansida aniq tarzda va alohida aks etishi.
8. Oddiy aksiyalarning shartlari mazkur Nizomning 7-bandida belgilangan talablarning kamida bittasiga muvofiq boʻlmasa, mazkur aksiyalar hamda ular boʻyicha qoʻshilgan kapital kapital monandligi hisob-kitobida I darajali asosiy kapital tarkibidan chiqariladi.
9. I darajali qoʻshimcha kapital quyidagi elementlarni oʻz ichiga oladi:
bankning mazkur Nizomning 10-bandida keltirilgan shartlarga muvofiq boʻlgan imtiyozli aksiyalari va (yoki) boshqa kapital elementlari;
qoʻshilgan kapital — I darajali qoʻshimcha kapitalga kiritilgan imtiyozli aksiyalar va (yoki) boshqa kapital elementlari birinchi marta joylashtirilishida ularning nominal narxidan yuqori toʻlangan summa;
bankning nazoratga oid konsolidatsiyalashgan hisobotlarida aks ettiriladigan, bankning shuʼba tashkilotlari tomonidan chiqarilgan, uchinchi shaxslar, shu jumladan minoritar aksiyadorlar ixtiyorida boʻlgan mazkur Nizomning 10-bandida belgilangan shartlarga muvofiq boʻlgan kapital elementlari.
10. Mazkur Nizomning 9-bandi ikkinchi xatboshisida keltirilgan imtiyozli aksiyalar va (yoki) boshqa kapital elementlari quyidagi shartlarga muvofiq boʻlishi lozim:
chiqarilgan va toʻliq toʻlangan boʻlishi;
bank tugatilayotganda ularga doir talablar bank depozitorlari, kreditorlari va II darajali kapitalga kiruvchi subordinar qarzlar boʻyicha talablar bajarilgandan soʻng yoxud bunday kapital elementlari bank aksiyalarining nazorat paketiga egalik qiluvchi xolding kompaniyalari tomonidan chiqarilganda barcha kreditorlar talablaridan soʻng qondirilishi;
bank yoki unga aloqador shaxslar tomonidan kafolatlanmagan va taʼminlanmagan boʻlishi hamda shartlari ular boʻyicha talablarni qondirish navbatini (subordinatsiyasi) oʻzgartirmasligi;
muddatsiz boʻlishi, shu jumladan muayyan sotib olish sanasi yoki shartlariga ega boʻlmasligi;
ular chiqarilgan sanadan kamida besh yildan soʻng (bundan mazkur bandning yettinchi xatboshisida belgilangan holat mustasno) bank tashabbusi bilan nominal qiymatda qaytarib sotib olinishi (soʻndirilishi) mumkinligi, bunda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) eʼtirozi mavjud boʻlmasligi, shartlari Markaziy bank tomonidan ruxsat berilishiga va bank tomonidan qaytarib sotib olinishi (soʻndirilishi) mumkinligini koʻzda tutmasligi hamda bunga oid kutilmalarni shakllantirmasligi, shuningdek oʻxshash turdagi muddatsiz imtiyozli aksiyalar va (yoki) boshqa nokumulyativ muddatsiz kapital elementlariga yoxud kapital elementlarining boshqa ulardan yuqoriroq turiga almashtirilishi yoki qaytarib sotib olinishi (soʻndirilishi) natijasida bank I darajali kapitalining monandlik koeffitsiyenti mazkur Nizom talablariga muvofiq oʻrnatilgan minimal talabdan kamida ikki foiz bandga yuqori boʻlishi;
ular chiqarilgan sanadan besh yil ichida soliq qonunchiligiga oʻzgartirishlar kiritilishi natijasida mazkur turdagi imtiyozli aksiyalar va (yoki) kapital elementlariga doir soliq yukining oshishi va (yoki) bank qonunchiligiga oʻzgartirishlar kiritilishi natijasida ularning bank I darajali qoʻshimcha kapitali tarkibiga toʻliq yoki qisman kiritilmasligi sababli bank tomonidan nominal qiymatda qaytarib sotib olinishi (soʻndirilishi) mumkinligi, bunda Markaziy bankning eʼtirozi mavjud boʻlmasligi;
bank aksiyadorlari umumiy yigʻilishi qaroriga muvofiq ularga doir dividend va (yoki) foiz (kupon) toʻlovlari toʻlanmasligi mumkinligi;
ular boʻyicha dividend va (yoki) foiz (kupon) toʻlovlari toʻlanmaganligi bank tomonidan majburiyatlarning bajarilmasligi (toʻlovga qobiliyatsizlik) holati deb baholanmasligi va bank uchun hech qanday cheklovlarni keltirib chiqarmasligi;
ular boʻyicha toʻlanmagan dividend va (yoki) foiz (kupon) toʻlovlari hisobidan shakllangan mablagʻlardan bank hech qanday cheklovlarsiz foydalanish huquqiga egaligi;
ular boʻyicha toʻlanmagan yoki toʻliq toʻlanmagan dividend va (yoki) foiz (kupon) toʻlovlari jamgʻarib borilmasligi va keyinchalik toʻlanmasligi;
ular boʻyicha dividend va (yoki) foiz (kupon) toʻlovlari bank tasarrufida qoladigan sof foyda va (yoki) oʻtgan yillarning taqsimlanmagan foydasidan toʻlanishi;
ular boʻyicha dividend va (yoki) foiz (kupon) toʻlovlari miqdorlari (stavkalari) bankning moliyaviy holati va (yoki) kredit reytingi oʻzgarishi natijasida oʻzgarmasligi;
ular boʻyicha dividend va (yoki) foiz (kupon) toʻlovlari toʻlanishi bank majburiyatlarini uning aktivlaridan ortib ketishiga olib kelmasligi;
bank yoki unga aloqador shaxslar tomonidan sotib olinmasligi hamda bank tomonidan bevosita va bilvosita moliyalashtirilmagan boʻlishi;
bankni kapitallashtirishga toʻsqinlik qiluvchi shartlar, shu jumladan kelgusida bunday kapital elementlari avvalgilariga nisbatan pastroq nominal qiymatda chiqarilganda, avval joylashtirilgan kapital elementlariga egalik qiluvchi shaxslarga kompensatsiya toʻlanishini nazarda tutuvchi shartlarning mavjud emasligi;
buxgalteriya hisobi maqsadlarida majburiyat sifatida tasniflangan kapital elementlari bank zararlarini qoplash shartiga ega boʻlishi, bunda bank I darajali asosiy kapitalining monandlik koeffitsiyenti 5,125 foizdan pasayganda (bundan buyon matnda trigger holati deb yuritiladi) bankning oddiy aksiyalariga toʻliq miqdorda yoki qisman konvertatsiya qilinishi yoxud toʻliq miqdorda yoki qisman hisobdan chiqarilishi;
buxgalteriya hisobi maqsadlarida majburiyat sifatida tasniflangan kapital elementlari trigger holatida bank I darajali asosiy kapitalining monandlik koeffitsiyentini 5,125 foizga yetkazish uchun zarur boʻlgan miqdorda yoxud ularning miqdori I darajali asosiy kapitalining monandlik koeffitsiyentini 5,125 foizga yetkazish uchun yetarli boʻlmasa, toʻliq miqdorda bankning oddiy aksiyalariga konvertatsiya qilinishi yoki hisobdan chiqarilishi.
Bunda, trigger holatida buxgalteriya hisobi maqsadlarida majburiyat sifatida tasniflangan kapital elementlari hisobdan chiqarilganda:
egalarining bank toʻlovga qobiliyatsizligida mazkur kapital elementlari boʻyicha daʼvo summalari;
egalariga mazkur kapital elementlari bank tomonidan qaytarib sotib olinganda (soʻndirilganda) toʻlab beriluvchi summa;
kapital elementlari boʻyicha dividend va (yoki) foiz (kupon) toʻlovlari summalari qisman yoki toʻliq miqdorda kamaytiriladi.
11. I darajali qoʻshimcha kapitalga kiritilgan imtiyozli aksiyalar va (yoki) boshqa kapital elementlarining shartlari mazkur Nizomning 10-bandida belgilangan shartlarning kamida bittasiga muvofiq boʻlmasa, mazkur kapital elementlari hamda ular boʻyicha qoʻshilgan kapital kapital monandligi hisob-kitobida I darajali qoʻshimcha kapital tarkibidan chiqariladi.
Bunda, I darajali qoʻshimcha kapital tarkibiga kiritilmagan kapital elementlari mazkur Nizomning 15-bandida belgilangan shartlarga muvofiq boʻlsa, ular II darajali kapital tarkibiga kiritilishi mumkin.
12. Trigger holati yuzaga kelganda bank quyidagilarni amalga oshirishi lozim:
Markaziy bankka trigger holati yuzaga kelgan kundan boshlab 1 kundan oshmagan muddat ichida maʼlumot berish;
I darajali qoʻshimcha kapitalga kiritilgan buxgalteriya hisobi maqsadlarida majburiyat sifatida tasniflangan kapital elementlarini bir oy ichida bankning oddiy aksiyalariga toʻliq miqdorda yoki qisman konvertatsiya qilish va (yoki) hisobdan chiqarish hamda mazkur kapital elementlari egalarini 3 kundan oshmagan muddat ichida xabardor qilish.
13. Bank I darajali qoʻshimcha kapitalga kiritilgan buxgalteriya hisobi maqsadlarida majburiyat sifatida tasniflangan kapital elementlarini bankning oddiy aksiyalariga toʻliq miqdorda yoki qisman konvertatsiya qilish maqsadida qoʻshimcha aksiyalarni bank ustavida belgilangan, eʼlon qilingan aksiyalarning soni doirasida joylashtiradi. Bunda, mazkur kapital elementlarini toʻliq miqdorda yoki qisman konvertatsiya qilishga hech qanday tartib, shu jumladan bankning taʼsis hujjatlari, ustavi hamda shartnomaviy majburiyatlar toʻsqinlik qilmasligi lozim.
14. II darajali kapital quyidagi elementlarni oʻz ichiga oladi:
mazkur Nizomning 15-bandida belgilangan shartlarga muvofiq boʻlgan kapital elementlari, shu jumladan subordinar qarz;
qoʻshilgan kapital — II darajali kapitalga kiritilgan kapital elementlari birinchi marta joylashtirilishida ularning nominal qiymatidan yuqori toʻlangan summa, shu jumladan emissiyaviy daromad;
kredit tavakkalchiligini hisobga olgan holdagi aktivlar summasining 1,25 foizidan yuqori boʻlmagan miqdordagi standart aktivlarga (shu jumladan balansdan tashqari hisobvaraqlar) yaratiladigan zaxiralar;
joriy yildagi sof foyda;
bankning nazoratga oid konsolidatsiyalashgan hisobotlarida aks ettiriladigan, bankning shuʼba tashkilotlari tomonidan chiqarilgan, uchinchi shaxslar, shu jumladan minoritar aksiyadorlar ixtiyorida boʻlgan mazkur Nizomning 15-bandida belgilangan shartlarga muvofiq boʻlgan kapital elementlari.
15. Mazkur Nizomning 14-bandi ikkinchi xatboshisida keltirilgan kapital elementlari, shu jumladan subordinar qarz quyidagi shartlarga muvofiq boʻlishi lozim:
toʻliq toʻlangan boʻlishi;
bank tugatilganda ularga doir talablar bank depozitorlari va bankning boshqa kreditorlari talablari bajarilgandan soʻng qondirilishi;
bank yoki unga aloqador shaxslar tomonidan kafolatlanmagan va taʼminlanmagan boʻlishi;
besh yildan kam boʻlmagan muddatga chiqarilishi;
ular boʻyicha dividend va (yoki) foiz (kupon) toʻlovlari oshib borilishi hamda asosiy qismining qaytarib sotib olinishiga (soʻndirilishi) oid kutilmalar shakllantirilmasligi, shu jumladan shartnoma shartlariga bunday shartlar kiritilmasligi;
ular chiqarilgan sanadan kamida besh yildan soʻng (bundan mazkur bandning sakkizinchi xatboshisida belgilangan holat mustasno) bank tashabbusi bilan nominal qiymatda qaytarib sotib olinishi (soʻndirilishi) mumkinligi, bunda Markaziy bankning eʼtirozi mavjud boʻlmasligi, shartlari Markaziy bank tomonidan ruxsat berilishiga va bank tomonidan qaytarib sotib olinishiga (soʻndirilishiga) oid kutilmalarni shakllantirmasligi, shuningdek oʻxshash turdagi kapital elementlariga yoxud kapital elementlarining boshqa ulardan yuqoriroq turiga almashtirilishi yoki qaytarib sotib olinishi (soʻndirilishi) natijasida bank regulyativ kapitalining monandlik koeffitsiyenti mazkur Nizom talablariga muvofiq oʻrnatilgan minimal talabdan kamida ikki foiz bandga yuqori boʻlishi;
ular chiqarilgan sanadan besh yil ichida soliq qonunchiligiga oʻzgartirishlar kiritilishi natijasida mazkur turdagi kapital elementlariga doir soliq yukining oshishi va (yoki) bank qonunchiligiga oʻzgartirishlar kiritilishi natijasida ularning bank II darajali kapitali tarkibiga kiritilmasligi sababli bank tomonidan nominal qiymatda qaytarib sotib olinishi (soʻndirilishi) mumkinligi, bunda Markaziy bankning eʼtirozi mavjud boʻlmasligi;
egalariga mazkur kapital elementlar boʻyicha asosiy qism, dividend va (yoki) foiz (kupon) toʻlovlari toʻlanishini tezlatishga vakolat bermasligi, bundan bankning toʻlovga qobiliyatsizligi yoki faoliyati tugatilishi holatlari mustasno;
ular boʻyicha asosiy qism, dividend va (yoki) foiz (kupon) toʻlovlar miqdorlari (stavkalari) bankning moliyaviy holati va (yoki) kredit reytingi oʻzgarishi natijasida oʻzgarmasligi;
bank yoki unga aloqador shaxslar tomonidan sotib olinmasligi hamda bank tomonidan bevosita va bilvosita moliyalashtirilmagan boʻlishi;
bank sanatsiya qilinayotganda Markaziy bankning qaroriga muvofiq bankning oddiy aksiyalariga toʻliq miqdorda yoki qisman konvertatsiya qilinishi va (yoki) hisobdan chiqarilishi;
bank tomonidan chiqarilmagan boʻlsa, ular orqali jalb qilingan mablagʻlar hech qanday cheklovlarsiz bankning ixtiyorida boʻlishi.
16. Mazkur Nizomning 14-bandi ikkinchi xatboshisida keltirilgan kapital elementlari, shu jumladan subordinar qarz boʻyicha toʻlovlar soʻndirish muddati yetib kelguniga qadar soʻnggi besh yil davomida kapital monandligi hisob-kitobi maqsadlarida II darajali kapital tarkibida bir maromli (toʻgʻri chiziqli) hisoblash usulida mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq amortizatsiyalangan qiymatda hisobga olinadi.
17. Bank subordinar qarzni yuridik shaxslardan, shuningdek banklar uchun belgilangan minimal ustav kapitali miqdorining kamida besh foizi va undan yuqori miqdorida investitsiya kirituvchi jismoniy shaxslardan jalb qilishi mumkin.
18. II darajali kapital tarkibiga kiritiluvchi kapital elementlari, shu jumladan subordinar qarz shartlari mazkur Nizomning 15-bandida belgilangan shartlarning kamida bittasiga muvofiq boʻlmasa, mazkur kapital elementlari hamda ular boʻyicha qoʻshilgan kapital kapital monandligi hisob-kitobida II darajali kapital tarkibidan chiqariladi.
19. I darajali asosiy kapitaldan quyidagi elementlar chegiriladi:
a) gudvill hamda bankning boshqa nomoddiy aktivlari, shu jumladan bank dasturiy taʼminotlarining bank I darajali asosiy kapitalining 10 foizidan oshgan qismi. Bunda, mazkur Nizom kuchga kirgan sanada dasturiy taʼminotlar chegirilishi natijasida kapital monandlik koeffitsiyentlari mazkur Nizom talablariga muvofiq boʻlmagan banklar 2030-yilning 1-yanvariga qadar Markaziy bank bilan kelishilgan muddatlarda ushbu talablarga muvofiqlashtirishi lozim;
