1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Moliya / Valyutani tartibga solish. Qimmatbaho metallar (toshlar)]
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
“Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-573-sonli “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuniga asosan yangi tahrirda qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 225-modda; 1994-yil, № 11, 285-modda) o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 11-dekabr,
556-II-son
VALYUTANI TARTIBGA SOLISh TO‘G‘RISIDA
(yangi tahriri)
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi hududida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
3-modda. Valyuta boyliklari
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.02.00 Valyuta boyliklari / 07.27.02.01 Chet el valyutasi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.02.00 Valyuta boyliklari / 07.27.02.02 Chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.02.00 Valyuta boyliklari / 07.27.02.03 Chet el valyutasidagi to‘lov hujjatlari;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.02.00 Valyuta boyliklari / 07.27.02.04 Sof quyma oltin]
Chet el valyutasi, chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar, chet el valyutasidagi to‘lov hujjatlari va sof quyma oltin valyuta boyliklari hisoblanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.02.00 Valyuta boyliklari / 07.27.02.01 Chet el valyutasi]
Chet el valyutasi muomalada bo‘lgan hamda xorijiy davlatda qonuniy to‘lov vositasi hisoblangan banknotlar, xazina biletlari va tangalar ko‘rinishidagi chet el pul belgilari, muomaladan chiqarilgan yoki chiqarilayotgan hamda xuddi shu xorijiy davlatning pul belgilariga almashtirilishi lozim bo‘lgan chet el pul belgilari, shuningdek hisobvaraqlarda va omonatlarda bo‘lgan xorijiy davlatlarning pul birliklaridagi hamda xalqaro pul yoki hisob-kitob birliklaridagi mablag‘lardir.
Chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni yoki xorijiy davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qog‘ozlar jumlasiga kiritilgan, qiymati chet el valyutasida ifodalangan pul hujjatlaridir.
(3-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 9-sentabrdagi O‘RQ-216-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 37-son, 403-modda)
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari
O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari (bundan buyon matnda rezidentlar deb yuritiladi) quyidagilardir:
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari;
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
O‘zbekiston Respublikasining hududida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar;
O‘zbekiston Respublikasining immunitet va diplomatik imtiyozlardan foydalanadigan xorijdagi diplomatiya hamda boshqa vakolatxonalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi tashkilotlarining chet eldagi, xo‘jalik yoki boshqa tijorat faoliyati bilan shug‘ullanmaydigan vakolatxonalari.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari
O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari (bundan buyon matnda norezidentlar deb yuritiladi) deyilganda ushbu Qonunning 4-moddasiga muvofiq rezidentlar jumlasiga kirmaydigan shaxslar tushuniladi.
6-modda. Valyuta operatsiyalari
Valyuta operatsiyalariga quyidagilar kiradi:
valyuta boyliklariga bo‘lgan mulk huquqining va boshqa huquqlarning o‘zga shaxsga o‘tishi hamda valyuta boyliklarini to‘lov vositasi sifatida ishlatish bilan bog‘liq operatsiyalar;
valyuta boyliklarini O‘zbekiston Respublikasida olib kirish va jo‘natish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish va jo‘natish;
xalqaro pul jo‘natmalarini amalga oshirish;
rezidentlar va norezidentlar o‘rtasida milliy valyutadagi operatsiyalar.
Valyuta operatsiyalari joriy xalqaro operatsiyalarga hamda kapital harakati bilan bog‘liq valyuta operatsiyalariga bo‘linadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sof quyma oltin muomalasi tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.03.00 Valyuta operatsiyalari (bitimlari) / 07.27.03.01 Joriy xalqaro operatsiyalar]
7-modda. Joriy xalqaro operatsiyalar
Joriy xalqaro operatsiyalarga quyidagilar kiradi:
tashqi savdo, boshqa joriy faoliyat olib borilishi, shu jumladan xizmatlar ko‘rsatilishi munosabati bilan, shuningdek odatdagi qisqa muddatli bank va kredit mexanizmlari ishlashi munosabati bilan to‘lanishi zarur barcha to‘lovlar;
foizlar va boshqa daromadlar ko‘rinishida, shu jumladan bank omonatlari, kreditlar hamda lizing bo‘yicha olinadigan foizlar va boshqa daromadlar shaklida, shuningdek boshqa investitsiyalardan olinadigan sof daromad shaklida to‘lanishi zarur to‘lovlar;
kreditlarni, qarzlarni uzish uchun yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar amortizatsiyasi uchun maqbul summalarni to‘lash;
savdo bilan bog‘liq bo‘lmagan pul jo‘natmalarining maqbul summalari.
