toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.12.2019
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan jismoniy shaxslar-rezidentlarga naqd xorijiy valyutani O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsatnomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 3-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2678]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 13-dekabrdagi 30/12-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3208, 30.12.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 30-yanvardagi PQ-1914-son “Jismoniy shaxslarga xorijiy valyutani sotish tartibini yanada liberallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan jismoniy shaxslar-rezidentlarga naqd xorijiy valyutani O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsatnomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2003-yil 21-iyundagi 13/7-son “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2000-yil 5-iyuldagi 12/1-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan jismoniy shaxslar-rezidentlarga naqd xorijiy valyutani respublika hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsatnomalar berish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning yangi tahririni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1253, 2003-yil 3-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 13-14-son);
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2003-yil 23-avgustdagi 20/1-son “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2000-yil 5-iyuldagi 12/1-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan jismoniy shaxslar-rezidentlarga naqd xorijiy valyutani mamlakat hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsatnomalar berish tartibi to‘g‘risida nizomning yangi tahririni tasdiqlash to‘g‘risidagi” Boshqaruv qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1253-1, 2003-yil 9-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 17-18-son).
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2015-yil 16-may,
12/6-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 16-maydagi 12/6-sonli qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan jismoniy shaxslar-rezidentlarga naqd xorijiy valyutani O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsatnomalar berish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi hamda “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq jismoniy shaxslar-rezidentlarga 5000 AQSh dollari ekvivalenti miqdoridan oshgan naqd xorijiy valyutani O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsatnoma berish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 27-yanvardagi 3/5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2678-2, 12.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2018-y., 10/18/2678-2/0878-son)
1. Jismoniy shaxslar-rezidentlar tomonidan 5000 AQSh dollari ekvivalenti miqdoridan oshgan naqd xorijiy valyutani O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar yoki Toshkent shahar bo‘yicha bosh boshqarmasining (bundan buyon matnda Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi deb yuritiladi) ruxsatnomasi (bundan buyon matnda ruxsatnoma deb yuritiladi) olinishi shart.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 27-yanvardagi 3/5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2678-2, 12.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2018-y., 10/18/2678-2/0878-son)
2. Jismoniy shaxslar-rezidentlarga ruxsatnomalar quyidagi maqsadlar uchun beriladi:
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari asosida hukumat delegatsiyalari tarkibida xorijiy davlatlarga chiqish uchun;
(2-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 27-yanvardagi 3/5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2678-2, 12.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2018-y., 10/18/2678-2/0878-son)
b) xorijiy davlatlarda doimiy yashash maqsadida xorijiy davlatlarga chiqish uchun;
v) xizmat safari yuzasidan xorijiy davlatlarga chiqish uchun;
g) ta’lim olish maqsadida xorijiy davlatlarga chiqish uchun;
d) boshqa maqsadlar uchun (sayyohlik safarlari, davolanish, qarindoshlarni ko‘rib-kelish, sport musobaqalari va h.k.).
3. Jismoniy shaxslar-rezidentlar ruxsatnoma olish uchun Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 27-yanvardagi 3/5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2678-2, 12.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2018-y., 10/18/2678-2/0878-son)
a) mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda ariza;
(3-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 2-dekabrdagi 33/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2678-1, 14.12.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.12.2017-y., 10/17/2678-1/0415-son)
b) quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda pasport nusxasi:
pasport seriyasi, raqami va berilgan sanasi;
pasport bergan organ nomi;
O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqish huquqini beruvchi ruxsatnoma belgisi (agar talab qilinsa);
xorijiy davlatga chiqish vizasi (agar viza rejimi belgilangan bo‘lsa);
O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi belgi;
v) O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqish huquqini beruvchi ruxsatnoma nusxasi (agar talab qilinsa);