b) muddati uzaytirilgan soliq talablari (oʻtgan yillardagi muddati uzaytirilgan soliq talablari summasidan (19931) oʻtgan yillardagi muddati uzaytirilgan daromad soligʻi (22508) summasi chegiriladi);
d) pul oqimlarini xedjirlash natijasida hosil boʻlgan foyda yoki zarar;
e) aktivlarni sekyuritizatsiya qilish natijasida olinadigan foyda, agar mazkur aktivlar balans qiymati hamda ular boʻyicha kelajakdagi tushumlarning joriy qiymati oʻrtasidagi farq buxgalteriya hisobi maqsadlarida muddatidan avval bank foydasi sifatida tan olingan boʻlsa;
f) bankning oʻz oddiy aksiyalariga toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita investitsiyalari;
g) bank va boshqa bank oʻzaro bir-birining oddiy aksiyalariga toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita investitsiya kiritgan boʻlsa, bankning boshqa bankning oddiy aksiyalariga kiritgan investitsiyalari summasi;
h) konsolidatsiyalashmagan moliyaviy boʻlmagan bitta tashkilot ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlar va (yoki) aksiyalarga investitsiyalarning bank I darajali asosiy kapitalining (mazkur bandning “a” — “g” kichik bandlaridagi elementlar chegirilganidan keyin) 15 foizidan oshgan qismi;
i) konsolidatsiyalashmagan moliyaviy boʻlmagan barcha tashkilotlar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlar va (yoki) aksiyalarga investitsiyalar yigʻindisining (bunda investitsiyaning mazkur bandning “h” kichik bandiga muvofiq chegirilgan qismi hisobga olinmaydi) bank I darajali asosiy kapitalining (mazkur bandning “a” — “g” kichik bandlaridagi elementlar chegirilganidan keyin) 50 foizidan oshgan qismi;
j) konsolidatsiyalashmagan moliyaviy tashkilot ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlar va (yoki) aksiyalarga investitsiyalar natijasida bankning ushbu tashkilotdagi ulushi 10 foizdan oshmagan boʻlsa, bunday tashkilotlarga jami investitsiyalar yigʻindisining bank I darajali asosiy kapitalining (mazkur bandning “a” — “g” kichik bandlaridagi elementlar chegirilganidan keyin) 10 foizidan oshgan qismi (investitsiyalar mazkur bandning “g” kichik bandiga muvofiq chegirilgan boʻlsa, qayta chegirilmaydi);
k) konsolidatsiyalashmagan moliyaviy tashkilot ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlar va (yoki) aksiyalarga investitsiyalar natijasida bankning ushbu tashkilotdagi ulushi 10 foizdan oshgan boʻlsa, bunday tashkilotlarga jami investitsiyalar yigʻindisining bank I darajali asosiy kapitalining (mazkur bandning“a” — “g” kichik bandlaridagi elementlar chegirilganidan keyin) 10 foizidan oshgan qismi (investitsiyalar mazkur bandning “g” kichik bandiga muvofiq chegirilgan boʻlsa, qayta chegirilmaydi).
20. I darajali qoʻshimcha kapitaldan quyidagilar chegiriladi:
bank tomonidan oʻzining I darajali qoʻshimcha kapital elementlariga kiritilgan toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita investitsiyalar;
bankning boshqa bankning I darajali qoʻshimcha kapitaliga kiritilgan kapital elementlariga investitsiyalari.
Bunda, I darajali qoʻshimcha kapitaldan chegiriluvchi elementlarning jami summasi bank I darajali qoʻshimcha kapitali summasidan koʻp boʻlsa, yetishmagan summa I darajali asosiy kapitaldan chegiriladi.
21. II darajali kapitaldan quyidagilar chegiriladi:
bank tomonidan oʻzining II darajali kapital elementlariga kiritilgan toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita investitsiyalar;
bankning boshqa bankning II darajali kapitaliga kiritilgan kapital elementlariga investitsiyalari.
Bunda, II darajali kapitaldan chegiriluvchi elementlar jami summasi bank II darajali kapitali summasidan koʻp boʻlsa, yetishmagan summa I darajali qoʻshimcha kapital va (yoki) I darajali asosiy kapitaldan chegiriladi.
22. Kapitalning monandlik koeffitsiyentlari va leveraj koeffitsiyentini aniqlash maqsadlarida bank regulyativ kapitalidan mazkur Nizomning 19 — 21-bandlarida belgilangan elementlar va aktivlar boʻyicha yaratilgan zaxiralar mos ravishda chegirilganidan keyingi summa olinadi.
3-bob. Kredit tavakkalchiligi hisob-kitobi
1-§. Hisob-kitobning umumiy qoidalari
23. Kredit tavakkalchiligi bankning aktivlari hamda kredit tavakkalchiligi mavjud boʻlgan balansdan tashqari hisobvaraqlari, shu jumladan hosilaviy instrumentlar boʻyicha hisoblanadi.
24. Bankning aktivlari boʻyicha kredit tavakkalchiligi summasi har bir aktivning jami qiymatini tegishliligi boʻyicha mazkur Nizomning 2 — 7-ilovalarida belgilangan tavakkalchilik darajalari yoki yuridik shaxslarga beriladigan kreditlarning yillik foiz stavkasidan kelib chiqib Markaziy bank tomonidan oʻrnatiladigan tavakkalchilik darajalariga koʻpaytirish orqali topiladi.
Bunda, aktivning jami qiymati deganda mazkur aktiv boʻyicha asosiy qarz va unga hisoblangan foizlar, penya, komission va boshqa foizsiz toʻlovlari qoldigʻining u boʻyicha yaratilgan zaxiralar chegirilgan miqdori tushuniladi.
25. Aktivlarning mazkur Nizomning 19 — 21-bandlariga muvofiq bank regulyativ kapitalidan chegiriladigan qismi kredit tavakkalchiligi hisob-kitobiga kiritilmaydi.
2-§. Kredit tavakkalchiligini kamaytirish
26. Kapital monandligi hisob-kitobi maqsadlarida kredit tavakkalchiligi maqbul taʼminot, shu jumladan garov va kafolat yoki kafillik hisobiga kamaytirilishi mumkin.
27. Maqbul taʼminotga quyidagilar kiradi:
davlat qimmatli qogʻozlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Markaziy bank tomonidan taʼminlangan yoki kafolatlangan aktivlar;
kreditor bankdagi oltin quymalar;
kreditor bankdagi depozitlar yoki depozit sertifikatlari;
kapital monandligi hisob-kitobida mazkur Nizomning 2 va 3-ilovalariga muvofiq kredit tavakkalchiligi darajasi 100 foizdan katta boʻlmagan xorijiy davlatlarning hukumatlari, markaziy banklari va davlat sektori tashkilotlari, shuningdek xalqaro moliya tashkilotlari kafolati, kafilligi yoki ular tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar.
28. Garov kredit tavakkalchiligini kamaytirish maqsadlarida maqbul taʼminot hisoblanishi uchun quyidagi shartlarga javob berishi lozim:
tegishli tartibda hujjatlashtirilishi va barcha tomonlar uchun majburiy hisoblanishi;
qimmatli qogʻozlar, bankdagi depozitlar, depozit sertifikatlari garov sifatida qabul qilingan boʻlsa, ularning muddati tegishli aktivni soʻndirish muddatidan kam boʻlmasligi;
kreditor bankdagi depozit garov predmeti boʻlsa, garov shartnomasi shartlariga binoan qarz oluvchi oʻz majburiyatlarini bajarmagan holatda bankning ushbu mablagʻlarni soʻzsiz nazorat qilish va ularni tasarruf eta olish huquqi boʻlishi;
bank aktivi bankdagi depozitlar bilan taʼminlangan boʻlsa, depozit aktivni taʼminlash uchun tegishli hisobvaraqda yuritilishi hamda kredit shartnomasi yoki boshqa shartnomada qarz oluvchi tomonidan aktiv qaytarilmagan yoki majburiyatlari bajarilmagan holda bank akseptsiz tartibda depozitni tasarruf etishi, shuningdek qarz oluvchi ixtiyoriy ravishda ushbu depozitni u bilan taʼminlangan aktivni soʻndirish uchun yoʻnaltirishi mumkin ekanligi shart qilib qoʻyilishi.
Bunda, bank aktivni qaytarish muddati yetib kelgunga qadar depozitdan mablagʻlarni olishga yoʻl qoʻymaslik maqsadida zarur choralarni koʻrishi va nazorat oʻrnatishi kerak.
29. Kafolat yoki kafillik kredit tavakkalchiligini kamaytirish maqsadlarida maqbul taʼminot hisoblanishi uchun quyidagi shartlarga javob berishi lozim:
kafolat muddati va asosiy majburiyat muddatlari mos boʻlishi;
qarz oluvchi oʻz majburiyatlarini bajarmagan hollarda, shartnoma va (yoki) oʻzaro kelishuvda kafolat shartlarini bajarish muddatlariga doir hech qanday cheklovlar boʻlmasligi;
kafil tomonidan taqdim etilgan kafolat hujjatlashtirilgan majburiyat hisoblanishi;
bankning majburiyatni kafildan toʻgʻridan-toʻgʻri talab qilish huquqi boʻlishi;
qarz oluvchining bank oldidagi majburiyati boʻyicha taqdim etilgan kafolat miqdori aniq belgilangan boʻlishi;
kafolat chaqirib olinmaydigan va soʻzsiz boʻlishi, yaʼni bir tomonlama tartibda kafil kafolatni bekor qilishi, kafolat qiymatini oshirishi, kafolat muddatini qisqartirishi, shuningdek kafolat boʻyicha mablagʻlarni toʻliq yoki qisman toʻlamasligiga imkon yaratuvchi shartlarning mavjud emasligi;
qarz oluvchi kafolat bilan taʼminlangan majburiyatlarini bajarmagan hollarda, bankda kafildan kafolat boʻyicha toʻlovni amalga oshirishini talab qilish huquqi boʻlishi.
30. Kapital monandligi hisob-kitobi maqsadlarida kredit tavakkalchiligini aniqlash uchun aktivning:
maqbul taʼminot bilan taʼminlangan (qoplangan) qismiga — taʼminotning tavakkalchilik darajasi;
maqbul taʼminot bilan taʼminlanmagan (qoplanmagan) qismiga — mazkur aktivning tavakkalchilik darajasi koʻpaytiriladi.
31. Aktiv va u boʻyicha qabul qilingan maqbul taʼminot valyutasi oʻzaro mos tushmasa, mazkur taʼminotning qiymati 10 foizga kamaytiriladi.
3-§. Kredit reytinglari asosida kredit tavakkalchiligini belgilash
32. Kontragent yoki muayyan aktiv “Standard & Poorʻs”, “Fitch Ratings”, “Moodyʻs Investors Service” hamda Markaziy bank tomonidan belgilanadigan boshqa reyting kompaniyalarining bir nechtasi tomonidan berilgan:
ikkita reyting bahosiga ega boʻlganda — mazkur reyting baholarining pastrogʻi;
uchta yoki undan ortiq reyting bahosiga ega boʻlganda — ikkita eng yuqori reyting bahosidan pastrogʻi ushbu Nizom hisob-kitoblarida hisobga olinadi.
33. Muayyan guruh tarkibiga kiruvchi bir kontragentning reyting bahosi ushbu guruhga kiruvchi boshqa tashkilotlarga umumlashtirilishi yoki tatbiq etilishi mumkin emas.
4-§. Balansdan tashqari hisobvaraqlar boʻyicha kredit tavakkalchiligi
34. Kapital monandligi hisob-kitobi maqsadlarida kredit tavakkalchiligi summasini aniqlashda kredit tavakkalchiligi mavjud boʻlgan balansdan tashqari hisobvaraqlar, shu jumladan foydalanilmagan kredit liniyalari, chaqirib olinmaydigan majburiyatlar, kreditlash boʻyicha boshqa majburiyatlar, savdoga oid moliyalashtirishlar (akkreditiv, kafolat va kafilliklar) hisobga olinadi. Hosilaviy instrumentlar boʻyicha kredit tavakkalchiligi mazkur bobning 5-paragrafiga muvofiq aniqlanadi.
35. Balansdan tashqari hisobvaraq boʻyicha kredit tavakkalchiligini aniqlash maqsadida balansdan tashqari moddaning u boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplashga moʻljallangan zaxiralarni chegirgan holda aniqlangan qoldigʻi kreditni qayta hisoblash omiliga koʻpaytiriladi va mazkur qiymat balansdan tashqari moddaning balans ekvivalenti hisoblanadi. Ushbu summaga nisbatan mazkur Nizomning 2 va 3-ilovalariga muvofiq tegishli kredit tavakkalchiligi darajasi koʻpaytiriladi.
36. 100 foiz darajasidagi kreditni qayta hisoblash omili qoʻllanadigan balansdan tashqari hisobvaraqlarga quyidagilar kiradi:
nomidan kafolatlar yoki zaxira akkreditivi berilgan bank mijozi bitim va boshqa majburiyatlarga muvofiq holda uchinchi tomon majburiyatlarni qoplashga layoqatsiz boʻlsa, bankning uchinchi tomonga toʻlovlar toʻgʻrisidagi yuridik jihatdan chaqirib olinmaydigan majburiyatlarini oʻzida aks etgan bevosita kredit oʻrnini bosuvchilar, jumladan, umumiy kafolatlar, zaxira akkreditivlari va boshqa shunga oʻxshash bitimlar;
qayta sotib olish haqidagi kelishuv yoki belgilangan shartlarda aktivlarni bankka qaytarish haqidagi kelishuvga muvofiq sotilgan aktivlar;
qarzga berilgan yoki garovga qoʻyilgan qimmatli qogʻozlar;
kelajakda aktivlarni sotib olish yoki depozit joylashtirish majburiyati;
toʻlanmagan qoldiq summasini toʻlash majburiyati mavjud boʻlgan qisman toʻlangan aksiyalar va qimmatli qogʻozlar;
boshqa kredit oʻrnini bosuvchilar.
37. 50 foiz darajasidagi kreditni qayta hisoblash omili qoʻllanadigan balansdan tashqari hisobvaraqlar quyidagilardan iborat:
bitim kafolatlari yoki muayyan bitimga nisbatan akkreditivlar singari bitimlar bilan bogʻliq majburiyatlar. Bu majburiyatlar, agar uning nomidan majburiyatlar chiqarilgan bank mijozi nomoliyaviy tijorat majburiyatlarini amalga oshira olmagan boʻlsa, bankning uchinchi shaxsga kompensatsiya toʻlash boʻyicha chaqirib olinmaydigan majburiyatlari hisoblanadi;
boshlangʻich toʻlov muddati bir yildan ortiq boʻlgan kredit liniyasi yoki shunga oʻxshash kelishuv singari kredit berishga doir majburiyatlarning ishlatilmagan qismi.
38. 20 foiz darajasidagi kreditni qayta hisoblash omili qoʻllanadigan balansdan tashqari hisobvaraqlar quyidagilardan iborat:
tovarlarni yetkazib berish bilan taʼminlangan hujjatli akkreditiv singari savdo bilan bogʻliq qisqa muddatli yoki oʻzini-oʻzi tugatuvchi majburiyatlar;
boshlangʻich toʻlov muddati bir yil va undan kam boʻlgan kredit liniyasi yoki shunga oʻxshash kelishuv singari kredit berishga doir majburiyatlarning ishlatilmagan qismi.
39. 10 foiz darajasidagi kreditni qayta hisoblash omili qoʻllanadigan balansdan tashqari hisobvaraqlarga bank tomonidan shartnomaga muvofiq qarz oluvchini oldindan xabardor qilmasdan, istalgan vaqt va soʻzsiz bekor qilishi mumkin boʻlgan chaqirib olinuvchi majburiyatlar kiradi.
5-§. Hosilaviy instrumentlar
40. Kapital monandligi hisob-kitobi maqsadlarida hosilaviy instrumentlar, shu jumladan fyuchers, forvard, svop, opsion va shunga oʻxshash shartnomalar boʻyicha kredit tavakkalchiligi miqdori mazkur instrumentlarning nominal qiymatini quyidagi jadvalga muvofiq kreditni qayta hisoblash omiliga koʻpaytirish orqali aniqlanadi:

