1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.03.00 Banklar jamgʻarmalari va zaxiralari. Kapitallashtirish;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Valyutani tartibga solish. Qimmatbaho metallar (toshlar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
qarori
Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 28-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2693-4]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 2-oktabrdagi 21/6-sonli “Banklar kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3697, 28.10.2025-y.) asosan 2026-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 13-iyundagi 14/3-son qarori (roʻyxat raqami 2693, 2015-yil 6-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 27-son, 360-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran bir oydan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 27-oktabr,
34/5-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 27-oktabrdagi 34/5-son qaroriga ILOVA
Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
“20. Tavakkalchilik darajasi boʻyicha I guruhga quyidagilar kiradi:
bankda va uning filiallarida naqd pul koʻrinishida saqlanayotgan milliy va chet el valyutasi (jumladan, bank omborlarida yoki Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki omborlarida saqlanayotgan tijorat banklariga tegishli oltin quymalar)”.
“24. Tavakkalchilik darajasi boʻyicha V guruhga quyidagilar kiradi:”;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“aholiga avtomobil sotib olish uchun ajratilgan kreditni qaytarish muddatining qolgan qismi 1 yilgacha va yillik foiz stavkasi qayta moliyalash stavkasining 2 barobari va undan yuqori boʻlgan kreditlar;
aholiga avtomobil sotib olish uchun ajratilgan kreditni qaytarish muddatining qolgan qismi 1 yildan 3 yilgacha va yillik foiz stavkasi qayta moliyalash stavkasining 1,5 barobaridan 2 barobarigacha boʻlgan kreditlar;
aholiga avtomobil sotib olish uchun ajratilgan kreditni qaytarish muddatining qolgan qismi 3 yil va undan uzoq va yillik foiz stavkasi qayta moliyalash stavkasining 1,5 barobari va undan past boʻlgan kreditlar.”.
7. Quyidagi mazmundagi 241 va 242-bandlar bilan toʻldirilsin:
“241. Tavakkalchilik darajasi boʻyicha VI guruhga quyidagilar kiradi:
aholiga avtomobil sotib olish uchun ajratilgan kreditni qaytarish muddatining qolgan qismi 1 yildan 3 yilgacha va yillik foiz stavkasi qayta moliyalash stavkasining 2 barobari va undan yuqori boʻlgan kreditlar;
aholiga avtomobil sotib olish uchun ajratilgan kreditni qaytarish muddatining qolgan qismi 3 yil va undan uzoq va yillik foiz stavkasi qayta moliyalash stavkasining 1,5 barobaridan yuqori boʻlgan kreditlar.
242. Tavakkalchilik darajasi boʻyicha VII guruhga avtomobil sotib olish uchun:
yuridik shaxslarga ajratilgan kreditning garov taʼminotiga avtomobil qabul qilingan kreditlar;
aholiga ajratilgan kreditning qoldigʻi sotib olingan avtomobil qiymatining 75 foizidan ortigʻini tashkil etgan kreditlar.”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/2693-4/2387-son)