toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6165-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Tashrif buyuruvchilar uchun shart-sharoitlar yaratilishi rejalashtirilgan turizm salohiyati yuqori bo‘lgan madaniy meros obyektlari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
Ziyorat turizmi marshrutlarida foydalaniladigan madaniy meros obyektlarining 2021 — 2025-yillarda ustuvor ravishda restavratsiya qilish dasturi 2-ilovaga muvofiq;
Uzoq xorij va qo‘shni respublikalardan xorijiy turistlarni qabul qilish va ularga qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 3-ilovaga muvofiq;
Xorijiy tillarga tarjima qilinadigan va targ‘iboti keng amalga oshiriladigan, allomalar va ziyoratgohlar to‘g‘risidagi filmlar ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish hamda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘nalishlar xarajatlarining bir qismini O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan qaytarish tartibi to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga muvofiq;
(1-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-yanvardagi 5-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2023-y., 09/23/5/0009-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Turoperator va turagentlarga mahalliy turistlar uchun O‘zbekiston bo‘ylab tashkil etilgan sayohatlarning mehmonxona xizmatlarini subsidiyalash miqdorini belgilash bo‘yicha komissiya (keyingi o‘rinlarda — Mehmonxona xizmatlarini subsidiyalash bo‘yicha komissiya) tarkibi 6-ilovaga muvofiq;
(1-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-maydagi 302-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2025-y., 09/25/302/0421-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning sakkizinchi — o‘n birinchi xatboshilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-maydagi 302-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2025-y., 09/25/302/0421-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Aviachiptalar narxlari hamda subsidiyalanadigan aviaqatnov yo‘nalishlarini subsidiyalash miqdorini belgilash bo‘yicha maxsus komissiya (keyingi o‘rinlarda — Maxsus komissiya) tarkibi 6a-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Bunda komissiyalarga quyidagi vakolatlar berilsin:
a) Mehmonxona xizmatlarini subsidiyalash bo‘yicha komissiyaga:
turoperatorlar (turagentlar), manfaatdor vazirlik va idoralarning Mehmonxona xizmatlarini subsidiyalash bo‘yicha komissiyaga kiritgan takliflariga asosan joylashtirish vositalarining mehmonxona xizmatlari narxlarining subsidiyalanadigan eng yuqori (cheklangan) darajasini (summasini) belgilash;
subsidiyalash bo‘yicha nizolarni muzokaralar o‘tkazish orqali tezkorlik bilan ko‘rib chiqish va hal etish bo‘yicha qarorlar qabul qilish;
b) Maxsus komissiyaga:
subsidiyalanadigan aviaqatnovlar yo‘nalishlarini hamda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘nalishlarni belgilash;
aviatashuvchilar takliflariga asosan aviachipta narxlarining subsidiyalanadigan eng yuqori (cheklangan) darajasini (summasini) belgilash;
subsidiyalash hamda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘nalishlar bandligini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan nizolarni muzokaralar o‘tkazish orqali tezkorlik bilan ko‘rib chiqish va hal etish bo‘yicha qarorlar qabul qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi — Mehmonxona xizmatlarini subsidiyalash bo‘yicha komissiyaning, Transport vazirligi — Maxsus komissiyaning tegishlicha ishchi organlari etib belgilansin.
(1-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ushbu qarorning 1-ilovasida belgilangan chora-tadbirlarni 2021-yil davomida amalga oshirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Turizm va madaniy meros vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ushbu qarorning 2-ilovasida belgilangan madaniy meros obyektlarini O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan madaniyat yo‘nalishiga har yili ajratiladigan mablag‘lar hisobidan ustuvor ravishda restavratsiya va konservatsiya qilinishini ta’minlasin.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)
3. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
subsidiya joriy etilayotgan aviaqatnovlar chiptalariga 25 foiz, turoperatorlar orqali xarid qilingan temiryo‘l chiptalariga 15 foiz, mehmonxona xizmatlariga 10 foiz qo‘shimcha chegirmalar taqdim etiladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-maydagi 302-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2025-y., 09/25/302/0421-son)
mahalliy yashovchining har bir yashagan kuni uchun joylashtirish vositalaridan undiriladigan turistik (mehmonxona) yig‘imning miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 0,4 foizini tashkil etadi;
turistik tashkilotlarning ishchilari, gidlar (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchilari va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilar malakaviy imtihonlarini o‘tkazish 2022-yil 1-martdan boshlab amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat organlarining ijtimoiy reklama mahsulotlari Turizm qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) tomonidan ishlab chiqilgan ichki va ziyorat turizmi obyektlari aks ettirilgan dizayn tasviri asosida tayyorlanadi;
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
mazkur qarorning 4-ilovasida belgilangan filmlar “Al Buxoriy” ziyorat turizmi yo‘ldosh telekanaliga bepul asosda taqdim etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari hisobidan aviatashuvchilarga subsidiya ajratish Transport vazirligi hamda turoperator va turagentlarga avia va temir yo‘l chiptalari hamda joylashtirish vositalarining mehmonxona xizmatlari xarajatlarining bir qismini qaytarish Qo‘mita tomonidan amalga oshiriladi.
(3-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
4. Moliya vazirligi:
a) “O‘zbekkino” milliy agentligining asoslangan talabnomalariga muvofiq ushbu qarorning 4-ilovasida belgilangan filmlar tarjimasi va yangi suratga olinadigan filmlar uchun 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar doirasida qo‘shimcha mablag‘lar ajratib borilishini;
b) Buxoro viloyat hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Buxoro viloyati “Yetti Pir” ziyoratgohlari yo‘nalishida ta’mirtalab 36 km masofadagi ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun 90,5 mlrd so‘m mablag‘larni manbasini aniqlab, keyinchalik mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan qoplab berish sharti bilan ajratishni;
“Yetti Pir” ziyoratgohlariga boruvchi ichki yo‘llarni 2021-yil 1-avgustga qadar to‘liq ta’mirdan chiqarilishini;
v) subsidiyalanadigan avia va temir yo‘l chiptalari hamda joylashtirish vositalarining mehmonxona xizmatlari xarajatlarining bir qismini 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetining qo‘shimcha manbalaridan qaytarishni hamda 2022-yilda Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishini ta’minlasin.
5. Ziyorat turizmi yo‘nalishida to‘g‘ri targ‘ibotni yo‘lga qo‘yish va ziyorat obyektlari haqida ilmiy asoslangan ma’lumotlarni taqdim etish maqsadida Ziyorat turizmini rivojlantirishni muvofiqlashtirish kengashi (keyingi o‘rinlarda — Muvofiqlashtirish kengashi) tashkil etilsin va uning tarkibi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Muvofiqlashtirish kengashining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
O‘zbekistonning ziyorat turizmi salohiyatini to‘liq o‘rganish, ma’lumotlarni tizimlashtirish, ziyoratgohlar, ulamolar va ularning ilmiy merosi haqida ilmiy asoslangan ma’lumotlarni shakllantirish;
turizmi bozoridagi real ehtiyojni markazlashgan tarzda tahlil qilish;
targ‘ibot ishlarini sifatli va puxta tashkil qilish;
media kontent, audiovizual mahsulotlar, maqola va broshyuralar uchun ilmiy asoslangan materiallarni ko‘rib chiqish va ma’qullash;
moddiy madaniy meros obyektlaridagi axborot tablolari, gidlar va ekskursiya yetakchilarining ekskursiya materiallari uchun sifatli materiallar shakllantirilishini muvofiqlashtirish;
turli konfessiyalarning moddiy madaniy meros obyektlari uchun ziyorat odobi bo‘yicha tavsiyalar tayyorlanishini tashkil qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Fanlar akademiyasining mintaqaviy bo‘limi — Xorazm Ma’mun akademiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tuzilmasida boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy shtat birliklari doirasida 3 shtat birligidan iborat “Ziyorat turizmini rivojlantirish ilmiy bo‘limi” tashkil etilsin.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-sentabrdagi 583-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2025-y., 09/25/583/0829-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, mazkur bo‘limlarning rahbarlari Qo‘mita bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
7. Quyidagilarga:
Oldingi tahrirga qarang.
a) Qo‘mita, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Madaniyat vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab:
(7-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassis yetishtiruvchi oliy ta’lim muassasalarining 3-4 kurs talabalari uchun ziyorat turizmi fani bo‘yicha o‘quv dasturini ishlab chiqish va joriy etish;
“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida “Madaniy, tabiiy va aralash merosni boshqarish” hamda Buxoro, Samarqand, Farg‘ona va Urganch davlat universitetlarida “arxeologiya” magistratura mutaxassisliklarida kadrlar tayyorlash;
ziyorat turizmi uchun istiqbolli mamlakatlar tilini o‘rganish filologiyasi yo‘nalishi bitiruvchilari uchun oliy ta’lim muassasalari qoshida pullik asosda ziyorat turizmi mavzusida qayta tayyorlash kurslarini tashkil qilish;
b) O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi va Samarqand viloyati hokimligining Milliy arxeologiya markazi filiali “Samarqand arxeologiya instituti”ning yuridik maqomini tiklagan holda, Fanlar akademiyasi tizimida mustaqil institut tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Vazirning ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari va Ziyorat turizmini rivojlantirish departamentining (keyingi o‘rinlarda — Departament) faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida ular “Ipak yo‘li ofisi” unitar korxonasining Samarqand shahridagi binosida tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)
Bunda, mazkur binoni ta’mirlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6165-son Farmonining 9-bandida belgilangan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Qo‘mita:
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
a) Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda:
respublikaning ziyorat turizmi yo‘nalishidagi salohiyatini yurtimizda va xorijda targ‘ib qilishga oid ilmiy risolalar, reklama, rolik va targ‘ibot materiallari tayyorlash;
ekspertlar, olimlar, ommaviy axborot vositalari vakillari va talabalarni jalb qilgan holda muntazam ravishda ziyorat turizmi yo‘nalishida targ‘ib qiluvchi tadbirlarni tashkil etish choralarini ko‘rsin;
b) Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va Transport vazirligi bilan birgalikda xorijiy mamlakatlarda tashkil etiladigan respublikaning ziyorat turizmi salohiyatini targ‘ib qilish imkoniyati bo‘lgan xalqaro ko‘rgazmalarda doimiy ravishda milliy stend bilan ishtirok etib borsin;
v) Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari bilan birgalikda ikki oy muddatda salohiyatli ziyorat turizmi bozoriga ega bo‘lgan davlatlarda manzilli marketing chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
g) xorijiy mamlakatlarida O‘zbekiston ziyorat turizm brendi elchisini tayinlash amaliyotini joriy etilishini hamda ular ishtirokida ziyorat turizmining keng targ‘ibot ishlarini amalga oshirilishini ta’minlasin.
10. Transport vazirligi:
a) Ichki ishlar vazirligi va “O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda respublikaning tog‘li hududlari orqali avtotransport vositasi (avtobus, mikroavtobus, miniven)ning xavfsizlik standartlariga (GPS, yordamchi haydovchi, tormoz tizimiga talablar, maxsus yorug‘lik qaytaruvchi liniyasi, haydovchilarda mobil aloqa, avariya holatlarida “ogohlantiruvchi tugma” va boshqalarning mavjud bo‘lishi) javob beradigan sertifikatlash tizimini ishlab chiqib, amaliyotga joriy etsin;
b) Tashqi ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari bilan birgalikda uch oy muddatda Farg‘ona vodiysini Toshkent va Samarqand viloyatlari bilan tekislik orqali bog‘laydigan, Tojikiston Respublikasining So‘g‘d viloyati hududidan o‘tuvchi marshrut orqali muntazam avtobus qatnovlarini chegaradan kesib o‘tish tartib-taomillarini soddalashtirilgan tartibda amalga oshirishni ko‘zda tutgan holda yo‘lga qo‘yishni ta’minlasin. Bunda, Qo‘mita ushbu yo‘nalishda soddalashtirilgan tartib yo‘lga qo‘yilgandan so‘ng turoperatorlarni jalb qilgan holda turistik marshrutlarni targ‘ib qilib boradi;
v) uch oy muddatda transport va turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari bilan birgalikda kompleks turizm xizmatlari ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘ysin;
g) aviatsiya sohasida xalqaro alyanslarga a’zo bo‘lgan aviakompaniyalarning mamlakatimizga parvozlarni amalga oshirish bo‘yicha takliflarini ustuvor ravishda ko‘rib chiqilishini ta’minlasin.
11. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Qo‘mita balansidagi avtotransport vositalari, shu jumladan, Mercedes-Benz S450L 4 Matic avtotransportini, ofis jihozlarini (zarur kompyuter, printer va aloqa jamlamalari, mebel va boshqa kerakli inventar va uskunalarni) direksiyaning faoliyatini samarali tashkil etish uchun “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi DUK balansiga direksiya talabnomalariga muvofiq beg‘araz o‘tkazib berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
12. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Qo‘mita hamda Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda uch oy muddatda tematik esdalik mahsulotlarini ishlab chiqarish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 433-son qaroriga 8-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
14. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 24-fevral,
100-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-fevraldagi 100-son qaroriga
1-ILOVA
Tashrif buyuruvchilar uchun shart-sharoitlar yaratilishi rejalashtirilgan turizm salohiyati yuqori bo‘lgan madaniy meros obyektlari
RO‘YXATI

T/r

Obyekt nomi

Manzili

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1.

“Abdullo Norinjiy” ziyoratgohi

Ellikqal’a tumani, “Iftihor” MFY

2.

“Shayx Jalil bobo” ziyoratgohi

Qorao‘zak tumani, “Kuyboq” OFY

3.

“Hakim ota” ziyoratgohi

Mo‘ynoq tumani, “Hakim ota” OFY

4.

“Kechirmas ota” ziyoratgohi

Ellikqal’a tumani, “Guldirsin” OFY

Andijon viloyati

5.

“Bibi seshanba” ziyoratgohi

Qo‘rg‘ontepa tumani, “Jannatbuloq” MFY

6.

“Asomiddin Mirpo‘stin ota” ziyoratgohi

Andijon shahri, Mirpo‘stin ko‘chasi

7.

“Burxoniddin Qilich” qadamjosi “Uchbuloq” ziyoratgohi

Baliqchi tumani, “Yangi ko‘l” mahallasi

8.

“Shirmonbuloq” ziyoratgohi

Buloqboshi tumani, “Shirmonbuloq” MFY

Buxoro viloyati

9.

“Xoja Maxmud Anjir Fog‘naviy” ziyoratgohi

Vobkent tumani, Anjirbog‘ qishlog‘i

Jizzax viloyati

10.

“Sa’ad ibn Abu Vaqqos” majmuasi

G‘allaorol tumani, “Avliyo” QFY

11.

“Xo‘jamushkent” majmuasi

Yangiobod tumani, Xo‘jamushkent qishlog‘i

Qashqadaryo viloyati

12.

“Abu Ubayda ibn al-Jarroh” majmuasi

Qarshi shahri, “Gulshan” MFY

13.

“Dorus-Saodat” majmuasi

Shahrisabz tumani, Hovuz Mardon ko‘chasi

14.

“Dorut-Tilovat” majmuasi

Shahrisabz tumani, Ipak yo‘li ko‘chasi

15.

“Hazrati Bashir” ziyoratgohi

Kitob tumani, “Bashir” MFY

Navoiy viloyati

16.

“Qosim Shayx” majmuasi

Karmana tumani, “Xo‘ja Xisrav” MFY

17.

“Mavlono Orif Degaroniy” ziyoratgohi

Karmana tumani, “Degaron” MFY

Namangan viloyati

18.

“Chur-chur momo” ziyoratgohi

Pop tumani, Chodak qishlog‘i

Samarqand viloyati

19.

“Shohi-Zinda” majmuasi

Samarqand shahri, Shohi-Zinda ko‘chasi, 39-uy

20.

“Xo‘ja Doniyor” maqbarasi

Samarqand shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 7a-uy

21.

“Amir Temur” maqbarasi

Samarqand shahri, Oq Saroy ko‘chasi, 1-uy

22.

“Xo‘ja Axror Vali” majmuasi

Samarqand tumani, “Xo‘ja Axror Vali-2” MFY

23.

“Hazrati-Xizr” masjidi

Samarqand shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 66-uy

24.

“Xazrati Dovud g‘ori” ziyoratgohi

Narpay tumani, “Oqsoy” MFY

25.

“Maxdumi A’zam” majmuasi

Oqdaryo tumani, “Bodorjoy” MFY

26.

“Ad-Doromiy” maqbarasi

Tayloq tumani, “Yangi Tayloq” MFY

27.

“Gavsuli A’zam” ziyoratgohi

Urgut tumani, “Yetti uyli” MFY

28.

“Ruhobod” maqbarasi

Samarqand shahri, Oqsaroy ko‘chasi, 1-uy

Surxondaryo viloyati

29.

“Imom Abu Iso Muhammad At Termiziy” majmuasi

Sherobod tumani, “Cho‘michli” MFY

30.

“Al-Hakim At-Termiziy” majmuasi

Termiz tumani “Al-Hakim at-Termiziy” MFY

31.

“Xo‘jamayxona” majmuasi

Boysun tumani, “Temir darvoza” MFY

32.

“So‘fi Olloyor” majmuasi

Oltinsoy tumani, “Vaxshivar-1” MFY

33.

“Xo‘jaipok ota” majmuasi

Boysun tumani, “Xo‘jaipok” MFY

34.

“Sulton Saodat” majmuasi

Termiz shaxri, “Namuna” MFY

Toshkent viloyati

35.