Toʻlov muddatlari

Hosilaviy instrumentlar bazaviy aktivlaridan kelib chiqib kreditni qayta hisoblash omillari (foizda)

Foiz stavkasi

Valyuta almashuv kurslari
va oltin qiymati

Aksiya

Qimmatbaho metallar (oltindan tashqari)

Boshqa qimmatliklar

Bir yilgacha

0,5

2,0

6,0

7,0

10,0

Bir yildan besh yilgacha

1,0

5,0

8,0

7,0

12,0

Besh yildan koʻp

1,5

8,0

10,0

8,0

15,0

41. Kreditni qayta hisoblash omili miqdori hosilaviy instrument tavsifi va barcha instrumentlar boʻyicha qolgan qoplash muddatiga bogʻliq, boshlangʻich qoplash muddati qoʻllaniladigan valyutaviy shartnomalar va oltin bundan mustasno. Yuqoridagi usul boʻyicha hisoblangan ekvivalentlarga qarzdor turi, kafolat tabiati va taʼminotiga qarab balans vositalari singari tavakkalchilik qoʻllaniladi.
6-§. Taʼminlangan obligatsiyalar
42. Kapital monandligi hisob-kitobi maqsadlarida mazkur paragrafda belgilangan talablarga javob beruvchi taʼminlangan obligatsiyalar boʻyicha kredit tavakkalchiligi ushbu obligatsiyalarning nominal qiymati va ular boʻyicha hisoblangan foiz (kupon) toʻlovlarini mazkur Nizomning 6 va 7-ilovalarida belgilangan kredit tavakkalchiligi darajalariga tegishliligi boʻyicha koʻpaytirish orqali aniqlanadi.
43. Mazkur Nizom maqsadlarida taʼminlangan obligatsiyalarni taʼminlaydigan maxsus ajratilgan aktivlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Markaziy bank, xorijiy davlatlarning hukumatlari va markaziy banklari, shuningdek davlat sektori tashkilotlari hamda xalqaro moliya tashkilotlariga nisbatan talablar va (yoki) kafolatlangan bank aktivlari;
kreditning garovga nisbati koʻrsatkichi 80 foiz va undan past tavakkalchilik darajasiga ega boʻlgan turar-joy koʻchmas mulkini xarid qilish uchun berilgan ipoteka kreditlari;
kapital monandligi hisob-kitoblarida 30 foiz yoki undan past tavakkalchilik darajasiga ega banklarga nisbatan talablar va (yoki) ular tomonidan kafolatlangan aktivlar. Bunda, mazkur banklarga nisbatan talablar va (yoki) ular tomonidan kafolatlangan aktivlar summasi emitent tomonidan chiqarilgan taʼminlangan obligatsiyalar boʻyicha maxsus ajratilgan aktivlar jami miqdorining 15 foizidan oshmasligi zarur.
44. Maxsus ajratilgan aktivlarning taʼminlangan obligatsiyalar nominal qiymatiga nisbati kamida 110 foizni tashkil etishi lozim.
45. Mazkur Nizomning 43-bandi uchinchi xatboshisida belgilangan ipoteka kreditlari quyidagi talablarga javob berishi lozim:
ipoteka narsasi qurilishi tugallangan va qonunchilikka muvofiq foydalanishga topshirilgan boʻlishi;
qarz oluvchi oʻz majburiyatlarini bajarmagan hollarda, shartnoma va (yoki) oʻzaro kelishuvda kreditor tomonidan ipoteka narsasini amalda realizatsiya qilish muddatlariga doir hech qanday cheklovlar boʻlmasligi;
qarz oluvchi oʻz majburiyatlarini bajarmagan hollarda kreditor talabi dastlabki navbatda qondirilishi;
ipoteka narsasi Oʻzbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda baholangan boʻlishi;
ipoteka narsasining qiymati qarz oluvchining moliyaviy holatiga bogʻliq boʻlmasligi;
tegishli tartibda hujjatlashtirilishi va barcha tomonlar uchun majburiy hisoblanishi.
46. Bank taʼminlangan obligatsiyalarga investitsiya kiritgan taqdirda, emitentdan quyidagi maʼlumotlarni har olti oyda kamida bir marotaba olishi lozim:
taʼminlangan obligatsiyalar hamda ularni taʼminlaydigan maxsus ajratilgan aktivlar qiymati;
maxsus ajratilgan aktivlarning hudud jihatidan taqsimoti, turlari va foiz stavkalari;
taʼminlangan obligatsiyalar hamda ularni taʼminlaydigan maxsus ajratilgan aktivlarning soʻndirish muddatlari kesimida taqsimoti;
muammoli kreditlar ulushi.
4-bob. Bozor tavakkalchiligi hisob-kitobi
1-§. Hisob-kitobning umumiy qoidalari
47. Bankda (bundan mikromoliya banki mustasno) bozor tavakkalchiligi valyuta, foiz va qimmatli qogʻozlar tavakkalchiliklarini oʻz ichiga oladi va quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:
BT = 12,5×(FT×wft + VT×wvt + FBT×wfbt)
bunda:
BT — bozor tavakkalchiligi miqdori;
FT — qimmatli qogʻozlar, shu jumladan qatʼiy belgilangan daromad keltiruvchi moliyaviy instrumentlar hamda hosilaviy instrumentlar qiymatiga taʼsir koʻrsatuvchi bozor foiz stavkalaridagi kutilmagan oʻzgarishlar tufayli bankning savdo portfelida yuzaga keluvchi foiz tavakkalchiligi (bundan buyon matnda foiz tavakkalchiligi deb yuritiladi) summasi;
VT — bank aktivlari, majburiyatlari va balansdan tashqari moddalari qiymatiga taʼsir oʻtkazuvchi xorijiy valyuta kurslari tebranishi oqibatida yuzaga keluvchi valyuta tavakkalchiligi (bundan buyon matnda valyuta tavakkalchiligi deb yuritiladi) summasi;
FBT — aksiyalarning va bazaviy aktivi aksiya boʻlgan hosilaviy instrumentlarning joriy (haqqoniy) bahosi emitentning faoliyati yoki qimmatli qogʻozlar bozoridagi tebranishlar natijasida oʻzgarishi tufayli yuzaga keluvchi fond bozori tavakkalchiligi (bundan buyon matnda fond bozori tavakkalchiligi deb yuritiladi) summasi;
wft — foiz tavakkalchiligini hisobga olish omili. Mazkur omil bank savdo portfelidagi qimmatli qogʻozlar, shu jumladan qatʼiy belgilangan daromad keltiruvchi boshqa moliyaviy instrumentlar hamda hosilaviy instrumentlar summasi bank regulyativ kapitalining 20 foiziga teng yoki koʻproq boʻlsa 1,3 ga, aks holda 0 ga teng boʻladi;
wvt — valyuta tavakkalchiligini hisobga olish omili. Mazkur omil 1,2 ga teng boʻladi;
wfbt — fond bozori tavakkalchiligini hisobga olish omili. Mazkur omil aksiyalar va bazaviy aktivi aksiya boʻlgan hosilaviy instrumentlar summasi bank regulyativ kapitalining 20 foiziga teng yoki koʻproq boʻlsa 3,5 ga, aks holda 0 ga teng boʻladi.
48. Bankning savdo portfeliga kiritilgan moliyaviy instrumentlari quyidagi talablarga javob berishi lozim:
oldi-sotdiga yoki xedjirlanishiga hech qanday toʻsiqlarning mavjud emasligi;
xedjirlash va (yoki) qisqa muddatda sotish orqali narxlaridagi tebranishlardan foyda olish maqsadida olinishi, mazkur maqsad tegishli tartibda hujjatlashtirilgan boʻlishi;
haqqoniy qiymati ishonchli baholash usullarini qoʻllagan holda muntazam ravishda qayta baholanishi;
haqqoniy qiymatini shakllantiruvchi likvid bozorga ega boʻlishi.
49. Foiz va fond bozori tavakkalchiligini aniqlash maqsadida:
bankka tegishli boʻlgan va (yoki bank tomonidan sotib olingan, shuningdek bozor bahosi, daromadliligi va (yoki) haqqoniy qiymati oʻsishi natijasida bank uchun foyda keltiradigan moliyaviy instrumentlar summasi uzun pozitsiya;
bank tomonidan sotilgan, biroq bankka tegishli boʻlmagan, shu jumladan qarzga olingan (qoplanmagan qisqa sotuv operatsiyasi), shuningdek bozor bahosi, daromadliligi va (yoki) haqqoniy qiymati pasayishi natijasida bank uchun foyda keltiradigan moliyaviy instrumentlar summasi qisqa pozitsiya hisoblanadi.
50. Bozor tavakkalchiligini hisob-kitob qilish maqsadida quyidagi talablarga javob beruvchi moliyaviy instrumentlar bir turdagi hisoblanadi:
bitta emitent tomonidan chiqarilgan;
teng darajadagi daromadlilikka ega yoki daromadliligidagi farq 10 bazis punktdan katta boʻlmagan;
bitta valyutada ifodalangan;
soʻndirish muddati bir xil boʻlgan.
51. Moliyaviy instrument boʻyicha sof pozitsiya (netting) quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:
SPi = UPi — QPi
bunda:
SPi — bir turdagi “i” moliyaviy instrumentlar boʻyicha sof pozitsiya miqdori;
UPi — bir turdagi “i” moliyaviy instrumentlar boʻyicha jami uzun pozitsiyalar (balansdagi aktivlar, balansdan tashqari hisobvaraqlar) miqdori;
QPi — bir turdagi “i” moliyaviy instrumentlar boʻyicha jami qisqa pozitsiyalar (balansdagi aktivlar, balansdan tashqari hisobvaraqlar) miqdori.
Bir turdagi moliyaviy instrumentlar boʻyicha jami uzun pozitsiyalar miqdori jami qisqa pozitsiyalar miqdoridan:
katta boʻlsa — sof uzun pozitsiya;
kichik boʻlsa — sof qisqa pozitsiya hisoblanadi.
2-§. Foiz tavakkalchiligi hisob-kitobi
52. Mazkur Nizomning 53-bandida belgilangan moliyaviy instrumentlar summasi bank regulyativ kapitalining 20 foiziga teng yoki undan koʻproq boʻlsa, bank tomonidan foiz tavakkalchiligi hisoblanishi lozim.
53. Foiz tavakkalchiligini hisoblashda savdo portfeliga kiritilgan quyidagi moliyaviy instrumentlar inobatga olinadi:
davlat qimmatli qogʻozlari;
xorijiy davlatlarning hukumatlari va markaziy banklari, davlat sektori tashkilotlari, xalqaro moliya tashkilotlari hamda boshqa emitentlar tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar;
oddiy aksiyalarga konvertatsiya qilinmaydigan obligatsiyalar;
depozit sertifikatlari;
dividend miqdori qatʼiy belgilangan va oddiy aksiyalarga konvertatsiya qilinmaydigan imtiyozli aksiyalar;
REPO bitimlari boʻyicha sotilgan yoki sotib olingan qimmatli qogʻozlar;
qarz munosabatlarini tasdiqlovchi boshqa qimmatli qogʻozlar;
bazaviy aktivi qarz qimmatli qogʻozlari boʻlgan hosilaviy instrumentlar.
54. Mazkur Nizomning 53-bandida keltirilgan moliyaviy instrumentlar bank portfeliga kiritilgan boʻlsa, shu jumladan muddati tugaguniga qadar bank balansi yoki balansdan tashqari hisobvaraqlarida saqlansa, mazkur moliyaviy instrumentlar boʻyicha foiz tavakkalchiligi hisoblanmaydi.
55. Foiz tavakkalchiligining jami miqdori quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:
FT = MFT + UFT
bunda:
FT — foiz tavakkalchiligining jami miqdori;
MFT — moliyaviy instrumentlar emitenti, muddatlari va valyutasi bilan bogʻliq omillar natijasida ularning haqqoniy qiymatidagi kutilmagan oʻzgarishlar tufayli yuzaga keluvchi maxsus foiz tavakkalchiligi (bundan buyon matnda maxsus foiz tavakkalchiligi deb yuritiladi) miqdori;
UFT — moliyaviy instrumentlarning bozor foiz stavkalari oʻzgarishi natijasida ularning haqqoniy qiymatidagi kutilmagan oʻzgarishlar tufayli yuzaga keluvchi umumiy foiz tavakkalchiligi (bundan buyon matnda umumiy foiz tavakkalchiligi deb yuritiladi) miqdori.
56. Maxsus foiz tavakkalchiligi quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:
bunda:
MFT — maxsus foiz tavakkalchiligining jami miqdori;
SPii” moliyaviy instrument boʻyicha sof pozitsiya miqdori;
kii” moliyaviy instrument boʻyicha mazkur Nizomning 8-ilovasida belgilangan tavakkalchilik darajalari miqdori.
Hosilaviy instrumentlar maxsus foiz tavakkalchiligi hisob-kitobiga kiritilmaydi.
57. Umumiy foiz tavakkalchiligi miqdorini aniqlash maqsadida moliyaviy instrumentlar boʻyicha sof pozitsiyalar quyidagi talablarni inobatga olgan holda mazkur Nizomning 9-ilovasiga muvofiq katta va kichik guruhlarga ajratiladi:
foiz (kupon) stavkasi qatʼiy belgilangan moliyaviy instrumentlar — soʻndirish sanasigacha qolgan muddat asosida;
foiz (kupon) stavkasi oʻzgaruvchan moliyaviy instrumentlar — foiz (kupon) stavkasini navbatdagi qayta koʻrib chiqish sanasigacha qolgan muddat asosida;
REPO bitimlari asosida sotilgan moliyaviy instrumentlar — soʻndirish sanasigacha qolgan muddat asosida;
hosilaviy instrumentlar — soʻndirish sanasigacha qolgan muddat asosida.
58. Umumiy foiz tavakkalchiligi moliyaviy instrumentlar valyutasidan kelib chiqib alohida hisoblanishi lozim.
59. Umumiy foiz tavakkalchiligini hisoblash maqsadlarida tegishli guruh ichida:
ham uzun, ham qisqa pozitsiyalar boʻlsa, mazkur guruh boʻyicha yopiq pozitsiya uzun pozitsiyalar jami miqdori va qisqa pozitsiyalar jami miqdori mutlaq qiymatlarining kichigiga;
uzun yoki qisqa pozitsiyalardan bittasi boʻlsa yoki pozitsiyalar boʻlmasa, mazkur guruh boʻyicha yopiq pozitsiya 0 ga teng boʻladi.
60. Umumiy foiz tavakkalchiligi quyidagilarning yigʻindisidan iborat:
barcha kichik guruhlar boʻyicha yopiq pozitsiyalarning jami miqdori;
barcha kichik guruhlar boʻyicha ochiq pozitsiyalarning jami miqdori;
1-katta guruh boʻyicha yopiq pozitsiya miqdori;
2-katta guruh boʻyicha yopiq pozitsiya miqdori;
3-katta guruh boʻyicha yopiq pozitsiya miqdori;
1 va 2-katta guruh boʻyicha yopiq pozitsiya miqdori;
2 va 3-katta guruh boʻyicha yopiq pozitsiya miqdori;
1 va 3-katta guruh boʻyicha yopiq pozitsiya miqdori.
61. Kichik guruh boʻyicha yopiq pozitsiya quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:
bunda:
KichGYPm — m” kichik guruh boʻyicha yopiq pozitsiya miqdori;
— “m” kichik guruhdagi uzun pozitsiyalar jami miqdori (mutlaq qiymat);
— “m” kichik guruhdagi qisqa pozitsiyalar jami miqdori (mutlaq qiymat);
wm — ushbu Nizomning 9-ilovasiga muvofiq “m” kichik guruh omili.
62. Kichik guruh boʻyicha ochiq (sof uzun yoki sof qisqa) pozitsiya miqdori quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:
