1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Yevroosiyo” xalqaro teatr sanʼati festivalini oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va sanʼat sohasining jamiyat hayotidagi oʻrni va taʼsirini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 26-maydagi PF-6000-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, teatr sanʼatining noyob namunalarini keng targʻib qilish, rivojlantirish, turli xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik va birodarlik rishtalarini yanada mustahkamlash, ijodiy hamkorlik, madaniy munosabatlar doirasini xalqaro miqyosda kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Oʻzbekiston Teatr arboblari uyushmasining “Yevroosiyo” xalqaro teatr sanʼati festivalini (keyingi oʻrinlarda — Festival) 2022-yildan boshlab ikki yilda bir marta Toshkent shahrida oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. “Yevroosiyo” xalqaro teatr sanʼati festivalini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Yevroosiyo” xalqaro teatr sanʼati festivalini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Festivalni oʻtkazish tartibi va shartlari;
Festival doirasidagi ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etish tartibi;
Xalqaro hayʼat faoliyatini tashkil etish va Festival ishtirokchilarini baholash tartibi;
Festivalni moliyalashtirish va gʻoliblarni mukofotlash.
4. Tashkiliy qoʻmita Festivalga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Teatr arboblari uyushmasi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi:
Festival oʻtkaziladigan yilning 1-martiga qadar xorijiy davlatlardan ishtirok etadigan teatrlar jamoalari roʻyxatini shakllantirsin;
Festivalda namoyish etiladigan spektakllarni saralash ishlarini amalga oshirsin;
Festival oʻtkaziladigan yilning 1-apreliga qadar uning ochilish va yopilish marosimlari ssenariysi va badiiy dasturlarini tayyorlasin;
Festival oʻtkaziladigan yilning 1-mayiga qadar Festival doirasida oʻtkaziladigan ilmiy-amaliy konferensiyada xorijiy davlatlardan ishtirok etadigan teatrshunos va sanʼatshunos olimlar, taniqli sanʼatkorlar, yetuk mutaxassislar va faxriy mehmonlar roʻyxatini shakllantirsin;
Festival oʻtkaziladigan yilning 1-sentabriga qadar ilmiy-amaliy konferensiya materiallari toʻplamini nashrga tayyorlasin va chop etsin.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Madaniyat vazirligining buyurtmanomasiga asosan Festival ishtirokchilari va mehmonlar uchun mehmonxonalarda oldindan joy band (bron) qilish;
Festival doirasida tashkil etiladigan madaniy tadbirlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan turistik tashkilotlarni oldindan xabardor qilish va ularda xorijiy sayyohlar ishtirokini taʼminlash ishlarini tashkil etsin.
7. Belgilansinki, Festivalni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq sarf-xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Toshkent shahar hokimligi tomonidan ishlab chiqilgan hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan smeta asosida amalga oshiriladi. Bunda sarf-xarajatlarning:
50 foizi — Toshkent shahar mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;
50 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
8. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “Dunyo” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Festivalga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni yoritib borish tavsiya etilsin.
Toshkent shahar hokimi, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari
3.
B.M. Usmonov
—
tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari
4.
S.M. Buzrukxonov
—
oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari
5.
S.Z. Mirzayev
—
Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti
6.
A.Oʻ. Aqqulov
—
Turizm qoʻmitasi raisi
7.
Sh.T. Rizayev
—
Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori v.b
8.
A.A. Djurabayev
—
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi
9.
A.K. Koʻchimov
—
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori
10.
A.V. Nuridinov
—
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi
11.
O.A. Hasanov
—
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari
12.
S.S. Saidov
—
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi
13.
Yo. Axmedov
—
Teatr arboblari uyushmasi raisi
14.
