1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.03.00 Banklar jamg‘armalari va zaxiralari. Kapitallashtirish]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 6-iyulda 2693-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 2-oktabrdagi 21/6-sonli “Banklar kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3697, 28.10.2025-y.) asosan 2026-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 6-maydagi PQ–2344-son “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2015-yil 13-iyun,
14/3-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 13-iyundagi 14/3–son qaroriga ILOVA
Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi
nizom
Mazkur Nizom tijorat banklari (bundan buyon matnda banklar deb yuritiladi) kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 28-martdagi 8/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2693-10, 05.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2023-y., 10/23/2693-10/0196-son — 2023-yil 6-maydan kuchga kiradi)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom talablari tijorat banklari kapitalining monandligini aniqlashga nisbatan tatbiq qilinadi.
2. Mazkur Nizom maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
bank talablari — bank oldidagi barcha majburiyatlar;
kapital zaxiralar — soliqlar va yig‘imlar to‘langandan so‘ng sof foyda yoki avvalgi yillarning taqsimlanmagan foydasi hisobidan shakllangan zaxiralar. Ulardan bank faoliyatida vujudga keladigan har qanday zararlarni ular yuzaga kelishi bilanoq hech qanday cheklashlarsiz qoplash uchun foydalanilishi mumkin;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 11-yanvardagi 28/22-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2693-7, 13.02.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y., 10/21/2693-7/0116-son)
standart aktivlarga yaratiladigan zaxiralar — bank faoliyati davomida umuman yoki biror-bir faoliyat turi natijasida ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash maqsadida tashkil qilinadigan zaxiralar;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2693-8, 10.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2693-8/1151-son)
maxsus zaxiralar — “substandart”, “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” sifatida tasniflangan aktivlar bo‘yicha ehtimoliy zararlarni qoplashga mo‘ljallangan zaxiralar;
nomoddiy aktivlar — moddiy-ashyoviy ko‘rinishga ega bo‘lmagan, bir yildan ortiq foydali xizmat muddatiga ega bo‘lgan va bank xizmatlarini ko‘rsatishda yoki ma’muriy maqsadlarda foydalaniladigan nomonetar, identifikatsiyalanadigan aktivlardir (dasturiy ta’minot, foydalanish huquqi, marketing va texnik ma’lumotlari, gudvill, muddati uzaytirilgan soliq majburiyatlari va boshqalar);
gudvill — xaridor tomonidan bank sotib olinishida uning sof aktivlari (barcha aktivlarning bozor bahosi va barcha majburiyatlarning bozor bahosi o‘rtasidagi farq) qiymatidan ortiq to‘lanadigan summa;
leveraj — bank jami aktivlarining kapital bilan ta’minlanganlik darajasini aks ettiruvchi ko‘rsatkich;
regulyativ kapital — bank faoliyatini tartibga solish va prudensial normativlar hisob-kitobini amalga oshirish maqsadida hisob-kitob qilish yo‘li bilan aniqlanadigan bank kapitali;
(2-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 13-dekabrdagi 30/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2693-6, 25.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 10/19/2693-6/4195-son)
(2-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 11-yanvardagi 28/22-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2693-7, 13.02.2021-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y., 10/21/2693-7/0116-son)
muddati uzaytirilgan soliq majburiyatlari — kelgusida to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqqa tortish davridagi farqiga taalluqli bo‘lgan daromad solig‘i summasi;
muddati uzaytirilgan soliq talablari — kelgusida to‘lanadigan daromad solig‘i summasi;
kreditning qayta hisoblash omili — bu balansdan tashqari aktivlarni tavakkalchilik darajasini hisoblashda ularga nisbatan qo‘llaniladigan koeffitsiyent (foiz).
21. Mamlakat, bank yoki korxona “Standard & Poor`s”, “Fitch Ratings”, “Moody`s Investors Service” hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan boshqa reyting kompaniyalarining bir nechtasi tomonidan berilgan reyting baholariga ega bo‘lganda, ushbu nizom hisob-kitoblarida eng past reyting bahosi hisobga olinadi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/21-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2693-3, 25.04.2018-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2693-3/1099-son — 2018-yil 27-maydan kuchga kiradi)
2–bob. Kapitalning eng kam darajasiga qo‘yiladigan talablar
3. Bank ustav kapitalining eng kam miqdori:
2023-yil 1-sentabrga qadar yuz milliard so‘mni;
2023-yil 1-sentabrdan e’tiboran ikki yuz milliard so‘mni;
2024-yil 1-apreldan e’tiboran uch yuz ellik milliard so‘mni;
2025-yil 1-yanvardan e’tiboran besh yuz milliard so‘mni tashkil etishi kerak.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 6-iyundagi 14/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2693-11, 18.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/2693-11/0493-son)
4. Bank I darajali kapitalining miqdori bank ustav kapitalining eng kam miqdoridan kam bo‘lmasligi lozim. Bunda bank I darajali kapitalining miqdorini aniqlash uchun bank ustav kapitalining milliy valyutadagi ekvivalenti O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan hisobot oyining oxirgi kuniga valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish maqsadida belgilangan valyutalar kursi bo‘yicha aniqlanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 23-sentabrdagi 26/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2693-2 23.10.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2017-y., 10/17/2693-2/0167-son)
5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagi hollarda banklarga nisbatan regulyativ kapital miqdorini oshirish to‘g‘risidagi talablarni qo‘yishga haqli:
xavfsiz bo‘lmagan va nosog‘lom bank faoliyatining yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan qoniqarsiz moliyaviy holat;
bank foydasining qoniqarsiz prognozi;
yuqori darajadagi bank tavakkalchiligi va balansdan tashqari moddalar mavjudligi holatlari aniqlanganda.
6. Har bir bankning regulyativ kapitali uning monandligini aniqlash maqsadida mazkur Nizom talablariga muvofiq hisoblab chiqilishi lozim.
3-bob. Kapital tarkibi
7. Regulyativ kapital I darajali kapital va II darajali kapitalning yig‘indisidan iborat.
8. Regulyativ kapital tarkibiga xavfsiz bo‘lmagan va nosog‘lom bank faoliyatining yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan shartlar (tashkil qilinadigan jamg‘armalar/zaxiralardan belgilangan maqsadga muvofiq foydalanish, qarz majburiyatlarini chiqarish shartlari va boshqalar) bilan cheklangan kapital elementlari kiritilishi mumkin emas.
9. I darajali kapital regulyativ kapitalning 50 foizidan kam bo‘lmasligi lozim. II darajali kapital miqdori I darajali kapital miqdorining 100 foizidan oshib ketsa, oshgan summa regulyativ kapital tarkibiga kiritilmaydi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 1-apreldagi 7/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2693-13, 21.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 10/25/2693-13/0369-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 23-may)