bunda:
KichGSPmm” kichik guruh boʻyicha sof pozitsiya miqdori;
m” kichik guruhdagi uzun pozitsiyalar jami miqdori;
m” kichik guruhdagi qisqa pozitsiyalar jami miqdori;
wm — ushbu Nizomning 9-ilovasiga muvofiq “m” kichik guruh omili.
63. Bitta katta guruh boʻyicha yopiq pozitsiya miqdori quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:
bunda:
KatGYPkk” katta guruh boʻyicha yopiq pozitsiya miqdori;
— “k katta guruhdagi kichik guruhlar boʻyicha sof uzun pozitsiyalarning jami miqdori (mutlaq qiymat);
— “k” katta guruhdagi kichik guruhlar boʻyicha sof qisqa pozitsiyalarning jami miqdori (mutlaq qiymat);
wkk” katta guruh omili. Mazkur omil ushbu Nizomning 9-ilovasiga muvofiq:
1-katta guruh boʻyicha — 0,4 ga;
2-katta guruh boʻyicha — 0,3 ga;
3-katta guruh boʻyicha — 0,3 ga teng boʻladi.
64. Bitta katta guruh boʻyicha sof uzun yoki qisqa pozitsiya miqdori quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:
bunda:
KatGSPkk” katta guruh boʻyicha sof pozitsiya miqdori;
— “k” katta guruhdagi kichik guruhlar boʻyicha sof uzun pozitsiyalarning jami miqdori;
k” katta guruhdagi kichik guruhlar boʻyicha sof qisqa pozitsiyalarning jami miqdori.
65. Ikkita katta guruh boʻyicha yopiq pozitsiya miqdori quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:
bunda:
KatGYPh,j — “h” va “j” katta guruh boʻyicha yopiq pozitsiya miqdori;
|KatGSUPh| — h” katta guruh boʻyicha sof uzun pozitsiya miqdori (mutlaq miqdor);
|KatGSQPj| — j katta guruh boʻyicha sof qisqa pozitsiya miqdori (mutlaq miqdor);
Wh,j — “h” va “j” katta guruh omili. Mazkur omil ushbu Nizomning 9-ilovasiga muvofiq:
1 va 2 katta guruhlar boʻyicha w1,2 — 0,4 ga;
2 va 3 katta guruhlar boʻyicha w2,3 — 0,4 ga;
1 va 3 katta guruhlar boʻyicha w1,3 — 1 ga teng boʻladi.
3-§. Valyuta tavakkalchiligi hisob-kitobi
66. Valyuta tavakkalchiligi miqdori quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:
VT = OVP × 0,08
bunda:
VT — valyuta tavakkalchiligi miqdori;
OVP — ochiq valyuta pozitsiyalarining jami miqdori.
67. Bank ochiq valyuta pozitsiyalarining jami miqdorini hisoblashda xorijiy valyutalarning uzun yoki qisqa pozitsiyalar yigʻindisi mutlaq qiymatlarining eng kattasi olinadi.
68. Ochiq valyuta pozitsiyalarining jami miqdori Ochiq valyuta pozitsiyasini yuritish qoidalariga (roʻyxat raqami 3301, 2021-yil 7-may) muvofiq hisoblanadi.
4-§. Fond bozori tavakkalchiligi hisob-kitobi
69. Mazkur Nizomning 70-bandida belgilangan moliyaviy instrumentlar summasi bank regulyativ kapitalining 20 foiziga teng yoki undan koʻproq boʻlsa, bank tomonidan fond bozori tavakkalchiligi hisoblanishi lozim.
70. Fond bozori tavakkalchiligini hisoblashda savdo portfeliga kiritilgan quyidagi moliyaviy instrumentlar inobatga olinadi:
aksiyalar (dividend miqdori qatʼiy belgilangan va oddiy aksiyalarga konvertatsiya qilinmaydigan imtiyozli aksiyalar bundan mustasno);
yuridik shaxsning ustav kapitaliga egalik qilish huquqini beruvchi qimmatli qogʻozlar;
oddiy aksiyalarga konvertatsiya boʻlish sharti mavjud boʻlgan qimmatli qogʻozlar;
bazaviy aktivi aksiya boʻlgan hosilaviy instrumentlar;
REPO bitimlari boʻyicha sotib olingan aksiyalar.
71. Mazkur Nizomning 70-bandida keltirilgan moliyaviy instrumentlar boʻyicha quyidagi holatlarda fond bozori tavakkalchiligi hisoblanmaydi:
ular bank portfeliga kiritilgan boʻlsa;
ular mazkur Nizomning 19 — 21-bandlariga muvofiq bank regulyativ kapitalidan chegirilsa.
72. Fond bozori tavakkalchiligini hisob-kitob qilish maqsadida mazkur Nizomning 70-bandida keltirilgan moliyaviy instrumentlar Oʻzbekiston Respublikasi yoki xorijiy vakolatli davlat organlari tomonidan tartibga solinadigan kapital bozori vositalari savdosining tashkilotchilarida savdo qilinsa, mazkur moliyaviy instrumentlarning har biri boʻyicha ochiq (uzun yoki qisqa) pozitsiya aniqlanishi lozim.
73. Fond bozori tavakkalchiligini hisob-kitob qilish maqsadida bir turdagi, shu jumladan bitta emissiya doirasida chiqarilgan moliyaviy instrumentlar boʻyicha sof pozitsiya olinadi.
74. Fond bozori tavakkalchiligi quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:
FBT = MT + UT
bunda:
FBT — fond bozori tavakkalchiligi miqdori;
MT — emitenti bilan bogʻliq omillar tufayli mazkur moliyaviy instrument haqqoniy qiymatidagi kutilmagan oʻzgarishlar natijasida yuzaga keluvchi fond bozori maxsus tavakkalchiligi (bundan buyon matnda fond bozori maxsus tavakkalchiligi deb yuritiladi) miqdori;
UT — bozordagi foiz stavkalari oʻzgarishi tufayli moliyaviy instrument haqqoniy qiymatidagi kutilmagan oʻzgarishlar natijasida yuzaga keluvchi fond bozori umumiy tavakkalchiligi (bundan buyon matnda fond bozori umumiy tavakkalchiligi deb yuritiladi) miqdori.
75. Fond bozori tavakkalchiligini hisob-kitob qilish maqsadida:
bazaviy aktivi aksiya boʻlgan fyuchers va forvard bitimlari — mazkur bitimlarning bozor narxi asosida;
bazaviy aktivi aksiya boʻyicha indekslar boʻlgan fyuchers bitimlari — mazkur indeks tarkibiga kiritilgan aksiyalarning joriy bozor narxi asosida;
bazaviy aktivi aksiyalar yoki aksiya boʻyicha indekslar boʻlgan svop bitimlari — uzun va qisqa pozitsiyalar oʻrtasidagi farq asosida;
bazaviy aktivi aksiyalar yoki aksiya boʻyicha indekslar boʻlgan opsion bitimlari — mazkur bitimlarning bozor narxi asosida hisobga olinadi.
76. Fond bozori maxsus tavakkalchiligi quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:
bunda:
MT — fond bozori maxsus tavakkalchiligi miqdori;
— sof uzun pozitsiyalar jami miqdori (mutlaq qiymat);
— sof qisqa pozitsiyalar jami miqdori (mutlaq qiymat).
77. Fond bozori umumiy tavakkalchiligi quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:
bunda:
UT — fond bozori umumiy tavakkalchiligi miqdori;
— sof uzun pozitsiyalar jami miqdori (mutlaq qiymat);
— sof qisqa pozitsiyalar jami miqdori (mutlaq qiymat).
5-§. Mikromoliya bankida bozor tavakkalchiligi hisob-kitobi
78. Mikromoliya bankida bozor tavakkalchiligi quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:
Bunda:
BT — bozor tavakkalchiligi miqdori;
OVP — ochiq valyuta pozitsiyalari jami miqdorining 10 foizi.
79. Mikromoliya banki ochiq valyuta pozitsiyalarining jami miqdorini hisoblashda xorijiy valyutalarning uzun yoki qisqa pozitsiyalar yigʻindisi mutlaq qiymatlarining eng kattasi olinadi.
80. Ochiq valyuta pozitsiyalarining jami miqdori Ochiq valyuta pozitsiyasini yuritish qoidalariga (roʻyxat raqami 3301, 2021-yil 7-may) muvofiq hisoblanadi.
5-bob. Operatsion tavakkalchilik hisob-kitobi
1-§. Bankda operatsion tavakkalchilik hisob-kitobi
81. Bankda (bundan mikromoliya banki mustasno) operatsion tavakkalchilik quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:
OT = 12,5 × BIK × IYM
bunda:
OT — operatsion tavakkalchilik miqdori;
BIK — biznes indikator komponenti miqdori;
IYM — ichki yoʻqotishlar multiplikatori miqdori.
82. Biznes indikator komponenti miqdorini aniqlash maqsadida bank biznes indikator miqdorini hisoblashi lozim. Bunda, biznes indikator miqdori quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:
BI = SFDK + XK + MK
bunda:
BI — biznes indikator miqdori;
SFDK — sof foizli daromadlar va xarajatlar komponenti miqdori;
XK — xizmatlar komponenti miqdori;
MK — moliyaviy komponent miqdori.
Sof foizli daromadlar va xarajatlar komponenti, xizmatlar komponenti va moliyaviy komponent hisob-kitobida bankning mazkur Nizomning 10-ilovasida belgilangan daromadlari va xarajatlari, foizli daromad keltiruvchi aktivlari, shuningdek savdo hamda bank portfeli boʻyicha sof foyda (zarar) qiymati inobatga olinadi.
83. Operatsion tavakkalchilik miqdorini aniqlash maqsadida oxirgi uch hisobot yili uchun maʼlumotlar hisobga olinadi.
Agar bank bank faoliyatini amalga oshirganiga uch yildan oshmagan boʻlsa, oxirgi bir va (yoki) ikki hisobot yili uchun maʼlumotlar hisobga olinadi.
Bank faoliyatini amalga oshirganiga bir yildan oshmagan banklar operatsion tavakkalchilikni hisoblamasligi mumkin.
84. Sof foizli daromadlar va xarajatlar komponenti miqdori quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:
bunda:
SFDK — sof foizli daromadlar va xarajatlar komponenti miqdori;
t” hisobot yili uchun bankning foizli daromadlari va xarajatlari oʻrtasidagi farq miqdori (mutlaq qiymati);
AFDtt” hisobot yili oxirgi sanasiga bankning foizli daromad keltiruvchi aktivlari jami qiymati;
t” hisobot yili uchun dividend koʻrinishidagi daromadlar;
n — hisob-kitobda olinuvchi yillar soni.
85. Foizli daromad keltiruvchi aktivlarga quyidagilar kiradi:
bank tomonidan berilgan kreditlar va lizing shartnomalari;
bankning Markaziy bank va boshqa banklardagi foizli daromad keltiruvchi vakillik hisobvaraqlari va depozitlar;
foizli daromad keltiruvchi qimmatli qogʻozlar va hosilaviy instrumentlar.
86. Xizmatlar komponenti quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:
bunda:
KDtt” hisobot yili uchun foizsiz daromadlar;
t hisobot yili uchun foizsiz xarajatlar;
t hisobot yili uchun boshqa operatsion daromadlar;
t” hisobot yili uchun boshqa operatsion xarajatlar;
n — hisob-kitobda olinuvchi yillar soni.
87. Moliyaviy komponent quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:
bunda:
t hisobot yili uchun savdo portfeli boʻyicha sof foyda (zarar) miqdori (mutlaq qiymat);
— “t” hisobot yili uchun bank portfeli boʻyicha sof foyda (zarar) miqdori (mutlaq qiymat);
n — hisob-kitobda olinuvchi yillar soni.
88. Bankning biznes indikator miqdori 10 trln. soʻmdan oshmagan boʻlsa, biznes indikator komponenti (BIK) quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:
BIK = BI × 0,12
89. Bank biznes indikator miqdori 10 trln. soʻm va undan koʻp, biroq 300 trln. soʻmdan oshmagan boʻlsa, biznes indikator komponenti (BIK) quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:
BIK = 1,2 trln. soʻm + (BI — 10 trln. sum) × 0,15
90. Bank biznes indikator miqdori 300 trln. soʻm va undan koʻp boʻlsa, biznes indikator komponenti (BIK) quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:
BIK = 44,7 trln. soʻm + (BI — 300 trln. soʻm) × 0,18
91. Quyidagi xarajatlar biznes indikator hisob-kitobiga kiritilmaydi:
boshqa foizsiz xarajatlar, shu jumladan bank asosiy vositalarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan koʻrilgan zararlar;
bank xizmatchilarining ish haqi va ular uchun qilingan boshqa xarajatlar;
ijara va taʼminot;
xizmat safari va transport xarajatlari;
maʼmuriy xarajatlar;
reprezentatsiya va xayriya;
eskirish xarajatlari, bundan operatsion ijaraga berilgan asosiy vositalar eskirishi mustasno;
sugʻurta xarajatlari, shu jumladan bank tomonidan toʻlangan sugʻurta mukofotlari (badallari);
soliq, shu jumladan foyda soligʻi xarajatlari;
jarima va penyalar;
gudvill qiymatidagi oʻzgarishlar.
92. Bank ichki yoʻqotishlar multiplikatori miqdori quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:
bunda:
IYM — ichki yoʻqotishlar komponenti miqdori;
BIK — biznes indikator komponenti miqdori;
YK — yoʻqotishlar komponenti miqdori.
93. Yoʻqotishlar komponenti miqdori quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:
YK = OY × 15
bunda:
OY — bankning operatsion tavakkalchilik holatlari natijasida yuzaga kelgan oʻrtacha yillik zararlari (yoʻqotishlar) miqdori.
94. Ichki yoʻqotishlar multiplikatori miqdori 2031-yil 1-yanvardan boshlab hisob-kitob qilinishi lozim, bundan mazkur Nizomning 95-bandida belgilangan holatlar mustasno.
2031-yil 1-yanvarga qadar operatsion tavakkalchilik hisob-kitobi maqsadlarida ichki yoʻqotishlar multiplikatori miqdori 1 deb olinadi.
95. Quyidagi holatlarda ichki yoʻqotishlar multiplikatori miqdori hisoblanmaydi va u operatsion tavakkalchilik hisob-kitobi maqsadlarida 1 deb olinadi:
bankning biznes indikatori miqdori 10 trln. soʻmdan oshmagan boʻlsa;
bank bank faoliyatini amalga oshirganiga besh yildan oshmagan boʻlsa.
96. Ichki yoʻqotishlar komponenti miqdorini aniqlash maqsadida bank Banklar va banklar guruhlarining tavakkalchiliklarni boshqarish tizimiga doir talablar toʻgʻrisidagi nizomning (roʻyxat raqami 3427, 2023-yil 18-aprel) 10-bobi talablariga muvofiq ichki operatsion tavakkalchilik holatlari boʻyicha maʼlumotlar bazasini shakllantirishi lozim.
2-§. Mikromoliya bankida operatsion tavakkalchilik hisob-kitobi
