Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2015-yil 13-iyundagi 14/3-son qarori (roʻyxat raqami 2693, 2015-yil 6-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 27-son, 360-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Bank ustav kapitalining eng kam miqdori:
2023-yil 1-sentabrga qadar yuz milliard soʻmni;
2023-yil 1-sentabrdan eʼtiboran ikki yuz milliard soʻmni;
2024-yil 1-apreldan eʼtiboran uch yuz ellik milliard soʻmni;
2025-yil 1-yanvardan eʼtiboran besh yuz milliard soʻmni tashkil etishi kerak.”.
2.
181-banddagi “1 — 3-ilovalarida” degan soʻzlar “1 — 4-ilovalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3.
1-ilovaning 17-pozitsiyasidagi “2 va 3-ilovalarida” degan soʻzlar “2 — 4-ilovalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. Mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimchaning
ilovasiga muvofiq tahrirda 4-ilova bilan toʻldirilsin.