A.B. Tadjixanov
—
madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari, Tashkiliy qoʻmita kotibi
Izoh. Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-apreldagi 235-son qaroriga 2-ILOVA
“Yevroosiyo” xalqaro teatr sanʼati festivalini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Yevroosiyo” xalqaro teatr sanʼati festivalini (keyingi oʻrinlarda — Festival) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
2. Festival quyidagilarni nazarda tutgan holda oʻtkaziladi:
Oʻzbekiston va xorijiy davlatlar oʻrtasidagi teatr sanʼati, davlatlararo madaniy aloqalar sohasidagi xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, yagona madaniy platformani yaratish;
turli xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik va birodarlik rishtalarini yanada mustahkamlash, madaniy munosabatlar doirasini xalqaro miqyosda kengaytirish hamda teatr ijodkorlarini birlashtirish;
Oʻzbekiston aholisi va mehmonlarini zamonaviy teatrning bugungi holati, yetakchi sahna ustalari va teatr sanʼatining eng yaxshi namunalari bilan tanishtirish;
teatr sanʼatini rivojlantirish, teatr sanʼati qadriyatlarini targʻib qilish, professional teatr jamoalarining ijodiy faoliyatini ommalashtirish;
teatr sanʼati va teatr faoliyatini rivojlantirishga yordam beradigan badiiy mahorat, ijodiy tajriba va maʼlumot almashish uchun shart-sharoitlarni yaratish;
iqtidorli ijodkor yoshlarni aniqlash, yuzaga chiqarish va qoʻllab-quvvatlash;
teatr sanʼatining turli sohalarida tajriba almashish, qoʻshma ijodiy loyihalarni amalga oshirishda xalqaro ijodiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.
3. Festival 2022-yildan boshlab har ikki yilda bir marta oktabr oyining soʻnggi oʻn kunligida Toshkent shahrida oʻtkaziladi.
4. Festivalni tashkil etish va oʻtkazish “Yevroosiyo” xalqaro teatr sanʼati festivalini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita (keyingi oʻrinlarda — Tashkiliy qoʻmita) tomonidan muvofiqlashtiriladi.
5. Festival Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Toshkent shahar hokimligi (keyingi oʻrinlarda — tashkilotchilar) tomonidan tashkil etiladi va oʻtkaziladi.
6. Festivalda ishtirok etish istagini bildirgan ishtirokchilar Festival oʻtadigan yilning 1-mayiga qadar Festivalning maxsus elektron manzili orqali ariza beradilar va tomosha dasturlari toʻgʻrisida maʼlumotlarni taqdim etadilar.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 862-sonli qarori tahririda)
Arizalar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan umumlashtiriladi hamda belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun Festival oʻtadigan yilning 20-fevraliga qadar saralash komissiyasiga taqdim etiladi.
7. Festival doirasida quyidagi tadbirlar oʻtkaziladi:
festivalning tantanali ochilish marosimi;
xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya;
teatr jamoalari spektakllarining xalqaro tanlovi (keyingi oʻrinlarda — tanlov);
xorijlik mutaxassislar ishtirokida davra suhbati, taqdimot va mahorat darslari;
teatrlashtirilgan tomoshalar va koʻrgazmalar;
festivalning gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash hamda tantanali yopilish marosimi.
8. Festivalda Oʻzbekiston va xorijiy mamlakatlarning teatr jamoalari ishtirok etadi.
9. Oʻzbekiston va xorijiy mamlakatlarning teatr jamoalari festivalda ishtirok etish uchun tayyorlagan spektakllar Tashkiliy qoʻmita tomonidan tasdiqlanadigan teatr sanʼati sohasidagi yuqori malakali mutaxassislar, taniqli sanʼat va madaniyat arboblari, olimlar, tadqiqotchilar, xorijiy va mahalliy teatr sanʼati ustalaridan iborat saralash komissiyasi tomonidan quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha koʻrib chiqiladi:
spektaklning festival mavzusiga muvofiqligi;
rejissorlik yechimi;
plastika va xatti-harakatli yechim;
tasviriy yechim va bezak;
aktyorlik mahorati;
nutq va vokal mahorati;
musiqiy bezak.
10. Oʻzbekiston va xorijiy mamlakatlar teatr jamoalarining festivalda ishtirok etish boʻyicha arizalari saralash komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda koʻrib chiqilgandan soʻng 10 kun muddatda xulosalar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga taqdim etiladi.
Bunda Festivalda ishtirok etuvchi teatr jamoalari uchun quyidagi talablar qoʻyiladi:
maʼlumotnoma (rezyume);
spektakl videoyozuvi, spektakldan fotosuratlar, spektaklning afishasi, treyleri, teatr (jamoa)ning tarixiy maʼlumotnomasi va subtitr uchun rus va ingliz tillaridagi matn;
har bir ishtirokchining ijodiy fotosurati.