97. Mikromoliya bankida operatsion tavakkalchilik quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:
OT=12,5×OʻD
bunda:
OT — operatsion tavakkalchilik miqdori;
OʻD — oxirgi uch yildagi yalpi daromad oʻrtacha summasining 15 foizi.
98. Mikromoliya banki yalpi daromadi quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:
Yalpi daromad = (FD — FX) + (KD — KX)
Bunda:
FD — foizli daromadlar miqdori;
FX — foizli xarajatlar miqdori;
KD — foizsiz daromadlar miqdori;
KX — foizsiz xarajatlar miqdori.
Agar yalpi daromad qaysidir yilda nolga teng yoki salbiy koʻrinishda boʻlganda, oʻrtacha koʻrsatkichni hisoblashda u maxrajdan va suratdan chiqarib tashlanishi lozim.
6-bob. Kapitalning monandlik koeffitsiyentlari
1-§. Kapitalning monandlik koeffitsiyentlari hamda ularning hisoblanishi
99. Banklar (bundan mikromoliya banklari mustasno) uchun kapitalning monandlik koeffitsiyentlariga quyidagilar kiradi:
I darajali asosiy kapitalning monandlik koeffitsiyenti;
I darajali kapitalning monandlik koeffitsiyenti;
regulyativ kapitalning monandlik koeffitsiyenti;
konservatsion kapital buferi koeffitsiyenti;
kontrsiklik kapital buferi koeffitsiyenti;
Markaziy bank tomonidan aniqlangan tizimli ahamiyatga molik banklar uchun tizimli kapital buferi koeffitsiyenti.
100. Mikromoliya banklari uchun kapitalning monandlik koeffitsiyentlariga quyidagilar kiradi:
I darajali asosiy kapitalning monandlik koeffitsiyenti;
I darajali kapitalning monandlik koeffitsiyenti;
regulyativ kapitalning monandlik koeffitsiyenti.
101. Tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning jami miqdori quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:
TAUS = KT + OT + BT
bunda:
TAUS — tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning umumiy summasi;
KT — kredit tavakkalchiliklari miqdori;
OT — operatsion tavakkalchiliklar miqdori;
BT — bozor tavakkalchiliklari miqdori.
102. I darajali asosiy kapitalning monandlik koeffitsiyenti quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:
bunda:
K1 — I darajali asosiy kapitalning monandlik koeffitsiyenti;
TAUS — tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning umumiy summasi;
1DAK — I darajali asosiy kapital miqdori.
103. I darajali kapitalning monandlik koeffitsiyenti quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:
bunda:
K2 — I darajali kapitalning monandlik koeffitsiyenti;
TAUS — tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning umumiy summasi;
1DK — I darajali kapital miqdori.
104. Regulyativ kapitalning monandlik koeffitsiyenti quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:
bunda:
K3 — regulyativ kapitalning monandlik koeffitsiyenti;
TAUS — tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning umumiy summasi;
RegK — regulyativ kapital miqdori.
105. Banklar (bundan mikromoliya banklari mustasno) uchun kapital monandligi koeffitsiyentlari boʻyicha minimal talablar quyidagicha belgilanadi:
I darajali asosiy kapitalning monandlik koeffitsiyenti (K1) — 4,5 foizdan;
I darajali kapitalning monandlik koeffitsiyenti (K2) — 6 foizdan;
regulyativ kapitalning monandlik koeffitsiyenti (K3) — 8 foizdan kam boʻlmasligi lozim.
106. Mikromoliya banklari uchun kapital monandligi koeffitsiyenti boʻyicha minimal talablar quyidagicha belgilanadi:
I darajali asosiy kapitalning monandlik koeffitsiyenti (K1) — 8 foizdan;
I darajali kapitalning monandlik koeffitsiyenti (K2) — 10 foizdan;
regulyativ kapitalning monandlik koeffitsiyenti (K3) — 13 foizdan kam boʻlmasligi lozim.
107. Konservatsion kapital buferi koeffitsiyenti bankning tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarining 2,5 foizidan kam boʻlmasligi lozim.
108. Kontrsiklik kapital buferi koeffitsiyenti hisob-kitobi va uning minimal miqdori Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
109. Markaziy bank tomonidan aniqlangan tizimli ahamiyatga molik banklar uchun kapital buferi koeffitsiyenti bankning tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarining 1 foizidan kam boʻlmasligi lozim.
110. Konservatsiya, kontrsiklik hamda tizimli ahamiyatga molik banklar uchun kapital buferlari I darajali asosiy kapital shartlariga muvofiq boʻlgan kapital elementlari hisobiga shakllantirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
111. Kapital monandligi koeffitsiyentlariga doir minimal talablarni bajarish maqsadida I darajali asosiy kapital elementlari regulyativ kapital va kapital buferlarini quyidagi ustuvorlikda shakllantirishi lozim:
birinchi navbatda — I darajali asosiy kapital;
ikkinchi navbatda — I darajali kapital;
uchinchi navbatda — regulyativ kapital;
toʻrtinchi navbatda mazkur Nizomning 99-bandi beshinchi — yettinchi xatboshilarida belgilangan kapital buferlari.
112. Markaziy bank banklar, banklar guruhi va tizimli ahamiyatga molik banklar uchun mazkur bankka, tizimli ahamiyatga molik bankka va banklar guruhiga xos tavakkalchilik omillarining eng koʻp oʻzgarishlari chogʻida yuzaga keladigan ehtimoldagi zararlarning oʻrnini qoplash uchun kapitalning monandlik koeffitsiyentlariga qoʻshimcha ustamalar belgilashga haqli.
113. Bank kapitalining monandlik koeffitsiyentlari mazkur Nizom bilan belgilangan talablardan pasaygan taqdirda, ushbu bankka nisbatan qonunchilikka muvofiq chora va sanksiyalar qoʻllaniladi.
2-§. Kontrsiklik kapital buferi koeffitsiyenti hamda uning hisob-kitobi
114. Kontrsiklik kapital buferi darajasini belgilashda Markaziy bank kredit tafovuti qiymatini, shuningdek mazkur Nizomning 117-bandida belgilangan qoʻshimcha omillarni inobatga oladi.
Bunda, kredit tafovutini aniqlashda Oʻzbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsulotining nominal miqdori hamda banklar tomonidan xususiy sektorga berilgan kreditlar miqdori inobatga olinadi.
115. Kredit tafovuti qiymati quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:
kredit tafovutit= nisbatt trendt
bunda:
kredit tafovutit t” chorak uchun hisoblangan kredit tafovuti miqdori;
nisbatt banklar tomonidan xususiy sektorga berilgan kreditlarning nominal yalpi ichki mahsulotga nisbatining mazkur Nizomning 116-bandiga muvofiq “t” chorak uchun hisoblangan qiymati;
trendt banklar tomonidan xususiy sektorga berilgan kreditlarning nominal yalpi ichki mahsulotga nisbatining “Xodrik-Preskott” omilini (HP filter) qoʻllash orqali (bunda, silliqlash parametri (λ) 400 000 ga teng) t” chorak uchun hisoblangan qiymati.
116. Xususiy sektorga berilgan kreditlarning nominal yalpi ichki mahsulotga nisbati quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:
bunda:
kreditt — banklar tomonidan xususiy sektorga berilgan kreditlarning “t” chorakdagi jami miqdori;
YaIMt — Oʻzbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsulotining nominal “t” chorakdagi miqdori.
117. Kontrsiklik kapital buferi darajasini belgilashda inobatga olinuvchi qoʻshimcha omillarga Oʻzbekiston Respublikasining makroiqtisodiy koʻrsatkichlari, bank tizimi koʻrsatkichlari hamda boshqa koʻrsatkichlar kiradi.
Makroiqtisodiy koʻrsatkichlar kamida quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
kreditlarning yalpi ichki mahsulotga nisbatining oʻsish surʼatlari;
uy-joy bozori narxlarining oʻsish surʼatlari hamda ularning fundamental narxlardan tafovuti;
real yalpi ichki mahsulotning oʻsish surʼatlari va ishlab chiqish tafovuti;
joriy hisob balansi saldosi (yalpi ichki mahsulotga nisbatan foizda).
Bank tizimi koʻrsatkichlari kamida quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
likvidlilik va kapitalning monandlik koeffitsiyentlari;
muammoli aktivlarning jami aktivlardagi ulushi;
banklarning daromadlilik koʻrsatkichlari;
qarz yuki koʻrsatkichi darajasi.
118. Kontrsiklik kapital buferi koeffitsiyenti Markaziy bank tomonidan bankning tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarining 2,5 foizigacha belgilanadi.
119. Kontrsiklik kapital buferi koeffitsiyenti Markaziy bank boshqaruvi tomonidan har olti oyda koʻrib chiqiladi. Kontrsiklik kapital buferi darajasini oʻzgartirish yuzasidan qaror qabul qilingan taqdirda, uning darajasi 0,25 foiz banddan oshmagan miqdorda oʻzgartirilishi (oshirilishi yoki kamaytirilishi) mumkin. Bunda, kontrsiklik kapital buferi koeffitsiyentini:
oshirish yuzasidan qaror u rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran oʻn ikki oydan keyin;
pasaytirish yuzasidan qaror u rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kontrsiklik kapital buferi koeffitsiyentini oʻzgartirish yuzasidan qaror Markaziy bankning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
3-§. Leveraj koeffitsiyenti va uning hisob-kitobi
120. Banklar kapitalning monandlik koeffitsiyentlari bilan bir qatorda leveraj koeffitsiyentiga rioya etishlari kerak.
121. Leveraj koeffitsiyenti quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:
bunda:
1DK — I darajali kapital miqdori;
BA — bank aktivlari va balansdan tashqari hisobvaraqlari yigʻindisining miqdori.
122. Leveraj koeffitsiyentini aniqlash maqsadida bank aktivlari va balansdan tashqari hisobvaraqlariga quyidagilar kiritiladi:
balans aktivlari, bundan standart aktivlarga yaratiladigan zaxiralar, maxsus zaxiralar, shuningdek mazkur Nizomning 19 — 21-bandlarida belgilangan aktivlar mustasno;
balansdan tashqari hisobvaraqlar;
hosilaviy instrumentlar.
123. Leveraj koeffitsiyentini aniqlash maqsadida:
bank aktivlari va balansdan tashqari hisobvaraqlari tavakkalchilikka tortilmagan hamda ular boʻyicha taʼminot hisobga olinmagan qiymatda;
balansdan tashqari hisobvaraqlar mazkur Nizomning 3-bobi 4-paragrafiga muvofiq kreditni qayta hisoblash omiliga koʻpaytirilgan qiymatda hisobga olinadi. Bunda, kelgusida balans aktivlarida aks etishi ehtimoli boʻlgan balansdan tashqari hisobvaraqlar ham hisobga olinishi lozim.
124. Leveraj koeffitsiyentining eng kichik darajasi 3 foizdan kam boʻlmasligi lozim.
7-bob. Yakuniy qoidalar
125. Markaziy bank banklardan ularning faoliyatiga xos tavakkalchilik, iqtisodiy shart-sharoit va moliyaviy ahvolidan kelib chiqib, kapital monandligining yanada yuqori koeffitsiyenti taʼminlanishini talab qilishi mumkin. Bunday tavakkalchiliklar muammoli kreditlarning katta hajmi, sof zararlar, aktivlarning yuqori darajada oʻsishi, foiz stavkalari boʻyicha yuqori darajali tavakkalchilikning yuzaga kelishi yoki tavakkalchilikka asoslangan faoliyatga jalb qilinish kabilarni oʻz ichiga oladi, biroq ular bilan cheklanib qolmaydi.
126. 2028-yil 1-yanvardan boshlab banklar guruhining bosh banki konsolidatsiyalashgan tartibda hisoblangan kapitalning monandlik koeffitsiyentlari hamda leveraj koeffitsiyenti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Markaziy bankka har olti oyda kamida bir marotaba taqdim etishi lozim.
127. Bank tomonidan moliyaviy yil natijalari boʻyicha va oraliq dividend toʻlanayotgan davr uchun moliyaviy hisobotning toʻgʻriligi haqida auditorlik xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda hamda kapitalni oshirishga ajratmalar amalga oshirilgandan soʻng aksiyadorlariga dividendlar toʻlanadi.
128. Bank kuzatuv kengashi har yili bankning kredit va investitsiya siyosatining asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish va tasdiqlash chogʻida foydadan kapitalni oshirishga yoʻnaltiriladigan ajratmalar miqdorini eʼtiborga olishi lozim.
129. Kapitali mazkur Nizom talablariga muvofiq boʻlmagan banklar quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi kapitalga qoʻyiladigan talablarning bajarilishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishlari kerak:
bank kapitalini monandlik darajasigacha koʻtarish uchun zarur boʻlgan strategiya va xatti-harakatlar;
rejaning amal qilish davri mobaynida belgilanuvchi kapital cheklangan miqdorlari;
bankning faoliyatiga belgilangan cheklovlar taʼsiri ostida reja bilan qamrab olinadigan davr uchun tadbirlar rejasi;
Markaziy bank talablariga muvofiq boshqa axborot.
130. Chora-tadbirlar rejasi ijro muddatlari koʻrsatilgan holda, kapitalning monandligiga qoʻyiladigan talablarda nomuvofiqlik yuzaga kelgan va u bankning moliyaviy hisobotida aks ettirilgan paytdan boshlab 30 kun ichida Markaziy bankka koʻrib chiqish uchun taqdim etilishi kerak.
130. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Banklar kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
II darajali kapital tarkibiga kiritiluvchi kapital elementlari amortizatsiyasi

