toggle_night_mode
Hujjat 17.03.2026 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va turizm sohalarida aholi talablariga tezkor javob bera oladigan boshqaruv tizimini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 18-noyabrdagi PF-217-son Farmoni hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish va turizm sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 19-noyabrdagi PQ-348-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va turizm sohalarida aholi talablariga tezkor javob bera oladigan boshqaruv tizimini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 18-noyabrdagi PF-217-son Farmoniga asosan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Turizm qoʻmitasi) sifatida qayta tashkil etilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Turizm qoʻmitasining maqomi, tizimi, asosiy vazifalari hamda funksiyalari;
Turizm qoʻmitasining huquqlari va javobgarligi;
Turizm qoʻmitasi rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hamda javobgarligi;
Turizm qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish, uning respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi;
Turizm qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari faoliyatini moliyalashtirish hamda xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Turizm qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi raisi A.Oʻ. Aqqulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 16-mart,
105-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari va javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalarini belgilaydi.
2. Qoʻmita turizm sohasini tartibga solish va rivojlantirish boʻyicha yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi alohida mustaqil maqomga ega respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.
3. Qoʻmita Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi oʻrinlarda — Vazirlar Mahkamasi) boʻysunadi.
4. Qoʻmita oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
5. Qoʻmita oʻz vakolatlari doirasida umummajburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish huquqiga ega.
6. Qoʻmita, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar turizm boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boʻlinmalar) Qoʻmitaning tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar yuridik shaxslar hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi.
7. Qoʻmitaning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi, qisqartirilgan nomi — Turizm qoʻmitasi;
b) rus tilida:
toʻliq nomi — Komitet po turizmu Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Komitet po turizmu;
v) ingliz tilida:
toʻliq nomi — Tourism Committee of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Tourism Committee.
8. Qoʻmitaning joylashgan manzili (pochta manzili): Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Amir Temur shoh koʻchasi, 107b-uy.
2-bob. Qoʻmitaning tuzilmasi
9. Qoʻmita tizimiga quyidagilar kiradi:
Qoʻmitaning markaziy apparati;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri turizm boshqarmalari;
Qoʻmitaning xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonalari;
“Milliy PR-markazi” davlat muassasasi;
“Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi” davlat muassasasi;
“Turistlarga xizmat koʻrsatish markazi” davlat muassasasi;
“Ipak yoʻli ofisi” davlat muassasasi;
“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va uning huzuridagi Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusi;
“Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti” davlat muassasasi;
“Beldirsoy-Chimyon-Nanay” xalqaro umummavsumiy kurortini qurish va ekspluatatsiya qilish boʻyicha loyiha ofisi” davlat muassasasi.
3-bob. Qoʻmita, uning markaziy apparati va hududiy boshqarmalarining asosiy vazifalari va funksiyalari
1-§. Qoʻmitaning asosiy vazifalari va funksiyalari
10. Quyidagilar Qoʻmitaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
turizm turlarini diversifikatsiya qilish, eng avvalo, ichki va ziyorat turizmi, ekologik turizm, etnoturizm, ishbilarmonlik turizmi, sport, gastronomik, tibbiy, taʼlim va ilmiy turizmni har tomonlama rivojlantirish, tashqi va ichki turizmni har tomonlama kengaytirish, yangi turizm yoʻnalishlarini ishlab chiqish hamda ularni turizm bozorlarida joriy qilish;
turizm xizmatlarining tashqi va ichki bozorlarida marketing tadqiqotlarini olib borish, mamlakatning turizm sohasini yanada rivojlantirish, bebaho turizm salohiyatini ommalashtirish va targʻib qilish, milliy turizm mahsulotlari va brendlarining xalqaro turizm bozorlariga kirib borishiga yoʻnaltirilgan faol reklama-axborot siyosatini amalga oshirish;
turizm infratuzilmasini shakllantirish, shu jumladan, turizm obyektlarini joylashtirish uchun imkoniyat yuqori boʻlgan hududlarda rejalashtirish va loyihalashtirish ishlarini tashkil etish, investorlarni jalb qilish, turizm sohasida tadbirkorlik faolligi oshishiga har tomonlama koʻmaklashish, turizm obyektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida samarali boshqarish hamda sohani bosqichma-bosqich toʻliq raqamlashtirish;
mamlakatning turizm salohiyatini tubdan oshirish, turizmga iqtisodiyotning strategik sektori maqomini berish, turizm sohasida yagona davlat siyosatini yuritish maqsadida turizmni rivojlantirishning yaxlit konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishni taʼminlash;
respublika hududlarining turizm salohiyatidan kelib chiqib, turizmning istiqbolli yoʻnalishlarini belgilash, yangi turizm mahsulotlarini yaratish, ularni pasportlashtirish, turizm sohasidagi yagona reyestrlarni shakllantirish;
turizm obyektlarida, ovqatlanish joylarida, respublika hududi boʻylab harakatlanish vaqtida va tashriflarni tashkil etishda turistlar xavfsizligi hamda sogʻligʻini taʼminlashga yoʻnaltirilgan turizm xizmatlarini koʻrsatish sifati va xavfsizligining standartlarini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish;
turizm boʻyicha nufuzli xalqaro va milliy tashkilotlar, birinchi navbatda, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Butunjahon turizm tashkiloti, shuningdek, xorijiy kompaniyalar bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish, xalqaro va davlatlararo standartlar hamda normalarni turizm faoliyati va amaliyotiga joriy etish;
turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash boʻyicha takliflar kiritish, turizm sohasi subyektlari xodimlarini muntazam qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni yuqori darajada tashkil etish, sohada ilm-fanni rivojlantirishga koʻmaklashish;
turizm sohasini davlat tomonidan va bozor orqali tartibga solishni maqbullashtirish, turizm xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
respublika kinolokatsiyalarini, shu jumladan, jamoat tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda xorijda targʻib qilish.
11. Qoʻmita oʻziga yuklangan asosiy vazifalardan kelib chiqib quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
1) turizm turlarini diversifikatsiya qilish, eng avvalo, ichki va ziyorat turizmi, ekologik turizm, etnoturizm, ishbilarmonlik turizmi, sport, gastronomik, tibbiy, taʼlim va ilmiy turizmni har tomonlama rivojlantirish, tashqi va ichki turizmni har tomonlama kengaytirish, yangi turizm yoʻnalishlarini ishlab chiqish hamda ularni turizm bozorlarida joriy qilish yuzasidan:
turizm turlarini koʻpaytirish, eng avvalo, ichki va ziyorat turizmi, ekologik turizm, etnoturizm, ishbilarmonlik turizmi, sport, gastronomik, tibbiy, taʼlim va ilmiy turizm sohasini barqaror rivojlantirish uchun normativ-huquqiy bazani ishlab chiqadi va takomillashtiradi;
xalqaro miqyosda va respublikada turizm rivojlanishining asosiy tendensiyalarini oʻrganadi va tahlil qiladi hamda uning asosida turizm turlarini koʻpaytirish hamda turizm xizmatlarini yanada diversifikatsiyalashga qaratilgan takliflarni ishlab chiqadi;
respublika hududlarining turizm salohiyatidan kelib chiqib turizmning istiqbolli yoʻnalishlarini rivojlantirish boʻyicha takliflar kiritadi;
turizm sohasidagi davlat dasturlarining, shuningdek, sohada iqtisodiy, ijtimoiy va maʼmuriy islohotlarning amalga oshirilishini tizimli tahlil qiladi, oʻtgan davr bilan qiyosiy oʻrganadi va istiqbolni belgilaydi;
Oʻzbekiston Respublikasining xilma-xil hamda yilning turli fasllarida jozibador va raqobatbardosh yangi turizm mahsulotlarini yaratish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqadi;
turizm sohasining turli yoʻnalish va turlarining rivojlanish tendensiyalari boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
ichki, kirish va chiqish turizmini kompleks rivojlantirish boʻyicha milliy va hududiy dasturlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi, shuningdek, turizm turlari va infratuzilmasini xalqaro standartlarga mos ravishda rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi;
mavjud turizm salohiyati, turizm xizmatlari bozorining hamda turizm sohasidagi infratuzilmalar holatini tizimli asosda tahlil qiladi, shuningdek, ushbu sohadagi xalqaro standartlarni oʻrganadi;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar ishtirokida ichki, kirish va chiqish turizmini kompleks rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqadi;
turizmni rivojlantirish boʻyicha milliy va hududiy dasturlar bajarilishini muvofiqlashtiradi, turizmni rivojlantirish dasturlarining amaldagi ijrosini taʼminlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlari ishlab chiqadi, ularning bajarilishi haqida samarali monitoring yuritadi;
2) turizm xizmatlarining tashqi va ichki bozorlarida marketing tadqiqotlarini olib borish, mamlakatning turizm sohasini yanada rivojlantirish, bebaho turizm salohiyatini ommalashtirish va targʻib qilish, milliy turizm mahsulotlari va brendlarining xalqaro turizm bozorlariga kirib borishiga yoʻnaltirilgan faol reklama-axborot siyosatini amalga oshirish yuzasidan:
turistlar oqimining salohiyatli va istiqbolli bozorlarini oʻrganadi, turizm sohasida reklama-axborot siyosatini yuritishning samarali uslub va mexanizmlarini belgilaydi, uning natijalariga koʻra tegishli kompleks choralar koʻradi;
mamlakatning turizm salohiyatini targʻib qilish samaradorligini oshirish maqsadida xorijiy turistlar nimani afzal koʻrishini oʻrganish va talab yuqori boʻlgan turizm mahsulotlarini aniqlashga qaratilgan marketing tadqiqotlarini tashkil etadi;
milliy turizm mahsulotlari va brendlarini xalqaro turizm bozorlarida taqdim etishga koʻmaklashadi;
turizm faoliyati subyektlari va boshqa manfaatdor shaxslarni xalqaro turizm bozorlarida mamlakatning turizm salohiyatini targʻib qilishda ishtirok etishga ragʻbatlantirishni taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy turoperatorlar, ommaviy axborot vositalari va boshqa tashkilotlar ishtirokida axborot turlarini (infoturlarni) tashkil etadi;
turistlarning maqsadli toifalari orasida turizm zonalarining salohiyatini targʻib qilish boʻyicha marketing ishlarini amalga oshiradi;
3) turizm infratuzilmasini shakllantirish, shu jumladan, turizm obyektlarini joylashtirish uchun imkoniyat yuqori boʻlgan hududlarda rejalashtirish va loyihalashtirish ishlarini tashkil etish, investorlarni jalb qilish, turizm sohasida tadbirkorlik faolligi oshishiga har tomonlama koʻmaklashish, turizm obyektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida samarali boshqarish hamda sohani bosqichma-bosqich toʻliq raqamlashtirish yuzasidan:
turizm infratuzilmasini shakllantirish, eng avvalo, turizm yoʻnalishlari boʻylab mehmonxonalar va kempinglar, umumiy ovqatlanish obyektlari va turizmning boshqa infratuzilmalarini shakllantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
turizm salohiyati yuqori boʻlgan hududlarni oʻrganish asosida turizm zonalari va klasterlarini tashkil etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
turizm infratuzilma obyektlarini joylashtirish uchun salohiyatli hududlarda rejalashtirish va loyihalashtirish ishlarini tashkil etadi;
turizm zonalarining samarali boshqaruvini tashkil qilish choralarini koʻradi;
turizm zonalari hududida turizm infratuzilmasi obyektlarini barpo etish va ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur investitsiya shart-sharoitlarini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
shaharlar va tumanlar bosh rejalarini ishlab chiqish va tasdiqlash jarayonida ularning turizm infratuzilmasini rivojlantirish qismi yuzasidan takliflarni ishlab chiqadi va ushbu yoʻnalishda davlat organlari bilan hamkorlik qiladi;
turizm infratuzilmasini xalqaro standartlarga mos ravishda rivojlantirishga xorijiy investitsiyalar, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning kreditlari va grantlarini jalb qiladi;
turizm infratuzilmasini rivojlantirish uchun taqdim etilgan mablagʻlar, grantlar, boshqa moliyaviy va moddiy resurslardan oqilona va maqsadli foydalanishni taʼminlash boʻyicha choralar koʻradi;
turizm obyektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida samarali boshqarish, sohani bosqichma-bosqich toʻliq raqamlashtirish va zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish boʻyicha choralar koʻradi;
4) mamlakatning turizm salohiyatini tubdan oshirish, turizmga iqtisodiyotning strategik sektori maqomini berish, turizm sohasida yagona davlat siyosatini yuritish maqsadida turizmni rivojlantirishning yaxlit konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishni taʼminlash yuzasidan:
turizmni rivojlantirishning asosiy tendensiyalari va prognozlarini tahlil qilishni inobatga olgan holda, turizm sohasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari va vazifalarini belgilashda ishtirok etadi;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, turizm faoliyati subyektlari tomonidan turizm sohasida yagona davlat siyosatining amaliy ijrosini taʼminlaydi;
turizm sohasida davlat tomonidan tartibga solish va boshqaruv mexanizmlari hamda tuzilmasini tashkiliy-huquqiy takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
turizmni rivojlantirish masalalarida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
5) respublika hududlarining turizm salohiyatidan kelib chiqib, turizmning istiqbolli yoʻnalishlarini belgilash, yangi turizm mahsulotlarini yaratish, ularni pasportlashtirish, turizm sohasidagi yagona reyestrlarni shakllantirish:
turizm sohasidagi tashkilotlar, shuningdek, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi, shu jumladan, ularning turizm sohasidagi ishlarini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda hududlarda yangi turizm yoʻnalishlarining ishlab chiqilishini hamda ichki va tashqi turizm bozorlarida targʻib qilinishini taʼminlaydi;
turizm faoliyatining belgilangan standartlariga muvofiq turizm yoʻnalishlarini pasportlashtiradi;
turoperatorlar va turagentlar, gidlar (gid-tarjimonlar), ekskursiya yetakchilari hamda yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilar, joylashtirish vositalari, togʻ changʻisi trassalari va plyajlar, shuningdek, turizm yoʻnalishlari hamda turizm obyektlarining yagona reyestrlarni shakllantiradi va yuritadi;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarga turizm sohasini iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari bilan birgalikda rivojlantirish boʻyicha takliflar kiritadi;