Savdo bilan bog‘liq bo‘lmagan pul jo‘natmalariga quyidagilar kiradi:
ish haqi, stipendiyalar, pensiyalar, alimentlar to‘lash;
xodimlarni O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga xizmat safariga yuborish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash;
ta’lim va davolanish uchun haq to‘lash;
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatiya va boshqa vakolatxonalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining davlatlararo yoki hukumatlararo tashkilotlar huzuridagi doimiy vakolatxonalari ta’minoti uchun haq to‘lash;
notarial va tergov harakatlari bilan bog‘liq to‘lovlar, shuningdek bunday harakatlarni amalga oshirish va ishlarni sudlarda ko‘rish munosabati bilan davlat boji to‘lash;
sudning, arbitrajning, shuningdek tergov va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning qarorlari asosida pul mablag‘lari to‘lash;
xalqaro kongresslar, simpoziumlar, konferensiyalarda, sport va madaniy tadbirlarda, shuningdek boshqa xalqaro uchrashuvlar, ko‘rgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etganlik uchun to‘lovlar, investitsiya bilan bog‘liq va moddiy xarajatlar bundan mustasno;
dafn qilish bilan bog‘liq to‘lovlar;
mualliflik haqini to‘lash, patent bojlarini to‘lash va intellektual mulk sohasidagi litsenziya shartnomalarining majburiyatlari bo‘yicha haq to‘lash;
xalqaro notijorat tashkilotlariga badallar;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan boshqa operatsiyalar.
Joriy xalqaro operatsiyalar va chet el valyutasini ular bilan bog‘liq holda sotib olish yoki sotish cheklovlarsiz amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.03.00 Valyuta operatsiyalari (bitimlari) / 07.27.03.02 Kapitalning harakatlanishi bilan bog‘liq valyuta operatsiyalari]
8-modda. Kapital harakati bilan bog‘liq valyuta operatsiyalari
Kapital harakati bilan bog‘liq valyuta operatsiyalariga joriy xalqaro operatsiyalar hisoblanmaydigan barcha operatsiyalar, shu jumladan:
investitsiya faoliyatini amalga oshirish;
kreditlar olish va berish, lizing operatsiyalarini amalga oshirish;
ko‘chmas mulkni sotib olish va sotish;
xorijiy davlatlardan mablag‘larni hisobvaraqlar va omonatlarga jalb etish hamda xorijiy davlatlarda mablag‘larni hisobvaraqlar va omonatlarga joylashtirish kiradi.
O‘zbekiston Respublikasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ularni repatriatsiya qilish, shuningdek to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni amalga oshirish munosabati bilan olingan huquqlardan foydalanish cheklovlarsiz amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining diplomatiya va boshqa vakolatxonalari ehtiyojlari uchun O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ko‘chmas mulk obyektlarini olish va ularni ko‘rish bo‘yicha kapital harakati bilan bog‘liq valyuta operatsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga binoan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida norezidentlar tomonidan ko‘chmas mulkni olish va sotish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 27-fevraldagi 92-sonli “Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasida uy-joy sotib olinishini hamda doimiy yashash uchun Toshkent shahriga kelishni tartibga solish to‘g‘risida”gi qarorga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar muomalasi, rezidentlar tomonidan chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar sotib olinishi, shuningdek rezidentlar chiqargan qimmatli qog‘ozlarning norezidentlar tomonidan sotib olinishi tartibi qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda belgilanadi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan hollar bundan mustasno.
(8-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Ushbu moddaning ikkinchi — beshinchi qismlarida nazarda tutilmagan kapital harakati bilan bog‘liq valyuta operatsiyalari rezidentlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilaydigan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun qarang: “Kapital harakati bilan bog‘liq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2536, 17.12.2013-y.).
9-modda. Chet el valyutasi bilan bog‘liq bo‘lgan hosila moliyaviy vositalar
Chet el valyutasi bilan bog‘liq bo‘lgan hosila moliyaviy vositalar (valyuta derivativlari) chet el valyutasi oldi-sotdisi bo‘yicha shartnomalar bo‘lib, ularda belgilangan majburiyatlar muayyan muddat o‘tgach yoki chet el valyutasining qiymatiga yoxud uning kursi o‘zgarishiga bog‘liq ravishda bajarilishi mumkin.