Qoldiq yil

Qoldiq oy

Qoldiq, foizda

Oylik amortizatsiya miqdori

5

60

100,00

1,67

59

98,33

1,67

58

96,67

1,67

57

95,00

1,67

56

93,33

1,67

55

91,67

1,67

54

90,00

1,67

53

88,33

1,67

52

86,67

1,67

51

85,00

1,67

50

83,33

1,67

49

81,67

1,67

4

48

80,00

1,67

47

78,33

1,67

46

76,67

1,67

45

75,00

1,67

44

73,33

1,67

43

71,67

1,67

42

70,00

1,67

41

68,33

1,67

40

66,67

1,67

39

65,00

1,67

38

63,33

1,67

37

61,67

1,67

3

36

60,00

1,67

35

58,33

1,67

34

56,67

1,67

33

55,00

1,67

32

53,33

1,67

31

51,67

1,67

30

50,00

1,67

29

48,33

1,67

28

46,67

1,67

27

45,00

1,67

26

43,33

1,67

25

41,67

1,67

2

24

40,00

1,67

23

38,33

1,67

22

36,67

1,67

21

35,00

1,67

20

33,33

1,67

19

31,67

1,67

18

30,00

1,67

17

28,33

1,67

16

26,67

1,67

15

25,00

1,67

14

23,33

1,67

13

21,67

1,67

1

12

20,00

1,67

11

18,33

1,67

10

16,67

1,67

9

15,00

1,67

8

13,33

1,67

7

11,67

1,67

6

10,00

1,67

5

8,33

1,67

4

6,67

1,67

3

5,00

1,67

2

3,33

1,67

1

1,67

1,67

Banklar kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Bank aktivlarining bir qismi boʻyicha tavakkalchilik darajalari

Т/r

Tavsifi

Tavakkalchilik darajasi

1.