“Xazrat Ali buva” ziyoratgohi

Parkent tumani, Kumushkon qishlog‘i

36.

“Qirqqiz” ziyoratgohi

Piskent tumani, “Qul ota” MFY

37.

“Imom Sulton” ziyoratgohi

Yangiyo‘l tumani, Niyozboshi qishlog‘i

Farg‘ona viloyati

38.

“Xazrat Xizr qadamjolari” ziyoratgohi

Rishton tumani, “Bo‘ston” MFY

39.

“Yigit pirim” ziyoratgohi

Uchko‘prik tumani, “Olmurod” mahallasi

40.

“Satkak azizlar” ziyoratgohi

Farg‘ona tumani, “Satkak” MFY

41.

“Puri Siddiq” ziyoratgohi

Marg‘ilon shahri, “Yurmadoz” MFY

42.

“Burxoniddin Marg‘inoniy yodgorligi” majmuasi

Marg‘ilon shahri, “Pichoqchi” MFY

43.

“Mo‘yi Muborak” ziyoratgohi

Qo‘qon shahri, “Nurafshon” MFY, “Sarmazor” qabristoni

44.

“Huvaydo” ziyoratgohi

Farg‘ona tumani, “Chimyon” MFY

Xorazm viloyati

45.

“Uch avliyo bobo” ziyoratgohi

Xiva shahri, Toshpulatov ko‘chasi, 4-uy

46.

“Said Muxammad Mohi ruyi Jahon” majmuasi

Xiva shahri, Amir Temur ko‘chasi, 84-uy

Toshkent shahri

47.

“Suzuk ota” majmuasi

Shayxontohur tumani, Suzuk ota ko‘chasi, 48-uy

48.

“Shayx Xovandi Tohur” ziyoratgohi

Shayxontohur tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 7v-uy

49.

“So‘galli ota” ziyoratgohi

Chilonzor tumani, So‘galli ota ko‘chasi

50.

“Abdulqosim” madrasasi

Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 42-uy

Izoh: Ziyoratgohlarda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar:
1. Ziyoratgohlarga olib boruvchi yo‘llarni joriy ta’mirlash;
2. Viloyat markazidan va boshqa yirik aholi punktlaridan ziyoratgohga olib keluvchi yo‘l ko‘rsatgich va axborot belgilarini o‘rnatish;
3. Sayyohlarni ziyoratgohga avtotransport vositalarining navbatlar hosil qilmasdan kirib-chiqishi uchun qulay harakatlanish rejasini ishga tushirish;
4. Transport vositalari (avtomobil va avtobus) uchun alohida avtoturargohlar tashkil etish;
5. Ziyoratgohlarda navbatlar va tirbandliklar, shuningdek, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda, obyekt bo‘ylab ziyoratchilar oqimini taqsimlash rejalarini ishlab chiqish va yo‘lga qo‘yish;
6. Ibodat marosimlarini uyushtirish jarayonlarida (namozlar) ziyoratchilarni joylashtirish sxemasini ishlab chiqib amalga oshirish;
7. Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida ustuvor ravishda ziyoratgoh atrofida oilaviy mehmon uylarini tashkil qilish uchun 30 mln so‘mgacha kreditlar taqdim qilinishini yo‘lga qo‘yish;
8. Ziyoratgohda sanitar-gigiyenik talablarga amal qilgan holda hojatxona va qushxonalarni tartibga keltirish choralarini ko‘rish;
9. Ziyoratgohlarda qo‘shimcha xizmat turlari (ovqatlanish va esdalik sovg‘alarini sotish shoxobchalari, ziyorat amallarini amalga oshirish uchun lozim bo‘lgan buyumlar savdosi)ni tashkil qilish va kengaytirish;
10. Ziyoratgohga tashrif buyurganlar uchun shart-sharoitlar (o‘rindiqlar, kutish xonalari va maydonlari, onalik va bolalik xonasi, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay bo‘lgan sharoitlar, salqin ichimliklar va boshqa) yaratish;
11. Ziyoratgohdagi ziyorat tartibi va odobi haqida qo‘llanmalar ishlab chiqish va ziyoratgohlarga o‘tkazish choralarini ko‘rish;
12. Ziyoratgohlar haqidagi bosma va elektron targ‘ibot materiallarini ishlab chiqish va keng targ‘ib qilish.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-fevraldagi 100-son qaroriga
2-ILOVA
turizmi marshrutlarida foydalaniladigan madaniy meros obyektlarining 2021 — 2025-yillarda ustuvor ravishda restavratsiya qilish
DASTURI

T/r

Obyekt nomi

Barpo etilgan davri

Manzili

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1.

“Redjep Xalifa” (arxitektura obyekti)

XI-XII, XIII-XIV asrlar

Xo‘jayli tumani, “Sarishungil” OFY

2.

“Ishan qal’a” kompleksi (arxitektura obyekti)

XVIII-XIX, XX asrlar

Kegeyli tumani, “Juzim bog‘” OFY

3.

Chilpiq qo‘rg‘oni (arxeologiya obyekti)

I — IV, IX XI asrlar

Amudaryo tumani, “Qipchoq” OFY

4.

“Ayazqal’a 1” (arxeologik yodgorligi)

Mil.avv. IV-III asrlar

Beruniy tumani, “Qizilqal’a” OFY

5.

“Ayazqal’a 2” (arxeologik yodgorligi)

VII-VIII asrlar

Ellikqal’a tumani, “Guliston” OFY

6.

“Ayazqal’a 3” (arxeologik yodgorligi)

Mil.avv. IV-III asrlar, III-IV asrlar

Ellikqal’a tumani, “Guliston” OFY

7.

“Buran qal’a” (arxeologik yodgorligi)

IX-X asrlar

Ellikqal’a tumani, “Navoi” OFY

8.

“Burgut qal’a” (arxeologik yodgorligi)

VI — VIII asrlar

Ellikqal’a tumani, “Qirqqiz” OFY

9.

“Burli qal’a 1” (arxeologik yodgorligi)

Mil.avv. IV-III asrlar

Ellikqal’a tumani, “Sharq Yulduzi” OFY

10.

“Burli qal’a 2” (arxeologik yodgorligi)

Mil.avv. I asr

Ellikqal’a tumani, “Sharq Yulduzi” OFY

11.

“Duman qal’a” (arxeologik yodgorligi)

Mil.avv. IV-III asrlar, I IV asrlar

Ellikqal’a tumani, “Dumanqal’a” MFY

12.

“Jildik qal’a” (arxeologik yodgorligi)

I III asrlar

Ellikqal’a tumani, “Ellikqal’a” OFY

13.

“Katta Guldursin” (arxeologik yodgorligi)

Mil.avv. IV-III asrlar, XII-XIII asrlar

Ellikqal’a tumani, “Guldursin” OFY

14.

“Katta Qabat qal’a” (arxeologik yodgorligi)

Mil.avv. IV-III asrlar, XI XIII asrlar

Ellikqal’a tumani, “Qavatqal’a” MFY

15.

“Katta Qirkqiz qal’a” (arxeologik yodgorligi)

Mil.avv. IV-III asrlar, III-IV, VI VIII asrlar

Ellikqal’a tumani, “Qizil qum” MFY

16.

“Qo‘rgoshin qal’a” (arxeologik yodgorligi)

Mil.avv. IV-III asrlar

Ellikqal’a tumani, “Qizilqum” MFY

17.

“Qosh Porsan” (arxeologik yodgorligi)

IV VIII asrlar

Ellikqal’a tumani, “Guliston” OFY (Qilchinok jamoa xo‘jaligi)

18.

“Teshik qal’a” (Yerikli qala) (arxeologik yodgorligi)

VII-VIII asrlar

Ellikqal’a tumani, “Qirqqiz” OFY

19.

“Topraq qal’a” (arxeologik yodgorligi)

I — V, VI asrlar

Ellikqal’a tumani, “Sharq yulduzi” OFY

20.

“Uyqal’a” (arxeologik yodgorligi)

VII-VIII asrlar

Ellikqal’a tumani, “Guliston” OFY

21.

“Yakka porsan” (arxeologik yodgorligi)

IV VIII asrlar

Ellikqal’a tumani, “Guliston” OFY

22.

“Aqchaxan qal’a” (Qazaqli yatqan) (arxeologik yodgorligi)

Mil.avv. IV-III asrlar, IV asr

Beruniy tumani, “Ozod” OFY

23.

“Jambasqala” (arxeologik yodgorligi)

Mil.avv. IV-III asrlar, IV asr

To‘rtko‘l tumani, “Kaltaminor” OFY

24.

“Qo‘y qirilgan qal’a” (arxeologik yodgorligi)

Mil.avv. IV-III asrlar, IV asr

To‘rtko‘l tumani, “Kaltaminor” OFY

25.

“Qumbosqan qal’a” (arxeologik yodgorligi)

VII-VIII asrlar

To‘rtko‘l tumani, “A. Durdiyev” OFY

Andijon viloyati

26.

“Avliyo Nikolay” cherkovi binosi

1898-yil

Andijon shahri, “Mustaqillik” MFY, Bektosh Raximov ko‘chasi

27.

“Muhammad Siddiq Eshon” ziyoratgohi

Noaniq

Asaka tumani, “Xonaqa” MFY

28.

“Qarabosh ota” ziyoratgohi

Noaniq

Andijon tumani, “Mart” MFY, Qorabosh ko‘chasi

29.

“Mehmoni Valiy” ziyoratgohi

Noaniq

Andijon tumani, “Islomobod” MFY, Mehmon Valiy ko‘chasi

30.

“Oq mozor ota” ziyoratgohi

Noaniq

Izboskan tumani, “Taraqqiyot” MFY

31.

“Yunus ota” ziyoratgohi

Noaniq

Qo‘rg‘ontepa tumani, “Jannatbuloq” MFY

32.

“Xo‘jaqambar ota” ziyoratgohi

Noaniq

Izboskan tumani, “Abdurahmon Jomiy” MFY, Ziyoratgoh ko‘chasi

33.

“Bibi Seshanba” ziyoratgohi

Noaniq

Qo‘rg‘ontepa tumani, “Jannatbuloq” MFY

34.

“Manak ota” ziyoratgohi

Noaniq

Xo‘jaobod tumani, “Beshqovoq” MFY, Bahor ko‘chasi

35.

“Qambar ota” ziyoratgohi

Noaniq

Xo‘jaobod tumani, “Yangi Farg‘ona” MFY, Qambar ota ko‘chasi

36.

“Fozilmon ota” ziyoratgohi

Noaniq

Xonobod shahri, “Fozilmon” MFY, Xonobod massivi

37.

“Qipchoqqo‘rg‘on” masjidi

1909-yil

Shahrixon tumani, “Qipchoqqo‘rg‘on” MFY, Qipchoqqo‘rg‘on ko‘chasi

38.

“Yunusxoji” masjidi

1902-yil

Andijon shahri, “Kengash” MFY, Kengash ko‘chasi 71 uy

39.

“Xo‘ja Abdulloh tug‘dor” majmuasi

1996-yil

Asaka tumani, “Shodlik” MFY, Imom Buhoriy ko‘chasi

40.

“Yilqichi ota” ziyoratgohi

Noaniq

Andijon shahri, “Gumbaz” MFY, Aravasoz ko‘chasi

41.

“Usta pir ota” ziyoratgohi

Noaniq

Andijon shahar, “Zahiriddin Muhammad Bobur” MFY

Buxoro viloyati

42.

“Chashmai Ayub” xazirasi

Aniqlanmagan

Vobkent tumani, “Pushmon” MFY, “Xayrabotcha” qishlog‘i

43.

“Nomozgoh” masjidi

XII XVI asrlar

Buxoro shahar, “Turki Jandi” MFY, Nomozgoh ko‘chasi

44.

“Xoja Kalon” masjidi (Gavkushon majmuasi)

1573 1579-yillar

Buxoro shahar, “H. Olimjon” MFY, B. Nashband ko‘chasi

45.

Quyi Xonaqo masjidi

XVII asr

Buxoro shahar, “Xo‘ja G‘unjoriy” MFY, Quyi Xonaqo ko‘chasi

46.

“Amir” saroyi

1914 1917-yillar

Kogon shahar, “Temir Yulchi” MFY, Buxoro shox ko‘chasi

47.

“Vobkent” minorasi

1197-yil

Vobkent tumani, “Vobkent” MFY, I. Buxoroiy ko‘chasi

48.

Abdurahmon Vali maqbarasi (Shoburg‘on ota majmuasi)

XVI asr

Qorako‘l tumani “Yangibozor” MFY, “Quyi og‘ar” qishlog‘i

49.

“Domullo Tursunjon” madrasasi

1796-1797-yillar

Buxoro shahar, “Imom Buxoriy” MFY, Mushki Ambar ko‘chasi

50.

“Mir Said Kamol” madrasasi

1906-yil

Buxoro shahar, “Mirzo Ulug‘bek” MFY, Xaqiqat ko‘chasi

51.

“Chor Bakr” majmuasi

XVI XVIII asrlar

Buxoro tumani, “Shergiron” MFY, “Shergiron” qishlog‘i

52.

“Qizbibi” majmuasi

XVI asr

Jondor tumani, “Romish” MFY, “Dehqonobod” aholi punkti

53.

“Mavlono Asiriy” madrasasi

XVIII asr

Buxoro shahar, Mirdo‘stim ko‘chasi

54.

“Ko‘kaldosh” masjidi

XVI asr

Buxoro shahar, “I. Buxoroiy” MFY, Ro‘g‘angaron ko‘chasi

55.

“Xusayni” madrasasi

XVIII asr

Buxoro shahar, “Turki Jandiy” MFY, Nomozgoh ko‘chasi

56.

“Pochchaqul Xoja” masjidi

XIX asr

Buxoro shahar, “H. Olimjon” MFY, B. Naqshband ko‘chasi

57.

“Xo‘ja Quteyba” masjidi

XIX asr

Shofirkon tumani, “Pashmon” MFY, “Pashmon” qishlog‘i

58.

“Xo‘ja Sharofiddin” masjidi

1910-yil

Shofirkon tumani, “G‘ulomte” MFY, “G‘ulomte” qishlog‘i

59.

“Tosh” masjid 2

XVI asr

Vobkent tumani, “Bozorjo‘yi” MFY, “Otaliq” qishlog‘i

60.

“Saidboy Oqsoqol” masjidi

XIX asr

Peshko‘ tumani, “Sadir” MFY, “Dehdaroz” qishlog‘i

61.

“Bozori gul” masjidi

XVIII asr

Buxoro shahar, “M. Ulug‘bek” MFY, X. Ashurova ko‘chasi

62.

“Mirzo Hamdam” madrasasi

XIX asr

Buxoro shahar, “I. Buxoriy” MFY, Ro‘g‘angaron ko‘chasi

63.

“Xoja Bulg‘or” masjidi

XVIII asr

Buxoro shahar, “Jalol Ikromiy” MFY, Xoja Bulg‘or ko‘chasi

Jizzax viloyati

64.

“Poyimard ota” ziyoratgohi

IX — XX asrlar

Zomin tumani, “Poyimard” qishlog‘i

65.

“Qulfisar ota” ziyoratgohi

XX asr boshi

Sharof Rashidov tumani “Qulfisar” MFY

66.

“Qirqchilton” ziyoratgohi

X asr oxiri XX asr boshlari

Sharof Rashidov tumani, “Ko‘rpasoy” MFY

67.

“Xo‘ja Qahhor Vali” ziyoratgohi

XIX asr

Zomin tumani markazi

68.

“Oqtepa-Archamozor ota” ziyoratgohi

IX — XX asrlar

Zomin tumani “Duoba” MFY, “Yettikechuv” qishlog‘i janubi

69.

“Parpi ona” (Parpi oyim, Qo‘rg‘on tepa) ziyoratgohi

IX-X asrlar

Zomin tumani “Beshkubi” MFY, “Uvol” qishlog‘i janubida

70.

“Ko‘k to‘nli ota” ziyoratgohi

V-VI asrlar

Zomin tumani “Hulkar” QFY, “Qo‘riq” qishlog‘i

71.

“Xoja Shohimardon Sherdor” qadamjosi

XX asr boshi

Zomin tumani, “Chorvador” QFY, “Turkman” qishlog‘i

72.

“G‘oyib ota” ziyoratgohi

XIX asr oxiri XX asr boshlari

Zomin tumani, “Istiqlol” QFY

73.

“Toylon ota” ziyoratgohi

XV-XVI asrlar

Zomin tumani, “Toylon” qishlog‘i

74.

“G‘oyib ota” ziyoratgohi

IX-X asrlar

Zomin tumani, “Arja” qishlog‘i

75.

“Oq tosh ota” ziyoratgohi

V-VI asrlar

Zomin tumani, “Zomin” shaharchasi

76.

“Abduxoliq ota” ziyoratgohi

XIX asr

Zomin tumani, “Turkman” qishlog‘i

77.

“Sugal ota” ziyoratgohi

XX asr boshi

Zomin tumani, “Turkman” qishlog‘i

78.

“Ko‘k to‘nli ota” ziyoratgohi

IX-X asrlar

Zomin tumani, “Qovun kesdi” qishlog‘i

79.

“Chillamozor ota” tarixiy majmuasi ziyoratgohi

V-VI asrlar

Zomin tumani, “Ovul o‘pka” qishlog‘i

80.

“Kindikli ota” ziyoratgohi

XIX asr

Zomin tumani, “Beshkubi” QFY, “Beshkubi” qishlog‘i

81.

