1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Turizm]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” ichki turizm yarmarkasini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 12-yanvardagi PF-9-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, respublikada ichki turizmni ommalashtirish va unga aholini keng jalb qilish, turizm sohasidagi tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 12-yanvardagi PF-9-son Farmoniga muvofiq quyidagilar belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
2024-yildan boshlab har yili ichki turizm yoʻnalishidagi turoperatorlarning mahsulotlarini turistlarga taqdim qilish maqsadida “Toʻrt faslning har birida sayohat” turizm mavsumining ochilishi doirasida “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” ichki turizm yarmarkasi (keyingi oʻrinlarda — ichki turizm yarmarkasi) tashkil etilishi;
Ichki turizm yarmarkasi 2024-yilda Turizm qoʻmitasining Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Toshkent shahrida, 2025-yildan boshlab ishtirok etuvchi tadbirkorlik subyektlari va mahalliy budjet mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan respublika hududlarida oʻtkazilishi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm]
2. Belgilansinki, turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari ishtirokida har yili:
mart va avgust oylarida — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida “tadbirkor bilan tadbirkor” (B2B) va “tadbirkor bilan mijoz” (B2C) mexanizmlari asosida hududiy ichki turizm yarmarkalari;
dekabr oyida — “tadbirkor bilan tadbirkor” (B2B) mexanizmlari asosida respublika miqyosida ichki turizm yarmarkasi tashkil etiladi.
3. Quyidagilar:
“Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” ichki turizm yarmarkasini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
2025-yilda “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” ichki turizm yarmarkalarini oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi ichki turizm yarmarkalarini tashkil etish va oʻtkazish doirasida:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
tashkilotchi sifatida manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda barcha tashkiliy va ijodiy ishlarni muvofiqlashtirib borish;
yarmarkalar oʻtkazilishi haqida targʻibot tadbirlarini tashkil qilish;
ichki turizm yarmarkalarida qatnashish istagini bildirgan ichki turizm yoʻnalishida faoliyat yurituvchi turoperatorlar, dam olish maskanlari, mehmonxonalar hamda transport va boshqa tashkilotlar roʻyxatini shakllantirish hamda ularni ushbu yarmarkalarga jalb etish;
yarmarkalar yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlar va shartnomalarni roʻyxatga olishni hamda monitoringni olib borish;
ommaviy axborot vositalari shu jumladan, koʻp sonli auditoriyaga ega boʻlgan blogerlarni jalb qilgan holda mamlakat boʻylab sayohatga undovchi turli video roliklar ishlab chiqish;
ichki turizm yarmarkalarini yuqori saviyada oʻtkazish chora-tadbirlarini amalga oshirish vazifalari yuklansin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm]
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ichki turizm yarmarkalarini tashkil etish va oʻtkazish doirasida unda ishtirok etuvchi tadbirkorlik subyektlari va mahalliy budjet mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan:
ichki turizm yarmarkalari oʻtkaziladigan va diqqatga sazovor joylarni obodonlashtirish va tadbir uchun tayyor holga keltirish;
hududda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar vakillari hamda aholini ichki turizm yarmarkalariga keng jalb qilish;
viloyatning markaziy koʻchalari boʻylab ichki turizm yarmarkalarini keng targʻib qilishga qaratilgan bannerlarni oʻrnatish;
ishtirokchilarning tadbir dasturi asosida diqqatga sazovor joylarga tashriflarini tashkillashtirish;
ichki turizm yarmarkalari oʻtkaziladigan binolarda elektr tarmogʻi, suv va tegishli kommunal sharoitlarning texnik sozligi va uzluksizligini taʼminlash;
ichki turizm yarmarkalari oʻtkaziladigan tadbirlar uchun koʻzda tutilgan binolarning band qilinishi va ularga tayyorgarlik qilish choralarini koʻrsin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm]
6. Turizm qoʻmitasi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ichki turizm yarmarkalarini tashkil etish va oʻtkazish doirasida Turizm qoʻmitasi tomonidan turizm sohasi subyektlarining faoliyatini namoyish qiluvchi tayyorlanadigan targʻibot materiallar (foto, video va boshqalar) ijtimoiy axborotga tenglashtiriladi.
7. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hududlarda tashkil etiladigan ichki turizm yarmarkalariga oliy oʻquv yurtlari, kollejlar, maktablar va maktabgacha taʼlimi muassasalari vakillarini ishtirokini taʼminlasin.
8. Ichki turizm yarmarkalarini yuqori saviyada tashkil etish hamda oʻtkazishga Turizm qoʻmitasi raisi U. Shodiyev hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari masʼul etib belgilansin.
9. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga Turizm qoʻmitasi bilan birgalikda ichki turizm yarmarkalariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritib borish tavsiya etilsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi raisi A.Oʻ. Aqqulov zimmasiga yuklansin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 7-oktabr,
646-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 646-son qaroriga
1-ILOVA
“Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” ichki turizm yarmarkasini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” ichki turizm yarmarkasini (keyingi oʻrinlarda — ichki turizm yarmarkasi) tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
2. Ichki turizm yarmarkasi “Toʻrt faslning har birida sayohat” turizm mavsumining ochilishi doirasida tashkil etiladi va oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Turizm qoʻmitasi) ichki turizm yarmarkasini tashkilotchisi hisoblanadi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Ichki turizm yarmarkasi Turizm qoʻmitasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda tashkil etiladi va oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm]
4. Ichki turizm yarmarkasi quyidagi maqsadlarda tashkil etiladi va oʻtkaziladi:
mamlakatimizda ichki turizmni rivojlantirish hamda uning qulay muhitini yaratish;
respublikadagi mavjud turizm obyektlariga aholini keng jalb qilish;
turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari va turistik maskanlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning ichki turizm sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish;
turoperator va turagentlarni isteʼmolchilarga tanitish hamda bozorning turli segmentlariga yoʻnaltirilgan sayyohlik mahsuloti va xizmatlarini diversifikatsiya qilish, ularning raqobatbardoshligini oshirish;
ichki turizm yoʻnalishidagi turoperatorlarning mahsulotlarini turistlarga taqdim qilish.
2-bob. Yarmarkani tashkil etish va oʻtkazish tartibi
5. Ichki turizm yarmarkasi har yili hudud va respublika miqyosida tashkil etiladi.
6. Hududiy ichki turizm yarmarkasi har yili mart va avgust oylarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi va oʻtkaziladi.
7. Respublika miqyosidagi ichki turizm yarmarkasi har yili dekabr oyida tegishli belgilangan hududda oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm]
8. Har yili 20-yanvar kuniga qadar Turizm qoʻmitasi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishgan holda ichki turizm yarmarkalarini oʻtkazish boʻyicha reja-jadval (keyingi oʻrinlarda — reja-jadval) ishlab chiqilib, tasdiqlanadi hamda ularni oʻtkazishga masʼul boʻlgan tashkilotlarga yuboriladi.
9. Turizm qoʻmitasi tomonidan reja-jadvalda belgilangan muddatdan kamida bir hafta oldin har bir ichki turizm yarmarkasini oʻtkazish boʻyicha dasturlar ishlab chiqiladi.
10. Ichki turizm yarmarkalarida turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlarining ishtirokini taʼminlash maqsadida ularni xabardor qilish va jalb etish choralari koʻriladi.
11. Ichki turizm yarmarkasini oʻtkazish doirasidagi tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazishda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida tashkiliy qoʻmita tuzilishi mumkin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm]
12. Ichki turizm yarmarkasiga turizm yoʻnalishida faoliyat yurituvchi turoperatorlar, dam olish maskanlari, mehmonxonalar, transport tashkilotlari hamda boshqa turdagi turizm xizmatlarini taqdim qiluvchi tadbirkorlik subyektlari ishtirok etadi.
Ichki turizm yarmarkasida ishtirok etish uchun davlat idoralari va muassasalari, tijorat banklari, sugʻurta kompaniyalari, yirik korxonalar va boshqa tadbirkorlik subyektlari, shuningdek, axborot vositalari vakillari jalb etilishi mumkin. Bunda ichki turizm yarmarkasi ishtirokchilarining roʻyxati shakllantiriladi va yuritiladi.
13. Ichki turizm yarmarkasi ochilishiga bagʻishlangan folklor guruhlar, estrada xonandalari, musiqa ijodiyotining va anʼanaviy sanʼat yorqin ustalari ishtirokida konsert dasturini tashkil etish mumkin.