Barcha hujjatlar oʻzbek yoki rus/ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin.
11. Festival yillar kesimida teatr sanʼatining aniq bir janr va yoʻnalishlarida quyidagi ketma-ketlikda oʻtkaziladi:
dramatik teatrlar festivali (birinchi marta);
musiqali teatrlar festivali (ikkinchi marta);
qoʻgʻirchoq teatrlari festivali (uchinchi marta);
yosh tomoshabinlar teatrlari festivali (toʻrtinchi marta).
12. Festival bir nechta sahnalarda boʻlib oʻtadi.
13. Festivalda ishtirok etuvchi jamoalar:
oʻz davlatida yoki boshqa davlatlardagi tanlov va festivallarda ishtirok etgan boʻlishi;
tegishli madaniyat va sanʼat sohasidagi tashkilotlar yoki xorijiy festival direksiyalarining tavsiyanomasiga ega boʻlishi kerak.
14. Festivalda ishtirok etuvchilarning roʻyxati Tashkiliy qoʻmita tomonidan aniqlanib, festival oʻtkaziladigan yilning 1-iyuliga qadar ishtirokchilarga maʼlum qilinadi.
15. Tanlovda har bir xorijiy davlatdan ishtirokchi sifatida 1 tadan, mahalliy ishtirokchilardan 3 tagacha teatr jamoasi qatnashishi mumkin.
16. Tanlovda har bir xorijiy davlatdan ishtirokchi sifatida jami 25 nafargacha, jumladan, 1 nafar delegatsiya rahbari, 2 nafar konferensiya ishtirokchisi, 2 nafar ommaviy axborot vositalari vakillari va 20 nafargacha teatr truppasi aʼzolari taklif etilishi mumkin.
Festival ishtirokchilarining Oʻzbekistonga kelib-ketishi (xalqaro avia va temiryoʻl chiptalari) tashrif buyuruvchilar tomonidan hamda yashash, ovqatlanish, ichki transport va bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish xarajatlari tashkilotchi tomonidan qoplanadi.
Ijodiy jamoalarning dekoratsiyalari, rekvizitlari hamda boshqa texnik jihozlarni xalqaro tashish toʻlovlari hamda spektakllarni namoyish etganlik uchun gonorar va boshqa xarajatlar yuboruvchi tomonidan qoplanadi.
17. Festivalda oʻz hisobidan ishtirok etish istagini bildirgan (ijodiy delegatsiyaning 20 nafargacha aʼzolaridan tashqari) teatr sanʼati ijodkorlari, xorijiy davlatlardan taniqli teatrshunos va sanʼatshunos olimlar, dramaturglar, aktyorlar, ijodiy jamoalar, mutaxassislar va faxriy mehmonlar tashkilotchining taklifi asosida qatnashishi mumkin.
18. Oʻzbek, rus va ingliz tillari festivalning ishchi tillari etib belgilanadi.
3-bob. Festival doirasidagi ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etish tartibi
19. Festival doirasida oʻtkaziladigan ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etish istagini bildirgan olimlar, mutaxassislar va tadqiqotchilar Festival oʻtkaziladigan yilning 1-apreliga qadar quyidagilarni Festivalning maxsus elektron manzili orqali taqdim etishlari lozim:
ishtirokchi haqida maʼlumotnoma (rezyume);
6x9 sm oʻlchamdagi rangli fotosurat;
4-5 betdan iborat maqola matni (oʻzbek, rus, ingliz tillarida);
300 soʻzdan kam boʻlmagan tezislar.
20. Ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etuvchilarning roʻyxati Tashkiliy qoʻmita tomonidan shakllantirilib, Festival oʻtkaziladigan yilning 1-iyuliga qadar ishtirokchilarga maʼlum qilinadi.
21. Ilmiy-amaliy konferensiya ishtirokchilarining har biri Tashkiliy qoʻmita tomonidan tasdiqlanadigan shakldagi sertifikat bilan taqdirlanadi.