“Xo‘ja ko‘ndalang” (Parpi ota) ziyoratgohi

XX asr

Zomin tumani, “Qutchi bolg‘ali” qishlog‘i

82.

“G‘or bobo” (Sariq devona g‘ori) ziyoratgohi

XX asr boshi

Zomin tumani, “Kultepa” qishlog‘i

83.

“Besh og‘ayni ota” (Pistali ota) ziyoratgohi

XIX asr

Zomin tumani, “Qayirma” mahallasi

84.

“Said Burhoniddin avliyo” ziyoratgohi

V — VIII asrlar

Zomin tumani, “Beshkubi” QFY, “Beshkubi” qishlog‘i

85.

“Qilich Burhoniddin avliyo” maqbarasi

V — VIII asrlar

Zomin tumani, “Beshkubi” QFY, “Beshkubi” qishlog‘i

86.

“Mart ota avliyo” ziyoratgohi

V — VII asrlar

Zomin tumani, “Beshkubi” QFY, “Beshkubi” qishlog‘i

87.

“Xo‘jai tan ota” ziyoratgohi

VII asr

Zomin tumani, “G‘allakor” QFY, “Xo‘jai tan ota” qabristoni hududida

88.

“Isoxon ota” ziyoratohi

V-VI asrlar

Zomin tumani, “Yom” qishlog‘i, “Istiqlol” QFY, “Oshiq ota” qabristoni hududida

89.

“Xasan ota” ziyoratgohi

XX asr

Forish tumani, “Qoraobdol” QFY, “Hasan ota” qishlog‘i

90.

“Narvon ota” ziyoratgohi

XIX asr oxiri XX asr boshlari

Forish tumani, “Narvon” MFY, “Narvon” qishlog‘i

91.

“Uch quloch ota” ziyoratgohi

XVI asr

Forish tumani, Band shaharchasi, “Uch quloch” qishlog‘i

92.

“Oyna ota” tarixiy manzilgohi

1986-yil

Forish tumani, “Egizbuloq” qishlog‘i

93.

“Ko‘k to‘nli ota” ziyoratgohi

XIX asr oxiri XX asr boshlari

Forish tumani, “Oq tosh” qishlog‘i

94.

“Isar ota” ziyorat manzili

VI-VIII asrlar

Forish tumani, “Osmon soy” qishlog‘i

95.

“Andagen ota” ziyoratgohi, “Xazrati Eshon Halifa” majmuasi xonaqosi va masjidi

XVI asr

Forish tumani, “Andagen” qishlog‘i

96.

“Yetti g‘or” majmuasi

XIX asr oxiri XX asr boshlari

Forish tumani, “Ilonchi” qishlog‘i

97.

“Norvon ota” (Narvoy ota) ziyoratgohi

IX-X asrlar

Forish tumani, “Narvon” qishlog‘i

98.

“Oqar ota” ziyoratgohi

XIX asr

Zomin tumani, “Oqar” MFY, “Oqar” qishlog‘i

99.

“Toshkesgan ota” ziyoratgohi

XIX asr oxiri XX asr boshlari

Zarbdor tumani, “Mustaqillik” MFY, “Oqar” qishlog‘i

100.

“Sulton Xalil” maqbarasi

XIV asr

G‘allaorol tumani markazi

101.

“Mullabuloq” ziyoratgohi

XI asr

G‘allaorol tumani, “Mulkish” QFY “Mullabuloq” qishlog‘i

102.

“Sayfin ota” ziyoratgohi

XIX asr oxiri XX asr boshlari

G‘allaorol tumani, “Sayfin ota” QFY “Sayfin” qishlog‘i

103.

“G‘o‘bdun ota” ziyoratgohi

XIX asr oxiri XX asr boshlari

G‘allaorol tumani, “G‘o‘bdun QFY”, “G‘o‘bdin” qishlog‘i

104.

“Xoshim ota” ziyoratgohi

1989-yil

G‘allaorol tumani, “Ko‘k buloq” qishlog‘i

105.

“Qozon ota” ziyoratgohi

X-XI asrlar

G‘allaorol tumani, “Xitoyyuzi” qishlog‘i

106.

“Moltob ota” ziyoratgohi

XIX asr oxiri XX asr boshlari

G‘allaorol tumani, “Moltob” qishlog‘i

107.

“Dug‘ombir ota” ziyoratgohi

IX — XX asrlar

Yangiobod tumani, “Changovul” qishlog‘i

108.

“Chilmaxram ota” ziyoratgohi

XV asr

Yangiobod tumani, “Balandchaqir” qishlog‘idan 20 km

109.

“Rustam ota va Jumaqul ota” ziyoratgohi

V-VII asrlar

Yangiobod tumani, “Balandchaqir” qishlog‘i

110.

“Qo‘ltiqaziz” qadamjosi, topinish manzili

XV asr

Yangiobod tumani, “Balandchaqir” qishlog‘i

111.

“Bo‘tatosh Valiy” ziyoratgohi

IX — XX asrlar

Yangiobod tumani, “Yuqorisarmich” qishlog‘i

112.

“G‘oyib ota” qadamjosi

XV asr

Yangiobod tumani “Yuqorisarmich” qishlog‘i

113.

“Ersuloymon bobo” ziyoratgohi

XV asr

Yangiobod tumani, “Jo‘langar” qishlog‘i

114.

“Said Isoho‘ja” ziyoratgohi

XV asr

Yangiobod tumani, “Jo‘langar” qishlog‘i

115.

“Balogardon bobo” qadamjosi

V — VII asrlar

Yangiobod tumani, “Jo‘langar” qishlog‘i

116.

“Changovul ota” ziyoratgohi

IX — XX asrlar

Yangiobod tumani, “Changovul” qishlog‘i

117.

“Terakli ota” ziyoratgohi

XV — XX asrlar

Baxmal tumani, “Baxmal” MFY, “Terakli” qishlog‘i

118.

“Malik Ajdar” ziyoratgohi

X — XX asrlar

Baxmal tumani, “Baxmal” MFY, “Duvlat” qishlog‘i

119.

“Said Mirxalilloh” xonaqosi, masjidi

XV asr

Baxmal tumani, “Baxmal” MFY, “Bog‘imozor” qishlog‘i

120.

“Xo‘ja ko‘ndalang ota” ziyoratgohi

XV asr

Baxmal tumani, “Qirq” qishlog‘i

121.

“Chinor bobo” ziyoratgohi

XV asr

Baxmal tumani, “Bog‘imozor” qishlog‘i

122.

“Muhammad Said Xo‘ja Abu Said Mo‘min Holiq Xo‘ja” ziyoratgohi

IX asr

Baxmal tumani, “Oqqo‘rg‘on” QFY

123.

“Xo‘ja Ismoil Xalifa” ziyoratgohi

XVIII asr

Baxmal tumani, “Baxmal” QFY

124.

“Palaxmon ota” ziyoratgohi

XVIII asr

Baxmal tumani, “Baxmal” QFY

125.

“Tangatopdi” ziyoratgohi

XVII asr oxiri XVIII asr boshlari

Baxmal tumani, “Baxmal” MFY, “Tangatopdi” qishlog‘i

126.

“Temir darvoza” (Amir Temur darvozasi yodgorliklari)

XIII — XV asrlar

G‘allaorol tumani, “Ilono‘tti” manzilgohi

127.

“Jondahor ota” (Qo‘rg‘on)

V-VI asrlar

Forish tumani, “Garasha” QFY, “Garasha” qishlog‘i

Qashqadaryo viloyati

128.

“Abul Xasan Ishqiy” masjidi

XIV asr

Chiroqchi tumani, “Langar” MFY, “Langar” qishlog‘i

129.

“Nayman ota” maqbarasi

XIV asr

Nishon tumani, “Guliston” MFY, “Otquduq” qishlog‘i

130.

“Hazrati Sulton” maqbarasi

1895-yil

Shahrisabz tumani, “Ko‘hsor” MFY, “Shut” qishlog‘i

131.

“Xo‘jaipok Ota” ziyoratgohi

XVII asr

Dehqonobod tumani, “Qo‘rg‘ontosh” MFY, “Xo‘jaipok” qishlog‘i

132.

“Xo‘ja Shamsiddin Xalvoniy” yodgorlik majmuasi

X-XI asrlar

Kitob tumani, “Qovchin” MFY, “Qovchin” qishlog‘i

133.

“Siypantosh qoya” rasmlari

Bronza davri

Chiroqchi tumani, “Langar” MFY, “Langar” qishlog‘i

134.

“Abul Xasan Ishqiy” masjidi

XIV asr

Chiroqchi tumani, “Langar” MFY, “Langar” qishlog‘i

135.

“Xo‘ja Ilg‘or” maqbarasi

VI-VII asrlar

Yakkabog‘ tumani, “Xo‘jailg‘or” MFY, “Xo‘jailg‘or” qishlog‘i

136.

“Diyishqon” masjidi

XIX asr

Kitob tumani, “Palandara” MFY, “Duyushqon” qishlog‘i

137.

“To‘pchoq” masjidi

1887-yil

Kitob tumani, “Tupchoq” MFY, “Tupchoq” qishlog‘i

138.

“Yomchi” masjidi

1870-yil

Shahrisabz tumani, “Yomchi” MFY

139.

“Samarqand darvozasi” yodgorligi

XIV asr

Shahrisabz shahri, Shahrisabz tarixiy markazi

140.

“Ko‘k gumbaz” masjidi

1436-yil

Shahrisabz shahri, “Qushxovuz” MFY, Ipak yuli kuchasi, 89 uy

141.

“Yerqo‘rg‘on” shahristoni

I-II asr

Qarshi tumani, “Sherbek” MFY, “Sherbek” qishlog‘i

142.

“To‘ra” masjidi

XIV asr

Kasbi tumani, “Qatag‘on” MFY

143.

“Xusam shayx ota” majmuasi

X-XI asr

Koson tumani, “Pudina” MFY, “Pudina” qishlog‘i

144.

“Shulluktepa II” shahristoni

VIII XII asrlar

Qarshi tumani, “Ko‘chkak” MFY, “Ko‘chkak” qishlog‘i

145.

“Pandiron” masjidi

XIV asr

Kasbi tumani, “Pandiron MFY, “Pandiron” qishlog‘i

146.

“Abdulaziz” madrasasi

1911-yil

Qarshi shahri, “Darvozatutak” MFY, Nasaf ko‘chasi, 309-uy

147.

“Qal’ai Zahoki-Maron tepa” majmuasi

I-II asrlar

Qarshi shahri, “Zoxikimoron” MFY

148.

“Burxoniddin” masjidi

XVIII acp

Qarshi tumani, “Poshton” MFY

149.

“Qo‘rg‘oncha” masjidi

XVIII asr

Qarshi shahri, “Qo‘rg‘oncha” MFY

150.

“Charmgar-I” masjidi

XVIII asr

Qarshi shahri, “Charimgar” MFY

151.

“Charmgar-II” masjidi

XIX asr

Qarshi shahri, “Charimgar” MFY

152.

“Kaxlak chorgumbaz” masjidi

XVIII acp

Qarshi tumani, “Kaxlat” MFY

153.

“Xofiz Sheroziy” maqbarasi

IX asr

Qarshi tumani, “Nukrobod” MFY

154.

“Yetti tug‘ ota” maqbarasi

XIX asr

Qarshi tumani, “Potron” MFY

155.

“Koson Chor gumbaz” masjidi

XIV asr

Koson tumani, “Nartichukur” MFY

156.

“Abdurahmon Xalifa” maqbarasi

XIV asr

Koson tumani, “Pulati” MFY

157.

“G‘ulom Naqshband” maqbarasi

IV XII asrlar

G‘uzor tumani, “Yoqqishloq” MFY

158.

“Nayman ota” maqbarasi

XIV asr

Nishon tumani, “Guliston” MFY, “Otquduq” qishlog‘i

159.

“Xo‘jai pok ota” maqbarasi

XVII asr

Dehqonobod tumani, “Qo‘rg‘ontosh” MFY, “Xo‘jaipok” qishlog‘i

160.

“G‘iylon” masjidi

1853-yil

Kitob tumani, “G‘iylon” MFY, “G‘iylon” qishlog‘i

Navoiy viloyati

161.

Jaraquduq hududidagi “Tosh” o‘rmoni

Aniqlanmagan

Uchquduq tumani, “Bozdun” OFY

162.

“Shohimardon” masjidi

XVI asr

Nurota tumani, “Shayxon” MFY

163.

“Mirzachorbog‘ xon” qarorgohi

1905-yil

Karmana tumani, “Ko‘xna Qo‘rg‘on” MFY

164.

“Oqmasjid” masjidi

XVI asr

Xatirchi tumani, “Bog‘chakalon” MFY “Bog‘chakalon” qishlog‘i

165.

“Boyazid Bastomiy” masjidi

XIX asr

Qiziltepa tumani, “Bo‘ston” MFY

166.

“Qalqon ota” majmuasi

XVI asr

Navbahor tumani, “Qalqonota” MFY

167.

“Qal’ayi Azizon” masjidi

XVIII asr

Qiziltepa tumani, “Qal’ayi Azizon” MFY

168.

“Bedir ota” majmuasi

XIX asr

Uchquduq tumani, “Aytim” MFY

169.

“Kanarboy ota” majmuasi

XIX asr

Uchquduq tumani, “Uzunquduq” OFY

Namangan viloyati

170.

“Qodirxo‘ja Eshon” uyi

XIX asr

Namangan shahri, “Obi hayot” MFY, Nodira ko‘chasi, 8-uy

171.

“Ovchi buloq tepa” majmuasi

O‘rta asr

Uychi tumani, “O‘nxayot” MFY, “O‘nxayot” qishloq

172.

“Imom ota” maqbarasi

XVIII asr

Pop tumani, “Imom ota” MFY, “Parda Tursun” qishlog‘i

173.

“Devona buva” maqbarasi

XVIII asr

Uychi tumani, “Fayziobod” MFY

174.

“Daxyakota” ziyoratgohi

XIX asr

Uychi tumani, “Daxyakota” MFY

175.

Bronza davriga oid Chust madaniyati (Buonamozortepa, Bibiona ziyoratgohi) manzilgohi

Antik davr

Chust tumani, “Bibiona” MFY

176.

“Xoja Abduraxmon ibn Avf” maqbarasi

XII asr

Chust tumani, “Toshqo‘rg‘on” MFY, “Toshqo‘rg‘on” qishlog‘i

177.

“Mug‘tepa”, “Koson” shahristoni

Antik davri

Kosonsoy tumani, “Mug‘qal’a” qishlog‘i

178.

“Mavlono Namangoniy” maqbarasi

1806-yil

Namangan shahri, “G‘uncha” MFY, “Labbaytog‘a” qabristoni

179.

“Devona Eshon buva” maqbarasi

Aniq emas

Namangan tumani, “Xonabod” MFY

180.

“Munchoq tepa (Shahriston)” majmuasi

O‘rta asr

Pop tumani, M.Fayazov ko‘chasi

181.

“Xo‘ja amin” maqbarasi

XVIII asr

Namangan shahri, Ko‘zagarlik ko‘chasi, 49-uy

182.

“Shayx Isoq Eshon” majmuasi

1872-yil

Namangan shahri, Namangansoy ko‘chasi, 3-uy

183.

“O‘n bir Axmad” ziyoratgohi

1993-yil qayta tiklangan

Namangan shahri, “G‘irvon” MFY

184.

“Gungalak” yer osti hammomi

XIX asr

Kosonsoy tumani, “Jo’me” MFY

185.

Xilvatxona (Chillaxona)

XVIII asr

Namangan tumani, “Mulla Kuding” MFY

186.

“Langarbibi” maqbarasi

XVIII asr

To‘raqo‘rg‘on tumani, “Gulqishloq” MFY

187.

“Otchopar Eshon buva” xonaqosi

1690-yil

Chust tumani, “Pansada” MFY

188.

“Qorapolvon ota” ziyoratgohi

XVIII asr

Yangiqo‘rg‘on tumani, “Qorapolvon” MFY

Samarqand viloyati

189.

“Chorsu” cavdo-gumbazi

XIX asr

Samarqand shahri, Registon maydoni, “Chorsu” gumbazi

190.

“Oq Saroy” maqbarasi

XV asr

Samarqand shahri, Oq Saroy ko‘chasi, 5a-uy

191.

“Gavsuli A’zam” ziyoratgohi

XIX asr

Urgut tumani, “Yetti uyli” MFY

192.

“Bahodir Yalangto‘shbiy” masjidi

XIX-XX asrlar

Oqdaryo tumani, “Bodorjoy” MFY

193.

“Bobotepa” masjidi va “Qamchin ota” ziyoratgohi

XIX-XX asrlar

Jomboy tumani, “Sarichashma” MFY

194.

“Xo‘ja Abdi Berun” majmuasi (xonako, ayvon va dahma)

XV asr

Samarqand tumani, “Sarimozor” MFY

Surxondaryo viloyati

195.

“Kokildor ota” xonaqohi

XIII-XVI asrlar

Termiz tumani, “Namuna” MFY

196.

“Sulton-Saodat” maqbaralar majmui

X — XVII asrlar

Termiz tumani, “Namuna” MFY

197.

“Otaulla Said Vaqqos” maqbarasi

XVI asr

Sherobod tumani, “Guliston” MFY

198.

“Said otaliq” madrasasi

XVI asr

Denov tumani, Mustaqillik ko‘chasi

199.

“Xo‘ja Alouddin Attor Valiy” ziyoratgohi

XIV asr

Denov tumani, “Namozgoh” MFY, “Sarmazorota” qabristoni

200.

“Xo‘ja Barkux” maqbarasi

XVI asr

Denov tumani, “Dasti chinor” MFY

201.

“Xo‘jjaipokota” (Xo‘ja Avf xazratlari) ziyoratgohi

XVI asr

Oltinsoy tumani, “Xo‘jayipok” MFY

202.

“Mavlono Muhammad Zohid” ziyoratgohi

XVIII asr

Oltinsoy tumani, “Katta Vahshivor” MFY

203.

“Xo‘ja Xasan Ilg‘oriy” maqbarasi

XX asr

Oltinsoy tumani, “Shakarkamish” MFY

204.

“So‘fi Olloyor” ziyoratgohi

XVIII asr

Oltinsoy tumani, “Jilibuloq” MFY

205.

“Hazrati Kamar Aziz” ziyoratgohi

XVI asr

Boysun tumani, “Inkabod” MFY

206.

“Sulton Sanjar Moziy” maqbarasi

XVI asr

Denov tumani, “Ostona” MFY

207.

“Sayyid Jamoliddin” va “Sayyid Kamoliddin At-Termiziy” majmuasi

XIX asr

Qumqo‘rg‘on tumani, “Kakaydi” qishlog‘i

208.

“Xo‘ja Samandar Termiziy” maqbarasi

XVIII asrlar

Jarqo‘rg‘on tumani, “Surxon” MFY

209.

“Qora tepa buddaviylik ibodatxonalar” markazi

I — V asrlar

Termiz tumani, “Yangiobod” MFY

210.

“Zo‘rmola” minorasi

I-II asrlar

Termiz tumani, “Qahramon” MFY

211.

Chinortepa yodgorligi

Mil.avv. II-I asrdan to milodiy II-III asrgacha

Termiz tumani, “Chinortepa” MFY

212.

“Dalvarzintepa” yodgorligi

I-II asrlar

Sho‘rchi tumani, “Kushon” MFY

213.

“Budrachtepa (Jumatepa)” yodgorligi

V XVI asrlar

Denov tumani, “Lag‘monota” MFY

214.

“Xolchayon” yodgorliklari

I-III asrlar

Denov tumani, “Qorabog‘tepa” va “Obodturmush” MFY

Toshkent viloyati

215.

“Ulug‘ Sog‘ ota” majmuasi

Aniqlanmagan

Angren shahri, “Qorabog‘” mahallasi

216.

“Temirtaki ota” majmuasi

Aniqlanmagan

Bekobod tumani, “Xamza” MFY

217.

“Qizilmozor” maqbarasi

XVI XVIII asrlar

Bekobod tumani, “Taqachi” MFY

218.

“Samsarak” shahar xarobasi

IV asr

Bo‘ka tumani, “Madaniyat” MFY, O‘zbekiston ko‘chasi

219.

“Nurek ota” tabiiy maskan

Aniqlanmagan

Bo‘stonliq tumani, “Gijol” qishlog‘i tepaligida

220.

“Dovud nevara” (Shayx Umar Vali) ziyoratgohi

Aniqlanmagan

Bo‘stonliq tumani, “Bog‘iston” qishlog‘i

221.

“Qorasoqol ota” ziyoratgohi

XIV asr

Qibray tumani, “Navbahor” MFY

222.

“Qilichli ota” ziyoratgohi

XIV asr

Qibray tumani, “Navbahor” mahallasi

223.

“Shohruxiya” shahristoni

VI, XI-XII asrlar

Oqqo‘rg‘on tumani, “Xosildor” MFY, 2 bo‘lim qishlog‘i

224.

“Qadimiy” kon (Tunket)

IV VIII asrlar

Ohangaron tumani, “Sarjaylak” qishlog‘i

225.

“Barbal ota” ziyoratgohi

Aniqlanmagan

Ohangaron tumani, “Ungut” qishlog‘i

226.

“Zarkent ota” ziyoratgohi

VII XIII asrlar

Parkent tumani, “Zarkent” qishlog‘i

227.

“Bo‘g‘izyon otatepa” ziyoratgohi

Aniqlanmagan

Piskent tumani, “Koriz” qishlog‘i

228.

“Pushti Mahmud” majmuasi

VI XII asrlar

Piskent tumani markazi

229.

“Piskent” shahristoni

X asr

Piskent tumani, Piskent shahri

230.

“Ervali bobo” ziyoratgohi

Aniqlanmagan

Angren shahri, “Sog‘lom” MFY

231.

“Suron ota” (so‘fiylar hujrasi)

O‘rta asrlar

Bo‘stonliq tumani, “Uch bog‘” qishlog‘i

232.

“Avliyosoy-Ikrima ota” ziyoratgohi

IX-X asrlar

Bo‘stonliq tumani, “Chimboyliq” qishlog‘i

233.

“Ko‘kto‘nli ota” jome masjidi

XIV asr

Qibray tumani, “Navbahor” MFY, Shodlik ko‘chasi, 54-uy

234.

“Axtam Sahoba” jome masjidi

Aniqlanmagan

Nurafshon shahri, “Guzar” MFY, Guzar ko‘chasi

235.

“Mushuk ota” ziyoratgohi

Aniqlanmagan

Nurafshon shahri, “Navro‘z” MFY

236.

“Shomirkari avliyo” ziyoratgohi

XIV asr

Oqqo‘rg‘on tumani, “Shohruxiya” qishlog‘i

237.

“Payg‘ambar ota” ziyoratgohi

Aniqlanmagan

Ohangaron tumani, “Susam” qishlog‘i

238.

“Said ota” jome masjidi

XIV asr

Parkent tumani markazi

239.

“Said Battol g‘ozi” ziyoratgohi

IX asr

Chinoz tumani, “Yangi mahalla” MFY, Bahor ko‘chasi

240.

“Buzruk Buva” maqbarasi

Aniqlanmagan

Bekobod tumani, “Hamza” MFY

Farg‘ona viloyati

241.

“Shahidlar xotirasi” majmuasi

2001-yil

Farg‘ona shahri, “Iftixon” MFY, Aeroport ko‘chasidagi hiyobon

242.

“Kirxa” binosi

XIX asr

Farg‘ona shahri, Shukrona ko‘chasi 59-uy

243.

“Axmad Al-Farg‘oniy” yodgorlik majmuasi

1998-yil

Farg‘ona shahri, “Axmad Al-Farg‘oniy istirohat bog‘i” hududi

244.

“Uzun xovuz” masjidi me’moriy obidasi

XIX asr

Marg‘ilon shahri, “Uzun xovuz” MFY, Abu Ali ibn Sino ko‘chasi, 40-uy

245.

“Dumba jo‘sh” masjidi

XIX asr

Marg‘ilon shahri, “A.Navoiy” MFY, Shukrona ko‘chasi, 25-uy

246.

“Xo‘ja Egiz” masjidi

XIX asr

Marg‘ilon shahri, “Ipak yo‘li” MFY, Ho‘ja Egiz ko‘chasi, 117a-uy

247.

“Xoja Forso” masjidi

XIX asr

Marg‘ilon shahri, “Xo‘ja Forso” MFY, Baxtiyorlik ko‘chasi, 100-uy

248.

“Xo‘ja Ma’oz va Mo‘yi Muborak” yodgorligi ziyoratgohi

XIX asr

Marg‘ilon shahri, “Xo‘ja Ma’oz” MFY, Xo‘ja Ma’oz ko‘chasi, 43-uy

249.

“Xurjun” madrasasi

XVIII asr

Qo‘qon shahri, “Yangi Chorsu” MFY, Umar Xayyom ko‘chasi, 5-uy

250.

“Chilmahram buva” ziyoratgohi

Aniqlanmagan

Beshariq tumani, “Navkat” MFY

251.

“Bibi Ubayda” ziyoratgohi

XVI — XX asrlar

Buvayda tumani, “Buvimozor” MFY

252.

“Ziyrak mozor” tepaligi

I IV asrlar

Oltiariq tumani, “Bo‘ston” MFY

253.

“Do‘sti Hudo” yodgorligi ziyoratgohi

XIX asr

Oltiariq tumani, “Zilol” MFY

254.

“Ulug‘ Moji ona” maqbarasi

XIX asr

Oltiariq tumani, “Katput” MFY, Tol ko‘chasi

255.

“Bobo Ahtam” ziyoratgohi

XXI asr

Oltiariq tumani, “Fayziobod” MFY

256.

“Zindontepa” ziyoratgohi

I XII asrlar

Quva tumani, “Dehqonobod” MFY

257.

“Quva” shahristoni

Mil. avv.IV asr-milodiy V VII-XIII asrlar

Quva tumani, “Toshkent” MFY

258.

“Sa’d Vaqqos” ziyoratgohi

XXI asr

Quva tumani, “Yangi hayot” MFY

259.

“Nodir suratlar” ziyoratgohi

Aniqlanmagan

So‘x tumani, “Tul” MFY

260.

“Akkosha” ziyoratgohi

XXI asr

Toshloq tumani, “Tog‘lik” MFY

261.

“Sariqo‘rg‘on” arxeologik yodgorlik

Mil. avv.I asr milodiy I VII-VIII asrlar

Uchko‘prik tumani, “Sariqo‘rg‘on” MFY

262.

“Hazrat Ali Shohimardon” ziyoratgohi

XX asr

Farg‘ona tumani, “Yordon” MFY

263.

“Xo‘jam Podshoh” ziyoratgohi

XVIII asr

Farg‘ona tumani, “Birdamlik” MFY

264.

“Mo‘yi muborak” jome masjidi

Mil. avv.VII-VIII asrlar

O‘zbekiston tumani, “Ovchi” MFY

265.

“Sohibi Hidoya” ziyoratgohi

XXI asr

Rishton shahri, “Chinnigaron” MFY

266.

“Xo‘ja Ro‘shnoyi” ziyoratgohi

XIX asr

Rishton shahri, “M.Topvoldiyev” MFY, To‘qimachi ko‘chasi, 11-uy

267.

“Qori Soqiy ota” ziyoratgohi

XX asr

Yozyovon tumani, “Qorasoqol” MFY

Xorazm viloyati

268.

“Said Muxammadxon” madrasasi

1864-yil

Xiva shahri, “Yangi Turmush” MFY, Najmiddin Qubro ko‘chasi, 44-uy

269.

“Tung otarlar” uyi

XIX asr

Xiva shahri, “Yangi turmush” MFY, Najmiddin Kubro ko‘chasi

270.

“Deshon Qal’a” devori “Qo‘y darvoza”ga tutash qismi

1842-yil

Xiva shahri, “Kaptarxona” MFY

271.

“Deshon Qal’a” devori Xiva shahar madaniyat bog‘i ichidagi darvoza qismi

1842-yil

Xiva shahri

272.

“Deshon Qal’a” devori

1842-yil

Xiva shahri

273.

Ichon Qal’a” devori

XIV — XIX asrlar

Xiva shahri

274.

“Avaz O‘tar uyi” 1-darajali uy

XIX asr

Xiva shahri, “Mevaston” MFY, Amir Temur ko‘chasi, 29-uy

275.

“Bog‘cha xovuz” majmuasi

XVIII asr

Xiva shahri, “Mevaston” MFY, Mustaqillik ko‘chasi

276.

“Xusan Muhammad boy” madrasasi

1905-yil

Xiva shahri, “Qumyasqa” MFY, Polvon Qoriy ko‘chasi, 23-uy

277.

“Otajon boy” madrasasi

1884-yil

Xiva shahri, “Ichon qal’a” MFY, Pahlavon Mahmud ko‘chasi, 23-uy

278.

“Said Muhammad Moxiro‘y” majmuasi

1884-yil

Xiva shahri, “Mevaston” MFY, Amir Temur ko‘chasi, 84-uy

279.

“Xorazmshohlar” madrasasi

1915-yil

Xiva shahri, “Mevaston” MFY, Mevaston ko‘chasi, 51-uy

280.

“Muzxona” majmuasi

XIX asr

Xiva shahri, “Kalta minor” MFY, Qodir Yoqubbov ko‘chasi, 67-uy

281.

“Shixnazarboy” uyi

XIX asr

Xiva shahri, “Mevaston” MFY, Markaz 6

282.

“Islom Xo‘ja” yozgi qarorgoxi

XIX asr

Xiva shahri, “Shixlar” MFY

283.

“Ibroxim Xo‘ja” madrasasi

1888-yil

Xiva shahri, “Shixlar” MFY

284.

Ollaqulixon Madrasasi

1834-35-yillar

Xiva shahri, “Ichon qal’a” MFY, Yu.Toshpo‘latov ko‘chasi, 33-uy

285.

Xazarasp shahri qalasi devori

Mill.avv. IV II asrlar

Xazorasp tumani, “Sulaymon qal’a” MFY

286.

“Sulaymon Boqirg‘oniy” jome masjidi

XIV asr

Xazorasp tumani, “Sulaymon qal’a” MFY

287.

“Shayx Muxtor Vali” maqbarasi

XIV asr

Yangiariq tumani Ostona qishlog‘i

288.

“Yusuf Hamadoniy” majmuasi

XIX asr

Shovot tumani, Beshmargan qishlog‘i

289.

Suratlar Galereyasi (Pochta)

1912 — 15 yillar

Urganch shahri, O‘zbekiston ko‘chasi

290.

“Ota Xovuz” majmuasi

XVIII asr

Xiva shahri, “Kalta minor” MFY, Tinchlik ko‘chasi

291.

“To‘rt Shovvoz” madrasasi

1885-yil

Xiva shahri, “Mevaston” MFY, Mevaston ko‘chasi, 29-uy

292.

Anushaxon hammomi

1657-yil

Xiva shahri, “Ichon qal’a” MFY, Palvon Qori ko‘chasi, 12-uy

293.

“Xujash Maram” madrasasi

1839-yil

Xiva shahri, “Ichon qal’a” MFY, Pahlavon Mahmud ko‘chasi, 11-uy

294.

“Shayx Kabir” maqbarasi

XVI asr

Xiva shahri, “Ichon qal’a” MFY, Pahlavon Mahmud ko‘chasi, 6-uy

295.

“To‘ra xovuz” majmuasi

XVIII asr

Xiva shahri, “Kaptarxona” MFY

296.

“Kalajik” (Dovud-kal’a) majmuasi

Mill.avv. IV- III asrlar

Bog‘ot tumani, “Kalajik” QFY

297.

“Chodira xovli” majmuasi

1871-yil

Xiva tumani, Sayot qishlog‘i

298.

“Yor Muhammad Devon” (Said Ota) masjidi

XVIII asr

Xiva shahri, “Ichon qal’a” MFY, Pahlavon Mahmud ko‘chasi, 26-uy

299.

“Oqmasjid” majmuasi

1838 — 42 yillar

Xiva shahri, “Ichon qal’a” MFY, Islom Xo‘ja ko‘chasi, 24-uy

300.

Otamurod Qushbegi” masjidi

1816-yil

Xiva shahri, “Ichon qal’a” MFY, A.Boltayev ko‘chasi, 40-uy

Toshkent shahar

301.

“Azlarxon Eshon” majmuasi

XVII asr

Shayxontohur tumani, Yalonkor ko‘chasi, 2-uy

302.

“Eshonzodalar” sag‘anasi

XIX-XX asrlar

Shayxontohur tumani, Olmazor ko‘chasi, 74-uy

303.

“Chilla ota” ziyoratgohi

Noma’lum (taxminan XV asr)

Olmazor tumani, “Chustiy” mahallasi

304.

“Saidvaqqos ota” maqbarasi

XX asr

Uchtepa tumani, Uyg‘ur ko‘chasi, 592-uy, “Said Vaqqos ota” qabristoni

305.

“Sultonhoji ota” maqbarasi

XIX-XX asrlar

Olmazor tumani, Nurafshon va Qorasaroy ko‘chalari kesishuvi (Uchqo‘rg‘on 1 tor ko‘chasi)

306.

“Xo‘ja Allambardor” majmuasi (maqbara va chillaxona)

XIX asrlar

Shayxontohur tumani, Yangiobod ko‘chasi

307.

“Shom ota” sag‘anasi

Noma’lum

Samarqand darvoza ko‘chasi, 85-maktab hududi

308.

“G‘oyib ota” sag‘anasi

XX asr

Olmazor tumani, Qorasaroy ko‘chasi, “G‘oyib ota” qabristoni

309.

“Qorahoji ota” maqbarasi

XX asr

Olmazor tumani, “Tansiqboyev” massivi, “Qoraxoji ota” qabristoni

310.

“Shoshtepa” (Chochtepa) arxeologiya yodgorligi

Miloddan avvalgi IV-eramizning XII asrlari

Sergeli tumani, Choshtepa ko‘chasi

311.

“Chilonzor Oqtepasi” majmuasi

XVI asr

Shayxontohur tumani, S.Yesenin ko‘chasi

312.

“Yunusobod Oqtepasi” arxeologiya yodgorligi

V XII asrlar

Yunusobod tumani, Otaboy ota Tursunov ko‘chasi

313.

“Kallaxona” masjidi

XVIII-XIX asrlar

Olmazor tumani, Saqchimon ko‘chasi

314.

“Chopon ota” majmuasi

Aniqlanmagan

Uchtepa tumani, 13-daha

315.

“Ko‘k masjid” arxitektura yodgorligi

XIX asr

Shayxontoxur tumani, Ko‘k masjid ko‘chasi, 60-uy

316.

“Abulkosim” madrasasi

XIX asr

Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi

317.

“Ibrohim ota” maqbarasi

XVII asr

Olmazor tumani, Qorasaroy ko‘chasi, “Ibroxim ota” qabristoni

318.

“Ko‘k to‘nli ota” maqbarasi

XIX-XX asrlar

Shayxontohur tumani, Suzuk ota ko‘chasi

319.

“Xo‘ja Nuriddin” maqbarasi

XVI asr

Samarqand darvoza ko‘chasi, 105-uy

320.

“Sharofboy” masjidi

XIX asr

Olmazor tumani, Farobiy ko‘chasi, 58-uy

321.

“Gulbozor” masjidi

XIX asr

Chilonzor tumani, Haqiqat ko‘chasi

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-fevraldagi 100-son qaroriga
3-ILOVA
Uzoq xorij va qo‘shni respublikalardan xorijiy turistlarni qabul qilish va ularga qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha
“YO‘L XARITASI”

T/r

Tadbirlar

Bajarish muddati

Ijro uchun mas’ullar

Nazorat uchun mas’ullar

I. “O‘zbekiston — islom madaniyati markazi” brendini yaratish va targ‘ib qilish

1.

2021 — 2025-yillarda ziyorat turizmi targ‘iboti uchun “O‘zbekiston — islom madaniyati markazi” yagona ziyorat turizmi brendi va targ‘ibot konsepsiyasini ishlab chiqish.

Amalga oshirish shakli: konsepsiya loyihasini ishlab chiqish

2021-yil may

Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (U. Azamov), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov), Musulmonlar idorasi (U. Alimov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov)

2.

Xorijiy ekspert va ziyorat turizmi mutaxassislari ishtirokida “O‘zbekiston — islom madaniyati markazi” targ‘ibot konsepsiyasi asosida targ‘ibot materiallarini xorijdagi diplomatik vakolatxonalarga yetkazish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil may oyidan boshlab

Amalga oshirish uchun — Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (U. Azamov), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov)

3.

“O‘zbekiston — islom madaniyati markazi” brendi ostida (dizayn, banner, poster, taqdimot va roliklarni qamrab olgan) namunaviy ko‘chma ko‘rgazma stend loyihasini ishlab chiqish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil iyun

Amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (U. Azamov), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov), Musulmonlar idorasi (U. Alimov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov)

4.

Malayziya, Turkiya, Rossiya, Indoneziya, Singapur, Pokiston, Hindiston, Buyuk Britaniya va boshqa xorijiy mamlakatlarning markaziy masjidlarida “O‘zbekiston — islom madaniyati markazi” haftaligini o‘tkazish va haftalik doirasida ko‘chma ko‘rgazma va targ‘ibot suhbatlarini tashkil etish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil avgust-sentabr

Amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (U. Azamov), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov), Musulmonlar idorasi (U. Alimov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov)

5.

Soekarno-Natta International Airport (Indoneziya), Kuala-Lumpur International Airport (Malayziya), Istanbul Grand Airport (Turkiya), Dubai International Airport (BAA) va boshqa xorijdagi yirik aeroportlarda “O‘zbekiston — islom madaniyati markazi” ko‘chma stendini tashkil etish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil avgust oyidan boshlab

Amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (U. Azamov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Transport vazirligi (I. Mahkamov), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov)

6.

Kuala-Lumpur shahridagi “Islom san’ati muzeyi” va Jakarta shahridagi “Istiqlol muzeyi” hamda Turkiyaning Istanbul, Anqara, Izmir, Ko‘niya, Sakariya, Kayseri kabi yirik shaharlaridagi Madaniyat markazlarida “O‘zbekiston — islom madaniyati markazi” nomidagi maxsus pavilyon va ko‘rgazmalarni tashkil etish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil avgust oyidan boshlab

Amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (U. Azamov), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), “Uzbekistan Airways” AJ (I. Mahkamov), Transport vazirligi (I. Mahkamov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov)

7.

“Mir Arab madrasasi” bibliografik foto-albomini chop etish va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlarning muftiyatlariga tarqatilishini ta’minlash.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil may

Amalga oshirish uchun — Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov), Musulmonlar idorasi (U. Alimov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov)

8.

“Alif TV” (Rossiya), “IlmFeed” (Buyuk Britaniya), “NalalTrip”, “NasDaily” (Singapur), “National Geographic” (AQSH), “TRT Avaz” (Turkiya), “Trans7”, “NetTV” va “SCTV” (Indoneziya), “AlNijrah” (Malayziya) va boshqa xorijiy media-platformalarda respublikaning “ziyorat turizmi” salohiyatini ommalashtirishga qaratilgan media-kontentlar yaratish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil davomida

Amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (U. Azamov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov)

II. Mamlakat hududida ziyorat turizmiga oid madaniy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish

9.

Xorijiy mamlakatlarda islomshunoslik sohasida ta’lim olayotgan o‘quvchilarni ziyorat obyektlari bilan tanishtirishga qaratilgan “Islomiy akademik sayohat” (Islamic academic tour) dasturi loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar dasturi

2021-yil iyun

Ishlab chiqish va amalga uchun — Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (U. Azamov), Musulmonlar idorasi (U. Alimov), Islom sivilizatsiyasi markazi (Sh. Minovarov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov)

10.

“O‘zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirishning kelgusidagi istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etish va o‘tkazish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil sentabr

Tashkil etish va amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (U. Azamov), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov)

III. Ziyorat turizmi yo‘nalishida xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik

11.

Respublika hududida joylashgan islom madaniyati va tarixi bilan bog‘liq madaniy meros obyektlarini Islom hamkorlik tashkilotining “Islom madaniy merosi ro‘yxati”ga kiritish choralarini ko‘rish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

2021-2022-yillar

Amalga oshirish uchun — Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov), Musulmonlar idorasi (U. Alimov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov)

12.

Turkiya Din ishlari boshqarmasi, Qozog‘iston musulmonlari idorasi, Rossiya Muftiylar kengashi va hududlardagi muftiyatlar, Kavkaz musulmonlari idorasi bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi o‘rtasida ziyorat turizm sohasida uzviy hamkorlik aloqalarini o‘rnatish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil davomida

Amalga oshirish uchun — Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov), Musulmonlar idorasi (U. Alimov), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (U. Azamov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov)

13.

Dunyo bo‘ylab o‘tkaziladigan Qur’on, azon va hadis musobaqalarida O‘zbekiston nomidan “Imomlar yurtiga sayohat” mukofotini joriy qilish va musobaqalar g‘oliblarining sayohatini tashkillashtirish.

Amalga oshirish shakli: me’yoriy huquqiy hujjat loyihasi

2021-yildan boshlab doimiy ravishda

Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), O‘zbekiston musulmonlar idorasi (U. Alimov), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (U. Azamov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov)

14.

Toshkentdagi “Usmon mus’hafi”ning ahamiyatini keng targ‘ib qilish va ommalashtirish maqsadida “Usmon mus’hafi” nomli maxsus suvenirlar kolleksiyasini yaratish va sotuvini yo‘lga qo‘yish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil may

Tashkil etish va o‘tkazish uchun — Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov)

IV. Ziyorat turizmi infratuzilmasini rivojlantirish

15.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ishlab chiqish:

arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish sohasiga doir atamalarni yangilash, shu jumladan, “dastlabki arxeologik ishlar”, “dala arxeologik tadqiqotlari”; “himoya-qutqaruv arxeologik ishlar”; “arxeologik materiallarni kameral ishlash” kabi yangi atamalarini kiritish;

aniqlanmagan arxeologik obyektlarni saqlab qolishga qaratilgan “arxeologik ekspertiza” to‘g‘risidagi normani kiritish;

O‘zbekiston Respublikasining elektron arxeologik xaritasini o‘zida mujassamlashtirgan arxeologik yodgorliklarning yagona elektron davlat reyestriga yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishini belgilash;

arxeologik tadqiqotlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilash;

arxeologik yodgorliklari davlat qo‘riqxonasi to‘g‘risidagi normalar bilan to‘ldirish.

Amalga oshirish shakli: Qonun loyihasini ishlab chiqish

2021-yil iyul

Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev) Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (U. Azamov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov)

16.

Moddiy madaniy meros, shu jumladan, arxeologiya merosi obyektlari hududlarining kirish qismida ularning Davlat va YUNESKO tomonidan muhofazaga olinganligini ko‘rsatuvchi, shuningdek, tashrif buyuruvchilar tomonidan kirishda belgilangan ehtiyot choralari to‘g‘risida ma’lumot aks ettirilgan turistik ko‘rsatkich belgilarini o‘zbek, rus va ingliz tillarida o‘rnatish tadbirlarni amalga oshirish.

Bunda, mazkur ko‘rsatkich belgilar har bir hududning tabiiy iqlim sharoiti, shu jumladan, quyosh va yog‘ingarchilik mavsumiga chidamli materiallardan tayyorlanishiga alohida e’tibor qaratilishi talab etiladi.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil oktabr

Ishlab chiqish uchun — Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (U. Azamov)

Amalga oshirish uchun — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov)

17.

Imom al-Buxoriyning hadislar to‘plami, Ibn Sinoning “Tib qonunlari”dan tanlangan bandlari to‘plami, Imom Nasafiyning “Aqoid” asari, Amir Temurning “Temur tuzuklari”, Alisher Navoiy hikmatlari to‘plami, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” va boshqa allomalar asarlarini xorijiy (ingliz, arab, turk, rus) tillarda sifatli usulda nashr etish hamda ziyoratgohlar, temir yo‘l vokzallarida sotuvini yo‘lga qo‘yish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil may oyidan boshlab doimiy ravishda

Amalga oshirish uchun — Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Musulmonlar idorasi (U. Alimov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (U. Azamov), Transport vazirligi (I. Mahkamov), “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (X. Xosilov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov)

18.

Buxoro viloyatidagi “Yetti pir” majmualaridagi infokiosklarda joylashtirish uchun “Tariqatning yetti piri” nomli multimedia dasturini ishlab chiqish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil iyun

Ishlab chiqish va joylashtirish uchun — Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (U. Azamov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov)

V. Xorijiy mamlakatlarda respublikaning ziyorat turizmi salohiyatini targ‘ib qilish

19.

“2021-yil O‘zbekiston ziyorat turizmi kalendari” va targ‘ibot materiallarini Rossiya ulamolari kengashi bilan hamkorlikda mamlakatdagi masjidlar va madrasalarga tarqatish.

Amalga oshirish shakli: reja grafik ishlab chiqish

2021-yil aprel

Ishlab chiqish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (U. Azamov), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov)

Amalga oshirish uchun — Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (U. Azamov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov)

20.

Rossiya Federatsiyasining Tatariston, Checheniston, Dog‘iston va boshqa subyektlarida “Imomlar yurtiga sayohat” nomli targ‘ibot ishlarini olib borish.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasi

2021-yil maydan boshlab doimiy ravishda

Ishlab chiqish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (U. Azamov), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov) Amalga oshirish uchun — Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (U. Azamov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov)

21.

Checheniston hukumati bilan hamkorlikda “Ahmad Qodirov izidan” turmarshrutini ishlab chiqish va marshrutni Checheniston va Rossiyadagi chechenlar orasida targ‘ib qilish.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasi

2021-yil maydan boshlab doimiy ravishda

Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (U. Azamov), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov), O‘zbekiston musulmonlar idorasi (U. Alimov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov)

22.

Sankt-Peterburg va Moskva shaharlaridagi markaziy masjidlarda “O‘zbekiston — islom madaniyati markazi” ko‘chma ko‘rgazmasini tashkil etish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil iyun — avgust

Amalga oshirish uchunTurizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (U. Azamov), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov), O‘zbekiston musulmonlar idorasi (U. Alimov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov)

23.

Saudiya Arabistoniga ko‘chib ketgan o‘zbek diasporasi faollari bilan uchrashuv o‘tkazish, ular orasidan media targ‘ibot, investitsiya sohalarida hamkorlarni aniqlash.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil may

Amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (U. Azamov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), O‘zbekiston musulmonlar idorasi (U. Alimov), Investitsiya va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov)

24.

Toshkentdagi “Usmon mus’hafi”ga atab Jakartaning markaziy bog‘ida Ginnesning rekordlar kitobiga kirish uchun kalligrafiya tadbirini tashkil etish.

Amalga oshirish shakli: Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasi

2021-yil may

Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (U. Azamov), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov)

25.

Indoneziyadagi eng ko‘p tomosha qilinadigan “Nafiz Indonesia” telemusobaqalariga rasmiy homiy bo‘lish, final bosqichi g‘oliblarini O‘zbekiston bo‘ylab ziyoratini tashkil etish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil davomida

Amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (U. Azamov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov), O‘zbekiston musulmonlar idorasi (U. Alimov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov)

26.

Eron fuqarolari uchun “O‘zbekistonda Navro‘z” nomli maxsus sayohat dasturini ishlab chiqish va targ‘ib qilish.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasi

2021-yil aprel

Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (U. Azamov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov), O‘zbekiston musulmonlar idorasi (U. Alimov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov)

27.

Bangladeshda O‘zbekiston ziyorat turizm salohiyatini targ‘ib qilish bo‘yicha marketing strategiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasi

2021-yil may

Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (U. Azamov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov)

28.

Istanbul shahrida joylashgan “Turk dunyosi madaniyat markazi”dagi O‘zbekiston burchagini takomillashtirish va zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlash.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil davomida

Amalga oshirish uchun — Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (U. Azamov), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov), Islom sivilizatsiyasi markazi (Sh. Minovarov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov)

29.

“Sukarno izidan” va “Ollohshukur Poshshozoda izidan” nomi ostida turizm marshrutlarini ishlab chiqish va targ‘ib qilish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yildan boshlab doimiy ravishda

Amalga oshirish uchunTurizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (U. Azamov), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov)

VI. Markaziy Osiyo va Afg‘oniston davlatlari orasida mamlakatning ziyorat turizmi salohiyatini targ‘ib qilish

30.

“Bobur” nomli O‘sh Davlat akademik o‘zbek musiqali drama teatrida allomalar va yurtimiz haqidagi spektal va taqdimotlarni tashkil qilish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

Grafik asosida

Amalga oshirish uchun — Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)

Vazirlar Mahkamasi (B. Musayev, A. Abduhakimov)

31.

Qo‘shni mamlakatlar uchun “O‘zbekistonda Navro‘z” nomli maxsus sayohat dasturi doirasida maxsus avtobus va temir yo‘l qatnovini yo‘lga qo‘yish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yildan boshlab doimiy ravishda

Amalga oshirish uchun — Transport vazirligi (I. Mahkamov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (X. Xosilov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Ramatov, A. Abduhakimov)

32.

Qo‘shni davlatlar diniy ta’lim muassasalari o‘qituvchi va talabalarining O‘zbekiston islom akademiyasi, “Mir Arab” madrasasi, “Imom Buxoriy” hadis maktabi va shu kabi qator madrasalarga tanishuv sayohatlarini o‘z ichiga olgan turpaketlar ishlab chiqish.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasi

2021-yil mart

Amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (U. Azamov), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov)

33.

Mamlakatimiz hududida joylashgan qozoq biylari (“Ayteke bi”, “To‘labiy”) ziyoratgohlari, yassaviylik tariqati shayxlari (Shayx Hovandi Tohur, Suzuk ota, Hakim ota) to‘g‘risidagi targ‘ibot materiallarini tayyorlash va chop etish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil may

Amalga oshirish uchunTurizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (U. Azamov), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov)

34.

Afg‘onistondagi o‘zbek diasporasi faollari bilan uchrashuv o‘tkazish, ular orasidan media targ‘ibot, turizm targ‘iboti sohalarida hamkorlarni aniqlash.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

Kelishuvga asosan

Amalga oshirish uchun — Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (U. Azamov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov)

35.

Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston davlatlari bilan chegara o‘tkazish punktlari yaqinida ziyorat ma’lumot markazini tashkil etish, markazlarni targ‘ibot materiallari bilan ta’minlash va viloyat markazlariga avtobus qatnovlarini yo‘lga qo‘yish.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasi

2021-yil iyun

Markazni tashkil etish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (U. Azamov), Davlat xavfsizlik xizmati Davlat chegara qo‘shinlari (S. Xusanov), Davlat bojxona qo‘mitasi (M. Azimov)

Transport qatnovini amalga oshirish uchunTransport vazirligi (I. Mahkamov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Ramatov)

36.

Qo‘shni davlatlarning chegaradosh hududlaridagi telekanallar bilan hamkorlik o‘rnatish va O‘zbekiston ziyoratgohlari haqidagi qiziqarli video kontentni muntazam yetkazib berish. Xususan, Ramazon oyida allomalarimiz haqidagi filmlarni taqdim etish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

Kelishuvga asosan

Amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (U. Azamov), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xodjayev)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov)

37.

Abu Rayxon Beruniy tug‘ilgan va dafn etilgan joylar — Beruniy tumani va G‘azni shahri (Afg‘oniston) o‘rtasida birodarlik munosabatlarini o‘rnatish va ziyoratlarni tashkil etish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

Kelishuvga asosan

Amalga oshirish uchun — Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov)

38.

Turkmaniston fuqarolari uchun “Ulli hovliga sayohat” turlarini ishlab chiqish, Xorazm va Buxoro universitetlari imkoniyatlarini namoyish etuvchi Ta’lim yarmarkalarini tashkil etish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil davomida

Amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (U. Azamov), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov)

39.

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlarning yirik shaharlari o‘rtasida mavjud avtobus reyslari sonini ko‘paytirish bo‘yicha asoslantirilgan takliflar tayyorlash.

Amalga oshirish shakli: tahliliy ma’lumot tayyorlash

2021-yil aprel

Amalga oshirish uchun — Transport vazirligi (I. Mahkamov), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (U. Azamov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Ramatov)

40.

Qo‘shni mamlakatlarning taniqli imomlari, bloger va yetakchi telekanallari uchun O‘zbekistonning ziyorat turizmi salohiyatini ommalashtirish uchun oqim past mavsumda info-turlar tashkil etish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

Grafik asosida

Amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (U. Azamov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov)

41.

Xorijiy mamlakatlarning yirik masjidlari (Sulton Ahmad (Istanbul), Al Buxoriy (Kuala-Lumpur), Istiqlol (Jakarta), Dehli jomye (Dehli) masjidlari) va boshqa diniy muassasalarda respublika imomlari tomonidan O‘zbekistonning ziyorat turizmi salohiyati borasidagi mav’iza va ma’ruzalarini o‘tkazib borish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

Kelishuvga asosan

Amalga oshirish uchun — Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov), Musulmonlar idorasi (U. Alimov), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (U. Azamov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov)

VII. Transport-logistika xizmatlarini yaxshilash va rivojlantirish

42.

“Toshkent-Buxoro-Mashhad-Tehron” xalqaro avtobus marshrutini yo‘lga qo‘yish.

Bunda, yo‘nalishni amalga oshirish uchun Eron Hukumati bilan tranzit reyslar bo‘yicha kelishuvga erishish choralarini ko‘rish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

Kelishuvga asosan

Amalga oshirish uchun — Transport vazirligi (I. Mahkamov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Ramatov, A. Abduhakimov)

43.

Turkiyaaviakompaniyalari tomonidan taqdim etilgan Turkiya shaharlaridan Samarqand va Buxoro shaharlariga hamda Anqara shahridan Toshkent shahriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni amalga oshirish bo‘yicha murojaatlariga ruxsatnoma rasmiylashtirilishini hal etish.

Bunda, asosan ziyorat turizm yo‘nalishida xorijiy turistlar oqimini oshirishga birinchi navbatda e’tibor qaratiladi.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar

2021-yil

Amalga oshirish uchun — Transport vazirligi (I. Mahkamov), Fuqaro aviatsiyasi agentligi (T. O‘ljayev)

Vazirlar Mahkamasi (A. Ramatov, A. Abduhakimov)

44.

“Air Cairo” ( Misr), “Pegasus Airlines” (Turkiya), “Corendon Airlines” (Turkiya), “Flydubai” (BAA), “Jazeera Airlines” (Quvayt), “Aseman Airlines” (Eron), Zagros Airlines (Eron) va Air Arabia (BAA) aviakompaniyalarining tegishligiga ko‘ra doimiy va charter reyslarini tashkil etish, muntazam reyslar sonini oshirish bo‘yicha murojaatlarining rasmiylashtirilishini hal etish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar

2021-yil

Amalga oshirish uchun — Transport vazirligi (I. Mahkamov), Fuqaro aviatsiyasi agentligi (T. O‘ljayev)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov, S. Umurzakov)

45.

“Numo air” aviakompaniyasi faoliyatini to‘liq yo‘lga qo‘yish va avia qatnovlarini amalga oshirilishini ta’minlash.

Xorijiy mamlakatlardan O‘zbekiston Respublikasiga, shuningdek, respublika hududlarini o‘zaro bog‘lovchi qo‘shimcha va yangi avia qatnovlarni yo‘lga qo‘yish maqsadida salohiyatli investorlar bilan aviakompaniya tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar

2021-yil aprel-may

Amalga oshirish uchun — Transport vazirligi (I. Mahkamov), Fuqaro aviatsiyasi agentligi (T. O‘ljayev)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov, S. Umurzakov)

46.

Kuwait Airways (Quvayt), Garuda (Indoneziya), Citilink (Indoneziya), Lion Air (Indoneziya), Malaysia Airlines (Malayziya), Biman Airlines (Bangladesh), FlyNas (Saudiya Arabistoni), Freebird Airlines (Turkiya), Gulf Air (Baxrayn), Salam Air (Oman), Oman Air (Oman), Qatar Airways (Qatar), Serene Air (Pokiston), Wizz Air (Vengriya), IFLY (Rossiya), SkyUp (Ukraina), LOT Airlines (Polsha), Nainan Airlines (XXR), Asiana Airlines (Koreya), Air Baltic (Latviya) va Czech Airlines (Chexiya) aviakompaniyalari bilan muzokaralar olib borgan holda, ular bilan Respublika shaharlariga doimiy va charter reyslarini tashkil etish, muntazam reyslar sonini oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishish.

Bunda, asosan ziyorat turizm yo‘nalishida xorijiy turistlar oqimini oshirishga birinchi navbatda e’tibor qaratiladi.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil aprel-may

Amalga oshirish uchun — Transport vazirligi (I. Mahkamov), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (U. Azamov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov, S. Umurzakov)

47.

O‘zbek diasporasi istiqomat qiladigan qo‘shni mamlakatlarning yirik shaharlari (O‘sh, Jalolobod, Turkiston, Chimkent, Dushanbe, Xo‘jand, Mozorisharif)dan turizm salohiyati yuqori bo‘lgan shaharlarimizga avtobus marshrutlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil aprel

Amalga oshirish uchun — Transport vazirligi (I. Mahkamov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (U. Azamov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Ramatov, A. Abduhakimov)

48.

“QANTAS” aviakompaniyasi bilan hamkorlik o‘rnatish maqsadida muzokaralar olib borish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil davomida

Amalga oshirish uchun — Transport vazirligi (I. Mahkamov), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (U. Azamov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Qudratov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov, S. Umurzakov)

49.

“O‘sh-Toshkent” yo‘nalishini amalga oshirish uchun Tojikistonning Ho‘jand shahridan o‘tgan magistralda harakatlanish bo‘yicha Tojikiston hukumati bilan kelishuvga erishish choralarini ko‘rish.

Kelishuv natijasiga ko‘ra xalqaro muntazam avtobus yo‘nalishini tashkil qilish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

Kelishuvga asosan

Amalga oshirish uchun — Transport vazirligi (I. Mahkamov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Ramatov, A. Abduhakimov)

50.

Farg‘ona-Urganch-Farg‘ona, Termiz-Urganch-Termiz va Qarshi-Urganch-Qarshi hamda Toshkent shahridan Buxoro, Nukus, Termiz, Urganch shaharlari va Farg‘ona vodiysiga qatnov yo‘nalishlari bo‘yicha aviareyslarni, shuningdek, Andijon-Xiva-Andijon hamda 2021-yil 1-aprelga qadar yo‘lga qo‘yiladigan Termiz-Qarshi-Xiva, Xiva-Urganch-Nukus va Termiz-Qarshi-Samarqand temir yo‘l qatnovlarini subsidiyalash bo‘yicha Maxsus komissiyaning qarorini qabul qilish.

Bunda, subsidiyalashning eng yuqori (cheklangan) darajasi (summasi) ni o‘rnatishni nazarda tutish.

Amalga oshirish shakli: Maxsus komissiyaning qarorini

2021-yil mart

Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (U. Azamov), Transport vazirligi (I. Mahkamov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov)

51.

O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalanishi belgilangan transport qatnovlari va ularni hamda mehmonxona xizmatlarini subsidiyalash miqdori to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilib borish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

doimiy

Amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (U. Azamov), Transport vazirligi (I. Mahkamov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov)

VIII. Mamlakatning buddaviylik, yahudiylik, zardo‘shtiylikka oid ziyorat turizmi salohiyatini targ‘ib qilish

52.

Buxoro yahudiylari kongresslari bilan hamkorlikda O‘zbekistonning ziyorat turizmi salohiyatini Isroil, AQSH, Kanada, Sharqiy va G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida keng targ‘ib qilish.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasi

2021-yil davomida

Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (U. Azamov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov)

53.

“The Bukharian Times” (AQSH) va “Menora” (Isroil) nashrlarida O‘zbekistonning butunjahon yahudiylari uchun ziyorat turizmi salohiyatini targ‘ib qilish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil davomida

Amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (U. Azamov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov)

54.

Xorazm va Qoraqalpog‘iston hududlarida joylashgan zardo‘shtiylik obidalari bo‘ylab yangi turizm marshrutlarini ishlab chiqish.

Eron, Hindiston va Yevropa zardo‘shtiylik jamoalari uchun targ‘ibot ishlarini amalga oshirish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yildan boshlab doimiy ravishda

Amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (U. Azamov), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov)

55.

Butunjahon yahudiylar kongressining O‘zbekistondagi vakolatxonasini tashkil qilish masalasini o‘rganib chiqish.

Amalga oshirish shakli: takliflar ishlab chiqish

2021-yil may

Amalga oshirish uchun — Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (U. Azamov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov)

56.

Buxoro yahudiylarining yurtimizdagi merosini namoyish etuvchi muzey tashkil qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Amalga oshirish shakli: takliflar ishlab chiqish

2021-yil may

Ishlab chiqish uchun — Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov), Buxoro viloyati hokimligi (B. Zaripov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (U. Azamov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov)

57.

Isroil shaharlarida madaniy tadbirlar, fotoko‘rgazmalar va konsertlarni tashkil etish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yildan boshlab doimiy ravishda

Tashkil etish va o‘tkazish uchun — Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (U. Azamov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov)

58.

Isroil shaharlarida “Buxoro va Samarqandni bilasizmi?” intervyularini tashkil etish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yildan boshlab doimiy ravishda

Amalga oshirish uchun — Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (U. Azamov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov)

59.

O‘zbekistonning Isroildagi turizm elchisi va “Xanda-xanda” teatr bilan hamkorlikda targ‘ibot videoroliklarini yaratish va xorijiy bozorlarda keng tarqatish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy choralar

2021-yildan boshlab doimiy ravishda

Tashkil etish va o‘tkazish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (U. Azamov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)

Vazirlar Mahkamasi (B. Musayev, A. Abduhakimov)

60.

Surxondaryodagi buddizm merosini qayta tiklash va uni ilmiy o‘rganish bo‘yicha yapon arxeologi Kyudzo Kato boshlagan ishlarni tiklash, malakali yapon olimlarini jalb qilish.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasi

2021-yildan boshlab doimiy ravishda

Amalga oshirish uchun — Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Surxondaryo viloyati

hokimligi (T. Bobolov), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (U. Azamov)

Vazirlar Mahkamasi (B. Musayev, A. Abduhakimov)

61.

Buddizm obidalarini o‘rganish bo‘yicha arxeologik turizm yo‘nalishida buddizm e’tiqodi tarqalgan mamlakatlardan o‘qituvchi va talabalar uchun maxsus turlar tashkil etish, ularning uzoq muddatga Surxondaryoda qolib, izlanish va amaliyot darslarini tashkil etish bo‘yicha sharoitlar yaratish.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasi

2021-yildan boshlab doimiy ravishda

Amalga oshirish uchun — Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Tashqi ishlar vazirligi

(A. Komilov), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (F. Davrukov), Surxondaryo viloyati hokimligi (T. Bobolov)

Vazirlar Mahkamasi (B. Musayev, A. Abduhakimov)

62.

O‘zbekiston hududida buddizm kirib kelishi va rivoji tarixiga bag‘ishlab maxsus video rolik va broshyuralar yaratish va xorijiy bozorlarda targ‘ib etish.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasi

2021-yil may oyidan boshlab doimiy ravishda

Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (U. Azamov), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov)

63.

Xitoy bozori uchun O‘rta Osiyoning buddizm merosi va Farg‘ona otlari (Samoviy duldullar) mavzulari bo‘yicha videoroliklar yaratish.

Amalga oshirish shakli: targ‘ibot materiallari ishlab chiqish

2021-yil may-iyun

Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizmni

rivojlantirish davlat qo‘mitasi (U. Azamov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Surxondaryo viloyati hokimligi (T. Bobolov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov)

64.

Yurtimizning turli dinlar merosini aks ettiruvchi videoroliklarni avia, jumladan xorijiy aviakompaniyalar va poyezdlar bortlari mediatekasiga kiritish.

Amalga oshirish shakli: targ‘ibot materiallarini ishlab chiqish

2021-yil mart oyidan boshlab doimiy ravishda

Ishlab chiqish uchun — Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (U. Azamov), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov)

Tashkil etish uchun — Transport vazirligi (I. Mahkamov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Ramatov, A. Abduhakimov)

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-fevraldagi 100-son qaroriga
4-ILOVA
Xorijiy tillarga tarjima qilinadigan va targ‘iboti keng amalga oshiriladigan, allomalar va ziyoratgohlar to‘g‘risidagi filmlar
RO‘YXATI

T/r

Filmlar nomi

Tarjima qilinadigan tillar

Targ‘ib qilish yoki yaratish mexanizmi

Tarjima qilinadigan mavjud filmlar

1.

“Imom At-Termiziy” badiiy film (2018-yil, o‘zbek tilida)

Ingliz, turk, indonez, arab, urdu, bengal, rus, fors, fransuz, malay tillari

Mavjud filmdan epizodlar olib, roliklar tayyorlash

2.

“Ibn Sino” hujjatli film (2016-yil, o‘zbek tilida)

Ingliz, turk, indonez, arab, urdu, bengal, rus, fors, fransuz, malay tillari

To‘liq film tarjimasi va epizodlar olib, roliklar tayyorlash

3.

“Az-Zamaxshariy” hujjatli film (2014-yil, o‘zbek tilida)

Arab, ingliz, turk, rus, urdu tillari

To‘liq film tarjimasi

4.

“Abu Rayhon Beruniy” hujjatli film (2011-yil, o‘zbek tilida)

Ingliz, turk, indonez, arab, urdu, bengal, afg‘on, rus, fors, fransuz, malay tillari

To‘liq film tarjimasi va epizodlar olib, roliklar tayyorlash

5.

“Zahiriddin Muhammad Bobur” hujjatli film (2012-yil, o‘zbek tilida)

Ingliz, turk, indonez, arab, urdu, bengal, rus, fors, fransuz, malay tillari

To‘liq film tarjimasi va epizodlar olib, roliklar tayyorlash

6.

“Mahmud Koshg‘ariy” hujjatli film (2013-yil, o‘zbek tilida)

Turk, ozarbayjon, rus, ingliz tillari

To‘liq film tarjimasi va epizodlar olib, roliklar tayyorlash

7.

“Nasafiy” hujjatli film (2017-yil, o‘zbek tilida)

Ingliz, turk, indonez, arab, malay tillari

To‘liq film tarjimasi va epizodlar olib, roliklar tayyorlash

8.

“Jomiy” hujjatli film (2018-yil, o‘zbek tilida)

Rus, ingliz, tojik tillari

To‘liq film tarjimasi va epizodlar olib, roliklar tayyorlash

9.

“Suzuk ota” hujjatli film (2019-yil, o‘zbek tilida)

Rus, turk, qozoq, ingliz, indonez tillari

To‘liq film tarjimasi va epizodlar olib, roliklar tayyorlash

10.

“Naqshbandiy” hujjatli film (2018-yil, o‘zbek tilida)

Ingliz, turk, indonez, arab, urdu, bengal, rus, fors, fransuz, malay tillari

To‘liq film tarjimasi va epizodlar olib, roliklar tayyorlash

11.

“Pahlavon Mahmud” hujjatli film (2019-yil, o‘zbek tilida)

Ingliz, turk, indonez, arab, urdu, bengal, rus, fors, fransuz, malay tillari

To‘liq film tarjimasi va epizodlar olib, roliklar tayyorlash

12.

“Ulug‘bek” hujjatli film (1993-yil, o‘zbek tilida)

Ingliz, turk, indonez, arab, urdu, bengal, rus, fors, fransuz, malay tillari

Filmdan epizodlar olib, roliklar tayyorlash

13.

“Najmiddin Kubro” hujjatli film (1995-yil, o‘zbek tilida)

Arab, fors, rus, ingliz tillari

Filmdan epizodlar olib, roliklar tayyorlash

14.

“Amir Temur” badiiy film (1996-yil, o‘zbek tilida)

Ingliz, turk, indonez, arab, urdu, bengal, rus, fors, fransuz, malay tillari

To‘liq film tarjimasi va epizodlar olib, roliklar tayyorlash

15.

“Buyuk Sohibqiron” hujjatli film (1996-yil, o‘zbek tilida)

Ingliz, turk, indonez, arab, urdu, bengal, rus, fors, fransuz, malay tillari

Filmdan epizodlar olib, roliklar tayyorlash

16.

“Imom al-Buxoriy” hujjatli film (1998-yil, o‘zbek tilida)

Ingliz, turk, indonez, arab, urdu, bengal, rus, fors, fransuz, malay tillari

To‘liq film tarjimasi va epizodlar olib, roliklar tayyorlash

17.

“Behzod” hujjatli film (1999-yil, o‘zbek tilida)

Ingliz, turk, indonez, arab, urdu, bengal, rus, fors, fransuz, malay tillari

To‘liq film tarjimasi va epizodlar olib, roliklar tayyorlash

18.

“Fiqh olamining sultoni (Marg‘inoniy)” hujjatli film (2000-yil, o‘zbek tilida)

Arab, turk, rus, urdu tillari

To‘liq film tarjimasi va epizodlar olib, roliklar tayyorlash

19.

“Xo‘ja Ahmad Yassaviy” hujjatli film (2004-yil, o‘zbek tilida)

Arab, ingliz, turk, rus, urdu tillari

To‘liq film tarjimasi va epizodlar olib, roliklar tayyorlash

20.

“Mirzo Ulug‘bek” hujjatli film (2007-yil, o‘zbek tilida)

Ingliz, turk, indonez, arab, urdu, bengal, rus, fors, fransuz, malay tillari

To‘liq film tarjimasi va epizodlar olib, roliklar tayyorlash

21.

“Imom al-Buxoriy” hujjatli film (2007-yil, o‘zbek tilida)

Ingliz, turk, indonez, arab, urdu, bengal, rus, fors, fransuz, malay tillari

To‘liq film tarjimasi va epizodlar olib, roliklar tayyorlash

Yangi tasvirga olinadigan filmlar mavzulari

22.

“Imom Dorimiy” hujjatli film (o‘zbek tilida)

Ingliz, rus

Ssenariy “O‘zbekkino” milliy agentligi tomonidan shakllantiriladi

23.

Kamoliddin Behzod miniaturalari asosida multfilmlar seriyasi (o‘zbek tilida)

Ingliz, rus

Ssenariy “O‘zbekkino” milliy agentligi tomonidan shakllantiriladi

24.

Ahmad al-Farg‘oniy hayoti va ijodi to‘g‘risida badiiy film (o‘zbek tilida)

Ingliz, rus

Ssenariy “O‘zbekkino” milliy agentligi tomonidan shakllantiriladi

25.

“Imom Moturidiy” hujjatli film (o‘zbek tilida)

Turk, arab, ingliz, rus

Ssenariy “O‘zbekkino” milliy agentligi tomonidan shakllantiriladi

26.

“Pahlavon Mahmud” badiiy film (o‘zbek tilida)

Fors, ingliz, urdu, hind, rus

Ssenariy “O‘zbekkino” milliy agentligi tomonidan shakllantiriladi

27.

“Muhammad al-Xorazmiy” hujjatli film (o‘zbek tilida)

Ingliz, rus

Ssenariy “O‘zbekkino” milliy agentligi tomonidan shakllantiriladi

28.

“Amir Temur va Ahmad Yassaviy maqbarasi” hujjatli film (o‘zbek tilida)

Turk, fors, ingliz, rus

Ssenariy “O‘zbekkino” milliy agentligi tomonidan shakllantiriladi

29.

“Buxoro yahudiylari tarixi” mavzusidagi hujjatli film (o‘zbek tilida)

Ingliz, ivrit, rus

Ssenariy “O‘zbekkino” milliy agentligi tomonidan shakllantiriladi

30.

“Buxoro yahudiylaridan chiqqan taniqli shaxslar” hujjatli film (o‘zbek tilida)

Ingliz, ivrit, rus

Ssenariy “O‘zbekkino” milliy agentligi tomonidan shakllantiriladi

31.

Buddizm sayohati — Termiz hududidagi buddizm saltanati (o‘zbek tilida)

Ingliz, hind, yapon, xitoy, koreys, vyetnam, tay, rus

Ssenariy “O‘zbekkino” milliy agentligi tomonidan shakllantiriladi

32.

Zardusht va qadimgi Xorazm mavzusidagi hujjatli film (o‘zbek tilida)

Fors, hind, ingliz, rus

Ssenariy “O‘zbekkino” milliy agentligi tomonidan shakllantiriladi

33.

O‘zbekiston madrasalari mavzusida ma’rifiy serial (o‘zbek tilida)

Turk, arab, indonez, fors, ingliz, rus

Ssenariy “O‘zbekkino” milliy agentligi tomonidan shakllantiriladi

34.

“Sulton Uvays Qoroniy” hujjatli film (o‘zbek tilida)

Ingliz, rus

Ssenariy “O‘zbekkino” milliy agentligi tomonidan shakllantiriladi

35.

“Nasriddin Afandi” miniseriyalari (o‘zbek tilida)

Turk, ingliz, indonez

Ssenariy “O‘zbekkino” milliy agentligi tomonidan shakllantiriladi

36.

“Oltin Silsila” Naqshbandiya pirlari haqida hujjatli film (o‘zbek tilida)

Turk, ingliz, rus

Ssenariy “O‘zbekkino” milliy agentligi tomonidan shakllantiriladi

37.

“Xo‘janazar Huvaydo” hujjatli film (o‘zbek tilida)

Turk, ingliz, rus

Ssenariy “O‘zbekkino” milliy agentligi tomonidan shakllantiriladi

38.

“Samarqand toliblari” — Abdulloh Rudakiy, Umar Hayyom, Ali Qushchi kabi allomalarning Samarqanddagi hayoti va ijodi haqida hujjatli film (o‘zbek tilida)

Tojik, turk, fors, ingliz, rus

Ssenariy “O‘zbekkino” milliy agentligi tomonidan shakllantiriladi

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-fevraldagi 100-son qaroriga
5-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish hamda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘nalishlar xarajatlarining bir qismini O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan qaytarish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
(nizom nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-yanvardagi 5-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2023-y., 09/23/5/0009-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari hisobidan aviatashuvchilarga mahalliy yo‘nalishlardagi aviaqatnovlar, shu jumladan, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘nalishlar uchun chipta narxining bir qismini, shuningdek, turoperator va turagentlarga mahalliy turistlar uchun O‘zbekiston bo‘ylab tashkil etilgan sayohatlarning avia va temir yo‘l chiptalari hamda joylashtirish vositalarining mehmonxona xizmatlari xarajatlarining bir qismini qaytarish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-yanvardagi 5-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2023-y., 09/23/5/0009-son)
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
aviatashuvchi — O‘zbekiston Respublikasining rezident aviakompaniyasi;
transport chiptasi — O‘zbekiston Respublikasining bir hududidan ikkinchi hududiga avia va (yoki) temir yo‘l transporti orqali sayohatni amalga oshirish uchun xarid qilingan yo‘l hujjati;
joylashtirish vositalari — mehmonxonalar, turistik bazalar va majmualar, dam olish uylari va zonalari, pansionatlar, kempinglar, motellar, mehmon uylari, o‘tov va chodirli oromgohlar, sanatoriylar hamda mehmonxona xizmatlari (joylashtirish bo‘yicha xizmatlar) ko‘rsatiladigan boshqa obyektlar, shuningdek, joylashtirish vositasi sifatida tunab qolish uchun jihozlangan yer usti transporti;
mehmonxona xizmatlari — joylashtirish vositalarida vaqtinchalik yashash joyi berish bo‘yicha xizmatlar;
mahalliy turist — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
maxsus komissiya — subsidiyalanadigan aviaqatnovlar chiptalari va aviaqatnov yo‘nalishlarini hamda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan mahalliy yo‘nalishlarni belgilash bo‘yicha tuzilgan komissiya;
(2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-maydagi 302-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2025-y., 09/25/302/0421-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mehmonxona xizmatlarini subsidiyalash bo‘yicha komissiya — turoperator va turagentlar hamda mahalliy turistlar uchun O‘zbekiston bo‘ylab tashkil etilgan sayohatlarning mehmonxona xizmatlarini subsidiyalash miqdorini belgilash bo‘yicha tuzilgan komissiya;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-maydagi 302-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2025-y., 09/25/302/0421-son)
Oldingi tahrirga qarang.
maxsus tarif — avia chiptalar narxining hamda subsidiyalanadigan mehmonxona xizmatlari narxining qat’iy miqdorda belgilanadigan eng yuqori (cheklangan) darajasi (summasi);
(2-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-maydagi 302-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2025-y., 09/25/302/0421-son)
Oldingi tahrirga qarang.
subsidiyalanadigan aviaqatnov — maxsus komissiya tomonidan tasdiqlangan mahalliy yo‘nalishlar, shu jumladan, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladigan aviaqatnov;
(2-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-yanvardagi 5-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2023-y., 09/23/5/0009-son)
sayohat tashkilotchisi — turizm faoliyatini amalga oshirish huquqi asosida mahalliy turistlar uchun O‘zbekiston bo‘ylab sayohat (tur) tashkil qilgan turoperator yoki sayohat (tur)ni sotuvchi turagent;
Oldingi tahrirga qarang.
subsidiya — aviatashuvchilarga mahalliy yo‘nalishlardagi, shu jumladan, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘nalishlardagi aviaqatnovlar uchun chipta narxining bir qismini, shuningdek, turoperator va turagentlarga mahalliy turistlar uchun O‘zbekiston bo‘ylab tashkil etilgan sayohatlarning transport chiptalari hamda mehmonxona xizmatlari narxlarining bir qismini qaytarish uchun O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari hisobidan ajratiladigan mablag‘.
(2-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-yanvardagi 5-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2023-y., 09/23/5/0009-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Subsidiya 2021-yil 1-martdan 2022-yil 1-iyungacha sayohat tashkilotchilariga — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun tashkil etilgan turlar yuzasidan transport chiptalari narxining 15 foizi hamda mehmonxona xizmatlari narxining 10 foizi miqdorida ajratiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-yanvardagi 5-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2023-y., 09/23/5/0009-son)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Aviatashuvchilarga ichki turizm, shu jumladan, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan mahalliy yo‘nalishlarda avia chipta narxining 25 foizi miqdorida subsidiya 2027-yil 1-yanvargacha ajratiladi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
4. Sayohat tashkilotchilarining mehmonxona xarajatlari uchun subsidiya sayohat amalga oshirilgan hududlardagi joylashtirish vositalarida kamida bir kecha tunab qolish sharti bilan taqdim etiladi.
2-bob. Mahalliy yo‘nalishlardagi aviaqatnovlar uchun subsidiya ajratish tartibi
5. Subsidiyalanadigan aviaqatnovlar yo‘nalishlari Maxsus komissiya qarori bilan tasdiqlanadi. Maxsus komissiya qarorida subsidiyalanadigan aviaqatnov amalga oshiriladigan yo‘nalish (marshrut) va amal qilish muddati, uni uzaytirish shartlari hamda maxsus tarif belgilanadi.
Subsidiya har oyda to‘lab boriladi.
6. Aviatashuvchilarga subsidiya respublikaning bir viloyati/shahridan ikkinchi viloyati/shahriga amalga oshirilgan aviaqatnovlar uchun havo kemasining tejamkor (“econom”) xizmat ko‘rsatish toifasi chipta narxining 25 foizi miqdorida ajratiladi.
Bunda, maxsus komissiya tejamkor (“econom”) xizmat ko‘rsatish toifasi chipta narxini bir xil narxda belgilashi mumkin.
7. Aviatashuvchi maxsus tarifni mustaqil pasaytirish huquqiga ega. Maxsus komissiya tomonidan zarur hollarda maxsus tarif qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
8. Subsidiyalanadigan aviaqatnov Maxsus komissiya qaroriga muvofiq bekor qilinishi mumkin.
9. Aviatashuvchi amalga oshirilgan subsidiyalanadigan aviaqatnovlar uchun har oy yakuni bo‘yicha hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmay ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda Transport vazirligiga subsidiya ajratish to‘g‘risida ariza bilan yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.
10. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
ariza beruvchining nomi, joylashgan joyi (pochta manzili), STIR va xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankidagi hisobraqami rekvizitlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
amalga oshirilgan subsidiyalanadigan aviaqatnovlar soni, havo kemalari turi va ulardagi o‘rindiqlar soni, haqiqatda sotilgan chipta soni va narxi bo‘yicha jamlama reyestr.
11. Subsidiya ajratish uchun taqdim etilgan hujjatlar, ma’lumotlar va hisob-kitoblar aviatashuvchi tomonidan imzo bilan tasdiqlanadi.
12. Subsidiyalanadigan aviaqatnovlar uchun subsidiya ajratish ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
13. Ariza va arizaga ilova qilinadigan barcha hujjatlarning asosliligi Transport vazirligi tomonidan o‘rganib chiqiladi.
14. Transport vazirligi ariza kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kunida ariza va unga ilova qilingan hujjatlarning mazkur Nizom talablariga muvofiqligini ko‘rib chiqadi.
15. Transport vazirligi arizani o‘rganib chiqqandan so‘ng, bir ish kuni mobaynida subsidiya ajratish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Qarorning nusxasi qabul qilingan kunda aviatashuvchiga yuboriladi.
16. Subsidiya ajratish rad etilgan taqdirda, rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar aniq ko‘rsatib o‘tilgan qaror aviatashuvchiga ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunida yuboriladi.
Aviatashuvchi qarorni olgan kundan boshlab ko‘pi bilan ikki hafta muddatda ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklar bartaraf etilganini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda Transport vazirligiga takroran ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.
17. Subsidiya ajratish quyidagi asoslarga ko‘ra rad etilishi mumkin:
a) ushbu Nizomning 10-bandida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar taqdim qilinmagan yoki to‘liq hajmda taqdim qilinmaganligi;
b) taqdim qilingan hujjatlarning noto‘g‘riligi;
v) ushbu Nizomning 3-bandida belgilangan mablag‘lar ajratish muddatining tugashi.
Subsidiya olishni ushbu bandda ko‘rsatib o‘tilmagan asoslar bo‘yicha rad etish mumkin emas.
18. Ariza takroran taqdim etilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida Transport vazirligi tomonidan qayta ko‘rib chiqiladi.
Bunda yangi asoslar bo‘yicha subsidiya ajratishni rad etish mumkin emas.
19. Ushbu Nizomning 16-bandi ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan muddat tugagandan keyin taqdim qilingan ariza yangidan berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
20. Transport vazirligi aviatashuvchiga subsidiya ajratish uchun Moliya vazirligiga aviatashuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va ajratilayotgan mablag‘lar hisob-kitobi aks ettirilgan buyurtmanomani taqdim etadi.
21. Moliya vazirligi Transport vazirligi tomonidan taqdim etilgan buyurtmanomani uch ish kunida ko‘rib chiqadi va tegishli mablag‘larni aviatashuvchiga subsidiya ajratish uchun belgilangan tartibda ochilgan Transport vazirligining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazadi.
Bunda aviatashuvchiga subsidiya ajratish uchun Moliya vazirligi tomonidan Transport vazirligiga belgilangan tartibda shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari ochiladi.
22. Mablag‘lar kelib tushganidan so‘ng Transport vazirligi uch ish kunida aviatashuvchining ularga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklardagi hisobraqamlariga belgilangan subsidiya mablag‘larini o‘tkazib beradi.
3-bob. Aviatashuvchilarga ajratiladigan subsidiya miqdorini aniqlash tartibi
23. Subsidiya miqdori quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Sm = (CHS* x MT) / 100 x 25
Bunda,
Sm — subsidiya miqdori;
CHS — tejamkor (“econom”) xizmat ko‘rsatish toifasida sotilgan chipta soni;
* — sotilgan chipta soni havo kemasining tejamkor (“econom”) xizmat ko‘rsatish toifasi bo‘yicha 50 foizdan kam yuklanishini tashkil etgan bo‘lsa, 50 foiz yuklanishdagi chipta soni;
MT — maxsus tarif.
24. Maxsus tarifni aniqlashdagi havo kemasining yuklanish darajasi aviatashuvchi tomonidan Maxsus komissiya bilan kelishilgan holda qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Bunda, O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan qo‘shimcha mablag‘lar ajratish talabi yuzaga kelishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
25. Maxsus tarifga qonunchilikda ko‘zda tutilgan imtiyozlar qo‘llanilgan taqdirda, subsidiya miqdori maxsus tarifdan kelib chiqib aniqlanadi.
26. Aviatashuvchi avia chipta narxini subsidiya miqdorini ayirgan holda avia chiptalarni realizatsiya qilishi shart.
27. Aviatashuvchi har bir avia chiptani barcha tejamkor (“econom”) xizmat ko‘rsatish toifalarida mavjud o‘rinlar uchun Maxsus komissiya tomonidan belgilangan narxda realizatsiya qilishi shart.
Aviatashuvchi tomonidan sayohat tashkilotchilariga avia chipta miqdori (soni) ni cheklagan miqdorda realizatsiya qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
28. Aviatashuvchi tejamkor (“econom”) xizmat ko‘rsatish toifasi sonini shaffof ko‘rsatishi shart.
4-bob. Sayohat tashkilotchisiga transport chiptalari hamda mehmonxona xizmatlari uchun subsidiya ajratish tartibi
29. Subsidiya sayohat tashkilotchisining mahalliy turistlarga O‘zbekiston bo‘ylab tashkil etilgan sayohatlarning quyidagi xarajatlari uchun ajratiladi:
a) transport chiptalari xarajatlarining 15 foizi;
b) mehmonxona xizmatlari xarajatlarining 10 foizi.
30. Sayohat tashkilotchisi tomonidan sayohat transport chiptalarini xarid qilmasdan tashkil etilgan bo‘lsa, sayohat tashkilotchisi ushbu Nizomning 29-bandi “b” kichik bandida belgilangan mehmonxona xizmatlari xarajatlari uchun ariza topshirish va subsidiya olish huquqiga ega.
Bunda, subsidiya ushbu Nizomning 4-bandida belgilangan talablar asosida ajratiladi.
31. Subsidiya sayohat tashkilotchisiga maxsus tarifda belgilangan avia chiptalar va mehmonxona xizmatlari narxidan yuqori bo‘lgan xarajatlar uchun ajratilmaydi.
32. Ushbu Nizomning 3-bandida belgilangan muddatlardan oldin va keyin amalga oshirilgan sayohatlarga subsidiya olish uchun berilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
5-bob. Sayohat tashkilotchilarining subsidiya olish uchun arizalarni topshirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
33. Sayohat tashkilotchisi subsidiya olish maqsadida Turizm qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) ga ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda har oy yakuni bilan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmay ariza bilan yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.
(33-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
a) ariza beruvchining nomi, joylashgan joyi (pochta manzili), STIR va xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankidagi hisobraqami rekvizitlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
b) avia va temir yo‘l chiptalari uchun to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari (agar sayohat subsidiyalanadigan avia va temir yo‘l yo‘nalishlari orqali amalga oshirilgan bo‘lsa);
v) sayohat tashkilotchilari tomonidan joylashtirish vositalarida mahalliy turistlarga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (elektron hisobvaraq-faktura, kassa yoki terminal apparat cheklari, bank to‘lov hujjatlari) nusxalari;
g) turistik vaucherlarning nusxalari.
34. Sayohat tashkilotchisiga subsidiya ajratish ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
35. Qo‘mita ariza olingan kundan boshlab 10 kun mobaynida hujjatlarning ushbu Nizom talablariga muvofiqligini tekshiradi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Oldingi tahrirga qarang.
36. Qo‘mita arizani o‘rganib chiqqandan so‘ng, bir ish kuni mobaynida subsidiya ajratish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Qarorning nusxasi qabul qilingan kunda sayohat tashkilotchisiga yuboriladi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
37. Subsidiya ajratish rad etilgan taqdirda, rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar aniq ko‘rsatib o‘tilgan qaror sayohat tashkilotchisiga ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunida yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sayohat tashkilotchisi qarorni olgan kundan boshlab ko‘pi bilan ikki hafta muddatda ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklar bartaraf etilganini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda Qo‘mitaga takroran ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.
(37-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
38. Subsidiya ajratish quyidagi asoslarga ko‘ra rad etilishi mumkin:
a) ushbu Nizomning 33-bandida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar taqdim qilinmagan yoki to‘liq hajmda taqdim qilinmaganligi;
b) taqdim qilingan hujjatlarning noto‘g‘riligi;
v) ushbu Nizomning 3-bandida belgilangan mablag‘lar ajratish muddatining tugashi.
Subsidiya olishni ushbu bandda ko‘rsatib o‘tilmagan asoslar bo‘yicha rad etish mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
39. Ariza takroran taqdim etilgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida Qo‘mita tomonidan qayta ko‘rib chiqiladi.
(39-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Bunda yangi asoslar bo‘yicha subsidiya ajratishni rad etish mumkin emas.
40. Ushbu Nizomning 37-bandi ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan muddat tugagandan keyin taqdim qilingan ariza yangidan berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
41. Qo‘mita sayohat tashkilotchisiga subsidiya ajratish uchun Moliya vazirligiga sayohat tashkilotchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar va ajratilayotgan mablag‘lar hisob-kitobi aks ettirilgan buyurtmanomani taqdim etadi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Oldingi tahrirga qarang.
42. Moliya vazirligi Qo‘mita tomonidan taqdim etilgan buyurtmanomani uch ish kunida ko‘rib chiqadi va tegishli mablag‘larni sayohat tashkilotchilariga subsidiya ajratish uchun belgilangan tartibda ochilgan Qo‘mitaning shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazadi.
(42-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda sayohat tashkilotchilariga subsidiya ajratish uchun Moliya vazirligi tomonidan Qo‘mitaga belgilangan tartibda shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari ochiladi.
(42-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Oldingi tahrirga qarang.
43. Mablag‘lar kelib tushganidan so‘ng Qo‘mita uch ish kunida sayohat tashkilotchilarining ularga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklardagi hisobraqamlariga belgilangan subsidiya mablag‘larini o‘tkazib beradi.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
44. Subsidiya olish uchun taqdim etilgan ma’lumotlar va hujjatlarning to‘g‘riligiga ariza beruvchilar mas’ul hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
45. Transport vazirligi aviatashuvchilar uchun, Qo‘mita sayohat tashkilotchilari uchun subsidiya ajratish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va monitoring olib borish, O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratilgan mablag‘larning yetkazilishi yuzasidan mas’ul hisoblanadi.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Oldingi tahrirga qarang.
46. Subsidiya mablag‘lari aviatashuvchilar va sayohat tashkilotchilariga o‘tkazilishi ustidan nazorat qilish Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
47. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish xarajatlarining bir qismini O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan qaytarish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
1-ILOVA

‎‎O‘zbekiston Respublikasi
‎ Transport vazirligiga

‎‎Subsidiya ajratish to‘g‘risida
‎ ARIZA

‎‎___________________________________________________________________________________________
‎ (yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomaga muvofiq ariza beruvchining to‘liq nomi) ___________________________________________________________________________________________
‎_________________________________________________________________manzil bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan

‎‎(manzil, telefon, faks, elektron pochta)

‎‎___________________________________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________
‎(ro‘yxatdan o‘tish raqami, sanasi, guvohnoma bergan organ nomi)
‎rahbari/direktori:____________________________________________________________________ nomidan

‎‎(ariza beruvchining lavozimi, F.I.O.)

‎‎__________________________________________________________________________________________ga

(aviatashuvchi nomi)‎

‎‎O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiya ajratishingizni so‘rayman.

‎Amalga oshirilgan aviaqatnovlar (yo‘nalish nomi, aviareys soni, raqami va sanasi):
‎___________________________________________________________________________________________
‎Sotilgan chiptalar soni: _______________________________________________
‎Subsidiya o‘tkazib beriladigan hisobraqam: ______________________________
Sana: ______________ ‎‎Rahbar F.I.O. va imzosi: _______________
‎‎Bosh hisobchi F.I.O. imzosi: ____________
O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish xarajatlarining bir qismini O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan qaytarish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
2-ILOVA
Aviatashuvchilarga mahalliy yo‘nalishlardagi aviaqatnovlar uchun subsidiya ajratish
SXEMASI

Subyektlar

Tadbirlar

Muddat


Aviatashuvchi

Transport vazirligiga subsidiya ajratish uchun murojaat qiladi

Har oy yakuni bilan
keyingi oyning
10 sanasigacha


Transport vazirligi

Ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni Nizom talablariga mosligini ko‘rib chiqadi va subsidiya ajratish yoki subsidiya ajratishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

besh ish kunida


Transport vazirligi

Aviatashuvchiga subsidiya ajratish uchun Moliya vazirligiga aviatashuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va ajratilayotgan mablag‘lar hisob-kitobi aks ettirilgan buyurtmanomani taqdim etadi.

bir ish kunida


Transport vazirligi

Subsidiya ajratish rad etilgan taqdirda, rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar aniq ko‘rsatib o‘tilgan qaror aviatashuvchiga yuboradi.

bir ish kunida


Aviatashuvchi

Qarorni olgan kundan boshlab ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklar bartaraf etilganini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda Transport vazirligiga takroran ariza bilan murojaat qiladi

ikki hafta muddatda


Moliya vazirligi

Transport vazirligi tomonidan taqdim etilgan buyurtmanomani ko‘rib chiqadi va tegishli mablag‘larni aviatashuvchiga subsidiya ajratish uchun belgilangan tartibda ochilgan Transport vazirligining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazadi.

uch ish kunida


 

Transport vazirligi

Mablag‘lar kelib tushganidan so‘ng Transport vazirligi aviatashuvchining ularga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklardagi hisobraqamlariga belgilangan subsidiya mablag‘larini o‘tkazib beradi.

uch ish kunida

O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish xarajatlarining bir qismini O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan qaytarish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

‎‎‎‎O‘zbekiston Respublikasi
‎ Turizm qo‘mitasiga

‎‎
‎Subsidiya ajratish to‘g‘risida
‎ARIZA

‎‎__________________________________________________________________________________________,
‎(yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomaga binoan so‘rovchining to‘liq nomi)
‎___________________________________________________________________________________________
‎(manzil, telefon, faks, elektron pochta)
‎_________________________________________________________
manzil bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan,

‎‎(ro‘yxatdan o‘tish raqami, sanasi, guvohnoma bergan organ nomi)

‎‎_______________________________________________________________________________shaxs nomidan,

‎‎(so‘rovchi rahbarining lavozimi, F.I.O.)

‎

‎‎transport chiptalari xarajatlarini qoplash uchun;

‎

‎‎mehmonxona xizmatlari xarajatlarini qoplash uchun;

‎‎(zarurat bo‘lganda tanlash lozim)

‎‎___________________________________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________________ manzilda joylashgan

‎‎(viloyat, tuman (shahar), ko‘cha, bino)

‎‎Xarajatlarni qoplashda jami: ________________ so‘m miqdorida subsidiya ajratishingizni so‘rayman.
‎Korxonaning joylashgan joyi (pochta manzili): ____________________________________________________
‎______________________________________ STIR raqami: _________________________________________

‎Elektron pochta manzili: _______________________________________________________________________

‎Hisobraqam: ________________________________________________________________________________

Ilova: ______ varaqda‎

‎‎____________________________________
‎(F.I.O.)

‎‎_____________
‎(shaxsiy imzo)

‎‎20____ yil _________________
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish xarajatlarining bir qismini O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan qaytarish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
4-ILOVA
Sayohat tashkilotchilariga transport chiptalari hamda mehmonxona xizmatlari uchun subsidiya ajratish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Subyektlar

Tadbirlar

Muddat


 

Sayohat tashkilotchisi

Qo‘mitaga subsidiya ajratish uchun murojaat qiladi

Har oy yakuni bilan
keyingi oyning
15 sanasigacha


 

Qo‘mita

Ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni Nizom talablariga mosligini ko‘rib chiqadi va subsidiya ajratish yoki subsidiya ajratishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

o‘n ish kunida


 

Qo‘mita

Sayohat tashkilotchisiga subsidiya ajratish uchun Moliya vazirligiga aviatashuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va ajratilayotgan mablag‘lar
hisob-kitobi aks ettirilgan buyurtmanomani taqdim etadi.

bir ish kunida


 

Qo‘mita

Subsidiya ajratish rad etilgan taqdirda, rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar aniq ko‘rsatib o‘tilgan qaror aviatashuvchiga yuboradi.

bir ish kunida


 

Sayohat tashkilotchisi

Qarorni olgan kundan boshlab ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklar bartaraf etilganini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda Qo‘mitaga takroran ariza bilan murojaat qiladi

ikki hafta muddatda


 

Moliya vazirligi

Qo‘mita tomonidan taqdim etilgan buyurtmanomani ko‘rib chiqadi va tegishli mablag‘larni sayohat tashkilotchisiga subsidiya ajratish uchun belgilangan tartibda ochilgan Qo‘mitaning shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazadi.

uch ish kunida


 

Qo‘mita

Mablag‘lar kelib tushganidan so‘ng Qo‘mita sayohat tashkilotchisining ularga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklardagi hisobraqamlariga belgilangan subsidiya mablag‘larini o‘tkazib beradi.

uch ish kunida

(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-fevraldagi 100-son qaroriga
6-ILOVA
“Turoperator va turagentlarga mahalliy turistlar uchun O‘zbekiston bo‘ylab tashkil etilgan sayohatlarning mehmonxona xizmatlarini subsidiyalash miqdorini belgilash bo‘yicha komissiya
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.

1.

A. Aqqulov

Turizm qo‘mitasi raisi

2.

J. Abruyev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori o‘rinbosari, komissiya raisi o‘rinbosari

4.

J. Choriyev

transport vaziri o‘rinbosari

5.

A. Xaydarov

iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari

6.

lavozimiga ko‘ra

Turizm qo‘mitasi boshqarmasi boshlig‘i — komissiya kotibi

Izoh. Komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ko‘rsatilgan lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-fevraldagi 100-son qaroriga
6a-ILOVA
Aviachiptalar narxlari hamda subsidiyalanadigan aviaqatnov yo‘nalishlarini subsidiyalash miqdorini belgilash bo‘yicha maxsus komissiya
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.

1.

I. Maxkamov

transport vaziri, komissiya raisi

2.

J. Abruyev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori o‘rinbosari, komissiya raisi o‘rinbosari

3.

X. Mustafayev

iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari

4.

T. Nazarov

Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktori

5.

A. Aqqulov

Turizm qo‘mitasi raisi

6.

A. Ximmatov

Transport vazirligining Moliya-iqtisod va tarif boshqarmasi boshlig‘i, komissiya kotibi

Izoh. Komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ko‘rsatilgan lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(6a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-fevraldagi 100-son qaroriga
7-ILOVA
Ziyorat turizmini rivojlantirishni muvofiqlashtirish kengashi
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.

1.

A. Abduhakimov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Kengash raisi

2.

S. Toshboyev

Din ishlari qo‘mitasi raisi

3.

U. Alimov

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy

4.

Sh. Minovarov

Islom sivilizatsiyasi markazi direktori

5.

J. Nosirov

Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari

6.

F. Abduxalikov

“O‘zbekkino” milliy agentligi bosh direktori

7.

Z. Eshonqulov

Samarqand viloyati bosh imom-xatibi

8.

B. Qodirov

Din ishlari qo‘mitasi Konfessiyalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i

9.

M. Qalandarov

Sharqshunos tadqiqotchi, Eron, Fors madaniyati, Tasavvuf adabiyoti bo‘yicha mutaxassis

10.

B. Rustamov

Din ishlari qo‘mitasi Ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i

11.

J. Salamov

O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Muslim Tour” sayyohlik firmasi rahbari

12.

B. Sadibekova

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti dotsenti, i.f.n., “Respublikamiz hududlaridagi buddizm obidalari turmarshrutlarining 3D modellarini yaratish” innovatsion loyihasi rahbari

13.

I. Abdullayev

Xorazm Ma’mun akademiyasi raisi

14.

G. Razzoqov

Bahouddin Naqshbandiy ziyoratgohi majmuasi bosh imomi

15.

A. Inoyatov

Chor-Bakr majmuasi bosh imomi

16.

Sh. Ziyodov

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori

17.

K. Hayitov

“Bahouddin Naqshband” YOMM raisi

18.

S. Xolxo‘jayev

“Ipak yo‘li ofisi” UK bo‘lim boshlig‘i, Kengash mas’ul kotibi

Izoh. Kengash a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi.
(7-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-fevraldagi 100-son qaroriga
8-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Turizm faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 9-bandiga quyidagi tahrirdagi “p” kichik band qo‘shilsin:
“p) yuridik shaxs shtatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan tasdiqlanadigan ta’lim muassasalarining oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega bo‘lgan yoki ushbu ta’lim muassasalarida malaka oshirganligini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lgan kamida bir nafar mutaxassisning bo‘lishi (“chiqish turizmi” yo‘nalishi bo‘yicha “ziyorat” turizmi faoliyatini amalga oshirish uchun).”;
2. Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Joylashtirish vositasi, tog‘ chang‘isi trassalari va plyaj xizmatlari bo‘yicha turizm faoliyatini amalga oshirish faqat belgilangan tartibda tegishli sertifikatlar olingandan keyin va ularning amal qilish muddati davomida ko‘rsatish mumkin.
Sertifikatning amal qilish muddati, berilgan sertifikatning amal qilish muddati davrida 3-marta (har 1,5 yilda) inspeksiya nazoratini o‘tkazgan holda besh yildan iborat bo‘ladi.
Turoperator xizmatlari, umumiy ovqatlanish tashkilotlari (restoranlar) xizmatlari va turistlarga transport xizmatini ko‘rsatish xizmatlari uchun ixtiyoriylik asosida berilgan sertifikatning amal qilish muddati, berilgan sertifikatning amal qilish muddati davrida 1-marta (har 2,5 yilda) inspeksiya nazoratini o‘tkazgan holda besh yildan iborat bo‘ladi.
Sertifikatning asl nusxasi bevosita sertifikatlashtirish obyektida turadi va u uchinchi shaxslarga berilmaydi.
Amaldagi sertifikatsiz joylashtirish vositalari, tog‘ chang‘isi trassalari va plyaj xizmatlari bo‘yicha turizm faoliyatini amalga oshirish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.”;
b) 55-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“55. Rejadagi inspeksiya nazorati bitimga asosan sertifikatning amal qilishi davrida uch marta o‘tkaziladi.
Sertifikatlashtirishdan keyin:
birinchi rejadagi inspeksiya nazorati sertifikat berilgandan keyin kamida olti oy o‘tgandan so‘ng o‘tkaziladi;
keyingi rejadagi inspeksiya nazoratlari avvalgi inspeksiya nazorati o‘tkazilgandan keyin kamida o‘n sakkiz oy o‘tgandan so‘ng o‘tkaziladi.”;
v) 64-band quyidagi mazmundagi “i” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“i) inspeksiya nazorati davrida, shu jumladan yashirin baholashning natijalari asosida Markaz tomonidan berilgan ko‘rsatma va tavsiyalarda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarning 30 foizidan ortig‘i bajarilmanganligi holatlari aniqlanganda.”;
g) 5a-ilovadagi “uch” so‘zi “besh” degan so‘z bilan almashtirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasida xostellar faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandi ikkinchi xatboshisidagi “turar-joy binosiga” degan so‘zlar “binoga” degan so‘z bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2021-y., 09/21/100/0169-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 09.01.2023-y., 09/23/5/0009-son; 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 08.05.2025-y., 09/25/302/0421-son; 16.09.2025-y., 09/25/583/0829-son; 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son; 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)