10. I darajali kapital I darajali asosiy kapital va I darajali qo‘shimcha kapitalni o‘z ichiga oladi.
11. I darajali asosiy kapital bank regulyativ kapitalining 60 foizidan kam bo‘lmasligi va o‘z ichiga quyidagilarni olishi zarur:
a) bankning to‘liq to‘langan oddiy aksiyalari yoki bank aksiyadorlik jamiyatidan boshqa shaklda tashkil etilganda oddiy aksiyaga tenglashtirilgan vositalar. Bunday aksiyalar yoki vositalar quyidagi shartlarni qanoatlantirishi lozim:
bank tugatilganda ular bo‘yicha talablar bankning barcha talablaridan (depozitorlar va bankning boshqa kreditorlari talablari, subordinar qarz, imtiyozli aksiyalar va boshqalar) so‘ng qondirilishi;
egalari bank tugatilganda barcha talablar qondirilgandan so‘ng bank ixtiyorida qoladigan aktivlarning o‘zlariga tegishli ulushga muvofiq qismini olish huquqiga ega bo‘lishi;
muddatsiz va bankni tugatilishidan boshqa holatlarda to‘lab berilmasligi, bundan qonunchilik hujjatlarida belgilangan qayta sotib olish holatlari mustasno;
(11-band “a” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
chiqarilishida bank uni qayta sotib olish yoki bekor qilish bo‘yicha harakat qilmasligi hamda qonuniy va shartnomaviy talablar bunday holatni keltirib chiqarish xususiyatlariga ega bo‘lmasligi;
emitent yoki unga aloqador shaxslar tomonidan kafolatlanmagan va ta’minlanmagan, shuningdek bank tugatilgan taqdirda hech qanday shartnoma bilan uning to‘lash navbati (subordinatsiyasi) o‘zgartirilmagan bo‘lishi;
(11-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/21-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2693-3, 25.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2693-3/1099-son — 2018-yil 27-maydan kuchga kiradi)
b) qo‘shilgan kapital — oddiy aksiyalarni birinchi marta joylashtirilishida ularning nominal narxidan yuqori to‘langan summa;
v) taqsimlanmagan foyda (zarar):
(11-bandning “v” kichik bandi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/21-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2693-3, 25.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2693-3/1099-son — 2018-yil 27-maydan kuchga kiradi)
bank balansidagi avvalgi yillarning taqsimlanmagan foydasi hisobidan shakllangan kapital zaxiralar va boshqa zaxiralar (tekinga olingan mulklar (30905) va asosiy vositalar hamda nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi (30908) bundan mustasno);
(11-bandning “v” kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/21-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2693-3, 25.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2693-3/1099-son — 2018-yil 27-maydan kuchga kiradi)
to‘lanmagan dividend summasidan tashqari o‘tgan yillardan qolgan taqsimlanmagan foyda;
o‘tgan yillardagi qoplanmagan zararlar va joriy yil zararlari;
(11-bandning “v” kichik bandi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/21-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2693-3, 25.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2693-3/1099-son — 2018-yil 27-maydan kuchga kiradi)
g) ozchilik ulush egalarining bank yig‘ma balansiga birlashadigan korxonalardagi ulushlari. Bu ulush shu’ba korxonalari hisobvaraqlari bank moliyaviy hisobotlarida birlashtirilganda va bank ulushi bunday korxonalar kapitalining 100 foizdan kam qismini tashkil qilganda vujudga keladi. Bunda ushbu ulushlar mazkur bandning “a” kichik bandi ikkinchi-oltinchi xatboshilarida belgilangan talablarga javob berishi lozim;
(11-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/21-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2693-3, 25.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2693-3/1099-son — 2018-yil 27-maydan kuchga kiradi)
d) devalvatsiya zaxirasi. Bu zaxira sezilarli darajada milliy valyutaning qadrsizlanishida (devalvatsiya) bankning o‘z majburiyatlarini qoplash uchun taqsimlanmagan foyda hisobidan ajratilgan mablag‘lardan shakllanadi.
(11-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/21-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2693-3, 25.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2693-3/1099-son — 2018-yil 27-maydan kuchga kiradi)
12. I darajali qo‘shimcha kapital o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
a) mazkur Nizom 12-1-bandida belgilangan talablarga javob beruvchi to‘liq to‘langan nokumulyativ muddatsiz imtiyozli aksiyalar va (yoki) boshqa nokumulyativ muddatsiz kapital vositalari;
b) qo‘shilgan kapital — nokumulyativ muddatsiz imtiyozli aksiyalar va (yoki) boshqa nokumulyativ muddatsiz kapital vositalarini birinchi marta joylashtirilishida ularning nominal narxidan yuqori to‘langan summa;
v) I darajali qo‘shimcha kapitalga qo‘shilish shartlariga javob beruvchi shu’ba korxonalari tomonidan chiqarilgan va uchinchi shaxslar ixtiyorida bo‘lgan kapitalga tenglashtirilgan vositalar, shuningdek mazkur Nizomning 11-bandi “g” kichik bandiga kiritilmagan ozchilik ulush egalarining bank yig‘ma balansiga birlashadigan korxonalardagi ulushlari.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 1-apreldagi 7/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2693-13, 21.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 10/25/2693-13/0369-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 23-may)
12-1. I darajali qo‘shimcha kapitalga kiritilgan to‘liq to‘langan nokumulyativ muddatsiz imtiyozli aksiyalar va (yoki) boshqa nokumulyativ muddatsiz kapital vositalari quyidagi shartlarni qanoatlantirishi lozim:
muayyan sotib olish sanasi yoki shartlariga ega bo‘lmasligi;
bank tugatilganda ularga doir talablar bank depozitorlari, kreditorlari va subordinar qarzlar bo‘yicha talablari bajarilgandan so‘ng qondirilishi;
emitent yoki unga aloqador shaxslar tomonidan kafolatlanmagan va ta’minlanmagan bo‘lishi;
ular chiqarilgan sanadan kamida besh yildan so‘ng emitent tashabbusi bilan qaytarib sotib olinishi mumkinligi, bunda Markaziy bankning e’tirozi mavjud bo‘lmasligi, shuningdek o‘xshash turdagi muddatsiz imtiyozli aksiyalar va (yoki) boshqa nokumulyativ muddatsiz kapital vositalariga yoxud boshqa ulardan yuqoriroq turiga almashtirilishi yoki qaytarib sotib olinishi natijasida bank I darajali kapitalining monandlik koeffitsiyenti mazkur Nizom talablariga muvofiq o‘rnatilgan minimal talabdan kamida ikki foiz bandga yuqori bo‘lishi;
bank aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi qaroriga muvofiq ularga doir dividendlar (foizlar) to‘lanmasligi mumkinligi;
ular bo‘yicha to‘lanmagan yoki to‘liq to‘lanmagan dividendlar (foizlar) jamg‘arib borilmasligi va keyinchalik to‘lanmasligi;
ular bo‘yicha dividendlar (foizlar) to‘lanmaganligi bank tomonidan majburiyatlarning bajarilmasligi (to‘lovga qobiliyatsizlik) holati deb baholanmasligi;
ular bo‘yicha to‘lanmagan dividendlar (foizlar) hisobidan shakllangan mablag‘lardan bank hech qanday cheklovlarsiz foydalanish huquqiga egaligi;
ular bo‘yicha dividendlar (foizlar) to‘lanmasligi bank uchun hech qanday cheklovlarni keltirib chiqarmasligi;
ular bo‘yicha dividendlar (foizlar) miqdorlari (stavkalari) bankning moliyaviy holati va (yoki) kredit reytingi o‘zgarishi natijasida o‘zgarmasligi;
bank ular qaytarib sotib olinishiga oid shartlarni shakllantirmasligi, shu jumladan shartnoma shartlariga bunday shartlarni kiritilmasligi;
bank to‘lovga qobiliyatsizlikka uchraganini baholashda bankning majburiyatlari uning aktivlaridan ortib ketish holatiga olib kelmasligi;
buxgalteriya hisobi maqsadlarida majburiyat sifatida tasniflangan kapital vositalari bank I darajali asosiy kapitalining monandlik koeffitsiyentini kamida mazkur nizomga muvofiq talabdan (kapitalning konservatsiya buferi hisobga olinmagan holda) bir foiz bandga balandroq darajaga yetkazish maqsadida bankning oddiy aksiyalariga to‘liq miqdorda yoki qisman konvertatsiya qilinishi va (yoki) hisobdan chiqarilishi;
bankni qayta kapitallashtirishga to‘sqinlik qiluvchi shartlar, shu jumladan kelgusida ushbu kapital vositalari avvalgilariga nisbatan pastroq narxda chiqarilganda avval joylashtirilgan kapital vositalariga egalik qiluvchi shaxslarga kompensatsiya to‘lanishini nazarda tutuvchi shartlarning mavjud emasligi.
