1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.04.00 Chet el valyutasidagi hisob-kitoblar va toʻlovlar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.06.00 Chet el valyutasini sotib olish va sotish. Konvertatsiya. Valyuta almashtirish shohobchalari]
[TSZ:
1.Moliya / Valyutani tartibga solish. Qimmatbaho metallar (toshlar)]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi hududida naqd chet el valyutasini qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (yangi tahrirda)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 12-avgustda roʻyxatidan oʻtkazilgan, roʻyxat raqami 1165]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 25-avgustdagi 18/4, 38 va 2020-32-sonli ““Oʻzbekiston Respublikasi hududida naqd chet el valyutasini qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1165-10, 31.08.2020-y.) asosan 2020-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunning 40-moddasi va “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunning 7 va 21-moddalariga muvofiq va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 27-iyundagi PF-3099-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida naqd xorijiy valyutaning muomalasini tartibga solish boʻyicha qoʻshimcha choralar toʻgʻrisida”gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-iyundagi 263-sonli “Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2002-yil 28-iyundagi 235-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarorlarining ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida naqd xorijiy valyutani qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (yangi tahrirda) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab, 10 kundan soʻng kuchga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan 2002-yil 27-iyul, 222-V, 89, 2002-62-son qarori bilan “TASDIQLANGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi hududida naqd xorijiy valyutani qabul qilish tartibi toʻgʻrisida
nizom
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi (yangi tahrirda) qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasida hisob-kitoblar va toʻlovlarni amalga oshirish paytida naqd chet el valyutasini qabul qilish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida naqd xorijiy valyutani quyidagi holatlarda qabul qilish mumkin:
v) konsullik xizmatlari;
v1) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3451-son “Xorijiy davlatlarda koʻrgazma tadbirlarini oʻtkazish uchun moʻljallangan tovarlarni olib chiqish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq xorijiy davlatlarda oʻtkaziladigan koʻrgazma va yarmarkalarda sotilgan tovarlar;
d) boj toʻlamasdan savdo qiladigan doʻkonlardagi hisob-kitoblar bilan, shuningdek xalqaro tashishlar paytida transport vositalarining borish yoʻlida yoʻlovchilarga tovarlar va xizmatlar sotilganda hisob-kitoblar bilan bogʻliq operatsiyalar;
e) kreditlar boʻyicha muddatli va kechiktirilgan qarzlarni hamda ular boʻyicha chet el valyutasidagi foizlarni soʻndirish;
j) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik shaxslarning ustav fondiga (ustav sarmoyasiga) badalni toʻlash;
z) tijorat banklarida omonatlarga pul mablagʻlarini kiritish;
i) xayriya maqsadlarida amalga oshiriladigan pul mablagʻlarini kiritishda;
k) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sugʻurtalash va qayta sugʻurtalash shartnomalari boʻyicha qarzlarni soʻndirishda;
k1) norezident xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan eksport qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar);
k2) jismoniy shaxs — norezident tomonidan tashqi savdo shartnomasi boʻyicha debitor qarzdorliklarni soʻndirish uchun;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 22-iyundagi 222-B-9, 80, 2019-42-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1165-9, 05.07.2019-y.) asosan “k2” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 10/19/1165-9/3382-son)
n) qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda.
2. Koʻrsatilgan toʻlovlar naqd xorijiy valyutada, shuningdek plastik toʻlov va kredit kartochkalar orqali ham amalga oshirilishi mumkin.
3. Mazkur Nizom doirasida sotilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) toʻlovi uchun quyidagi xorijiy valyutalar qabul qilinishi mumkin:
AQSh dollari;
ingliz funt sterlingi;
EVRO;
shveysariya franki;
yapon iyenasi va tijorat bankining ixtiyoriga koʻra boshqa xorijiy valyutalar.
II. Bank muassasalari kassalariga naqd valyutani qabul qilish tartibi
4. Mazkur Nizom 1-bandining “v1” , “e” , “j” , “z” , “i” , “k” , “k1” , “n” kichik bandlarida nazarda tutilgan hollarda naqd chet el valyutasini qabul qilish tijorat banklarining kassalarida Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 3028, 2018-yil 29-iyun) muvofiq amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 16-fevraldagi 222-V-8, 15, 2019-11-sonli qarori (roʻyxat raqami 1165-8, 28.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2019-y., 10/19/1165-8/2685-son)
41. Mazkur Nizomning 1-bandi “j”, “z”, “k1” va “k2” kichik bandlarida nazarda tutilgan hollarda jismoniy shaxs — norezident tomonidan quyidagi hujjatlardan biri taqdim etilganda naqd chet el valyutasi bank kassasiga qabul qilinadi:
jismoniy shaxs — norezident tomonidan naqd chet el valyutasini chet eldan olib kelganligini tasdiqlovchi yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi;
mablagʻlar bankomat (terminal) orqali jismoniy shaxs — norezidentning bank kartalaridan echilganligini tasdiqlovchi cheklar;
jismoniy shaxs — norezident nomiga uning Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochilgan hisobvaraqlariga chet eldan kelib tushgan mablagʻlarning echilganligini tasdiqlovchi bank maʼlumotnomalari.
Naqd chet el valyutasi norezident tomonidan berilgan ishonchnoma asosida jismoniy shaxs — rezidentlardan qabul qilinganda, pul mablagʻlari ushbu jismoniy shaxs-rezident tomonidan chet eldan olib kelganligini tasdiqlovchi yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasining taqdim etilishi majburiy sharti boʻlib hisoblanadi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 22-iyundagi 222-B-9, 80, 2019-42-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1165-9, 05.07.2019-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 10/19/1165-9/3382-son)
III. Korxona va tashkilotlar kassalariga naqd xorijiy valyutani qabul qilish tartibi
9. Mazkur Nizom 1-bandining “v” va “d” kichik bandlarida nazarda tutilgan hollarda korxonalar va tashkilotlarning maxsus kassalariga naqd xorijiy valyutani qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasida kassa operatsiyalarini yuritish tartibiga (roʻyxat raqami 611, 1999-yil 22-yanvar) muvofiq, valyuta tushumini belgilangan tartibda inkassatsiya qilgan holda amalga oshiriladi.
12. Mazkur Nizomning talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
13. Tijorat banklari Oʻzbekiston Respublikasi hududida naqd chet el valyutasini qabul qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan shakl va muddatlarda taqdim etadilar.
Mazkur Nizomga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish Markaziy bank va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining zimmasiga yuklanadi.