g) naqd xorijiy valyuta kelib chiqishining manbasini tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxalari ko‘rsatilgan holda ularning nusxalari (ilgari naqd xorijiy valyuta sotib olinganligini tasdiqlovchi bank ma’lumotnomasi, jismoniy shaxs — rezidentning tijorat bankida ochilgan hisobvaraqlariga xorijdan kelib tushgan valyuta mablag‘larini echilganligini tasdiqlovchi bank ma’lumotnomasi yoki naqd xorijiy valyutani xorijiy davlatlardan olib kelganligini tasdiqlovchi bojxona deklaratsiyasi);
(3-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 27-yanvardagi 3/5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2678-2, 12.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2018-y., 10/18/2678-2/0878-son)
d) xizmat safariga yuborilayotgan shaxslar uchun — xorijga xizmat safariga yuborish to‘g‘risidagi buyruqning, taklif etayotgan taraf xatlarining nusxasi;
e) hukumat delegatsiyalari tarkibida xorijga borayotgan shaxslar uchun — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi farmoyishining nusxasi;
j) xorijga chiqish maqsadini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar — agar mavjud bo‘lsa.
4. Jismoniy shaxslar-rezidentlarning arizalarini ko‘rib chiqish va ularga ruxsatnomalarni berish yoki ruxsatnomalar berishni rad etish ariza kelib tushgan sanadan boshlab o‘n kundan kechiktirmasdan amalga oshiriladi.
5. Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi tomonidan ruxsatnomalar berishda:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 27-yanvardagi 3/5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2678-2, 12.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2018-y., 10/18/2678-2/0878-son)
a) jismoniy shaxslar-rezidentlar mazkur Nizomning 2-bandida ko‘rsatilgan maqsadlarda chet elga chiqayotganligi;
b) jismoniy shaxslar-rezidentlar tomonidan mazkur Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar tegishliligi bo‘yicha to‘liq taqdim etilganligi asos bo‘ladi.
6. Jismoniy shaxs-rezident tomonidan mazkur Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan talablarga rioya qilinmagan taqdirda Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi ruxsatnoma berishni rad etadi va bu haqda jismoniy shaxs-rezidentga yozma ravishda javob beradi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 27-yanvardagi 3/5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2678-2, 12.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2018-y., 10/18/2678-2/0878-son)
7. Taqdim etilgan hujjatlar mazkur Nizom talablariga muvofiq bo‘lganda, Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi tomonidan ushbu Nizomning 2-ilovasida keltirilgan 09006-1 shakl bo‘yicha ruxsatnoma rasmiylashtiriladi.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 27-yanvardagi 3/5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2678-2, 12.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2018-y., 10/18/2678-2/0878-son)
09006-1-son shakl ruxsatnoma qat’iy hisobot blanki hisoblanib Markaziy bankning tegishli hududiy Bosh boshqarmasi buyurtmasi bo‘yicha “Davlat belgisi” DIChBda tayyorlanadi va zarur himoyalash darajalariga ega bo‘ladi. Bunda har bir blank yagona seriya va tartib raqamiga ega bo‘lgan ikki nusxadan tashkil topadi;
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 27-yanvardagi 3/5-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2678-2, 12.03.2018-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2018-y., 10/18/2678-2/0878-son)
Ruxsatnoma jismoniy shaxslar — rezidentlar doimiy yashab turgan joydagi Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi boshlig‘i tomonidan imzolanadi hamda olib chiqilayotgan jami summaga beriladi;
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 27-yanvardagi 3/5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2678-2, 12.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2018-y., 10/18/2678-2/0878-son)
Ruxsatnomaning rasmiylashtirilishi va berilishi uchun to‘lov undirilmaydi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 27-yanvardagi 3/5-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2678-2, 12.03.2018-y.) asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2018-y., 10/18/2678-2/0878-son)
8. Ruxsatnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi, birinchi nusxasi jismoniy shaxs — rezidentga beriladi, ikkinchi nusxasi Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasida qoldiriladi.
Ruxsatnoma arizada ko‘rsatilgan naqd xorijiy valyutani bir marta O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqish huquqini beradi va u faqat unda ko‘rsatilgan muddat mobaynida amal qiladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 27-yanvardagi 3/5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2678-2, 12.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2018-y., 10/18/2678-2/0878-son)
9. Ruxsatnoma jismoniy shaxslar-rezidentlar tomonidan bojxona organlariga topshirilishi shart.
10. Ruxsatnoma berilgan sanadan boshlab uch oy davomida haqiqiy hisoblanadi.
11. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan jismoniy shaxslar-rezidentlarga naqd xorijiy valyutani O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsatnomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA

‎‎O'zbekiston Respublikasi
‎Markaziy Bankiga

‎‎ARIZA

‎‎Men _____________________________________________________________________________________________(familiyasi, ismi va otasining ismi)

‎_________________________________________________________________________________________________(pasport seriyasi, raqami, berilgan sanasi va uni bergan organning nomi)

_______________________________________________________________________‎‎(davlat nomi, shahar)

‎‎ga chiqishim munosabati bilan

‎‎_________________________________________________________________________________________________(xorijiy valyuta turi, miqdori (raqam va so’z bilan)

‎‎‎‎_________________________________________________________________________________________________
‎‎miqdordagi naqd xorijiy valyutani O'zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishga ruxsat berishingizni so’rayman.
‎‎Xorijiy davlatga chiqishdan maqsad (asos) ________________________________________________________________
‎_________________________________________________________________________________________________
‎_________________________________________________________________________________________________
Ketish sanasi: 20__yil “____” ______________.‎‎
‎‎‎‎Kelish sanasi: 20__yil “____” ______________.

F.I.O.‎

______________________
‎‎‎(imzo)

‎‎20__ yil “____” _________________.

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 2-dekabrdagi 33/3-sonli (ro‘yxat raqami 2678-1, 14.12.2017-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.12.2017-y., 10/17/2678-1/0415-son)
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan jismoniy shaxslar-rezidentlarga naqd xorijiy valyutani O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsatnomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA

‎‎Shakl: 09006-1


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKINING
‎_________________________________________________
‎(O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ‎Qoraqalpog’iston Respublikasi,
‎viloyatlar va ‎Toshkent shahridagi bosh boshqarmasi nomi)

‎‎_____ ____________-sonli RUXSATNOMA

‎‎20__yil “___”_________________

‎‎Xorijga jo'nab ketayotgan‎‎ _________________________________________________________________ga

‎‎(familiyasi, ismi va otasining ismi)

‎‎ushbu hujjat bo'yicha xorijga chiqish ruxsati bo'lgan pasporti ___________________________________________________

‎‎_________________________________________________________________________________________________
‎(seriyasi, nomeri)

‎‎______________________________________________________________________________________ ko'rsatilganda
‎(berilgan vaqti, kim tomonidan berilgan)

‎‎_________________________________________________________________________________________________
‎(summasi raqam va so’z bilan yozilsin)

‎‎_________________________________________________________________________________________________
‎(xorijiy valyutaning to’liq nomi)

‎‎miqdoridagi naqd xorijiy valyutani xorijga olib chiqishga ruxsat etiladi.
‎‎Ushbu ruxsatnoma bojxonaga topshirilishi shart.
‎‎Bosh boshqarma ‎boshlig'i

‎‎__________________(imzo)

‎‎‎__________________‎_______________________
M.O'.‎
‎‎QALBAKILASNTIRISN QONUNGA MUVOFIQ
‎TA’QIB QILINADI
‎TUZATISN KIRITISN MUMKIN EMAS
‎‎BOSNQA SNAXSLARGA BERISN TAQIQLANADI

‎UCH OY DAVOMIDA HAQIQIYDIR.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 27-yanvardagi 3/5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2678-2, 12.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2018-y., 10/18/2678-2/0878-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 22-son, 296-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.12.2017-y., 10/17/2678-1/0415-son; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2018-y., 10/18/2678-2/0878-son)