Bankda va uning filiallarida naqd pul koʻrinishida saqlanayotgan milliy va chet el valyutasi (jumladan, bank omborlarida yoki Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki omborlarida saqlanayotgan tijorat banklariga tegishli oltin quymalar)

0%

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining vakillik va zaxira hisobvaraqlaridagi milliy valyutadagi mablagʻlar

0%

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Markaziy bankiga toʻgʻridan-toʻgʻri talablar va ular tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar hamda ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari yoki ularning maxsus kompaniyalari tomonidan chiqarilgan taʼminlangan qarz munosabatlarini tasdiqlovchi qimmatli qogʻozlar

0%

4.

Joriy bozor qiymatida baholangan va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati hamda Markaziy banki tomonidan chiqarilgan yoki kafolatlangan qimmatli qogʻozlar koʻrinishidagi garov bilan taʼminlangan yoki kafolatlangan aktivlar, ularning qismlari va balansdan tashqari majburiyatlar.

0%

5.

Xalqaro valyuta fondi va Jahon banki guruhi (Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Xalqaro investitsiyalarni kafolatlash agentligi, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi) hamda Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infrastruktura investitsiya banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Yevropa investitsiya banki, Yevropa investitsiya jamgʻarmasi, Islom taraqqiyot banki va Yevropa Kengashining taraqqiyot bankiga nisbatan talablar, shu jumladan mazkur tashkilotlar:

qimmatli qogʻozlariga qilingan investitsiyalar;

qimmatli qogʻozlari bilan taʼminlangan yoki kafolatlangan bank aktivlari va balansdan tashqari moddalari;

mablagʻlari hisobidan tavakkalchiliklarni toʻliq qoplash majburiyati bilan amalga oshirilgan bank operatsiyalari qismi.

0%

6.

Taʼminotiga depozit qabul qilingan hamda taʼminot valyutasi oʻzaro mos boʻlgan aktivlarning yoki balansdan tashqari moddalarning qismi

0%

7.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining vakillik va zaxira hisobvaraqlaridagi chet el valyutasidagi mablagʻlar

20%

8.

Oʻtkazish jarayonidagi pul hujjatlari, shu jumladan yoʻldagi naqd pullar

20%

9.

Taʼminotiga depozit qabul qilingan hamda taʼminot valyutasi oʻzaro mos boʻlmagan aktivlarning yoki balansdan tashqari moddalarning qismi

20%

10.

Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari tomonidan chiqarilgan korporativ obligatsiyalar

20%

11.

Tadbirkorlik subyektlariga 15 mlrd. soʻmgacha berilgan kreditlar boʻyicha kafolatlar berish tashkiloti tomonidan taqdim etilgan kafolat (kafillik) qismi. Bunda:

kafolatlar berish tashkilotining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan oʻrnatilgan prudensial talablarga muvofiq ekanligi;

kafolatlar berish tashkiloti tomonidan taqdim etilgan kafolat (kafillik) hujjatlashtirilgan majburiyat hisoblanishi;

bankning kafolatlar berish tashkilotidan toʻgʻridan-toʻgʻri talab qilish huquqi boʻlishi;

qarz oluvchi kafolat (kafillik) bilan taʼminlangan majburiyatlarini bajarmagan hollarda, bank kafolatlar berish tashkilotidan kafolat (kafillik) boʻyicha toʻlovni amalga oshirishini 90 kundan oshganda talab qilish huquqi boʻlishi;

qarz oluvchining bank oldidagi majburiyati boʻyicha taqdim etilgan kafolat (kafillik) miqdori aniq belgilangan boʻlishi;

qarz oluvchining toʻlovga layoqatliligi yomonlashishi oqibatida kafolatlar berish tashkiloti kafolatni (kafillikni) bir tomonlama tartibda bekor qilishiga, kafolatning (kafillikning) vositachilik haqini oshirishiga, berilgan kafolat (kafillik) muddatini qisqartirishiga, kafolat (kafillik) boʻyicha mablagʻlarni toʻliq yoki qisman toʻlamasligiga imkon yaratmasligi.

50%

12.

Doimiy daromadga ega boʻlgan yoki kamida oxirgi uzluksiz olti oy davomida har oy bank hisobvaragʻida, shu jumladan bank kartasida mablagʻlar aylanmasiga ega boʻlgan hamda qarz yuki koʻrsatkichi 50 foiz va undan past boʻlgan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga daromad olishga yoʻnaltirilgan faoliyati uchun berilgan 300 million soʻm va undan kam miqdordagi kreditlar, bundan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida berilgan kreditlar va avtomobil sotib olish uchun berilgan kreditlar mustasno.

Bunda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar doimiy daromadga ega boʻlmagan yoki kamida oxirgi uzluksiz olti oy davomida har oy bank hisobvaragʻida, shu jumladan bank kartasida mablagʻlar aylanmasiga ega boʻlmagan yoki qarz yuki koʻrsatkichi 50 foizdan oshgan boʻlsa yoxud mazkur koʻrsatkichni aniqlash imkoni boʻlmagan boʻlsa, mazkur qarz oluvchilarga berilgan kreditlar ushbu ilovaning 17-pozitsiyasiga muvofiq tavakkalchilikka tortiladi.

75%

13.

Bitta kichik tadbirkorlik subyektiga berilgan jami kredit qoldiq summasi bank regulyativ kapitalining 0,2 foizidan oshmagan, biroq eng koʻpi bilan 15 mlrd. soʻmgacha kreditlar, bundan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida berilgan kreditlar mustasno. Bunda, bitta kichik tadbirkorlik subyektiga berilgan jami kredit qoldiq summasi bank regulyativ kapitalining 0,2 foizidan yoki 15 mlrd. soʻmdan oshgan kreditlar yillik foiz stavkasidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan oʻrnatiladigan tavakkalchilik darajalari asosida tavakkalchilikka tortiladi.

75%

14.

Bankning asosiy vositalari va boshqa xususiy mulklari

100%

15.

Dastlabki garov huquqi bankka tegishli boʻlmagan kreditlar

100%

16.

Qarz yuki koʻrsatkichi 50 foiz va undan past holda jismoniy shaxslarga (bundan mazkur ilovaning 12-pozitsiyasida belgilangan qarz oluvchilar mustasno) berilgan kreditlar (mikroqarzlar), bundan jismoniy shaxslarga avtomobil sotib olish uchun berilgan va ipoteka kreditlari hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va taʼlim dasturlari asosida berilgan kreditlar mustasno

100%

17.

Qarz yuki koʻrsatkichi 50 foizdan yuqori boʻlgan holda yoki ushbu koʻrsatkichni aniqlash imkoni boʻlmagan jismoniy shaxslarga berilgan kreditlar (mikroqarzlar), bundan jismoniy shaxslarga avtomobil sotib olish uchun berilgan va ipoteka kreditlari hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va taʼlim dasturlari asosida berilgan kreditlar mustasno

150%

18.

Qarzini toʻliq yoki qisman undirish hisobidan bank balansiga olingan mulklar

100%

19.

Ikki yildan koʻp boʻlgan muddatda foydalanilmayotgan bank faoliyatini amalga oshirish uchun zaruriyati mavjud boʻlmagan (foydalanilmaydigan) koʻchmas mulk va boshqa mol-mulk

150%

20.

Yirik korxonalar bilan bogʻliq xatarlarni boshqarish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi komissiya tomonidan moliyaviy holatiga koʻra quyidagicha toifalangan yirik qarzdorlarga berilgan kreditlar:

“past xatarli”;

“oʻrta xatarli”;

“yuqori xatarli.

100%

125%

150%

21.

Sifati “qoniqarsiz”, “shubhali” yoki “umidsiz” deb tasniflangan aktivlar va ushbu aktivlar boʻyicha maxsus zaxiralar quyidagicha shakllanganda (mazkur ilovaning boshqa pozitsiyalaridagi shartlarni bajarishidan qatʼiy nazar):

50 foizdan oshgan miqdorda;

25 foizdan koʻp, biroq 50 foizdan oshmagan miqdorda;

25 foizdan oshmagan miqdorda.

50%

100%

150%

22.

Konsolidatsiyalashmagan moliyaviy tashkilotlar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlar yoki aksiyalarga investitsiyalar natijasida bankning ushbu tashkilotlardagi ulushi 10 foizdan oshgan boʻlsa, bunday tashkilotlarga jami investitsiyalar yigʻindisi bank I darajali asosiy kapitali (mazkur Nizomning 19-bandi “a” — “g” kichik bandlaridagi elementlar chegirilganidan keyin) 10 foizidan oshmagan qismi

200%

23.

Konsolidatsiyalashmagan moliyaviy tashkilotlar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlar yoki aksiyalarga investitsiyalar natijasida bankning ushbu tashkilotlardagi ulushi 10 foizdan oshmagan boʻlsa, bunday tashkilotlarga jami investitsiyalar yigʻindisi bank I darajali asosiy kapitali (Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomning 19-bandi “a” — “g” kichik bandlaridagi elementlar chegirilganidan keyin) 10 foizidan oshmagan qismi

150%

24.

Konsolidatsiyalashmagan moliyaviy boʻlmagan bitta tashkilot ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlar va (yoki) aksiyalarga investitsiyalarning bank I darajali asosiy kapitali (Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomning 19-bandi “a” — “g” kichik bandlaridagi elementlar chegirilganidan keyin) 15 foizidan oshmagan qismi

150%

25.

Boshqa barcha aktivlar, bundan mazkur Nizomning 3 — 7-ilovalarida koʻrsatilgan aktivlar hamda yillik foiz stavkasidan kelib chiqib Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan oʻrnatiladigan tavakkalchilik darajalari belgilanadigan aktivlar mustasno

100%

Keyingi tahrirga qarang.
Banklar kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Kontragentlarning reyting baholari asosida tavakkalchilik darajalari*

Т/r

Tavsifi

Reyting baholari asosida tavakkalchilik darajasi boʻyicha ajratilgan guruhlar

Standard & Poorʻs” va “Fitch Ratings” reyting kompaniyalarining reyting baholari**

AAA dan AA-gacha

A+ dan A-gacha

ВВВ+ dan ВВВ- gacha

ВВ+ dan В- gacha

В- dan past

Reyting baholariga ega emas

Moodyʼs Investors Service” reyting kompaniyasining reyting baholari**

Aaa dan Aa3 gacha

A1 dan A3 gacha

Baa1 dan Baa3 gacha

Ba1 dan B3 gacha

B3 dan past

Reyting baholariga ega emas

1.

Xorijiy davlatlarning hukumatlari va markaziy banklariga nisbatan talablar, shu jumladan mazkur tashkilotlar:

qimmatli qogʻozlariga qilingan investitsiyalar;

qimmatli qogʻozlari bilan taʼminlangan yoki kafolatlangan bank aktivlari va balansdan tashqari moddalari.

0%

20%

50%

100%

150%

150%

2.

Davlat sektori tashkilotlariga nisbatan talablar, shu jumladan mazkur tashkilotlar:

qimmatli qogʻozlariga qilingan investitsiyalar;

qimmatli qogʻozlari bilan taʼminlangan yoki kafolatlangan bank aktivlari va balansdan tashqari moddalari.

20%

50%

50%

100%

150%

100%

3.

Mazkur Nizomning 2-ilovasi 5-pozitsiyasida belgilanmagan xalqaro moliya tashkilotlariga nisbatan talablar, shu jumladan mazkur tashkilotlar:

qimmatli qogʻozlariga qilingan investitsiyalar;

qimmatli qogʻozlari bilan taʼminlangan yoki kafolatlangan bank aktivlari va balansdan tashqari moddalari.

20%

30%

50%

100%

150%

150%

4.

Banklarga nisbatan talablar, shu jumladan:

qarzlar va pul bozori vositalari;

ushbu banklar tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar va bank kafolati bilan taʼminlangan boshqa barcha aktivlar:

90 kun yoki undan kam

20%

20%

20%

50%

150%

150%

90 kundan yuqori

20%

30%

50%

100%

150%

150%

5.

Xorijiy mamlakatlardagi banklardan boshqa moliyaviy tashkilotlar hamda moliyaviy boʻlmagan tashkilotlarga nisbatan talablar, shu jumladan mazkur tashkilotlar:

qimmatli qogʻozlariga qilingan investitsiyalar;

qimmatli qogʻozlari bilan taʼminlangan yoki kafolatlangan bank aktivlari va balansdan tashqari moddalari.

20%

50%

75%

100%

150%

100%

* Mazkur Nizomning 2-ilovasida koʻrsatilgan mezonlardan biriga muvofiq boʻlganda, ushbu talablar qoʻllanilmaydi.
** Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan boshqa reyting kompaniyalarining ushbu baho darajasiga teng boʻlgan reyting baholari.
Banklar kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Jismoniy shaxslarga berilgan ipoteka kreditlarining tavakkalchilik darajalari*

Tavsifi

Qarz yuki koʻrsatkichi (QYK)**

QYK≤ 50%

50%< QYK yoki QYKni aniqlash imkoni boʻlmasa

Kreditning garovga nisbati koʻrsatkichi***

(KGN)

KGN<50%

35%

50%

50%≤ KGN<80%

50%

100%

80%≤ KGN<100%

100%

150%

100%≤ KGN

150%

150%

* Mazkur Nizomning 2 va 3-ilovalarida koʻrsatilgan mezonlardan biriga muvofiq boʻlsa, mazkur talablar qoʻllanilmaydi.
** Jismoniy shaxslarning qarz yuki koʻrsatkichi Banklarga oʻrnatiladigan makroprudensial normativlar hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar (mikroqarzlar) boʻyicha toʻlovlarning eng yuqori qiymatlariga doir talablar toʻgʻrisidagi nizomning (roʻyxat raqami 3618, 2025-yil 22-aprel) 2-bobiga muvofiq hisob-kitob qilinadi.
*** Kreditning garovga nisbati koʻrsatkichi Banklarga oʻrnatiladigan makroprudensial normativlar hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar (mikroqarzlar) boʻyicha toʻlovlarning eng yuqori qiymatlariga doir talablar toʻgʻrisidagi nizomning (roʻyxat raqami 3618, 2025-yil 22-aprel) 3-bobiga muvofiq hisob-kitob qilinadi.
Banklar kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Jismoniy shaxslarga avtomobil sotib olish uchun berilgan kreditlarning tavakkalchilik darajalari*

Tavsifi

Qarz yuki koʻrsatkichi (QYK)**

QYK ≤ 50%

50% < QYK yoki QYKni aniqlash imkoni boʻlmasa

Kreditning garovga nisbati koʻrsatkichi***

(KGN)

KGN ≤ 75%

100%

150%

75% < KGN

150%

200%

* Mazkur Nizomning 2-ilovasida koʻrsatilgan mezonlardan biriga muvofiq boʻlganda, ushbu talablar qoʻllanilmaydi.
** Jismoniy shaxslarning qarz yuki koʻrsatkichi Banklarga oʻrnatiladigan makroprudensial normativlar hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar (mikroqarzlar) boʻyicha toʻlovlarning eng yuqori qiymatlariga doir talablar toʻgʻrisidagi nizomning (roʻyxat raqami 3618, 2025-yil 22-aprel) 2-bobiga muvofiq hisob-kitob qilinadi.
*** Banklarga oʻrnatiladigan makroprudensial normativlar hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar (mikroqarzlar) boʻyicha toʻlovlarning eng yuqori qiymatlariga doir talablar toʻgʻrisidagi nizomning (roʻyxat raqami 3618, 2025-yil 22-aprel) 3-bobiga muvofiq hisob-kitob qilinadi.
Banklar kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Reyting bahosiga ega boʻlmagan qoplangan obligatsiyalar boʻyicha tavakkalchilik darajalari
Keyingi tahrirga qarang.

Taʼminlangan obligatsiyalarning reytingi

ААА dan АА- gacha

А+ dan А- gacha

ВВВ+ dan ВВВ- gacha

ВВ+ dan В- gacha

В- dan past

Taʼminlangan obligatsiyaning tavakkalchilik darajasi

10%

20%

20%

50%

100%

Banklar kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA
Reyting bahosiga ega boʻlmagan taʼminlangan obligatsiyalar boʻyicha tavakkalchilik darajalari

Emissiya qiluvchi bankning tavakkalchilik darajasi*

20%

30%

50%

75%

100%

150%

Taʼminlangan obligatsiyaning tavakkalchilik darajasi

10%

15%

25%

35%

50%

100%

* Mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq emissiya qiluvchi bankning tavakkalchilik darajasi aniqlanadi.
Banklar kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga
8-ILOVA
Maxsus foiz tavakkalchiligi koeffitsiyentlari

T/r

Tavsifi

Standard & Poorʼs” va “Fitch Ratings” reyting kompaniyalarining reyting baholari*

ААА dan АА-gacha

А+ dan ВВВ-gacha

ВВ+ dan В- gacha

В- dan past

Reyting baholariga ega emas

Moodyʼs Investors Service” reyting kompaniyasining reyting baholari*

Aaa dan Aa3 gacha

A1 dan Baa3 gacha

Ba1 dan B3 gacha

B3 dan past

Reyting baholariga ega emas

Koeffitsiyent va soʻndirish sanasigacha qolgan muddat

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Markaziy bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar

0%

(muddatidan qatʼiy nazar)

6%

(muddatidan qatʼiy nazar)

2.

Xorijiy davlatlarning hukumatlari va markaziy banklari tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar

0%

(muddatidan qatʼiy nazar)

0,25%

(6 oygacha)

1%

(6 oydan 24 oygacha)

1,6%

(24 oydan yuqori)

8% (muddati dan qatʼiy nazar)

12% (muddatidan qatʼiy nazar)

3.

Xalqaro moliya tashkilotlari, banklar, kompaniyalar, bankka aloqador hisoblanmagan boshqa tashkilotlar va xorijiy davlatlarning davlat sektori tashkilotlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar

0,25%

(6 oygacha)

1%

(6 oydan 24 oygacha)

1,6%

(24 oydan yuqori)

8%

(muddatidan qatʼiy nazar)

12%

(muddatidan qatʼiy nazar)

4.

Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar

0,25%

(6 oygacha)

1%

(6 oydan 24 oygacha)

1,6%

(24 oydan yuqori)

8%

(muddatidan qatʼiy nazar)

12%

(muddatidan qatʼiy nazar)

* Markaziy bank tomonidan belgilanadigan boshqa reyting kompaniyalarining ushbu baho darajasiga teng boʻlgan reyting baholari.
Banklar kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga
9-ILOVA
Umumiy foiz tavakkalchiligi koeffitsiyentlari

Katta guruhlar

Kichik guruhlar

Soʻndirish sanasigacha qolgan yoki foiz (kupon) stavkasini qayta koʻrib chiqish sanasigacha qolgan muddat

Kichik guruh omili

1

1

1 oygacha

0%

2

1 oydan 3 oygacha

0,2%

3

3 oydan 6 oygacha

0,4%

4

6 oydan 12 oygacha

0,7%

2

5

1 yildan 2 yilgacha

1,25%

6

2 yildan 3 yilgacha

1,75%

7

3 yildan 4 yilgacha

2,25%

8

4 yildan 5 yilgacha

2,75%

3

9

5 yildan 7 yilgacha

3,25%

10

7 yildan 10 yilgacha

3,75%

11

10 yildan 15 yilgacha

4,5%

12

15 yildan 20 yilgacha

5,25%

13

20 yil va undan yuqori

6%

Banklar kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga
10-ILOVA
Biznes indikator elementlari

T/r

Biznes indikator komponentlari

Hisob-kitobga kiritiluvchi elementlar

Sof foizli daromadlar va xarajatlar komponenti

1.

Foizli daromadlar

Markaziy bankdagi hisobvaraqlar boʻyicha foizli daromadlar;

Boshqa banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha foizli daromadlar;

Amortizatsiyalangan qiymati boʻyicha baholanadigan qarz qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar boʻyicha foizli daromadlar;

Qimmatli qogʻozlar va ularga qilingan investitsiyalar boʻyicha foizli daromadlar;

Mijozlarning majburiyatlari boʻyicha hisoblangan foizlar;

Bankning toʻlanmagan akseptlari yuzasidan mijozlar majburiyatlari boʻyicha foizli daromadlar;

Kredit va lizing operatsiyalari boʻyicha foizlar, diskontlar (chegirmalar) va badallar;

Qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari boʻyicha foizli daromadlar;

Boshqa foizli daromadlar.

2.

Foizli xarajatlar

Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar boʻyicha foizli xarajatlar;

Muddatli depozitlar boʻyicha foizli xarajatlar;

Markaziy bankning hisobvaraqlari boʻyicha foizli xarajatlar;

Boshqa banklarning hisobvaraqlari boʻyicha foizli xarajatlar;

Kreditlar boʻyicha foizli xarajatlar;

Qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari boʻyicha foizli xarajatlar;

Boshqa foizli xarajatlar.

3.

Foizli daromad keltiruvchi aktivlar

Bankning Markaziy bankdagi foizli daromad keltiruvchi mablagʻlari;

Boshqa banklar va moliyaviy tashkilotlardan olinishi lozim boʻlgan foizli daromad keltiruvchi mablagʻlar;

Foizli daromad keltiruvchi qimmatli qogʻozlar va ularga qilingan investitsiyalar;

Foizli daromad keltiruvchi investitsiyalar;

REPO bitimlari boʻyicha sotib olingan foizli daromad keltiruvchi qimmatli qogʻozlar;

Foizli daromad keltiruvchi kredit va lizing operatsiyalari;

Foizli daromad keltiruvchi moliyaviy instrumentlar boʻyicha mijozlarning majburiyatlari.

4.

Dividend koʻrinishidagi daromadlar

Investitsiya qilingan xususiy kapital boʻyicha olingan dividendlar.

Xizmatlar komponenti

5.

Foizsiz daromadlar

Koʻrsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar;

Xorijiy valyutalardagi foyda;

Tijorat operatsiyalaridan olingan foyda.

6.

Foizsiz xarajatlar

Komission toʻlovlar va koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha xarajatlar;

Xorijiy valyutada koʻrilgan zararlar;

Tijorat operatsiyalaridan koʻrilgan zararlar;

Investitsiyadan koʻrilgan zararlar;

Boshqa foizsiz xarajatlar.

7.

Boshqa operatsion daromadlar

Investitsiya maqsadida sotib olingan koʻchmas mulklar boʻyicha olingan ijara daromadlari;

Bank asosiy vositalarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan foyda;

Bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan foyda.

8.

Boshqa operatsion xarajatlar

Keyinchalik sotish maqsadida sotib olingan asosiy vositalar va xususiy mulklarni sotish natijasida zararlar;

Ichki operatsion tavakkalchilik holatlari natijasida koʻrilgan zararlar (ichki va tashqi firibgarlik, bank faoliyatidagi nobarqarorlik va ichki tizimlardagi muammolar, jarima va boshqalar).

Moliyaviy komponent

9.

Savdo portfeli boʻyicha sof foyda (zarar) qiymati

Savdo portfeliga kiritilgan aktivlar boʻyicha sof foyda (zarar)

10.

Bank portfeli boʻyicha sof foyda (zarar) qiymati

Foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan va bank portfeliga kiritilgan aktivlar boʻyicha sof foyda (zarar)

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 2-oktabrdagi 21/6-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2015-yil 13-iyundagi 14/3-son “Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2693, 2015-yil 6-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 27-son, 360-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2017-yil 24-iyundagi 14/17-son “Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2693-1, 2017-yil 7-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 27-son, 632-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2017-yil 23-sentabrdagi 26/7-son “Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2693-2, 2017-yil 23-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2017-y., 10/17/2693-2/0167-son).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/21-son “Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2693-3, 2018-yil 25-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2693-3/1099-son).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 27-oktabrdagi 34/5-son “Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2693-4, 2018-yil 28-dekabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/2693-4/2387-son).
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 26-yanvardagi 2/3-son “Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2693-5, 2019-yil 6-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 10/19/2693-5/2722-son).
7. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 13-dekabrdagi 30/9-son “Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2693-6, 2019-yil 25-dekabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 10/19/2693-6/4195-son).
8. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 11-yanvardagi 28/22-son “Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2693-7, 2021-yil 13-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y., 10/21/2693-7/0116-son).
9. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/5-son “Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2693-8, 2021-yil 10-dekabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2693-8/1151-son).
10. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 2-martdagi 4/12-son “Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2693-9, 2023-yil 17-mart) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2023-y., 10/23/2693-9/0155-son).
11. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 28-martdagi 8/11-son “Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2693-10, 2023-yil 5-aprel) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2023-y., 10/23/2693-10/0196-son).
12. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 6-iyundagi 14/7-son “Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2693-11, 2023-yil 17-iyul) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/2693-11/0493-son).
13. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 31-yanvardagi 42/14-son “Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2693-12, 2024-yil 27-fevral) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2024-y., 10/24/2693-12/0162-son).
14. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 1-apreldagi 7/6-son “Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2693-13, 2025-yil 21-aprel) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 10/25/2693-13/0369-son).
15. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/4-son “Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2693-14, 2025-yil 21-iyul) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/2693-14/0639-son).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2025 y., № 10/25/3697/0992; 16.04.2026 y., № 10/26/3697-1/0356; 20.07.2026-y., 10/26/3902/0758-son; 05.08.2026 y., 10/26/3916/0819-son)