6) turizm obyektlarida, ovqatlanish joylarida, respublika hududi boʻylab harakatlanish vaqtida va tashriflarni tashkil etishda turistlar xavfsizligi hamda sogʻligʻini taʼminlashga yoʻnaltirilgan turizm xizmatlarini koʻrsatish sifati va xavfsizligining standartlarini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish:
turizm xizmatlari sifati va xavfsizligiga qoʻyiladigan talablarni shakllantirish uchun turizm xizmatlarini koʻrsatish jarayonini va ulardan turistlarning qoniqish hosil qilishini monitoring qilib boradi;
milliy oʻziga xosliklar, iqlim sharoitlari va ilgʻor xorijiy tajribani inobatga olgan holda, turizm xizmatlarining sifati va xavfsizligi boʻyicha milliy standartlar ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi, shuningdek, ularning doimiy takomillashtirib borilishini taʼminlaydi;
turizm faoliyatini belgilangan tartibda litsenziyalaydi;
sertifikatlanayotgan turizm xizmatlarining belgilangan talablar va standartlarga muvofiqligi ustidan inspeksiya nazorati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
ommaviy axborot vositalari hamda Qoʻmitaning rasmiy veb-sahifasida tegishli maʼlumotlarni joylashtirish orqali turizm sohasi subyektlari va ishtirokchilarini muayyan vaqtda tashrif buyurish turistlar xavfsizligi uchun xatarli boʻlgan mamlakatlar (joylar) toʻgʻrisida xabardor qiladi;
turizm sohasida “ishonch telefonlari” ishlashini tashkil etadi;
7) turizm boʻyicha nufuzli xalqaro va milliy tashkilotlar, birinchi navbatda, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Butunjahon turizm tashkiloti, shuningdek, xorijiy kompaniyalar bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish, xalqaro va davlatlararo standartlar hamda normalarni turizm faoliyati va amaliyotiga joriy etish yuzasidan:
xalqaro turizm tashkilotlari, chet davlatlarning vakolatli organlari, shuningdek, turizm sohasidagi xorijiy kompaniyalar bilan xalqaro hamkorlik, oʻzaro samarali harakat qilish mexanizmlarini rivojlantirish va takomillashtirish sohasida takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
belgilangan tartibda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Turizm va boshqa xalqaro tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlarini ifoda etadi va turizm masalalari boʻyicha oʻzaro hamkorlik qiladi, turizm sohasini tartibga soluvchi universal xalqaro konvensiyalar va shartnomalarda Oʻzbekiston ishtirokini taʼminlaydi;
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Turizm hujjatlari qoidalarining ijrosi monitoringini tashkil etadi, belgilangan tartibda tegishli axborotlarni tayyorlaydi;
turizmni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan chet el donorlari va kredit tashkilotlari mablagʻlarining belgilangan tartibda jalb qilinishi va ulardan foydalanilishini tashkil etadi;
har yili Toshkent shahrida Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi oʻtkazilishini taʼminlaydi;
xorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan xalqaro turizm yarmarkalari, koʻrgazmalari va biznes uchrashuvlarda mamlakatning turizm sohasi subyektlari ishtirokini tashkil etish boʻyicha tayyorgarlik chora-tadbirlarini muvofiqlashtiradi, shuningdek, xalqaro turizm tashkilotlari, xorijiy davlatlarning vakolatli organlari va xorijiy kompaniyalar bilan oʻzaro hamkorlikda xalqaro turizm tadbirlarini oʻtkazadi va ularda ishtirok etadi;
8) turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash boʻyicha takliflar kiritish, turizm sohasi subyektlari xodimlarini muntazam qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni yuqori darajada tashkil etish, sohada ilm-fanni rivojlantirishga koʻmaklashish sohasida:
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda turizm sohasidagi oʻrta maxsus taʼlim, professional taʼlim hamda oliy taʼlim bitiruvchilarining bandligi boʻyicha tadqiqotlar olib boradi, taʼlim muassasalarida kadrlar va mutaxassislarning kasbiy tayyorgarlik yoʻnalishlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
turizm, ayniqsa, menejment va marketing sohasida kasbiy tayyorlash, gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilarning malakasini oshirishga koʻmaklashadi;
kadrlarning muntazam malakasini oshirish va qayta tayyorlashni tashkil etishni taʼminlaydi, Qoʻmita, uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining rahbarlari va mutaxassislarini attestatsiyadan oʻtkazadi, shu jumladan, ularning tegishli xorijiy oʻquv markazlari va taʼlim muassasalarida stajirovkadan oʻtishini taʼminlaydi;
turizm sohasida ilm-fanni rivojlantirish choralarini koʻradi va ilmiy-tadqiqot, ekspertlik ishlarini tashkil etadi;
turizm sohasida kadrlar malakasini oshirishni, ularni qayta tayyorlashni, tajriba orttirishini, shu jumladan, chet elda malakasini oshirishini taʼminlaydi.
9) turizm sohasini davlat tomonidan va bozor orqali tartibga solishni maqbullashtirish, turizm xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish yuzasidan:
turizm sohasida davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish, bozor tamoyillarini keng joriy etish va ortiqcha maʼmuriy toʻsiqlarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
turizm xizmatlari bozorida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, monopol holatlarni cheklash va xizmatlar sifati hamda turlarini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
turizm sohasini rivojlantirish maqsadida imtiyozlar, preferensiyalar, institutsional va tashkiliy qoʻllab-quvvatlash choralari boʻyicha takliflar kiritadi;
10) respublika kinolokatsiyalarini, shu jumladan, jamoat tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda xorijda targʻib qilish yuzasidan:
respublika kinolokatsiyalarining salohiyati, infratuzilmasi va foydalanish imkoniyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tizimlashtiradi hamda yangilab boradi;
respublika kinolokatsiyalarini xalqaro kinoindustriya bozorida targʻib qilish boʻyicha taqdimotlar, kataloglar, raqamli platformalar va boshqa axborot-targʻibot vositalarini ishlab chiqadi;
kinolokatsiyalarni targʻib qilish ishlariga jamoat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari, ijodiy uyushmalar va boshqa manfaatdor tashkilotlarni jalb etish choralarini koʻradi;
xorijiy prodyuserlik markazlari, kinostudiyalar, kino komissiyalar va boshqa tashkilotlar bilan respublika kinolokatsiyalaridan foydalanishni kengaytirish maqsadida hamkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashadi.
2-§. Qoʻmita markaziy apparatining asosiy vazifalari va funksiyalari
12. Quyidagilar Qoʻmita markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
1) Qoʻmitaning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan birgalikda Qoʻmitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini taʼminlash;
2) turizm sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash;
3) Qoʻmita va uning tarkibiy hamda hududiy boʻlinmalari faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlariga erishilishini taʼminlash;
4) Qoʻmita faoliyati sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha vazirliklar va idoralar bilan oʻzaro hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosatlari majlislarida tegishliligi boʻyicha masalalarni koʻrib chiqishda ishtirok etish;
5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarish;
6) Qoʻmita xodimlarini tizimli qayta tayyorlash va ularning malakasi oshirilishini tashkil qilish;
7) markaziy apparat va hududiy boʻlinmalar faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini tanqidiy tahlil qilish, tahlil yakunlariga koʻra zarur choralar koʻrish;
8) Qoʻmita hamda uning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish;
9) davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va qulayligini taʼminlash;
10) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish;
11) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Qoʻmita xodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini taʼminlash, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
12) turizm tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlash boʻyicha takliflar tayyorlash;
13) turizmni rivojlantirish boʻyicha maqsadli dasturlar, turizm sohasiga oid dasturiy-metodik hamda boshqa normativ hujjatlarni belgilangan tartibda tasdiqlash;
14) xalqaro maydonlarda xalqaro va davlatlararo aloqalarni kengaytirish hamda mustahkamlash, turizm sohasida xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish borasidagi ishlarni tashkil qilish boʻyicha tadbirlarda Oʻzbekistonga oid tematik ishtirokni taʼminlash;
15) Qoʻmita hayʼati qarorlarining, Qoʻmita raisining buyruq va topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
16) tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
17) Qoʻmitaning turizm sohasida ommaviy tadbirlarining kalendar rejasini shakllantirish, manfaatdor tashkilotlar va idoralar bilan birgalikda uning amalga oshirilishini taʼminlash;
18) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining xorijda oʻtkaziladigan turli xalqaro munosabatlarda hamda Oʻzbekiston Respublikasida oʻtkaziladigan xalqaro tadbirlarida turizm sohasi vakillarining ishtirok etish masalalariga doir qarorlari loyihalarini tayyorlash;
19) turizm sohasida isteʼdodli va istiqbolli kadrlarni saralash, oʻqitish hamda malakasini oshirishda muvaffaqiyatli ishtirok etishini taʼminlash;
20) turizmni rivojlantirishni ragʻbatlantirish, ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda ilgʻor texnologiyalarni turizm sohasiga joriy qilish, milliy tadbirlar darajasi va sifatini oshirish, xalqaro hamda hududiy tadbirlarni tashkil etish boʻyicha tizimli choralarning amalga oshirilishini taʼminlash;
21) konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarning oʻtkazilishini tashkil qilish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan uyushtirilgan shunday tadbirlarda qatnashishni taʼminlash;
22) turizm sohasida zarur maʼlumotlarni yagona tizim orqali toʻplash maqsadida manfaatdor idoralarning tizim va maʼlumotlar bazalari bilan integratsiya qilish, shuningdek, ushbu tizim toʻliq ishlashini taʼminlash uchun maʼlumotlarni raqamlashtirish choralarini koʻrish;
23) Qoʻmita oldida turgan vazifalarni hal etishni taʼminlash, mavjud talablar va ehtiyojlarni qanoatlantirish, shuningdek, davlat xaridlari uchun ajratilgan mablagʻlardan samarali foydalanish, shu jumladan, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) olishdan koʻrilgan naf, ularning sifati va qiymati oʻrtasidagi maqbul nisbatni (foydalanish davri xarajatlarini hisobga olgan holda) taʼminlash, davlat xaridlarini maqbul muddatlarda oʻtkazish imkonini beradigan oqilona va tejamkor usulda amalga oshirish;
24) turizm zonalari va klasterlarini tashkil etish va ularda turizm sohasi subyektlari faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilash, ularda kompleks turizm xizmatlarini koʻrsatish, turizm faoliyatining raqobatbardoshligi va sifatini oshirish maqsadida turizm mahsulotlarini shakllantirish, targʻib etish va realizatsiya qilish, turizm zonalari va klasterlarining rivojlanishini ragʻbatlantirish;
25) turizm bozorining turli segmentlariga yoʻnaltirilgan turizm mahsuloti va xizmatlarini diversifikatsiya qilish;
26) turizm sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlarning faoliyatiga koʻmaklashish;
27) turizm sohasidagi faoliyatning raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligini taʼminlash, ularning buzilish xavfini aniqlash va oldini olish boʻyicha komplayens nazorat tizimini joriy etish, ichki audit xizmatini yoʻlga qoʻyish;
28) turizm obyektlarida zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalarini yaratish, turizm axborot markazlarini tashkil etish.
13. Qoʻmita markaziy apparati unga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
1) Qoʻmita va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatidan taʼminlaydi;
2) Qoʻmitaning tarkibiy, hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, Qoʻmita hayʼati qarorlari, Qoʻmita raisining buyruqlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bajarilishi ustidan muntazam nazoratni taʼminlaydi;
3) Qoʻmita tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan hujjatlarning sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqilishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy hamda huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil etadi;
4) Qoʻmitaning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlariga rahbarlik qiladi, ular faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
5) Qoʻmitaning faoliyati, shu jumladan, qonun ijodkorligi sohasidagi faoliyati huquqiy taʼminlanishini tashkil etadi;
6) Qoʻmita vakolatiga tegishli operativ, tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xoʻjalik masalalari va boshqa masalalar bilan shugʻullanadi;
7) Qoʻmita va uning tarkibiy hamda hududiy boʻlinmalari faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishning soʻzsiz taʼminlanishi boʻyicha amaliy choralarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
8) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy boʻlinmalari va Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan Qoʻmita faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar yuzasidan oʻzaro aloqalarning yoʻlga qoʻyilishini taʼminlaydi;
9) Qoʻmitaning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini taʼminlaydi;
10) ilgʻor xorijiy tajribani eʼtiborga olgan holda respublikada turizmni rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, turizm boʻyicha milliy tadbirlar darajasi va sifatini oshirish, xalqaro tadbirlarni tashkil etish bilan bogʻliq tizimli choralar koʻrilishi boʻyicha tadbirlar oʻtkazilishini taʼminlaydi;
11) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda turizm tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish boʻyicha takliflarni tayyorlaydi;
12) turizm sohasidagi yagona tadbirlarning kalendar rejasida nazarda tutilgan, qonunchilikda belgilangan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladigan tadbirlarda sohalar vakillari ishtirok etishini aniqlash boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
13) Qoʻmitaning samarali faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
14) turizm sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatiga koʻmaklashish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
15) turizmni rivojlantirish monitoringini amalga oshiradi, ushbu sohani yanada rivojlantirish boʻyicha har yilgi prognozlarni shakllantiradi;
16) turizm sohasidagi isteʼdodli va istiqbolli kadrlarni tanlash, oʻqitish hamda ularning malaka oshirishda muvaffaqiyatli ishtirok etishini, shuningdek, uzluksiz saralash tizimini yaxshilashni taʼminlaydi, kadrlar zaxirasini shakllantiradi;
17) turizm sohasidagi xalqaro tashkilotlarga va boshqa tashkilotlarga aʼzolik badallarini belgilangan tartibda toʻlaydi;
