1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.03.00 Valyuta operatsiyalari (bitimlari) / 07.27.03.02 Kapitalning harakatlanishi bilan bogʻliq valyuta operatsiyalari]
[TSZ:
1.Moliya / Valyutani tartibga solish. Qimmatbaho metallar (toshlar)]
1. Kapital harakati bilan bogʻliq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2013-yil 23-noyabr,
22/2-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 23-noyabrdagi 22/2-sonli qaroriga ILOVA
Kapital harakati bilan bogʻliq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Xorijdan mablagʻ jalb qilish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 126-modda) va “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 6-modda) qonunlariga muvofiq kapital harakati bilan bogʻliq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
kapital harakati bilan bogʻliq valyuta operatsiyalari (bundan buyon matnda valyuta operatsiyalari deb yuritiladi) — joriy xalqaro operatsiyalar hisoblanmaydigan barcha operatsiyalar, jumladan:
investitsiya faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan rezidentlar tomonidan chet eldagi oʻz filiallarini aylanma mablagʻlar bilan toʻldirish;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 11-noyabrdagi 31/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2536-1, 23.11.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2017-y., 10/17/2536-1/0308-son)
kreditlar olish va berish, lizing operatsiyalarini amalga oshirish;
xorijiy davlatlardan mablagʻlarni hisobvaraqlar va omonatlarga jalb etish hamda xorijiy davlatlarda mablagʻlarni hisobvaraqlar va omonatlarga joylashtirish;
xorijdan mablagʻ jalb qilish — Oʻzbekiston Respublikasi yoki uning rezidenti tomonidan xorijiy davlatlar yoki norezidentlar aktivlarining (kreditlar, zayomlar va boshqalarning) mazkur xorijiy davlatga yoki norezidentga yoxud ularning talabiga koʻra uchinchi shaxsga shartlashilgan davrda adekvat aktivlarni, jumladan, aktivlardan foydalanganlik uchun toʻlovlarni taqdim etish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan holda jalb etilishi.
2. Tijorat banklari valyuta operatsiyalari hisobini yuritadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 11-noyabrdagi 31/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2536-1, 23.11.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2017-y., 10/17/2536-1/0308-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan kafolatlanmagan xorijdan mablagʻ jalb qilish toʻgʻrisidagi shartnomalar tashqi qarz hisobini yuritish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) roʻyxatga olinadi. Roʻyxatga olish tijorat banklari tomonidan mazkur shartnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni xabardor qilish tartibida Markaziy bankka taqdim etish orqali amalga oshiriladi. Markaziy bank xabardor qilingandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan kafolatlanmagan xorijdan mablagʻ jalb qilish toʻgʻrisidagi shartnomalar roʻyxatga olingan hisoblanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 11-noyabrdagi 31/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2536-1, 23.11.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2017-y., 10/17/2536-1/0308-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasining diplomatiya va boshqa vakolatxonalari ehtiyojlari uchun Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida koʻchmas mulk obyektlarini olish va ularni qurish boʻyicha valyuta operatsiyalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga binoan amalga oshiriladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi hududida norezidentlar tomonidan koʻchmas mulkni olish va sotish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar muomalasi, rezidentlar tomonidan chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar sotib olinishi, shuningdek rezidentlar chiqargan qimmatli qogʻozlarning norezidentlar tomonidan sotib olinishi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
61. Quyidagi operatsiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Vazirlar Mahkamasining qarorlari yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi:
10 000 AQSH dollari ekvivalentidan yuqori boʻlgan summada chet elda investitsiya faoliyatini amalga oshirish — rezidentlarning Oʻzbekiston Respublikasi banklaridagi hisobvaraqlaridan chet eldagi korxonalarning ustav kapitalini shakllantirish (yoki ulushli ishtirok etish), chet eldagi oʻz filiallarini aylanma mablagʻlar bilan toʻldirish uchun chet elga mablagʻlar oʻtkazish;
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan norezidentlarga kreditlar va pul, tovarlar (xizmatlar) koʻrinishidagi qarzlar hamda lizing obyektlarini berish;
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlarining Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklaridagi hisobvaraqlardan mablagʻlarni chet eldagi hisobvaraqlarga (omonatlarga) joylashtirish hamda koʻchmas mulkni sotib olish uchun oʻtkazish.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 11-noyabrdagi 31/2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2536-1, 23.11.2017-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2017-y., 10/17/2536-1/0308-son)