(12-1-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 1-apreldagi 7/6-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2693-13, 21.04.2025-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 10/25/2693-13/0369-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 23-may)
(O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 1-apreldagi 7/6-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2693-13, 21.04.2025-y.) asosan 13-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 23-may — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 10/25/2693-13/0369-son)
14. II darajali kapital quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) joriy yildagi sof foydasi;
(14-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 11-yanvardagi 28/22-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2693-7, 13.02.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y., 10/21/2693-7/0116-son)
b) chegirmalardan so‘ng tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlar summasining 1,25 foizidan yuqori bo‘lmagan miqdordagi standart aktivlarga yaratiladigan zaxiralar;
(14-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2693-8, 10.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2693-8/1151-son)
v) chegirmalardan so‘ng I darajali kapitalning uchdan bir qismidan oshmagan miqdorda aralash turdagi majburiyatlar (aksiyadorlik va qarz kapitali xususiyatlariga ega bo‘lgan vositalar). Aralash turdagi majburiyatlar, shuningdek I darajali kapitalga kiritilmagan imtiyozli aksiyalar, agar ular quyidagi shartlarga javob bersa, II darajali kapitalga kiritiladi:
to‘liq to‘langan;
garov bilan ta’minlanmagan;
bank tugatilganda ularga doir talablar bank depozitorlari va bank boshqa kreditorlari talablari bajarilgandan so‘ng qondiriladigan;
aksiya egasining tashabbusi bilan va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining oldindan berilgan roziligisiz to‘lanishi mumkin bo‘lmagan;
bankning barcha zaxiralarini qoplashi va bankni to‘lovga qobiliyatsiz deb e’lon qilish huquqini bermaydigan;
agar bank oxirgi 3 ta chorak mobaynida foyda olmagan bo‘lsa yoxud oddiy yoki imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar (foizlar) to‘lamaslik to‘g‘risidagi qaror qabul qilishda ushbu majburiyatlarga doir dividendlar (foizlar)ni to‘lash muddati emitent xohishiga ko‘ra kechiktirilishi mumkin bo‘lgan aksiyalar;
g) subordinar qarz — bu bankning qarz majburiyatlari shakli bo‘lib, bank kapitalini aniqlash maqsadida hisob-kitoblardan so‘ng I darajali kapitalning uchdan bir qismidan oshmasligi kerak. II darajali kapital tarkibiga kiruvchi subordinar qarz quyidagi talablarga javob berishi lozim:
yuridik shaxslardan jalb qilingan bo‘lishi;
(14-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 28-martdagi 8/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2693-10, 05.04.2023-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2023-y., 10/23/2693-10/0196-son — 2023-yil 6-maydan kuchga kiradi)
garov ta’minotiga ega bo‘lmasligi;
bank tugatilayotganda ushbu majburiyatlar bo‘yicha talablar depozitorlar va bankning boshqa kreditorlari talablari qondirilganidan so‘ng amalga oshirilishi;
boshlang‘ich to‘lov muddati 5 yildan keyin bo‘lishi;
qarzdor bank yoki unga aloqador shaxslar tomonidan boshqa aktivlarga kafolat va ta’minot sifatida qo‘yilmagan, shuningdek bank tugatilgan taqdirda hech qanday shartnoma bilan uning to‘lash navbati (subordinatsiyasi) o‘zgartirilmagan, ya’ni bank depozitorlari va kreditorlari talablariga tenglashtirilmagan bo‘lishi;
muddatidan avval O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsati bilan qaytarilishi.
Subordinar qarzni bankning II darajali kapitali sifatida tan olish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
boshlang‘ich to‘lov muddati yetib kelgunga qadar 5 yildan oshgan muddatda — to‘liq hajmda;
boshlang‘ich to‘lov muddatidan oldingi 5 yil davomida:
1-yilda — subordinar qarz qoldig‘ining 80 foizi;
2-yilda — subordinar qarz qoldig‘ining 60 foizi;
3-yilda — subordinar qarz qoldig‘ining 40 foizi;
4-yilda — subordinar qarz qoldig‘ining 20 foizi;
5-yilda — 0.
(14-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/21-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2693-3, 25.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2693-3/1099-son — 2018-yil 27-maydan kuchga kiradi)
d) aktivlarning boshlang‘ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasining 45 foizi miqdori.
15. Kapitaldan chegirmalar kapital monandligi koeffitsiyentlari hisoblangunga qadar I darajali kapitaldan chegiriladi.
16. I darajali asosiy kapitaldan quyidagilar chegiriladi:
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/21-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2693-3, 25.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2693-3/1099-son — 2018-yil 27-maydan kuchga kiradi)
nomoddiy aktivlar, bundan bankning dasturiy ta’minotlari mustasno;
(16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 11-yanvardagi 28/22-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2693-7, 13.02.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y., 10/21/2693-7/0116-son)
birlashmagan xo‘jalik yurituvchi subyektlar kapitaliga barcha investitsiyalar summasi, shu jumladan bunday xo‘jalik yurituvchi subyektlar kapitalini tashkil qiluvchi qarz majburiyatlari. Bundan, qayta tiklanadigan (energiya tejovchi) energiya manbalarini, jumladan yirik quyosh va shamol elektr stansiyalari, quyosh panellari hamda kichik fotoelektr stansiyalarini ishga tushirishni moliyalashtirish uchun 2023-yilning 1-dekabriga qadar qilingan investitsiyalar mustasno;
(16-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 2-martdagi 4/12-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2693-9, 17.03.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2023-y., 10/23/2693-9/0155-son)
boshqa banklarning kapitaliga qilingan investitsiyalar.
(16-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/21-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2693-3, 25.04.2018-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2693-3/1099-son — 2018-yil 27-maydan kuchga kiradi)
4-bob. Tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlar
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 11-yanvardagi 28/22-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2693-7, 13.02.2021-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y., 10/21/2693-7/0116-son)
18. Tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlar summasi har bir aktivning jami qiymatini unga tegishli bo‘lgan tavakkalchilik darajasiga ko‘paytirish va tavakkalchilik bo‘yicha aniqlangan aktivlar yig‘indisi orqali topiladi.
Bunda, aktivning jami qiymati deganda — aktivning bank balansida aks ettirilgan asosiy qarzi va unga hisoblangan foizlari, penya, komission va boshqa foizsiz to‘lovlari qoldig‘ining ular bo‘yicha yaratilgan zaxira ayrilgan miqdori tushuniladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 28-martdagi 8/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2693-10, 05.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2023-y., 10/23/2693-10/0196-son — 2023-yil 6-maydan kuchga kiradi)
181. Tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlar hisob-kitobi mazkur Nizomning 1 — 6-ilovalarida belgilangan tavakkalchilik darajalari, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarga ajratiladigan kreditlarning yillik foiz stavkasidan kelib chiqib Markaziy bank tomonidan o‘rnatiladigan tavakkalchilik darajalari asosida amalga oshiriladi.
(181-band O‘zbekiston Respublikasi markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 31-yanvardagi 42/14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2693-12, 27.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.02.2024-y., 10/24/2693-12/0162-son — 2024-yil 29-martdan kuchga kiradi)
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 28-martdagi 8/11-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2693-10, 05.04.2023-y.) asosan 2023-yil 6-maydan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2023-y., 10/23/2693-10/0196-son)
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 11-yanvardagi 28/22-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2693-7, 13.02.2021-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y., 10/21/2693-7/0116-son)
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 11-yanvardagi 28/22-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2693-7, 13.02.2021-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y., 10/21/2693-7/0116-son)
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 11-yanvardagi 28/22-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2693-7, 13.02.2021-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y., 10/21/2693-7/0116-son)
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 11-yanvardagi 28/22-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2693-7, 13.02.2021-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y., 10/21/2693-7/0116-son)
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 11-yanvardagi 28/22-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2693-7, 13.02.2021-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y., 10/21/2693-7/0116-son)
(241-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 11-yanvardagi 28/22-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2693-7, 13.02.2021-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y., 10/21/2693-7/0116-son)
(242-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 11-yanvardagi 28/22-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2693-7, 13.02.2021-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y., 10/21/2693-7/0116-son)
5-bob. Balansdan tashqari vositalar
25. Tavakkalchilik darajasi hisobga olingan aktivlar summasi hisob-kitob qilinganda, balansdan tashqari barcha moddalar hisobga olinadi, ichki bozorda tuzilgan xosilaviy (derevativ) vositalar (forvard, svop, opsionlar va boshqalar) bundan mustasno.
26. Balansdan tashqari moddalarning tavakkalchilik toifasi balansdan tashqari moddaning to‘lanmagan qoldig‘i kreditni hisoblash omiliga ko‘paytiriladi va olingan natija balansdan tashqari moddaning balans ekvivalenti bo‘lib, unga balans hisob raqamlari qoidalariga muvofiq tegishli tavakkalchilik darajasi belgilanadi.
Agar balansdan tashqari modda yoki uning qismi mazkur Nizomning 4-bobida nazarda tutilgan tartibda kafolatlangan yoki garov bilan ta’minlangan bo‘lsa, tavakkalchilik darajasini belgilash kontrpartnyorga emas, balki kafolatchi turi va kafolat tavsifiga bog‘liq bo‘ladi. Past tavakkalchilik omili balansdan tashqari moddaning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki uchun maqbul garov yoki kafolat bilan ta’minlangan yoki kafolatlangan ma’lum bir qismiga qo‘llanishi mumkin.
27. 100 foizli kreditni (aktivni) hisoblash omili qo‘llanadigan balansdan tashqari moddalarga quyidagilar kiradi:
nomidan kafolatlar yoki zaxira akkreditivi berilgan bank mijozi bitim va boshqa majburiyatlarga muvofiq holda uchinchi tomon majburiyatlarni qoplashga layoqatsiz bo‘lsa, bankning uchinchi tomonga to‘lovlar to‘g‘risidagi yuridik jihatdan chaqirib olinmaydigan majburiyatlarini o‘zida aks etgan bevosita kredit o‘rnini bosuvchilar, jumladan, umumiy kafolatlar, zaxira akkreditivlari va boshqa shunga o‘xshash bitimlar;
qayta sotib olish haqidagi kelishuv yoki belgilangan shartlarda aktivlarni bankka qaytarish haqidagi kelishuvga muvofiq sotilgan aktivlar;
aktivlarni kelajakda ma’lum bir muddatga sotib olish majburiyati.
28. 50 foizli kreditni (aktivni) hisoblash omili qo‘llanadigan balansdan tashqari moddalar quyidagilardan iborat:
bitim kafolatlari yoki muayyan bitimga nisbatan akkreditivlar singari bitimlar bilan bog‘liq majburiyatlar. Bu majburiyatlar, agar uning nomidan majburiyatlar chiqarilgan bank mijozi nomoliyaviy tijorat majburiyatlarini amalga oshira olmagan bo‘lsa, bankning uchinchi shaxsga kompensatsiya to‘lash bo‘yicha chaqirib olinmaydigan majburiyatlari hisoblanadi;
boshlang‘ich to‘lov muddati bir yildan ortiq bo‘lgan kredit liniyasi yoki shunga o‘xshash kelishuv singari kredit berishga doir majburiyatlarning ishlatilmagan qismi.
29. 20 foizli kreditni (aktivni) hisoblash omili qo‘llaniladigan balansdan tashqari moddalar quyidagilardan iborat:
tovarlarni yetkazib berish bilan ta’minlangan hujjatli akkreditiv singari savdo bilan bog‘liq qisqa muddatli yoki o‘zini-o‘zi tugatuvchi majburiyatlar;
boshlang‘ich to‘lov muddati bir yil va undan kam bo‘lgan kredit liniyasi yoki shunga o‘xshash kelishuv singari kredit berishga doir majburiyatlarning ishlatilmagan qismi.
6-bob. Hosilaviy (derevativ) vositalar
30. Bank tomonidan forvard kelishuvlari, svoplar, opsionlar va shunga o‘xshash hosilaviy shartnomalar amalga oshirilganda, u bitimlar to‘liq nominal qiymatida kredit tavakkalchiligiga uchramaydi. Shartnoma majburiyatlari kontragent tomonidan bajarilmaganligi, bank uchun pul oqimini almashtirishning potensial qiymati tavakkalchilik hisoblanadi.
31. Hosilaviy (derevativ) vositaning balans ekvivalenti hisoblash omilini har bir vositaning nominal qiymatiga ko‘paytirish orqali quyidagi jadvalga asosan aniqlanadi.
To‘lov muddatlari
Hosilaviy vositalar (%)
Foiz stavkasi asoslangan
Valyuta almashuv kurslariga asoslangan
Bir yilgacha
0,5
2,0
Bir yildan ikki yilgacha
1,0
5,0 (masalan 2+3)
Keyingi yil uchun
1,0
3,0
Hisoblash omili miqdori vosita tavsifi va barcha vositalar bo‘yicha qolgan qoplash muddatiga bog‘liq, boshlang‘ich qoplash muddati qo‘llaniladigan valyutaviy shartnomalar va oltin bundan mustasno. Yuqoridagi usul bo‘yicha hisoblangan ekvivalentlarga qarzdor turi, kafolat tabiati va ta’minotiga qarab balans vositalari singari tavakkalchilik qo‘llaniladi.
7-bob. Kapitalning monandligining hisoblanishi
32. Tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning umumiy summasi (TAUS) chegirmalar ajratilgan holda tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi balans va balansdan tashqari aktivlar yig‘indisi sifatida aniqlanadi.
33. 2015-yil 1-sentabridan boshlab tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning umumiy miqdori (TAUS) quyidagi tarzda hisoblanadi:
TAUS = Chegirmalar chiqarilgan tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi balans va balansdan tashqari aktivlar summasi + Operatsion tavakkalchiliklar summasi (OT) + Bozor tavakkalchiliklari summasi (BT);
OT = (100 / belgilangan K1 ning eng kichik darajasi) X (Bankning oxirgi uch yildagi yalpi daromadining o‘rtacha summasi X 15 foiz);
Yalpi daromad = (foizli daromadlar — foizli xarajatlar) + (foizsiz daromadlar — foizsiz xarajatlar).
(33-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/21-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2693-3, 25.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2693-3/1099-son — 2018-yil 27-maydan kuchga kiradi)
Agar yalpi daromad qaysidir yilda nolga teng yoki salbiy ko‘rinishda bo‘lganda, o‘rtacha ko‘rsatkichni hisoblashda u maxrajdan va suratdan chiqarib tashlanishi lozim.