Chet el valyutasi bilan bog‘liq bo‘lgan hosila moliyaviy vositalar bo‘yicha operatsiyalar:
vakolatli banklar tomonidan o‘zaro yoki chet el banklari bilan cheklovlarsiz, ochiq valyuta mavqeyi limiti doirasida;
agar shartnoma tuzish joriy xalqaro operatsiyalarni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lsa, banklarning mijozlari tomonidan vakolatli banklar orqali amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy bo‘linmalari va muassasalari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.01.00 Umumiy qoidalar]
10-modda. O‘zbekiston Respublikasining valyutani tartibga soluvchi davlat organi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasida valyutani tartibga soluvchi davlat organidir.
Valyutani tartibga soluvchi davlat organi o‘z vakolatlari doirasida:
O‘zbekiston Respublikasida chet el valyutasining hamda chet el valyutasidagi to‘lov hujjatlarining muomalasi tartibini belgilaydi;
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy valyutada kassa operatsiyalarini yuritish Tartibiga (ro‘yxat raqami 611, 22.01.1999-y.) va O‘zbekiston Respublikasi hududida naqd xorijiy valyutani qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (yangi tahrirda) (ro‘yxat raqami 1165, 12.08.2002-y.) qarang.
milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursini aniqlash mexanizmini belgilaydi;
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi banklarda norezidentlar tomonidan milliy valyutada hamda rezidentlar va norezidentlar tomonidan chet el valyutasida hisobvaraqlar ochish va ularni yuritish tartibini belgilaydi;
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun Norezidentlarning O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi hisobvaraqlarini vakolatli banklar tomonidan yuritilish tartibiga (ro‘yxat raqami 510, 22.10.1998-y.), Vakolatli banklar tomonidan xorijiy valyutadagi hisobvaraqlarni yuritish tartibiga (ro‘yxat raqami 511, 22.10.1998-y.) va O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma (ro‘yxat № 1948, 27.04.2009-y.) qarang.
(10-moddaning ikkinchi qismi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
rezidentlar va norezidentlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida milliy valyutada chet el valyutasini sotib olish va sotish tartibini belgilaydi;
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/9-son qarori bilan tasdiqlangan “Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga qarang.
O‘zbekiston Respublikasida va undan tashqarida barcha turdagi valyuta operatsiyalarini amalga oshiradi;
chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun banklarga litsenziyalar berishning umumiy qoidalarini belgilaydi, bunday litsenziyalarni beradi va chaqirib oladi, shuningdek banklar faoliyatini nazorat qiladi va tartibga solib turadi;
valyuta birjasi faoliyatini amalga oshirish huquqini olish uchun litsenziyalash tartibini belgilaydi;
(10-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: “Valyuta birjasi faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2788, 18.05.2016-y.).
joriy xalqaro operatsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan odatdagi qisqa muddatli bank va kredit mexanizmlari muddatining chegarasini belgilaydi;
kreditlarni, qarzlarni uzish uchun yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar amortizatsiyasi uchun to‘lovlarning maqbul summalari miqdorini belgilaydi;
chet el valyutasi bilan bog‘liq bo‘lgan hosila moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar o‘tkazish tartibini belgilaydi;
kapital harakati bilan bog‘liq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibini belgilaydi;
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun qarang: “Kapital harakati bilan bog‘liq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2536, 17.12.2013-y.).
vakolatli banklar reyestrini yuritadi va e’lon qiladi;
vakolatli banklar uchun ochiq valyuta mavqeyi limitlarini belgilaydi;
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2005-yil 28-maydagi 610-sonli “Ochiq valyuta mavqeyini yuritish Qoidalarining yangi tahririni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1497) qarang.
qabul qilingan xalqaro standartlarga muvofiq valyuta operatsiyalari statistikasini tayyorlaydi va e’lon qiladi;
chet el valyutasidagi tushumning bir qismini rezidentlar tomonidan majburiy tarzda sotishning miqdori va tartibini belgilaydi;
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 29-iyundagi 245-son qarori bilan tasdiqlangan Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish Tartibiga qarang.
valyutani tartibga solish masalalari bo‘yicha barcha yuridik va jismoniy shaxslar bajarishi majburiy bo‘lgan normativ hujjatlar qabul qiladi, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
11-modda. Vakolatli banklar
Chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan banklar vakolatli banklardir.
