toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari ijrosini nazorat qilishning yangi mexanizmlarini joriy etish toʻgʻrisida
Vazirlar Mahkamasining qarorlari ijrosini samarali tashkil etish, ijro intizomini mustahkamlash, ijro uchun masʼul boʻlgan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining javobgarligini yanada oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining qarorlari (keyingi oʻrinlarda — Hukumat qarorlari) ijrosi boʻyicha nazorat va hisobdorlik 2025-yil 1-oktabrdan “Ijro.gov.uz” tizimi orqali tashkil etilsin.
2. Quyidagilar Hukumat qarorlari ijrosini tashkil etishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hukumat qarorlari loyihalarini har tomonlama, yaʼni iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy jihatdan puxta hamda yuksak professional darajada tayyorlash;
Hukumat qarorlarining ijrosini samarali va rejali tashkil qilish, ularning bajarilish holatini maqsadli oʻrganish va aniqlangan kamchiliklar boʻyicha tezkor choralar koʻrish;
Hukumat qarorlarida belgilangan vazifalarni bajarish uchun amaliy mexanizmlarni va bajarishning real muddatlarini koʻrsatish;
tashkiliy, ijro va nazorat faoliyati yagona tizimining natijadorligi uchun davlat organlari va tashkilotlari, xoʻjalik birlashmalari rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini belgilash.
3. Hukumat qarorlarining ijrosi quyidagi tartibda tashkil etilishi belgilansin:
birinchi bosqich — Vazirlar Mahkamasi imzolangan Hukumat qarorlarini bir soat davomida roʻyxatdan oʻtkazib, “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritish uchun bir kun muddatda Adliya vazirligiga yuboradi;
ikkinchi bosqich — Hukumat qarorlari kelib tushgan vaqtdan boshlab Adliya vazirligi nazoratga olinadigan Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarni bir kun muddatda “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritadi, mazkur topshiriqlardan kelib chiqqan holda masʼul ijrochilar va bajarish muddatlarini belgilaydi;
uchinchi bosqich — davlat organlari va tashkilotlarining birinchi rahbarlari har oyning 25-sanasigacha ijro muddati keyingi oyda keladigan Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar boʻyicha yoʻl xaritasi va amaliy chora-tadbirlar rejasini tasdiqlaydi, Hukumat qarorlari toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlaydi va bu haqida “Ijro.gov.uz” tizimiga belgilangan shakldagi maʼlumotlarni oʻz vaqtida kiritadi;
toʻrtinchi bosqich — Adliya vazirligi Hukumat qarorlarining ijrosi boʻyicha masʼul ijrochilar tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlarni bir ish kuni ichida toʻliqligi va haqqoniyligini tekshiradi, ularni tasdiqlaydi yoki masʼul ijrochiga qayta ishlashga joʻnatadi, shuningdek, Hukumat qarorlari va topshiriqlar ijro holati toʻgʻrisidagi umumlashtirilgan hisobotlarni har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning 5-sanasigacha Vazirlar Mahkamasiga kiritib boradi;
beshinchi bosqich — Vazirlar Mahkamasi bir ish kuni ichida masʼul ijrochilar tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan va Adliya vazirligi tomonidan kelishilgan maʼlumotlarning toʻliqligi hamda haqqoniyligini tekshiradi, ularni nazoratdan yechadi yoki masʼul ijrochiga qayta ishlashga joʻnatadi. Bunda har oyda Rayosat majlislarida Hukumat qarorlari ijrosi natijadorligini tanqidiy koʻrib chiqadi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining ijrosini “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Belgilansinki, Hukumat qarorlaridagi ijro muddati belgilanmagan yoki ijro muddati bir yil va undan ortiq etib belgilangan topshiriqlarning bajarilishi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumot har olti oyda masʼul ijrochilar tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritib boriladi.
6. Adliya vazirligiga:
“Ijro.gov.uz” tizimidagi Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarning ijro holatini har oy tizimli tahlil qilish, kamchiliklarni aniqlash va natijalarini umumlashtirgan holda, Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritish;
Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosini “joyiga chiqqan” holda oʻrganish, oʻrta va quyi boʻgʻinlarda ishlarning real holatini, muammolarning asl sabablarini tahlil qilish va takliflar tayyorlash;
Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosini taʼminlashda yuzaga kelayotgan tizimli muammolarni birgalikda hal qilish, masʼul ijrochilarga huquqiy-uslubiy koʻmaklashish maqsadida haftaning payshanba va juma kunlari Adliya vazirligida davlat organlari va tashkilotlari vakillari bilan “jonli muloqot” oʻtkazish;
ijro intizomini taʼminlashda jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻygan masʼul xodimlarga nisbatan intizomiy jazo chorasini qoʻllash boʻyicha davlat organlari va tashkilotlariga taqdimnomalar kiritish;
har oyning 25-sanasida “Ijro.gov.uz” tizimida ijro muddati kelgusi oyda keladigan topshiriqlar shakllantirilib, davlat organlari va tashkilotlariga eslatmalar yuborish vazifalari yuklansin.
7. Raqamli texnologiyalar vazirligi:
a) bir oy muddatda:
Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Hukumat qarorlari ijrosi boʻyicha kiritilayotgan maʼlumotlarning haqqoniyligi va asosliligini “Ijro.gov.uz” tizimi orqali tekshirish imkoniyatini taʼminlash uchun davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlarini “Ijro.gov.uz” tizimiga bosqichma-bosqich integratsiya qilsin;
“Ijro.gov.uz” tizimidagi qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari, Prezident Administratsiyasi rahbarining farmoyishlari va topshiriqlari, shuningdek, Hukumat qarorlarining ijro holati yuzasidan hisobotlarni “Ijro.gov.uz” tizimi orqali avtomatik shakllantirish imkoniyati yaratilishini taʼminlasin;
b) “Ijro.gov.uz” tizimidan foydalanuvchilarning asosli takliflarini inobatga olgan holda uni doimiy ravishda modernizatsiya qilib borsin.
8. Davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarning toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishi, shuningdek, ularning ijro holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning “Ijro.gov.uz” tizimi orqali toʻliq, toʻgʻri va oʻz vaqtida taqdim qilinishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
9. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Vazirlar Mahkamasining tarkibiy boʻlinma rahbarlari belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va maslahatchisi hamda Bosh vazir kotibiyati rahbari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 30-sentabr,
616-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-sentabrdagi 616-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining ijrosini “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Ijro.gov.uz” tizimi) orqali Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari (keyingi oʻrinlarda — Hukumat qarorlari) ijrosini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. “Ijro.gov.uz” tizimidagi Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq ijro etilishi Vazirlar Mahkamasi va Adliya vazirligi tomonidan nazorat qilinadi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
masʼul ijrochilar — davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari;
operator — “Ijro.gov.uz” tizimi uzluksiz ishlashi va axborot xavfsizligini taʼminlovchi Raqamli texnologiyalar vazirligi qoshidagi “Oʻzbektelekom” AK taʼsischiligidagi “UNICON-SOFT” masʼuliyati cheklangan jamiyati;
4. Hukumat qarorlarining ijrosi va nazorati ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq quyidagi tartibda taʼminlanadi:
birinchi bosqich — Vazirlar Mahkamasi (Umumiy boʻlim) Hukumat qarorlarini “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritish uchun Adliya vazirligiga yuboradi;
ikkinchi bosqich — Adliya vazirligi Hukumat qarorlarini masʼul ijrochilar va ularni bajarish muddatlarini aniq koʻrsatgan holda “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritadi;
uchinchi bosqich — masʼul ijrochilar Hukumat qarorlari toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlaydi va bu haqida “Ijro.gov.uz” tizimiga asoslovchi hujjatlar bilan birga maʼlumot kiritadi;
toʻrtinchi bosqich — Adliya vazirligi masʼul ijrochilar tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlarning toʻliqligi va haqqoniyligini tekshiradi, zaruratga koʻra joyiga chiqqan holda oʻrganadi, ularni kelishadi yoki qayta ishlashga yuboradi;
beshinchi bosqich — Vazirlar Mahkamasi masʼul ijrochilar tomonidan Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini “Ijro.gov.uz” tizimi orqali muntazam nazorat qiladi, Adliya vazirligi tomonidan kelishilgan maʼlumotlar toʻliqligi va haqqoniyligini tekshiradi, ularni nazoratdan yechadi yoki masʼul ijrochiga qayta ishlashga joʻnatadi, shuningdek, har oy yakuni boʻyicha Rayosat majlislarida ijro intizomi holatini muhokama qiladi, kamchiliklarga yoʻl qoʻygan rahbarlarga nisbatan taʼsir choralarini belgilaydi.
5. Raqamlashtirish va normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash bilan bogʻliq Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar:
Hukumat qarorlaridagi raqamlashtirishga oid topshiriqlar ijrosi “Ijro.gov.uz” elektron tizimida Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan kelishilgandan soʻng;
idoraviy normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish va (yoki) tasdiqlash toʻgʻrisidagi topshiriqlar — ushbu hujjat belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng nazoratdan olinadi.
Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarga muvofiq ishlab chiqilishi belgilangan normativ-huquqiy hujjat loyihasi oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritilgandan soʻng ular qabul qilingunga qadar boʻlgan bosqichlar qoʻshimcha ravishda “Ijro.gov.uz” elektron tizimida nazoratga olinadi.
Bunda oʻrnatilgan tartibda kiritilgan normativ-hujjat loyihasi tegishli tashkilotga qayta ishlash uchun yuborilganda topshiriq Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimida qayta nazoratga olinadi. Agar, Vazirlar Mahkamasi tomonidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini qabul qilish maqsadga muvofiq emas deb topilganda, tegishli topshiriq “Ijro.gov.uz” tizimidan nazoratdan yechiladi.
6. Hukumat qaroridagi maʼlum bir tartib yoki tizimni amaliyotga joriy qilish bilan bogʻliq topshiriqlar boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish talab qilingan taqdirda, hujjat qabul qilingandan soʻng topshiriq toʻliq bajarilgan deb hisoblanadi. Bunda:
masʼul ijrochi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritgandan keyin normativ-huquqiy hujjat qabul qilingunga qadar har oyda, biroq eng koʻpi bilan bir yil davomida topshiriq ijro holati boʻyicha “Ijro.gov.uz” tizimiga maʼlumot kiritib boradi;
Hukumat qaroridagi topshiriqning ijro muddati bevosita Adliya vazirligi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
7. Bir xil mazmundagi yoki faqat masʼul ijrochilari va bajarish muddatlari bir-biridan farq qiladigan oldin berilgan Hukumat qaroridagi topshiriq keyinroq qabul qilingan Hukumat qarori yoki yuqori yuridik kuchga ega normativ-huquqiy hujjat asosida nazoratdan yechiladi.
8. Hukumat qaroridagi topshiriq “Ijro.gov.uz” tizimidagi asosiy masʼul ijrochidan nazoratdan yechilgandan soʻng hamijrochi hisoblangan boshqa ijrochilardan ham “Ijro.gov.uz” tizimida avtomatik ravishda nazoratdan yechiladi.
9. Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijro muddati:
belgilanmagan boʻlsa — ularni bajarish muddati bir yil;
doimiy topshiriqlarning “Ijro.gov.uz” tizimida nazoratdan yechish muddati (Hukumat qarorida doimiy topshiriqlar bajarilishining yakuniy muddati aniq belgilangan holatlar bundan mustasno):
har hafta (yoki bir oygacha muddat) boʻlsa — ularning yakuniy ijro muddatlari bir yil;
har oy va har chorak boʻlsa — ularning yakuniy ijro muddatlari ikki yil;
har yarim yil va har yili boʻlsa — ularning yakuniy ijro muddatlari uch yil etib belgilanadi.
Bunda Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarning ijro muddati har oy, har chorak, har yarim yil yoki har yili etib belgilangan holatlarda “Ijro.gov.uz” tizimida ushbu topshiriqlarning ijro muddati keyingi oyning 10-sanasiga qadar belgilanishi mumkin.
Ijro muddati bir yil va undan ortiq etib belgilangan Hukumat qarorlaridagi doimiy topshiriqlarning bajarilishi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumot har olti oyda masʼul ijrochilar tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritib borilishi lozim.
Doimiy topshiriqlarning “Ijro.gov.uz” tizimidan yechilishi ularning ijrosini davom ettirish majburiyatidan ozod qilmaydi.
10. Masʼul ijrochilar tomonidan Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi boʻyicha “Ijro.gov.uz” tizimga kiritiladigan ijro natijalari quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi boʻyicha kiritiladigan rasmiy maʼlumot birinchi rahbar (istisno hollarda — uning oʻrinbosari) tomonidan imzolangan boʻlishi;
Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosini tasdiqlovchi hujjatlar “PDF” formatida, amaliy natijalarni aks ettirish imkoniyati mavjud boʻlgan hollarda — ularni ifoda etuvchi boshqa formatlardagi maʼlumotlar ilova qilingan boʻlishi.
11. “Ijro.gov.uz” tizimida ijro muddati uch oy va undan oshadigan Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarning ijro holati yuzasidan oraliq maʼlumot kiritilishi lozim.
12. “Ijro.gov.uz” tizimida oraliq maʼlumotlar quyidagi tartibda koʻrib chiqiladi:
masʼul ijrochi har bir topshiriqni bajarishga doir harakatlar jadvalini xronologik tartibda ishlab chiqadi va tizimga kiritadi;
masʼul ijrochi “Ijro.gov.uz” tizimida belgilangan ijro muddatining teng yarmida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot xatini tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga tizimga kiritadi;
Adliya vazirligi kiritilgan oraliq maʼlumotlarning toʻliqligi va haqqoniyligini tekshiradi, ularni kelishadi yoki masʼul ijrochiga qayta ishlashga yuboradi;
Vazirlar Mahkamasining masʼul xodimi Adliya vazirligi tomonidan kelishilgan oraliq maʼlumotlarining toʻliqligi va haqqoniyligini tekshiradi, ularni kelishadi yoki masʼul ijrochiga qayta ishlashga yuboradi.
Vazirlar Mahkamasi bevosita masʼul boʻlgan, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining masʼul xodimi tomonidan kelishilgan topshiriqlar boʻyicha kiritilgan oraliq maʼlumotlarning toʻliqligi va haqqoniyligini Vazirlar Mahkamasining Nazorat va ijro intizomi boʻlimi koʻrib chiqadi, ularni nazoratdan yechadi yoki qayta ishlashga yuboradi.
13. Oraliq maʼlumotlar mazkur Nizomning 12-bandida koʻrsatib oʻtilgan tartibda qabul qilingach, topshiriqning bajarilishi yuzasidan yakuniy maʼlumotlarni “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritishga ruxsat beriladi.
2-bob. “Ijro.gov.uz” tizimida Hukumat qarorlari ijrosini tashkil etish tartibi
1-§. Adliya vazirligi tomonidan Hukumat qarorlari ijrosini tashkil etish
14. Vazirlar Mahkamasi tomonidan yuborilgan Hukumat qarorlari kelib tushgan vaqtdan boshlab Adliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — Ijro nazorati boshqarmasi) tomonidan bir kun muddatda masʼul ijrochilar va ularni bajarish muddatlari aniq koʻrsatilgan holda “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritiladi.
Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosini taʼminlash jarayonida zaruratga koʻra Adliya vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda “Ijro.gov.uz” tizimida qoʻshimcha ijrochi belgilanishi mumkin.
15. Ijro nazorati boshqarmasi:
har oyning 20-sanasida ijro muddati kelgan, biroq bajarilmagan Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar, shuningdek, muddati oy yakuniga qadar keladigan topshiriqlar boʻyicha;
har oyning 25-sanasida ijro muddati keyingi oyda keladigan Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar boʻyicha roʻyxatni shakllantiradi va masʼul ijrochilarga eslatmalar yuboradi.
16. Ijro nazorati boshqarmasi Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarning ijrosini taʼminlashda yuzaga kelayotgan muammolarni hamkorlikda hal qilish va huquqiy-uslubiy koʻmaklashish maqsadida har hafta payshanba va juma kunlari Adliya vazirligida masʼul ijrochilar vakillari bilan birgalikda “jonli muloqot” tashkil etadi.
2-§. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan Hukumat qarorlari ijrosini tashkil etish
a) Davlat organlari va tashkilotlari markaziy apparati tomonidan Hukumat qarorlari ijrosini tashkil etish
17. Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar kelib tushgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida masʼul xodim tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi hamda bu haqida rahbariyatga axborot beriladi.
18. Davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari bir kun muddatda Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi boʻyicha masʼul tarkibiy boʻlinma — masʼul ijrochini belgilaydi va ijrosini taʼminlash boʻyicha topshiriq beradi.
19. Masʼul tarkibiy boʻlinma uch kun muddatda Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi boʻyicha nazorat rejasini tayyorlaydi, rahbariyatga tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.
Masʼul tarkibiy boʻlinma zaruratga koʻra rahbariyatga axborot bergan holda hududiy boʻlinmalar yoki tizim tashkilotlariga bajarish mexanizmi bajarish muddatlarini aniq belgilagan holda yuboradi.
Bunda davlat organlari va tashkilotlari markaziy apparati masʼul tarkibiy boʻlinmasi hududiy boʻlinmalar yoki tizim tashkilotlari tomonidan topshiriq bajarilishini qatʼiy nazoratga olishi va taʼminlashda koʻmaklashishi zarur.
20. Masʼul tarkibiy boʻlinma Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan va rahbar (istisno hollarda — uning oʻrinbosari) tomonidan imzolangan maʼlumotni tasdiqlovchi zarur hujjatlar bilan birga “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritadi.
Agar “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlar Adliya vazirligi yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan eʼtirozlar bilan qayta ishlashga yuborilsa, masʼul tarkibiy boʻlinma bu haqida rahbariyatga axborot beradi, kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etadi va tegishli maʼlumotlarni “Ijro.gov.uz” tizimiga qaytadan kiritadi.
21. Davlat organlari va tashkilotlari markaziy apparatining nazorat va ijro intizomini taʼminlash vazifasi yuklangan tarkibiy boʻlinmasi:
Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar oʻz vaqtida bajarilishi va natijasi boʻyicha maʼlumotlar “Ijro.gov.uz” tizimiga toʻliq va haqqoniy kiritilishini nazoratga oladi;
agar Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi boʻyicha “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlar Adliya vazirligi yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan eʼtirozlar bilan qayta ishlashga yuborilsa, masʼul tarkibiy boʻlinma tomonidan kamchiliklar zudlik bilan bartaraf etilishi va tegishli maʼlumotlar “Ijro.gov.uz” tizimiga qaytadan kiritilishini nazoratga oladi.
22. Davlat organlari va tashkilotlarida Hukumat qarorlarining ijro holati:
har hafta juma kuni — rahbarning birinchi oʻrinbosari huzurida;
har hafta dushanba kuni — rahbar huzurida;
har chorakda — hayʼat majlislarida muhokama qilinadi.
Bunda Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarni toʻliq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini taʼminlamagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash masalalari koʻrib chiqiladi.
b) Davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlari tomonidan Hukumat qarorlari ijrosini tashkil etish
23. Davlat organlari va tashkilotlari markaziy apparatidan amalga oshirish mexanizmi hamda bajarish muddatlari aniq belgilangan Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar hamda ular boʻyicha nazorat rejalari kelib tushgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida hududiy boʻlinmalar va tizim tashkilotlari masʼul xodimi tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi hamda rahbariyatga axborot beriladi.
24. Hududiy boʻlinmalar va tizim tashkilotlari rahbariyati bir kun muddatda Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi boʻyicha masʼul tarkibiy boʻlinma — masʼul ijrochini belgilaydi va ijrosini taʼminlash boʻyicha topshiriq beradi.
25. Masʼul tarkibiy boʻlinma uch kun muddatda Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi boʻyicha nazorat rejasini tayyorlaydi, rahbariyatga tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.
26. Masʼul tarkibiy boʻlinma Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan va rahbar (istisno hollarda — uning oʻrinbosari) tomonidan imzolangan maʼlumotni tasdiqlovchi zarur hujjatlar bilan birga davlat organlari va tashkilotlarining markaziy apparatiga yuboradi.
27. Hududiy boʻlinmalar va tizim tashkilotlarining nazorat va ijro' intizomini taʼminlash vazifasi yuklangan tarkibiy boʻlinmasi Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar masʼul tarkibiy boʻlinma tomonidan oʻz vaqtida bajarilishi va natijasi boʻyicha maʼlumotlar tasdiqlovchi zarur hujjatlar bilan birga davlat organlari va tashkilotlarining markaziy apparatiga oʻz vaqtida taqdim etilishini nazoratga oladi.
28. Hududiy boʻlinmalar va tizim tashkilotlarida Hukumat qarorlarining ijro holati:
har hafta juma kuni — rahbarning birinchi oʻrinbosari huzurida (birinchi oʻrinbosar shtati mavjud boʻlmagan yoki vakant hollarda — oʻrinbosar);
har hafta dushanba kuni — rahbar huzurida muhokama qilinadi.
Bunda Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarni toʻliq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini taʼminlamagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash masalalari koʻrib chiqiladi.
3-§. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan Hukumat qarorlarining ijrosini tashkil etish
a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan Hukumat qarorlarining ijrosini tashkil etish
29. Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar kelib tushgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari (keyingi oʻrinlarda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklar) masʼul xodimi tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi hamda rahbariyatga axborot beriladi.
30. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklar rahbariyati bir kun muddatda Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi boʻyicha masʼul tarkibiy boʻlinma — masʼul ijrochini belgilaydi va ijrosini taʼminlash boʻyicha topshiriq beradi.