22. Ilmiy-amaliy konferensiya ishtirokchisiga sertifikat Festivalning yopilish marosimi vaqtida beriladi.
4-bob. Xalqaro hayʼat faoliyatini tashkil etish va Festival ishtirokchilarini baholash tartibi
23. Tanlov ishtirokchilarining chiqishlarini baholash maqsadida Tashkiliy qoʻmita tomonidan 7 — 9 kishidan iborat tarkibda Xalqaro hayʼat tashkil etiladi.
Xalqaro hayʼat tarkibiga teatr sanʼati yoʻnalishi boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar, taniqli sanʼat va madaniyat arboblari, olimlar, tadqiqotchilar, xorijiy va mahalliy teatr sanʼati ustalari, shuningdek, ishtirokchi davlatlardan tegishli sohalar namoyandalari taklif etiladi.
Xalqaro hayʼat aʼzolari tashkilotchi tomonidan Festival oʻtkaziladigan davr va hududda mehmonxona, ovqatlanish va belgilangan marshrut boʻyicha transport bilan taʼminlanadilar. Xalqaro hayʼat raisi va aʼzolariga gonorar puli toʻlanmaydi.
24. Ishtirokchilar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
dramaturgiya;
rejissorlik mahorati;
aktyorlik mahorati;
badiiy yaxlitlik;
sahna madaniyati;
rejissura va aktyorlik uslublari va janr mutanosibligi;
ijrochilarning sahnaviy ifoda vositalaridan (sahna nutqi, jest, plastika va mimikadan) foydalana olish mahorati;
rassomlik ishi (dekoratsiya, rekvizit, butafor);
liboslar;
spektaklning musiqiy bezagi.
25. Tanlov gʻoliblarini aniqlash toʻgʻrisidagi qaror ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi va bayonnoma tuziladi.
26. Xalqaro hayʼat qarori Festivalning tantanali yopilish marosimida eʼlon qilinadi.
27. Xalqaro hayʼat qarori qatʼiy hisoblanadi va muhokama etilmaydi.
5-bob. Tanlov gʻoliblarini mukofotlash tartibi
28. Tanlov gʻoliblari diplom, statuetka va esdalik sovgʻalari hamda “Gran-pri”, 1-oʻrin, 2-oʻrin va 3-oʻrin bilan mukofotlanadi.
Xalqaro hayʼat qaroriga muvofiq munosib nomzod topilmaganda “Gran-pri” berilmaydi va boʻlinmaydi. 1, 2 va 3-oʻrinlar boʻlinishi mumkin.
Barcha ishtirokchilarga Tashkiliy qoʻmita tomonidan tasdiqlangan shakldagi Festival ishtirokchisi sertifikati beriladi.
29. Xalqaro hayʼat qaroriga koʻra, tanlov ishtirokchilari nominatsiyalar boʻyicha eʼtirof etilishi mumkin. Nominatsiya sohiblariga diplom va esdalik sovgʻalari topshiriladi.
6-bob. Tashkilotchining huquqlari
30. Tashkilotchilar:
Festival ishtirokchilarining ijrolarini efirga uzatish hamda boshqa tashkilotlarga translyatsiya qilishi uchun ruxsat berish;
Festivalni oʻtkazish va uning yakuni davomida tayyorlangan barcha turdagi audio, video, bosma va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish va tarqatish;
Festivalda ishtirok etishni istagan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan Tashkiliy qoʻmitaga yuboriladigan materiallardan reklama maqsadida foydalanish (ijodiy jamoalarning spektaklidan lavhalar, afishalari, dasturlari asosida tayyorlanadigan reklama roliklari);
Festivalga jahonning teatr sanʼati boʻyicha yetakchi soha mutaxassislari va sanʼat namoyandalarini jalb etish huquqiga ega.
7-bob. Festivalni moliyalashtirish
31. Festivalni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq sarf-xarajatlar tashkilotchilar tomonidan ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan smeta asosida amalga oshiriladi. Bunda sarf-xarajatlarning:
50 foizi — Toshkent shahar mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;
50 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
32. Festivalning har bir ishtirokchisi oʻz tibbiy sugʻurtasiga ega boʻlishi lozim.
33. Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi Festivalni tashkil etish va oʻtkazish uchun ajratilgan budjet mablagʻlarining maqsadli ishlatilishi va toʻgʻri toʻlanishini nazorat qiladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2021-y., 09/21/235/0370-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)