Vakolatli banklar:
O‘zbekiston Respublikasi hududida ochiq valyuta mavqeyi limiti doirasida chet el valyutasini sotib olish va sotish bo‘yicha, shu jumladan hosila moliyaviy vositalar asosida chet el valyutasini sotib olish va sotish bo‘yicha bevosita o‘zaro, o‘z mijozlari bilan hamda valyuta birjalari orqali, shuningdek xalqaro bozorlarda operatsiyalarni amalga oshirishga;
O‘zbekiston Respublikasining banklarida va chet el banklarida vakillik hisobvaraqlariga hamda boshqa hisobvaraqlarga ega bo‘lishga;
naqd chet el valyutasini hamda chet el valyutasidagi to‘lov hujjatlarini jismoniy shaxslardan sotib olish va ularga sotish operatsiyalarini amalga oshirish uchun ayirboshlash shoxobchalarini ochishga haqlidir.
Vakolatli banklar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
12-modda. Valyuta operatsiyalarini amalga oshirishga doir cheklovlar
Valyuta operatsiyalarini amalga oshirishga doir cheklovlar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida belgilanishi mumkin.
(12-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi O‘RQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki iqtisodiy xavfsizlikka tahdid yuzaga kelganda valyuta operatsiyalarini amalga oshirishni vaqtincha to‘xtatib qo‘yishga yoki ularga doir cheklovlar joriy etishga haqli.
13-modda. Jismoniy shaxslarning valyuta boyliklari va ulardan foydalanilishi
Jismoniy shaxslar:
o‘z mulkida O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilgan, o‘tkazilgan yoki jo‘natilgan, O‘zbekiston Respublikasida olingan yoki sotib olingan valyuta boyliklariga ega bo‘lishga;
vakolatli banklarda va ularning filiallarida chet el valyutasida hisobvaraqlar ochish hamda omonatlar qo‘yishga;
bank hisobvaraqlarini ochgan holda yoki bunday hisobvaraqlarni ochmay turib xalqaro pul jo‘natmalarini amalga oshirishga;
valyuta boyliklarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasiga o‘tkazish, olib kirish va jo‘natishga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasidan o‘tkazish, olib chiqish va jo‘natishga;
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-yanvardagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan “Jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib kirish va olib chiqib ketish qoidalari”ga va “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan jismoniy shaxslar-rezidentlarga naqd xorijiy valyutani O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsatnomalar berish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga (ro‘yxat raqami 2678, 03.06.2015-y.) qarang.
valyuta boyliklaridan qonun hujjatlariga muvofiq mustaqil ravishda foydalanishga;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishga haqli.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.06.00 Chet el valyutasini sotib olish va sotish. Konvertatsiya. Valyuta almashtirish shohobchalari]
14-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasini sotib olish va sotish
O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasini sotib olish va sotish:
yuridik shaxslar tomonidan vakolatli banklar orqali;
jismoniy shaxslar tomonidan vakolatli banklar, ularning filiallari va ayirboshlash shoxobchalari orqali amalga oshiriladi.
15-modda. Milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursi
O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasini sotib olish va sotish bo‘yicha operatsiyalar milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan chet el valyutasiga bo‘lgan talab hamda taklifning joriy nisbati asosida shakllanadigan almashuv kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistika hisoboti hamda boshqa hisobot maqsadlari uchun, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida bojxona va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash uchun milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursini muntazam ravishda belgilab boradi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.07.00 Valyuta hisobvaraqlari]
16-modda. Rezidentlarning hisobvaraqlari
Rezidentlar O‘zbekiston Respublikasi hududidagi vakolatli banklarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda chet el valyutasida hisobvaraqlar ochishlari mumkin.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi Yo‘riqnomaga (ro‘yxat № 1948, 27.04.2009-y.) qarang.
Rezident yuridik shaxslarning chet el valyutasidagi mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi hududidagi vakolatli banklardagi valyuta hisobvaraqlarida saqlanadi va ular tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq mustaqil ravishda foydalaniladi.
Rezident yuridik shaxslar tomonidan olinadigan chet el valyutasi, shu jumladan tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportidan olingan valyuta tushumi, agar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqacha qoida belgilagan bo‘lmasa, ularning vakolatli banklardagi hisobvaraqlariga o‘tkazilishi shart.