18) yuqori malakali kadrlar va ularning zaxirasini tayyorlash hamda turizm, tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish chora-tadbirlarini tashkil qiladi;
19) Oʻzbekiston hududida va uning tashqarisida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish hamda oʻtkazish ishlarini amalga oshiradi;
20) turizm sohasida zarur maʼlumotlarni yagona tizim orqali toʻplash maqsadida manfaatdor idoralarning tizim va maʼlumotlar bazalari bilan integratsiya qilish, shuningdek, ushbu tizim toʻliq ishlashini taʼminlash uchun maʼlumotlarni raqamlashtirish choralarini koʻradi;
21) Qoʻmita oldida turgan vazifalarni hal etishni taʼminlash, mavjud talablar va ehtiyojlarni qanoatlantirish, shuningdek, davlat xaridlari uchun ajratilgan mablagʻlardan samarali foydalanish, shu jumladan, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) olishdan koʻrilgan naf, ularning sifati va qiymati oʻrtasidagi maqbul nisbatni (foydalanish davri xarajatlarini hisobga olgan holda) taʼminlash ishlarini, davlat xaridlarini maqbul muddatlarda oʻtkazish imkonini beradigan oqilona va tejamkor usulda amalga oshiradi;
22) turizm zonalari va klasterlarini tashkil etish va ularda turizm sohasi subyektlari faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilash boʻyicha tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi, turizm zonalari va klasterlarining rivojlanishini ragʻbatlantirish choralarini koʻradi;
23) turizm bozorining turli segmentlariga yoʻnaltirilgan turizm mahsuloti va xizmatlarini diversifikatsiya qilish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
24) sohalarni bozor mexanizmlari asosida boshqarish boʻyicha samaradorlikka erishish choralarini koʻradi;
25) turizm sohasini raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligini taʼminlaydi, ularning buzilish xavfini aniqlash va oldini olish boʻyicha komplayens nazorat tizimini joriy etadi, ichki audit xizmatini yoʻlga qoʻyadi;
26) turizm va moddiy madaniy meros obyektlarida zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalarini yaratish, turizm axborot markazlarini tashkil etish choralarini koʻradi.
3-§. Hududiy boʻlinmalarning asosiy vazifalari va funksiyalari
14. Quyidagilar hududiy boʻlinmalarning asosiy vazifalari va funksiyalari hisoblanadi:
turizmni rivojlanish holati monitoringini olib boradi, ularni hududda yanada rivojlantirish boʻyicha har yillik prognozlarni shakllantiradi;
turizm turlarini koʻpaytirish, eng avvalo, ichki va ziyorat turizmi, ekologik turizm, etnoturizm, ishbilarmonlik turizmi, sport, gastronomik, tibbiy, taʼlim va ilmiy turizmni har tomonlama rivojlantirish boʻyicha takliflarni tayyorlaydi;
turizm infratuzilmasini shakllantirish, eng avvalo, turizm yoʻnalishlari boʻylab mehmonxonalar va kempinglar, umumiy ovqatlanish obyektlari va turizmning boshqa infratuzilmalarini shakllantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
turizmni rivojlantirish boʻyicha milliy va hududiy dasturlar bajarilishini, turizmni rivojlantirish dasturlarining amalda ijrosini taʼminlash choralarini koʻradi;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar ishtirokida ichki, kirish va chiqish turizmini kompleks rivojlantirish dasturlari ijrosini taʼminlaydi;
turizm sohasining turli yoʻnalish va turlarining rivojlanish tendensiyalari boʻyicha chora-tadbirlarga takliflar ishlab chiqadi;
hududning turizm salohiyatidan kelib chiqib, turizmning istiqbolli yoʻnalishlarini rivojlantirish boʻyicha takliflarni Qoʻmitaga kiritadi;
turizm faoliyatini rivojlantirishni muvofiqlashtirish, hududlarda yangi turizm yoʻnalishlari ochilishini taʼminlash, ularni pasportlashtirish, turizm sohasidagi yagona reyestrlarni shakllantirib boradi;
turizm faoliyatini belgilangan tartibda litsenziyalaydi;
hududda vazirlik va idoralarning hududiy boʻlinmalari hamda boshqa tashkilotlarning turizm sohasidagi ishini muvofiqlashtiradi;
hududda turizm sohasiga tegishli boʻlgan dasturiy-metodik hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini taʼminlaydi;
turizm sohasida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, shuningdek, ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etadi va ushbu ishlar hududda oʻtkazilishini muvofiqlashtiradi;
hududdagi turizm faxriylari va boshqa mutaxassislarni davlat boshqaruvining boshqa hududiy organlari bilan birgalikda ijtimoiy muhofaza qilish masalalarini hal etadi;
hududda turizmni rivojlantirish istiqbollarini belgilaydi;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda turizm sohasini ommalashtirish ishlarini tashkil qiladi;
jahon ilmiy-texnik taraqqiyoti yutuqlari, xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasi umumlashtirilishini hamda bu yutuqlarning hududda joriy qilinishini taʼminlaydi;
hududda turizm sohasiga doir konferensiyalar, koʻrgazmalar va tadbirlarni oʻtkazadi;
turizm sohasiga tegishli nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyati rivojlanishiga yordam beradi;
kadrlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik, yuksak maʼnaviyat va professionalizm ruhida tayyorlash boʻyicha ishlarni tashkil etadi, hududda aholining oʻz jismoniy, umumtaʼlim va madaniy darajasini oshirishga boʻlgan intilishlarini ragʻbatlantiradi;
xalqaro aloqalarni amalga oshirish va rivojlantirish, hamkorlik boʻyicha xalqaro loyihalarni ishlab chiqishda, sohaga xorijiy investitsiyalar hamda grantlarni jalb qilishda ishtirok etadi;
tegishli hududda turizmni rivojlantirish toʻgʻrisidagi axborotni toʻplaydi va tahlil qiladi va uni Qoʻmitaga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga taqdim etadi;
turizm resurslarini saqlash va rivojlantirish yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qiladi;
tegishli hududda turizm faoliyati rivojlanishini taʼminlaydi, yangi turizm yoʻnalishlarini tashkil etishga koʻmaklashadi;
turizm sohasi subyektlariga ularning faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq masalalarda metodik va maslahat yordamini koʻrsatadi;
tegishli hududda harakatlanish vaqtida turistlar va ekskursantlarning turizm resurslariga moneliksiz kirishini taʼminlashga koʻmaklashadi;
turizm salohiyatini rivojlantirish, turizmni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan gʻovlarni bartaraf etish, shuningdek, turizm sohasida tadbirkorlik faoliyatini ragʻbatlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
turizm sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish boʻyicha belgilangan tadbirlarda hamda hududning taʼlim muassasalarini yuqori malakali kadrlar va boshqa mutaxassislar bilan taʼminlashda ishtirok etadi;
hududda turizm sohasidagi dasturlarni tashkil qilish, ommaviy adabiyotlarni chop etishga hamda ushbu sohalarda mavjud video va kino materiallar ishlab chiqilishiga yordam koʻrsatadi va ishtirok etadi;
xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, moliyaviy institutlarning grantlari, kreditlari va homiylik xayriyalarini jalb etish choralarini koʻradi.
4-bob. Qoʻmita, uning markaziy apparati va hududiy boʻlinmalarining huquqlari va majburiyatlari
1-§. Qoʻmitaning huquqlari va majburiyatlari
15. Qoʻmita oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
1) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Qoʻmitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yoki Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
2) Qoʻmita vakolatiga kiradigan masalalarda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;
3) Qoʻmita vakolatiga kiruvchi masalalarni hal qilish uchun zarur axborotni respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
4) Qoʻmita vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha zarur statistika axborotini davlat statistika organlaridan bepul olish;
5) Qoʻmita va uning idoraviy mansub tuzilmalarining davlat mol-mulkini tashkiliy tuzilma doirasida belgilangan tartibda tasarruf etish;
6) Qoʻmita va uning idoraviy mansub tashkilotlari xodimlarini ular tomonidan tegishli sohada oʻz faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari parametrlari bajarilishini hisobga olgan holda moddiy ragʻbatlantirish tartibi, miqdorlari va shartlarini belgilash;
7) Qoʻmita vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga kiritish;
8) Qoʻmita vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda xalqaro shartnomalarni tuzish;
9) Qoʻmita vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha xalqaro darajada Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda ifodalash;
10) turizm infratuzilmasini rivojlantirish va ommalashtirish uchun shart-sharoitlar yaratishda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni bartaraf qilish toʻgʻrisida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalarni respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuborish;
11) turizm sohasini mamlakatda, shu jumladan, hududlarda rivojlantirish ishlari va loyihalarini moliyalashtirishga oid respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining xarajatlar smetalarini koʻrib chiqish va kelishishda ishtirok etish;
12) maslahatlar berish, ilmiy va ekspertlik ishlarini oʻtkazish, turizm sohasining dolzarb masalalarini ishlab chiqish uchun shartnoma asosida olimlarni, vazirliklar, idoralar, taʼlim muassasalari va boshqa tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislarini, shuningdek, Qoʻmita tizimiga kiruvchi taʼlim muassasalarida dars berish va mahorat darslari oʻtkazish uchun xorijiy malakali mutaxassislarni shartnoma asosida taklif qilish;
13) turizm sohasidagi tadbirlar oʻtkazilishini belgilangan tartibda tashkil etish;
14) Qoʻmita tizimiga kiruvchi tashkilotlar va taʼlim muassasalari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar uchun zarur texnik uskuna, inventar va boshqa zarur jihozlarni belgilangan tartibda xarid qilish;
15) turizm sohasidagi xalqaro va respublika tadbirlarini oʻtkazishda gʻolib va sovrindorlarni, nominantlarni mukofotlash uchun zarur miqdorda diplomlar va sovrinlarni belgilangan tartibda xarid qilish;
16) turizm sohasi vakillarini koʻkrak nishonlari, diplomlar, yorliqlar va sovrinlar bilan mukofotlash;
17) oʻz vakolati doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan shu kabi tadbirlarda ishtirok etish;
18) turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni birgalikda ishlab chiqish maqsadida xalqaro, xorijiy va respublika tashkilotlari bilan belgilangan tartibda aloqalarni yoʻlga qoʻyish;
19) turizm sohasini targʻib qiluvchi reklama va boshqa tusdagi mahsulotlarni (audio, video materiallar, risola, xaritalar va boshqa reklama-axborot materiallarini) chop etish, nusxasini koʻpaytirish, yaratish choralarini koʻrish;
20) Vazirlar Mahkamasi va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishgan holda, Qoʻmitaning markaziy apparati va idoraviy mansub tashkilotlarida ishlash uchun yetakchi xorijiy mutaxassislarni shartnomalar asosda jalb qilish;
21) turizm sohasida viza rejimini takomillashtirish va soddalashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;
22) turizmning rivojlantirilishini muvofiqlashtirish, yangi turizm yoʻnalishlari tashkil etilishini taʼminlash, ularni pasportlashtirish;
23) turizm sohasidagi yagona reyestrlarni yuritish tartibini belgilash;
24) turizm faoliyatini litsenziyalashni, turizm sohasidagi xizmatlarni sertifikatlashni, turizm xizmatlarining belgilangan talablar va standartlarga muvofiqligini nazorat qilish, shu jumladan, turli tashkiliy-huquqiy shakllardagi mehmonxonalarning (motellarning) tasnifini belgilash;
25) joylashtirish vositalari, togʻ-changʻi trassalari va plyajlar tasnifini qonunchilikda belgilangan tartibda belgilash;
26) turizm sohasidagi milliy tanitish belgisidan foydalanish tartibini belgilash;
27) Qoʻmita balansida turgan koʻchmas mulkdan foydalanish uchun oʻzining idoraviy mansub tashkilotlarini tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish;
28) alohida fidokorlik, mehnatsevarlikni namoyon qilgan, oʻzining professional faoliyatida yuksak natijalarga erishgan turizm sohasidagi namoyandalar va xodimlarning nomzodlarini belgilangan tartibda davlat mukofotlariga taqdim etish;
Qoʻmita qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
16. Qoʻmita:
unga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi, shuningdek, turizm sohasida yagona davlat siyosati samarali amalga oshirilishi;
oʻz faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishilishini taʼminlash;
Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning ishlab chiqiladigan loyihalari, shuningdek, Qoʻmita tomonidan qabul qilinadigan buyruqlarni oʻz muddatlarida va sifatli tayyorlash;
turizm sohasini rivojlantirish, shuningdek, ushbu sohada hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va muammoli masalalarni hal qilish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirish uchun javob beradi.
2-§. Qoʻmita markaziy apparatining huquqlari va majburiyatlari
17. Qoʻmitaning markaziy apparati oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
1) Qoʻmitaning hududiy boʻlinmalaridan va idoraviy mansub tashkilotlaridan tahlil qilish va qayta ishlash uchun zarur boʻlgan masalalar boʻyicha materiallar va maʼlumotlarni, shuningdek, Qoʻmitaning markaziy apparatida koʻrib chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini soʻrash va olish;
3) Qoʻmitaning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan ular tomonidan kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlashni talab qilish, zarurat boʻlganda ularni qayta ishlash uchun qaytarish;
4) Qoʻmitaning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
5) Qoʻmitaning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlariga tezkor hal qilinishi talab etiladigan va Qoʻmitaga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan topshiriqlar berish;
6) qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek, Qoʻmita raisi buyruqlarining Qoʻmita hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan bajarilishi yuzasidan ularning faoliyatini belgilangan tartibda oʻrganish va tekshirish;
7) Qoʻmitaning xalqaro va respublika darajalaridagi ommaviy tadbirlarining kalendar rejasini shakllantirish;
8) Qoʻmita markaziy apparatining boshqarmalari va xodimlarining faoliyatini tasdiqlangan lavozim yoʻriqnomalariga muvofiq tashkil etish;
9) Qoʻmitaning tarkibiy tashkilotlari va muassasalaridagi boshqarmalarning faoliyatiga doir masalalar oʻrganilishini tashkil qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish, shuningdek, ularga amaliy yordam koʻrsatish;
10) amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq Qoʻmita tizimida buxgalteriya hisobi yuritilishi tashkil etilishini taʼminlash, shuningdek, zamonaviy texnika vositalari va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, tizimga kiruvchi tashkilotlarda buxgalteriya hisobi yuritilishini nazorat qilish;
11) budjet va budjetdan tashqari mablagʻlarni xarajatlar smetasiga kiritilgan aniq vazifalarga maqsadli sarflash, shuningdek, mablagʻlar va moddiy boyliklarning saqlanishini muntazam nazorat qilish;
12) asosiy vositalar va boshqa moddiy boyliklarning ular saqlanadigan joylarda mavjudligini va ulardan foydalanishni muntazam nazorat qilish;
