OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVIning
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2015-yil 13-iyundagi 14/3-son qarori (roʻyxat raqami 2693, 2015-yil 6-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 27-son, 360-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran bir oydan keyin kuchga kiradi.
“standart aktivlarga yaratiladigan zaxiralar — bank faoliyati davomida umuman yoki biror-bir faoliyat turi natijasida ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash maqsadida tashkil qilinadigan zaxiralar;”.
“b) chegirmalardan soʻng tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlar summasining 1,25 foizidan yuqori boʻlmagan miqdordagi standart aktivlarga yaratiladigan zaxiralar;”.
3.
1-ilovaning uchinchi pozitsiyasi “Tavsifi” ustunidagi “qimmatli qogʻozlar” degan soʻzlardan keyin “hamda ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari tomonidan chiqarilgan taʼminlangan qarz munosabatlarini tasdiqlovchi qimmatli qogʻozlar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
4.
3 — 6-ilovalardagi “Oʻstirmaslik” maqomi berilgan, sud jarayonidagi” degan soʻzlar “Sud jarayonidagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.