BT = (100 / belgilangan K1 ning eng kichik darajasi) X (Ochiq valyuta pozitsiyalarining jami miqdori X 10 foiz).
Ochiq valyuta pozitsiyalarining umumiy summasini hisoblashda xorijiy valyutalarning umumiy uzun yoki umumiy qisqa ko‘rsatkichlari yig‘indisining mutloq ko‘rsatkichining eng kattasi olinadi.
34. Regulyativ kapitalning tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning umumiy summasiga nisbati 13 foizdan kam bo‘lmasligi kerak. Regulyativ kapitalning monandlik koeffitsiyenti K1 quyidagi tarzda hisoblanadi:
K1 = RK / TAUS.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 11-yanvardagi 28/22-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2693-7, 13.02.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y., 10/21/2693-7/0116-son)
35. I darajali kapitalning monandlik koeffitsiyenti K2 = I darajali kapital/TAUS sifatida aniqlanadi.
Kapitalning konservatsiya buferi tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi barcha aktivlarning 3,0 foizi sifatli I darajali kapital bo‘lishini hisobga olgan holda K2 koeffitsiyenti 0,10 (10,0 foiz) miqdoridan kam bo‘lmasligi lozim.
Kapitalning konservatsiya buferi tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning 3,0 foizi miqdoridagi qo‘shimcha zaxiradan iborat. Bunday zaxiradan maqsad banklar tomonidan moliyaviy va iqtisodiy qiyinchilik davrlarida zararlarni qoplash uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan kapital zaxirasining ta’minlanishini kafolatlash hisoblanadi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 11-yanvardagi 28/22-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2693-7, 13.02.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y., 10/21/2693-7/0116-son)
36. I darajali asosiy kapitalning monandlik koeffitsiyenti K3 = I darajali asosiy kapital/TAUS sifatida aniqlanib, uning eng kichik darajasi 0,08 (8,0 foiz) miqdoridan kam bo‘lmasligi lozim.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 11-yanvardagi 28/22-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2693-7, 13.02.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y., 10/21/2693-7/0116-son)
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 11-yanvardagi 28/22-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2693-7, 13.02.2021-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y., 10/21/2693-7/0116-son)
38. Kapitalning monandlik darajasi talablari bilan bir qatorda banklar I darajali kapitalni nomoddiy aktivlarni chegirib tashlangan holda mazkur Nizomning 5 va 6-boblarda nazarda tutilgan aktivlar qo‘shilgan umumiy aktivlar summasiga nisbati sifatida aniqlanadigan leveraj koeffitsiyentiga rioya etishlari kerak:
K4 = I darajali kapital / (Umumiy aktivlar + mazkur Nizomning 5 va 6-boblaridagi aktivlar — mazkur Nizomning 16-bandida keltirilgan aktivlar). Leveraj koeffitsiyentining eng kichik darajasi 0,06 (6 foiz)ga teng.
(38-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/21-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2693-3, 25.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2693-3/1099-son — 2018-yil 27-maydan kuchga kiradi)
Leveraj koeffitsiyentini hisoblashda kelgusida balans aktivlarida aks etishi ehtimoli bo‘lgan bank balansining “Ko‘zda tutilmagan holatlar” hisobvaraqlaridagi aktivlar ham hisobga olinadi. Bularga kapitalni monandligini hisoblashda qo‘llaniladigan aktivlar kiradi.
Balansdan tashqari aktivlar leverajning asosiy manbasi hisoblanadi. Shuning uchun banklar leveraj koeffitsiyentini hisoblashda yuqorida qayd etilgan balansdan tashqari aktivlarni, kreditning qayta hisoblash omilini (100 foiz) qo‘llagan holda, quyidagi ikki holatdan tashqari, hisoblashlari lozim:
xosilaviy (derevativ) operatsiyalar kapital monandligini hisoblashda foydalaniladigan “tavakkalchilikka dastlabki moyillik”ka muvofiq o‘tkazilishi;
bank har doim o‘zi tomonidan so‘zsiz bekor qiladigan barcha majburiyatlar uchun 10 foizlik kreditning qayta hisoblash omilini qo‘llashi lozim.
39. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki banklardan ularning faoliyatiga xos tavakkalchilik, iqtisodiy shart-sharoit va moliyaviy ahvolidan kelib chiqib, kapital monandligining yanada yuqori koeffitsiyenti ta’minlanishini talab qilishi mumkin. Bunday tavakkalchiliklar muammoli kreditlarning katta hajmi, sof zararlar, aktivlarning yuqori darajada o‘sishi, foiz stavkalari bo‘yicha yuqori darajali tavakkalchilikning yuzaga kelishi yoki tavakkalchilikka asosalangan faoliyatga jalb qilinish kabilarni o‘z ichiga oladi, biroq ular bilan cheklanib qolmaydi.
8-bob. Yakuniy qoidalar
40. Bank moliyaviy yil natijalari bo‘yicha va oraliq dividend to‘lanayotgan davr uchun moliyaviy hisobotning to‘g‘riligi haqida auditorlik xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirda hamda kapitalni oshirishga ajratmalar amalga oshirilgandan so‘ng aksiyadorlariga dividendlar to‘lanadi.
41. Dividendlar ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash rezervlari shakllantirilgandan hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki talablariga muvofiq tuzatishlar amalga oshirilgandan so‘ng to‘lanishi mumkin.
Banklar quyidagi hollarda dividend to‘lash (e’lon qilish) to‘g‘risida qaror qabul qilish huquqiga ega emas:
dividendlar to‘lash paytida bank iqtisodiy nochorlik (to‘lovga qobiliyatsizlik) alomatlariga ega bo‘lsa yoki ko‘rsatilgan alomatlar bankda dividendlar to‘lash natijasida paydo bo‘lsa;
(41-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 27-maydagi 14/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3442, 09.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 10/23/3442/0359-son)
bank sof aktivlari qiymati uning ustav va zaxira kapitali summasidan kam bo‘lsa;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan iqtisodiy normativlarni buzish, shuningdek agar dividendlar to‘lash natijasida iqtisodiy normativlar buzilib, buning oqibatida omonatchilar va kreditorlar manfaatlariga jiddiy xavf tug‘ilishi mumkin bo‘lsa;
bankka nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining dividendlar to‘lashni to‘xtatish to‘g‘risida talabi mavjud bo‘lsa.
42. Bank Kengashi har yili bankning kredit va investitsiya siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish va tasdiqlash chog‘ida foydadan kapitalni oshirishga yo‘naltiriladigan ajratmalar miqdorini e’tiborga olishi lozim.
43. Kapitali mazkur Nizom talablariga muvofiq bo‘lmagan banklar quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi kapitalga qo‘yiladigan talablarning bajarilishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishlari kerak:
bank kapitalini monandlik darajasigacha ko‘tarish uchun zarur bo‘lgan strategiya va xatti-harakatlar;
rejaning amal qilish davri mobaynida belgilanadigan kapitalning cheklangan miqdorlari;
bankning faoliyatiga belgilangan cheklovlar ta’siri ostida reja bilan qamrab olinadigan davr uchun tadbirlar rejasi;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki talablariga muvofiq boshqa axborot.
44. Chora-tadbirlar rejasi ijro muddatlari ko‘rsatilgan holda, kapitalning monandligiga qo‘yiladigan talablarda nomuvofiqlik yuzaga kelgan va u bankning moliyaviy hisobotida aks ettirilgan paytdan boshlab 30 kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etilishi kerak.
45. Mazkur Nizom talablari banklar tomonidan buzilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunida nazarda tutilgan chora va sanksiyalarni qo‘llashga haqli.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 13-dekabrdagi 30/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2693-6, 25.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 10/19/2693-6/4195-son)
Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Bank aktivlarining bir qismi bo‘yicha tavakkalchilik darajalari
T/r
Tavsifi
Tavakkalchilik darajasi
1.
Bankda va uning filiallarida naqd pul ko‘rinishida saqlanayotgan milliy va chet el valyutasi (jumladan, bank omborlarida yoki O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki omborlarida saqlanayotgan tijorat banklariga tegishli oltin quymalar)
0%
2.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining vakillik va zaxira hisobvaraqlaridagi milliy valyutadagi mablag‘lar
0%
3.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Markaziy bankiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri talablar va ular tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar hamda ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari tomonidan chiqarilgan ta’minlangan qarz munosabatlarini tasdiqlovchi qimmatli qog‘ozlar
0%
4.
Xalqaro valyuta fondi va Jahon banki guruhi (Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Xalqaro investitsiyalarni kafolatlash agentligi, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi) hamda Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infrastruktura investitsiya banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Yevropa investitsiya banki, Yevropa investitsiya jamg‘armasi, Islom taraqqiyot banki va Yevropa Kengashining taraqqiyot bankiga nisbatan talablar, ularning qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiyalar, shuningdek ular tomonidan emissiya qilingan qimmatli qog‘ozlar bilan ta’minlangan yoki kafolatlangan bank aktivlari va balansdan tashqari moddalari. Shu bilan birga, mazkur tashkilotlar tomonidan tavakkalchiliklarni to‘liq qoplash majburiyati bilan ularning mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan bank operatsiyalari qismi. Bunda:
ta’minotga qabul qilingan qimmatli qog‘ozlar bank tasarrufida bo‘lishi va belgilangan tartibga muvofiq unga berilishi lozim;
kafolatlar va tavakkalchiliklarni to‘liq qoplash majburiyati to‘g‘ridan-to‘g‘ri va hech qanday shartlarsiz, ya’ni ularni qo‘llashni cheklovchi biron-bir qo‘shimcha shartlarni o‘zida qamrab olmagan bo‘lishi kerak.
0%
5.
Ta’minotiga depozit qabul qilingan hamda ta’minot valyutasi o‘zaro mos bo‘lgan aktivlarning yoki balansdan tashqari moddalarning qismi. Bunda ta’minot uchun qabul qilingan depozit mazkur bankda shakllantirilgan bo‘lishi, shuningdek mijoz shartnoma shartlarini o‘z vaqtida bajarmaganda bank depozitni hech qanday shartlarsiz ishlatishi mumkin ekanligi belgilab qo‘yilishi lozim.
0%
51.
Qayta tiklanadigan (energiya tejovchi) energiya manbalarini, jumladan yirik quyosh va shamol elektr stansiyalari, quyosh panellari hamda kichik fotoelektr stansiyalarini ishga tushirish uchun jismoniy va yuridik shaxslarga 2023-yilning 1-dekabriga qadar ajratilgan kreditlar
0%
6.
Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomning (ro‘yxat raqami 2693, 2015-yil 6-iyul) 16-bandida keltirilgan aktivlar
0%
7.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining vakillik va zaxira hisobvaraqlaridagi chet el valyutasidagi mablag‘lar
20%
8.
Joriy bozor qiymatida baholangan va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan emissiya qilingan yoki kafolatlangan qimmatli qog‘ozlar ko‘rinishidagi garov bilan ta’minlangan yoki kafolatlangan aktivlar, ularning qismlari va balansdan tashqari majburiyatlar. Bunda:
ta’minotga qabul qilingan qimmatli qog‘ozlar bank tasarrufida bo‘lishi va belgilangan tartibga muvofiq unga berilishi lozim;
kafolatlar va tavakkalchiliklarni to‘liq qoplash majburiyati to‘g‘ridan-to‘g‘ri va hech qanday shartlarsiz, ya’ni ularni qo‘llashni cheklovchi biron-bir qo‘shimcha shartlarni o‘zida qamrab olmagan bo‘lishi kerak.
0%
9.
O‘tkazish jarayonidagi pul hujjatlari (jumladan, yo‘ldagi naqd pullar)
20%
10.
Ta’minotiga depozit qabul qilingan hamda ta’minot valyutasi o‘zaro mos bo‘lmagan aktivlarning yoki balansdan tashqari moddalarning qismi. Bunda ta’minot uchun qabul qilingan depozit mazkur bankda shakllantirilgan bo‘lishi, shuningdek mijoz shartnoma shartlarini o‘z vaqtida bajarmaganda bank depozitni hech qanday shartlarsiz ishlatishi mumkin ekanligi belgilab qo‘yilishi lozim.
20%
101.
Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari tomonidan chiqarilgan korporativ obligatsiyalar
20%
102.
2024-yil 1-apreldan boshlab 2025-yil 1-iyunga qadar doimiy daromadga ega bo‘lgan, shuningdek kamida olti oy davomida bank hisobvarag‘ida, shu jumladan bank kartasida mablag‘lar aylanmasiga ega bo‘lgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar va kichik tadbirkorlik subyektlariga mikromoliyalashtirish faoliyati doirasida ko‘rsatilgan xizmatlar, bundan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilgan kreditlar mustasno
75%
103.
2024-yil 1-apreldan boshlab 2025-yil 1-iyunga qadar doimiy daromadga ega bo‘lgan, shuningdek kamida olti oy davomida bank hisobvarag‘ida, shu jumladan bank kartasida mablag‘lar aylanmasiga ega bo‘lgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga va kichik tadbirkorlik subyektlariga mikromoliyalashtirish faoliyati doirasida xizmatlar ko‘rsatish maqsadida banklar tomonidan mikromoliya tashkilotlariga ajratilgan kreditlar
75%
104.
2025-yil 1-iyundan boshlab doimiy daromadga ega bo‘lgan yoki kamida oxirgi uzluksiz olti oy davomida har oy bank hisobvarag‘ida, shu jumladan bank kartasida mablag‘lar aylanmasiga ega bo‘lgan hamda qarz yuki ko‘rsatkichi 50 foiz va undan past bo‘lgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga ajratilgan 300 million so‘m va undan kam miqdordagi kreditlar, bundan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilgan kreditlar mustasno.
Bunda:
doimiy daromadga ega bo‘lgan yoki kamida oxirgi uzluksiz olti oy davomida har oy bank hisobvarag‘ida, shu jumladan bank kartasida mablag‘lar aylanmasiga ega bo‘lgan hamda qarz yuki ko‘rsatkichi 50 foiz va undan past bo‘lgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga ajratilgan 300 million so‘mdan oshadigan kreditlar yillik foiz stavkasidan kelib chiqib, Markaziy bank tomonidan o‘rnatiladigan tavakkalchilik darajalari asosida tavakkalchilikka tortiladi;
o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar doimiy daromadga ega bo‘lmagan yoki kamida oxirgi uzluksiz olti oy davomida har oy bank hisobvarag‘ida, shu jumladan bank kartasida mablag‘lar aylanmasiga ega bo‘lmagan yoki qarz yuki ko‘rsatkichi 50 foizdan oshgan bo‘lsa yoxud mazkur ko‘rsatkichni aniqlash imkoni bo‘lmagan bo‘lsa, mazkur qarz oluvchilarga ajratilgan kreditlar ushbu ilovaning 13-2-pozitsiyasiga muvofiq tavakkalchilikka tortiladi.
