1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.07 Koʻchmas mulkni sotish;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan taʼminlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.05.00 Uy-joyni mulk qilib sotib olish boʻyicha bitimlar. Uy-joyni berish.;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi, kirishi va chiqishi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolik. Aholi. Pasport tizimi;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida uy-joy sotib olinishini tartibga solish toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-apreldagi 116-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 17-son, 191-modda)
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni roʻyxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida uy-joy sotib olish jarayonlarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(kirish qismi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-apreldagi 116-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 17-son, 191-modda)
1. Belgilab qoʻyilsinki:
uy-joyni oluvchi tomon xorijiy fuqarolar yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar hisoblanganda Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan uy-joyni sotib olish, ayirboshlash yoki garovga qoʻyish bitishuvlarini notarial tasdiqlash va keyinchalik Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalarining tegishli tumanlar (shaharlar)dagi filiallari tomonidan unga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlar bilan bir qatorda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tomonidan belgilangan tartibda berilgan yashash uchun ruxsatnoma taqdim etilgan taqdirda amalga oshiriladi. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga, ular tomonidan respublika hududida investitsiyaviy faoliyat olib borilgan taqdirda, ularga respublika hududidan turar-joy sotib olish va Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini olish huquqi berilishi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, mazkur xatboshida belgilangan bitishuvlarni notarial tasdiqlash va tegishli huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun ichki ishlar organlari tomonidan beriladigan yashash uchun ruxsatnoma talab etilmaydi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi 958-sonli qarori tahririda)
uy-joyning egasi hisoblangan, yashash joyida boʻlmagan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan kommunal xizmatlar va uy-joydan foydalanish xarajatlari uchun uzoq vaqt (12 oydan ortiq) haq toʻlanmagan taqdirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining taqdimnomasiga koʻra kommunal xizmatlar va uy-joydan foydalanish xarajatlariga haq toʻlash yuzasidan qarzlarni undirish masalasini hal qilish uchun uy-joy belgilangan tartibda xatlab qoʻyiladi;
uy-joyni hadya qiluvchining yaqin qarindoshi boʻlmagan hamda Oʻzbekiston Respublikasida yashash uchun ruxsatnomaga ega boʻlmagan xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga uy-joyni hadya qilish shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun uy-joyning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalarining tegishli tumanlar (shaharlar)dagi filiallari tomonidan aniqlangan roʻyxatdan oʻtkazish qiymatining 100 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-apreldagi 116-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 17-son, 191-modda)
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-apreldagi 116-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 17-son, 191-modda)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-apreldagi 116-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 17-son, 191-modda)
4. Mazkur qarorning amal qilishi:
xorijiy fuqarolar — diplomatik korpus xodimlariga;
xorijiy fuqarolar — Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan xalqaro tashkilotlar, xorijiy firmalar, kompaniyalar va banklarning doimiy vakolatxonalari xodimlariga tatbiq etilmaydi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-fevraldagi 54-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 9-son, 88-modda)
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-apreldagi 116-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 17-son, 191-modda)
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-apreldagi 116-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 17-son, 191-modda)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi bir hafta muddatda idoraviy meʼyoriy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
6. Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Toshkent shahri maqomi toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov va Toshkent shahri hokimi K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.