toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.03.2024
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 150-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’uliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son qarori ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son qaroriga asosan quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament va deputat so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari bajarilishi monitoringini olib boradi, shuningdek, joylarda ishlarning real holatini muntazam o‘rganadi, iqtisodiyotdagi va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qiladi hamda shu asosda strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan kompleks takliflar ishlab chiqadi. Bunda yuklangan vazifalarni hal etishda ularning vazirliklar, davlat qo‘mitalari, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchilari ular vakolatiga kiritilgan tegishli yo‘nalishlar va masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga takliflarning puxta ishlab chiqilishini, ekspertizadan o‘tkazilishini va tayyorlanishini ta’minlaydi, shuningdek, ushbu masalalar uchun shaxsan javobgar hisoblanadi;
vazirlar, davlat qo‘mitalari raislari va boshqa davlat boshqaruvi organlari rahbarlari Vazirlar Mahkamasiga kiritilayotgan takliflar, tahliliy va boshqa hujjatlarning, shu jumladan, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli va har tomonlama ishlab chiqilishi, shuningdek, ularni amalga oshirishning pirovard natijalari va oqibatlari uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari, vazirlar, davlat qo‘mitalari raislari, idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablari so‘zsiz bajarilishini ta’minlasinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tizimli asosda tanqidiy va har tomonlama huquqiy, moliyaviy va iqtisodiy ekspertizadan o‘tkazsinlar.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
5. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari va maslahatchilari vazirliklar, idoralar va hududiy boshqaruv organlarining ishi puxta muvofiqlashtirilishini va ularning o‘zaro hamkorligini ta’minlasinlar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablari buzilishi holatlariga prinsipial baho bersinlar, mas’uliyatsizlik, ishni yaxshi bilmaslik va intizomsizlik uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligi choralari to‘g‘risida takliflar kiritsinlar.
6. Vazirlar Mahkamasi apparati kotibiyatlari mudirlari, tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va mutaxassislari o‘z vakolatiga oid tegishli yo‘nalishlar va masalalar bo‘yicha takliflarni puxta ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tayyorlashda ijro intizomiga rioya qilish orqali shaxsiy mas’uliyatga alohida e’tiborni qaratgan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablarini so‘zsiz bajarish choralarini ko‘rsinlar.
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari va maslahatchilari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 22-mart,
242-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga va “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’uliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son Farmoniga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (keyingi o‘rinlarda Vazirlar Mahkamasi/Hukumat deb ataladi) vakolatlarini amalga oshirish yuzasidan uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi hamda iqtisodiyot, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyat ko‘rsatishga rahbarlik qilishni, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va o‘z qarorlari ijrosini ta’minlaydi.
3. Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida javobgardir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga, Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishga, shuningdek, zarur hollarda Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati ko‘rsatmalarini bekor qilishga haqli.
4. Vazirlar Mahkamasi vakolatlarining amalga oshirilishi O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri (keyingi o‘rinlarda Bosh vazir deb ataladi), uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari, vazirlar, davlat qo‘mitalari raislari, davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, Vazirlar Mahkamasining Rayosati, Vazirlar Mahkamasining komissiyalari, kengashlari va boshqa idoralararo kollegial organlari faoliyati, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparati ishi bilan ta’minlanadi.
5. Vazirlar Mahkamasida uning vakolatlariga tegishli masalalar Vazirlar Mahkamasi, uning Rayosati majlislarida, Bosh vazir, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari (vazifalar taqsimotiga muvofiq) tomonidan, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladigan komissiyalar, kengashlar va boshqa idoralararo kollegial organlar majlislarida manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlar vakillari ishtirokida ko‘rib chiqiladi.
6. Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasining butun hududida barcha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
7. Bosh vazir Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javob beradi, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi, xalqaro munosabatlarda Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko‘radi, Vazirlar Mahkamasining majlisida ko‘rib chiqishni talab qilmaydigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi masalalari bo‘yicha qarorlar qabul qiladi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi.
Bosh vazir Hukumat oldiga qo‘yilgan maqsadli vazifalarga erishilishini ta’minlash maqsadida vazirliklar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvi boshqa organlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari (keyingi o‘rinlarda davlat organlari va boshqa tashkilotlar deb ataladi) faoliyatini umumiy muvofiqlashtiradi, yuzaga kelgan kelishmovchiliklar bo‘yicha kelishilgan qarorlar qabul qiladi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 219-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/219/0430-son)
Bosh vazir Vazirlar Mahkamasining ishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga muntazam ravishda axborot berib boradi.
Bosh vazir o‘z vakolatlariga kiruvchi masalalar yuzasidan farmoyishlar chiqaradi.
8. Vazirlar Mahkamasi apparati Hukumat faoliyatini huquqiy, tashkiliy-texnik, axborot-tahliliy va bayonnoma jihatdan ta’minlaydi, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini tashkil etadi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalarini tayyorlaydi, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan “yo‘l xaritalari”, jadvallar, harakatlar dasturlarini ishlab chiqadi.
Vazirlar Mahkamasi apparati va uning tarkibiy bo‘linmalari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, vazifalari, funksiyalari, huquq va javobgarligi, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlanadigan nizomlar bilan belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari, Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi Vakolatli vakili va uning kotibiyati faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
2-bob. Vazirlar Mahkamasi ishini rejalashtirish va tashkil etish
9. Vazirlar Mahkamasi o‘z ishini:
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ishlab chiqilgan hamda uning farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga murojaatnomalarda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislaridagi, boshqa muhim tadbirlardagi nutqlarida, shuningdek, ko‘rsatmalar va topshiriqlar sifatida ifodalangan siyosatni;
Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakatlar dasturini amalga oshirishga yo‘naltiradi.
Vazirlar Mahkamasining ishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasi qarorlaridan kelib chiquvchi vazifalar asosida shakllantirilgan yarim yillik rejalarga muvofiq olib boriladi.
10. Vazirlar Mahkamasining navbatdagi yarim yillik uchun ish rejasi:
Vazirlar Mahkamasi majlislarini o‘tkazish rejasini;
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarini o‘tkazish rejasini;
tarmoqlarda, iqtisodiyot sohalarida va mintaqalarda iqtisodiy islohotlarning borishi masalalarini Bosh vazir, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari huzurida ko‘rib chiqish rejasini;
Vazirlar Mahkamasining komissiyalari, kengashlari va boshqa idoralararo kollegial organlari majlislarining kalendar rejasini o‘z ichiga oladi.
11. Vazirlar Mahkamasining ish rejalari quyidagi talablardan kelib chiqqan holda shakllantiriladi:
iqtisodiyot tarmoqlarida va ijtimoiy sohada, shuningdek, respublika hududlarida islohotlarning amalga oshirilishi holatini tanqidiy va tizimli tahlil qilish;
islohotlar jarayonlariga to‘sqinlik qilayotgan sabab va muammolarni tizimli tahlil qilish;
muammoli masalalarni hal etish va istiqboldagi vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha puxta ishlab chiqilgan va asoslangan takliflar tayyorlash;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari va topshiriqlarining bajarilishi monitoringini olib borish.
12. Vazirlar Mahkamasining ish rejalari Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.
13. Vazirlar Mahkamasi ish rejalarini tayyorlash, shuningdek, ularning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
14. Davlat organlari va boshqa tashkilotlar o‘z ishini Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ish rejalari asosida tashkil etadi.
Davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ish rejalari loyihalarini, faoliyat samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini kiritish, shuningdek, ular ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etish tartibi va muddatlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
15. Masalalarni Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida ko‘rib chiqish, qoida tariqasida, yarim yillik davrga rejalashtiriladi. Navbatdagi davrga mo‘ljallangan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislari rejalari har bir masala bo‘yicha uni ko‘rib chiqish sanasi va tayyorgarlik uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar ko‘rsatilgan holda Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida ko‘rib chiqilishi kerak bo‘lgan asosiy masalalar ro‘yxatini o‘z ichiga oladi.
16. Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan Yo‘riqnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
17. Vazirlar Mahkamasi apparatiga kelgan xatlar, shu jumladan, davlat sirini tashkil etadigan ma’lumotlar mavjud bo‘lgan xatlar tegishli ravishda Vazirlar Mahkamasi apparatining Umumiy bo‘limida yoki Birinchi bo‘limida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Xatlarni uni ro‘yxatdan o‘tkazmasdan turib ijro etish uchun qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
18. Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan va hal etish Bosh vazirning vakolatlariga tegishli bo‘lgan masalalar to‘g‘risida Bosh vazirga axborot uning Kotibiyati mudiri, zarurat bo‘lganda esa Bosh vazir o‘rinbosarlari yoki maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi tomonidan beriladi.
3-bob. Masalalarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish, shuningdek, ularni tayyorlash va ko‘rib chiqish tartibi
19. Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun:
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalari — qonunchilik tashabbusi tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish uchun;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari loyihalari — ko‘rib chiqish va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish uchun;
Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalari — qabul qilish uchun;
Vazirlar Mahkamasining vakolatiga tegishli bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari nomenklaturasiga kiradigan hamda Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga tayinlash, tasdiqlash, taqdim etish, kelishish va lavozimdan ozod etish uchun nomzodlar bo‘yicha takliflar;
belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi bilan maxsus kelishuvini talab qiladigan mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlariga chiqishi to‘g‘risida takliflar kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan uning vakolatiga tegishli bo‘lgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan boshqa masalalar ham kiritiladi.
Muhim davlat, iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy masalalarni hal etish uchun ishlab chiqilgan Vazirlar Mahkamasining kompleks yoki maqsadli dasturlari va tadbirlari Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari tomonidan Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi.
20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan yuborilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari va boshqa hujjatlar Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqilishi va bajarilishi zarur.
21. Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqish uchun masalalar Vazirlar Mahkamasi a’zolari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa tashkilotlar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, istisno hollarda esa ularning birinchi o‘rinbosarlari tomonidan kiritilishi mumkin.
22. Ushbu Reglamentning 19-bandida nazarda tutilmagan masalalar bo‘yicha yoki ushbu Reglamentning 21-bandida ko‘rsatilmagan davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari tomonidan kiritilgan murojaatnomalar Vazirlar Mahkamasi apparatining tegishli tarkibiy bo‘linmasi (keyingi o‘rinlarda tarkibiy bo‘linma deb ataladi) tomonidan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ko‘rib chiqish va ularning vakolatlariga muvofiq qarorlar qabul qilish uchun yuboriladi.
4-bob. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari loyihalarini tayyorlash, kiritish va Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqish, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi hujjatlarini tayyorlash, kiritish, ko‘rib chiqish, imzolash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi
1-§. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalarini tayyorlashning umumiy masalalari
23. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamentiga (keyingi o‘rinlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti deb ataladi) 3-ilovada ko‘rsatilgan muhim yo‘nalishlar va masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari qabul qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining hujjatlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan uning vakolatiga kiritilgan masalalar bo‘yicha qabul qilinadi.
24. Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hisoblangan hujjatlari qarorlar shaklida qabul qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining tezkor va boshqa joriy masalalar bo‘yicha hujjatlari farmoyishlar shaklida qabul qilinadi.
25. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, kiritish, kelishish va ko‘rib chiqish, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish, kiritish, ko‘rib chiqish, imzolash va ro‘yxatdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlariga, Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga, ushbu Reglamentga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatida Ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
26. Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalari qonunlar, Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, Bosh vazir yoki uning o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari topshiriqlari ijrosi yuzasidan, shuningdek, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning tashabbusi bo‘yicha ishlab chiqiladi.
Bunda davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish hamda qabul qilish tashabbusiga faqat ushbu organlarning tegishli masalalar yoki muammolarni qonunchilikda nazarda tutilgan amaldagi normalar va ma’muriy tartib-taomillar orqali hal qilish vakolati bo‘lmagan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
(26-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Xo‘jalik boshqaruvi organlari vakolatiga kiruvchi masalalar va korporativ munosabatlarni qonunosti hujjatlarini qabul qilish yoki ma’muriy usullar orqali tartibga solish taqiqlanadi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 484-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/484/1172-son)
27. Vazirlar Mahkamasi hujjatlari loyihalari aniq ifodalanishi, qonunchilikka muvofiq bo‘lishi, ko‘rib chiqilayotgan masala puxta tahlil qilingan va xolis baholangan bo‘lishi, ijrochilar oldiga aniq maqsad va vazifalarni qo‘yishi, ularni bajarishning aniq muddatlarini belgilashi kerak.
(27-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Vazirlar Mahkamasi hujjati loyihasi Hukumatning boshqa hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yoxud ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash zaruratini keltirib chiqarsa, ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalar, shuningdek, o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risidagi takliflar tayyorlangan hujjat loyihasiga kiritiladi yoki u bilan bir vaqtda alohida hujjat loyihasi ko‘rinishida kiritiladi. Bunda unga hujjat matnining amaldagi va taklif etilayotgan tahririning taqqoslash jadvali, shuningdek, ayrim hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash yuzasidan ko‘rib chiqish jadvali tushuntirishlar bilan ilova qilinadi.
28. Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan Hukumat hujjatlari loyihalari “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, ushbu Reglament talablariga, shuningdek, yuridik-texnik rasmiylashtirish qoidalariga javob berishi kerak.
Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti talablariga javob berishi kerak.
29. Agar bir masalalar bo‘yicha oldin qabul qilingan hujjatlar bajarilmagan bo‘lsa, aynan shu masala bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga Hukumat hujjatlari loyihalarini kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi, yangi holatlar yuzaga kelishi bundan mustasno.
291. Vazirlar Mahkamasi hujjatlarining loyihalariga jismoniy va yuridik shaxslar uchun javobgarlik belgilovchi huquqiy normalar kiritilishi taqiqlanadi.
(291-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 484-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/484/1172-son)
30. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining muhim iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlari loyihalari, qoida tariqasida, loyihani ishlab chiquvchi tashkilotlar tomonidan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga belgilangan tartibda jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilishi uchun joylashtiriladi.
(30-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-avgustdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida joylashtiriladigan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini jamoatchilik tomonidan muhokama qilish natijalari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga (huquqiy ekspertiza uchun) va Vazirlar Mahkamasiga (ko‘rib chiqish uchun) kiritiladi, bunda, qoida tariqasida, kelib tushgan takliflarni ko‘rib chiqish natijalari ko‘rsatilishi majburiydir.
(30-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-avgustdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tartibga solish ta’sirini baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 15-martdagi PQ-5025-son qaroriga muvofiq tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazilishi kerak.
(30-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
31. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalarini tayyorlash manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda mas’ul davlat organlari va boshqa tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda ishlab chiquvchi deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Tarkibiy bo‘linmalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalarini mustaqil ishlab chiqishga haqlidir. Bunda hujjat loyihasini manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishish, shuningdek, uni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan o‘tkazish loyihani ishlab chiqqan tarkibiy bo‘linma tomonidan ta’minlanadi.
32. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari loyihalarini tayyorlash, kiritish va Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqish, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi hujjatlarini tayyorlash, kiritish, ko‘rib chiqish, imzolash va e’lon qilish ushbu Reglamentga 1 va 2-ilovalarga muvofiq sxemalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
2-§. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari loyihalarini kelishish tartibi
33. Ishlab chiquvchi tomonidan tayyorlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalari manfaatdor vazirliklar va idoralar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari bilan kelishilishi kerak.
(33-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 219-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/219/0430-son)
Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan — barcha loyihalar, shu jumladan, rivojlantirish davlat dasturlari va investitsiya dasturlariga oid loyihalar, ularni kelishishning yakuniy bosqichida huquqiy ekspertiza o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kiritishdan oldin;
(33-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlaridan mablag‘lar ajratish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tijorat banklaridagi maxsus maqsadli hisobvaraqlarini ochish va (yoki) yopish, shuningdek, davlat xaridlarini amalga oshirish masalalariga oid loyihalar;
(33-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan — investitsiyalar, savdo va iqtisodiy tartibga solish masalalariga oid loyihalar;
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan — moddiy madaniy meros obyektlariga oid loyihalar;
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi bilan — yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga bevosita yoki bilvosita ta’sir qiladigan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari;
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan — davlat fuqarolik xizmatini tartibga solish, shu jumladan davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ularning tashkiliy-shtat tuzilmalarini o‘zgartirish masalalariga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari;
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2020-y., 09/20/88/0178-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan — davlat boshqaruvida axborot tizimlari, resurslari va boshqa dasturiy mahsulotlarni yaratish va joriy etish masalalariga oid loyihalar;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bilan — davlat-xususiy sheriklik masalalariga oid loyihalar;
O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi bilan — nodavlat notijorat tashkilotlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga oid loyihalar;
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan — fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga oid loyihalar;
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan — tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga bevosita yoki bilvosita ta’sir qiluvchi masalalarga oid loyihalar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan — hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va mahalliy davlat dasturlariga oid loyihalar;
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 219-sonli qaroriga asosan o‘n uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/219/0430-son)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi bilan — yer qa’rini geologik o‘rganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish, shuningdek, konchilik sohasidagi munosabatlarni boshqarishga oid loyihalar;
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 509-sonli qaroriga asosan o‘n to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 09/20/509/1213-son)
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan — xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tijorat banklaridagi maxsus maqsadli hisobvaraqlarini ochish va (yoki) yopish masalalariga oid loyihalar;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan — xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tijorat banklaridagi maxsus maqsadli hisobvaraqlarini ochish va (yoki) yopish masalalariga oid loyihalar;
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qaroriga asosan o‘n oltinchi va o‘n yettinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
O‘zbekiston Respublikasi advokatlar palatasi bilan — advokatlik faoliyati va sud ishlarini yuritish masalalariga oid loyihalar majburiy tartibda kelishiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalari qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda boshqa davlat organlari va tashkilotlar bilan ham majburiy tartibda kelishiladi.
(33-bandning o‘n yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari loyihalarini kelishish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlarida belgilangan tartibda elektron shaklda ham amalga oshirilishi mumkin.
34. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatining loyihasini tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan kelishish uchun javobgarlik ishlab chiquvchiga yuklanadi.
Kelishish uchun yuborilgan hujjatlar loyihalariga (ularning nusxalariga) davlat organlari va boshqa tashkilotlarning birinchi rahbarlari (istisno hollarda — ularning birinchi o‘rinbosarlari) tomonidan qonunlar loyihalari bo‘yicha — yetti kalendar kun mobaynida, Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalari bo‘yicha — uch kalendar kun mobaynida, Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari bo‘yicha — ikki kalendar kundan ortiq bo‘lmagan muddatda viza qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari loyihalarini kelishish muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti bilan belgilanadi.
35. Kelishmovchiliklar mavjud bo‘lgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining hujjati loyihasi tegishli birinchi rahbarlar (istisno hollarda — ularning birinchi o‘rinbosarlari) tomonidan imzolangan va e’tirozlar bo‘yicha asoslantirilgan kelishmovchiliklar jadvali bilan Hukumatga kiritilishi mumkin.
36. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalari ushbu Reglamentning 33 va 34-bandlariga muvofiq kelishilgandan keyin ular Vazirlar Mahkamasiga kiritilgunga qadar ularni qabul qilish zarurligi asoslanishi (shu jumladan, tegishli qiyosiy jadvallar, ko‘rib chiqiladigan jadvallar, kelishmovchiliklar jadvallari) ilova qilingan holda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga ekspertizaga yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalarini ularning qonunchilikka, xalqaro shartnomalar normalariga, mamlakatda amalga oshiriladigan islohotlarning maqsadlari va vazifalariga, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligini aniqlash, ularda korrupsiya namoyon bo‘lishi, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishi, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar uchun ortiqcha ma’muriy va boshqa cheklovlar tug‘diradigan shart-sharoitlar yaratadigan qoidalar va normalarni aniqlash yuzasidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, Bosh vazirning, uning o‘rinbosarlarining topshiriqlari bilan kiritishning boshqa muddatlari belgilanmagan bo‘lsa, Hukumatning hujjatlariga nisbatan huquqiy xulosani tayyorlash muddati o‘n kundan ortiq bo‘lmasligi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari loyihalarini Adliya vazirligida kelishish muddati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti bilan belgilanadi.
3-§. Hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritish tartibi
37. Hujjat loyihasi Vazirlar Mahkamasiga faqat huquqiy ekspertiza yakuni bo‘yicha ularni qabul qilishning maqsadga muvofiqligi haqida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining xulosasi mavjud bo‘lgandagina kiritiladi.
38. Hujjatning loyihasi Vazirlar Mahkamasiga loyihani kiritgan organning rahbari (istisno hollarda — uning birinchi o‘rinbosari) tomonidan imzolangan xat bilan kiritiladi.
Xatga:
manfaatdor davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan kelishilgan hujjat loyihasi;
hujjat loyihasini kelishish haqidagi ma’lumotnoma;
ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha asosiy ma’lumotlar mavjud bo‘lgan tushuntirish xati;
zarur moliyaviy-iqtisodiy va boshqa hisob-kitoblar, ko‘rib chiqilayotgan masala har tomonlama tahlil qilingan va xolisona baholangan boshqa ma’lumotnoma va tahliliy materiallar;
zaruratga ko‘ra, kiritilgan loyiha qabul qilinishi munosabati bilan normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi hujjatlar loyihalari;
kiritilgan loyiha qabul qilinishi munosabati bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilayotgan, shuningdek, ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan bo‘lsa — ushbu Reglamentga 4 va 5-ilovalarga muvofiq shakllar bo‘yicha taqqoslash va ko‘rib chiqish jadvallari;
hujjat loyihasi bo‘yicha kelishmovchiliklar mavjud bo‘lganda — kelishmovchiliklar jadvali;
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilgan hujjat loyihasi bo‘yicha fuqarolar takliflarini (izohlari) ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha jadval;
(38-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-avgustdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)
tartibga solish ta’sirini baholash bo‘yicha hisobot va xulosa (qonunchilikda belgilangan hollarda);
ishlab chiquvchi tomonidan tuzilgan korrupsiyaviy omillarni aniqlash bo‘yicha namunaviy shakldagi savolnoma (cheklist);
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qaroriga asosan o‘n birinchi va o‘n ikkinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining hujjatning loyihasini qabul qilish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi ilova qilinadi.
Bunda ushbu bandning uchinchi — o‘n ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar loyihani kiritgan organning rahbari (istisno hollarda — uning birinchi o‘rinbosari) tomonidan imzolanishi kerak.
(38-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
39. Vazirlar Mahkamasi hujjatlari loyihalari ushbu Reglamentga 6-ilovaga muvofiq talablarga binoan rasmiylashtiriladi.
40. Vazirlar Mahkamasi hujjatlari loyihalari Hukumatga davlat tilida, zarurat bo‘lganda — rus tili va boshqa tillarga tarjima qilinib kiritiladi.
41. Davlat organlari va boshqa tashkilotlarning rahbarlari Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan hujjatlar loyihalarining asoslanganligi va sifati, keltirilgan ma’lumotlar va boshqa materiallarning to‘g‘riligi, shuningdek, ularning manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan tegishli ravishda kelishilganligi uchun shaxsan javob beradilar.
42. Vazirlar Mahkamasiga ushbu Reglament talablariga rioya qilinmasdan kiritilgan hujjatlar loyihalari quyidagi tartibda:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari yoki topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi, Bosh vazir, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari topshiriqlari ijrosi bo‘yicha kiritilgan hujjatlar loyihalari — tushgan sanadan boshlab ikki kunlik muddatdan kechikmay qaytarish sabablari ko‘rsatilgan holda Bosh vazir, tegishlicha uning o‘rinbosarlari yoki maslahatchilari qarori asosida;
boshqa hujjatlar loyihalari — tushgan sanadan boshlab ikki kunlik muddatdan kechikmay qaytarish sabablari ko‘rsatilgan, Bosh vazirning tegishli o‘rinbosari yoki maslahatchisi bilan kelishilgan holda tarkibiy bo‘linmalar tomonidan qaytariladi.
Tushgan sanasidan boshlab ikki kunlik muddat o‘tgan bo‘lsa hujjatlar loyihalari faqat Bosh vazir, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilarining qarorlari asosida qaytarilishi mumkin.
Imzolash huquqi berilmagan shaxslar tomonidan imzolangan hujjatlar loyihalari ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi va tegishli tarkibiy bo‘linmaning rahbari tomonidan jo‘natuvchiga qaytariladi.
43. Hukumat tarkibiga kirmaydigan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan tayyorlangan Vazirlar Mahkamasi hujjatlari loyihalari Hukumatga ushbu Reglament talablariga muvofiq kiritiladi.
4-§. Vazirlar Mahkamasi apparatida hujjatlar loyihalari bilan ishlash
44. Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan hujjatlar loyihalari Umumiy bo‘limda (Birinchi bo‘limda) ro‘yxatdan o‘tkaziladi va o‘sha kunning o‘zida ishlash uchun tarkibiy bo‘linmaga beriladi.
45. Ushbu Reglamentda belgilangan tartibda kiritilgan hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasi apparatida ishlash, agar boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, u tushgan kundan boshlab o‘n kun mobaynida amalga oshiriladi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan muddatni uzaytirishga faqat Bosh vazir, uning o‘rinbosarlari yoki maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining qarori bilan yo‘l qo‘yiladi.
46. Tegishli tarkibiy bo‘linma rahbari hujjat loyihasi bilan ishlash uchun mas’ul bo‘lgan ijrochini belgilaydi.
Mas’ul ijrochi hujjat loyihasini milliy va davlat manfaatlari ta’minlanishi, iqtisodiy samaradorlik va undagi masalalarning o‘zaro bog‘liqligi nuqtai nazaridan ekspertizadan o‘tkazadi. Zaruratga ko‘ra, mas’ul ijrochi hujjat loyihasining qayta ishlanishini tashkil etadi, shuningdek, Bosh vazirning tegishli o‘rinbosari yoki maslahatchisiga loyiha bo‘yicha kelishmovchiliklarni hal etish yuzasidan takliflar kiritadi.
Tarkibiy bo‘linma qo‘shimcha materiallar va ma’lumotlarni so‘rashga, zarur moliyaviy-iqtisodiy va boshqa hisob-kitoblarni hamda tahliliy materiallarni tayyorlash, shu jumladan, loyihani qabul qilishning oqibatlarini baholash uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislarini jalb etish huquqiga ega.
47. Loyihani ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida Bosh vazirning tegishli o‘rinbosari yoki maslahatchisiga axborot beriladi.
Bosh vazirning o‘rinbosari yoki maslahatchisi:
salbiy xulosaga rozi bo‘lsa — tarkibiy bo‘linma loyihani ushbu Reglamentda belgilangan tartibda xulosani va tegishli rezolyutsiyani ilova qilgan holda qaytaradi;
ijobiy xulosaga rozi bo‘lsa — tarkibiy bo‘linma loyiha bilan ishlashni davom ettiradi.
48. Agar hujjat loyihasi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning konseptual kelishmovchiliklari (qabul qilinmagan takliflar va e’tirozlar) mavjud bo‘lsa, hujjat loyihasi bilan ishlash uchun mas’ul bo‘lgan tarkibiy bo‘linma hujjat loyihasi bo‘yicha takliflar va e’tirozlar bildirgan tashkilot biriktirilgan tegishli tarkibiy bo‘linma bilan, zaruratga ko‘ra, Bosh vazirning o‘rinbosari yoki maslahatchisi bilan kelishishni ta’minlaydi.
49. Loyihaning moliyaviy va iqtisodiy ekspertizasi u huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun Yuridik ta’minlash boshqarmasiga kiritilgunga qadar amalga oshiriladi.
Hujjatlar loyihalarining moliyaviy va iqtisodiy ekspertizasi birinchi bosqichda — tegishli tarkibiy bo‘linma tomonidan, ikkinchi bosqichda — Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kotibiyati va boshqa tarkibiy bo‘linmalar tomonidan amalga oshiriladi.
(49-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
50. Yakuniy ishlab bo‘lingan hujjat loyihasi mas’ul tarkibiy bo‘linma rahbarining vizasi bilan quyidagi hujjatlar ilova qilingan holda Yuridik ta’minlash boshqarmasiga kiritiladi:
manfaatdor davlat organlari va boshqa tashkilotlarning rahbarlari bilan kelishilgan, shuningdek, moliyaviy va iqtisodiy ekspertizadan o‘tkazgan tarkibiy bo‘linma rahbarining vizasi qo‘yilgan hujjat loyihasi matni;
normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilayotgan, shuningdek, ayrim normativ-huquqiy hujjatlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan bo‘lsa — mas’ul tarkibiy bo‘linma rahbari tomonidan imzolangan qiyosiy va ko‘rib chiqish jadvallar;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarning qabul qilinmagan takliflari va e’tirozlari mavjud bo‘lganda — tegishli tarkibiy bo‘linma, zaruratga ko‘ra Bosh vazirning tegishli o‘rinbosari yoki maslahatchisi bilan kelishilgan mas’ul tarkibiy bo‘linma rahbari tomonidan imzolangan kelishmovchiliklar jadvali;
zarur moliyaviy-iqtisodiy va boshqa hisob-kitoblar, ma’lumotnoma va tahliliy materiallar.
51. Yuridik ta’minlash boshqarmasi, agar boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa uch kun mobaynida loyihani huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi va yakuni bo‘yicha unga viza qo‘yilishini ta’minlaydi yoxud u bo‘yicha e’tiroz va takliflarni taqdim etadi.
Yuridik ta’minlash boshqarmasi tomonidan normativ-huquqiy hujjat loyihasining huquqiy ekspertizasi doirasida tegishli xulosa berilgan holda ushbu Reglamentga 7-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha loyihalarning tartibga solish ta’sirini baholaydi.
Zaruratga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Bosh vazir yoki Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlaridan kelib chiqib loyihani huquqiy ekspertizadan o‘tkazish muddatlari qisqartirilishi mumkin.
52. Yuridik ta’minlash boshqarmasining e’tiroz va takliflari ish tartibida bartaraf etilishi mumkin. Konseptual kelishmovchiliklar mavjud bo‘lgan taqdirda, ular hujjat loyihasi bo‘yicha Boshqarmaning tegishli xulosasida bayon qilinadi.
53. Vazirlar Mahkamasi apparatida hujjat loyihasining konseptual qoidalari o‘zgartirilgan taqdirda ushbu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida takroran huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi kerak.
Ushbu holatda hujjat loyihasi loyiha bilan ishlash uchun mas’ul bo‘lgan tarkibiy bo‘linma tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir kun muddatda takroran huquqiy ekspertizani o‘tkazadi va tegishli xulosani taqdim etadi.
54. Hujjat loyihasiga Yuridik ta’minlash boshqarmasi tomonidan viza qo‘yilgandan keyin biriktirilgan masalalar yuzasidan Bosh vazirning tegishli o‘rinbosarlari va maslahatchilari bilan kelishilishi kerak.
55. Ushbu Reglamentda belgilangan tartibda kelishilgan hujjat loyihasi kelishish uchun Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga kiritiladi, keyinchalik u Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga hujjat loyihasi to‘g‘risida axborot beradi.
56. Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi loyihani ko‘rib chiqadi va u to‘g‘risida Bosh vazirga axborot beradi.
57. Bosh vazirning o‘rinbosarlari yoki maslahatchilari o‘rtasida kelishmovchiliklar mavjud bo‘lgan taqdirda Bosh vazirning tegishli o‘rinbosari yoki maslahatchisi loyihani ko‘rib chiqish uchun Bosh vazirga yoki Vazirlar Mahkamasi Rayosatiga kiritadi.
58. Vazirlar Mahkamasi Rayosati a’zolari tomonidan e’tirozlar bildirilgan taqdirda loyiha, agar boshqa muddatlar belgilanmagan bo‘lsa, ikki kun muddatda tegishli tarkibiy bo‘linma yoki tashkil etilgan komissiya (ishchi organ) tomonidan qayta ishlanadi, Bosh vazirning tegishli o‘rinbosarlari va maslahatchilari bilan kelishiladi va belgilangan tartibda axborot berish uchun taqdim etiladi.
Vazirlar Mahkamasi Rayosati a’zolari o‘rtasidagi kelishmovchiliklar saqlanib qolgan taqdirda Bosh vazir yakuniy qaror qabul qiladi.
59. Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda hujjatlar loyihalari ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislariga kiritiladi.
5-§. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari loyihalarini ko‘rib chiqish uchun, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi hujjatlari loyihalarini kelishish uchun kiritish tartibi
60. Bosh vazir (Vazirlar Mahkamasi majlislari) tomonidan ma’qullangan (viza qo‘yilgan) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari loyihalari ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuboriladi.
Vazirlar Mahkamasi hujjatlari loyihalari (individual hujjatlardan tashqari) kelishish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va ushbu Reglament talablariga muvofiq kiritiladi.
61. Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishish talab etilmaydigan hujjatlari Bosh vazir tomonidan imzolanadi.
62. Majburiy tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilishi kerak bo‘lgan Vazirlar Mahkamasi hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga Bosh vazir yoki uning topshirig‘iga ko‘ra Bosh vazirning o‘rinbosarlari va maslahatchilari yoki Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan kiritiladi.
63. Vazirlar Mahkamasi hujjatlari loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida ko‘rib chiqish va kelishish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamentida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
64. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan Vazirlar Mahkamasi hujjatlari loyihalari ular olingan kundan boshlab bir kun muddatda keyinchalik Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga axborot berish uchun Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi kelishilgan loyihani ko‘rib chiqadi va u to‘g‘risida Bosh vazirga axborot beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan Vazirlar Mahkamasi hujjatlari Bosh vazir tomonidan imzolanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan Vazirlar Mahkamasi hujjati loyihasi bo‘yicha e’tirozlar mavjud bo‘lgan taqdirda loyiha uch kun muddatda qayta ishlanadi va belgilangan tartibda u bo‘yicha axborot beriladi.
65. Vazirlar Mahkamasi yoki uning Rayosati majlislarida muhokama qilish jarayonida e’tiroz bildirilgan, qo‘shimcha yoki o‘zgartirishlar kiritilgan hujjatlar loyihalari, agar boshqa muddatlar belgilanmagan bo‘lsa, ikki kun muddatda tegishli tarkibiy bo‘linma yoki tashkil etilgan komissiyalar (ishchi organlar) tomonidan qayta ishlanadi, Bosh vazirning tegishli o‘rinbosarlari va maslahatchilari bilan kelishiladi va belgilangan tartibda axborot berish uchun taqdim etiladi.
66. Quyidagilar Vazirlar Mahkamasi apparati tomonidan har hafta, har oy va har chorakda batafsil tahlil qilinadi:
Bosh vazir bilan kelishilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga belgilangan tartibda qabul qilish uchun yuborilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari loyihalari;
kelishish uchun belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuborilgan Vazirlar Mahkamasi hujjatlari loyihalari.
Amalga oshirilgan tahlil natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining kelishilgan va belgilangan tartibda qabul qilingan hujjatlari to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda keyinchalik Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida ko‘rib chiqish uchun tahliliy materiallar tayyorlanadi.
6-§. Vazirlar Mahkamasining qabul qilingan hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, jo‘natish, e’lon qilishni tashkil etish va ijrochilarga yetkazish tartibi
67. Vazirlar Mahkamasi apparatning boshqaruvchisi va uning huquqiy ekspertiza masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Bosh vazir tomonidan imzolangan Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga sana qo‘yadi, ularning asl nusxa ekanligini o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi va chiqarilishini tashkil qiladi.
Hujjatni chiqarishga to‘sqinlik qiluvchi holatlar aniqlanganda, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi ular haqida Bosh vazirga axborot beradi va Bosh vazir tomonidan qabul qilingan qarorga muvofiq ish ko‘radi.
68. Bosh vazir tomonidan imzolangan Vazirlar Mahkamasining hujjatiga tartib raqami beriladi va sana qo‘yiladi.
Vazirlar Mahkamasi hujjatining jo‘natiladigan nusxalari Umumiy bo‘limning muhri bilan tasdiqlanadi.
Imzolangan hujjatning asl nusxasi, loyihaning viza qo‘yilgan nusxalari, loyiha bo‘yicha barcha materiallar, shu jumladan, axborot va tushuntirish xatlari, ma’lumotnoma, tahliliy va boshqa materiallar ro‘yxat bo‘yicha saqlash uchun Umumiy bo‘limga beriladi.
69. Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hisoblangan qarorlari normativ-huquqiy hujjatlar e’lon qilinadigan rasmiy manbalarda e’lon qilinishi shart.
Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hisoblanmagan, shuningdek, tezkor va boshqa joriy masalalar bo‘yicha hujjatlari e’lon qilinishi shart emas. Bunday hujjatlar normativ-huquqiy hujjatlar e’lon qilinadigan rasmiy manbalarda aholining tezkor tanishishi maqsadida, shuningdek, Bosh vazir topshirig‘iga ko‘ra e’lon qilinishi mumkin.
70. Vazirlar Mahkamasining hujjatiga uning e’lon qilinishini cheklaydigan grif qo‘yilishini ta’minlash uning ishlab chiqilishi uchun mas’ul bo‘lgan ijrochiga va Umumiy bo‘limga yuklanadi.
71. Vazirlar Mahkamasining imzolangan hujjatini boshqa tillarda e’lon qilish zarur bo‘lganda hujjatni imzolashga kiritgan tarkibiy bo‘linma Umumiy bo‘lim bilan birgalikda imzolangan hujjat matni tarjima qilinishini ta’minlaydi va tarjimaning muvofiqligi va bir xilligi uchun javob beradi.
72. Vazirlar Mahkamasining hujjati u imzolangan kunda Umumiy bo‘lim tomonidan mas’ul ijrochi va loyihani imzolashga kiritgan tarkibiy bo‘linma rahbari tomonidan imzolangan jo‘natish reyestriga muvofiq davlat organlari va boshqa tashkilotlarga yuboriladi.
Vazirlar Mahkamasining davlat sirlari mavjud bo‘lgan hujjatlarini hamda ulardan ko‘chirmalarni jo‘natish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bunda Vazirlar Mahkamasi qarorlari (zarurat bo‘lganda axborot-tahliliy materiallar bilan birga) rasmiy e’lon qilish va belgilangan tartibda ijrochilarga yetkazish uchun qog‘oz va elektron shakllarda majburiy tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboriladi.
73. Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hisoblangan qarorlari, agar ularning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, ular rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hisoblanmagan qarorlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari ular imzolangan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
74. Respublikani keng va tezkor tanishtirish zarur bo‘lganda qarorlar va farmoyishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Bosh vazirning topshirig‘iga muvofiq ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
75. Davlat organlari va boshqa tashkilotlar — Vazirlar Mahkamasi hujjatlari ijrochilari:
qabul qilingan hujjat faoliyatiga dahldor bo‘lgan o‘zining tarkibiy va hududiy bo‘linmalariga o‘z vaqtida yetkazilishini tashkil etadilar;
qabul qilingan hujjatlarning mohiyati va ahamiyati o‘z xodimlari va aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlaydilar.
5-bob. Vazirlar Mahkamasining qonun ijodkorligi faoliyati
1-§. Qonun ijodkorligi faoliyatini rejalashtirish
76. Vazirlar Mahkamasining qonun ijodkorligi faoliyati har yili Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadigan Qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturi (keyingi o‘rinlarda qonun loyihalarini ishlab chiqish dasturi deb ataladi), shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari ijrosi yuzasidan ishlab chiqiladigan va qonun loyihalari ishlab chiqilishini nazarda tutadigan boshqa rejalar, grafiklar asosida amalga oshiriladi.
77. Qonun loyihalarini ishlab chiqish dasturini tayyorlash va qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-avgustdagi 227-son qarori bilan tasdiqlangan Qonunlar loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish bo‘yicha dasturlarni tayyorlash va qabul qilish, shuningdek, ularning bajarilishi monitoringi tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
78. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi Vakolatli vakili qonun loyihalarini ishlab chiqish dasturi loyihasi sifatli tayyorlanishi va o‘z vaqtida kiritilishi, shuningdek, uning Vazirlar Mahkamasi apparatida ko‘rib chiqilishi va belgilangan tartibda axborot berilishi uchun javob beradi.
79. Qonun loyihalarini ishlab chiqish dasturi loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilishi kerak.
Qonun loyihalarini ishlab chiqish dasturi loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilganidan so‘ng ko‘rib chiqish va ma’qullash uchun Vazirlar Mahkamasi Rayosatiga kiritiladi.
80. Qabul qilingan qonun loyihalarini ishlab chiqish dasturi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga hamda manfaatdor davlat organlari va boshqa tashkilotlarga yuboriladi.
81. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonun loyihalarini ishlab chiqish dasturi ijrosi monitoringini olib boradi va har chorakda Vazirlar Mahkamasiga uning ijrosi to‘g‘risida axborot kiritadi.
2-§. Qonunlar loyihalarini tayyorlash, kelishish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish, shuningdek, ularni Vazirlar Mahkamasi apparatida ko‘rib chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishish tartibi
82. Qonunlar loyihalarini tayyorlash davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Qonunlar loyihalarini tayyorlash mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari hisobga olingan holda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning tashabbusi bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
Davlat organi va boshqa tashkilotning qonun ijodkorligi faoliyatini tashkil etish va nazorat qilish bevosita ularning rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi.
83. Qonunlar loyihalarini tayyorlash, ko‘rib chiqish va kiritish tartibi ushbu Reglamentga 8-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
84. Qonunlar loyihalari “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga, shuningdek, qonunchilik texnikasi qoidalariga javob berishi kerak.
(84-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
85. Qonun loyihasida uning normalarini amalga oshirishning protsessual mexanizmlarini, shuningdek, qonun loyihasini takrorlaydigan yoki unga zid bo‘lgan normalarni bir vaqtda bekor qilishni nazarda tutadigan uning to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishini ta’minlash mexanizmlari mavjud bo‘lishi kerak.
Yangi qonun loyihasini ishlab chiqishda uni amalga oshirishga qaratilgan havolaki normalar yangi qonun bilan birga yoki qonunda belgilangan muddatda ishlab chiqiladi.
(85-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 484-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/484/1172-son)
86. Qonun loyihalarini yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritiladigan Qonun loyihalarini yuridik-texnik rasmiylashtirish qoidalariga va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 30-dekabrdagi 237-II/150-II-son qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritiladigan qonun loyihalarini va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etilgan qonunlarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
87. Agar tayyorlanayotgan qonun loyihasi boshqa qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yoxud ularni (to‘liq yoki qisman) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash zaruratini keltirib chiqarsa, ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalar, shuningdek, o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risidagi takliflar tayyorlanadigan qonun loyihasiga kiritiladi.
O‘zgartirilishi, qo‘shimchalar qo‘shilishi yoki o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanishi kerak bo‘lgan qonun hujjatlari yoki ularning qismlari soni ancha ko‘p bo‘lganda, ular qonun loyihasi bilan bir vaqtda amaldagi va taklif etilayotgan tahrirda tegishli taqqoslash jadvallari ilova qilingan holda alohida qonun loyihasi ko‘rinishida taqdim etiladi.
88. Qonun loyihasini manfaatdor davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan kelishish muddati, agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari yoki Bosh vazirning topshiriqlari bilan boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, yetti kunni tashkil etadi.
Qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida kelishish muddati o‘n kundan oshmasligi lozim.
89. Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritishda quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:
qonun loyihasining konsepsiyasi bayon qilingan tushuntirish xati;
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi, shuningdek, qonun loyihasi kiritilishi bilan bog‘liq qonunlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risidagi qonun loyihasi (mavjud bo‘lganda);
o‘zgartirilishi, qo‘shimchalar kiritilishi, o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanishi yoki qabul qilinishi kerak bo‘lgan qonunosti hujjatlarining ro‘yxati (mavjud bo‘lganda);
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilgan qonun loyihasi bo‘yicha fuqarolar takliflarini (izohlari) ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha jadval;
(89-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-avgustdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)
Xorijiy mamlakatlar va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining tegishli (o‘xshash) qoidalari, O‘zbekiston Respublikasi sharoitida tegishli xalqaro tajriba qo‘llanilishining maqbulligi to‘g‘risidagi asosli takliflar ketma-ket tartibda ko‘rsatilgan qiyosiy tahlil (jadval ko‘rinishida);
(89-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
moddiy xarajatlar talab qilinadigan qonunlar loyihalari uchun moliyaviy-iqtisodiy asoslar;
davlat daromadlarini kamaytirish yoki davlat xarajatlarini ko‘paytirishni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti moddalari bo‘yicha o‘zgartirishlarni nazarda tutuvchi qonunlarning loyihalari bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining xulosasi;
qoida tariqasida, qonun va qonunosti hujjatlarini takomillashtirish, qonun qabul qilinishi bilan bog‘liq tashkiliy-texnik choralarni amalga oshirish, shuningdek, qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatini targ‘ib qilish bo‘yicha masalalarni o‘z ichiga olgan qonun loyihasini amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida qonun loyihasini ko‘rib chiqishda ishtirok etuvchi Vazirlar Mahkamasi vakillari tarkibini shakllantirish uchun davlat organlari, shuningdek, manfaatdor vazirliklar va idoralarning rahbarlari va xodimlaridan iborat nomzodlar ro‘yxati.
90. Vazirlar Mahkamasi apparatida qonun loyihasi bilan ishlash va uni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishish ushbu Reglamentning 4-bobi 4 va 5-paragraflarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
3-§. Qonunlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida ko‘rib chiqish va ular O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida ko‘rib chiqilishida ishtirok etish tartibi
91. Qonunlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida ko‘rib chiqish Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
92. Qonun loyihalari va qonunlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida ko‘rib chiqishda Hukumat vakillarining ishtirok etishi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 15-sentabrdagi 220-III/PK-41-III-sonli qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan Qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqishda qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti vakillarining ishtiroki tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
6-bob. Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish tartibi
93. Vazirlar Mahkamasi majlislari har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishi mumkin. Vazirlar Mahkamasi majlislarida Bosh vazir raislik qiladi.
94. Vazirlar Mahkamasi majlislarida “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan masalalar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlariga va Vazirlar Mahkamasi Rayosati qarorlariga muvofiq boshqa masalalar ko‘rib chiqiladi.
95. Vazirlar Mahkamasi majlislarida ko‘rib chiqish uchun masalalarni tayyorlashni Rahbariyatning topshirig‘iga ko‘ra Bosh vazir o‘rinbosari yoki maslahatchisi, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining o‘rinbosarlari rahbarligida davlat organlari va boshqa tashkilotlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining vakillari jalb etilgan holda majlisning mazmun qismini tayyorlash uchun mas’ul bo‘lgan tegishli tarkibiy bo‘linma amalga oshiradi. Zarur hollarda masalalarni tayyorlashni Vazirlar Mahkamasi yoki uning Rayosati tomonidan tashkil etiladigan komissiyalar amalga oshiradi.
96. Hukumat tuzilmasiga kiradigan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar hamda xo‘jalik boshqaruvi organlari majlisni o‘tkazish sanasidan kamida 15 kun oldin Vazirlar Mahkamasiga kun tartibi, uni muhokama qilish tartibi loyihalarini hamda ma’lumotnomalarni, tegishli tahliliy materiallarni (shu jumladan, jadval ko‘rinishida), Vazirlar Mahkamasi majlisi bayonnomasi loyihasini kiritadilar.
97. Vazirlar Mahkamasi majlislarida ko‘rib chiqish uchun masalalarni tayyorlashga mas’ul bo‘lgan tegishli tarkibiy bo‘linma vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, shuningdek, xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan kiritilgan materiallarni (hududlardagi ishlarning holatini o‘rganishni hisobga olgan holda), shuningdek, boshqa materiallarni ko‘rib chiqadi.
98. Ko‘rib chiqilgan materiallar Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi bilan kelishiladi va majlisni o‘tkazish sanasigacha o‘n ikki kundan kechikmay Bosh vazirga axborot beriladi.
99. Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan ko‘rib chiqilgan materiallar Rayosat a’zolari tomonidan bildirilgan mulohazalarni hisobga olgan holda qayta ishlanadi va majlisni o‘tkazish sanasidan kamida o‘n kun oldin Bosh vazirga axborot berish uchun taqdim etiladi, zarurat bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli bo‘linmalariga yuboriladi.
100. Vazirlar Mahkamasi majlisida ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan hujjatlar loyihalari ushbu Reglament talablariga muvofiq tayyorlangan bo‘lishi kerak.
Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritiladigan qonunlar loyihalari kelishish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ular Vazirlar Mahkamasi majlisida ko‘rib chiqilishidan kamida ikki hafta oldin taqdim etiladi.
101. Vazirlar Mahkamasi majlisiga taklif etiladigan mansabdor shaxslar ro‘yxati Bosh vazir va Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi bilan kelishilgan holda shakllantiriladi.
Mansabdor shaxslarning Vazirlar Mahkamasi majlisida ishtirok etishi tegishli tarkibiy bo‘linmalar tomonidan ta’minlanadi.
102. Vazirlar Mahkamasi majlisiga, zaruratga ko‘ra, Konstitutsiyaviy sud raisi, Oliy sud raisi, Bosh prokuror, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati qo‘mitalari raislari doimiy ravishda taklif etilishlari mumkin. Boshqa mansabdor shaxslar Vazirlar Mahkamasining majlisiga faqat o‘zlariga daxldor masalalar bo‘yicha taklif etiladilar.
Vazirlar Mahkamasi majlisida yarim yillik va yil yakunlari bo‘yicha respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarning natijalarini ko‘rib chiqishda, shuningdek, majlisda respublikaning muayyan hududini iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy rivojlantirishni ta’minlash bilan bevosita bog‘liq masalalar ko‘rilayotganda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari ishtirok etadilar.
Vazirlar Mahkamasining kalendar yilning birinchi chorak va to‘qqiz oylik yakunlari bo‘yicha majlislarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tegishli masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirok etadilar.
Vazirlar Mahkamasi majlislarini ommaviy axborot vositalarida yoritish maqsadida unga ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik vakillari ham taklif etilishi mumkin.
103. Zaruratga ko‘ra Bosh vazir tomonidan aniq sohalar va yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlarning borishini o‘rganish maqsadida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat boshqaruvi hududiy organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida hududlarda Hukumatning mavzuli sayyor (ochiq) majlislari o‘tkazilishi mumkin.
Hukumatning mavzuli sayyor (ochiq) majlislarini o‘tkazish tartibi Bosh vazir tomonidan belgilanadi.
104. Vazirlar Mahkamasi majlislarida ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari, vazirlar, davlat qo‘mitalari raislari, idoralar, boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining hisobot va axborotlari eshitiladi.
105. Vazirlar Mahkamasi majlisida ko‘rib chiqiladigan masalalar bo‘yicha qarorlar Hukumat a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
106. Vazirlar Mahkamasi majlisida qabul qilingan qarorlar bayonnoma ko‘rinishida rasmiylashtiriladi.
Majlis bayonnomasi majlis tugaganidan keyin bir kun mobaynida Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi, Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari rahbarligida majlisning mazmun qismi tayyorlanishi uchun mas’ul bo‘lgan tegishli tarkibiy bo‘linma tomonidan rasmiylashtiriladi, majlisda raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi va Umumiy bo‘lim tomonidan belgilangan tartibda tarqatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan majlis bayonnomasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga imzo uchun kiritish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taqdim etiladi.
Bosh vazir raisligida o‘tkazilgan majlis bayonnomasi imzolangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishish uchun belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taqdim etiladi.
107. Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislari Hukumatning doimiy ishlaydigan organi sifatida har haftada Bosh vazir tomonidan o‘tkaziladi.
Vazirlar Mahkamasi Rayosati tarkibiga Bosh vazir, Bosh vazir o‘rinbosarlari, Bosh vazir maslahatchilari, vazirlar, davlat qo‘mitalari raislari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi kiradi.
Bosh vazirning kotibiyati Vazirlar Mahkamasi Rayosatining ishchi organi hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasi Rayosatining kun tartibi loyihasini shakllantirish va Bosh vazir bilan kelishish Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi tomonidan ta’minlanadi.
108. Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari ijrosini tashkil etish masalalari hamda Vazirlar Mahkamasining vakolatiga kiradigan masalalar ko‘rib chiqiladi, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq faqat Vazirlar Mahkamasi majlislarida ko‘rib chiqiladigan masalalar bundan mustasno.
109. Bosh vazir, uning o‘rinbosarlari raisligidagi yig‘ilishlarni tayyorlash va o‘tkazish, o‘tkazilgan yig‘ilishlar yakunlari bo‘yicha bayonnoma qarorlarini rasmiylashtirish va imzolash tartibi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.
110. Bosh vazir o‘rinbosarlari huzuridagi yig‘ilishlarni tashkil etish va o‘tkazish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
111. Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida qabul qilingan qarorlar bayonnoma ko‘rinishida rasmiylashtiriladi, ularning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir kotibiyatiga, Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilariga hamda tarkibiy bo‘linmalar rahbarlariga yuklanadi. Bayonnoma raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.
112. Hukumat bayonnoma qarorlari loyihalari majburiy tartibda huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hukumat bayonnoma qarorlari hisobi yuritilishini ta’minlaydi.
113. Hukumat bayonnoma qarorlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlangandan so‘ng hisobga olish tartibi ushbu Reglamentga 9-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
7-bob. Qabul qilingan qarorlar ijrosini tashkil etish va ularni nazorat qilish tartibi
114. Qabul qilingan qarorlar ijrosini tashkil etish, shuningdek, ular ijrosi borishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarorlariga muvofiq amalga oshiriladi.
115. Quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar va topshiriqlar ijrosini tashkil etish va amalga oshirish ustidan nazorat qilish ushbu Reglamentga 10-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi:
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topshiriqlari (1-kartoteka);
Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari, uning Rayosati qarorlari (2-kartoteka);
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining respublika hududlariga tashriflari yakunlari bo‘yicha tasdiqlangan bayonnomalar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan majlislar bayonnomalari (3-kartoteka).
116. Tarkibiy bo‘linmalarda hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomining holatini o‘rganish ushbu Reglamentga 11 va 12-ilovalarga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
117. Vazirlar Mahkamasiga tushgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari to‘g‘risida darhol Bosh vazirga axborot beriladi, ular yuzasidan mas’ul ijrochilari ko‘rsatilgan holda tegishli topshiriqlar tayyorlanadi.
118. Topshiriqlar ijrochilarga yetkazilishi va bajarilishini nazorat qilish tegishli tarkibiy bo‘linmalar tomonidan bir kunlik muddatda, shoshilinch topshiriqlar bo‘yicha esa — darhol ta’minlanadi.
119. Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan, agar boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, hujjat jo‘natilgan kundan boshlab o‘n kalendar kun mobaynida ijro etilishi kerak.
120. Agar topshiriq bir nechta davlat organi va tashkilotlarga berilgan bo‘lsa, u holda topshiriqda birinchi bo‘lib ko‘rsatilgan (“chaqiriq” so‘zi bilan belgilangan) va asosiy ijrochi hisoblangan tegishli organ va tashkilotning rahbari ishni tashkil etadi va ushbu topshiriq o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Hamijrochilar asosiy ijrochiga tegishli organ va tashkilotning rahbari yoxud uning o‘rinbosari tomonidan imzolangan takliflarni taqdim etadilar. Zarurat bo‘lganda (muddat qisqaligini hisobga olgan holda), asosiy ijrochi tomonidan topshiriqni tezkor tartibda, shu jumladan, ishchi guruhlar tashkil etgan holda bajarish choralari ko‘riladi.
121. Qonun hujjatlarini va Hukumat qarorlarini O‘zbekiston Respublikasining qabul qilingan qonunlariga muvofiqlashtirish bo‘yicha topshiriqlar davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan, agar bevosita qonunning o‘zida uni amalga kiritish muddati nazarda tutilmagan bo‘lsa, bir oy mobaynida bajarilishi kerak.
Ushbu qonunlarni tayyorlagan vazirliklar, idoralar hamda Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalariga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasi bilan birgalikda mazkur topshiriqlarni bajarish vazifasi yuklanadi.
122. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlarining (yozma axborot xati yoki tegishli hujjat loyihasi shaklida) Vazirlar Mahkamasi tomonidan ijro etilishi natijalari Bosh vazir (to‘g‘ridan-to‘g‘ri topshiriq mavjud bo‘lganda) yoki uning o‘rinbosarlari imzosi bilan belgilangan tartibda Davlat rahbariga axborot berish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuboriladi.
123. Topshiriqlarni bajarish muddatlari faqat topshiriqni imzolagan rahbar tomonidan uzaytirilishi mumkin.
124. Topshiriq belgilangan muddatda bajarilmagan taqdirda, u bajarilmagan deb hisoblanadi va nazoratda bo‘ladi. Uning ijrosi bo‘yicha majburiyat ijrochida (asosiy ijrochida) saqlanib qoladi.
Topshiriqning ijrochisi (asosiy ijrochisi) topshiriqning ijro muddati tamom bo‘lgandan keyin uch kun mobaynida tegishli tarkibiy bo‘linmaga topshiriq ijrosining holati, uning belgilangan muddatda ijro etilmasligi sabablari to‘g‘risida yozma tushuntirishni taqdim etadi.
125. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, bayonnoma qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va nazorat qilish:
tegishli Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari tomonidan;
tegishli grafiklarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali;
tegishli tarkibiy bo‘linmalar tomonidan amaliy chora-tadbirlarni tasdiqlangan muddatlarda amalga oshirish orqali, mansabdor shaxslar va xodimlar tomonidan;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, boshqa organlar va tashkilotlarda ularning bajarilishini maqsadli o‘rganishni tashkil etish;
yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar ijrosi yuzasidan qabul qilingan vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarorlari bajarilishini ko‘rib chiqish;
respublika tarmoqlari va hududlarida ishlarning holatini kompleks o‘rganishni tashkil etish, ularning yakunlarini Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida ko‘rib chiqish;
qo‘yilgan vazifalarni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini ta’minlamagan rahbarlar, mansabdor shaxslar va xodimlarga nisbatan intizomiy javobgarlik choralarini ko‘rish orqali ta’minlanadi.
126. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarini, Vazirlar Mahkamasining hujjatlarini va Bosh vazir, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilarining topshiriqlarini bajarish bo‘yicha ijro intizomining holatini tizimli va tanqidiy tahlil qilish quyidagicha amalga oshiriladi:
har kuni — davlat organlari va boshqa tashkilotlarning tegishli bo‘linmalari tomonidan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning rahbarlari tegishli choralarni ko‘rish uchun xabardor qilinadi;
har hafta dushanba/seshanba kunlari — davlat organlari va boshqa tashkilotlarning birinchi rahbarlari tomonidan ijro intizomining holatini tahlil qilish ta’minlanadi, keyinchalik ushbu tahlil yakunlari Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida tanqidiy muhokama qilinadi va ta’sirchan choralar ko‘riladi;
har oyda — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining respublika hududiga tashriflari yakunlari bo‘yicha tasdiqlangan bayonnomalar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan majlislar bayonnomalari, oliy va yuqori darajalardagi tashriflar yakunlari bo‘yicha amaliy tadbirlar rejalari (“yo‘l xaritalari”) ijrosi, shuningdek, rivojlantirishning maqsadli davlat dasturlarini amalga oshirishning tahlili natijalari Bosh vazirning ko‘rib chiqishi uchun kiritiladi;
har chorakda — davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomining holatini o‘rganish yakunlari bo‘yicha tayyorlangan tahliliy materiallar Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida ko‘rib chiqiladi.
127. Vazirlar Mahkamasi, uning Rayosati majlislarida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlarining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni bajarilishi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti ijrosi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari bajarilishi borishi to‘g‘risidagi hisobotlari muntazam ravishda eshitiladi, ularni so‘zsiz amalga oshirishni ta’minlash choralari ko‘riladi.
128. Vazirlar Mahkamasining ijro etilgan hujjatlari va topshiriqlarini nazoratdan chiqarish to‘g‘risidagi qaror Bosh vazir yoki Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan qabul qilinadi.
8-bob. Komissiyalar, kengashlar va boshqa idoralararo kollegial organlarni tuzish va faoliyatini tashkil etish tartibi
129. Vazirlar Mahkamasining vakolatlari amalga oshirilishiga ko‘maklashish uchun komissiyalar, kengashlar va boshqa idoralararo kollegial organlar (keyingi o‘rinlarda konsultativ va maslahat organlari deb ataladi) tuzilishi mumkin.
Konsultativ va maslahat organlarining vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligi hamda faoliyatini tashkil etish tartibi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari bilan belgilanadi.
130. Konsultativ va maslahat organlarining majlislari Vazirlar Mahkamasining Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlar Mahkamasining yarim yillik ish rejalari asosida o‘tkaziladi
131. Konsultativ va maslahat organlari faoliyatini tashkil etish, muvofiqlashtirish, ularning o‘zaro hamkorligini ta’minlash ularga biriktirilgan Vazirlar Mahkamasi apparatining tegishli tarkibiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
9-bob. Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari, shuningdek, vazirlar, davlat qo‘mitalari raislari va boshqa tashkilotlar rahbarlarining javobgarligi
132. Bosh vazir o‘rinbosarlari vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament va deputat so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari bajarilishi monitoringini olib boradi, shuningdek, joylarda ishlarning real holatini muntazam o‘rganadi, iqtisodiyotdagi va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qiladi hamda shu asosda strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan kompleks takliflarni ishlab chiqadi. Bunda yuklangan vazifalarni hal etishda ularning vazirliklar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bosh vazir o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritiladigan takliflar va hujjatlar loyihalarining asoslanganligi, berilgan topshiriqlar va qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishi samaradorligi, shuningdek, tegishli faoliyat sohalaridagi erishilgan natijalar uchun shaxsan javob beradilar.
133. Bosh vazir maslahatchilari ular vakolatiga kiritilgan tegishli yo‘nalishlar va masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga takliflarning puxta ishlab chiqilishini, ekspertizadan o‘tkazilishini va tayyorlanishini ta’minlaydi, shuningdek, ushbu masalalar uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
134. Vazirlar, davlat qo‘mitalari raislari va boshqa davlat boshqaruvi organlarining rahbarlari Vazirlar Mahkamasiga kiritilayotgan takliflar, tahliliy va boshqa hujjatlarning, shu jumladan, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli, har tomonlama ishlab chiqilishi, shuningdek, ularni amalga oshirishning pirovard natijalari va oqibatlari uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
135. Vazirlar Mahkamasi a’zolari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari “Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan asosiy prinsipni o‘z vaqtida, aniq va to‘liq hajmda amalga oshirish uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
10-bob. Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari bilan o‘zaro hamkorligi
136. Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari bilan mustahkam o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
137. Vazirlar Mahkamasining qonun ijodkorligi faoliyatida, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida ko‘rib chiqiladigan qonunlar loyihalari, boshqa hujjatlarni tayyorlashda hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan parlament nazoratini amalga oshirishda o‘zaro hamkorligi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi Vakolatli vakili tomonidan ta’minlanadi.
138. Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari bilan o‘zaro hamkorligi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunlariga, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”, “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining reglamentlariga hamda ushbu Reglamentga muvofiq amalga oshiriladi.
139. Vazirlar Mahkamasi a’zolari Oliy Majlis palatalarining reglamentlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, ularning qo‘mitalari va komissiyalari majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etishi va so‘zga chiqishi mumkin.
140. Vazirlar Mahkamasi Oliy Majlis palatalariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan birgalikda joriy yilning 15-oktabridan kechikmay kiritadi.
141. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti ijrosining borishi to‘g‘risidagi axborotni va zarur materiallarni yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti ijrosi borishini Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan ko‘rib chiqishda Vazirlar Mahkamasining hisoboti eshitiladi.
Vazirlar Mahkamasi hisobot yilidan keyingi yilning 15-mayidan kechikmay Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan birgalikda taqdim etadi.
142. Vazirlar Mahkamasining o‘tgan yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va navbatdagi yil uchun nazarda tutilgan asosiy ustuvorliklar to‘g‘risidagi har yilgi ma’ruzasi Bosh vazir tomonidan Oliy Majlisi palatalariga taqdim etiladi.
143. Bosh vazirning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisoboti parlament so‘rovi tartibida eshitiladi.
144. Bosh vazir Hukumat a’zolari bilan birgalikda har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan, tegishli yilga mo‘ljallangan davlat dasturi bajarilishining borishi to‘g‘risida hisobot taqdim etadi.
145. Hukumat a’zolari Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida Qonunchilik palatasi deputatlarining savollariga hisobotlarni taqdim etadilar (Hukumat soati).
146. Davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Senati a’zosining so‘roviga yozma javobni, agar boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, so‘rov olingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay yuborishi lozim.
147. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari rahbarlari muntazam ravishda (kamida har chorakda bir marta) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga maqsadli vazifalar bajarilganligi va erishilgan natijalar to‘g‘risidagi hisobotlarni belgilangan tartibda taqdim etadilar.
148. Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzod O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi mas’ul qo‘mita, siyosiy partiyalar fraksiyalari va deputatlik guruhlari tomonidan dastlabki tarzda ko‘rib chiqilganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida ko‘rib chiqiladi va ma’qullanadi.
Vazirlar Mahkamasi a’zosining lavozimiga nomzod uning nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilayotganda va ma’qullanayotganda Vazirlar Mahkamasining harakatlar dasturi bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan, istiqbolga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlar va vazifalarga erishish borasidagi huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi harakatlar rejasini taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzodni rad etgan taqdirda, Bosh vazir ko‘rib chiqish va ma’qullash uchun yangi nomzodni kiritadi.
Vazirlar Mahkamasining a’zosi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanganidan keyin o‘z vazifalarini bajarishga kirishadi.
11-bob. Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va uning Administratsiyasi bilan o‘zaro hamkorligi
149. Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va uning Administratsiyasi bilan o‘zaro hamkorligi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va uning Administratsiyasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash;
Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tasdiqlash;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlarini tuzish va tugatish;
Hukumat tomonidan tashkil etiladigan xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarini tasdiqlash;
Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;
viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarini lavozimlarga tayinlash va lavozimdan ozod etish;
Vazirlar Mahkamasining ishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berish;
Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarini tayinlash;
Vazirlar Mahkamasi hujjatlari loyihalarini kelishish (individual hujjatlardan tashqari);
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari loyihalarini ko‘rib chiqish uchun kiritish masalalari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va uning Administratsiyasi bilan o‘zaro hamkorligi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa masalalar bo‘yicha ham amalga oshiriladi.
(149-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
150. Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va uning Administratsiyasi bilan o‘zaro hamkorligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va ushbu Reglamentda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
151. Vazirlar Mahkamasining vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlarini tuzish yoki tugatish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan o‘zaro hamkorligi ushbu Reglamentning 4-bobida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari loyihalarini tayyorlash orqali amalga oshiriladi.
152. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlarini tuzish yoki tugatish to‘g‘risidagi takliflar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni loyihasi va unga ilova qilinadigan hujjatlar Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida ko‘rib chiqiladi.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlarini tuzish yoki tugatish to‘g‘risidagi takliflar ma’qullangan taqdirda, taqdimnoma keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritilishi uchun Vazirlar Mahkamasi Rayosatining tegishli qarori qabul qilinadi.
153. Taqdimnoma Bosh vazir tomonidan imzolanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni loyihasi va zarur tahliliy hujjatlar ilova qilingan holda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladi.
12-bob. Vazirlar Mahkamasining sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va harbiylashtirilgan tuzilmalar bilan o‘zaro hamkorligi
154. Vazirlar Mahkamasi Konstitutsiyaviy sudga masalalarni qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun kiritishi mumkin.
(154-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
155. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi Hukumat qarorlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlaydi.
156. Qonunlar yoki ularning ayrim qoidalari Konstitutsiyaviy sud tomonidan Konstitutsiyaga xilof deb topilganda, Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatlari doirasida “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni ko‘radi.
157. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi majlisida Bosh vazir, uning o‘rinbosarlari va O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri ishtirok etishi mumkin.
158. Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatlari samarali amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar va harbiylashtirilgan tuzilmalar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
159. Vazirlar Mahkamasi harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlaydi.
160. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va harbiylashtirilgan tuzilmalar rahbarlari o‘z faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida ishtirok etishlari mumkin.
13-bob. Vazirlar Mahkamasining nodavlat notijorat tashkilotlar, siyosiy partiyalar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan o‘zaro hamkorligi
161. Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolati doirasida nodavlat notijorat tashkilotlar, siyosiy partiyalar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan qonunchilikka muvofiq o‘zaro hamkorlik qiladi, ularga zarur yordam ko‘rsatadi.
(161-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
162. Vazirlar Mahkamasi bevosita yoki davlat boshqaruvi organlari orqali nodavlat notijorat tashkilotlar, shuningdek, siyosiy partiyalar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining qonunchilikda nazarda tutilgan huquqlari amalga oshirilishini ta’minlaydi.
(162-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
163. Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha nodavlat notijorat tashkilotlar, siyosiy partiyalar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining takliflarini ko‘rib chiqadi.
164. Vazirlar Mahkamasi nodavlat notijorat tashkilotlar, siyosiy partiyalar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga ular tomonidan o‘z ustavida qayd etilgan maqsadlar va vazifalarning bajarilishi uchun teng huquqiy imkoniyatlarni ta’minlaydi.
165. Vazirlar Mahkamasi qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda siyosiy partiyalarning ustav faoliyatini moliyalashtirish uchun ularga davlat mablag‘lari ajratilishida ishtirok etadi.
(165-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
14-bob. Vazirlar Mahkamasi faoliyati ochiqligini ta’minlash
166. Jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Hukumati faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan erkin foydalanishi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30-moddasi hamda “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq ta’minlanadi.
167. Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatlari doirasida:
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislari to‘g‘risidagi axborot xabarlarini (press-relizlar, byulletenlar va shu kabilarni) tarqatish;
o‘zining rasmiy veb-saytida Hukumat faoliyati to‘g‘risidagi axborotni joylashtirish va yangilash;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini ommaviy axborot vositalarida yoritish orqali o‘z faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish chora-tadbirlarini ko‘radi.
168. Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini ommaviy axborot vositalarida yoritish, shuningdek, ko‘rib chiqiladigan masalalar muhokamasiga jamoatchilikni jalb etish tartibi Bosh vazir tomonidan belgilanadi.
169. Hukumatning rasmiy veb-saytida axborotni joylashtirish va yangilash Bosh vazirning matbuot xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
15-bob. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash
170. Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatlari doirasida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga, Vazirlar Mahkamasining “Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 7-maydagi 341-son qaroriga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi.
171. Vazirlar Mahkamasi apparatida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan tegishli nizom bilan belgilanadi.
172. Jismoniy va yuridik shaxslarning Vazirlar Mahkamasiga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga tushgan murojaatlari bilan ishlash monitoringini olib borish va tahlil qilish ushbu Reglamentga 13 va 14-ilovalarga muvofiq sxemalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
173. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda ta’minlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari loyihalarini tayyorlash, kiritish va Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

1-bosqich

Davlat organi yoki boshqa tashkilot — ishlab chiquvchi Vazirlar Mahkamasidan mutasaddi bilan birgalikda

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjati loyihasini (keyingi o‘rinlarda loyiha deb ataladi) tayyorlash.

2. Loyihani ekspertizadan o‘tkazish.

3. Loyihani Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga muhokamadan o‘tkazish uchun joylashtirish.

4. Loyihaga ishlab chiquvchining rahbari (istisno hollarda — birinchi o‘rinbosari) tomonidan viza qo‘yish va uni kelishish uchun manfaatdor vazirlik va idoralarga yuborish.

Topshiriqda belgilangan muddatlarda yoxud tashabbus tartibida

Loyiha tayyorlanishiga ko‘ra


2-bosqich

Manfaatdor vazirlik
va idoralar

1. Loyihani birinchi rahbar (istisno hollarda — birinchi o‘rinbosari) darajasida ko‘rib chiqish va viza qo‘yish.

2. E’tiroz va takliflar mavjud bo‘lgan taqdirda — tegishli xatni tayyorlash.

1 kun mobaynida


3-bosqich

Ishlab chiquvchi

Loyihani zarur materiallarni ilova qilgan holda huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun Adliya vazirligiga yuborish.

Vazirlik
va idoralar bilan kelishilgandan so‘ng


4-bosqich

Adliya vazirligi

1. Loyihani huquqiy ekspertizadan o‘tkazish.

2. Huquqiy ekspertiza natijalariga ko‘ra loyihaga viza qo‘yish va uni qabul qilishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa taqdim etish.

1 kun mobaynida


5-bosqich

Ishlab chiquvchi Vazirlar Mahkamasidan mutasaddi bilan birgalikda

1. Loyiha bo‘yicha hujjatlar to‘plamini shakllantirish.

2. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Loyiha kelishilgandan
so‘ng darhol

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

1-bosqich

Umumiy bo‘lim

Birinchi bo‘lim

Kiritilgan loyihani ro‘yxatdan o‘tkazish va uni loyihani puxta ishlash uchun mas’ul bo‘lgan tarkibiy bo‘linmaga (keyingi o‘rinlarda tarkibiy bo‘linma deb ataladi) berish.

Loyiha tushganidan
so‘ng darhol


2-bosqich

Tarkibiy bo‘linma

1. Loyihani puxta ishlash uchun mas’ul ijrochini belgilash.

2. Loyihani milliy va davlat manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy samaradorligi va undagi masalalarning o‘zaro bog‘liqligi nuqtai nazaridan ekspert jihatidan ishlab chiqilishini amalga oshirish.

3. Loyiha Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga rioya qilinmasdan kiritilgan taqdirda — loyihani belgilangan tart�bda qaytarish.

Loyiha tushganidan
so‘ng darhol

2 kunlik muddatdan kechikmay


3-bosqich

Tarkibiy bo‘linma

1. Loyiha bo‘yicha tegishli Bosh vazir o‘rinbosariga yoki Bosh vazir maslahatchisiga axborot berish.

2. Loyihani moliyaviy va iqtisodiy ekspertizadan o‘tkazishni ta’minlash.

3. Yakuniy ishlangan loyihani tarkibiy bo‘linma rahbarining vizasi bilan Yuridik ta’minlash boshqarmasiga kiritish.

1 kun mobaynida

Loyiha moliyaviy
va iqtisodiy ekspertizadan o‘tkazilgandan so‘ng


4-bosqich

Yuridik ta’minlash boshqarmasi

1. Loyihani huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, unga viza qo‘yish yoxud e’tiroz va takliflarni taqdim etish.

2. Loyihani tarkibiy bo‘linma bilan birgalikda puxta ishlash va unga viza qo‘yish.

3. Zarur hollarda mavjud kelishmovchiliklar bo‘yicha xulosa tayyorlash.

3 kun muddatda


5-bosqich

Tarkibiy
bo‘linma

1. Loyihani tegishlilik bo‘yicha Bosh vazir o‘rinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilari bilan kelishish.

2. Loyiha bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga axborot berish.

Huquqiy ekspertiza o‘tkazilgandan so‘ng darhol


6-bosqich

Apparat boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

1. Loyihani uni ishlab chiqish uchun asos bo‘lgan topshiriq qamrab olinishi, qabul qilishning maqsadga muvofiqligi, belgilangan tartibda rasmiylashtirilganligi, tahliliy materiallar tayyorlanganligi hamda manfaatdor idoralar va Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan kelishilganligi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish.

2. Kamchiliklar mavjud bo‘lgan taqdirda — loyihani puxta ishlash uchun qaytarish.

3. E’tirozlar bo‘lmagan yoki ular bartaraf etilgan taqdirda loyihani keyinchalik apparat boshqaruvchisiga axborot berish uchun qabul qilish.

Loyiha taqdim etilishiga ko‘ra


7-bosqich

Apparat boshqaruvchisi

1. Loyihani ko‘rib chiqish.

2. Kamchiliklar mavjud bo‘lgan taqdirda — loyihani puxta ishlash uchun qaytarish.

3. E’tirozlar bo‘lmaganda — loyihani keyinchalik Bosh vazirga axborot berish uchun qabul qilish, zarur hollarda, loyihaga Bosh vazir tomonidan viza qo‘yish.

4. Loyihani ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuborish to‘g‘risidagi kuzatuv xatini imzolash.

Loyiha taqdim etilishiga ko‘ra


8-bosqich

Umumiy bo‘lim

Birinchi bo‘lim

1. Loyihani zarur hujjatlarni ilova qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuborish.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuborilgan loyihalarning hisobini yuritish.

Loyiha tushgan kunda darhol

Doimiy

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-avgustdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlarini tayyorlash, kiritish, ko‘rib chiqish, kelishish, imzolash va e’lon qilish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

1-bosqich

Davlat organi — ishlab chiquvchi Vazirlar Mahk�masidan mutasaddi bilan birgalikda

1. Vazirlar Mahkamasining hujjati loyihasini (keyingi o‘rinlarda loyiha deb ataladi) tayyorlash.

2. Loyihani ekspertizadan o‘tkazish.

3. Loyihani Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga muhokamadan o‘tkazish uchun joylashtirish.

4. Loyihaga ishlab chiquvchining rahbari tomonidan viza qo‘yish va uni kelishish uchun manfaatdor vazirlik va idoralarga yuborish.

Topshiriqda belgilangan muddatlarda yoxud tashabbus tartibida

Loyiha tayyorlanishiga ko‘ra


2-bosqich

Manfaatdor vazirlik
va idoralar

1. Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini birinchi rahbar (istisno hollarda — birinchi o‘rinbosari) darajasida ko‘rib chiqish va viza qo‘yish.

2. Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasini birinchi rahbar (istisno hollarda — birinchi o‘rinbosari) darajasida ko‘rib chiqish va viza qo‘yish.

3. E’tiroz va takliflar mavjud bo‘lgan taqdirda — tegishli xatni tayyorlash.

3 kun mobaynida

2 kun mobaynida


3-bosqich

Ishlab chiquvchi

Loyihani zarur materiallarni ilova qilgan holda huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun Adliya vazirligiga yuborish.

Vazirlik
va idoralar bilan kelishilgandan so‘ng


4-bosqich

Adliya vazirligi

1. Loyihani huquqiy ekspertizadan o‘tkazish.

2. Huquqiy ekspertiza natijalariga ko‘ra loyihaga viza qo‘yish va uni qabul qilishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa taqdim etish.

10 kun
mobaynida


5-bosqich

Ishlab chiquvchi Vazirlar Mahkamasidan mutasaddi bilan birgalikda

1. Loyiha bo‘yicha hujjatlar to‘plamini shakllantirish.

2. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Loyiha kelishilgandan
so‘ng darhol

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

1-bosqich

Umumiy bo‘lim

Birinchi bo‘lim

Kiritilgan loyihani ro‘yxatdan o‘tkazish va uni ishlash uchun mas’ul bo‘lgan tarkibiy bo‘linmaga (keyingi o‘rinlarda tarkibiy bo‘linma deb ataladi) berish.

Loyiha tushgandan so‘ng darhol


2-bosqich

Tarkibiy bo‘linma

1. Loyihani ishlash uchun mas’ul ijrochini belgilash.

2. Loyihani milliy va davlat manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy samaradorligi va undagi masalalarning o‘zaro bog‘liqligi nuqtai nazaridan ekspert jihatidan ishlab chiqilishini amalga oshirish.

3. Loyiha Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga rioya qilinmasdan kiritilgan taqdirda — loyihani belgilangan tartibda qaytarish.

Loyiha tushgandan so‘ng darhol

2 kunlik muddatdan kechikmay


3-bosqich

Tarkibiy bo‘linma

1. Loyiha bo‘yicha tegishli Bosh vazir o‘rinbosariga yoki Bosh vazir maslahatchisiga axborot berish.

2. Loyihani moliyaviy va iqtisodiy ekspertizadan o‘tkazishni ta’minlash.

3. Yakuniy ishlangan loyihani tarkibiy bo‘linma rahbarining vizasi bilan Yuridik ta’minlash boshqarmasiga kiritish.

1 kun mobaynida

Loyiha moliyaviy
va iqtisodiy ekspertizadan o‘tkazilgandan so‘ng


4-bosqich

Yuridik ta’minlash boshqarmasi

1. Loyihani huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, unga viza qo‘yish yoxud e’tiroz va takliflarni taqdim etish.

2. Loyihani tarkibiy bo‘linma bilan birgalikda puxta ishlash va unga viza qo‘yish.

3. Zarur hollarda mavjud kelishmovchiliklar bo‘yicha xulosa tayyorlash.

3 kun mobaynida


5-bosqich

Tarkibiy bo‘linmalar

1. Loyihani tegishlilik bo‘yicha Bosh vazir o‘rinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilari bilan kelishish.

2. Loyiha bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga axborot berish.

Huquqiy ekspertizadan
so‘ng darhol


6-bosqich

Apparat boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

1. Loyihani uni ishlab chiqish uchun asos bo‘lgan topshiriq qamrab olinishi, qabul qilishning maqsadga muvofiqligi, belgilangan tartibda rasmiylashtirilganligi, tahliliy materiallar tayyorlanganligi hamda manfaatdor idoralar va Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan kelishilganligi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish.

2. Kamchiliklar mavjud bo‘lgan taqdirda — loyihani puxta ishlash uchun qaytarish.

3. E’tirozlar bo‘lmagan yoki ular bartaraf etilgan taqdirda — loyihani keyinchalik apparat boshqaruvchisiga axborot berish uchun qabul qilish.

Loyiha taqdim etilishiga ko‘ra


7-bosqich

Apparat boshqaruvchisi

1. Loyihani ko‘rib chiqish.

2. Kamchiliklar mavjud bo‘lgan taqdirda — loyihani puxta ishlash uchun qaytarish.

3. E’tirozlar bo‘lmaganda — loyihani keyinchalik Bosh vazirga axborot berish uchun qabul qilish, zarur hollarda, loyihaga Bosh vazir tomonidan viza qo‘yish.

4. Loyihani ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuborish to‘g‘risidagi kuzatuv xatini imzolash.

Loyiha taqdim etilishiga ko‘ra


8-bosqich

Umumiy bo‘lim

Birinchi bo‘lim

1. Loyihani zarur hujjatlarni ilova qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuborish.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuborilgan loyihalar hisobini yuritish.

Loyiha tushgan kunda darhol

Doimiy


9-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

1. Loyihani ko‘rib chiqish. Zarur hollarda loyiha bo‘yicha Rahbariyatga axborot berish.

2. Vazirlar Mahkamasiga:

a) loyiha kelishilganligi to‘g‘risida;

b) e’tiroz yoki takliflar mavjud bo‘lganda — ular to‘g‘risida xat yuborish.

Belgilangan muddatlarda


10-bosqich

Umumiy bo‘lim

Birinchi bo‘lim

1. Loyihani ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish.

2. Loyihani tarkibiy bo‘linmaga berish.

Loyiha tushgandan keyin darhol


11-bosqich

Tarkibiy bo‘linma

1. Loyihani axborot berish uchun tayyorlash.

2. Loyiha bo‘yicha apparat boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari bo‘yichao‘rinbosariga axborot berish.

3. Loyiha bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining e’tirozlari mavjud bo‘lgan taqdirda — puxta ishlash va e’tirozlarni bartaraf etishni, zarurat bo‘lganda ishlab chiquvchi
va Yuridik ta’minlash boshqarmasi bilan birgalikda tashkil etish.

1 kun mobaynida


12-bosqich

Apparat boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalar bo‘yicha o‘rinbosari

1. Loyihani ko‘rib chiqish.

2. Kamchiliklar mavjud bo‘lgan taqdirda — loyihani puxta ishlash uchun qaytarish.

3. E’tirozlar bo‘lmaganda yoki ular bartaraf etilgan taqdirda — loyihani keyinchalik apparat boshqaruvchisiga axborot berish uchun qabul qilish.

Loyiha taqdim etilishiga ko‘ra


13-bosqich

Apparat boshqaruvchisi

1. Loyihani ko‘rib chiqish.

2. Kamchiliklar mavjud bo‘lgan taqdirda — loyihani puxta ishlash uchun qaytarish.

3. E’tirozlar bo‘lmaganda — loyihani keyinchalik Bosh vazirga axborot berish uchun qabul qilish.

4. Loyihani Bosh vazirga imzolash uchun kiritish.

Loyiha taqdim etilishiga ko‘ra


14-bosqich

Bosh vazir

Vazirlar Mahkamasi hujjatini imzolash.

Loyiha kiritilishiga ko‘ra


15-bosqich

Tarkibiy bo‘linma

Umumiy bo‘lim,

Birinchi bo‘lim

1. Imzolangan Vazirlar Mahkamasining hujjatini ro‘yxatdan o‘tkazish.

2. Umumiy bo‘lim muhri bilan tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasining hujjatini davlat organlari va boshqa tashkilotlarga jo‘natish. Zaruratga ko‘ra Vazirlar Mahkamasining hujjatiga uning e’lon qilinishini cheklaydigan grif qo‘yish.

3. Vazirlar Mahkamasining hujjatini rasmiy manbalarda e’lon qilish,
shu jumladan, imzolangan hujjatni Adliya vazirligiga yuborish.

Hujjat imzolangan kunda

Izoh. Belgilangan tartibda kiritilgan Hukumat hujjati loyihasi bilan Vazirlar Mahkamasi apparatida ishlash, agar boshqacha muddat belgilanmagan bo‘lsa, u tushgan kundan boshlab o‘n kun mobaynida amalga oshiriladi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan muddatni uzaytirishga faqat Bosh vazir, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining qarori bilan yo‘l qo‘yiladi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-avgustdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga
3-ILOVA
Vazirlar Mahkamasi hujjati loyihasiga tushuntirish xatining mazmuniga qo‘yiladigan
ASOSIY TALABLAR
Tushuntirish xatida quyidagi asosiy ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
1. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar, rahbariyatning bayonnoma va boshqa topshiriqlariga yoxud loyihani qabul qilish zaruratining boshqa asoslariga havola qilgan holda uni qabul qilish asoslari (rahbariyatning bayonnoma va boshqa topshiriqlari tushuntirish xatiga ilova qilinadi).
2. Loyiha bo‘yicha moliyaviy xarajatlarning zarurligi va uning moliyaviy ta’minoti, shu jumladan, moliyalashtirish manbalari.
3. Loyihani qabul qilishdan kutilayotgan natijalar.
4. Aniq maqsadlar va kutilayotgan natijalarga erishish muddatlari.
5. Loyihada ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha muqaddam qabul qilingan Prezident va (yoki) Hukumatning hujjatlari va ularni amalga oshirish natijalari to‘g‘risidagi ma’lumot.
6. Kiritilayotgan loyiha qabul qilingan taqdirda qonunchilikni unga muvofiqlashtirish zarurati (boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish yoki amaldagi hujjatlarga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish talab qilinishi yoki talab qilinmasligi ko‘rsatiladi) yoxud bunday zarurat mavjud emasligi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 677-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/677/1443-son)
8. Tadbirkorlik subyektlarining manfaatlariga daxl qiluvchi loyihalar uchun — loyiha kuchga kirishi munosabati bilan xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun xarajatlar va chiqimlarning pasayishi va (yoki) ko‘payishini tasdiqlaydigan tahlil va hisob-kitoblar natijalari.
9. Xalqaro amaliyot va xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasi tahlili natijalari — zarurat bo‘lganda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga
4-ILOVA
NAMUNA
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi to‘g‘risida”gi qarori loyihasiga
TAQQOSLASh JADVALI

Amaldagi tahrir

Taklif etilayotgan tahrir

Asoslash

1. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi 147-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralari xodimlarining ayrim toifalari mehnatiga haq to‘lash shartlari

1. Mazkur qaror bilan tasdiqlangan lavozim razryadlari va tarif koeffitsiyentlarida nazarda tutilmagan lavozimlardagi davlat boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralarning ayrim toifadagi xodimlariga Mehnatga haq to‘lashning Yagona tarif setkasiga muvofiq razryadlar:




(oltinchi xatboshi)
viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari apparatlari voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalar hamda ma’muriy komissiyalarining mas’ul kotiblariga — tegishli hokimliklarning yetakchi mutaxassislari lavozim razryadlari darajasida, yetakchi mutaxassis lavozimi bo‘lmagan joylarda — birinchi toifali mutaxassislar lavozim razryadlari darajasida;

1. Mazkur qaror bilan tasdiqlangan lavozim razryadlari va tarif koeffitsiyentlarida nazarda tutilmagan lavozimlardagi davlat boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralarning ayrim toifadagi xodimlariga Mehnatga haq to‘lashning Yagona tarif setkasiga muvofiq razryadlar:

(oltinchi xatboshi) viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari apparatlari voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalar hamda ma’muriy komissiyalarining mas’ul kotiblariga — tegishli hokimliklarning yetakchi mutaxassislari lavozim razryadlari darajasida, yetakchi mutaxassis lavozimi bo‘lmagan joylarda — birinchi toifali mutaxassislar lavozim razryadlari darajasida;








Komissiyaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son qaroriga muvofiqlashtirilgan.

2. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-sentabrdagi 266-son qarori bilan tasdiqlangan Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalari

8. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini �ajburiy sug‘urta qilish shartnomasi va tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi.




To‘ldirilmoqda

8. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi va tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi.

Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi (keyingi o‘rinlarda sug‘urta polisi deb ataladi) tegishli blankada va tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasiga kiritilgan transport vositalari soniga teng nusxalarda rasmiylashtiriladi.

Iqtisodiyotning jadal rivojlanishini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2018-yil 26-iyuldagi O‘RQ-488-son O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq kiritilmoqda.

Bugungi kunda O‘zbekistonda faoliyatni amalga oshiruvchi tashuvchilar taxminan 50,0 mingta avtotransport vositasiga ega, ulardan 2017-yilda 21,2 mingtasi (42,4%) sug‘urta qilingan, 2018-yilning 9 oyida esa 12,0 mingtasi (24,0%) sug‘urta qilingan. Tashuvchilar o‘z javobgarligini uchinchi shaxslar oldida sug‘urta qilishda mavjud 50 — 60 ta vtotransport vositasidan 5 — 10 tasini sug‘urta qiladilar va ushbu polislarni litsenziya olishda mas’ul organga taqdim etadilar. Natijada tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishni to‘liq qamrab olish ta’minlanmaydi.

Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi Qonunni to‘liq amalga oshirish maqsadidahar bir transport vositasi bo‘yicha alohida sug‘urta polisi berilishini ta’minlash zarur.

13. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi tashuvchiga sug‘urtalovchining yoki sug‘urta agentining hisob raqamiga tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofoti (keyingi o‘rinlarda sug‘urta mukofoti deb ataladi) kelib tushgan kundan keyingi uch ish kunidan kechikmay beriladi.

Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi blankasi qat’iy hisobda turadigan hujjat bo‘lib, hisobga olish seriyasiga, raqamiga va himoyalanganlikning kamida 3 darajasiga ega bo‘lishi kerak. Sug‘urta polisi blankasi sug‘urtalovchining buyurtmasi bo‘yicha, bosmaxona usulida, A4 (210 — 297 mm) formatda “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida ushbu Qoidalarga 4-ilovaga binoan namunaga muvofiq tayyorlanadi.

13. Sug‘urta polisi sug‘urtalovchining yoki sug‘urta agentining hisob raqamiga tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofoti (keyingi o‘rinlarda sug‘urta mukofoti deb ataladi) tushgan kundan keyingi uch ish kunidan kechikmay beriladi.

Sug‘urta polisi blankasi qat’iy hisobda turadigan hujjat bo‘lib, hisobga olish seriyasiga, raqamiga va himoyalanganlikning kamida 3 darajasiga ega bo‘lishi kerak. Sug‘urta polisi blankasi sug‘urtalovchining buyurtmasi bo‘yicha, bosmaxona usulida, A4 (210 — 297 mm) formatda “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida ushbu Qoidalarga 4-ilovaga binoan namunaga muvofiq tayyorlanadi.

8-band bilan “sug‘urta polisi” so‘zlari chiqarib tashlanayotganligi munosabati bilan Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalarining 13-bandiga o‘zgartirishlar kiritish nazarda tutilmoqda.

Qoidalarga
4-ilova

“6. Sug‘urta qilish davri: 20__ yil “__” ______dan 20__ yil “___” _________gacha.

Transport vositalari (vagonlar) haqida
MA’LUMOT

T/r

Tur

Markasi
va turi

Raqam (farqlash) belgisi

Tayyorlovchi zavodning pasporti bo‘yicha yo‘lovchilar sig‘imi (nafar)

1

Qoidalarga
4-ilova

“6. Sug‘urta qilish davri: 20__ yil “__” ______dan 20__ yil “___” _________gacha.




Chiqarib tashlanmoqda

Iqtisodiyotning jadal rivojlanishini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2018-yil 26-iyuldagi O‘RQ-488-son O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq kiritilmoqda.

Sug‘urta polisi har bir transport vositasiga berilishi hisobga olinib har bir transport vositasi to‘g‘risida asosiy axborotni ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir (FK).



(ishlab chiquvchi rahbarining lavozimi)

(imzo)

(F.I.O.)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga
5-ILOVA
NAMUNA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasiga
KO‘RIB ChIQISh JADVALI

Amaldagi tahrir

Asoslash

1. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 30-dekabrdagi 272-son qarori bilan tasdiqlangan Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi to‘g‘risida nizom

IV. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va qurilish ishlarini bajarish huquqiga ruxsat berish

20. Uy-joy qurilishi namunaviy yoki yakka tartibda ishlab chiqilgan loyiha bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin, yakka tartibda ishlab chiqilgan loyiha tuman (shahar) arxitektori bilan kelishilishi kerak.

26. Yakka tartibdagi uy-joy qurilishini moliyalashtirish yakka tartibdagi uy-joyni qurayotgan shaxsning (keyingi o‘rinlarda “quruvchi” deb yuritiladi) o‘z mablag‘lari, bankning ipoteka kreditlari va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa qarz mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.

28. Uy-joy qurilishi tugallangandan keyin quruvchi tuman (shahar) hokimi tomonidan uy-joyni foydalanishga qabul qilish yuzasidan tashkil etiladigan qabul qilish komissiyasiga murojaat qiladi.

“Arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror loyihasiga 6-ilovada yakka tartibdagi uy-joy qurilishi (rekonstruksiya qilish)ning loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo‘yicha Davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash nazarda tutilmoqda.

Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 30-dekabrdagi 272-son qarori bilan tasdiqlangan Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi to‘g‘risidagi Nizomning IV bo‘limini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash taklif etilmoqda.

2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatlari markazlari tomonidan yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, loyihalarni vakolatli organlarda bir joyning o‘zida kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2009-yil 2-iyuldagi 184-son qarori

Vazirlar Mahkamasining “Yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirishning, loyihalarni vakolatli organlarda bir joyning o‘zida kelishishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 30-apreldagi 127-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Davlat xizmatlari markazlari tomonidan yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, loyihalarni vakolatli organlarda bir joyning o‘zida kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

“Arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror loyihasiga 6-ilovada yakka tartibdagi uy-joy qurilishi (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruxsatnoma berish bo‘yicha Davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash nazarda tutilmoqda.

Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatlari markazlari tomonidan yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, loyihalarni vakolatli organlarda bir joyning o‘zida kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2009-yil 2-iyuldagi 184-son qarorini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash taklif etilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining

2009-yil 2-iyuldagi

184-son qaroriga

ilova

Davlat xizmatlari markazlari tomonidan

yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni

amalga oshirishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirish,

loyihalarni vakolatli organlarda bir joyning

o‘zida kelishish tartibi to‘g‘risida

NIZOM

3. Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik faoliyati sohasida ruxsat berish tartibotlari va davlat nazorati tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2011-yil 29-iyuldagi 222-son qarori

Vazirlar Mahkamasining

2011-yil 29-iyuldagi

222-son qaroriga

4-ilova

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

o‘zgartirish va qo‘shimchalar

...

5. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 2-iyuldagi 184-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 7-son, 53-modda) bilan tasdiqlangan Tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyalari tomonidan yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, loyihalarni vakolatli organlarda bir joyning o‘zida kelishish tartibi to‘g‘risidagi Nizo� 16-bandining oltinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.

Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatlari markazlari tomonidan yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, loyihalarni vakolatli organlarda bir joyning o‘zida kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2009-yil 2-iyuldagi 184-son qarori o‘z kuchini yo‘qotganligi munosabati bilan unga kiritilgan barcha o‘zgarishlar va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash taklif etilmoqda.

_______________________________________________

______________________

____________________________________

(ishlab chiquvchi rahbarining lavozimi)

(imzo)

(F.I.O.)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga
6-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalarini rasmiylashtirishga qo‘yiladigan
TALABLAR
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini rasmiylashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
blankaning yuqori qismida sarlavhagacha bo‘lgan oraliq kamida 8 santimetrni tashkil etishi kerak;
chap tomondan — 3 sm;
o‘ng tomondan — 1,5 sm;
pastki qismda — kamida 2 sm.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (farmoyishi) matni Word for Windows (2.0 versiyasi va undan yuqori) matnli muharrirdan foydalangan holda, 14 o‘lchamli Times New Roman (Times New Roman UZB) shriftida, qoida tariqasida, bir qatorlararo oraliqda bosiladi. Jadvallarni aks ettirish uchun boshqa o‘lchamli shriftlardan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
3. Sarlavhalar 14 o‘lchamli yarimqora shriftda, hujjatning sanasi va raqami ko‘rsatilgan joydan 2 sm pastda ostidan chizilmagan holda bosiladi. Sarlavhaning o‘lchamiga qarab chap tomondan tashlangan joy 3 dan 4,5 sm ni, o‘ng tomonda — 1,5 dan 3,5 sm ni tashkil etadi hamda markazdan joylashtiriladi.
4. Ikki va undan ortiq sahifa chop etilganda ikkinchi va keyingi sahifalar raqamlanishi kerak. Tartib raqamlari arab raqamlarida yuqori hoshiyaning o‘rtasiga, nuqta belgisisiz qo‘yiladi. Hujjatning birinchi sahifasi va ilovaning birinchi sahifasiga raqam qo‘yilmaydi.
5. Matn sarlavhadan 2 sm quyidan boshlanadi. Xatboshi matn yozilgan hoshiyaning chap chegarasidan 1,25 sm joy tashlab boshlanadi. Matn, qoida tariqasida, bir qatorlararo oraliqdan foydalangan holda bosiladi. Agar matn ikki yoki uch xatboshidan iborat, biroq olti xatboshidan ortiq bo‘lmagan taqdirda 1,5 oraliqdan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. Matnning ikkinchi va undan keyingi sahifalari quyi hoshiyasidagi oraliq qamida 2 santimetrni tashkil etishi kerak.
6. Matn tugaganidan so‘ng 2 sm joy tashlanib, bir qatorlararo oraliqdan foydalangan holda yarimqora shriftda 2 qatorda “O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri” so‘zlari bosiladi. “O‘zbekiston Respublikasining” so‘zlari matnning chap tomoniga bosiladi, “Bosh vaziri” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasining” so‘zlariga nisbatan markazga olinadi. Bosh vazirning imzosini joylashtirish uchun kamida 7 sm qoldiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga
7-ILOVA
Ishlab chiqiladigan va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish ta’sirini baholash
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda tartibga solish ta’sirini baholash

1-bosqich

Davlat organi yoki boshqa tashkilot — ishlab chiquvchi Vazirlar Mahkamasidan mutasaddi bilan birgalikda

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini (keyingi o‘rinlarda loyiha deb ataladi) tayyorlash.

2. Loyihaning tartibga solish ta’sirini dastlabki tarzda baholash.

3. Loyihani Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirish.

Topshiriqda belgilangan muddatlarda
yoki tashabbus tartibida


2-bosqich

Davlat organi yoki boshqa tashkilot — ishlab chiquvchi






O‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi

1. Loyihani tegishliligi bo‘yicha manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2. Loyihani vazirlik va idoralarning e’tirozlari, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali orqali tushgan mulohazalarni inobatga olgan holda puxta ishlash.

3. Loyihani zarur materiallarni ilova qilgan holda tartibga solish ta’sirini baholash uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kiritish.

4. Loyihani ko‘rib chiqish va unga viza qo‘yish, loyihaga fikr-mulohazalar va takliflar mavjud bo‘lgan taqdirda — xulosa tayyorlash.

Topshiriqda belgilangan muddatlarda
yoki loyiha tayyorlanishiga
ko‘ra


3-bosqich

Davlat organi yoki boshqa tashkilot — ishlab chiquvchi Vazirlar Mahkamasidan mutasaddi bilan birgalikda

1. Loyiha bo‘yicha hujjatlar to‘plamini shakllantirish.

2. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Topshiriqda belgilangan mud?atlarda
yoki loyiha tayyorlanishiga ko‘ra


4-bosqich

Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmasi

1. Loyihani ishlash uchun mas’ul ijrochini belgilash.

2. Loyihani milliy va davlat manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy samaradorligi va undagi masalalarning o‘zaro bog‘liqligi nuqtai nazaridan ekspert jihatidan ishlab chiqilishini amalga oshirish.

3. Loyihani tartibga solish ta’sirini baholash uchun Yuridik ta’minlash boshqarmasiga kiritish.

Loyiha tushgandan
keyin darhol



Loyiha bo‘yicha ekspert jihatidan ishlab chiqilganidan so‘ng


5-bosqich

Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasi

1. Loyihaning tartibga solish ta’sirini baholashni amalga oshirish.

2. Loyihani apparatning tegishli tarkibiy bo‘linmasi bilan birgalikda puxta ishlash.

3. Loyihani qabul qilishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa tayyorlash.

3 kun mobaynida (loyihani huquqiy ekspertizadan o‘tkazish doirasida)


6-bosqich

Apparatning tarkibiy bo‘linmasi

1. Loyihani tegishlilik bo‘yicha Bosh vazir o‘rinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilari bilan kelishish.

2. Loyihani kelishish uchun Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga kiritish.

Tartibga solish ta’sirini baholash o‘tkazilganidan so‘ng darhol

2. Normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingandan keyin tartibga solish ta’sirini baholash

1-bosqich

Yuridik ta’minlash boshqarmasi

1. Normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganidan so‘ng olti oy o‘tgach u bo‘yicha tartibga solish ta’sirini baholashni o‘tkazish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

2. Takliflarni ko‘rib chiqish uchun apparat rahbariyatiga kiritish.

3. Normativ-huquqiy hujjatning tartibga solish ta’sirini baholash bo‘yicha tadbirlarni Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga kiritish.

Topshiriqda belgilangan muddatlarda
yoki tashabbus tartibida


2-bosqich

Yuridik ta’minlash boshqarmasi

1. Tartibga solish ta’siri baholanishi lozim bo‘lgan masalalarni shakllantirish.

2. Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari, vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarning vakillaridan iborat ishchi guruh tashkil etish.

3. Mas’ul vazirlik va idoralarga baholash o‘tkazilishi haqida bildirishnoma yuborish.

Bir kun muddatda


Ikki kun muddatda


Baholash o‘tkazilishidan
10 kun oldin


3-bosqich

Ishchi guruh

1. Normativ-huquqiy hujjatning samaradorligi va natijadorligini jamoatchilik tomonidan muhokama qilish maqsadida rejalashtirilayotgan tadbir to‘g‘risidagi axborotni Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirish.

2. Normativ-huquqiy hujjatning samaradorligi va natijadorligini, zarur hollarda, joyiga chiqqan holda tahlil qilish.

3. Normativ-huquqiy hujjatning samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari bo‘yicha tegishli normativ-huquqiy hujjatga tuzatishlar kiritish yoxud hujjatni yoki uning tarkibiy qismini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash yuzasidan asoslangan takliflarni o‘z ichiga oladigan xulosa tayyorlash.

Belgilangan muddatlarda




10 kun muddatda


Baholashdan keyin bir kun muddatda


4-bosqich

Yuridik ta’minlash boshqarmasi

1. Tartibga solish ta’sirini baholash yakunlari bo‘yicha xulosani puxta ishlash.

2. Xulosani tegishli materiallarni ilova qilgan holda keyinchalik O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga axborot berish uchun apparat boshqaruvchisiga kiritish.

3. Zarur hollarda tartibga solish ta’sirini baholash natijalarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuborish.

4. Normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish ta’sirini baholash natijalari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yuritish.

1 kun muddatda


Hujjatni ishlab chiqilgandan so‘ng darhol


Ko‘rsatmaga asosan


Doimo

(7-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga
8-ILOVA
Qonun loyihalarini tayyorlash, ko‘rib chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Harakatlar

Muddatlar

1. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

1-bosqich

Davlat organi yoki boshqa tashkilot

– ishlab chiquvchi Vazirlar Mahkamasidan mutasaddi bilan birgalikda

1. Qonun loyihasini (keyingi o‘rinlarda loyiha deb ataladi) tayyorlash.

2. Loyihani ekspertizadan o‘tkazish.

3. Loyihani Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga muhokamadan o‘tkazish uchun joylashtirish.

4. Loyihaga ishlab chiquvchining rahbari tomonidan viza qo‘yish va uni kelishish uchun manfaatdor vazirlik va idoralarga yuborish.

Topshiriqda belgilangan muddatlarda yoxud tashabbus tartibida

Loyiha tayyorlanishiga ko‘ra


2-bosqich

Manfaatdor vazirlik
va idoralar

1. Loyihani birinchi rahbar (istisno hollarda — birinchi o‘rinbosari) darajasida ko‘rib chiqish va viza qo‘yish.

2. E’tiroz va takliflar mavjud bo‘lgan taqdirda — tegishli xatni tayyorlash.

7 kun muddatda


3-bosqich

Ishlab chiquvchi

Loyihani zarur materiallarni ilova qilgan holda huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun Adliya vazirligiga yuborish.

Vazirliklar va idoralar bilan kelishilgandan so‘ng


4-bosqich

Adliya vazirligi

1. Loyihani huquqiy ekspertizadan o‘tkazish.

2. Huquqiy ekspertiza natijalariga ko‘ra loyihaga viza qo‘yish va uni qabul qilishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa taqdim etish.

10 kun muddatda


5-bosqich

Ishlab chiquvchi Vazirlar Mahkamasidan mutasaddi bilan birgalikda

1. Loyiha bo‘yicha hujjatlar to‘plamini shakllantirish.

2. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Loyiha kelishilgandan
so‘ng darhol


2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

1-bosqich

Umumiy bo‘lim

Birinchi bo‘lim

Kiritilgan loyihani ro‘yxatdan o‘tkazish va ishlash uchun mas’ul bo‘lgan tarkibiy bo‘linmaga (keyingi o‘rinlarda tarkibiy bo‘linma deb ataladi) berish.

Loyiha tushganidan
so‘ng darhol


2-bosqich

Tarkibiy bo‘linma

1. Loyihani puxta ishlash uchun mas’ul ijrochini belgilash.

2. Loyihani milliy va davlat manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy samaradorligi va undagi masalalarning o‘zaro bog‘liqligi nuqtai nazaridan ekspert jihatidan ishlab chiqilishini amalga oshirish.

3. Loyiha Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga rioya qilinmasdan kiritilgan taqdirda — loyihani belgilangan tartibda qaytarish.

Loyiha tushgandan keyin darhol

2 kunlik muddatdan kechikmay


3-bosqich

Tarkibiy bo‘linma

1. Loyiha bo‘yicha tegishli Bosh vazir o‘rinbosariga yoki maslahatchisiga axborot berish.

2. Loyihani moliyaviy va iqtisodiy ekspertizadan o‘tkazishni ta’minlash.

3. Yakuniy ishlangan loyihani tarkibiy bo‘linma rahbarining vizasi bilan Yuridik ta’minlash boshqarmasiga kiritish.

1 kun mobaynida

Loyiha moliyaviy
va iqtisodiy ekspertizadan o‘tkazilgandan so‘ng


4-bosqich

Yuridik ta’minlash boshqarmasi

1. Loyihani huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, unga viza qo‘yish yoxud e’tiroz va takliflarni taqdim etish.

2. Loyihani tarkibiy bo‘linma bilan birgalikda puxta ishlash va unga viza qo‘yish.

3. Zarur hollarda mavjud kelishmovchiliklar bo‘yicha xulosa tayyorlash.

3 kun muddatda


5-bosqich

Tarkibiy bo‘linma

1. Loyihani tegishlilik bo‘yicha Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari bilan kelishish.

2. Loyiha bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga axborot berish.

Huquqiy ekspertiza o‘tkazilgandan so‘ng darhol


6-bosqich

Apparat boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

1. Loyihani uni ishlab chiqish uchun asos bo‘lgan topshiriq qamrab olinishi, qabul qilishning maqsadga muvofiqligi, belgilangan tartibda rasmiylashtirilganligi, tahliliy materiallar tayyorlanganligi hamda manfaatdor idoralar va Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan kelishilganligi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish.

2. Kamchiliklar mavjud bo‘lgan taqdirda — loyihani puxta ishlash uchun qaytarish.

3. E’tirozlar bo‘lmagan yoki ular bartaraf etilgan taqdirda loyihani keyinchalik apparat boshqaruvchisiga axborot berish uchun qabul qilish.

Loyiha taqdim etilishiga ko‘ra


7-bosqich

Apparat boshqaruvchisi

1. Loyihani ko‘rib chiqish.

2. Kamchiliklar mavjud bo‘lgan taqdirda — loyihani puxta ishlash uchun qaytarish.

3. E’tirozlar bo‘lmaganda — loyihani keyinchalik Bosh vazirga axborot berish uchun qabul qilish, zarur hollarda, loyihaga Bosh vazir tomonidan viza qo‘yish.

4. Loyihani ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuborish to‘g‘risidagi kuzatuv xatini imzolash.

Loyiha taqdim etilishiga ko‘ra


8-bosqich

Umumiy bo‘lim

Birinchi bo‘lim

1. Loyihani zarur hujjatlarni ilova qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuborish.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kelishish uchun yuborilgan loyihalarning hisobini yuritish.

Loyiha kelib tushgan kun darhol

Doimiy


9-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

1. Loyihani ko‘rib chiqish. Zarur hollarda loyiha bo‘yicha Rahbariyatga axborot berish.

2. Vazirlar Mahkamasiga:

a) loyiha kelishilganligi to‘g‘risida;

b) e’tiroz yoki takliflar mavjud bo‘lganda — ular to‘g‘risida xat yuborish.

Belgilangan muddatlarda


10-bosqich

Umumiy bo‘lim

Birinchi bo‘lim

1. Loyihani kelishilgandan so‘ng ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish.

2. Loyihani tarkibiy bo‘linmaga berish.

Loyiha tushgan kunda darhol


11-bosqich

Tarkibiy bo‘linma

1. Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamas�ning Rayosatida ko‘rib chiqishiga kiritish uchun loyihani va hujjatlar to‘plamini tayyorlash.

2. Loyiha va hujjatlar to‘plami bo‘yicha apparat boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga axborot berish.

3. Loyiha bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining e’tirozlari mavjud bo‘lgan taqdirda — puxta ishlash va e’tirozlarni bartaraf etishni, zarurat bo‘lganda ishlab chiquvchi va Yuridik ta’minlash boshqarmasi bilan birgalikda tashkil etish.

3 kun mobaynida


12-bosqich

Apparat boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

1. Loyihani ko‘rib chiqish.

2. Kamchiliklar mavjud bo‘lgan taqdirda — loyihani puxta ishlash uchun qaytarish.

3. E’tirozlar bo‘lmaganda yoki ular bartaraf etilgan taqdirda — loyihani keyinchalik apparat boshqaruvchisiga axborot berish uchun qabul qilish.

Loyiha taqdim etilishiga ko‘ra


13-bosqich

Apparat boshqaruvchisi

1. Loyihani va hujjatlar to‘plamini ko‘rib chiqish.

2. Kamchiliklar mavjud bo‘lgan taqdirda — loyihani puxta ishlash uchun qaytarish.

3. E’tirozlar bo‘lmaganda — loyihani keyinchalik Bosh vazirga axborot berish uchun qabul qilish hamda loyihani Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida ko‘rib chiqish masalasini kelishish.

4. Bosh vazir rozilik bergan taqdirda — loyihani ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi masalani Vazirlar Mahkamasi Rayosatining navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritish.

Loyiha taqdim etilishiga ko‘ra


14-bosqich

Tarkibiy bo‘linma

Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlisdagi Vakolatli vakili

1. Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi kun tartibiga kiritilgan loyiha bo‘yicha materiallarni tarqatish.

2. Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida muhokama qilish uchun loyiha bo‘yicha zarur materiallarni tayyorlash.

1 kun muddatda


15-bosqich

Vazirlar Mahkamasi Rayosati

Loyihani ko‘rib chiqish va uning natijasi bo‘yicha loyihani ma’qullash yoxud qo‘shimcha ravishda puxta ishlab chiqish uchun qaytarish.

Har hafta

(qoidaga ko‘ra,
dushanba kuni)


16-bosqich

Tarkibiy bo‘linma

Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlisdagi vakolatli vakili

1. Loyiha ma’qullangan taqdirda — uni Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish uchun tayyorlash.

2. Loyiha bo‘yicha materiallar yuzasidan Bosh vazirga axborot berish.

Qonun loyihasi Rayosat majlisida ma’qullangan kun


17-bosqich

Apparat boshqaruvchisi

Loyiha bo‘yicha materiallarni imzolash uchun Bosh vazirga kiritish.

Qonun loyihasi Rayosat majlisida ma’qullangan kun


18-bosqich

Bosh vazir

Loyihani Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish uchun kuzatuv xatini imzolash.

Qonun loyihasi Rayosat majlisida ma’qullangan kun


19-bosqich

Tarkibiy bo‘linma

Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlisdagi vakolatli vakili

Loyiha:

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining qo‘mitalari, komissiyalari, fraksiyalarida va majlisida;

Oliy Majlis Senatining qo‘mitalari, komissiyalarida va yalpi majlisida himoya qilinishini ta’minlash.

Belgilangan muddatlarda

Izoh. Belgilangan tartibda kiritilgan qonun loyihasi bilan Vazirlar Mahkamasi apparatida ishlash, agar boshqacha muddat belgilanmagan bo‘lsa, u tushgan kundan boshlab o‘n kun mobaynida amalga oshiriladi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan muddatni uzaytirishga faqat Bosh vazir, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining qarori bilan yo‘l qo‘yiladi.
(8-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-avgustdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga
9-ILOVA
Hukumatning bayonnoma qarorlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va ular tasdiqlangandan keyin hisobga olish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar


1-bosqich

Mas’ul organ
— ishlab chiquvchi

1. Vazirlar Mahkamasining bayonnoma qarori loyihasini (keyingi o‘rinlarda loyiha deb ataladi) ishlab chiqadi, Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarining bayonnomalari bundan mustasno.

2. Loyihani huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun Adliya vazirligiga yuboradi.

Vazirlar Mahkamasi majlisi tugagandan so‘ng 1 kun muddatda


2-bosqich

Adliya
vazirligi

1. Loyihani umummajburiy ko‘rsatmalar, shu jumladan, yakka tartibdagi imtiyozlar va preferensiyalar berishni nazarda tutuvchi normalar mavjudligi nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi.

2. Huquqiy ekspertizadan o‘tkazish natijasi bo‘yicha ishlab chiquvchiga loyiha bo‘yicha xulosani yuboradi.

Loyihani olgan kundan boshlab
1 kun muddatda


3-bosqich


Mas’ul organ — ishlab chiquvchi

Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmasi

1. Adliya vazirligidan taklif va e’tirozlar tushgan taqdirda loyihani qayta ishlaydi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

2. Loyihani tasdiqlash uchun tayyorlaydi.

Huquqiy ekspertiza o‘tkazilgandan keyin 1 kun muddatda

Loyiha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgandan so‘ng
1 kun muddatda


4-bosqich

Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmasi

1. Loyihani O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga yoxud uning o‘rinbosarlariga tasdiqlash uchun kiritadi.

2. Vazirlar Mahkamasining tasdiqlangan bayonnoma qarorini hisobga olishni tashkil etish uchun Adliya vazirligiga yuboradi.

Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining ko‘rsatmasi bo‘yicha

Tasdiqlangandan so‘ng 1 kun muddatda


5-bosqich

Adliya
vazirligi

Vazirlar Mahkamasining tasdiqlangan bayonnoma qarorini hisobga olishni amalga oshiradi.

Vazirlar Mahkamasining bayonnoma qarori tushgandan so‘ng
1 kun muddatda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga
10-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining respublika hududlariga tashriflari yakunlari bo‘yicha tasdiqlangan bayonnomalar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan majlislar bayonnomalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati qarorlari va topshiriqlari ijrosini hamda amalga oshirilishi ustidan nazorat qilishni tashkil etish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar


1-bosqich

Bosh vazir kotibiyati

Hujjatni imzolangan topshiriq (fishka) va 1-nazorat kartochkasi bilan birgalikda Nazorat va ijro intizomi bo‘limiga berish
(1 va 3-kartotekalar).

Topshiriq (fishka) imzolangandan keyin 30 daqiqa mobaynida

Umumiy
bo‘lim

Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va majlislari bayonnomalarini, Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi bayonnomalarini Nazorat va ijro intizomi bo‘limiga berish
(2-kartoteka).

Hujjat olingandan so‘ng


2-bosqich

Nazorat va ijro intizomi bo‘limi mudiri

Hujjatlar, topshiriqlar va nazorat bandlarini ijro intizomining elektron tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish.

Hujjat olingan paytdan boshlab bir soat mobaynida


3-bosqich

Nazorat va ijro intizomi bo‘limi xodimlari

1-nazorat kartochkalarini rasmiylashtirish.

Hujjat olingan paytdan boshlab bir soat mobaynida


4-bosqich

Nazorat va ijro intizomi bo‘limi xodimlari

Hujjatni topshiriq (fishka) va 1-nazorat kartochkasi ijrosini tashkil etish uchun Bosh vazirning o‘rinbosarlari yordamchilariga, apparat tarkibiy bo‘linmalari rahbarlariga imzo chektirgan holda berish.

Hujjat olingan paytdan boshlab bir soat mobaynida


5-bosqich

Nazorat va ijro intizomi bo‘limi xodimlari

Nazorat hujjatlarining ijrochilari bilan birgalikda ijro etilmagan nazorat hujjatlari va 1, 2 va 3-kartotekalar bajarilishini tahlil qilish va tahliliy materiallar tayyorlash.

Har kuni


6-bosqich

Nazorat va ijro intizomi bo‘limi mudiri

Ijro etilmagan nazorat hujjatlari va 1, 2 va 3-kartotekalar bajarilishi holatini mutaxassislar va kotibiyatlar mudirlari ishtirokida apparat boshqaruvchisi huzurida muhokama qilishni tashkil etish.

Har hafta

(chorshanba kunida)


7-bosqich

Nazorat va ijro intizomi bo‘limi mudiri

Ijro etilmagan nazorat hujjatlari va 1, 2 va 3-kartotekalar bajarilishi holatini kotibiyatlar mudirlari ishtirokida apparat boshqaruvchisi huzurida muhokama qilishni tashkil etish.

Har hafta

(juma kunida)


8-bosqich

Nazorat va ijro intizomi bo‘limi

Ijro etilmagan nazorat hujjatlari va 1, 2 va 3-kartotekalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi Rayosatining navbatdagi majlisida muhokama qilish uchun tahliliy materiallar tayyorlash.

Har hafta dushanba kuni


9-bosqich

Nazorat va ijro intizomi bo‘limi mudiri

Apparat tarkibiy bo‘linmalari mutaxassislari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida 1, 2 va 3-kartotekalarning ijro etilgan nazorat topshiriqlarini nazoratdan olish.

Tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishiga ko‘ra


10-bosqich

Nazorat va ijro intizomi bo‘limi xodimlari

Keyingi oyda ijro etilishi kerak bo‘lgan nazorat hujjatlari va 1, 2 va 3-kartotekalar topshiriqlari to‘g‘risida axborot tayyorlash va apparat tarkibiy bo‘linmalari rahbarlariga taqdim etish.

Har oyning
25-sanasiga

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga
11-ILOVA
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomining holatini o‘rganish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar


1-bosqich

Nazorat va ijro intizomi bo‘limi mudirining o‘rinbosari

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holati bo‘yicha oldin o‘tkazilgan o‘rganishlarni tahlil qilish.

Dekabr,
iyun


2-bosqich

Nazorat va ijro intizomi bo‘limi mudiri

Hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomining holatini maqsadli o‘rganish bo‘yicha tadbirlarni Nazorat va ijro intizomi bo‘limining ish rejasiga kiritish.

Dekabr,
iyun


3-bosqich

Nazorat va ijro intizomi bo‘limi mudirining o‘rinbosari

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomining holatini o‘rganish holati bo‘yicha materiallar tayyorlash (ishchi guruh tarkibi, so‘rovnoma, jadvallar va shu kabilar).

Ish rejasiga muvofiq


4-bosqich

Nazorat va ijro intizomi bo‘limi mudiri

Tayyorlangan materiallarni Bosh vazirning tegishli o‘rinbosari yoki maslahatchisi bilan kelishish.

Ish rejasiga muvofiq


5-bosqich

Nazorat va ijro intizomi bo‘limi mudirining o‘rinbosari

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida hujjatlar bilan ishlashni va ijro intizomining holatini o‘rganish.

Ish rejasiga muvofiq


6-bosqich

Nazorat va ijro intizomi bo‘limi mudirining o‘rinbosari

Hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomining holatini o‘rganish yakunlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida ko‘rib chiqish uchun tahliliy materiallarni tayyorlash.

Keyingi oyning
10-kunigacha
har chorakda


7-bosqich

Nazorat va ijro intizomi bo‘limi mudirining o‘rinbosari

Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi bayonnomasi loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish.

Keyingi oyning
15-kunigacha
har chorakda


8-bosqich

Nazorat va ijro intizomi bo‘limi xodimlari

Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining tasdiqlangan bayonnomasi bajarilishi holati monitoringini olib borish.

Har kuni

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga
12-ILOVA
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holatini o‘rganish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar


1-bosqich

Nazorat va ijro intizomi bo‘limi mudiri

Apparatning tarkibiy bo‘linmalarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holati bo‘yicha oldin o‘tkazilgan o‘rganishlarni tahlil qilish.

Dekabr,
iyun


2-bosqich

Nazorat va ijro intizomi bo‘limi mudiri

Hujjatlar bilan ishlashni va ijro intizomining holatini maqsadli o‘rganish bo‘yicha tadbirlarni Nazorat va ijro intizomi bo‘limi ish rejasiga kiritish.

Dekabr,
iyun


3-bosqich

Nazorat va ijro intizomi bo‘limi xodimlari

Apparat tarkibiy bo‘linmalarida hujjatlar bilan ishlashni va ijro intizomining holatini o‘rganish bo‘yicha materiallarni (so‘rovnoma, jadval va shu kabilarni) tayyorlash.

Ish rejasiga muvofiq


4-bosqich

Nazorat va ijro intizomi bo‘limi mudiri

Tayyorlangan materiallarni apparat boshqaruvchisi bilan kelishish.

Ish rejasiga muvofiq


5-bosqich

Nazorat va ijro intizomi bo‘limi xodimlari

Apparatning tarkibiy bo‘linmalarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomining holatini o‘rganish, ushbu sohada ishlarni muvofiqlashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etishda zarur yordam ko‘rsatish.

Ish rejasiga muvofiq


6-bosqich

Nazorat va ijro intizomi bo‘limi mudiri

Hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomining holatini o‘rganish yakunlari bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlash va bu haqda Bosh vazirni, Bosh vazir o‘rinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilarini, apparat boshqaruvchisini va tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarini xabardor qilish.

3 kun mobaynida


7-bosqich

Nazorat va ijro intizomi bo‘limi xodimlari

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, apparat boshqaruvchisining topshiriqlarini apparat tarkibiy bo‘linmalariga yetkazish.

Bir kun mobaynid�


8-bosqich

Nazorat va ijro intizomi bo‘limi xodimlari

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, apparat boshqaruvchisining topshiriqlari bajarilishi monitoringini olib borish.

Har kuni

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga
13-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holatini o‘rganish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar


1-bosqich

Jismoniy
va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘limi

Apparat tarkibiy bo‘linmalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishning holatini o‘rganish bo‘yicha tadbirlarni Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘limining (keyingi o‘rinlarda Bo‘lim deb ataladi) ish rejasiga kiritish bo‘yicha takliflar taqdim etish.

Bo‘limning
ish rejasi tasdiqlanguniga qadar


2-bosqich

Jismoniy
va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘limi

Tarkibiy bo‘linmalarning jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha faoliyatini o‘rganish yuzasidan tegishli so‘rovnoma va tahliliy jadvallarni ishlab chiqish.

Bo‘limning
ish rejasiga muvofiq


3-bosqich

Jismoniy
va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘limi, tegishli tarkibiy bo‘linmalar

Apparat tarkibiy bo‘linmalari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish holatini o‘rganish va uning natijalari bo‘yicha tahliliy ma’lumotnomalar tayyorlash.

Bo‘limning
ish rejasiga muvofiq


4-bosqich

Apparat rahbariyati, Jismoniy
va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘limi

Tahliliy ma’lumotnomalarni ko‘rib chiqish uchun apparat rahbariyatiga taqdim qilish, tegishli tarkibiy bo‘linmalarning ijro etishi uchun rahbariyatning topshiriqlarini tayyorlash.

Apparat rahbariyati tavsiya qilgan hollarda, murojaatlarda ko‘rsatilgan masalalarni Rayosat majlisida yoki Vazirlar Mahkamasining selektor yig‘ilishida ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar kiritish.

Bir hafta muddatda

Har
chorakda


5-bosqich

Tarkibiy bo‘linmalar

Tarkibiy bo‘linmalarda apparat rahbariyatining topshiriqlarini mutaxassislar ishtirokida muhokama qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash natijadorligini oshirish bo‘yicha tegishli tadbirlar rejalarini qabul qilish.

Topshiriqda ko‘rsatilgan muddatlarda


6-bosqich

Jismoniy
va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘limi

Qabul qilingan tadbirlar rejalarining apparat tarkibiy bo‘linmalaridagi ijrosi holati ustidan nazorat qilish.

Tadbirlar rejalarida ko‘rsatilgan muddatlarda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga
14-ILOVA
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holatini o‘rganish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar


1-bosqich

Jismoniy
va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘limi

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish holatini kompleks va maqsadli o‘rganish bo‘yicha tadbirlarni Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘limining (keyingi o‘rinlarda Bo‘lim deb ataladi) ish rejasiga kiritish uchun takliflar taqdim etish.

Bo‘limning
ish rejasi tasdiqlanguniga qadar


2-bosqich

Jismoniy
va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘limi

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha faoliyatini o‘rganish yuzasidan tegishli so‘rovnoma va tahliliy jadvallarni ishlab chiqish.

Bo‘limning
ish rejasiga muvofiq


3-bosqich

Jismoniy
va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘limi, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari

Jismoniy va yuridik shaxslarning davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini ko‘rib chiqish holatini o‘rganish hamda:

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining markaziy apparatlarida, hududiy bo‘linmalarida
va idoraviy mansub tashkilotlarida;

viloyat, shahar va tuman hokimliklarida, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlar�ning hududiy bo‘linmalarida ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tegishli tahliliy ma’lumotnomalarni tayyorlash.

Bo‘limning
ish rejasiga muvofiq


4-bosqich

Jismoniy
va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘limi, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari

1. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha faoliyatini o‘rganish natijalarini Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlisida yoki selektor yig‘ilishida muhokama qilish.

2. Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi yoki selektor yig‘ilishi bayonnomasini davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni muhokama qilish va natijadorligini oshirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rish uchun yuborish.

Har
chorakda

Uch kun muddatda


5-bosqich

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari

Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlisi yoki selektor yig‘ilishi bayonnomasini tegishli tadbirlar rejasini qabul qilish uchun muhokama qilish.

Bayonnomada ko‘rsatilgan muddatlarda


6-bosqich

Jismoniy
va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘limi, apparat tarkibiy bo‘linmalari

Qabul qilingan tadbirlar rejasining davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro e�uvchi hokimiyat organlari tomonidan ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.

Bayonnomada
va tadbirlar rejalarida ko‘rsatilgan muddatlarda

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti to‘g‘risida” 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 8-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 18-apreldagi 103-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 3-4-son, 23-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2005-yil 10-avgustdagi 192-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-son, 41-modda) 1-ilovaning 8-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2006-yil 29-noyabrdagi 246-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 11-son, 92-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2008-yil 2-maydagi 81-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2008-y., 19-son, 155-modda) 2-ilovaning 2-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2009-yil 28-dekabrdagi 336-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2009-y., 52-son, 574-modda) ilovaning 13-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2011-yil 17-iyundagi 180-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 6-son, 54-modda) ilovaning 9-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi apparati tuzilmasiga qisman o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida” 2011-yil 24-oktabrdagi PQ-1630-son hamda “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida” 2012-yil 13-yanvardagi PQ-1686-son qarorlari)” 2012-yil 23-fevraldagi 48-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 2-son, 11-modda) 1-ilovaning 17-bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son qarori)” 2012-yil 13-sentabrdagi 268-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 9-son, 66-modda) 1-ilovaning 6-bandi.
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 22-oktabrdagi PF-4478-son Farmoni)” 2012-yil 29-dekabrdagi 369-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 12-son, 92-modda) 1-ilovaning 10-bandi.
11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-342-son Qonuni)” 2013-yil 7-dekabrdagi 323-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 12-son, 88-modda) ilovaning 4-bandi.
12. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida” 2014-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-378-son Qonuni)” 2015-yil 31-martdagi 74-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 3-son, 22-modda) ilovaning 7-bandi.
13. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (32, 78, 93, 98, 103 va 117-moddalariga)” 2014-yil 16-apreldagi O‘RQ-366-son hamda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-son qonunlari)” 2015-yil 9-sentabrdagi 261-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 9-son, 79-modda).
14. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2016-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-411-son Qonuni)” 2017-yil 14-fevraldagi 79-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 2-son, 11-modda) ilovaning 3-bandi.
15. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 13-apreldagi PF-5012-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 13-apreldagi PQ-2887-son qarori)” 2017-yil 14-iyuldagi 499-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 7-son, 146-modda) ilovaning 11-bandi.
16. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 31-martdagi PF-4996-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 4-apreldagi PQ-2868-son qarori)” 2017-yil 21-avgustdagi 651-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 8-son, 182-modda) ilovaning 10-bandi.
17. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlarini amalga oshirishning zamonaviy shakl va uslublarini yanada joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3237-son qarori)” 2017-yil 18-dekabrdagi 992-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 290-modda) 1-ilovaning 4-bandi.
18. Vazirlar Mahkamasining “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 299-modda) 2-ilovaning 2-bandi.
19. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 9-oktabrdagi PF-5199-son Farmoni)” 2017-yil 26-dekabrdagi 1021-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 304-modda) ilovaning 9-bandi.
20. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” 2017-yil 28-iyuldagi PQ-3161-son qarori)” 2017-yil 26-dekabrdagi 1023-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 305-modda) ilovaning 1-bandi.
21. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida” 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-son O‘zbekiston Respublikasining Qonuni)” 2018-yil 19-yanvardagi 34-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 1-son, 15-modda) 1-ilovaning 21-bandi.
22. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2018-yil 12-fevraldagi 107-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 2-son, 32-modda) 1-ilovaning 6-bandi.
23. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy ta’minlash faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 3-apreldagi PF-5395-son Farmoni)” 2018-yil 7-iyundagi 429-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 6-son, 142-modda) ilovaning 1-bandi.
24. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash haqida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 13-apreldagi PF-5415-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori)” 2018-yil 9-avgustdagi 638-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 8-son, 203-modda) ilovaning 5-bandi.
25. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 4-maydagi PF-5430-son Farmoni)” 2018-yil 26-oktabrdagi 875-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 10-son, 269-modda).
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 09/19/242/2820-son; 18.02.2020-y., 09/20/88/0178-son; 15.04.2020-y., 09/20/219/0430-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son, 13.08.2020-y., 09/20/484/1172-son, 25.08.2020-y., 09/20/509/1213-son, 31.10.2020-y., 09/20/677/1443-son, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son; 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)