14. Ichki turizm yarmarkasi oʻtkazishda jamoat tartibini saqlash, ishtirokchilar harakati xavfsizligini taʼminlash, tibbiy yordam koʻrsatish punktlarini tashkil etish choralari koʻriladi.
3-bob. Ichki turizm yarmarkasida amalga oshiriladigan tadbirlar
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm]
15. Ichki turizm yarmarkasida salohiyatli isteʼmolchilar va sohaga oid maskanlar bilan turistik tashkilotlar oʻrtasida oʻzaro taqdimot, koʻrgazma va “tadbirkor bilan tadbirkor” (B2B) va “tadbirkor va mijoz” (B2S) formatidagi uchrashuvlar tashkil etiladi.
Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oʻtkaziladigan hududiy ichki turizm yarmarkasida ishtirok etuvchilarning oʻzaro kelishuvi “tadbirkor bilan tadbirkor” (B2B) va “tadbirkor bilan mijoz” (B2C) muloqot formatlarida tashkil etiladi.
Respublika miqyosidagi ichki turizm yarmarkasida ishtirok etuvchilarning oʻzaro kelishuvi “tadbirkor bilan tadbirkor” (B2B) muloqot formatida tashkil etiladi.
16. Ichki turizm yarmarkasi ishtirokchilari oʻzlariga ajratilgan hududda oʻz xizmatlari va mahsulotlarini turli stendlar, fotoalbomlar, audio-, video-, fototaqdimotlar, roliklar, banner va flayerlar orqali targʻib etishlari mumkin.
17. Ichki turizm yarmarkasida tuzilgan shartnomalar soni, xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan mahsulot turlari, shuningdek, yangi turistik mahsulotlar va boshqa koʻrsatkichlar boʻyicha eng yaxshi natijalarga erishgan ishtirokchilar ragʻbatlantiriladi.
4-bob. Ichki turizm yarmarkalarini moliyalashtirish tartibi
18. Ichki turizm yarmarkalarini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq boʻyicha tadbirlar 2024-yilda Turizm qoʻmitasi huzuridagi Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan, 2025-yildan boshlab ishtirok etuvchi tadbirkorlik subyektlari va mahalliy budjet mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm]
19. Ichki turizm yarmarkalarini tashkil etish va oʻtkazish doirasida:
ishtirokchilarning transport, ovqatlanish, yashash va reklama materiallarining koʻrgazma stendlarini oʻrnatish bilan bogʻliq hamda boshqa qoʻshimcha xarajatlari ishtirokchilarning oʻz mablagʻlari hisobidan;
ichki turizm yarmarkalarini targʻibot qilish, turizm sohasi subyektlarining faoliyatini namoyish qiluvchi targʻibot materiallarini (foto, video, bannerlar, maqolalar va boshqalar) tayyorlash, yirik turoperatorlar (ichki turizmi) va ommaviy axborot vositalari ishtirokida yarmarka doirasida infoturlarni tashkillashtirish, shuningdek, eng yaxshi natijalarga erishgan yarmarkalar ishtirokchilarini ragʻbatlantirish bilan bogʻliq xarajatlari Turizm qoʻmitasi huzuridagi Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan;
ichki turizm yarmarkalari oʻtkaziladigan oʻtkaziladigan joylarni (binolar) belgilash va band qilish, ichki turizm yarmarkalari oʻtkaziladigan va diqqatga sazovor joylarni obodonlashtirish va tadbir uchun tayyor holga keltirish, shuningdek, koʻrgazma maydonlarini ijaraga olish bilan bogʻliq xarajatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan tegishligiga koʻra qoplanadi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
20. Ichki turizm yarmarkalarini yuqori saviyada tashkil etish hamda oʻtkazishga Turizm qoʻmitasi raisi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari masʼul hisoblanadi.
21. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 646-son qaroriga
2-ILOVA
2025-yilda “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” ichki turizm yarmarkalarini oʻtkazish boʻyicha
CHORA-TADBIRLAR REJASI
T/r
Chora-tadbirlar nomi
Bajarish muddati
Moliyalashtirish manbai
Masʼullar
1.
“Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” ichki turizm yarmarkalarini (keyingi oʻrinlarda — yarmarkalar) oʻtkazish reja-jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2025-yil iyul
-
Turizm qoʻmitasi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
2.