31. Masʼul tarkibiy boʻlinma uch kun muddatda Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi boʻyicha nazorat rejasini tayyorlaydi, rahbariyatga tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.
Masʼul tarkibiy boʻlinma zaruratga koʻra rahbariyatga axborot bergan holda tuman (shahar) hokimliklariga amalga oshirish mexanizmi hamda bajarish muddatlarini aniq belgilab, topshiriqni yuboradi. Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklarning masʼul tarkibiy boʻlinmasi tuman (shahar) hokimligi tomonidan topshiriq bajarilishini qatʼiy nazoratga olishi va ijrosini taʼminlashda koʻmaklashishi zarur.
32. Masʼul tarkibiy boʻlinma Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan va rahbar (istisno hollarda — uning oʻrinbosari) tomonidan imzolangan maʼlumotni tasdiqlovchi zarur hujjatlar bilan birga “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritadi.
Agar “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlar Adliya vazirligi yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan eʼtirozlar bilan qayta ishlashga yuborilsa, masʼul tarkibiy boʻlinma bu haqida rahbariyatga axborot beradi, kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etadi va tegishli maʼlumotlarni “Ijro.gov.uz” tizimiga qaytadan kiritadi.
33. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklarning nazorat va ijro intizomini taʼminlash vazifasi yuklangan tarkibiy boʻlinmasi:
Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar masʼul tarkibiy boʻlinma tomonidan oʻz vaqtida bajarilishi va natijasi boʻyicha maʼlumotlar “Ijro.gov.uz” tizimiga toʻliq va haqqoniy kiritilishini nazoratga oladi;
Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi boʻyicha “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlar Adliya vazirligi yoki Vazirlar Mahkamasi eʼtirozlar bilan qayta ishlashga yuborgan boʻlsa, masʼul tarkibiy boʻlinma kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etishi va tegishli maʼlumotlarni “Ijro.gov.uz” tizimiga qaytadan kiritishini nazoratga oladi.
34. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklarda Hukumat qarorlarining ijro holati:
har hafta juma kuni — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari huzurida;
har hafta dushanba kuni — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari huzurida;
har chorakda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari yigʻilishida muhokama qilinadi.
Bunda Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarni toʻliq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini taʼminlamagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash masalalari koʻrib chiqiladi.
b) tuman (shahar) hokimliklari tomonidan Hukumat qarorlarining ijrosini tashkil etish
35. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklardan Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar hamda ular boʻyicha nazorat rejalari kelib tushgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida tuman (shahar) hokimligi masʼul xodimi tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi va rahbariyatga axborot beriladi.
36. Tuman (shahar) hokimligi rahbariyati bir kun muddatda Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi boʻyicha masʼul tarkibiy boʻlinma — masʼul ijrochini belgilaydi va ijrosini taʼminlash boʻyicha topshiriq beradi.
37. Masʼul tarkibiy boʻlinma uch kun muddatda Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi boʻyicha nazorat rejasini tayyorlaydi, rahbariyatga tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.
38. Masʼul tarkibiy boʻlinma Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan va rahbar (istisno hollarda — uning oʻrinbosari) tomonidan imzolangan maʼlumotni tasdiqlovchi zarur hujjatlar bilan birga tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi yoki hokimlikka yuboradi.
39. Tuman (shahar) hokimligining nazorat va ijro intizomini taʼminlash vazifasi yuklangan tarkibiy boʻlinmasi Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar masʼul ijrochi tomonidan oʻz vaqtida bajarilishi va natijasi boʻyicha maʼlumotlar tasdiqlovchi zarur hujjatlar bilan birga tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi yoki hokimlikka oʻz vaqtida taqdim etilishini nazoratga oladi.
40. Tuman (shahar) hokimliklarida Hukumat qarorlarining ijro holati:
har hafta juma kuni — hokimning birinchi oʻrinbosari huzurida;
har hafta dushanba kuni — hokim huzurida;
har chorakda — xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari yigʻilishida muhokama qilinadi.
Bunda Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarni toʻliq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini taʼminlamagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash masalalari koʻrib chiqiladi.
4-§. Xoʻjalik birlashmalari tomonidan Hukumat qarorlarining ijrosini tashkil etish
a) Xoʻjalik birlashmalari markaziy apparati tomonidan Hukumat qarorlarining ijrosini tashkil etish
41. Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar kelib tushgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida xoʻjalik birlashmasi markaziy apparati masʼul xodimi tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi hamda rahbariyatga axborot beriladi.
42. Xoʻjalik birlashmalari rahbariyati bir kun muddatda Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi boʻyicha masʼul tarkibiy boʻlinma — masʼul ijrochini belgilaydi va ijrosini taʼminlash boʻyicha topshiriq beradi.
43. Masʼul tarkibiy boʻlinma uch kun muddatda Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi boʻyicha nazorat rejasini tayyorlaydi, rahbariyatga tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.
Masʼul tarkibiy boʻlinma, zaruratga koʻra, rahbariyatga axborot bergan holda hududiy boʻlinmalarga amalga oshirish mexanizmi hamda bajarish muddatlarini aniq belgilab, topshiriqni yuboradi. Bunda masʼul tarkibiy boʻlinma hududiy boʻlinmalar tomonidan topshiriq bajarilishini qatʼiy nazoratga olishi va ijrosini taʼminlashda koʻmaklashishi zarur.
44. Masʼul tarkibiy boʻlinma Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan va rahbar (istisno hollarda — uning oʻrinbosari) tomonidan imzolangan maʼlumotni tasdiqlovchi zarur hujjatlar bilan birga “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritadi.
Agar “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlar Adliya vazirligi yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan eʼtirozlar bilan qayta ishlashga yuborilsa, masʼul tarkibiy boʻlinma bu haqida rahbariyatga axborot beradi, kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etadi va tegishli maʼlumotlarni “Ijro.gov.uz” tizimiga qaytadan kiritadi.
45. Xoʻjalik birlashmasining nazorat va ijro intizomini taʼminlash vazifasi yuklangan tarkibiy boʻlinmasi:
Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar masʼul tarkibiy boʻlinma tomonidan oʻz vaqtida bajarilishi va natijasi boʻyicha maʼlumotlar “Ijro.gov.uz” tizimiga toʻliq va haqqoniy kiritilishini nazoratga oladi;
Hukumat qarorlari ijrosi boʻyicha “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlar Adliya vazirligi yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan eʼtirozlar bilan qayta ishlashga yuborilsa, masʼul tarkibiy boʻlinma kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etishi va tegishli maʼlumotlarni “Ijro.gov.uz” tizimiga qaytadan kiritishini nazoratga oladi.
46. Xoʻjalik birlashmalarida Hukumat qarorlarining ijro holati:
har hafta juma kuni — rahbarning birinchi oʻrinbosari huzurida;
har hafta dushanba kuni — rahbar huzurida;
har chorakda — xoʻjalik birlashmalari boshqaruv organi majlislarida muhokama qilinadi.
Bunda Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarni toʻliq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini taʼminlamagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash masalalari koʻrib chiqiladi.
b) Xoʻjalik birlashmalarining hududiy boʻlinmalari tomonidan Hukumat qarorlarining ijrosini tashkil etish
47. Xoʻjalik birlashmalari markaziy apparatidan Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar hamda ular boʻyicha nazorat rejalari kelib tushgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida xoʻjalik birlashmasining hududiy boʻlinmasi masʼul xodimi tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi va rahbariyatga axborot beriladi.
48. Hududiy boʻlinmalar rahbariyati bir kun muddatda Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi boʻyicha masʼul tarkibiy boʻlinma — masʼul ijrochini belgilaydi va ijrosini taʼminlash boʻyicha topshiriq beradi.
49. Masʼul tarkibiy boʻlinma uch kun muddatda Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi boʻyicha nazorat rejasini tayyorlaydi, rahbariyatga tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.
50. Masʼul tarkibiy boʻlinma Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan va rahbar (istisno hollarda — uning oʻrinbosari) tomonidan imzolangan maʼlumotni tasdiqlovchi zarur hujjatlar bilan birga xoʻjalik birlashmasining markaziy apparatiga kiritadi.
51. Nazorat va ijro intizomini taʼminlash vazifasi yuklangan tarkibiy boʻlinma Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar masʼul ijrochi tomonidan oʻz vaqtida bajarilishi va natijasi boʻyicha maʼlumotlar tasdiqlovchi zarur hujjatlar bilan birga xoʻjalik birlashmasining markaziy apparatiga oʻz vaqtida taqdim etilishini nazoratga oladi.
52. Xoʻjalik birlashmalarining hududiy boʻlinmalarida Hukumat qarorlarining ijro holati:
har hafta juma kuni — rahbarning birinchi oʻrinbosari huzurida;
har hafta dushanba kuni — rahbar huzurida muhokama qilinadi.
Bunda Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarni toʻliq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini taʼminlamagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash masalalari koʻrib chiqiladi.
5-§. Vazirlar Mahkamasi bevosita masʼul boʻlgan Hukumat qarorlari ijrosini tashkil etish
53. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati (keyingi oʻrinlarda — Bosh vazir kotibiyati) Hukumat bevosita masʼul etib belgilangan Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar yuzasidan zaruratga koʻra Bosh vazir yoki uning oʻrinbosari topshirigʻini yoki nazorat rejasini tayyorlaydi, belgilangan tartibda imzolash (tasdiqlash) uchun Bosh vazir yoki uning oʻrinbosariga kiritadi.
54. Hukumat bevosita masʼul etib belgilangan Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosini tashkil etish boʻyicha belgilangan tartibda imzolangan (tasdiqlangan) Bosh vazir topshirigʻi yoki nazorat rejalari ijrosini taʼminlash maqsadida “Ijro.gov.uz” tizimida masʼul ijrochilarni belgilash uchun Vazirlar Mahkamasining Nazorat va ijro intizomi boʻlimiga yuboriladi.
55. Bosh vazir kotibiyati tarkibiy boʻlinmasi, Bosh vazir oʻrinbosarlarining kotibiyatlari hamda Nazorat va ijro intizomi boʻlimi tasdiqlangan Bosh vazir topshirigʻi yoki nazorat rejalari asosida masʼul ijrochilarga yuborilgan topshiriqlar ijrosini nazorat qiladi.
3-bob. Hukumat qarorlari bajarilishini nazorat qilish tartibi
1-§. Adliya vazirligi tomonidan Hukumat qarorlari bajarilishini nazorat qilish tartibi
a) Adliya vazirligi markaziy apparati tomonidan Hukumat qarorlari bajarilishini nazorat qilish tartibi
56. Adliya vazirligi Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarning bajarilishini doimiy tahlil qilib boradi va nazorat qiladi.
57. Adliya vazirligi tasdiqlangan grafik asosida Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishini taʼminlash yuzasidan sohalar va tarmoqlar, hududlar va idoralar kesimida manzilli va tematik tahliliy oʻrganish oʻtkazadi.
58. Ijro nazorati boshqarmasi quyidagi hollarda Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarni nazoratga olish uchun Ijro nazorati boshqarmasining hududiy boʻlinmalariga “Ijro.gov.uz” tizimi orqali yuboradi:
a) davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalarining hududiy boʻlinmalari Hukumat qarorlarida toʻgʻridan-toʻgʻri masʼul ijrochi etib belgilanganda;
b) Hukumat qarorlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishliligi boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalarining hududiy boʻlinmalariga ijro uchun yuborilganda yoki ularning ijrosi bevosita tegishli hududning oʻzida amalga oshirilishi nazarda tutilganda.
59. Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi boʻyicha masʼul ijrochilar tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimga kiritilgan maʼlumotlar Ijro nazorati boshqarmasi tomonidan bir ish kunidan kechiktirmay (qoʻshimcha oʻrganish talab etilganda — besh ish kunida) tahlil qilinadi.
60. Tahlil quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
maʼlumotlar va ilova qilingan tasdiqlovchi hujjatlar toʻliqligini oʻrganish;
maʼlumotlar haqqoniyligini zaruratga koʻra joyiga chiqqan holda oʻrganish;
tor ixtisosliklar boʻyicha kiritilgan maʼlumotlarni (bajarilgan ishlarni) sohaga oid tashkilotlarga soʻrovlar yuborish yoki mutaxassislarni jalb qilgan holda oʻrganish;
maʼlumotlarda noaniqliklar mavjud boʻlgan taqdirda, masʼul ijrochidan yozma yoki ogʻzaki tushuntirishlar olish.
61. Tahlil jarayonida Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi boʻyicha “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritiladigan maʼlumotlarga quyidagi mezonlar asosida baho beriladi:
qonuniylik — Hukumat qarorlarida nazarda tutilgan maʼmuriy tartib-taomillar va qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilgani;
dolzarblik — amalga oshirilayotgan davlat siyosati va islohotlarning mazmun-mohiyatiga mosligi;
toʻliqlik — Hukumat qarorlarida koʻzlangan maqsadga (koʻrsatkichga) erishilgani (soni, miqdori, hajmi va boshqa koʻrsatkichlar);
haqqoniylik — Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi boʻyicha “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlarning amalda qilingan ishlar bilan oʻzaro muvofiqligi;
masʼuliyatlilik — Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlash borasida masʼul ijrochilar tomonidan oʻz vakolati doirasida barcha zarur choralar koʻrilgani.
62. Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi boʻyicha kiritilgan maʼlumotlar tahlili natijasiga koʻra Ijro nazorati boshqarmasi:
topshiriq bajarilgan boʻlsa — masʼul ijrochi tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlarni kelishadi;
topshiriq bajarilmagan yoki tasdiqlovchi zarur hujjatlar taqdim qilinmagan boʻlsa — ularni qayta ishlash uchun masʼul ijrochiga yuboradi.
63. Hukumat qarorlaridagi raqamlashtirishga oid topshiriqlar ijrosi boʻyicha kiritilgan maʼlumotlar quyidagi tartibda koʻrib chiqiladi:
Ijro nazorati boshqarmasi maʼlumotlarning toʻliqligi va haqqoniyligini tekshirish uchun Raqamli texnologiyalar vazirligiga “Ijro.gov.uz” tizimi orqali yuboradi;
Raqamli texnologiyalar vazirligi maʼlumotlarning toʻliqligi va haqqoniyligi yuzasidan tegishli xulosani bir kun muddatda “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritadi;
Ijro nazorati boshqarmasi Raqamli texnologiyalar vazirligining xulosasi asosida masʼul ijrochi tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlarni kelishadi yoki ularni qayta ishlash uchun masʼul ijrochiga yuboradi.
Masʼul ijrochi tomonidan kamchiliklar bartaraf qilinib, “Ijro.gov.uz” tizimiga maʼlumotlar qayta kiritilganda yuqoridagi jarayon takrorlanadi.
64. “Ijro.gov.uz” tizimiga zarur maʼlumotlarni oʻz vaqtida kiritmagan yoki notoʻgʻri maʼlumotlarni kiritgan masʼul ijrochilarga Adliya vazirligi tomonidan mazkur kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrsatmalar yuboriladi.
Adliya vazirligi koʻrsatmalarini oʻz vaqtida yoki lozim darajada bajarmagan masʼul ijrochilarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlik choralari qoʻllanadi.
b) Ijro nazorati boshqarmasining hududiy boʻlimlari tomonidan Hukumat qarorlari bajarilishini nazorat qilish tartibi
65. Ijro nazorati boshqarmasining hududiy boʻlimlari oʻz hududlariga doir Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosini doimiy ravishda monitoring va tahlil qilib boradi.
66. Ijro nazorati boshqarmasining hududiy boʻlimlari Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosini taʼminlashda hokimliklarga va hududiy masʼul ijrochilarga huquqiy-uslubiy jihatdan koʻmaklashadi.
67. Ijro nazorati boshqarmasi koʻrsatmasiga muvofiq bir ish kunida (qoʻshimcha oʻrganish talab qilinganda — uch ish kunida) Ijro nazorati boshqarmasining hududiy boʻlimlari Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi amalda bajarish va undan koʻzlangan maqsadga erishilganligini joyiga chiqqan holda oʻrganadi.
Bunda oʻrganish yakunlari boʻyicha tahliliy maʼlumotnoma tayyorlanib, imzolangan holda “Ijro.gov.uz” tizimi orqali Ijro nazorati boshqarmasiga taqdim qilinadi.
68. Ijro nazorati boshqarmasining hududiy boʻlimlari tegishli hudud boʻyicha bajarilmagan va muddati kechiktirib bajarilgan Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar tahlili va hisobini yuritadi hamda natijasi boʻyicha umumlashtirilgan axborotni har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning beshinchi sanasiga qadar Ijro nazorati boshqarmasiga taqdim qilib boradi.
2-§. Vazirlar Mahkamasi tomonidan Hukumat qarorlari bajarilishini nazorat qilish tartibi
69. Bosh vazir kotibiyati tarkibiy boʻlinmalari, Bosh vazir oʻrinbosarlari kotibiyatlari masʼul ijrochilar tomonidan Hukumat qarorlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini muntazam tahlil qilib, nazoratini amalga oshiradi.
70. Ijro intizomini taʼminlashda kamchiliklarga yoʻl qoʻyilayotgan holatlar va muddati oʻtgan topshiriqlar boʻyicha har hafta davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari rahbar oʻrinbosarlari, masʼul departament, boshqarma, boʻlim rahbarlari hamda ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinma rahbarlari ishtirokida tanqidiy muhokama qilib boriladi.
71. Vazirlar Mahkamasining Nazorat va ijro intizomi boʻlimi ish rejaga muvofiq Hukumat qarorlari ijrosining joylardagi amaliy natijasi, ijro intizomi holati, rahbarlarning shaxsiy masʼuliyati va javobgarligi masalasini joylarga chiqqan holda kompleks oʻrganadi.
Kompleks oʻrganishlar natijalari boʻyicha tayyorlangan materiallar toʻgʻrisida belgilangan tartibda axborot beriladi, zaruratga koʻra Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida muhokama qilinadi.
72. Bosh vazir kotibiyati tarkibiy boʻlinmalari, Bosh vazir oʻrinbosarlari kotibiyatlari bir kun muddatda (qoʻshimcha oʻrganish talab etilganda uch kun muddatda) masʼul ijrochilar tomonidan Hukumat qarorlari ijrosi boʻyicha “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan va Adliya vazirligi tomonidan kelishilgan maʼlumotlar toʻliqligi va haqqoniyligini oʻrganib chiqadi.
Oʻrganish natijalariga koʻra:
topshiriq bajarilgan boʻlsa — topshiriqni nazoratdan yechishni kelishadi;
topshiriq bajarilmagan boʻlsa yoki tasdiqlovchi zarur hujjatlar taqdim qilinmagan boʻlsa — masʼul ijrochilarga qayta ishlashga yuboradi.
Bunda maʼlumotlar toʻliqligi va haqqoniyligiga Vazirlar Mahkamasining masʼul xodimi javobgar hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasi bevosita masʼul boʻlgan, shuningdek, Bosh vazir kotibiyati tarkibiy boʻlinmalari, Bosh vazir oʻrinbosarlari kotibiyatlari tomonidan kelishilgan Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar boʻyicha kiritilgan maʼlumotlarning toʻliqligi va haqqoniyligini Vazirlar Mahkamasining Nazorat va ijro intizomi boʻlimi koʻrib chiqadi, ularni nazoratdan yechadi yoki qayta ishlashga yuboradi.
73. Hukumat qarorlari ijrosi boʻyicha Adliya vazirligi tomonidan har oy yakuni boʻyicha tayyorlanib, belgilangan tartibda kiritilgan tahliliy hujjatlar asosida ijro intizomi holati Vazirlar Mahkamasi Rayosatida masʼul ijrochilar ishtirokida tanqidiy koʻrib chiqiladi.
74. Vazirlar Mahkamasi Rayosatida ijro intizomi masalalarini koʻrib chiqish tartibi ushbu Nizomning 4-bobida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
75. Vazirlar Mahkamasi grafik asosida Hukumat qarorlarining oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishini taʼminlash yuzasidan sohalar va tarmoqlar, hududlar va idoralar kesimida manzilli va tematik tahliliy oʻrganishlarni olib borishda ishtirok etadi.
76. Vazirlar Mahkamasi har oy yakunlari boʻyicha Hukumat qarorlari ijro holati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga axborot berib boradi.
4-bob. Hukumat qarorlari ijrosi boʻyicha tahliliy hujjatlarni tayyorlash, kiritish va Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish tartibi
1-§. Masʼul ijrochilar tomonidan Hukumat qarorlarining ijro holati boʻyicha maʼlumotni Adliya vazirligiga kiritish tartibi
77. Masʼul ijrochilar Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosini belgilangan muddatlarda taʼminlaydi hamda ijro natijalari boʻyicha “Ijro.gov.uz” tizimiga maʼlumotlarni ularning ijrosini tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga kiritadi.
78. Masʼul ijrochilar har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning birinchi sanasiga qadar “Ijro.gov.uz” tizimidagi oʻzlari masʼul boʻlgan va bajarilmagan Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarni tahlil qiladi va ularning ijro holati boʻyicha birinchi rahbar (istisno hollarda — uning birinchi oʻrinbosari) tomonidan imzolangan maʼlumotni Adliya vazirligiga taqdim etadi.
2-§. Adliya vazirligi tomonidan Hukumat qarorlari ijrosi boʻyicha tahliliy hujjatlarni tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish tartibi
79. Adliya vazirligi tomonidan Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi boʻyicha tahliliy hujjatlar ushbu Nizomga 2-ilovadagi sxemaga muvofiq tayyorlanadi, kiritiladi va Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladi.
80. Adliya vazirligi har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning beshinchi sanasiga qadar muddati kelgan Hukumat qarorlari ijro holatini hamda masʼul ijrochilar tomonidan bajarilmagan Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar boʻyicha taqdim etilgan maʼlumotlarni tanqidiy tahlil qiladi, shuningdek, ushbu Nizomga 3-ilovadagi namunaviy shaklga muvofiq umumlashtirilgan hisobotlarni tayyorlaydi.
81. Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi boʻyicha tayyorlangan hujjatlar toʻplami adliya vaziri (istisno hollarda tegishli vazir oʻrinbosari) tomonidan imzolangan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
3-§. Hukumat qarorlari ijrosi boʻyicha kiritilgan tahliliy materiallarni Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish tartibi
82. Adliya vazirligi tomonidan Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi boʻyicha kiritilgan tahliliy materiallar asosida Vazirlar Mahkamasining Nazorat va ijro intizomi boʻlimi tomonidan har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning oʻn ikkinchi sanasiga qadar Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi hujjatlari toʻplami tayyorlanadi hamda himoyasi tashkil etiladi.
83. Ijro intizomini taʼminlash hamda Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosini tahlil qilish masalalari belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi kun tartibiga kiritiladi.
84. Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida:
hisobot davrida Hukumat qarorlari ijro holati boʻyicha adliya vazirining (istisno hollarda tegishli vazir oʻrinbosarining) hamda ijro intizomini taʼminlashda kamchiliklarga yoʻl qoʻygan davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari rahbarlarining (ularning oʻrinbosarlari) hisoboti eshitiladi;
Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarni bajarishda jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻygan, Hukumat qarorlari ijrosini toʻgʻri va oʻz vaqtida tashkil etishda zarur choralar koʻrmagan rahbar va ularning oʻrinbosarlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash masalalari koʻrib chiqiladi;
Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijro muddatlarini uzaytirish hamda alohida tartibda nazoratdan olish boʻyicha takliflar asosliligi muhokama qilinadi;
Hukumat qarorlari ijrosini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlash, ijro intizomini mustahkamlash, rahbarlarning shaxsiy masʼuliyati va javobgarligini kuchaytirish masalalari koʻrib chiqiladi.
85. Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisiga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish Vazirlar Mahkamasi Reglamentida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
5-bob. Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarning ijro muddatlarini uzaytirish hamda alohida tartibda nazoratdan olish tartibi
86. Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarning ijro muddati (asos mavjud boʻlganda) quyidagi tartibda uzaytiriladi:
Vazirlar Mahkamasi asosiy ijrochi boʻlganda — Vazirlar Mahkamasining Nazorat va ijro intizomi boʻlimi tomonidan;
qolgan barcha holatlarda — bevosita Adliya vazirligi tomonidan.
87. “Ijro.gov.uz” tizimida Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarning ijro muddatlarini uzaytirish hamda alohida tartibda nazoratdan olish ushbu Nizomga 4-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
88. Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarni:
belgilangan muddatlarda bajarish imkoniyati mavjud boʻlmagan hollarda, masʼul ijrochilar tomonidan ularning ijro muddatini uzaytirish boʻyicha;
bajarish imkoniyati mavjud boʻlmaganda yoki dolzarbligini yoʻqotganda, nazoratdan olish boʻyicha takliflar Adliya vazirligiga kiritiladi.
Bunda quyidagi namunaviy shakllardagi hujjatlar “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritiladi:
rasmiy aloqa xati (5-ilova);
asoslantiruvchi jadval (5a-ilova);
tarmoq jadvali (5b-ilova);
nazoratdan olish boʻyicha kiritilgan takliflar yuzasidan tahliliy jadval (5g-ilova);
rahbar (istisno hollarda — uning birinchi oʻrinbosari) tomonidan imzolangan tushuntirish xati.
89. Adliya vazirligi Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarning ijro muddatlarini uzaytirish hamda alohida tartibda nazoratdan olish boʻyicha takliflarni tahlil qiladi va natijasi boʻyicha xulosa tayyorlaydi.
Adliya vazirligi tomonidan Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarning ijro muddatlarini uzaytirish hamda alohida tartibda nazoratdan olish boʻyicha takliflar yuzasidan tayyorlangan xulosalar har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning beshinchi sanasiga qadar koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
90. Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarning ijro muddatlarini uzaytirish hamda alohida tartibda nazoratdan olish boʻyicha Adliya vazirligi tomonidan koʻrib chiqilib, xulosa berilgan takliflar Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida ushbu Nizomning 4-bobida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
91. Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarning ijro muddatlarini uzaytirish hamda alohida tartibda nazoratdan olish boʻyicha Adliya vazirligi tomonidan maʼqullangan hamda Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi bilan rozilik berilgan takliflar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga axborot berib, tegishli choralarni belgilaydi.
6-bob. Hukumat qarorlari ijrosi boʻyicha sohalar, hududlar va idoralar kesimida manzilli va tematik tahliliy oʻrganishlar olib borish
92. Adliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi Hukumat qarorlarining oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash yuzasidan sohalar, hududlar va idoralar kesimida manzilli va tematik tahliliy oʻrganishlarni (keyingi oʻrinlarda — manzilli va tematik oʻrganishlar) hamda ularning joylardagi ijro holati monitoringini amalga oshiradi.
93. Hukumat qarorlari ijrosi boʻyicha yillik manzilli va tematik oʻrganishlar dasturi Adliya vazirligi tomonidan har yili yanvar oyida masʼul ijrochilar takliflari asosida ishlab chiqiladi va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
94. Tasdiqlangan manzilli va tematik oʻrganishlar dasturidagi reja-grafikka muvofiq Adliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari Hukumat qarorlarining oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishini taʼminlash yuzasidan sohalar, hududlar va idoralar kesimida oʻrganishlar oʻtkazadi.
Manzilli va tematik oʻrganishda boshqa manfaatdor tashkilotlar jalb qilinishi, masʼul xodimlari ishtirok etishi mumkin.
95. Hukumat qarorlarining ijro holati yuzasidan oʻtkazilgan manzilli va tematik oʻrganishlar natijasi boʻyicha tayyorlangan tahliliy maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
96. Vazirlar Mahkamasining masʼul tarkibiy boʻlinmasi manzilli va tematik oʻrganishlar natijasi boʻyicha kiritilgan maʼlumotlarni oʻrganib chiqib, kamchiliklarga yoʻl qoʻygan rahbarlarni javobgarlikka tortish yuzasidan takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida koʻrib chiqish uchun kiritadi.
7-bob. “Ijro.gov.uz” tizimidan foydalanishni texnik jihatdan tashkil qilish va foydalanuvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni boshqarish tartibi
97. “Ijro.gov.uz” tizimidan foydalanishni texnik jihatdan tashkil qilishda Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda operator tomonidan maʼlumotlarni boshqarishni tashkil etish tartibi ushbu Nizomga 6-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
98. “Ijro.gov.uz” tizimi orqali nazorat va hisobdorlikni tashkil etishda Raqamli texnologiyalar vazirligi:
“Ijro.gov.uz” tizimining sifatli va uzluksiz faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydi va doimiy ravishda texnik qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻradi;
masʼul ijrochilarga ushbu tizimdan foydalanish jarayonida texnik yordam koʻrsatilishini tashkil etadi;
“Ijro.gov.uz” tizimining axborot xavfsizligini taʼminlash choralarini koʻradi;
masʼul ijrochilar tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimidan foydalanish jarayonida kelib tushgan takliflarni hisobga olgan holda, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi va Adliya vazirligining takliflariga asosan tizimni takomillashtiradi va modernizatsiya qiladi.
99. “Ijro.gov.uz” tizimining ishlashini texnik qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash maqsadida operator quyidagilarni amalga oshiradi:
“Ijro.gov.uz” tizimi foydalanuvchilarini roʻyxatga olish, ulash, elektron raqamli imzo kalitlari bilan taʼminlash va oʻqitish;
Vazirlar Mahkamasi va Adliya vazirligining takliflariga asosan “Ijro.gov.uz” tizimini modernizatsiya qilish va “Ijro.gov.uz” tizimining yangi shakllarini ishga tushirish;
“Ijro.gov.uz” tizimining foydalanuvchilariga “Call-markaz” orqali “Ijro.gov.uz” tizimidan foydalanish, shu jumladan, “Ijro.gov.uz” tizimida foydalanuvchilar xato yoki notoʻgʻri ishlashining oldini olish boʻyicha maslahatlar berish;
“Ijro.gov.uz” tizimining funksional va foydalanish xususiyatlarini yaxshilash maqsadida tizimning ishlashini tahlil qilish.
100. “Ijro.gov.uz” tizimiga yangi foydalanuvchilarni ulash uchun operatorning pochta manziliga belgilangan shakldagi toʻldirilgan arizalar yuboriladi. Arizaning namunaviy shakli “Ijro.gov.uz” tizimiga biriktiriladi.
101. Operator arizani olgan kundan boshlab uch ish kuni ichida “Ijro.gov.uz” tizimining foydalanuvchisi bilan shartnoma tuzadi.
102. “Ijro.gov.uz” tizimiga ulanish toʻgʻrisidagi shartnoma tuzilgandan va operatorning bankdagi hisobvaragʻiga toʻlov kelib tushgandan soʻng operator uch ish kuni davomida:
himoyalangan apparat qurilmalarida ulanayotgan foydalanuvchining elektron raqamli imzosining yopiq kalitini va ochiq kaliti sertifikatini generatsiyalashni;
“Ijro.gov.uz” tizimining yangi foydalanuvchisiga yoki uning ishonchli vakiliga elektron raqamli imzoning yopiq kaliti va ochiq kaliti sertifikati boʻlgan himoyalangan apparat qurilmasi berilishini taʼminlashi shart.
103. “Ijro.gov.uz” tizimining ishtirokchisi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni boshqarish operator tomonidan taʼminlanadi.
104. “Ijro.gov.uz” tizimi foydalanuvchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni boshqarish (maʼlumotlarni kiritish, oʻzgartirish, yangilash, oʻchirish) ishlari masʼul ijrochi kadrlar boʻlinmasi tomonidan ushbu tashkilotning ijro intizomi uchun masʼul boʻlgan tarkibiy tuzilmasini xabardor qilgan holda amalga oshiriladi.
105. “Ijro.gov.uz” tizimining foydalanuvchisi toʻgʻrisida maʼlumotlar kiritilgandan keyin unga elektron raqamli imzoning yozilgan yopiq kaliti va ochiq kalitining sertifikatiga ega himoyalangan apparat qurilmasi beriladi.
106. “Ijro.gov.uz” tizimiga kirish uchun tizim foydalanuvchisi tomonidan himoyalangan apparat qurilmasidan foydalaniladi.
107. Xodim (“Ijro.gov.uz” tizimining foydalanuvchisi) bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda himoyalangan apparat qurilmasi kadrlar boʻlinmasiga topshirilishi kerak.
108. Operatorning “Ijro.gov.uz” tizimining axborot xavfsizligini va uzluksiz ishlashini taʼminlash bilan bogʻliq faoliyati Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
109. Masʼul ijrochilarning rahbarlari Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosini taʼminlashda yuzaga kelgan muammolar hal qilinishi, shuningdek, oldindan qoʻyilgan maqsadlarga erishishni soʻzsiz taʼminlashga qaratilgan vazifalarni bajarish natijalari oʻz vaqtida va sifatli taqdim etilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadilar.
110. “Ijro.gov.uz” tizimi foydalanuvchilari Hukumat qarorlaridagi topshiriqlardan kelib chiqadigan vazifalarning bajarilishi toʻgʻrisidagi axborot oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli taqdim etilishi, shuningdek, “Ijro.gov.uz” tizimida ishlaganda axborot xavfsizligini taʼminlash uchun javobgar hisoblanadilar.
111. Operator “Ijro.gov.uz” tizimining uzluksiz ishlashi va axborot xavfsizligi uchun javobgar hisoblanadi.
112. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining ijrosini “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

HUKUMAT QARORLARI IJROSI NAZORATINI VA HISOBDORLIGINI TASHKIL QILISH TARTIBI

I. Topshiriqlarni shakllantirish

II. Topshiriqlar ijrosini taʼminlash va ijro natijalarini “ljro.gov.uz” tizimiga kiritish

1-BOSQICH

2-BOSQICH

3-BOSQICH

VAZIRLAR MAHKAMASI

ADLIYA VAZIRLIGI

MASʼUL IJROCHI ETIB BELGILANGAN TASHKILOTLAR

(Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari)

1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarini (keyingi oʻrinlarda — Hukumat qarorlarini) roʻyxatdan oʻtkazish.

2. “ljro.gov.uz” tizimiga kiritish uchun Hukumat qarorlarining elektron nusxasini Adliya vazirligiga yuborish.

1. Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar (keyingi oʻrinlarda — topshiriqlar)ni “ljro.gov.uz” tizimiga kiritish.

2. Topshiriqlar ijrosi uchun masʼullarni (davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari) va topshiriqlarni bajarish muddatlarini belgilash.

1. Topshiriqlar haqida rahbarni xabardor qilish va uning ust xatini tayyorlash.

2. Topshiriqlar boʻyicha amalga oshirish grafiklari va aniq mexanizmga ega boʻlgan nazorat rejalarini namuna asosida tayyorlash, tasdiqlash va ijroga qaratish.

3. Topshiriqlar ijrosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni belgilangan shaklda “ljro.gov.uz” tizimiga kiritish.

4. Topshiriqlar ijro muddatlarini uzaytirish hamda alohida hollarda nazoratdan olish haqida Adliya vazirligiga taklif kiritish.

5. Topshiriqlar ijro holatini ijro nazorati boʻlinmasi tomonidan kunbay, rahbarning birinchi oʻrinbosari (oʻrinbosari) huzurida har juma kuni, rahbar huzurida haftaning dushanba kuni muhokama qilib borish.

6. Topshiriqlarning ijro holatini davlat organlari va tashkilotlarning hayʼat majlislarida muhokama qilish hamda ijro intizomiga rioya etmagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy javobgarlik masalalarini koʻrib chiqish.

Muddat:

Muddat:

Muddati:

imzolangandan bir soat mobaynida

1 kun, shoshilinch topshiriqlar — zudlik bilan

hujjatning elektron nusxasini olgan kundan boshlab 1 kunda

kelib tushgandan 30 daqiqa mobaynida

3kunda

belgilangan muddatlarda

zaruratga koʻra

har kuni, har hafta juma va dushanba kunlarida

har chorakda

III. Topshiriqlar ijrosi nazorati va monitoringini tashkil qilish

4-BOSQICH

5-BOSQICH

ADLIYA VAZIRLIGI

VAZIRLAR MAHKAMASI

1. Nazorat rejasi va undagi mexanizmlar ijrosi holatini “ljro.gov. uz” tizimida onlayn rejimda monitoring qilib borish.

2. Natijalarni koʻrib chiqish:

3. Qoʻshimcha oʻrganish talab etilganda:

4. Ijro muddatlarini uzaytirish hamda alohida hollarda nazoratdan olish toʻgʻrisidagi takliflarni oʻrganish va xulosa tayyorlash.

5. Topshiriqlar ijrosiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish hamda masʼul boʻlgan mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish masalasi boʻyicha Hukumat Rayosati majlisida koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga materiallarni kiritish.

6. Topshiriqlar ijro holati yuzasidan oʻtkazilgan manzilli va tematik oʻrganishlar natijasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

1. Natijalarni koʻrib chiqish:

2. Topshiriqlarda belgilangan ijro muddatlarini uzaytirish hamda alohida hollarda nazoratdan olish haqidagi takliflarni Hukumat Rayosatida koʻrib chiqib, ularga rozilik berish yoki rad etish.

3. Nazoratdan yechilgan topshiriqlarni qayta nazoratga qoʻyish, ularning ayrimlarini alohida nazoratga olish.

4. Topshiriqlar ijro holati yuzasidan manzilli va tematik oʻrganishlar rejasini tasdiqlash

a) ijro natijasi qoniqarli boʻlganda — nazoratga olingan topshiriqlar boʻyicha maʼlumotlarni “ljro.gov.uz” tizimida kelishish.

b) ijro natijasi qoniqarsiz boʻlganda — topshiriqlar boʻyicha maʼlumotlarni qayta ishlashga masʼul ijrochiga joʻnatish.

a) “ljro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlarni joyiga chiqib oʻrganish uchun hududga yuborish:

b) “ljro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlar raqamlashtirishga oid boʻlsa, tizim orqali Raqamli texnologiyalar vazirligiga yuborish.

a) ijro natijasi qoniqarli boʻlganda — nazoratga olingan topshiriqlarni “ljro.gov.uz” tizimida nazoratdan yechish.

b) ijro natijasi qoniqarsiz boʻlganda — topshiriqlar boʻyicha maʼlumotlarni qayta ishlashga masʼul ijrochiga joʻnatish.

Muddati:

Muddati:

onlayn rejimda doimiy

1 ish kunida

5 ish kunida

har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning 5-sanasigacha

manzilli-tematik dasturiga muvofiq

1 ish kunida, qoʻshimcha oʻrganish talab etilganda — 3 ish kunida

belgilangan muddatlarda

zaruratga koʻra

har yarim yilda

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining ijrosini “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining ijrosini “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
“Ijro.gov.uz” ijro tizimida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari ijrosi toʻgʻrisida Adliya vazirligi tomonidan Hukumatga kiritiladigan umumlashtirilgan
HISOBOTLARNING NAMUNAVIY SHAKLI
I. KIRISH QISMI
a) Hukumat qarorlarini roʻyxatga olish, masʼul ijrochilarga yetkazish va ularning bajarilishini tashkil qilish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar tahlili;
b) Hukumat qarorlarini bajarishda, “Ijro.gov.uz” tizimida ishlashda masʼul ijrochilarga huquqiy-uslubiy koʻmaklashish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar tahlili.
II. BAYON QISMI
v) Hukumat qarorlari bajarilishi holati monitoringi va tahlili natijalari;
g) bajarilmagan topshiriqlar tahlili va ularning ijro holati toʻgʻrisida maʼlumot (jadval ilova qilinadi);
d) kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha Adliya vazirligi koʻrsatmalarining bajarilish holati tahlili;
e) Hukumat qarorlarining amalda bajarilishiga toʻsqinlik qilayotgan tizimli muammo va kamchiliklar tahlili (aniq misollarda ochib berilishi kerak);
yo) Hukumat qarorlarining ijrosini tashkil etish ishlarining real holatini tanqidiy oʻrganish tahlili (markaziy apparatda, davlat boshqaruvi organlarining oʻrta va quyi boʻgʻinlarida, viloyat, tuman (shahar) hokimliklarida).
III. TAKLIF ETILADIGAN CHORALAR
j) Hukumat qarorlarining ijrosini tashkil etish borasidagi faoliyat samaradorligini oshirish, shuningdek, rahbarlarning ijro intizomini taʼminlashdagi masʼuliyatini kuchaytirish boʻyicha aniq takliflar;
z) jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻygan, ijro intizomini susaytirib yuborgan rahbarlarga (ularning oʻrinbosarlariga) nisbatan jazo choralarini koʻrish boʻyicha asoslantirilgan takliflar.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining ijrosini “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
“Ijro.gov.uz” tizimida Hukumat qarorlarining ijro muddatini uzaytirish va alohida tartibda nazoratdan olish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari

Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarni belgilangan muddatlarda bajarish imkoniyati mavjud emasligi yoki oʻz dolzarbligini yoʻqotganligini asoslovchi hujjatlar bilan Adliya vazirligiga topshiriqlarning ijro muddatini uzaytirish yoki ularni nazoratdan olish boʻyicha takliflar kiritadi.

Zaruratga koʻra

2-bosqich

Adliya vazirligi

Ijro muddatini uzaytirish, nazoratdan olish haqidagi belgilangan shaklda taqdim etilgan takliflarni tahlil qilish, asosli deb topilgan taqdirda, Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.

Har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar

3-bosqich

Vazirlar Mahkamasi Rayosati

Hukumat qarorlaridagi topshiriqning ijro muddatini uzaytirish, nazoratdan olish haqidagi Adliya vazirligi tomonidan kiritilgan takliflarni koʻrib chiqadi.

Belgilangan muddatlarda

4-bosqich

Vazirlar Mahkamasi

(Nazorat va ijro intizomi boʻlimi)

1. Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarning ijro muddatlarini uzaytirish hamda nazoratdan olish boʻyicha Adliya vazirligi tomonidan maʼqullangan hamda Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi bilan rozilik berilgan takliflar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga axborot berib, tegishli choralarni belgilaydi.

Vazirlar Mahkamasi Rayosati oʻtkazilgandan soʻng 10 kun muddatda

2. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga axborot berilgan va belgilangan tartibda rozilik olingan takliflarni Adliya vazirligiga yuboradi.

Axborot berilgan kun

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining ijrosini “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimi orqali Hukumat qarorlari ijro muddatini uzaytirish boʻyicha kiritiladigan xatning
NAMUNAVIY SHAKLI

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil ____ _________dagi _____-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari ijrosini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq __________________________________ (hujjat rekvizitlari hamda bandi koʻrsatiladi) ijro muddatini uzaytirishda amaliy yordam berishingizni soʻraymiz.

Ijro muddatini uzaytirish taklif etilayotgan topshiriq boʻyicha asoslantiruvchi jadval (tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga), topshiriq ijrosini taʼminlash yuzasidan tarmoq jadvali hamda tushuntirish xati (agar topshiriq ijro muddati oʻtgan boʻlsa) ilova qilinadi.

Davlat organlari va tashkilotlari,

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari rahbari

/imzo/

F.I.O.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining ijrosini “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5a-ILOVA
Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarning ijro muddatini uzaytirish boʻyicha Adliya vazirligiga kiritiladigan asoslantiruvni jadvalning
NAMUNAVIY SHAKLI

T/r

Hujjat turi va sanasi

Topshiriq mazmuni

Bajarish muddati

Taklif kiritgan masʼul ijrochi va topshiriqning ijro holati

Uzaytirish taklif etilgan ijro muddati

Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari nomi

1.

1. Qaror ijrosi yuzasidan tasdiqlangan nazorat rejasi:

...

2. Masʼul ijrochi:

...

3. Topshiriq ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar:

...

4. Topshiriqning ijro muddatini uzaytirishni asoslantirish:

...

...

Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari rahbari

/imzo/

F.I.O.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining ijrosini “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5b-ILOVA
Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarning ijro muddatini uzaytirish boʻyicha Adliya vazirligiga kiritiladigan tarmoq jadvalining
NAMUNAVIY SHAKLI

T/r

Topshiriq mazmuni

Uzaytirish taklif etilgan ijro muddati

Topshiriq ijro muddati uzaytirilishi munosabati bilan topshiriq ijrosini taʼminlashga qaratilgan tadbirlar ketma-ketligi

Tadbirlar ijro muddati

Topshiriq ijrosi uchun masʼul mutasaddi rahbar va tegishli boshqarma (F.I.O.)

Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari nomi

Hujjat rekvizitlari

1.

2.

...

Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari rahbari

/imzo/

F.I.O.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining ijrosini “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5g-ILOVA
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari tomonidan topshiriqlarni nazoratdan olish boʻyicha kiritilgan takliflar yuzasidan Adliya vazirligining xulosasi
TAHLILIY JADVALI

T/r

Hujjat turi va sanasi

Topshiriq mazmuni

Bajarish muddati

Taklif kiritgan masʼul ijrochi va topshiriqning ijro holati

Adliya vazirligi xulosasi

I. Topshiriqni nazoratdan olishga rozilik berilgan takliflar

1.

1. Qaror ijrosi yuzasidan tasdiqlangan nazorat-rejasi:

...

2. Masʼul ijrochi:

...

3. Topshiriq ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar:

...

4. Topshiriqlarni nazoratdan olishni asoslantirish:

II. Topshiriqni nazoratdan olish rad etilgan takliflar

1. Qaror ijrosi yuzasidan tasdiqlangan nazorat-rejasi:

...

2. Masʼul ijrochi:

...

3. Topshiriq ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar:

...

4. Topshiriqlarni nazoratdan olishni asoslantirish:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining ijrosini “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
“Ijro.gov.uz” tizimidan foydalanishni texnik jihatdan tashkil qilishda Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda operator tomonidan maʼlumotlarni boshqarishni tashkil etish tartibi
SXEMASI

Tizimdan foydalanuvchilar

Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda operator tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar

Vazirlar Mahkamasi

1. Tizimdan foydalanuvchilarni roʻyxatdan oʻtkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan taʼminlash.

2. Vazirlar Mahkamasining qarorlari (keyingi oʻrinlarda — Hukumat qarorlari)ni tizimlashtirish, elektron tarzda roʻyxatdan oʻtkazish va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati (keyingi oʻrinlarda — Bosh vazir kotibiyati) tarkibiy boʻlinmalari, Bosh vazir oʻrinbosarlarining kotibiyatlarining davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari tomonidan Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosini nazorat qilish modullarini joriy etish va ularning takliflari asosida tegishli modullarni takomillashtirish, oʻzgartirish va ularga qoʻshimchalar kiritish.

3. Ijro intizomi va nazorat boʻlimining nazoratchi profili uchun Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarning tegishliligi boʻyicha Bosh vazir kotibiyati tarkibiy boʻlinmalari va Bosh vazir oʻrinbosarlarining kotibiyatlarini masʼul ijrochi etib belgilash, ijrochilarning iyerarxiyasi hamda hujjatning ijrosi bilan bogʻliq jarayonlarni kuzatish funksionallarini yaratish.

4. Nazoratda turgan Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar, ijro muddati kelayotgan Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar boʻyicha masʼul mutaxassislarni ogohlantirib turish tizimini joriy etish.

5. Vazirlar Mahkamasi uchun nazoratchi profilini yaratish va topshiriqlarning Adliya vazirligidan kelgan javoblarni nazoratdan yechish yoki qayta ishlashga yuborish funksionalini joriy etish.

6. Bosh vazir kotibiyati tarkibiy boʻlinmalari va Bosh vazir oʻrinbosarlarining kotibiyatlari soʻrovi asosida Hukumat tizimidagi tegishli davlat organlari va tashkilotlari va xoʻjalik birlashmalari bilan tizim doirasida elektron hujjat aylanishini tashkil etish.

7. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari “Call” markazi xizmati orqali bartaraf etilishini taʼminlash.

8. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va axborot xavfsizligini taʼminlash, 24 soat davomida texnik qoʻllab-quvvatlash.

Adliya vazirligi

1. Tizimdan foydalanuvchilarni roʻyxatdan oʻtkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan taʼminlash.

2. Hukumat qarorlarini tizimlashtirish, Adliya vazirligidan elektron tarzda roʻyxatdan oʻtkazish hamda davlat organlari va tashkilotlari markaziy apparatlariga yetkazish, ular tomonidan Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosini nazorat qilish modulini joriy etish;

3. Adliya vazirligining takliflari asosida tizimni takomillashtirish, oʻzgartirish va unga qoʻshimchalar kiritish.

4. Adliya vazirligiga nazoratchi profili uchun Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarning ijrosiga masʼul boʻlgan davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlarini belgilash, ijrochilarning iyerarxiyasi hamda hujjatning ijrosi bilan bogʻliq jarayonlarni kuzatish funksionallarini yaratish.

5. Nazoratda turgan topshiriqlar, ijro muddati kelayotgan Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar boʻyicha masʼul mutaxassislarni ogohlantirib turish tizimini joriy etish.

6. Davlat organlari va tashkilotlarining markaziy apparatlari tomonidan kelgan javoblarni nazoratdan yechish yoki qayta ishlashga yuborish funksionalini joriy etish va uzluksiz ishlashini taʼminlash.

7. Hukumat qarorlari, ijrochilar hamda muddatlar kesimida topshiriqlarni nazorat qilib borish funksionalini yaratish va uzluksiz ishlashini taʼminlash.

8. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari “Call” markazi xizmati orqali bartaraf etilishini taʼminlash.

9. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va axborot xavfsizligini taʼminlash, 24 soat davomida texnik qoʻllab-quvvatlash.

Davlat organlari va tashkilotlari

1. Tizimdan foydalanuvchilarni roʻyxatdan oʻtkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan taʼminlash.

2. Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarning ijrosiga masʼul boʻlgan markaziy apparatdagi xodimlar, tarkibiy va hududiy boʻlinmalarni belgilash, ijrochilarning iyerarxiyasi hamda ushbu topshiriqning ijrosi bilan bogʻliq jarayonlarni kuzatish funksionallarini yaratish.

3. Nazoratda turgan topshiriqlar, ijro muddati kelayotgan Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar boʻyicha masʼul mutaxassislarni ogohlantirib turish tizimini joriy etish.

4. Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosiga oid maʼlumotlarni kiritish va asoslovchi hujjatlarni yuklash funksionalini yaratish va uzluksiz ishlashini taʼminlash.

5. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari “Call” markazi xizmati orqali bartaraf etilishini taʼminlash.

6. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va axborot xavfsizligini taʼminlash, 24 soat davomida texnik qoʻllab-quvvatlash.

Davlat organlari va tashkilotlari tarkibiy va hududiy boʻlinmalari

1. Tizimdan foydalanuvchilarni roʻyxatdan oʻtkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan taʼminlash.

2. Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarning ijrosiga masʼul boʻlgan xodimlarni belgilash, ijrochilarning iyerarxiyasi hamda ushbu topshiriqlarning ijrosi bilan bogʻliq jarayonlarni kuzatish funksionallarini yaratish.

3. Nazoratda turgan topshiriqlar, ijro muddati kelayotgan Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar boʻyicha masʼul mutaxassislarni ogohlantirib turish tizimini joriy etish.

4. Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosiga oid maʼlumotlarni kiritish va asoslovchi hujjatlarni yuklash funksionalini yaratish va uzluksiz ishlashini taʼminlash.

5. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari “Call” markazi xizmati orqali bartaraf etilishini taʼminlash.

6. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va axborot xavfsizligini taʼminlash, 24 soat davomida texnik qoʻllab-quvvatlash.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

1. Tizimdan foydalanuvchilarni roʻyxatdan oʻtkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan taʼminlash.

2. Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarning ijrosiga masʼul boʻlgan markaziy apparatdagi xodimlar, tarkibiy va hududiy boʻlinmalarni belgilash, ijrochilarning iyerarxiyasi hamda ushbu topshiriqlarning ijrosi bilan bogʻliq jarayonlarni kuzatish funksionallarini yaratish.

3. Nazoratda turgan topshiriqlar, ijro muddati kelayotgan Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar boʻyicha masʼul mutaxassislarni ogohlantirib turish tizimini joriy etish.

4. Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosiga oid maʼlumotlarni kiritish va asoslovchi hujjatlarni yuklash funksionalini yaratish va uzluksiz ishlashini taʼminlash.

5. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari “Call” markazi xizmati orqali bartaraf etilishini taʼminlash.

6. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va axborot xavfsizligini taʼminlash, 24 soat davomida texnik qoʻllab-quvvatlash.

Tuman va shahar hokimliklari

1. Tizimdan foydalanuvchilarni roʻyxatdan oʻtkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan taʼminlash.

2. Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarning ijrosiga masʼul boʻlgan xodimlarni belgilash, ijrochilarning iyerarxiyasi hamda topshiriqning ijrosi bilan bogʻliq jarayonlarni kuzatish funksionallarini yaratish.

3. Nazoratda turgan topshiriqlar ijro muddati kelayotgan Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar boʻyicha masʼul mutaxassislarni ogohlantirib turish tizimini joriy etish.

4. Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosiga oid maʼlumotlarni kiritish va asoslovchi hujjatlarni yuklash funksionalini yaratish va uzluksiz ishlashini taʼminlash.

5. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari “Call” markazi xizmati orqali bartaraf etilishini taʼminlash.

6. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va axborot xavfsizligini taʼminlash, 24 soat davomida texnik qoʻllab-quvvatlash.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2025-y., 09/25/616/0894-son)