75%
105.
2025-yil 1-iyundan boshlab kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan jami qoldiq summasi bank regulyativ kapitalining 0,2 foizidan oshmagan, biroq eng ko‘pi bilan 15 mlrd. so‘mgacha kreditlar, bundan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilgan kreditlar mustasno.
Bunda, kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan jami qoldiq summasi bank regulyativ kapitalining 0,2 foizidan yoki 15 mlrd. so‘mdan oshgan kreditlar yillik foiz stavkasidan kelib chiqib, Markaziy bank tomonidan o‘rnatiladigan tavakkalchilik darajalari asosida tavakkalchilikka tortiladi.
75%
11.
Bankning asosiy vositalari va boshqa xususiy mulklari
100%
12.
Dastlabki garov huquqi bankka tegishli bo‘lmagan kreditlar
100%
13.
Milliy valyutaga denominatsiya qilinmagan va milliy valyutada moliyalashtirish summasidan oshib ketgan aktivlar
100%
131.
2024-yil 1-iyuldan boshlab jismoniy shaxsning qarz yuki ko‘rsatkichi 60 foiz (ushbu ko‘rsatkich 2025-yil 1-yanvardan boshlab 50 foiz) va undan past holda jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar (mikroqarzlar), bundan jismoniy shaxslarga avtomobil sotib olish uchun ajratilgan va ipoteka kreditlari hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va ta’lim dasturlari asosida ajratilgan kreditlar mustasno
100%
132.
2024-yil 1-iyuldan boshlab jismoniy shaxsning qarz yuki ko‘rsatkichi 60 foizdan (ushbu ko‘rsatkich 2025-yil 1-yanvardan boshlab 50 foiz) yuqori bo‘lgan holda yoki ushbu ko‘rsatkichni aniqlash imkoni bo‘lmagan jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar (mikroqarzlar), bundan jismoniy shaxslarga avtomobil sotib olish uchun ajratilgan va ipoteka kreditlari hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va ta’lim dasturlari asosida ajratilgan kreditlar mustasno
150%
14.
Qarzini to‘liq yoki qisman undirish uchun bank balansiga olingan ko‘chmas mulk
150%
15.
Ikki yildan ko‘p bo‘lgan muddatda foydalanilmayotgan bankning ko‘chmas mulklari
150%
16.
Sifati “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” deb tasniflangan aktivlar (mazkur ilovaning boshqa pozitsiyalaridagi shartlarni bajarishidan qat’iy nazar)
200%
17.
Boshqa barcha aktivlar, bundan Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomning (ro‘yxat raqami 2693, 2015-yil 6-iyul) 2 — 6-ilovalarida ko‘rsatilgan hamda yillik foiz stavkasidan kelib chiqib tavakkalchilikka tortilgan aktivlar mustasno
100%
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 1-apreldagi 7/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2693-13, 21.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 10/25/2693-13/0369-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 23-may)
Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Kontragentlarning reyting baholari asosida tavakkalchilik darajalari*
T/r
Tavsifi
Reyting baholari asosida tavakkalchilik darajasi bo‘yicha ajratilgan guruhlar
“Standard & Poor’s” va “Fitch Ratings” reyting kompaniyalarining reyting baholari**
AAA dan AA-gacha
A+ dan A-gacha
VVV+ dan VVV-gacha
VV+ dan V-gacha
V-dan past
Reyting baholariga ega emas
“Moody’s Investors Service” reyting kompaniyasining reyting baholari**
Aaa dan Aa3 gacha
A1 dan A3 gacha
Baa1 dan Baa3 gacha
Ba1 dan B3 gacha
B3 dan past
Reyting baholariga ega emas
1.
Xorijiy davlatlarning hukumatlari va Markaziy banklariga nisbatan talablar, ularning qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiyalar, shuningdek ular tomonidan emissiya qilingan qimmatli qog‘ozlar bilan ta’minlangan yoki kafolatlangan bank aktivlari va balansdan tashqari moddalari. Bunda:
ta’minotga qabul qilingan qimmatli qog‘ozlar bank tasarrufida bo‘lishi va belgilangan tartibga muvofiq unga berilishi lozim;
kafolatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri va hech qanday shartlarsiz, ya’ni ularni qo‘llashni cheklovchi biron-bir qo‘shimcha shartlarni o‘zida qamrab olmagan bo‘lishi kerak.
0%
20%
50%
100%
150%
100%
2.
Xorijiy mamlakatlardagi davlat sektori tashkilotlari (Hukumat va Markaziy bankdan tashqari)ga nisbatan talablar, ularning qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiyalar, shuningdek ular tomonidan emissiya qilingan qimmatli qog‘ozlar bilan ta’minlangan yoki kafolatlangan bank aktivlari va balansdan tashqari moddalari. Bunda:
ta’minotga qabul qilingan qimmatli qog‘ozlar bank tasarrufida bo‘lishi va belgilangan tartibga muvofiq unga berilishi lozim;
kafolatlar va tavakkalchiliklarni to‘liq qoplash majburiyati to‘g‘ridan-to‘g‘ri va hech qanday shartlarsiz, ya’ni ularni qo‘llashni cheklovchi biron-bir qo‘shimcha shartlarni o‘zida qamrab olmagan bo‘lishi kerak.
20%
50%
50%
100%
150%
150%
3.
Banklar bilan bog‘liq tavakkalchiliklar: banklarga qo‘yilgan barcha talablar, shu jumladan qarzlar va pul bozori vositalari, shuningdek ushbu banklar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar va bank kafolati bilan ta’minlangan boshqa barcha aktivlar:
90 kun yoki undan kam
20%
20%
20%
50%
150%
150%
90 kundan yuqori
20%
50%
50%
100%
150%
150%
4.
Xorijiy mamlakatlardagi kompaniyalarning qimmatli qog‘ozlari, ularga nisbatan talablar va ularning kafolatlari. Bunda:
ta’minotga qabul qilingan qimmatli qog‘ozlar bank tasarrufida bo‘lishi va belgilangan tartibga muvofiq unga berilishi lozim;
kafolatlar va tavakkalchiliklarni to‘liq qoplash majburiyati to‘g‘ridan-to‘g‘ri va hech qanday shartlarsiz, ya’ni ularni qo‘llashni cheklovchi biron-bir qo‘shimcha shartlarni o‘zida qamrab olmagan bo‘lishi kerak.
20%
50%
100%
100%
150%
150%
* Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomning (ro‘yxat raqami 2693, 2015-yil 6-iyul) 1-ilovasida ko‘rsatilgan mezonlardan biriga muvofiq bo‘lganda, mazkur talablar qo‘llanilmaydi.
** O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan boshqa reyting kompaniyalarining ushbu baho darajasiga teng bo‘lgan reyting baholari.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 11-yanvardagi 28/22-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2693-7, 13.02.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y., 10/21/2693-7/0116-son)
Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
2024-yil 1-iyulga qadar aholiga ajratilgan ipoteka kreditlarining tavakkalchilik darajalari*
(3-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 31-yanvardagi 42/14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2693-12, 27.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.02.2024-y., 10/24/2693-12/0162-son — 2024-yil 29-martdan kuchga kiradi)
*Agar Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomning (ro‘yxat raqami 2693, 2015-yil 6-iyul) 1 va 2-ilovalarida ko‘rsatilgan mezonlardan biriga muvofiq bo‘lsa, mazkur talablar qo‘llanilmaydi.