Yarmarkalarda turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlarining ishtirokini taʼminlash maqsadida ularni xabardor qilish va jalb etish.
Yarmarkalarni oʻtkazish reja-jadvalida koʻrsatilgan muddatdan bir oy oldin
-
Turizm qoʻmitasi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Savdo-sanoat palatasi,
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,
Oʻzbekiston Hunarmandlar uyushmasi,
Oʻzbekiston Oshpazlar uyushmasi
3.
Respublikada faoliyat yuritayotgan turistik tashkilotlar va ularning xizmatlari toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotni uzbekistan.travel portali va ijtimoiy tarmoqlar, rasmiy kanallarga joylashtirish.
Yarmarkalarni oʻtkazish vaqtida
-
Turizm qoʻmitasi
4.
Yarmarkalar oʻtkaziladigan hududni, jumladan, taqdimotlar, muzokaralar hamda hamkorlik shartnomalari imzolanadigan joylarni tayyorlash va bezash.
Yarmarkalarni oʻtkazish reja-jadvalida koʻrsatilgan muddatdan toʻrt kun oldin
Mahalliy budjet mablagʻlari
Turizm qoʻmitasi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
5.
Yarmarkalarda tuzilgan shartnomalar soni, xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan mahsulot turlari, shuningdek, yangi turistik mahsulotlar va boshqa koʻrsatkichlar boʻyicha eng yaxshi natijalarga erishgan yarmarkalar ishtirokchilarini ragʻbatlantirish.
Yarmarkalarni yakunlash vaqtida
Mahalliy budjet mablagʻlari
Turizm qoʻmitasi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari.
6.
Yarmarkalar yakunlari boʻyicha bajarilgan ishlar va erishilgan natijalar, jumladan, yangi turdagi turizm xizmatlari va mahsulotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tayyorlash va OAV va internet tarmoqlariga joylashtirish.
Yarmarkalarini yakunlash vaqtida
-
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Turizm qoʻmitasi,
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi
7.
Nodavlat notijorat tashkilotlari boʻlgan turizm sohasi subyektlari birlashmalari bilan hamkorlikda yirik turoperatorlar (ichki turizmi) va ommaviy axborot vositalari ishtirokida yarmarka doirasida infoturlarni tashkillashtirish.
Yarmarkalarni oʻtkazish vaqtida
Mahalliy budjet mablagʻlari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
nodavlat notijorat tashkilotlari,
Turizm qoʻmitasi,
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi
8.
Infotur tashkil qilish maqsadida turizm salohiyati yuqori boʻlgan yangi turizm maskanlari roʻyxatini shakllantirish.
2025-yil iyul
-
Turizm qoʻmitasi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
9.
Har bir hududda yarmarkalarni oʻtkazish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.
Yarmarkalarni oʻtkazish reja-jadvalida koʻrsatilgan muddatdan toʻrt kun oldin
-
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Yarmarkalarni oʻtkazish reja-jadvalida koʻrsatilgan muddatdan toʻrt kun oldin
Mahalliy budjet mablagʻlari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Turizm qoʻmitasi
12.
2025-yilda oʻtkaziladigan yarmarkalarning bosma va elektron taqdimot materiallari va portfoliosini ishlab chiqish.
2025-yil iyul
Mahalliy budjet mablagʻlari
Turizm qoʻmitasi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
13.
2025-yilda oʻtkaziladigan yarmarkalarni keng targʻib qilish maqsadida mashhur blogerlarni jalb qilish.
2025-yil iyul
-
Turizm qoʻmitasi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
14.
Yarmarka logotipi, banner dizayni va veb-saytini tayyorlash hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasini ochish.
2025-yil iyul
Mahalliy budjet mablagʻlari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Turizm qoʻmitasi
15.
Yarmarkani mahalliy OAV, Internet jahon axborot tarmogʻi va ijtimoiy tarmoqlarda (video roliklar, bannerlar va maqolalar orqali) keng targʻibotini amalga oshirish.
2025-yil iyul
-
Turizm qoʻmitasi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
16.
Yarmarka yakuni bilan press-konferensiya va brifing tashkil etish.
Yarmarka yakuni bilan
-
Turizm qoʻmitasi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/646/0796-son; 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)