Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 13-iyundagi 14/3-son qarori (roʻyxat raqami 2693, 2015-yil 6-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 27-son, 360-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran bir oydan keyin kuchga kiradi.
ikkinchi xatboshi “, mazkur Nizomning 24
2-bandida koʻrsatilgan aktivlar bundan mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“aholiga qayta moliyalash stavkasining 1,5 barobaridan 2 barobarigacha boʻlgan yillik foiz stavkada ajratilgan mikroqarzlar va overdraft kreditlari.”.
2.
241-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“aholiga qayta moliyalash stavkasining 2 barobaridan 2,5 barobarigacha boʻlgan yillik foiz stavkada ajratilgan mikroqarzlar va overdraft kreditlari.”.
3.
242-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“242. Tavakkalchilik darajasi boʻyicha VII guruhga quyidagilar kiradi:
yengil avtomobil sotib olish uchun yuridik shaxslarga ajratilgan kreditning garov taʼminotiga yengil avtomobil qabul qilingan kreditlar, shuningdek shu maqsadlarga ajratilgan sud jarayonidagi va (yoki) belgilangan tartibda undirilmagan kreditlar;
avtomobil sotib olish uchun aholiga ajratilgan kreditning qoldigʻi sotib olingan avtomobil qiymatining 75 foizidan ortigʻini tashkil etgan kreditlar, shuningdek shu maqsadlarga ajratilgan sud jarayonidagi va (yoki) belgilangan tartibda undirilmagan kreditlar;
aholiga qayta moliyalash stavkasining 2,5 barobari va undan yuqori yillik foiz stavkada ajratilgan mikroqarzlar va overdraft kreditlari, shuningdek sud jarayonidagi va (yoki) belgilangan tartibda undirilmagan mikroqarzlar va overdraft kreditlari.”.