AQSHdagi xorijiy korxonalarning ustav fondini shakllantirish (yoki kapitalda ishtirok etish) uchun investitsiya faoliyati boʻyicha rezidentlar operatsiyalari — Oʻzbekiston Respublikasi banklaridagi rezidentlar hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini oʻtkazish, AQSHdagi filiallarini aylanma mablagʻlar bilan toʻldirish rezidentlar hisobvaraqlaridagi valyuta mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2025-yil 11-dekabrdagi 33/1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2536-2, 12.12.2025-y.) asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/2536-2/1168-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
7. Valyuta operatsiyasini amalga oshirish uchun rezident tomonidan tijorat bankiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 11-noyabrdagi 31/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2536-1, 23.11.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2017-y., 10/17/2536-1/0308-son)
mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda ariza;
valyuta operatsiyasi amalga oshirilishini nazarda tutuvchi hujjatning (shartnoma, kelishuv, bitim va/yoki boshqa hujjat) hamda unga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning nusxalari. Bunda hujjat matni davlat yoki rus tilida bayon etilgan boʻlishi, agar hujjat matni boshqa tilda bayon etilgan boʻlsa, u legallashtirilgan yoki unga belgilangan tartibda apostil qoʻyilgan boʻlishi hamda davlat yoki rus tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Mazkur hujjatlar taqdim etilgandan soʻng, tijorat banki tomonidan belgilangan tartibda valyuta operatsiyasi amalga oshiriladi.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 11-noyabrdagi 31/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2536-1, 23.11.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2017-y., 10/17/2536-1/0308-son)
8. Rezidentlar hujjatlarni elektron tizim orqali qabul qilish uchun dasturiy taʼminotga ega boʻlgan tijorat banklariga arizani elektron shaklda taqdim etishi mumkin. Bunda rezident valyuta operatsiyasi amalga oshirilishini nazarda tutuvchi hujjatning (shartnoma, kelishuv, bitim va/yoki boshqa hujjat) yoki unga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning nusxalarini arizaga ilova qilishi lozim.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 11-noyabrdagi 31/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2536-1, 23.11.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2017-y., 10/17/2536-1/0308-son)
bir valyuta operatsiyasi boʻyicha barcha hisob-kitob va toʻlovlarni asosiy depozit hisobvaragʻi ochilgan tijorat banki orqali valyuta operatsiyasi shartlariga muvofiq amalga oshirish;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 11-noyabrdagi 31/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2536-1, 23.11.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2017-y., 10/17/2536-1/0308-son)
valyuta operatsiyasi shartlariga oʻzgartirishlar kiritilganda (shartnomaning muddati uzaytirilishi, toʻlov muddatining kechiktirilishi, qarzni soʻndirish jadvalining oʻzgartirilishi, qarzning toʻliq soʻndirilishi yoki shartnomaning bekor qilinishi va boshqalar) tijorat bankini xabardor qilish.
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 11-noyabrdagi 31/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2536-1, 23.11.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2017-y., 10/17/2536-1/0308-son)
10. Valyuta operatsiyasini amalga oshirishda tijorat banki:
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 11-noyabrdagi 31/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2536-1, 23.11.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2017-y., 10/17/2536-1/0308-son)
valyuta operatsiyalari hisobini yuritish uchun raqamlangan, ip oʻtkazib tikilgan va tijorat bankining muhri bilan tasdiqlangan jurnal yuritishi;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 11-noyabrdagi 31/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2536-1, 23.11.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2017-y., 10/17/2536-1/0308-son)
amalga oshirilgan har bir valyuta operatsiyasi boʻyicha mazkur Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan hujjatlar, toʻlov hujjatlari va boshqa zarur hujjatlarning nusxalari tikilgan yigʻmajild yuritishi;
hisob-kitob va toʻlovlarni valyuta operatsiyasi shartlariga muvofiq amalga oshirishi;
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan kafolatlanmagan xorijdan mablagʻ jalb qilish toʻgʻrisidagi shartnomalar va ularga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar ijroga qabul qilingandan keyin 5 ish kuni ichida ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda Markaziy bankka taqdim etishi.
valyuta operatsiyasining holati (amalda, boshqa vakolatli tijorat bankiga yoki yakunlangan);
(11-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 11-noyabrdagi 31/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2536-1, 23.11.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2017-y., 10/17/2536-1/0308-son)
valyuta operatsiyasi hisobining yuritilishi tugallangan sana (boshqa tijorat bankiga oʻtkazilgan yoki yakunlangan).
(11-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 11-noyabrdagi 31/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2536-1, 23.11.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2017-y., 10/17/2536-1/0308-son)
12. Rezidentning asosiy depozit hisobvaragʻi boshqa tijorat bankiga oʻtkazilgan taqdirda, keyingi valyuta operatsiyalarining hisobi rezidentning asosiy depozit hisobvaragʻi oʻtkazilgan tijorat banki tomonidan yuritiladi.
Rezidentning valyuta operatsiyalari boʻyicha hujjatlari tijorat banklari oʻrtasida tuziladigan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi asosida oʻtkaziladi.
Dalolatnomaga mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda rezidentning yakunlangan valyuta operatsiyalari toʻgʻrisidagi hamda boshqa tijorat banklaridan olingan maʼlumotlar ilova qilinadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 11-noyabrdagi 31/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2536-1, 23.11.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2017-y., 10/17/2536-1/0308-son)
13. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Kapital harakati bilan bogʻliq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
_________________________________________________bilan bogʻliq valyuta operatsiyasini
amalga oshirishingizni soʻrayman.
______________________
_______________
______________________
(ariza beruvchining lavozimi)
(imzo)
(ariza beruvchining F.I.O.)
20___yil “____” ____________
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 11-noyabrdagi 31/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2536-1, 23.11.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2017-y., 10/17/2536-1/0308-son)
Yuridik shaxslar uchun — roʻyxatga olingan davlat, jismoniy shaxslar uchun — fuqaroligi
Hujjat toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Ijroga qabul qilingan sana
Xorijdan mablagʻ jalb qilish shakli (pul mablagʻlari, tovarlar, ish, xizmatlar koʻrinishidagi zayomlar, kredit, lizing yoki norezidentlarning mablagʻlarini hisobvaraqlar va omonatlarga jalb qilinishi)
Raqami va sanasi
Summasi va valyutasi
Muddati
Jalb qilingan mablagʻ soʻndiriladigan sana
Maqsadi
Boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar
x
Bank boshqaruvi raisi oʻrinbosari
___________________
_____________
(F.I.O.)
(imzo)
Ijrochi
___________________
_____________
*Izoh: mazkur ustun hujjatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganda toʻldiriladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 11-noyabrdagi 31/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2536-1, 23.11.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2017-y., 10/17/2536-1/0308-son)
Kapital harakati bilan bogʻliq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
____________________________ning yakunlangan valyuta operatsiyalari toʻgʻrisida
(rezidentning nomi)
MAʼLUMOT
T/r
Valyuta operatsiyasi turi
Valyuta operatsiyasi ijroga qabul qilingan sana
Valyuta operatsiyasini amalga oshirish uchun asos boʻlgan hujjatning sanasi va raqami
Valyuta operatsiyasining summasi va valyutasi
Valyuta operatsiyasi boʻyicha kelib tushgan tushumlar (tovar, ish, xizmat)
Valyuta operatsiyasi boʻyicha amalga oshirilgan toʻlovlar summasi
Valyuta operatsiyasi hisobi yuritilishi tugatilgan sana
Valyuta operatsiyasining tugatilishi uchun asos
1
2
3
4
5
6
7
8
1.
2.
Bank rahbari
___________
_________________
(imzo)
(F.I.O.)
Ijrochi
___________
_________________
(imzo)
(F.I.O.)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 51-son, 670-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2017-y., 10/17/2536-1/0308-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 16.12.2025-y., 10/25/2536-2/1168-son; 16.06.2026-y., 10/26/2536-3/0606-son)