toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
qarori
Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 27-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2693-12]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 2-oktabrdagi 21/6-sonli “Banklar kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3697, 28.10.2025-y.) asosan 2026-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2015-yil 13-iyundagi 14/3-son qarori (roʻyxat raqami 2693, 2015-yil 6-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 27-son, 360-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran bir oydan keyin kuchga kiradi.
Rais M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 31-yanvar,
42/14-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 31-yanvardagi 42/14-son qaroriga
ILOVA
Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 181-banddagi “1 — 4-ilovalarida” degan soʻzlar “1 — 6-ilovalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
quyidagi mazmundagi 102 va 103-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:

102.

2024-yil 1-apreldan boshlab doimiy daromadga ega boʻlgan, shuningdek kamida olti oy davomida bank hisobvaragʻida, shu jumladan bank kartasida mablagʻlar aylanmasiga ega boʻlgan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar va kichik tadbirkorlik subyektlariga mikromoliyalashtirish faoliyati doirasida koʻrsatilgan xizmatlar, bundan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilgan kreditlar mustasno

75%

103.

2024-yil 1-apreldan boshlab doimiy daromadga ega boʻlgan, shuningdek kamida olti oy davomida bank hisobvaragʻida, shu jumladan bank kartasida mablagʻlar aylanmasiga ega boʻlgan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga va kichik tadbirkorlik subyektlariga mikromoliyalashtirish faoliyati doirasida xizmatlar koʻrsatish maqsadida banklar tomonidan mikromoliya tashkilotlariga ajratilgan kreditlar

75%

;

quyidagi mazmundagi 131 va 132-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:

131.

2024-yil 1-iyuldan boshlab jismoniy shaxsning qarz yuki koʻrsatkichi 60 foiz (ushbu koʻrsatkich 2025-yil 1-yanvardan boshlab 50 foiz) va undan past holda jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar (mikroqarzlar), bundan jismoniy shaxslarga avtomobil sotib olish uchun ajratilgan va ipoteka kreditlari hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va taʼlim dasturlari asosida ajratilgan kreditlar mustasno

100%

132.

2024-yil 1-iyuldan boshlab jismoniy shaxsning qarz yuki koʻrsatkichi 60 foizdan (ushbu koʻrsatkich 2025-yil 1-yanvardan boshlab 50 foiz) yuqori boʻlgan holda yoki ushbu koʻrsatkichni aniqlash imkoni boʻlmagan jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar (mikroqarzlar), bundan jismoniy shaxslarga avtomobil sotib olish uchun ajratilgan va ipoteka kreditlari hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va taʼlim dasturlari asosida ajratilgan kreditlar mustasno

150%

;

17-pozitsiyadagi “2 — 4-ilovalarida” degan soʻzlar “2 — 6-ilovalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 3-ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2024-yil 1-iyulga qadar aholiga ajratilgan ipoteka kreditlarining tavakkalchilik darajalari*”.
4. 4-ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2023-yil 20-avgustdan 2024-yil 1-iyulga qadar jismoniy shaxslarga avtomobil sotib olish uchun ajratilgan kreditlarning tavakkalchilik darajalari*”.
5. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1 va 2-ilovalariga muvofiq tahrirdagi 5 va 6-ilovalar bilan toʻldirilsin.
Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
1-ILOVA
“Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
2024-yil 1-iyuldan boshlab jismoniy shaxslarga ajratilgan ipoteka kreditlarining tavakkalchilik darajalari*

Tavsifi

Jismoniy shaxslarning qarz yuki koʻrsatkichi (QYUK)**

QYUK ≤ 60%***

60%***< QYUK yoki QYUKni aniqlash imkoni boʻlmasa

Kredit summasini garov summasiga nisbati**** (KGN)

KGN<50%

35%

50%

50%≤KGN<75%

50%

100%

75%≤KGN<100%

100%

150%

100%≤KGN

150%

150%

* Agar Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomning (roʻyxat raqami 2693, 2015-yil 6-iyul) 1 va 2-ilovalarida koʻrsatilgan mezonlardan biriga muvofiq boʻlsa, mazkur talablar qoʻllanilmaydi.
** Jismoniy shaxslarning qarz yuki koʻrsatkichi Qarz oluvchi jismoniy shaxslarning qarz yukini tartibga solish toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3205, 2020-yil 20-mart) talablariga muvofiq hisob-kitob qilinadi.
*** Ushbu koʻrsatkich 2025-yil 1-yanvardan boshlab 50 foizni tashkil etadi.
**** Aholiga ipoteka kreditlari ajratilishining hadli shartlari toʻgʻrisidagi nizomning (roʻyxat raqami 3269, 2020-yil 30-iyun) 6-bobiga muvofiq hisob-kitob qilinadi.”.
Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
2-ILOVA
“Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
2024-yil 1-iyuldan boshlab jismoniy shaxslarga avtomobil sotib olish uchun ajratilgan kreditlarning tavakkalchilik darajalari*

Tavsifi

Jismoniy shaxslarning qarz yuki koʻrsatkichi (QYUK)**

QYUK ≤ 60%***

60%*** < QYUK yoki QYUKni aniqlash imkoni boʻlmasa

Kredit summasini garov summasiga nisbati (KGN)****

KGN ≤ 75%

100%

150%

75% < KGN

150%

200%

* Agar Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomning (roʻyxat raqami 2693, 2015-yil 6-iyul) 1 va 2-ilovalarida koʻrsatilgan mezonlardan biriga muvofiq boʻlsa, mazkur talablar qoʻllanilmaydi, bundan 1-ilova 102 va 103-pozitsiyalarida koʻrsatilgan mezonlar mustasno.
** Jismoniy shaxslarning qarz yuki koʻrsatkichi Qarz oluvchi jismoniy shaxslarning qarz yukini tartibga solish toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3205, 2020-yil 20-mart) talablariga muvofiq hisob-kitob qilinadi.
*** Ushbu koʻrsatkich 2025-yil 1-yanvardan boshlab 50 foizni tashkil etadi.
**** Jismoniy shaxslarga avtomobil sotib olish uchun ajratilgan kreditning garovga nisbati koeffitsiyenti kredit summasining garov qiymatiga nisbati orqali hisob-kitob qilinadi, bunda:
kredit summasi — jismoniy shaxslarga avtomobil sotib olish uchun ajratilgan kreditning soʻndirilmagan qoldigʻini oʻz ichiga oladi;
avtomobil garov qiymati — garov shartnomasida kelishilgan narx.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2024-y., 10/24/2693-12/0162-son)