13) ilmiy va ekspertlik ishlarini amalga oshirish, maslahat berish, turizm sohasidagi dolzarb masalalarni ishlab chiqish uchun olimlarni, vazirliklar, maʼmuriy, taʼlim muassasalari va boshqa muassasalarning yuqori malakali mutaxassislarini taklif etish;
14) turizm sohasida ommaviy tadbirlar oʻtkazilishini belgilangan tartibda tashkil etish;
15) idoraviy mansub tashkilotlar uchun zarur uskunalar, inventar va boshqa zarur jihozlarni xarid qilish;
16) turizm sohasida tanlovlar gʻolib va sovrindorlarini mukofotlash uchun zarur miqdorda diplomlar va boshqa sovrinlarni xarid qilish;
17) turizm sohasi vakillari va boshqa mutaxassislarni mukofotlash, ularga unvonlar va malaka toifalarini berish boʻyicha takliflarni belgilangan tartibda kiritish;
18) Qoʻmita tizimida korrupsiyaga qarshi ichki nazoratni (“komplayens-nazorat”) hamda ichki audit tizimi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish;
19) turizm sohasidagi tadbirlar, tanlovlar, jumladan, idoraviy mansub tashkilotlarda oʻtkaziladigan turli tanlovlar va boshqa tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularda ishtirok etishni moliyalashtirish.
Qoʻmitaning markaziy apparati qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
18. Qoʻmitaning markaziy apparati:
Qoʻmitaning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlari bilan birgalikda Qoʻmitaga yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
Qoʻmita faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlash boʻyicha Qoʻmita markaziy apparati boʻlinmalarining ishini tashkil etish;
Qoʻmita tomonidan koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Qoʻmita raisi tomonidan qabul qilinadigan buyruqlarning oʻz vaqtida va sifatli tayyorlanishi;
turizm sohasini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar tarkibiy va hududiy boʻlinmalar tomonidan amalga oshirilishini tashkil etish;
Qoʻmita tizimida korrupsiyaga qarshi ichki nazoratni hamda ichki auditni amalga oshirishda qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tartibda javob beradi.
3-§. Hududiy boʻlinmalarning huquqlari va majburiyatlari
19. Hududiy boʻlinmalar ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun:
1) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan oʻz vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun zarur boʻlgan axborotni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
2) oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining hududiy boʻlinmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga koʻrib chiqish uchun kiritish;
3) turizm infratuzilmasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish doirasida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf qilish toʻgʻrisida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalarni respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalarining hududiy boʻlinmalariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuborish;
4) turizm sohasini rivojlantirish masalalarida, shu jumladan, hududlarni rivojlantirish boʻyicha ishlar va loyihalarni moliyalashtirish masalalarida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining hududiy boʻlinmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining xarajatlar smetalarini koʻrib chiqish va kelishishda ishtirok etish;
5) ilmiy va ekspertlik ishlarini amalga oshirish, maslahat berish, turizm sohasidagi dolzarb masalalarni ishlab chiqish uchun olimlarni, vazirliklar, maʼmuriy, taʼlim muassasalari va boshqa muassasalarning yuqori malakali mutaxassislarini taklif etish, shuningdek, Qoʻmita bilan kelishgan holda idoraviy mansub taʼlim muassasalarida dars berish va mahorat darslari oʻtkazish uchun malakali mutaxassislarni taklif etish;
6) turizm sohasida ommaviy tadbirlar oʻtkazilishini belgilangan tartibda tashkil etish;
7) idoraviy mansub tashkilotlari uchun uskunalar, inventar va boshqa zarur jihozlarni xarid qilish;
8) viloyat miqyosidagi turizm sohasidagi tanlovlar gʻolib va sovrindorlarini mukofotlash uchun diplomlar va boshqa sovrinlarni xarid qilish;
9) hududdagi turizm namoyandalari va boshqa mutaxassislarni mukofotlash, shuningdek, ularga unvonlar va malaka toifalarini berish boʻyicha takliflarni belgilangan tartibda kiritish;
10) turizm sohasida ommaviy tadbirlar oʻtkazilishini, shuningdek, hududning turizm sohasi vakillarini, shu jumladan, idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan turli tanlovlar va boshqa tadbirlarga tayyorlashni va ishtirok etishni moliyalashtirish;
11) hududdagi turizm sohasida festivallar, tanlovlar, ommaviy tadbirlarning gʻolib va sovrindorlari, shuningdek, boshqa ishtirokchi, mutaxassislarni esdalik diplomlari va qimmatli sovrinlar bilan mukofotlash boʻyicha Qoʻmitaga takliflar kiritish;
12) oʻz vakolatlari doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan shunday tadbirlarda ishtirok etish;
13) hududda turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni birgalikda ishlab chiqish maqsadida xalqaro, xorijiy va respublika tashkilotlari bilan belgilangan tartibda aloqa qilish;
14) hududning turizm sohasi salohiyatini targʻib qiluvchi reklama va targʻibot mahsulotlarini (reklama tusidagi audio va video materiallar, risolalar, xaritalar va boshqa reklama materiallarini) tayyorlashga buyurtma berish;
15) turizm sohasida ishlash uchun yetakchi xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosda jalb qilish;
16) hududning turizm sohasida alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlari va vakillarini davlat mukofotlariga taqdim etish toʻgʻrisida Qoʻmitaga takliflar kiritish huquqiga ega.
Qoʻmitaning hududiy boʻlinmalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
20. Hududiy boʻlinmalar:
oʻzlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi taʼminlanishi;
Qoʻmitaning hududiy boʻlinmalari faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishilishi taʼminlanishi;
Qoʻmitaga kiritiladigan hujjatlar loyihalari va takliflarning sifati;
hududlarda aniqlangan muammolarni har tomonlama chuqur tahlil qilish hamda umumlashtirish asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida turizmni rivojlantirishga doir takliflar tayyorlanishi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida turizm sohasini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida samarali amalga oshirilishi, muammoli masalalar hal etilishi;
tizimdagi tashkilotlar tomonidan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar maqsadli va samarali ishlatilishi uchun javob beradi.
5-bob. Qoʻmita rahbariyatining asosiy funksional vazifalari
21. Qoʻmita raisining asosiy funksional vazifalari:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
2) yakka boshchilik tamoyiliga asoslangan holda Qoʻmita faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Qoʻmitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
3) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan turizm sohasini yanada takomillashtirish boʻyicha tasdiqlangan konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
4) Qoʻmita va uning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari hamda idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlar faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz taʼminlash boʻyicha amaliy choralarni ishlab chiqish va koʻrish;
5) Qoʻmita faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy boʻlinmalari, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan oʻzaro hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarni koʻrib chiqishda ishtirok etish;
6) oʻz oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, Qoʻmitaning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, Qoʻmita faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarlik darajasini belgilash;
7) Qoʻmita faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Qoʻmita va oʻz oʻrinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi nazorat qilinishini taʼminlash;
8) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari bajarilishini taʼminlash, Qoʻmita faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son hamda “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-son farmonlariga hamda “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari ijrosini nazorat qilishning yangi mexanizmlarini joriy etish toʻgʻrisida” 2025-yil 30-sentabrdagi 616-son qaroriga muvofiq tarkibiy va hududiy boʻlinmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
9) Qoʻmita xodimlarini tizimli qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
10) Qoʻmita tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Qoʻmitaning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
11) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Qoʻmitaga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash;
12) faoliyat sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ular “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qatʼiy muvofiq ravishda oʻz vaqtida kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasida puxta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishida va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;
13) “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq Qoʻmitaning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;
14) Qoʻmita vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni, zarurat boʻlganda, boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tegishli qarorlarni qabul qilish;
15) Qoʻmitaga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari toʻliq va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini taʼminlash, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishish (viza qoʻyish);
16) Qoʻmita rahbarlari va xodimlari xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son qarori talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
17) oʻz oʻrinbosarlari hamda tarkibiy va hududiy boʻlinmalar rahbarlari faoliyati samaradorligini va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Qoʻmita hayʼati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;
18) Qoʻmita xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishining maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish toʻgʻrisida takliflar kiritish, ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
19) Qoʻmita xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Qoʻmita xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlashni nazorat qilish;
20) “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Qoʻmita tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilikni takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
21) Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni va manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishga doir ishlarga rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish;
22) Qoʻmita hamda uning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini taʼminlash;
23) aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik qilishda, shu jumladan, “yagona darcha” prinsipini joriy etish orqali davlat xizmatlari sifati va samaradorligini hamda ulardan erkin foydalanishni oshirish hamda “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
24) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomda belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
25) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Qoʻmita xodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
26) davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;
27) Qoʻmita markaziy apparati shtat jadvalini xodimlarning tasdiqlangan shtat birliklarining belgilangan soni asosida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi budjet mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan markaziy apparat va idoraviy mansub tashkilotlarning xarajatlar smetasini tasdiqlash;
28) Qoʻmitaning hududiy boʻlinmalari nizomlari, idoraviy mansub tashkilotlar ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;
29) markaziy apparat xodimlarini, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish;
30) Qoʻmita hayʼatiga va markaziy apparat yigʻilishlariga rahbarlik qilish;
31) turizm sohasidagi tashkilotlarni rivojlantirish va ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, asbob-uskunalar va inventarlar mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilishi kengaytirilishini tashkil etish boʻyicha manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan takliflar tayyorlanishini tashkil etish;
32) turizm sohasida isteʼdodli va istiqbolli kadrlarni tanlash, tayyorlash chora-tadbirlari qabul qilinishini taʼminlash, ularning mahoratini oshirish;
33) turizm sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash, tegishli vazirliklar va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
34) turizm sohasida kadrlarni tayyorlash choralarini koʻrish, qayta tayyorlash va malaka oshirishni tashkil etish, taʼlim muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlash;
35) turizm sohasi xodimlari va mutaxassislarini, ularning koʻp yillik va samarali faoliyati, alohida oʻrnak koʻrsatgani, xizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofotlariga taqdimnomalar belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlash va tavsiyalar berish;
36) turizm sohasida Oʻzbekiston delegatsiyalarining xalqaro tadbirlarda ishtirokini taʼminlash;
37) turizm sohasida xalqaro va davlatlararo aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb qilish boʻyicha xalqaro tadbirlarda respublika vakillarining ishtirokini taʼminlash;
38) hududiy boʻlinmalar tuzilmalari va nizomlarini tasdiqlash, shuningdek, ular boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini belgilash;
39) Qoʻmitaning xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonalari faoliyati tartibini belgilash.
Qoʻmita raisi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksional vazifalariga ham ega boʻlishi mumkin.
22. Quyidagilar infratuzilmaga masʼul Qoʻmita raisi oʻrinbosarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
2) Qoʻmita raisi vaqtincha boʻlmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;
3) Qoʻmitaning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
5) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz taʼminlash choralarini koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
6) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarning ish rejalarini tasdiqlash, ular bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
7) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari bajarilishini taʼminlash, mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalarida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son hamda “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-son farmonlariga hamda “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari ijrosini nazorat qilishning yangi mexanizmlarini joriy etish toʻgʻrisida” 2025-yil 30-sentabrdagi 616-son qaroriga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
8) Qoʻmita hayʼati qarorlari, Qoʻmita raisining buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
9) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Qoʻmita raisiga takliflar taqdim etish, ularning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini koʻrish, mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
10) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Qoʻmitaning tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish va ular keyinchalik Qoʻmita rahbari tomonidan koʻrib chiqilishi, imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun viza qoʻyish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qatʼiy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda Qoʻmita rahbari topshirigʻiga binoan ishtirok etish;
11) xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son qarori talablariga toʻliq muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslangani, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
12) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Qoʻmita hayʼati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;
13) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar faoliyati sohasiga tegishli masalalar boʻyicha Qoʻmita faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar koʻrish, qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni Qoʻmita raisiga kiritish;
14) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish boʻyicha takliflarni Qoʻmita raisiga kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
15) Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalariga asosan tasdiqlangan Qoʻmita xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etish, koʻrsatib oʻtilgan qoidalarga mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlari tomonidan rioya etilishini taʼminlash;
16) huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilikni takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni va korrupsiyaga qarshi kurashishga doir boshqa qonunchilik hujjatlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Qoʻmita tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish, shuningdek, manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishga doir ishlarni muvofiqlashtirish;
17) davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflarni Qoʻmita raisiga kiritish;
18) davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;
19) vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning turizm sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirishda ishtirok etish;
20) turizm infratuzilmalarini rivojlantirish va ushbu sohalardagi xizmatlarni diversifikatsiyalash;
21) Qoʻmitaning xalqaro va respublika darajalaridagi ommaviy tadbirlarning kalendar rejasini shakllantirishda ishtirok etish, uni manfaatdor tashkilotlar va idoralar bilan birgalikda amalga oshirish;
22) respublikada turizm sohasi rivojlanishi monitoringini olib borish hamda ushbu sohalarni yanada rivojlantirish boʻyicha har yillik prognozlarni shakllantirish;
23) turizm sohasida isteʼdodli va istiqbolli kadrlarni tanlash, tayyorlash va ularning mahoratini oshirish;
24) turizm sohasiga investitsiyalarni jalb qilish, ushbu sohalardagi hududiy dasturlar ijrosini taʼminlash;
25) turizm sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish boʻyicha xalqaro, respublika tashkilotlari bilan birgalikda ishlashni taʼminlash.
23. Quyidagilar milliy turizm mahsulotlarini ommalashtirishga masʼul Qoʻmita raisi oʻrinbosarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
2) Qoʻmita raisi vaqtincha boʻlmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;
3) Qoʻmitaning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
4) Qoʻmita faoliyatining mutasaddilik qilinadigan yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Qoʻmita faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
5) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz taʼminlash choralarini koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
6) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarning choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ular bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
7) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari bajarilishini taʼminlash, mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalarida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son hamda “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-son farmonlariga hamda “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari ijrosini nazorat qilishning yangi mexanizmlarini joriy etish toʻgʻrisida” 2025-yil 30-sentabrdagi 616-son qaroriga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
8) Qoʻmita hayʼati qarorlari, Qoʻmita raisining buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
9) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Qoʻmita raisiga takliflar taqdim etish, ularning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini koʻrish, mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
10) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Qoʻmitaning tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qatʼiy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda Qoʻmita raisining topshirigʻiga binoan ishtirok etish;
11) Qoʻmitaga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish;
12) xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son qarori talablariga toʻliq muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
13) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Qoʻmita hayʼati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;
14) turizm sohasiga tegishli masalalar boʻyicha Qoʻmita faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy choralar koʻrish, qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni Qoʻmita raisiga kiritish;
15) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish boʻyicha takliflarni Qoʻmita raisiga kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
16) Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalariga asosan tasdiqlangan Qoʻmita xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etish, koʻrsatib oʻtilgan qoidalarga mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlari tomonidan rioya etilishini taʼminlash;
17) huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilikni takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni va korrupsiyaga qarshi kurashishga doir boshqa qonunchilik hujjatlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Qoʻmita tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish, shuningdek, manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishga doir ishlarni muvofiqlashtirish;
18) davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflarni Qoʻmita raisiga kiritish;
19) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
20) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
21) davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish.
22) “Milliy PR-markazi” DM hamda xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonalar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda milliy turizm mahsulotlarining samarali marketingini nazorat qilish.
24. Quyidagilar Qoʻmita markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;
2) tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
3) Qoʻmitaning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;
4) prognoz koʻrsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda tarkibiy va hududiy boʻlinmalar ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha choralar koʻrish boʻyicha takliflarni Qoʻmita raisining mutasaddilik qiladigan oʻrinbosarlariga kiritish;
5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari bajarilishini taʼminlash, Qoʻmita tarkibiy boʻlinmalarida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son hamda “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-son farmonlariga hamda “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari ijrosini nazorat qilishning yangi mexanizmlarini joriy etish toʻgʻrisida” 2025-yil 30-sentabrdagi 616-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
6) hayʼat qarorlari hamda buyruqlar, Qoʻmita raisi va uning oʻrinbosarlari topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
7) tarkibiy boʻlinmalarning ish rejalari ishlab chiqilishini taʼminlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
8) tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, Qoʻmitaning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga amaliy va metodik yordam koʻrsatish;
9) tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga oid masalalar yuzasidan qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Qoʻmita rahbariyatiga kiritish;
10) tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda Qoʻmita rahbariyatiga takliflar taqdim etish, professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, ularning kasb malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
11) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tarkibiy boʻlinmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Qoʻmitaning tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini keyinchalik Qoʻmita rahbariyati tomonidan koʻrib chiqish, imzolash (viza qoʻyish) uchun koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qatʼiy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash, Qoʻmita rahbarlarining topshirigʻi boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasida ishlab chiqishda ishtirok etish;
12) Qoʻmitaga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish;
13) xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son qarori talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
14) tarkibiy boʻlinmalar xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yigʻilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;
15) tarkibiy boʻlinmalar xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etishini taʼminlash;
16) tarkibiy boʻlinmalarda Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni va korrupsiyaga qarshi kurashishga doir boshqa qonunchilik hujjatlari hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga rioya qilinishini taʼminlash;
17) davlat xizmatlarining samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflarni Qoʻmita rahbariyatiga kiritish;
18) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomda belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
19) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;
20) davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;
21) xalqaro va respublika darajalaridagi ommaviy tadbirlarning kalendar rejasini shakllantirishda ishtirok etish;
22) tarkibiy boʻlinmalar xodimlari faoliyatini tasdiqlangan lavozim majburiyatlariga muvofiq tashkil qilish;
23) boshqarmalar vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan Qoʻmita rahbariyatiga tahliliy materiallar tayyorlash;
24) Qoʻmitaning tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini oʻrganishni tashkil etish va ularga amaliy koʻmaklashish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
25. Quyidagilar hududiy boʻlinmalar rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
2) hududiy boʻlinmalar faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish va nazorat qilish, ularga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda boshqa qonunchilik hujjatlari va Qoʻmitaning buyruqlari bilan yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
3) hududiy boʻlinmalar faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari bajarilishini taʼminlash, hududiy boʻlinmalarda ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son hamda “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-son farmonlariga hamda “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari ijrosini nazorat qilishning yangi mexanizmlarini joriy etish toʻgʻrisida” 2025-yil 30-sentabrdagi 616-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun hududiy boʻlinmalar xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
5) Qoʻmita hayʼati qarorlari, buyruqlari, Qoʻmita raisi va uning oʻrinbosarlarining topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
6) turizm sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlik qilish;
7) oʻz oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, hududiy boʻlinmalarning boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilash, Qoʻmita hududiy boʻlinmalari faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash;
8) Qoʻmitaning hududiy boʻlinmalar faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, oʻz oʻrinbosarlarining choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishini nazorat qilishni taʼminlash;
9) Qoʻmitaning hududiy boʻlinmalarida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, hududiy boʻlinmalarning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
10) Qoʻmita markaziy apparati nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, hududiy boʻlinmalarga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash;
11) hududiy boʻlinmalar xodimlarini, oʻz oʻrinbosarlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, shu jumladan, ular egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish, ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshirish;
12) hududiy boʻlinmalar xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etishini taʼminlash;
13) hududiy boʻlinmalarda Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni va korrupsiyaga qarshi kurashishga doir boshqa qonunchilik hujjatlari hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga rioya qilinishini taʼminlash;
14) prognoz koʻrsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda hududiy boʻlinmalar tomonidan ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishni taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha choralar koʻrish boʻyicha takliflarni Qoʻmitaga kiritish;
15) hududiy boʻlinmalar xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, yigʻilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;
16) hududiy boʻlinmalar faoliyatiga oid masalalar boʻyicha qonunchilikni takomillashtirish, shuningdek, davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish hamda ularni koʻrib chiqish uchun Qoʻmitaga kiritish;
17) Qoʻmitaning hududiy boʻlinmalari tarkibiga kiradigan tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
18) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
19) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan barcha murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;
20) hududiy boʻlinmalar xodimlari lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar toʻlash, ularga moddiy yordam berish, ularni taqdirlash, ragʻbatlantirish va ularga intizomiy chora qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilish, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi takliflarni Qoʻmitaga kiritish;
21) davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarning himoya qilinishini taʼminlash.
6-bob. Qoʻmita rahbariyatining javobgarligi
26. Qoʻmita raisi:
Qoʻmitaga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi;
Qoʻmitaning ushbu Nizomda koʻrsatilgan javobgarlik sohalari boʻyicha hamda oʻz funksional vazifalari sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
27. Qoʻmita raisi oʻrinbosarlari:
mutasaddilik qilinadigan yoʻnalish va tarkibiy boʻlinmalarda Qoʻmitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
ushbu Nizomda koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
28. Markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari;
tegishli tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
ushbu Nizomda koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
29. Hududiy boʻlinmalar rahbarlari:
hududiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
ushbu Nizomda koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
7-bob. Qoʻmita faoliyatini tashkil etish
1-§. Qoʻmita rahbariyati
30. Qoʻmitaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Qoʻmita raisi rahbarlik qiladi.
31. Qoʻmita raisining ikki nafar oʻrinbosari boʻladi. Qoʻmita raisining oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
32. Qoʻmita raisi moddiy taʼminoti, tibbiy va transport xizmatidan foydalanish borasidagi shart-sharoitlariga koʻra — vazirga, Qoʻmita raisi oʻrinbosarlari — vazir oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi.
33. Qoʻmita raisi boʻlmagan vaqtda uning vakolatlari Qoʻmita raisining tegishli buyrugʻiga asosan uning oʻrinbosarlaridan biri tomonidan bajariladi.
34. Quyidagilar:
Qoʻmita raisining maslahatchilari belgilangan tartibda Qoʻmita raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar turizm boshqarmalari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari belgilangan tartibda Qoʻmita raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
35. Qoʻmita raisi Qoʻmita tizimiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlarning rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno.
36. Qoʻmita raisi Qoʻmita markaziy apparatining boshqarmalari va boʻlimlari, boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni, idoraviy mansub tashkilotlarning ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi.
2-§. Qoʻmita markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining Qoʻmita hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi tartibi
37. Qoʻmita markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining Qoʻmita hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari tomonidan taʼminlanadi.
38. Qoʻmita markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari Qoʻmitaning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻz faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha hamkorlik qilib:
topshiriqlarni hududiy boʻlinmalarga va idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;
Qoʻmitaning hududiy boʻlinmalariga va idoraviy mansub tashkilotlarga tarkibiy boʻlinmalarning bevosita faoliyati masalalari boʻyicha soʻrovlar yuboradi hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladi;
Qoʻmitaning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyati amaliyotini tekshiradi va oʻrganadi, umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;
Qoʻmitaning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari toʻgʻrisida hisobot va axborot materiallari, statistika va boshqa maʼlumotlar oʻrganilishini tashkil etadi;
Qoʻmitaning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirishga doir chora-tadbirlar koʻradi;
Qoʻmitaning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlardan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda Qoʻmitaning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar ishtirokini tashkil etadi, turizm sohasida qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha ulardan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi.
39. Qoʻmitaning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari Qoʻmita markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan hamkorlik qiladi, shu jumladan:
berilgan topshiriqlar ijrosi haqida Qoʻmita rahbariyatiga axborot beradi;
qonunchilikni amalga oshirish boʻyicha oʻz faoliyati natijalari toʻgʻrisida markaziy apparatga axborot taqdim etadi;
ularning faoliyatini tekshirish va oʻrganish natijasida aniqlangan ishdagi kamchiliklarni va qoidabuzarliklarni bartaraf etish natijalari toʻgʻrisida maʼlumot beradi;
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, shu jumladan, aholining turizm sohasiga oid mavjud dolzarb muammolarini bartaraf etish yuzasidan Qoʻmitaning markaziy apparatiga takliflar kiritadi;
vakolatli organlar tomonidan oʻtkazilgan oʻz faoliyatini tekshirish natijalari toʻgʻrisida xabar beradi.
40. Qoʻmita markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari va uning hududiy boʻlinmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlarining oʻzaro hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Qoʻmita raisining topshirigʻiga binoan uning tegishli oʻrinbosari va maslahatchisi tomonidan koʻrib chiqiladi. Agar koʻrsatib oʻtilgan koʻrib chiqishdan keyin kelishmovchiliklar tartibga solinmasa, u boʻyicha qaror bevosita Qoʻmita raisi tomonidan qabul qilinadi.
41. “Milliy PR-markazi” davlat muassasasi bir vaqtda Qoʻmitaning axborot xizmati vazifasini bajaradi hamda Qoʻmita raisining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi — axborot xizmati rahbari ushbu muassasaning direktori hisoblanadi.
3-§. Qoʻmitaning boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi
42. Qoʻmita oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
43. Qoʻmitaning hududiy boʻlinmalari oʻz vakolatlari doirasida boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
4-§. Qoʻmita hayʼati
44. Qoʻmitada Qoʻmita raisi (hayʼat raisi), uning oʻrinbosarlari, maslahatchilari, shuningdek, Qoʻmita faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalar rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi.
Hayʼat tarkibining soni va shaxsiy tarkibi belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
45. Hayʼatga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Qoʻmita faoliyatining ushbu Nizomda belgilangan asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash uchun Qoʻmita tizimi xodimlari va rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini koʻrgan holda, hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hisobotlari muntazam ravishda eshitilishini tashkil etish;
Qoʻmita faoliyati sohasidagi hududiy va tarmoq dasturlari amalga oshirilishining natijadorligini har chorakda va muntazam koʻrib chiqish;
joylarda Qoʻmita faoliyatiga oid dolzarb masalalar muhokama qilinishini taʼminlagan holda hayʼatning kengaytirilgan sayyor majlislari oʻtkazilishini tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Qoʻmita markaziy apparatiga va uning tizimiga kiradigan lavozimlar nomenklaturasini koʻrib chiqish va tasdiqlash;
Qoʻmita markaziy apparati nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish masalalarini koʻrib chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash uchun Qoʻmita rahbarlari va xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash va shaxsiy javobgarligini oshirish.
Hayʼat Qoʻmita vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishga haqli.
46. Hayʼat majlisiga qoʻmita vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari, boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
47. Hayʼat, agar uning majlisida hayʼat tarkibining yarmidan koʻpi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
48. Hayʼat qarorlari Qoʻmita raisining buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
49. Qoʻmita raisi va hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Qoʻmita raisi yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Shuningdek, hayʼat aʼzolari ham Vazirlar Mahkamasiga oʻz fikrini maʼlum qilishi mumkin.
50. Hayʼat faoliyati tartibi hayʼat tomonidan tasdiqlanadigan uning reglamenti bilan belgilanadi.
8-bob. Qoʻmita faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari
51. Qoʻmita faoliyatining samaradorligi muntazam baholanishi lozim.
52. Qoʻmita faoliyati samaradorligi va natijadorligiga berilgan baholar belgilangan tartibda tasdiqlanadigan Qoʻmita faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
53. Qoʻmita faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:
Qoʻmita rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;
Qoʻmita faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari koʻriladi.
Qoʻmita faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va metodikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
9-bob. Qoʻmitani moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish
54. Qoʻmita faoliyatini moliyalashtirish va uning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
55. Qoʻmita markaziy apparatiga 4 ta shaxsan biriktirilgan (Qoʻmita raisi, uning oʻrinbosarlari va axborot xizmati rahbari uchun), 2 ta maxsus (yoʻlsiz joylarda yura oladigan 1 ta, mehmonlarni kutib olish uchun 1 ta), 1 ta navbatchi avtotransport vositasi va 1 ta mikroavtobus limiti ajratilishi nazarda tutiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar turizm boshqarmalariga 1 ta shaxsan biriktirilgan va 1 ta maxsus avtotransport vositasi limiti ajratilishi nazarda tutiladi.
Qoʻmitaga tegishli xizmat avtotransport vositasiga Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan yillik kilometr masofa limiti tatbiq etilmaydi.
56. Qoʻmita xodimlarining ish haqi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan lavozim maoshi, mukofot pullari, qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar va ragʻbatlantirish toʻlovlaridan tashkil topadi.
57. Mehnatga haq toʻlash fondi, Qoʻmita huzuridagi budjetdan tashqari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar Qoʻmita xodimlarining ish haqlarini toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish manbai hisoblanadi.
58. Qoʻmita markaziy apparati, uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari xodimlari qoʻshimcha quyidagi shakllarda moddiy ragʻbatlantiriladi:
1) Qoʻmita markaziy apparati xodimlari Qoʻmita huzuridagi budjetdan tashqari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan, hududiy boʻlinmalar xodimlari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan quyidagi miqdorda koʻp yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama toʻlanadi (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda):
1 dan 3 yilgacha — 0,3;
3 dan 5 yilgacha — 0,6;
5 dan 10 yilgacha — 0,8;
10 dan 15 yilgacha — 1,0;
15 dan 20 yilgacha — 1,2;
20 dan yuqori — 1,5.
Koʻp yillik ishlaganlik uchun ustama olish huquqini beruvchi ish staji Qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlanadigan tartib asosida amalga oshiriladi;
2) Qoʻmita huzuridagi budjetdan tashqari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan:
a) chorak yakuni boʻyicha eng tashabbuskor va natijador xodimlarni ustamani (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini) hisobga olgan holda, bir oylik ish haqi jamgʻarmasining yuz foizigacha boʻlgan miqdorda bir yoʻla mukofotlash;
b) eng tashabbuskor va samarali ishlagan xodimlarni ustamani (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini) hisobga olgan holda, bir oylik ish haqi jamgʻarmasining yuz foizigacha boʻlgan miqdorda moddiy ragʻbatlantirish;
v) jamoa shartnomasiga muvofiq mehnat natijalari bilan bogʻliq boʻlmagan kompensatsiya toʻlovlari va bir yoʻla beriladigan mukofotlar;
g) oʻz xizmat faoliyati samaradorligini oshirish va xizmat vazifalarini oqilona bajarish tizimini joriy etish maqsadida Qoʻmitaning javobgarligi yuqori boʻlgan Qoʻmita markaziy apparati xodimlari uchun Qoʻmita raisi tomonidan tayinlanadigan shaxsiy ustamalar.
Ushbu bandning “a” va “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan toʻlovlar summasi bir chorakda ustamani (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini) hisobga olgan holda, bir oylik ish haqi jamgʻarmasining ikki baravari miqdoridan oshmasligi kerak.
Qoʻmita raisi tomonidan maxsus va shaxsiy ustamalar belgilanishi mumkin.
Xodimlarni qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi nizom Qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Qoʻmita huzuridagi budjetdan tashqari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan xodimlarga qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa toʻlovlar ham toʻlanishi mumkin.
Bunda ushbu bandda nazarda tutilgan toʻlovlar Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi moliyaviy holatidan kelib chiqib toʻlanadi.
59. Qoʻmitaning hududiy boʻlinmalari faoliyatini taʼminlash va moliyalashtirish (shu jumladan, xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish) ishlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjeti, shuningdek, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari xodimlari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari hududiy boʻlinmalar rahbarlari (xodimlari) uchun daromadlar prognozining oshirib bajarilgan mablagʻlardan va budjetning orttirib bajarilgan qismi hisobiga qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish turlarini (ustama haq, qoʻshimcha haq, mukofotlar va ish haqiga boshqa toʻlovlar) belgilash huquqiga ega.
60. Qoʻmitaning markaziy apparati hamda hududiy boʻlinmalar xodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadlari ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalarga muvofiq belgilanadi.
10-bob. Qoʻmitaning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalariga va Vazirlar Mahkamasiga hisobot berishi
61. Qoʻmita rahbarlari oʻz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalariga, Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
Qoʻmita Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi bilan oʻzaro hamkorlik qilish doirasida:
oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlar hamda boshqa hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda kiritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish uchun respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda oʻz faoliyati sohasidagi muammolarni hal etish, davlat boshqaruvi tizimini maqbullashtirishga qaratilgan taklif, tavsiya va tahliliy maʼlumotlar tayyorlanishini taʼminlaydi;
turizm sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda mavjud tizimli muammo va kamchiliklarning muntazam ravishda koʻrib chiqilishi va bartaraf etilishini tashkil qiladi;
belgilangan tartibda boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
62. Qoʻmita raisi Qoʻmita rahbarlariga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi uchun ularning faoliyati boʻyicha muntazam monitoring yuritadi, Qoʻmita faoliyati samaradorligiga xolisona baho beradi.
63. Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha Qoʻmitaning alohida oʻrnak koʻrsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari ragʻbatlantiriladi yoxud yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan javobgarlikka tortiladi.
11-bob. Yakunlovchi qoidalar
64. Qoʻmita qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
65. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi markaziy apparati xodimlari mehnatiga haq toʻlash
RAZRYADLARI

Lavozimlar nomi

Yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlar

Rais

19

Rais oʻrinbosari

18

Rais maslahatchilari, ijro apparati rahbari

17

Boshqarma boshligʻi

16

Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari

16 (-5%)

Boʻlim boshligʻi, xizmat boshligʻi, rais yordamchisi

14

Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari, devonxona mudiri

13

Bosh mutaxassis

12

Yetakchi mutaxassis

11

Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar turizm boshqarmalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash
RAZRYADLARI

Lavozimlar nomi

Yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlar

Toifadan tashqari

I toifa

II toifa

III toifa

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar turizm boshqarmasi boshligʻi

19 (-5%)

18

17

16

Boshqarma boshligʻining oʻrinbosari

16

15

14

13

Boʻlim boshligʻi, bosh hisobchi

14

13

12

11

Boʻlim boshligʻining oʻrinbosari

14 (-5%)

13 (-5%)

12 (-5%)

11 (-5%)

Bosh mutaxassis, yuriskonsult

12

11

10

9

Yetakchi mutaxassis

11

10

9

8

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qarorida:
a) 1-bandning toʻqqizinchi xatboshisidagi “Turizm va madaniy meros vazirligining” soʻzlari “Turizm qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“b” kichik bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi huzuridagi “Turistlarga xizmat koʻrsatish markazi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — “Turistlarga xizmat koʻrsatish markazi” DM) turizm axborot markazlari (keyingi oʻrinlarda — Markaz) faoliyatini muvofiqlashtiradi va quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:”;
“g”, “d”, “e” va “z” kichik bandlardagi tegishli kelishikdagi “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Turizm qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5 va 11-bandlardagi tegishli kelishikdagi “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Turizm qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-banddagi “Turizm qoʻmitasi” soʻzlari “Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi” DM (keyingi oʻrinlarda — Markaz)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-banddagi “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUKga (keyingi oʻrinlarda — Markaz)” soʻzlari “Markaz” soʻzi bilan almashtirilsin;
49 va 50-bandlar qoʻyidagi tahrirda bayon etilsin:
“49. Markaz inspeksiya nazoratini oʻtkazish davrini belgilaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi veb-saytida Inspeksiya nazoratini oʻtkazish rejasini joylashtiradi.
50. Inspeksiya nazoratini oʻtkazish uchun Markaz rahbarining buyrugʻi bilan komissiya tarkibi, inspeksiya nazoratini oʻtkazish muddati va dasturi tasdiqlanadi.
Markazning sifat boʻyicha ekspert-auditorlari orasidan komissiya raisi tayinlanadi”;
51-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari, 52-band, 53-bandning ikkinchi xatboshisi, 54-bandning uchinchi xatboshisi, 56-band, 58-bandning birinchi va toʻrtinchi xatboshisi, 60-bandning ikkinchi xatboshisi, 62-bandning birinchi xatboshisi, 63-band, 64-bandning “d”, “e”, “z” va “i” kichik bandlari, 68-bandning “b” kichik bandi, 69 va 70-bandlardagi tegishli kelishikdagi “Turizm qoʻmitasi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Markaz” soʻzi bilan almashtirilsin;
g) 3-ilovaning 2-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari “Turizm qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 4-ilovaning 9-bandidagi “Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi “Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi” DUK” soʻzlari “Turizm qoʻmitasi huzuridagi “Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi” davlat muassasasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 6-ilovaning 2-bandi uchinchi xatboshisidagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi” chiqarib tashlansin;
2-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi;
Markaz — Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi huzuridagi “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” davlat muassasasi”;
11-bandning birinchi xatboshisi va 18-bandning oltinchi xatboshisidagi “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari “Turizm qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-bandidagi “Turizm va madaniy meros vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik)” soʻzlari “Turizm qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-band, 10-bandning birinchi xatboshisi va 31-banddagi “Vazirlik” soʻzi “Qoʻmita” soʻzi bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Turizm va madaniy meros vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik)” soʻzlari “Turizm qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Vazirlikka” soʻzi “Qoʻmitaga” soʻzi bilan almashtirilsin;
5-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Vazirlikning” va “Vazirlikka” soʻzlari tegishlicha “Qoʻmitaning” va “Qoʻmitaga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6, 9 va 10-bandlardagi tegishli kelishikdagi “Vazir” soʻzi tegishli kelishikdagi “Qoʻmita raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
11, 12 va 15-bandlardagi tegishli kelishikdagi “Vazirlik” soʻzi tegishli kelishikdagi “Qoʻmita” soʻzi bilan almashtirilsin;
ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Turizm fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash
SXEMASI

Bosqichlar

Masʼullar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlar

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha nomzodlarni tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar turizm boshqarmalariga taqdim etadi.

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha nomzodlarni Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasiga taqdim etadi.

Har yili 1-avgustga qadar

Respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlar

2-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar turizm boshqarmalari

Nomzodlar boʻyicha taqdim etilgan hujjatlarni belgilangan tartibda oʻrganib chiqadi va nomzodlar yuzasidan xulosalarni Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasiga taqdim etadi.

Har yili 20-avgustga qadar

3-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasining koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiyasi

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha nomzodlarning tegishli hujjatlarini oʻrganib chiqadi va yakuniy xulosani chiqaradi.

Har yili 15-sentabrga qadar

4-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi raisi buyrugʻini chiqaradi.

Har yili 20-sentabrga qadar

5-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi

Turizm sohasini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni bilan taqdirlaydi

Har yili 27-sentabr arafasida

”.

2. Vazirlar Mahkamasining “Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 24-fevraldagi 100-son qarorida:
a) 1-bandning “b” kichik bandi beshinchi xatboshisidagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshidagi “Turizm va madaniy meros vazirligi” (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) soʻzlari “Turizm qoʻmitasi” (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) soʻzlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari “Qoʻmita” soʻzi bilan almashtirilsin;
v) 6-bandning ikkinchi xatboshisi, 7-bandning “a” kichik bandi birinchi xatboshisi, 9-bandning birinchi xatboshisidagi “Vazirlik” soʻzi “Qoʻmita” soʻzi bilan almashtirilsin;
33-bandning birinchi xatboshisidagi “Turizm va madaniy meros vazirligi” (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) soʻzlari “Turizm qoʻmitasi” (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) soʻzlari bilan almashtirilsin;
35, 36-bandlar, 37-bandning ikkinchi xatboshisi, 39-bandning birinchi xatboshisi, 41-band, 42-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari, 43 va 45-bandlardagi tegishli kelishikdagi “Vazirlik” soʻzi tegishli kelishikdagi “Qoʻmita” soʻzi bilan almashtirilsin;
3-ilovaning matnidagi “Turizm va madaniy meros vazirligiga” soʻzlari “Turizm qoʻmitasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-ilovaning matni “Subyektlar” va “Tadbirlar” ustunlaridagi tegishli kelishikdagi “Vazirlik” soʻzi tegishli kelishikdagi “Qoʻmita” soʻzi bilan almashtirilsin;
1-banddagi “A. Abduxakimov — ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri” soʻzlari “A. Aqqulov — Turizm qoʻmitasi raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
5-band “moliya” soʻzidan oldin “iqtisodiyot va” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
6-banddagi “A. Mirzaraximov — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi” soʻzlari “lavozimiga koʻra — ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 6a-ilovaning 5-bandidagi “U. Shadiyev — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi” soʻzlari “A. Aqqulov — ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Yevroosiyo” xalqaro teatr sanʼati festivalini oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 23-apreldagi 235-son qarorida:
a) 6-bandning birinchi xatboshisidagi “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari “Turizm qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning 6-pozitsiyasidagi “U.R. Shadiyev — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi” soʻzlari “A.Oʻ. Aqqulov — ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Samarqand shahrida har yili “Samarkand Marathon” xalqaro xayriya yarim marafonini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida” 2021-yil 4-maydagi 277-son qarorida:
uchinchi xatboshidagi “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari “Turizm qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Turizm va madaniy meros vazirligidan” soʻzlari “Turizm qoʻmitasidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning 10-bandidagi “U. Shadiyev — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi” soʻzlari “A. Aqqulov — ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 25-avgustdagi 475-son qarorida:
a) nomidagi “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari “Turizm qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi kengashi tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida turistik (mehmonxona) yigʻimni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
v) 5-banddagi “Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vaziri A.A. Abduxakimov” soʻzlari “Turizm qoʻmitasi raisi A.Oʻ. Aqqulov” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
ilova belgisidagi “2-ilova” soʻzlari “1-ilova” soʻzlari bilan almashtirilsin;
nomi va 1-banddagi “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari “Turizm qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-banddagi “Turizm va madaniy meros vazirligida (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) yuridik shaxs tashkil etmagan holda, mablagʻlardan keyinchalik turizm va madaniy meros sohalarini” soʻzlari “Turizm qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) yuridik shaxs tashkil etmagan holda, mablagʻlardan keyinchalik turizm sohasini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “Vazirlik” soʻzi “Qoʻmita” soʻzi bilan almashtirilsin;
oʻn birinchi — oʻn uchinchi xatboshilardagi “Vazirlikning” soʻzi “Qoʻmitaning” soʻzi bilan almashtirilsin;
oʻn beshinchi xatboshidagi “turizm va madaniy meros sohalaridagi” soʻzlari “turizm sohasidagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oʻn sakkizinchi xatboshi oʻn yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
5-banddagi “Vazirlik” soʻzi “Qoʻmita” soʻzi bilan almashtirilsin;
6-banddagi “Vazirlik” va “Moliya vazirligi” soʻzlari tegishlicha “Qoʻmita” va “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “turizm va madaniy meros sohalaridagi” soʻzlari “turizm sohasidagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “turizm va madaniy meros obyektlari” soʻzlari “turizm obyektlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “turizm va madaniy meros sohalarida” soʻzlari “turizm sohasida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “turizm va madaniy meros obyektlari” soʻzlari “turizm obyektlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “Jahon Turistik” soʻzlari “Butunjahon Turizm” soʻzlari bilan almashtirilsin;
sakkizinchi, toʻqqizinchi, oʻninchi va oʻn ikkinchi xatboshilardagi “Vazirlik” soʻzi “Qoʻmita” soʻzi bilan almashtirilsin;
oʻn birinchi xatboshidagi “turizm va madaniy meros sohalarini” soʻzlari “turizm sohasini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoʻmita huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini moliyalashtirish”;
oʻn beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish, ular faoliyatini ragʻbatlantirish, turizm sohasidagi loyihalarga grantlar ajratish, shuningdek, faoliyati turizm sohasi bilan bevosita bogʻliq boʻlgan jamoat tashkilotlarining xalqaro tashkilotlarga aʼzolik badallarini Turizm qoʻmitasi raisining qarori bilan toʻlab berish”;
oʻn oltinchi xatboshidagi “turizm va madaniy meros sohalaridagi” soʻzlari “turizm sohasidagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn yettinchi xatboshidagi “Vazirlik” soʻzi “Qoʻmita” soʻzi bilan almashtirilsin;
oʻn sakkizinchi xatboshidagi “Vazirlik huzuridagi “Milliy PR-markaz” DUK, Vazirlikning” soʻzlari “Qoʻmita huzuridagi “Milliy PR-markaz” davlat muassasasi, Qoʻmitaning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yigirmanchi xatboshi chiqarib tashlansin;
yigirma birinchi — yigirma yettinchi xatboshilar tegishlicha yigirmanchi — yigirma oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
yigirmanchi xatboshidagi “10” raqami “5” raqami bilan almashtirilsin;
yigirma birinchi va yigirma oltinchi xatboshilardagi “Vazirlik” soʻzi “Qoʻmita” soʻzi bilan almashtirilsin;
yigirma beshinchi xatboshidagi “turizm va madaniy meros sohalaridagi” soʻzlari “turizm sohasidagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-banddagi “Vazir” soʻzi “Turizm qoʻmitasi raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 31-bob bilan toʻldirilsin:
31-bob. Jamgʻarma kengashi va uning faoliyatini tashkil etish
81. Jamgʻarma kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) Vazirlar Mahkamasi tomonidan tuziladi.
82. Kengash:
Jamgʻarmaning rejalashtirilgan loyihalar boʻyicha keyingi yil uchun targʻibot va maqsadli dasturlarga oid xarajatlar smetasini maʼqullaydi;
Jamgʻarmaning yil yakuni boʻyicha targʻibot va maqsadli dasturlarga oid xarajatlari toʻgʻrisidagi hisobotlarini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi;
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini monitoring qiladi.
Kengash Jamgʻarmaning targʻibot va maqsadli dasturlarga oid xarajatlar smetasiga oʻzgartirishlar kiritishi mumkin.
83. Kengash yigʻilishlari zaruratga koʻra, lekin har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi. Kengash yigʻilishlari shaxsan ishtirok etish, videokonferensaloqa yoki soʻrov shaklida oʻtkaziladi. Kengash kotibi, qoida tariqasida, Kengash yigʻilishidan kamida bir kun oldin Kengash yigʻilishining kun tartibi va barcha tegishli materiallarni Kengash aʼzolariga elektron yoki qogʻoz shaklda yetkazadi.
84. Kengash yigʻilishi unda Kengash aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashganda vakolatli hisoblanadi.
Yigʻilishni oʻtkazish uchun kvorum yoki rais boʻlmaganda, Kengash yigʻilishini oʻtkazishning yangi sanasi eʼlon qilinadi.
85. Kengash qarorlari Kengash yigʻilishi bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Kengash yigʻilishi bayonnomasi Kengash kotibi tomonidan tuziladi, uni yigʻilishda qatnashgan Kengash aʼzolari imzolaydi hamda Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Kengash qarorlari yigʻilishda qatnashayotgan Kengash aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan hollarda, Kengash raisi ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Kengash aʼzolari ovoz berish jarayonida betaraf qolishga haqli emas.
Kengash yigʻilishi bayonnomasidan norozi boʻlgan Kengash aʼzosining yozma fikri Kengash bayonnomasiga ilova qilinadi.
Kengash bayonnomalari Kengash kotibi tomonidan belgilangan tartibda roʻyxatga olinadi va saqlanadi.
86. Jamgʻarma hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarning samaradorligi va natijadorligi moliyalashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishdan oldin, zaruratga koʻra — loyihani amalga oshirish jarayonida hamda u yakunlangandan soʻng baholanadi.
87. Kengash baholash natijalariga koʻra mablagʻlarning keyingi bosqichini (transhini) ajratish, moliyalashtirish hajmini qisqartirish, loyiha parametrlarini qayta koʻrib chiqish yoki moliyalashtirishni toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin”;
9-banddagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-banddagi “Vazir” soʻzi “Turizm qoʻmitasi raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
11-banddagi “Vazirlik” va “Moliya vazirligiga” soʻzlari tegishlicha “Qoʻmita” va “Iqtisodiyot va moliya vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
13-banddagi “Vazir” soʻzi “Turizm qoʻmitasi raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) quyidagi mazmundagi 2-ilova bilan toʻldirilsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-avgustdagi 475-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi kengashi
TARKIBI