**Aholiga ipoteka kreditlari ajratilishining hadli shartlari to‘g‘risidagi nizomning (ro‘yxat raqami 3269, 2020-yil 30-iyun) 6-bobiga muvofiq hisob-kitob qilinadi.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 28-martdagi 8/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2693-10, 05.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2023-y., 10/23/2693-10/0196-son — 2023-yil 6-maydan kuchga kiradi)
Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomga 4-ILOVA
2023-yil 20-avgustdan 2024-yil 1-iyulga qadar jismoniy shaxslarga avtomobil sotib olish uchun ajratilgan kreditlarning tavakkalchilik darajalari*
(4-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 31-yanvardagi 42/14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2693-12, 27.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.02.2024-y., 10/24/2693-12/0162-son — 2024-yil 29-martdan kuchga kiradi)
* Agar Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomning (ro‘yxat raqami 2693, 2015-yil 6-iyul):
1 va 2-ilovalarida ko‘rsatilgan mezonlardan biriga muvofiq bo‘lsa, mazkur talablar qo‘llanilmaydi;
mazkur ilova hamda yillik foiz stavkasidan kelib chiqqan holda tavakkalchilik darajalariga tortilganda, chiqqan natijaning eng yuqorisi hisobga olinadi.
** Jismoniy shaxslarga avtomobil sotib olish uchun ajratilgan kreditning garovga nisbati koeffitsiyenti kredit summasining garov qiymatiga nisbati orqali hisob-kitob qilinadi, bunda:
kredit summasi — jismoniy shaxslarga avtomobil sotib olish uchun ajratilgan kreditning so‘ndirilmagan qoldig‘ini o‘z ichiga oladi;
avtomobil garov qiymati — garov shartnomasida kelishilgan narx.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 6-iyundagi 14/7-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2693-11, 18.07.2023-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/2693-11/0493-son)
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 28-martdagi 8/11-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2693-10, 05.04.2023-y.) asosan 2023-yil 6-maydan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2023-y., 10/23/2693-10/0196-son)
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 28-martdagi 8/11-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2693-10, 05.04.2023-y.) asosan 2023-yil 6-maydan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2023-y., 10/23/2693-10/0196-son)
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 28-martdagi 8/11-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2693-10, 05.04.2023-y.) asosan 2023-yil 6-maydan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2023-y., 10/23/2693-10/0196-son)
Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomga
5-ILOVA
2024-yil 1-iyuldan boshlab jismoniy shaxslarga ajratilgan ipoteka kreditlarining tavakkalchilik darajalari*
Tavsifi
Jismoniy shaxslarning qarz yuki ko‘rsatkichi (QYUK)**
QYUK ≤ 60%***
60%***< QYUK yoki QYUKni aniqlash imkoni bo‘lmasa
Kredit summasini garov summasiga nisbati**** (KGN)
KGN<50%
35%
50%
50%≤KGN<75%
50%
100%
75%≤KGN<100%
100%
150%
100%≤KGN
150%
150%
* Agar Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomning (ro‘yxat raqami 2693, 2015-yil 6-iyul) 1 va 2-ilovalarida ko‘rsatilgan mezonlardan biriga muvofiq bo‘lsa, mazkur talablar qo‘llanilmaydi.
** Jismoniy shaxslarning qarz yuki ko‘rsatkichi Banklarga o‘rnatiladigan makroprudensial normativlar hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar (mikroqarzlar) bo‘yicha to‘lovlarning eng yuqori qiymatlariga doir talablar to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 3618, 2025-yil 22-aprel) talablariga muvofiq hisob-kitob qilinadi.
(izohning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2693-14, 21.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/2693-14/0639-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 24-iyul)
*** Ushbu ko‘rsatkich 2025-yil 1-yanvardan boshlab 50 foizni tashkil etadi.
**** Banklarga o‘rnatiladigan makroprudensial normativlar hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar (mikroqarzlar) bo‘yicha to‘lovlarning eng yuqori qiymatlariga doir talablar to‘g‘risidagi nizomning (ro‘yxat raqami 3618, 2025-yil 22-aprel) 3-bobiga muvofiq hisob-kitob qilinadi.
(izohning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2693-14, 21.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/2693-14/0639-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 24-iyul)
Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomga
6-ILOVA
2024-yil 1-iyuldan boshlab jismoniy shaxslarga avtomobil sotib olish uchun ajratilgan kreditlarning tavakkalchilik darajalari*
Tavsifi
Jismoniy shaxslarning qarz yuki ko‘rsatkichi (QYUK)**
QYUK ≤ 60%***
60%*** < QYUK yoki QYUKni aniqlash imkoni bo‘lmasa
Kredit summasini garov summasiga nisbati (KGN)****
KGN ≤ 75%
100%
150%
75% < KGN
150%
200%
* Agar Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomning (ro‘yxat raqami 2693, 2015-yil 6-iyul) 1 va 2-ilovalarida ko‘rsatilgan mezonlardan biriga muvofiq bo‘lsa, mazkur talablar qo‘llanilmaydi, bundan 1-ilova 102 va 103-pozitsiyalarida ko‘rsatilgan mezonlar mustasno.
** Jismoniy shaxslarning qarz yuki ko‘rsatkichi Banklarga o‘rnatiladigan makroprudensial normativlar hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar (mikroqarzlar) bo‘yicha to‘lovlarning eng yuqori qiymatlariga doir talablar to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 3618, 2025-yil 22-aprel) talablariga muvofiq hisob-kitob qilinadi.
(izohning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2693-14, 21.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/2693-14/0639-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 24-iyul)
*** Ushbu ko‘rsatkich 2025-yil 1-yanvardan boshlab 50 foizni tashkil etadi.
** Jismoniy shaxslarga avtomobil sotib olish uchun ajratilgan kreditning garovga nisbati koeffitsiyenti Banklarga o‘rnatiladigan makroprudensial normativlar hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar (mikroqarzlar) bo‘yicha to‘lovlarning eng yuqori qiymatlariga doir talablar to‘g‘risidagi nizomning (ro‘yxat raqami 3618, 2025-yil 22-aprel) 3-bobiga muvofiq hisob-kitob qilinadi.
(izohning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2693-14, 21.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/2693-14/0639-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 24-iyul)
(O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/4-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2693-14, 21.07.2025-y.) asosan izoh qismi beshinchi xatboshisining chiqarilish sanasi 2025-yil 24-iyul — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/2693-14/0639-son)
(O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/4-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2693-14, 21.07.2025-y.) asosan izoh qismi oltinchi xatboshisining chiqarilish sanasi 2025-yil 24-iyul — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/2693-14/0639-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 27-son, 360-modda; 2017-y., 27-son, 632-modda, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2017-y., 10/17/2693-2/0167-son; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2693-3/1099-son, 28.12.2018-y., 10/18/2693-4/2387-son, 07.03.2019-y., 10/19/2693-5/2722-son, 25.12.2019-y., 10/19/2693-6/4195-son; 13.02.2021-y., 10/21/2693-7/0116-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 10.12.2021-y., 10/21/2693-8/1151-son; 18.03.2023-y., 10/23/2693-9/0155-son; 05.04.2023-y., 10/23/2693-10/0196-son; 12.06.2023-y., 10/23/3442/0359-son; 19.07.2023-y., 10/23/2693-11/0493-son; 28.02.2024-y., 10/24/2693-12/0162-son; 22.04.2025-y., 10/25/2693-13/0369-son; 22.07.2025-y., 10/25/2693-14/0639-son)