Rezident yuridik shaxslar O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi banklarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda berilgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsatnomasi mavjud bo‘lgan taqdirda milliy valyutada va chet el valyutasida hisobvaraqlar ochishga hamda ulardan foydalanishga haqlidir.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 56-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yuridik shaxslar — rezidentlar tomonidan chet elda hisob raqamlari ochishga ruxsatnomalar berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
(16-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
O‘zbekiston Respublikasining rezident jismoniy shaxslari, diplomatiya va boshqa vakolatxonalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi tashkilotlarining chet eldagi, xo‘jalik yoki boshqa tijorat faoliyati bilan shug‘ullanmaydigan vakolatxonalari O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida hisobvaraqlar ochishiga hamda bu hisobvaraqlardan foydalanishiga ularning faqat xorijda bo‘lishi va faoliyat ko‘rsatishi davrida yo‘l qo‘yiladi. Ularning chet elda bo‘lishi yoki faoliyat ko‘rsatishi tugagach, hisobvaraqlar yopilishi lozim, hisobvaraqlardagi mablag‘larning qoldiqlari esa O‘zbekiston Respublikasiga o‘tkaziladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.07.00 Valyuta hisobvaraqlari]
17-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududida norezidentlarning hisobvaraqlari
O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha turgan norezident jismoniy shaxslar, immunitet hamda diplomatik imtiyozlardan foydalanadigan chet el diplomatiya va boshqa rasmiy vakolatxonalari, xalqaro tashkilotlar hamda ularning filiallari, shuningdek xorijiy tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasida xo‘jalik yoki boshqa tijorat faoliyati bilan shug‘ullanmaydigan vakolatxonalari O‘zbekiston Respublikasi hududidagi vakolatli banklarda milliy valyutada va chet el valyutasida hisobvaraqlar ochishga hamda ulardan foydalanishga haqlidir.
Vakolatli banklarning vakillari bo‘lgan chet el banklari vakolatli banklarda milliy valyutada va chet el valyutasida vakillik hisobvaraqlari hamda boshqa hisobvaraqlar ochish huquqiga ega.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.04.00 Chet el valyutasidagi hisob-kitoblar va to‘lovlar]
18-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasida hisob-kitoblar va to‘lovlar
O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha hisob-kitoblar va to‘lovlar milliy valyutada amalga oshiriladi, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
O‘zbekiston Respublikasi hududida hisob-kitoblar va to‘lovlarni chet el valyutasida amalga oshirishga quyidagi hollarda yo‘l qo‘yiladi:
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kreditlarni olish va qaytarishda;
vakolatli banklardagi omonatlarga pul mablag‘lari qo‘yishda, omonatlar bo‘yicha foizlar to‘lashda;
bankning chet el valyutasidagi operatsiyalar bo‘yicha vositachilik haqini undirishda;
chet el valyutasida ifodalangan bank kafolatlarini berish va ular yuzasidan to‘lovlarni amalga oshirishda;
vakolatli banklar, ularning filiallari va ayirboshlash shoxobchalari orqali chet el valyutasini sotib olish va sotishda;
yuridik shaxslarning ustav fondiga (ustav kapitaliga) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda valyuta boyliklarini kiritishda;
xayriya maqsadlarida amalga oshiriladigan operatsiyalarda;
meros huquqi bo‘yicha valyuta boyliklarini olishda;
bojsiz savdo do‘konlaridagi hisob-kitoblar, shuningdek xalqaro yo‘nalishlarda tashishda transport vositalarining qatnov yo‘llarida yo‘lovchilarga tovarlar sotish va xizmatlar ko‘rsatishdagi hisob-kitoblar bilan bog‘liq operatsiyalarda;
norezidentlar bilan tovarlarni boshqaga o‘tkazish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish, axborotni, intellektual faoliyat natijalarini, shu jumladan ularga bo‘lgan mutlaq huquqlarni boshqaga o‘tkazish to‘g‘risida shartnomalar tuzish va ularni bajarish bilan bog‘liq xizmatlar komissionyerlar (agentlar) tomonidan ko‘rsatilayotganda komissionyerlar (agentlar) va komitentlar (prinsipallar) o‘rtasida amalga oshiriladigan operatsiyalarda;
O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilayotgan yoki O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan yukning tranziti, uni tashish bilan bog‘liq xizmatlar ekspeditor, tashuvchi va fraxtchi tomonidan ko‘rsatilayotganda transport ekspeditsiyasi, tashish hamda charter (fraxtlash) shartnomalari bo‘yicha operatsiyalarda;
qimmatli qog‘ozlarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda sotib olish va sotishda;
rezidentlar tomonidan rezidentlar hamda norezidentlardan plastik to‘lov va kredit kartochkalari bo‘yicha to‘lovlarni qabul qilishda;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sug‘urta va qayta sug‘urta shartnomalari bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishda;
qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.08.00 Valyuta va valyuta boyliklarini olib kirish va olib chiqish]
19-modda. Naqd chet el valyutasi va milliy valyutani olib kirish hamda olib chiqish
Jismoniy shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga naqd chet el valyutasini olib kirishi cheklovlarsiz amalga oshiriladi.
Rezident jismoniy shaxslar naqd chet el valyutasini olib chiqish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni ko‘rsatmasdan qonun hujjatlarida belgilangan miqdordagi naqd chet el valyutasini O‘zbekiston Respublikasidan bir yo‘la olib chiqishlari mumkin.
Qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan ortiq bo‘lgan naqd chet el valyutasining rezident jismoniy shaxslar tomonidan olib chiqilishi ularda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yoki vakolatli banklar tomonidan beriladigan, O‘zbekiston Respublikasidan naqd chet el valyutasini olib chiqish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan jismoniy shaxslar-rezidentlarga naqd xorijiy valyutani O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsatnomalar berish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga (ro‘yxat raqami 2678, 03.06.2015-y.) qarang.
Norezident jismoniy shaxslar:
bojxona deklaratsiyasiga muvofiq olib kirilgan naqd chet el valyutasi miqdoridagi nakd chet el valyutasini;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va vakolatli banklar tomonidan beriladigan, ularning naqd chet el valyutasini olib chiqish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lgan taqdirda esa olib kirilgan naqd chet el valyutasidan ko‘p bo‘lgan miqdordagi naqd chet el valyutasini O‘zbekiston Respublikasidan bir yo‘la olib chiqishlari mumkin.
Rezident hamda norezident yuridik shaxslar tomonidan naqd chet el valyutasi va milliy valyutani olib kirish hamda olib chiqish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish taqiqlanadi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va vakolatli banklar bundan mustasno.
Vakolatli banklar tomonidan naqd chet el valyutasi va milliy valyutani olib kirish hamda olib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsatnomasi bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.
Rezident va norezident jismoniy shaxslarning naqd milliy valyutani olib kirishi hamda olib chiqishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-fevraldagi 86-sonli “O‘zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini olib kirish va olib chiqishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga va O‘zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini olib kirish va olib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 1326, 16.03.2004-y.) qarang.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.09.00 Valyuta nazorati]
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Hisob palatasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasida valyutani nazorat qiluvchi organlardir.
(20-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyuldagi O‘RQ-486-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son)
O‘zbekiston Respublikasida rezidentlar va norezidentlar tomonidan amalga oshirilayotgan valyuta operatsiyalarining qonun hujjatlariga muvofiqligini valyutani nazorat qiluvchi organlar o‘z vakolatlari doirasida belgilangan tartibda nazorat qiladilar.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.10.00 Valyuta operatsiyalari bo‘yicha hisobot]
21-modda. Valyuta operatsiyalari bo‘yicha hisobot
Valyuta operatsiyalari bo‘yicha hisobot taqdim etish tartibini, hisobotning turlari, shakli va uni taqdim etish muddatlarini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki valyutani nazorat qiluvchi boshqa organlar bilan birgalikda ularning o‘z vakolatlari doirasida belgilaydi.
LexUZ sharhi
“Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga (ro‘yxat raqami 2467, 12.06.2013-y.) qarang.
Norezidentlarning valyuta operatsiyalari bo‘yicha hisobot taqdim etishiga doir talablar valyuta operatsiyalarining faqat O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilgan qismiga nisbatan belgilanishi mumkin.
Jismoniy shaxslar chet el valyutasini sotib olish va sotish bo‘yicha hisobot taqdim etmaydilar.
22-modda. Nizolarni hal qilish
Valyuta operatsiyalarini amalga oshirish sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.11.00 Valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
23-modda. Valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 37-son, 403-modda; 2014-y., 36-son, 452-modda; 2015-y., 52-son, 645-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son; 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)