toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.12.2020
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI boshqaruvi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO‘MITASINING
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING NAQD MILLIY VALYUTASINI OLIB KIRISh VA OLIB ChIQISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 16-martda 1326-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi 2020-yil 20-noyabrdagi 22/2-son va Davlat bojxona qo‘mitasining 2020-yil 19-noyabrdagi 01-02/15-47-sonli ““O‘zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini olib kirish va olib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirishlar va qo‘shimchani o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1326-3, 04.12.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonunining 19-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-fevraldagi 86-son “O‘zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini olib kirish va olib chiqishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini olib kirish va olib chiqish tartibi to‘g‘risida”gi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan sanadan 10 kun o‘tgach kuchga kiritilsin.
Markaziy banki boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2004-yil 1-mart,
249-V-son
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2004-yil 1-mart,
01-02/19-16-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2004-yil 1-martdagi 249-V, 01-02/19-16-son qarori bilan
“TASDIQLANGAN”
O‘zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini olib kirish va olib chiqish tartibi to‘g‘risida
Nizom
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonunining 19-moddasiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-fevraldagi 86-son “O‘zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini olib kirish va olib chiqishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan hamda O‘zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi — “so‘m”ni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va respublikadan tashqariga olib chiqish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
rezidentlar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari; O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
norezidentlar — rezident tushunchasiga javob bermaydigan shaxslar;
O‘zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi — qog‘oz va tanga pullar ko‘rinishidagi O‘zbekiston Respublikasining pul birligi — “so‘m”.
3. O‘zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va respublikadan tashqariga olib chiqish bojxona qoidalariga rioya qilish sharti bilan va mazkur Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
4. Mazkur Nizom qimmatbaho metallardan yasalgan, O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi hisoblangan esdalik tangalarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va respublikadan tashqariga olib chiqishga tatbiq etilmaydi.
5. Rezident va norezident jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va olib chiqishga O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining 50 baravaridan oshmaydigan summa doirasida ruxsat beriladi.
6. Mazkur Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan summadan ortiqcha O‘zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini jismoniy shaxslar — rezidentlar tomonidan olib chiqishga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Bosh boshqarmalarining (bundan buyon matnda Markaziy bank bosh boshqarmalari deb yuritiladi) olib chiqilayotgan jami summaga ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi.
7. Ruxsatnoma olish uchun jismoniy shaxslar — rezidentlar tomonidan Markaziy bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) ariza, unda quyidagilar ko‘rsatiladi:
jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
jismoniy shaxs yashayotgan manzil;
olib chiqilayotgan summa;
naqd milliy valyutadan respublika tashqarisida foydalanish maqsadlari;
b) pasport yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning guvohnomasi va ularning nusxalari.
8. Jismoniy shaxslar — rezidentlarning arizalari Markaziy bank bosh boshqarmalariga kelib tushgan sanadan boshlab 10 kundan oshmagan muddat ichida ko‘rib chiqiladi.
9. Markaziy bank bosh boshqarmalri tomonidan jismoniy shaxslar — rezidentlarga naqd milliy valyutani respublikadan tashqariga olib chiqish uchun ruxsatnoma berish sharti bo‘lib mazkur Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarning tegishli tarzda rasmiylashtirilganligi hamda ularda ishonchsiz yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjud emasligi hisoblanadi.
10. Jismoniy shaxs — rezident tomonidan mazkur Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan shartlarga rioya qilinmagan taqdirda Markaziy bank bosh boshqarmalari tomonidan ruxsatnoma berish rad etilishi mumkin.
11. Taqdim etilgan hujjatlar mazkur Nizom talablariga muvofiq bo‘lganda, Markaziy bank bosh boshqarmalari tomonidan ushbu Nizomning ilovasida keltirilgan 09006 shakl bo‘yicha ruxsatnoma rasmiylashtiriladi.
09006 shakl ruxsatnoma qat’iy hisobot blanki hisoblanib Markaziy bank bosh boshqarmalarining buyurtmanomasi bo‘yicha “Davlat belgisi” DIChBda tayyorlanadi va zarur himoya darajalariga ega bo‘ladi. Bunda har bir blank yagona seriya va tartib raqamiga ega bo‘lgan ikki nusxadan tashkil topadi.
Ruxsatnoma Markaziy bank bosh boshqarmalari boshliqlari tomonidan imzolanadi.
Ruxsatnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi, birinchi nusxasi jismoniy shaxs-rezidentga beriladi, ikkinchi nusxasi Markaziy bank bosh boshqarmalarida qoldiriladi.
Ruxsatnomaning rasmiylashtirilishi va berilishi uchun to‘lov undirilmaydi.
Ruxsatnoma arizada ko‘rsatilgan summada naqd milliy valyutani bir marta O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish huquqini beradi va u faqat unda ko‘rsatilgan muddat mobaynida amal qiladi.
12. Rezident va norezident yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini olib kirish va olib chiqishga yo‘l qo‘yilmaydi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsatnomasi bo‘lganida tijorat banklar bundan mustasno.
13. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi olib kirilishi va olib chiqilishida bojxona to‘lovlari undirilmaydi, bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno.
14. Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining 50 baravaridan oshmaydigan naqd milliy valyutani olib kirish va olib chiqishda yozma deklaratsiyalash talab etilmaydi.
Jismoniy shaxslar — rezidentlar tomonidan belgilangandan ortiq summani olib chiqishda olib chiqilayotgan naqd milliy valyutaning jami summasi yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatiladi.
15. Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi belgilangan me’yordan ortiqcha olib kirilganda TS-21 kvitansiyasi to‘ldiriladi.
16. Bojxona nazorati paytida aniqlangan O‘zbekiston Respublikasining qalbaki naqd milliy valyutasi o‘tkazilmaydi, ushlab qolinadi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
17. Bojxona xizmatlarining mansabdor shaxslari fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiladigan bojxona qoidalari to‘g‘risida belgilangan tartibda oldindan xabardor qilishlari shart.
O‘zbekiston Respublikasi naqd milliy valyutasini olib kirish va olib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA

‎‎Shakl: 09006


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKINING
‎_________________________________________________
‎(O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ‎Qoraqalpog’iston Respublikasi,
‎viloyatlar va ‎Toshkent shahridagi Bosh boshqarmasi nomi)

‎‎_____ ____________-sonli RUXSATNOMA

‎‎20__yil “___”_________________

‎‎Xorijga jo'nab ketayotgan‎‎ _________________________________________________________________ga

‎‎(familiyasi, ismi va otasining ismi)

‎‎ushbu hujjat bo'yicha xorijga chiqish ruxsati bo'lgan pasporti __________________________________________________

‎‎________________________________________________________________________________________________
‎(pasport seriyasi va nomeri)

‎‎_____________________________________________________________________________________ ko'rsatilganda
‎(berilgan vaqti, kim tomonidan berilgan)

‎‎________________________________________________________________________________________________
‎(summasi raqam va so’z bilan yozilsin)

‎‎miqdoridagi naqd milliy valyutani xorijga olib chiqishga ruxsat etiladi.
‎‎Ushbu ruxsatnoma bojxonaga topshirilishi shart.
‎‎Bosh boshqarma ‎boshlig'i

‎‎__________________(imzo)

‎‎‎__________________‎_______________________
M.O'.‎
‎‎QALBAKILASNTIRISN QONUNGA MUVOFIQ
‎TA’QIB QILINADI
‎TUZATISN KIRITISN MUMKIN EMAS
‎‎BOSNQA SNAXSLARGA BERISN TAQIQLANADI

‎UCH OY DAVOMIDA HAQIQIYDIR.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Davlat bojxona qo‘mitasining 2015-yil 22-avgustdagi 249-V-1, 01-02/19-39-son (ro‘yxat raqami 1326-1, 2015-yil 4-sentabr) va 2018-yil 27-yanvardagi 3/4, 01-02/19-11-son (ro‘yxat raqami 1326-2, 2018-yil 12-mart) qarorlari bilan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan.