1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.02.00 Qonunchilik tashabbusi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2006-yil 21-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2006-yil 25-avgustda maʼqullangan
I. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.01.00 Umumiy qoidalar;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
Ushbu Qonunning maqsadi qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) kiritish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi qonunchilik
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
(2-moddaOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq qonunchilik tashabbusi huquqiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qonunchilik palatasi deputatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ega. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va Bosh prokurori ham oʻz vakolatlari jumlasiga kiritilgan masalalar boʻyicha qonunchilik tashabbusi huquqiga egadir.
(3-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
4-modda. Qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirish
Qonunchilik tashabbusi huquqi qonun loyihasini qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga oshiriladi.
(4-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
5-modda. Qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining vakili
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Qonunchilik palatasida oʻzi kiritgan qonun loyihasi koʻrib chiqilayotganda ishtirok etish uchun, shu jumladan qonun loyihasini Qonunchilik palatasi majlisida birinchi oʻqishda koʻrib chiqish chogʻida, qoida tariqasida, maʼruza bilan soʻzga chiqish uchun oʻz vakilini tayinlaydi. Qonunchilik tashabbusi huquqining boshqa subyektlari ham (Qonunchilik palatasi deputatlaridan tashqari) qonun loyihasi Qonunchilik palatasida koʻrib chiqilayotganda ishtirok etish, shu jumladan qonun loyihasini Qonunchilik palatasi majlisida birinchi oʻqishda koʻrib chiqish chogʻida, qoida tariqasida, maʼruza bilan soʻzga chiqish uchun oʻz vakilini tayinlashi mumkin.
(5-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 10-avgustdagi OʻRQ-631-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2020-y., 03/20/631/1153-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 9-avgustdagi 2406-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamentining 124-moddasi.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qonunlar loyihalarini tayyorlash borasidagi faoliyati
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
1) oʻz tashabbusi bilan yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshirigʻiga binoan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qoʻmitalarining takliflari va tavsiyalari asosida qonunlar loyihalarini ishlab chiqadi hamda Qonunchilik palatasiga koʻrib chiqish uchun kiritadi;
2) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga va xoʻjalik boshqaruvi organlariga qonunlar loyihalarini tayyorlash toʻgʻrisida topshiriqlar beradi, qonunlar loyihalarini tayyorlash ishini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi;
(6-modda birinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
3) qonunlar loyihalarini davlat organlariga, nodavlat tashkilotlarga va ilmiy muassasalarga taqriz uchun yuboradi;
4) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining amaldagi qonunchilikning qoʻllanilish amaliyoti hamda ularning samaradorligini oʻrganish natijalari toʻgʻrisidagi axborotlarini eshitadi;
(6-modda birinchi qismining 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
5) qonunlar loyihalarini tayyorlash borasida boshqa faoliyatni amalga oshiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili qonun loyihalarini tayyorlashda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati tarkibiy boʻlinmalarining, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaqin hamkorligini taʼminlaydi, qonun ijodkorligi faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari bilan hamkorligini tashkil etadi.
(6-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining qonunlar loyihalarini tayyorlash sohasidagi vakolati
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.01 Umumiy qoidalar. Mahalliy vakillik organlarini saylash tartibi;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.12.00 Korrupsiyaga qarshi kurashish;
4.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.03.00 Adliya organlari faoliyatiga doir boshqa masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi oʻz vakolati doirasida:
1) qonun ijodkorligi masalalarida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi hamda mazkur faoliyatga uslubiy jihatdan rahbarlik qiladi;
(7-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
2) qonun ijodkorligi va huquqning qoʻllanilish amaliyoti sohasida yagona davlat siyosati olib borilishini taʼminlaydi;
3) qonun ijodkorligi faoliyatini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqadi, ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlariga binoan va oʻz tashabbusi bilan qonunlar loyihalarini ishlab chiqadi hamda koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda kiritadi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 21-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizom 10-bandi 1 kichik bandining toʻqqizinchi xatboshisi.
5) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining qonunlar loyihalarini tayyorlash masalalari boʻyicha takliflarini koʻrib chiqadi va umumlashtiradi;
(7-moddaning 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
6) qonunlar loyihalarini ularning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligini aniqlash nuqtai nazaridan, shuningdek havola qiluvchi normalar qoʻllanilishining asosliligi va maqsadga muvofiqligi nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi;
(7-moddaning 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
61) qonunlar loyihalarining ulardagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korrupsiya, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishi uchun sharoitlar yaratadigan, shuningdek tadbirkorlik subyektlari uchun ularning asossiz xarajatlar qilishiga olib keluvchi ortiqcha maʼmuriy hamda boshqa cheklovlarni joriy etadigan qoidalar va normalarni aniqlash nuqtai nazaridan tahlilini amalga oshiradi;
(7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuniga asosan 61-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
7) qonun hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasigava Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiqlashtirish toʻgʻrisida, huquqiy jihatdan tartibga solishning tizimliligi va yaxlitliligini taʼminlash toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqadi, qonun hujjatlarini takomillashtirishga oid takliflarni tahlil qiladi va umumlashtiradi hamda ularni Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritadi, qonunchilikni kodifikatsiyalash ishlarini amalga oshiradi;
(7-moddaning yettinchi bandiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
8) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan qonunlar loyihalarini tayyorlash zaruriyatiga oid masalalarning oldindan kelishib olinishini amalga oshiradi.
(7-moddaning 8-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizom.
8-modda. Qonunchilik tashabbusi huquqiga ega boʻlmagan davlat organlarining, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning qonunlar loyihalarini tayyorlashda ishtirok etishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.01.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari maqomining umumiy masalalari]
Qonunchilik tashabbusi huquqiga ega boʻlmagan davlat organlari, nodavlat tashkilotlar va fuqarolar qonunlar loyihalarini yoki yangi qonun qabul qilinishi, qonunga oʻzgartishlar, qoʻshimchalar kiritilishi, shuningdek amaldagi qonunni yoki uning bir qismini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish zarurligi toʻgʻrisidagi takliflarni qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti koʻrib chiqishi uchun kiritishi mumkin.
Qonunchilik tashabbusi huquqiga ega boʻlmagan davlat organlari, nodavlat tashkilotlar yoki fuqarolar tomonidan kiritilgan qonunlar loyihalarini yoki takliflarni qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti oʻzi ishlab chiqayotgan qonunlar loyihalari uchun asos sifatida qabul qilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 98-moddasi.
II. Qonun loyihasini tayyorlash
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining namunaviy Reglamenti.
9-modda. Qonun loyihasini tayyorlash tartibi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
Qonun loyihasini tayyorlash:
qonun loyihasini tayyorlash toʻgʻrisidagi taklifni koʻrib chiqish va uni tayyorlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishni;
qonun loyihasini tayyorlashni tashkiliy-texnikaviy va moliyaviy jihatdan taʼminlashni;
zarur materiallar va axborot toʻplashni;
qonun loyihasining konsepsiyasini ishlab chiqishni;
qonun loyihasini tuzishni;
huquqiy va boshqa zarur ekspertiza oʻtkazishni oʻz ichiga oladi.
Eng muhim iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega qonun loyihasini ishlab chiqishdan oldin uning tayyorlanishi haqidagi axborot normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtiriladi hamda jamoatchilik muhokamalari ishtirokchilaridan kelib tushgan fikr-mulohazalar va (yoki) takliflar inobatga olingan holda qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
(9-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 10-apreldagi OʻRQ-1054-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 03/25/1054/0329-son)
10-modda. Qonun loyihasini bir nechta qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari bilan birgalikda tayyorlash
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.02.00 Qonunchilik tashabbusi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
Qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti qonun loyihasini birgalikda tayyorlash toʻgʻrisidagi taklif bilan boshqa qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga murojaat qilishi mumkin.
11-modda. Qonun loyihasini tayyorlashni tashkil etish
Qonun loyihasini tayyorlash uchun qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan ishchi guruhi (komissiyasi) tuzilishi mumkin.
Ishchi guruhi (komissiyasi) tarkibiga qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tegishli boʻlinmalarining vakillari, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining tegishli tarmoqlarning holati va rivojlanishi uchun masʼul boʻlgan vakillari, boshqa manfaatdor davlat organlarining, ilmiy va boshqa tashkilotlarning vakillari, shuningdek fuqarolar kiritilishi mumkin. Bunda nodavlat tashkilotlar vakillari, shuningdek fuqarolar ishchi guruhi (komissiyasi) tarkibiga oʻz roziligiga koʻra kiritiladi.
(11-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Ishchi guruhi (komissiyasi) aʼzolari qonun loyihasini tayyorlash uchun zarur boʻlgan tegishli bilim va tajribaga ega boʻlishlari kerak.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
Qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti ishchi guruhining (komissiyasining) faoliyatini taʼminlash uchun davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan qonun loyihasini tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallarni, statistika maʼlumotlarini va oʻzga maʼlumotlarni olishga, qonun loyihasi yuzasidan ilmiy va boshqa tashkilotlarning, olimlar hamda mutaxassislarning maslahatlari va tavsiyalarini, shuningdek ekspertlarning xulosalarini olishga haqlidir.
(11-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
Qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti, zarur boʻlgan hollarda, qonun loyihasini tayyorlashni davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarga, ayrim fuqarolarga belgilangan tartibda oʻz vakolati doirasida topshirishi yoki ularga shartnoma asosida buyurtma berishi mumkin.
Qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti, zarur boʻlgan hollarda, qonunlarning muqobil loyihalarini tayyorlashni bir nechta davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarga, ayrim fuqarolarga oʻz vakolati doirasida topshirishga yoki ular bilan shartnomalar tuzishga, shuningdek eng yaxshi qonun loyihasi uchun tanlovlar eʼlon qilishga haqlidir.
12-modda. Qonun loyihasining konsepsiyasi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
Qonun loyihasini tayyorlash uning konsepsiyasini ishlab chiqishdan boshlanadi. Konsepsiyada quyidagilar belgilanishi kerak:
huquqiy jihatdan tartibga solishning asosiy gʻoyasi, maqsadi va predmeti;
tegishli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning mazkur sohada amalda boʻlgan qonunlar hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tahlili ilova qilingan holdagi umumiy tavsifi va holatiga berilgan baho;
qonun loyihasini ishlab chiqish zaruriyati asoslari;
qonun loyihasining asosiy qoidalari;
boʻlgʻusi qonunning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa oqibatlari taxmini.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-sonli qarori bilan tasdiqlangan Qonun loyihasi konsepsiyasiga, qonun loyihasiga ilova qilinadigan tushuntirish xati, tahliliy va axborot materiallariga qoʻyiladigan asosiy asosiy talablar.
13-modda. Qonunlar loyihalariga qoʻyiladigan asosiy talablar
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.01.00 Umumiy qoidalar]
Qonunlar loyihalarini tayyorlashda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining hamda Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining prinsiplari va normalari hisobga olinadi. Qonunlar loyihalari qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiq boʻlishi kerak.
LexUZ sharhi
Sm.: statyu 54 Zakona Respubliki Uzbekistan “O normativno-pravovix aktax”.
14-modda. Qonun loyihasini tayyorlashda qonunchilikning holatini va huquqning qoʻllanilish amaliyotini oʻrganish
Qonun loyihasini tayyorlash qonunchilikning holatini chuqur oʻrganishga, ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini huquqiy jihatdan tartibga solishga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan nuqsonlar va ziddiyatlarni aniqlashga, shuningdek amaldagi qonunchilikning qoʻllanilish amaliyotini tahlil etishga asoslanadi.
(14-moddaning matniOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qonun loyihasini tayyorlashda tegishli sohada qonunosti hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlarni qonun darajasida tartibga solish imkoniyati koʻrib chiqiladi va mazkur axborot qonun loyihasining tushuntirish xatida koʻrsatiladi.
(14-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 10-apreldagi OʻRQ-1054-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 03/25/1054/0329-son)
15-modda. Qonunlar loyihalarini tayyorlashda xalqaro tajribani hisobga olish
Qonunlar loyihalarini tayyorlashda xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsiplari va normalari hisobga olinadi, shuningdek qonun bilan tartibga solish borasida boshqa davlatlar tajribasi oʻrganiladi.
16-modda. Qonun loyihasini tayyorlashda jamoatchilik fikrini oʻrganish
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.02.00 Qonunchilik tashabbusi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.18.00.00 Jamoatchilik nazorati]
Qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritguniga qadar jamoatchilik fikrini oʻrganishni, shu jumladan fuqarolik jamiyati institutlarining va ilmiy-tadqiqot muassasalarining vakillari ishtirokida oʻrganishni tashkil etishga haqlidir. Qonun loyihasi boʻyicha jamoatchilik fikrini oʻrganish tartibi va shakli qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan belgilanadi.
(16-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarining yangi turlarini joriy etishni nazarda tutuvchi qonun loyihalari tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkaziladi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan qonun loyihalarining tartibga solish taʼsirini baholash ular huquqiy ekspertizadan oʻtkazilguniga qadar amalga oshiriladi.
(16-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuniga asosan ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
17-modda. Qonun loyihasini taqriz uchun yuborish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.01.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari maqomining umumiy masalalari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.04.00 Ilmiy xodimlar, ilmiy muassasalar mutaxassislari (maqom, attestatsiya, ilmiy daraja va unvonlar)]
Qonun loyihasi qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan boshqa qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlariga, shuningdek manfaatdor davlat organlari, nodavlat tashkilotlar, ilmiy muassasalarga taqriz uchun yuborilishi mumkin.
Qonun loyihasi faqat qonun loyihasi borasidagi ishlar tugallanganidan va u boʻyicha ekspertiza oʻtkazilganidan keyin qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan taqriz uchun yuboriladi.
III. Qonunlar loyihalarining mazmuniga qoʻyiladigan asosiy talablar. Qonun loyihalarining ekspertizasi
18-modda. Qonunlar loyihalarining shakli
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.01.00 Umumiy qoidalar]
Tartibga solinadigan munosabatlarning oʻziga xos xususiyatlari bilan bogʻliq holda qonunlar loyihalari quyidagi shaklda ishlab chiqiladi:
1) Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunlari va qonunlari loyihalari;
2) Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunlariga hamda qonunlariga oʻzgartish, qoʻshimcha va tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi qonunlar loyihalari;
3) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini yoki ularning ayrim normalarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi qonunlar loyihalari.
19-modda. Qonun loyihasining tuzilishi
Qonun loyihasi, qoida tariqasida, boʻlimlar, kichik boʻlimlar, boblar va paragraflarga ajratiladi.
Qonun loyihasi uning qabul qilinishi zaruriyati, sabablari va maqsadlariga oid tushuntirishni qamrab olgan, shuningdek uning mohiyatini va ahamiyatini ochib beradigan muqaddimaga ega boʻlishi mumkin.
(19-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 26-oktabrdagi OʻRQ-796-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 03/22/796/0966-son)
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunlariga hamda qonunlariga oʻzgartishlar, qoʻshimchalar va tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini yoki ularning ayrim normalarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi qonun loyihalari, qoida tariqasida, ularning qabul qilinishi zaruriyati, sabablari va maqsadlariga oid tushuntirishni qamrab olgan, shuningdek ularning mohiyatini va ahamiyatini ochib beruvchi muqaddimaga ega boʻladi.
Huquqiy normalar muqaddimaga kiritilmaydi.
(19-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 26-oktabrdagi OʻRQ-796-sonli Qonuniga asosan uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 03/22/796/0966-son)
Boʻlimlar, kichik boʻlimlar, boblar va paragraflar sarlavhaga ega boʻladi hamda raqamlanadi.
Qonun loyihasida huquqiy normalar tartib raqamiga ega boʻlgan moddalar koʻrinishida bayon etiladi. Moddalar qismlarga ajratilishi mumkin. Moddalarning qismlari bandlar, kichik bandlar va xatboshilarni qamrab olishi mumkin. Kodekslar va boshqa qonunlar loyihalarining moddalariga, qoida tariqasida, sarlavha qoʻyiladi.
(19-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Boʻlimlar, kichik boʻlimlar, boblar, paragraflar, moddalar, shuningdek moddalarning qismlari, bandlari va kichik bandlari loyiha mavzuyi mantiqan rivojlanib borishini taʼminlaydigan tarzda ketma-ket joylashtiriladi.
Qonun loyihasining matniga:
qonun loyihasining yoki uning ayrim qoidalarining kuchga kirish muddati va tartibi toʻgʻrisidagi;
ilgari qabul qilingan qonun hujjatlarini yoki ularning ayrim qoidalarini mazkur Qonun qabul qilinishi munosabati bilan oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi qoidalar kiritilishi mumkin.
(19-modda oltinchi qismining uchinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 30-dekabrdagi 237-II/150-II-sonli Qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritiladigan qonun loyihalarini va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etilgan qonunlarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish qoidalari”ning 2-bobi.
Qonun loyihasida nazarda tutilgan havolaki normalarni amalga oshirishning aniq muddatlari va masʼul ijrochilar qonun loyihasining oʻzida belgilanadi.
(19-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 10-apreldagi OʻRQ-1054-sonli Qonuniga asosan toʻqqizinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 03/25/1054/0329-son)
Qonunlar loyihalarining matnlarida tegishli qonunlar qabul qilinganidan keyin ularning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini tashkil etish uchun masʼul boʻlgan aniq davlat organlari koʻrsatiladi.
(19-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuniga asosan yettinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
20-modda. Qonun loyihasi bayoniga taalluqli talablar
Qonun loyihasi loʻnda, aniq, oddiy va ravon tilda, normalarni turlicha izohlashni istisno etadigan tarzda yuridik atamashunoslikka rioya qilingan holda bayon qilinadi. Eskirgan hamda koʻp maʼnoni anglatadigan soʻzlar va iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar, kinoyalar qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
21-modda. Qonun loyihasi matnida tushunchalar va atamalardan foydalanish
Qonun loyihasida foydalaniladigan tushunchalar va atamalar turlicha izohlash imkoniyatini istisno etadigan, ularning qonunchilikda qabul qilingan maʼnosiga muvofiq yagona shaklda qoʻllaniladi.
(21-moddaning birinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Zarur boʻlgan hollarda, qonunlar loyihalarida yuridik, texnik va boshqa maxsus atamalar hamda tushunchalarning qisqacha taʼrifi beriladi, umum qabul qilingan qisqartmalar qoʻllaniladi va boshqa qisqartmalarga tushunchalar beriladi.
22-modda. Qonun loyihasida havolalardan foydalanish
Qonun loyihasining moddalarida (qismlari, bandlari, kichik bandlari, xatboshilarida) uning boshqa moddalariga (qismlari, bandlari, kichik bandlari, xatboshilariga), boʻlimlari, kichik boʻlimlari, boblari, paragraflariga, shuningdek boshqa qonunlarga va ularning ayrim qoidalariga havolalar huquqiy normalarning oʻzaro bogʻliqligini koʻrsatish zarurati boʻlgan hollarda yoxud takrorlashlarga yoʻl qoʻymaslik uchun qoʻllaniladi.
(22-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 30-dekabrdagi 237-II/150-II-sonli Qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritiladigan qonun loyihalarini va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etilgan qonunlarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish qoidalari”ning 5-bobi.
23-modda. Qonun loyihasini ekspertizadan oʻtkazish
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.11.00 Ilmiy va fan-texnika dasturlari va loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish]
Qonun loyihasi ustidagi ish tugallanganidan soʻng uning sifatiga baho berish uchun qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining qaroriga binoan loyiha huquqiy va boshqa xil (iqtisodiy, moliyaviy, ilmiy, ekologiya korrupsiyaga qarshi va oʻzga) ekspertizadan ham oʻtkazilishi mumkin. Ekspertlar qonun loyihasining ekspertizasi natijalari boʻyicha tegishli xulosa taqdim etadilar.
(23-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi OʻRQ-456-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
Ekspertlar sifatida qonun loyihasini tayyorlashda bevosita ishtirok etmagan tashkilotlar va (yoki) shaxslar jalb qilinadi. Ekspertiza oʻtkazish uchun olimlar va mutaxassislar, shu jumladan boshqa davlatlar hamda xalqaro tashkilotlardan olimlar va mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
(23-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Qonun loyihasining muhokamasi jarayonida bildirilgan yoki ekspertlarning xulosalarida bayon etilgan takliflar va mulohazalar tavsiya xususiyatiga egadir. Inobatga olinmagan takliflar va mulohazalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilgan holda maʼlumotnoma tuziladi.
(23-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Qonun loyihasi huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi shart. Huquqiy ekspertiza oʻtkazilayotganda qonun loyihasi normalarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi, shuningdek havola qiluvchi normalar qoʻllanilishining asosliligi va maqsadga muvofiqligi tekshiriladi.
Qonun loyihasining huquqiy ekspertizasi qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining yuridik xizmati, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa tashkilotlar tomonidan qonunchilikka muvofiq oʻtkazilishi mumkin. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonunlar loyihalarining huquqiy ekspertizasini boshqa turdagi ekspertizalar oʻtkazilganidan keyin amalga oshiradi.
(24-moddaning ikkinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
25-modda. Qonun loyihasining moliyaviy-iqtisodiy asoslari
Moddiy xarajatlar talab qilinadigan qonun loyihasini tayyorlashda unga moliyaviy-iqtisodiy asoslar ilova qilinadi, mazkur asoslarni qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga kelishuv uchun majburiy tartibda yuboradi. Javob Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga tegishli yozma murojaat kelib tushgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga yuborilishi kerak.
(25-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Davlat daromadlarini kamaytirish yoki davlat xarajatlarini koʻpaytirishni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti moddalari boʻyicha oʻzgartirishlarni nazarda tutuvchi qonunlarning loyihalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xulosasi boʻlishi zarur. Xulosa Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli yozma murojaat kelib tushgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga yuborilishi kerak.
IV. Qonunlar loyihalarini qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi
26-modda. Qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish toʻgʻrisidagi qarori
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.01 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi vakolati;
2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.01.00 Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi. Saylanishi. Vakolatlari;
3.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.02.00 Oʻzbekiston Respublikasining Oliy sudi. Vakolati. Tarkibi]
Qonun loyihasi tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining majlisida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumida muhokama etiladi va uni Qonunchilik palatasiga kiritish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqiladi.
(26-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 10-avgustdagi OʻRQ-631-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2020-y., 03/20/631/1153-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.01.00 Umumiy qoidalar]
Qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi deputati va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan yakka tartibda qabul qilinadi.
Bir nechta qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan tayyorlangan qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish toʻgʻrisidagi qaror har bir qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan alohida qabul qilinadi.
Qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish toʻgʻrisidagi qarorda qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining vakili koʻrsatiladi, u qonun loyihasini Qonunchilik palatasida koʻrib chiqish chogʻida ishtirok etadi. Qarorda qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining qonun loyihasini birinchi oʻqishda koʻrib chiqish chogʻida maʼruza bilan soʻzga chiqadigan vakili ham koʻrsatiladi (bundan qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti shaxsan soʻzga chiqadigan hollar mustasno).
(26-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 10-avgustdagi OʻRQ-631-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2020-y., 03/20/631/1153-son)
Qonun loyihasi va unga ilova qilinadigan hujjatlar qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan Qonunchilik palatasiga davlat tilida kiritiladi. Bir vaqtning oʻzida ularning boshqa tillardagi tarjimasi taqdim etilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: “Davlat tili haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasi.
27-modda. Qonunchilik palatasiga kiritilayotgan qonun loyihasiga ilova qilinadigan hujjatlar
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.02.00 Respublika budjeti daromadlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
Qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritilayotganda qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:
1) qonun loyihasining konsepsiyasi bayon qilingan tushuntirish xati;
2) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi, shuningdek qonun loyihasi kiritilishi bilan bogʻliq qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi;
(27-modda birinchi qismining 2-bandiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3) oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi yoki qabul qilinishi kerak boʻlgan qonunosti hujjatlarining roʻyxati;
31) xalqaro hujjatlarning va chet el mamlakatlari qonunchiligining, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining tegishli qoidalari, Oʻzbekiston Respublikasi sharoitida tegishli xalqaro tajriba qoʻllanilishining maqbulligi toʻgʻrisidagi asosli takliflar ketma-ket tartibda koʻrsatilgan tahliliy qiyosiy jadval.
(27-modda birinchi qismining 31-bandiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
4) moddiy xarajatlar talab qilinadigan qonunlar loyihalari uchun moliyaviy-iqtisodiy asoslar;
5) davlat daromadlarini kamaytirish yoki davlat xarajatlarini koʻpaytirishni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti moddalari boʻyicha oʻzgartirishlarni nazarda tutuvchi qonunlarning loyihalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xulosasi.
6) xalqaro shartnoma loyihasining (matnining) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan oʻtkazilgan huquqiy ekspertizasi natijalari boʻyicha ushbu vazirlikning xulosasi — xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilishni yoki ularga qoʻshilishni nazarda tutuvchi qonun loyihalari uchun;
7) xalqaro shartnoma loyihasining (matnining) Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi nuqtai nazaridan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan oʻtkazilgan huquqiy ekspertizasi natijalari boʻyicha ushbu vazirlikning xulosasi — xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilishni yoki ularga qoʻshilishni nazarda tutuvchi qonun loyihalari uchun;
8) qonun loyihasining huquqiy ekspertizasi natijalari boʻyicha xulosa;
9) qonun loyihasining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish chogʻida toʻldirilgan cheklist;
10) qonun loyihasining jamoatchilik muhokamasi natijalari toʻgʻrisidagi axborot (kelib tushgan fikr-mulohazalar va (yoki) takliflarni koʻrib chiqish natijalari koʻrsatilgan holda), bundan jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazilishi shart boʻlmagan qonun loyihalari mustasno.
(27-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 10-apreldagi OʻRQ-1054-sonli Qonuniga asosan 6 — 10-bandlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 03/25/1054/0329-son)
Qonun loyihasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan Qonunchilik palatasiga kiritilayotganda mazkur organlarning qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish toʻgʻrisidagi tegishli qarori taqdim etilishi kerak.
(27-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Qonun loyihasi matnining hamda ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan materiallarning nusxalari elektron shaklda taqdim etilishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunining 13-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 30-dekabrdagi 237-II/150-II-sonli Qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritiladigan qonun loyihalarini va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etilgan qonunlarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish qoidalari”ning 6-moddasi.
28-modda. Qonunchilik palatasiga kiritilgan qonun loyihasi matnini qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan oʻzgartirish
Qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti Qonunchilik palatasiga oʻzi kiritgan qonun loyihasi matnini qonun loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinguniga qadar oʻzgartirishga haqli.
29-modda. Qonunchilik palatasiga kiritilgan qonun loyihasini qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan chaqirib olish
Qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti Qonunchilik palatasiga oʻzi kiritgan qonun loyihasini mazkur loyiha birinchi oʻqishda qabul qilinguniga qadar chaqirib olishga haqlidir. Agar qonun loyihasi bir nechta qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan kiritilgan va mazkur subyektlarning barchasi loyihani chaqirib olish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan boʻlsa, qonun loyihasi chaqirib olingan deb hisoblanadi.
30-modda. Qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga qayta kiritish
Qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari Qonunchilik palatasining takliflarini hisobga olgan holda maromiga yetkazilgan qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga qayta kiritishga haqli.
31-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(31-moddaning nomiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
(31-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
32-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2006-yil 13-oktabrdagi 201 (4100)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 11-oktabr,
OʻRQ-60-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 41-son, 406-modda; 2014-y., 20-son, 222-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son, , 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son; 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son; 10.08.2020-y., 03/20/631/1153-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son; 27.10.2022-y., 03/22/796/0966-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son; 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son; 10.04.2025-y., 03/25/1054/0329-son)