1.

G.O. Umerova

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm boʻyicha departamenti boshligʻi, Kengash raisi

2.

A.Oʻ. Aqqulov

Turizm qoʻmitasi raisi, Kengash raisi oʻrinbosari

3.

B.G. Abdikarimov

Madaniy meros agentligi direktori

4.

S.Sh. Tadjiyev

Turizm qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

5.

S.R. Bobokalonov

Turizm qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

6.

lavozimi boʻyicha

Turizm qoʻmitasi raisining strategik rejalashtirish boʻyicha maslahatchisi

7.

Sh.B. Maxmudov

Turizm qoʻmitasining moliya-iqtisodiy boshqarmasi boshligʻi, Kengash kotibi

Izoh.
Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Kengash tarkibiga Kengash raisi tomonidan oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin”;
ikkinchi xatboshidagi “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari “Turizm qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻninchi xatboshidagi “Turizm va madaniy meros vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik)” soʻzlari “Turizm qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-bandning oltinchi va yettinchi xatboshilaridagi “Vazirlikka” soʻzi “Qoʻmitaga” soʻzi bilan almashtirilsin;
5-bandning birinchi xatboshisi va 7-banddagi “Vazirlik” soʻzi “Qoʻmita” soʻzi bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 139-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat muassasasi va masʼuliyati cheklangan jamiyat sifatida qayta tashkil etiladigan davlat ishtirokidagi korxonalar roʻyxatining 14-pozitsiyasidagi “Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar faoliyatini tashkil etish, ushbu sohada davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2023-yil 27-noyabrdagi 622-son qarorida:
a) 3 va 4-bandlarning birinchi xatboshilari, 5-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari hamda 6-banddagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 8-banddagi “ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov” soʻzlari “Turizm qoʻmitasi raisi A.Oʻ. Aqqulov” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-banddagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
2 — 9-ilovalarning matnlaridagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
8. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-noyabrdagi 635-son qarori bilan tasdiqlangan Ayrim turdagi malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning yagona maʼmuriy reglamentiga 5-ilovaning 3-pozitsiyasi uchinchi ustunidagi “Turizm qoʻmitasi (Madaniy meros obyektlari muammolarini oʻrganish va turizmni rivojlantirish ilmiy tadqiqot instituti)” soʻzlari “Turizm qoʻmitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Davlat oʻrmon fondi yer maydonlaridan foydalanishda ijara munosabatlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 21-dekabrdagi 674-son qarorining 7-bandidagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Yoshlarni kasbga (mutaxassislikka) va chet tillariga oʻqitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 17-apreldagi 213-son qarorining 8-bandi “a” kichik bandi uchinchi xatboshisidagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
11. Vazirlar Mahkamasining “Surxondaryo viloyatida yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun investorlarga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida” 2024-yil 18-apreldagi 218-son qarorida:
a) 1-bandning toʻrtinchi xatboshisi “yigʻimlar” soʻzidan keyin “hamda turistik (mehmonxona) yigʻim” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
5-bandning ikkinchi xatboshisi “yigʻimlar” soʻzidan keyin “hamda turistik (mehmonxona) yigʻim” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
7-banddagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
2-ilova nomidagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
12. Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpogʻiston Respublikasida mehmonxona xizmatlarini rivojlantirish hamda qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 16-maydagi 287-son qarorida:
a) 2-bandning birinchi xatboshisi va 3-banddagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 4-banddagi “ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov” soʻzlari “Turizm qoʻmitasi raisi A.Oʻ. Aqqulov” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) ilovaning 1 va 3-bandlaridagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
13. Vazirlar Mahkamasining “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari asosida baholashni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 31-iyuldagi 463-son qaroriga 1-ilovaning 26-bandidagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
14. Vazirlar Mahkamasining “Toʻsiqsiz turizm orqali turizm imkoniyatlarini yanada kengaytirish boʻyicha qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 12-avgustdagi 498-son qarorida:
a) 2-bandning birinchi xatboshisidagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
1-banddagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
2-ilovaning matnidagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
15. Vazirlar Mahkamasining “Mehmonxona xoʻjaligi faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2024-yil 7-sentabrdagi 550-son qarorida:
a) 3-banddagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
4-bandning ikkinchi xatboshisi “yigʻimlar” soʻzidan keyin “hamda turistik (mehmonxona) yigʻim” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
2 va 3-ilovalarning matnlaridagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
6-bandning birinchi xatboshisidagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
2-ilovadagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
16. Vazirlar Mahkamasining “Modulli mehmonxonani qurish va jihozlash uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida” 2024-yil 13-sentabrdagi 572-son qarorida:
a) 3-bandning uchinchi xatboshisidagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
6-bandning ikkinchi xatboshisi “yigʻimlar” soʻzidan keyin “hamda turistik (mehmonxona) yigʻim” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
8-banddagi “Ekologiya atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
2-ilovaning matnidagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
17. Vazirlar Mahkamasining “Turizmning yangi turlarini joriy qilish hamda mamlakatimizning turistik salohiyatidan samarali foydalanishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 18-sentabrdagi 582-son qarorining 2-bandi yettinchi xatboshisidagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
18. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” ichki turizm yarmarkasini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 7-oktabrdagi 646-son qarorida:
a) 4-bandning birinchi xatboshisidagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 10-banddagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov” soʻzlari “Turizm qoʻmitasi raisi A.Oʻ. Aqqulov” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 1-ilovaning 3-bandi birinchi xatboshisidagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
19. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlarini ragʻbatlantirish va ularning qonuniy ishlashi uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 7-noyabrdagi 745-son qarorining 4-bandidagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
20. Vazirlar Mahkamasining “Turizm sohasini raqamlashtirish va turistik xizmatlarni yagona platformaga birlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 7-dekabrdagi 820-son qarorining 3-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
21. Vazirlar Mahkamasining “Turistik klasterlar faoliyatini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 30-dekabrdagi 915-son qarorida:
a) 3-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) ilovaning 5-bandidagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
22. Vazirlar Mahkamasining “Turoperatorlarning xalqaro turizm yarmarkasi va koʻrgazmalaridagi pavilyon ijarasi xarajatlarini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2024-yil 30-dekabrdagi 918-son qarorida:
a) 1-banddagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) ilovaning 1-bandidagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
23. Vazirlar Mahkamasining “Tarixiy obyektlar va turizm rivojlanmagan hududlarda mehmonxonalar faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 30-dekabrdagi 919-son qarorida:
a) 3-bandning birinchi xatboshisidagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 4-banddagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov” soʻzlari “Turizm qoʻmitasi raisi A.Oʻ. Aqqulov” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-banddagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Nizomga 1-ilovaning “1-bosqich” pozitsiyasi “Tadbirlar” ustunidagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Nizomga 2-ilovaning matnidagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
24. Vazirlar Mahkamasining “Xorazm viloyatida yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun investorlarga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida” 2025-yil 17-apreldagi 233-son qarorida:
a) 3-banddagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 5-banddagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov” soʻzlari “Turizm qoʻmitasi raisi A.Oʻ. Aqqulov” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-bandning ikkinchi xatboshisi “yigʻimlar” soʻzidan keyin “hamda turistik (mehmonxona) yigʻimi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
7-banddagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Nizomga 2-ilovaning matnidagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
25. Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirish va budjetdan tashqari jamgʻarmalarni shakllantirish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2025-yil 21-maydagi 325-son qaroriga 2-ilovaning 31-pozitsiyasi “Budjetdan tashqari jamgʻarmalar” ustunidagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
26. Vazirlar Mahkamasining “Togʻli va choʻl hududlarda turizm xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 19-iyundagi 383-son qarorida:
a) 2-bandning “b” kichik bandi va 3-banddagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
2-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin”;
Nizomga 2-ilovaning matnidagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
27. Vazirlar Mahkamasining “Turizm obyektlari hamda joylashtirish vositalarida atrof-muhitga salbiy taʼsiri kamaytirilgan mahsulotlardan foydalanish va ekologik talablarga muvofiq koʻrsatiladigan xizmatlarni ragʻbatlantirish chora tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 24-iyundagi 385-son qarorida:
“v” kichik banddagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri” soʻzlari “Turizm qoʻmitasi raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“d” kichik banddagi “Ekologiya vazirligi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 6-banddagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov” soʻzlari “Turizm qoʻmitasi raisi A.Oʻ. Aqqulov” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-banddagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri” soʻzlari “Turizm qoʻmitasi raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-banddagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri” soʻzlari “Turizm qoʻmitasi raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Turizm qoʻmitasi raisi, uning oʻrinbosari va maslahatchisi” soʻzlari “Turizm qoʻmitasi raisi oʻrinbosarlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
26-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Nizomga ilovaning “2-bosqich” pozitsiyasi “Tadbirlar” ustunidagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Surxondaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 3-maydagi 324-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Turizm va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvining takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2022-yil 20-maydagi 278-son qaroriga 1-ilovaning 3-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)